Badiiy asarning kontekstual va immanent tahlil tahlili

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

7

Faytl hajmi

24,9 KB


 
 
 
 
 
 
Badiiy asarning kontekstual va immanent tahlil tahlili 
 
REJA: 
1. Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish jarayonidagi nisbati haqida. 
2. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi ob’ektiv va sub’ektiv jihatlar. 
3. Kontekstual va immanent tahlil. 
 4. Tahlil metodlari. 
 
Tayanch tushunchalar: Tahlil, talqin, tahlil maqsadi, kontekstual tahlil, immanent 
tahlil, tahlil metodlari. 
 
Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo‘llanilib, ular 
badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog‘liq jihatlaridir. Badiiy asarni 
tushunish, uning  mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har 
vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda “analiz” deb yuritiladigan istilohning 
sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma’lumki, butunni anglash uchun uni 
qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar 
bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o‘rnini o‘rganishni ko‘zda tutadi. 
Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, “uni qismlarga ajratish 
jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas” degan qarashga tayanib tahlilga 
qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil 
ham – o‘qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish tushuniladi. Bu 
xil o‘qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat 
hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o‘quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir 
qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo‘layotgan omillarni 
o‘rganadi.Talqin atamasini biz “interpretatsiya” istilohining sinonimi sifatida 
tushunamiz. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi 
badiiy konsepsiyani idrok etish demakdir. Keng ma’noda “talqin” so‘zi o‘zga 
Badiiy asarning kontekstual va immanent tahlil tahlili REJA: 1. Tahlil va talqin tushunchalari, ularning tushunish jarayonidagi nisbati haqida. 2. Badiiy asarni tushunish jarayonidagi ob’ektiv va sub’ektiv jihatlar. 3. Kontekstual va immanent tahlil. 4. Tahlil metodlari. Tayanch tushunchalar: Tahlil, talqin, tahlil maqsadi, kontekstual tahlil, immanent tahlil, tahlil metodlari. Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda keng qo‘llanilib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog‘liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda “analiz” deb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma’lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o‘rnini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, “uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas” degan qarashga tayanib tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zero, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham – o‘qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish tushuniladi. Bu xil o‘qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o‘quvchi ongi va ruhiyatiga ta’sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo‘layotgan omillarni o‘rganadi.Talqin atamasini biz “interpretatsiya” istilohining sinonimi sifatida tushunamiz. Talqin badiiy asarni sharhlash, uning mazmun mohiyatini, undagi badiiy konsepsiyani idrok etish demakdir. Keng ma’noda “talqin” so‘zi o‘zga  
 
tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) 
mazmunini 
anglash, 
uni 
ma’lum 
yaxlitlikda 
tushunish 
va 
tushuntirish 
(adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o‘zigina emas, tushuntirish hamdir) 
ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, 
umuman, o‘tmish ilmida “talqin” so‘zining ma’nosi qisman “sharh”, “tafsir” 
atamalari bilan ham berilgan. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi 
“obrazlar tili”ni “mantiq tili”ga o‘girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni 
tushunish va tushuntirmoqdir.Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida 
tahlil va talqin amallari har vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. 
Aytaylik, “o‘quvchi badiiy asarni tushundi” degani, mohiyatan, “o‘quvchi asarni 
o‘zicha talqin qildi” deganidir. Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil 
unsurlari ham mavjud, zero, oddiy o‘quvchi ham tushunish jarayonida asar 
qismlarini (mas., alohida  epizodlarni, personajlarni, ularning turli holatlardagi xatti-
harakati, gap-so‘zlarini va h.), ularning o‘zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. 
Ilgari ham aytganimizdek, konkret badiiy asar turli o‘quvchilar tomonidan turlicha 
tushunilishi mumkin. Biroq shunisi ham aniqki, o‘quvchilar ongidagi minglab 
talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqtalar ham mavjud. Demak, konkret 
asar talqinlari nechog‘li turfa bo‘lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi 
muayyan asos, deylik, yadro(javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida 
hosil bo‘ladi. Bu yadro esa – badiiy asarning o‘zi, badiiyat hodisasini o‘zida 
moddiylashtirgan badiiy matndir. Ayon bo‘ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni 
ob’ektiv va sub’ektiv ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o‘rinda talqin 
qilayotgan shaxsni sub’ektiv ibtido deb olsak, badiiy matn ob’ektiv ibtidodir. 
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni 
yetarli darajada bilmasa, asar qismlarini, ularning  o‘zaro aloqalarini yetarli tasavvur 
qilolmasa, uning talqini sub’ektivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy 
adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning esa assotsiativ tafakkur mahsuli 
ekanligini e’tiborga olsak, talqinning sub’ektsiz mavjud emasligi ayon haqiqatdir. 
Chunki ijodkorning assotsiativ fikrlashi mahsuli o‘laroq yaratilgan va asarda aksini 
topgan obrazning mazmun qirralari faqat sub’ekt ongidagina (ya’ni, uning ham 
assotsiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo‘ladi. Aytilganlar tushunish 
jarayonida tahlil va talqinning har vaqt hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy 
tomonidan aytilgan gap yoxud yozilgan asar (ilmiy, falsafiy, diniy, badiiy va h.) mazmunini anglash, uni ma’lum yaxlitlikda tushunish va tushuntirish (adabiyotshunosning maqsadi tushunishning o‘zigina emas, tushuntirish hamdir) ma’nolarini anglatadi. Shu ma’noda qaralsa, mumtoz adabiyotshunosligimizda, umuman, o‘tmish ilmida “talqin” so‘zining ma’nosi qisman “sharh”, “tafsir” atamalari bilan ham berilgan. Yana ham aniqroq aytsak, talqin badiiy asardagi “obrazlar tili”ni “mantiq tili”ga o‘girmoq, obrazlar vositasida ifodalangan mazmunni tushunish va tushuntirmoqdir.Yuqorida aytdikki, badiiy asarni tushunish jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozir, ular tushunish jarayonining ikki qirrasidir. Aytaylik, “o‘quvchi badiiy asarni tushundi” degani, mohiyatan, “o‘quvchi asarni o‘zicha talqin qildi” deganidir. Ayni paytda, uning asarni tushunishida tahlil unsurlari ham mavjud, zero, oddiy o‘quvchi ham tushunish jarayonida asar qismlarini (mas., alohida epizodlarni, personajlarni, ularning turli holatlardagi xatti- harakati, gap-so‘zlarini va h.), ularning o‘zaro mazmuniy aloqalarini tasavvur qiladi. Ilgari ham aytganimizdek, konkret badiiy asar turli o‘quvchilar tomonidan turlicha tushunilishi mumkin. Biroq shunisi ham aniqki, o‘quvchilar ongidagi minglab talqinlarni umumlashtiradigan mushtarak nuqtalar ham mavjud. Demak, konkret asar talqinlari nechog‘li turfa bo‘lmasin, ularning chegaralarini belgilab beruvchi muayyan asos, deylik, yadro(javhar) mavjudki, barcha talqinlar shu yadro atrofida hosil bo‘ladi. Bu yadro esa – badiiy asarning o‘zi, badiiyat hodisasini o‘zida moddiylashtirgan badiiy matndir. Ayon bo‘ldiki, badiiy asarni tushunish jarayoni ob’ektiv va sub’ektiv ibtidolardan tarkib topar ekan: agar bu o‘rinda talqin qilayotgan shaxsni sub’ektiv ibtido deb olsak, badiiy matn ob’ektiv ibtidodir. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, agar talqin qiluvchi shaxs badiiy matnni yetarli darajada bilmasa, asar qismlarini, ularning o‘zaro aloqalarini yetarli tasavvur qilolmasa, uning talqini sub’ektivlik kasb etadi. Boshqa tomondan, badiiy adabiyotning obrazlar orqali fikrlashi, obrazning esa assotsiativ tafakkur mahsuli ekanligini e’tiborga olsak, talqinning sub’ektsiz mavjud emasligi ayon haqiqatdir. Chunki ijodkorning assotsiativ fikrlashi mahsuli o‘laroq yaratilgan va asarda aksini topgan obrazning mazmun qirralari faqat sub’ekt ongidagina (ya’ni, uning ham assotsiativ fikrlashi asosida) qayta tiklanishi mumkin bo‘ladi. Aytilganlar tushunish jarayonida tahlil va talqinning har vaqt hozirligining yorqin dalilidir. Oddiy  
 
o‘quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga 
tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu 
ma’noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish va uqish demakdir. 
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi – asarni 
tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo‘sh, “asarni tushunish” deganda 
nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: 
ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda 
tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (ob’ektiv ibtidodan) kelib 
chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning birinchisiga 
ko‘ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa, ikkinchisida talqinning mavqei 
ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqalarini 
birlikda olib o‘rganishni (kontekstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga 
alohida mavjudlik  sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o‘rganish (immanent tahlil) 
bilan cheklanadi. Biroq mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib 
bo‘lmaydi, bu o‘rinda “oraliq” mavqenining egallangani, har ikki yo‘sindagi 
tahlilning ham mavjudligini, ularning bir-biridan ko‘zlagan maqsadi va ahamiyati 
jihatidan farqli ekanligini tan olingani to‘g‘riroq bo‘ladi. 
Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o‘rganuvchi soha – 
germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni butun, butunni qism orqali tushunish 
darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo‘sinlarining ikkisiga ham birdek aloqador. 
Faqat bu o‘rinda immanent tahlil “kontekst” tushunchasini asar doirasi bilan cheklab 
olsa, kontekstual tahlilda “kontekst” tushunchasining ko‘lami kengayib boradi 
(konkret asar “yozuvchi biografiyasi”, “muallif yashagan davr shart-sharoitlari”, 
“muallifning ijodiy merosi”, asar yaratilgan davr  adabiyoti”, “milliy  adabiy  
an’analar” kabi kontekstlar doirasiga kiradi). Kontekstual tahlil asarga muallif 
tomonidan yuklangan mazmunni tushunishga yo‘l ochsa, immanent tahlil asarda 
tasvirlangan narsalarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda 
o‘quvchiga o‘z mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli 
o‘laroq, oddiy o‘quvchilarning asarni tushunishida immanent tahlil unsurlari 
yetakchilik qiladi (shu bois ham o‘quvchilar ongida konkret asarning turfa talqinlari 
mavjud). Zero, aksariyat o‘quvchilar uchun konkret asarning qay maqsadda, qanday 
omillar ta’sirida yozilgani ahamiyatsiz – ular asarning o‘zinigina taniydilar, uning 
o‘quvchidan farq qilaroq, adabiyotshunos badiiy asarni talqin qilarkan, tahlilga tayanadi, uning talqini tahlil asosida yuzaga kelgani uchun ham ilmiy sanaladi. Shu ma’noda tahlil badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o‘qish va uqish demakdir. Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki, badiiy asar tahlilining maqsadi – asarni tushunish (asarni baholash ikkilamchi maqsad). Xo‘sh, “asarni tushunish” deganda nima nazarda tutiladi? Bu masalada ham adabiyotshunoslikda turlichalik mavjud: ayrimlar asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishni nazarda tutsalar, boshqalari asarda tasvirlangan narsalardan (ob’ektiv ibtidodan) kelib chiqadigan mazmunni tushunishni nazarda tutadilar. Bu qarashlarning birinchisiga ko‘ra tushunish jarayonida tahlil yetakchilik qilsa, ikkinchisida talqinning mavqei ustunroq ekanligi tayin; birinchisi badiiy asarni uning ichki va tashqi aloqalarini birlikda olib o‘rganishni (kontekstul tahlil) taqozo etsa, ikkinchisi badiiy asarga alohida mavjudlik sifatida qarab, uning ichki aloqalarini o‘rganish (immanent tahlil) bilan cheklanadi. Biroq mazkur qarashlarning ikkisini ham mutlaqlashtirib bo‘lmaydi, bu o‘rinda “oraliq” mavqenining egallangani, har ikki yo‘sindagi tahlilning ham mavjudligini, ularning bir-biridan ko‘zlagan maqsadi va ahamiyati jihatidan farqli ekanligini tan olingani to‘g‘riroq bo‘ladi. Tushunish jarayonining nazariy muammolarini o‘rganuvchi soha – germenevtikaning asosiy qoidasi shuki: qismni butun, butunni qism orqali tushunish darkor. Bu qoida yuqoridagi tahlil yo‘sinlarining ikkisiga ham birdek aloqador. Faqat bu o‘rinda immanent tahlil “kontekst” tushunchasini asar doirasi bilan cheklab olsa, kontekstual tahlilda “kontekst” tushunchasining ko‘lami kengayib boradi (konkret asar “yozuvchi biografiyasi”, “muallif yashagan davr shart-sharoitlari”, “muallifning ijodiy merosi”, asar yaratilgan davr adabiyoti”, “milliy adabiy an’analar” kabi kontekstlar doirasiga kiradi). Kontekstual tahlil asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni tushunishga yo‘l ochsa, immanent tahlil asarda tasvirlangan narsalarga (va, albatta, undagi muallif obraziga) tayangan holda o‘quvchiga o‘z mazmunini shakllantirish imkonini beradi. Mutaxassisdan farqli o‘laroq, oddiy o‘quvchilarning asarni tushunishida immanent tahlil unsurlari yetakchilik qiladi (shu bois ham o‘quvchilar ongida konkret asarning turfa talqinlari mavjud). Zero, aksariyat o‘quvchilar uchun konkret asarning qay maqsadda, qanday omillar ta’sirida yozilgani ahamiyatsiz – ular asarning o‘zinigina taniydilar, uning  
 
o‘zidangina zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos uchun bularning bari muhim, 
chunki asarni tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud sotsiologik metodlar 
(kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqarilgan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur 
rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda 
badiiy did tarbiyasiga faqat bilvosita ta’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy 
didga bevosita ta’sir qilishga urinish esa adabiyotga faqat ziyon keltiradi. Demak, 
badiiy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida ham tushunish (tahlil 
va talqin qilish) mumkin, - ikkisining ham o‘z o‘rni, vazifasi va maqsadi tayinlidir. 
Badiiy asarni kontekstual tahlil qilishda unga turli jihatlardan yondashish mumkinki, 
shu asosda bir qator tahlil metodlari haqida gapirish mumkin bo‘ladi.  
Sotsiologok tahlil metodi tadqiotchini badiiy asar voqeligi bilan real voqelik 
munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy 
haqiqat munosabati kabi masalalarni o‘rganishga yo‘naltiradi. Bu xil yondashuv 
asarning g‘oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xarakter 
xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h. badiiy unsurlarning 
ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish 
jarayoni, xarakter va prototip, tarixiy shaxs obrazi va real tarixiy shaxs munosabati 
kabi ijod jarayoni bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishda ham sotsiologik 
yondashuv asos vazifasini o‘taydi. Sotsiologik metod adabiyotshunoslikda muhim 
ahaiyatga molikligi shubhasiz, biroq uni boshqalardan ustun qo‘yishlik, unga ayricha 
e’tibor berishlik adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinki, bunga 
yorqin misollarni sho‘ro adabiyotshunosligidan istalgancha topishimiz mumkin  
bo‘ladi. Masalan, sho‘ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm ko‘rinishlari 
ayni shu metodning mavqeini mutlaqlashtirilishining natijasi edi. Badiiy asar 
tahlilida shu metodgagina tayangan va shuning asosidagina baholagan tanqidiy 
maqolalar keyincha ularning mualliflarini qatag‘on qilish uchun dastakka 
aylandigina emas, o‘quvchi ommani o‘sha ijodkorlarni “xalq dushmani”, asarlarini 
“zararli” deb tushunishga tayyorladi.  
Tarixiy-madaniy tahlil metodi badiiy asarni milliy madaniy an’analar,  
shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida o‘rganishga qaratilgandir. Ma’lumki, 
badiiy asar madaniy-adabiy an’analar zaminida dunyoga keladi, uning qator badiiy 
xususiyatlari shu kontekstdagina yorqin namoyon bo‘ladi, anglashiladi. Masalan, 
o‘zidangina zavq oladilar. Aksincha, adabiyotshunos uchun bularning bari muhim, chunki asarni tarixiylik tamoyiliga tayanib, biografik yoxud sotsiologik metodlar (kontekstual tahlil) asosida tekshirib chiqarilgan xulosalar adabiy-nazariy tafakkur rivojida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ular, tabiiyki, badiiy adabiyot rivoji hamda badiiy did tarbiyasiga faqat bilvosita ta’sir qiladilar, bu xil xulosalar bilan badiiy didga bevosita ta’sir qilishga urinish esa adabiyotga faqat ziyon keltiradi. Demak, badiiy asarni alohida butunlik sifatida ham, kontekst doirasida ham tushunish (tahlil va talqin qilish) mumkin, - ikkisining ham o‘z o‘rni, vazifasi va maqsadi tayinlidir. Badiiy asarni kontekstual tahlil qilishda unga turli jihatlardan yondashish mumkinki, shu asosda bir qator tahlil metodlari haqida gapirish mumkin bo‘ladi. Sotsiologok tahlil metodi tadqiotchini badiiy asar voqeligi bilan real voqelik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalarni o‘rganishga yo‘naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g‘oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xarakter xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h. badiiy unsurlarning ijtimoiy ildizlarini ochib beradi. Hayot haqiqatining badiiy haqiqatga aylanish jarayoni, xarakter va prototip, tarixiy shaxs obrazi va real tarixiy shaxs munosabati kabi ijod jarayoni bilan bog‘liq muammolarni o‘rganishda ham sotsiologik yondashuv asos vazifasini o‘taydi. Sotsiologik metod adabiyotshunoslikda muhim ahaiyatga molikligi shubhasiz, biroq uni boshqalardan ustun qo‘yishlik, unga ayricha e’tibor berishlik adabiyot uchun zararli oqibatlarga olib kelishi mumkinki, bunga yorqin misollarni sho‘ro adabiyotshunosligidan istalgancha topishimiz mumkin bo‘ladi. Masalan, sho‘ro adabiyotshunosligidagi vulgar sotsiologizm ko‘rinishlari ayni shu metodning mavqeini mutlaqlashtirilishining natijasi edi. Badiiy asar tahlilida shu metodgagina tayangan va shuning asosidagina baholagan tanqidiy maqolalar keyincha ularning mualliflarini qatag‘on qilish uchun dastakka aylandigina emas, o‘quvchi ommani o‘sha ijodkorlarni “xalq dushmani”, asarlarini “zararli” deb tushunishga tayyorladi. Tarixiy-madaniy tahlil metodi badiiy asarni milliy madaniy an’analar, shuningdek, davr adabiy-madaniy kontekstida o‘rganishga qaratilgandir. Ma’lumki, badiiy asar madaniy-adabiy an’analar zaminida dunyoga keladi, uning qator badiiy xususiyatlari shu kontekstdagina yorqin namoyon bo‘ladi, anglashiladi. Masalan,  
 
Cho‘lponning qator she’rlari borki, ularning mazmun mohiyati mumtoz 
adabiyotimiz, xususan, tasavvuf she’riyati kontekstidagina o‘zining ramziy 
ma’nolarini ochishi, tushunilishi mumkin bo‘ladi.Yoki “Utgan kunlar”dagi bir qator 
xususiyatlar  (Otabekning oshiqligi sahnalari, syujet motivlari, maktublar va h.) 
5emiotic va mumtoz dostonchilik an’analari zaminida yetishgani shundoq ko‘zga 
tashlanadi. Mazkur yondashuv badiiy asarga umummilliy madaniyatning vakili 
sifatida qarashi diqqatga molikki, bu xil yondashuv adabiy jarayondagi yangi 
hodisalarning tub omillarini anglash imkonini beradi. 
Qiyosiy metod badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilishni 
ko‘zda tutadi. Adabiyotshunos konkret asarni o‘tmishda yoki u bilan bir paytda, 
boshqa milliy adabiyotda yoki o‘zi mansub adabiyotda yaratilgan asar bilan qiyoslab 
tadqiq etishi mumkin. Qiyoslash ob’ekti tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda 
belgilanadi. Deylik, asarni o‘tmishda yaratilgan asar  bilan qiyoslash undagi an’ana 
va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezisi haqida tasavvur hosil qilish 
imkonini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash asosida esa adabiy 
aloqa 5emio’sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi masalalarni 
o‘rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol uchun Navoiy va Nizomiy 
“Hamsa”5emiot qiyosiy tahlil qilish har ikkala san’atkorning ijodiy o‘ziga xosligi, 
ularning dunyoqarashidagi o‘ziga xos jihatlarni yorqin tushunish va tushuntirish, 
Navoiy dahosini xolis baholash imkonini yaratadi.  
Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo‘li kontekstida o‘rganishni  
nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o‘rinlar 
muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. Shunga ko‘ra biografik 
metod asarga muallif tomonidan yuklatilgan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat 
kasb etadi. Masalan, A.Qahhorning “O‘g‘ri” va “Dahshat” hikoyalari o‘tmishdan 
bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontekstda olinsa, adib har ikki hikoyada ham 
ular yaratilgan davr muammolarini badiiy idrok etishga, o‘sha davr haqidagi, davr 
kishilari haqidagi fikrlarini ifodalashga harakat qilgani anglashiladi. Biografik 
metodning qanchalik samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan tadqiqotchi qo‘l ostidagi 
biografik materialga bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘zbek adabiyotshunosligida biografik 
metodning yetarli darajada samara bilan qo‘llanilmay kelayotgani ayni shu narsa – 
biografik materialning yetarli emasligi bilan izohlanadi. 
Cho‘lponning qator she’rlari borki, ularning mazmun mohiyati mumtoz adabiyotimiz, xususan, tasavvuf she’riyati kontekstidagina o‘zining ramziy ma’nolarini ochishi, tushunilishi mumkin bo‘ladi.Yoki “Utgan kunlar”dagi bir qator xususiyatlar (Otabekning oshiqligi sahnalari, syujet motivlari, maktublar va h.) 5emiotic va mumtoz dostonchilik an’analari zaminida yetishgani shundoq ko‘zga tashlanadi. Mazkur yondashuv badiiy asarga umummilliy madaniyatning vakili sifatida qarashi diqqatga molikki, bu xil yondashuv adabiy jarayondagi yangi hodisalarning tub omillarini anglash imkonini beradi. Qiyosiy metod badiiy asarni boshqa asar(lar) bilan qiyosan tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Adabiyotshunos konkret asarni o‘tmishda yoki u bilan bir paytda, boshqa milliy adabiyotda yoki o‘zi mansub adabiyotda yaratilgan asar bilan qiyoslab tadqiq etishi mumkin. Qiyoslash ob’ekti tadqiqot maqsadidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Deylik, asarni o‘tmishda yaratilgan asar bilan qiyoslash undagi an’ana va yangilik nisbati, ayrim badiiy unsurlar genezisi haqida tasavvur hosil qilish imkonini yaratadi; boshqa milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash asosida esa adabiy aloqa 5emio’sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi masalalarni o‘rganishga keng imkoniyat yaratiladi. Misol uchun Navoiy va Nizomiy “Hamsa”5emiot qiyosiy tahlil qilish har ikkala san’atkorning ijodiy o‘ziga xosligi, ularning dunyoqarashidagi o‘ziga xos jihatlarni yorqin tushunish va tushuntirish, Navoiy dahosini xolis baholash imkonini yaratadi. Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo‘li kontekstida o‘rganishni nazarda tutadi. Badiiy asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator o‘rinlar muallif biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. Shunga ko‘ra biografik metod asarga muallif tomonidan yuklatilgan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat kasb etadi. Masalan, A.Qahhorning “O‘g‘ri” va “Dahshat” hikoyalari o‘tmishdan bahs yuritadi, biroq ularni biografik kontekstda olinsa, adib har ikki hikoyada ham ular yaratilgan davr muammolarini badiiy idrok etishga, o‘sha davr haqidagi, davr kishilari haqidagi fikrlarini ifodalashga harakat qilgani anglashiladi. Biografik metodning qanchalik samarali bo‘lishi ko‘p jihatdan tadqiqotchi qo‘l ostidagi biografik materialga bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘zbek adabiyotshunosligida biografik metodning yetarli darajada samara bilan qo‘llanilmay kelayotgani ayni shu narsa – biografik materialning yetarli emasligi bilan izohlanadi.  
 
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan birlikda qo‘llanib, 
badiiy 
asarning 
ijodiy 
tarixini 
o‘rganishni 
maqsad 
qiladi. 
Bu 
metod 
adabiyotshunosga hayot materialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy 
matnning sayqallanish yo‘lini kuzatish imkonini beradi. Mazkur metod 
tadqiqotchining asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va 
h.ni chuqur o‘rganishini, konkret faktlar asosida asarning yaratilish tarixi va 
omillarini ochib berishini taqozo etadi. Adabiyotshunosligimizda ijodiy-genetik 
yondashuv samara  bilan qo‘llangan tadqiqotlardan biri sifatida R.Qo‘chqorning 
A.Qahhor romanlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishini ko‘rsatish mumkin. 
Yuqoridagi metodlarning bari asarning tashqi aloqalarini o‘rganishga 
qaratilgan bo‘lib, ularning bari tarixiylik tamoyiliga tayanadi. Shuni ham ta’kidlash 
joizki, konkret badiiy asar tahlilida ular qorishiq holda qo‘llanadi, ya’ni, tahlilda 
ulardan bitta-ikkistasi yetakchi bo‘lgani holda, qolganlari ularni to‘ldiradi. Ikkinchi 
tomondan, kontekstual tahlil jarayonida adabiyotshunos immanent tahlil 
metodlaridan ham o‘rni bilan foydalanadiki, bu uning imkoniyatlarini kengaytiradi.  
Immanent tahlil metodlari sifatida semiotic, stilistik va semiotic metodlarni 
ko‘rsatish mumkin. Struktural metod badiiy asar qismlari va ularning o‘zaro 
aloqalarini o‘rganadi. Bu o‘rinda tadqiqotchi matnning tashkillanishini yoki badiiy 
voqelikning tashkilanishini diqqat markaziga qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Stilistik 
tahlil  matnning uslubiy o‘ziga xosligini, semiotic tahlil esa badiiy asardagi lisoniy 
belgilarning ma’no qirralarini o‘rganishga qaratiladi.Bulardan tashqari, badiiy 
asarni, aniqrog‘i, uning ijtimoiy mavjudligini o‘rganishda konkret sotsiologik 
tadqiqot metodlari, shuningdek, o‘sha asar haqida yaratilgan tanqidiy asarlarni 
o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Immanent tahlil atamasi haqida gapiring. 
2. Kontekistual tahlil bu nima? 
3. Biografik metodni qaysi turga kiritamiz, izohlang. 
4. Talaba yoshlar uchun qaysi tahlil usuli ma’qul. 
5. Filologik tahlil usuli qaysi turga kiradi? 
6. Oddiy kitobxon uchun tahlil usullarini ayting. 
Ijodiy-genetik metod biografik metodga yaqin va u bilan birlikda qo‘llanib, badiiy asarning ijodiy tarixini o‘rganishni maqsad qiladi. Bu metod adabiyotshunosga hayot materialining badiiy obrazga aylanish jarayoni, badiiy matnning sayqallanish yo‘lini kuzatish imkonini beradi. Mazkur metod tadqiqotchining asar qoralamalari, uning turli nashr variantlari, tarixiy hujjatlar va h.ni chuqur o‘rganishini, konkret faktlar asosida asarning yaratilish tarixi va omillarini ochib berishini taqozo etadi. Adabiyotshunosligimizda ijodiy-genetik yondashuv samara bilan qo‘llangan tadqiqotlardan biri sifatida R.Qo‘chqorning A.Qahhor romanlarining ijodiy tarixi haqidagi ilmiy ishini ko‘rsatish mumkin. Yuqoridagi metodlarning bari asarning tashqi aloqalarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ularning bari tarixiylik tamoyiliga tayanadi. Shuni ham ta’kidlash joizki, konkret badiiy asar tahlilida ular qorishiq holda qo‘llanadi, ya’ni, tahlilda ulardan bitta-ikkistasi yetakchi bo‘lgani holda, qolganlari ularni to‘ldiradi. Ikkinchi tomondan, kontekstual tahlil jarayonida adabiyotshunos immanent tahlil metodlaridan ham o‘rni bilan foydalanadiki, bu uning imkoniyatlarini kengaytiradi. Immanent tahlil metodlari sifatida semiotic, stilistik va semiotic metodlarni ko‘rsatish mumkin. Struktural metod badiiy asar qismlari va ularning o‘zaro aloqalarini o‘rganadi. Bu o‘rinda tadqiqotchi matnning tashkillanishini yoki badiiy voqelikning tashkilanishini diqqat markaziga qo‘yishi mumkin bo‘ladi. Stilistik tahlil matnning uslubiy o‘ziga xosligini, semiotic tahlil esa badiiy asardagi lisoniy belgilarning ma’no qirralarini o‘rganishga qaratiladi.Bulardan tashqari, badiiy asarni, aniqrog‘i, uning ijtimoiy mavjudligini o‘rganishda konkret sotsiologik tadqiqot metodlari, shuningdek, o‘sha asar haqida yaratilgan tanqidiy asarlarni o‘rganish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Immanent tahlil atamasi haqida gapiring. 2. Kontekistual tahlil bu nima? 3. Biografik metodni qaysi turga kiritamiz, izohlang. 4. Talaba yoshlar uchun qaysi tahlil usuli ma’qul. 5. Filologik tahlil usuli qaysi turga kiradi? 6. Oddiy kitobxon uchun tahlil usullarini ayting.  
 
7.Madaniy-tarixiy metod haqida gapiring. 
8.Qiyosiy-tarixiy metod bu nima? 
9. Semioteka tushunchasiga ta’rif bering 
10. lingvopoetik metod haqida gapiring. 
 
Adabiyotlar: 
 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2. D.Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. -T.: Navoiy universiteti. 2018. 
3. 5. Borev Yu.B. Estetika.- M.,1988 
4. Literaturno‘y ensiklopedicheskiy slovar.- M.,1987 
5. A.Rasulov. Ilmi g‘aribani qo‘msab.- T.,1998 
6. R.Qo‘chqor. Men bilan munozara qilsangiz...- T.,1997 
7. D.Quronov. Istiqlol dardi.- T.,2000 
8. D.Quronov. Badiiyat sirlari.- Tafakkur.- 1998.- N 1 
 
 
7.Madaniy-tarixiy metod haqida gapiring. 8.Qiyosiy-tarixiy metod bu nima? 9. Semioteka tushunchasiga ta’rif bering 10. lingvopoetik metod haqida gapiring. Adabiyotlar: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. D.Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. -T.: Navoiy universiteti. 2018. 3. 5. Borev Yu.B. Estetika.- M.,1988 4. Literaturno‘y ensiklopedicheskiy slovar.- M.,1987 5. A.Rasulov. Ilmi g‘aribani qo‘msab.- T.,1998 6. R.Qo‘chqor. Men bilan munozara qilsangiz...- T.,1997 7. D.Quronov. Istiqlol dardi.- T.,2000 8. D.Quronov. Badiiyat sirlari.- Tafakkur.- 1998.- N 1