BADIIY ASARNING STRUKTURAL TAHLILI
REJA:
1. Badiiy asarga yangicha yondashish yo’llari
2. Qadimgi Sharq ilmida matn va badiiy matnga munosabat xillari
3.Strukturalizm yo’nalishi va strukural tahlil usuli
4.Struktural tahlilning paydo bo’lishi va taraqqiyoti
5.Adabiyotshunoslikda strukural tahlilning samaradorligi
6.O’zbek adabiyotshunosligida structural tahlilning paydo bo’lishi
Tayanch iboralar:
Germinivtika. Snergetika. Interpretatsia. Aksiologiya. Analiz va sintez. Talqin.
Tahlil. Baholash. Tafsir. Semantika. Struktura. Strukturalizm. Matn. Badiiy matn.
O’zbekiston mustaqilligi adabiyoshunoslik, adabiy tanqid oldida yangi
imkoniyatlarni paydo qildi. Sho’ro davri adabiy tanqidchiligi haddan tashqari
mafkuralashtirlgan, sosialistik realizm nomli metod badiiy adabiyotning qo’l-
oyog’iga kishan solgan yedi. Buanday bedodlikni, adabiy tanqid «hye» yo’q, «be»
yo’q barcha kitobxonlarning, jamiki yozuvchi-ijodkorlarning o’qituvchisi-
rahnamosiga aylanib qolsa. Adabiy tanqid «rahnamolik»ni shu darajada uddaladiki,
manman degan san’atkorlar asarlari yaroqsiz deb topildi, yuzlab, minglab
yozuvchilar xalq dushmani sifatida otildilar, osildilar, zindonband qilindilar. Adabiy
tanqid ijtimoiy qiyosiy, tipologik talqin yo’lidangina bordi. Adabiy tanqidning
germenevtika, aksiologiya, qadriyat singari tushunchalari chetga surib tashlandi.
Adabiy tanqid zo’r berib ijobiy va salbiy qahramon masalasini bayroq qilib ko’tardi.
Kommunist obrazini yaratish xalqlar do’stligi muammosini yoritishda tappa-tayyor
qoliplardan foydalanildi.
O’zbekiston Mustaqilikka yerishgach, jahon adabiyoshunosligi, tanqidchiligi
mag’no-mohiyati shakli-shamoyili ko’zga yaqqol ko’rindi. G’arb, anglo-amerika
adabiyoshunosligi badiiy asarni o’qish anglash yestetikasini yaratib bo’lgan, talqinu
baholash
nazariyasi
bobida
katta
yutuqlarga
yerishgan
yekan.O’zbek
tanqidchililigiga badiiy asarga yondashuvning yangi ko’rinishlari, talqinning
yangidan yangi shakllari kirib kela boshladi.G’arbda taraqqiy yetgan talqin, baholash
yo’sinlari
mumtoz
adabiyoshunosligimizda
mavjud
bo’lgan.
G’arbda
«germenevtika», «aksimologiya», «interpretasiya», «biografiya» singari so’zlar
mavjud yedi. Sharqda, musulmon adabiyoshunosligida izoh, sharh, tafsir, talqin,
ta’vil, manoqib, tazkira singari imtihonlar ko’p bo’lgan. Biz ushbu ma’ruzamizda
badiiy matn tarkibi, ma’nolar ko’chimi, tayanch so’zlar-struktura, strukturalizm
haqida fikr-mulohaza yuritar yekanmiz, mustaqillik tufayli adabiy tanqidda qayta
jonlana boshlagan bir muammoni qayta ko’rib o’tamiz. Badiiy asar o’ziga xos
mikromir: san’atkor asar vositasida olam-olam fikrlarni bildiradi, g’oyalarni
ifodalaydi. Biz Borliqni qanday o’zlashtirsak, san’atkor matnini shunchalik
sinchiklab o’rganamiz. Haqiqiy matn – tartibli tarkibiy tizim. Borliq tuzilishida,
inson muchasi, a’zolarining joylashishida izchil tarkib, tartib bo’lganiday, badiiy
asar matnida ham tartibli tarkib mavjud. Aniqroq aysak, badiiy asar – betakror
struktura, tartibli tarkibiy tizim. Bu tizimni uqish, o’zlashtirish yo’rig’i, yo’sini,
qoidasi strukturalizmdir. Strukturalizm maqsadi adabiy matnning semiologiyasi –
ma’nolar ko’p yo’nalishi, ko’p qatligini anglashdir. Strukturalizm maqsad-
mohiyatini yuzaga chiqarishda asardagi muhim ma’no nuqtalarini belgilab olish
jiddiy ahamiyat kasb yetadi. Sinchkov nazar strukturalizm matnni turli alfozda tahlil
qilish yekanligini payqab yetadi. Boshqacha aytganda, strukturalizm va
germenevtika, strukturalizm va aksiologiya uncha ham bir-biridan yiroq
tushunchalar yemas. Biz strukturalizmning paydo bo’lishi, bosqichlari haqida
to’xtalishni; strukturalizm va XX asrdagi ayrim falsafiy-estetik qarashlar tarixini
yoritishni; strukturalizm vazifasi va oqibatlarini ochishni; nihoyat, strukturalizmning
o’zbek adabiyotida qo’llanishi mumkin bo’lgan yo’nalishlar tarixini ifodalashni
maqsad qilib qo’ydik. Mohiyatiga ko’ra strukturalizm yangi soha yemas. Uzoq tarix,
boy adabiy merosga yega xalq borki, uning nafosatshunosligi, adabiyotshunosligi,
matnshunosligi taraqqiy yetgan bo’ladi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur
singari san’atkorlar nafaqat badiiy asarlar, balki poyetikaning turli muammolari
haqida tadqiqotlar yaratganlar. Alisher Navoiy “Mezonul-avzon”, “Muhokamat ul-
lug’atayn” singari asarlarida so’z, misra, tarkibiy tizim haqida qimmatli fikrlarni
bildirgan. Hozir ham o’zini hurmat qilgan, badiiy ijodni muqaddas sanagan san’atkor
badiiy til, struktura, so’zdan foydalanish mahorati, satr salmog’i, semiologiya
singarilar haqida tadqiqot olib bormoqda. Ammo struktura, strukturalizm istilohi yuz
yil muqaddam Fransiyada paydo bo’ldi. Struktura tarkibiy qismlar aro aloqa va
o’zaro moslashuvlardir. Strukturalizm-tilshunoslik, adabiyoshunoslikdagi yusin,
yo’nalish, metodning mushtarak atamasi. XX asrning 10-yillaridan ye’tiboran
shakllana boshlagan strukturalizm metodini fransuzlar “yangi tanqid” deya
boshladilar. Fransuz strukturalizmi haqida gap borar yekan, avvalo Ferdinand de
Sossyur (1857-1913) nomi tilga olinadi. U struktural lingvistika asoschilaridan
bo’lib, fanga sinxron va diaxron o’rganish metodlarini olib kirdi. Lingvistikani izchil
tizim sifatida o’rganish, til va semiotika aro uzviy bog’liqlik masalalari F.de Sossyur
nomi bilan bog’liq. R.O.Yakobson (1896-1982) strukturani badiiy asar fabulasi va
kompozisiyasi bilan uzviy bog’liqlikda o’rganish yo’sinini ishlab chiqdi. Uning
tadqiqotlari ko’proq lingvistik strukturalizm bilan bog’lanib ketgan. Tadqiqotchi
Jan-Mari Ozia struktura va inson psixologiyasi muammolarini tadqiq yetgan. Mana
shu olim matn tahlili muammolari siyosiy, mafkuraviy, tashviqiy qarashlardan yiroq
bo’lishi lozimligini uqtirgan. Gaston Bashlar (1884-1962) struktura, strukturalizm
bilan bog’liq “Yangi ilmiy tafakkur” konsepsiyasini falsafiy jihatdan asosladi. U
hozirgi ilmiy bilish dialektikasini yangicha talqin qilishga intildi. Strukturalizm
mantiqiy bog’liqlik, o’zaro aloqalarni yaxlit halqa sifatida o’rganadi. Bu metodda
makoniy cheklanish mavjud, ammo u tafakkur imkoniyatlarini bus-butun ishga
solishga qodir. Strukturalizmda ma’lum muammodan chetga chiqib ketmaslik,
masalani mumkin qadar teran, keng miqyosda yoritib berish muhimdir.
Strukturalizmning shakllanishi va rivojini Rossiyada paydo bo’lgan “Poyetik
tilni o’rganish jamiyati” (OPOYaz) faoliyati namoyandalari ijodiy izlanishlarisiz
tasavvur yetib bo’lmaydi. XX asrning 10-yillarida tashkil yetilgan bu jamiyat
lingvistik va adabiyoshunoslik strukturasi muammolari bilan shug’ullandi. Mazkur
jamiyatning Ye.D.Polivanov, Yu.N.To’nyanov, V.B.Shklovskiy, R.O.Yakobson,
B.V.Tomashevskiy, B.Yeyxenbaum singari a’zolari lingvistika, adabiyoshunoslik,
xususan, poyetika, adabiyot nazariyasi, matnshunoslik, rus adabiyoti tarixini ilmiy-
nazariy yoritishda betakror o’zliklarini namoyon yetadilar. Xususan, Viktor
Borisovich Shklovskiy (1893-1984), Boris Viktorovich Tomashevskiy (1890-
1957)kabilar ham nazariyotchilar sifatida tanildilar, ham L.Tolstoy, F.Dostoyevskiy,
A.Pushkin asarlari strukturasini tadqiq yetish bo’yicha katta ilmiy yutuqlarga
yerishdilar. Ularning ijodi 10-yillarda boshlangan bo’lsa-da, 50-70-yillarda unumli
natijalar berdi.Strukturalizm XX asrda uchta murakkab bosqichni o’tadi. 10-
yillarning o’rtalarida boshlangan strukturalizm boshlang’ich pog’ona bo’ldi. Garchi
u “boshlang’ich” bo’lsa-da, strukturalizmning tamal toshi o’sha paytda qo’yildi,
uning asosiy maqsad-vazifalari belgilandi. Muhimi, strukturalizm lingvistika va
adabiyoshunoslikdagi mushtarak nuqtalarga diqqatini qaratdi. Ayni vaqtda ilk
strukturalizm lingvistik va adabiyoshunoslik muammolarini aniq, uzil-kesil ko’rsatib
berdi.Strukturalizmning ikkinchi pog’onasi XX asrning 60-70-yillariga to’g’ri keldi.
Fransiyada bu yillar Klod Levi Stross (1908), Jak Lakon (1901-1981), Rolan Bart
(1915-1980), Mishel Fuko (1926-1984) singari strukturalistlar ijod qildilar. Bular
strukturalizm mohiyatini mukammal yoritdilar. R.Bartning “Huzurbaxsh matn”,
M.Fukoning “So’z va buyumlar” tadqiqotlari, Levi-Strossning yetnografik
strukturalizmga doir ishlari mashhur bo’ldi. Ayniqsa, A.Bartning tanqid,
adabiyoshunoslik, tillar haqidagi tadqiqotlari strukturalizm nuqtai nazaridan
o’rganilgan, baholangan.60-70-yillarda rus strukturalistlari unumli ish olib bordilar
D.M.Lixachev (1906-2000), M.B.Xrapchenko (1904-1993), M.M.Baxtin (1895-
1975), . Yu.Lotman, Yu.Borev, Yu.Barabash singarilar “OPOYaZ”chilar
an’analarini davom yettirdilar, badiiy asar matniga doir xronotop, roviy, funksional
yondashuv singari masalalarni o’rtaga qo’ydilar.
60-70-yillar strukturalizmida Yuriy Lotmanning xizmatlari katta. Bu olim
uslubi qanchalik murakkab bo’lsa, u talqin qilgan asarlar ham shunchalik jiddiy.
Uslub qancha murakkab bo’lsa, mutaxassis uni o’qish, o’rganishga shunchalik jiddiy
kirishadi. Yu.Lotman badiiy asar matni muammosini keng miqyosda, barcha san’at
asarlari birligida, jahon adabiyotining murakkab asarlari misolida yoritadi.
Yu.Lotmanning mantiq yo’siniga yo’l topilsa, uning nazariy qarashlarini anglab
yetish osonlashadi. Olim har qancha murakkab uslubni qo’llamasin, badiiy matn
muammosi doirasidan chetga chiqib ketmaydi. Bizning mumtoz adabiyotimizda
shunday murakkab, teran ildizli matnlar borki, ularni anglab yetgan mutaxassis
Yu.Lotman
asarlarini
bemalol
uqib
oladi.70-yillardan
boshlab
o’zbek
adabiyoshunosligida poyetika masalalari o’rganila boshlandiki, ularni strukturalizm
sohasida olib borilgan izlanishlarning boshlanishi deb anglamoq joiz.
Badiiy tafakkurda ro’y bergan o’zgarishlar adabiyotda darhol namoyon bo’ladi.
80-yillardan boshlab strukturalizmning yangi ko’rinishi – posstrukturalizm paydo
bo’ldi. Posstrukturalizm, ramziy aytganda, strukturalizmni biqiqlik, akademik
holatdan hayotning jo’shqin oqimiga olib chiqdi. Yangi metod namoyandalari jonli
hayot ruhi singgan, xalqona tilda yozilgan matnlarni talqin qila boshladilar. Ayniqsa,
bunday hol sho’ro adabiyotida ro’y berdi. Oshkoralik va demokratiya sharoitida
muqaddam ta’qiqlangan asarlar chop yetila boshlandi. Ularda Gulag mahbuslari,
siyosiy jinoyatlari uchun uzoq vaqt ozodlikdan mahrum yetilganlar xarakteri aks
yettirilgan yedi. A.Soljenisin, A.Ribakov, A.Bek, A.Platonov singarilarning asarlari
posstrukturalizm uchun qimmatli material – matnlarni berdi. O’zbek adabiyotida
X.Sultonov, Murod Muhammad Do’st, Erkin A’zam, Tog’ay Murod, Rauf Parfi
singarilarning asarlari matni o’ziga xos, betakrorligi bilan diqqatni jalb
yetdi.Poyeziyadagi baxshiyona ruh, xalqona ohang, maromlar matn tahlili uchun
nihoyatda zarur, qimmatli yedi.
Mustaqillik davri adabiyotida nasr, nazm, dramaturgiya sohasida bo’lmasin
janriy izlanishlar avj oldi. Omon Muxtor, Xurshid Do’stmuhammad, Salomat
Vafoning roman, Tohir Malik, Nazar Eshonqul, Sh.Xolmirzayevlarning qissa,
N.Eshonqul, Sh.Bo’tayev, N.Norqobil, Ye.Shukur, Isajon Sultonov, Zulfiya
Qurolboy
qizi,
Dilfuza
Qo’ziyevalarning
hikoya
janridagi
izlanishlari
posstrukturalizm metodi uchun boy material bo’la oladi. Afsuski, o’zbek
adabiyoshunosligi, adabiy tanqidchiligi strukturalizm metodi muammolari bilan
jiddiy shug’ullanmayapti. To’g’ri, mustaqillik davrida A. Qahhorning “Sarob”i,
A.Qodiriy romanlari matn nuqtai nazaridan yangicha talqin qilindi. Ammo bunday
talqinlar hozir nihoyatda kam. Ayniqsa, qayta talqin qilinishi lozim bo’lgan asarlar
bisyor. “Tafakkur” jurnalining 2004 yil 3-sonida Zuhriddin Isomiddinovning “Taras
Bulba: oshkor va pinhon qiyofa” nomli tadqiqoti chop yetildi. Muallif Gogol
asaridagi semiotik nuqtalarni aniq, ishonarli belgilaydi. Matn tahlilidan kelib
chiqqan holda muallif Taras Bulba zinhor xalq qahramoni, vatanparvar
bo’lmaganligini isbotlaydi: “Albatta, Gogol ham xuddi Pushkinga o’xshab, o’z
davrida Taras Bulba singari “din va millat fidoyilari”ning yovuzligini faqat ishorat
tili bilan bayon qila olar yediki, buning sabablari hammaga tushunarli”. Shu muallif
«Chini
turganida
afsona
nechun?»
maktub-maqolasida
To’lenbergan
Koipmpbergenevning «qoraqalpoqman. tavakkalchiman» (Nukus-2003) asarini
sinchiklab tahlil qiladi. Ma’lumki, so’nggi yillarda har bir xalq o’zining tarix
shodasidagi o’rni, mavqyeini bo’rttirib ko’rsatishga intilmoqda. Donishmand adib
T.Kalpbergenov ham qorqalpoqni ulug’lashga haddan tashqari berilib ketadi.
Z.Shomiddinov asardagi sakta, soxtaliklarni birma-bir talqin qilarkan, yozuvchiga
murojaat qiladi: «Hurmatli Tulepbergin og’a!... Yel va millatning qadimiyrog’i
a’loyu tarix sahnasiga turli sabablarga ko’ra kechroq chiqqanlari tubanroq
bo’lmaydi. Barchasi teng. Shunday yekan, tarixchi olimlarning hozirgacha amalga
oshirgan mehnatlari natijasini-ayon haqiqatlarni nazar-pisand qilmay, afsona
to’qishga, shu asosda tarix «ijod» qilishga hojat yo’q»Tanqidchi badiiy asar matniga
chuqur kirgani sayin tarkib, tartib, tayanch so’zlarni aniq ko’radi, his qiladi.
Postrukturalizm so’zlar, ishoralar aro modern holat, asar ichra asar yaratila
boshlanganligi ko’ra boshlaydi. Sho’ro davri tanqidchiligidagi talqin, tahlillarni
kuzatar yekansiz, xayolingizga daf’atan: “Men nima deymanu qo’bizim nima
deydi?”- maqoli keladi. Xullas, posstrukturalizm asarlarni sinchiklab o’rganadi.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, posstrukturalizm globallashuv jarayonining samarasi
sifatida jahoniy ahamiyatga molik asarlarni tahlil, talqin qiladi. Masalan,
strukturalist Klod Levi-Stross “Strukturalizm va yekologiya” maqolasida
muammoni umumjahon miqyosida oladi. Levi-Stross mutaxassisligi nuqtai
nazaridan yetnolog bo’lgani uchun ham umumjahoniy muammo mohiyatiga tez,
asosli kirib bordi. Badiiy adabiyotda global mohiyatli tadqiqotlarni yaratish shart.
O’ylab ko’rilsa, olam ham hududsiz, odamlar ham bir-biriga yot yemas ekan.
Ayniqsa,
ilmiy-texnika
taraqqiyoti,
globallashuv
jarayoni
odamlarni
yaqinlashtirganiday, adabiy aloqa, o’zaro ta’sirni kuchaytirdi. O’zbek yozuvchisi
Xurshid Do’stmuhammad italiyalik adib Dino Busattining “Yetti qavat” hikoyasidan
ta’sirlanib “Jimjitxonaga yo’l” asarini yozdi. Hikoya kompozisiyasi g’alati:
X.Do’stmuhammad “Yetti qavat” hikoyasi qahramoni Dino Korte holati bilan
“Jimjitxonaga yo’l”ning asosiy ishtirokchisi Zohid Yaqin ruhiyatini baqamti
tasvirlaydi. Har ikki hikoyada ko’zga yaqqol tashlanmaydigan jihat shuki, Dino
Korte asta-sekin yuqoridan pastga tushib boradi. Zohid Yaqin bo’lsa birinchi
qavatdan yettinchiga ko’tariladi.
Qizig’i
shundaki,
odam-kim,
qayerdanliligidan qat’i nazar taqdirga tan berib, turli vaziyatlarga ko’nikib borarkan.
Italiyalik yozuvchi o’z qahramonini osmondan yerga tushirar yekan, uning o’ziga
xosligidan
–
dini,
millati,
udumlari,
yashash
tarzidan
kelib
chiqadi.
X.Do’stmuhammad Zohid Yaqinni asta-sekin arshi a’loga ko’tara boradi. Har ikki
qahramon o’lim tomon ilgarilab boraveradi. O’zbek va italiyalik bemorning holatlari
strukturali tahlilda sezila boradi. O’limning millati yo’q. U o’z bag’riga hammani
olaveradi. Jon taslim qilayotgan Dino Korte “najot istab mayda sim to’r qoplangan
derazadan tashqaridagi daraxtzorga chiranib qaraydi, ammo ko’z oldi chaplashib
ketadi.
- Tunmi?... - deb so’radi u arang pichirlab. – Soat nech...”. Shunday holat
Zohid Yaqinda ham ro’y beryapti: “Zohid Yaqin yo’lak adog’idan oqib kirayotgan
sutdek nur og’ushida yastanib yotgan keng va yam-yashil sayhonlikni ilg’ab, shu
qadar bahri dili ochildiki!...
- Joziba!...”
Xurshid Do’stmuhammad “Al-a’rof” dramasida amerikalik mashhur adib
Yedgar Po (1809-1849)ning hayotidagi holatlarni tasvirlash orqali insonning
qayerda, qanday yashashidan qat’i nazar, fojialar girdobida bo’lishini ko’rsatadi.
Demoqchimizki, o’zbek yozuvchisi amerikalik adib hayoti misolida insoniy fojia,
holatlarni ko’rsatib bergan. Dramadagi semantik markaz mana bu gapda jamlangan:
“Dushman tashqarida yemas, ichimda, amma...” Aksariyat insonlar kuyadilar,
yonadilar, lyekin Po singari o’z dardlarini lo’nda ifoda yeta olmaydilar.
Globallashuv jarayoni insonni to’laroq anglash imkonini yaratdi. Bilamizki, har
bir milliy adabiyot tarkibida bolalar adabiyoti, uning namoyandalari bor. Hozirgi
paytda bolalar adabiyotida ham jiddiy o’zgarishlar ro’y beryapti. So’nggi olti-yetti
yil ichida angliyalik yozuvchi Djoan K.Rolingning nomi mashhur bo’lib ketdi. U
yaratgan “Garri Potter va uning do’stlari” asari bolalik saltanatining mashhur asariga
aylandi. Garri Potter sarguzashtlari tasvirlangan kitob jahon bolalari tomonidan
o’qilmoqda, film holida tomosha qilinmoqda. Garri Potter nega bunchalik mashhur
bo’lib ketdi? Yozuvchi K.Roling bolalarning yertak, mif, sarguzashtlarini texnika
vositalari orqali tasvirlay oldi. Garri va uning do’stlari yalmog’izlar, afsungarlar
orasida bo’ladilar, xavfli vaziyatlarga tushib qoladilar va muhimi, bunday vaziyat-
holatlar texnika, yelyektronika, kompyuterlar bilan uzviy bog’liq. Atrofimizga nazar
tashlasak, bolalar kompyuter olamiga chuqur sho’ng’ib ketganliklarini sezamiz.
Boshqacha aytganda, boladagi sarguzashttalablik, qaltis vaziyatlarga intilish fan-
texnika vositasida amalga oshirilmoqda. Bolalik saltanatidagi holat, vaziyatlarni
strukturalizm metodi vositasida ishonarli tahlil qilish mumkin. Xullas,
posstrukturalizm keng miqyosda faoliyat olib boradigan, masalani ildiz-ildizidan
yoritib beradigan umumdunyoviy metodga aylanib bormoqda. Yehtimolki,
taraqqiyot
posstrukturalizmning
yana
yangi
imkoniyatlarini
yuzaga
chiqarar.Adabiyot va san’atda yo’sin, yo’nalish, oqimlar borki, ularning asosida
falsafiy-yestetik qarashlar,yorqin siymolarning yestetik tushunchalari turadi. XX
asrda G.V.Plyexanov (1856-1918), M.Xaydegger (1889-1976), Gaston Bashlar
(1884-1962),Jan-Pol Sartr (1905-1980), N.A.Berdyayev (1874-1948) singari
mutafakkirlar yashaganki, ular faoliyati markscha falsafa-yestetika, yekzistensial
yo’nalish, struktural tizim mohiyati bilan uzviy bog’liq. To’g’ri, Z.Freyd, K.Yung,
Ye.Fromm, S.Frank singari mutafakkirlar ham XX asrda o’z tadqiqotlarini
yaratganlar. Ularning asarlari san’at-yestetikaning teran muammolarini hal qilish
bilan bog’liq. Biz yekzistensializm, strukturalizm, sosialistik realizm mohiyatiga
jiddiyroq nazar tashlashnigina maqsad qilib qo’ydik. Yekzistensial falsafa XX asrda
G‘arbiy Yevropada chuqur ildiz otdi. Frans Kafka (1883-1924), Alber Kamyu
(1913-1960), Jan-Pol Sartr (1905-1980) singari san’atkorlar ijodi yekzistensializm
bilan uzviy bog’liq. Yekzistensializm metodining maqsad-mohiyati ko’proq
M.Xaydegger asarlarida yoritilgan. Yekzistensial – tirikchilik demak. Inson-tirik
jon. Tirikchilik uning ma’no-mazmunini belgilaydi. Inson qilmish-qidirmishlari
uning mohiyatini belgilaydi. Insonga nega unday yashamading, nega bunday
g’oyaning izidan bormading, hayotingni qanday yo’naltirishlarda olib bording degan
savollarni qo’yish noto’g’ridir. Insonning kimligi, mohiyati yashagan yo’li,
qilmishlaridir, xolos. “Inson o’zini qay darajada amalga oshirsa, shu darajadagina
mavjud bo’ladi. U o’zini, demak, o’z qilmishlarining yig’indisi sifatida, o’z shaxsiy
hayoti sifatida – faqat shundaygina namoyon yetadi,” - deb yozadi J. P.Sartr. Uning
quyidagi fikrlari inson mohiyati to’g’risidagi qarashni tasdiqlaydi: “... inson o’zining
qator qilmishlaridan boshqa hyech narsa yemas, u mana shu qilmishlaridan tashkil
topadigan munosabatlar yig’indisidan iborat, demoqchimiz xolos”. Ekzistensializm
insonni imkoniyatlariga ko’ra yemas, qilgan ishiga ko’ra baholaydi. Odam bu
dunyoda yeladi, yuguradi, bolam-chaqam deydi, to’y-tomosha qiladi. Xullas, umr
o’taveradi. Yekzistensial falsafa insondan “Nega bunday qilding?”, “Nega bunday
qilmading?” demaydi. Insonningsavobi ham, gunohi ham o’ziga. Yeng asosiysi,
inson mafkuralar, yuksak g’oyalar, tinkani quritadigan yugur-yugurlar quli bo’lib
qolishi kerak yemas. Inson hayotining qaysidir bosqichida qo’rqoqlik qildi,
qachondir loqaydligi tufayli fojiaga sabab bo’ldi. U nima qilgan bo’lsa, qanday
yashagan bo’lsa, shunga yarasha ajr (savobu gunohini) oladi. O’ylab ko’rilsa,
yekzistensial falsafa hamma inson hayotiga mos keladi. Sharqda yashash, tirikchilik
falsafasi chuqur ishlangan. Faqat u yekzistensializm deyilmaydi. Tirikchilik,
tirikchilik deymiz-u, har bir odam yashashga o’z aqli, tushunchasi bilan
yondashishini unutmasligimiz kerak. Ba’zi odam tabiatan aqlli, dono bo’ladi:
ishning foydasi, osonini ko’zlab harakat qiladi. Odam borki, hayotini yelga sovuradi:
yeyish, ichish, maishat qilishdan nariga o’tmaydi. Mutafakkir M.Xaydegger biologik
umr bilan ontologiyani (mangu barhayotlilikni) farqlaydi. Uningcha, tirikchilikning
muhim bir nuqtasi bor. U – o’lim. Odam o’limdan qo’rqadi, uni yo’qlik, mavhumlik
deb biladi. Aslida, o’lim yashash yo’lidagi bir bosqich. Odam o’limdan keyin ham
yashaydi. Lekin, hamma gap shundaki, u qanday, qancha yashaydi? Tiriklik davrida
inson qanday yashagan bo’lsa o’lganidan keyin inson sifatidagi MOHIYaTIGA
ko’ra ontologiya bosqichiga kirishadi. Biz ko’proq mangu asarlar haqida gap
borganida ontologiya istilohini qo’llar yedik. Yekzistensial falsafa ontologiyani
inson umri qimmatini belgilovchi vosita sifatida ishlatadi. M.Xaydegger fikricha,
inson yashayveradi, tirikchilik yo’lida yelib yuguraveradi, ammo alal-oqibat inson
hayotining ma’no-mohiyati talqin, tahlil orqali baholanadi.
Martin Xaydegger, garchi ekzistensial falsafa namoyandalaridan bo’lsa-da, til
va inson bog’liqligi masalasiga alohida ye’tibor beradi. Haqiqiy til – sizu biz
oramizdagina aloqa vositasi emas. U (haqiqiy til) insonga shariflik ato
qilinayotganda berilgan ilohiy in’om. Insonning insonligi tilidadir. Sharif inson faqat
so’zlayotganidaginamas, sukut saqlayotganida ham some’lik qilayotganida ham
go’zaldir. Sokin odamning mohiyati so’zlayotgan odam fikrlaridan ko’proq narsani
anglatadi. Til haqida, ayniqsa, tilning germenevtik mohiyati xususida fikr yuritgan
odam struktura, semiotika, semiologiya haqida to’xtalinmasligi mumkin yemas.
Demoqchimizki, M.Xaydegger asarlarida struktura, strukturalizm haqida aytilgan
mulohazalar ko’p. “Tafakkur yuritish nadur?” maqolasida so’zlar mag’zini chaqadi:
“Faylasuflar – tafakkur yurituvchilar. Buning boisi shuki, asosan falsafada tafakkur
ro’y beradi. Hozir hyech kim falsafaga qiziqish ortayotganini inkor yetmaydi. Lekin
bironta zot topilarmikanki, “+IZI+ISh” degan so’zning bugungi kunda qay
mazmunda qo’llanayotganini kuzatgan bo’lsin”. M.Xaydegger jumla, satrdagi har
bir so’z mazmuni, shakli, turkumi, ohangi, maromi bilan qiziqadi. Bu, tabiiyki,
strukturalizm bilan uzviy bog’liq.Yekzistensializm metodi XX asrning o’rtalariga
kelib bir muncha susaydi, unga bo’lgan qiziqish kamaydi.
XX asr boshlaridan yekzistensializmga zid turadigan markscha realizm
Rossiyada, keyinroq SSSRda nihoyatda rivojlandi. Markscha falsafa asosida paydo
bo’lgan sosialistik realizm nafaqat Sho’ro davlatida, balki bir qancha xorijiy
adabiyotlarda qo’llanila boshlandi. Markscha falsafaning nafosashunoslik,
adabiyoshunoslikda qo’llana boshlanishida Georgiy Valyentinovich Plyexanov
(1856-1918)ning hissasi katta bo’ldi. U o’ta madaniyatli, ko’p o’qigan, san’atni
nozik his qiladigan, marksizmga nihoyatda sadoqatli zot bo’lgan. G.Plyexanov
Marks asarlarini qunt bilan o’qidi, ularni rus tiliga tarjima qildi. Marksistik
nafosashunoslikning shakllanishi, rivoji Rossiyada G.Plyexanov nomi bilan bog’liq.
Plyexanov rus mutafakkir tanqidchilari – Dobrolyubov, Chernishevskiy, Gersen,
ayniqsa, Belinskiy asarlarini alohida bir mehr bilan o’qidi. Unda g’arb faylasuflari
qarashlarini rossiyalik ma’rifatparvarlar – “real tanqid” namoyandalari ijodi bilan
bog’lash istagi tug’ildi. Belinskiyning asarlarini o’qir yekan, Plyexanov g’alati bir
yangilikni kashf yetdi. V.Belinskiy G.Gegel asarlarini o’qib: “Adabiy tanqidning
vazifasi san’at asarlarini tafakkur tiliga o’girmoqdir”, - deb yozib qo’ygan yekan.
G.Plyexanov panlogizm nomini olgan Gegel falsafasi haqidagi Belinskiy qarashini
o’qib xursand bo’lib ketdi. Plyexanov mana shu yangilik asosida o’zining
PANSOSIOLOGIZM nomini olgan qarashini uzil-kesil ifodaladi: “Adabiy
tanqidning vazifasi san’at asaridagi sosiologik yekvivalyentni yuzaga chiqarishdir”.
Gegelning san’at haqidagi aqidasi panlogizm nomi bilan mashhur bo’lgan yedi.
G.Plyexanovning sosiologik yekvivalyent nazariyasi pansosiologizm deb yuritila
boshlandi. Inson hayoti, xarakterini ijtimoiyliksiz tasavvur yetib bo’lmaganday,
adabiy tanqidni ham ijtimoiy yondashuv talqinsiz anglab bo’lmaydi. Lekin
ijtimoiylik boshqa belgi, xususiyatlarga qo’shib olib borilsagina o’zini oqlaydi.
Ijtimoiylikni adabiy tanqid, badiiy xarakterning bosh, yetuk belgisi sifatida qabul
qilinishi, qo’llanilishi to’g’ri yemas. G.Plyexanov V.Belinskiy, N.Dobrolyubov,
N.Chernishevskiy, A.Gersen ijodidagi “real tanqidning asosiy xususiyati ijtimoiy
ekvivalentlik ekanligidan quvondi. Vaholanki, V.Belinskiydan boshlangan rus
inqilobiy demokratlari badiiy asardagi ijtimoiy mohiyatni matnni bosib-yanchib,
sindirib,majruh
qilib
sitib
chiqarganlar.
Masalan,
A.Dobrolyubov
“Arafa”(I.S.Turgenev)
romani
haqida
“Haqiqiy
kun
qachon
keladi”,
A.Ostrovskiyning “Momaqaldiroq” dramasi haqida “Zulmat ichra nur” singari
maqolalarini yozdi. Shiddatli Vissarion ham badiiy asarlar matnini tahlil qilishni
emas, asar baholashda his-hayajonlarni to’kib solishga, ijtimoiy mohiyatni mumkin
qadar yuksak ko’tarishga e’tibor berdi. Strukturalistlar, xususan, V.Shklovskiy,
B.Tomashevskiylar V.Belinskiy, uning izdoshlari ijodini jonli matndanuzilib
qolganligini
qattiq
tanqid
qildilar,
"Belinskiy,
Dobrolyubov,
Zaysev,
Mixaylovskiylar go’yo gul ko’rgani keldilaru, guldan zavqlanish o’rniga uning
ustiga o’tirib oldilar", - deydi V.Shklovskiy. B.Tomashevskiy fikricha, XIX asr 60-
yillaridagi rus revolyusion-demokratlari “badiiy asarni ijtimoiy yaroqliligiga ko’ra
baholadilar”, “o’zlarining mafkuraviy qarichlarini chin o’lchov deb bildilar”.Boris
Sadovskiy “Chernishevskiy - tanqidchi” (“Veso’” jurnali, 1907 yil, 7-son)
maqolasida “Nima qilmoq kerak?” romani muallifini “iste’dodli iqtisodchi”, adabiy
tanqid sohasida “tirishqoq va zahmatkash”, “o’rtamiyonalikning baayni o’zginasi”
deydi. Sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligi V.Belinskiy, A.Dobrolyubov,
N.Chernishevksiy, A.Gersen va boshqalar asarlarini ko’klarga ko’tardi. Mazkur
mutafakkir-munaqqidlar asarlari sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligining
metedologik asosi ekanligi uzluksiz ta’kidlandi. Ularning adabiy-tanqidiy, badiiy
asarlari bot-bot chop etildi. Buning boisi shunda ediki, sho’ro adabiyoshunosligi va
tanqidchiligi inqilobiylikni hamisha yuksak qardrladi, hatto, vulgar sosiologizm ham
20-yillarda bayroq qilib ko’tarildi. Sho’ro adabiyoshunosligi fanida mikroanaliz va
strukturalizm metodining susayib ketishiga ham V.Belinskiylar asarlaridagi his-
hayajon, matndan ajralgan holda asarni g’oyaviy-ijtimoiy “tanqid” qilish sabab
bo’ldi.
Sho’ro
adabiyoshunosligida
yozuvchilarni
“o’rni-o’rniga
qo’yib”
munosabatda bo’lish, tanqid qilish avj oldi. Afsuski, ba’zi ilmiy tadqiqot,
dissertasiyalarda V.Belinskiy, N.Chernishevskiylar asarlari hanuz metodologik
tayanch sifatida ko’rsatilayotganligi achinarlidir. Rus tanqidchisi Lev Anninskiy
“Nimani izlaysiz?” nomli maqolasida hozirgi tanqidchilikda barham topayotgan
udumlar haqida to’xtalinib, V.Belinskiydan boshlangan chalalik, chalkashlik,
chiranchog’liklarga e’tiborni qaratadi. Lev Anninskiy V.Belinskiylar haqidagi
qarashlarni xulosalar ekan, rus revolyusion-demokratlari qo’lidan olingan estafeta
tayoqchasi sho’ro adabiyoshunosligi Prokrustlari tomonidan rosa foydalanilganligini
aytadi. Bu yerda munaqqid sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligidagi vulgar
sosiologizm, yuzakilik, guruhbozlik, noxolislikni nazarda tutganligini tushunib olish
qiyin emas.XX asr adabiyotida goh kuchayib, goh pasayib, goh keng miqyosda, goh
tor ko’lamda o’sib-o’zgarib borgan strukturalizm ekzistensializm, sosrealizm singari
metodlarni saralashda mahak tosh vazifasini o’tadi. Chindan ham, san’at vazifasi,
undagi
yo’nalishlar
funksiyasi
insonni
qay
darajada
haqqoniy,
tabiiy
tasvirlanganligiga ko’ra baholanadi. Inson hamisha onadan erkin tug’iladi. Inson
erkiga kishan solishlar, quyushqonga kiritishlar keyinchalik boshlanadi. Inson
hayoti, aslida, erk bilan har xil kishanu tuzoqlar aro kurashdan iborat. Cho’lpon
«Ko’ngil» she’rida erk va uning kushandalari aro ziddiyatni tiniq ko’rgan, aniq
tasvirlagan edi:
Ko’ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do’stlashding?...
Tiriksan, o’lmagansan,
Sen-da odam, sen-da insonsan;
Kishan kiyma, bo’yin egti,
Ki, sen ham hur tug’ilg’onsan!...
XX asrda inson erki, hurligiga jonu jahdi bilan qarshi kurashgan mafkuralar
ko’p bo’ldi. Sho’ro davlatida, Germaniyada, Ispaniyada, Italiyada, Chilida,
Kongoda, yana qanchadan qancha yurtlarda fashizm ochiqchasiga harakat qildi.
«Manqurt» degan istiloh mohiyati XX asrda aniq ko’rindi. Inson erki va unga qarshi
har xil tazyiqlar adabiyoshunoslikda qanday nomlanadi? Adabiyoshunoslikda
«xarakter» degan tushuncha bor, u juda ko’p tillarda «karakte» nomi bilan ma’lumu
mashhur. Aslida inson o’z fitrati, mangu bitigi bilan tug’iladi. Hayot, faoliyat
davomida inson ma’no-mohiyati namoyon bo’ladi. «Sartr, mavjudlik-shaxs xatti-
harakatlaridan iboratdir, deb biladi. Uningcha, inson o’zini o’zi namoyon qilish,
o’zini o’zi ruyobga chiqarish orqaligina mavjuddir. Shuning uchun u «o’z hayoti va
xatti-harakatlarining yig’indisidan boshqa narsa emas» Hayotda hamma ziddiyatlar
kurashi mavjud ekan. Yekzistensializm, aslida, insonni, xarakterni markscha
falsafadagi talqiniga zid ravishda vujudga kelgan ekan. Biz yuqorida G. V.
Plexanovning pansosiologizm haqidagi qarashini keltirgan edik. Bu nazariya
bevosita K. Marks qarashidan keltirib chiqarilgan edi. Ilmiy kommunizm
nazariyasining asoschisi K. Marks «Feyerbax to’g’risida tezislar» ning 6-bandida
yozadi: «... insonning mohiyati ayrim individga xos bo’lgan abstrakt emasdir.
Haqiqat holda u barcha ijtimoiy munosabatlarining majmuidir» Ekzistensializm
«ota»si- Jan Sartr inson «o’z hayoti va xatti-harakatlarining yig’indisidan boshqa
narsa emas» deyapti, K. Marks bo’lsa, inson barcha ijtimoiy munosabatlarning
majmuidir» degan uzil-kesil xulosani chiqaryapti. Yekzistensialistlar inson hayoti-
yu, xatti-harakatlarinigina asos qilib olganliklari bois absurdizmga toyib ketdilar.
Markscha «nazariya» bilan qurollanganlar insonni ijtimoiy ruporga-o’zlikdan
uzoqlashgan vositaga aylantirib qo’ydilar. Ijtimoiy mohiyati to’lib-toshib ketgan
odam oddiy haqiqatlarni aytishga ham qo’rqib qoldi. Yodimda bor: bir kuni Ozod
Sharafiddinovning tishli-tirnoqli bir maqolasi chop etiilganida, tengqur, ham fikrlar
yig’ilib qoldik. Maqola haqida birov u dedi, birov bu dediShunday qilib, XX asrda
strukturalizm bilan bir qatorda ekzistensializm, sho’ro realizmi – sosialistik realizm
ham rivojlandi. Har bir metod asosida, aytilganiday, falsafiy-estetik qarash,
munosabat mavjud. Strukturalizm obyekt bilan bevosita bog’liqligi – hamisha jonli
matn bilan ish ko’rishligi bois rivojlandi. Undagi o’sish bir tekis, qarshiliklarsiz
bo’lmadi. 60-yillardagi strukturalizm ilk strukturalizmdan ko’p narsalarni olganiday
undagi ko’p xususiyatlarni inkor etdi.
XX asrnig 80-yillarida nposstrukturalizm globallashuv jarayoni bilan
birgalikda o’sdi, qamrov miqyosini kengaytirdi.
Haqiqiy badiiy asar – mukammal, murakkab tarkib (struktura). U matn tarzida
yaratiladi. Matnning pishiq-puxtaligi avvalo san’atkor iste’dodiga, aytmoqchi
bo’lgan gapining haqqoniyligiga, so’zlarga yuklatilgan ma’noning salmog’iga,
maromning tovlanishi, tuslanishiga bog’liq. Mukammal matn yaratish – ilmiy-ijodiy
izlanish demak. San’atkor izlanmasa, o’qimasa, o’rganmasa, ma’lum darajada
tadqiqotchi bo’lmasa, musti mahkam matn yaratishi amri mahol. Buyuk
san’atkorlarning deyarli hammasi o’zigacha yaratilgan yetuk asarlarni jiddiy
o’rgangan. Navoiy, Boburday san’atkorlar ilm bilan ham jiddiy shug’ullanganlar,
yetuk tadqiqotlar yaratganlar. Bu an’ana jahon adabiyotida hamisha bo’lgan, hanuz
davom etyapti. San’atkorning san’ati shundaki, u har bir so’z, holatdagi ma’nolarni
bus-butun qamrab olishga intiladi, so’zning ich-ichiga, moyasiga kirib borishga
intiladi. Badiiylik izlanishlar imkoniyati tugayotganda “lop” etib yuzaga chiqadi.
San’atkor iztiroblari uchun mukofot tarzida Olloh tomonidan beriladi. +isqalik,
lo’ndalik – iste’dod mujdasi. Shoir bir misralik she’r yozibdi:
Anorlar dard kabi yorilar.
(Faxriyor).
Mitti bu she’rni anglash uchun avvalo insoniy dardning barcha tomonlarini his
etish kerak. Dardning yorilishi – ko’ngilning bo’shashi, ko’zning moshday ochilishi.
Nihoyat, anorning yorilishi qip-qizil donalarining lov-lov yonishi. Muhimi, insoniy
holatning boshqa predmetga ko’chirilishidagi mahorat – badiiylik ifodasi. Shu
shoirning:
Yig’i, seni qandoq kuldiray?
she’ridagi kechinmadoshlik o’quvchini o’ziga rom etadi. Odam – kimligi,
qayerdanligi, dini, irqidan qat’i nazar – hamisha dardkash, g’amdosh. Axir, inson
besh kunlik dunyoga yig’lash, dard chekish uchun kelmaydi-ku?! San’atkort uyg’u,
holatlarining ifodachisi so’z. Shunday bo’ladiki, holat bor, ijodiy iztirob bor, lekin
shu holat, iztirobning ifodachisi – monand so’z yo’q. Shunday paytda san’atkor
yangi so’z kashf etadi, so’zlar olamida “yangi mehmon” ko’z ochadi. Yangi so’z
tabiiy ehtiyoj, tanish holat ifodachisi sifatida tug’ilsa, yashab ketadi, tilda o’z o’rnini
topadi. Odatda, yangi so’zlar so’zlashuv, jonli tilda paydo bo’lib, so’ng badiiy
adabiyotga kiradi. Lekin, san’atkorlar asarlarida tug’ilib, jonli tilga qovushib ketgan
so’zlar oz emas. So’nggi yillar o’zbek she’riyatida so’z izlash jarayoni kuchayib
bormoqdaki, she’rlarda yangi so’zlar, eski so’zlarning yangi ma’no qirralarini kashf
etish ko’zga tashlanmoqda. Tadqiqotchi Yergash Ochilov yuzlab she’rlardagi
so’zlar, ularning ma’no-mazmuni haqida kuyinchaklik bilan fikr-mulohaza yuritdi.
Uning “Har so’zning o’z o’rni bor” maqolasida nihoyatda o’rinli tanbehlar qatori
yangi so’zlarning qo’llanishiga ishonchsizlik bilan qarash kayfiyati seziladi.
Vaholanki, mashhur strukturalist Rolan Bart so’zlari bilan aytganda: “... har bir yangi
so’z – yangi bayram. Toshqin o’zan bo’ylab harakatlanib, keskin, kutilmagan
burilishlarga duch kelarkan, tilda huzurbaxsh onlarning samarasi bo’lib yangi so’zlar
tug’iladi” (R.Bart. Tanlangan tadqiqotlar. (Semiotika. Poetika). M.: “Progress” -
1989, 466-bet). Yendi Yergash Ochilov maqolasidan kattagina ko’chirma keltiramiz.
“Yana bir noxush hodisa – shoirlarning bilib-bilmay, o’zlaricha yangi so’z
yasashlaridir: vafoat, visolat (I.Otamurod), kunotar (A.Qutbiddin), qismatboz
(A.Mahkam), ma’yusiyat, yolg’iziyat, g’amsuvor, ozoriston (Salim Ashur), kuliston,
g’amrang, tunko’l, qonolud, changakdil, ruhkamar (Aziz Said), yonarzor, qalbroh,
joniston,
xayoldo’z,
ashqliqo,
ruhnazar,
nimruh
(H.Abdinazar),
tunzor
(O.To’raqulova), ohzoda, iymonsa, muhtojib, nokiroh, beandoz, bohaq, boavval,
boxullas, bomutlaq, boma’qul, boishonch, boxulla (S.Subhon), sarsib, manzilot
(Laylo)...
Yaltiroq so’zlarga ruju qo’yib, mantiqsiz iboralar yasash ham avj oldi.
Chunonchi havoga nisbatan dahriy deyish (Z.Xudoyshukur – “Dahriy havo”),
shu’lani shakkok deb atash (B.Ro’zimuhammad – “Shakkok shu’la”), visolni
sharmandaga chiqarish (A.Mahkam – “Sharmanda visol”), sirni betgachoparlikda
ayblash (B.Yeshpo’latov – “Betgachopar sir”), baytni so’yish (H.Ahmedova –
“So’yilgan bayt”) mumkinmi? Undan tashqari, “Chorbog’lar badani”, “Umid asabi”
(B.Yeshpo’latov), “Olma ishqiy gullagan” (S.Olloyor), “+a’rim qa’rida” (O.Ikrom),
“Hilqatli ko’ksim” (N.Abdurahmonov), “Osmonsizlik qa’rida” (I.Iskandar),
“Nimrang nigoh”, “Hiloliy haram”, “Hiloliy tovush” (Dilbaroy), “Hijroniy meros”
(Xurshida), “Osmon-laqqi” (A.+utbiddin) kabi iboralar ham g’aliz va mavhum,
ko’ngilga botmaydi”. Keltirilgan misollardagi ba’zi so’z, iboralarni o’rinsiz, asossiz,
nojo’ya qo’llangan demasak, ko’pchilik so’z, iboralar izlanish, ijodiy jarayon
samarasi sifatida diqqatni jalb qiladi. To’g’ri, “bo” - qo’shimchasi bilan yasalgan
so’zlar o’ta sun’iy. “Vafoat”, “visolat”, “yolg’iziyat”, “qonolud”, “xayoldo’z”ning
ildiz otib ketishiga ishonch yo’q. Ammo “dahriy havo”, “shakkok shu’la”,
“sharmanda visol”, “nimruh”, “tunzor”, “g’amsuvor”, “so’yilgan bayt”, “qa’rim
qa’rida”, “nimrang nigoh”, “osmon-laqqi”, “chorbog’lar badani”, “umid asabi”
singari so’z, iboralarda jon, holat, beandazalik bor.
O’zini hurmat qilgan san’atkor uchun har bir yangi asari, misoli tarbiyatalab
farzand. O’la-o’lguncha asarlariga sayqal berib, har bir so’z ustida o’lib-tirilib o’tgan
san’atkorlar ozmi?! Shoir Mirtemirni ko’rgan, bilgan odam borki, bu avliyosifat
inson hamisha, hamma yerda she’rlariga sayqal berishdan tinmagan. Uni shoir
deyishdan ko’ra matnnavis deyish to’g’riroq bo’ladi, chog’i. Mirtemir har bitta she’ri
uchun shunday so’zlarni izlaganki, go’yo shu so’z matnning barcha qism, bo’lak,
ohang, maromini o’zida jamuljam qilgan. Aksariyat hollarda shoir mana shu o’zak,
yuk ko’taruvchi so’z, ifodani topgan. Mirtemirning mittigina “Handalak” she’ri bor.
Shoirdagi san’atkorlik shundaki, kitobxon handalakni yemay turib, tasvirning
o’zidan huzurlanadi, saraton oldi yetilgan ne’mat mazasini totib ko’rganday bo’ladi.
“Havo eleksirday”, “Yashillik saltanat qurmish”, “Ko’krakka uradi yoqimtoy
salqin”, “Chechaklarda noz”, “Ko’zlar ilg’aguncha poliz, bedazor”. Go’zallik uzra
go’zallik tasvirlanaveradi. Nihoyat, “muzdek va yorqin, beqasam handalak uzildi”.
U “go’yoki yolqin, quymadek bejirim”. Handalak – “aslida quyosh zarrasi”, “ona
tuproq toti, tuproq shirasi”. She’rda ajoyib strukturaviy mutanosiblik bor: handalak
ham, zarra ham quymaday, har bir obraz, tasvir poliz, handalakzor tarovatini aniq
tasavvur etishga xizmat qiladi. She’rdan bitta so’z, bitta obrazni olib qo’ying-a:
tizimdagi tartib, tarkibdagi mukammallik buziladi – matnda majruhlik paydo bo’ladi.
She’r shunchalar yaxlitki, har bir harakat, ishora boshdan adoq to’siqsiz, bir
maromda o’tadi. Strukturalizm matndagi yaxlitlik, izchillik; tushuncha, obrazlar ora
aloqadorlik; holat tarovatini bezaha ifodalash metodidir. Xuddi shu holatni «Tilla
baliqcha» she’rida kuzatish mumkin. Biz Abdulla Oripov (M. +o’shjonov, S.
Meliyev) kitobidagi «Tilla baliqcha» she’ri talqinini struktural o’rganish deb bilamiz
va o’sha fikrlarga qo’shilamiz. Kezi keldi: adabiy jarayondagi xunuk bir xodisa
haqida to’xtalinmoqchimiz. O’zini hurmat qilgan san’atkor borki, asarini-
mukammal matnni qarachig’iday asrab avaylaydi. Konstantin Fedin katta asaridagi
bitta so’zni o’zgartirgan muharrir Konstantin Simonovni nari olib borib, beri olib
kelgan ekan. Abdulla +odiriyday san’atkor Sadriddin Ayniy qissasini tahrir qilar
ekan, nojo’ya so’z iboralarni alohida varaqqa ko’chirib yozib borgan ekan (ya’ni
ustoz matniga qalam tekkazishni shakkoklik deb bilgan). Hozir istagan jurnalni olib
qarang: hikoya, qisa, romanning jurnal nusxasi degan izohga ko’zingiz tushadi.
Asarning «jurnal» nusxasi-qo’l-oyog’i, zarur a’zosi qirqib tashlangan nogiron ransa.
Kitobxon shu «beo’xshov narsa»ni o’qigach, uning to’liq nusxasini ne-ne gumonlar
bilan qo’lga oladi. Asarning «jurnal nusxasi»ning boshlashiga ruxsat berayotgan
yozuvchilar yetti o’lchab, bir kesishlari lozim.
Struktura – asarning badiiy-estetik xaritasi. Bu xaritani ruhiy nigoh bilan
o’rganish, uqish mumkin. Xaritada ranglar, belgilar aniq o’lchamlar vositasida o’z
ifodasini topadi. Xaritalar siyosiy, ekologik, yer tarkibi bo’yicha yaratiladi. Badiiy-
strukturaviy xarita semiotik nuqtalarning joy-joyiga qo’yilishi, semiologik
mohiyatning yoritilishi nuqtai nazaridan tuziladi. Semiotik nuqta, semiologik
markazlar duch kelgan joyda emas, asarning g’oyasi, maqsadi nuqtai nazaridan aniq
belgilangan o’ringagina qo’yiladi. Davrimizning donishmand ijodkorlaridan biri
Fozil Iskandar iste’dod nima degan savolga bunday javob beribdi: “Iste’dod adabiyot
maydoni birligida kitobxon bilan tutashadigan aloqa nuqtalari miqdori” (Tatyana
Bek. Trijdo’ dvadsatipyatiletiye. “Literaturnaya gazeta”, 2004 yil, 17-23 fevral).
Iste’dodning shoirona ta’rifini strukturaga nisbatan ham qo’llash mumkinday
tuyuladi: “Strukturada – badiiy matn to’qimasi birligida o’zaro tutashadigan, bosh
g’oya tomonidan boshqarib turiladigan semiotik nuqtalar, semiologik markazlar
miqdoridir”.
Struktura tugallikni, yaxlitlikni, semiotik nuqtalar aniqligini, semiologiya
markazlarining mutanosibligini taqozo qiladi. Kattadir, kichikdir, she’riydir,
nasriydir, dramaturgikdir – barcha asarlarda o’ziga xos tugal struktura bor. Mana,
juda jo’n, to’rttagina iboraning ikki bor takroridan tarkib topgan matn – she’r:
Dumingni likillatasan,
Olg’a ketasan.
Dumingni likillatasan,
Olg’a ketasan.
Va
nihoyat...
Strukturalizm
modernizm
mohiyatini
ishonarli
yoritib
beruvchivositasidir. Chunki modernizm hayotning nafis teran, yuksak, ayni
vaqtdamahoratli cho’qqi-qirrasidir. U qilni qirq yozruvchi san’atkorlar adabiyotidir.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1.”Struktura” so‘zining keng va tor ma’nolari.
2. Struktura va strukturalizm atamalariga izoh bering.
3.Strukturalizmni Farb va Sharqda o‘rganilishi.
4. O‘zbek adabiyotiga ilk structural yondashuv(B.Karim, H.Boltaboyev).
5. Structural yondashuv mohiyatini nimalarda ko‘rish mumkin
6. Struktural tahlil namunalaridan misollar keltiring
TESTLAR
1. Struktura va strukturalizm metodini G‘arbda qanday atashgan? A) Yangi tanqid;
b) yangi adabiyot; c) o‘zgacha qarashlar ifodasi; d) mohiyatni anglaydigan
tushuncha
2. Struktura atamasining paydo bo‘lish yillari. A) XX asrning 10 yillari Fransiyada;
b) XX asrning 30 yillari Angliyada; c) XX asrning boshlarida Fransiyada; d) XIX
asr so‘nggisida Fransiyada.
3. 1980 yillarda jumladan qaysi strukturalizmning qanday ko‘rinishlari paydo
bo‘ldi? A) poststrukturalizm; b) Avangardizm; c) modernism; d) simvolizm
4. X.Do‘stmuhammad “Jimjitxonaga yo‘l” hikoyasini kimning asaridan ta’sirlanib
yozgan? a) D. Busatti “Yetti qavat”; b) Chexov “Oltinchi palata”; c) G.D.Mopassan
“Do‘ndiqcha”; d) O.Genri “So‘nggi yaproq”
5. Til va inson bog’liqligi masalasiga alohida ye’tibor beradi. Haqiqiy til – sizu biz
oramizdagina aloqa vositasi emas. U (haqiqiy til) insonga shariflik ato
qilinayotganda berilgan ilohiy in’om. Insonning insonligi tilidadir. Sharif inson faqat
so’zlayotganidaginamas, sukut saqlayotganida ham some’lik qilayotganida ham
go’zaldir. Sokin odamning mohiyati so’zlayotgan odam fikrlaridan ko’proq narsani
anglatadi. Deb kim yozadi? A) Sent Beyov; b) Marten Haydegger;c) Shtros d)
L.Tolstoy
6. Struktura atamasiga to‘g‘ri ta’rif berilgan qatorni toping. A) Struktura –
asarning badiiy-estetik xaritasi. Bu xaritani ruhiy nigoh bilan o’rganish, uqish
mumkin. Xaritada ranglar, belgilar aniq o’lchamlar vositasida o’z ifodasini topadi.
B) Struktura siyosiy, ekologik, yer tarkibi bo’yicha yaratiladi. Badiiy-strukturaviy
xarita semiotik nuqtalarning joy-joyiga qo’yilishi, semiologik mohiyatning
yoritilishi nuqtai nazaridan tuziladi C) “Strukturada – badiiy matn to’qimasi birligida
o’zaro tutashadigan, bosh g’oya tomonidan boshqarib turiladigan semiotik nuqtalar,
semiologik markazlar miqdoridir. D) barcha ta’riflar to‘g‘ri
ADABIYOTLAR:
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
2. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. –Т.: «Янги аср авлоди», 2006.
3. Rustamov A. So‘z xususida so‘z.– T.: “Fan”, 1987.
4. Karimov B. Ruhiyat alifbosi. – T.: G‘.G‘ulom nimidagi nashryot matbaa-ijodiy
uyi , 2018.
5. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – T.: “O`zbekioston”, 2000.
6. Mustaqillik davri adabiyoti, – T.: “G`.G`ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi”,2006.
7. Jo`raqulovU. Hududsiz jilva. – T.: “Fan”, 2006.
8. KarimovB. Abdulla Qodiriy. – T.: “Fan”, 2003.
9. Ibrohim Haqqul. She`riyat ruhiy munosabat. “G`.G`ulom nomidagi adabiyot va
san`at nashryoti”,
10. Rasulov A. Tanqid, talqin, baholash.– T., fan. 2006.
11. Boltaboyev H. Teranlik. (Adabiyotimiz faxri. A.Qahhor zamondoshlari
xotirasida. T. O‘zbekiston. 2007).