BADIIY TAHLILDA ADABIY TURGA XOS XUSUSIYATLAR. LIRIK ASARLAR TAHLILI

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

23,4 KB


 
 
 
 
 
 
BADIIY TAHLILDA ADABIY TURGA XOS XUSUSIYATLAR. LIRIK 
ASARLAR TAHLILI 
 
REJA: 
1. Badiiy tahlilda adabiy turga xos xususiyatlar. 
2. Lirik turdagi asarlarni tahlil qilish yo‘llari. 
3. Lirikada so‘z va ifoda. 
4. Lirikada xarakter tasviri. 
5. Lirik asarlarda hissiylik tasviri. 
 
Tayanch tushunchalar: 
   Lirik qahramon, Lirik xarakter, Lirik ifoda, Lirik so‘z, Lirik janrlar, g’azal, 
Muxammas, Ruboiy, Tuyuq, Musaddas, Modern Lirika, Xalq Lirikasi. Adabiy tur, 
lirik asar tahlili, Ichkinlik, Tuyg‘uni tasvirlash, Sub'ektivlik, Epik asar tahlili, 
Tafsilot, Inson tabiati va voqeylik tasviri, Dramatik asar tahlili, Drama nazariyasi. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2. T. Boboev. Adabyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 2000 yil 
3. H. Umurov. Tahlil chizgilari. – Toshkent: 2014 yil 
4. M. Qo’shjonov. Hayot va mahorat. – Toshkent:Fan, 1962 yil 
5. A. Rasulov. Badiiylik – bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil 
6. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., “Sharq”, 2002 yi 
Badiiy tahlil muvaffaqiyatli chiqishi uchun tekshirilayotgan asarning qaysi 
adabiy turga mansubligini hisobga olish muhim. Adabiy tur tushunchasining 
mohiyatida tahlilning kaliti yotadi. Negaki, adabiy tur va janr xususiyatlari badiiy 
asar tabiatini belgilaydi. Turli janrlardagi adabiy asarlar tekshirilganda, tahlil usullari 
BADIIY TAHLILDA ADABIY TURGA XOS XUSUSIYATLAR. LIRIK ASARLAR TAHLILI REJA: 1. Badiiy tahlilda adabiy turga xos xususiyatlar. 2. Lirik turdagi asarlarni tahlil qilish yo‘llari. 3. Lirikada so‘z va ifoda. 4. Lirikada xarakter tasviri. 5. Lirik asarlarda hissiylik tasviri. Tayanch tushunchalar: Lirik qahramon, Lirik xarakter, Lirik ifoda, Lirik so‘z, Lirik janrlar, g’azal, Muxammas, Ruboiy, Tuyuq, Musaddas, Modern Lirika, Xalq Lirikasi. Adabiy tur, lirik asar tahlili, Ichkinlik, Tuyg‘uni tasvirlash, Sub'ektivlik, Epik asar tahlili, Tafsilot, Inson tabiati va voqeylik tasviri, Dramatik asar tahlili, Drama nazariyasi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. T. Boboev. Adabyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O’zbekiston, 2000 yil 3. H. Umurov. Tahlil chizgilari. – Toshkent: 2014 yil 4. M. Qo’shjonov. Hayot va mahorat. – Toshkent:Fan, 1962 yil 5. A. Rasulov. Badiiylik – bezavol yangilik. – T., “Sharq”, 2007 yil 6. H. Umurov. Adabiyot nazariyasi. – T., “Sharq”, 2002 yi Badiiy tahlil muvaffaqiyatli chiqishi uchun tekshirilayotgan asarning qaysi adabiy turga mansubligini hisobga olish muhim. Adabiy tur tushunchasining mohiyatida tahlilning kaliti yotadi. Negaki, adabiy tur va janr xususiyatlari badiiy asar tabiatini belgilaydi. Turli janrlardagi adabiy asarlar tekshirilganda, tahlil usullari  
 
mutlaqo o‘zgarib ketmaydi, albatta, lekin tahlilchining asarga yondashishi, 
munosabat tarzi o‘zgaradi. Har bir badiiy asar takrorlanmas va tamomila o‘ziga xos 
estetik hodisaligi, ayni vaqtda u o‘z turdoshlariga xos umumiy jihatlarga egaligi 
uchun ham tahlilda adabiy turga xos belgilarni hisobga olish zarurdir. Chunki lirik 
asarni tahlil qilgan usul bilan romanni o‘rganish mumkin emas. Shuningdek, 
hikoyani o‘rganishda qo‘l kelgan tahlilusuli dramani tekshirishda ish bermay qolishi 
mumkin va x.k. Har bir adabiy tur tabiatidagi o‘ziga xoslik bu turga mansub asarni 
tahlil etishda undagi asosiy jihatdan kelib chiqishni talab qiladi. Ma'lumki, bizdagi 
adabiy tur atamasi ruslarda "rod" - jins so‘zi bilan beriladi. Lekin har ikki tilda ham 
bir tushuncha ko‘zda tutiladi. Badiiy asar qanday maqsadda (kuylash, ko‘rsatish yoki 
o‘kish uchun) yaratilishiga va nimani (tuyg‘u, voqea yoki xarakat) ifodalashiga 
qarab turlarga bo‘linar ekan, tahlil jarayonida ham badiiy matnning maqsadi va ifoda 
imkoniyati hisobga olib ish ko‘rilsa, kutilgan samaraga erishish mumkin bo‘ladi. 
Asarning til qurilishi va badiiy bilishning obyektga, subyektga yoxud badiiy ifoda 
aktining o‘ziga yo‘naltirilganligi uning turini tayin etadi. Chunonchi, so‘z yo moddiy 
olamni tasvir etadi, yoki so‘zlovchining holatini aks ettiradi, yoxud so‘zlashish 
jarayonining o‘zini qayta tiklaydi. So‘zning shu uch holati uch adabiy turni keltirib 
chiqaradi. Ayrim mutaxassislar adabiy turlarning uchga bo‘linishi bilan tilshunoslik 
ilmidagi shaxs-son va zamon kategoriyalari orasida muayyan analogiya, aynanlik 
kurishadi. Ya'ni lirika - "men" va"hozir", epos - "u" va "o‘tmish", drama - "sen" va 
"kelajak". Badiiy asarlarning turga xos xususiyatlari ularning san'atning boshqa 
turlaridan qay biriga yakinligida ham aks etadi.Chunonchi, epik asarlar grafika va 
rang-tasvirga osonroq ko‘chadi. Lirik asarlar esa musiqaga tez muvofiqlashadilar. 
Dramatik asarlar teatrda namoyon bo‘lib, pantomimaga yovuqroq turadi. Eposda 
odam voqea-hodisa ichida ko‘milib, uning oqimida oqadi; dramada inson voqea 
ustidan hukmronlik qilib, uning fonida turlanib ko‘rinadi; lirikada inson o‘z holicha 
qoladi (Jamol Kamol).Tahlil jarayonida ayni shu jihatlar hisobga olib ish ko‘rilishi 
joiz. Aks holda badiiy tahlil amalga oshmay qolishi mumkin. Epik asarlar tahlilida 
bu xil asarlarning moyasida ozdir-ko‘pdir tafsilot bo‘lishini ko‘zda tutish lozim. 
Demak, epik asar tahlilini amalga oshirishda badiiy timsol bilan tafsilotning 
qanchalik muvofiqligi yoki nomuvofiqligi yoxud aloqasiz tasviri bergan estetik 
natija qidirilishi lozim bo‘ladi. "Alpomish" dostoni tahlil etilayotganda Hakimbekka 
mutlaqo o‘zgarib ketmaydi, albatta, lekin tahlilchining asarga yondashishi, munosabat tarzi o‘zgaradi. Har bir badiiy asar takrorlanmas va tamomila o‘ziga xos estetik hodisaligi, ayni vaqtda u o‘z turdoshlariga xos umumiy jihatlarga egaligi uchun ham tahlilda adabiy turga xos belgilarni hisobga olish zarurdir. Chunki lirik asarni tahlil qilgan usul bilan romanni o‘rganish mumkin emas. Shuningdek, hikoyani o‘rganishda qo‘l kelgan tahlilusuli dramani tekshirishda ish bermay qolishi mumkin va x.k. Har bir adabiy tur tabiatidagi o‘ziga xoslik bu turga mansub asarni tahlil etishda undagi asosiy jihatdan kelib chiqishni talab qiladi. Ma'lumki, bizdagi adabiy tur atamasi ruslarda "rod" - jins so‘zi bilan beriladi. Lekin har ikki tilda ham bir tushuncha ko‘zda tutiladi. Badiiy asar qanday maqsadda (kuylash, ko‘rsatish yoki o‘kish uchun) yaratilishiga va nimani (tuyg‘u, voqea yoki xarakat) ifodalashiga qarab turlarga bo‘linar ekan, tahlil jarayonida ham badiiy matnning maqsadi va ifoda imkoniyati hisobga olib ish ko‘rilsa, kutilgan samaraga erishish mumkin bo‘ladi. Asarning til qurilishi va badiiy bilishning obyektga, subyektga yoxud badiiy ifoda aktining o‘ziga yo‘naltirilganligi uning turini tayin etadi. Chunonchi, so‘z yo moddiy olamni tasvir etadi, yoki so‘zlovchining holatini aks ettiradi, yoxud so‘zlashish jarayonining o‘zini qayta tiklaydi. So‘zning shu uch holati uch adabiy turni keltirib chiqaradi. Ayrim mutaxassislar adabiy turlarning uchga bo‘linishi bilan tilshunoslik ilmidagi shaxs-son va zamon kategoriyalari orasida muayyan analogiya, aynanlik kurishadi. Ya'ni lirika - "men" va"hozir", epos - "u" va "o‘tmish", drama - "sen" va "kelajak". Badiiy asarlarning turga xos xususiyatlari ularning san'atning boshqa turlaridan qay biriga yakinligida ham aks etadi.Chunonchi, epik asarlar grafika va rang-tasvirga osonroq ko‘chadi. Lirik asarlar esa musiqaga tez muvofiqlashadilar. Dramatik asarlar teatrda namoyon bo‘lib, pantomimaga yovuqroq turadi. Eposda odam voqea-hodisa ichida ko‘milib, uning oqimida oqadi; dramada inson voqea ustidan hukmronlik qilib, uning fonida turlanib ko‘rinadi; lirikada inson o‘z holicha qoladi (Jamol Kamol).Tahlil jarayonida ayni shu jihatlar hisobga olib ish ko‘rilishi joiz. Aks holda badiiy tahlil amalga oshmay qolishi mumkin. Epik asarlar tahlilida bu xil asarlarning moyasida ozdir-ko‘pdir tafsilot bo‘lishini ko‘zda tutish lozim. Demak, epik asar tahlilini amalga oshirishda badiiy timsol bilan tafsilotning qanchalik muvofiqligi yoki nomuvofiqligi yoxud aloqasiz tasviri bergan estetik natija qidirilishi lozim bo‘ladi. "Alpomish" dostoni tahlil etilayotganda Hakimbekka  
 
enchi sifatida berilgan biya, undan tug‘ilgan yarg‘ok toychoq, Barchindan xabar 
kelgan kuni shu toyning sag‘risi toshib, uzini qo‘yarga joy topolmay qolganligi, 
Alpomishning ot so‘rab Qultoyga borishi, Qultoyning unga ot bermasligi va boz 
ustiga kaltaklashi, o‘z moliga egalik qilolmagan noshud yigitning quruq qaytishi va 
Qaldirg‘ochoyim iddaolari singari ko‘pgina tafsilotlarga e'tibor qaratilmasa, estetik 
tahlil yuzaga kelmaydi. Chunki timsolning asl mohiyati ayni shular zamiriga 
joylangan. Lirik turdagi asarlarning asosiy belgisi yashiringan sub'ektning ruhiy 
holati, sezimlari, hissiyolami, tuyg‘ular tizimi ekan, bu turdagi matnni tekshirishda 
ayni o‘sha jihatlarga e'tibor qaratish, emotsiyaning samimiyligi, ifodaning hissiyligi, 
yuqumliligi singari lirikaning saviyasini yuksaltiradigan omillarni topishga, ularning 
o‘z o‘rnida qo‘llanganligini o‘rganishga e'tibor qaratish joiz. Lirik asar tahlilida 
so‘zlarning ta'sirchanligi, ma'noning tig‘izligi, ifodaning serqatlamligiga alohida 
diqqat qilinishi zarurdir. Dramatik asarni tahlil qilishda, garchi badiiy adabiyotning 
bu turi ham so‘z vositasida yaratilsa-da, sahnaga mo‘ljallanganligi, tomosha 
ko‘rsatish maqsadida dunyoga keltirilganligi, unda muallifning ishtirok etmasligi, 
timsollarning hatti-xarakatlariga biror darajada ham munosabat bildirish imkoni 
yo‘qligi ko‘zda tutib tahlil qilish lozim bo‘ladi. Shundagina bu turdagi asarlarning 
hayotiy va badiiy mohiyati hamda estetik jozibasini bir darajada namoyon etish 
mumkin bo‘ladi. Dramatik asarlar tahlilida Botish estetikasi yuriqlaridan foydalanish 
samara beradi. Negaki, bu tur Chiqishda chuqur ildizga ega bo‘lmaganligi uchun 
ham uni tekshirish borasida ham ilmiy mustahkam tamoyillar ishlab chihilmagan. 
Adabiy turlarga xos xususiyatlarni hisobga olishning o‘zi xam tahlilning to‘kisligi 
uchun yetarli emas. Negaki, adabiy turlar o‘z navbatida janrlarga bo‘linadi va ular 
ham bir qator jiddiy o‘ziga xosliklarga egadir. Tahlilga tortilgan muayyan asarning 
janr jihatlari ham ko‘zda tutilgandagina samaraga erishish mumkin. Chunonchi, lirik 
turning g‘azal janrini tahlil qilish boshqayu, tuyuq, muvashshax yoxud chistonni 
tadqiq etish boshqa. Shuning uchun ham adabiy janrlarga xos jixatlarni ham ko‘zda 
tutib ish ko‘rishgina tahlilchiga nisbatan to‘liq va samarali tahlil qilish imkonini 
beradi. Lirik asarlar asosan ruhiyat manzaralarini aks ettirgani va junbushga kelgan 
hissiyot ifodasi sifatida yuzaga kelgani uchun ham tahlil jarayonida sezimlar, 
tuyg‘ular tizimi tasviriga ustuvor ahamiyat berilishi lozim. Lirikada voqealar bayoni, 
xatti-harakatlar ko‘lami emas, balki kechinmalar zamzamasi qay tarzda berilishini 
enchi sifatida berilgan biya, undan tug‘ilgan yarg‘ok toychoq, Barchindan xabar kelgan kuni shu toyning sag‘risi toshib, uzini qo‘yarga joy topolmay qolganligi, Alpomishning ot so‘rab Qultoyga borishi, Qultoyning unga ot bermasligi va boz ustiga kaltaklashi, o‘z moliga egalik qilolmagan noshud yigitning quruq qaytishi va Qaldirg‘ochoyim iddaolari singari ko‘pgina tafsilotlarga e'tibor qaratilmasa, estetik tahlil yuzaga kelmaydi. Chunki timsolning asl mohiyati ayni shular zamiriga joylangan. Lirik turdagi asarlarning asosiy belgisi yashiringan sub'ektning ruhiy holati, sezimlari, hissiyolami, tuyg‘ular tizimi ekan, bu turdagi matnni tekshirishda ayni o‘sha jihatlarga e'tibor qaratish, emotsiyaning samimiyligi, ifodaning hissiyligi, yuqumliligi singari lirikaning saviyasini yuksaltiradigan omillarni topishga, ularning o‘z o‘rnida qo‘llanganligini o‘rganishga e'tibor qaratish joiz. Lirik asar tahlilida so‘zlarning ta'sirchanligi, ma'noning tig‘izligi, ifodaning serqatlamligiga alohida diqqat qilinishi zarurdir. Dramatik asarni tahlil qilishda, garchi badiiy adabiyotning bu turi ham so‘z vositasida yaratilsa-da, sahnaga mo‘ljallanganligi, tomosha ko‘rsatish maqsadida dunyoga keltirilganligi, unda muallifning ishtirok etmasligi, timsollarning hatti-xarakatlariga biror darajada ham munosabat bildirish imkoni yo‘qligi ko‘zda tutib tahlil qilish lozim bo‘ladi. Shundagina bu turdagi asarlarning hayotiy va badiiy mohiyati hamda estetik jozibasini bir darajada namoyon etish mumkin bo‘ladi. Dramatik asarlar tahlilida Botish estetikasi yuriqlaridan foydalanish samara beradi. Negaki, bu tur Chiqishda chuqur ildizga ega bo‘lmaganligi uchun ham uni tekshirish borasida ham ilmiy mustahkam tamoyillar ishlab chihilmagan. Adabiy turlarga xos xususiyatlarni hisobga olishning o‘zi xam tahlilning to‘kisligi uchun yetarli emas. Negaki, adabiy turlar o‘z navbatida janrlarga bo‘linadi va ular ham bir qator jiddiy o‘ziga xosliklarga egadir. Tahlilga tortilgan muayyan asarning janr jihatlari ham ko‘zda tutilgandagina samaraga erishish mumkin. Chunonchi, lirik turning g‘azal janrini tahlil qilish boshqayu, tuyuq, muvashshax yoxud chistonni tadqiq etish boshqa. Shuning uchun ham adabiy janrlarga xos jixatlarni ham ko‘zda tutib ish ko‘rishgina tahlilchiga nisbatan to‘liq va samarali tahlil qilish imkonini beradi. Lirik asarlar asosan ruhiyat manzaralarini aks ettirgani va junbushga kelgan hissiyot ifodasi sifatida yuzaga kelgani uchun ham tahlil jarayonida sezimlar, tuyg‘ular tizimi tasviriga ustuvor ahamiyat berilishi lozim. Lirikada voqealar bayoni, xatti-harakatlar ko‘lami emas, balki kechinmalar zamzamasi qay tarzda berilishini  
 
tadqiq etish va bu borada asosli kuzatishlar qilish muhimdir. Lirikada so‘z ham 
kayfiyat ifodasini berish, ham holat tasvirini chizish, ham taassurot manzarasini 
ko‘rsatish vositasi bo‘lganligi uchun lirik asarni tahlil qilishda badiiy so‘zdagi 
yetakchi ohangni ilg‘ab olish, asar musiqasini tayin etgan omillarni topishga alohida 
ahamiyat berish lozimdir. Lirik asarda kayfiyat qay darajada tasvir etilganligi uning 
estetik qiymatini tayin etuvchi asosiy omildir. Bu turdagi asarlar tekshirilganda 
nimani tasvirlash emas, balki qanday tavsirlanganligini aniqlash muhimroqdir. 
Milliy adabiyotimiz tarixida lirik turdagi asarlar salmoq jihatidan ham, sifat jihatidan 
ham katta o‘rin tutadi. Lirik turdagi asarlar uchun asosiy narsa tuyg‘u va hissiyotga 
yug‘rilgan hayotiy hikmat ifodasini berishdir. Lirikada voqealar tasviri, xarakter 
mantig‘i emas, ruhiy holat tasviri, hissiyot ifodasi, tuyg‘ular samimiyati muhimdir. 
Chinakam lirik she'r tinglovchi yo o‘quvchiga faqat zavq beribgina qolmay, uning 
emotsional-axloqiy imkoniyatlarini uyg‘otadi, faoliyatga undaydi. Samimiy lirik 
so‘z hatto real voqelik hodisalariga qaraganda ham inson ruhiyatiga kuchliroq ta'sir 
ko‘rsatishi mumkinligi psixologiya ilmi xulosalaridan ma'lum. Shu boisdan ham lirik 
asar tahlili kishini nafaqat estetik-ma'naviy jihatdan, balki funksional-aqliy 
tomondan ham kamolotga yetkazishga xizmat qiladi. Inson nozik va ingichka 
tuyg‘ular bilan hayvonot dunyosidan farq qiladi. Lirik asarni tahlil qilishda undan 
mantiqiy xulosa chiqarishga shoshilmaslik, yaxshisi bunday xulosani umuman 
izlamaslik kerak. Lirik asar tahlili uchun muhimi she'rdagi tasvirga she'rxon hissiyot 
olamidagi reaksiya, munosabatdir. She'r chuqur tahlil tufayli o‘quvchilar tomonidan 
to‘liq qabul etilsa, yurakka yetib borgan, uni bezovta qilgan omillar nimalar ekanligi 
angalb yetilsa,shuning o‘zi umumlashma xulosadir. Lirik qahramon yoki shoir 
holatini bevosita his etishga odatlantirish yo‘li bilan she'rxonni o‘zgalarning 
ruhiyatni ilg‘aydigan, birovning qayg‘usiga dardkash, quvonchiga sherik bo‘la 
oladigan ma'naviyati yuksak, barkamol shaxs sifatida shakllantirish mumkin. 
She'rxonni lirik asarlardagi she'riy san'atlarni, nozik ishoralarni, ko‘zdan yashirib 
badiiy tasvir vositalarini payqashga o‘rgatish uni badiiy so‘z jozibasini tuyishga 
odatlantiradi. So‘z sehridan zavqlana bilish kishining hissiy sezimlari, nutq boyligi, 
fikrlash malakasini orttiradi. Lirik asar tahliliga she'rxonlarning qalb ko‘zini ochish, 
ularda atrofdagi go‘zalliklarga faol munosabat uyg‘otish vositasi tarzida qarash 
tahlilning chuqurlashishiga olib keladi, uning ijtimoiy ahamiyatni oshiradi.Milliy 
tadqiq etish va bu borada asosli kuzatishlar qilish muhimdir. Lirikada so‘z ham kayfiyat ifodasini berish, ham holat tasvirini chizish, ham taassurot manzarasini ko‘rsatish vositasi bo‘lganligi uchun lirik asarni tahlil qilishda badiiy so‘zdagi yetakchi ohangni ilg‘ab olish, asar musiqasini tayin etgan omillarni topishga alohida ahamiyat berish lozimdir. Lirik asarda kayfiyat qay darajada tasvir etilganligi uning estetik qiymatini tayin etuvchi asosiy omildir. Bu turdagi asarlar tekshirilganda nimani tasvirlash emas, balki qanday tavsirlanganligini aniqlash muhimroqdir. Milliy adabiyotimiz tarixida lirik turdagi asarlar salmoq jihatidan ham, sifat jihatidan ham katta o‘rin tutadi. Lirik turdagi asarlar uchun asosiy narsa tuyg‘u va hissiyotga yug‘rilgan hayotiy hikmat ifodasini berishdir. Lirikada voqealar tasviri, xarakter mantig‘i emas, ruhiy holat tasviri, hissiyot ifodasi, tuyg‘ular samimiyati muhimdir. Chinakam lirik she'r tinglovchi yo o‘quvchiga faqat zavq beribgina qolmay, uning emotsional-axloqiy imkoniyatlarini uyg‘otadi, faoliyatga undaydi. Samimiy lirik so‘z hatto real voqelik hodisalariga qaraganda ham inson ruhiyatiga kuchliroq ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi psixologiya ilmi xulosalaridan ma'lum. Shu boisdan ham lirik asar tahlili kishini nafaqat estetik-ma'naviy jihatdan, balki funksional-aqliy tomondan ham kamolotga yetkazishga xizmat qiladi. Inson nozik va ingichka tuyg‘ular bilan hayvonot dunyosidan farq qiladi. Lirik asarni tahlil qilishda undan mantiqiy xulosa chiqarishga shoshilmaslik, yaxshisi bunday xulosani umuman izlamaslik kerak. Lirik asar tahlili uchun muhimi she'rdagi tasvirga she'rxon hissiyot olamidagi reaksiya, munosabatdir. She'r chuqur tahlil tufayli o‘quvchilar tomonidan to‘liq qabul etilsa, yurakka yetib borgan, uni bezovta qilgan omillar nimalar ekanligi angalb yetilsa,shuning o‘zi umumlashma xulosadir. Lirik qahramon yoki shoir holatini bevosita his etishga odatlantirish yo‘li bilan she'rxonni o‘zgalarning ruhiyatni ilg‘aydigan, birovning qayg‘usiga dardkash, quvonchiga sherik bo‘la oladigan ma'naviyati yuksak, barkamol shaxs sifatida shakllantirish mumkin. She'rxonni lirik asarlardagi she'riy san'atlarni, nozik ishoralarni, ko‘zdan yashirib badiiy tasvir vositalarini payqashga o‘rgatish uni badiiy so‘z jozibasini tuyishga odatlantiradi. So‘z sehridan zavqlana bilish kishining hissiy sezimlari, nutq boyligi, fikrlash malakasini orttiradi. Lirik asar tahliliga she'rxonlarning qalb ko‘zini ochish, ularda atrofdagi go‘zalliklarga faol munosabat uyg‘otish vositasi tarzida qarash tahlilning chuqurlashishiga olib keladi, uning ijtimoiy ahamiyatni oshiradi.Milliy  
 
lirikamizning yirik vakillaridan ayrimlari misolida lirik asarlar tahlili qanday amalga 
oshirilishini ko‘rish mumkin. Cho‘lpon she'riyatida ruhiyat manzaralari, inson 
hissiyotining zumlik tulg‘onishlari aks ettiriladi. Jumladan, "Go‘zal" she'rida shoir 
tabiatning juda dilbar manzarasini yaratgan. Lekin u tabiatdan nusxa ko‘chirmagan, 
o‘ziga chiroyli tuyulgan lavhasini shu xolicha tasvir etmagan. Cho‘lpon tabiatning 
tasviriga hamisha inson ruhini singdiradi, insoniy hissiyot tabiat go‘zalligiga jon 
bag‘ishlaydi. Uni dard bilan, odamiy ishq bilan munavvar qiladi. Shoir izlayotgani 
go‘zalni, dastavval, "Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, eng yorug‘ 
yulduzdan..."so‘raydi. Tahlilning ibtidosidanoq, she'rxon shoir hissiyoti olamiga 
yaqinlashtirilishi darkor. Nega lirik qahramon go‘zalni "qorong‘u kechada" izlay 
boshladi? Nima sabab ma'shuqasini "eng yorug‘ yulduzdan" so‘radi? Tahlilchi she'r 
matnidan shu savollarga javob topishga uringani sayin asarning joziba kuchini tuyib 
boraveradi. Ishqqa mubtalo bo‘lgan qalb egasiga uyqu begona. Hazrati Navoiy 
aytganlaridek. "Beshq uluska kom uyqu, ishq ahligadir harom uyqu". Shu bois 
"Go‘zal"ning lirik qahramoni - bedorlik bandasi. Bedor odam, qalbiga ishq oshyon 
qurgan dardmand o‘ziga dardkash izlashi tabiiy. Lekin ishqday mahram tuyg‘uni 
bo‘lak odam bilan o‘rtoqlashib bo‘lmaydi. Shuning uchun lirik qahramon uyqusiz 
tundagi hamrohlari: osmon jismlariga, eng yorug‘, eng yaqin yulduzga murojaat 
qiladi va bu holat - ishonarli. Har holda,Cho‘lponning lirik qahramoni, avvalo, 
yulduzga murojaat qilib notabiiy yo‘l tutmaydi. Endi yulduzning go‘zalni o‘ngida 
emas, "tushda ko‘r"gani sababi haqida o‘ylab ko‘rish kerak. O‘zbek go‘zali 
g‘arbning tunkezar sohibjamollaridan emaski, kechasi paydo bo‘ladigan 
mavjudotlarning ko‘zi tushsa. Yulduz malakning ta'rifini eshitishi, eshitganlari 
tufayli tushlaridagina ko‘rishi mumkin. Shu vajdan "eng yorug‘ yulduz" malakni 
faqat tushida ko‘rgani tabiiy hol! Yulduzning e'tirofi bejiz emas: "Tushimda 
ko‘ramen: shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir. Oydan-da go‘zal! She'rdagi har 
bir so‘zga e'tibor berish joiz: lirik qahramon ma'shuqasini bitta" eng yorug‘ 
yulduzdan so‘ragan edi. Lekin u yulduzdan: "Bizdan-da go‘zaldir..." degan javobni 
eshitadi. Nima uchun? Negaki, bitta yulduz qanchalar porloq bo‘lmasin osmon 
ko‘rki bo‘la olmaydi. Ko‘kning bezagi - osmon to‘la sanoqsiz yulduzlardir. Ularning 
go‘zalligi: ko‘pligi va tartibsiz tartibida! Buni"eng yorug‘ yulduz" yaxshi biladi. 
Shoir 
she'rdagi 
juda 
mayda 
detallargacha 
g‘oyat 
katta 
e'tibor 
bilan 
lirikamizning yirik vakillaridan ayrimlari misolida lirik asarlar tahlili qanday amalga oshirilishini ko‘rish mumkin. Cho‘lpon she'riyatida ruhiyat manzaralari, inson hissiyotining zumlik tulg‘onishlari aks ettiriladi. Jumladan, "Go‘zal" she'rida shoir tabiatning juda dilbar manzarasini yaratgan. Lekin u tabiatdan nusxa ko‘chirmagan, o‘ziga chiroyli tuyulgan lavhasini shu xolicha tasvir etmagan. Cho‘lpon tabiatning tasviriga hamisha inson ruhini singdiradi, insoniy hissiyot tabiat go‘zalligiga jon bag‘ishlaydi. Uni dard bilan, odamiy ishq bilan munavvar qiladi. Shoir izlayotgani go‘zalni, dastavval, "Qorong‘u kechada ko‘kka ko‘z tikib, eng yorug‘ yulduzdan..."so‘raydi. Tahlilning ibtidosidanoq, she'rxon shoir hissiyoti olamiga yaqinlashtirilishi darkor. Nega lirik qahramon go‘zalni "qorong‘u kechada" izlay boshladi? Nima sabab ma'shuqasini "eng yorug‘ yulduzdan" so‘radi? Tahlilchi she'r matnidan shu savollarga javob topishga uringani sayin asarning joziba kuchini tuyib boraveradi. Ishqqa mubtalo bo‘lgan qalb egasiga uyqu begona. Hazrati Navoiy aytganlaridek. "Beshq uluska kom uyqu, ishq ahligadir harom uyqu". Shu bois "Go‘zal"ning lirik qahramoni - bedorlik bandasi. Bedor odam, qalbiga ishq oshyon qurgan dardmand o‘ziga dardkash izlashi tabiiy. Lekin ishqday mahram tuyg‘uni bo‘lak odam bilan o‘rtoqlashib bo‘lmaydi. Shuning uchun lirik qahramon uyqusiz tundagi hamrohlari: osmon jismlariga, eng yorug‘, eng yaqin yulduzga murojaat qiladi va bu holat - ishonarli. Har holda,Cho‘lponning lirik qahramoni, avvalo, yulduzga murojaat qilib notabiiy yo‘l tutmaydi. Endi yulduzning go‘zalni o‘ngida emas, "tushda ko‘r"gani sababi haqida o‘ylab ko‘rish kerak. O‘zbek go‘zali g‘arbning tunkezar sohibjamollaridan emaski, kechasi paydo bo‘ladigan mavjudotlarning ko‘zi tushsa. Yulduz malakning ta'rifini eshitishi, eshitganlari tufayli tushlaridagina ko‘rishi mumkin. Shu vajdan "eng yorug‘ yulduz" malakni faqat tushida ko‘rgani tabiiy hol! Yulduzning e'tirofi bejiz emas: "Tushimda ko‘ramen: shunchalar go‘zal, Bizdan-da go‘zaldir. Oydan-da go‘zal! She'rdagi har bir so‘zga e'tibor berish joiz: lirik qahramon ma'shuqasini bitta" eng yorug‘ yulduzdan so‘ragan edi. Lekin u yulduzdan: "Bizdan-da go‘zaldir..." degan javobni eshitadi. Nima uchun? Negaki, bitta yulduz qanchalar porloq bo‘lmasin osmon ko‘rki bo‘la olmaydi. Ko‘kning bezagi - osmon to‘la sanoqsiz yulduzlardir. Ularning go‘zalligi: ko‘pligi va tartibsiz tartibida! Buni"eng yorug‘ yulduz" yaxshi biladi. Shoir she'rdagi juda mayda detallargacha g‘oyat katta e'tibor bilan  
 
ishlagan.Yulduzdan qoniqarli javob ololmagan lirik qahramon nigohini "oy chiqqan 
yoqqa" olishga va ma'shuqasini so‘roqlashga majbur. Oy unga: "...bir qizil yanoqqa, 
Uchradim tushimda ko‘milgan oqqa",-deb oson izohlash mumkin: go‘zalni ko‘rmoq 
uchun nazar tashlagan Oydan mayin, sutday nimtatir oq nur taraladi. Taraladi-yu, 
yerdagi malakka ham tushib uni oq og‘ushiga oladi. Bundan tashqari, Sharq 
estetikasida oq-ezgulikni ifodalovchi rang. Go‘zal, garchi uni oy o‘ngida ko‘rmagan 
bo‘lsa-da, albatta, oq kiyingan bo‘lishi kerak. Oq yuzli malakning oppoq libosi 
Oyning oydin nuri bilan qushilib tengsiz malikani tamomila oqqa cho‘lg‘aydi. Bu 
juda tabiiy. She'rda "qizil yanoq" sifatlashi ham ishlatilgan. Sharq odami uchun qizil 
yanoq – sog‘lomlik ham go‘zallik belgisi. Shuning uchun ham oyning tushida 
namoyon bo‘lgan malak qizil yanoqli. Buning ustiga, go‘zalning qizil yanog‘i tasviri 
she'rning keyingi bandida quyoshning yondiruvchi qizilligini asoslovchi mantiqiy-
hissiy vosita. Sirli go‘zalni suroqlab tong ottirgan oshiq yorini "erta tong 
shamolidan" surishtirmay iloji yo‘q.Tong nasimi tengsiz malakni tushida emas, 
o‘ngida ko‘rgan. Lekin bu baxtiyor visol unga "bir"martagina nasib etgan. Uning 
sarosar kezmog‘i, huriliqoga telbavor oshiq bo‘lmogi uchun o‘sha birgina yuliqish 
kifoya: "...bir ko‘rib, yo‘limdan ozib, Tog‘u toshlar ichra istab yuramen!" Sirli 
go‘zalning tong shamoliga o‘ngida yo‘liqish sababini endi ancha oson izohlasa 
bo‘ladi: o‘zbekning dilbar qizlari saharxez bo‘lishadi. Nechog‘lik ehtiyot bo‘lmasin, 
sirli malak biror marta tong nasimining nigohidan qutulolmay qolgan bo‘lishi 
mumkin. Nihoyat ishq otashida kuyib qorong‘u kechadan kunduzga qadar bedor 
yurgan oshiq olamni munavvar etgan Kun - quyoshga murojaat aylaydi: "Ul-da o‘z 
o‘tidan bekinib, qochib, Aytadir: bir ko‘rdim tushdamas, o‘ngda. Men o‘ngda 
ko‘rganda shunchalar go‘zal, Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!" Astoydil 
izlagan topadi deganlaridek, Kun ham ul malakni birgina bor ko‘rishga muyassar 
bo‘lgan. Lekin o‘sha birgina uchrashuv uning oshiq bo‘lishi, o‘zini unutar darajaga 
kelishi uchun yetarli. Mazkur bandda: "Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib..." 
misrasiga yashiringan ma'no e'tibordan aslo chetda qolmasligi kerak. She'riy 
organizmdagi eng kichik o‘zgachaliklarni payqay olish uni tushunish sari olib 
boradigan eng to‘g‘ri yo‘ldir. Quyoshga tik qarab, uni ko‘rib bo‘lmasligi hammaga 
ma'lum. Buni shoirona iste'dodgina: "... o‘z o‘tidan bekinib, qochib" tarzida ifoda 
qila olishi mumkin. Kun falakda suzib yuribdi. Unga tik qarashingiz bilan ko‘rinmay 
ishlagan.Yulduzdan qoniqarli javob ololmagan lirik qahramon nigohini "oy chiqqan yoqqa" olishga va ma'shuqasini so‘roqlashga majbur. Oy unga: "...bir qizil yanoqqa, Uchradim tushimda ko‘milgan oqqa",-deb oson izohlash mumkin: go‘zalni ko‘rmoq uchun nazar tashlagan Oydan mayin, sutday nimtatir oq nur taraladi. Taraladi-yu, yerdagi malakka ham tushib uni oq og‘ushiga oladi. Bundan tashqari, Sharq estetikasida oq-ezgulikni ifodalovchi rang. Go‘zal, garchi uni oy o‘ngida ko‘rmagan bo‘lsa-da, albatta, oq kiyingan bo‘lishi kerak. Oq yuzli malakning oppoq libosi Oyning oydin nuri bilan qushilib tengsiz malikani tamomila oqqa cho‘lg‘aydi. Bu juda tabiiy. She'rda "qizil yanoq" sifatlashi ham ishlatilgan. Sharq odami uchun qizil yanoq – sog‘lomlik ham go‘zallik belgisi. Shuning uchun ham oyning tushida namoyon bo‘lgan malak qizil yanoqli. Buning ustiga, go‘zalning qizil yanog‘i tasviri she'rning keyingi bandida quyoshning yondiruvchi qizilligini asoslovchi mantiqiy- hissiy vosita. Sirli go‘zalni suroqlab tong ottirgan oshiq yorini "erta tong shamolidan" surishtirmay iloji yo‘q.Tong nasimi tengsiz malakni tushida emas, o‘ngida ko‘rgan. Lekin bu baxtiyor visol unga "bir"martagina nasib etgan. Uning sarosar kezmog‘i, huriliqoga telbavor oshiq bo‘lmogi uchun o‘sha birgina yuliqish kifoya: "...bir ko‘rib, yo‘limdan ozib, Tog‘u toshlar ichra istab yuramen!" Sirli go‘zalning tong shamoliga o‘ngida yo‘liqish sababini endi ancha oson izohlasa bo‘ladi: o‘zbekning dilbar qizlari saharxez bo‘lishadi. Nechog‘lik ehtiyot bo‘lmasin, sirli malak biror marta tong nasimining nigohidan qutulolmay qolgan bo‘lishi mumkin. Nihoyat ishq otashida kuyib qorong‘u kechadan kunduzga qadar bedor yurgan oshiq olamni munavvar etgan Kun - quyoshga murojaat aylaydi: "Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib, Aytadir: bir ko‘rdim tushdamas, o‘ngda. Men o‘ngda ko‘rganda shunchalar go‘zal, Oydan-da go‘zaldir, kundan-da go‘zal!" Astoydil izlagan topadi deganlaridek, Kun ham ul malakni birgina bor ko‘rishga muyassar bo‘lgan. Lekin o‘sha birgina uchrashuv uning oshiq bo‘lishi, o‘zini unutar darajaga kelishi uchun yetarli. Mazkur bandda: "Ul-da o‘z o‘tidan bekinib, qochib..." misrasiga yashiringan ma'no e'tibordan aslo chetda qolmasligi kerak. She'riy organizmdagi eng kichik o‘zgachaliklarni payqay olish uni tushunish sari olib boradigan eng to‘g‘ri yo‘ldir. Quyoshga tik qarab, uni ko‘rib bo‘lmasligi hammaga ma'lum. Buni shoirona iste'dodgina: "... o‘z o‘tidan bekinib, qochib" tarzida ifoda qila olishi mumkin. Kun falakda suzib yuribdi. Unga tik qarashingiz bilan ko‘rinmay  
 
qoladi. Chunki ko‘zingizni oladi. Shu bois quyosh o‘z o‘tidan bekinib, qochibgina 
muloqotga kirishadi.Yulduz, oy, shamol, kun timsollari yordamida lirik qahramon 
qalbidagi ishq o‘ti alangasi nechog‘lik balandligi, hijron azobining qanchalar 
og‘irligi ochiladi. Charx o‘rib, faryod chekib olamdagi eng muqaddas narsasini - 
dardini, ishqini izlayotgan oshiq nolasi o‘quvchi qalbida ham aks-sado beradi. 
She'rning so‘nggi bandi to‘lig‘icha lirik qahramon ruhiy holatining, kechinma-yu 
kayfiyatining ifodasidan iborat. Hajr yo‘lida o‘rtanayotgan oshiq go‘zaldan 
yozg‘irmaydi. Chunki asl tuyg‘u minnatdan yiroq bo‘ladi. U visol ta'masini ham 
xayol etmaydi. Oshiq ishqning o‘zidan masrur, dard chekish baxtidan mag‘rur. Shu 
bois, "boshini zo‘r ishga berib" qo‘yganidan pushaymon emas. Mislsiz muhabbati 
va o‘rtanishlari evaziga hech narsa kutmaydigan chin oshiq ruhiy dunyosining nurli 
to‘lg‘anishlari aks etgan "Go‘zal" she'rini shu tariqa tahlil qilish uning jozibasini 
to‘laroq, ta'sirliroq anglash imkonini beradi. Shoira Zulfiyaning "Oydan"da deb 
ataluvchi nozik ishoralarga, ingichka ifodalarga boy ichkin bir she'ri bor. Bu she'r 
sof tabiat lirikasining namunasidir. She'rdagi oxir ko‘klam yomg‘iridan keyingi 
tunlarning birida sanoqsiz yulduzlar charaqlagan osmon, olamni oqlikka o‘ragan oy, 
xayol kabi to‘zg‘igan bulutlar go‘zalligidan xayajonga tushgan shaxs kechinmalari, 
hayratlari aks ettirilgan. Bu she'rda bo‘rtib turgan ijtimoiy ma'no ham, dardkash qalb 
iztiroblari ham yo‘q. Unda beqiyos ilohiy go‘zallik va shu go‘zallikdan 
hayratlanayotgan masrur qalb entikishlarigina bor xolos. 
Jilib-jilmas to‘lin oy, 
Bulut xayolday yengil, 
Oy anhorda qulun toy, 
Gilosda shig‘il-shig‘il.. 
Anhor tinimsiz o‘ynoqlab oqadi, suvi tip-tiniq, shu bois unda aks etayotgan 
Oy qulunday yuguruk. Yomg‘ir tufayli toza chayilgan gilos mevalarining har birida 
bittadan to‘lin Oy jilva qiladi, shu bois "gilosda shig‘il-shig‘il". Hovuz tiniq suvga 
to‘la, ammo u oqmaydi, shu bois ko‘kdagi oy bir hovuz "yaxlit oynaday bo‘lib" 
yoyilgan, hovuzdagi oyni yaxshiroq qurmoq ilinjida egilgan lirik kahramon boshqa 
bir oyga – o‘ziga "rubaru" keladi. Chunki u ham - oyday go‘zal.Shoira shohona 
kiyingan malika yang‘lig "ming-ming yulduzni sidirg‘asiga chayqab" yerga sudrab 
bormoqda: tiniq osmonning hovuzdagi aksida sanoqsiz yulduzlar lirik qahramonning 
qoladi. Chunki ko‘zingizni oladi. Shu bois quyosh o‘z o‘tidan bekinib, qochibgina muloqotga kirishadi.Yulduz, oy, shamol, kun timsollari yordamida lirik qahramon qalbidagi ishq o‘ti alangasi nechog‘lik balandligi, hijron azobining qanchalar og‘irligi ochiladi. Charx o‘rib, faryod chekib olamdagi eng muqaddas narsasini - dardini, ishqini izlayotgan oshiq nolasi o‘quvchi qalbida ham aks-sado beradi. She'rning so‘nggi bandi to‘lig‘icha lirik qahramon ruhiy holatining, kechinma-yu kayfiyatining ifodasidan iborat. Hajr yo‘lida o‘rtanayotgan oshiq go‘zaldan yozg‘irmaydi. Chunki asl tuyg‘u minnatdan yiroq bo‘ladi. U visol ta'masini ham xayol etmaydi. Oshiq ishqning o‘zidan masrur, dard chekish baxtidan mag‘rur. Shu bois, "boshini zo‘r ishga berib" qo‘yganidan pushaymon emas. Mislsiz muhabbati va o‘rtanishlari evaziga hech narsa kutmaydigan chin oshiq ruhiy dunyosining nurli to‘lg‘anishlari aks etgan "Go‘zal" she'rini shu tariqa tahlil qilish uning jozibasini to‘laroq, ta'sirliroq anglash imkonini beradi. Shoira Zulfiyaning "Oydan"da deb ataluvchi nozik ishoralarga, ingichka ifodalarga boy ichkin bir she'ri bor. Bu she'r sof tabiat lirikasining namunasidir. She'rdagi oxir ko‘klam yomg‘iridan keyingi tunlarning birida sanoqsiz yulduzlar charaqlagan osmon, olamni oqlikka o‘ragan oy, xayol kabi to‘zg‘igan bulutlar go‘zalligidan xayajonga tushgan shaxs kechinmalari, hayratlari aks ettirilgan. Bu she'rda bo‘rtib turgan ijtimoiy ma'no ham, dardkash qalb iztiroblari ham yo‘q. Unda beqiyos ilohiy go‘zallik va shu go‘zallikdan hayratlanayotgan masrur qalb entikishlarigina bor xolos. Jilib-jilmas to‘lin oy, Bulut xayolday yengil, Oy anhorda qulun toy, Gilosda shig‘il-shig‘il.. Anhor tinimsiz o‘ynoqlab oqadi, suvi tip-tiniq, shu bois unda aks etayotgan Oy qulunday yuguruk. Yomg‘ir tufayli toza chayilgan gilos mevalarining har birida bittadan to‘lin Oy jilva qiladi, shu bois "gilosda shig‘il-shig‘il". Hovuz tiniq suvga to‘la, ammo u oqmaydi, shu bois ko‘kdagi oy bir hovuz "yaxlit oynaday bo‘lib" yoyilgan, hovuzdagi oyni yaxshiroq qurmoq ilinjida egilgan lirik kahramon boshqa bir oyga – o‘ziga "rubaru" keladi. Chunki u ham - oyday go‘zal.Shoira shohona kiyingan malika yang‘lig "ming-ming yulduzni sidirg‘asiga chayqab" yerga sudrab bormoqda: tiniq osmonning hovuzdagi aksida sanoqsiz yulduzlar lirik qahramonning  
 
kiyimlariga tikilgan bezaklar kabi tuyuladi. She'rxonlar moviy ko‘kni kiyim qilib, 
undagi yulduzlardan bezak taqib ketayotgan sohibjamolni ko‘z oldilariga aniq 
keltirishlari mumkin.Tahlilda she'rdagi go‘zal o‘xshatishlar, kutilmagan obrazli 
ifodalarni qurishga, tushunishga e'tibor qilinsa, she'rxon oldida go‘zallikning hadsiz 
dunyosi ochiladi. Tahlil "Sel unutgan ko‘lmaklar, Misli oyning singani" 
misralaridagi chiroyli o‘xshatishni payqashdan tashqari "Sel unutgan ko‘lmak", 
"singan oy" tarzidagi obrazli ifodalar haqida uyga toldirishi, bu tasvirlarning tagiga 
yetishga undashi kerak. Tahlil shu tarzda samimiy tuyg‘ular ifodasidan hayratga 
tusha oladigan,chinakam she'riy satrlar bag‘ridagi sehrni his qilishga qodir 
kishilarning ma'naviy olamini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1. Adabiy tur tushunchasi va badiiy tahlil. 
2. Tahlilda adabiy janrlarning hisobga olinishi. 
3. Lirik asar: tuyg‘u, lirik xarakter, ifoda va badiiy so’z. 
4. Lirik asar tahlilida shakly unsurlar. 
5. Mumtoz she’rlar badiiy tahlili 
 
kiyimlariga tikilgan bezaklar kabi tuyuladi. She'rxonlar moviy ko‘kni kiyim qilib, undagi yulduzlardan bezak taqib ketayotgan sohibjamolni ko‘z oldilariga aniq keltirishlari mumkin.Tahlilda she'rdagi go‘zal o‘xshatishlar, kutilmagan obrazli ifodalarni qurishga, tushunishga e'tibor qilinsa, she'rxon oldida go‘zallikning hadsiz dunyosi ochiladi. Tahlil "Sel unutgan ko‘lmaklar, Misli oyning singani" misralaridagi chiroyli o‘xshatishni payqashdan tashqari "Sel unutgan ko‘lmak", "singan oy" tarzidagi obrazli ifodalar haqida uyga toldirishi, bu tasvirlarning tagiga yetishga undashi kerak. Tahlil shu tarzda samimiy tuyg‘ular ifodasidan hayratga tusha oladigan,chinakam she'riy satrlar bag‘ridagi sehrni his qilishga qodir kishilarning ma'naviy olamini shakllantirishga xizmat qiladi. Mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Adabiy tur tushunchasi va badiiy tahlil. 2. Tahlilda adabiy janrlarning hisobga olinishi. 3. Lirik asar: tuyg‘u, lirik xarakter, ifoda va badiiy so’z. 4. Lirik asar tahlilida shakly unsurlar. 5. Mumtoz she’rlar badiiy tahlili