BADIIY MATNNI TEKSHIRISHDAGI ILMIY MAKTABLAR
REJA:
1. Tahlil tarixi, uning ko’rinishlari.
2. Tipologik va qiyosiy tahlil belgilari.
4. Funksional tahlilga xos xususiyatlar.
5. Sotsiologik talqin va formal tahlil.
6. Struktural tahlilga xos jihatlar.
7. Matn interpretatsiyasi va Hermenevtika.
Tayanch tushunchalar:
Tipologik tahlil, Qiyosiy tahlil, Funksional tahlil, Sotsiologik tahlil, Formal tahlil,
Struktural tahlil, Matn interpretatsiyasi, Hermenevtika, Tahlil va hermenevtika
munosabati.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. A. Rasulov. Badiiylik – bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil
2. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.
Kamalak. 2016.
3. R. Bart. Semiotika. Poetika. – M., Progress, 1989g.
4. S. Meli. “Yangi tanqid”. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali, 2009,3-son
5. Sent-Byov. Sh. Literaturnnie portreti. – M., 1978 g.
6. Freyd.Z. Vvedenie v psixoanaliz. M., Nauka, 1989g.
Agar dastlabki badiiy asar hazrati Odam tomonidan yaratilgan bo’lsa, o’sha
zamonlardan buyon badiiy matnni o’rganish, o’zlashtirishga urinib kelinmoqda.
Chunonchi, odamiyatga nozil etilgan barcha muqaddas kitoblar ham insoniyatning
eng buyuk aql egalari tomonidan tafsir qilib kelingan. Ma'lumki, bu kitoblar bir
darajada badiiy asarlar sanalardi. Botish, yurtlarida muqaddas kitoblarning tafsiriga
"eksegez" - anglatish, tushuntirish deb qaralgan. Badiiy asarni tekshirishning
yuqorida sanalgan turlari yo matn interpretatsiyasi va yoki hermenevtikasi
yo’nalishida amalga oshirilgan. Badiiy matnga tahlilchi o’z maqsadi, falsafiy
qarashlar tizimi, estetik tayyorgarlik darajasi, ilmiy va badiiy saviyasi va boshqa
omillardan kelib chiqqan holda yondashadi. Badiiy tahlilni amalga oshirishda turli
millatlar va mintaqalarda turlicha munosabatlar tizimi qaror topgan. Sharq va G‘arb
mintaqalarida badiiy matnga tamomila turlicha munosabatda bo’lib kelingan. Sharq,
xususan, Turkistonda badiiy asardan, birinchi navbatda, san'at talab etilgan. Badiiy
matnning ta'sirli, o’ziga xos, betakror nafis va kutilmagan bo’lishiga e'tibor
qaratilgan. G‘arbda esa badiiy matndan ko’proq ijtimoiy ma'no qidirilgan, bu hol
sotsiologik, funksional tahlil yoki boshqacha aytganda interpretatsiyani kelib
chiqargan. Shuning ta'sirida adabiyotshunoslik ilmida har qanday badiiy asar o’z-
o’zidan estetik, tarbiyaviy va ijtimoiy-ma'rifiy funksiyalarni birvarakayiga bajaradi
deb hisoblab kelingan. Tahlil mobaynida muayyan badiiy asarda ayni shu
funksiyalar qay tarzda va qanchalik darajada ado etilishini aniqlashga urinilgan.
Badiiy asar interpretatsiya qilinganda, uning nafis san'at asari ekanligiga unchalik
e'tibor qilinmay, diqqat matnni talqin etishga, ya'ni tushuntirishga, unda nima haqda
gapirilayotganligini ochishga qaratiladi. Interpretatsiya tekshirilayotgan matnga
o’sha davr talabidan kelib chiqib yondashishni taqozo etadi. Hermenevtika esa
badiiy asarga tadqiqiy yondashuvni talab qiladi. Tahlilchi badiiy matning qatlaridagi
yashirin ma'nolarni tekshirishga intiladi. Uning badiiyligini ta'minlangan tasviriy
unsurlarning o’rnini belgilash, asarning ijtimoiy salmog‘ini kashf etishdan kam
ko‘rilmaydi. Tahlil xulosalari faqat bir davrga emas, balki zamonlarga yararli
bo’ladi. Badiiy matnni tarixiy-tipologik o’rganish badiiy asarni alohida filologik-
estetik butunlik sifatida emas, balki ijtimoiy-tarixiy jarayonning tabiiy oqibati
tarzida izohlaydi. Bunga ko’ra insoniyat tarixi bir xil qonuniyat asosida rivojlanadi,
binobarin, xalq yaratadigan badiiy obidalar ham ayni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot
bosqichiga muvofiq tarzda vujudga keladi. Sovet folkloristikasi tarixiy-tipologik
nazariya asosida yuzaga kelib, rivojlanadi. Afsuski, hanuzgacha ham o‘zbek
adabiyotshunosligda ana shu nazariyaga tayanib fikrlashga mayl kuchlilk qilmoqda.
Shu bois"Alpomish" deyarli barcha turk xalqlarida hatto dunyodagi turkiy
bo’lmagan ayrim xalqlar og‘zaki ijodida ham o’z muvoziylariga, variantlariga,
o’xshashliklariga ega degan qarash mavjud. Bu qarashga ko’ra ijodiy daho mahsuli
bo’lmish badiiy matn shunchaki tarixiy jarayon rivojining tabiiy va g‘ayriixtiyoriy
natijasi, mahsulidir.Sovet olimlari tarixiy-stadial faktorga tayanib, tarixiy-tipologik
nazariya asosida turli xalqlar folkloridagi umumiy jihatlarni, xalq og‘zaki ijodi
janrlari taraqqiyotining sabablarini ijtimoiy hayotdagi o’xshashlik bilan izohlashga
harakat qilishadi. Estetik hodisaning o’ziga xos rivojlanish qonuniyatlari bo’lishi
mumkinligini hisobga olmaydigan ushbu qarash, ta'limot folklor taraqqiyoti
qonuniyatlarini to’g‘ri izohlashga qodir emasdir. Hozirga kelib, milliy
adabiyotshunosligimizda tahlilning bu yo’nalishi barham topib bormoqda. Badiiy
tahlil tarixida badiiy asarga qiyosiy-tarixiy yondashuv ham muhim o’rin tutgan.
Badiiy adabiyotni komparativistik o’rganish 19 asr boshlarida paydo bo’lgan. Gyote
"Umumiy dunyo adabiyoti" shiorini o’rtaga tashladi. U badiiy adabiyotni dunyo
xalqlari uchun bir-birini ruhan boyituvchi, davlat chegaralarini tan olmay, ulardan
o’ta oladigan estetik hodisa deb bildi. Qiyosiy- tarixiy adabiyotshunoslik yoki
komparativizm tahlilning bir yo’nalishi sifatida birinchi jahon urushidan keyin to’liq
shakllandi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, 1949 yil AQShda "Komparativ
adabiyot" jurnali chiqdi. Bu xildagi nashrlar Fransiya, GFR, Rossiya va boshqa qator
mamlakatlarda ham paydo bo’ldi. O’zbekitsonda 1997 yilda "Jahon adabiyoti"
jurnali paydo bo’ldi. U o’zbek adabiyotini dunyo badiiyati kontekstida o’rganish
imkonini berdi. Komparativistika xalqaro adabiy aloqalarni o’rganishga va adabiy
ta'sirlar zamiridagi qonuniyatni ochishga qaratilgan ilmdir. Komparativistika jahon
adabiy hodisalari orasidagi o’xshashliklarni ikki sabab bilan izohlaydi:
A) Xalqlar taraqqiyotidagi tarixiy o’xshashlik;
B) Bevosita adabiy-ijodiy aloqa va ta'sirlar.
Shundan kelib chiqqan holda adabiy aloqalarni quyidagi aspektlarda o’rganadi:
1. Tipologik yo’nalish;
2. Adabiy ta'sir yo’nalishi.
Tarixiy taraqqiyot o‘xshashligi ham bir qadar tarixiy-tipologik muvoziylikni keltirib
chiqarishi mumkin. Epos, folklor, yozma adabiyotdagi o‘xshashliklarning ildizi turli
omillarga bog‘likdir.Adabiy ta'sir masalasi ham juda murakkab hodisadir. Chunki
buyuk adabiy obidalar faqat zamondoshlariga emas, keyingi avlodlarga ham,
makonlarda, o‘zga zamonlarda yashayotgan boshqa xalqlarga ham ta'sir
ko‘rsataveradi. "Ming bir kecha", "Kalila va Dimna", "Farxod va Shirin",
"Alpomish", Navoiy, Shekspir, Tolstoy, Dostoyevskiy, Qodiriy, Cho‘lpon, Kafka va
hakozolarning ta'siri ayni shu xildagi hodisadir. Badiiy adabiyotni tarixiy-funksional
o‘rganish tahlildagi o‘ziga xos yo‘nalish bo‘lib, badiiy matnning kitobxon ongida
ta'sirini, adabiy asarning omma tasavvuridagi martabasi tarixini tadqiq etish bilan
shug‘ullanadi. Ma'lumki, har bir tarixiy davr o‘z o‘quvchilariga ega bo‘ladi. Garchi,
har qanday davrda ham turli fikrlaydigan kitobxonlar mavjud bo‘lsa-da, o‘qiydigan
ommaning ko‘pchiligi uchun xos bo‘lgan sifatlarning mavjudligi ham haqiqatdir. 40-
60-yillarda o‘zbek xalq dostonlari mamlakatimizdagi shahar-u qishloqda ommaviy
ravishda o‘qilgan. 60-yillarda "Shoxidamas bargida" qissasi mashhur edi, o‘sha
davrda "Tirik satrlar" antologiyasi yashirincha o‘kilar edi. 80-yillar "O‘lmas
qoyalar" romani qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Vaqtida Mirmuhsin, R.Bobojon, N.Safarov
asarlari mashhur bo‘ldi. Ammo bu asarlar vaqt sinovidan o‘tmadi. 20 asrning 70-80
yillarida R.Parfi tushunarsiz, injik shoir hisoblanar edi. Endilikda ilmiy tafakkurimiz
rivojida o‘ziga xos bosqich ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bir vaqtlar Sohib Jamol asarlari,
"Qismat" romani,"Qasos" qissasi ommaviy edi. Endilikda ularni deyarli hech kim
o‘qimaydi. Cho‘lpon, Qodiriy,Fitrat hatto "Alpomish" bir zamonlar rad etildi. Keyin
yana qabul qilindi. Bu holatning ijtimoiy,ruhiy, estetik va funksional sabablari bor.
Tarixiy-funksional tahlil ayni shu savollarga javob berishga harakat qiladi.Davrning
o‘zgarishi ijtimoiy ongni yangilaydi. Ijtimoiy tafakkurdagi yangilanishlar davrni
o‘zgartirishga olib keladi. Tahlilchi asar muallifi dunyoqarashi, didi, uning bitganlari
o‘z zamondoshlariga ko‘rsatgan ta'siri, millat ahlining keyingi buguni matnni qanday
qabul qilgani va buning sababi nimada ekanligini tekshirishga harakat qiladi.
"Sinchalak", "Shoxi so‘zana","Umid", "Girdob", "Davr mening taqdirimda" va
boshqa o‘nlab asarlar bugun yozilgan vaqtidagidan boshqacha qabul qilinayotgani,
"O‘g‘ri", "Bemor" hikoyalari o‘tgan asrning 90-yillarigacha o‘tmish manzarasi
debgina tushunilgan bo‘lsa, bugunga kelib ularning hozirni ham ifodalaganligi
anglashildi. Badiiy asarning funksiyasi tarixiy davrga mutanosib tarzda o‘zgarib
borayotganligi tahlilda hisobga olinadi.N.Eshonqul, O.Muxtor, X.Do‘stmuxammad,
S.Vafo singari adiblar nasri 20 asrning 80-90-yillarida yaxshi qabul qilinmadi.
Hozirda ularning eksperimentlariga kitobxonlar o‘rganib borishyapti. "Bahor
qaytmaydi", "Muqaddas", "Umid", "Mash'al" singari bir zamonlar quldan qo‘ymay
o‘qilgan asarlar bugun ko‘pchilik nazaridan qolgan. Tarixiy-funksional tahlil rus
adabiyotshunosligida 19 asr so‘nggida paydo bo‘ldi. Aleksandr Veselovskiy Dante
ijodiga shu yondashuvni tatbiq etdi. So‘ng F.F.Zelinskiy Sitseron, I.N.Rozanov
Pushkin va Tyutchev,V.M. Jirmunskiy, Gyote, M.Alekseev Shekspir ijodini tarixiy-
funksional jihatdan tekshirdi.M.Baxtin ham bu yondashuvdan foydalandi. 20 asrning
60-70 yillarida M.B.Xrapchenko tarixiy funksional adabiyotshunoslik atamasini
ilmga qat'iy tarzda kiritdi. Badiiy matn struktur butunlik sifatida o‘zgarmagani holda
uning qabul etilishida davr qilayotgan ta'sirni anglash ilmiy va estetik jihatdan
muhim ahamiyat kasb etadi. Jahon adabiyotshunosligi taraqqiyotida, badiiy matnni
ilmiy tadqiq etishda madaniy-tarixiy maktab deb atalgan oqimning ham o‘rni katta
bo‘lgan. Ovrupoda adabiyot ilmi baland rutbaga ko‘tarilmagan, badiiy matnga baho
berish tamoyillari tulik shakllangmagan bir shariotda madaniy tarixiy maktab
dunyoga keldi. Madaniy-tarixiy maktab 19-asrning o‘rtalarida shakllandi. Unga
fransuz teologi, faylasuf va esteti Ippolit Ten asos soldi. Ten o‘zining "San'at
falsafasi" asarida badiiy fenomenga tushunarsiz va sirli hodisa emas, balki xuddi
tabiiy fanlarda bo‘lgani kabi sabab-oqibat aloqadorligi (determenizm)ga ega, tarixiy
sharoit yetilgach paydo bo‘lishi tabiiy bir hodisa sifatida yondashdi.Tenga qadar
xuddi Chiqishda bo‘lgani singari Botishda ham biror asarning yuzaga kelishi muallif
talantining namoyon bo‘lish darajasigagina bog‘lik deb qaralardi. I.Ten ilk bor
badiiy asar muallif talanti mahsuli deb hisoblamadi. U birinchi bo‘lib, badiiy asarni
xalq ruhi, millat tarixi, uning madaniyati taraqqiyotining darajasi bilan bog‘lab
izohlash yo‘lini tutdi. "San'at asarlari o‘zlari bog‘lik bo‘lgan fikr va axlok bilan birga
paydo bo‘ladi va birga yo‘q bo‘ladi",- deb yozadi olim. Ten adabiyotshunoslik
ijodning qonuniyatlarini belgilab berishga yo‘naltirilishi lozim degan fikrni yoqladi.
Uning qarashlarida uch xususiyat seziladi: birinchidan, tabiat hodisalarini izohlash
mumkin bo‘lgani singari badiiy matnlarning dunyoga kelishi va tabiatini
deterministik anglatish mumkin. Ikkinchidan, adabiy faktlarni izohlash, tushuntirish
va qonuniyatlarni belgilashni adabiyot hodisalardagi izohga bo‘y bermaydigan
jihatlarga qarshi qo‘yish kerak. Uchinchidan, milliy temperament: ijtimoiy-iqtisodiy
va jug‘rofiy muhit; tadbiq etilayotgan yoki erishilgan madaniy daraja hamda badiiy
an'analar badiiy hodisaning yuzaga kelishini tushuntirib, uning qonuniyatlarini tayin
etadigan omillardir.Madaniy-tarixiy maktab vakillari biologiya, tabiatshunoslik ilmi
metodlarini adabiyotga tatbiq etdilar. Ular adabiyot tarixi bilan jamiyat tarixini teng
qilib qo‘ydilar. Badiiy asar mustaqil qadriyat, alohida estetik butunlik emas, balki
davrning, tarixning qiyofasi, haykali deb qaraldi. Adabiyotning jamiyatga, tarix
rivojiga ta'siridan ko‘z yumildi. G.Lanson, F. Buyuneter (Fransiya),Ch.Brandes
(Daniya), V.Sherer, G.Gener (Olmoniya), A.Pupin, A.Tixonravov (Rossiya) singari
olimlar madaniy-tarixiy maktab rivojiga hissa qo‘shganlar.Sotsiologik talqin ham
badiiy tahlil tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu usulga ko‘ra badiiy adabiyot ijtimoiy
asoslangan hodisadir. Badiiy adabiyot ijtimoiy hayot bilan juda ko‘p jihatlardan
bog‘langandir, aloqadordir va shu bois badiiy asar o‘rganilganda ijtimoiy
qonuniyatlar hisobga olingan holda ish qurilishi lozim. Bunday yondashuv adabiy
sotsiologiya ham deyiladi. XIX asrning ikkinchi yarmida K. Marks, F. Engels badiiy
adabiyotga to‘lig‘icha sotsiologik yondashish asoslarini ishlab chiqishdi. Ular
adabiyotni mafkuraning tarkibiy qismi, sinflar kurashini, jamiyat taraqqiyoti
tamoyillarini o‘zida aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli tarzida qarashni qaror
topdirishdi. F.Mering, P.Lafarg, G.Plexanov singari markschilar adabiyotning o‘ziga
xos hodisa ekanligini hisobga olmay, unga sof ijtimoiy fenomen tarzidagina
yondashdilar. Bu hol badiiy so‘zni ijtimoiy hayotning ilovasiga, mafkuraning
yugurdagiga aylantirib qo‘ydi. Adabiyotsiologiya, ayniqsa, V. Leninning
qarashlarida kuchaydi. U har bir milliy madaniyatda ikki madaniyat mavjudligi
haqida ta'limotni yaratdi. Bunga ko‘ra adabiyot sinfiy manfaatlarga xizmat qiladigan
hodisa degan qarash nazariy ishlab chiqildi. L.Tolstoy, Pushkin singari o‘lkan so‘z
san'atkorlarining bitiklarini badiiyat o‘lchovlari bilan emas, balki ijtimoiyot
mezonlari bilan baholadi, izohladi va tushuntirishga urindi. Uning "Partiya tashkiloti
va partiya adabiyoti"maqolasi (1905) badiiyatga sinfiy pozitsiyadan yondashishni
bolsheviklarning mafkuraviy doktrinasi darajasiga ko‘tardi. Bunday qarash badiiy
adabiyotni junlashtirdi, uning estetik jihatlariga e'tibor kamaytirilib, mavzu jihati
muhim sanalishiga olib keldi. Sho‘rolar davrida badiiy adabiyot, faqat ijtimoiy nazar
bilan o‘rganildi va baholandi. Bu hol ijodiy metod deb atalmish omilni badiiyatning
muhim o‘lchagichiga aylantirdi. Sotsiologistik realizm metodi ana shu o‘lchagich
o‘laroq dunyoga keldi. Vulgar sotsiologizm hamisha badiiy adabiyotga ijtimoiy
yondashuv natijasi sifatida paydo bo‘ladi va badiiy so‘zning estetik jozibasini
hisobga olmasligi bilan ajralib turadi. To‘g‘ri, bidiiy asar ham ijtimoiy turmush
muammolarini aks ettirishidan ko‘z yumib bo‘lmaydi, lekin bu funksiya badiiy so‘z
uchun maqsad emas. Balki ko‘ngilni anglash, ruhiyatni tuyush yo‘lidagi vosita
ekanligi sotsiologik metodda nazardan qochiriladi. Adabiyotshunoslikda shaklga
ustuvor
rutba
beradigan
oqim
formalizm
(shaklchilik)
deyiladi.Sho‘ro
adabiyotshunosligida formal yondashuvga salbiy munosabatda bo‘lib kelingan.
Rasmiy o‘zbek adabiyotshunosligi falsafiy va estetik ma'nodagi shakl hamda
mazmun munosabati orasidagi farqqa e'tibor qilmaganligi uchun ham, formalizm
mazmunni tan olmaydi, uni inkor qilish hisobiga shaklga e'tiborni kuchaytiradi deb
hisoblagan. Holbuki, formalistik yondashuvda ham mazmunli shakl (soderjatelnaya
forma) muhim hisoblangan. Hamma gap nimani mazmun deb hisoblashda ekani tan
olingan. Formalistlar uchun badiiy asarda inson kayfiyatining qay yusinda
ifodalanganligini aniqlash muhim sanalgan. Ular kayfiyatning o‘zini, uning berilish
yusinini mazmun hisoblashgan.Formalizm turli shakliy jimjimalarga uchib, so‘zlar
yaltiroqligiga mahliyo bo‘lib, uning mazmunini nazardan qochirish hollari ham
bo‘lgan, albatta. Ammo formalistik yondashuvning syurrealizm, avangardizm,
futurizm, konsturktivizm, dadaizm, neoavangardizm, imajanizm, shoizm va boshqa
kurinishlari tuzukkina badiiy namunalar bergan. Badiiy adabiyot mohiyatan har
xillikka, rang-baranglikka intilishdir. Formalizm ana shu yo‘ldagi ekstremistik,
jangari izlanishlardir.Formalizm adabiy oqim sifatida Botishda 19 asr oxiri va 20 asr
boshlarida paydo bo‘ldi. Uning namoyandalari mazmunli shaklning jozibali, dilni
quvontiradigan, ko‘zga tashlanadigan bo‘lishiga e'tibor qaratganlar. Botishdagi
formalistlardan Andre Breton (1896-1966) "Syurrealizm manifesti" asarida: "Men
kelajakda tush va o‘ng singari" bir-biridan tubdan farq qiladigan ikki holat qo‘shilib
va mutloq reallikka, ya'ni syurreallikka aylanib ketishiga ishonaman,- deb yozadi.
Chiqish, ayniqsa, o‘zbek adabiyoti bu xildagi izlanishlar bilan hamisha shug‘ullanib
kelgan tarafayn, musalsal, muammo, muvashshax, chiston, kitobat, topishmoq
singari janrlar shakly izlanishga asoslangan. Bu boradagi tajribalarning ayrimlari
muvaffaqiyatli, ba'zilari nochor bo‘lgan. Formalizm bir tarkibli hodisa emas. Unda
jangari betoqatlik ham, kutilmagan shakly mundarijaviy kashfiyot ham, dadil badiiy
tajriba ham mavjud. Italiyalik futuristlar, ayniqsa,ularning dohiysi Filippo Marinetti
(1876-1944) "Futurizmning birinchi manifesti" asarida:"Yashasin urush - faqat
ugina dunyoni tozalashga qodir!" -deb yozadi. Buning bahosi o‘zi bilan, albatta.
Futuristik izlanishlar 20 asrning 20-30-yillari o‘zbek she'riyatida ham uchraydi
(Eminjon Abbos ijodi). 20 asr adog‘idagi o‘zbek adabiyotida ham bu xildagi
izlanishlar bo‘lgan. B.Ruzimuxammad, Faxriyor, I. Otamurod, Go‘zal Begim
she'rlari, O.Muxtor, Xayrullo, Nabi Jaloliddin, Asad Dilmurod, Arslon Ne'mat,
Abdug‘ani Abdiyev kabi adiblarning hikoya, qissa va romanlari shu xildagi izlanish
samaralaridir. Xullas, formalizmga bir qatlamli hodisa deb qaramaslik maqsadga
muvofiqdir. Adabiyotshunoslik ilmida formal metod deb nomlanadigan nazariy
konsepsiya ham borki, uni jiddiy tadqiq etish, mohiyatini ayonlashtirish poetik tahlil
uchun g‘oyat muhimdir. Formal metodga ko‘ra, shakl adabiyotning mohiyatini aks
ettirib, takomillashish hamda rivojlanish xususiyatiga ega. Formalizm singari formal
metod ham 19-20 asrlar ushlashgan davrda dunyoga keldi. 1910 yillardan boshlab,
avval tasviriy san'at va san'atshunoslikda, so‘ng adabiyot va adabiyotshunoslikda
rivojlandi.V.Dibeliusning "roman morfologiyasi" qarashlari ana shu nazariyaning
adabiyotshunoslikdagi dastlabki namoyon bo‘lish tarzi edi. Shakliy metodda badiiy
asarning butun morfologiyasi,tarkibiy qismlari g‘oyat sinchiklab o‘rganiladi, matn
puxta o‘kib chiqiladi, lekin shaklga bevosita daxldor bo‘lmagan mavzu, mundarija,
g‘oya kabi jihatlarga e'tibor qaratilmaydi. Lingvist Boduende Kurtenening tilning
funksional tizim - muayyan vazifa bajaradigan sistema ekanligi borasidagi
ta'limotiga tayanib, formal metod tarafdorlari mazmun va shakl yaxlitligiga e'tibor
qaratdilar.Formal
metod
Rossiyada
o‘zining ko‘p tarafdorlari va
yirik
tadqiqotchilariga ega edi. V.Vinogradov nutqning uslubiy shakllari, V.Jirmunskiy
she'rda qofiya, vazn, kompozitsiya, Y.Tinyanov she'r qurilishi va semantika,
V.Vasilovskiy she'r qurilishi, V.Propp ertaklar bayonidagi tizimlilik, R.Yakobson
she'rni fonologik o‘rganish tamoyili va stilistik semantika singari badiiy matnning
ilgarilari o‘rganilmagan badiiy qirralarini tadqiq etdilar. 20 asrning 20-yillarida,
avval, rossiyalik olimlar tomonidan struktur poetika, badiiy semiotika, mashina
tilmochligi kabi ilmiy g‘oyalar o‘rtaga tashlandi. Formal metod tarafdorlari
"funksional poetika" tushunchasini qabul qildilar va badiiy matn poetikasi uchun
sinxron o‘rganish kamlik qiladi, adabiy hodisaga diaxron yondashilgandagina uni
to‘likroq izohlash mumkin bo‘ladi degan to‘xtamga keldilar. Formal metod
tarafdorlari badiiy matn tarkibini sinchiklab o‘rganishga urinadilar, bu hol matndagi
barcha jihatlarni kashf etish imkoniyatini beradi. 20 asrning o‘rtalariga kelib badiiy
matn tahlilida struktural yondashuv tarzi qaror topdi. Struktura fransuzcha "qurilish",
"joylashish" so‘zlaridan olingan. U badiiy matnning o‘ziga xos tarkibga egaligini,
alohida qurilishini, uning unsurlari birining o‘zgarishi boshqalarning ham
o‘zgarishiga olib keladigan tarzda joylashuvini ko‘zda tutadi. Badiiy asarni struktura
tarzida tushunish antic davrdayoq shakllangandi. Unda adabiy matn qismlarining
o‘zaro muvofiqligi, uyg‘unligi, ritmiga alohida e'tibor qilinadi. 20 asrda struktura
deyilganda, asarning kompozitsiyasi obrazlar, g‘oyaviy tematik qatlamlar, syujet, til
jihatlari fabula, she'r tuzilishi singari qirralar tushuniladigan bo‘ldi. Ikkinchi jahon
urushidan so‘ng strukturalizm alohida oqim sifatida shakllandi va Botish estetik
tafakkurida muayyan mavqe kasb etdi. Strukturalizmga muvofiq adabiy asar alohida
estetik belgilarning o‘zaro birligi, alohida - badiiy tilda amalga oshirilgan bayon
tarzida tushunildi. Aloqa vositasi bo‘lgan tilning strukturasi bilan badiiy asarning
strukturasi tamomila o‘ziga xos hodisalardir. She'riy tildagi burgut, yomg‘ir, olov,
suv, tulki, bo‘ri va xk. Shunchaki o‘z ma'nosidagi narsalar emas, balki ularning
ramziy, qo‘shimcha badiiy ma'nosi muhimdir. Bu so‘zlarning asl qiymatini biriktirib
qo‘yilgan qo‘shimcha ma'nolar belgilaydi. Struktura tushunchasi hamisha vazifa
(funksiya) tushunchasi bilan birga, undan ajralmagan holda keladi. Chunki har
qanday struktura muayyan vazifani bajaradi va muayyan strukturadagi har handay
unsur ham ma'lum funksiyani o‘rinlaydi. Kibernetika va informatika nazariyasi
strukturani uch turga bo‘ladi: a) oddiy; b) murakkab; v) o‘ta murakkab. Oddiy
strukturadagi barcha unsurlar o‘zaro sabab-oqibat aloqasida bo‘ladi, biri-biridan
kelib chiqadi. Murakkab strukturada sabab-oqibat munosabati ehtimollik bilan
qushilib keladi. O‘ta murakkab strukturada strukturadan tashqari unsurlarning
bo‘lishi mumkinligi ham ko‘zda tutiladi. Adabiy asar struktura (tuzilishi) miqyoslari
haqida har xil fikr yuradi. Matninng obrazlar tizimida turoq, personaj, qahramon,
portret, peyzaj, detal va xk., strukturaga kiradi.Strukturalizm badiiy asar asosida
yotgan, uni tashkil etgan fikrning tarkibini aniqlash, anglatish va ifodalashni tadqiq
etishga qaratilgan ilmiy faoliyatdir. Strukturalizm atamasi ilk bor 20 asr 40-
yillarining ikkinchi yarmida fransuz etnologi K.Levi-Stros asarlarida ishlatila
boshlandi. U Amerika tub joy aholisining miflarini o‘rganib, ularning bir invariant
struktura asosida turli o‘zga strukturalarga aylantirilib, ertak, qo‘shiq, rivoyat, urf-
odat va xk.,larga aylanganligini kuzatadi.U mifni kollektiv-ongsiz invariant
konstrukt tarzida qabul qiladi va boshqa janrlardagi yaratiq matnlar o‘sha
konstruktning
variantlari
deb
hisoblaydi.
Levi-Strosning
"Xom
va
qaynatilgan"("Siroye i varenoye") asarining markaziy bobi "Mavzu va variatsiyalar"
("Temi i variatsii") deb ataladi. Unda mif - mavzu, uning boshqa adabiy janrlarda
moddiylashuvi - variatsiya deb talqin etiladi.Struktural tadqiqotda transfarmatsion
tahlil muhim o‘rin tutadi. Bunda invariantdan variantga, bir variantdan boshqasiga
o‘tishning qoidalari tizimi ishlab chiqiladi. Strukturalizmning pirovard maqsadi
badiiy matn yoki estetik strukturaning yaratilishi mexanizmini topish, tayin etish,
tadqiq qilishdir.Struktural tahlilda qarama-qarshi juftlik (binarnaya oppozitsiya)
muhim
o‘rin
tutadi.
Levi-Strosmifologiyada
ongsiz
bajarilgan
mantiqiy
operatsiyalarning murakkab tizimi mavjudligini ko‘rsatdi. Uningcha, bu jarayonda
quyidagi usullardan foydalanilgan: 1) brikolaj (tegmay aylanib o‘tish), ya'ni ayrim
ismlarni aytish mumkin emas; 2)metaforizatsiya - aytib bo‘lmaydigan ism va
tushunchalarni nima bilandir almashtirish, bunda ramzga, ma'jozga tayanish; 3)
mediatsiya (o‘sib boruvchi vositachilik) qarama-qarshi juftlikdagi ixtilofni
yengillashtiruvchi unsur yo‘q tushunchalarni yumshroqrog‘i bilan, uni esa
oldingisidan-da yumshog‘i bilan almashtirish. Chunonchi, xayot yoki o‘lim o‘rniga
hushyorlik yoki uyqu va boshqa. Strukturalizm aslida 20 asr boshlarida shvesariyalik
tilshunos Ferdinand de Sosyur va polyak tilshunosi I.Boduen de Kurtenening
struktur lingvistikasidan o‘sib, adabiyotga o‘tgan. Uzoq vaqtlar mobaynida tarixiy
yondashuv tilshunoslik va estetikaga doir masalalarni hal etishning yagona yo‘li deb
hisoblab kelindi. Ammo hayot tarixiy determinizm til va adabiyotdagi hamma
hodisalarni ham izohlay olmasligini ko‘rsatdi. Shunday vaziyatda til hodisalarini,
badiiy matn ham til fakti bo‘lganligi uchun badiiy strukturaga doir yaratiqlarni
izohlashda, uning tabiatini anglatishda structural semiotic yondashuv foydaliroq,
maqsadga muvofiqroq degan xulosaga kelindi.Ana shu zaruriyat tufayli fransuz
semiotigi A.J.Greymas tomonidan universal struktur model ishlab chiqildi. Boshqa
bir fransuz - adabiyotshunos va estet Rolan Bart bu modelni filologik nuqtai
nazardan izohlab berdi. Universal struktural model quyidagi ko‘rinishga ega:
Beruvchi ob'ekt Oluvchi Yordamchi sub'ekt Muxolif Bu modelda biror matnda
ishtirok etadigan shaxslar qarama-qarshi juftlik (binary nayaoppozitsiya) nuqtai
nazaridan ko‘rsatilgan.R.Bart talqiniga ko‘ra katta-kichikligiga qaramay, har qanday
matn oxir-oqibatda jumladir. Bitta jumlada til qoidalari qanday namoyon bo‘lsa,
butun boshli bir asarda ham ana shu qoidalar amal qiladi. Chunki hikoya ulkan jumla
bo‘lgani kabi, jumla ham kichik hikoyadir. Har qanday matndagi singari badiiy
matnda ham sub'ekt-ob'ekt hamda yordamchi - muxolif munosabatlari mavjud.
Hikoyachi matnni beradi, tinglovchi oladi. Bunda bir obraz subyektga yordam
beradi, boshqasi esa xalaqit qiladi. Shuningdek, matndagi ifodalanayotgan,
ifodalangan hamda asl narsa o‘rtasidagi munosabat ham muhim va murakkabdir.
Ifodalanayotgan – ifodalanuvchi(olma haqida tushuncha)ifodalovchi narsa("olma"
fonetik so‘zi) (referent)olmaning o‘zi Ifodalanuvchi - har qanday belgining zarur
unsuri, narsa, referent - yordamchi, ifodalovchi -vosita. Shunday ifodalanuvchilar
borki, ularda referent bo‘lishi mumkin emas. Masalan: yaxshilik,farishta, iblis,
muxabbat, qaboxat va b.Semiotika grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, "belgi" ma'nosini
anglatadi. Semiotika - belgi va belgining tizimlari haqidagi fan. Semiotika tillarni
quyidagicha guruhlashtiradi: 1) tabiiy (milliy)tillar; 2) sun'iy tillar; 3) metatillar –
bo‘larga tabiiy va sun'iy tillarni yozib olish va bayon etish uchun yaratilgan ilmiy
tillar kiradi; 4)qo‘shimcha - ikkilamchi (vtorichnoye) tillar – bo‘larga if,ritual, san'at
tillari, ta'kiklar, odatlar va xk. tillari kiradi. Struktural semiotik qarashga ko‘ra biror
til, biror matn, biror madaniyat o‘z holicha, dunyodagi boshka til, matn va
madaniyatdan o‘zilgan holda mavjud bo‘lolmaydi. Tilning ko‘p yo‘lliligi, belgining
ko‘p kanalliligi uning mavjudlik shartlaridandir.Struktural poetikaning metodologik
asosi badiiy matnga o‘ziga xos mustaqil hosila, butun, yaxlit hodisa, alohida
o‘rganilishi mumkin bo‘lgan tushuncha tarzida yondashishdan iborat. Badiiy matnni
struktural o‘rganish tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy, biografik, ruhiy va o‘zga
yo‘nalishdagi yondashuvlardan mutlaqo holi turishni faqat matnning o‘zini alohida
estetik butunlik tarzida tekshirishni ko‘zda tutadi. Struktural tahlilda "ichki tahlil"
bilan qanoatlaniladi, tadqiqotchi matnning badiiy unsurlari va ularning o‘zaro
aloqadorligini tekshiradi. Shu tariqa matn tarkibidagi har bir juzv, mucha ayni shu
tarkibdagi boshka qismlar bilan munosabatda o‘rganiladi va uning
tarkibdagi o‘rni hamda vazifasi tayin etiladi. Struktural tahlil quyidagi
operatsiyalarni o‘z ichiga oladi:
- umumiy matndan muayyan bo‘lakni ajratib olish;
- ushbu "bo‘lak"ni yondosh yohud undan oldingi yoki keyingi matnlardan ajratib
teshirish;
- tarkib (matn)ni iyerarxik (yukoridan quyiga yoki muayyan intizom asosida) tarzda
tahlil etish.
Struktural tahlilda badiiy asar unsurlar tizimi tarzida o‘rganiladi. Har bir badiiy
unsurning chinakam qiymati muayyan butunlikni tashkil etgan o‘zga unsurlarga
nisbatdagina namoyon bo‘ladi. Struktural tahlil an'anaviy-talqiniy yondashuvdan
farqlirok badiiy asardan takrorlanmas-individual jihatlarni emas, balki adabiy
matnning yaratilishiga sabab olib keladigan umumiy qonuniyatlarni qidirishga
yo‘naltiriladi. Ayni bu yondashuvning eng ojiz tomonidir.Negaki, bunday holda
badiiy matnning o‘ziga xosligi emas, balki umumiy qirralarigina tekshiriladi.
Matnning badiiyligini ta'minlagan, ijodkorning estetik qiyofasini belgilagan
tomonlar nazardan qochiriladi. Struktural tahlil metodlari strutural lingvistikaning
metodologik izlanishlari bilan bog‘lik ravishda paydo bo‘ladi. Struktural lingvistika
tilga belgilar tizimi tarzida yondashadi.Tildagi turg‘un takrorlanuvchi belgilar tizimi
badiiy matnda ham namoyon bo‘ladi va uning sifatini belgilab beradi.Chunonchi,
fonetika, urgu, ritm, morfema, oxangdoshlik, so‘z tarkibi, so‘zlarning birikish tartibi,
tinishlar
va
hokazo.
Ayni
xil
yondashuv
struktural
tahlilda
ham
qo‘llaniladi.Strukturalizmning ob'ekti - fikr bayon etishning adabiy matn deb
atalmish o‘ziga xos turidir.Struktural poetika aynan badiiy matnni tilning o‘zga
ko‘rinishlaridan farqlab turuvchi adabiy jihat nimadan iboratligini, qaysi unsurlar
adabiy tarkibni vujudga keltirganligini aniqlash bilan shug‘ullanadi. Bunda muayyan
badiiy asar, adabiy matn shu xildagi badiiy matnlar tizimining bir ko‘rinishi,
universal "model"ning reallashgan, amalga oshgan nusxasi tarzida qaraladi. Bunday
yondashuvning adabiyot nazariyasi jihatidan diqqatga molik tomonlari bilan
birgalikda, ojiz qirralari ham bor. Struktural tahlil mutloqlashtirilsa, badiiy matn
tarovati, uning takrorlanmasligi yo‘qolib, tarkibning sxemasigina qolishi
mumkin.Strukturalizm asosini tashkil etadigan metodologik tamoyillar bir xil emas.
Chunonchi, fransuz strukturalisti S.Todorov "Nasr poetikasi" (1971) kitobida
biografik yondashuvni mutlaqo inkor etib, adabiyotni o‘rganishga ikki xil
yondashish mumkin deb ko‘rsatadi:
1. Adabiy matnga alohida butunlik tarzida yondashish, badiiy asarni tadqiqotning
yagona ob'ekti va pirovard maqsadi hisoblash. Buni interpretatsiya deb nomlash.
2. Tahlilga bitta asarni emas, balki asarlar guruhini jalb etish, ular o‘rtasidagi
umumiy qonuniyatlarni topish.
Struktural poetika tushunchalar tizimida uch guruh tushunchalar borligini ko‘rish
mumkin:
A) struktur tahlil predmeti tushunchalari;
B) struktur tahlil jarayoni tushunchalari;
V) struktur tahlil tizimi tushunchalari.
Ular orasida qarama-qarshi juftlik (binar oppozitsiya) tushunchalari alohida
tur hisoblanadi. (o‘lim-tiriklik, yaxshi-yomon, go‘zal-xunuk, katta-kichik, vujud-
ruh, yuksak-tuban va xk.).
1. Struktur tahlil predmeti tushunchalari:
Umumiy tushunchalar, Xususiy tushunchalar
Belgi - ifoda jo‘natuvchi
Nutq - til oluvchi (adresat)
Matn - kontekst axborot
Madaniyat - tabiat kod
2. Struktur tahlil jarayoni tushunchalari:
A. Struktur tahlil operatsiyalari (tadbirlari):
- "o‘qish", "o‘qib chiqish", "yaxshilab o‘qish", "diqqat bilan o‘qish";
- mikro tahlil;
- traktovka (tushunish), talqin;
- deshifrovka, rasshifrovka; (kodlarni ochish, yechish);
- Modellashtirish.
B. Struktur tahlil bosqichlari
1. Aksiomalashtirish - butun (tizma)ni muayyan parametrlar bo‘yicha unsurlarga
ajratish uchun isbot talab qilmaydigan asosni topish (ayirish, belgilash).
2. Dissotsiatsiya - aksiomalashtirish natijasida aniqlangan tadqiqot ob'ektini
struktura unsurlariga asosli tarzda ajratish.
3. Assotsiatsiya - matn unsurlari o‘rtasidagi aloqadorlikni topish.
4. Identifikatsiya - unsurlarning belgilariga qarab, ular orasidagi aloqadorlikni
aniqlash.
5. Integratsiya - matnning barcha unsurlarini yoppasiga tekshirish, bunda matnni
tashkil etgan unsurlarga shunchaki umumiy miqdor deb emas, yaxlit butunlik sifatida
yondashish.
3. Struktural tahlil tizimi tushunchalari.
1. Unsur (element) - tadqiqotning predmetini tashkil etib, boshqa bo‘laklarga
ajratilmaydigan butunlik.
2. Tizim (sistema) - bir-birlari bilan muayyan tarzda birikkan unsurlar majmui.
3. Munosabat - unsurlar o‘rtasidagi aloqa. Bunda unsurlardan birining o‘zgarishi
boshqalarini ham o‘zgartiradi.
4. Struktura (tarkib) - tizimning butun ichki munosabatlari majmui.
5. Daraja - bir tartibdagi unsurlar yoki munosabatlarning ahamiyatiga ko‘ra
joylashuvi.
6. Iyerarxiyaviylik - unsurlar yoki munosabatlar tizimining darajasiga muvofiq ichki
tashkillanishi.
7. Vaziyat - struktura unsurlari yoki munosabatlarining o‘rinlashuvi (tipologiya).
8. Muxolifat - qarama-qarshi unsurlarning binar (qarama-qarshi juftlik) vaziyati.
9. Model - tahlil etilgan asarning nazariy ekvivalenti (nusxasi).
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:
1. Badiiy asarni san’at namunasi sifatida tushuntiring?
2. Kompravistika haqida ma’lumot bering?
3. Tarixiy – tipologik tahlil maktabi. Struktural poetika.
4. Sotsiologik talqin va formal metod.
5. Tahlil maktablarining badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o’rni.