BADIIY TAHLIL TARIXI
(ILMI-G‘ARIBA)
REJA:
Qadimgi Sharqda matnga yondoshuv masalasi
Tafsir, ilmi-sharh, ilmi-aruz, ilmi-qofiya, ilmi-bade’
O’zbek mumtoz adabiyotida ilmi-g’ariba
Ilmi-g’ariba, fununi-ajiba mumtoz tahlil namunasi sifatida
Ilmi-g’aribaning hozirgi adabiyotshunoslikdagi o’rni va ekvivalentlari
Badiiy matn va asarni tahlil etishda ilmi-g’aribaning o’rni
Tayanch tushunchalar:
Qadimgi Sharq. Matn. Manba. Talqin. Tafsir. Ilmi-aruz, ilmi-qofiya. Ilmi-g’ariba.
Fununi-ajiba. Badiiy asar. Badiiy matn. Matn tarkibi. Badiiy so’z. Poetik fikr. Tahlil.
Umumiy tahlil. Xususiy tahlil. Lisoniy tahlil.
Badiiy asar tahlili juda qadim zamonlardan fikr egalarining diqqatini tortib kelgan.
Turli davrda yshagan har xil maqom va darajadagi olimlar badiiy tahlilning mohiyati
va unga xos xususiyatlarni tasvirlab ushbu tushunchaga ta’rif berishga urinib
kelishgan. Miloddan 4 ming yillar oldin hind manbalarida bir adabiy matnni ming
xil tushunish mumkinligi aytiladi. Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ahmad Taroziy,
Navoiy, Bobur singari turkiy mutafakkirlarning asarlarida badiiy tahlilga islomiy-
turkiy dunyoqarash asosida yondashuv namayon bo‘lgan.
Sharq she’riyati uzoq tarixga ega. Sharq she’rshunosligi ada- biyotshunoslikning
tarkibiy qismi bo‘lib, u mukammalligi va murakkabligi bilan alohida ajralib turadi.
Sharq she’riyatshu- nosligi “ilmi aruz”, “ilmi bade’” va “ilmi qofiya” deb nomlangan
bir-biriga chambarchas bog‘liq uch qismdan iborat. Mumtoz ada- biyotshunoslikda
ulaming har biriga alohida fan deb qaralgan.
Ilmi aruz - aruz she’r tizimining o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rganuvchi soha,
aruzshunoslik. IX asrda yashagan arab olimi Xalil ibn Ahmad aruz ilmi asoschisi
sifatida e’tirof etiladi. Aruz ilmi arab she’riyatini o‘rganish zaminida yuzaga kelgan.
Ilmi aruz asrlar davomida takomillashib borgan. Xalil ibn Ahmad, Ibn Usmon
Maziniy, Imom Ahmackibn Abdurabbih, Ibn al- Xatib at - Tabriziy kabi olimlar
aruzshunosi sifatida tanilgan. Mavlono Yusuf Nishopuriy, Rashididdin Votvot,
Shams Qays, Nosiriddin Tusiy, Salmon Savojiy, Abdurahmon Jomiy fors
aruzshunosligiga oid risolalar yaratishgan. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad
Bobur, Shayx Ahmad Xudaydod Taroziy kabilar turkiy aruzshunoslik rivojiga
munosib hissa qo‘shishgan. Umuman, Sharq mumtoz adabiyotining aksariyat
namoyandalari she’riyat, aruz ilmi to‘g‘risida alohida asar bitishgan yoki asarlarida,
albatta, bu xususda mulohaza bildirishgan. Masalan, Abdurahmon Jomiy sakkiz
ravza (bog‘) dan iborat “Bahoriston” asarining yettinchi ravzasini “She’r va shoirlik
bobida” deb nomlagan va: “Qadimiy donishmandlar hukmiga qaraganda she’r
shunday kalimadirkim, u maqaddimoti xayol, ya’ni tinglovchi xayolini
qo‘zg‘otuvchi va ma’nosi unga iqbol berguvchidir. Bu haqiqat bo‘lishi va
bo‘lmasligidan va bunga tinglovchining ishonishi va ishonmasligidan qat’i nazar.
Masalan, “may la’ldir yoki eritilgan yoqutdir” yoki “bol - asalari chiqarib tashlagan
sho‘r, achchiq narsa” deganlaridek. Umuman olganda, donishmandlar bunda vazn
va qofiyani e’tiborga oladilar. Demak, vaznli va qofiyali kalimadirkim, bunda
xayolning bor - yo‘qligi yoki haqiqatning bor-yo‘qligi unchalik e’tiborga ega emas.
Haqiqatan ham she’r nechog‘li go‘zal, nechogdi fazilatga boy va nechogdi yuksak.
“She’rdan buyukroq fazilat bomiikan?! She’rdan sehrliroq sehr bormikan?!”deydi.
Ulug‘ shoir Abdurahmon Jomiy, Rudakiy, Daqiqiy, Imora, Unsuriy, Asjadiy,
Farruxiy, Firdavsiy, Nosir Xusrav, Amir Muizziy, Adib Sobir Tirmiziy, Anvariy,
Rashididdin Votvot, Afzaliddin Hoqoniy, Faxr Jurjoniy, Nizomiy, Salmon Sovajiy,
Shayx Sa’diy, Hofiz Sheroziy, Kamol Xo‘jandiy, Xusrav Dehlaviy, Orif Haraviy,
Alisher Navoiy kabi Sharq she’riyatida yorqin iz qoldirgan shoirlar ijodiga baho
beradi. Masalan, Alisher Navoiy to‘g‘risida: “Bizning zamonamiz bu sohibdavlat
vujudi ila musharrafdir. U o‘z martabasi, ulugdigi va shohga yaqinligi va
shuningdek, Alloh ato etgan va o‘qish - odganish bilan orttirilgan ilm-u donish va
aql-u zakovati bilan she’rlari husn-u kamoli uchun har qanday maqtovdan yuqori
tursa-da, u o‘zini past tutib, she’r ahli jamoasiga qo‘shildi va boshqalarga ham
pardani oradan kodarib, she’riyat yodini ochib berdi. Ammo haqqoniyatini aytganda
u mana shu anjumanlaming barchasiga boshliq va she’r ahli sardaftarida nomi bitiq...
Tabiati taqozosi va qobiliyat keng fazosiga ko‘ra u turkiy va forsiy she’rlarida
yuksalishga muyassar bodgan bodsa-da, turkiyga ko‘proq moyillik kodsatdi va bu
tildagi g‘azaliyoti o‘n ming baytdan ziyodroq boddi. Nizomiy “Xamsa”si
muqobilida yozgan masnaviylari uch ming baytga yaqin va bu tilda hech kim
bunchalik ko‘p va ko‘b she’r yozmagan. Forsiy she’rlari orasida Amir Xusrav
Dehlaviyning “Yaxshilar daryosi” qasidasiga javob tariqasida bitilgan qasidasi bor.
Unda ajib mazmun va nozik xayolatga ega baytlar juda ko‘p...” degan.
0‘tmish donishmandlari she’r bitish ham, she’rni tushu- nish, his etish ham jo‘n
ish emasligini ta’kidlashgan. Xususan bayt, rukn, hijo, bahr, zihof kabi tushunchalar
bilan tanishish ham aruz ilmini o‘rganish va o‘zlashtirishga osongina erishilmasligini
bildiradi. Nizomiy Aruziy Samarqandiy: (XI asr oxiri - 1160): “Shoirlik shunday
san’atki, (shoir) bu san’at orqali hayajonlantiruvchi tushunchalami hosil qiladi va
ta’sirchan qiyoslami bir-biriga ulaydi. U shunday yo‘l bilan, masalan, kichik
ma’noni kattaga, katta ma’noni esa kichikka aylantiradi, chiroylini xunuk libosda
ko‘rsatadi, xunukni esa chiroyli suratda jilvagar etadi. Ilhom san’ati bilan g‘azab
hamda hissiy quvvatlami qo‘zg‘atadi, natijada, kishilar tabiatida qayg‘u yoki
xurramlik pay do bo‘ladi. Bu esa ulug‘ kishilar faoliyatida olamni tartibga solib
turish uchun xizmat qiladi... Har kimning she’r ta’bi mustahkam, so‘zlari esa ravon
bo‘lsa, she’r ilmini o‘rganishga, aruz o‘qishga kirishadi” deb ta’kidlaydiki, bu
she’mi tushunish kishidan zehn va sabotni talab etishini anglatadi. Shu bois ulug‘
nemis shoiri va mutafakkir Yoxan Volfgang Gyote (1749-1832) “Har qanday lirik
asar yaxlit holda to‘liq tushunarli, qisman holda esa oz - moz tushunarsiz bofiishi
mumkin” deydi. Aruz tizimining bahr, rukn, qofiya singari tarkibiy qismlari ham o‘z
holicha
chuqur
ma’noni
ifodalamaydi.
Undagi
barcha
qismlar
uzviy
birlashganidagina teran mazmunini anglatadi. San’at asarlarining tarkibiy qismlari
to‘g‘risida muayyan tushunchaga ega bo‘lish ularda mujassamlashgan ma’nolami
anglashga imkon beradi. Shu boisdan Sharqda she’rshunoslikka azaldan alohida
e’tibor berib kelingan. Kishilaming bilim darajasi ulaming she’r san’atidan qay
darajada xabardorligiga qarab belgilangan. Sharqda kasb- koridan qat’i nazar, barcha
kishilar she’r yodlashni burchi deb bilgan. Ziyolilar she’r san’atidan, albatta,
atroflicha xabardor bo‘lishgan. Sharqda shuning uchun ham she’rshunoslik alohida
fan sifatida shakllangan. Ilmi amz, ilmi bade’, ilmi qofiya she’rshunoslikning alohida
tarmog‘i sifatida rivojlangan.
Ilmi bade’ arabcha so‘z bo‘lib, chiroyli so‘zlash, go‘zal, nafis, nodir, ajoyib;
badiiyat ilmi demakdir. Ilmi bade’ mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi
bo‘lib, unda nutqqa be- zak, jilo beruvchi san’atlar, ulaming o‘ziga xos xususiyatlari,
tasniflanishi, fikmi chiroyli va mazmunli ifodalashdagi o‘rni kabi masalalar
o‘rganiladi.
Lirik janrlaming o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish ham ilmi bade’ sanaladi. So‘z,
ibora, tasviriy vositalar nutqni bezashuchun ishlatiladigan vositalar sirasiga kiradi.
Nutqni go‘zal qiluvchi badiiy usul va vositalar sanoyi’, ya’ni san’atlar deb yuritiladi.
Sanoyi’ esa ilmi bade’ning o‘rganish obyektidir.
Sanoyi’ arabcha so‘z bo‘lib san’atlar demakdir. Nutqni go‘zal, jozibador,
ta’sirchan etuvchi barcha vositalar sanoyi’ deyiladi. Ilmi bade’da sanoyi’, ya’ni
nutqni ta’sirchan etuvchi vositalar lafziy, ma’naviy hamda lafziy - ma’naviy san’atga
ajratiladi.
Lafziy san’atlar deganda she’ming ko’proq shakl tomoniga e’tibor qaratgan
holda, uning uslubiga bezak beruvchi san’atlar nazarda tutiladi. Tarse’, tajnis, saj’,
qalb, tajziya, zulqofiyatayn kabilar lafziy san’at sanaladi.
Ma’naviy san’atlar deganda nutqning ma’nodorligini ta’min- laydigan san’atlar
e’tiborga olinadi. Iyhom, tavjih, tajohuli orif, talmeh, irsol ul masal, husni ta’lil, laffu
nashr, mubolag’a, tashbeh, tamsil, istiora kabilar ma’naviy san’at deyiladi.
Nutqning ham shakli, ham ma’nosiga aloqador san’atlar lafziy - ma’naviy
san’atlar hisoblanadi. Taqobul, muqobala, ta’dil, tansiq us sifot, iqtibos, tazmin,
husni ibtido, husni taxallus, husni matla’, husni maqta’ kabilar shu turkumdagi
san’atdir. Lafziy - ma’naviy san’atlar bir paytning o‘zida nutqning ham shakl, ham
ma’no jihatiga daxldor bo’lgani bois mushtarak san’atlar deb ham yuritiladi.
Lafziy, ma’naviy va mushtarak san’atlar bir - biri bilan uzviy bog‘liq bo’lib, ular
o‘zaro birlashgan holda, nutqning ma’no - mazmuni, ohangdorligi, ta’sirchanligi
ta’minlashga xizmat qiladi. Chunki ma’no va shakl bir-biridan ayro emas,
balki yaxlit hodisadir. Shaklsiz ma’no va ma’nosiz shakl bo‘lmaydi.
Ilmi bade’ ham ilmi aruz va ilmi qofiya bilan chambarchas bogdiqdir. Sharq
she’riyati turfa san’atlar she’riyatidir. U g‘arb she’riyatidan shu jihatdan ham farq
qiladi. Sharq she’riyatida doston, g‘azallar emas, bir bayt - (ikki misra) dan iborat
fard ham san’atga asoslanadi, fikr chiroyli, ta’sirchan shaklda ifodalanadi. Sharq
she’riyatidagi san’atlar yuqorida ko‘rsatilganlardangina iborat emas. Sharq
she’riyati san’atga nihoyatda boy. Masalan, Rashididdin Votvot (1080- 1177)
“Hadoyiq- s - sehr fi daqoyiq ush - she’r” (“She’r nafosatidan bino bo‘lgan sehrli
bog‘lar”) asarida arab va fors she’riyatidagi 63 ta san’atni tahlil qilib ko‘rsatadi.
Ya’ni olim ellik besh bobdan iborat ushbu kitobining har bir bobida bitta san’at
to‘g‘risida so‘z yuritib, ilovada yana 8 ta san’at to‘g‘risida ma’lumot beradi. Mazkur
asarda birgina tajnisning 7 xil ko‘rinishi, maqlub (qalb)ning 4 xili tushuntiriladi.
Atoulloh Husayniy (XV asr o‘rtasi - 1513) ning “Bado’ye us-sanoe” (“San’at
go‘zalliklari”) asarida esa she’riyatdagi san’atlar uch turkumga: lafziy, ma’naviy va
lafziy - ma’noviy san’atlarga ajratilib, 220 dan ortiq san’at tahlil qilinadi. Alisher
Navoiy “Bado’ye us sanoe’” muallifi to‘g‘risida: “Bo vujudi donishmandliq, she’ru
muammovu sanoyi’da dag‘i mahorat paydo qildi... Ammo sanoyi’da kitobe tasnif
qiliptur “Badoyi’ - i Atoyi” g‘a mavsumdir. Bo vujudi ixtisor, maqlubi mustaviy
san’atidin kim, andin mushkilroq san’at bo‘lmas, bu bayt ul risolada aning xossa
baytidurkim:
Shakardahano g‘ame nadorid,
Diyro daniyi mug‘ona darkash
Aning tab’i diqqatig‘a bu bayt dalili bastur” degan.
Shayx Ahmad Taroziy (XV asr) ning “Funun ul-balog‘a” (“Balog‘at ilmlari) asari
ilmi bade’ga oid turkiy tilda yozilgan dastlabki asarlardan biridir. Muallif asarini
Mirzo Ulug‘bekka bag‘ishlagan. Unda she’r nav’ (janr)lari, qofiya va radif, badiiy
san’atlar, aruz ilmi masalalari yoritilgan. Hijriy 840 (melodiy 1436 - 37) yilda
bitilgan ushbu asar “Latoyifu Taroziy” deb ham yuritiladi. Mazkur asarda har bir
odam adabiyotdan xabardor boTishi to‘g‘risida so‘z yuritilib: “Har odamekim,
insoniyat yaqosidan bosh chiqorur, anga nazm va nasming qoidasin bilmaktin guzir
(iloj, chora, tadbir) yo‘qtur” deb ta’kidlanadi.
Nasr binni Hasanning “Mahosin ul-kalom”, Ibn Mo‘tazning “Kitob ul-bade’”,
Qudam ibn Ja’faming “Naqd ush-she’r” asarlari ilmi bade’ga oid arab tilida yozilgan
kitoblardir. Umar Roduyoniyning “Tarjimon ul-balog‘a”, Roshididdin Votvotning
“Hadoyiq us-sehr”, Qays Roziyning “A1 - mo‘jam”, Atoulloh Husayniyning
“Badoyi us - sanoyi”’, Vohid Tabriziyning “Jam’i muxtasar” asarlari fors tilidagi
ilmi bade’ga oid asarlardir.
Ilmi aruz, ilmi bade’ ilmi qofiya bilan bevosita bog‘liqdir. Ilmi qofiya arabcha
so‘z bo‘lib, qofiya ilmi demakdir. Mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi
ilmi qofiyada qofiya va uning turlari, tuzilishi, badiiy san’atlar bilan munosabati,
she’ming ohangdorligini ta’minlashda qofiyaning o‘mi kabi masalalar o‘rganiladi.
Ilmi aruz, ilmi bade’ga oid asarlarda ham qofiya to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Chunki qofiya she’riy nutqning eng muhim unsuridir. Shayx Ahmad Taroziy “Funun
ul-balog‘a” asarida: “Bilgilkim, majmui ulamo va fuzalo mazhabinda ahli ta’bg‘a
qofiya ilmin bilmak muhimdir. Zero, ta’bning natijasi she’rdir. Va she’ming asli
qofiya. Va qofiyasiz she’r mumkin ermas”, deydi. Qofiya misralarda ohangdoshlik
hosil qilish barobarida, ulardagi ma’no ta’sirchanligini ta’minlaydi. Shu boisdan
Sharq she’riyatida qofiyaga alohida e’tibor qaratiladi. Qofiya she’rdagi shakl unsuri
emas. Qofiya she’r mazmunini ifodalaydigan eng muhim jihatdir. Shu boisdan
adabiyotshunoslikda qofiya she’ming barcha unsurlari bilan uzviy bog‘liq tarzda
tahlil qilinadi.
Mumtoz adabiyoshunosligimizda ilmi g’ariba, g’ariba fani xususida talaygina
ma’lumotlar berilgan. G’arib (g’ariba) — ajoyib, taajjublanarli, hayron qoladigan
narsa. Ilmi g’ariba talqin fani bilan bevosita bog’liq. Ilmi g’ariba fanning teran
nuqtalarini, ich-ichidagi ma’nilarini anglash san’atidir. G’ariba ilmi mavjud fanlarni
sinchiklab o’rganish orqali kashfiyot darajasida xulosa chiqarishgacha yetish,
ajoyibot nuqtasi qadar ko’tarilishdir. Alisher Navoiy «Xamsatul-mutaxayyirn»
asarida Abdurahmon Jomiyning ilmiy uquvi nihoyatda kuchliligi haqida to’xtab:
«Va g’aribdurkim, zohir ulumining takmili vaqtida necha ish alarg’a muyassar bo’lib
turkim, bu ummatda akobir va soxib kamollardan hech qaysig’a voqe’ bo’lg’oni
zohir emas», degan xulosaga keladi. Alisher Navoiy «Tarixi anbiyo va hukamo»
asarida Muso alayhissalomning yaqin qarindoshi Qorun haqida yozadi: «Va Muso
alayhissalomning yaqin qarobatidur. Va Muso alayhis-salom aning tarbiyatidan
mubolag’a qilur edi. Va ulumi g’ariba va fununi ajibakim, fayzi olihidin zamirig’a
munoqqosh erdi, aning fahmi yetkoncha anga ta’lim qilur erdi».Abdurauf Fitratning
«Hindistonda bir farangi ila buxoroli mudarrisning jadid maktablari xususinda qilgan
munozarasi» asarida Buxoro madrasalarining talabalari o’qishning to’rtinchi-
yettinchi yillarida «Mulla Jomiy»ni — «Sharhi Jomiy»ni («Favoyid uz-ziyoiya»,
«Al-marfu’ot», «Al-majrurot», «Al-mansubot», «Al-mabniyyot») asarlari sharhi
o’qitilganligi xususida yoziladi. Demak, Jomiy asarlaridagi mantiqning kuchliligi —
ilmi g’ariba darajasiga ko’tarilganligi rasman tan olingan edi.
Ilmi g’ariba haqida Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarida ham
ma’lumotlar mavjud. Olimlar rahnamosi Asomiddin Ibrohim haqidagi ma’lumot
diqqatga sazovordir: «Ko’pgina ilm sohalari bo’yicha yaxshi tasniflari bor. Ayniqsa
g’ariba fanida tidori kuchli edi. Insho yozganda ko’p ma’nolarni mo’jaz va lo’nda
kalomda bayon etib, siqiq hajm mazmunida katta va ko’p fikrlarni anglatardi. Hazrat
Ubaydulloxon peshindan keyin arabiy tilda bir ruboiy aytib yuborgan ekan, mullo
esa namozshomgacha dovur vaqt ichida shu ruboiy xususida bir arabcha risola tasnif
qilishga ulgurganlar. Mazkur ruboiyning har bir misrasi bobida olti yuz ellik ma’no
aytganlar». Mazkur asarda Asomiddin Ibroximning shogirdi Mavlono Husayn
Turkistoniy xaqida mana bu ma’lumot berilgan: «Ilmlar ikir-chikirini shu darajada
o’zlashtirganki, bu sohalarning ko’pida mahorat bilan ish olib borardi... G’ariba
fanida fasohatomez nutqi va balog’atangez kalomi bilan ko’p ran tanobini tortib,
farovon ma’noli fikrlar inshosini oz jumlalarda oydin, ravon bayon qilardiki, dunyo
kezuvchi aql isbotlash kemasi bilan tasavvur dengizida ketidan qanchalik
ergashmasin, uni sharhlovchi so’z topa olmasdi, aniqrog’i, isbotlanmas masalalar
turkumidan hisoblanardi».
XX asrda, sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligida ilmi g’aribaning paydo
bo’lmaganligi sabablarini o’ylayman. Birinchidan, g’ariba fani haqiqiy san’at
asarlari talqinida paydo bo’ladi. Sho’ro adabiyotida siyosat, mafkura, targ’ibotu
tashviqot qorishib ketdi. Qolaversa, sho’ro adabiyotining «xalqchilligi» talabi badiiy
adabiyotni o’ta soddalashtirib, odmilashtirib yubordi. Ko’p o’rinlarda badiiy
adabiyot
sayqallashtirilgan
jurnalistikaga
aylanayozdi.
Sho’ro
hukumati,
kommunistik firqa qanday masalani qo’ymasin, badiiy adabiyot hamisha «labbay»
deb otilib chikdi. Sho’ro respublikalarida milliy mustaqillik uchun kurash paydo
bo’ldimi, adabiyotda bosmachilarga qarshi kurash mavzusi keng ishlana boshlandi.
Qishloq xo’jaligini yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlandimi, adabiyotda
«Ochilgan qo’riq» monand romanlar, «Muraviya mamlakati» monand dostonlar
ko’payib ketdi. Adabiy tanqid badiiy adabiyotga nisbatana-da mafkuralashdi,
siyosiylashdi. U badiiy adabiyot sohasida firqaning ko’zi, qulog’i, ovoziga aylandi.
Adabiy tanqidning siyosiy hushyorligi qatli omu qatag’on, ta’qiblarga sabab bo’ldi.
Sho’ro yozuvchilari yuksak minbarlardan turib qalb amriga ko’ra yozajakliklarini
va’da qildilar, Qalblari esa bus-butun partiyaga baxshida ekanligini qo’shib
qo’ydilar. Qalb amri bilan yozish — yurak qoni bilan bitishdir. «Yurak qoni bilan
yozgan odam uzun yozolmaydi»,— deydi A.Muxtor «Tundaliklar»ida. Chin dildan
gapirayotgan, aytayotgan gaplari mas’uliyatini sezgan odam ham uzoq, ravon gapira
olmaydi. «Abdulla Qodiriy... sirtdan qaraganda bosiq, kamgap ko’rinar, chunki u har
bir so’zni taroziga solib ko’rar, og’ziga kelgan har bir so’zni aytavermas, sekin va
gapi xuddi o’ziga xalal berayotgandek yoqinqiramay gap boshlardi», — deb yozadi
Oybek «Adabiyot, tarix, zamonaviylik» maqolasida.
XX asrda ilmi g’aribaga manba bo’ladigan asarlarni Abdulla Qodiriy, Cho’lpon,
Fitrat, Oybek, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov,
Rauf Parfi, Abduvali Qutbiddin singari iste’dodli ijodkorlar yaratdilar. Tog’ay
Murodning qissalari va romani g’ariba fani uchun bebaho material bo’ldi. Afsuski,
asrimizning 80—90-yillarigacha mashhur asarlarning san’atkorona sir-asrorlari
haqida maqola, tadqiqotlar kam yaratildi. Avvalo, sho’ro adabiy siyosati ilmi g’ariba
yo’lidagi bosh to’siq bo’ldi. Qolaversa, tanqidchilarda mahorat masalalarini yoritish,
asar go’zalliklari xususida fikr yuritishdan ko’ra zamonasozlik tuyg’usi — asarning
dolzarbligi, mafkuraga monandligi haqida gapirish kuchaydi. Muhimi, badiiy
adabiyotda bo’lmasin, san’at asarlari xususida bitilgan tadqiqotlarda bo’lmasin
go’zallik tuyg’usiga e’tibor susaydi. Badiiy adabiyot, u haqida bitilgan asarlarda
go’zallik, nazokat tuyg’usini tarbiyalash asosiy gap ekanligi unutildi. Go’zallik
tuyg’usi deganda, avvalo, ma’noning teranligi, fikrlashga undash yetakchilik qiladi.
Alisher Navoiy asarlaridagi har bir ramz, har bir ifoda, har bir qiyos zaminida katta
ma’no-mazmun yashiringan. Kitobxon buyuk san’atkor asarlaridagi ma’noni
anglagani sayin go’zallik olamiga kirib borayotganligi, ruhiy-ma’naviy jihatdan
boyib borayotganligini his qiladi.
Mohir san’atkor bir ishora, bir bayt orqali tarixning katta odimini, o’n yilliklar
tajribasini bera oladi. G’ariba fani tarix haqiqatini — qisqa satrlar zaminidagi
ma’noni yoritib berishi bilan g’aroyib, go’zaldir. Masalan, Abdulla Oripovning:
Labda tabassumu ko’zda yosh bilan
Senga intilaman buyuk nabiram...
Erkin Vohidovning:
Sen hilol, yulduz, salib,
Tavrot, Zaburdan yuksalib
Boymisan yoki g’arib,
Komron o’zing, yakson o’zing...
Rauf Parfining:
Parchin-parchin bo’ldi yedim sirlari,
Simlar — ko‘zlarimga mil tortgan chizgu
singari misralari g’ariba fani uchun boy manbadir. Tadqiqotchi shoir ruhiga sinchkov
nazar tashlab, tarix haqiqati — fojialarini aks ettirishi mumkin.
G’ariba ilmida san’atkor va tadqiqotchining o’zaro munosabati diqqatni jalb
etadi. San’atkor aytmoqchi bo’lgan fikrini nozik yashira olsa, katta ma’noniig biron
qirrasiga ishora qilish bilan cheklansa, fikrni lo’nda aytsayu his-tuyg’uni jilovlay olsa
yoxud asarni davom ettirish imkonini yaratsa, g’ariba fani uchun maydon yaratiladi.
Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanida 3 qator — misradan iborat
bo’lim bor. Mana shu uch satr zaminidagi his-tuyg’uni alohida kitob qilib yozish
mumkin. Yozuvchi his-tuyg’ular olamida jo’sh urishni g’ariba fani ustasiga
qoldirgan. Mana o’sha «quruq» xabar — misralar:
Kuydi-kuydi — ayolimning tani kuydi.
Kuydi-kuydi — menibag’rim kuydi.
Kuydi-kuydi — bolalarimning sho’ri kuydi.
G’ariba maqola yozuvchi tani kuygan ayolning rohat-farog’asiz o’tgan umrini
o’ylab kuyadi; umr bo’yi inson sha’nini oyoq osti qiluvchi mehnatdan boshqasini
bilmagan, yolg’iz quvonchi, dardkashi, g’amgusori ayolidan ayrilgan Dehqonqul
holatiga kuyadi; shu uch misra haqida yozar ekan bolaligi bolalarcha o’tmagan, endi
shum yetimlik azobiga duchor bo’layotganlar taqdiriga kuyadi. Shu uch kuydiruvchi
misra haqida yozuvchi odam «Osmol yiroq, yer qattiq» maqolini epigraf qilib olsa
yanglishmasligini sezadi.Ilmi g’ariba imkoniyatlari cheksiz. Shoir borki, shamol
o’yini, nur rangi, dengiz mavji (Iosif Brodskiy singari) orqali tuyg’ularini ifodalaydi;
shoir borki, yuragidagi og’riqlarni — malomat toshida ochilgan gullarni (Rauf Parfi
singari) tasvirlaydi; shoir borki, yuragini ochgani sayin namakob to’la kosa lopillab
goh u yon, goh bu yon borib turishini anglaydi. Fariba ilmida qalam suruvchi ijodkor
ruhidagi holatlarni, go’zallikdan go’zallik yaratayotganini unutmagan holda,
qog’ozga tushirishi joiz.Ilmi g’aribada badiiy asar muallifi va tadqiqot yaratuvchi
aro munosabatning eng nozik ko’rinishi mavjud. San’atkor yozuvchi ham, olim-
tadqiqotchi ham iste’dod sohibi. Ammo san’atkor iste’dodi bilan olim uquvi-bilimi
aro fark bor. San’atkor — yozuvchi aksariyat hollarda g’ayri shuuriy holatda, savqi
tabiiy ravishda ijod qiladi. Yaratuvchi ijodkor ruhiyat olamidagi o’zgarish, holat
o’sishlarni tasvirlaydi. Tadqiqotchi-olim, san’atkordan farqli o’laroq, mantiq kuchi
bilan ish ko’radi. Uning faoliyatida aql, ziyraklik, voqyea-hodisa zaminiga teran kira
bilish muhimdir. G’ariba ilmida shuuriylikning cho’qqisi bilan mantiqning teranligi
birlashadi. Badiiy asar tirik tan misoli hamisha o’sib-o’zgarib borganiday, olim-
tadqiqotchi ham doimo uning yangi qirralarini kashf etaveradi. Mumtoz adabiyotda
Bedil, Navoiy, Fuzuliy asarlari yuzlab talqinlarga imkon berganini bilamiz. XX asr
oxiriga kelib uzbek adabiyotida jahon adabiyotidan o’rganish, uning yetuk
tomonlarini ijodiy davom ettirish tamoyili kuchaymoqda. Bu hol g’ariba ilmi
taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar ochishi tabiiy. Asrimizning 90-yillarida Omon
Muxtor, Tog’ay Murod, Tohir Malik, Murod Muhammad Do’st singarilarning o’ziga
xos asarlari — roman, qissa, hikoyalari paydo bo’lmoqda. Bu asarlarda nasrning
nazm tomon siljib borishi — ruhiyat olamini aks ettirishi; qiyos, ramzlarning
noziklashuvi; moddiy tushunchalar tuyg’usini yengib, ruhiy-ma’naviy tasavvurlar
olamidan muhim o’rin egallashi singari belgilar sezilmoqda. Badiiy asarlardagi
izlanish, yangiliklar ilmi talqin g’ariba fanida ham aks etishn tabiiydir.
Ilmi g’ariba talqin fanining hamisha navqiron, yangiliklarga boy, muhimi,
go’zallik bilan yo’g’rilgan tarmog’idir.
Badiiy tahlil muayyan hozirlikni talab qiladigan ilmiy-estetik jarayondir. Bu
jarayon muayyan bosqichlarga bo’lingan holda amalga oshiriladi. Chunki boshqa har
qanday faoliyat singari badiiy tahlil ham birdaniga sodir etilmaydi. Badiiy asarni
tahlil etishda matn bilan ishlashning uch bosqichi borligini kuzatish mumkin.
Birinchi bosqichida tadqiqotchi badiiy asar yuzasidan o’zi taqdim etmoqchi bo’lgan
talqinga imkoniyat hozirlaydi. Ilmiy tahlilning ikkinchi bosqichida badiiy matn tahlil
qilinadi va bu tahlil imkon qadar hayotiy va badiiy mantiq nazaridan hamda olamni
estetik ko’ra bilish jihatidan asoslangan bo’lishiga e'tibor qilinadi. Uchinchi
bosqichda matndan xulosa chiqariladi, asarning yutuq va kamchiliklari ko’rsatiladi
hamda uning qadriyatlarimiz tizimidagi o’rni belgilab beriladi. Aytilganlardan
ko’rinadiki, badiiy tahlil mobaynida tayyorlanish, tahlillash va umumlashtirish-
xulosalash singari uch bosqich bosib o’tilishi lozim.
Tayyorgarlik bosqichida tahlil etiladigan asar matni o’rganiladi, uning tahlilga
tortiladigan, alohida e'tibor qaratiladigan jihatlari aniqlab olinadi, asosiy kuzatishlar
belgilab chiqiladi. Ana shunda ikkinchi-asosiy bosqich muavaffaqiyatli tarzda
amalga oshirilishi mumkin.Tahlillash bosqichida esa asosiy ish amalga oshirilishi
lozim bo’ladi. Bunda matning jozibadorligini ta'minlagan estetik omillar: timsollar
tizimi, personajlar ruhiyatini ko’rsatishda qo’llanilgan usullar, ifoda tarzidagi o‘ziga
xoslik, til xususiyatlari singari jihatlar tekshiriladi. Tahlil qilinayotgan asarning
estetik qimmati, milliy badiiy tafakkur taraqqiyotidagi o’rni, asarning millat estetik
ongini rivojlantirishdagi o’rni belgilab beriladi. Xulosalash-umumlashtirish
bosqichida asarning muayyan ijodkor estetik taqdiri va milliy badiiy tafakkur
taraqqiyotida tutgan o’rni yuzasidan umumlashma xulosa beriladi. Badiiy tahlillash
bosqichlari, deyarli hamisha badiiy tasvir bosqichlari bilan baqamti keladi. Badiiy
tasvirning mukammalashishi uchun filologik tahlil chuqurlashmog‘i, filologik tahlil
puxta bo’lishi uchun badiiy tasvirning yuksalishi talab etiladi. Chuqur badiiy
tahlilsiz, teran badiiy tasvir bo’lishi gumondir. Ko’p asrlik o‘zbek adabiyoti tarixi
mobaynida badiiy matn rivoji bilan adabiy fikr, ya'ni estetik tahlil taraqqiyoti yonma-
yon keladi. Navoiy zamonasida buyuk adib bitiklariga yaqin keladigan tanqidchilik
mavjud bo’lganligi uchun ham yuksak badiiy asarlar paydo bo’lgan. To’gri, u
paytlarda hozirgi ma'nodagi tahlil bo’lmagan esa-da, Taroziy, Navoiy, Bobur
asarlarida namoyon bo’lgan badiiy tahlil adabiyottanuvning qanday saviyada