Badiiy nutq va uning xususiyatlari
Reja:
1. Badiiy nutqning milliy va adabiy tildan farqlanish. Metatil tushunchasi.
2. Qahramon va muallif nutqi xususiyatlari.
3. Poetik leksika: ko‘chim va ko‘chim turlari.
4. Badiiy nutqning tovush jihatdan shakllanishi. Fonika, fonologiya va
intonatsiya.
5. Poetik sintaksis va uning jihatlari
Tayanch tusunchalar: badiiy nutq, adabiy til, metatil, qahramon va muallif
nutqi, poetik leksika, ko‘chim, ko‘chim turlari, fonika, fonologiya, intonatsiya, poetik
sintaksis.
Badiiy asar tili – ayrim manbalarda poetik til; muayyan bir asarning so‘z orqali
ifodalaning imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Har qanday badiiy asar til orqali yuzaga
chiqar ekan uning qonuniyatlari tilshunoslik qoidalariga yaqin kelsada biroq jonli
badiiy asar uchun harakatdagi til–badiiy til talab etadi. Har qanday badiiy asarning
tili mutolaa jarayonida reallashgani uchun XX asrning 70-yillaridan boshlab “poetik
til” o‘rniga “badiiy nutq” tushunchasi qo‘llaniladi. Adib biror bir asar yozishdan
oldin uni o‘quvchilarga etkazish usuli, vositasi haqida fikr qilarkan, muayyan tabiiy-
milliy yoki adabiy tilni qayta ishlaydi. Unga jilo beradi, o‘z jumlalari bilan
ko‘rsatishga harakat qiladi. Badiiy nutq muallif tomonidan qayta ishlangani, unga
ohor berilgani bilan adabiy tildan farqlanadi. Agar bunday til xalq merosini olmaydi
desak, unchalik to‘g‘rimas. Mutolaa jarayoni biz uchun obekt, sababi kitobxon o‘sha
jarayonda yozuvchi bilan muloqatga kirishadi.
Yozuvchi tomonidan shakllantirilgan ohoriy til ilmiy asarlarda metatil deyiladi.
Badiiy nutq ifoda shakliga ko‘ra muallif va personaj nutqidan iborat bo‘lishi
mumkin. Muallif nutqi adabiy til orqali bayon qilinsada, unda stilizatsiya holatlari,
ma’no kochimlari, ekspressiv ravishda qo‘llanilish xususiyatlari aks etgan bo‘ladi.
Personaj nutqida bu jihatlar yanada quyuqlashib jonlilik kasb etadi.
Stilizatsiya – usluban qayta ishlash. Poetik nutqning tovush tomoni
tilshunoslikda fonetik, zamonaviy talqinda fonologiya orqali, adabiyotshunoslikda
fonika deb nomlangan qismning obekti hisoblanadi.
Badiiy matnning leksik tarkibi ularning ma’nodorligi, ko‘chim tabiati,
ko‘chayotgan ma’noning qirralari poetik leksika istilohi orqali o‘rganiladi. Mumtoz
adabiyotdagi barcha ma’noviy san’atlar poetik leksikaning qatlamlarining hosili
hisoblanadi.
Tilda assonans (unlilar uygunligi), alliteratsiya (undoshlar uygunligi) kabilar
kuzatiladi.
Assonans (lotincha: assono – tovush; fransuzcha: assonanse – uyg‘unlik) –
unlilarning uyg‘unligi. Asosan, urg‘u olgan bo‘g‘inlar Assonans bo‘lib keladi.
Assonans ma’noni kuchaytirish, urg‘u berilayotgan so‘zning ta’sir-chanligini
oshirish uchun qo‘llanadi. Mas., ushbu she’rda u va yu tovushlari yordamida A. hosil
qilingan:
Broju li ya vdol ulits shumnыx,
Vxoju l vo mnogolyudnыy xram,
Siju l mej yunoshey bezumnыx
Ya predayus moim mechtam.
(A.S.Pushkin)
Assonans istilohi rus she’riyatida noaniq qofiya ma’nosida ham ishlatiladi.
Bunda urg‘u olgan unli tovushlar uyg‘un holda keltirilib, undosh tovushlarning
uyg‘unligi mutlaqo kuzatilmaydi. Mas., rus t.da ogromnost – opomnyus; jajda –
jalko.
Sharq she’riyatida assonansdan unumli foydalaniladi. Ayniqsa, aruz vazni o‘z
tabiatiga ko‘ra cho‘ziq unlilarning uyg‘unligiga asoslangani uchun A. turkiy
she’riyatdagi eng faol vositalardan hisoblanadi.
Mas.,
Iloho podshoho kirdikoro,
Sango ochug‘ nihonu oshkoro
(Alisher Navoiy)
Yoki:
Men ketay deb, tez etay deb
bog‘ladim belga kamar,
Sen netay deb, sabr etay deb
solmading dilga kadar.
(CHo‘lpon)
Alliteratsiya (lotincha: al – ga, uchun; littera – harf, yozuv) – she’rdagi undosh
tovushlarning uyg‘unligi asosida yaratilgan badiiy san’at (vosita). Fonika, ya’ni
adabiyotshunoslikda badiiy asarning tovush jihati va ohang tizimini o‘rganishda
muhim poetik hodisa sanaladi. Bunda bir xil undoshlar yoki o‘zaro yaqin ohangdosh
undoshlar uyg‘un kelishi asosida ohangdorlik kuchaytirilishi, ta’sirchanlik
oshirilishi mumkin. Alliteratsiya, ko‘pincha, misradagi so‘zlarning boshlang‘ich
bo‘g‘inlarida keladi. Ta’sirchanlikni oshirishga qaratilgan A. ko‘proq eshitish orqali
reallashadi. Mas., Sochilgan sochingday sochilsa siring (CHo‘lpon). YOki Qaro
qoshing qalam qoshing Qiyiq qayrilma qoshing qiz. Qilur qatlimga qasd qayrab
qilich qotil qaroshing qiz (Erkin Vohidov). Pora, pero pokoya prosit...
(A.S.Pushkin). CHujdыy charam chernыy chlen (K.Balmont).
T.shunoslikda nutqni tashkillantirishning usullaridan biri. Alliteratsiyada undosh
tovushlar simmetrik ravishda folklor va yozma adabiyot (ayniqsa, she’riyat)da
qadimdan mavjud.
Alliteratsion she’r – qadimgi olmon, ingliz, skandinav va kelt ad-tidagi aksent
she’r bo‘lib, u har biri ikki urg‘u olgan ikki yarim misradan iborat bo‘ladi. Bu
birliklar o‘zaro Alliteratsiya orqali bog‘lanadi. Har bir misrada kamida ikki so‘z
alliteratsiya usulda bir xil tovushli so‘zlardan boshlanishi kerak. Alliteratsiya she’rda
urg‘udan avvalgi undosh alliteratsiya takrorga ega bo‘ladi. Urg‘usiz bo‘g‘inlar esa
turli holatda kelishlari mumkin.
Vot kubok bragi, vojd brannogo vecha,
V nem smeshana sila s moщnoy slavoy,
Polon on pesen, pisem na polzu,
Raznыx zaklyatiy i radostnыx run...
(Saga o Vollsungax; B.YArxo tarj.)
Badiiy asar tili - ayrim manbalarda poetik til muayyan bir asarning so‘z orqali
ifodalaning imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Har qanday badiiy asar til orqali yuzaga
chiqar ekan uning qonuniyatlari tilshunoslik qoidalariga yaqin kelsada biroq jonli
badiiy asar uchun harakatdagi til–badiiy til talab etadi. Har qanday badiiy asarning
tili mutolaa jarayonida reallashgani uchun XX asrning 70-yillaridan boshlab “poetik
til” o‘rniga “badiiy nutq” tushunchasi qo‘llaniladi. Adib biror bir asar yozishdan
oldin uni o‘quvchilarga yetkazish usuli, vositasi haqida fikr qilarkan, muayyan
tabiiy-milliy yoki adabiy tilni qayta ishlaydi. Unga jilo beradi, o‘z jumlalari bilan
ko‘rsatishga harakat qiladi. Badiiy nutq muallif tomonidan qayta ishlangani, unga
ohor berilgani bilan adabiy tildan farqlanadi. Agar bunday til xalq merosini olmaydi
desak, unchalik to‘g‘rimas. Mutolaa jarayoni biz uchun obyekt, sababi kitobxon
o‘sha jarayonda yozuvchi bilan muloqatga kirishadi.
Yozuvchi tomonidan shakllantirilgan ohoriy til ilmiy asarlarda metatil deyiladi.
Badiiy nutq ifoda shakliga ko‘ra muallif va personaj nutqidan iborat bo‘lishi
mumkin. Muallif nutqi adabiy til orqali bayon qilinsada, unda stilizatsiya holatlari,
ma’no kochimlari, ekspressiv ravishda qo‘llanilish xususiyatlari aks etgan bo‘ladi.
Personaj nutqida bu jihatlar yanada quyuqlashib jonlilik kasb etadi.
Stilizatsiya - usluban qayta ishlash. Poetik nutqning tovush tomoni tilshunoslikda
fonetik, zamonaviy talqinda fonologiya orqali, adabiyotshunoslikda fonika deb
nomlangan qismning obyekti hisoblanadi.
Tilda assonans (unlilar uygunligi), alliteratsiya (undoshlar uygunligi) kabilar
kuzatiladi.
Badiiy matnning leksik tarkibi ularning ma’nodorligi, ko‘chim tabiati,
ko‘chayotgan ma’noning qirralari poetik leksika istilohi orqali o‘rganiladi. Mumtoz
adabiyotdagi barcha ma’noviy san’atlar poetik leksikaning qatlamlarining hosili
hisoblanadi.
Poetik sintaksis deyilganda, matndagi so‘zlarning o‘zaro ichki aloqadorligi
o‘rganiladi. Formal tilshunoslikdagi sintaksisdan farqli (so‘z birikmasi, gap turlari,
bog‘lanish turlaridan tashqari) badiiy matn hosil qilish uchun muallif qo‘llagan
vositalar va ularning o‘zaro ichki aloqadorligi poetik sintaksisga asos berishi
mumkin.
“Hikoya o‘n daqiqada bir soatgacha o‘qib bo‘linadigan, undan hech nimani
qo‘shib va olib bo‘lmaydigan badiiy usuldir”.
Savol va topshiriqlar
1. Badiiy nutqning milliy va adabiy tildan farqini tushuntiring.
2. Metatil tushunchasi ochiqlang.
3. Qahramon va muallif nutqi xususiyatlarining farqli jihatlarini ko’rsating.
4. Poetik leksika: ko‘chim va ko‘chim turlari haqida ma’lumot bering.
5. Badiiy nutqning tovush jihatdan shakllanishini tushuntiring.
6. Fonika, fonologiya va intonatsiya haqida ma’lumot bering.
7. Poetik sintaksis va uning jihatlarini aniqlang.