BADIIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

20,3 KB


 
 
 
 
 
 
BADIIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI 
 
 
REJA: 
1. Tahlil tamoyillari tushunchasi va uning mohiyati. 
2. Badiiy tahlil tamoyillarini tayin etishning ilmiy-nazariy asoslari. 
3. Tahlil turlari va uning tamoyillari munosabati. 
4. Badiiy tahlil tamoyillarining tahlil amaliyotidagi o’rni. 
 
 
Tayanch tushunchalar: 
Tamoyil, Tahlil tamoyillari, Tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligi, Har qanday 
tahlilning shaxsiy mulohazadan iborat ekanligi, Badiiy asarning goya ifodalash 
vositasi emasligi, Badiiy asar borliqning nusxasi emasligi, Estetik asoslarga tayanish 
zarurligi, Tahlil va tamoyil. 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. 
Kamalak. 2016. 
2. M. Jo’raev. Fol’klorshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2009 yil 
3. B. Nazarov va b. O’zbek adabiy tanqidi tarixi. – T., 2012 yil 
4. S. Mirzaev. XX asr o’zbek adabiyoti. – T., “Yangi asr avlodi”, 2005 yil 
5. I. Haqqul. Kim nimaga tayanadi?- T., “Zarqalam”, 2006 yil 
6. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., A. Qodiriy, 2004 yil 
7. B . Umurqulov. Badiiy adabiyotda so’z. – T., Fan, 2004 yil 
Badiiy asarning hayotiy, badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini ochish 
muayyan tamoyillarga suyangan holdagina amalga oshirish mumkin. Badiiy tahlilda 
ilmiy tushunchalar asosida ish ko’rilib, xulosalar chiqarilsa-da, undan ilmga xos bir 
xillik kutish mumkin emas. Badiiy asarning butun sehri jozibasi to’liq namoyon 
BADIIY TAHLILNING ASOSIY TAMOYILLARI REJA: 1. Tahlil tamoyillari tushunchasi va uning mohiyati. 2. Badiiy tahlil tamoyillarini tayin etishning ilmiy-nazariy asoslari. 3. Tahlil turlari va uning tamoyillari munosabati. 4. Badiiy tahlil tamoyillarining tahlil amaliyotidagi o’rni. Tayanch tushunchalar: Tamoyil, Tahlil tamoyillari, Tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligi, Har qanday tahlilning shaxsiy mulohazadan iborat ekanligi, Badiiy asarning goya ifodalash vositasi emasligi, Badiiy asar borliqning nusxasi emasligi, Estetik asoslarga tayanish zarurligi, Tahlil va tamoyil. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 1. Q. Yo‘ldoshev, M. Yo‘ldosheva. Badiiy tahlil asoslari. O‘quv qo‘llanma. T. Kamalak. 2016. 2. M. Jo’raev. Fol’klorshunoslik asoslari. – Toshkent: Fan, 2009 yil 3. B. Nazarov va b. O’zbek adabiy tanqidi tarixi. – T., 2012 yil 4. S. Mirzaev. XX asr o’zbek adabiyoti. – T., “Yangi asr avlodi”, 2005 yil 5. I. Haqqul. Kim nimaga tayanadi?- T., “Zarqalam”, 2006 yil 6. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., A. Qodiriy, 2004 yil 7. B . Umurqulov. Badiiy adabiyotda so’z. – T., Fan, 2004 yil Badiiy asarning hayotiy, badiiy mantig‘i hamda estetik jozibasini ochish muayyan tamoyillarga suyangan holdagina amalga oshirish mumkin. Badiiy tahlilda ilmiy tushunchalar asosida ish ko’rilib, xulosalar chiqarilsa-da, undan ilmga xos bir xillik kutish mumkin emas. Badiiy asarning butun sehri jozibasi to’liq namoyon  
 
bo’lishi, o’rganilayotgan asarning g‘oyasigina emas, balki aks ettirilgan inson 
ruhiyati manzaralari ham anglashilishi uchun badiiy tahlil bir qator tamoyillarga 
amal qilingan holda bajarilishi kerak. Asarni nafosat talablariga muvofiq tarzda 
badiiy tahlil etish uchun rioya qilinishi shart bo’lgan muayyan talablar tizimi 
mavjudki, ularga bo’ysunmaslik mumkin emas. Tamoyil tushunchasi biror 
faoliyatning amalga oshirilishi uchun shart bo’lgan qoida va talablarni o’z ichiga 
oladi. Tahlilga qo’yiladigan birinchi talab bu mukammal, tugal tahlilning bo’lishi 
mumkin emasligidir. San'at hodisasiga xos xususiyatlarni mantiq kategoriyalari va 
tafakkur tushunchalari qolipiga to‘liq, tugal va beshikast ag‘darish mumkin emas. 
Mantiqiy kategoriyalarga to‘liq ag‘darish, barcha jihatlarini beistisno tugal 
tushuntirish mumkin bo’lgan hodisa-san'at hodisasi emas. San'at fenomeni mantiqiy 
tushunchalarga sig‘magan joydan boshlanadi. Binobarin, eng zo‘r tadqiqotchi ham 
asl ijod namunasini to’liq o’zgacha talqinga o’rin qoldirmaydigan tarzda tahlil 
qilolmaydi. Aytish kerakki, kommunistik mafkura badiiy asarlarining mantiqiy 
qoliplarga to’liq tushadigan, izohlash imkoniyati bo’ladigan tarzda yaratilishini talab 
etardi. Mazkur talabga bo’ysungan, o’z talantini g‘ayri estetik ko’rsatmaga 
moslashtirmoqchi bo’lgan ijodkorlar yaratgan bitiklar shuning uchun ham asl 
badiiyyat namunasi bo’la olmaganlar. Cho’lponning "Go’zal", "Binafsha", "Sirlar", 
Rauf Parfining "Yoshlik zangor fasl", "Xato qildim", "Yomg‘ir tinmadi", "Daryo 
mavjlariga yozilmish g‘azal", Abdulla Oripovning "O’ylarim", "Genetika", 
"Dengizga", "Bahor", "Saraton", "Onajon" va hokazo asarlarini oxirigacha hammani 
qoniqtiradigan tarzda izohlab, tushuntirib berib bo’lmaydi. Ularni mantiq ilmining 
tor va hissiz qoliplariga tushirish-imkonsiz. Aql bilan izohlash mushkul bo’lgani 
uchun ham badiiy adabiyot yaratiladi. Chinakam badiiy matn o’z umri bilan 
yashaydi. U matnni idrok etgan avlodning saviyasi, didi, intellektual darajasiga 
muvofiq ravishda turli davrlarda turlicha qabul etiladi. Hatto ba'zan bir asarning o’zi 
bir odam tomonidan kayfiyatining qandayligiga qarab har xil idrok etilishi 
mumkinki, asl badiiy matnning xususiyati shundan iboratdir. Turli davrlarda idrok 
etilgan ayni matn turlicha talqinini topaveradi va bu tabiiy holdir. Demak, badiiy 
matnning tahlili hech qachon tugallanmaydi. Badiiy asar tahliliga qo’yiladigan 
ikkinchi bir talab-bu har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza xarakterida bo’lishi va 
u hech qachon mutlaq haqiqatlik da'vosini qilishi mumkin emasligidir. Tahlilchi 
bo’lishi, o’rganilayotgan asarning g‘oyasigina emas, balki aks ettirilgan inson ruhiyati manzaralari ham anglashilishi uchun badiiy tahlil bir qator tamoyillarga amal qilingan holda bajarilishi kerak. Asarni nafosat talablariga muvofiq tarzda badiiy tahlil etish uchun rioya qilinishi shart bo’lgan muayyan talablar tizimi mavjudki, ularga bo’ysunmaslik mumkin emas. Tamoyil tushunchasi biror faoliyatning amalga oshirilishi uchun shart bo’lgan qoida va talablarni o’z ichiga oladi. Tahlilga qo’yiladigan birinchi talab bu mukammal, tugal tahlilning bo’lishi mumkin emasligidir. San'at hodisasiga xos xususiyatlarni mantiq kategoriyalari va tafakkur tushunchalari qolipiga to‘liq, tugal va beshikast ag‘darish mumkin emas. Mantiqiy kategoriyalarga to‘liq ag‘darish, barcha jihatlarini beistisno tugal tushuntirish mumkin bo’lgan hodisa-san'at hodisasi emas. San'at fenomeni mantiqiy tushunchalarga sig‘magan joydan boshlanadi. Binobarin, eng zo‘r tadqiqotchi ham asl ijod namunasini to’liq o’zgacha talqinga o’rin qoldirmaydigan tarzda tahlil qilolmaydi. Aytish kerakki, kommunistik mafkura badiiy asarlarining mantiqiy qoliplarga to’liq tushadigan, izohlash imkoniyati bo’ladigan tarzda yaratilishini talab etardi. Mazkur talabga bo’ysungan, o’z talantini g‘ayri estetik ko’rsatmaga moslashtirmoqchi bo’lgan ijodkorlar yaratgan bitiklar shuning uchun ham asl badiiyyat namunasi bo’la olmaganlar. Cho’lponning "Go’zal", "Binafsha", "Sirlar", Rauf Parfining "Yoshlik zangor fasl", "Xato qildim", "Yomg‘ir tinmadi", "Daryo mavjlariga yozilmish g‘azal", Abdulla Oripovning "O’ylarim", "Genetika", "Dengizga", "Bahor", "Saraton", "Onajon" va hokazo asarlarini oxirigacha hammani qoniqtiradigan tarzda izohlab, tushuntirib berib bo’lmaydi. Ularni mantiq ilmining tor va hissiz qoliplariga tushirish-imkonsiz. Aql bilan izohlash mushkul bo’lgani uchun ham badiiy adabiyot yaratiladi. Chinakam badiiy matn o’z umri bilan yashaydi. U matnni idrok etgan avlodning saviyasi, didi, intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli davrlarda turlicha qabul etiladi. Hatto ba'zan bir asarning o’zi bir odam tomonidan kayfiyatining qandayligiga qarab har xil idrok etilishi mumkinki, asl badiiy matnning xususiyati shundan iboratdir. Turli davrlarda idrok etilgan ayni matn turlicha talqinini topaveradi va bu tabiiy holdir. Demak, badiiy matnning tahlili hech qachon tugallanmaydi. Badiiy asar tahliliga qo’yiladigan ikkinchi bir talab-bu har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza xarakterida bo’lishi va u hech qachon mutlaq haqiqatlik da'vosini qilishi mumkin emasligidir. Tahlilchi  
 
qanchalik bilimdon, talantli, tajribali va mohir bo’lishiga qaramay, uning fikrlari 
hamisha ham faqat shaxsiy mulohaza, subyektiv qarash maqomida bo’ladi. Ilmiy 
haqiqatlar haqida bunday deyish mumkin emas. Har bir o’quvchi, kitobxon, 
mutaxassis har qanday asarni o’zicha o’qiydi, o’zicha tushunadi, o’zicha ta'sirlanadi, 
o’zicha his etadi. Demakki, o’zicha xulosa chiqaradi. Bir asarni o’qigan ko’pchilik 
kishilar o’rtasida o’zaro o’xshash, bir-biriga to’gri keluvchi fikrlar bo’lish mumkin 
bo’lgani singari, mutlaqo bir-biriga to’gri kelmaydigan qarashlar bo’lishi ham 
mumkin va bu tabiiy hol hisoblanishi kerak. Kommunistik mafkura har qanday 
asarning hamma tomonidan birday qabul etilishini talab qilardi. Aslida, bu-jamiyat 
a'zolarini estetik yo’l bilan bir qolipga solishga urinish edi. Kommunistik partiyaning 
oliy organlari tomonidan "Zvezda", "Leningrad" jurnallari haqidagi, M.Zoshchenko, 
A.Axmatovalarning ijodi to’g‘risidagi qatag‘onga chorlovchi qarorlarning yuzaga 
kelishi sababi hamda bu jurnallar va tilga olingan ijodkorlar ommani bir xil 
o’ylashga, aniqrog‘i o’ylamaslikka o’rgatadigan adabiy vaziyatga daxl qilgan edilar. 
Ular xar xil qabul qilish mumkin bo’lgan ijod namunalari yaratgandilar, chop 
etgandilar. Adabiy asarning tahlili nechog‘lik chuqur bo’lsa-da, o’zga bir shaxs bu 
xildagi talqinni qabul etmasligi va badiiy hodisaga o’z pozitsiyasidan kelib chiqib 
baho berishi mumkin. Badiiy asarning o’ta individual faoliyat natijasi ekanidan 
uning qabul etilishi ham g‘oyat individual jarayonligini ko’zda tutish joiz bo’ladi. 
Adabiy asarning ilmiy tahlili oldiga qo’yiladigan talablardan yana biri san'at asariga 
ifodalash vositasi, fikr bildirish yo’ligina deb qaramaslik va uning estetik hodisa 
ekanini hisobga olish kerakligidir. O’zbek adabiyotshunosligi va filologik ta'limida 
hanuzgacha san'at asarlariga ijtimoiy yondashish ustuvor mavqeda turganligi hamda 
bu nuqsonni bartaraf etish, undan qutulish bir muncha uzoq davom etadigan jarayon 
ekanligi ayon bo’lganligi uchun ham badiiy asarga qandaydir g‘oyani o’tkazish yo’li 
deb qarash noto’gridir. Badiiy asarlar tahlilida amal qilinishi zarur talablardan yana 
biri san'at hodisalariga borliqning nusxasi tarzida munosabatda bo’lishining mumkin 
emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash, undan 
hayotning badiiy nusxasi tarzida munosabatda bo’lishining mumkin emasligidir. 
San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash,.Undan hayotning 
badiiy nusxasi bo’lishni talab qilish "mimesis" nazariyasiga borib taqaladi. San'at 
hodisasini ijodkorning tabiatga yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish 
qanchalik bilimdon, talantli, tajribali va mohir bo’lishiga qaramay, uning fikrlari hamisha ham faqat shaxsiy mulohaza, subyektiv qarash maqomida bo’ladi. Ilmiy haqiqatlar haqida bunday deyish mumkin emas. Har bir o’quvchi, kitobxon, mutaxassis har qanday asarni o’zicha o’qiydi, o’zicha tushunadi, o’zicha ta'sirlanadi, o’zicha his etadi. Demakki, o’zicha xulosa chiqaradi. Bir asarni o’qigan ko’pchilik kishilar o’rtasida o’zaro o’xshash, bir-biriga to’gri keluvchi fikrlar bo’lish mumkin bo’lgani singari, mutlaqo bir-biriga to’gri kelmaydigan qarashlar bo’lishi ham mumkin va bu tabiiy hol hisoblanishi kerak. Kommunistik mafkura har qanday asarning hamma tomonidan birday qabul etilishini talab qilardi. Aslida, bu-jamiyat a'zolarini estetik yo’l bilan bir qolipga solishga urinish edi. Kommunistik partiyaning oliy organlari tomonidan "Zvezda", "Leningrad" jurnallari haqidagi, M.Zoshchenko, A.Axmatovalarning ijodi to’g‘risidagi qatag‘onga chorlovchi qarorlarning yuzaga kelishi sababi hamda bu jurnallar va tilga olingan ijodkorlar ommani bir xil o’ylashga, aniqrog‘i o’ylamaslikka o’rgatadigan adabiy vaziyatga daxl qilgan edilar. Ular xar xil qabul qilish mumkin bo’lgan ijod namunalari yaratgandilar, chop etgandilar. Adabiy asarning tahlili nechog‘lik chuqur bo’lsa-da, o’zga bir shaxs bu xildagi talqinni qabul etmasligi va badiiy hodisaga o’z pozitsiyasidan kelib chiqib baho berishi mumkin. Badiiy asarning o’ta individual faoliyat natijasi ekanidan uning qabul etilishi ham g‘oyat individual jarayonligini ko’zda tutish joiz bo’ladi. Adabiy asarning ilmiy tahlili oldiga qo’yiladigan talablardan yana biri san'at asariga ifodalash vositasi, fikr bildirish yo’ligina deb qaramaslik va uning estetik hodisa ekanini hisobga olish kerakligidir. O’zbek adabiyotshunosligi va filologik ta'limida hanuzgacha san'at asarlariga ijtimoiy yondashish ustuvor mavqeda turganligi hamda bu nuqsonni bartaraf etish, undan qutulish bir muncha uzoq davom etadigan jarayon ekanligi ayon bo’lganligi uchun ham badiiy asarga qandaydir g‘oyani o’tkazish yo’li deb qarash noto’gridir. Badiiy asarlar tahlilida amal qilinishi zarur talablardan yana biri san'at hodisalariga borliqning nusxasi tarzida munosabatda bo’lishining mumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash, undan hayotning badiiy nusxasi tarzida munosabatda bo’lishining mumkin emasligidir. San'at asarini voqelik bilan, real borliq bilan solishtirib baholash,.Undan hayotning badiiy nusxasi bo’lishni talab qilish "mimesis" nazariyasiga borib taqaladi. San'at hodisasini ijodkorning tabiatga yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish  
 
tadqiqotchidan yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan 
har qanday asarga uning voqelikka mos kelishi yoxud kelmasligi nuqtai nazaridan 
yondashishni taqozo etadi. Buyuk mutafakkir, mimesisning asoschisi Aristotel 
yashagan zamonlardayoq san'at hodisalarining hayotga hamisha ham muvofiq 
kelavermasligi kuzatilgan va buni allomaning o’zi ham Sofokl va Evripid 
tragediyalarini qiyoslash munosabati bilan aytib o’tgan. Badiiy adabiyot insonning 
ichki tuyg‘ularini, nozik sezimlarini, so’zga bo’y bermaydigan ruhiy holatlarini 
ifodalash vositasi ekanligi ko’zda tutilgandagina tahlil sog‘lom mantiqqa muvofiq 
amalga oshirilishi mumkin. Negaki, badiiy mantiq hamisha ham hayot mantig‘iga 
muvofiq kelavermaydi. Ba'zan badiiy tasvir hayot hodisasiga qaraganda teranroq, 
ahamiyatliroq, salmoqliroq, bo’lishi ham mumkin. Chunki badiiy asar tartibsiz, 
xaotik ko’rinishdagi hayot voqeligidan yaxlit va ichki intizomga buysunuvchi, qat'iy 
badiiy mantiqqa binoan harakatlanuvchi estetik voqelik yaratish natijasida vujudga 
keladi. Bu haqda norvegiyalik modernchi adib va adabiyotshunos E.Xovardsxolm: 
"Poeziya real borliqning taqlidi ham yoki uning qandaydir talqini ham emas. Poeziya 
o’z holicha ortiq darajadagi reallikdir ". Shuning uchun ham badiiy asarga 
yondashilganda, uning real hayot manzarasini ko’rsata bilishini mezon qilib ish 
ko’rish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Ayniqsa, lirik yoxud satirik asarlar talqinida 
badiiy ijodning hayot haqiqati tarzida qabul qilinishi asarlarining jozibasini ham, 
ta'sir kuchini ham mutlaqo yo’qqa chiqarishi mumkin. Badiiy asarga yuqorida 
aytilgan talablarga amal qilgan holda yondashilgandagina to’gri tahlil yuzaga kelishi 
va uning milliy tafakkur hamda ruhiyat taraqqiyotida bir qadar samarasi bo’lishi 
mumkin. Badiiy tahlilning eng muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlikdir. Yaxlitlik 
talabi, avvalo, o’rganiladigan badiiy asarga zo’ravonlik bilan qismlarga ajratib 
tashlash mumkin bo’lmagan estetik butunlik tarzida yondashishni taqozo qiladi. 
Darhaqiqat, asl san'at yaxlitlikdan iboratdir. San'at asarining butunligiga daxl 
qilinmagandagina uning mohiyatini anglash mumkin. Buning ustiga, tahlil 
yordamida barkamol shaxs ma'naviyatini shakllantirish ham ko’zda tutilar ekan 
shaxsni ham faqatgina yaxlit holda shakllantirish mumkinligini hisobga olish zarur 
bo’ladi. Chunki insonga avval aqliy, so’ng axloqiy, so’ngra jismoniy, undan keyin 
mehnat, undan so’ng vatanga muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hakozo 
tarzidagi sifatlarni singdirib bo’lmaydi. Inson yo turli omillar ta'sirida bir qator 
tadqiqotchidan yoki ijtimoiy hayotga taqlididan iborat deb tushunish tadqiqotchidan har qanday asarga uning voqelikka mos kelishi yoxud kelmasligi nuqtai nazaridan yondashishni taqozo etadi. Buyuk mutafakkir, mimesisning asoschisi Aristotel yashagan zamonlardayoq san'at hodisalarining hayotga hamisha ham muvofiq kelavermasligi kuzatilgan va buni allomaning o’zi ham Sofokl va Evripid tragediyalarini qiyoslash munosabati bilan aytib o’tgan. Badiiy adabiyot insonning ichki tuyg‘ularini, nozik sezimlarini, so’zga bo’y bermaydigan ruhiy holatlarini ifodalash vositasi ekanligi ko’zda tutilgandagina tahlil sog‘lom mantiqqa muvofiq amalga oshirilishi mumkin. Negaki, badiiy mantiq hamisha ham hayot mantig‘iga muvofiq kelavermaydi. Ba'zan badiiy tasvir hayot hodisasiga qaraganda teranroq, ahamiyatliroq, salmoqliroq, bo’lishi ham mumkin. Chunki badiiy asar tartibsiz, xaotik ko’rinishdagi hayot voqeligidan yaxlit va ichki intizomga buysunuvchi, qat'iy badiiy mantiqqa binoan harakatlanuvchi estetik voqelik yaratish natijasida vujudga keladi. Bu haqda norvegiyalik modernchi adib va adabiyotshunos E.Xovardsxolm: "Poeziya real borliqning taqlidi ham yoki uning qandaydir talqini ham emas. Poeziya o’z holicha ortiq darajadagi reallikdir ". Shuning uchun ham badiiy asarga yondashilganda, uning real hayot manzarasini ko’rsata bilishini mezon qilib ish ko’rish maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Ayniqsa, lirik yoxud satirik asarlar talqinida badiiy ijodning hayot haqiqati tarzida qabul qilinishi asarlarining jozibasini ham, ta'sir kuchini ham mutlaqo yo’qqa chiqarishi mumkin. Badiiy asarga yuqorida aytilgan talablarga amal qilgan holda yondashilgandagina to’gri tahlil yuzaga kelishi va uning milliy tafakkur hamda ruhiyat taraqqiyotida bir qadar samarasi bo’lishi mumkin. Badiiy tahlilning eng muhim tamoyillaridan yana biri yaxlitlikdir. Yaxlitlik talabi, avvalo, o’rganiladigan badiiy asarga zo’ravonlik bilan qismlarga ajratib tashlash mumkin bo’lmagan estetik butunlik tarzida yondashishni taqozo qiladi. Darhaqiqat, asl san'at yaxlitlikdan iboratdir. San'at asarining butunligiga daxl qilinmagandagina uning mohiyatini anglash mumkin. Buning ustiga, tahlil yordamida barkamol shaxs ma'naviyatini shakllantirish ham ko’zda tutilar ekan shaxsni ham faqatgina yaxlit holda shakllantirish mumkinligini hisobga olish zarur bo’ladi. Chunki insonga avval aqliy, so’ng axloqiy, so’ngra jismoniy, undan keyin mehnat, undan so’ng vatanga muhabbat, ulardan keyin insonparvarlik va hakozo tarzidagi sifatlarni singdirib bo’lmaydi. Inson yo turli omillar ta'sirida bir qator  
 
ma'naviy fazilatlar majmuiga ega yaxlit bir qator ma'naviy fazilatlar majmuiga ega 
yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to’la ma'nodagi shaxsga 
aylanolmay qolaveradi. Ezgu insoniy fazilatlarning biri ikkinchisini, albatta, taqozo 
qiladi, biri boshqasidan kelib chiqadi. Agar badiiy asarga mu'jizaviy bir butunlik 
tarzida yondashilmaydigan bo’lsa, uning siru jozibasi bir zumda yo’qqa chiqadi va 
adabiy asar o’ziga xos ta'sir qudratidan tamomila mahrum bo’ladi. Tahlil 
qilinayotgan asarning barcha jihatiga birvarakayiga sinchkovlik bilan yondasha 
bilish va uning uzvlaridagi jozibani kashf etishga e'tibor qaratish tahlilning 
muvaffaqiyatini ta'minlaydigan omildir. Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur bo’lgan 
tamoyillardan yana biri sistemalilikdir. Tizimlilik prinsipi yaxlitlik tamoyilining 
mantiqiy davomi bo’lib, badiiy asarni tashkil etgan komponentlarning muayyan 
tizimiy ko’rinishga egaligini ko’zda tutadi va tahlilda shu holat hisobga olinishini 
talab qiladi. Asl san'at asarida biri ikkinchisiga bog‘liq bo’lmagan biror badiiy unsur 
uchramaydi. Ko’chim, portret, o’xshatish, peyzaj, mubolag‘a, kichraytirish singari 
qator tasvir vositalari bir asarda tasodifiy ravishda yig‘ilib qolmaydi. Ularning shu 
asarda, ayni shu tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy qonuniyati mavjudki, 
tahlil mobaynida ayni shu qonuniyat ochilishi kerak. Shuning uchun ham tahlilni 
uyushtirishga tutingan mutaxassis sistemalilikka amal qilishi joiz. Tizimlilik 
tamoyili badiiy asar unsurlariga estetik zaruriyat, sababiy aloqadorlik silsilasi ko’zda 
tutadi. "O’g‘ri" hikoyasidagi amin portreti asar umumiy organizmidan uzilgan holda, 
shunchaki personajning qanday qiyofali ekanini bildirib qo’yish uchungina 
berilmaganligi, balki ayni shu berilmaganligi, balki ayni shu portret tasviri asar 
yaxlitligi, syujet rivoji tabiiyligini ta'minlovchi asosiy omillardan biri ekanligi 
tahlillovchilar nazaridan qochirilmasligi zarurdir. Zero, bu portret tasvirisiz amin va 
Qobil bobo munosabati tushunarli bo’lmas edi. Badiiy asar tahlilida hamisha 
suyaniladigan tamoyillardan biri tarixiylikdir. Garchi badiiy asarga tarixning 
illyustratsiyasi yoxud uning shunchaki estetik in'ikosi deb qarash to’g‘ri bo’lmasa-
da, har qanday adabiy asarning muayyan zamonda, muayyan tarixiy sharoitda, 
konkret vaqtda yashab o’tgan odam tomonidan yaratilganligini va unda aks 
etttirilgan voqealargina emas, balki ruhiy holat manzaralarida ham o’sha tarixiy 
davrning tamg‘asi borligi tan olinadi. Tahlilga tortilgan har qanday badiiy asarning 
yaratilgan davrini va imkoni bo’lsa, uning yaratilishiga turtki bo’lgan asosiy sababni 
ma'naviy fazilatlar majmuiga ega yaxlit bir qator ma'naviy fazilatlar majmuiga ega yaxlit bir shaxs sifatida shakllanadi yoxud hech qachon to’la ma'nodagi shaxsga aylanolmay qolaveradi. Ezgu insoniy fazilatlarning biri ikkinchisini, albatta, taqozo qiladi, biri boshqasidan kelib chiqadi. Agar badiiy asarga mu'jizaviy bir butunlik tarzida yondashilmaydigan bo’lsa, uning siru jozibasi bir zumda yo’qqa chiqadi va adabiy asar o’ziga xos ta'sir qudratidan tamomila mahrum bo’ladi. Tahlil qilinayotgan asarning barcha jihatiga birvarakayiga sinchkovlik bilan yondasha bilish va uning uzvlaridagi jozibani kashf etishga e'tibor qaratish tahlilning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan omildir. Badiiy tahlilda amal qilinishi zarur bo’lgan tamoyillardan yana biri sistemalilikdir. Tizimlilik prinsipi yaxlitlik tamoyilining mantiqiy davomi bo’lib, badiiy asarni tashkil etgan komponentlarning muayyan tizimiy ko’rinishga egaligini ko’zda tutadi va tahlilda shu holat hisobga olinishini talab qiladi. Asl san'at asarida biri ikkinchisiga bog‘liq bo’lmagan biror badiiy unsur uchramaydi. Ko’chim, portret, o’xshatish, peyzaj, mubolag‘a, kichraytirish singari qator tasvir vositalari bir asarda tasodifiy ravishda yig‘ilib qolmaydi. Ularning shu asarda, ayni shu tartibda guruhlashuvining ichki mantiqiy qonuniyati mavjudki, tahlil mobaynida ayni shu qonuniyat ochilishi kerak. Shuning uchun ham tahlilni uyushtirishga tutingan mutaxassis sistemalilikka amal qilishi joiz. Tizimlilik tamoyili badiiy asar unsurlariga estetik zaruriyat, sababiy aloqadorlik silsilasi ko’zda tutadi. "O’g‘ri" hikoyasidagi amin portreti asar umumiy organizmidan uzilgan holda, shunchaki personajning qanday qiyofali ekanini bildirib qo’yish uchungina berilmaganligi, balki ayni shu berilmaganligi, balki ayni shu portret tasviri asar yaxlitligi, syujet rivoji tabiiyligini ta'minlovchi asosiy omillardan biri ekanligi tahlillovchilar nazaridan qochirilmasligi zarurdir. Zero, bu portret tasvirisiz amin va Qobil bobo munosabati tushunarli bo’lmas edi. Badiiy asar tahlilida hamisha suyaniladigan tamoyillardan biri tarixiylikdir. Garchi badiiy asarga tarixning illyustratsiyasi yoxud uning shunchaki estetik in'ikosi deb qarash to’g‘ri bo’lmasa- da, har qanday adabiy asarning muayyan zamonda, muayyan tarixiy sharoitda, konkret vaqtda yashab o’tgan odam tomonidan yaratilganligini va unda aks etttirilgan voqealargina emas, balki ruhiy holat manzaralarida ham o’sha tarixiy davrning tamg‘asi borligi tan olinadi. Tahlilga tortilgan har qanday badiiy asarning yaratilgan davrini va imkoni bo’lsa, uning yaratilishiga turtki bo’lgan asosiy sababni  
 
bilmay turib, asarni chuqur o’rganish va haqqoniy xulosaga kelishning imkoni yo’q. 
O’rganilayotgan asarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashilmasa, qahramonlar 
ruhiy holatini ham, ularni faoliyatga undagan sabablarni ham tushunmaslik mumkin. 
Zamonaviy o’zbek adiblarining aksar asarlariga tarixiylik tamoyiliga tayanmay 
turib, faqat estetik mezonlar bilan yondashishning o’zi tahlilchini maqsadga olib 
kelmasligi mumkin. Chunki agar mumtoz adabiyotning asl namunalari 
yaratilishidanoq sof san'at asari tarzida dunyoga kelgan va san'atkor ajdodlarimiz 
uchun badiiy shakl ustuvor maqomda turgan bo’lsa, zamonaviy ijodkorlar uchun 
o’zgacha holat xosdir. Olamni estetik idrok etishda turkona o’ziga xoslikni, ma'lum 
darajada buzib global tasvir yo’nalishida ketayotgan o’zbek adabiyotining bugungi 
namoyandalari tomonidan yaratilgan deyarli barcha asarlar biror hayotiy turtki 
tufayli vujudga kelgan va o’sha tarixiy sharoit hisobga olinmasa, asarni to’g‘ri 
tushunish hamda tushuntirish imkonsiz. Chunonchi, G‘afur G‘ulomning "Sen yetim 
emassan", E.Vohidovning "Nido", "Ruhlar isyoni", Rauf Parfining "Abdullajon 
marsiyasi", "Cho’lpon", "Ona Turkiston", O.Matchonning "Ko’rdim Shukur 
Burxon", "Qaysi yil ko’klamda Jayhun bo’yida", "Eng so’nggi xazina" singari 
asarlarini tahlillashda tarixiylik tamoyiliga tayanmay turib samaraga erishib 
bo’lmaydi. Adabiy asarni tahlil qilishning muhim prinsiplaridan biri estetik 
asoslarning ustuvorligi tamoyilidir. Hermenevtik amaliyotda badiiy tahlilning 
maqsadi nimaligi hamisha ham to’g‘ri belgilab olinavermaganligi uchun estetik 
asoslarning ustuvorligi tamoyiliga ko’pincha amal qilinmaydi. Badiiy asar inson 
ruhiyati manzarasi bo’lgani bois o’quvchilarni eng qabariq, eng ta'sirchan tuyg‘ular 
tasviri bilan yuzma-yuz qiladi. Shu tariqa kitobxonlar o’zga odamlarning ruhiyatiga 
oshno etiladilar. Ko’pincha odamlar o’z ruhiyatini anglay olmay yurgan bir paytda 
kitobxonlar o’zgalarning kechinmalarini his etishga odatlanishadi. Natijada, 
kishining tuyg‘ulari o’tkirlashadi, fikri teranlashadi, kechinmalari noziklashadi. 
Tahlilda estetik asoslar ustuvor bo’lsagina,o’quvchilarning qalb ko’zi ochiladi va 
ular tuyg‘usizlikdan, hissizlikdan qutuladilar. Badiiy asarni o’rganish asnosida 
yurakdagi bepavorlik illati solgan zanglar, qo‘tirlardan tozalanish inson ma'naviyati 
uchun zo’r saodatdir. Ma'lumki, tekshiriladigan asarning badiiy jozibasi asar 
sirtginasida manaman deb turmaydi. Asardagi nafosatni, zariflikni anglash uchun 
uning badiiy qatlamlarini kashf etish zarur. Buning uchun muayyan adabiy bilimlar 
bilmay turib, asarni chuqur o’rganish va haqqoniy xulosaga kelishning imkoni yo’q. O’rganilayotgan asarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashilmasa, qahramonlar ruhiy holatini ham, ularni faoliyatga undagan sabablarni ham tushunmaslik mumkin. Zamonaviy o’zbek adiblarining aksar asarlariga tarixiylik tamoyiliga tayanmay turib, faqat estetik mezonlar bilan yondashishning o’zi tahlilchini maqsadga olib kelmasligi mumkin. Chunki agar mumtoz adabiyotning asl namunalari yaratilishidanoq sof san'at asari tarzida dunyoga kelgan va san'atkor ajdodlarimiz uchun badiiy shakl ustuvor maqomda turgan bo’lsa, zamonaviy ijodkorlar uchun o’zgacha holat xosdir. Olamni estetik idrok etishda turkona o’ziga xoslikni, ma'lum darajada buzib global tasvir yo’nalishida ketayotgan o’zbek adabiyotining bugungi namoyandalari tomonidan yaratilgan deyarli barcha asarlar biror hayotiy turtki tufayli vujudga kelgan va o’sha tarixiy sharoit hisobga olinmasa, asarni to’g‘ri tushunish hamda tushuntirish imkonsiz. Chunonchi, G‘afur G‘ulomning "Sen yetim emassan", E.Vohidovning "Nido", "Ruhlar isyoni", Rauf Parfining "Abdullajon marsiyasi", "Cho’lpon", "Ona Turkiston", O.Matchonning "Ko’rdim Shukur Burxon", "Qaysi yil ko’klamda Jayhun bo’yida", "Eng so’nggi xazina" singari asarlarini tahlillashda tarixiylik tamoyiliga tayanmay turib samaraga erishib bo’lmaydi. Adabiy asarni tahlil qilishning muhim prinsiplaridan biri estetik asoslarning ustuvorligi tamoyilidir. Hermenevtik amaliyotda badiiy tahlilning maqsadi nimaligi hamisha ham to’g‘ri belgilab olinavermaganligi uchun estetik asoslarning ustuvorligi tamoyiliga ko’pincha amal qilinmaydi. Badiiy asar inson ruhiyati manzarasi bo’lgani bois o’quvchilarni eng qabariq, eng ta'sirchan tuyg‘ular tasviri bilan yuzma-yuz qiladi. Shu tariqa kitobxonlar o’zga odamlarning ruhiyatiga oshno etiladilar. Ko’pincha odamlar o’z ruhiyatini anglay olmay yurgan bir paytda kitobxonlar o’zgalarning kechinmalarini his etishga odatlanishadi. Natijada, kishining tuyg‘ulari o’tkirlashadi, fikri teranlashadi, kechinmalari noziklashadi. Tahlilda estetik asoslar ustuvor bo’lsagina,o’quvchilarning qalb ko’zi ochiladi va ular tuyg‘usizlikdan, hissizlikdan qutuladilar. Badiiy asarni o’rganish asnosida yurakdagi bepavorlik illati solgan zanglar, qo‘tirlardan tozalanish inson ma'naviyati uchun zo’r saodatdir. Ma'lumki, tekshiriladigan asarning badiiy jozibasi asar sirtginasida manaman deb turmaydi. Asardagi nafosatni, zariflikni anglash uchun uning badiiy qatlamlarini kashf etish zarur. Buning uchun muayyan adabiy bilimlar  
 
majmuidan tashqari estetik farosat va go’zallikni qidira bilish malakasi ham 
shakllangan bo’lishi kerak. Yashiringan go’zallikni topish osonmas. Yashirinmagan 
bo’lsa, go’zallik hisoblanmaydi. Yuzada turmaydigan, ijodkor tomonidan 
"shifrlangan" badiiy ma'noni topish adibning estetik idealini, tasvirlash mahoratini 
payqagan mutaxassisgagina nasib etadi. Estetik tahlilga tortilmagan badiiy asar test 
savollariga o’xshash noma'lumlikdir. Bu noma'lumlikni ochadigan mantiqiy-estetik 
kalit mavjud. Badiiy tahlil ayni shu kalit vazifasini bajaradi. Badiiy tahlilni estetik 
asoslar 
ustuvorligida 
o’tkazish 
nozik 
sezimlarni 
ilg‘ashga 
kalit 
topish 
demakdir.Tahlilda estetik asoslarga yetarli e'tibor bermaslik o’rganilayotgan asarni 
faqat mantiqiy sillogizmlardangina iborat qilib qo’yadi. Tahlilga bu xilda yondashish 
asl san'at asarlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. Hazrati Navoiyning "Lolazor 
ermaski, ohimdin jahonga tushti o’t, Yo’q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi 
o’t" matla'si bilan boshlanadigan g‘azali faqat mantiqiy tushunchalar asosida tahlil 
qilinsa, kishi bu asardan aytarli go’zallik ham, chuqur falsafiy ma'no ham topa 
olmaydi. Bu asarga estetik butunlik va yuksak ruhiy holat ifodasi tarzida 
yondashilgandagina uning jozibasini his etish mumkin bo’ladi. Qip -qizil bo’lib 
ochilgan cheksiz chegarasiz lolazor qo’ynida turgan, qalbi go’zallikka tashna lirik 
qahramon ma'shuqasiga yetolmay shunchalar kuyadiki, ichi olovga to’lib ketgan. 
Uning nazarida bepoyon, ufqlarga qadar tutashib ketgan qizillik lolazor emas, balki 
ma'shuqa firogidan kuygan g‘amboda oshiqning ohidan dunyoni tutib ketgan olov. 
Lolazor borib tutashgan ufq tepasidagi qizillik ham shafaq nuri emas, balki 
oshiqning ohidan chiqqan olov yerni yondirib bo’lib, yer osmon bilan tutashgan 
joydan ko’kka tutashdi va endi osmon ham bir chekkasidan yonib kelmoqda. Shu 
xildagi izohgina asarning jozibasini ochishga xizmat qiladi. Tahlilga estetik tamoyil 
asos qilib olinganda muallif tomonidan yaratilgan obrazli estetik reallikka kirish, 
badiiy voqelikning ichki qonuniyatlarini kashf etish mumkin. Har qanday ijodkor 
aslida yozganlarini ko’pchilik tushunishini, his etishini istaydi. Buning uchun adibni 
omma darajasiga tushurish emas, balki ommani ijodkor darajasiga ko’tarish talab 
qilinadi. Badiiyat bag‘ridagi yashirin go’zallikni sezmaslik kishining nafaqat nafosat 
va ma'naviyat nuqtai nazaridan, balki aqliy taraqqiyot jihatidan ham kamolot 
bosqichida emasligini ko’rsatadi. Badiiy tahlilni amalga oshirishda emotsionallik 
tamoyili ham katta o’rin tutadi. Badiiy asarning o’zi hissiyotga asoslangan hodisa. 
majmuidan tashqari estetik farosat va go’zallikni qidira bilish malakasi ham shakllangan bo’lishi kerak. Yashiringan go’zallikni topish osonmas. Yashirinmagan bo’lsa, go’zallik hisoblanmaydi. Yuzada turmaydigan, ijodkor tomonidan "shifrlangan" badiiy ma'noni topish adibning estetik idealini, tasvirlash mahoratini payqagan mutaxassisgagina nasib etadi. Estetik tahlilga tortilmagan badiiy asar test savollariga o’xshash noma'lumlikdir. Bu noma'lumlikni ochadigan mantiqiy-estetik kalit mavjud. Badiiy tahlil ayni shu kalit vazifasini bajaradi. Badiiy tahlilni estetik asoslar ustuvorligida o’tkazish nozik sezimlarni ilg‘ashga kalit topish demakdir.Tahlilda estetik asoslarga yetarli e'tibor bermaslik o’rganilayotgan asarni faqat mantiqiy sillogizmlardangina iborat qilib qo’yadi. Tahlilga bu xilda yondashish asl san'at asarlarini yo’qqa chiqarishi mumkin. Hazrati Navoiyning "Lolazor ermaski, ohimdin jahonga tushti o’t, Yo’q shafaqkim, bir qiroqdin osmonga tushdi o’t" matla'si bilan boshlanadigan g‘azali faqat mantiqiy tushunchalar asosida tahlil qilinsa, kishi bu asardan aytarli go’zallik ham, chuqur falsafiy ma'no ham topa olmaydi. Bu asarga estetik butunlik va yuksak ruhiy holat ifodasi tarzida yondashilgandagina uning jozibasini his etish mumkin bo’ladi. Qip -qizil bo’lib ochilgan cheksiz chegarasiz lolazor qo’ynida turgan, qalbi go’zallikka tashna lirik qahramon ma'shuqasiga yetolmay shunchalar kuyadiki, ichi olovga to’lib ketgan. Uning nazarida bepoyon, ufqlarga qadar tutashib ketgan qizillik lolazor emas, balki ma'shuqa firogidan kuygan g‘amboda oshiqning ohidan dunyoni tutib ketgan olov. Lolazor borib tutashgan ufq tepasidagi qizillik ham shafaq nuri emas, balki oshiqning ohidan chiqqan olov yerni yondirib bo’lib, yer osmon bilan tutashgan joydan ko’kka tutashdi va endi osmon ham bir chekkasidan yonib kelmoqda. Shu xildagi izohgina asarning jozibasini ochishga xizmat qiladi. Tahlilga estetik tamoyil asos qilib olinganda muallif tomonidan yaratilgan obrazli estetik reallikka kirish, badiiy voqelikning ichki qonuniyatlarini kashf etish mumkin. Har qanday ijodkor aslida yozganlarini ko’pchilik tushunishini, his etishini istaydi. Buning uchun adibni omma darajasiga tushurish emas, balki ommani ijodkor darajasiga ko’tarish talab qilinadi. Badiiyat bag‘ridagi yashirin go’zallikni sezmaslik kishining nafaqat nafosat va ma'naviyat nuqtai nazaridan, balki aqliy taraqqiyot jihatidan ham kamolot bosqichida emasligini ko’rsatadi. Badiiy tahlilni amalga oshirishda emotsionallik tamoyili ham katta o’rin tutadi. Badiiy asarning o’zi hissiyotga asoslangan hodisa.  
 
Demak, badiiy tahlilda hissiyotni ko’zda tutish muhim. Tahlilda hissiyot hisobga 
olinmaydigan bo’lsa, badiiy asarning estetik o’ziga xosligi yo’qqa chiqadi. Tahlil 
shunday uyushtirilishi kerakki, asar badiiy va hayotiy mantig‘i hamda estetik 
jozibasini ochishga qaratilgan har bir tadbir kishining tuyg‘ulari olamiga daxl qilsin, 
ularda muayyan hissiyotlar uyg‘otsin. Hissiylik tamoyili zo’rakilikni, yasamalikni, 
sun'iylikni ko’tarmaydi. U kishini tahlil qilinayotgan asarning badiiy qatlamlariga 
olib kirish, qahramonlar va muallif holatiga tushirish, ularning qayg‘u va 
quvonchlarini his etdirish demakdir. Afsuski, tahlil tajribasida emotsionallik 
tamoyiligi hamisha ham amal qilinmaydi. Tahlilda emotsionallik tamoyiliga amal 
qilinmagach, badiiy asar matni emas, balki u haqdagi xulosa muhim bo’lib qoladi. 
Badiiy matnsiz badiiy tahlil yuzaga keladi. 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Badiiy tahlil prinsplari va ularning mohiyati. 
2. Asarda hayotiylik, badiiy mantiq, estetik joziba. 
3. Tahlilda sistemalilik, yaxlitlik,tarixiylik, zamonaviylik. 
4. Badiiy tahlil:nafosat, hissiylik, axloqiylik. 
5. Tahlil tamoillarining asarni tushuntirishdagi ahamiyati. 
 
Demak, badiiy tahlilda hissiyotni ko’zda tutish muhim. Tahlilda hissiyot hisobga olinmaydigan bo’lsa, badiiy asarning estetik o’ziga xosligi yo’qqa chiqadi. Tahlil shunday uyushtirilishi kerakki, asar badiiy va hayotiy mantig‘i hamda estetik jozibasini ochishga qaratilgan har bir tadbir kishining tuyg‘ulari olamiga daxl qilsin, ularda muayyan hissiyotlar uyg‘otsin. Hissiylik tamoyili zo’rakilikni, yasamalikni, sun'iylikni ko’tarmaydi. U kishini tahlil qilinayotgan asarning badiiy qatlamlariga olib kirish, qahramonlar va muallif holatiga tushirish, ularning qayg‘u va quvonchlarini his etdirish demakdir. Afsuski, tahlil tajribasida emotsionallik tamoyiligi hamisha ham amal qilinmaydi. Tahlilda emotsionallik tamoyiliga amal qilinmagach, badiiy asar matni emas, balki u haqdagi xulosa muhim bo’lib qoladi. Badiiy matnsiz badiiy tahlil yuzaga keladi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Badiiy tahlil prinsplari va ularning mohiyati. 2. Asarda hayotiylik, badiiy mantiq, estetik joziba. 3. Tahlilda sistemalilik, yaxlitlik,tarixiylik, zamonaviylik. 4. Badiiy tahlil:nafosat, hissiylik, axloqiylik. 5. Tahlil tamoillarining asarni tushuntirishdagi ahamiyati.