BADIIY TAHLILDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING O'RNI

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

18,8 KB


 
 
 
 
 
 
BADIIY TAHLILDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING O'RNI 
 
REJA: 
1. Olamni estetik idrok etish, badiiy tasvirlash va ijodkord unyoqarashi. 
2. Ijodkor badiiy qarashlari tizimining shakllanishida falsafiy asoslarning o’rni. 
3. Badiiy tasvir va milliy mansublikga doir xususiyatlar. 
4. Falsafa va badiiy ijod, falsafiy-badiiy fikirlash tarsi. 
5. Olamni badiiy idrok etish va tasvirlashda tasavvuf ta'limotining o’rni. 
 
Tayanch tushunchalar: 
Dunyoqarash va badiiy ijod, Olamni estetik tushunish va tushuntirish, Falsafa va 
dunyoqarash, Moddiyunchilik, Mimesis, Kalom falsafasi, Tasavvuf, Tajalli. 
Foydalaniladigan  adabiyotlar  ro’yxati: 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2. M. Qo’shjonov. Hayot va mahorat. – Toshkent:Fan, 1962 yil 
3. I. Haqqul. She’riyat – ruhiy munosabat. – Toshkent: 1998 yil 
4. U. Qobilov. Ilohiyot va badiiyat. – Toshkent: 2008 yil 
5. M. Gorkiy. Adabiyot haqida. – Toshkent: 1955 yil 
Tayaniladigan ma'naviy va nazariy asoslarning sog‘lom aqlga, haqiqiy san'at 
tabiatiga, milliy qadriyatlar tizimiga yaqin bo’lishiga yetarli e'tibor qilingandagina 
yangilangan ilmiy tafakkur amaliy ahamiyat kasb etadi, ya'ni ishlay boshlaydi. 
Shundagina, milliy adabiyotimizning asl namunalari qaysi davrda yaratilganligidan 
qat'i nazar o’zlarining haqiqiy estetik tahlilini, talqinini topishi mumkin bo’ladi. 
Badiiy tahlilda falsafiy-metodologik asos muhim o’rin tutadi. Chunki dunyo 
va uning hodisalariga yondashuv tarzi belgilab olinmay turib, olamni tug‘ri estetik 
idrok etish va tasvirlash mumkin emas. Falsafiy asos tug‘ri bo’lmaganligi uchun 
ba'zan yaxshi bilan yomon, xunuk bilan go‘zallik tushunchalariga yondashuv 
BADIIY TAHLILDA FALSAFIY VA MILLIY ASOSNING O'RNI REJA: 1. Olamni estetik idrok etish, badiiy tasvirlash va ijodkord unyoqarashi. 2. Ijodkor badiiy qarashlari tizimining shakllanishida falsafiy asoslarning o’rni. 3. Badiiy tasvir va milliy mansublikga doir xususiyatlar. 4. Falsafa va badiiy ijod, falsafiy-badiiy fikirlash tarsi. 5. Olamni badiiy idrok etish va tasvirlashda tasavvuf ta'limotining o’rni. Tayanch tushunchalar: Dunyoqarash va badiiy ijod, Olamni estetik tushunish va tushuntirish, Falsafa va dunyoqarash, Moddiyunchilik, Mimesis, Kalom falsafasi, Tasavvuf, Tajalli. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. M. Qo’shjonov. Hayot va mahorat. – Toshkent:Fan, 1962 yil 3. I. Haqqul. She’riyat – ruhiy munosabat. – Toshkent: 1998 yil 4. U. Qobilov. Ilohiyot va badiiyat. – Toshkent: 2008 yil 5. M. Gorkiy. Adabiyot haqida. – Toshkent: 1955 yil Tayaniladigan ma'naviy va nazariy asoslarning sog‘lom aqlga, haqiqiy san'at tabiatiga, milliy qadriyatlar tizimiga yaqin bo’lishiga yetarli e'tibor qilingandagina yangilangan ilmiy tafakkur amaliy ahamiyat kasb etadi, ya'ni ishlay boshlaydi. Shundagina, milliy adabiyotimizning asl namunalari qaysi davrda yaratilganligidan qat'i nazar o’zlarining haqiqiy estetik tahlilini, talqinini topishi mumkin bo’ladi. Badiiy tahlilda falsafiy-metodologik asos muhim o’rin tutadi. Chunki dunyo va uning hodisalariga yondashuv tarzi belgilab olinmay turib, olamni tug‘ri estetik idrok etish va tasvirlash mumkin emas. Falsafiy asos tug‘ri bo’lmaganligi uchun ba'zan yaxshi bilan yomon, xunuk bilan go‘zallik tushunchalariga yondashuv  
 
tamomila noto’g‘ri, g‘ayri ilmiy xarakter kasb etishi mumkin. Istbqlolgacha 
adabiyotshunoslik tahlilga, asosan, moddiyunchi falsafaga asoslanib yondashishga 
majbur etildib.. Natijada, kupincha, islomiy tafakkur tarzining mahsuli bo‘lmish 
badiiy hodisalar mohiyatini anglash uning sir-u sanoatlarini ochish mumkin bo’lmay 
qoldi. Arastu badiiy asarni taqlid-mimesis natijasi deb izohlagan. Agar estetik hodisa 
mimesis natijasi bo’lsa, adabiy tur va janrlar olamdagi barcha xalqlarda bir xilda 
bo‘lishi lozim edi. Negaki, barcha xalqlarni deyarli bir xil borliq o’rab turadi. 
Binobarin, taqlid ham deyarli bir xilda amalga oshirilgan bo’lardi. Holbuki, to XX 
asrga qadar ham bir qator xalqlar adabiyotida, jumladan, o’zbek adabiyotida 
dramatik tur mavjud emasdi. Shuningdek, "Alpomish" yusinidagi yirik xalq 
dostonlari ham hamma millatlarda ham mavjud emas. Falsafiy asos, tayaniladigan 
nazariy suyanch badiiy hodisa mohiyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. 
Jumladan, turkiy adabiyot namunalari islomdan oldingi davrda tamomila o’ziga xos 
yo‘nalishda rivojlangan. Bunga toshbitiklar, Issiq qo’rgonidan topilgan, Seleng‘urda 
saqlanib qolgan adabiy yodgorliklar tonug‘dir. Falsafiy asosning turlichaligi ayni bir 
badiiy hodisani tamomila har xil izohlashga sabab bo’lishi mumkin. Shu bois o’zbek 
filologlari turlicha falsafiy yunalishlardan xabardor bo’lganliklari holda milliy 
falsafiy asosga tayanishlari shart. Badiiy asarda aks etgan milliy xususiyatlar hisobga 
olingandagina tahlil to’laqonli chiqishi mumkin. Har qanday estetik hodisa muayyan 
milliy zaminda paydo bo’lganligi uchun ham uni tushuntirish va tadqiq etishda o’sha 
zaminga xos xususiyatlar hisobga olinishi lozim. Biror millat uchun ezgulik yoki 
go‘zallik namunasi hisoblangan hodisa ikkinchi bir millat nazarida yovuzlik va 
qabohat deb qaralishi mumkin. Chunonchi, o’zbeklar uchun go‘zallik timsoli 
bo’lmish oy ruslar uchun loqaydlik, befarqlik ramzidir. "Qizil va Qora", "Bovari 
xonim" asarlaridagi de Renal xonim va Emma obrazlari Farb kitobxonlari uchun 
inson hurligi, nazokat hamda erkin muhabbat timsoli sanalsa, o’zbek kitobxonlarida, 
ko‘pincha, bu ayollar buzuq kimsalar sifatida taassurot qoldiradi. Milliy mansublik 
hisobga olingan taqdirdagina badiiy tahlilni ilmiy-estetik jihatdan puxta va asosli 
amalga oshirish mumkin. Falsafiy asos sog‘lom bo’lmagach, tahlil qanchalar o’ziga 
xoslik va bilimdonlik bilan amalga oshirilmasin, adabiy asarning butun jozibasi, siri 
to‘liq namoyon etilishi mumkin emas. Ma'lumki, faoliyatning barcha turida bo’lgani 
singari badiiy tahlilda ham milliy adabiyotshunosligimiz sho’ro davrida markscha-
tamomila noto’g‘ri, g‘ayri ilmiy xarakter kasb etishi mumkin. Istbqlolgacha adabiyotshunoslik tahlilga, asosan, moddiyunchi falsafaga asoslanib yondashishga majbur etildib.. Natijada, kupincha, islomiy tafakkur tarzining mahsuli bo‘lmish badiiy hodisalar mohiyatini anglash uning sir-u sanoatlarini ochish mumkin bo’lmay qoldi. Arastu badiiy asarni taqlid-mimesis natijasi deb izohlagan. Agar estetik hodisa mimesis natijasi bo’lsa, adabiy tur va janrlar olamdagi barcha xalqlarda bir xilda bo‘lishi lozim edi. Negaki, barcha xalqlarni deyarli bir xil borliq o’rab turadi. Binobarin, taqlid ham deyarli bir xilda amalga oshirilgan bo’lardi. Holbuki, to XX asrga qadar ham bir qator xalqlar adabiyotida, jumladan, o’zbek adabiyotida dramatik tur mavjud emasdi. Shuningdek, "Alpomish" yusinidagi yirik xalq dostonlari ham hamma millatlarda ham mavjud emas. Falsafiy asos, tayaniladigan nazariy suyanch badiiy hodisa mohiyatiga jiddiy ta'sir ko’rsatishi mumkin. Jumladan, turkiy adabiyot namunalari islomdan oldingi davrda tamomila o’ziga xos yo‘nalishda rivojlangan. Bunga toshbitiklar, Issiq qo’rgonidan topilgan, Seleng‘urda saqlanib qolgan adabiy yodgorliklar tonug‘dir. Falsafiy asosning turlichaligi ayni bir badiiy hodisani tamomila har xil izohlashga sabab bo’lishi mumkin. Shu bois o’zbek filologlari turlicha falsafiy yunalishlardan xabardor bo’lganliklari holda milliy falsafiy asosga tayanishlari shart. Badiiy asarda aks etgan milliy xususiyatlar hisobga olingandagina tahlil to’laqonli chiqishi mumkin. Har qanday estetik hodisa muayyan milliy zaminda paydo bo’lganligi uchun ham uni tushuntirish va tadqiq etishda o’sha zaminga xos xususiyatlar hisobga olinishi lozim. Biror millat uchun ezgulik yoki go‘zallik namunasi hisoblangan hodisa ikkinchi bir millat nazarida yovuzlik va qabohat deb qaralishi mumkin. Chunonchi, o’zbeklar uchun go‘zallik timsoli bo’lmish oy ruslar uchun loqaydlik, befarqlik ramzidir. "Qizil va Qora", "Bovari xonim" asarlaridagi de Renal xonim va Emma obrazlari Farb kitobxonlari uchun inson hurligi, nazokat hamda erkin muhabbat timsoli sanalsa, o’zbek kitobxonlarida, ko‘pincha, bu ayollar buzuq kimsalar sifatida taassurot qoldiradi. Milliy mansublik hisobga olingan taqdirdagina badiiy tahlilni ilmiy-estetik jihatdan puxta va asosli amalga oshirish mumkin. Falsafiy asos sog‘lom bo’lmagach, tahlil qanchalar o’ziga xoslik va bilimdonlik bilan amalga oshirilmasin, adabiy asarning butun jozibasi, siri to‘liq namoyon etilishi mumkin emas. Ma'lumki, faoliyatning barcha turida bo’lgani singari badiiy tahlilda ham milliy adabiyotshunosligimiz sho’ro davrida markscha-  
 
lenincha falsafaga asoslanib ish ko’rib keldi. Markscha-lenincha falsafa tarfakkur 
taraqqiyoti hamda inson faoliyati uchun ong va borliq munosabati eng asosiy masala 
deb qaraydi va bu o’zaro munosabatlar birligida ham borliq, ya'ni materiyaga 
birlamchi o’rin ajratadi. Moddiy bo’lmagan hosila va tushunchalarni esa 
materiyaning murakkab ko‘rinishi yoki uning hosilasi deya da'vo qiladi. Bu hol 
ruhiy, hissiy, ma'naviy va o’zga xil moddiyatga bevosita daxldor bo’lmagan 
tushunchalarga ikkinchi darajali hodisalar deb qarashga olib keladi. Binobarin, 
badiiy ijoddagi asosiy qadriyat, ya'ni inson ruhiyati ifodasi nazardan qochiriladi. 
Badiiy asarlarga munosabatda ham inson ruhiyati manzaralaridagi tovlanishlarning 
o’ziga xosligidan kelib chiqib emas, balki materiyaning birlamchiligi pozitsiyasidan 
turib yondashish talab etildi. Har qanday jamiyatning har qanday bosqichidagi 
hayotini faqat sinfiy kurashlardan iborat deb, har qanday alohida odamning 
tirikchiligi adog‘i yo‘q ziddiyatlar zanjiri deb talqin qilindi. Binobarin, markscha-
lenincha falsafiy ta'limotga tayangan adabiyotshunoslik adabiy asarga undagi inson 
timsolini tadqiq etishga, tushuntirishga faqat shu nuqtai nazardan turib munosabatda 
bo’ldi. Bunday hol ko’plab asarlardan mutlaqo nosog‘lom xulosalar chiqarishga olib 
keldi. Badiiyat olamining yuksak namunalari, ulardagi ingichka ruhiy holatlar, 
ichkin manzaralar bu xil tahlil nazaridan chetda qolishi tabiiy edi. Chunki san'at 
asariga ijtimoiy munosabat uni tabiiy ravishda dag‘allashtirardi. Sog‘lom falsafa ilmi 
uchun Alloh, olam, odam munosabatlari eng asosiy va hal qiluvchi masala 
hisoblanadi. Olam yaratilishining maqsadi bo’lmish Odam va unga xos 
xususiyatlarni ilg‘ash, sezgi a'zolariga bo‘y bermaydigan tushunchalarni ham 
payqash va ta'riflash, inson ruhiy olamining beqiyos rang-barangligidan kelib 
chiqqan 
holda 
san'at 
asarlariga 
yondashish 
bu 
xil falsafaning 
asosiy 
tamoyillaridandir. Ruhiyat, hissiyotning boyligi insonni o’zga jonzotlardan 
ajratuvchi jihatlar ekan, inson hayotining badiiy aksi bo’lmish adabiyotda ayni shu 
ruhoniy va hissiy, demakki, estetik nuqtai nazarni ustuvor bilib munosabatda bo’lish 
bu xil metodologiyaning asosiy talablaridandir. Qadimiy tarixga ega Chiqish (Sharq) 
badiiy ijodga Botish (G‘arb) estetikasidan ko’ra o’zgacharoq mezonlar bilan 
yondoshgan. Chunonchi, Aristotel ta'limoti asosida shakllangan Botish estetikasida 
san'at asari borliqqa taqlid - mimesisning natijasi hisoblangan. Ya'ni san'at asari 
voqelikka taqlid natijasida vujudga kelgan va badiiy ijod namunasining barkamolligi 
lenincha falsafaga asoslanib ish ko’rib keldi. Markscha-lenincha falsafa tarfakkur taraqqiyoti hamda inson faoliyati uchun ong va borliq munosabati eng asosiy masala deb qaraydi va bu o’zaro munosabatlar birligida ham borliq, ya'ni materiyaga birlamchi o’rin ajratadi. Moddiy bo’lmagan hosila va tushunchalarni esa materiyaning murakkab ko‘rinishi yoki uning hosilasi deya da'vo qiladi. Bu hol ruhiy, hissiy, ma'naviy va o’zga xil moddiyatga bevosita daxldor bo’lmagan tushunchalarga ikkinchi darajali hodisalar deb qarashga olib keladi. Binobarin, badiiy ijoddagi asosiy qadriyat, ya'ni inson ruhiyati ifodasi nazardan qochiriladi. Badiiy asarlarga munosabatda ham inson ruhiyati manzaralaridagi tovlanishlarning o’ziga xosligidan kelib chiqib emas, balki materiyaning birlamchiligi pozitsiyasidan turib yondashish talab etildi. Har qanday jamiyatning har qanday bosqichidagi hayotini faqat sinfiy kurashlardan iborat deb, har qanday alohida odamning tirikchiligi adog‘i yo‘q ziddiyatlar zanjiri deb talqin qilindi. Binobarin, markscha- lenincha falsafiy ta'limotga tayangan adabiyotshunoslik adabiy asarga undagi inson timsolini tadqiq etishga, tushuntirishga faqat shu nuqtai nazardan turib munosabatda bo’ldi. Bunday hol ko’plab asarlardan mutlaqo nosog‘lom xulosalar chiqarishga olib keldi. Badiiyat olamining yuksak namunalari, ulardagi ingichka ruhiy holatlar, ichkin manzaralar bu xil tahlil nazaridan chetda qolishi tabiiy edi. Chunki san'at asariga ijtimoiy munosabat uni tabiiy ravishda dag‘allashtirardi. Sog‘lom falsafa ilmi uchun Alloh, olam, odam munosabatlari eng asosiy va hal qiluvchi masala hisoblanadi. Olam yaratilishining maqsadi bo’lmish Odam va unga xos xususiyatlarni ilg‘ash, sezgi a'zolariga bo‘y bermaydigan tushunchalarni ham payqash va ta'riflash, inson ruhiy olamining beqiyos rang-barangligidan kelib chiqqan holda san'at asarlariga yondashish bu xil falsafaning asosiy tamoyillaridandir. Ruhiyat, hissiyotning boyligi insonni o’zga jonzotlardan ajratuvchi jihatlar ekan, inson hayotining badiiy aksi bo’lmish adabiyotda ayni shu ruhoniy va hissiy, demakki, estetik nuqtai nazarni ustuvor bilib munosabatda bo’lish bu xil metodologiyaning asosiy talablaridandir. Qadimiy tarixga ega Chiqish (Sharq) badiiy ijodga Botish (G‘arb) estetikasidan ko’ra o’zgacharoq mezonlar bilan yondoshgan. Chunonchi, Aristotel ta'limoti asosida shakllangan Botish estetikasida san'at asari borliqqa taqlid - mimesisning natijasi hisoblangan. Ya'ni san'at asari voqelikka taqlid natijasida vujudga kelgan va badiiy ijod namunasining barkamolligi  
 
uning hayot haqiqatiga qanchalik mos kelishi, boshqacha aytganda, taqlidning 
naqadar ustalik bilan amalga oshirilishiga qarab belgilangan. Chiqish go‘zallik ilmi, 
xususan, Turkiston estetikasi uchun ming yillar mobaynida tayanib kelingan nazariy 
asos kalom falsafasining tasavvuf ta'limoti va undagi tajalli nazariyasi bo’lgan. Shu 
bois har bir badiiy ijod namunasiga ilohiy hodisa tarzida yondashilgan. Sharq uchun 
badiiy asarlar hech qachon faqat voqelikning in'ikosigina bo’lmagan. Butun 
olamdagi moddiy va ma'naviy narsalar Allohning tajallisi ekan, badiiy ijod ana shu 
tajallining, ya'ni ruhoniy holatning o’ziga xos tarzda estetik moddiylashuvidan iborat 
deb qaralgan. Binobarin, Chiqishda Botishdagilarga nisbatan ijodga sehrli, 
mu’jizavor hodisa tarzida yondashish keng tarqalgan. Kunchiqar estetikasi badiiy 
asarning eng kichik unsuridan ham go‘zallik qidirgan va topa bilgan. Badiiy 
asarlardan chiqadigan ma'no, fikr, g‘oyaga nafosatning tabiiy hosilasi sifatida 
qaralgan. Chunki har qanday g‘zal shakl, avvalo, tamkinlik, uyg‘unlik, mutanosiblik 
deb qaralgan va unda, albatta, yetuk fikr, chuqur mazmun bo’lishi tabiiy 
hisoblangan. Tajalli nazariyasiga tayanib, har qanday badiiy hodisani Allohning 
namoyon bo’lishi, emanatsiyasi tufayli sodir bo’lgan hodisa tarzida izohlash 
mumkin. Kunchiqar adabiyotida sirtdan qaralganda juda turg‘un, qotib qolgan va 
o’zgarmasday tuyuluvchi adabiy shakllarda ham badiiy kashfiyotlar qilishning 
adoqsiz imkoniyatlari topilavergan. Badiiy kashfiyot, injalik deyarlik hamisha 
asarlarning qatiga yashiringan va hech qachon ochiq bo’lmagan. Chunki badiiy 
go‘zallik izlab topilgandagina estetik lazzat beradi. Shuning uchun ham 
Sharq adabiyotidan ta'sirlanish uchun bir qadar estetik ma'lumotli bo’lish talab 
etilgan. Badiiy asarga jo’n munosabat, nafosatni tirikchilik mantig‘i bilan izohlash 
milliy estetikamiz uchun begonadir. Shu bois Chiqishda talqin emas, tahlil ustuvor 
turgan. Garb estetikasida asosiy e'tibor ko’proq badiiy asarning g‘oyasi, qanday 
fikrni ilgari surayotganligiga qaratiladi. San'at asarining go‘zalligiga chiroyli libos, 
jozibali tashqi bezak tarzida yondashish ustuvorlik qiladi. Shu sababli Botish 
estetikasi uchun nimani tasvirlash, Chiqish badiiyati uchun esa nimani qanday 
tasvirlash muammosining hal qilinishi muhim sanalgan. Sharqda badiiy ijod asosida 
hamisha go‘zalik va ishq masalasi turgan. Olam va odam ilohiyotga xos xususiyatlar 
tajallisi o’laroq go‘zal ekani va san'at asari ana shu go‘zallikni imkon qadar baland 
pardalarda nazokat bilan kuylashi kerakligi ko’zda tutilgan.Shuning uchun ham 
uning hayot haqiqatiga qanchalik mos kelishi, boshqacha aytganda, taqlidning naqadar ustalik bilan amalga oshirilishiga qarab belgilangan. Chiqish go‘zallik ilmi, xususan, Turkiston estetikasi uchun ming yillar mobaynida tayanib kelingan nazariy asos kalom falsafasining tasavvuf ta'limoti va undagi tajalli nazariyasi bo’lgan. Shu bois har bir badiiy ijod namunasiga ilohiy hodisa tarzida yondashilgan. Sharq uchun badiiy asarlar hech qachon faqat voqelikning in'ikosigina bo’lmagan. Butun olamdagi moddiy va ma'naviy narsalar Allohning tajallisi ekan, badiiy ijod ana shu tajallining, ya'ni ruhoniy holatning o’ziga xos tarzda estetik moddiylashuvidan iborat deb qaralgan. Binobarin, Chiqishda Botishdagilarga nisbatan ijodga sehrli, mu’jizavor hodisa tarzida yondashish keng tarqalgan. Kunchiqar estetikasi badiiy asarning eng kichik unsuridan ham go‘zallik qidirgan va topa bilgan. Badiiy asarlardan chiqadigan ma'no, fikr, g‘oyaga nafosatning tabiiy hosilasi sifatida qaralgan. Chunki har qanday g‘zal shakl, avvalo, tamkinlik, uyg‘unlik, mutanosiblik deb qaralgan va unda, albatta, yetuk fikr, chuqur mazmun bo’lishi tabiiy hisoblangan. Tajalli nazariyasiga tayanib, har qanday badiiy hodisani Allohning namoyon bo’lishi, emanatsiyasi tufayli sodir bo’lgan hodisa tarzida izohlash mumkin. Kunchiqar adabiyotida sirtdan qaralganda juda turg‘un, qotib qolgan va o’zgarmasday tuyuluvchi adabiy shakllarda ham badiiy kashfiyotlar qilishning adoqsiz imkoniyatlari topilavergan. Badiiy kashfiyot, injalik deyarlik hamisha asarlarning qatiga yashiringan va hech qachon ochiq bo’lmagan. Chunki badiiy go‘zallik izlab topilgandagina estetik lazzat beradi. Shuning uchun ham Sharq adabiyotidan ta'sirlanish uchun bir qadar estetik ma'lumotli bo’lish talab etilgan. Badiiy asarga jo’n munosabat, nafosatni tirikchilik mantig‘i bilan izohlash milliy estetikamiz uchun begonadir. Shu bois Chiqishda talqin emas, tahlil ustuvor turgan. Garb estetikasida asosiy e'tibor ko’proq badiiy asarning g‘oyasi, qanday fikrni ilgari surayotganligiga qaratiladi. San'at asarining go‘zalligiga chiroyli libos, jozibali tashqi bezak tarzida yondashish ustuvorlik qiladi. Shu sababli Botish estetikasi uchun nimani tasvirlash, Chiqish badiiyati uchun esa nimani qanday tasvirlash muammosining hal qilinishi muhim sanalgan. Sharqda badiiy ijod asosida hamisha go‘zalik va ishq masalasi turgan. Olam va odam ilohiyotga xos xususiyatlar tajallisi o’laroq go‘zal ekani va san'at asari ana shu go‘zallikni imkon qadar baland pardalarda nazokat bilan kuylashi kerakligi ko’zda tutilgan.Shuning uchun ham  
 
Chiqish adabiyotida Kunbotar ahli uchun bir qadar erish hamda siyqa tuyuladigan 
gul va bulbul obrazlari eskirmas timsollar bo’lib keladi. Badiiy ijodning butun sehri 
ham eski vositalar yordamida yangi tuyg‘ularni, tarovatli ruhiy holatlarni aks 
ettirishda ekanligi Kunchiqar estetikasi uchun oddiy haqiqat sanalgan. Xullas, 
o’zbek adabiyotshunosligi yakkash ijtimoiy qarashlardan qutulib, badiiy adabiyotga 
muammo ko’tarish, masala qo‘yish vositasi deya yondashish odatlaridan forig‘ 
bo’lsagina san'at asarini tug‘ri tahlil qilish va uning jamiyat hayotidagi o‘rnini bexato 
belgilay olish imkoniyatiga ega bo’ladi. San'at asarlariga estetik fenomen emas, balki 
ijtimoiy hodisa tarzidagina yondashish uning haqiqiy qiymatini ko’rmaslikka olib 
keladi. Badiiy ijod mahsuliga sotsiologik qarashga odatlanib qolinganligi uchun ham 
Abdulla Qodiriyining "O’tgan kunlar" romani hanuz haqiqiy badiiy talqinini topmay 
kelayotir. Bir zamonlar shaxsga siginish avj olgan, qatag‘on oyboltasi qonsiragan 
davrda bu asardan aksilrus munosabatlari, millatchilik ham, aksilruslik ham 
yo‘qligini, yozuvchining bor-yo‘g‘i "aybi" jamiyatdagi chinakam ilg‘or kuchlarni 
ko‘rolmaganligida ekani haqida "muruvvat" bilan fikr bildirdilar.Yurtimiz 
mustaqillikka erishgach esa, "O’tgan kunlar", aynan, rus bosqinchiligiga qarshi 
nafratni alangalatish va ularga qarshi kurashga da'vat etish uchun yozilgan degan 
da'volar qilinmoqda va har bir qarash o’ziga xos dalillar bilan asoslab berilmoqda. 
Holbuki, "O’tgan kunlar"day dohiyona asar biror gap aytish uchungina yozilmaydi. 
Adib uchun bu asarni yozmaslikning imkoni bo‘lmay qolgan. U xayolida yurgan 
g‘oyani singdirish uchun obrazlar yaratmagan va ularning og‘ziga o’z qarashlarini 
chaynab solib qo‘ymagan. Romandagi har bir obraz tirik odam, o’zigagina xos 
sajiyaga ega shaxslar, asar qahramonlari faqat o’z tabiatlari mantig‘iga muvofiq 
harakat qilishadi va biror o’rinda ham adib ularni yetovda olib yurishga urinmaydi. 
Gap aytish, fikr bildirish maqsad bo’lganda yozuvchi obrazlarning tabiati haqida 
emas, balki ularning qarashlari haqida ko’proq qayg‘urgan va binobarin, qayerdadir 
notabiiylikka yo’l qo‘ygan bo’lardi. Qodiriyni kecha millatchi edi deyish qanchalar 
tuhmat bo’lsa, bugun, ha, u millatimiz mustaqilligini saqlab qolish kerakligini 
bildirish uchungina "O’tgan kunlar"ni yozgan deyish ham o’shanchalik tuhmatdir. 
Chinakam san'atkor asarini ijtimoiylashtirish adibning qadrini oshirmaydi, balki 
uning dahosini nursizlantiradi. Adabiyotni yuksak arshidan, kushkidan zaminga 
tushirib qo’yadi. Turkiston birligi uchun bevosita kurashgan, bu haqda o’nlab ilmiy-
Chiqish adabiyotida Kunbotar ahli uchun bir qadar erish hamda siyqa tuyuladigan gul va bulbul obrazlari eskirmas timsollar bo’lib keladi. Badiiy ijodning butun sehri ham eski vositalar yordamida yangi tuyg‘ularni, tarovatli ruhiy holatlarni aks ettirishda ekanligi Kunchiqar estetikasi uchun oddiy haqiqat sanalgan. Xullas, o’zbek adabiyotshunosligi yakkash ijtimoiy qarashlardan qutulib, badiiy adabiyotga muammo ko’tarish, masala qo‘yish vositasi deya yondashish odatlaridan forig‘ bo’lsagina san'at asarini tug‘ri tahlil qilish va uning jamiyat hayotidagi o‘rnini bexato belgilay olish imkoniyatiga ega bo’ladi. San'at asarlariga estetik fenomen emas, balki ijtimoiy hodisa tarzidagina yondashish uning haqiqiy qiymatini ko’rmaslikka olib keladi. Badiiy ijod mahsuliga sotsiologik qarashga odatlanib qolinganligi uchun ham Abdulla Qodiriyining "O’tgan kunlar" romani hanuz haqiqiy badiiy talqinini topmay kelayotir. Bir zamonlar shaxsga siginish avj olgan, qatag‘on oyboltasi qonsiragan davrda bu asardan aksilrus munosabatlari, millatchilik ham, aksilruslik ham yo‘qligini, yozuvchining bor-yo‘g‘i "aybi" jamiyatdagi chinakam ilg‘or kuchlarni ko‘rolmaganligida ekani haqida "muruvvat" bilan fikr bildirdilar.Yurtimiz mustaqillikka erishgach esa, "O’tgan kunlar", aynan, rus bosqinchiligiga qarshi nafratni alangalatish va ularga qarshi kurashga da'vat etish uchun yozilgan degan da'volar qilinmoqda va har bir qarash o’ziga xos dalillar bilan asoslab berilmoqda. Holbuki, "O’tgan kunlar"day dohiyona asar biror gap aytish uchungina yozilmaydi. Adib uchun bu asarni yozmaslikning imkoni bo‘lmay qolgan. U xayolida yurgan g‘oyani singdirish uchun obrazlar yaratmagan va ularning og‘ziga o’z qarashlarini chaynab solib qo‘ymagan. Romandagi har bir obraz tirik odam, o’zigagina xos sajiyaga ega shaxslar, asar qahramonlari faqat o’z tabiatlari mantig‘iga muvofiq harakat qilishadi va biror o’rinda ham adib ularni yetovda olib yurishga urinmaydi. Gap aytish, fikr bildirish maqsad bo’lganda yozuvchi obrazlarning tabiati haqida emas, balki ularning qarashlari haqida ko’proq qayg‘urgan va binobarin, qayerdadir notabiiylikka yo’l qo‘ygan bo’lardi. Qodiriyni kecha millatchi edi deyish qanchalar tuhmat bo’lsa, bugun, ha, u millatimiz mustaqilligini saqlab qolish kerakligini bildirish uchungina "O’tgan kunlar"ni yozgan deyish ham o’shanchalik tuhmatdir. Chinakam san'atkor asarini ijtimoiylashtirish adibning qadrini oshirmaydi, balki uning dahosini nursizlantiradi. Adabiyotni yuksak arshidan, kushkidan zaminga tushirib qo’yadi. Turkiston birligi uchun bevosita kurashgan, bu haqda o’nlab ilmiy-  
 
tarixiy asarlar yozgan Zaki Validi Tug‘on yoxud Boymirza Hayit ijodi bilan Abdulla 
Qodiriy romannavisligi o‘rtasida juda katta farq borligi ko‘rinib turgan haqiqat. Gap 
badiiy tahlil vositasida ana shu farq nimadiligini-yu Qodiriy dahosining siri 
qayerdaligini ko’rsatib berishda. "Shum bola", "O’gri", "Ruhlar isyoni", "Jannatga 
yo’l", "O’ylarim", "Yuzma-yuz", "Adashgan ruh" singari yuksak san'at namunalarini 
ijtimoiy pozitsiyalardan turib baholash bu asarlarning chin tarovatlarini yo‘qqa 
chiqarishga olib keladi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
1. Badiiy tahlil, falsafa, etika, estetika fanlari aloqasi haqida gapiring? 
2. Olamni falsafiy va badiiy idroki deganda nimani tushunasiz? 
3. Badiiy ijodda falsafiiy mushohadaning o’rni qanday? 
4. Badiiy asarda milliy, umuminsoniy va zamonaviy ruh nima? 
5. Kalom falsafasi, diniy-tasavvufiy tafakkur va adabiyot. 
6. Adabiyotning davriy o’ziga xosligi va badiiy tahlil. 
 
tarixiy asarlar yozgan Zaki Validi Tug‘on yoxud Boymirza Hayit ijodi bilan Abdulla Qodiriy romannavisligi o‘rtasida juda katta farq borligi ko‘rinib turgan haqiqat. Gap badiiy tahlil vositasida ana shu farq nimadiligini-yu Qodiriy dahosining siri qayerdaligini ko’rsatib berishda. "Shum bola", "O’gri", "Ruhlar isyoni", "Jannatga yo’l", "O’ylarim", "Yuzma-yuz", "Adashgan ruh" singari yuksak san'at namunalarini ijtimoiy pozitsiyalardan turib baholash bu asarlarning chin tarovatlarini yo‘qqa chiqarishga olib keladi. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 1. Badiiy tahlil, falsafa, etika, estetika fanlari aloqasi haqida gapiring? 2. Olamni falsafiy va badiiy idroki deganda nimani tushunasiz? 3. Badiiy ijodda falsafiiy mushohadaning o’rni qanday? 4. Badiiy asarda milliy, umuminsoniy va zamonaviy ruh nima? 5. Kalom falsafasi, diniy-tasavvufiy tafakkur va adabiyot. 6. Adabiyotning davriy o’ziga xosligi va badiiy tahlil.