Badiiy obraz

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

25,1 KB


 
 
 
 
 
 
Badiiy obraz 
 
Reja: 
1. Obraz va uning xillari 
2. Badiiy obrazning asosiy xususiyatlari 
3. Badiiy obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtiroki 
 
 
Badiiylik – san’atning ham joni, ham ruhi ekan, uni yuzaga keltiruvchi asosiy 
vositalardan biri – badiiy obrazlardir va u adabiyotshunoslik fanining markaziy 
muammosi sanaladi.  
 
Chunki adabiyotshunoslik ilmida “obraz” deganda inson ongida in’ikos 
etilgan voqea – hodisalargina emas, balki shu bilan birga so’z vositasida san’atkor 
tomonidan anglangan, qayta ishlangan (bichib to’qilgan) va tasvirlangan hayot 
tushuniladi. “... Unda hyech bir tasodifiy va ortiqcha narsa yo’q. Hamma qismlar 
butunga buysungan, hammasi bitta maqsadga yo’naltirilgan, hammasi birlikda bitta 
go’zallik, yaxlitlik, individuallikni maydonga keltiradi”.1  
Shuning uchun ham biz bu odam Yusufbek hoji, bu odam Qori Ishkamba, 
mana bu qiz Layli, mana bu yigit Majnun deymiz. Ularning har biri “Voqyelikdagi 
ma’lum hodisalarning mag’zini chaqib beradigan, umumlashtiruvchi... har qanday 
voqyeiy hodisadan yuksak... har qanday tarixdan ishonchliroqdir” (V.Belinskiy). 
 
Lekin “obraz” atamasi faqatgina san’atda ishlatilmaydi. Jumladan, falsafada 
hayotni inson ongidagi in’ikosini – obraz deb tushunish odat tusiga kirgan. “Fan – 
voqyelik faktlaridan ularning mohiyatini – g’oyasini ajratib oladi” (V.Belinskiy), 
undagi obrazning maqsadi – ana shu g’oya (tushuncha, muhokama, isbot, xulosa)ni 
ta’kidlash, ko’rgazmali tarzda yetkazishdir. Fandagi obraz voqea – hodisaning 
shunchaki tashqi ko’rinishi emas, balki ana shu ko’rinishlarning eng tipigi (o’rnakli 
                                                          
 
1 В.Г.Белинский. Адабий орзулар, Т., Ғафур  Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 101-бет. 
Badiiy obraz Reja: 1. Obraz va uning xillari 2. Badiiy obrazning asosiy xususiyatlari 3. Badiiy obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtiroki Badiiylik – san’atning ham joni, ham ruhi ekan, uni yuzaga keltiruvchi asosiy vositalardan biri – badiiy obrazlardir va u adabiyotshunoslik fanining markaziy muammosi sanaladi. Chunki adabiyotshunoslik ilmida “obraz” deganda inson ongida in’ikos etilgan voqea – hodisalargina emas, balki shu bilan birga so’z vositasida san’atkor tomonidan anglangan, qayta ishlangan (bichib to’qilgan) va tasvirlangan hayot tushuniladi. “... Unda hyech bir tasodifiy va ortiqcha narsa yo’q. Hamma qismlar butunga buysungan, hammasi bitta maqsadga yo’naltirilgan, hammasi birlikda bitta go’zallik, yaxlitlik, individuallikni maydonga keltiradi”.1 Shuning uchun ham biz bu odam Yusufbek hoji, bu odam Qori Ishkamba, mana bu qiz Layli, mana bu yigit Majnun deymiz. Ularning har biri “Voqyelikdagi ma’lum hodisalarning mag’zini chaqib beradigan, umumlashtiruvchi... har qanday voqyeiy hodisadan yuksak... har qanday tarixdan ishonchliroqdir” (V.Belinskiy). Lekin “obraz” atamasi faqatgina san’atda ishlatilmaydi. Jumladan, falsafada hayotni inson ongidagi in’ikosini – obraz deb tushunish odat tusiga kirgan. “Fan – voqyelik faktlaridan ularning mohiyatini – g’oyasini ajratib oladi” (V.Belinskiy), undagi obrazning maqsadi – ana shu g’oya (tushuncha, muhokama, isbot, xulosa)ni ta’kidlash, ko’rgazmali tarzda yetkazishdir. Fandagi obraz voqea – hodisaning shunchaki tashqi ko’rinishi emas, balki ana shu ko’rinishlarning eng tipigi (o’rnakli 1 В.Г.Белинский. Адабий орзулар, Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1977, 101-бет.  
 
misolini, eng arzirli namunasi)ni ifodalashga xizmat qiladi, u ko’rgazmali 
(illyustrativ) obrazdir. Albatta, uning mohiyatida tipiklik (umumlashtirish) xislati 
bo’lsa-da, lekin voqyelik faktlarini mubolag’ali tarzda ko’rsata olmaydi. Hayotda 
“obraz” atamasi yana boshqa bir ma’noda ishlatiladi, uni suratli (fotografik) obraz 
deb yuritish mumkin. U ham voqea – hodisani aks ettirishda eng xarakterli vaziyat 
va holatni tanlaydi. Lekin aniqlikka, aynanlikka bo’ysunadi va uning asosiy maqsadi 
– voqea – hodisaga xos bo’lgan individuallikni ko’rsatishdir. Uning asosida 
individuallashtirish (xususiylik) xislati yaqqol ko’zga tashlansa-da, u orqali 
suratkash o’zining unga bo’lgan hissiy munosabatlarini bera olmaydi. Shu sababdan 
ham ularning ta’sir doirasi tor bo’ladi va barchaga zavq bera olmaydi, maftun 
etolmaydi. San’at va adabiyotdagi obraz ularga nisbatan adadsiz ta’sirchan bo’ladi, 
chunki hayotiy voqea – hodisalar san’atkorning aql - tafakkuri, qalbi, ruhi, salohiyati 
bilan boyitiladi, ziynatlanadi, san’atkor “unga o’z idealini singdiradi va shunga ko’ra 
qayta yaratadi”, “oqilana voqyelikning bunyodkori” (V. Belinskiy) bo’ladi. Natijada 
bu obraz go’zalligi va ta’sirchanligi bilan millionlar qalbini zabt etadi. V.Belinskiy 
aytganidek, “bashar hayotining tepib turgan yuragi, uning qoni va joni, uning 
shu’lasi va quyoshi”ga aylanadi. Chunki obraz jonli harakati, jozibadorligi va 
yorqinligi bilan o’zida voqea – hodisalarning qonuniyatini asosli va chuqur 
mujassam etadi.  
 
Badiiy obraz xususiyatlarini o’rganishni atamaning mazmunidan boshlagan 
ma’qulroq. “Obraz” atamasi “raz” (“chiziq”) so’zidan olingan bo’lib, “raz” 
so’zidan “razit” (“chizmoq, yo’nmoq, o’ymoq”) va undan “obrazit” (“chizib, 
o’yib, yo’nib shakl yasamoq”) so’zi yasalgan. “Obrazit”dan “obraz” (“umuman 
olingan tasvir”) vujudga kelgan.   
 
“Aslida “obraz” slavyan tillariga xos so’z bo’lib, u voqea – hodisalarning 
xayolda namoyon bo’ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar “obraz” deganda, 
avvalo, odamzotni azob – uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan 
yuborilgan Iisus Xristos  (Iso payg’ambar)ning rassomlar, haykaltaroshlar 
tasvirlagan qiyofasini tushunishgan.  
 
Xristian (nasroniy) dinida payg’ambar Isoning tug’ilishi, hayoti, o’limi bilan 
bog’liq voqealarni aks ettiruvchi san’at asarlarini yaratish keng tarqalgan. 
Rassomlar, haykaltaroshlar o’z xayol – tasavvurlari asosida Isoga bag’ishlangan 
misolini, eng arzirli namunasi)ni ifodalashga xizmat qiladi, u ko’rgazmali (illyustrativ) obrazdir. Albatta, uning mohiyatida tipiklik (umumlashtirish) xislati bo’lsa-da, lekin voqyelik faktlarini mubolag’ali tarzda ko’rsata olmaydi. Hayotda “obraz” atamasi yana boshqa bir ma’noda ishlatiladi, uni suratli (fotografik) obraz deb yuritish mumkin. U ham voqea – hodisani aks ettirishda eng xarakterli vaziyat va holatni tanlaydi. Lekin aniqlikka, aynanlikka bo’ysunadi va uning asosiy maqsadi – voqea – hodisaga xos bo’lgan individuallikni ko’rsatishdir. Uning asosida individuallashtirish (xususiylik) xislati yaqqol ko’zga tashlansa-da, u orqali suratkash o’zining unga bo’lgan hissiy munosabatlarini bera olmaydi. Shu sababdan ham ularning ta’sir doirasi tor bo’ladi va barchaga zavq bera olmaydi, maftun etolmaydi. San’at va adabiyotdagi obraz ularga nisbatan adadsiz ta’sirchan bo’ladi, chunki hayotiy voqea – hodisalar san’atkorning aql - tafakkuri, qalbi, ruhi, salohiyati bilan boyitiladi, ziynatlanadi, san’atkor “unga o’z idealini singdiradi va shunga ko’ra qayta yaratadi”, “oqilana voqyelikning bunyodkori” (V. Belinskiy) bo’ladi. Natijada bu obraz go’zalligi va ta’sirchanligi bilan millionlar qalbini zabt etadi. V.Belinskiy aytganidek, “bashar hayotining tepib turgan yuragi, uning qoni va joni, uning shu’lasi va quyoshi”ga aylanadi. Chunki obraz jonli harakati, jozibadorligi va yorqinligi bilan o’zida voqea – hodisalarning qonuniyatini asosli va chuqur mujassam etadi. Badiiy obraz xususiyatlarini o’rganishni atamaning mazmunidan boshlagan ma’qulroq. “Obraz” atamasi “raz” (“chiziq”) so’zidan olingan bo’lib, “raz” so’zidan “razit” (“chizmoq, yo’nmoq, o’ymoq”) va undan “obrazit” (“chizib, o’yib, yo’nib shakl yasamoq”) so’zi yasalgan. “Obrazit”dan “obraz” (“umuman olingan tasvir”) vujudga kelgan. “Aslida “obraz” slavyan tillariga xos so’z bo’lib, u voqea – hodisalarning xayolda namoyon bo’ladigan manzarasini bildiradi. Slavyanlar “obraz” deganda, avvalo, odamzotni azob – uqubatlardan saqlab qolish uchun Alloh tomonidan yuborilgan Iisus Xristos (Iso payg’ambar)ning rassomlar, haykaltaroshlar tasvirlagan qiyofasini tushunishgan. Xristian (nasroniy) dinida payg’ambar Isoning tug’ilishi, hayoti, o’limi bilan bog’liq voqealarni aks ettiruvchi san’at asarlarini yaratish keng tarqalgan. Rassomlar, haykaltaroshlar o’z xayol – tasavvurlari asosida Isoga bag’ishlangan  
 
ko’plab asarlar ijod qilishgan. Yog’och, tosh va boshqa materiallardan chizib, o’yib, 
yo’nib yasalgan bu asarlar juda ta’sirchan yaratilgan”1.  
 
Yuqoridagi barcha fikrlarni jamlasak, bitta xulosa kelib chiqadi: adabiyotga 
hayotning hamma (inson, narsa, buyum, hayvon, hodisa, predmet, o’simlik; ko’chma 
ma’nodagi so’zlar, iboralar, leksik resurslar; ifoda – tasvir vositalari – mubolag’a, 
kichraytirish, o’xshatish, omonim, sinonim antonimlar; anafora, epifora, asindenton 
va sh. k.) unsurlari kirar ekan, kirganda ham san’atkor ongi va qalbida jilolanib, 
boyib, kattalashib, eng muhimi insonlashib va birbutunlik kasb etib muhrlanar ekan 
– ularning barchasini obraz deb yuritish qonuniyatdir. Shu nuqtai nazardan birgina 
misolga – benazir shoir, o’zbekning ko’z qorasi Hamid Olimjonning “O’zbekiston” 
she’ridan kichik bir parchaga e’tibor qilaylik: 
 
O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston,   
 
 
Dostonlarda bitgan guliston – 
O’zbekiston deya atalur, 
Uni sevib el tilga olur.  
Chiroylidir go’yo yosh kelin,  
Ikki daryo yuvar kokilin. 
Qorli tog’lar turar boshida, 
Gul vodiylar yashnar qoshida. 
Chor atrofga yoyganda gilam 
Aslo yo’qdir bundayin ko’klam.1 
 
 
Unda O’zbekiston ham – obraz, ko’klam ham - obraz, “Chiroyldir go’yo yosh 
kelin, ikki daryo yuvar kokilin” - o’xshatishi ham obraz. Lekin ularning barchasi 
ham – ko’z o’ngimizda o’xshashi yo’q O’zbekistonni betakror ranglari, ijodi, 
turmushi. baxti, tolesi, iqboli, yallasi, allasi, shirmoni, butun bag’riyu aziz tuprog’i 
bilan yaqqol va butunligicha aniq gavdalantiradi, qalbni g’ururga to’ldiradi.  
 
Biroq, V.Belinskiy ta’kid etganidek, san’atdagi eng oliy predmet - inson 
hisoblanarkan, demak, “obraz” atamasini insonga (badiiy asardagi insonga) nisbatan 
qo’llash ma’quldir. Chunki, “Yozuvchining materiali – uning o’zi kabi xususiyatlar, 
                                                          
 
1 А.Улуғов. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Университет”, 2000, 14-бет. 
1 Ҳ.Олимжон. МАТ, 1 – том, Т., “Фан”, 1979, 244-бет. 
ko’plab asarlar ijod qilishgan. Yog’och, tosh va boshqa materiallardan chizib, o’yib, yo’nib yasalgan bu asarlar juda ta’sirchan yaratilgan”1. Yuqoridagi barcha fikrlarni jamlasak, bitta xulosa kelib chiqadi: adabiyotga hayotning hamma (inson, narsa, buyum, hayvon, hodisa, predmet, o’simlik; ko’chma ma’nodagi so’zlar, iboralar, leksik resurslar; ifoda – tasvir vositalari – mubolag’a, kichraytirish, o’xshatish, omonim, sinonim antonimlar; anafora, epifora, asindenton va sh. k.) unsurlari kirar ekan, kirganda ham san’atkor ongi va qalbida jilolanib, boyib, kattalashib, eng muhimi insonlashib va birbutunlik kasb etib muhrlanar ekan – ularning barchasini obraz deb yuritish qonuniyatdir. Shu nuqtai nazardan birgina misolga – benazir shoir, o’zbekning ko’z qorasi Hamid Olimjonning “O’zbekiston” she’ridan kichik bir parchaga e’tibor qilaylik: O’xshashi yo’q bu go’zal bo’ston, Dostonlarda bitgan guliston – O’zbekiston deya atalur, Uni sevib el tilga olur. Chiroylidir go’yo yosh kelin, Ikki daryo yuvar kokilin. Qorli tog’lar turar boshida, Gul vodiylar yashnar qoshida. Chor atrofga yoyganda gilam Aslo yo’qdir bundayin ko’klam.1 Unda O’zbekiston ham – obraz, ko’klam ham - obraz, “Chiroyldir go’yo yosh kelin, ikki daryo yuvar kokilin” - o’xshatishi ham obraz. Lekin ularning barchasi ham – ko’z o’ngimizda o’xshashi yo’q O’zbekistonni betakror ranglari, ijodi, turmushi. baxti, tolesi, iqboli, yallasi, allasi, shirmoni, butun bag’riyu aziz tuprog’i bilan yaqqol va butunligicha aniq gavdalantiradi, qalbni g’ururga to’ldiradi. Biroq, V.Belinskiy ta’kid etganidek, san’atdagi eng oliy predmet - inson hisoblanarkan, demak, “obraz” atamasini insonga (badiiy asardagi insonga) nisbatan qo’llash ma’quldir. Chunki, “Yozuvchining materiali – uning o’zi kabi xususiyatlar, 1 А.Улуғов. Адабиётшуносликка кириш, Т., “Университет”, 2000, 14-бет. 1 Ҳ.Олимжон. МАТ, 1 – том, Т., “Фан”, 1979, 244-бет.  
 
niyatlar, xohishlarga ega bo’lgan, did va kayfiyatlari o’zgarib turadigan insondir” 
(M.Gorkiy, 101-bet). Adabiyotda ana shu Insonga va unga asoslanib hayotning 
qolgan barcha predmetlari, hodisalari ham insoniylashadi; Insonning badiiy kashfi 
uchun xizmat qiladilar.  
 
Badiiy obraz ko’rgazmali obrazdagi umumlashtirishni va suratli obrazdagi 
individuallikni o’zida birdaniga birlashtiradi. Aslida har bir mavjudot kabi inson – 
umumiy va individual tomonlarning birligidan iborat: bir tomondan, u jonli 
mavjudotning bir vakili, tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan biron – bir urug’ning, 
millatning, sohaning, mutaxassislikning vakili. Unga o’xshash minglab, millionlab 
kishilar bor. Lekin, ayni paytda, u boshqa biron kishiga tashqi jihatdan ham, xarakteri 
jihatidan ham o’xshamaydi, ulardan farqlanib turuvchi o’z dunyosi bor. 
 
Yozuvchi muayyan obrazda voqea – hodisalarning eng muhim xususiyatlarini 
umumlashtiradi. Jumladan, “Sudxo’rning o’limi”dagi Qori Ishkambada bosh 
xususiyat 
qilib 
xasislik, 
ochko’zlik, 
sudxo’rlik 
xislatlari 
shunchalik 
umumlashtirilganki, biz hayotda uchratgan xasis va sudxo’r kishilarni – qori 
ishkambalar deb atayveramiz.  
 
Ayni paytda, Qori Ishkambaning xarakterli aniq qiyofasi, o’ziga xos original 
qilig’i, odati, o’y – orzusi, muhokamayu mushohadasi, tili, odobi, madaniyati bor. 
Bu o’ziga xosliklar – individuallashgan tarzda ro’yobga chiqqan va ular ta’kidlab 
ko’rsatiladi, esda qoladigan qilib tasvirlanadi. Misol tariqasida uning portretini ko’z 
o’ngimizga keltiraylik: 
 
“U o’rta bo’yli, qorni katta, semiz, bo’yni kalta va yo’g’on, boshi ham katta 
va sergo’sht bir odam edi, bo’ynining yo’g’onligi va yuzining sergo’shtliligi shu 
darajada ediki, uning gavdasi suv to’ldirilgan meshday tekis ko’rinar edi. Agar 
uning qilin soqoli va sochi olinib, kiyimlari ham yechilib tashlansa, nortuyaning 
oshqozoniga o’xshab qolardi. Faqat farqi shundaki, bu tuyaning oshqozonidan 
kattaroq va tusi ham qizg’ishroq bo’lib, oyu kuni to’lgan semiz, tullagan keksa 
bo’g’oz cho’chqaning xuddi o’zi bo’lib qolar edi” (S.Ayniy. Sudxo’rning o’limi, T., 
1978, 176-bet). 
 
Ko’rinadiki, 
bu 
qiyofa 
faqatgina 
“Sudxo’rning 
o’limi”dagi 
Qori 
Ishkambagagina tegishlidir; xasis, ochko’z, tekinni ko’rsa yeb to’ymaydigan 
qorining judayam aniq, judayam ishonchli, judayam esda qoladigan tarzdagi 
niyatlar, xohishlarga ega bo’lgan, did va kayfiyatlari o’zgarib turadigan insondir” (M.Gorkiy, 101-bet). Adabiyotda ana shu Insonga va unga asoslanib hayotning qolgan barcha predmetlari, hodisalari ham insoniylashadi; Insonning badiiy kashfi uchun xizmat qiladilar. Badiiy obraz ko’rgazmali obrazdagi umumlashtirishni va suratli obrazdagi individuallikni o’zida birdaniga birlashtiradi. Aslida har bir mavjudot kabi inson – umumiy va individual tomonlarning birligidan iborat: bir tomondan, u jonli mavjudotning bir vakili, tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan biron – bir urug’ning, millatning, sohaning, mutaxassislikning vakili. Unga o’xshash minglab, millionlab kishilar bor. Lekin, ayni paytda, u boshqa biron kishiga tashqi jihatdan ham, xarakteri jihatidan ham o’xshamaydi, ulardan farqlanib turuvchi o’z dunyosi bor. Yozuvchi muayyan obrazda voqea – hodisalarning eng muhim xususiyatlarini umumlashtiradi. Jumladan, “Sudxo’rning o’limi”dagi Qori Ishkambada bosh xususiyat qilib xasislik, ochko’zlik, sudxo’rlik xislatlari shunchalik umumlashtirilganki, biz hayotda uchratgan xasis va sudxo’r kishilarni – qori ishkambalar deb atayveramiz. Ayni paytda, Qori Ishkambaning xarakterli aniq qiyofasi, o’ziga xos original qilig’i, odati, o’y – orzusi, muhokamayu mushohadasi, tili, odobi, madaniyati bor. Bu o’ziga xosliklar – individuallashgan tarzda ro’yobga chiqqan va ular ta’kidlab ko’rsatiladi, esda qoladigan qilib tasvirlanadi. Misol tariqasida uning portretini ko’z o’ngimizga keltiraylik: “U o’rta bo’yli, qorni katta, semiz, bo’yni kalta va yo’g’on, boshi ham katta va sergo’sht bir odam edi, bo’ynining yo’g’onligi va yuzining sergo’shtliligi shu darajada ediki, uning gavdasi suv to’ldirilgan meshday tekis ko’rinar edi. Agar uning qilin soqoli va sochi olinib, kiyimlari ham yechilib tashlansa, nortuyaning oshqozoniga o’xshab qolardi. Faqat farqi shundaki, bu tuyaning oshqozonidan kattaroq va tusi ham qizg’ishroq bo’lib, oyu kuni to’lgan semiz, tullagan keksa bo’g’oz cho’chqaning xuddi o’zi bo’lib qolar edi” (S.Ayniy. Sudxo’rning o’limi, T., 1978, 176-bet). Ko’rinadiki, bu qiyofa faqatgina “Sudxo’rning o’limi”dagi Qori Ishkambagagina tegishlidir; xasis, ochko’z, tekinni ko’rsa yeb to’ymaydigan qorining judayam aniq, judayam ishonchli, judayam esda qoladigan tarzdagi  
 
portretidir; ikkali unsurning – umumlashtirish va individuallashtirishning 
hayotiyligini, yaxlitligini yaqqol ko’rsatuvchi isbotdir.  
 
Demak, umumlashmadan individuallik, individuallikdan umumlashmalik 
tug’ilgandagina, 
to’g’rirog’i 
ular 
bir–birlarining 
ichlarida 
mujassamlashganlaridagina (mazmun va shakl hodisasiga o’xshab) – yaxlitlik 
vujudga kelgandagina obraz betakrorlikka, jonlilikka, ta’sirdorlikka erishadi. Obraz 
yaratila boshlaydi.  
 
Uning yaratilish jarayonida badiiy to’qima (uydirma, yolg’on) faol ishtirok 
etadi. “Zotan, butun adabiyot badiiy to’qimalardan  iborat, chunki turmush hodisalari 
zamon va makon ichida sochilib yotadi. Masalan, bir odamni olaylik: u o’zining 
mohiyatini, tabiatini ochib beradigan bir so’zni bugun aytsa, ikkinchisini bir 
haftadan, 
uchinchisini 
bir 
yildan 
keyin 
aytishi, 
balki 
hyech 
bir             
aytmay o’tib ketishi ham mumkin. Yozuvchi ana shunday odamni ketma-ket 
so’zlatadi. Uning mohiyati va tabiati uchun xarakterli so’zlarning hammasini 
ayttiradi. Bu esa turmushni badiiy to’qimalar vositasida aks ettirish bo’ladi. Ammo, 
badiiy 
to’qimadagi 
hayot 
oddiy 
turmushdan 
ko’ra 
realroq 
va 
to’liqroqdir”(A.Tolstoy). Shu sabab, voqyelikning aslidan badiiy asardagi hayot 
tig’izroq, keskinroq, go’zalroq, yorqinroq, mag’izliroq, ma’nodorroqdir.  
 
Garchi barcha go’zallik mavjud voqyelikning mazmunida bo’lsa-da, yozuvchi 
qahramon hayotining shunday nuqtalarini tanlaydiki, ular asarning g’oyasi talabidan 
kelib chiqadi. Ana shu g’oyaga aloqasi bo’lmagan barcha narsalardan yozuvchi voz 
kechadi. Jumladan, “O’tgan kunlar”da Kumush tasvirlanar ekan, u o’zbek 
xonadonida bo’ladigan birorta yumush(kir yuvish, qozon-tovoqqa unnash, uy va 
hovli supirish kabi o’nlab ishlar)ni bajarmaydi. Chunki yozuvchi Kumushning 
faqatgina bir jihatini – Otabekka sevgisini ko’rsatishni bosh g’oya qilib olgani uchun 
oilaviy yumushlarni tasviridan asosli ravishda voz kechadi, Kumush va Otabek 
sevgisining, qismatining tarixini ta’sirli gavdalantiradigan, shu muhabbat mantig’iga 
mos keladigan, badiiy to’qima yordamida kashf qilingan voqealarni, holatlarni 
(birgina “Siz o’shami?” voqeasini, ularning holatini eslang) tasvirlaydi.  
 
Odamlarning 
hislarini 
qo’zg’atish, 
“tuyg’ularimizdagi 
to’lqunlarni” 
uyg’otmoq orqali hayajonlantirish-estetik ta’sirdorlik adabiyotning vazifasi ekan, 
demak, badiiy obraz mag’zi to’q, hayotiy, umriboqiy (Otabek, Kumush, Yusufbek 
portretidir; ikkali unsurning – umumlashtirish va individuallashtirishning hayotiyligini, yaxlitligini yaqqol ko’rsatuvchi isbotdir. Demak, umumlashmadan individuallik, individuallikdan umumlashmalik tug’ilgandagina, to’g’rirog’i ular bir–birlarining ichlarida mujassamlashganlaridagina (mazmun va shakl hodisasiga o’xshab) – yaxlitlik vujudga kelgandagina obraz betakrorlikka, jonlilikka, ta’sirdorlikka erishadi. Obraz yaratila boshlaydi. Uning yaratilish jarayonida badiiy to’qima (uydirma, yolg’on) faol ishtirok etadi. “Zotan, butun adabiyot badiiy to’qimalardan iborat, chunki turmush hodisalari zamon va makon ichida sochilib yotadi. Masalan, bir odamni olaylik: u o’zining mohiyatini, tabiatini ochib beradigan bir so’zni bugun aytsa, ikkinchisini bir haftadan, uchinchisini bir yildan keyin aytishi, balki hyech bir aytmay o’tib ketishi ham mumkin. Yozuvchi ana shunday odamni ketma-ket so’zlatadi. Uning mohiyati va tabiati uchun xarakterli so’zlarning hammasini ayttiradi. Bu esa turmushni badiiy to’qimalar vositasida aks ettirish bo’ladi. Ammo, badiiy to’qimadagi hayot oddiy turmushdan ko’ra realroq va to’liqroqdir”(A.Tolstoy). Shu sabab, voqyelikning aslidan badiiy asardagi hayot tig’izroq, keskinroq, go’zalroq, yorqinroq, mag’izliroq, ma’nodorroqdir. Garchi barcha go’zallik mavjud voqyelikning mazmunida bo’lsa-da, yozuvchi qahramon hayotining shunday nuqtalarini tanlaydiki, ular asarning g’oyasi talabidan kelib chiqadi. Ana shu g’oyaga aloqasi bo’lmagan barcha narsalardan yozuvchi voz kechadi. Jumladan, “O’tgan kunlar”da Kumush tasvirlanar ekan, u o’zbek xonadonida bo’ladigan birorta yumush(kir yuvish, qozon-tovoqqa unnash, uy va hovli supirish kabi o’nlab ishlar)ni bajarmaydi. Chunki yozuvchi Kumushning faqatgina bir jihatini – Otabekka sevgisini ko’rsatishni bosh g’oya qilib olgani uchun oilaviy yumushlarni tasviridan asosli ravishda voz kechadi, Kumush va Otabek sevgisining, qismatining tarixini ta’sirli gavdalantiradigan, shu muhabbat mantig’iga mos keladigan, badiiy to’qima yordamida kashf qilingan voqealarni, holatlarni (birgina “Siz o’shami?” voqeasini, ularning holatini eslang) tasvirlaydi. Odamlarning hislarini qo’zg’atish, “tuyg’ularimizdagi to’lqunlarni” uyg’otmoq orqali hayajonlantirish-estetik ta’sirdorlik adabiyotning vazifasi ekan, demak, badiiy obraz mag’zi to’q, hayotiy, umriboqiy (Otabek, Kumush, Yusufbek  
 
hoji, O’zbekoyim ... kabi) bo’lgandagina badiiy qiymatga ega bo’ladi; obraz 
yaratishga o’tadi: undan hayajonlanib o’rnak olamiz yoki nafratlanamiz, his-
tuyg’ularimizning yaxshilari (ijobiylari)ga “oziq” beramiz, yomonlari (salbiylari)ni 
yetti qavat chuqurga ko’mamiz. Qalb musaffoligining - samimiy tasviridan ba’zan 
yig’laymiz-yengillashamiz, tozaramiz. 
 
Chunonchi, O’lmas Hoshimova (O’tkir Hoshimovning rafiqasi) “Yozuvchi 
nega yig’laydi” (“Oila va jamiyat” gazetasi №30, 25-31 iyul 2001 yil) maqolasida 
yozadi: 
 
Uning (“Dunyoning ishlari”-H.U) eng oxirgi sahifasi qanday tug’ilgani hamon 
ko’z o’ngimda turibdi. Bahor edi. Kechasi gumburlagan tovushdan uyg’onib ketdim. 
Momaqaldiroq bo’layotgan ekan. Qarasam, xonada adasi yo’qlar. Ayvonga chiqdim. 
Soat to’rtdan o’tibdi. Narigi xona eshigidan chiroq nuri tushib turibdi... Sekin 
ichkariga kirib yaqin bordim. Qarasam, adib unsiz yig’layapti... Qo’rqib ketdim. 
“Nima bo’ldi?” - desam, indamay chiqib ketdilar... Ko’z yoshi tomgan sahifalarni 
beixtiyor o’qidim. O’qib, yig’lab yubordim. Bu “Iltijo” degan bob edi. 
 
“Oyi men keldim ... eshityapsizmi, oyi, men yana keldim... 
Qabringizni silab qo’ysam orom olasizmi?.. Mana oyijon, mana... Yo’q, yo’q, 
yig’laganim yo’q. Hozir, hozir o’tib ketadi...” 
Balki bu parchani alohida o’qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas. 
Biroq, “Dunyoning ishlari”ni bir boshidan o’qib, Onani qattiq sevib qolgan kitobxon 
bu satrlarni o’qiganda larzaga tushmay qolmaydi. “Iltijo” bobini ko’zda yosh bilan 
o’qib bergan ko’plab talaba va o’quvchilarni ko’rdim. Darvoqye, “Ikki eshik  orasi” 
romanining “Zilzila”, “Tushda kechgan umrlar” romanining “Oppoq, oppoq qorlar 
yog’di” bobini larzaga tushib, yodaki o’qigan kitobxonlar ham oz emas. Balki 
muallifning o’zi ularni rosmana yig’lab yozgani uchun ham shundaydir. Nima 
bo’lganda ham adiblar yig’isi o’quvchining qalbiga nur olib kiradi. Yozuvchilik 
qismati shunday bo’lsa, ehtimol”. 
Shu o’rinda bir chekinish qilaylik. Qaysi ovqatni pishirishga ishtiyoqingiz 
uyg’onayapti? Deylik, palovga. Palov pishirish o’y-xayoli (orzusi) unga kerakli 
masalliqlarni ajratishni, eng yaxshilarini saralashni va bir joyga to’plashni-harakatni 
keltirib chiqaradi. Palov-g’oya, uni yuzaga keltiruvchi materiallar tanlanadi: go’sht, 
sabzi, yog’, piyoz, gurunch, suv, tuz (mosh, sholg’om, uzum, nok, anor va h.ning 
hoji, O’zbekoyim ... kabi) bo’lgandagina badiiy qiymatga ega bo’ladi; obraz yaratishga o’tadi: undan hayajonlanib o’rnak olamiz yoki nafratlanamiz, his- tuyg’ularimizning yaxshilari (ijobiylari)ga “oziq” beramiz, yomonlari (salbiylari)ni yetti qavat chuqurga ko’mamiz. Qalb musaffoligining - samimiy tasviridan ba’zan yig’laymiz-yengillashamiz, tozaramiz. Chunonchi, O’lmas Hoshimova (O’tkir Hoshimovning rafiqasi) “Yozuvchi nega yig’laydi” (“Oila va jamiyat” gazetasi №30, 25-31 iyul 2001 yil) maqolasida yozadi: Uning (“Dunyoning ishlari”-H.U) eng oxirgi sahifasi qanday tug’ilgani hamon ko’z o’ngimda turibdi. Bahor edi. Kechasi gumburlagan tovushdan uyg’onib ketdim. Momaqaldiroq bo’layotgan ekan. Qarasam, xonada adasi yo’qlar. Ayvonga chiqdim. Soat to’rtdan o’tibdi. Narigi xona eshigidan chiroq nuri tushib turibdi... Sekin ichkariga kirib yaqin bordim. Qarasam, adib unsiz yig’layapti... Qo’rqib ketdim. “Nima bo’ldi?” - desam, indamay chiqib ketdilar... Ko’z yoshi tomgan sahifalarni beixtiyor o’qidim. O’qib, yig’lab yubordim. Bu “Iltijo” degan bob edi. “Oyi men keldim ... eshityapsizmi, oyi, men yana keldim... Qabringizni silab qo’ysam orom olasizmi?.. Mana oyijon, mana... Yo’q, yo’q, yig’laganim yo’q. Hozir, hozir o’tib ketadi...” Balki bu parchani alohida o’qigan kitobxon unchalik hayajonga tushmas. Biroq, “Dunyoning ishlari”ni bir boshidan o’qib, Onani qattiq sevib qolgan kitobxon bu satrlarni o’qiganda larzaga tushmay qolmaydi. “Iltijo” bobini ko’zda yosh bilan o’qib bergan ko’plab talaba va o’quvchilarni ko’rdim. Darvoqye, “Ikki eshik orasi” romanining “Zilzila”, “Tushda kechgan umrlar” romanining “Oppoq, oppoq qorlar yog’di” bobini larzaga tushib, yodaki o’qigan kitobxonlar ham oz emas. Balki muallifning o’zi ularni rosmana yig’lab yozgani uchun ham shundaydir. Nima bo’lganda ham adiblar yig’isi o’quvchining qalbiga nur olib kiradi. Yozuvchilik qismati shunday bo’lsa, ehtimol”. Shu o’rinda bir chekinish qilaylik. Qaysi ovqatni pishirishga ishtiyoqingiz uyg’onayapti? Deylik, palovga. Palov pishirish o’y-xayoli (orzusi) unga kerakli masalliqlarni ajratishni, eng yaxshilarini saralashni va bir joyga to’plashni-harakatni keltirib chiqaradi. Palov-g’oya, uni yuzaga keltiruvchi materiallar tanlanadi: go’sht, sabzi, yog’, piyoz, gurunch, suv, tuz (mosh, sholg’om, uzum, nok, anor va h.ning  
 
keragi yo’q). Turli masalliqlar (zarur materiallar) o’zaro reaksiyaga kirishib, 
birlashib, yaxlit bitta narsani - palovni yuzaga keltiradi. Xuddi shu usulda obraz 
yaratiladi, ya’ni umumlashtirish, konkretlashtirish, badiiy to’qima, estetik 
ta’sirdorlik birlashib, bir-biriga singib birbutun obrazni yuzaga chiqaradi. 
Aytilganlarga suyanib, obrazga quyidagi asosli ta’rifni beramiz: Obraz 
“badiiy to’qima yordamida yaratilgan, estetik qiymat kasb etgan inson 
hayotining umumlashma va ayni chog’da, aniq manzarasidir”1   
Obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtiroki ham beqiyos, ayni chog’da, 
judayam qiziqarlidir. 
Tasavvur badiiy kashfiyotning hal qiluvchi faktori bo’lsa-da, niyatning 
amalga oshishida aql ham jonli ishtirok etadi, boshqacha aytganda, materialga ongli 
munosbat hammavaqt zaruratdir. 
Qayerda faqatgina tasavvur yoki faqatgina aqlga e’tibor qaratilsa, o’sha yerda 
ijodning bir tomoni alohida qimmat kasb etadi va umuman olganda, avlodlar didini 
qoniqtirmaydi. Faqatgina ikkala tomon bab-barobar tamoyilga ega bo’lgandagina – 
to’g’ri yo’l topilgan bo’ladi. Shuning uchun ham Shiller “Tasavvur aql bilan 
birlashganda shoir-san’atkorni yetishtiradi”, - deydi. Ha, tasavvur faqatgina aql 
ishtirokida haqqoniylik kasb etadi.  
Gyotening aytishicha, mazmun tasavvurning ichki tajribasidan bevosita va 
erkin oqib chiqsa, shaklni voqyelik ta’sirida aql kashf etadi. Ularning ikkalasi 
birlashadi, bu o’zaro birlashish yaxlit va go’zal bo’lishi uchun – u tahlil qilinishi, 
anglanishi shartdir.  
Go’yo yozuvchida ikki qiyofa birlashadi: biri fikr-g’oya bilan mahliyo 
bo’lgan san’atkor, ikkinchisi “Buni qilish kerak, undan qochish kerak” deb fikr 
beruvchi tanqidchi. 
Lekin tasavvur bilan aqlning vazifasi turlichadir. Agar tasavvur – ijodiy kuch 
bo’lsa, xotira va tajribaning turli vositalarini guruhlashtirib yangilik yaratsa, bu ideal 
voqyelik talablariga javob bersa, aql tasavvur yaratayotgan ishni nazorat qiladi, 
uning butunligini va qismlarining garmonik birligini ta’minlashga xizmat 
qilmaydigan ortiqchaliklarga barham beradi. 
                                                          
 
1 Л.И.Тимофеев. Основы теории литературы, М., 1959, стр. 53. 
keragi yo’q). Turli masalliqlar (zarur materiallar) o’zaro reaksiyaga kirishib, birlashib, yaxlit bitta narsani - palovni yuzaga keltiradi. Xuddi shu usulda obraz yaratiladi, ya’ni umumlashtirish, konkretlashtirish, badiiy to’qima, estetik ta’sirdorlik birlashib, bir-biriga singib birbutun obrazni yuzaga chiqaradi. Aytilganlarga suyanib, obrazga quyidagi asosli ta’rifni beramiz: Obraz “badiiy to’qima yordamida yaratilgan, estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma va ayni chog’da, aniq manzarasidir”1 Obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtiroki ham beqiyos, ayni chog’da, judayam qiziqarlidir. Tasavvur badiiy kashfiyotning hal qiluvchi faktori bo’lsa-da, niyatning amalga oshishida aql ham jonli ishtirok etadi, boshqacha aytganda, materialga ongli munosbat hammavaqt zaruratdir. Qayerda faqatgina tasavvur yoki faqatgina aqlga e’tibor qaratilsa, o’sha yerda ijodning bir tomoni alohida qimmat kasb etadi va umuman olganda, avlodlar didini qoniqtirmaydi. Faqatgina ikkala tomon bab-barobar tamoyilga ega bo’lgandagina – to’g’ri yo’l topilgan bo’ladi. Shuning uchun ham Shiller “Tasavvur aql bilan birlashganda shoir-san’atkorni yetishtiradi”, - deydi. Ha, tasavvur faqatgina aql ishtirokida haqqoniylik kasb etadi. Gyotening aytishicha, mazmun tasavvurning ichki tajribasidan bevosita va erkin oqib chiqsa, shaklni voqyelik ta’sirida aql kashf etadi. Ularning ikkalasi birlashadi, bu o’zaro birlashish yaxlit va go’zal bo’lishi uchun – u tahlil qilinishi, anglanishi shartdir. Go’yo yozuvchida ikki qiyofa birlashadi: biri fikr-g’oya bilan mahliyo bo’lgan san’atkor, ikkinchisi “Buni qilish kerak, undan qochish kerak” deb fikr beruvchi tanqidchi. Lekin tasavvur bilan aqlning vazifasi turlichadir. Agar tasavvur – ijodiy kuch bo’lsa, xotira va tajribaning turli vositalarini guruhlashtirib yangilik yaratsa, bu ideal voqyelik talablariga javob bersa, aql tasavvur yaratayotgan ishni nazorat qiladi, uning butunligini va qismlarining garmonik birligini ta’minlashga xizmat qilmaydigan ortiqchaliklarga barham beradi. 1 Л.И.Тимофеев. Основы теории литературы, М., 1959, стр. 53.  
 
Demak, aql boshqaradi, hal etadi, izlaydi, rad etadi, lekin tasavvur yaratgan 
narsani tamoman buzmaydi. Aql tasavvurning maslahatchisi bo’ladi. U ongli faktor 
sifatida – san’atkor didi vazifasini o’taydi. Didni tarbiya asosida olish mumkin, uni 
yaxshilash yoki turli estetik qarashlar orqali buzish ham mumkin. Shuning uchun  
ham did tasavvurni to’diradi, talant tabiatining umumiy belgisiga aylanadi. 
“... har bir yozuvchi o’zi uchun tanqidchi ham hisoblanadi, - deb yozadi 
Pirimqul Qodirov “O’ylar” kitobida. – Go’yo uning yarmi yozuvchi bo’lib yozsa, 
yarmi tanqidchi bo’lib, qanday yozayotganini aytib turadi, har bir asarini 
kitobxondagi ehtiyojlar, adabiyotdagi talablar va avtorning yuragidagi niyatlarining 
toshi bilan tortib qabul qiladi” . Demak, avtor o’zining yaratgan asarinigina emas, 
balki o’zini ham ob’ektivlashtirishi lozim degan haqiqatni – badiiy ijodning 
qonuniyatlaridan birini to’g’ri ko’rsatadi. Bir vaqtning o’zida ham ijod qilish, ham 
nazorat qilish hodisasini S.Ahmad ham asosli ta’kidlaydi: “Xullas, men “Ufq”da 
birovga o’xshamaslikka harakat qilganman. Yozayotgan har bir jumlani, shu rostmi, 
birov o’qisa ishonadimi, deb o’zimdan-o’zim so’rab yozganman. Birorta 
yozuvchining kitobidagi tasvir, birorta o’xshatish beixtiyor kirib qolmasligini 
kontrol qilib turganman”. 
Ko’rinayaptiki, asar yaratish jarayonida yozuvchining ongi ikkiga bo’linadi: 
u (avtor) yaratuvchi, u (o’quvchi) baholovchidir. Ana shu yaratuvchanlik va 
baholovchilik holatlarining mutanosibligi asarning ta’sir kuchini ta’minlaydi. Agar 
birinchi holat-yozuvchining ijod jarayonida o’zganing (obrazning) “terisiga kira 
bilishi”ga, uning ruhi bilan yashay olishiga va voqeaning ishtirokchisiga aylanishiga 
olib kelsa, ikkinchi holat – obrazni o’zidan ajratishiga, unga sal uzoqroqdan razm 
solishga imkon beradi.  
Aytmoqchimizki, yozuvchi tasvirlanayotgan voqyelik ichida, qahramon 
shaxsida yashar ekan, u hyech vaqt o’zligini (yaratuvchi shaxsligini) yo’qotmasligi 
kerak. Chunki yozuvchi tasvirlanayotgan personaj emas, u personajning hamma 
kechinmalarini aslida boshidan kechirgan ham emas. Lekin yozuchida personaj 
yuragini o’z qalbiga joylab olmoq san’ati, inson psixikasini, his-hayajoni va 
iztiroblarini tasvirlay olish qudrati bor.  
Ham yaratish, ham baholash holati izchil bo’lishi uchun ijod jarayonida 
yozuvchiga osoyishtalik va ruhiy tiniqlik kerak. Agar charchash, toliqish natijasida 
Demak, aql boshqaradi, hal etadi, izlaydi, rad etadi, lekin tasavvur yaratgan narsani tamoman buzmaydi. Aql tasavvurning maslahatchisi bo’ladi. U ongli faktor sifatida – san’atkor didi vazifasini o’taydi. Didni tarbiya asosida olish mumkin, uni yaxshilash yoki turli estetik qarashlar orqali buzish ham mumkin. Shuning uchun ham did tasavvurni to’diradi, talant tabiatining umumiy belgisiga aylanadi. “... har bir yozuvchi o’zi uchun tanqidchi ham hisoblanadi, - deb yozadi Pirimqul Qodirov “O’ylar” kitobida. – Go’yo uning yarmi yozuvchi bo’lib yozsa, yarmi tanqidchi bo’lib, qanday yozayotganini aytib turadi, har bir asarini kitobxondagi ehtiyojlar, adabiyotdagi talablar va avtorning yuragidagi niyatlarining toshi bilan tortib qabul qiladi” . Demak, avtor o’zining yaratgan asarinigina emas, balki o’zini ham ob’ektivlashtirishi lozim degan haqiqatni – badiiy ijodning qonuniyatlaridan birini to’g’ri ko’rsatadi. Bir vaqtning o’zida ham ijod qilish, ham nazorat qilish hodisasini S.Ahmad ham asosli ta’kidlaydi: “Xullas, men “Ufq”da birovga o’xshamaslikka harakat qilganman. Yozayotgan har bir jumlani, shu rostmi, birov o’qisa ishonadimi, deb o’zimdan-o’zim so’rab yozganman. Birorta yozuvchining kitobidagi tasvir, birorta o’xshatish beixtiyor kirib qolmasligini kontrol qilib turganman”. Ko’rinayaptiki, asar yaratish jarayonida yozuvchining ongi ikkiga bo’linadi: u (avtor) yaratuvchi, u (o’quvchi) baholovchidir. Ana shu yaratuvchanlik va baholovchilik holatlarining mutanosibligi asarning ta’sir kuchini ta’minlaydi. Agar birinchi holat-yozuvchining ijod jarayonida o’zganing (obrazning) “terisiga kira bilishi”ga, uning ruhi bilan yashay olishiga va voqeaning ishtirokchisiga aylanishiga olib kelsa, ikkinchi holat – obrazni o’zidan ajratishiga, unga sal uzoqroqdan razm solishga imkon beradi. Aytmoqchimizki, yozuvchi tasvirlanayotgan voqyelik ichida, qahramon shaxsida yashar ekan, u hyech vaqt o’zligini (yaratuvchi shaxsligini) yo’qotmasligi kerak. Chunki yozuvchi tasvirlanayotgan personaj emas, u personajning hamma kechinmalarini aslida boshidan kechirgan ham emas. Lekin yozuchida personaj yuragini o’z qalbiga joylab olmoq san’ati, inson psixikasini, his-hayajoni va iztiroblarini tasvirlay olish qudrati bor. Ham yaratish, ham baholash holati izchil bo’lishi uchun ijod jarayonida yozuvchiga osoyishtalik va ruhiy tiniqlik kerak. Agar charchash, toliqish natijasida  
 
xayol har yoqqa olib qochar ekan, u diqqatini bir markazga to’play olmaydi. Agar u 
kuchli hayajon, iztirob, kechinma ta’sirida ekan, u bu holatlarni to’liq sezadi, his 
qiladi, lekin qog’ozga tushira olmaydi. Bu o’z navbatida qahramonlar hatti-
harakatlarini, qalb kechinmalarini yetarli baholay olmasldikka olib keladi. L.Tolstoy 
ta’biri bilan aytganda, yozuvchi “dilidagi tanqidchi” uyg’onmaydi. 
Xullas, tasavvur materialni bunyod etadi, hissiyot uni harakatga soladi, 
aql esa boshqarish va nazorat qilish vazifasini o’taydi... 
Tayanch tushunchalar 
 
Ko’rgazmali obraz. Suratli (fotografik) obraz. Badiiy obraz. “Obraz” atamasi. 
Badiiy obraz va inson. Umumlashtirish. Individuallashtirish. Badiiy to’qima. Estetik 
ta’sirdorlik. Tasavvur va aql ishtiroki.  
Savol va vazifalar 
1. Obrazning qaysi xillarining bilasiz? 
2. “Obraz” atamasining ma’nosini sharhlang. 
3. Badiiy obrazning asosiy xususiyatlarni chuqur o’rganib, obraz ta’rifini yod oling. 
4. Badiiy obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtirokini tushuntiring. 
Adabiyotlar 
1. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 40-49-betlar. 
2. A.Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “Universitet”, 2000, 13-16-betlar. 
3. L.I.Timofiyev. Osnovы teorii literaturы. M., 1959, 14-59-betlar. 
4. Vvvedeniye v literaturovedeniye, M., “Vыshaya shkola”, 1988, 38-44-betlar. 
5.H.Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi (I qism), S., 2001, 34-46-betlar.   
 
xayol har yoqqa olib qochar ekan, u diqqatini bir markazga to’play olmaydi. Agar u kuchli hayajon, iztirob, kechinma ta’sirida ekan, u bu holatlarni to’liq sezadi, his qiladi, lekin qog’ozga tushira olmaydi. Bu o’z navbatida qahramonlar hatti- harakatlarini, qalb kechinmalarini yetarli baholay olmasldikka olib keladi. L.Tolstoy ta’biri bilan aytganda, yozuvchi “dilidagi tanqidchi” uyg’onmaydi. Xullas, tasavvur materialni bunyod etadi, hissiyot uni harakatga soladi, aql esa boshqarish va nazorat qilish vazifasini o’taydi... Tayanch tushunchalar Ko’rgazmali obraz. Suratli (fotografik) obraz. Badiiy obraz. “Obraz” atamasi. Badiiy obraz va inson. Umumlashtirish. Individuallashtirish. Badiiy to’qima. Estetik ta’sirdorlik. Tasavvur va aql ishtiroki. Savol va vazifalar 1. Obrazning qaysi xillarining bilasiz? 2. “Obraz” atamasining ma’nosini sharhlang. 3. Badiiy obrazning asosiy xususiyatlarni chuqur o’rganib, obraz ta’rifini yod oling. 4. Badiiy obraz yaratishda tasavvur va aqlning ishtirokini tushuntiring. Adabiyotlar 1. T.Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “O’qituvchi”, 1979, 40-49-betlar. 2. A.Ulug’ov. Adabiyotshunoslikka kirish. T., “Universitet”, 2000, 13-16-betlar. 3. L.I.Timofiyev. Osnovы teorii literaturы. M., 1959, 14-59-betlar. 4. Vvvedeniye v literaturovedeniye, M., “Vыshaya shkola”, 1988, 38-44-betlar. 5.H.Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi (I qism), S., 2001, 34-46-betlar.