BADIIY ASARNING RUHIY(PSIXOANALIZ) TAHLILI
REJA:
1. Badiiy asarni ruhiy tahlil etish usulining paydo bo’lishi va taraqqiyoti
2. G’arb adabiyotshunosligida ruhiy tahlil va psixoanaliz masalasi
3. Asarni ruhiy tahlil etish tarixi va uning salmoqdorligi
4. Adabiyotshunoslikda ruhiy tahlil muammosi
5. O’zbek adabiyotshunosligida ruhiy tahlil taraqqiyoti
6. H.Umurovning asarni ruhiy tahlil etish haqidagi tadqiqotlari
7. Asarni ruhiy tahlil etish omillari, tamoyillari va ruhiy tahlil formalari
8. Asarni ruhiy tahliliga oid asosiy epizodlar talqini
9. Asarda tush epizodi, badiiy nutq ruhiyati, xarakter ruhiyati
ADABIYOTLAR:
1. Adabiy turlar va janrlar. Uch jildlik – T.: “Fan”, 1991-1992
2. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil.
3. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
4. Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: “G`.G`ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi”,200
XIX asrning oxirlari XX asr boshlarida shakllannish bosqichiga kirib, butun
yuz yil davomida dunyoni ta’sir doirasida tutib kelayotgan psixoanaliz avstriyalik
vrach-psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) nomi bilan bog’liq. Z. Freyd o’zining
ko’p yillik amaliy faoliyati, izlanishlari natijasi o’laroq «Ruhiy bezovtalik tadqiqi»
(1895), «Tushlar talqini» (1900), «Kundalik hayot psixopatologiyasi» (1904),
«Chechanlik va uning ongsizlikka munosabati» (1905), «Seksuallik nazariyasi
xususida uch ocherk» (1905), «Leonardo da Vinchi psixo seksuallik nazariyasiga
chizgi sifatida» (1910), «Totem va tabu» (1913), «G’ayri odatiy lazzatlanish
tamoyili», «Omma psixologiyasi va inson «men»I tahlili» (1921), «Men va U»
(«Iendit»- 1923), «Tamaddun va undan norozilar» (1929), «Musova yakka xudolik»
(1939) kabi qator tadqiqotlar yozgan, psixoanalizning markaziy konsepsiyalarini
ishlab chiqqan, asoslashga uringan va amaliyotda qo’llagan. Shu bois Z. Freyd tom
ma’noda psixoanaliz amaliyoti va nazariyasining asoschisi hisoblanadi. Psixoanaliz
falsafasi va nazariyasiga tatbiq anfreydizm istilohining qo’llanishi ham shu
sabablidir.Freyddan so’ng psixoanaliz taxminan uch yo’nalishda davom etdi.
Birinchi yo’nalish freydizmning o’zak muammolarini, konseptual jihatlarini
rivojlantirish, ba’zi holatlarda boshqacharoq talqin etishga qaratilgan bo’lib, A.
Adler, K.Yung, J.Klayn, J.Lakan, Ye.Fromm kabi mashhur vakillariga ega. Ular
freydizmning nazariyotchilari sanaladilar. Ikkinchi yo’nalish anchayin keng miqyos
kasb etadi va, asosan freydizm nazariyasini turli sohalarga tatbiq etishga qaratilgan.
Bu yo’nalish vakillari sirasiga dunyo miqyosidagi faylasuf va falsafashunoslar,
siyosatchi
va
siyosashunoslar,
san’atkor
va
san’ashunoslar,
pedagoglar,
antropologlar, etnograflar kiradi. Uchinchi yo’nalish esa tor professional faoliyat
bilan cheklanadi. Ruhiy bemorlarni psixoanaliz usulida muolaja qilish bilan
shug’ullanadi. Ular vrach-psixoanalitik nomlanib, hozirda dunyoning barcha
hududlarida faoliyat yurgizadilar. Freydizm insonga tom ma’nodagi biologic
mavjudot sifatida yondashadi. Ayniqsa odamga nisbatan o’zigacha an’ana bo’lgan
atamalarni emas, individuum (individuum) atamasini qo’llaydi. Freydizmning o’zak
falsafasiga ko’ra, «insoniyat faoliyatini ijtimoiy taraqqiyot qonunlari emas, g’ayri
shuuriy psixik kuchlar boshqaradi. Aql esa real voqyelikni aks ettirmaydi, balki
g’ayri shuuriy mayllarni niqoblovchi vosita vazifasini o’taydi. Aniqroq aytganda,
inson (individ) va ijtimoiy muhit doimiy, sirli kurash holatida bo’ladi».1Bunday
konsepsiyaning shakllanishi psixoanalizning ibtidosi tarixi, metodologik prinsiplari
bilan izohlanadi. Insonf aoliyatining Freydgacha bo’lgan psixologik talqinlarida
tadqiqot obyekti vazifasini asosan, ong va u bilan bog’liq jarayonlar bajararedi.
Freyd esa mana shu ongli jarayonlar ortida yashirin faoliyat mavjudligini kashf etdi
va uni ong osti psixologiyasi, deb nomladi. Avstriyalik munaqqid-adib Stefan Sveyg
(1881-1942) yozadi: «Freyd o’z davri an’analari bilan zarracha hisoblashmasdan,
zamondoshlari oldiga yashirin va anglanmagan o’zlikni anglash muammosini qat’iy
qilib qo’ydi»2. S. Sveygning ushbu ikrlari hissiy unsurlardan xoli bo’lmasa-da,
psixoanaliz mohiyatini o’zida ifodalaydi. Darhaqiqat, psixoanaliz ong osti
psixologiyasini klinik tadqiq etish natijasi o’laroq tug’ildi. Freyd o’zining klinik-
muolajaviy faoliyati davomida inson ong osti psixologiyasini tadqiq etar ekan,
psixoanalizga doir qonun-qoidalarni bosqichma-bosqich tizimga sola bordi. Shu
tariqa o’zqarashlarini asosladi, ilmiy doiralarga, jamoatchilikka tatbiq etdi.
Psixoanalitik talqinda, psixoanalizga doir lug’atlarda ong osti psixologiyasiga
ikki ma’noda izoh beriladi. Birinchisi keng ma’noda bo’lib, psixik holatning
vaqtinchalik anglanmagan yo anglash qiyin bo’lgan yoki umuman anglab
bo’lmaydigan ko’rinishidir. Mazkur holatning o’zi ham ikki xil tushunchani keltirib
chiqaradi: anglash mumkin bo’lgan va mustaqil holatda mavjud bo’lgan ongsizlik.
Ikkinchisi muqarrar o’zgarmas, tor ma’nodagi ong osti psixologiyasi hisoblanadi.
Bu anglash mutlaqo qiyin, jilovlash mumkin bo’lmagan ongsizlik shakli bo’lib,
Freyd uni inson psixologik faoliyatining «eng tuban» yoki «eng oliy» tarzda
namoyon bo’lishi, deb tushuntirgan3. Psixoanaliz insonning ongli va ong osti
jarayonlaridan kelib chiquvchi faoliyati tabiatini maxsus istilohlar yordamida
tushuntiradi. Bunga ko’ra, inson intilish va istaklarini harakatga keltiruvchi kuchli
bido (libido), deb nomlanadi. Freydning qayd etishicha, «libido-psixik faoliyatning
dvigateli» hisoblanib, uning asosida insonning anglanmagan seksual mayllari
yotadi4. Bu tushuncha Freydning izdoshlari tomonidan rivojlantirilgan. Agar Freyd
libido istilohi ostida faqat insonga xos biologic intilishlarni tushungan bo’lsa, A.
Adler, K.Yung, Ye. Frommlar insonga xos barcha istaklarini (xususan, hokimiyatga,
boylikka, maishiy turmushga) libido asosida talqin etishgan. Mazkur tushunchaning
har ikki talqini Sharq insonshunoslik ilmida azaldan bo rbo’lgan shahvat
tushunchasiga to’g’ri keladi. Chunki sharqda shahvat tushunchas itor ma’noda
insonning jinsiy mayllarini, keng ma’noda umuman nafsoniy istaklarini ifodalaydi.
Psixoanaliz o’zagida libido turgan inson faoliyatini Id, Yego, Super ego deb
nomlangan uch tushunchaning sistematik munosabati natijasi, deb hisoblaydi. Id
ijtimoiy qoidalarni tan olmaydigan, insoniyat yoki inson hayotining ilk davrlari bilan
bog’liq bo’lgan primitive xirsiy intilishlarini o’zida mujassamlovchi tushuncha.
Aniqroq aytganda Id tafakkurdan mutloq xoli o’z-o’zicha tiyilish xususiyatiga ega
bo’lmagan nafsdir. Freydga ko’ra, Id (u-it) libidoning asosiy energiya manbaidir.
Shuningdek, birinson (individuum) hayotini umuminsoniyat (universum) hayotining
biologic modeli, deb bilgan Z.Freyd Idning jilov bilmas intilishlari negizida o’zining
«Yedip kompleksi» konsepsiyasini ilgari suradi. Bunda ShohYedip haqidagi qadimy
yunon mifologiyasi syujetini asos qilib oladi. G‘ayri ixtiyoriy tarzda otasini o’ldirib,
o’z onasiga uylangan Edip qismatini butun insoniyat uchun xarakterli hodisa sifatida
talqin etadi. Uning fikricha, o’zining ong osti istaklaridan g’ofil Yedip, aslida
ijtimoiy voqyelikka xos sabab va oqibatlar natijasida emas, anglanmagan nafsoniy
intilishlari (Id) bois shu holatga tushgan. Uningcha, umuminsoniyat hayoti
modeli(universum)ning bir bo’lagini tashkil etuvchi Yedip holati har bir inson
(individuum) bosib o’tishi muqarrar bo’lgan holatdir. Shu konsepsiyasiga asosan
Freyd 3-4 yosh orasidagi go’dakda seksual intilishlar mavjud; go’dak uchun
dastlabki seksual qoniqish obyekti bo’lib uning onasi xizmat qiladi, degan xulosaga
keladi. Ya’ni, 3-4 yoshli go’dak ayni g’ayrishuuriy istaklari sabab, o’z otasini raqib
sifatida yo’lidan olib tashlashni istaydi. Freyd xuddi shu yoshdagi qiz bolada ayni
holatning teskarisi mavjud, deb hisoblaydi.Uni Yedipning qizi Yelektra nomi bilan
bog’laydi va mazkur psixologik jarayonni «Yelektra kompleksi», deb ataydi. Yedip
yoki elektra kompleksiga xos holat muayyan tashqi ta’sir natijasida insonning
keyingi faoliyatida bevosita rol o’ynaydi. Buning ijobiy yoki salbiy natija berish
masalasini psixoanaliz Id – Yego- Superego munosabati bilan bog’lab tushuntiradi.5
Yego istilohi ostida psixoanaliz Id va Superego o’rtasida vositachilik qiluvchi,
ijtimoiy–axloqiy nuqtai nazardan ideal darajaga yetgan inson fenomeni bilan, tuban
nafsoniy fenomen markazda turuvchi psixologik faoliyat shaklini tushunadi. Bir so’z
bilan aytganda, Yego muayyan individuumning jamiyat yoki tashqi muhitdagi
qiyofasi. Yego va Id munosabati Freyd tomonidan shunday tushuntiriladi: «Id va
Yego aro munosabat suvoriy va ot o’rtasidagi munosabatga o’xshaydi. Farq
shundaki, suvoriy otning kuchidan foydalanar ekan, o’z xohishini aqli va kuchi
orqali amalga oshiradi. Yego ham Idning kuchidan foydalanadi. Faqat buni o’zining
kuchi vositasida emas, balki har ikki kuchni birlashtirish yo’li bilan amalga oshiradi.
Yanada aniqroq qiyoslaganda, suvoriy otini xafa qilmaslik uchun uning istaklarini
.
bajarganidek, Yego ham Idning kuchini muayyan maqsadga yo’naltirar ekan, bu
aslida Idning ham istagi bo’ladi».6 Demak, Id va Yego munosabatida Yego o’z-
o’zicha mustaqil, shu bilan birga mutloq ozod bo’lmagan psixologik holatni
ifodalydi. Ya’ni Yego ko’p o’rinlarda Idning tiyiqsiz, o’ta murakkab istaklarini
nazorat qiluvchi maqomida turadi. Ammo, shunga qaramasdan uning faoliyatini
Idning qutqularidan xoli, deb bo’lmaydi.
Psixoanalizda Superego «Oliy-men» yoki «Ideal-men» deb ham yuritiladi.
Superego ko’p jihatdan oliy nozir funksiyasini bijaradi. Id va Yego harakatlarini
nazorat qilar ekan, bu harakat individuumning umumfaoliyatida ba’zan ijobiy,
ba’zan esa salbiy natijalar berishi mumkin. F.Bassin, M.Yaroshevskiylar tomonidan
berilgan mazkur tushuntirish Superego talqin doirasini yanada kengaytiradi,
aniqlashtiradi: «Agar Yego Idning foydasiga biron harakatni amalga oshirsa yoki
biror qarorga kelsa-yu, bu Superego xohishiga zid bo’lsa, unda Yego vijdon azobi,
gunohkorlik iztirobi shakllarida jazo oladi».7Umuman, psixoanalizda Id insonning
genetik, biologik, Yego individual-shaxsiy tajribalari, Super-ego esa o’zgalar (oila,
ijtimoiy muhit)ning ta’siri sifatida vujudga keldi, deb tushuntiriladi. Shu ma’nodaki,
Id sof biologik, Super-ego sof ijtimoiy asosga ega bo’lsa, Yego ham biologik, ham
ijtimoiy omillarga ega bo’lgan tushuncha hisoblanadi. Bu uch tushunchaning
sistematik birligi Freyd tomonidan «Yerkin assosiasiya» konsepsiyasi hosilasi, deb
tushuntiriladi. «Yerkin assosiasiya» o’z xarakteriga ko’ra, inson hayotining o’tish
bosqichidan energiya olsa-da, aslida universal funksiya bajaradi.Freyd o’z
faoliyatining boshlang’ich davrida parijlik nevrolog Sharko bilan hamkorlikda
mijozlarini gipnoz usulida davolar ekan, «Yerkin assosiasiya» tomonidan keladigan
ruhiy iztiroblarni bemorda katarsis holatini tug’dirish orqali davolashga uringan edi.
Katarsis Freydning kasbdoshi doktor Breyr tomonidan qadim yunon faylasuflarining
estetikaga doir atamalaridan o’zlashtirilgan bo’lib, bu usul bemorni ichki
iztiroblarini to’kib solish orqali poklashni ko’zda tutar edi. Gipnoz esa mijozning
tortinish, xijolat chekish hislaridan ozod qilish uchun qo’llangan. Ammo bu usul,
gipnoz holatidagi mijozning ixtiyorsiz ravishda psixoanalitik talablariga
bo’ysundirishini anglangach, samarasiz deb topiladi. Psixoanalizning sistemaga
.
tushishi, muayyan natija berishi «Yerkin assosiasiya» va Id, Yego, Super-ego aro
bevosita munosabatda aks etadi. Ruhiy bemorlik yoki ruhiy bezovtalikning ildizlari,
psixoanalitik talqinga ko’ra, insonning ongsizlikka asoslanuvchi assosiativ
ekskurslari bilan bog’liq. Yekskurs masofasi qanchalik uzoq, anglanmagan voqyelik
qanchalik murakkab va chigal bo’lsa, uning oqibati ham shunchalik og’ir bo’ladi.
Oqibatning salbiylik darajasi sababning hajmi bilan belgilanadi. Psixoanaliz metodi
ong ostidagi assosiativ dunyo aro yo’lga chiqib, ruhiy iztirob sababini aniqlash va
uni ongga yetkazishdan iborat. Bu nihoyatda og’ir jarayon. Chunki anglanmagan
ruhiy iztirob qachonlardir inson psixologiyasida paydo bo’lgan kuchli istak yoki
qo’rquv bo’lib, ularning ilk kurtaklari Idda boshlanadi. Bunday favqulodda holatni
talqin eta boshlagan Yego uni Super-egoga uzatadi. Super-ego esa ayni holatni tashqi
muhit mezonlari bilan qiyoslaydi. Muqoyasa natijasi ijobiy chiqsa, muammo
yechiladi va bu hyech qanday ruhiy tushkunlikka olib kelmaydi. Agar muqoyasa
natijasi salbiy chiqsa, kurtak holatidagi iztirob ayni holatda Yegoga qaytariladi va
uning yo’liga Super-ego tomonidan to’siq qo’yiladi. Iztirobning yuqoriga bo’lgan
harakati to’siqqa uchrab, taqiqlangani bilan ish tugamaydi. Arosatda qolgan Yego
uni yana Idga qaytaradi va kurtak holatidagi iztirob Id maydonida yuksala boshlaydi.
Shu darajada yuksaladiki, endilikda uning ko’lami Yegoni ham, Super-egoni ham
qamrab olishi hyech gap bo’lmay qoladi.So’z yuritilgan jarayon, psixoanalizga
ko’ra, uch shaklda maydonga chiqishi mumkin. Bularning birinchisi sirli g’oyib
bo’lishi (vo’tesneniye), deb nomlanadi.8 Anglanmagan iztirobning ongdan quvilishi
bilan bog’liq holatini ifodalaydi. U ong ostiga tushgach, inson faoliyatiga salbiy
ta’sir ko’rsatadi, kuchli ruhiy qiynoqlar, hatto ruhiy xastalikni keltirib chiqaradi.
Ikkinchisi regressiya deb nomlanadi va Id darajasida faoliyat yurgizar ekan,
insonning aqliy faoliyatini inqirozga uchrashiga sabab bo’ladi. Oqibatda inson
yashirin iztirob iskanjasida qolib ketadi. Masalan, o’sha anglanmagan iztirob inson
o’tmishidagi shamoldan qo’rqish holati bilan bog’liq bo’lsa, u yetmishga kirganda
ham shamoldan qo’rqaveradi. Uchinchisi esa sublimasiya bo’lib, psixoanalizda
yuzaga chiqmagan inson istaklarining shaxs va jamiyat uchun favqulodda namoyon
bo’lish shaklidir. Bu jihat, asosan, yuksak darajadagi ijodiy faoliyat ko’rinishida
namoyon bo’ladi.
Freyd qarashlariga ko’ra, yuqorida tushuncha berilgan har uchala holat ostida
insonning amalga oshmagan jinsiy mayllari yotadi. Neofeydistlar ayni masalada
Freyd qarashlarini chuqurlashtiradilar. Ya’ni ong osti faoliyati energiya manbai deb,
individuumning barcha biologik, ijtimoiy, iqtisodiy istak va intilishlarini
tushunadilar
(xususan,
K.Yung.
A.Adler,
Ye.Fromm).Psixoanaliz
ayni
jarayonlarning namoyon bo’lishga doir bir necha murakkab manbaviy nuqtalarni
kashf etgan. Ularning har biriga nisbatan muayyan tahlil usullarini ishlab chiqqan.
Bunga ko’ra, insonning amalga oshmay qolgan intilishlari inson hayoti va
faoliyatning turli bosqichlarida turli shakllarda namoyon bo’ladi. Bularning
birinchisi va psixoanalizda anchayin keng ishlangan shakli tush bo’lib, Z.Freyd
bunday o’ziga xos voqyelik tahlilini inson ong osti dunyosiga eltuvchi «shohona
yo’l» (via regia), deb atagan.9 Tushlarning hyech qanday ma’no va mantiqni tan
olmaydigan sirli tabiatida inson ong osti dunyosida tinimsiz harakatda bo’lgan
jilovbilmas istaklarining simvollari, belgilari mavjud, deb qaragan. U yozadi: «Tush
haqidagi mengacha bo’lgan turlicha talqinlardan qat’i nazar, tushning murakkab va
tushuniksiz dunyosi ostida muayyan ma’no yotadi. Faqat ma’no qulfi aniq talqin
yo’li bilan ochilishi mumkin. Talqin metodi shunga asoslanadiki, xotirada saqlanib
qolgan tush mazmuni yo boshqa mazmun bilan chambarschaslikda yopiq qulfga
nisbatan kalit bo’ladi yoki tushning bir butun mazmuni yashirin mazmun uchun
simvol vazifasini o’taydi»..Freydning izdoshlaridan biri Yerix Frommning fikricha:
«Aksariyat tushlarga xos umumiylik shundaki, ular uyg’oq ong mantiqini, qonun
qoidalarini tan olmaydi. Tushda zamon qonuniyatlari o’z ma’nosini yo’qotadi.
Chunki tushda biz qachonlardir vafot etgan odamlar bilan muloqotga kirishamiz,
o’tmishda bo’lgan voqyealarga guvoh bo’lamiz yoki vaqt nuqtai nazaridan katta
farqqa ega bo’lgan ikki mustaqil voqyeaning bir zamon ichida sodir bo’lganini
kuzatamiz. Shuningdek, makonlarga xos qonun-qoidalar ham tushda o’z qiymatini
yo’qotadi. Biz eng kichik lahza ichida ulkan makon chegaralarini bosib o’tamiz yoki
bir paytning o’zida bir necha makonda «mavjud» bo’lishimiz mumkin. Tushda ikki
odam bir kishida va ayni paytda bir odam ikki kishida namoyon bo’lishi yoxud bir
kishi tamoman boshqa kishiga aylanib qolishi ... uyg’oqlikda mutlaqo xayolga
kelmagan kishilar, voqyealar, bilim va tajribalar tushda kashf etilishi
mumkin».11Psixoanalizga ko’ra, tushlar ong ostida mavjud bo’lgan, ammo
to’g’ridan-to’g’ri namoyon bo’lish imkoniyati cheklangan inson intilishi va
istaklarining ramziy ishoralariga kalit vazifasini o’taydi. Bunday kalitga ega bo’lish
uchun esa, chuqur psixoanalitik tadqiq talab etiladi. Z.Freyd o’zining psixoseksuallik
nazariyasiga asosan tush bilan bog’liq talay simvollarning lug’atlarni ishlab chiqqan.
Masalan, «Silliq devorli uy»- erkakni «zinali uy»-ayolni; suv bilan bog’liq tushlar –
to’lg’oqni; tayoqlar, shamsiyalar, havo sharlari – shahvoniylikni; tishning sinishi -
jinsiy ma’nodagi tartibsizlik uchun jazoni bildiradi va h.k. Frommning yozishicha:
«Freyd nafaqat tush tabiatini belgilashiga urindi, balki tushning uyg’oqlikda
taqiqlangan inson irrasional istaklarining amalga oshish maydoni ekanligi haqidagi
o’zigacha bo’lgan qarashlarni asoslab berdi»12.Freyd tadqiqotlarida turli-tuman
tushlar, ularning tabiati va talqin darajasidagi farqlar haqida fikr yuritiladi.
Individuum faoliyatini tashkil etuvchi uch sistematik birlik Id-Yego-Super-ego tush
olami aro tom ma’noda faol harakatda bo’ladi. Inson uxlayotganda uning real ongi
harakatdan to’xtasa ham, bu sistema «ishlayveradi». Yendilikda nazoratlar,
taqiqlashlar, ziddiyatlar tush dunyosi ichra davom etadi. Biroq bunday konflikt
shakllari o’z dunyosiga yarasha, ya’ni: «Tushda o’zaro zid ikki tasavvur ayni bir
elementda namoyon bo’ladi. «Yo’q» so’zi baayni tush leksikasida mavjud emas. Bu
holat tushda o’ta g’ayrimantiqiy tarzda ifoda topadi. Bitta voqyea yoki syujet bir
paytning o’zida muayyan intilishning ham iqroriga, ham inkoriga xizmat
qildi».Z.Freyd tushga xos bu holatni «ixtiyoriy konflikt», deb ataydi. Uningcha, tush
voqyeligida «yo bunday yoki unday» qoidasi emas, «bunday va bunday qoidasiga
asoslanuvchi konflekt shakli xosdir».Z.Freyd tush tabiatidagi bunday o’ziga
xosliklardan kelib chiqib, uning ochiq va yashirin mazmun aro munosabatini uchta
kategoriyaga ajratadi. Bularning birinchisi aqlga to’g’ri keladigan, tushunarli tushlar.
Ikkinchisi, aqlga to’g’ri keladigan, tushunarli, ammo g’alatiroq tushlar. Chunki biz
bunday tushlar mazmunining ongli hayotimizga bog’liq nuqtalarini topa olmaymiz.
Uchinchisi, aqlga to’g’ri kelmaydigan, tushunib bo’lmaydigan, chigal va murakkab
tushlar. Psixoanaliz ushbu har uch kategoriyaga oid tushlar ustida ishlar ekan,
yuqorida so’z yuritilgan metodik prinsiplarga asoslanishni tavsiya etadi.Fikrlar
tushunarli bo’lishi uchun bir tushning psixoanalitik tomonidan olib borilgan talqin
jarayonini kuzatamiz.
28 yoshli advokatning tushi:
-Tushimda oq otga minib harbiy ko’rik qabul qilyapman. Askarlar izdihomi
meni sharaflamoqda.
Tush syujeti bor-yo’g’i shu. Jo’n yondashganda bu shunchaki bir tush bo’lsa,
psixoanaliz usuli bilan yondoshganda tamomila o’zgacha talqin topadi. Kishining
xayoliga kelmaydigan sirlarini namoyon qiladi.Psixoanalitik bilan kechgan uzoq
muloqotdan ma’lum bo’ladiki, advokat yoshligida o’sha nimjon, qo’rqoq va
uyatchan bola bo’lgan. O’z tengdoshlari uni ayni sababdan kamsitishgan.
Shuningdek, otasining jismonan baquvvatligi, o’ktamligi va o’ziga bee’tiborligi
bolani bundan ham kuchliroq iztirobga solgan. Bola ojizligi bois o’ziga nisbatan
nafrat hissini tuygan. Ayni paytda hammadan kuchliroq, o’ktamroq bo’lishini orzu
qilgan. Orzulari ro’yobini buyuk sarkarda Napoleon siymosida ko’rgan. U bilan
bog’liq ma’lumotlarni o’rgangan, rasmlarni yiqqan. Oradan bir-ikki yil o’tib,
jamiyatda o’rnini topa boshlagach, Napoleon haqidagi orzulari, intilishlari uning
uchun ortiqcha bo’lib qolgan. Bular advokatning psixologik holati bilan bog’liq
assosiativ voqyelik. +achonlardir Super-ego tomonidan noto’g’ri topilgan, Yego
tomonidan Idga yo’llangan bolalikdagi hissiyot. Advokat bu haqda allaqachon
unutib yuborgan. Biroq advokatning ayni damdagi hayotida shunday voqyealar sodir
bo’lgan: Ishda boshlig’i bir xatosi uchun unga tanbeh bergan. Advokatni bu holat bir
oz cho’chitgan. Ammo tez orada ushbu holatining to’g’ri izohini topgan va boshliq
bilan bo’lgan voqyeani esdan chiqargan. Shunga qaramasdan ishda o’zini horg’in
sezgan. Ishdan so’ng kinoga borgan. Kino qahramonining qashshoqligi, azobu
uqubatlari va, nihoyat g’alabaga erishishi voqyealarini tomosha qilgan, hatto
yig’lagan. Shundan so’ng mijoz uyquga yotgan va bizga ma’lum tushni
ko’rgan.Yechim shunday: Advokat bolalgidagi uyatchanlik, qo’rqoqlik hissi (Id)dan
nafratlangan, iztirobga tushgan. Real muhit (oilasi, atrofdagilar)dan najot
bo’lmagach, u (Yego) butun najotni o’z fantaziyasidan qidirgan. Jamiyatda qisman
o’rnini topgach, u (Superego) o’zining xayoliy dunyosidan qocha boshlagan va u
haqdagi tasavvurlarini quyi (Id)ga yo’naltirgan. Ammo 28 yoshda ham to’la
shakllanib ulgurmagan Yego arzimas tashqi ta’sir (boshliqning tanbehi, kinofilm)
oqibatida bolalik hayotini qo’msab qolgan. Bu holat ongli faoliyatda anglanmagan,
balki ong ostida, tushda ishora bergan. Bu o’rinda psixoanalitikning vazifasi
anglanmagan ong osti holatini mijozga anglatish va uni ismsiz iztirobdan xalos
etishdir.Psixoanaliz o’ta muhim sanaydigan holatlardan yana biri Freydning
«Kundalik hayot psixopatologiyasi» asarida tatqiq etilgan faoliyatlar tizimidir14.
Mazkur tizim o’z nomi bilan inson faoliyatini barcha hududsiz kengliklari bo’ylab
qamrab oladi. Tadqiqotda shunday holatlardan bir nechtasi xususida fikr yuritilgan.
Bular quyidagilar: «O’z ismini unutish», «Xorijiy so’zlarni unutish», «Ot va fe’llarni
unutish» «Bolalikni xotirlash va qoliplovchi xotiralar haqida» «Noto’g’ri talaffuz»
«Xato sanash va xato yozish», «Taassurot va burchlarni unitish» «Ixtiyoriy
«xatokorlik» faoliyati» «Simptomatik hamda tasodifiy faoliyat», «Adashib xato
qilish»
«Rejalashtirilgan
xatokor
faoliyat»
«Tasodifiyatga
ishonish
va
xurofiylik».Freyd bunday faoliyat shakllarini o’rganar ekan: «Ular qachonlardir
ongda paydo bo’lib, keyin undan quvilgan, ammo o’zini namoyon qilish qobiliyatini
tamomila yo’qotmagan fenomenlardir», degan xulosaga keladi.15Yuqorida sanab
o’tilgan faoliyat shakllari inson hayotiga bo’lgan ta’sir darajasi, struktural o’ziga
xosligi, sodda yoki murakkabligi jihatdan bir xil emas. Ularning biri o’ta jo’n va ko’p
takrorlanadigan, boshqasi esa o’ta murakkab va nihoyatda kam uchraydigan holat
bo’lishi mumkin. Lekin, shunga qaramasdan, Freyd kelgan xulosa ularning har biri
uchun xarakterli hisoblanadi. Mazkur faoliyat shakllarining yana bir muhim jihati:
«ularning sog’lom odamlar kundalik turmush tarzida uchraydigan arzimas ruhiy
holatlar» ekanida ko’rinadi.16Freyd yuqorida sanab o’tilgan holatlarning har birini
o’nlab misollar bilan asoslashga uringan. Shulardan birini ma’lumot uchun
keltiramiz. Bu misol bevosita Freydning o’z hayoti bilan bog’liq17. U yozadi: «Tez-
tez xabar olib turadiganim bir bemorning eshigiga yaqinlashar ekanman, qo’ng’iroq
tugmasini bosish o’rniga beixtiyor cho’ntagimdan o’z kvartiram kalitini
chiqarardim. Uyatdan kalitni cho’ntagimga yashirayotib, o’zimda ro’y bergan bu
holatning – «Ixtiyoriy xatokorlik faoliyati» ekanini anglardim. Bu holat mening
ongim ostida mavjud «bu yerda men o’zimni uydagidek his qilaman», degan fikrdan
.
dalolat edi».18Freydning inson kundalik faoliyati ustida o’tkazgan tajribalaridan
chiqargan xulosasi shunday: inson faoliyatida tasodifiy holatlar bo’lishi mumkin
emas; har bir «xato» o’zining muayyan tarixiga ega; inchinun, bunday xatolar ostida
insonning ong osti istak va intilishlari yotadi. Xususan, nimanidir tasodifan unutish,
ixtiyoriy istak tarzida, shu narsani eslashni istamaslikdan kelib chiqadi.Inson
faoliyatining yana bir psixoanaliz asoslashga uringan yashirin jihati Freydning
«/ayriodatiy lazzatlanish tamoyili» asarida o’z aksini topgan. Bunga ko’ra, insonning
o’z vujudini saqlash, uzoq yashashga, hayotdan lazzat olishga bo’lgan istaklariga zid
ravishda, o’z vujudini mahv etaroq, o’limga intilishdan lazzatlanish istagi ham
mavjud. Bu istak hayotga bo’lgan istak bilan parallel ravishda, teng proporsiyada
yashaydi. Freydning fikricha, inson yoki insoniyat hayoti faqat dinamik-progressiv
qonuniyatlarga asoslanmaydi, balki uning uchun permanent (aylanma harakat)
qoidasi xosdir. Sof biologik instinktlar boshqaruvida bo’lgan hayvonot, go’daklar va
nevrotik holatdagi kishining o’sish, yangilanishdan ko’ra, biror narsa yoki
hodisaning takroriga ko’proq ruju qo’yishi bunga misol bo’ladi. Freyd bunga
qushlarning, baliqlarning dastlabki makonlariga qayta-qayta intilishlarini yoki
bolaning bir ertakni takror-takror eshitishini yaxshi ko’rishni misol qilib keltiradi.
O’rta asr italyan adibi Tarkvato Tossoning «Ozod etilgan Iyerusalim» asaridan
quyidagi voqyeaga ayni ruhiy holat ifodasi sifatida qaraydi. Ya’ni asar qahramoni
Tankred jangda tasodifan seviklisi Klorindani o’ldirib qo’yadi. Uning dafn marosimi
o’tar-o’tmas Tankred qo’rqinchli, sehrlangan o’rmonga yo’l oladi. U yerda baland
bir daraxtni qilichi bilan chopib tashlaydi. Shunda daraxtdan qon tomchilab seviklisi
Klorindaning alamnok ovozi eshitiladi. Joni daraxtga sehrlangan Klorinda
Tankredning o’ziga yana azob berayotganidan noliydi. Freydning talqiniga ko’ra,
Tankred o’z sevganini tasodifan o’ldirmagan, balki bu bilan o’zining ongi ostidagi
yashirin istaklarini ikkinchi bor ro’yobga chiqargan. Daraxtni ham go’yo ayriliq
iztiroblari bergan g’azabdan qutulmoq uchun beixtiyor chopgan bo’lsa-da, aslida
sevgilisiga ikkinchi marta ozor berib, uning azobi evaziga azoblaridan xalos bo’lgan,
hatto rohatlangan. Bunday g’ayrimantiqiy holatlarni Freyd shunday asoslashga
urinadi: «Agar biz faktlarga asoslanadigan bo’lsak, barcha tirik jonzot botiniy
sababiyatlar bois o’ladi, ya’ni organik modda noorganik moddaga aylanadi.
Demakki, har qanday tiriklikning asl maqsadi alal-oqibat o’lim tomon yo’nalgan
bo’ladi»19. Uningcha, inson tabiatidagi aylanma harakat (permanent) tizimi
hayotning davomiyligini ta’minlaydi. Har qanday tirik jonzot hayotining
davomiyligini ta’minlashga intilar ekan, bunga o’z tirikligini mahv etish evaziga
erishadi. Uning o’limga tomon harakati hayotga bo’lgan intilish niqobi bilan
o’ralgan bo’ladi. Freyd insonning hayotga bo’lgan intilishlarini Yeros, o’limga
bo’lgan intilishini esa Tanatos20 instinkti, deb ataydi. Bir qarashda, hayot va o’lim
abadiy kurashda, bular o’rtasidagi murakkab kontrast hayot dialektikasini
belgilaydigandek tasavvur beradi. Ammo Freyd ushbu zohiriy kontrast asosida
o’zgacha mazmun-estafeta prinsipi bor, deb hisoblaydi. Yeros bilan ifodalanuvchi
jinsiy mayllar o’zidagi hayot elementlarini boshqa organizmga uzatar ekan, yangi
hayot shaklini maydonga keltiradi. Shuning barobarida o’zi va yo’ldoshining
o’limga tomon harakatlarini ta’minlaydi. Bu jarayon Yeros va Tanotos o’rtasidagi
doimiy va ixtiyoriy munosabatdir. Barcha harakatlar markazida turuvchi libido
mohiyatini faqat Yeros funksiyasi emas, balki Yeros va Tanatos aro sistematik
butunlik funksiyasi tashkil etadi. Shu ma’noda, libido insonning hayotga bo’lgan
intilishlaridan qanchalik lazzatlansa, o’limga tomon intilishlaridan ham shunchalik
lazzatlanadi.Bunday aylanma harakat jarayoni Yeros va Tanatos funksiyasi aro
tenglik bo’lganidagina normal hisoblanadi. Bu ikki kuch munosabatida tenglik
muvozanati buzilganda esa, individuum hayoti uchun anormal holat yuzaga keladi.
Muvozanatning buzilishi qay darajada bo’lsa, uning oqibati ko’lami ham shunday
bo’ladi. G’ayriodatiy lazzatlanish tamoyilining funksional shakllari oddiydan
murakkabga, sarkashlikdan vahshiylikkacha bo’lgan bepoyon makon va zamon
ko’lamiga ega. Chekish, ichish, qimorvozlik, betartib turmush kechirish kabi qator
umuminsoniy qusurlar mazkur tamoyilining eng oddiy va kundalik shakli
hisoblanadi. Inson aqlan bunday qusurlari vositasida o’z hayotini yemirayotganini
ko’pincha
anglamaydi.
Ayni
faoliyatlarni
amalga
oshirayotib,
hayotdan
zavqlanishini, unga bo’lgan intilishini qo’ymaydi. Bunday tushuncha uni hatto
narsissizm, sadizm, mozaxizm, nekrofillik21 kabi anormal holatlarda ham tark
etmaydi. U o’z holatini hayotiy funksiya, deb anglaydi. Yerix Fromm ayni holatga
doir shunday misol keltiradi. «Tabiatida sadistik istak mavjud bo’lgan ota bolalarini
tez-tez jazolab turishga, ular bilan qo’pol muomala qilishga, moyil bo’ladi. Lekin u
bolalarini urar, jonini og’ritar ekan, bu ishini bola tarbiyasidagi eng samarali usul,
deb ishonadi. Uning maqsadi bolalarida ezgulik, yaxshilik fazilatlarini kuchaytirish
bo’ladi. Aslida esa, ota bu bilan bolalarini tarbiyalashni emas, o’zining sadistik
istaklarini qondirayotganini anglamaydi»22.G’ayriodatiy lazzatlanishning eng tuban
shakli – bu nekrofillik hisoblanadi. «Nekrofil odamlar tiriklikni emas, jonsiz
narsalarni: yiring va fotonatga botgan murdani ko’rganda lazzatlanishadi.
Nekrofillar, ayniqsa, kasallik, dafn marosimlari, o’lim haqida so’z yuritishni
sevishadi.
Shundagina
ularning
doimiy
tund
yuzlariga
hayot
sharpasi
ko’rinadi».23Freyd va freydchilar insonga xos ayni holatlarni tush ko’rish, «xatokor»
faoliyat kabi chuqur o’rganganlar. Juda ko’plab jihatlarini kashf etganlar. Uning
nafaqat individuum hayotidagi balki ijtimoiy voqyelikdagi sabab va oqibatlarini
asoslab berishga uringanlar.Umuman, psixoanalizning shakllanish prinsiplari,
mohiyati, metodologik o’ziga xosliklari haqida juda ko’p gapirish mumkin.
Psixoanaliz kashf etgan eng kichik elementlardan tortib, eng katta sistematik
birliklargacha inson borlig’i (individuum) va uning faoliyatidan kelib chiqadi.
Ularning barchasi o’ta murakkab hodisalar hisoblanadi va ayni paytda har
tomonlama keng talqinni talab etadi. Shu ma’noda, yuqorida so’z yuritilgan
masalalar psixoanalizni to’liq tadqiq etishga emas, balki u haqda muayyan tasavvur
uyg’otishga qaratilganini ta’kidlash joiz. Chunki bizning asl maqsadimiz psixoanaliz
va adabiyot aro munosabat masalasini yoritishdan iboratki, buning uchun so’z
yuritilgan masalalar kifoya, deb o’ylaymiz.
Psixoanaliz va adabiyot o’rtasida qanday aloqadorlik bor?
Savolning eng oddiy va haqqoniy javobi har ikkisining obyekti, talqin
usuldagi mushtaraklikda ko’rinadi. Adabiyotning ham psixoanaliz kabi (yoki
aksincha) yagona talqin obyekti – bu inson. Adabiyot ham psixoanaliz kabi inson
borlig’iga universal yondashish xususiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, yuqorida
bayon etilgan fikrlar faqat psixoanalizga emas, balki adabiyotga ham tegishlidir.
Ishning asosiy qismini ayni masalaga qaratilishiga ham sabab shu. Endi adabiyot va
psixoanaliz aro munosabatning xususiy jihatlari, aniqrog’i psixoanalizning tahlil
usuli sifatida adabiyoshunoslikdan tutgan o’rni haqida fikr yuritamiz.Adabiyot
psixoanalizga nisbatan ham obyekt, ham subyekt vazifasini bajaradi. Adabiyotni
psixoanaliz
obyekti
sifatida
qaraganimizda,
psixoanaliz
nazariy
adabiyoshunoslikning bir tadqiq usuli o’laroq uning tarkibiy qismiga aylanadi.
Aksincha bo’lganda, psixoanaliz adabiyoshunoslikning obyekti o’laroq namoyon
bo’ladi.Psixoanaliz hyech qachon obrazli tafakkursiz ish ko’ra olmaydi. +olaversa,
freydizm nazariyasining asos konsepsiyasini tashkil etuvchi «Yedip komleksi» ham
bevosita obrazli tafakkur namunasiga tayanadi. Hatto, aytish mumkinki, obrazli
tafakkur Freydga psixoanaliz usulini ishlab chiqish uchun xamirturush vazifasini
o’tagan.Shuningdek, Freyd, Yung, Froim, Adler va Lakan kabi mashhur
psixoanalitiklar ijodida bevosita adabiy asarlar tahlili o’laroq yuzaga kelgan
tadqiqotlar talaygina.Freyd o’z nazariyasining o’ta nozik nuqtalarini talqin etishga,
asoslashga urinar ekan, albatta biror adabiy asarga murojaat qiladi. Uning tadqiq
usulidagi bu jihat bir paytning o’zida ikkita funksiya bajaradi. Avvalo, Freyd isbot
etmoqchi bo’lgan fikrga dalil vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan shu asarning
insonshunoslik nuqtai nazaridan tutgan darajasini namoyon etadi. Masalan,
Freydning «Kundalik hayot psixopatalogiyasi» nomli tadqiqotida Shillerning
«Vallenshteyn» asarining 1 parda 5 -ko’rinishdan bir misol keltiriladi. Bunda asar
qahramoni Oktavio o’z suhbatdoshi Kvestenbergga «Ketdik. Gersogning oldiga!»
deyish o’rniga «Uning oldiga!» (K ney!), degan so’zni ishlatib qo’yadi. Freyd
talqinicha, bunday hardamxayollik (obmolovki) tasodifiy emas, balki Oktavio ongi
ostidagi yashirin istakning hardamxiyollik tarzida namoyon bo’lishidir. Bu birinchi
tomoni. Ikkinchidan, qahramon holatining bunday chuqur psixologizmda ochilishi
asar muallifi Shillerning yuksak mahoratidan dalolat beradi. Shuningdek, ayni
tarzdagi nomantiqiy, tushunarsiz ifodalar mohiyatini anglamay turib, yozuvchining
ifoda
uslubiga
to’g’ri
baho
berib
bo’lmasligini
Freyd
alohida
ta’kidlaydi.24«Dostoyevskiy va padarkushlik» Freydning badiiy asar va muallif
biografiyasi asosisda olib borgan tadqiqotlaridan hisoblanadi.25 Psixoanalizning sof
nazariy-metodologik,
tibbiy-psixologik
jihatlarini
asoslashga
qaratilgan
(«Seksuallik xususida uch ocherk», «/ayriodatiy lazzatlanish tamoyili», «Kundalik
hayot psixopatalogiyasi kabi» ) asarlarda adabiyot, badiiy tafakkur bilvosita xizmat
qilgan bo’lsa, ushbu asarda bevosita xizmat qiladi. Tadqiqotda Freydning nazari
birinchi
navbatda
muallifning
ijodiga
emas,
shaxsiyatiga
qaratiladi.
«Dostoyevskiyning serqirra shaxsiyatini to’rt tomondan o’rganish mumkin:
yozuvchi sifatida, nevrotik sifatida, mutafakkir-etik sifatida va gunohkor sifatida»,
deb yozadi Freyd ushbu asarida26. Freydning fikricha, Dostoyevskiy asarlaridagi
shahvatparastlar, jinoyatchilar, qotillar, xudbin va telbalar obrazi aynan muallif ichki
dunyosida yashirin istaklaridan va uning biografiyasi bilan bog’liq ba’zi
hodisalardan kelib chiqadi. Shuningdek, yozuvchi ijodidagi padarkushlik talqini ham
ayni sabablar oqibati o’laroq namoyon bo’ladi.
Ma’lumki, F.Dostoyevskiy 18 yoshida otasidan ajragan. Shu yoshga qadar
Dostoyevskiyda kuchsiz shaytonlash va qo’rquv holati yuz berib turgan. Faqat 18
yoshga kelib, ya’ni otasining o’limidan keyin, bu ruhiy simptom epilepsiyaga27
aylangan. Freyd ushbu holatni yozuvchining bolalik yillari bilan bog’liq dalillar
asosida isbotlashga urinadi. Bunga ko’ra: «Uning bolaligidagi shaytonlashi bilan
bog’liq bo’lgan mazkur holat o’lim vahimasi nomlanib, letargik tushlar ko’rinishida
namoyon bo’ladi... Akasi Andreyning hikoya qilishicha, yosh Feodor uxlash oldidan
uyqusida o’lib qolishidan qo’rqishi, agar shunday holat yuz berib qolsa, uni faqat
besh kundan so’ng dafn etishlarini so’rab xat qoldirar ekan».28 Freyd bunday ruhiy
holat ong ostida birovning o’limini istab yurgan kishilarda ro’y berishini aytadi.
Shundan kelib chiqib, yosh Feodordagi ayni holatni uning otasiga bo’lgan
munosabati bilan izohlaydi. Uningcha, yosh Feodorning ongi ostida seksual raqib
sifatida otasining o’limini istash holati bo’lgan. Otasining o’limidan so’ng undagi
ruhiy kasallikning zo’rayishi esa o’ta murakkab ong osti jarayoni bilan bog’liq.
Ya’ni otasiga munosabatda Dostoyevskiy shaxsiyati bir paytning o’zida ikki xil
pozisiyaga ega bo’lgan. Bu psixoanalizda «ambivalentlik», deb atalib, bir paytning
o’zida bir obyektga nisbatan ham muhabbat, ham nafratni ifoda etadi. Freydga ko’ra,
yosh Feodor bir tomondan otasining o’limini istagan va undan nafratlangan, ikkinchi
tomondan otasini sevgan va uning o’limidan vahimaga tushgan. 18 yoshida otasining
.
o’lim topishi unda qoniqish hissini o’yg’otishi bilan birga, kuchli iztirob o’z-o’zidan
nafratlanish hissini kuchaytirgan. Natijada kuchli ruhiy kasallikni keltirib chiqargan.
Umuman,
Freyd
talqinidagi
Dostoyevskiy
shaxsiyati
ambivalent
munosabatning tipik namunasidir. Bunday munosabat yozuvchining nafaqat
yaqinlariga, atrofidagi begona kishilarga, o’quvchilariga nisbatan, balki o’ziga
nisbatan ham ko’zga tashlanadi: «Har holda uning shaxsiyati sadistik qirralardan holi
emas. Undagi qahru g’azab, sabrsizlik, azoblashga moyillik istaklari o’z yaqinlariga
munosabatida, o’quvchi bilan ichki muloqotida yaqqol ko’zga tashlanadi. Arzimas
masalalarda u o’zgalarga nisbatan, asosiy holatlarda o’ziga nisbatan sadist
hisoblansa, ayni paytda hyech kimdan yordamini ayamaydigan, yumshoq ko’ngil,
ezgu qalbli kishi sifatida namoyon bo’ladiki, bu undagi mozaxizmdan dalolat»,30 deb
yozadi bu haqda Freyd. Otasining o’limi, garchi bunda jismonan sababchi bo’lmagan
bo’lsa-da, Dostoyevskiyda chuqur gunohkorlik hissini uyg’otgan. Bunday hissiyot
manbai uning ongi ostidagi otasining o’limiga bo’lgan intilish bo’lib, aybdorlik
hissining yozuvchi faoliyatida namoyon bo’lish shakli esa, ayni mozaxistik
sublimasiyadir. Freyd Dostoyevskiy psixologiyasidagi mana shunday murakkab va
chigal holat ifodasini «Aka-uka Karamazovlar» romanida ko’radi. Ma’lumki,
romanda otasining o’limini maqsad qilib yashayotgan Ivan Karamazov istagi boshqa
Karamazov (o’gay o’g’il Smerdyakov) tomonidan amalga oshiriladi. Dostoyevskiy
ifoda usulida aynan o’sha qotil Karamazovga nisbatan simpatiyaning yetakchilik
qilishi Freyd uchun kalit vazifasini o’taydi. Uningcha, aslida qotil bir ijrochi xolos.
Haqiqiy qotil esa, otasining o’limini ich-ichdan istab yurgan Ivan. Shu ma’noda
Ivanning ichki iztiroblari, o’z navbatida Dostoyevskiyning ham iztiroblaridir. Uning
ruhiy bemorligi aynan Dostoyevskiyning dardidir. Shuning uchun muallif bu
qahramonidan nafratlanar ekan, ayni nafrat barobarida qotil Karamazovni o’zining
xaloskori, deb biladi.Tahlil asnosida Freyd «Aka-uka Karamazovlar» romanini
jahon adabiyotining ikki buyuk asari «Shoh Yedip» va «Gamlet»dan yuqori qo’yadi.
Dostoyevskiy romani haqida: «Bu yo’nalishda rus yozuvchisining romani bir qadam
olg’a ketadi», degan so’zlarni yozadi.31«Chechanlik va uning ongsizlikka
munosabati» Freydning bevosita adabiy manbalar, ijodiy jarayonlar tahlili orqali
yozilgan muhim tadqiqoti hisoblanadi.32 Mazkur asar chechanlikning estetik
funksiyasini psixologik omillar tizimi sifatida asoslashga qaratilgan. Chechanlik va
uning genezisi, chechanlikning ongsizlik bilan munosabati, chechanlik va komizm
turlari masalalari psixoanalitik usulda tahlil etilgan.
Freyd chechanlikning «favqulodda subyektiv komizm» , «mulohazalar uyini»
(K.Fisher),
«g’oyalar
bilan
o’ynashish»(J.Paul),
«tasavvurlar
ziddiyati»,
«ma’nisizlik ichidagi ma’ni» (Ch.Lupps), «anglanmagan ma’nining bir lahzalik
anglovi»(Kant,Gemmans)kabi ta’riflarini asosan inkor etadi. Uningcha, chechanlik
so’zning ifoda usuli (texnikasi) va an’ana-xotira (assosiativ ekskurs)ning mushtarak
funksiyasi o’laroq namoyon bo’ladi. Bunda, albatta, aytuvchi bilan eshituvchi
munosabati bo’lishi shart. Mushtarak funksiya mohiyati ham shundagina reallashadi.
Freydning fikricha, mazkur usullarning barchasi so’z iqtisodi, zichlash ataluvchi
asosiy nuqtada umumlashadi. Chechanlikning o’z aytuvchisi va tinglovchiga
ko’rsatadigan ta’sir kuchi ham avvalo gapning ifoda shakli bilan bog’liq. Ayni
paytda aytuvchi uchun nozik lutfning kulgili joyi yo’q. Uni o’z lutfining boshqa
birov tomonidan qabul qilinishi qiziqtiradi. U shundan lazzat oladi. Uning lutfidan
ta’sirlanib kuluvchi kishi esa lutfning ma’nosidan emas, balki bu lutf xotirasi qatida
yashirin nimanidir eslatgani uchun kuladi. Mana shu «nimadir» aynan an’ana-xotira
hisoblanadi. Freydga ko’ra, insonning qachonlardir ta’qiqlagan istak va intilishlari
chechan aytgan lutf orqali ozodlikka chiqadi. Bundan olingan lazzat, qoniqish
kulgini yuzaga keltiradi. Bir so’z bilan aytganda, Freyd chechanlikning mohiyatini
kulgidan olinadigan qoniqish hissida emas, balki kulgi orqali yuzaga chiqadigan ong
osti istaklarining g’alaba qilishida, deb tushuntiradi. Chechanlik va tush
munosabatidagi umumiylik ularning har ikkisida ong osti motivlarining
mavjudligida ko’rinadi. Tushda inson ongi ostidagi istaklar, ramzlar vositasida yuz
ko’rsasa: «Chechanlik assosiativ munosabatda haqiqiy mohiyat kasb etadi. Ular
ko’pincha bizning xotiramizga bo’ysunmaydi. Biz ularni xotira qatlaridan
izlaganimizda topa olmaymiz. Kutilmagan o’rinlarda esa, favqulodda paydo
bo’ladiki, ularning nega yuzga qalqib chiqqanini anglay olmaymiz. Bunday arzimas
jihatlarning o’zi ham chechanlikning ongsizlikdan kelib chiqishini ko’rsatadi», 34
.