BADIIY ASAR TARIXIY-QIYOSIY TAHLILI

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

11

Faytl hajmi

35,4 KB


 
 
 
 
 
 
 
BADIIY ASAR TARIXIY-QIYOSIY TAHLILI 
 
      REJA: 
 
1. Badiiy asarni qiyosiy-tarixiy tahlil metodining shakllanishi. 
2. Asarni qiyosiy-tarixiy va tipologik tahlil metodi 
3. Qiyosiy-tarixiy tahlil usuli namoyondalari. 
4. O'zbek adabiyotshunosligida qiyosiy-tarixiy yo'nalishdagi tadqiqotlar. 
5. Qiyosiy adabiyotshunoslik va uning samaradorligi 
6. Tipologik tahlil usuli  
7. Romantik va realistik asarlar qiyosiy tahlili 
 
ADABIYOTLAR: 
1. Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik – T.: “Fan”, 1991-1992 
2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil. 
3. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
4. Saidov A. Qiyosiy adabiyotshunoslikka kirish. T. G‘.G‘ulom nomidagi 
nashriyot matbaa-ijodiy uyi. 2020. 769 b. 
5. Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: “G`.G`ulom nomidagi matbaa ijodiy 
uyi”,2006. 
6. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – T.: G‘.G‘ulom nimidagi nashryot matbaa-
ijodiy uyi , 2018. 
 
7. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. –Т.: «Янги аср авлоди», 2006.  
8. Arastu. Poetika. Axloq kabri. – T.: “Yangiasiravlodi”, 2004. 
9. Komilov N. Tafakkur karvonlari. T., Sharq. 2011. 
BADIIY ASAR TARIXIY-QIYOSIY TAHLILI REJA: 1. Badiiy asarni qiyosiy-tarixiy tahlil metodining shakllanishi. 2. Asarni qiyosiy-tarixiy va tipologik tahlil metodi 3. Qiyosiy-tarixiy tahlil usuli namoyondalari. 4. O'zbek adabiyotshunosligida qiyosiy-tarixiy yo'nalishdagi tadqiqotlar. 5. Qiyosiy adabiyotshunoslik va uning samaradorligi 6. Tipologik tahlil usuli 7. Romantik va realistik asarlar qiyosiy tahlili ADABIYOTLAR: 1. Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik – T.: “Fan”, 1991-1992 2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil. 3. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 4. Saidov A. Qiyosiy adabiyotshunoslikka kirish. T. G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot matbaa-ijodiy uyi. 2020. 769 b. 5. Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: “G`.G`ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi”,2006. 6. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – T.: G‘.G‘ulom nimidagi nashryot matbaa- ijodiy uyi , 2018. 7. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. –Т.: «Янги аср авлоди», 2006. 8. Arastu. Poetika. Axloq kabri. – T.: “Yangiasiravlodi”, 2004. 9. Komilov N. Tafakkur karvonlari. T., Sharq. 2011.  
 
10. 
Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “O`zbekioston”, 2000. 
11. 
Quronov D. Cho‘lpon nasri poetikasi. – T., 2004. 
 
Qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishi haqida so'z borganda mifologik maktab 
asoschilaridan germaniyalik aka-uka Grimmlar - Vilgelm (1786 - 1859) va Yakoblar 
(1785 - 1863) tilga olinadi. Ular tomonidan yozilgan «Nemis mifologiyasi» kitobida 
mifologik maktabning nazariy qarashlari va qiyosiy metod xususida qiziqarli fikrlar 
bildirilgan. Aka-uka Grimmlar hind-yevropa xalqlari og'zaki ijod namunalarini 
qiyosiy tahlil ular o'rtasidagi o'xshashlik yagona ildizidan kelib chiqqan degan fikrni 
ilgari suradilar. Bunday holatni ular qadimgi qabilalarining uzoq o'tmishdagi yagona 
mifologik tasavvurlar bilan izohlaydilar (keyinchalik esa miflar oriy qabilalarining 
dunyo bo'ylab tarqalishi natijasida turli-tuman o'zgarishlarga uchrab, o'zlarining 
dastlabki ilohiy ma'nolarini yo'qotib, ertak, epic afsonaga aylanadilar). Shu qarash 
asosida aka-uka Grimmlar hind-yevropa xalqlari miflarini qiyosiy-tarixiy aspektda 
o'rganib, qadimgi bobo mifni tiklashni asosiy maqsad deb biladilar. Madaniy 
hodisalarning, hududlarning uzoq va yaqinligiga qaramay takrorlanishi mifologik 
maktab vakillarini ularning kelib chiqishi (genezisi) yagonadir degan yanglish 
xulosalarga olib keldi. Keyinchalik ular ilgari surgan fikrlar rad etilgan bo'lsa ham 
to'plangan yirik faktik material, uning tasnifi va eng asosiysi, undan keyin kelib 
chiqadigan nazariy umumlashmalar keying davr adabiyotshunosligining rivojiga 
samarali ta'sir etdi.Yana bir nemis olimi Teodor Benfeyning nazariy qarashlari 
qadimgi hind eposi «Panchatantra»ning nemis tilidagi tarjimasiga (1859) yozgan 
so'z boshisida aks etgan. Benfeyning fikriga ko'ra, ayrim badiiy asarlarning bir-biriga 
yaqinligi, sujet yo'nalishidagi o'xshashliklarning sababi faqatgina mif yoki mifologik 
manba bo'lmay, «sayyor syujetlar»dir. Boshqacha aytganda badiiy asarlar bir 
xalqdan boshqasiga o'tishi mumkin. Bu fikr aka-uka Grimmlar tomonidan ilgari 
surilgan qarashlarga nisbatan oldinga tashlangan bir qadam edi. Ayni paytda, Benfey 
fikrlarida cheklanganlik ko'zga tashlanadi. Buning sababi Benfey ham  mifologik 
maktab vakillari singari barcha sujetlarining vatani Hindiston deb hisoblagan. 
Bunday qarash bir madaniyatning ikkinchisiga tobe deb hukm chiqarilishiga olib 
keladi. Lekin Benfey mifologiyasi tarixiylik nuqtai nazaridan cheklanganligiga 
qaramay, adabiyotshunoslikda muhim bir yo'nalishga-«sujetlar migrasiyasi»ga asos 
10. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “O`zbekioston”, 2000. 11. Quronov D. Cho‘lpon nasri poetikasi. – T., 2004. Qiyosiy-tarixiy metodning shakllanishi haqida so'z borganda mifologik maktab asoschilaridan germaniyalik aka-uka Grimmlar - Vilgelm (1786 - 1859) va Yakoblar (1785 - 1863) tilga olinadi. Ular tomonidan yozilgan «Nemis mifologiyasi» kitobida mifologik maktabning nazariy qarashlari va qiyosiy metod xususida qiziqarli fikrlar bildirilgan. Aka-uka Grimmlar hind-yevropa xalqlari og'zaki ijod namunalarini qiyosiy tahlil ular o'rtasidagi o'xshashlik yagona ildizidan kelib chiqqan degan fikrni ilgari suradilar. Bunday holatni ular qadimgi qabilalarining uzoq o'tmishdagi yagona mifologik tasavvurlar bilan izohlaydilar (keyinchalik esa miflar oriy qabilalarining dunyo bo'ylab tarqalishi natijasida turli-tuman o'zgarishlarga uchrab, o'zlarining dastlabki ilohiy ma'nolarini yo'qotib, ertak, epic afsonaga aylanadilar). Shu qarash asosida aka-uka Grimmlar hind-yevropa xalqlari miflarini qiyosiy-tarixiy aspektda o'rganib, qadimgi bobo mifni tiklashni asosiy maqsad deb biladilar. Madaniy hodisalarning, hududlarning uzoq va yaqinligiga qaramay takrorlanishi mifologik maktab vakillarini ularning kelib chiqishi (genezisi) yagonadir degan yanglish xulosalarga olib keldi. Keyinchalik ular ilgari surgan fikrlar rad etilgan bo'lsa ham to'plangan yirik faktik material, uning tasnifi va eng asosiysi, undan keyin kelib chiqadigan nazariy umumlashmalar keying davr adabiyotshunosligining rivojiga samarali ta'sir etdi.Yana bir nemis olimi Teodor Benfeyning nazariy qarashlari qadimgi hind eposi «Panchatantra»ning nemis tilidagi tarjimasiga (1859) yozgan so'z boshisida aks etgan. Benfeyning fikriga ko'ra, ayrim badiiy asarlarning bir-biriga yaqinligi, sujet yo'nalishidagi o'xshashliklarning sababi faqatgina mif yoki mifologik manba bo'lmay, «sayyor syujetlar»dir. Boshqacha aytganda badiiy asarlar bir xalqdan boshqasiga o'tishi mumkin. Bu fikr aka-uka Grimmlar tomonidan ilgari surilgan qarashlarga nisbatan oldinga tashlangan bir qadam edi. Ayni paytda, Benfey fikrlarida cheklanganlik ko'zga tashlanadi. Buning sababi Benfey ham mifologik maktab vakillari singari barcha sujetlarining vatani Hindiston deb hisoblagan. Bunday qarash bir madaniyatning ikkinchisiga tobe deb hukm chiqarilishiga olib keladi. Lekin Benfey mifologiyasi tarixiylik nuqtai nazaridan cheklanganligiga qaramay, adabiyotshunoslikda muhim bir yo'nalishga-«sujetlar migrasiyasi»ga asos  
 
bo'ldi. Biz bu yerda adabiy o'zlashtirish yoxud adabiy ta'sir hodisasining dastlabki 
kurtaklarini ko'ramiz va bu narsa keyinchalik yaratilgan tadqiqotlarga samarali ta'sir 
ko'rsatdi. Shunday qilib, dastlab Germaniyada shakllana boshlagan qiyosiy-tarixiy 
metod tez orada butun Yevropaga yoyildi. 
Ma'lumki, 
XIX 
asrning 
ikkinchi 
yarmi 
Rossiyada 
adabiyot 
va 
adabiyotshunoslik fanining jadal rivoji bilan ajralib turadi. Rus ijtimoiy falsafiy 
tafakkuri tarixida muhim o'rin tutgan Rossiya mifologik maktabining asoschisi. 
akad. 
F.I.Buslayev 
(1818-1897), 
qiyosiy 
mifologik 
maktab 
vakillaridan 
A.N.Afanasyev (1826-1871), madaniy-tarixiy maktab vakili A.N.Pipin (1833-1904) 
adabiyotshunoslik fanining psixologik yo'nalishiga mansub A.A.Potebnya (1835 - 
1891) kabi olimlarning ilmiy faoliyati aynan shu davrga to'g'ri keladi. Ularning 
barchasi rus adabiyotshunosligida akademik maktab asoschilaridir. Ular orasida 
ilmiy tadqiqotlarning miqyosi va darajasi, jahon adabiyotshunoslik ilmiga ko'rsatgan 
ta'siri bilan akademik A.N.Veselovskiy (1839 - 1906) alohida mavqyega ega. Uning 
tadqiqotlari qiyosiy-tarixiy metodning rivojini ko'p yillarga belgilab berdi. 
A.N.Veselovskiy qiyosiy-tarixiy metod namoyandalari tadqiqotlarining yutuq va 
kamchiliklarini qunt bilan o'rgandi. Ulardagi rivojlantirish va tayanish mumkin 
bo'lgan jihatlarga e'tibor berdi, o'z ilmiyt adqiqotlarida unumli foydalandi. Olim 
adabiy hodisalarni tadqiq etar ekan, ularni yuzaga keltirgan sharoitga diqqat-
e'tiborini qaratdi. Masalan, uning: «Menga xalq qanday yashaganini ayting, men 
sizga uning nima yozganini aytaman», - degan fikri ilmiy aoliyatining dastlabki 
davridayoq 
adabiy 
qarashlarining 
shakllanganidan 
darak 
beradi. 
Adabiyotshunoslikka oid ayrim tadqiqotlarda A.N.Veselovskiy o'zidan oldingi 
komparativizm vakillarining davomchisi sifatida baholanadi. Biroq keying yillardagi 
tadqiqotlarda A.N.Veselovskiy ilmiy faoliyatida aka-uka Grimmlar va T.Benfey 
nazariyasining tutgan o'rni adabiyotshunosning salaflari ilmiy merosiga munosabati 
yangi dalillar asosida atrotlicha ko'rsatib o'tilgan. U «Solomon va Ketavraz haqid asl 
avian afsonalari, Morolf va Merling bilan bog'liq G'arb rivoyatlari» (1872) nomli 
doktorlik dissertasiyasida tayyor sujetlar bilan bog'liq qiziqarli fikr-mulohazala 
rbildirilgan. A.N.Veselovskiy o'xshash adabiy hodisalarni qiyosiy-tarixiy aspektdat 
ahlil qilar ekan shunday yozadi: «Ikki Sharq va G'arb povestlari aro o'xshashlik ular 
o'rtasidagi tarixiy aloqalardan darak bermaydi: bu hol mifologik maktab vakillari zo'r 
bo'ldi. Biz bu yerda adabiy o'zlashtirish yoxud adabiy ta'sir hodisasining dastlabki kurtaklarini ko'ramiz va bu narsa keyinchalik yaratilgan tadqiqotlarga samarali ta'sir ko'rsatdi. Shunday qilib, dastlab Germaniyada shakllana boshlagan qiyosiy-tarixiy metod tez orada butun Yevropaga yoyildi. Ma'lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi Rossiyada adabiyot va adabiyotshunoslik fanining jadal rivoji bilan ajralib turadi. Rus ijtimoiy falsafiy tafakkuri tarixida muhim o'rin tutgan Rossiya mifologik maktabining asoschisi. akad. F.I.Buslayev (1818-1897), qiyosiy mifologik maktab vakillaridan A.N.Afanasyev (1826-1871), madaniy-tarixiy maktab vakili A.N.Pipin (1833-1904) adabiyotshunoslik fanining psixologik yo'nalishiga mansub A.A.Potebnya (1835 - 1891) kabi olimlarning ilmiy faoliyati aynan shu davrga to'g'ri keladi. Ularning barchasi rus adabiyotshunosligida akademik maktab asoschilaridir. Ular orasida ilmiy tadqiqotlarning miqyosi va darajasi, jahon adabiyotshunoslik ilmiga ko'rsatgan ta'siri bilan akademik A.N.Veselovskiy (1839 - 1906) alohida mavqyega ega. Uning tadqiqotlari qiyosiy-tarixiy metodning rivojini ko'p yillarga belgilab berdi. A.N.Veselovskiy qiyosiy-tarixiy metod namoyandalari tadqiqotlarining yutuq va kamchiliklarini qunt bilan o'rgandi. Ulardagi rivojlantirish va tayanish mumkin bo'lgan jihatlarga e'tibor berdi, o'z ilmiyt adqiqotlarida unumli foydalandi. Olim adabiy hodisalarni tadqiq etar ekan, ularni yuzaga keltirgan sharoitga diqqat- e'tiborini qaratdi. Masalan, uning: «Menga xalq qanday yashaganini ayting, men sizga uning nima yozganini aytaman», - degan fikri ilmiy aoliyatining dastlabki davridayoq adabiy qarashlarining shakllanganidan darak beradi. Adabiyotshunoslikka oid ayrim tadqiqotlarda A.N.Veselovskiy o'zidan oldingi komparativizm vakillarining davomchisi sifatida baholanadi. Biroq keying yillardagi tadqiqotlarda A.N.Veselovskiy ilmiy faoliyatida aka-uka Grimmlar va T.Benfey nazariyasining tutgan o'rni adabiyotshunosning salaflari ilmiy merosiga munosabati yangi dalillar asosida atrotlicha ko'rsatib o'tilgan. U «Solomon va Ketavraz haqid asl avian afsonalari, Morolf va Merling bilan bog'liq G'arb rivoyatlari» (1872) nomli doktorlik dissertasiyasida tayyor sujetlar bilan bog'liq qiziqarli fikr-mulohazala rbildirilgan. A.N.Veselovskiy o'xshash adabiy hodisalarni qiyosiy-tarixiy aspektdat ahlil qilar ekan shunday yozadi: «Ikki Sharq va G'arb povestlari aro o'xshashlik ular o'rtasidagi tarixiy aloqalardan darak bermaydi: bu hol mifologik maktab vakillari zo'r  
 
berib ta'kidlaganlaridek, uzoq o'tmishning mahsuli ham emas, bu bir maromdagi 
psixik rivojlanishning mevasi bo'lib, u yoki bu yerda bir shakl va mazmunda 
ifodalangan». Olimni salaflaridan farqli o'laroq, birinchi galda, adabiy g'oyalar 
tarixi, o'zaro aloqadorligi kabi masalalar qiziqtirgan. A.N.Veselovskiy adabiy 
hodisalar tahlilida badiiy asarning vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni 
birinchi o'ringa qo'yadi. U katta bir faktik material bilan ish ko'rishi sababli 
tadqiqotida turli xalqlar adabiyoti namunalarini qiyosiy tahlil etib, muhim 
umumlashmalar chiqargan. Masalan, doktorlik ishida vizantiya, slavyan, rus 
yodgorliklarini chuqur o'rganish o'rta asrlar g'arb adabiyotini tahlil etganda muhim 
ma'lumotlar berishiniq ayd etib yozadi: «O'rta asrlar adabiyotini o'rganuvchilar shu 
vaqtga qadar slavyan yodgorliklariga e'tibor qaratmadilar, biroq mening ishonchim 
komilki, ularni o'rganish g'arb adabiyotiga doir ayrim qarashlarni o'zgartirib, adabiy 
hodisalarning yuzaga kelishi va shakllanish bosqichlarini o'zgacha izohlaydi». U rus 
adabiyoti namunalarini tahlil qilganda g'arb manbalarining muhim o'rin tutishini 
ham to'g'ri qayd etgan. A.N.Veselovskiyga qadar rus adabiyoti tarixini tadqiq 
etganlar bu masalalarga deyarli diqqatlarini qaratmaganlar. U qadimgi rus madaniy 
muhiti o'z qobig'iga o'ralib qolmay, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga qarab Yevropa bilan 
uzviy aloqada bo’lganligini isbotlab ko'rsatdi. Demak, dunyoda bir-biridan 
o'rganmagan va bir-biriga ta'sir ko'rsatmagan adabiyotning o'zi yo'q. Olimni 
o'zlashgan adabiy hodisaning shakily jihatlari emas, balki uning kirib borgan 
madaniy muhitidagi o'rni, yangi ma'nolar kasb etishi, unga bo'lgan munosabat kabi 
muammolar qiziqtirgan. Shu o'rinda A.N.Veselovskiyning adabiyot tarixiga oid 
qarashlari qiziqarlidir. Uningcha, «Adabiyot tarixi keng ma'noda bu – jamiyat 
tafakkuri tarixidir...». Olim adabiyotni madaniyatning uzviy ajralmas bo'lagi sifatida 
tushunadi va talqin etadi. U tadqiqot olib brogan davrda adabiyot tarixining 
metodologik asoslari ishlab chiqilmagan edi. Uning «Adabiyot tarixining fan 
sifatidagi metodi va vazifalari» tadqiqoti adabiyot tarixining metodologik 
muammolariga diqqatni qaratganligi tufayli ham hozirgi kunga qadar o'z ilmiy 
ahamiyatini saqlab kelmoqda. A.N.Veselovskiy ilmiy faoliyatining cho'qqisi 
«Tarixiy poetika» asaridir. Katta faktik materiallar asosida o'rta asrlar adabiyotini 
chuqur o'rgangan olim jahon adabiyoti rivojining qonuniyatlari bilan ham qiziqdi. 
Ma'lumki, Aristotel davridan beri poetika deganda poeziyaning nazariy jihatlarigina 
berib ta'kidlaganlaridek, uzoq o'tmishning mahsuli ham emas, bu bir maromdagi psixik rivojlanishning mevasi bo'lib, u yoki bu yerda bir shakl va mazmunda ifodalangan». Olimni salaflaridan farqli o'laroq, birinchi galda, adabiy g'oyalar tarixi, o'zaro aloqadorligi kabi masalalar qiziqtirgan. A.N.Veselovskiy adabiy hodisalar tahlilida badiiy asarning vujudga kelishida ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni birinchi o'ringa qo'yadi. U katta bir faktik material bilan ish ko'rishi sababli tadqiqotida turli xalqlar adabiyoti namunalarini qiyosiy tahlil etib, muhim umumlashmalar chiqargan. Masalan, doktorlik ishida vizantiya, slavyan, rus yodgorliklarini chuqur o'rganish o'rta asrlar g'arb adabiyotini tahlil etganda muhim ma'lumotlar berishiniq ayd etib yozadi: «O'rta asrlar adabiyotini o'rganuvchilar shu vaqtga qadar slavyan yodgorliklariga e'tibor qaratmadilar, biroq mening ishonchim komilki, ularni o'rganish g'arb adabiyotiga doir ayrim qarashlarni o'zgartirib, adabiy hodisalarning yuzaga kelishi va shakllanish bosqichlarini o'zgacha izohlaydi». U rus adabiyoti namunalarini tahlil qilganda g'arb manbalarining muhim o'rin tutishini ham to'g'ri qayd etgan. A.N.Veselovskiyga qadar rus adabiyoti tarixini tadqiq etganlar bu masalalarga deyarli diqqatlarini qaratmaganlar. U qadimgi rus madaniy muhiti o'z qobig'iga o'ralib qolmay, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga qarab Yevropa bilan uzviy aloqada bo’lganligini isbotlab ko'rsatdi. Demak, dunyoda bir-biridan o'rganmagan va bir-biriga ta'sir ko'rsatmagan adabiyotning o'zi yo'q. Olimni o'zlashgan adabiy hodisaning shakily jihatlari emas, balki uning kirib borgan madaniy muhitidagi o'rni, yangi ma'nolar kasb etishi, unga bo'lgan munosabat kabi muammolar qiziqtirgan. Shu o'rinda A.N.Veselovskiyning adabiyot tarixiga oid qarashlari qiziqarlidir. Uningcha, «Adabiyot tarixi keng ma'noda bu – jamiyat tafakkuri tarixidir...». Olim adabiyotni madaniyatning uzviy ajralmas bo'lagi sifatida tushunadi va talqin etadi. U tadqiqot olib brogan davrda adabiyot tarixining metodologik asoslari ishlab chiqilmagan edi. Uning «Adabiyot tarixining fan sifatidagi metodi va vazifalari» tadqiqoti adabiyot tarixining metodologik muammolariga diqqatni qaratganligi tufayli ham hozirgi kunga qadar o'z ilmiy ahamiyatini saqlab kelmoqda. A.N.Veselovskiy ilmiy faoliyatining cho'qqisi «Tarixiy poetika» asaridir. Katta faktik materiallar asosida o'rta asrlar adabiyotini chuqur o'rgangan olim jahon adabiyoti rivojining qonuniyatlari bilan ham qiziqdi. Ma'lumki, Aristotel davridan beri poetika deganda poeziyaning nazariy jihatlarigina  
 
tushunilar edi. A.N.Veselovskiy esa poetikani lmiy asosga qurishni hamda uni 
adabiyotning ilmiy-nazariy quroliga aylantirishni asosiy maqsad deb bildi. Uning 
fikricha, adabiyotshunoslikning eng muhim masalalarini hal qilmay turib, uni 
adabiyot haqidagi fanga aylantirib bo'lmaydi. A.N.Veselovskiy tarixiy poetikasining 
asosini «Poetik tafakkur va uning shakllari evolyusiyasi»ni o'rganishda ko'rdi. 
Olimning adabiy turlar, poetic uslub, sujet xususidagi tadqiqotlarining asosida poetic 
tafakkur evolyusiyasi va bunga omil bo'lgan ijtimoiy-siyosiy tafakkur yotadi. 
A.N.Veselovskiy poetic janrlar evolyusiyasini o'rganar ekan, diqqatni 
poeziyaning ibtidoiy shakllariga qaratdi va uning dastlabki ko'rinishlari sinkretik 
(qorishiq) holatda bo'lganligini isbotlab ko'rsatdi. U ilk poeziya namunalarining real 
hayot bilan bog'liq jihatlariga e'tibor qildi. Keyinchalik esa, taraqqiyotning va poetic 
tafakkurning asta-sekin rivojlanishi natijasida poetic janrlarning differensiyasi 
boshlandi. Bu jarayonda lirikaning ajralib chiqishini olim individual psixikaning 
uzoq davom etgan rivojlanishi bilan bog'laydi. Bir so'z bilan aytganda, Veselovskiy 
«Tarixiy poetika asari» orqali jahon adabiyotining umumiy nazariyasini yaratmoqchi 
va adabiy jarayonning ichki rivojlanish qonuniyatlarini ko'rsatmoqchi bo'ldi. 
Afsuski, uning fundamental tadqiqoti yakunlanmay qolgan. Biroq u ko'targan 
muammolar shunchaki sanab o'tishning o'zi ham olimning adabiyotshunoslik 
fanining rivojiga qo'shgan hissasini ko'rsatadi. Masalan, uning yana bir jihati haqiqiy 
olim qanday ilmiy kashfiyotlar qilmasin agar uning ilmiy yo'nalishlari keyinchalik 
ham davom etmasa, u holda bu kashfiyotlar uning o'zi bilan birga tugaydi. 
A.N.Veselovskiy ilmiy yo'nalishi esa, davom ettirildi va davom etmoqda. Taniqli 
adabiyotshunos akademik V. F. Shishmarev o'tgan asrning 30-yillari so'ngida 
A.N.Veselovskiy haqida shunday yozadi: «Biz ko'pincha tayyor fikr va qoidalarga 
suyanamiz, ba'zan ularni Veselovskiyga olib borishga o'zimizga hisob ham 
bermaymiz yoki buni unutamiz». 
Qiyosiy adabiyotshunoslik rivoji, metodologiyasi shakllanishida akd. V. M. 
Jirmunskiy (1891 - 1971)ning xizmatlari beqiyos. U o'zining dastlabki 
adqiqotlaridan boshlab qiyosiy-tarixiy metodning o'zak masalalari bilan qiziqdi. 
Masalan, uning «Bayron va Pushkin» (1924) risolasi adabiy ta'sir  yoki adabiy 
o'zlashtirish muammolariga yangicha yondashuv bilan diqqatni tortadi. Ma'lumki 
ushbu muammolar bilan shug'ullangan tadqiqotchilar nazaridan yuqoridagi 
tushunilar edi. A.N.Veselovskiy esa poetikani lmiy asosga qurishni hamda uni adabiyotning ilmiy-nazariy quroliga aylantirishni asosiy maqsad deb bildi. Uning fikricha, adabiyotshunoslikning eng muhim masalalarini hal qilmay turib, uni adabiyot haqidagi fanga aylantirib bo'lmaydi. A.N.Veselovskiy tarixiy poetikasining asosini «Poetik tafakkur va uning shakllari evolyusiyasi»ni o'rganishda ko'rdi. Olimning adabiy turlar, poetic uslub, sujet xususidagi tadqiqotlarining asosida poetic tafakkur evolyusiyasi va bunga omil bo'lgan ijtimoiy-siyosiy tafakkur yotadi. A.N.Veselovskiy poetic janrlar evolyusiyasini o'rganar ekan, diqqatni poeziyaning ibtidoiy shakllariga qaratdi va uning dastlabki ko'rinishlari sinkretik (qorishiq) holatda bo'lganligini isbotlab ko'rsatdi. U ilk poeziya namunalarining real hayot bilan bog'liq jihatlariga e'tibor qildi. Keyinchalik esa, taraqqiyotning va poetic tafakkurning asta-sekin rivojlanishi natijasida poetic janrlarning differensiyasi boshlandi. Bu jarayonda lirikaning ajralib chiqishini olim individual psixikaning uzoq davom etgan rivojlanishi bilan bog'laydi. Bir so'z bilan aytganda, Veselovskiy «Tarixiy poetika asari» orqali jahon adabiyotining umumiy nazariyasini yaratmoqchi va adabiy jarayonning ichki rivojlanish qonuniyatlarini ko'rsatmoqchi bo'ldi. Afsuski, uning fundamental tadqiqoti yakunlanmay qolgan. Biroq u ko'targan muammolar shunchaki sanab o'tishning o'zi ham olimning adabiyotshunoslik fanining rivojiga qo'shgan hissasini ko'rsatadi. Masalan, uning yana bir jihati haqiqiy olim qanday ilmiy kashfiyotlar qilmasin agar uning ilmiy yo'nalishlari keyinchalik ham davom etmasa, u holda bu kashfiyotlar uning o'zi bilan birga tugaydi. A.N.Veselovskiy ilmiy yo'nalishi esa, davom ettirildi va davom etmoqda. Taniqli adabiyotshunos akademik V. F. Shishmarev o'tgan asrning 30-yillari so'ngida A.N.Veselovskiy haqida shunday yozadi: «Biz ko'pincha tayyor fikr va qoidalarga suyanamiz, ba'zan ularni Veselovskiyga olib borishga o'zimizga hisob ham bermaymiz yoki buni unutamiz». Qiyosiy adabiyotshunoslik rivoji, metodologiyasi shakllanishida akd. V. M. Jirmunskiy (1891 - 1971)ning xizmatlari beqiyos. U o'zining dastlabki adqiqotlaridan boshlab qiyosiy-tarixiy metodning o'zak masalalari bilan qiziqdi. Masalan, uning «Bayron va Pushkin» (1924) risolasi adabiy ta'sir yoki adabiy o'zlashtirish muammolariga yangicha yondashuv bilan diqqatni tortadi. Ma'lumki ushbu muammolar bilan shug'ullangan tadqiqotchilar nazaridan yuqoridagi  
 
masalalarning o'ziga xos qonuniyatlari, g'oyaviy asoslari chetda edi. Yosh 
adabiyotshunos esa dastlab jiddiy ishida shunday yozadi: «Pushkin Bayrondan shoir 
sifatida ilhomlangan. Bunda u Bayrondan nimalarni o'rgandi? O'z ustoz ipoetik 
asarlaridagi nimalardan «ta'sirlangan» va buni o'z individual ta'bi va qobiliyatiga 
ko'ra qanday aks ettirgan?» Olim ilmiy faoliyatining dastlabki yillarida adabiy ta’sir 
muammosining ichki qonuniyatlarini ko’rsata olmagan bo’lsada bir masalaning 
to’g’ri qo’yilishi va asoslanishi katta bir qadam edi. Ayni paytda adabiy ta'sirni 
shunchaki bir passiv o'zlashtirish tarzida emas, balki faol qayta ishlash, hattoki o'ziga 
xos kurash va buning natijasida yangi bir san'at asarining yuzaga kelishi sifatida bu 
muhim prinsipial qarashdir. Uning fikricha, har qanday adabiy materialning qayta 
ishlanganligini aniqlash o'rganilayotgan badiiy asarning o'ziga xos jihatlarini 
tushunishga va muallifning ijodi individualligini to'g'ri belgilashga xizmat qiladi. 
Risola hali-hanuz o'z ilmiy ahamiyatini yo'qotmaganligi sababli ham oradan ko'p 
yillar o'tganiga qaramay, «Tanlangan asarlar»idan joy oldi. Kezi kelganda aytib 
o'tish lozimki, rus adabiyotshunosligi fanidagi vorisiylik an'anasining barqarorligi V. 
M. Jirmunskiy ilmiy tadqiqotlariga mustahkam poydevor bo'lib xizmat qildi. 1935 
yili e'lon qilingan «Qiyosiy adabiyotshunoslik va adabiy ta'sir muammolari» 
tadqiqoti adabiyotshunoslar tomonidan V.M.Jirmunskiy ilmiy  faoliyatida «keskin 
burilish» deb baholanadi. Bu tadqiqotida u tarixiy-adabiy jarayonning o'xshashligi 
jamiyatning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi bilan bog'liqligi xususidagi yangi 
konsepsiyani ilgari surdi. 
Ma'lumki, qiyosiy-tarixiy metodning V.M.Jirmunskiygacha bo'lgan vakillari 
adabiy hodisalarning o'xshashligi masalasini faqat bevosita adabiy aloqalardagina 
ko'radilar. V. M. Jirmunskiy esa shunday yozadi: «Ayni shu nuqtai nazardan biz 
ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning bir xil rivojlanish bosqichida paydo bo'ladigan o'zaro 
o'xshash adabiy hodisalarni ular o'rtasidagi o'zaro ta'sirning borlig yok iyo'qligidan 
qat'iy nazar bemalol qiyoslay olamiz va qiyosiy o'rganishmiz zarur ham». V. M. 
Jirmunskiy qiyosiy adabiyotshunoslikning 
maqsad va vazifalarini jahon 
adabiyotining umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o'rganishda ko'rdi. Uning fikricha 
tipologik aloqalar konkret bil vosita aloqalarni yoki adabiy ta'sirni inkor etmaydi. 
Milliy adabiyotlarga xalqaro adabiy aloqalarning kirib kelishi adabiy muhitda unga 
bo'lgan talab va ehtiyojdan darak beradi. Ayni paytda olimning yozishiga ko’ra, har 
masalalarning o'ziga xos qonuniyatlari, g'oyaviy asoslari chetda edi. Yosh adabiyotshunos esa dastlab jiddiy ishida shunday yozadi: «Pushkin Bayrondan shoir sifatida ilhomlangan. Bunda u Bayrondan nimalarni o'rgandi? O'z ustoz ipoetik asarlaridagi nimalardan «ta'sirlangan» va buni o'z individual ta'bi va qobiliyatiga ko'ra qanday aks ettirgan?» Olim ilmiy faoliyatining dastlabki yillarida adabiy ta’sir muammosining ichki qonuniyatlarini ko’rsata olmagan bo’lsada bir masalaning to’g’ri qo’yilishi va asoslanishi katta bir qadam edi. Ayni paytda adabiy ta'sirni shunchaki bir passiv o'zlashtirish tarzida emas, balki faol qayta ishlash, hattoki o'ziga xos kurash va buning natijasida yangi bir san'at asarining yuzaga kelishi sifatida bu muhim prinsipial qarashdir. Uning fikricha, har qanday adabiy materialning qayta ishlanganligini aniqlash o'rganilayotgan badiiy asarning o'ziga xos jihatlarini tushunishga va muallifning ijodi individualligini to'g'ri belgilashga xizmat qiladi. Risola hali-hanuz o'z ilmiy ahamiyatini yo'qotmaganligi sababli ham oradan ko'p yillar o'tganiga qaramay, «Tanlangan asarlar»idan joy oldi. Kezi kelganda aytib o'tish lozimki, rus adabiyotshunosligi fanidagi vorisiylik an'anasining barqarorligi V. M. Jirmunskiy ilmiy tadqiqotlariga mustahkam poydevor bo'lib xizmat qildi. 1935 yili e'lon qilingan «Qiyosiy adabiyotshunoslik va adabiy ta'sir muammolari» tadqiqoti adabiyotshunoslar tomonidan V.M.Jirmunskiy ilmiy faoliyatida «keskin burilish» deb baholanadi. Bu tadqiqotida u tarixiy-adabiy jarayonning o'xshashligi jamiyatning ijtimoiy-tarixiy rivojlanishi bilan bog'liqligi xususidagi yangi konsepsiyani ilgari surdi. Ma'lumki, qiyosiy-tarixiy metodning V.M.Jirmunskiygacha bo'lgan vakillari adabiy hodisalarning o'xshashligi masalasini faqat bevosita adabiy aloqalardagina ko'radilar. V. M. Jirmunskiy esa shunday yozadi: «Ayni shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning bir xil rivojlanish bosqichida paydo bo'ladigan o'zaro o'xshash adabiy hodisalarni ular o'rtasidagi o'zaro ta'sirning borlig yok iyo'qligidan qat'iy nazar bemalol qiyoslay olamiz va qiyosiy o'rganishmiz zarur ham». V. M. Jirmunskiy qiyosiy adabiyotshunoslikning maqsad va vazifalarini jahon adabiyotining umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o'rganishda ko'rdi. Uning fikricha tipologik aloqalar konkret bil vosita aloqalarni yoki adabiy ta'sirni inkor etmaydi. Milliy adabiyotlarga xalqaro adabiy aloqalarning kirib kelishi adabiy muhitda unga bo'lgan talab va ehtiyojdan darak beradi. Ayni paytda olimning yozishiga ko’ra, har  
 
qanday adabiy ta’sir yangi muhitda uning  sharoiti va talablariga moslashadi. Shu 
bilan birga ijtimoiy munosabatlarning o'zgarishi natijasida turli ijtimoiy 
formasiyalarda turli adabiy ta'sir vujudga keladi. Qiyosiy-tarixiy metod umumjahon 
adabiy jarayonini tadqiq etganda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning rivojlanish 
qonuniyatlariga asoslanadi. Chunki tarixiy jarayon har bir geografik mintaqa 
doirasida o'ziga xos belgilarga ega bo'lgani holda birqa tor qonuniyatlarga ham 
egaki, aynan shu qonuniyatlardan kelib chiqib turli xalqlar adabiyotlarini qiyosiy 
aspektda o'rganish mumkin.V.M.Jirmunskiyning «Gyote rus adabiyotida» (1937) 
monografiyasi xalqaro adabiy ta'sirning yangi qirralariga diqqatni tortgani bilan 
muhim ahamiyat kasb etadi. Unda o'zlashgan adabiy materialning ijodiy qayta 
ishlanishi masalasiga e'tibor qaratiladi. Uning fikricha, adabiy asar tarjima 
qilinganda o'sha muhitga moslashib, adabiy jarayonga kirishib, o'sha muhitning o'z 
asaridek bo'lib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, milliy adabiyotning to'laqonli 
mahsuliga aylanadi: «Shu ma'noda rus Gyotesi rus adabiy va ijtimoiy taraqqiyotining 
muammosidir». Demak, xalqaro adabiy aloqalarni tadqiq etganda tor, ya'ni tarjima 
jarayoni bilan bog'liq masalalarga diqqatni qaratibgina qolmay, balki tarjima etilgan 
– qayta ijodiy ishlangan badiiy asar yangi adabiy muhitga qanday moslashgani, unga 
bo'lgan munosabat kabi muammolarni o'rganish  qiziqarli natijalar berishi 
mumkin.V.M.Jirmunskiy har bir adabiy hodisani tahlil qilar ekan, eng avvalo uning 
paydo bo'lishiga sabab bo'lgan omil – jamiyatning ma'naviy ehtiyojlari kabi 
masalalarga atroflicha to'xtaladi. Olim qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb 
vazifalarini quyidagicha izohlaydi: «Qiyosiy adabiyotshunoslik milliy adabiyotlar 
taraqqiyotining qonuniyatini Sharq va G'arbni qamrab olgan jahon adabiyoti 
kontekstida ko'radi. Bunda uyuqorida qayd etib o'tilganidek, tarixiy sharoitning 
birligi va xalqaro madaniy aloqalarning doimiyligidan kelib chiqadi...» 
Adabiyotshunos «Alisher Navoiy va Sharq adabiyotida Renessans muammosi» 
maqolasida shoir ijodini unga zamondosh G'arb mutafakkirlari merosi bilan qiyosiy 
o'rganib birqa tor muhim tipologik nuqtalarni aniqladi. Masalaning yana bir g'oyat 
muhim jihati shundaki, shoir ijodi merosi Sharq uyg'onishi kontekstida o'rganilgan. 
Olimning ushbu maqolasi navoiyshunoslikda birinchi marta A. Navoiy ijodi keng 
planda qiyosiy aspektda tadqiq etilgani bilan muhim ahamiyatga ega. Undan XV 
asrda Sharqda A. Navoiy ko'targan bir qator ijtimoiy-axloqiy masalalar G'arbda ham 
qanday adabiy ta’sir yangi muhitda uning sharoiti va talablariga moslashadi. Shu bilan birga ijtimoiy munosabatlarning o'zgarishi natijasida turli ijtimoiy formasiyalarda turli adabiy ta'sir vujudga keladi. Qiyosiy-tarixiy metod umumjahon adabiy jarayonini tadqiq etganda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning rivojlanish qonuniyatlariga asoslanadi. Chunki tarixiy jarayon har bir geografik mintaqa doirasida o'ziga xos belgilarga ega bo'lgani holda birqa tor qonuniyatlarga ham egaki, aynan shu qonuniyatlardan kelib chiqib turli xalqlar adabiyotlarini qiyosiy aspektda o'rganish mumkin.V.M.Jirmunskiyning «Gyote rus adabiyotida» (1937) monografiyasi xalqaro adabiy ta'sirning yangi qirralariga diqqatni tortgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Unda o'zlashgan adabiy materialning ijodiy qayta ishlanishi masalasiga e'tibor qaratiladi. Uning fikricha, adabiy asar tarjima qilinganda o'sha muhitga moslashib, adabiy jarayonga kirishib, o'sha muhitning o'z asaridek bo'lib qoladi. Boshqacha qilib aytganda, milliy adabiyotning to'laqonli mahsuliga aylanadi: «Shu ma'noda rus Gyotesi rus adabiy va ijtimoiy taraqqiyotining muammosidir». Demak, xalqaro adabiy aloqalarni tadqiq etganda tor, ya'ni tarjima jarayoni bilan bog'liq masalalarga diqqatni qaratibgina qolmay, balki tarjima etilgan – qayta ijodiy ishlangan badiiy asar yangi adabiy muhitga qanday moslashgani, unga bo'lgan munosabat kabi muammolarni o'rganish qiziqarli natijalar berishi mumkin.V.M.Jirmunskiy har bir adabiy hodisani tahlil qilar ekan, eng avvalo uning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan omil – jamiyatning ma'naviy ehtiyojlari kabi masalalarga atroflicha to'xtaladi. Olim qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb vazifalarini quyidagicha izohlaydi: «Qiyosiy adabiyotshunoslik milliy adabiyotlar taraqqiyotining qonuniyatini Sharq va G'arbni qamrab olgan jahon adabiyoti kontekstida ko'radi. Bunda uyuqorida qayd etib o'tilganidek, tarixiy sharoitning birligi va xalqaro madaniy aloqalarning doimiyligidan kelib chiqadi...» Adabiyotshunos «Alisher Navoiy va Sharq adabiyotida Renessans muammosi» maqolasida shoir ijodini unga zamondosh G'arb mutafakkirlari merosi bilan qiyosiy o'rganib birqa tor muhim tipologik nuqtalarni aniqladi. Masalaning yana bir g'oyat muhim jihati shundaki, shoir ijodi merosi Sharq uyg'onishi kontekstida o'rganilgan. Olimning ushbu maqolasi navoiyshunoslikda birinchi marta A. Navoiy ijodi keng planda qiyosiy aspektda tadqiq etilgani bilan muhim ahamiyatga ega. Undan XV asrda Sharqda A. Navoiy ko'targan bir qator ijtimoiy-axloqiy masalalar G'arbda ham  
 
aynan shu davrda kun tartibiga qo'yilganini bilib olamiz: «Shunday qilib Alisher 
Navoiyning ulkan siymosi jahon adabiyotidan tashqarida emas. O'zbek adabiyoti 
asoschisining ijodi G'arbda maslakdoshlari –shoir va mutafakkirlarning ilg'or 
g'oyalari bilan bevosita hamohangdir». Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitning birligi adabiy ta'sir va aloqalarning bor-yo'qligidan qat'iy nazar dunyo 
miqyosidagi mutafakkir ijodkorlarning qarashlaridagi uyg'unlikka sabab bo'lgan. 
Masalan, yuqoridagi tarzda qo'yib uni atroflicha o'rganish o'z-o'zidan A. Navoiy 
ijodiy merosini jahon adabiyoti kontekstida tadqiq etishga yo'l ochadi va 
navoiyshunoslik fani ufqlarini kengaytiradi. XX asrda sovet adabiyotshunosligi fani 
ayrim mafkuraviy cheklashlarga qaramay, dunyo miqyosidagi ko'plab olimlarni 
yetishtirib berdi. Shunday olimlardan biri mashhur sharqshunos akademik N. I. 
Konrad (1891 - 1970) edi. N. I. Konrad ilmiy faoliyatining asosiy qismi yapon va 
xitoy adabiyoti tarixi bilan bog'liq bo'lib, u o'tgan asr 50-yillaridan boshlab qiyosiy 
adabiyotshunoslikning nazariy muammolari bilan izchil shug'ullana boshladi. Uning 
«Qiyosiy adabiyotshunoslikning zamonaviy muammolari» (1959) maqolasi alohida 
qimmatga ega. Maqolada hozirgi kunda jahon adabiyotida kechayotgan o'zgarishlar 
ketganda zamonaviy adabiyotlarni ikki xil unsurdan tashkil topishini to'g'ri talqin 
etadi: milliy adabiyot namunalari va tarjima qilingan adabiy asarlar. Darhaqiqat, 
xalqaro adabiy aloqalarning kuchayishi, bir xalq adabiyoti namunasining ikkinchi 
bir mamlakatga kirib borishida tarjimaning o'rni bo'lakcha: «Bir adabiyotning 
ikkinchi bir adabiyotga kirib borishida asosiy vosita tarjimadir. Biroq tarjimon 
faqatgina vositachi emas. O'zga tilde yozilgan adabiy asarni ona tilida qayta yaratish 
– bu ham ijodiy ishdir. Tarjima asarlarining paydo bo'lishi u yoki bu darajada 
adabiyotni boyitadi». Jahon adabiy jarayonida kechayotgan ushbu hodisalarni  
o'rganish 
qiyosiy 
adabiyotshunoslikning 
vazifasidir. 
Ma'lumki, 
barcha 
adabiyotlarning rivojlanishi bir xil emas. Olim bu holni ayrim adabiyotlarning yaqin 
o'tmishdagi tarixiy taraqqiyoti bilan bog'laydi: «Abay»dan to «Abay yo'li»gacha – 
xalq poeziyasidan toza monaviy romangacha bo'lgan masofa ayrim adabiyotlar 
uchun katta bo'lib, qozoq adabiyot iesa buni qandaydir yarim asar davomida bosib 
o'tdi». Olim bunday jadal rivojlanishning o'ziga xos jihatlarini ham ko'rsatib o'tadi. 
Uning fikricha, tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda adabiyotning jadal sur'atda 
rivojlanishi uchun rivojlangan ilg'or adabiyotlar safiga yaqinlashtirsa, boshqa bir 
aynan shu davrda kun tartibiga qo'yilganini bilib olamiz: «Shunday qilib Alisher Navoiyning ulkan siymosi jahon adabiyotidan tashqarida emas. O'zbek adabiyoti asoschisining ijodi G'arbda maslakdoshlari –shoir va mutafakkirlarning ilg'or g'oyalari bilan bevosita hamohangdir». Shunday qilib, ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitning birligi adabiy ta'sir va aloqalarning bor-yo'qligidan qat'iy nazar dunyo miqyosidagi mutafakkir ijodkorlarning qarashlaridagi uyg'unlikka sabab bo'lgan. Masalan, yuqoridagi tarzda qo'yib uni atroflicha o'rganish o'z-o'zidan A. Navoiy ijodiy merosini jahon adabiyoti kontekstida tadqiq etishga yo'l ochadi va navoiyshunoslik fani ufqlarini kengaytiradi. XX asrda sovet adabiyotshunosligi fani ayrim mafkuraviy cheklashlarga qaramay, dunyo miqyosidagi ko'plab olimlarni yetishtirib berdi. Shunday olimlardan biri mashhur sharqshunos akademik N. I. Konrad (1891 - 1970) edi. N. I. Konrad ilmiy faoliyatining asosiy qismi yapon va xitoy adabiyoti tarixi bilan bog'liq bo'lib, u o'tgan asr 50-yillaridan boshlab qiyosiy adabiyotshunoslikning nazariy muammolari bilan izchil shug'ullana boshladi. Uning «Qiyosiy adabiyotshunoslikning zamonaviy muammolari» (1959) maqolasi alohida qimmatga ega. Maqolada hozirgi kunda jahon adabiyotida kechayotgan o'zgarishlar ketganda zamonaviy adabiyotlarni ikki xil unsurdan tashkil topishini to'g'ri talqin etadi: milliy adabiyot namunalari va tarjima qilingan adabiy asarlar. Darhaqiqat, xalqaro adabiy aloqalarning kuchayishi, bir xalq adabiyoti namunasining ikkinchi bir mamlakatga kirib borishida tarjimaning o'rni bo'lakcha: «Bir adabiyotning ikkinchi bir adabiyotga kirib borishida asosiy vosita tarjimadir. Biroq tarjimon faqatgina vositachi emas. O'zga tilde yozilgan adabiy asarni ona tilida qayta yaratish – bu ham ijodiy ishdir. Tarjima asarlarining paydo bo'lishi u yoki bu darajada adabiyotni boyitadi». Jahon adabiy jarayonida kechayotgan ushbu hodisalarni o'rganish qiyosiy adabiyotshunoslikning vazifasidir. Ma'lumki, barcha adabiyotlarning rivojlanishi bir xil emas. Olim bu holni ayrim adabiyotlarning yaqin o'tmishdagi tarixiy taraqqiyoti bilan bog'laydi: «Abay»dan to «Abay yo'li»gacha – xalq poeziyasidan toza monaviy romangacha bo'lgan masofa ayrim adabiyotlar uchun katta bo'lib, qozoq adabiyot iesa buni qandaydir yarim asar davomida bosib o'tdi». Olim bunday jadal rivojlanishning o'ziga xos jihatlarini ham ko'rsatib o'tadi. Uning fikricha, tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda adabiyotning jadal sur'atda rivojlanishi uchun rivojlangan ilg'or adabiyotlar safiga yaqinlashtirsa, boshqa bir  
 
tomondan esa, ilg'or adabiyotlar bilan sifat borasidagi tafovutlar orta boradi. Bunday 
holat milliy adabiyotning yaqin o'tmishdagi tarixiy taraqqiyoti bilan izohlanadi. 
Biroq istisno holatlar ham bor. Masalan, qirg'iz adabiyotining yirik vakili Ch. 
Aytmatov ijodi. Adibning asarlari allaqachon jahon adabiyoti tarixidan mustahkam 
o'rin olgan. Lekin bunday holat kam uchraydigan hol. Shunday qilib, jahon adabiyoti 
sahnida kechayotgan bunday murakkab jarayonlarni adabiy aloqalar tahili orqali 
kuzatish mumkin. N. I. Konrad alohida adabiyot namunalarining tahlili xalqaro 
adabiy aloqalarni nazarda tutgan holda amalga oshadi, deb ta'kidlaydi: «Mohiyat 
e'tibori bilan barcha madaniy xalqlarning zamonaviy adabiyotlari uyoki bu darajada 
bir-biri bilan aloqador bo'lib, ularning rivojlanishi ushbu aloqalar sathida kechgan va 
kechmoqda. Bu hol milliy adabiyotning mustaqilligini inkor etmaydi, balki uning 
milliy o'ziga xosligini yanada ravshanroq namoyon qiladi». Bunday adabiy 
muammolar qiyosiy adabiyotshunoslik o'rganadigan muammolarning kichik bir 
tarkibiy qismidir.Biz N. I. Konrad ilmiy faoliyati xususida so'z yuritar ekanmiz, 
birinchi navbatda, uning «Jahon adabiyoti tarixi» ko'p jildligining faol 
ishtirokchilaridan biri ekanligini qayd qilishimiz zarur. Ko'p jildlikka yozgan so'z 
boshisida jahon adabiyoti tarixining muhim nuqtalariga e'tiborni qaratib, uni tadqiq 
etish yo'llarini ko'rsati bberdi. Jahon adabiyoti tushunchasini dunyo xalqlarining 
birgalikdagi mahsuli, deb qarab uni kishilik jamiyati madaniy-tarixiy taraqqiyotining 
uzviy bir qismi deb bildi. U kun tartibiga qo'ygan masalalardan biri Renessans -
Uyg'onishdir. Katta faktik dalillar asosida Uyg'onish bu faqat G'arb adabiyotiga xos 
emasligini, bu hodisa konkret tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda Sharqda ham 
ro'y berganini isbotlab ko'rsatdi. Garchi ushbu konsepsiya bir qator bahs-
munozaralarga sabab bo'lgan bo'lsa-da, ammo muammoning to'g'ri qo'yilishi Sharq 
tarixi, adabiyoti namunalarini keng qamrovli o'rganishga yo'l ochdi. Uning 
tadqiqotlarida adabiy xususiy, tor doirada o'rganish emas, balki har bir milliy 
adabiyot namunasini eng avvalo jahon adabiy jarayonining uzviy bir qismi sifatida 
qarash yetakchilik qiladi. Umuman olganda, A.N.Veselovskiy, V. M. Jirmunskiyva, 
N. I. Konrad ilmiy faoliyatiga xos jihat adabiy hodisalarni keng qamrovda qiyosiy 
tahlil qilish, har bir hodisaning yuzaga kelish sabablari, rivoji va tanazzulini ko'rsata 
olishdir. N. I. Konradning ilmiy tadqiqotlari qiyosiy adabiyotshunoslikning rivojini 
tomondan esa, ilg'or adabiyotlar bilan sifat borasidagi tafovutlar orta boradi. Bunday holat milliy adabiyotning yaqin o'tmishdagi tarixiy taraqqiyoti bilan izohlanadi. Biroq istisno holatlar ham bor. Masalan, qirg'iz adabiyotining yirik vakili Ch. Aytmatov ijodi. Adibning asarlari allaqachon jahon adabiyoti tarixidan mustahkam o'rin olgan. Lekin bunday holat kam uchraydigan hol. Shunday qilib, jahon adabiyoti sahnida kechayotgan bunday murakkab jarayonlarni adabiy aloqalar tahili orqali kuzatish mumkin. N. I. Konrad alohida adabiyot namunalarining tahlili xalqaro adabiy aloqalarni nazarda tutgan holda amalga oshadi, deb ta'kidlaydi: «Mohiyat e'tibori bilan barcha madaniy xalqlarning zamonaviy adabiyotlari uyoki bu darajada bir-biri bilan aloqador bo'lib, ularning rivojlanishi ushbu aloqalar sathida kechgan va kechmoqda. Bu hol milliy adabiyotning mustaqilligini inkor etmaydi, balki uning milliy o'ziga xosligini yanada ravshanroq namoyon qiladi». Bunday adabiy muammolar qiyosiy adabiyotshunoslik o'rganadigan muammolarning kichik bir tarkibiy qismidir.Biz N. I. Konrad ilmiy faoliyati xususida so'z yuritar ekanmiz, birinchi navbatda, uning «Jahon adabiyoti tarixi» ko'p jildligining faol ishtirokchilaridan biri ekanligini qayd qilishimiz zarur. Ko'p jildlikka yozgan so'z boshisida jahon adabiyoti tarixining muhim nuqtalariga e'tiborni qaratib, uni tadqiq etish yo'llarini ko'rsati bberdi. Jahon adabiyoti tushunchasini dunyo xalqlarining birgalikdagi mahsuli, deb qarab uni kishilik jamiyati madaniy-tarixiy taraqqiyotining uzviy bir qismi deb bildi. U kun tartibiga qo'ygan masalalardan biri Renessans - Uyg'onishdir. Katta faktik dalillar asosida Uyg'onish bu faqat G'arb adabiyotiga xos emasligini, bu hodisa konkret tarixiy sharoitdan kelib chiqqan holda Sharqda ham ro'y berganini isbotlab ko'rsatdi. Garchi ushbu konsepsiya bir qator bahs- munozaralarga sabab bo'lgan bo'lsa-da, ammo muammoning to'g'ri qo'yilishi Sharq tarixi, adabiyoti namunalarini keng qamrovli o'rganishga yo'l ochdi. Uning tadqiqotlarida adabiy xususiy, tor doirada o'rganish emas, balki har bir milliy adabiyot namunasini eng avvalo jahon adabiy jarayonining uzviy bir qismi sifatida qarash yetakchilik qiladi. Umuman olganda, A.N.Veselovskiy, V. M. Jirmunskiyva, N. I. Konrad ilmiy faoliyatiga xos jihat adabiy hodisalarni keng qamrovda qiyosiy tahlil qilish, har bir hodisaning yuzaga kelish sabablari, rivoji va tanazzulini ko'rsata olishdir. N. I. Konradning ilmiy tadqiqotlari qiyosiy adabiyotshunoslikning rivojini  
 
yangi bir bosqichga ko'tardi va bu metod o'rganilishi zarur bo'lgan qator 
muammolarni ko'rsatib berdi. 
Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik adabiyotshunoslik fanining tarkibiy qismi 
sifatida dunyo adabiyotshunosligida o'ziga xos mavqega ega. G'arbiy Yevropa va 
Amerika adabiyotshunosligida qiyosiy-tarixiy metod xususida bir qator tadqiqotlar 
yozilgan va hozirga qadar yozilmoqda. Qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb 
muammolariga oid ilmiy konferensiya, simpozium, kongresslar muntazam o'tkazib 
kelinadi, qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik bo'yicha jurnallar nashr etiladi.Sobiq 
Ittifoq adabiyotshunosligida bu yo'nalishda Irina Neupokoyeva 70-80 yillarda qator 
tadqiqotlarni nashr ettirdi. Olima ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo'nalishi jahon 
adabiyot itarixini yaratishda qiyosiy adabiyotshunoslik oldida turgan muammolarga 
qaratilgan. Uning «История Всемирной литературы. Проблемы системного 
исправнительного анализа» (1976) monografiyasi kishilik jamiyati tarixining 
yaxlitligidan kelib chiqqan holda, jahon adabiyoti tarixining qiyosiy va sistemali 
tahliliga bag'ishlangan. U qiyosiy-tarixiy metodga tayanib jahon tarixi va adabiyoti 
mintaqaviy va milliy adabiyotla rsistemasi jahon adabiyoti tarixini davrlashtirish 
kabi murakkab hodisalarni tahlil etadi. O'zbek adabiyotshunosligida ham XX asr 
davomida qiyosiy-tarixiy yo'nalishda tadqiqotlar yaratildi. Masalan, I.Rustamovning 
o'zbek mumtoz adabiyotini Sharq xalqlari adabiyotlari bilan qiyosiy tadqiq etgan 
ishi, Navoiy «Xamsa»si qiyosiy tadqiq etilgan tadqiqotlar va boshqalar. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. “Qiyosiy adabiyotshunoslik” tushunchasi haqida gapiring. 
2. Bir predmetni ikkinchi predmetga qiyoslay bilish nimani o’rgatadi 
3. Xohlagan bir asaringizni boshqa shunday asar bilan qiyoslay olasizmi? 
4. “Qiyos – asos” iborasiga izoh bering. 
5. O‘zbek hikoyalarini jahon hikoyalari bilan qiyoslab o‘rgangan olimlar. 
6. O’zbek she’riyatini jahon she’riyati bilan qiyoslab o’rgangan olimlar 
7. Ta’sir va taqlid tushunchasi haqida gapiring 
8. O’zbek asarlari jahon minbarida 
9. Jahon adabiyoti o‘zbek adabiyotshunoslari nazarida 
yangi bir bosqichga ko'tardi va bu metod o'rganilishi zarur bo'lgan qator muammolarni ko'rsatib berdi. Qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik adabiyotshunoslik fanining tarkibiy qismi sifatida dunyo adabiyotshunosligida o'ziga xos mavqega ega. G'arbiy Yevropa va Amerika adabiyotshunosligida qiyosiy-tarixiy metod xususida bir qator tadqiqotlar yozilgan va hozirga qadar yozilmoqda. Qiyosiy adabiyotshunoslikning dolzarb muammolariga oid ilmiy konferensiya, simpozium, kongresslar muntazam o'tkazib kelinadi, qiyosiy-tarixiy adabiyotshunoslik bo'yicha jurnallar nashr etiladi.Sobiq Ittifoq adabiyotshunosligida bu yo'nalishda Irina Neupokoyeva 70-80 yillarda qator tadqiqotlarni nashr ettirdi. Olima ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo'nalishi jahon adabiyot itarixini yaratishda qiyosiy adabiyotshunoslik oldida turgan muammolarga qaratilgan. Uning «История Всемирной литературы. Проблемы системного исправнительного анализа» (1976) monografiyasi kishilik jamiyati tarixining yaxlitligidan kelib chiqqan holda, jahon adabiyoti tarixining qiyosiy va sistemali tahliliga bag'ishlangan. U qiyosiy-tarixiy metodga tayanib jahon tarixi va adabiyoti mintaqaviy va milliy adabiyotla rsistemasi jahon adabiyoti tarixini davrlashtirish kabi murakkab hodisalarni tahlil etadi. O'zbek adabiyotshunosligida ham XX asr davomida qiyosiy-tarixiy yo'nalishda tadqiqotlar yaratildi. Masalan, I.Rustamovning o'zbek mumtoz adabiyotini Sharq xalqlari adabiyotlari bilan qiyosiy tadqiq etgan ishi, Navoiy «Xamsa»si qiyosiy tadqiq etilgan tadqiqotlar va boshqalar. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. “Qiyosiy adabiyotshunoslik” tushunchasi haqida gapiring. 2. Bir predmetni ikkinchi predmetga qiyoslay bilish nimani o’rgatadi 3. Xohlagan bir asaringizni boshqa shunday asar bilan qiyoslay olasizmi? 4. “Qiyos – asos” iborasiga izoh bering. 5. O‘zbek hikoyalarini jahon hikoyalari bilan qiyoslab o‘rgangan olimlar. 6. O’zbek she’riyatini jahon she’riyati bilan qiyoslab o’rgangan olimlar 7. Ta’sir va taqlid tushunchasi haqida gapiring 8. O’zbek asarlari jahon minbarida 9. Jahon adabiyoti o‘zbek adabiyotshunoslari nazarida  
 
10. O‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan birini o‘zaro solishtiring   
 
10. O‘zbek va jahon adabiyoti namunalaridan birini o‘zaro solishtiring