BADIIY ASAR TARKIBI SHAKLIY TAHLIL VA MAZMUNIY TAHLIL MUAMMOLI VA MUFASSAL TAHLIL

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

22,4 KB


 
 
 
 
 
 
BADIIY ASAR TARKIBI SHAKLIY TAHLIL VA MAZMUNIY 
TAHLIL MUAMMOLI VA MUFASSAL TAHLIL 
 
                                       REJA: 
1. Shakl tushunchasining falsafiy-estetik mohiyati. 
2. Mazmun tushunchasining mantiqiy mohiyati. 
3. Tahlil jarayonida shakl va mazmun munosabatining ahamiyati. 
4. Shakl va mazmun munosabati estetik muammo sifatida. 
 
Tayanch tushunchalar: 
       Shakl, Mazmun, Shakl va mazmun tushunchalarining o’zaro munosabati, Badiiy 
tahlilda mazmunning o’rni, Badiiy tahlilda shakl mavqei, Shakl va mazmunning 
falsafa hamda estetikadagi o’rni. 
 
Foydalaniladigan adabiyotlar: 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2. M. Xayrullaev. Mazmun va shakl. – T., O’zbekiston, 1996 yil 
3. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. – T ., Fan, 1978- 1979yy. 
4. T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T., O’zbekiston, 2002 yil 
5. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., “Sharq”, 2002 yil 
6. A. Gafurov. Badiiylik -  bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil 
Badiiy asarni tahlil qilish haqida gapirganda, mazmun va shakl birligi hamda 
ularning uzaro munosabatlari masalasiga alohida to’xtalish lozim.Negaki, badiiy 
tahlilga tortilgan har qandaybadiiy shakl (asar)dan badiiy mazmun kutilganidek, har 
qanday mazmun biror ifoda tarzinitopishi shartdir. Badiiy asarlar ilmiy tahlil 
qilinganda mazkur muammo faqat estetik planda qo’yiladi. O’quv tahliliga tortilgan 
asarlarga tadbiqan esa shakl va mazmun masalasi ham estetik, ham pedagogik 
BADIIY ASAR TARKIBI SHAKLIY TAHLIL VA MAZMUNIY TAHLIL MUAMMOLI VA MUFASSAL TAHLIL REJA: 1. Shakl tushunchasining falsafiy-estetik mohiyati. 2. Mazmun tushunchasining mantiqiy mohiyati. 3. Tahlil jarayonida shakl va mazmun munosabatining ahamiyati. 4. Shakl va mazmun munosabati estetik muammo sifatida. Tayanch tushunchalar: Shakl, Mazmun, Shakl va mazmun tushunchalarining o’zaro munosabati, Badiiy tahlilda mazmunning o’rni, Badiiy tahlilda shakl mavqei, Shakl va mazmunning falsafa hamda estetikadagi o’rni. Foydalaniladigan adabiyotlar: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. M. Xayrullaev. Mazmun va shakl. – T., O’zbekiston, 1996 yil 3. Adabiyot nazariyasi. Ikki tomlik. – T ., Fan, 1978- 1979yy. 4. T. Boboev. Adabiyotshunoslik asoslari. – T., O’zbekiston, 2002 yil 5. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., “Sharq”, 2002 yil 6. A. Gafurov. Badiiylik - bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil Badiiy asarni tahlil qilish haqida gapirganda, mazmun va shakl birligi hamda ularning uzaro munosabatlari masalasiga alohida to’xtalish lozim.Negaki, badiiy tahlilga tortilgan har qandaybadiiy shakl (asar)dan badiiy mazmun kutilganidek, har qanday mazmun biror ifoda tarzinitopishi shartdir. Badiiy asarlar ilmiy tahlil qilinganda mazkur muammo faqat estetik planda qo’yiladi. O’quv tahliliga tortilgan asarlarga tadbiqan esa shakl va mazmun masalasi ham estetik, ham pedagogik  
 
problemadir. Mafkura estetik tafakkurga ham hukmronlik qilgan zamonlarda badiiy 
asarlardagi mazmun vashakl munosabatiga falsafa ilmidagiday qaraldi. Ya'ni badiiy 
hodisaning o’ziga xos tabiati hisobga olinmay, unga sof ilmiy fenomenga 
yondashilganday munosabatda bulindi. Shu sabab adabiyotshunoslikda badiiy 
asarning mazmuni birlamchi bo’lishi, badiiy shakl esa ikkinchi darajali mavqeda 
bo’lishi kerak degan qarash qaror topdi. San'atda ta'sirchan, original, hech kimnikiga 
o’xshamagan shakl emas, balki qay tarzda aytilsa-da, mazmun birlamchi ahamiyatga 
ega deb qarash, badiiy jihatdan nochor bo’lsa-da, ochiqchasiga kommunistik 
mafkura manfaatlariga xizmat qiladigan, marksistik g‘oyalarni ifodalovchi 
bitiklarning badiiyat namunasi tarzida qabul etilishiga qaratilgan adabiy siyosat edi. 
Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik badiiy asarning qanday 
yozilganligi bilan emas, balki unda nima haqda gap borganligi bilan ko’proq qiziqar 
va shu tariqa adabiyotda mavzu hukmronligi vujudga kelardi.Shakl va mazmun 
tushunchasi, aslida, bir-biriga zid bo’lmagan va biri boshqasini taqozo etadigan 
estetik kategoriyalardir. Badiiy shaklning badiiyligi shundaki, u muayyan estetik 
mazmunni tashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga emas, balki hissiyotga ham ta'sir 
etadigan shaklda ifoda etilishi bilan falsafiy ma'nodagi mazmun tushunchasidan farq 
qiladi. Shundan ko’rinadiki, mazmun birlamchimi yoxud shaklmi singari bahslar 
atay o’ylab topilgan va san'atni mafkuraga bo’ysundirishga qaratilgan muammodir. 
Bu guyo jon muhimroqmi yoxud tana degan bahsga o’xshab ketadigan, samarasizligi 
boshdanoq ayon bo’lgan tortishuvdan boshqa narsa emas. Badiiy asarning shakli 
bilan mazmuni bir-biridan ajratib bo’lmaydigan, shu boisdan ikkovi ham bir 
paytning o’zida birlamchi ahamiyatga ega tushunchalardir. Mazmun o’z-o’zicha 
g‘oya emas.Mazmunda xolislik, ob'ektivlik, tabiiylik mavjud bo’lsa, g‘oyada 
tendensiozlik, tarafkashlik, sub'ektivlik ustuvor bo’ladi. Badiiy tahlilda shakl va 
mazmun munosabatining hal qiluvchi ahamiyati bor. Har qanday mazmun biror 
shaklni taqozo etgani va muayyan shakldagina mavjud bo’lganidek, har qanday 
shakl 
ham 
muayyan 
mazmunga 
ega. 
Shuning 
uchun 
ham 
dunyo 
adabiyotshunosligida 
mazmunli 
shakl 
(soderjatelnaya 
forma) 
tushunchasi 
qo’llaniladi. Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb 
qarash mumkin emas. Badiiy asarning badiiyligi aynan shaklda namoyon bo’ladi. 
Shakl va mazmun munosabati falsafiy, estetik, didaktik muammo sifatida kompleks 
problemadir. Mafkura estetik tafakkurga ham hukmronlik qilgan zamonlarda badiiy asarlardagi mazmun vashakl munosabatiga falsafa ilmidagiday qaraldi. Ya'ni badiiy hodisaning o’ziga xos tabiati hisobga olinmay, unga sof ilmiy fenomenga yondashilganday munosabatda bulindi. Shu sabab adabiyotshunoslikda badiiy asarning mazmuni birlamchi bo’lishi, badiiy shakl esa ikkinchi darajali mavqeda bo’lishi kerak degan qarash qaror topdi. San'atda ta'sirchan, original, hech kimnikiga o’xshamagan shakl emas, balki qay tarzda aytilsa-da, mazmun birlamchi ahamiyatga ega deb qarash, badiiy jihatdan nochor bo’lsa-da, ochiqchasiga kommunistik mafkura manfaatlariga xizmat qiladigan, marksistik g‘oyalarni ifodalovchi bitiklarning badiiyat namunasi tarzida qabul etilishiga qaratilgan adabiy siyosat edi. Mazmunni birlamchi deb qarovchi adabiyotshunoslik badiiy asarning qanday yozilganligi bilan emas, balki unda nima haqda gap borganligi bilan ko’proq qiziqar va shu tariqa adabiyotda mavzu hukmronligi vujudga kelardi.Shakl va mazmun tushunchasi, aslida, bir-biriga zid bo’lmagan va biri boshqasini taqozo etadigan estetik kategoriyalardir. Badiiy shaklning badiiyligi shundaki, u muayyan estetik mazmunni tashiydi. Badiiy mazmun esa faqat aqlga emas, balki hissiyotga ham ta'sir etadigan shaklda ifoda etilishi bilan falsafiy ma'nodagi mazmun tushunchasidan farq qiladi. Shundan ko’rinadiki, mazmun birlamchimi yoxud shaklmi singari bahslar atay o’ylab topilgan va san'atni mafkuraga bo’ysundirishga qaratilgan muammodir. Bu guyo jon muhimroqmi yoxud tana degan bahsga o’xshab ketadigan, samarasizligi boshdanoq ayon bo’lgan tortishuvdan boshqa narsa emas. Badiiy asarning shakli bilan mazmuni bir-biridan ajratib bo’lmaydigan, shu boisdan ikkovi ham bir paytning o’zida birlamchi ahamiyatga ega tushunchalardir. Mazmun o’z-o’zicha g‘oya emas.Mazmunda xolislik, ob'ektivlik, tabiiylik mavjud bo’lsa, g‘oyada tendensiozlik, tarafkashlik, sub'ektivlik ustuvor bo’ladi. Badiiy tahlilda shakl va mazmun munosabatining hal qiluvchi ahamiyati bor. Har qanday mazmun biror shaklni taqozo etgani va muayyan shakldagina mavjud bo’lganidek, har qanday shakl ham muayyan mazmunga ega. Shuning uchun ham dunyo adabiyotshunosligida mazmunli shakl (soderjatelnaya forma) tushunchasi qo’llaniladi. Badiiy ijodda shaklni mazmunga qarshi qo’yish va uni ikkilamchi deb qarash mumkin emas. Badiiy asarning badiiyligi aynan shaklda namoyon bo’ladi. Shakl va mazmun munosabati falsafiy, estetik, didaktik muammo sifatida kompleks  
 
qaralishi lozim. Ularning har biriga o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Badiiy asarda 
qanday ifodalash hamisha ham nimani ifodalash bilan yonma-yon keladi va 
ahamiyati undan kam emas. Badiiy matnda shakl mazmunni ifodalash vositasigina 
emas, balki mazmunni jozibali, hissiy, ta'sirli qilish omili hamdir. Tahlilda nimaga 
ko’proq ahamiyat berish kerak: shaklgami yoxud mazmungami? Yoki badiiy 
asardagi shakldan mazmun sari borish kerakmi, aksincha, mazmunni anglashdan 
shaklni talqin qilish sari kelgan ma'qulmi? qabilidagi savollarga javob berish nafaqat 
nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Agar amaldagi adabiy qarashlarda 
mazmun tushunchasiga g‘oyaga aylangan fikr tarzida yondashuv hukmron 
bo’lmaganda va har qanday asarga, avvalo, qanday g‘oyani ilgari suradi tarzidagi 
savolni berish ustuvor turmaganda, shakl va mazmun singari ayrilmas butunlik 
haqida bu taxlit masala qo’yib o‘tirilmas edi. Holbuki, hozir ham badiiy asardan, 
avvalo, g‘oya qidiradigan va shu bois istalgan badiiy asar tahlilidan: "Adib mana 
bunday demoqchi..." qabilida xulosa chiqarishni talab etadigan filolog mutaxassislar 
anchagina. Tahlilda shakldan mazmun sari borish kerak. Chunki shaklning 
go’zalligini kashf etish imkoniyatlari cheksizdir va shu bois tahlilchilarga 
faoliyatning cheksiz imkoniyatlari ochiladi. Shaklning qirralari kashf etilgani sari 
undan chiqadigan badiiy mazmun teranlashib, xilma xillashib boraveradi. Asar 
tahlili g‘oya qidirishdan boshlanadigan bo’lsa, tahlilchi aqidaga, hukmu xulosaga 
duch keladi. Aqida bor joyda xayolot parvoziga o’rin qolmaydi. Xayolot parvozi 
to’xtagan joyda badiiy asar ham yo’qqa chiqadi. Ayniqsa, mu’jizakor lirik asarlar 
tahlilga tortilganda, o’quvchilarni aqidaga yetaklib kelmaslik lozim. Ularga badiiy 
libos zamiridagi jozibadan bahramand bo’lish imkonini berish kerak. Cho’lponning 
"Binafsha", "Go’zal", Usmon Nosirning "Yurak", Hamid Olimjonning "Holbuki 
tong", "G‘azal", Abdulla Oripovning "Birinchi muhabbatim", "Bahor", "Sarob", 
Rauf Parfining "Tong otmoqda", "Yomgir yog‘ar", "Xato qildim", Omon 
Matjonning "Qo’shiq" singari ichkin she'riy asarlarining tahlilga oson bo’y 
bermasligi ham mukammal badiiy shaklga egaligida va chuqur mazmun go’zal 
shaklning sehrli qa'riga berkitilganidadir. Bu asarlarning sirli badiiy libosga 
burkangani faqat voqealarni mantiqiy tushunchalar mezoni bilan "Tahlillash"ga 
odatlanib qolgan mutaxassislarni qiynab qo’yadi va ular ba'zan bu estetik 
shakllardan qanday badiiy mazmun chiqarish mumkinligini bilishmaydi. Badiiy 
qaralishi lozim. Ularning har biriga o’ziga xos yondashuv talab etiladi. Badiiy asarda qanday ifodalash hamisha ham nimani ifodalash bilan yonma-yon keladi va ahamiyati undan kam emas. Badiiy matnda shakl mazmunni ifodalash vositasigina emas, balki mazmunni jozibali, hissiy, ta'sirli qilish omili hamdir. Tahlilda nimaga ko’proq ahamiyat berish kerak: shaklgami yoxud mazmungami? Yoki badiiy asardagi shakldan mazmun sari borish kerakmi, aksincha, mazmunni anglashdan shaklni talqin qilish sari kelgan ma'qulmi? qabilidagi savollarga javob berish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham egadir. Agar amaldagi adabiy qarashlarda mazmun tushunchasiga g‘oyaga aylangan fikr tarzida yondashuv hukmron bo’lmaganda va har qanday asarga, avvalo, qanday g‘oyani ilgari suradi tarzidagi savolni berish ustuvor turmaganda, shakl va mazmun singari ayrilmas butunlik haqida bu taxlit masala qo’yib o‘tirilmas edi. Holbuki, hozir ham badiiy asardan, avvalo, g‘oya qidiradigan va shu bois istalgan badiiy asar tahlilidan: "Adib mana bunday demoqchi..." qabilida xulosa chiqarishni talab etadigan filolog mutaxassislar anchagina. Tahlilda shakldan mazmun sari borish kerak. Chunki shaklning go’zalligini kashf etish imkoniyatlari cheksizdir va shu bois tahlilchilarga faoliyatning cheksiz imkoniyatlari ochiladi. Shaklning qirralari kashf etilgani sari undan chiqadigan badiiy mazmun teranlashib, xilma xillashib boraveradi. Asar tahlili g‘oya qidirishdan boshlanadigan bo’lsa, tahlilchi aqidaga, hukmu xulosaga duch keladi. Aqida bor joyda xayolot parvoziga o’rin qolmaydi. Xayolot parvozi to’xtagan joyda badiiy asar ham yo’qqa chiqadi. Ayniqsa, mu’jizakor lirik asarlar tahlilga tortilganda, o’quvchilarni aqidaga yetaklib kelmaslik lozim. Ularga badiiy libos zamiridagi jozibadan bahramand bo’lish imkonini berish kerak. Cho’lponning "Binafsha", "Go’zal", Usmon Nosirning "Yurak", Hamid Olimjonning "Holbuki tong", "G‘azal", Abdulla Oripovning "Birinchi muhabbatim", "Bahor", "Sarob", Rauf Parfining "Tong otmoqda", "Yomgir yog‘ar", "Xato qildim", Omon Matjonning "Qo’shiq" singari ichkin she'riy asarlarining tahlilga oson bo’y bermasligi ham mukammal badiiy shaklga egaligida va chuqur mazmun go’zal shaklning sehrli qa'riga berkitilganidadir. Bu asarlarning sirli badiiy libosga burkangani faqat voqealarni mantiqiy tushunchalar mezoni bilan "Tahlillash"ga odatlanib qolgan mutaxassislarni qiynab qo’yadi va ular ba'zan bu estetik shakllardan qanday badiiy mazmun chiqarish mumkinligini bilishmaydi. Badiiy  
 
asarlarni o’rganishda mazmunni anglashga tutinishdan ish boshlagan mutaxassis bu 
ichkin asarlarning butun jozibasini, o’ziga xosligini nazardan qochiradi. Mazmun 
izlashga zo’r bergan kishi o’z-o’zidan badiiy matndan uzoqlashib boraveradi. Badiiy 
matn sohirligi esa o’quvchi nazaridan chetda qolaveradi. Shu jihatdan, Rauf 
Parfining "Yomgir yog‘ar" she’ri tahlili xarakterlidir: 
Yomg‘ir yog‘ar, shigalab yog‘ar, 
Tomchilar tomchilar sochimga, 
Yomg‘ir yog‘ar, shigalab yog‘ar, 
Ham qayg‘umga, ham quvonchimga... 
Rauf Parfining uch to’rtlikdan iborat mu'jazgina she'ri shu taxlit boshlanadi va uning 
teng yarmi - olti misrasi "Yomg‘ir yog‘ar, shigalab yog‘ar" satrlari takroridan 
iboratdir. Filolog – tahlilchi mushtariylarning e'tiborini misralar zamiriga 
yashiringan jozibani topishga qaratishdan ishboshlashi kerak. Shig‘alab yog‘ayotgan 
ezgin yomg‘ir, yomg‘ir tagida ruhi goh maxzun, goh xushnud turgan shoir, sochlarga 
tomayotgan tomchilar, yog‘ayotgan  yomg‘irning lirik   qahramon 
Qayg‘usiga ham, quvonchiga ham baravar tomchilayotgani tasviri o’quvchilar ruhiy 
holatida bezovtalik paydo qiladi. Ular yomg‘ir tagida turgan nozikta'b lirik qahramon 
holatini his qiladilar,uning kechinmalarni yog‘ayotgan yomg‘ir singari moddiy narsa 
tarzida ko’z oldilariga keltiradilar. Shoir yomg‘ir yog‘ayotgani haqida xabar 
bermaydi, balki yomg‘irni she'rxon ko’z o’ngida "yog‘diradi". O’quvchi misralarga 
jo qilingan so’zlar orasidan yomg‘irning behudud shitirini,chakkilab tomayotgan 
tomchilarni "topadi". "Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Tomchilar tomchilar 
sochimga..." misralaridagi ketma-ket takrorlanayotgan "ch" tovushi chakkillab 
tomayotgan tomchining ohangini beradi. Ayni vaqtda, she'rxon tomchilar so’zining 
yonma-yon kelayotganiga e'tibor berish, bir so’zning bir misrada ikki bor 
takrorlanishiga diqqat qilish jarayonida uning ikki ma'no tashishini kashf qiladi. 
Oldin qo’llangan "tomchilar" ot so’z turkumiga mansub bo’lib, urg‘u “i" tovushiga 
tushishini, keyingi "tomchilar" so’zi esa, fe'lga mansub bo’lib, urg‘u "o" tovushiga 
tushishini bilib oladi. Bir qarashda tamomila bir xil bo’lgan ikki so’zning yonma-
yon qo’llanilishidan ushancha badiiy ma'no topa bilish kishining fantaziya ufqini 
kengaytiradi, olam go’zalligini teranroq his qilishiga yo’l ochadi. Shig‘alab 
yog‘ayotgan yomg‘ir sehriga berilib yomgirni unutgan, uning sirli musiqasiga asir 
asarlarni o’rganishda mazmunni anglashga tutinishdan ish boshlagan mutaxassis bu ichkin asarlarning butun jozibasini, o’ziga xosligini nazardan qochiradi. Mazmun izlashga zo’r bergan kishi o’z-o’zidan badiiy matndan uzoqlashib boraveradi. Badiiy matn sohirligi esa o’quvchi nazaridan chetda qolaveradi. Shu jihatdan, Rauf Parfining "Yomgir yog‘ar" she’ri tahlili xarakterlidir: Yomg‘ir yog‘ar, shigalab yog‘ar, Tomchilar tomchilar sochimga, Yomg‘ir yog‘ar, shigalab yog‘ar, Ham qayg‘umga, ham quvonchimga... Rauf Parfining uch to’rtlikdan iborat mu'jazgina she'ri shu taxlit boshlanadi va uning teng yarmi - olti misrasi "Yomg‘ir yog‘ar, shigalab yog‘ar" satrlari takroridan iboratdir. Filolog – tahlilchi mushtariylarning e'tiborini misralar zamiriga yashiringan jozibani topishga qaratishdan ishboshlashi kerak. Shig‘alab yog‘ayotgan ezgin yomg‘ir, yomg‘ir tagida ruhi goh maxzun, goh xushnud turgan shoir, sochlarga tomayotgan tomchilar, yog‘ayotgan yomg‘irning lirik qahramon Qayg‘usiga ham, quvonchiga ham baravar tomchilayotgani tasviri o’quvchilar ruhiy holatida bezovtalik paydo qiladi. Ular yomg‘ir tagida turgan nozikta'b lirik qahramon holatini his qiladilar,uning kechinmalarni yog‘ayotgan yomg‘ir singari moddiy narsa tarzida ko’z oldilariga keltiradilar. Shoir yomg‘ir yog‘ayotgani haqida xabar bermaydi, balki yomg‘irni she'rxon ko’z o’ngida "yog‘diradi". O’quvchi misralarga jo qilingan so’zlar orasidan yomg‘irning behudud shitirini,chakkilab tomayotgan tomchilarni "topadi". "Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Tomchilar tomchilar sochimga..." misralaridagi ketma-ket takrorlanayotgan "ch" tovushi chakkillab tomayotgan tomchining ohangini beradi. Ayni vaqtda, she'rxon tomchilar so’zining yonma-yon kelayotganiga e'tibor berish, bir so’zning bir misrada ikki bor takrorlanishiga diqqat qilish jarayonida uning ikki ma'no tashishini kashf qiladi. Oldin qo’llangan "tomchilar" ot so’z turkumiga mansub bo’lib, urg‘u “i" tovushiga tushishini, keyingi "tomchilar" so’zi esa, fe'lga mansub bo’lib, urg‘u "o" tovushiga tushishini bilib oladi. Bir qarashda tamomila bir xil bo’lgan ikki so’zning yonma- yon qo’llanilishidan ushancha badiiy ma'no topa bilish kishining fantaziya ufqini kengaytiradi, olam go’zalligini teranroq his qilishiga yo’l ochadi. Shig‘alab yog‘ayotgan yomg‘ir sehriga berilib yomgirni unutgan, uning sirli musiqasiga asir  
 
bo’lgan shoirning ko’ngli ham yomg‘irga aylanadi va she'r so’ngida shunday 
misralar quyilib keladi: "Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Yog‘a boshlar qog‘ozga 
ko’ngil". Matn tahliliga to’g‘ri yo’naltirilgan she'rxonlar asar badiiyati shaklga 
mohirlik bilan joylashganligini topa oladilar va bu narsa ularning nafaqat emotsional 
rivojiga, balki tafakkur taraqqiyotiga ham ta'sir ko’rsatishi shubhasizdir. Demak, 
tahlilni shaklni kashf qilishdan boshlash, undan keltirib chiqarish mumkin bo’lgan 
badiiy mazmunini yo’qqa chiqarmaydi, balki uning ta'sir  kuchini  oshirishga xizmat  
qiladi. Shaklga e'tiborsizlik, unga bepisandlik bilan qarash ba'zan uning butun 
go’zalligini yo’qqa chiqaradi. Badiiy asar-jonli vujud, daxlsiz butunlik. Tirik 
odamning biror muchasini boshqa yerga kuchirish izsiz o‘tmaganidek, chin badiiy 
asarga - vujudiga ham teginib bo’lmaydi. Yaxlitligiga daxl qilingan asar 
badiiyligidan ayriladi. E.Vohidovning "Ixlos" deb ataladigan she'ri bor. She'rdagi 
to’rt misra oddiy mantiq talabiga muvofiq va Grammatik  qoidalarga mos tarzda 
o’zgartirilganda, asar jozibasi yo’qqa chiqadi: 
Yigit qaytdi orzulari yoshdek to’kilib, 
Barbod bo’ldi qalbidagi buyuk ehtiros. 
Tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib, 
Sundi u kun pok yurakdan buyuk bir ixlos. 
     Bu to’rtlikning birorta ham so’zini o’zgartirmagan holda grammatik qoidalarga 
muvofiq tarzda joylashtirish mumkin: "Yigit orzulari yoshdek tukilib qaytdi. 
Qalbidagi buyuk ehtiros barbod bo’ldi. Buyuk bir ixlos tasodifiy bir holatning 
qurboni bo’lib u kun pok yurakdan so’ndi". She'rda ifodalangan mazmunga zarracha 
ham daxl qilinmadi. Mantiqiy-grammatik jihatdan to’rtlikdagi gaplar juda to’gri 
joylashtirildi. Ammo mantiqiy-estetik jihatdan girt noto’gri yo’l tutildi va shaklga 
tajovuz qilingani uchun go’zal badiiy hodisa yo’qqa chiqarildi. Ko’rinadiki, badiiyat 
uchun shakl ham ustuvor ahamiyat kasb etar ekan. Asl badiiy asarlarda so’z emas, 
balki biror tovush yoki belgi o’zgartirib yuborilishi ham katta estetik talofatlarga 
sabab bo’ladi. Xullas, badiiy tahlilda o’quvchiga badiiy shaklni his etish, uning 
ahamiyatini anglash yo’llari o’rgatilsa, asardan tabiiy yusinda kelib chiqadigan 
badiiy ma'noni to’liq ilgab olishga muvaffaq bo’linadi. Shaklning ustuvor maqomi, 
badiiy ijodda uning tutgan baland rutbasi, ayni vaqtda, shaklning mazmundan ajratib 
bo’lgan shoirning ko’ngli ham yomg‘irga aylanadi va she'r so’ngida shunday misralar quyilib keladi: "Yomg‘ir yog‘ar, shig‘alab yog‘ar, Yog‘a boshlar qog‘ozga ko’ngil". Matn tahliliga to’g‘ri yo’naltirilgan she'rxonlar asar badiiyati shaklga mohirlik bilan joylashganligini topa oladilar va bu narsa ularning nafaqat emotsional rivojiga, balki tafakkur taraqqiyotiga ham ta'sir ko’rsatishi shubhasizdir. Demak, tahlilni shaklni kashf qilishdan boshlash, undan keltirib chiqarish mumkin bo’lgan badiiy mazmunini yo’qqa chiqarmaydi, balki uning ta'sir kuchini oshirishga xizmat qiladi. Shaklga e'tiborsizlik, unga bepisandlik bilan qarash ba'zan uning butun go’zalligini yo’qqa chiqaradi. Badiiy asar-jonli vujud, daxlsiz butunlik. Tirik odamning biror muchasini boshqa yerga kuchirish izsiz o‘tmaganidek, chin badiiy asarga - vujudiga ham teginib bo’lmaydi. Yaxlitligiga daxl qilingan asar badiiyligidan ayriladi. E.Vohidovning "Ixlos" deb ataladigan she'ri bor. She'rdagi to’rt misra oddiy mantiq talabiga muvofiq va Grammatik qoidalarga mos tarzda o’zgartirilganda, asar jozibasi yo’qqa chiqadi: Yigit qaytdi orzulari yoshdek to’kilib, Barbod bo’ldi qalbidagi buyuk ehtiros. Tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib, Sundi u kun pok yurakdan buyuk bir ixlos. Bu to’rtlikning birorta ham so’zini o’zgartirmagan holda grammatik qoidalarga muvofiq tarzda joylashtirish mumkin: "Yigit orzulari yoshdek tukilib qaytdi. Qalbidagi buyuk ehtiros barbod bo’ldi. Buyuk bir ixlos tasodifiy bir holatning qurboni bo’lib u kun pok yurakdan so’ndi". She'rda ifodalangan mazmunga zarracha ham daxl qilinmadi. Mantiqiy-grammatik jihatdan to’rtlikdagi gaplar juda to’gri joylashtirildi. Ammo mantiqiy-estetik jihatdan girt noto’gri yo’l tutildi va shaklga tajovuz qilingani uchun go’zal badiiy hodisa yo’qqa chiqarildi. Ko’rinadiki, badiiyat uchun shakl ham ustuvor ahamiyat kasb etar ekan. Asl badiiy asarlarda so’z emas, balki biror tovush yoki belgi o’zgartirib yuborilishi ham katta estetik talofatlarga sabab bo’ladi. Xullas, badiiy tahlilda o’quvchiga badiiy shaklni his etish, uning ahamiyatini anglash yo’llari o’rgatilsa, asardan tabiiy yusinda kelib chiqadigan badiiy ma'noni to’liq ilgab olishga muvaffaq bo’linadi. Shaklning ustuvor maqomi, badiiy ijodda uning tutgan baland rutbasi, ayni vaqtda, shaklning mazmundan ajratib  
 
qaralishi mumkin emasligi hazrati Navoiy tomonidan "Hayrat ul-abror"  asarida 
go’zal yo’sinda tasvir etilgan: 
So’z aro yolg‘on kibi yo’q  nopisand, 
Aylar aning nazmini dono pisand. 
O’rnida tishlar duri manzum erur, 
Chun sochilar qiymati ma'lum erur. 
Vardu shajar shohid erur bog‘ aro, 
Lek  o’tin silkidadur tog‘ aro. 
Munda parishonligi noxush qilib, 
Anda murattabligi dilkash qilib... 
Daftari nazmida chu sherozadur, 
Gul varagi gulshan aro tozadur. 
Uzdi chu sherozani daftari, 
El uchurur har varag‘in bir sari. 
Nazm anga gulshanda ochilmog‘lig‘i, 
Nasr qaro yerga sochilmog‘lig‘i. 
Bo’lmasa e'joz maqomida nazm, 
Bo’lmas edi Tengri kalomida nazm. 
Nazmda ham asl anga ma'ni durur, 
Bo‘lsin aning surati  har ne durur. 
Nazmki ma'ni anga marg‘ub emas. 
Ahli maoniy qoshida xo’b emas. 
Nazmki ham surat erur xush anga, 
 
 
Zimnida ma'ni dog‘i dilkash anga. 
Yorab, ani xalq dilafro‘zi et, 
Xasta Navoiyga dag‘i ro‘zi et. 
      Ko’rinadiki, badiiy tahlil asnosida shakl va mazmun munosabatining estetik 
me'yori topilgan hamda unga amal qilingan holdagina chuqur badiiy tahlil qilish 
mumkin. 
                    Mavzuni mustahkamlash uchun  
                           savollar va topshiriqlar 
1. Tahlilda asar shakily – janriy rang – baranglikning hisobga olinishi. 
qaralishi mumkin emasligi hazrati Navoiy tomonidan "Hayrat ul-abror" asarida go’zal yo’sinda tasvir etilgan: So’z aro yolg‘on kibi yo’q nopisand, Aylar aning nazmini dono pisand. O’rnida tishlar duri manzum erur, Chun sochilar qiymati ma'lum erur. Vardu shajar shohid erur bog‘ aro, Lek o’tin silkidadur tog‘ aro. Munda parishonligi noxush qilib, Anda murattabligi dilkash qilib... Daftari nazmida chu sherozadur, Gul varagi gulshan aro tozadur. Uzdi chu sherozani daftari, El uchurur har varag‘in bir sari. Nazm anga gulshanda ochilmog‘lig‘i, Nasr qaro yerga sochilmog‘lig‘i. Bo’lmasa e'joz maqomida nazm, Bo’lmas edi Tengri kalomida nazm. Nazmda ham asl anga ma'ni durur, Bo‘lsin aning surati har ne durur. Nazmki ma'ni anga marg‘ub emas. Ahli maoniy qoshida xo’b emas. Nazmki ham surat erur xush anga, Zimnida ma'ni dog‘i dilkash anga. Yorab, ani xalq dilafro‘zi et, Xasta Navoiyga dag‘i ro‘zi et. Ko’rinadiki, badiiy tahlil asnosida shakl va mazmun munosabatining estetik me'yori topilgan hamda unga amal qilingan holdagina chuqur badiiy tahlil qilish mumkin. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar va topshiriqlar 1. Tahlilda asar shakily – janriy rang – baranglikning hisobga olinishi.  
 
2. Badiiy asar shakliga xos unsurlarning tahlili. 
3. Asar mazmuniga doir elementlar va badiiy tahlil. 
4. Mazmunda xolislik, ob’ektivlik, tabiiylik. 
5. Badiiy shakl va mazmun orasida mutanosiblik. 
6. Sharq va G‘arbda tahlil qanday (shaklga, mazmunga) qarab amalga 
  Oshirilgan 
1. She’riyatda dastlabki tahlil namunalari qay tarzda amalga oshirilgan 
2. Fransuz tanqidchisi Bualo tutgan yo‘l qanday edi? 
3. Bizda “Ilmi g‘ariba” qanday  tahlil usuli hisoblanadi? 
 
 
2. Badiiy asar shakliga xos unsurlarning tahlili. 3. Asar mazmuniga doir elementlar va badiiy tahlil. 4. Mazmunda xolislik, ob’ektivlik, tabiiylik. 5. Badiiy shakl va mazmun orasida mutanosiblik. 6. Sharq va G‘arbda tahlil qanday (shaklga, mazmunga) qarab amalga Oshirilgan 1. She’riyatda dastlabki tahlil namunalari qay tarzda amalga oshirilgan 2. Fransuz tanqidchisi Bualo tutgan yo‘l qanday edi? 3. Bizda “Ilmi g‘ariba” qanday tahlil usuli hisoblanadi?