“BADIIY TAHLIL ASOSLARI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

19,4 KB


 
 
 
 
 
 
“BADIIY TAHLIL ASOSLARI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, 
VAZIFALARI 
 
 
                                                   REJA: 
1. "Badiiy tahlil asoslari" fanining predmeti. 
2. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ijtimoiy ahamiyati. 
3. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. 
4. "Badiiy tahlil asoslari" fanining maqsad va vazifalari. 
 
Tayanch tushunchalar: 
     Tahlil, Talqin, Hermenevtika, Interpretatsya, Semyotika, Semosologiya, Sharh, 
Ta’vil, Tafsir,   Badiiy tahlil, Badiiy tahlil idroki, Ma'naviyat va badiiy asar, 
Adabiyotshunoslik va tahlil, Tahlil va ma'naviyat. 
 
"Badiiy tahlil asoslari" kursi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan 
professional 
darajada 
ishlashga 
urgatish 
omilidir. 
Dunyoning 
kupgina 
universitetlari, shuningdek, MDHning Rossiya, Qozogiston, Ukraina singari 
mamlakatlardagi universitetlarning filologiya fakultetlarida anchadan buyon "Badiiy 
tahlil" yoki "Hermenevtika" alohida predmet sifatida urganilayotir.Badiiy tahlildan 
xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo’lmaslik oliy filologik ta'limni  
samarasiz qiladi. Uzbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyottanuvi 
darajasidan 
orkadaligi, 
xermenevtik 
usullardan 
yiroqligi, 
psixoanalitik, 
strukturalizm imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy talqinning, asosan, 
sotsiologik interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini bilmaslik 
amaliyotini uzlashtirmaganlik oqibatidir. Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan 
buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun ham unga olimlar 
tomonidan turlicha ta'rif berib kelingan. Badiiy tahlil SHarq adabiyotshunoslik 
“BADIIY TAHLIL ASOSLARI” FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI REJA: 1. "Badiiy tahlil asoslari" fanining predmeti. 2. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ijtimoiy ahamiyati. 3. "Badiiy tahlil asoslari" fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. 4. "Badiiy tahlil asoslari" fanining maqsad va vazifalari. Tayanch tushunchalar: Tahlil, Talqin, Hermenevtika, Interpretatsya, Semyotika, Semosologiya, Sharh, Ta’vil, Tafsir, Badiiy tahlil, Badiiy tahlil idroki, Ma'naviyat va badiiy asar, Adabiyotshunoslik va tahlil, Tahlil va ma'naviyat. "Badiiy tahlil asoslari" kursi filolog mutaxassislarni badiiy asar bilan professional darajada ishlashga urgatish omilidir. Dunyoning kupgina universitetlari, shuningdek, MDHning Rossiya, Qozogiston, Ukraina singari mamlakatlardagi universitetlarning filologiya fakultetlarida anchadan buyon "Badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" alohida predmet sifatida urganilayotir.Badiiy tahlildan xabarsizlik yoki bu borada yetarli malakaga ega bo’lmaslik oliy filologik ta'limni samarasiz qiladi. Uzbek adabiyotshunoslik ilmining dunyo adabiyottanuvi darajasidan orkadaligi, xermenevtik usullardan yiroqligi, psixoanalitik, strukturalizm imkoniyatlaridan foydalanolmasligi, badiiy talqinning, asosan, sotsiologik interpretatsiya tusida ekanligi badiiy tahlil nazariyasini bilmaslik amaliyotini uzlashtirmaganlik oqibatidir. Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan buyon ilm egalarining diqqatini tortib kelgan. Shuning uchun ham unga olimlar tomonidan turlicha ta'rif berib kelingan. Badiiy tahlil SHarq adabiyotshunoslik  
 
ilmida azaldan muhokama mavzusi bo’lgan. Forobiy, Axmad Taroziy, 
Navoiy,Bobur singari mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir islomiy-
turkiy qarashlar aks etgan. San'at inson evristik faoliyatining eng oliy ko’rinishidir. 
Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlari orasida alohida mavqega egadir. Chunki u 
inson ma'naviyatini shakllantirishda asosiy o’rin tutadigan vositadir. Goyat ko’p 
o’lchovli murakkab butunlik bo’lmish badiiy adabiyot o’quvchi tomonidan o’qilib, 
his etilib, anglanib olingandagina ta'sirchan estetik-ma'naviy energiyaga aylanadi. 
His etilmagan, anglanmagan go’zallik ma'naviyatga ta'sir ko’rsata olmaydi. Shuning 
uchun ham adabiyot o’qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega, ahamiyatga 
egadir. Adabiy ta'lim oldidagi bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis 
badiiy asarni tahlillash yullarinipuxta egallab olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz 
barkamol shaxs shakllantirilishi amalga oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam 
badiiy tahlil bo’lmagan joyda badiiy matn o’quvchiningtuygulariga ta'sir etmaydi, 
ma'naviyatining shakllanishiga xizmat qilmaydi. Mafkuraviy adabiyot o’qitish, 
aslida, badiiy asarsiz adabiy ta'lim edi. Bunda badiiy matnning uzi bilan emas, balki 
undan chiqarilishi mumkin buo’lgan ijtimoiy ma'no bilan ko’zlanar edi, xolos. 
Natijada, 
adabiyot 
o’q’itish 
quruq 
nasihat, 
yalangoch 
aqidaparastlik, 
siyosatshunoslik, jamiyatshunoslikka aylanardi. Bu faqat O’zbekiston adabiy 
ta'limigagina xos xususiyat bulmay, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan 
barcha o’lkalarda ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi atalmish bepoyon imperiyaning 
hamma joyida ham talabalarga yalangoch haqiqatlar, zerikarli aqidalar, sinfiy 
kurashlar mohiyatiga daxldor umumlashmalar, adiblar hayotiga doir ma'lumotlar 
singari axborotlarni yetkazish adabiy ta'lim deb qaralar, yoshlar chinakam badiiy 
so’z ta'mini his qilishdan, adabiy asar matnidan bevosita zavqlanishdan uzib 
quyilgan edi. Jamiyat a'zolarining biror ilmiy haqiqatni bilmay qolishi jamiyat uchun 
ham, shaxsning o’zi uchun ham jiddiy yo’qotish bo’lmagani holda, biror ma'naviy 
qadriyatni, axloqiy sifatni o‘zlashtirmaganligi chinakam fojiadir. Mamlakatimiz 
o’rta maktablarida tahsil ko’rgan har bir kishi Pifagor teoremasini yoxud suvning 
kimyoviy tarkibi nimadan iborat ekanligini tutilmay aytib bera oladi. "Tug‘ri 
burchakli uchburchak gipotenuzasi kvadrati katetlar kvadratlari yigindisiga teng" 
ekani haqidagi ma'lumot ta'lim tizimi uchun uzlashtirish nihoyatda zarur haqiqat 
hisoblanadi. Holbuki, bu ta'rifni uzlashtirish yoki uzlashtirmaslik na tabiat, na 
ilmida azaldan muhokama mavzusi bo’lgan. Forobiy, Axmad Taroziy, Navoiy,Bobur singari mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga doir islomiy- turkiy qarashlar aks etgan. San'at inson evristik faoliyatining eng oliy ko’rinishidir. Badiiy adabiyot san'atning boshqa turlari orasida alohida mavqega egadir. Chunki u inson ma'naviyatini shakllantirishda asosiy o’rin tutadigan vositadir. Goyat ko’p o’lchovli murakkab butunlik bo’lmish badiiy adabiyot o’quvchi tomonidan o’qilib, his etilib, anglanib olingandagina ta'sirchan estetik-ma'naviy energiyaga aylanadi. His etilmagan, anglanmagan go’zallik ma'naviyatga ta'sir ko’rsata olmaydi. Shuning uchun ham adabiyot o’qitishda badiiy asar tahlili alohida mavqega, ahamiyatga egadir. Adabiy ta'lim oldidagi bosh maqsadga erishish uchun filolog mutaxassis badiiy asarni tahlillash yullarinipuxta egallab olishi shartdir. Badiiy matn tahlilisiz barkamol shaxs shakllantirilishi amalga oshmaydigan orzudir, xolos. Chinakam badiiy tahlil bo’lmagan joyda badiiy matn o’quvchiningtuygulariga ta'sir etmaydi, ma'naviyatining shakllanishiga xizmat qilmaydi. Mafkuraviy adabiyot o’qitish, aslida, badiiy asarsiz adabiy ta'lim edi. Bunda badiiy matnning uzi bilan emas, balki undan chiqarilishi mumkin buo’lgan ijtimoiy ma'no bilan ko’zlanar edi, xolos. Natijada, adabiyot o’q’itish quruq nasihat, yalangoch aqidaparastlik, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslikka aylanardi. Bu faqat O’zbekiston adabiy ta'limigagina xos xususiyat bulmay, kommunistik mafkura hukmronlik qilgan barcha o’lkalarda ham ahvol shu edi. Sovet Ittifoqi atalmish bepoyon imperiyaning hamma joyida ham talabalarga yalangoch haqiqatlar, zerikarli aqidalar, sinfiy kurashlar mohiyatiga daxldor umumlashmalar, adiblar hayotiga doir ma'lumotlar singari axborotlarni yetkazish adabiy ta'lim deb qaralar, yoshlar chinakam badiiy so’z ta'mini his qilishdan, adabiy asar matnidan bevosita zavqlanishdan uzib quyilgan edi. Jamiyat a'zolarining biror ilmiy haqiqatni bilmay qolishi jamiyat uchun ham, shaxsning o’zi uchun ham jiddiy yo’qotish bo’lmagani holda, biror ma'naviy qadriyatni, axloqiy sifatni o‘zlashtirmaganligi chinakam fojiadir. Mamlakatimiz o’rta maktablarida tahsil ko’rgan har bir kishi Pifagor teoremasini yoxud suvning kimyoviy tarkibi nimadan iborat ekanligini tutilmay aytib bera oladi. "Tug‘ri burchakli uchburchak gipotenuzasi kvadrati katetlar kvadratlari yigindisiga teng" ekani haqidagi ma'lumot ta'lim tizimi uchun uzlashtirish nihoyatda zarur haqiqat hisoblanadi. Holbuki, bu ta'rifni uzlashtirish yoki uzlashtirmaslik na tabiat, na  
 
jamiyat, na shaxs rivojiga hal qiluvchi ta'sir ko’rsata oladi. Eng muhimi, mazkur 
haqiqatni bilish o’quvchi ma'naviyatiga, qalbiga deyarli daxl qilmaydi. Pifagor 
teoremasini bilganda ham, bilmaganda ham kishining, uni urab turgan olamning 
mohiyati uzgarishsiz qolaveradi. Lekin hazrat Navoiyning: 
                                Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi o't, 
                                Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o't. 
matla'li, yoki: 
                               Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas, 
                               Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas. 
 
tarzida boshlanadigan g'azallari bilan tanishgan, ularning badiiy jozibasi va mantiqiy 
qudratidan xabardor bo'lgan odam uchun olam ham, odamlar ham, hayot ham 
boshqacharoq bo'lib qolishi aniq. Demak, asl badiiy asar odamning o'zida, uning 
tabiatida, ma'naviyatida evrilish sodir qiladi. Abdulla Oripovning har satridan 
insoniy dard balqib turuvchi "O'ylarim" she'ridagi quyidagi satrlar o'quvchi 
tuyg'ularida o'zgarish yasashini inkor etib bo'ladimi: 
 
Olti oykim, she'r yozmayman, yuragim zada, 
Olti oykim, o'zgalarga tilayman omad. 
Olti oykim, do'stlarim ham pana-panada 
Iste'dodim so'nganidan qilar karomat. 
Nimanidir axtaraman she'rdan ham ulug', 
Nimanidir qidiraman nondan azizroq. 
Dunyo o'zi bepoyonku ranglarga to'lug', 
Biroq mening ko'zlarimdan ranglar ham yiroq. 
...She'r izlayman bukun Toshkent ko'chalarida, 
Sekingina zirqiraydi beorom qalbim. 
Men umrimning bu suronli kechalarida 
Na bir taskin topa oldim, na she'r topoldim. 
...Ta'na qilmay axir sevgim mukofotini 
Inson uchun ming otashda kuyar edim men. 
O, qanchalar sevar edim inson zotini, 
jamiyat, na shaxs rivojiga hal qiluvchi ta'sir ko’rsata oladi. Eng muhimi, mazkur haqiqatni bilish o’quvchi ma'naviyatiga, qalbiga deyarli daxl qilmaydi. Pifagor teoremasini bilganda ham, bilmaganda ham kishining, uni urab turgan olamning mohiyati uzgarishsiz qolaveradi. Lekin hazrat Navoiyning: Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushdi o't, Yo'q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o't. matla'li, yoki: Meni men istagan o'z suhbatiga arjumand etmas, Meni istar kishining suhbatin ko'nglim pisand etmas. tarzida boshlanadigan g'azallari bilan tanishgan, ularning badiiy jozibasi va mantiqiy qudratidan xabardor bo'lgan odam uchun olam ham, odamlar ham, hayot ham boshqacharoq bo'lib qolishi aniq. Demak, asl badiiy asar odamning o'zida, uning tabiatida, ma'naviyatida evrilish sodir qiladi. Abdulla Oripovning har satridan insoniy dard balqib turuvchi "O'ylarim" she'ridagi quyidagi satrlar o'quvchi tuyg'ularida o'zgarish yasashini inkor etib bo'ladimi: Olti oykim, she'r yozmayman, yuragim zada, Olti oykim, o'zgalarga tilayman omad. Olti oykim, do'stlarim ham pana-panada Iste'dodim so'nganidan qilar karomat. Nimanidir axtaraman she'rdan ham ulug', Nimanidir qidiraman nondan azizroq. Dunyo o'zi bepoyonku ranglarga to'lug', Biroq mening ko'zlarimdan ranglar ham yiroq. ...She'r izlayman bukun Toshkent ko'chalarida, Sekingina zirqiraydi beorom qalbim. Men umrimning bu suronli kechalarida Na bir taskin topa oldim, na she'r topoldim. ...Ta'na qilmay axir sevgim mukofotini Inson uchun ming otashda kuyar edim men. O, qanchalar sevar edim inson zotini,  
 
qanday buyuk muhabbat-la sevar edim men. 
Bugun to'nib atrofimga qarayman g'amgin, 
O't berolmas, qalbga endi u yoshlik damlar. 
Men insonni bir insonday sevardim, lekin 
Nechun ko'pdir haligacha razil odamlar... 
 
Haqiqiy badiiyat, anglangan va anglatilgan go'zallik kitobxonning 
ma'naviyatigagina emas,tafakkuriga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uning shaxs sifatida 
shakllanish jarayoniga to'g'riyo'nalish beradi. Badiiy adabiyotni faqat hayotiy 
savollarga javob beradigan, o'quvchilarni yashashga o'rgatadigan amaliy vosita 
tarzidagina taqdim qilish zararlidir. Chunki badiiy adabiyot savollarga javob 
bermaydi, balki kitobxon oldiga savollar qo'yadi. Shuningdek, u yoki bu tarzda 
yashash kerak deb tavsiya ham bermaydi, yo'l ko'rsatmaydi. Chunki inson 
tabiatining, hayotiy vaziyatlarning sanoqsizligi, hisobsiz muqobillarga egaligi bu xil 
tavsiyalarni darrov samarasiz qiladi. Mabodo, adabiyot biror buzilgan narsani tuzatsa 
ham, faqat muhabbat dorisi bilan, insoniylik malhami bilan tuzatadi. Saksoninchi 
yillardan boshlab, adabiy ta'limda asar tahlilining hal qiluvchi ahamiyati 
anglanadigan bo'ldi. O'sha anglanishning, asar tahlili inson ma'naviyatining 
shakllanishida tutgan yuksak mavqei tan olinishining natijasi o'laroq "badiiy tahlil" 
yoki "Hermenevtika" singari yangi filologik fanlar paydo bo'ldi hamda bir qator 
respublikalardagi oliy maktablarning filologiya fakultetlari o'quv rejalariga kiritilib, 
o'qitila boshlandi. Afsuski, filolog mutaxassislarning ham badiiy tahlil madaniyati 
g'oyat past, oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislarda san'at 
asarlarini tahlil qilish ko'nikmalari shakllantirilishi lozim. Mazkur fan milliy 
adabiyotshunoslik tomonidan nazariy jihatdan ishlab chiqilmoqda. Xullas, hozirgi 
kunda, xuddi madaniy saviyasi baland mamlakatlarda bo'lgani singari, "Badiiy 
tahlil" ilmini yaratish hamda uning oliy o'quv yurtlari filologiya fakultetlarida 
o'qitilishiga erishish o'zbek adabiyotshunosligi oldidaga muhim vazifalardan biridir. 
Shuning uchun ham "Badiiy tahlil asoslari" kursining o'zbek filologik ta'limidagi 
xermenevtik yo'nalishdagi dastlabki fan sifatida o'qitilishi katta ma'rifiy ahamiyat 
kasb etadi. Qachonki, bo'lajak filolog badiiy asarlarni tahlil etish yo'l-yo'rig'ini 
fanniy asoslarda o'rganmas ekan va har qanday janrdagi asarni tahlillay olish 
qanday buyuk muhabbat-la sevar edim men. Bugun to'nib atrofimga qarayman g'amgin, O't berolmas, qalbga endi u yoshlik damlar. Men insonni bir insonday sevardim, lekin Nechun ko'pdir haligacha razil odamlar... Haqiqiy badiiyat, anglangan va anglatilgan go'zallik kitobxonning ma'naviyatigagina emas,tafakkuriga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi, uning shaxs sifatida shakllanish jarayoniga to'g'riyo'nalish beradi. Badiiy adabiyotni faqat hayotiy savollarga javob beradigan, o'quvchilarni yashashga o'rgatadigan amaliy vosita tarzidagina taqdim qilish zararlidir. Chunki badiiy adabiyot savollarga javob bermaydi, balki kitobxon oldiga savollar qo'yadi. Shuningdek, u yoki bu tarzda yashash kerak deb tavsiya ham bermaydi, yo'l ko'rsatmaydi. Chunki inson tabiatining, hayotiy vaziyatlarning sanoqsizligi, hisobsiz muqobillarga egaligi bu xil tavsiyalarni darrov samarasiz qiladi. Mabodo, adabiyot biror buzilgan narsani tuzatsa ham, faqat muhabbat dorisi bilan, insoniylik malhami bilan tuzatadi. Saksoninchi yillardan boshlab, adabiy ta'limda asar tahlilining hal qiluvchi ahamiyati anglanadigan bo'ldi. O'sha anglanishning, asar tahlili inson ma'naviyatining shakllanishida tutgan yuksak mavqei tan olinishining natijasi o'laroq "badiiy tahlil" yoki "Hermenevtika" singari yangi filologik fanlar paydo bo'ldi hamda bir qator respublikalardagi oliy maktablarning filologiya fakultetlari o'quv rejalariga kiritilib, o'qitila boshlandi. Afsuski, filolog mutaxassislarning ham badiiy tahlil madaniyati g'oyat past, oliy maktablarni bitirib chiqayotgan yosh mutaxassislarda san'at asarlarini tahlil qilish ko'nikmalari shakllantirilishi lozim. Mazkur fan milliy adabiyotshunoslik tomonidan nazariy jihatdan ishlab chiqilmoqda. Xullas, hozirgi kunda, xuddi madaniy saviyasi baland mamlakatlarda bo'lgani singari, "Badiiy tahlil" ilmini yaratish hamda uning oliy o'quv yurtlari filologiya fakultetlarida o'qitilishiga erishish o'zbek adabiyotshunosligi oldidaga muhim vazifalardan biridir. Shuning uchun ham "Badiiy tahlil asoslari" kursining o'zbek filologik ta'limidagi xermenevtik yo'nalishdagi dastlabki fan sifatida o'qitilishi katta ma'rifiy ahamiyat kasb etadi. Qachonki, bo'lajak filolog badiiy asarlarni tahlil etish yo'l-yo'rig'ini fanniy asoslarda o'rganmas ekan va har qanday janrdagi asarni tahlillay olish  
 
malakasiga ega bo'lmas ekan, adabiy ta'limdan kuzatilgan maqsad to'liq amalga 
oshmaydi. Adabiyot o'qituvchisi nochorligicha, adabiyot darslari zerikarliligicha, 
asardan chiqariladigan xulosa "ijtimoiy nasihat"ligicha qolaveradi. Tahlil g'arib 
bo'lganligi uchun adabiyot o'qitish jarayoni oldiga qo'yilgan bosh maqsad, ya'ni 
barkamol shaxsni shakllantirishga erishilmaydi, uning o'rniga quruq va yoqimsiz 
nasihat bilan o'quvchilarni haqiqiy adabiyotdan bezdirish, binobarin, ularning 
ma'naviyatini kambag'allashtirish davom etaveradi. Adabiyot mutaxassislari 
tahlillash malakasiga yetarlicha ega bo’lmaganliklari uchun talabalarga nima 
"berish"ni ham, ulardan nimani "olish"ni ham bilishmaydi. Shu bois, adabiyot 
darslarida talabalar zimmasiga goyat yengil va keraksiz "yuk" qo’yiladi. Yengil-elpi 
talabalarning hayolotini ishga solmaydigan, aqlini zuriktirmaydigan "javob"lar 
adabiyot bo’yicha ijobiy baho olish uchun yetarli hisoblanib kelinadi. Chunonchi, 
fizika darsida butun olam tortilish qonunini yaratish uchun Nyutonning boshiga 
tasodifan tushib ketgan olma turtki bo’lganini aytgan, ammo qonunning mohiyatini 
bilmagan o’quvchiga "yomon" baho qo’yiladi va tugri qilinadi. Ammo "Xamsa" 
asarining 2,5 yil mobaynida yaratilgani va uning besh dostondan iboratligini bilgan 
talabaga, garchi u "Xamsa"ni ochib ko’rmagan bo’lsa-da, "yomon" baho quyish 
mumkin emas! Chunki adabiyot perdmeti uchun o’sha "bilim" ham yetarli! Badiiy 
asar matni bilan ishlashni uz faoliyatining markaziy masalasi deb hisoblamaydigan 
adabiy ta'lim muvaffakiyatsizlikka mahkumdir. Badiiy tahlilsiz adabiy ta'lim 
ma'naviyatsiz 
shaxs, 
bilimsiz 
mutaxassis 
demakdir. 
Yangilangan 
milliy 
adabiyotshunosligimiz o’z oldiga ma'naviyati yuksak shaxslarni shakllantirish 
maqsadini qo’yayotgan ekan, adabiy ta'limda badiiy tahlil hal qiluvchi ahamiyatga 
ega bo’lishi shubhasizdir. Malakali badiiy tahlil bo’lmagan joyda mu'jizaviy 
asarning sehri, siri, jozibasi yo’qqa chiqadi, uning zamiridagi badiiy va hayotiy 
ma'no payqalmay qolaveradi. Adabiyot o’qitishda badiiy tahlilga e'tibor goyat sust 
bo’lganligi uchun ham millat ahlining bir necha avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va 
Qodiriysiz yashab kelmoqda. Chunki yoshlarga daho ijodkorlarning asarlariga xos 
badiiy jihatlar butun kulami, kup qirraliligi bilan yetkazib berish mexanizmi ishlab 
chiqilgani yuq. Badiiy tahlil yullari uzlashtirilmaguncha o’quvchilar haqiqiy 
adabiyotni yengil-elpi, ommaviy bitiklardan farqlay olmay yuraveradilar. Bu holat 
ularni haftafahmlikka, badiiy daltonizm (shabko’rlik)ga, didsizlikka olib boradi. 
malakasiga ega bo'lmas ekan, adabiy ta'limdan kuzatilgan maqsad to'liq amalga oshmaydi. Adabiyot o'qituvchisi nochorligicha, adabiyot darslari zerikarliligicha, asardan chiqariladigan xulosa "ijtimoiy nasihat"ligicha qolaveradi. Tahlil g'arib bo'lganligi uchun adabiyot o'qitish jarayoni oldiga qo'yilgan bosh maqsad, ya'ni barkamol shaxsni shakllantirishga erishilmaydi, uning o'rniga quruq va yoqimsiz nasihat bilan o'quvchilarni haqiqiy adabiyotdan bezdirish, binobarin, ularning ma'naviyatini kambag'allashtirish davom etaveradi. Adabiyot mutaxassislari tahlillash malakasiga yetarlicha ega bo’lmaganliklari uchun talabalarga nima "berish"ni ham, ulardan nimani "olish"ni ham bilishmaydi. Shu bois, adabiyot darslarida talabalar zimmasiga goyat yengil va keraksiz "yuk" qo’yiladi. Yengil-elpi talabalarning hayolotini ishga solmaydigan, aqlini zuriktirmaydigan "javob"lar adabiyot bo’yicha ijobiy baho olish uchun yetarli hisoblanib kelinadi. Chunonchi, fizika darsida butun olam tortilish qonunini yaratish uchun Nyutonning boshiga tasodifan tushib ketgan olma turtki bo’lganini aytgan, ammo qonunning mohiyatini bilmagan o’quvchiga "yomon" baho qo’yiladi va tugri qilinadi. Ammo "Xamsa" asarining 2,5 yil mobaynida yaratilgani va uning besh dostondan iboratligini bilgan talabaga, garchi u "Xamsa"ni ochib ko’rmagan bo’lsa-da, "yomon" baho quyish mumkin emas! Chunki adabiyot perdmeti uchun o’sha "bilim" ham yetarli! Badiiy asar matni bilan ishlashni uz faoliyatining markaziy masalasi deb hisoblamaydigan adabiy ta'lim muvaffakiyatsizlikka mahkumdir. Badiiy tahlilsiz adabiy ta'lim ma'naviyatsiz shaxs, bilimsiz mutaxassis demakdir. Yangilangan milliy adabiyotshunosligimiz o’z oldiga ma'naviyati yuksak shaxslarni shakllantirish maqsadini qo’yayotgan ekan, adabiy ta'limda badiiy tahlil hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi shubhasizdir. Malakali badiiy tahlil bo’lmagan joyda mu'jizaviy asarning sehri, siri, jozibasi yo’qqa chiqadi, uning zamiridagi badiiy va hayotiy ma'no payqalmay qolaveradi. Adabiyot o’qitishda badiiy tahlilga e'tibor goyat sust bo’lganligi uchun ham millat ahlining bir necha avlodi Navoiy, Bobur, Mashrab va Qodiriysiz yashab kelmoqda. Chunki yoshlarga daho ijodkorlarning asarlariga xos badiiy jihatlar butun kulami, kup qirraliligi bilan yetkazib berish mexanizmi ishlab chiqilgani yuq. Badiiy tahlil yullari uzlashtirilmaguncha o’quvchilar haqiqiy adabiyotni yengil-elpi, ommaviy bitiklardan farqlay olmay yuraveradilar. Bu holat ularni haftafahmlikka, badiiy daltonizm (shabko’rlik)ga, didsizlikka olib boradi.  
 
Estetik shabko’rlik, didsizlik kishini ma'naviy bepisandlik va axloqiy loqaydlikka 
olib keladi. Adabiy asarni tahlil qila olmagan, binobarin, undan ta'sirlana bilmagan 
kishi ma'naviy qadriyatlarga mensinmay qaraydigan bo’ladi. Chunki bunday kishiga 
uzgani his etish - begona. Unda tor amaliyotchilik, manfaatparastlik illatlari xuruj 
qilish imkoniyati katta. Shuning uchun ham badiiy tahlilni amalga oshirish oddiy 
didaktik yumush emas, balki o’ta muhim ma'naviy tadbir hamdir. "Badiiy tahlil 
asoslari" kursining boshqa biror fan bevosita shugullanmaydigan o’z predmeti 
mavjud. Ya'ni uzbek filologik ta'lim tizimida mavjud bulgan birorta fan bevosita 
badiiy matnni tahlil kilish yullarini urgatish bilan shugullanmaydi."Badiiy tahlil 
asoslari" fani ulkan ijtimoiy-estetik ahamiyatga egadir. Asosli ilmiy tahlil bo’lmagan 
joyda badiiy asar tula anglanmaydi. Badiiy matnni tula anglamagan filolog 
uzgaodamning ma'naviyatini shakllantirishda samaraga erisha olmaydi. Holbuki, 
filologlar millat ahlima'naviyatini shakllantirishga mas'ul bo’lgan kasb egalaridirlar. 
Jamiyat a'zolari hayotida badiiyadabiyotning baland martabadaligi, ta'lim tizimida 
adabiyot alohida imtiyozli mavqeda turishining sababi uning ulkan ijtimoiy 
ahamiyatidan kelib chiqadi. Ma'naviiy- axloqiy qadriyatlar ham shu yunalishdagi 
muayyan tajribalarni uzlashtirishdan kelib chiqadi. Bu xil tajriba har bir odamning 
uz boshidan kechirilishi shart emas. Balki badiiy asar qahramonlari holatini anglash, 
ularning hissiyotlari, tuygulari junbushga kelganligi sababini tushunish kishida 
xuddi 
usha 
qahramonlarniki 
singari 
sezimlarning 
shakllanishiga 
sabab 
bo’ladi."Badiiy tahlil asoslari" fanining o’ziga xos tadqiqot metodlari ham 
mavjuddir. Chunonchi,komparavistika, kuzatish, dalillash, deduksiya, induksiya, 
umumlashtirish, shartlilik, psixologikasoslanganlik singari metodlar mazkur fanga 
doir xulosalarni chiqarishda qullaniladigan ilmiy tadqiqot usullaridir. Bu tadqiqot 
metodlari fanning boshqa sohalarini tadqiq etishda boshqachayusinda ishlatiladi. 
Tilga olingan ana shu uch omil "Badiiy tahlil asoslari" kursining alohida fanligini 
ta'minlaydi.    
 
                               Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari:  
 
1.  Tahlil va talqin tushunchalariga izoh bering? 
2.  “Badiiy tahlil asoslari” fani manbalari nimalardan iborat? 
Estetik shabko’rlik, didsizlik kishini ma'naviy bepisandlik va axloqiy loqaydlikka olib keladi. Adabiy asarni tahlil qila olmagan, binobarin, undan ta'sirlana bilmagan kishi ma'naviy qadriyatlarga mensinmay qaraydigan bo’ladi. Chunki bunday kishiga uzgani his etish - begona. Unda tor amaliyotchilik, manfaatparastlik illatlari xuruj qilish imkoniyati katta. Shuning uchun ham badiiy tahlilni amalga oshirish oddiy didaktik yumush emas, balki o’ta muhim ma'naviy tadbir hamdir. "Badiiy tahlil asoslari" kursining boshqa biror fan bevosita shugullanmaydigan o’z predmeti mavjud. Ya'ni uzbek filologik ta'lim tizimida mavjud bulgan birorta fan bevosita badiiy matnni tahlil kilish yullarini urgatish bilan shugullanmaydi."Badiiy tahlil asoslari" fani ulkan ijtimoiy-estetik ahamiyatga egadir. Asosli ilmiy tahlil bo’lmagan joyda badiiy asar tula anglanmaydi. Badiiy matnni tula anglamagan filolog uzgaodamning ma'naviyatini shakllantirishda samaraga erisha olmaydi. Holbuki, filologlar millat ahlima'naviyatini shakllantirishga mas'ul bo’lgan kasb egalaridirlar. Jamiyat a'zolari hayotida badiiyadabiyotning baland martabadaligi, ta'lim tizimida adabiyot alohida imtiyozli mavqeda turishining sababi uning ulkan ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqadi. Ma'naviiy- axloqiy qadriyatlar ham shu yunalishdagi muayyan tajribalarni uzlashtirishdan kelib chiqadi. Bu xil tajriba har bir odamning uz boshidan kechirilishi shart emas. Balki badiiy asar qahramonlari holatini anglash, ularning hissiyotlari, tuygulari junbushga kelganligi sababini tushunish kishida xuddi usha qahramonlarniki singari sezimlarning shakllanishiga sabab bo’ladi."Badiiy tahlil asoslari" fanining o’ziga xos tadqiqot metodlari ham mavjuddir. Chunonchi,komparavistika, kuzatish, dalillash, deduksiya, induksiya, umumlashtirish, shartlilik, psixologikasoslanganlik singari metodlar mazkur fanga doir xulosalarni chiqarishda qullaniladigan ilmiy tadqiqot usullaridir. Bu tadqiqot metodlari fanning boshqa sohalarini tadqiq etishda boshqachayusinda ishlatiladi. Tilga olingan ana shu uch omil "Badiiy tahlil asoslari" kursining alohida fanligini ta'minlaydi. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Tahlil va talqin tushunchalariga izoh bering? 2. “Badiiy tahlil asoslari” fani manbalari nimalardan iborat?  
 
3.  Badiiy matn turlari haqida so’z yuriting? 
4.  Fan predmeti, funktsiyasi deganda nimani tushunasiz? 
5. “Badiiy tahlil asoslari” fanininig boshqa fanlar bilan aloqasi to’grisida fikr 
yuriting? 
6.  Hermenevtika fanining yo’nalishlari haqida ma’lumot bering? 
7. Qadimgi Sharq va Garb talqin fanlari haqida ma’lumot bering? 
8. Badiiy adabiyotning 5 ta vazifasini yodda saqlang 1. Muloqat-kommunikativ. 2. 
Baholash-aksiologik. 3. Tarbiyaviy-axloqiy. 4. Zavqlantirish-hedionistik. 5. Bilish-
unosiologik 
 TESTLAR: 
 
1.Tahlilga yangicha, samarali yondashuv deb nimani tushunasiz? 
a) sujetni qayta hikoyalash; b) Ijtimoiy jihatlarini ko‘rsata bilish; s) badiiy-estetik 
jihatlarini ochib berish; d) moderncho usullarni fazilatli qilib ko‘rsatish 
2. “Badiiy tahlil asoslari” fanining maqsadini ayting. a) talabalarni badiiy asarlarni 
tushunishga yo‘naltirish; b) filolog mutaxssislarni badiiy asar bilan pfofessional 
darajada ishlashga o‘rgatish; c) stilistil va lingvopoetik jihatlarini anglay olish; 
d) talaba yoshlarni kitobxonlikka, kitobni qadrlashga o‘rgatish. 
3. Tanqidchi so‘ziga mos javobni toping? a) biror badiiy asarni saragini sarakka, 
puchagini puchakka ajratadigan shaxs; b) yozuvchi yoki shoirga o‘z asarini qanday 
yozilganidan xabar beruvchi shaxs; c) har qanday badiiy asrning o‘qishli va jozibali 
tomonlarini tashkil etgan estetik, psixologik, hayotiy, ruhan hamda badiiy tasvirga 
doir omillarni topadigan shaxs; d) muayyan bir asar o‘qilayotganda uning qaysi 
jihatlariga e’tibor qaratish, asarni tez va oson tushunish borasida kitobxonga yordam 
beruvchi shaxs. 
4. Ilmning birorta tarmog‘I fan sanalishi uchun javob berish shart bo‘lmagan bir 
jihatni ko‘rsating. a) fanning o‘ziga xos mustaqil tadqiqot predmeti bo‘lishi; b) uning 
o‘ziga xos ilmiy tadqiqot usullari tizimiga egaligi; c) mazkur fan bo‘yicha 
dissertatsiyalar,  kashfiyotlar yaratilgan bo‘lishi; d) fanning salmoqli ijtimoiy 
ahamiyati borligi 
5. “Badiiy asar tahlili” fanining ob’ektini ko‘rsating. a) yozma va og‘zaki obidalar; 
b) yozuvchi va shoirlarning yaratgan asarlari; c) qadimda teri, hozirda qog‘oz 
3. Badiiy matn turlari haqida so’z yuriting? 4. Fan predmeti, funktsiyasi deganda nimani tushunasiz? 5. “Badiiy tahlil asoslari” fanininig boshqa fanlar bilan aloqasi to’grisida fikr yuriting? 6. Hermenevtika fanining yo’nalishlari haqida ma’lumot bering? 7. Qadimgi Sharq va Garb talqin fanlari haqida ma’lumot bering? 8. Badiiy adabiyotning 5 ta vazifasini yodda saqlang 1. Muloqat-kommunikativ. 2. Baholash-aksiologik. 3. Tarbiyaviy-axloqiy. 4. Zavqlantirish-hedionistik. 5. Bilish- unosiologik TESTLAR: 1.Tahlilga yangicha, samarali yondashuv deb nimani tushunasiz? a) sujetni qayta hikoyalash; b) Ijtimoiy jihatlarini ko‘rsata bilish; s) badiiy-estetik jihatlarini ochib berish; d) moderncho usullarni fazilatli qilib ko‘rsatish 2. “Badiiy tahlil asoslari” fanining maqsadini ayting. a) talabalarni badiiy asarlarni tushunishga yo‘naltirish; b) filolog mutaxssislarni badiiy asar bilan pfofessional darajada ishlashga o‘rgatish; c) stilistil va lingvopoetik jihatlarini anglay olish; d) talaba yoshlarni kitobxonlikka, kitobni qadrlashga o‘rgatish. 3. Tanqidchi so‘ziga mos javobni toping? a) biror badiiy asarni saragini sarakka, puchagini puchakka ajratadigan shaxs; b) yozuvchi yoki shoirga o‘z asarini qanday yozilganidan xabar beruvchi shaxs; c) har qanday badiiy asrning o‘qishli va jozibali tomonlarini tashkil etgan estetik, psixologik, hayotiy, ruhan hamda badiiy tasvirga doir omillarni topadigan shaxs; d) muayyan bir asar o‘qilayotganda uning qaysi jihatlariga e’tibor qaratish, asarni tez va oson tushunish borasida kitobxonga yordam beruvchi shaxs. 4. Ilmning birorta tarmog‘I fan sanalishi uchun javob berish shart bo‘lmagan bir jihatni ko‘rsating. a) fanning o‘ziga xos mustaqil tadqiqot predmeti bo‘lishi; b) uning o‘ziga xos ilmiy tadqiqot usullari tizimiga egaligi; c) mazkur fan bo‘yicha dissertatsiyalar, kashfiyotlar yaratilgan bo‘lishi; d) fanning salmoqli ijtimoiy ahamiyati borligi 5. “Badiiy asar tahlili” fanining ob’ektini ko‘rsating. a) yozma va og‘zaki obidalar; b) yozuvchi va shoirlarning yaratgan asarlari; c) qadimda teri, hozirda qog‘oz  
 
materiallari; d) eng qadimgi zamonlardan bugunga qadar yaratilgan og‘zaki va 
yozma badiiy asarlardir. 
6. “Badiiy tahlil asoslari” fanining predmetini  tashkil qiladigan omillarning asosini 
ko‘rsating? a) adabiy asarning badiiyligini ta’minlagan omillar, uning jozibasini 
tashkil etgan unsurlar; b) yozuvchining uslubi, badiiy asar va ijodkor dunyoqarashi, 
badiiy asarning jamiyatga xizmat qila olishi; c) badiiy yaratiqda inson ruhiyatining 
ifodalanish yusini kabi jihatlarni tekshiradi; d) badiiy asarlarga asosli ilmiy baho 
beradi. 
7. Fanning vazifalari nimalardan iborat? a) filolog-mutaxassislarga muayyan adabiy 
yaratiqning milliy badiiy estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni, o‘ziga xos jihatlarini 
o‘rgatishdan iborat; b) badiiy asarlardagi yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib berish; 
c) yozuvchi va shoirning ko‘ziga oyna tutish; d) yoshlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashga o‘zining katta xizmatini qoshish.  
 
 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”,1992 yil 
3. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: G. Gulom nomidagi adabiyot va san’at 
nashriyoti, 2001yil 
4. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil 
5. Aristotel. Poetika. – Toshkent: Fan, 1980yil 
 
materiallari; d) eng qadimgi zamonlardan bugunga qadar yaratilgan og‘zaki va yozma badiiy asarlardir. 6. “Badiiy tahlil asoslari” fanining predmetini tashkil qiladigan omillarning asosini ko‘rsating? a) adabiy asarning badiiyligini ta’minlagan omillar, uning jozibasini tashkil etgan unsurlar; b) yozuvchining uslubi, badiiy asar va ijodkor dunyoqarashi, badiiy asarning jamiyatga xizmat qila olishi; c) badiiy yaratiqda inson ruhiyatining ifodalanish yusini kabi jihatlarni tekshiradi; d) badiiy asarlarga asosli ilmiy baho beradi. 7. Fanning vazifalari nimalardan iborat? a) filolog-mutaxassislarga muayyan adabiy yaratiqning milliy badiiy estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni, o‘ziga xos jihatlarini o‘rgatishdan iborat; b) badiiy asarlardagi yutuq va kamchiliklarni ko‘rsatib berish; c) yozuvchi va shoirning ko‘ziga oyna tutish; d) yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o‘zining katta xizmatini qoshish. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. H. Umurov. Badiiy ijod mo’jizalari. – Samarqand:” Samarqand”,1992 yil 3. Mustaqillik davri adabiyoti. – Toshkent: G. Gulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2001yil 4. I. Sulton. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O’qituvchi 1980 yil 5. Aristotel. Poetika. – Toshkent: Fan, 1980yil