BADIIY ASARNING ILMIY TAHLILI

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

22,8 KB


 
 
 
 
 
 
BADIIY ASARNING ILMIY TAHLILI 
 
REJA: 
1. Ilmiy tahlil, uning mahsad va vazifalari. 
2. Ilmiy tahlil va unga xos xususiyatlar. 
3. Ilmiy tahlilda adib, o’quvchi va matn munosabati dialektikasi. 
4. Tahlilda davr ruhi, ijodkor va tadqiqotchi shaxsiyati. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Ilmiy tahlil , Ilmiy tahlil maqsadi , Ilmiy tahlilning vazifalari, Yozuvchi, O’quvchi, 
matn munosabatlari xarakteri , Davr va tahlil , tahlil va milliy mentalitet . 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati: 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2. D. Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari.. – T., 2018. 
3. D. Quronov. Cho’lpon nasri poetikasi. – Toshkent: 2004 yil 
4. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: 2006 yil 
5. A. Rustamov. So’z xususida so’z. – Toshkent: 1987 yil 
Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada turadi. 
Filologik (ilmiy) tahlilga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bu xil tahlilning 
maqsadini belgilash zarurdir. Ilmiy tahlilning maqsadi o’rganilayotgan asarning 
hayotiy va badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir. Tahlilning 
bu turi oldida tekshirilayotgan asarning haqiqiy badiiy qimmatini aniqlash, uning 
millat badiiy hayotidagi asl o’rnini tayin etish, muayyan asarning millat badiiy 
tafakkuriga qo’shgan yangiligini xolis aniqlab berish, uning jamiyat a'zolari ijtimoiy 
ongiga ta'sirini belgilash, asarning milliy estetik tafakkur taraqqiyotidagi o’rni va 
inson ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ochish kabi vazifalar turadi. 
BADIIY ASARNING ILMIY TAHLILI REJA: 1. Ilmiy tahlil, uning mahsad va vazifalari. 2. Ilmiy tahlil va unga xos xususiyatlar. 3. Ilmiy tahlilda adib, o’quvchi va matn munosabati dialektikasi. 4. Tahlilda davr ruhi, ijodkor va tadqiqotchi shaxsiyati. Tayanch tushunchalar: Ilmiy tahlil , Ilmiy tahlil maqsadi , Ilmiy tahlilning vazifalari, Yozuvchi, O’quvchi, matn munosabatlari xarakteri , Davr va tahlil , tahlil va milliy mentalitet . Foydalanilgan adabiyotlar ro’xati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. D. Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari.. – T., 2018. 3. D. Quronov. Cho’lpon nasri poetikasi. – Toshkent: 2004 yil 4. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: 2006 yil 5. A. Rustamov. So’z xususida so’z. – Toshkent: 1987 yil Badiiy asar mohiyatini ochishda ilmiy (filologik) tahlil baland rutbada turadi. Filologik (ilmiy) tahlilga xos xususiyatlarini aniqlash uchun bu xil tahlilning maqsadini belgilash zarurdir. Ilmiy tahlilning maqsadi o’rganilayotgan asarning hayotiy va badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini ochishdan iboratdir. Tahlilning bu turi oldida tekshirilayotgan asarning haqiqiy badiiy qimmatini aniqlash, uning millat badiiy hayotidagi asl o’rnini tayin etish, muayyan asarning millat badiiy tafakkuriga qo’shgan yangiligini xolis aniqlab berish, uning jamiyat a'zolari ijtimoiy ongiga ta'sirini belgilash, asarning milliy estetik tafakkur taraqqiyotidagi o’rni va inson ma'naviyatini shakllantirishdagi ahamiyatini ochish kabi vazifalar turadi.  
 
Ilmiy (filologik) tahlilda tahlil bajarilayotgan zamon va makon hamda 
tahlilning adresatiga xos xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan holda ish ko’riladi. 
Ya'ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda, kimlarningdir didi-yu, 
badiiy imkoniyatlariga moslab amalga oshirish zaruriyati bo’lmaydi. Shuningdek, 
ilmiy tahlilda bajaruvchi bo’lajak o’quvchilarining yoshi va intellektual hozirlik 
darajalarining qandayligiga deyarli e'tibor qaratmaydilar. Chunki ilmiy tahlilda 
tadqiq qilinayotgan badiiy matn va u haqdagi xulosalarni qabul qiluvchi kishilar yo 
umuman tasavvur etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda ham "ko’zda tutilgan" 
o’quvchi g’oyat mavhum qiyofaga ega bo’ladi. Filologik tahlilda faqat tahlilning 
teranligi, xulosalarning asosli ekanligi hamda tekshirilayotgan badiiy asarning 
imkon qadar ko’proq qirralari qamrab olinishi va unga xos xususiyatlarni iloji 
boricha to’laroq ochishga diqqat qilinadi. 
Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor bo’lgan bir oltin qoida borki, 
unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk ko’chaga kiritadi. Bu oltin qoida shundan 
iboratki, o’rganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi qandayligidan qat'i 
nazar uning mazmunini so’zlab berish mumkin emas. Har qanday badiiy tahlil uch 
qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, o’quvchi, matn. San'at asari bilan o’quvchi 
o’rtasidagi to’siq bartaraf qilinganda, uning estetik jozibasi anglab yetilgandagina, u 
ma'naviy faktorga aylanadi, shaxsning mulki bo’lib, uning axloqiy qiyofasi 
shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yo’lda o’quvchiga matnni to’liq anglamaslik holati 
jiddiy to’siq bo’lib turadi. Uni bartaraf qilish uchun filolog mutaxassisning ilmiy 
tahlili zarur bo’ladi. Shuning uchun ham filolog ilmiy tahlil jarayonida mushtariylari 
yuragida badiiy matnga daxldorlik hissini tug’dirishga erishishi lozim. Filologik 
tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining hajmi qandayligi haqida qayg’urmay, 
ko’nglidagi tuyg’ularni, miyasidagi fikrlarni moddiylashtirishga intilgani ma’qul. 
Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi, rejada tekshirilayotgan badiiy asarning 
qaysi jihatlariga qanday yondashmoqchi ekanligini belgilab qo’ygani ma’qul. 
Shunda u tuyg’u va fikrining yetovida qolib ketmaydi, balki qarashlar va 
hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat qildira oladi. 
Ilmiy tahlilning saviyasi ko’p jihatdan tahlilchining iqtidori, xolisligi, ilmiy 
jasorati, hodisa ortidagi qonuniyatni ko’ra bilish salohiyatiga ega ekanligiga bog’liq 
bo’ladi. Filologik tahlilda mutaxassis jasoratli bo’lmasa, asarning saviyasiga emas, 
Ilmiy (filologik) tahlilda tahlil bajarilayotgan zamon va makon hamda tahlilning adresatiga xos xususiyatlar deyarli hisobga olinmagan holda ish ko’riladi. Ya'ni biror asar tahlilini falon vaqt orasida, aytilgan joyda, kimlarningdir didi-yu, badiiy imkoniyatlariga moslab amalga oshirish zaruriyati bo’lmaydi. Shuningdek, ilmiy tahlilda bajaruvchi bo’lajak o’quvchilarining yoshi va intellektual hozirlik darajalarining qandayligiga deyarli e'tibor qaratmaydilar. Chunki ilmiy tahlilda tadqiq qilinayotgan badiiy matn va u haqdagi xulosalarni qabul qiluvchi kishilar yo umuman tasavvur etilmaydi yoxud tasavvur qilinganda ham "ko’zda tutilgan" o’quvchi g’oyat mavhum qiyofaga ega bo’ladi. Filologik tahlilda faqat tahlilning teranligi, xulosalarning asosli ekanligi hamda tekshirilayotgan badiiy asarning imkon qadar ko’proq qirralari qamrab olinishi va unga xos xususiyatlarni iloji boricha to’laroq ochishga diqqat qilinadi. Badiiy tahlilning har qanday turi uchun daxldor bo’lgan bir oltin qoida borki, unga amal qilmaslik tahlilni boshi berk ko’chaga kiritadi. Bu oltin qoida shundan iboratki, o’rganilayotgan asarning janri, badiiy saviyasi, hajmi qandayligidan qat'i nazar uning mazmunini so’zlab berish mumkin emas. Har qanday badiiy tahlil uch qudratli asos ustiga quriladi: yozuvchi, o’quvchi, matn. San'at asari bilan o’quvchi o’rtasidagi to’siq bartaraf qilinganda, uning estetik jozibasi anglab yetilgandagina, u ma'naviy faktorga aylanadi, shaxsning mulki bo’lib, uning axloqiy qiyofasi shakllanishiga xizmat qiladi. Bu yo’lda o’quvchiga matnni to’liq anglamaslik holati jiddiy to’siq bo’lib turadi. Uni bartaraf qilish uchun filolog mutaxassisning ilmiy tahlili zarur bo’ladi. Shuning uchun ham filolog ilmiy tahlil jarayonida mushtariylari yuragida badiiy matnga daxldorlik hissini tug’dirishga erishishi lozim. Filologik tahlilda tahlilchi yozayotgan ishining hajmi qandayligi haqida qayg’urmay, ko’nglidagi tuyg’ularni, miyasidagi fikrlarni moddiylashtirishga intilgani ma’qul. Buning uchun u maxsus reja tuzib olishi, rejada tekshirilayotgan badiiy asarning qaysi jihatlariga qanday yondashmoqchi ekanligini belgilab qo’ygani ma’qul. Shunda u tuyg’u va fikrining yetovida qolib ketmaydi, balki qarashlar va hissiyotlarni bosh maqsadiga xizmat qildira oladi. Ilmiy tahlilning saviyasi ko’p jihatdan tahlilchining iqtidori, xolisligi, ilmiy jasorati, hodisa ortidagi qonuniyatni ko’ra bilish salohiyatiga ega ekanligiga bog’liq bo’ladi. Filologik tahlilda mutaxassis jasoratli bo’lmasa, asarning saviyasiga emas,  
 
balki muallifning ijtimoiy mavqeiga qarab ilmiy xulosa berishi mumkin. Yoki 
hukmron qarashlar, rahbar qatlamlarning tazyiqi hamda ro’yxushligiga asoslangan 
holda ish ko’rish xavfi ham bo’ladiki, bunday holda ilmiy tahlilning ahamiyati 
shubhali bo’ladi. Shuning uchun ham filologik tahlilda badiiy matnga muqaddas va 
daxlsiz, davrning o’tkinchi injiqliklaridan xoli fenomen tarzida yondashilsa, 
asarning hayotiy va badiiy mantig’i hamda estetik jozibasi namoyon bo’lishi 
mumkin. O.Sharafiddinovning "Cho’lponni anglash", U.Normatovning "O’tkan 
kunlar" hayrati", "Abdulla Qahhorni anglash mashaqqatlari" singari tahliliy asarlari 
shu xildagi yondashuv mevalaridir. Filologik tahlilda tahlilchi fikrlarining izchil, 
anglashimli, xolis, ayni vaqtda, bir qadar ehtirosli yo’sinda bayon etilishiga erishishi 
lozim. Chunki hissiyotga yo’g‘rilgan badiiy matn haqida sovuq tilda fikrlash o’rinli 
bo’lmaydi. Shu o’rinda ilmiy tahlilni amalga oshirish bo’yicha misol keltirish 
foydalidir. Biz O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon she'rlarining ilmiy tahlilini 
namuna sifatida keltiramiz. Dunyoning buyuk adiblaridan biri Ernest Xemingueyda 
shunday gap bor: "Yozuvchi bo’lish uchun iste'dod bilan baxtsiz bolalik kifoya 
qiladi". Shu ma'noda To‘ra Sulaymon yozuvchilikka har jihatdan munosib, hech 
meni yo‘q kishidir. Go‘zal Baxmal tog‘lari qo’ynidagi Aldashmon qishlog‘ida 
tug‘ilgan bo’lajak shoirning armonlarga to’la bolaligi sho’rolar tuzumining avji 
qatag‘on davriga to’gri keldi. Otasini yot unsur sifatida qamatishib, uylaridagi 
ko’rpa-to’shakkacha inqilobiy hukumatga o’tkazishdi. Quloqning bolalarini esa, har 
yo’l bilan turtkilab, kamsitishga urinishdi. Bu mash'um voqea tufayli xayolparast va 
ta'sirchan To’ra siniqibroq, o‘ychanroq bo’lib o‘sdi. Bu holat uning xotirasida 
chuqur iz qoldirdi va butun yozganlarida ana shu siniqlik, ko’ngli yarimlik nuqsi 
sezilib turadi. She'rlarining birida shoir: ,,Otamning alamli pok siynasida, Ushalib 
ushalmay qolgan armonman’’,- deb yozganida bolalikning ana shu achchiq 
iztiroblarini ko’zda tutgandi. Otasi qamoqdan chiqqach, 1939 yilda To’ralar oilasi 
Mirzacho’lning "Malik" deb atalmish xo’jaligiga ko’chib kelishdi. Shu tariqa u 
tog‘da dunyoga kelib, cho‘lda dunyo taniy boshladi. Bolalikda oilaning boshiga 
tushgan sho‘rishlar yosh To’rani juda erta ulgaytirdi. Unda o’zgalarni anglash, 
birovning dardini his qilish sifatlari tengdoshlaridan oldinroq shakllandi va bir 
umrga qoldi. Tiynatidagi ayni shu sifatlar she'riyatga oshno qildi. Chunki u olamga, 
odamlarga, dunyoning shevalariga shunchaki bir tomoshabin sifatida qaray olmasdi. 
balki muallifning ijtimoiy mavqeiga qarab ilmiy xulosa berishi mumkin. Yoki hukmron qarashlar, rahbar qatlamlarning tazyiqi hamda ro’yxushligiga asoslangan holda ish ko’rish xavfi ham bo’ladiki, bunday holda ilmiy tahlilning ahamiyati shubhali bo’ladi. Shuning uchun ham filologik tahlilda badiiy matnga muqaddas va daxlsiz, davrning o’tkinchi injiqliklaridan xoli fenomen tarzida yondashilsa, asarning hayotiy va badiiy mantig’i hamda estetik jozibasi namoyon bo’lishi mumkin. O.Sharafiddinovning "Cho’lponni anglash", U.Normatovning "O’tkan kunlar" hayrati", "Abdulla Qahhorni anglash mashaqqatlari" singari tahliliy asarlari shu xildagi yondashuv mevalaridir. Filologik tahlilda tahlilchi fikrlarining izchil, anglashimli, xolis, ayni vaqtda, bir qadar ehtirosli yo’sinda bayon etilishiga erishishi lozim. Chunki hissiyotga yo’g‘rilgan badiiy matn haqida sovuq tilda fikrlash o’rinli bo’lmaydi. Shu o’rinda ilmiy tahlilni amalga oshirish bo’yicha misol keltirish foydalidir. Biz O’zbekiston xalq shoiri To’ra Sulaymon she'rlarining ilmiy tahlilini namuna sifatida keltiramiz. Dunyoning buyuk adiblaridan biri Ernest Xemingueyda shunday gap bor: "Yozuvchi bo’lish uchun iste'dod bilan baxtsiz bolalik kifoya qiladi". Shu ma'noda To‘ra Sulaymon yozuvchilikka har jihatdan munosib, hech meni yo‘q kishidir. Go‘zal Baxmal tog‘lari qo’ynidagi Aldashmon qishlog‘ida tug‘ilgan bo’lajak shoirning armonlarga to’la bolaligi sho’rolar tuzumining avji qatag‘on davriga to’gri keldi. Otasini yot unsur sifatida qamatishib, uylaridagi ko’rpa-to’shakkacha inqilobiy hukumatga o’tkazishdi. Quloqning bolalarini esa, har yo’l bilan turtkilab, kamsitishga urinishdi. Bu mash'um voqea tufayli xayolparast va ta'sirchan To’ra siniqibroq, o‘ychanroq bo’lib o‘sdi. Bu holat uning xotirasida chuqur iz qoldirdi va butun yozganlarida ana shu siniqlik, ko’ngli yarimlik nuqsi sezilib turadi. She'rlarining birida shoir: ,,Otamning alamli pok siynasida, Ushalib ushalmay qolgan armonman’’,- deb yozganida bolalikning ana shu achchiq iztiroblarini ko’zda tutgandi. Otasi qamoqdan chiqqach, 1939 yilda To’ralar oilasi Mirzacho’lning "Malik" deb atalmish xo’jaligiga ko’chib kelishdi. Shu tariqa u tog‘da dunyoga kelib, cho‘lda dunyo taniy boshladi. Bolalikda oilaning boshiga tushgan sho‘rishlar yosh To’rani juda erta ulgaytirdi. Unda o’zgalarni anglash, birovning dardini his qilish sifatlari tengdoshlaridan oldinroq shakllandi va bir umrga qoldi. Tiynatidagi ayni shu sifatlar she'riyatga oshno qildi. Chunki u olamga, odamlarga, dunyoning shevalariga shunchaki bir tomoshabin sifatida qaray olmasdi.  
 
U ko’p o’qirdi, butun-butun dostonlarni yod bilardi. Bolaligidanoq nimalarnidir 
aytgisi kelayotganini, boshqalarga ta'sir etmagan narsadan hayajonga tushib, terga 
botganini kuzatardi. Lekin uzoq vaqt yozganini birovga ko’rsatmay yurdi. Birinchi 
she'ri e'lon qilinganida yigirma olti yoshda edi. O’sha vaqtlar yozgan bir she'rida u 
o’zini she'riyat dunyosida umid bilan yo’lga chiqqan karvonga o’xshatadi: 
Men ham umid bilan safarga chiqib, 
Uzoq manzillarga ko’z tikkan jonman, 
Birda Sirday toshib, birda tutoqib, 
Katta yo‘lga chiqqan, 
Kichik karvonman. 
She'r-iste'dod mahsuli, ko’ngil mulki. Olamni shoirona idrok etolmaydigan, uning 
boshqalarga noma'lum jihatlarini ko’ra olmaydigan kishi shoir bo’lolmaydi. O’qib 
shoir bo’lish mumkin emas. U- qismat. Shoir bo’lmaslikning uddasidan chiqa 
olmaydiganlar qismati. Shoir hamisha nimadandir norozi, nimadandir hayajonda. 
Olamni boridan go‘zalroq, odamlarni hozirgisidan komilroq ko’rish istagi shoirni 
doim bezovta qiladi. Shu bois u tinimsiz to’lg‘anadi, izlanadi: 
 
Suvlar ham tinidi sunbula kelib, 
Tinib-tinchimagan bu ko’nglim, hayhot. 
Na bahor, na yozdan, na to’kin kuzdan 
Hecham qoniqmadi, bu ko’nglim, hayhot! 
 
Shoir bir umr o’zini izlab, o’zini tekshirib, o’zini kashf qilmoqqa intilib 
yashaydi. T.Sulaymon - ana shunday izlanishning uzoq yo‘lini malollanmay bosib 
kelayotgan ijodkor. U har ne topsa, o’zidan topishi mumkinligini biladi. U qalbini 
to’xtovsiz taftish qiladi. Chunki izlagani tashqarida emas, o’zining yuragida. O’z 
yuragini anglamagan odam o’zgani tushunolmaydi. O’zgani tushunolmagan kimsa, 
Haq bilan sirlasholmaydi. Haq bilan sirlashishning eng bexato yo‘li unga beg‘araz 
muhabbatdir, uni adoqsiz sevishdir. To’ra Sulaymon she'riyati - ishq haqidagi 
bitikdir. U muhabbat tufayli qalam tutdi, muhabbatni kuyga soldi va hanuz sevgi 
iztiroblarini aytib ado qilolmaydi: 
Men seni suydim, Qorako’z, 
U ko’p o’qirdi, butun-butun dostonlarni yod bilardi. Bolaligidanoq nimalarnidir aytgisi kelayotganini, boshqalarga ta'sir etmagan narsadan hayajonga tushib, terga botganini kuzatardi. Lekin uzoq vaqt yozganini birovga ko’rsatmay yurdi. Birinchi she'ri e'lon qilinganida yigirma olti yoshda edi. O’sha vaqtlar yozgan bir she'rida u o’zini she'riyat dunyosida umid bilan yo’lga chiqqan karvonga o’xshatadi: Men ham umid bilan safarga chiqib, Uzoq manzillarga ko’z tikkan jonman, Birda Sirday toshib, birda tutoqib, Katta yo‘lga chiqqan, Kichik karvonman. She'r-iste'dod mahsuli, ko’ngil mulki. Olamni shoirona idrok etolmaydigan, uning boshqalarga noma'lum jihatlarini ko’ra olmaydigan kishi shoir bo’lolmaydi. O’qib shoir bo’lish mumkin emas. U- qismat. Shoir bo’lmaslikning uddasidan chiqa olmaydiganlar qismati. Shoir hamisha nimadandir norozi, nimadandir hayajonda. Olamni boridan go‘zalroq, odamlarni hozirgisidan komilroq ko’rish istagi shoirni doim bezovta qiladi. Shu bois u tinimsiz to’lg‘anadi, izlanadi: Suvlar ham tinidi sunbula kelib, Tinib-tinchimagan bu ko’nglim, hayhot. Na bahor, na yozdan, na to’kin kuzdan Hecham qoniqmadi, bu ko’nglim, hayhot! Shoir bir umr o’zini izlab, o’zini tekshirib, o’zini kashf qilmoqqa intilib yashaydi. T.Sulaymon - ana shunday izlanishning uzoq yo‘lini malollanmay bosib kelayotgan ijodkor. U har ne topsa, o’zidan topishi mumkinligini biladi. U qalbini to’xtovsiz taftish qiladi. Chunki izlagani tashqarida emas, o’zining yuragida. O’z yuragini anglamagan odam o’zgani tushunolmaydi. O’zgani tushunolmagan kimsa, Haq bilan sirlasholmaydi. Haq bilan sirlashishning eng bexato yo‘li unga beg‘araz muhabbatdir, uni adoqsiz sevishdir. To’ra Sulaymon she'riyati - ishq haqidagi bitikdir. U muhabbat tufayli qalam tutdi, muhabbatni kuyga soldi va hanuz sevgi iztiroblarini aytib ado qilolmaydi: Men seni suydim, Qorako’z,  
 
Suydim, suydirolmadim. 
Ishqingda kuydim, Qorako’z, 
Kuydim, kuydirolmadim. 
Shunday holatga chinakamiga tushgan odam she'r yozmay, shoir bo’lmay iloji yo’q. 
Shoir hamisha dard bilan yashaydi. Bir she'rida: "Dardsiz yashamoqlik-dardmandlik 
asli",- deb bejiz aytmagan. Olamda qanchaiki asl shoir bor hammasi dardmand. Ular 
go‘zallikning, ezgulikning dardi bilan og‘rigan bemorlar. Barcha chinakam asarlar 
g‘amning mevalari o’laroq dunyoga kelgan. Asrimizning buyuk ijodkorlaridan biri: 
"Shoir diliga qilma havas but esa bagring,Shoir yuragin doimo vayron yozajakman",- 
deya nola qilganida, ikkinchi bir buyuk shoir:"Dilu jon o’rtanar, dil orom istar, 
Ilhomning pichog‘i sanchilar butkul",- deb ozorlanganida haq edilar. Bilasizki, 
Odamning loyini qorishga suv bo’lsin deb yog‘dirilgan qirq kunlik yomg‘irning 
o’ttiz tuqqiz kuni g‘am, bir kuni shodlik yomg‘iri edi. Navoiy hazratlari: "Ko’ngilda 
g‘am yuqligi o’zi g‘amdur, Alam yo’qlig‘i asru alamdir",-deganlarida barcha 
ijodkorlarning ko‘ngillaridagini o’rtaga tashlagandilar. Shundan bo’lsa kerak, To’ra 
Sulaymon alamangiz she'rlarni ko’p yozadi. Shunday 
she'rlari o’quvchilar qalbini tuliqroq egallaydi, xotiralarida hamishalikka qoladi: 
Izlay-izlay xorib bo’ldim, sensiz yolg‘iz g‘arib bo’ldim, 
Endi bosgan izlaringni to’rt tomondan topolmasman. 
Yo’qotganlarining topilmasligini, ketganlarining qaytmasligini bilgan kishining 
adoqsiz armonlari ifodasiga qarang: 
Giyoh bilan qoplanmish ko’hna qabr boshlari, 
Maysadagi shudringlar kimlarning ko’z yoshlari? 
Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari, 
Bahor, ketma, mening bog‘imdan. 
Adolatning toptalganini ko’rgandagi ko’ngil rozlari ham g‘amli ohang bo’lib 
misralarga quyiladi: 
Bemavrid xeshlarimning ko’zlarida yosh ko’rsam, 
Bir mard bilan nopokning yo’lini tutash ko’rsam, 
Qaysi bir begunohni keng yo’lda adash ko’rsam, 
Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko’rsam... 
Ko’nglimda armon yotar terskaydagi qor misol. 
Suydim, suydirolmadim. Ishqingda kuydim, Qorako’z, Kuydim, kuydirolmadim. Shunday holatga chinakamiga tushgan odam she'r yozmay, shoir bo’lmay iloji yo’q. Shoir hamisha dard bilan yashaydi. Bir she'rida: "Dardsiz yashamoqlik-dardmandlik asli",- deb bejiz aytmagan. Olamda qanchaiki asl shoir bor hammasi dardmand. Ular go‘zallikning, ezgulikning dardi bilan og‘rigan bemorlar. Barcha chinakam asarlar g‘amning mevalari o’laroq dunyoga kelgan. Asrimizning buyuk ijodkorlaridan biri: "Shoir diliga qilma havas but esa bagring,Shoir yuragin doimo vayron yozajakman",- deya nola qilganida, ikkinchi bir buyuk shoir:"Dilu jon o’rtanar, dil orom istar, Ilhomning pichog‘i sanchilar butkul",- deb ozorlanganida haq edilar. Bilasizki, Odamning loyini qorishga suv bo’lsin deb yog‘dirilgan qirq kunlik yomg‘irning o’ttiz tuqqiz kuni g‘am, bir kuni shodlik yomg‘iri edi. Navoiy hazratlari: "Ko’ngilda g‘am yuqligi o’zi g‘amdur, Alam yo’qlig‘i asru alamdir",-deganlarida barcha ijodkorlarning ko‘ngillaridagini o’rtaga tashlagandilar. Shundan bo’lsa kerak, To’ra Sulaymon alamangiz she'rlarni ko’p yozadi. Shunday she'rlari o’quvchilar qalbini tuliqroq egallaydi, xotiralarida hamishalikka qoladi: Izlay-izlay xorib bo’ldim, sensiz yolg‘iz g‘arib bo’ldim, Endi bosgan izlaringni to’rt tomondan topolmasman. Yo’qotganlarining topilmasligini, ketganlarining qaytmasligini bilgan kishining adoqsiz armonlari ifodasiga qarang: Giyoh bilan qoplanmish ko’hna qabr boshlari, Maysadagi shudringlar kimlarning ko’z yoshlari? Bu yerda yotar otam ham uzangidoshlari, Bahor, ketma, mening bog‘imdan. Adolatning toptalganini ko’rgandagi ko’ngil rozlari ham g‘amli ohang bo’lib misralarga quyiladi: Bemavrid xeshlarimning ko’zlarida yosh ko’rsam, Bir mard bilan nopokning yo’lini tutash ko’rsam, Qaysi bir begunohni keng yo’lda adash ko’rsam, Bir betayin kimsaning oyog‘ida bosh ko’rsam... Ko’nglimda armon yotar terskaydagi qor misol.  
 
Insonning so’nggi makoni haqida o’yga tolgan shoir qismat oldidagi o’z ojizligidan 
iztirob chekmoqda bo’lgan kishi ruhiyati tovlanishlarini anduh bilan o’ziga xos 
yusinda tasvirlaydi: 
Bu maskan qopqasizdir, bu qo’rgon hoqonsizdir, 
Borish boru kelish yo’q, bu go’sha omonsizdir. 
T.Sulaymon she'rda ruhiyatning ta'sirchan manzarasinigina emas, ijtimoiy yuk, 
salmoqli insonparvarlik missiyasi bo’lishini istaydi. Shu bois uning nazarida she'r 
bir ko’ngilning rozigina emas, balki har qanday odamning kimligini aniqlaydigan 
mezon, ma'naviyatini tayin etadigan o’lchovdir: 
Ulan bilmas er asta ayniy boshlar, 
Qaydan bilsin ulanni bag‘ri toshlar. 
To‘ra Sulaymon she'riyati ta'sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan yombi va 
zalvorli fikrlar she'riyatidir. Paygambarimizning: "So’zda sehr bor, she'rda hikmat" 
degan hadislaridagi ikki jihatni ham shoir o’z ijodida namoyon qilishga tirishadi. 
Ruhiyatning tushuntirish mushkul bo’lgan qatlamlarini tadqiq etish, hissiyotdagi eng 
murakkab jarayonlarni bor chigalliklari bilan tasvirlashga e'tibor o’ta kuchaygan bir 
sharoitda T.Sulaymon g‘oyat miqyosli, qamrovli fikrlarni, go’zal badiiy topildiqlarni 
sodda yusinda, chigallashtirmay, murakkablashtirmay tasvirlash yo’lidan boryapti. 
Ko’pincha, she'riyatdagi soddalik jo’nlikka olib boradi. T.Sulaymon ijodida esa, 
soddalik teranlikka xizmat qilgan. Asl ijod buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi 
birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay turib, hali birorta tuzukroq she'r yozolgan 
emas. Muvozanatdan, ya'ni risoladagi odamlarda bo’ladigan ruhiy holatdan chiqish 
har bir ijodkorda o’zgacha kechadi. Lekin deyarli barcha ijodkorlarning ham qalbi 
yalong‘och, himoyasiz, ro’y bergan hodisaki bor unga ta'sir ko’psatmay qolmaydi. 
Bir haqiqat ayonki, ijodkor bir umr o’z bolaligini tasvirlash bilan band bo’ladi. 
Qishloqda nari borsa, o‘n yetti yoshigacha yashagan adiblar bir umr shu haqda 
yozishadi. Negaki, ijodiy holat qay bir darajada bolalikdir. Adiblar har doim ham 
shoir yoki yozuvchi emaslar. Ular faqat ijod qilayotganlarida, ilhomning yulduzli 
onlaridagina adiblardir. Qolgan vaqtlarda hammamizday odamlar. Shuning uchun 
ham To’ra Sulaymonovning: 
“Telbanamo edim yoshlikda,Telbalikning hali aksi bor”- misralarini faqat 
hazilkashlik yoki kamtarlikning ifodasi emas, balki ilhomiy holatning suvrati deyish 
Insonning so’nggi makoni haqida o’yga tolgan shoir qismat oldidagi o’z ojizligidan iztirob chekmoqda bo’lgan kishi ruhiyati tovlanishlarini anduh bilan o’ziga xos yusinda tasvirlaydi: Bu maskan qopqasizdir, bu qo’rgon hoqonsizdir, Borish boru kelish yo’q, bu go’sha omonsizdir. T.Sulaymon she'rda ruhiyatning ta'sirchan manzarasinigina emas, ijtimoiy yuk, salmoqli insonparvarlik missiyasi bo’lishini istaydi. Shu bois uning nazarida she'r bir ko’ngilning rozigina emas, balki har qanday odamning kimligini aniqlaydigan mezon, ma'naviyatini tayin etadigan o’lchovdir: Ulan bilmas er asta ayniy boshlar, Qaydan bilsin ulanni bag‘ri toshlar. To‘ra Sulaymon she'riyati ta'sirli hissiy timsollar vositasida ifodalangan yombi va zalvorli fikrlar she'riyatidir. Paygambarimizning: "So’zda sehr bor, she'rda hikmat" degan hadislaridagi ikki jihatni ham shoir o’z ijodida namoyon qilishga tirishadi. Ruhiyatning tushuntirish mushkul bo’lgan qatlamlarini tadqiq etish, hissiyotdagi eng murakkab jarayonlarni bor chigalliklari bilan tasvirlashga e'tibor o’ta kuchaygan bir sharoitda T.Sulaymon g‘oyat miqyosli, qamrovli fikrlarni, go’zal badiiy topildiqlarni sodda yusinda, chigallashtirmay, murakkablashtirmay tasvirlash yo’lidan boryapti. Ko’pincha, she'riyatdagi soddalik jo’nlikka olib boradi. T.Sulaymon ijodida esa, soddalik teranlikka xizmat qilgan. Asl ijod buzilgan muvozanatdir. Dunyodagi birorta shoir ruhiy muvozanatdan chiqmay turib, hali birorta tuzukroq she'r yozolgan emas. Muvozanatdan, ya'ni risoladagi odamlarda bo’ladigan ruhiy holatdan chiqish har bir ijodkorda o’zgacha kechadi. Lekin deyarli barcha ijodkorlarning ham qalbi yalong‘och, himoyasiz, ro’y bergan hodisaki bor unga ta'sir ko’psatmay qolmaydi. Bir haqiqat ayonki, ijodkor bir umr o’z bolaligini tasvirlash bilan band bo’ladi. Qishloqda nari borsa, o‘n yetti yoshigacha yashagan adiblar bir umr shu haqda yozishadi. Negaki, ijodiy holat qay bir darajada bolalikdir. Adiblar har doim ham shoir yoki yozuvchi emaslar. Ular faqat ijod qilayotganlarida, ilhomning yulduzli onlaridagina adiblardir. Qolgan vaqtlarda hammamizday odamlar. Shuning uchun ham To’ra Sulaymonovning: “Telbanamo edim yoshlikda,Telbalikning hali aksi bor”- misralarini faqat hazilkashlik yoki kamtarlikning ifodasi emas, balki ilhomiy holatning suvrati deyish  
 
mumkin. O’ziga shaxsan daxldor bo’lmagan narsadan kuchli ta'sirlanish, qattiq 
xursand bo’lish yoki qayg‘urish, shu holatini qog‘ozga ko‘chirmaslikning ilojini 
topolmaslik ro‘zgoriy mezonlar bilan o’lchanganda telbalikning o’zginasi. Lekin 
shoir maishiy o’lchovlar bilan emas, jahoniy miqyoslar bilan ish ko’radi, ma'naviy 
tarozilar bilan tortadi. Shoir devonafe'l bo’lganligi, darveshvash yashaganligi uchun 
axloqiy va haqiqiy qoliplarga ko’pda rioya qilavermaydigan zot bo’lganligi uchun 
ham bizning nazarimizda ancha erkin hayot kechiradiganga o’xshab ko’rinadi. 
Chuqurroq o’ylab qaralsa, uning erki qulning erkidan cheklanganroq bo’lsa borki, 
ortiq emas. Nega? Chunki shoir ijodidan erkin bo’lolmaydi. Aslan ijod erkinligi 
tushunchasi ijodkorning erkinligini emas, aynan ijodning erkinligini anglatadi. Shoir 
o’z tuyg‘ulariga, hissiyotiga xo’jayin bo’lolmaydi. Hissiyotini boshqara olgan odam 
ijodkor emas. U ilhomiga ham biylik qilolmaydi. Bil'aks shoir o’z ilhomining qulidir. 
Unda faqat junbushga bo’lgan tuyg‘uni, quyilib kelayotgan fikrni go’zal shaklda 
ifodalay olish erki bor, xolos. Ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Talantli shoirlar istalgan 
vaqtda emas, ko’ngillari tusagandagina she'r o’qiy oladilar. Bundayroq shoirlarga 
iltimos qildingiz, bas o’qiyverishadi. Negaki, birinchi toifadagilar chinakam iste'dod 
sohiblari va ular ilhom bilan ish ko’radilar. Keyingilar esa ijrochilar, ularga 
tomoshabin bo’lsa bas. Shu bois ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Zo’rlangan ilhom chala 
nasl beradi. Shu sabab To’ra Sulaymon butun tuyg‘uga, butun yurakka egaligi haqida 
faxr bilan yozadi: 
Menga butun ko’ngil kerak, kun kerak, 
Menga tutash yulduz to’la tun kerak. 
Men yortilab muhabbatni olmayman, 
Men yorti do’st xonasida qolmayman. 
U chala suymaydi, chala yashamaydi, chala dovlashmaydi, chala yovlashmaydi, 
chala do’stlashmaydi. O’z so’ziga, o’z tuyg‘usiga ega bo’lganligidan g‘ururlanadi. 
Tuyg‘ular o’ziniki bo’lgani bois "yuqumli". Birovdan tuyg‘u olib, birovning ovozi 
bilan kuylab, birovning so’zi-la tasvirlab, e'tirof qozonish mumkin emas. Shoir 
shuning uchun: "o’zga sozni chalgulik qilma" deya iltijo etadi. T.Sulaymon butun 
ijodiy umri mobaynida o’z sozini chalishga urinib kelmoqda. Quyidagi misralarga 
e'tibor bering. Uchdan biri shoir bo‘lgan biznikiday yurtda ham boshqa birovnikiga 
o‘xshatib bo‘ladimi ularni? 
mumkin. O’ziga shaxsan daxldor bo’lmagan narsadan kuchli ta'sirlanish, qattiq xursand bo’lish yoki qayg‘urish, shu holatini qog‘ozga ko‘chirmaslikning ilojini topolmaslik ro‘zgoriy mezonlar bilan o’lchanganda telbalikning o’zginasi. Lekin shoir maishiy o’lchovlar bilan emas, jahoniy miqyoslar bilan ish ko’radi, ma'naviy tarozilar bilan tortadi. Shoir devonafe'l bo’lganligi, darveshvash yashaganligi uchun axloqiy va haqiqiy qoliplarga ko’pda rioya qilavermaydigan zot bo’lganligi uchun ham bizning nazarimizda ancha erkin hayot kechiradiganga o’xshab ko’rinadi. Chuqurroq o’ylab qaralsa, uning erki qulning erkidan cheklanganroq bo’lsa borki, ortiq emas. Nega? Chunki shoir ijodidan erkin bo’lolmaydi. Aslan ijod erkinligi tushunchasi ijodkorning erkinligini emas, aynan ijodning erkinligini anglatadi. Shoir o’z tuyg‘ulariga, hissiyotiga xo’jayin bo’lolmaydi. Hissiyotini boshqara olgan odam ijodkor emas. U ilhomiga ham biylik qilolmaydi. Bil'aks shoir o’z ilhomining qulidir. Unda faqat junbushga bo’lgan tuyg‘uni, quyilib kelayotgan fikrni go’zal shaklda ifodalay olish erki bor, xolos. Ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Talantli shoirlar istalgan vaqtda emas, ko’ngillari tusagandagina she'r o’qiy oladilar. Bundayroq shoirlarga iltimos qildingiz, bas o’qiyverishadi. Negaki, birinchi toifadagilar chinakam iste'dod sohiblari va ular ilhom bilan ish ko’radilar. Keyingilar esa ijrochilar, ularga tomoshabin bo’lsa bas. Shu bois ilhomni zo’rlab bo’lmaydi. Zo’rlangan ilhom chala nasl beradi. Shu sabab To’ra Sulaymon butun tuyg‘uga, butun yurakka egaligi haqida faxr bilan yozadi: Menga butun ko’ngil kerak, kun kerak, Menga tutash yulduz to’la tun kerak. Men yortilab muhabbatni olmayman, Men yorti do’st xonasida qolmayman. U chala suymaydi, chala yashamaydi, chala dovlashmaydi, chala yovlashmaydi, chala do’stlashmaydi. O’z so’ziga, o’z tuyg‘usiga ega bo’lganligidan g‘ururlanadi. Tuyg‘ular o’ziniki bo’lgani bois "yuqumli". Birovdan tuyg‘u olib, birovning ovozi bilan kuylab, birovning so’zi-la tasvirlab, e'tirof qozonish mumkin emas. Shoir shuning uchun: "o’zga sozni chalgulik qilma" deya iltijo etadi. T.Sulaymon butun ijodiy umri mobaynida o’z sozini chalishga urinib kelmoqda. Quyidagi misralarga e'tibor bering. Uchdan biri shoir bo‘lgan biznikiday yurtda ham boshqa birovnikiga o‘xshatib bo‘ladimi ularni?  
 
Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho, 
Bo‘y qizlarning ichida bir shu egma qosh tanho, 
Uningdek hech kim menga bo’lmasa sirdosh tanho, 
Go’ro‘g‘li sulton bir yon, To’ra Sulaymon bir yon. 
Yoki mana bu tashbeh boshqa biror shoirni esga soladimi: ,,Osmon o’rtasinda 
nozlanadir oy.,,Bu misralar kishini beixtiyor shoir tasavvuriga mos ruhiy holatga 
tushiradi. So’zning qudrati shunda! To’ra Sulaymon so’zning jilosini teran his etadi. 
So’zning xotirasidan ko’tarilgan xalqona ohangdor shakllarini, unut bo’layozgan 
qadimiy ma'nolarini topadi. Shoir so’z izlamaydi, balki holatga nom qidiradi. Uning 
tuyg‘ulari-xalqona. Binobarin, ifoda ham shunga mos. Holatga yarashiqli so’z topa 
bilish shoir uchun saodat. "To’lg‘anoy" dostonida: "Uni chechan demakim ta'biri 
yarashmasa..." deydi shoir va o’zi imkon boricha yarashiqli ta'bir topishga, ta'sirli 
tasvir qilishga urinadi. Har qanday ijodkorning asl qiyofasini uning tili belgilaydi. 
Shu ma'noda To’ra Sulaymon tamomila o’ziga xos shoirdir. To’gri, u ham boshqalar 
foydalanib yurgan so’zlarni ishlatadi. Lekin u bu so’zlarni kitobdan olmaydi. 
Kitobdan olingan so’z obrazlarga yopishmaydi. Badiiy matnda ham begonaligi 
bilinib turadi. T.Sulaymon so’zga ayricha bir erkinlik bilan yondashadi. U har 
qanday asov so’zni ham yuvvosh torttiradi. So’zni ruhga bo‘ysindira biladi. O’zi 
so’zning emas, ruhning stixiyasi yetovida yuradi. Oddiygina so’zdan faqat To’ra 
Sulaymonga xos tasvir uslubini vujudga keltira oladi. Quyidagi tasvirlarga e'tibor 
qiling: 
Ko’kda suzgan bulut momiqdan ham oq, 
Koshkiydi boshlansa yomg‘ir yog‘aloq. 
Bulutni paxtaga o’xshatish kimlardan qolmagan, lekin momiqqa o’xshatilish uslubni 
o’zgartirgan. She'rning ohangi mirtemirona edi. Ammo ustoz bulutni "pag‘a", "oq" 
deya sifatlardi. Cho’lda, paxta orasida o‘lg‘aygan T.Sulaymon uning momiqqa 
o’xshashligini ko’ra bildi. "Sog‘inish" she'rida: "Yaylovlarda maysa qimtir qo’y-
qo’zi" tarzidagi tasvirda "qimtir" bag‘oyat o‘rnida ishlatilgan, bu so’zdagi ma'no 
nozikligini hammayam ilgayvermaydi. Hodisalarni "to‘rachasi"ga ko‘rish namunasi: 
"Tog‘lar to‘shi yorishdi, demak tong otayotir". Quyosh haqida bir so’z demay, uni 
ko’rsatish mumkin ekan. G‘oyat mavhum, moddiylashtirib bo’lmaydigan holatni 
aniq tasvirlay olish mahorati namoyon bo’lgan tasvir: "Kelinlarning labida bo’saning 
Bu olamda Oy tanho, muborak Quyosh tanho, Bo‘y qizlarning ichida bir shu egma qosh tanho, Uningdek hech kim menga bo’lmasa sirdosh tanho, Go’ro‘g‘li sulton bir yon, To’ra Sulaymon bir yon. Yoki mana bu tashbeh boshqa biror shoirni esga soladimi: ,,Osmon o’rtasinda nozlanadir oy.,,Bu misralar kishini beixtiyor shoir tasavvuriga mos ruhiy holatga tushiradi. So’zning qudrati shunda! To’ra Sulaymon so’zning jilosini teran his etadi. So’zning xotirasidan ko’tarilgan xalqona ohangdor shakllarini, unut bo’layozgan qadimiy ma'nolarini topadi. Shoir so’z izlamaydi, balki holatga nom qidiradi. Uning tuyg‘ulari-xalqona. Binobarin, ifoda ham shunga mos. Holatga yarashiqli so’z topa bilish shoir uchun saodat. "To’lg‘anoy" dostonida: "Uni chechan demakim ta'biri yarashmasa..." deydi shoir va o’zi imkon boricha yarashiqli ta'bir topishga, ta'sirli tasvir qilishga urinadi. Har qanday ijodkorning asl qiyofasini uning tili belgilaydi. Shu ma'noda To’ra Sulaymon tamomila o’ziga xos shoirdir. To’gri, u ham boshqalar foydalanib yurgan so’zlarni ishlatadi. Lekin u bu so’zlarni kitobdan olmaydi. Kitobdan olingan so’z obrazlarga yopishmaydi. Badiiy matnda ham begonaligi bilinib turadi. T.Sulaymon so’zga ayricha bir erkinlik bilan yondashadi. U har qanday asov so’zni ham yuvvosh torttiradi. So’zni ruhga bo‘ysindira biladi. O’zi so’zning emas, ruhning stixiyasi yetovida yuradi. Oddiygina so’zdan faqat To’ra Sulaymonga xos tasvir uslubini vujudga keltira oladi. Quyidagi tasvirlarga e'tibor qiling: Ko’kda suzgan bulut momiqdan ham oq, Koshkiydi boshlansa yomg‘ir yog‘aloq. Bulutni paxtaga o’xshatish kimlardan qolmagan, lekin momiqqa o’xshatilish uslubni o’zgartirgan. She'rning ohangi mirtemirona edi. Ammo ustoz bulutni "pag‘a", "oq" deya sifatlardi. Cho’lda, paxta orasida o‘lg‘aygan T.Sulaymon uning momiqqa o’xshashligini ko’ra bildi. "Sog‘inish" she'rida: "Yaylovlarda maysa qimtir qo’y- qo’zi" tarzidagi tasvirda "qimtir" bag‘oyat o‘rnida ishlatilgan, bu so’zdagi ma'no nozikligini hammayam ilgayvermaydi. Hodisalarni "to‘rachasi"ga ko‘rish namunasi: "Tog‘lar to‘shi yorishdi, demak tong otayotir". Quyosh haqida bir so’z demay, uni ko’rsatish mumkin ekan. G‘oyat mavhum, moddiylashtirib bo’lmaydigan holatni aniq tasvirlay olish mahorati namoyon bo’lgan tasvir: "Kelinlarning labida bo’saning  
 
isi qoldi". Shoir she'rlarida hissiyotini izohlamaydi. Uni shunday bir ifoda bilan 
beradiki, shu ifoda qatida ruhiy holatni tug‘dirgan sababga munosabat ham 
yashiringan bo’ladi: "Ko’nglimda armon yotar terskaydagi qor misol,-" deydi bir 
she'rida. Quyoshga ters tarafdagi qor uzoq vaqt erimay, kirlanib yotganiday, lirik 
qahramon ko‘nglidagi armon erib ketadigan emas, o’shandoq bo’lsa, unga shoirning 
munosabati tayin, albatta, va u o’z-o’zidan she'rxonga ham yuqadi. To’ra Sulaymon 
badiiy tajribalar o’tkazishga o’ch emas. U qachonlardir paydo bo’lgan tajribalardan 
ustalik bilan foydalanadi. Eski shaklning yangicha talqinlarini topa biladi. Shoir 
so’zning birlamchi ma'nolariga murojaat etishni xush ko’radi: "bo’y qiz" deydi 
bo’yga yetgan qiz haqida, "buzalam" deydi biz chimzor deb yurgan tushunchani, 
"uzangidosh" deb ataydi xo’p o’zbeki qilib, xo’p ta'sirchan qilib, do‘st, tengdosh, 
jo‘ra, safdosh singari bir qancha so’zlarni isrof qilib ham to’liq ifodalab 
bo’lmaydigan yana bir tushunchani. Tilimizda hamisha bo’lgan, endilikda ayrim 
keksalargina qo’llayotgan xushyor ma'nosidagi "soq" so’zi joyida ishlatilgani bois 
ifodaviylikni necha barobar oshirib yuboradi. To’ra Sulaymon so’zga avaylab, 
qizganib yondashadi. Ularning bemavrid yo‘qolishiga yo’l qo’ymaslikka urinadi. 
"To’lg‘anoy" dostonida "to‘rlab sadrga tushganda" degan jumla bor. Tog‘lik 
qipchoqlarda hayotdan yosh ketgan yigitning kiyimlarini ot ustiga tashlab, ot bilan 
sadr tushish odati bo’lgan. Yuqoridagi jumladan ana shu holat ifodasini topgan.Besh 
yashar otning yilqichilar tilida "to‘lan" ekanini hamma ham bilavermaydi. Diqqatga 
sazovor jihati shundaki, u bu xildagi so’zlarni, ma'lumotlarni shunchaki ekzotika 
uchun, etnografik dalil sifatida emas, juda o’rinli va tabiiy tasvir vositasi tarzida 
ishlatadi. 
T.Sulaymonovning so’zga alohida bir ehtiyotkorlik bilan yondashuvi, 
ehtiromi, fikrlarini hikmat yusinda ifodalaganida yaqqolroq ko’rinadi. Shoir asarlari 
sinchiklab ko’rib chiqilsa, T.Sulaymon tomonidan bir qator maqol-u hikmatlar 
yaratilganiga guvoh bo’lish mumkin. Jumladan: "Sutsiz sigir suzog‘on kelar", 
"Toqatliga tog‘lar egar boshini", "Quvib-mangulik, Qochib o’lgan-ko’mgulik" va 
x.k. El orasida: "yuzdan yugurik, mingdan tulpor" degan gap bor. Millatimiz aro 
keng tarqalgan o’nlab qo’shiqlarning o‘z o’quvchilariga ega bo’lgan o’n tuqqiz 
kitobning muallifi To’ra Sulaymonov o’zbek badiiy tafakkurining kamyob 
isi qoldi". Shoir she'rlarida hissiyotini izohlamaydi. Uni shunday bir ifoda bilan beradiki, shu ifoda qatida ruhiy holatni tug‘dirgan sababga munosabat ham yashiringan bo’ladi: "Ko’nglimda armon yotar terskaydagi qor misol,-" deydi bir she'rida. Quyoshga ters tarafdagi qor uzoq vaqt erimay, kirlanib yotganiday, lirik qahramon ko‘nglidagi armon erib ketadigan emas, o’shandoq bo’lsa, unga shoirning munosabati tayin, albatta, va u o’z-o’zidan she'rxonga ham yuqadi. To’ra Sulaymon badiiy tajribalar o’tkazishga o’ch emas. U qachonlardir paydo bo’lgan tajribalardan ustalik bilan foydalanadi. Eski shaklning yangicha talqinlarini topa biladi. Shoir so’zning birlamchi ma'nolariga murojaat etishni xush ko’radi: "bo’y qiz" deydi bo’yga yetgan qiz haqida, "buzalam" deydi biz chimzor deb yurgan tushunchani, "uzangidosh" deb ataydi xo’p o’zbeki qilib, xo’p ta'sirchan qilib, do‘st, tengdosh, jo‘ra, safdosh singari bir qancha so’zlarni isrof qilib ham to’liq ifodalab bo’lmaydigan yana bir tushunchani. Tilimizda hamisha bo’lgan, endilikda ayrim keksalargina qo’llayotgan xushyor ma'nosidagi "soq" so’zi joyida ishlatilgani bois ifodaviylikni necha barobar oshirib yuboradi. To’ra Sulaymon so’zga avaylab, qizganib yondashadi. Ularning bemavrid yo‘qolishiga yo’l qo’ymaslikka urinadi. "To’lg‘anoy" dostonida "to‘rlab sadrga tushganda" degan jumla bor. Tog‘lik qipchoqlarda hayotdan yosh ketgan yigitning kiyimlarini ot ustiga tashlab, ot bilan sadr tushish odati bo’lgan. Yuqoridagi jumladan ana shu holat ifodasini topgan.Besh yashar otning yilqichilar tilida "to‘lan" ekanini hamma ham bilavermaydi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, u bu xildagi so’zlarni, ma'lumotlarni shunchaki ekzotika uchun, etnografik dalil sifatida emas, juda o’rinli va tabiiy tasvir vositasi tarzida ishlatadi. T.Sulaymonovning so’zga alohida bir ehtiyotkorlik bilan yondashuvi, ehtiromi, fikrlarini hikmat yusinda ifodalaganida yaqqolroq ko’rinadi. Shoir asarlari sinchiklab ko’rib chiqilsa, T.Sulaymon tomonidan bir qator maqol-u hikmatlar yaratilganiga guvoh bo’lish mumkin. Jumladan: "Sutsiz sigir suzog‘on kelar", "Toqatliga tog‘lar egar boshini", "Quvib-mangulik, Qochib o’lgan-ko’mgulik" va x.k. El orasida: "yuzdan yugurik, mingdan tulpor" degan gap bor. Millatimiz aro keng tarqalgan o’nlab qo’shiqlarning o‘z o’quvchilariga ega bo’lgan o’n tuqqiz kitobning muallifi To’ra Sulaymonov o’zbek badiiy tafakkurining kamyob  
 
siymolaridan biri. U hamon qizg‘in ijodiy faoliyat bilan band. "O’lmaslikka ishora 
o’langa oshiqligim",- deya umidlangan shoirga ijodiy omadlar yor bo’ladi". 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Tahlil tushunchasining mazmun mohiyati. 
2. Tahlil turlari va ilmiy tahlil xususiyatlari. 
3. Badiiy matn, o’quvchi va ilmiy tadqiqotchi munosabatlari. 
4. Ilmiy tahlilda so’z va ifodaning o’rni 
5. Tahlilda epiklik va hissiyot masalasi. 
 
siymolaridan biri. U hamon qizg‘in ijodiy faoliyat bilan band. "O’lmaslikka ishora o’langa oshiqligim",- deya umidlangan shoirga ijodiy omadlar yor bo’ladi". Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Tahlil tushunchasining mazmun mohiyati. 2. Tahlil turlari va ilmiy tahlil xususiyatlari. 3. Badiiy matn, o’quvchi va ilmiy tadqiqotchi munosabatlari. 4. Ilmiy tahlilda so’z va ifodaning o’rni 5. Tahlilda epiklik va hissiyot masalasi.