Badiiy tasvir vositalari

Yuklangan vaqt

2024-12-11

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

27,7 KB


 
 
 
 
 
 
Badiiy tasvir vositalari 
 
 
REJA: 
So`zlarning asl va ko`chma ma'nolarda qo`llanilishi. 
Troplar va ularning turlari. 
Hozirgi o`zbek adabiyotida badiiy tasvir vositalarining qo`llanilishi. 
 
TAYANCh IBORALAR: Trop. Metonimiya. Metafora. Sifatlash. Jonlantirish 
O`xshatish. Mubolag`a. Ko`chma ma'noli so`zlar. Asl ma'noli so`zlar. Badiiy tasvir 
vositalari. 
 
Maxsus badiiy tasvir vositalari adabiy asar tilning shirali, bo`yoqdor, rang-
barang bo`lishiga yordam beruvchi omillardandir. Bu xususan, she'riyatda yaqqol 
seziladi. 
Bir shoir chuqur falsafiy fikri va yuksak mantiq kuchi, boshqa bir shoir dilni 
qitiqlovchi mayin lirizmi, yana biri o`z she'rlarining qo`shiqday ravon va 
ohangraboligi bilan kishi qalbini hayajonga soladi. Bunga esa shoirlar maxsus badiiy 
tasvir vositalaridan mohirona foydalanib, obrazli kartinalar chizish vositasida 
erishadi. 
Asarda hayotning haqqoniy aks ettirilishi, xarakterlarning tipikligi, san'atkor 
talqin etgan ijtimoiy idealning muhimligi, asarning xalqchilligi, yozuvchining shakl 
va mazmun birligiga erishishdagi mahorati, asarning estetik-tarbiyaviy ta'sirining 
kuchli bo`lishi-badiiy tasvir vositalarini mohirona ishlata bilish san'atiga ham 
bog`liq. 
Adabiy asarda o`z ma'nosida ishlatilgan so`zlar bilan birga ko`chma ma'noda 
qo`llanilgan so`zlar ham uchraydi. So`zlar ko`chma ma'noda qo`llanilgan bo`lsa, 
Badiiy tasvir vositalari REJA: So`zlarning asl va ko`chma ma'nolarda qo`llanilishi. Troplar va ularning turlari. Hozirgi o`zbek adabiyotida badiiy tasvir vositalarining qo`llanilishi. TAYANCh IBORALAR: Trop. Metonimiya. Metafora. Sifatlash. Jonlantirish O`xshatish. Mubolag`a. Ko`chma ma'noli so`zlar. Asl ma'noli so`zlar. Badiiy tasvir vositalari. Maxsus badiiy tasvir vositalari adabiy asar tilning shirali, bo`yoqdor, rang- barang bo`lishiga yordam beruvchi omillardandir. Bu xususan, she'riyatda yaqqol seziladi. Bir shoir chuqur falsafiy fikri va yuksak mantiq kuchi, boshqa bir shoir dilni qitiqlovchi mayin lirizmi, yana biri o`z she'rlarining qo`shiqday ravon va ohangraboligi bilan kishi qalbini hayajonga soladi. Bunga esa shoirlar maxsus badiiy tasvir vositalaridan mohirona foydalanib, obrazli kartinalar chizish vositasida erishadi. Asarda hayotning haqqoniy aks ettirilishi, xarakterlarning tipikligi, san'atkor talqin etgan ijtimoiy idealning muhimligi, asarning xalqchilligi, yozuvchining shakl va mazmun birligiga erishishdagi mahorati, asarning estetik-tarbiyaviy ta'sirining kuchli bo`lishi-badiiy tasvir vositalarini mohirona ishlata bilish san'atiga ham bog`liq. Adabiy asarda o`z ma'nosida ishlatilgan so`zlar bilan birga ko`chma ma'noda qo`llanilgan so`zlar ham uchraydi. So`zlar ko`chma ma'noda qo`llanilgan bo`lsa,  
 
maxsus badiiy tasvir vositasi hisoblanadi. Umuman, asardagi barcha so`zlar ham 
tasvir vositasi, ammo ko`chma ma'no anglatganlari alohida ahamiyat kasb etadi. 
Shuning uchun ham ular maxsus badiiy tasvir vositalari sifatida o`rganiladi. 
So`zning asl va ko`chma ma'nosi o`rtasidagi farqni anglash uchun quyidagi 
misralarga nazar tashlaylik: 
 
1. 
Zaynab bilan Omon ikkovning – 
Yangi kelin, yangi kuyovning 
Baxti shunday bo`ldi barqaror. 
Kokillari uning tol-tol, 
Lablarida bitgan qora xol 
Bir dunyoga arziguday bor... (Hamid Olimjon). 
 
2. 
Chiroylidir go`yo yosh kelin 
Ikki daryo yuvar kokilin.  
(Hamid Olimjon). 
 
Adabiy asarda so`zning ko`chma ma'noda qo`llash usuli fanda troplar 
(yunoncha tropos-ko`chim, oborot) deb yuritiladi. 
Mumtoz adabiyotda bu tushuncha "tashbeh" yoki "majoz" termini bilan atalgan. 
Troplar rang-barang ko`rinishlarga ega. Troplar, birinchi navbatda, o`xshashli 
ko`chim (metafora) va o`xshashsiz ko`chim (metonimiya) ga ajraladi. 
Metafora va metonimiyalar ham bir necha ko`rinishlarga ega: o`xshatish, 
sifatlash, jonlantirish, mubolag`a, litota, simvol, allegoriya, sinekdoxa, perifraz va 
boshqalar. 
«Metafora» - (yunoncha metafora ko`chim) - istiora-tropning bir turi-aktiv 
obrazli tafakkur formalaridan. Bunda o`xshatilayotgan va o`xshayotgan ikki predmet 
yoki hodisa o`rtasidagi umumiy o`xshashlikka asoslanadi. 
Masalan: 
 
Keldi ochilur chog`ing o`zliging namoyon qil,  
Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil. 
maxsus badiiy tasvir vositasi hisoblanadi. Umuman, asardagi barcha so`zlar ham tasvir vositasi, ammo ko`chma ma'no anglatganlari alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ular maxsus badiiy tasvir vositalari sifatida o`rganiladi. So`zning asl va ko`chma ma'nosi o`rtasidagi farqni anglash uchun quyidagi misralarga nazar tashlaylik: 1. Zaynab bilan Omon ikkovning – Yangi kelin, yangi kuyovning Baxti shunday bo`ldi barqaror. Kokillari uning tol-tol, Lablarida bitgan qora xol Bir dunyoga arziguday bor... (Hamid Olimjon). 2. Chiroylidir go`yo yosh kelin Ikki daryo yuvar kokilin. (Hamid Olimjon). Adabiy asarda so`zning ko`chma ma'noda qo`llash usuli fanda troplar (yunoncha tropos-ko`chim, oborot) deb yuritiladi. Mumtoz adabiyotda bu tushuncha "tashbeh" yoki "majoz" termini bilan atalgan. Troplar rang-barang ko`rinishlarga ega. Troplar, birinchi navbatda, o`xshashli ko`chim (metafora) va o`xshashsiz ko`chim (metonimiya) ga ajraladi. Metafora va metonimiyalar ham bir necha ko`rinishlarga ega: o`xshatish, sifatlash, jonlantirish, mubolag`a, litota, simvol, allegoriya, sinekdoxa, perifraz va boshqalar. «Metafora» - (yunoncha metafora ko`chim) - istiora-tropning bir turi-aktiv obrazli tafakkur formalaridan. Bunda o`xshatilayotgan va o`xshayotgan ikki predmet yoki hodisa o`rtasidagi umumiy o`xshashlikka asoslanadi. Masalan: Keldi ochilur chog`ing o`zliging namoyon qil, Parchalab kishanlarni har tomon parishon qil.  
 
Baytdagi birinchi misrada "yangi zamon" - o`xshagan payt butunlay tushirilib 
qoldirish, uning o`rniga "ochilur chog`ing" - o`xshatilgan paytgina berilgan. Ikkinchi 
misrada ham "eski hayot" - o`xshagan narsa tushirilib qoldirilib, uning o`rnida 
"kishan" so`zi-o`xshatilgan narsa berilgan. 
Megaforalar rang-barang ko`rinishlarga ega: ochiq metaforalar, yopiq 
metaforalar, metaforik sifatlashlar. 
 
Oq oltinning elini, 
Bu elning oq gulshsh, 
Oq gullarning gulchisin...   
(M.Shayhzoda). 
Shoir bu o`rinda "oq oltinning eli" deganda o`zbek xalqini, "oq gul" deganda 
paxtani, "oq gulning gulchisi" deganda paxtakorni nazarda tutyapti. Har uchchala 
misrada ham o`xshagan narsa (o`zbek xalqi, paxta, paxtakor) tushirilib qoldirilib, 
faqat o`xshatilayotgan narsa berilyapti. 
Agar o`xshatilayotgan narsa o`rnida faqat o`xshagan narsa berilsa va 
o`xshatilayotgan narsaning biror-belgisi o`xshagan narsaga taqalsa-yopiq metafora 
bo`ladi. 
Bunda orzu qozonadi ot 
Bunda sevgi yozadi qanot.  
(Hamid Olimjon). 
Ikki misradagi "sevgi"-o`xshagan varsa, "qush" - o`xshatilgan narsa (buni biz 
"yozadi qanot" leksik birikmasidan bilib olamiz - qanot yozish-qushlarga xos 
xususiyat) misrada o`xshatilgan narsa (qush) berilmagan. Demak, "sevgi yozadi 
qanot" leksik birikmasi yopiq metaforadir. 
Ba'zan metaforada predmet sifatlashlar orqali ifodalanishi mumkin. Bu xil 
metaforalar metaforik sifatlashlar deb yuritiladi. 
 
Kumush dalalarda boshlangan bayram,  
Hamon davom etar o`lkamiz bo`ylab.  
(Uyg`un). 
Baytdagi birinchi misrada "yangi zamon" - o`xshagan payt butunlay tushirilib qoldirish, uning o`rniga "ochilur chog`ing" - o`xshatilgan paytgina berilgan. Ikkinchi misrada ham "eski hayot" - o`xshagan narsa tushirilib qoldirilib, uning o`rnida "kishan" so`zi-o`xshatilgan narsa berilgan. Megaforalar rang-barang ko`rinishlarga ega: ochiq metaforalar, yopiq metaforalar, metaforik sifatlashlar. Oq oltinning elini, Bu elning oq gulshsh, Oq gullarning gulchisin... (M.Shayhzoda). Shoir bu o`rinda "oq oltinning eli" deganda o`zbek xalqini, "oq gul" deganda paxtani, "oq gulning gulchisi" deganda paxtakorni nazarda tutyapti. Har uchchala misrada ham o`xshagan narsa (o`zbek xalqi, paxta, paxtakor) tushirilib qoldirilib, faqat o`xshatilayotgan narsa berilyapti. Agar o`xshatilayotgan narsa o`rnida faqat o`xshagan narsa berilsa va o`xshatilayotgan narsaning biror-belgisi o`xshagan narsaga taqalsa-yopiq metafora bo`ladi. Bunda orzu qozonadi ot Bunda sevgi yozadi qanot. (Hamid Olimjon). Ikki misradagi "sevgi"-o`xshagan varsa, "qush" - o`xshatilgan narsa (buni biz "yozadi qanot" leksik birikmasidan bilib olamiz - qanot yozish-qushlarga xos xususiyat) misrada o`xshatilgan narsa (qush) berilmagan. Demak, "sevgi yozadi qanot" leksik birikmasi yopiq metaforadir. Ba'zan metaforada predmet sifatlashlar orqali ifodalanishi mumkin. Bu xil metaforalar metaforik sifatlashlar deb yuritiladi. Kumush dalalarda boshlangan bayram, Hamon davom etar o`lkamiz bo`ylab. (Uyg`un).  
 
"Kumush dalalar" leksik birikmasi metaforik sifatlash. Chunki, shoir 
"dalalar"deganda 
O`zbekistonni, 
"kumush" 
deganda 
uning 
go`zalligani 
(paxtazorlarini) nazarda tutmoqda. 
Jonlantirish-metaforaning bir turi-odamlarga xos xususiyatlarni jonsiz 
predmeglar, tabiat hodisalari, hayvon, qush kabilarga ko`chyrish orqali paydo 
bo`ladigan tasvir usuli. 
Klassik adabiyotimizda jonlaitirishni - ikki ko`rinishi mavjud bo`lgan: tashxis 
(shaxs bilan bog`liq)-jonsiz narsalarni jonlantirish, intoq (nutq bilan bog`liq)-nutqsiz 
narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash. 
Masalan: Alisher Navoiy "Lisonut-tayr", Muhammadsharif Gulxaniyning 
"Zarabulmasal" kabi asarlarida jonlantirishning har ikkala ko`rinishi ham keng 
qo`llanilgan. Xususan, xalq og`zaki ijodida jonlantirish ko`p ishlatilgan. Ertak, masal 
va dostonlarda qush, ot, oy, quyosh, shamol, yulduz, daraxt va hokazolar xuddi odam 
kabi so`zlaydi. 
O`xshatish-trop 
(ko`chim-majoz)larning 
bir 
turi-narsa, 
hodisa 
yoki 
tushunchalarni ma'lum umumiylik va o`xshashlikka ega bo`lgan boshqa narsa, 
hodisa yoxud tushuncha bilan qiyoslash. 
O`xshatishda narsa va hodisalarni ifodalagan leksik birliklar o`zining asl 
ma'nosi bilan solishtiriladi. To`la o`xshatishda to`rt element bo`ladi. 
a) o`xshatilayotgan predmet-o`xshatiluvchi ob'yekt; 
b) o`xshatilayotgan predmet-o`xshovchi obraz;  
v) o`xshatilayotgan va o`xshayotgan narsa-hodisaning o`xshashlik belgisi-
o`xshatish belgi; 
g) -day, -dek, -simon, -ona.-namo, gomuz, -cha, -larcha kabi affikslar; kabi, 
singari yanglig`, xuddi, go`yo, bamisoli, misli, barobar singari leksik vositalar: sifat, 
qomat, nusxa, bashara, rang kabi so`zlar-o`xshatish qo`pshmchalari.  
Qorday oppoq bu ko`ngilning qo`kragi. 
Bu misrada "ko`krak" - o`xshatilayotgan predmet, "qor" – o`xshatilayotgan 
narsa, "oppoq-o`xshish belgi (sifat) va nihoyat, "day" – o`xshatish qo`ppshchasi.  
Sifatlash - badiiy adabiyotda predmet, voqe-hodisa, tushuncha va kishilarning, 
belgi-xususiyatlarini aniqlovchi, izohlovchi, xarakterlovchi so`zlar. 
Kumush qishdan, zumrad bahordan 
"Kumush dalalar" leksik birikmasi metaforik sifatlash. Chunki, shoir "dalalar"deganda O`zbekistonni, "kumush" deganda uning go`zalligani (paxtazorlarini) nazarda tutmoqda. Jonlantirish-metaforaning bir turi-odamlarga xos xususiyatlarni jonsiz predmeglar, tabiat hodisalari, hayvon, qush kabilarga ko`chyrish orqali paydo bo`ladigan tasvir usuli. Klassik adabiyotimizda jonlaitirishni - ikki ko`rinishi mavjud bo`lgan: tashxis (shaxs bilan bog`liq)-jonsiz narsalarni jonlantirish, intoq (nutq bilan bog`liq)-nutqsiz narsalarni nutq egasi sifatida tasvirlash. Masalan: Alisher Navoiy "Lisonut-tayr", Muhammadsharif Gulxaniyning "Zarabulmasal" kabi asarlarida jonlantirishning har ikkala ko`rinishi ham keng qo`llanilgan. Xususan, xalq og`zaki ijodida jonlantirish ko`p ishlatilgan. Ertak, masal va dostonlarda qush, ot, oy, quyosh, shamol, yulduz, daraxt va hokazolar xuddi odam kabi so`zlaydi. O`xshatish-trop (ko`chim-majoz)larning bir turi-narsa, hodisa yoki tushunchalarni ma'lum umumiylik va o`xshashlikka ega bo`lgan boshqa narsa, hodisa yoxud tushuncha bilan qiyoslash. O`xshatishda narsa va hodisalarni ifodalagan leksik birliklar o`zining asl ma'nosi bilan solishtiriladi. To`la o`xshatishda to`rt element bo`ladi. a) o`xshatilayotgan predmet-o`xshatiluvchi ob'yekt; b) o`xshatilayotgan predmet-o`xshovchi obraz; v) o`xshatilayotgan va o`xshayotgan narsa-hodisaning o`xshashlik belgisi- o`xshatish belgi; g) -day, -dek, -simon, -ona.-namo, gomuz, -cha, -larcha kabi affikslar; kabi, singari yanglig`, xuddi, go`yo, bamisoli, misli, barobar singari leksik vositalar: sifat, qomat, nusxa, bashara, rang kabi so`zlar-o`xshatish qo`pshmchalari. Qorday oppoq bu ko`ngilning qo`kragi. Bu misrada "ko`krak" - o`xshatilayotgan predmet, "qor" – o`xshatilayotgan narsa, "oppoq-o`xshish belgi (sifat) va nihoyat, "day" – o`xshatish qo`ppshchasi. Sifatlash - badiiy adabiyotda predmet, voqe-hodisa, tushuncha va kishilarning, belgi-xususiyatlarini aniqlovchi, izohlovchi, xarakterlovchi so`zlar. Kumush qishdan, zumrad bahordan  
 
Qolishmaydi kuzning ziynati. 
 
 (Uyg`un).  
baytidagi "kumush qish", "zumrad bahor" birikmalari-sifatlashdir. 
Sifatlashni qo`llash orqali yozuvchi tasvirlanayotgan hodisaning u yoki bu 
belgisiga kitobxonning diqqatini tortadi, unda emosiya uyg`otadi. 
Masalan: 
Zaynabning ham toza, osuda,  
Dog` ko`rmagan ma'sum qalbida  
Sevgi yaproq yozib qolibdi  
Va fikriga g`avg`o solibdi.  
  
 
 
  (Hamid Olimjon)  
Metonimiya - (yunoncha metonymia –qayta nomlash) – majoz kinoya ikki 
tushuncha o`rtasidagi yaqinlikka asoslangan ko`chim (trop). Biror predmet yoki 
hodisa nomini tushunchalararo yaqinlik asosida boshqa so`z yoki ibora bilan 
almashtirish yo`li bilan metonimiya paydo bo`ladi. Masalan: "pul" o`rniga 
“cho`ntak”, "asar nomi" o`rniga "avtor nomini" qo`llash metonimiya hodisasidir. 
Misol: 
Fuzuliyni oldim qo`limga, 
Majnun bo`lib yig`lab qichqirdi.  
Va Navoiy tushib yo`limga,  
Faryod bilan o`rnidan turdi. 
 
Mubolag`a- (arabcha lof urush, bo`rttirish) tasvirlanayotgan shaxs, predmet va 
jihatlarini bo`rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli. 
Yozuvchi taassurotni kuchaytirish, hayajonni oshirish, obrazni bo`rttirish 
maqsadida mubolag`a ishlatadi. 
Chinorning kattaligini-chinor shoxi bulutlar orasida ko`rindi va mubolag`asi 
ishlatilgan. 
 
Yurganda yer titrar, o`kirsa-osmon,  
Bu safda arslonlar keradi o`lrov. 
 
Qolishmaydi kuzning ziynati. (Uyg`un). baytidagi "kumush qish", "zumrad bahor" birikmalari-sifatlashdir. Sifatlashni qo`llash orqali yozuvchi tasvirlanayotgan hodisaning u yoki bu belgisiga kitobxonning diqqatini tortadi, unda emosiya uyg`otadi. Masalan: Zaynabning ham toza, osuda, Dog` ko`rmagan ma'sum qalbida Sevgi yaproq yozib qolibdi Va fikriga g`avg`o solibdi. (Hamid Olimjon) Metonimiya - (yunoncha metonymia –qayta nomlash) – majoz kinoya ikki tushuncha o`rtasidagi yaqinlikka asoslangan ko`chim (trop). Biror predmet yoki hodisa nomini tushunchalararo yaqinlik asosida boshqa so`z yoki ibora bilan almashtirish yo`li bilan metonimiya paydo bo`ladi. Masalan: "pul" o`rniga “cho`ntak”, "asar nomi" o`rniga "avtor nomini" qo`llash metonimiya hodisasidir. Misol: Fuzuliyni oldim qo`limga, Majnun bo`lib yig`lab qichqirdi. Va Navoiy tushib yo`limga, Faryod bilan o`rnidan turdi. Mubolag`a- (arabcha lof urush, bo`rttirish) tasvirlanayotgan shaxs, predmet va jihatlarini bo`rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli. Yozuvchi taassurotni kuchaytirish, hayajonni oshirish, obrazni bo`rttirish maqsadida mubolag`a ishlatadi. Chinorning kattaligini-chinor shoxi bulutlar orasida ko`rindi va mubolag`asi ishlatilgan. Yurganda yer titrar, o`kirsa-osmon, Bu safda arslonlar keradi o`lrov.  
 
Litota - (yunoncha litotes-sodda, kichik, evida) - tasvir ob'yektini ataylab, 
kichraytirib, zaiflashtirib ko`rsatish usuli. Litota mubolag`aning butunlay aksidir. 
Masalan: 
Ul sanamkim, suv yoqosinda paritek o`lturur, 
G`oyati nozukligindin suv bila yutsa bo`lur.  
(Atoyi). 
Bo`yung sarvu sanubartek, beling qil, 
Vafo qilgon kipshlarga vafo qil.  
(Xorazmiy). 
 
Simvol - (yunoncha symvolon - shartli belgi, ramz) tasvir ob'yektining 
mohiyatini ma'lum bir nuqtai nazardan shartli ifodalovchi ramziy so`z yoki predmet 
o`roq va bolg`a-ishchi va dehqon do`stligining ramzi, non-tuz-mehmonnavozlik va 
do`stlik ramzi, kabutar-tinchlik ramzi. 
Allegoriya – ko`pincha masal va ertaklarda qo`llaniladi. Tulki - ayyor 
kishilarga, bo`ri – ochko`zlarga, chayon - yovuz, ilon - makkor, to`ti - gapdon 
odamlarga nisbatan kinoya qilinadi. 
Sinekdoxa - birga atamoq, qo`shib fahmlamoq - metonimiyaning bir turi bo`lib, 
miqdor jihatidan bir predmet belgilarini boshqasiga ko`chirish usulidir. 
 
Bir qo`ng`iz mo`ylovli,  
Baroq soch mal'un  
Jigar rang bir mundir  
Isgagi uchun  
Nahotki yerimiz  
Chappa aylanib,  
Nahotki daryolar  
Oqar teskari 
 
Bu parchada shoir "qo`ng`iz muylovli", "baroq soch", "jigar rang", mundir" - 
portretik detallar orqali - fashizmning "yerimiz", "daryolar" tabiat detallari orqali 
bepoyon va qudratli mamlakat nazarda tutilgan. 
Litota - (yunoncha litotes-sodda, kichik, evida) - tasvir ob'yektini ataylab, kichraytirib, zaiflashtirib ko`rsatish usuli. Litota mubolag`aning butunlay aksidir. Masalan: Ul sanamkim, suv yoqosinda paritek o`lturur, G`oyati nozukligindin suv bila yutsa bo`lur. (Atoyi). Bo`yung sarvu sanubartek, beling qil, Vafo qilgon kipshlarga vafo qil. (Xorazmiy). Simvol - (yunoncha symvolon - shartli belgi, ramz) tasvir ob'yektining mohiyatini ma'lum bir nuqtai nazardan shartli ifodalovchi ramziy so`z yoki predmet o`roq va bolg`a-ishchi va dehqon do`stligining ramzi, non-tuz-mehmonnavozlik va do`stlik ramzi, kabutar-tinchlik ramzi. Allegoriya – ko`pincha masal va ertaklarda qo`llaniladi. Tulki - ayyor kishilarga, bo`ri – ochko`zlarga, chayon - yovuz, ilon - makkor, to`ti - gapdon odamlarga nisbatan kinoya qilinadi. Sinekdoxa - birga atamoq, qo`shib fahmlamoq - metonimiyaning bir turi bo`lib, miqdor jihatidan bir predmet belgilarini boshqasiga ko`chirish usulidir. Bir qo`ng`iz mo`ylovli, Baroq soch mal'un Jigar rang bir mundir Isgagi uchun Nahotki yerimiz Chappa aylanib, Nahotki daryolar Oqar teskari Bu parchada shoir "qo`ng`iz muylovli", "baroq soch", "jigar rang", mundir" - portretik detallar orqali - fashizmning "yerimiz", "daryolar" tabiat detallari orqali bepoyon va qudratli mamlakat nazarda tutilgan.  
 
Perifraz - (yunoncha peru - trof, phrasis - so`zlayman) - majozlarning bir turi 
bo`lib, nutqning ifodaviyligini oshirish maqsadida predmet, odam, voqea-hodisalar 
nomini, ularning ma'nosini, xususiyatlarini ifodalovchi boshqa so`z va ibora bilan 
almashtirish usuli. 
Masalan: "burgut" so`zi o`rniga - "qushlar podshosi", "O`zbekiston" so`zi 
o`rniga "oq oltin koni", "paxtakor" so`zi o`rniga "oltin qo`llar" so`zlarining 
qo`llanishi perifrazlardir. 
Perifraz narsa va hodisalarning asl nomi bilan yonma-yon ishlatiladi: 
Quyoshday mehribon,  
Vataning-onang,  
Zaminday vazminu,  
Mehnatkash, mushfiq,  
Isgagan narsangni tayyorlaguvchi  
Xalq bor-otang bor.  
 
 
(G`afur G`ulom) 
 
 
SAVOL VA TOPShIRIQLAR: 
1. 
So`zlarning asl ma'nosi deganda nimani tushunasiz? 
2. 
Ko`chma ma'nodagi so`zlar deganda nimani tushunasiz? 
3. 
Troplar va ularning turlarini sanang?  
4. 
Hozirgi o`zbek adabiyotida badiiy tasvir vositalarshshng 
qo`llanilishi. 
5. 
Metafora tushunchasi haqida gapiring?  
6. 
Metonimiya nima?  
7. 
Sifatlash nima? 
8. 
Jonlantirish deganda nimani tushunasiz?  
9. 
O`xshatish hodisasi haqida gapiring?  
10. 
Mubolag`a nima? 
 
 
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR: 
 
Perifraz - (yunoncha peru - trof, phrasis - so`zlayman) - majozlarning bir turi bo`lib, nutqning ifodaviyligini oshirish maqsadida predmet, odam, voqea-hodisalar nomini, ularning ma'nosini, xususiyatlarini ifodalovchi boshqa so`z va ibora bilan almashtirish usuli. Masalan: "burgut" so`zi o`rniga - "qushlar podshosi", "O`zbekiston" so`zi o`rniga "oq oltin koni", "paxtakor" so`zi o`rniga "oltin qo`llar" so`zlarining qo`llanishi perifrazlardir. Perifraz narsa va hodisalarning asl nomi bilan yonma-yon ishlatiladi: Quyoshday mehribon, Vataning-onang, Zaminday vazminu, Mehnatkash, mushfiq, Isgagan narsangni tayyorlaguvchi Xalq bor-otang bor. (G`afur G`ulom) SAVOL VA TOPShIRIQLAR: 1. So`zlarning asl ma'nosi deganda nimani tushunasiz? 2. Ko`chma ma'nodagi so`zlar deganda nimani tushunasiz? 3. Troplar va ularning turlarini sanang? 4. Hozirgi o`zbek adabiyotida badiiy tasvir vositalarshshng qo`llanilishi. 5. Metafora tushunchasi haqida gapiring? 6. Metonimiya nima? 7. Sifatlash nima? 8. Jonlantirish deganda nimani tushunasiz? 9. O`xshatish hodisasi haqida gapiring? 10. Mubolag`a nima? FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR:  
 
1. 
I.Sulton. Adabiyot nazariyasi darslik. T., "O`qituvchi", 2005. 
2. 
T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. –T., 2003. 
3. 
T. Boboyev. She’r ilmi ta’limi. –T., 1997. 
4. 
D. Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. T., 2018. 
5. 
A. Ulug’ov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T., 2018 
6. 
D. Quronov va boshqalar Adabiyotshunoslik lug’ati. – T., 2013 (qayta 
nashr) 
7. 
M. Abdullayev. Adabiyotimizning yangilanish davri "O`zAS" 
1995 
 
 
1. I.Sulton. Adabiyot nazariyasi darslik. T., "O`qituvchi", 2005. 2. T. Boboyev. Adabiyotshunoslik asoslari. –T., 2003. 3. T. Boboyev. She’r ilmi ta’limi. –T., 1997. 4. D. Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari. T., 2018. 5. A. Ulug’ov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. T., 2018 6. D. Quronov va boshqalar Adabiyotshunoslik lug’ati. – T., 2013 (qayta nashr) 7. M. Abdullayev. Adabiyotimizning yangilanish davri "O`zAS" 1995