Badiiy uslub. Uslubning umumiy va xususiy hollari

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

25,1 KB


 
 
 
 
 
 
Badiiy uslub. Uslubning umumiy va xususiy hollari 
 
Reja 
1. San’at va adabiyotda uslub masalasi. 
2. Badiiy uslub xarakteri. 
3. Uslubning umumiy va xususiy belgilari. 
4. Ijodkor uslubi. 
 
Uslub  ijodkor  xayolotining  namoyon  bo‘lish  tarzi  sanaladi.  Ijodkor 
qahramonlarni, ular yashaydigan manzillarni qanday tasavvur qilsa  shunday 
ifodalaydi.  «San’atkor  voqelikdan  tanlab  olgan  unsurlarni  badiiy  til yordamida  
xayoloti  bilan  uyg‘unlashtiruvchi  va  u  yaratgan  badiiy  dunyoning tugal  bo‘lishini  
ta’minlovchi  vosita  uslub  deb  ataladi»,  -  deydi  fransuz adibi A.Kamyu. Adabiyot 
va san’atning biror  taraqqiyot bosqichida badiiy ijodga xos bir-biri  bilan  uzviy  
bog‘liq  bo‘lgan  bir  qancha  barqaror  xususiyatlarning asosiy  vosita  va  prinsiplari  
bo‘ladi.  Chunonchi,  biz  bir  yozuvchiga  mansub bo‘lgan bir necha asarni o‘rganib, 
ularni bir-biriga taqqoslab ko‘rsak, ilgari surilgan  g‘oyalar  va  turmush  voqealari  
talqinida,  xarakter  va  hodisalar tasvirida,  yozuvchi  nutqi  va  bayon  etish  
vositasida  o‘xshashlik  borligini ko‘ramiz. Bu o‘xshashlik yozuvchi uslubining, 
ya’ni uning ijodiga xos g‘oyaviy -badiiy xususiyatlar (g‘oyaviy pozitsiya, xarakter 
va syujetlar, o‘ziga xos til)ning asosini tashkil etadi. Yozuvchining uslubi esa uning 
individualligi, iste’dodi, turmush tajribasi, dunyoqarashi, nutqining o‘ziga xosligi 
bilan uzviy  bog‘liq  bo‘ladi.  Ammo  uslub  tushunchasi  asardagi  takrorlanishning 
barcha  tomonlarini  qamrab  olmaydi.  Chunki  yozuvchilar  ijodida  umumiy 
takrorlanish  ham  mavjuddir.  Turli  tarixiy  davr  va  turli  mamlakat YOzuvchilari  
ijodini  o‘zaro  yaqinlashtiruvchi  badiiy  xususiyatning o‘xshashligi badiiy metod 
yordamida aniqlanadi. Badiiy metod ijodkorning voqelikka munosabati,  o‘zi 
tanlagan hayotiy voqelikni aks ettiruvchi badiiy vositalarni  qo‘llashdagi  asosiy  
Badiiy uslub. Uslubning umumiy va xususiy hollari Reja 1. San’at va adabiyotda uslub masalasi. 2. Badiiy uslub xarakteri. 3. Uslubning umumiy va xususiy belgilari. 4. Ijodkor uslubi. Uslub ijodkor xayolotining namoyon bo‘lish tarzi sanaladi. Ijodkor qahramonlarni, ular yashaydigan manzillarni qanday tasavvur qilsa shunday ifodalaydi. «San’atkor voqelikdan tanlab olgan unsurlarni badiiy til yordamida xayoloti bilan uyg‘unlashtiruvchi va u yaratgan badiiy dunyoning tugal bo‘lishini ta’minlovchi vosita uslub deb ataladi», - deydi fransuz adibi A.Kamyu. Adabiyot va san’atning biror taraqqiyot bosqichida badiiy ijodga xos bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bir qancha barqaror xususiyatlarning asosiy vosita va prinsiplari bo‘ladi. Chunonchi, biz bir yozuvchiga mansub bo‘lgan bir necha asarni o‘rganib, ularni bir-biriga taqqoslab ko‘rsak, ilgari surilgan g‘oyalar va turmush voqealari talqinida, xarakter va hodisalar tasvirida, yozuvchi nutqi va bayon etish vositasida o‘xshashlik borligini ko‘ramiz. Bu o‘xshashlik yozuvchi uslubining, ya’ni uning ijodiga xos g‘oyaviy -badiiy xususiyatlar (g‘oyaviy pozitsiya, xarakter va syujetlar, o‘ziga xos til)ning asosini tashkil etadi. Yozuvchining uslubi esa uning individualligi, iste’dodi, turmush tajribasi, dunyoqarashi, nutqining o‘ziga xosligi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ammo uslub tushunchasi asardagi takrorlanishning barcha tomonlarini qamrab olmaydi. Chunki yozuvchilar ijodida umumiy takrorlanish ham mavjuddir. Turli tarixiy davr va turli mamlakat YOzuvchilari ijodini o‘zaro yaqinlashtiruvchi badiiy xususiyatning o‘xshashligi badiiy metod yordamida aniqlanadi. Badiiy metod ijodkorning voqelikka munosabati, o‘zi tanlagan hayotiy voqelikni aks ettiruvchi badiiy vositalarni qo‘llashdagi asosiy  
 
ijodiy  prinsiplari  (masalan,  romantizm, realizm  kabi)dan  iboratdir.  Demak,  badiiy  
metod  borliq  hodisalarini tanlash, umumlashtirish va baholash prinsipidir. 
Ma’lumki, hayot  muntazam  ravishda o‘zgarib, yangilanib  turadi.  Bu  esa 
san’atdan  ham  o‘z  xarakterini  o‘zgartirib  borishni,  ob’ektiv  hayotni  aniq 
obrazlarda  aks  ettirishni  talab  etadi.  Bu  estetik  talabdir,  ya’ni  mavjud tarixiy  
sharoitda  estitek  normalar  asosida  turmushni  aks  ettirish demakdir.  Hayotni  
qayta  tiklash  turmushning  eski  shakllari  o‘rniga  Yuzaga kelgan yangiliklarni aks 
ettirgandagina to‘g‘ri, haqqoniy bo‘ladi. Realizm va romantizm  tushunchalarida  
hayotni  obrazli  aks  ettirishning  ana  shu xususiyati mujassamlashgan. Badiiy 
metodda sub’ektivlik bilan birga, ob’ektivlik xususiyati ham bor.  San’atkorni  o‘rab  
olgan  kishilar  tipi,  ular  o‘rtasidagi  ijtimoiy konfliktlar,  o‘zaro  munosabat-laridagi  
so‘zlashuv  formalari-bularning hammasi  yozuvchiga  emas,  balki  davrga  bog‘liq  
bo‘lgan  hodisalardir. Yozuvchi hayotiy  faktlar,  hodisalardan  muhimlarini  tanlab  
oladi,  ularni  g‘oyaviy tomondan  yoritadi.  Lekin  shunga  qaramay,  uning  ijodi  
asosan  u  yashayotgan davrdagi hayotiy jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi («Jahon 
adabiyoti» jurnali. 1997, №1, 192 b.).  
Badiiy  asarda  turli  elementlar  va  til ko‘rinishlari  sistem  butunlik  sifatida  
o‘zaro aloqada bo‘ladi. Misol uchun, biron bir tadbirda ishtirok  etish  uchun  
yozilgan  taklifnoma matni  uning  asl  mohiyatini  ochib  bermaydi. Lekin  badiiy  
asarda  bu  o‘zgacha  holat: kuchaytirish,  kontrast  yoki  qarshilantirish  – turli  
darajalarda  jaranglashi,  ma’nosi, mavzu  va  grammatik  jihatdan  qanday  tashkil 
etilgani  muhim.  Masalan,  “taxmin  qilamiz  – biladi”. Har  bir  kitobxon  badiiy  
asarni  turlicha qabul  qiladi.   Buning  sababi  shundaki,  biz “ijodiy  niyat”  deb  
ataydigan  tushunchamiz  adabiyotning  dunyoqarash bilan  bog‘liqligini  belgilaydi.   
Badiiy  asar  til  fenomeni  sifatida yozuvchi yaratgan dunyoning in’ikosi 
hisoblanadi. Bu  o‘rinda ikki holatni kuzatishimiz  mumkin:  biri  personaj  va  
hikoyachi  bayonidan  kelib chiqadigan haqiqat va ikkinchisi asar tubida yotgan 
tagma’no. Ko‘pincha badiiy  asarlarda  tarixiy  ma’lumotlar  emas,  ko‘proq  uydirma 
qahramonlar  hayoti  haqida  ma’lumotlar  bayon  qilinadi  (Misol  uchun Emma  
Bovari,  Gekelberi  Finn).  SHu  bilan  birga  matnda  qo‘llanidigan olmoshlarning  
ham  (“men”,  “sen”,  “shu  erda”,  “hozir”,  “kecha”,  “bugun”) vazifasi,  ularga  
yuklatilgan  mas’uliyat  badiiy  asar  mukammalligini ta’minlaydi.  
ijodiy prinsiplari (masalan, romantizm, realizm kabi)dan iboratdir. Demak, badiiy metod borliq hodisalarini tanlash, umumlashtirish va baholash prinsipidir. Ma’lumki, hayot muntazam ravishda o‘zgarib, yangilanib turadi. Bu esa san’atdan ham o‘z xarakterini o‘zgartirib borishni, ob’ektiv hayotni aniq obrazlarda aks ettirishni talab etadi. Bu estetik talabdir, ya’ni mavjud tarixiy sharoitda estitek normalar asosida turmushni aks ettirish demakdir. Hayotni qayta tiklash turmushning eski shakllari o‘rniga Yuzaga kelgan yangiliklarni aks ettirgandagina to‘g‘ri, haqqoniy bo‘ladi. Realizm va romantizm tushunchalarida hayotni obrazli aks ettirishning ana shu xususiyati mujassamlashgan. Badiiy metodda sub’ektivlik bilan birga, ob’ektivlik xususiyati ham bor. San’atkorni o‘rab olgan kishilar tipi, ular o‘rtasidagi ijtimoiy konfliktlar, o‘zaro munosabat-laridagi so‘zlashuv formalari-bularning hammasi yozuvchiga emas, balki davrga bog‘liq bo‘lgan hodisalardir. Yozuvchi hayotiy faktlar, hodisalardan muhimlarini tanlab oladi, ularni g‘oyaviy tomondan yoritadi. Lekin shunga qaramay, uning ijodi asosan u yashayotgan davrdagi hayotiy jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi («Jahon adabiyoti» jurnali. 1997, №1, 192 b.). Badiiy asarda turli elementlar va til ko‘rinishlari sistem butunlik sifatida o‘zaro aloqada bo‘ladi. Misol uchun, biron bir tadbirda ishtirok etish uchun yozilgan taklifnoma matni uning asl mohiyatini ochib bermaydi. Lekin badiiy asarda bu o‘zgacha holat: kuchaytirish, kontrast yoki qarshilantirish – turli darajalarda jaranglashi, ma’nosi, mavzu va grammatik jihatdan qanday tashkil etilgani muhim. Masalan, “taxmin qilamiz – biladi”. Har bir kitobxon badiiy asarni turlicha qabul qiladi. Buning sababi shundaki, biz “ijodiy niyat” deb ataydigan tushunchamiz adabiyotning dunyoqarash bilan bog‘liqligini belgilaydi. Badiiy asar til fenomeni sifatida yozuvchi yaratgan dunyoning in’ikosi hisoblanadi. Bu o‘rinda ikki holatni kuzatishimiz mumkin: biri personaj va hikoyachi bayonidan kelib chiqadigan haqiqat va ikkinchisi asar tubida yotgan tagma’no. Ko‘pincha badiiy asarlarda tarixiy ma’lumotlar emas, ko‘proq uydirma qahramonlar hayoti haqida ma’lumotlar bayon qilinadi (Misol uchun Emma Bovari, Gekelberi Finn). SHu bilan birga matnda qo‘llanidigan olmoshlarning ham (“men”, “sen”, “shu erda”, “hozir”, “kecha”, “bugun”) vazifasi, ularga yuklatilgan mas’uliyat badiiy asar mukammalligini ta’minlaydi.  
 
Fikrimizcha,  bizning  kitobxon  adabiyotshunoslikka  oid manbalarda  
ko‘pincha  uchramaydigan  strukturalizm,  dekonstruktivizm atamalari haqida 
ma’lumotga ega bo‘lishga haqli. SHu munosabat bilan ushbu  yo‘nalishlar  haqida  
qisqacha  ma’lumot  berib  o‘tishni  o‘rinli  deb hisoblaymiz.  Adabiyot  nazariyasi  
–  bu  tarqoq  fikrlar  yig‘indisi  emas, balki  yaxlit  bir  kuch.  1960  yillargacha  bir  
necha  nazariy  yo‘nalishlar mavjud  bo‘lgan:  formalizm,  yangi  tanqid,  
fenomenologiya, strukturalizm, poststrukturalizm va h.k.  
Adabiy  metod  san’atda  bir  guruh  yozuvchilarning  ijodiy  prinsipi bilan  
tarixiy asos birligida, davrdagi asosiy masalalarni talqin etishda, ya’ni ideal, 
qahramon, hayotiy jarayon masalalarini hal etishda Yuzaga keladi. SHu  ma’noda  
metod  tushunchasi  adabiy  yo‘nalish,  adabiy  maktab tushunchasi bilan  birlashadi.  
Chunki  adabiy  yo‘nalish  ma’lum  tarixiy  davrda  o‘z ideologiyasi  va  tajribasi  
bilan  bir-biriga  yaqin  turgan  bir  talay yozuvchilar ijodidagi g‘oyaviy-badiiy 
xususiyatlar - mavzu, g‘oya, badiiy tasvir prinsiplari  kabilar  birligidan  iboratdir.  
Adabiy  yo‘nalishning  muhim belgilaridan  biri  har  bir  yo‘nalishning  o‘ziga  xos  
g‘oyaviy-estetik prinsiplari  programma  tusiga  kirganligidadir (J.Koller .Adabiyot 
nazariyasi va qisqacha adabiyotshunoslikka kirish. – OUP: Buyuk Britaniya. 2011 – 
84-bet.) Programma  tusiga  kirgan g‘oyaviy-estetik  prnsip  har  bir adabiy yo‘nalish 
vakili ijodida amalga  oshirilishi  shart.  SHu ma’noda  adabiy  yo‘nalishda 
YOzuvchilarning  o‘zaro  birligi  o‘z ifodasini  topadi.  Busiz  adabiy yo‘nalish 
Yuzaga kelmaydi.Adabiy  yo‘nalish  u  yoki  bu milliy  adabiyotda  ma’lum  bir 
davrda  Yuzaga  kelib,  ma’lum  bir davrda yo‘qoluvchi tarixiy hodisa sanaladi.  Biror  
asarning tarixiy  jihatdan  avtor dunyoqarashi,  turmush  tajribasi,  u  yashagan  
davrdagi  tarixiy  muhit  sinfiy kurashlar  bilan  bevosita  bog‘liq  bo‘lishi  SHu  
tarixiy  hodisa  bilan izohlanadi. Ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi, ijtimoiy kurashdagi 
ishtiroki jihatidan  bir-biriga  yaqin  bo‘lgan  yozuvchilar  ichki  birlik  va  tarixiy 
sharoitga  ko‘ra  adabiy  maktab  sifatida  adabiy  yo‘nalishni  yuzaga keltiradilar.  
Bu  tushunchalarning  barchasi-asarlar,  yozuvchi  uslubi,  adabiy oqim-tarixiy 
sharoitga bog‘liqdir. 
XX  asrning  boshlarida  rus  adabiyotshunosligida  paydo  bo‘lgan  rus 
formalizmi   asarlarning  poetik  til  xususiyatlariga  ko‘proq  e’tibor qaratish 
lozimligi, bu badiiy matnning qimmatini oshirishi va bu o‘z navbatida  
Fikrimizcha, bizning kitobxon adabiyotshunoslikka oid manbalarda ko‘pincha uchramaydigan strukturalizm, dekonstruktivizm atamalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishga haqli. SHu munosabat bilan ushbu yo‘nalishlar haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tishni o‘rinli deb hisoblaymiz. Adabiyot nazariyasi – bu tarqoq fikrlar yig‘indisi emas, balki yaxlit bir kuch. 1960 yillargacha bir necha nazariy yo‘nalishlar mavjud bo‘lgan: formalizm, yangi tanqid, fenomenologiya, strukturalizm, poststrukturalizm va h.k. Adabiy metod san’atda bir guruh yozuvchilarning ijodiy prinsipi bilan tarixiy asos birligida, davrdagi asosiy masalalarni talqin etishda, ya’ni ideal, qahramon, hayotiy jarayon masalalarini hal etishda Yuzaga keladi. SHu ma’noda metod tushunchasi adabiy yo‘nalish, adabiy maktab tushunchasi bilan birlashadi. Chunki adabiy yo‘nalish ma’lum tarixiy davrda o‘z ideologiyasi va tajribasi bilan bir-biriga yaqin turgan bir talay yozuvchilar ijodidagi g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar - mavzu, g‘oya, badiiy tasvir prinsiplari kabilar birligidan iboratdir. Adabiy yo‘nalishning muhim belgilaridan biri har bir yo‘nalishning o‘ziga xos g‘oyaviy-estetik prinsiplari programma tusiga kirganligidadir (J.Koller .Adabiyot nazariyasi va qisqacha adabiyotshunoslikka kirish. – OUP: Buyuk Britaniya. 2011 – 84-bet.) Programma tusiga kirgan g‘oyaviy-estetik prnsip har bir adabiy yo‘nalish vakili ijodida amalga oshirilishi shart. SHu ma’noda adabiy yo‘nalishda YOzuvchilarning o‘zaro birligi o‘z ifodasini topadi. Busiz adabiy yo‘nalish Yuzaga kelmaydi.Adabiy yo‘nalish u yoki bu milliy adabiyotda ma’lum bir davrda Yuzaga kelib, ma’lum bir davrda yo‘qoluvchi tarixiy hodisa sanaladi. Biror asarning tarixiy jihatdan avtor dunyoqarashi, turmush tajribasi, u yashagan davrdagi tarixiy muhit sinfiy kurashlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lishi SHu tarixiy hodisa bilan izohlanadi. Ijtimoiy mavqei, dunyoqarashi, ijtimoiy kurashdagi ishtiroki jihatidan bir-biriga yaqin bo‘lgan yozuvchilar ichki birlik va tarixiy sharoitga ko‘ra adabiy maktab sifatida adabiy yo‘nalishni yuzaga keltiradilar. Bu tushunchalarning barchasi-asarlar, yozuvchi uslubi, adabiy oqim-tarixiy sharoitga bog‘liqdir. XX asrning boshlarida rus adabiyotshunosligida paydo bo‘lgan rus formalizmi asarlarning poetik til xususiyatlariga ko‘proq e’tibor qaratish lozimligi, bu badiiy matnning qimmatini oshirishi va bu o‘z navbatida  
 
“adabiyotning  yagona  qahramoni  –  so‘z”  ekanligini  e’tirof etishadi.  Ularning  
fikricha,  ko‘nikib  qolingan:  “Bu  o‘rinda  muallif nima deyapti?” degan savol 
o‘rniga: “Sonet bilan nima holat kechyapti?”  yoki  “ Dikkens  romanining qismati 
qanday?”  degan  savollar  o‘rinli deb hisoblaymiz.  Bu  guruhning  uch  asosiy  vakili  
–  Roman  YAkobson,  Boris Eyxenbaum  va  Viktor  Shklovskiy.  Ular  
adabiyotshunoslikni  shakl  va yozuvchi texnikasini o‘rganishga yo‘naltirishdi.  
Turmushni obrazli aks ettirishda ikki asosiy xususiyat, birinchidan, 
individuallashtirish,  borliqni  insoniy  munosabatlar  bilan  bog‘lagan holda qayta 
ishlab chiqish va umumlashtirish, ikkinchidan, turmushni ma’lum ijtimoiy ideallar 
asosida estetik anglash o‘z ifodasini topadi. Turmushni  estetik  anglash  borliqni  
qayta  yaratish,  ijtimoiy ideallarga  zid  bo‘lgan  hodisalarga  qarshi  kurashish,  
borliqni  badiiy fantaziya asosida tasavvur etish, fantaziyaning ideallarga mos 
bo‘lishi uchun kurashishdan iboratdir. 
Qayta  ishlash  bilan  qaytadan  tuzish  o‘rtasidagi  birlik  borliqni obrazli aks 
ettirishning muhim belgisidir. Bu birlikning asosi san’atda aks ettirilgan real 
borliqdir. Har bir san’at asari borliqni aks ettirish qonunlarini real tarixiy sharoitda 
amalga 
oshirish 
demakdir 
(J.Koller 
.Adabiyot 
nazariyasi 
va 
qisqacha 
adabiyotshunoslikka kirish. – OUP: Buyuk Britaniya. 2011 – 85-bet).  
Yozuvchining  individualligi  dunyoqarashining  kengligi  va  ko‘p qirraligida, 
hayotda yuz berayotgan yangiliklarni tezlik bilan payqab olishi va  yoritishida  
ko‘rinadi.  Ijodning  yo‘nalishini,  hayotiy  materiallarni tanlash  va  yoritish  
prinsipini  esa  u  yashagan  tarixiy  davr,  muhit  belgilab beradi. Tarixiy jarayon 
badiiy metodlarning ichki aloqasini ham aniqlab beradi.  SHu  sababli  borliqni  aks  
ettirishda  yozuvchining  u  yoki  bu  metodga murojaat etishini sof sub’ektiv hol deb 
aytib bo‘lmaydi. Shunday  qilib,  adabiy  yo‘nalish  biror  tarixiy  davrdagi  ijodiy 
prinsiplardan  iborat  bo‘lib,  u  real  adabiyot  taraqqiyoti  jarayonida  asosiy hayotiy  
(estetik  ideal,  ijobiy  qahramon,  hayotiy  jarayon,  shu  jarayonni harakatga  
keltiruvchi  kuch)  masalalarning  umumiy  tasviri,  talqini  va bahosida namoyon 
bo‘ladi. Shu bilan adabiy yo‘nalish yozuvchining dunyoqarashi u  yashagan  tarixiy  
muhit  bilan  bog‘lanadi,  o‘zaro  aloqada  bo‘lgan  adabiy oqimlar,  guruhlar  va  
maktablar  doirasida  o‘z  badiiy  imkoniyatlariga  keng yo‘l ochadi. Lekin adabiy 
yo‘nalsh adabiy oqimga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u  ma’lum  bir  tarixiy-
“adabiyotning yagona qahramoni – so‘z” ekanligini e’tirof etishadi. Ularning fikricha, ko‘nikib qolingan: “Bu o‘rinda muallif nima deyapti?” degan savol o‘rniga: “Sonet bilan nima holat kechyapti?” yoki “ Dikkens romanining qismati qanday?” degan savollar o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu guruhning uch asosiy vakili – Roman YAkobson, Boris Eyxenbaum va Viktor Shklovskiy. Ular adabiyotshunoslikni shakl va yozuvchi texnikasini o‘rganishga yo‘naltirishdi. Turmushni obrazli aks ettirishda ikki asosiy xususiyat, birinchidan, individuallashtirish, borliqni insoniy munosabatlar bilan bog‘lagan holda qayta ishlab chiqish va umumlashtirish, ikkinchidan, turmushni ma’lum ijtimoiy ideallar asosida estetik anglash o‘z ifodasini topadi. Turmushni estetik anglash borliqni qayta yaratish, ijtimoiy ideallarga zid bo‘lgan hodisalarga qarshi kurashish, borliqni badiiy fantaziya asosida tasavvur etish, fantaziyaning ideallarga mos bo‘lishi uchun kurashishdan iboratdir. Qayta ishlash bilan qaytadan tuzish o‘rtasidagi birlik borliqni obrazli aks ettirishning muhim belgisidir. Bu birlikning asosi san’atda aks ettirilgan real borliqdir. Har bir san’at asari borliqni aks ettirish qonunlarini real tarixiy sharoitda amalga oshirish demakdir (J.Koller .Adabiyot nazariyasi va qisqacha adabiyotshunoslikka kirish. – OUP: Buyuk Britaniya. 2011 – 85-bet). Yozuvchining individualligi dunyoqarashining kengligi va ko‘p qirraligida, hayotda yuz berayotgan yangiliklarni tezlik bilan payqab olishi va yoritishida ko‘rinadi. Ijodning yo‘nalishini, hayotiy materiallarni tanlash va yoritish prinsipini esa u yashagan tarixiy davr, muhit belgilab beradi. Tarixiy jarayon badiiy metodlarning ichki aloqasini ham aniqlab beradi. SHu sababli borliqni aks ettirishda yozuvchining u yoki bu metodga murojaat etishini sof sub’ektiv hol deb aytib bo‘lmaydi. Shunday qilib, adabiy yo‘nalish biror tarixiy davrdagi ijodiy prinsiplardan iborat bo‘lib, u real adabiyot taraqqiyoti jarayonida asosiy hayotiy (estetik ideal, ijobiy qahramon, hayotiy jarayon, shu jarayonni harakatga keltiruvchi kuch) masalalarning umumiy tasviri, talqini va bahosida namoyon bo‘ladi. Shu bilan adabiy yo‘nalish yozuvchining dunyoqarashi u yashagan tarixiy muhit bilan bog‘lanadi, o‘zaro aloqada bo‘lgan adabiy oqimlar, guruhlar va maktablar doirasida o‘z badiiy imkoniyatlariga keng yo‘l ochadi. Lekin adabiy yo‘nalsh adabiy oqimga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, u ma’lum bir tarixiy-  
 
adabiy  muhitda  umumadabiy  doirada  harakat qiladi. Adabiy oqim esa adabiy 
yo‘nalishga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u  biror  umumadabiy  doirada  harakat  
qila  olmaydi.   
Masalan,  klassitsizm yo‘nalishi XVII-XVIII asrlar Umumevropa adabiyotida 
harakat qilgan bo‘lsa, adabiy  oqim  bunday  keng  masshtabda  harakat  qila  
olmaydi.  Shuningdek, ma’lum bir davr adabiyotida adabiy yo‘nalish bitta bo‘lib, u 
shu davr adabiy jarayonini  ma’lum  bir  tomonga  yo‘naltirib  Yuboradi  (masalan,  
romantizm yo‘nalishi,  realistik  yo‘nalish  va  h.k.),  ma’lum  bir  davr  adabiyotida  
bir nechta adabiy oqim bo‘lishi mumkin, lekin ular umumadabiy jarayonni biror 
tomonga  yo‘naltira  olmaydi.  (Masalan,  naturalizm,  sentimentalizm, akmeizm, 
futurizm va h. k.) Romantizm,  realizm,  tanqidiy realizm  adabiyot  va  san’atdagi  
ijodiy metodlar  bo‘lib,  ularning  har  biri adabiy  taraqqiyot  jarayonining  ma’lum 
bosqichida  tarixiy-zaruriy  ehtiyoj natijasida  yuzaga  kelgan,  biri  ikkinchisining  
tug‘ilishiga  zamin hozirlagan.  Shuning  uchun  bu  ijodiy  metodlarning  bir-biridan  
farqli belgilarini, har biriga xos xususiyatni bilib olish biror tarixiy davrda yaratilgan  
asarlarning  qanday  yo‘nalishda  yozilganligini  aniqlashimizga yordam beradi. 
Yozuvchi o‘z davri uchun xarakterli hodisa va hayotiy faktlarni  ajratib olib,  
ularni  o‘z  asarida  umumlashtirib  tasvirlar  ekan,  bu  hodisa  va faktlarga o‘z 
munosabatini bildiradi, ularni estetik jihatdan baholaydi. Yozuvchining xuddi ana 
Shu munosabati va bahosida uning qanday tasvirlash prinsipidan, ya’ni qaysi  ijodiy  
metoddan  foydalanganligi o‘z ifodasini topadi. Chunonchi, romantizm hayotning 
o‘zidan ko‘ra ko‘proq turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlash prinsipiga 
asoslanadi. Shuning uchun romantizm metodi  asosida  yaratilgan  asarlarda  hayotiy  
voqelikka  nisbatan  ijodkor erkin  munosabatda  bo‘ladi,  ya’ni  tasvirda  hayotiy  
faktga  qaraganda  badiiy to‘qima  ustunlik  qiladi, fantaziyaga, ramziylikka  va 
mubolag‘aga  keng o‘rin beriladi, yuksak xarakterlarni tasvirlash birinchi planda 
turadi. Romantik asarlarda  yozuvchi  orzu  qilgan  narsalar  ideallashtirib  
tasvirlanadi,  shu bilan yozuvchilarning o‘zlari yashab turgan hayotdan noroziligi 
ifodalanadi. Shuning uchun bunday asarlarda yozuvchi yashagan davr, ijtimoiy 
munosabatlar ifodalanishi bilan birga, asar qahramoni hukmron sinfga qarshi 
qo‘yiladi. Romantik yozuvchilar yaratgan obrazlar butunlay hayot haqiqatidan uzoq, 
undan  ajralib  qolmagan  bo‘lsalar  ham,  biroq  bu  obrazlar  bevosita  hayotiy 
adabiy muhitda umumadabiy doirada harakat qiladi. Adabiy oqim esa adabiy yo‘nalishga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u biror umumadabiy doirada harakat qila olmaydi. Masalan, klassitsizm yo‘nalishi XVII-XVIII asrlar Umumevropa adabiyotida harakat qilgan bo‘lsa, adabiy oqim bunday keng masshtabda harakat qila olmaydi. Shuningdek, ma’lum bir davr adabiyotida adabiy yo‘nalish bitta bo‘lib, u shu davr adabiy jarayonini ma’lum bir tomonga yo‘naltirib Yuboradi (masalan, romantizm yo‘nalishi, realistik yo‘nalish va h.k.), ma’lum bir davr adabiyotida bir nechta adabiy oqim bo‘lishi mumkin, lekin ular umumadabiy jarayonni biror tomonga yo‘naltira olmaydi. (Masalan, naturalizm, sentimentalizm, akmeizm, futurizm va h. k.) Romantizm, realizm, tanqidiy realizm adabiyot va san’atdagi ijodiy metodlar bo‘lib, ularning har biri adabiy taraqqiyot jarayonining ma’lum bosqichida tarixiy-zaruriy ehtiyoj natijasida yuzaga kelgan, biri ikkinchisining tug‘ilishiga zamin hozirlagan. Shuning uchun bu ijodiy metodlarning bir-biridan farqli belgilarini, har biriga xos xususiyatni bilib olish biror tarixiy davrda yaratilgan asarlarning qanday yo‘nalishda yozilganligini aniqlashimizga yordam beradi. Yozuvchi o‘z davri uchun xarakterli hodisa va hayotiy faktlarni ajratib olib, ularni o‘z asarida umumlashtirib tasvirlar ekan, bu hodisa va faktlarga o‘z munosabatini bildiradi, ularni estetik jihatdan baholaydi. Yozuvchining xuddi ana Shu munosabati va bahosida uning qanday tasvirlash prinsipidan, ya’ni qaysi ijodiy metoddan foydalanganligi o‘z ifodasini topadi. Chunonchi, romantizm hayotning o‘zidan ko‘ra ko‘proq turmush haqidagi orzu-umidlarni tasvirlash prinsipiga asoslanadi. Shuning uchun romantizm metodi asosida yaratilgan asarlarda hayotiy voqelikka nisbatan ijodkor erkin munosabatda bo‘ladi, ya’ni tasvirda hayotiy faktga qaraganda badiiy to‘qima ustunlik qiladi, fantaziyaga, ramziylikka va mubolag‘aga keng o‘rin beriladi, yuksak xarakterlarni tasvirlash birinchi planda turadi. Romantik asarlarda yozuvchi orzu qilgan narsalar ideallashtirib tasvirlanadi, shu bilan yozuvchilarning o‘zlari yashab turgan hayotdan noroziligi ifodalanadi. Shuning uchun bunday asarlarda yozuvchi yashagan davr, ijtimoiy munosabatlar ifodalanishi bilan birga, asar qahramoni hukmron sinfga qarshi qo‘yiladi. Romantik yozuvchilar yaratgan obrazlar butunlay hayot haqiqatidan uzoq, undan ajralib qolmagan bo‘lsalar ham, biroq bu obrazlar bevosita hayotiy  
 
haqiqatning  badiiy  haqiqatga  aylangan  obrazi  bo‘lmay,  balki  ular  orzu qilgan 
hayotning in’ikosidan iborat. Romantizm  metodi  asosida  yaratilgan  asardagi  
obrazlar  romantiq obrazlar  deyiladi.  Masalan.  Alisher  Navoiy  ijodidagi  Farhod,  
Shirin, Layli,  Majnun  va  boshqa  obrazlar  romantiq  obrazlar  namunasi  bo‘lib, 
yozuvchi  bu  obrazlar  orqali  o‘zining  ilg‘or,  olijanob  orzu-umidlarini ifodalagan. 
Realizm  yozuvidan  hayotni  badiiy  obrazlarda  butun  to‘laligi  bilan 
haqqoniy va to‘g‘ri tasvirlashni talab etadi. Realizm kurtaklari adabiyot va san’at  
tarixining  dastlabki  bosqichlaridayoq  mavjud  bo‘lib,  uning  butun tarixiy  
taraqqiyoti  bilan  bog‘liq  holda  rivojlanib,  turli  xarakter  kasb etib keldi va nihoyat, 
ijodiy metodga aylandi. Realizm  ijodiy  metod  sifatida  yozuvchiga  hayotiy  
haqiqatni  to‘la  va mukammal  tasvirlash,  uning  kengroq  badiiy  umumlashtirish  
imkonini beradi.  Realizm  ijodiy  metod  sifatida  aniq  va  tarixiy  xarakter  kasb 
etadi.  Chunki  u  ijtimoiy  hayot,  inson  ongining  o‘sishi  bilan  bog‘liq  holda o‘sib, 
rivojlanib boradi, mohiyati va ijtimoiy-estitek vazifasi kengayadi. Realist 
yozuvchilar jamiyatning barcha yaramas illatlarini shafqatsiz tanqid qildilar.  
Shuning  uchun  ham  XIX  asr  rus  realizm-tanqidiy  realizm  deb ataladi. Demak,  
tanqidiy  realizmning  asosiy  xususiyati  hayotdagi  salbiy hodisalarni chuqur va 
haqqoniy tasvirlashdan iboratdir. Tanqidiy realizm xalqparvarlik,  vatanparvarlik  
g‘oyalariga  asoslanadi.  U  shu  ilg‘or  g‘oyalar pozitsiyasidan  turib  turmush  
hodisalariga  baho  beradi,  mehnatkash  xalq manfaatlariga,  ijtimoiy  hayot  
taraqqiyotiga,  adolatli  turmush  uchun olib borilgan kurashlarga va bu yo‘ldagi 
intilishlarga to‘sqinlik qilgan turmush illatlarini  keskin  qoralaydi,  ularni  tanqid  
ostiga  oladi,  fosh  qiladi.  
Masalan,  Muqimiyning  "Tanobchilar"  va  «Dodxohim»,  Avaz  O‘tarning 
«Sipohilariga»  asarlarida  chorizm  davrida  mahalliy  hokimiyat idoralarida  
ishlovchi  amaldorlarning  tipik  obrazi  (Hakimjon,  Sulton Alixo‘ja va boshqalar) 
yaratildi, ular orqali amaldorlarning yovuz niyatlari, iflos  kirdikorlari  fosh  etildi,  
Shu  yil  bilan  o‘sha  davrdagi  ijtimoiy tuzumning  tub  mohiyati  ochib  tashlandi.  
Bu-tanqidiy  realizm  adabiyoti vakillarining  ezilgan  xalqqa  xayrixohligidan,  
yorqin  kelajakka  ishonch bilan qarashidan, hayotdan ijobiy qahramon izlashidan 
dalolatdir. O‘zbek  adabiyotida  realizm  tendensiya  sifatida  klassik 
adabiyotimizning  ko‘pgina  namoyandalari  ijodida  mavjud   edi.  Masalan, Lutfiy, 
haqiqatning badiiy haqiqatga aylangan obrazi bo‘lmay, balki ular orzu qilgan hayotning in’ikosidan iborat. Romantizm metodi asosida yaratilgan asardagi obrazlar romantiq obrazlar deyiladi. Masalan. Alisher Navoiy ijodidagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqa obrazlar romantiq obrazlar namunasi bo‘lib, yozuvchi bu obrazlar orqali o‘zining ilg‘or, olijanob orzu-umidlarini ifodalagan. Realizm yozuvidan hayotni badiiy obrazlarda butun to‘laligi bilan haqqoniy va to‘g‘ri tasvirlashni talab etadi. Realizm kurtaklari adabiyot va san’at tarixining dastlabki bosqichlaridayoq mavjud bo‘lib, uning butun tarixiy taraqqiyoti bilan bog‘liq holda rivojlanib, turli xarakter kasb etib keldi va nihoyat, ijodiy metodga aylandi. Realizm ijodiy metod sifatida yozuvchiga hayotiy haqiqatni to‘la va mukammal tasvirlash, uning kengroq badiiy umumlashtirish imkonini beradi. Realizm ijodiy metod sifatida aniq va tarixiy xarakter kasb etadi. Chunki u ijtimoiy hayot, inson ongining o‘sishi bilan bog‘liq holda o‘sib, rivojlanib boradi, mohiyati va ijtimoiy-estitek vazifasi kengayadi. Realist yozuvchilar jamiyatning barcha yaramas illatlarini shafqatsiz tanqid qildilar. Shuning uchun ham XIX asr rus realizm-tanqidiy realizm deb ataladi. Demak, tanqidiy realizmning asosiy xususiyati hayotdagi salbiy hodisalarni chuqur va haqqoniy tasvirlashdan iboratdir. Tanqidiy realizm xalqparvarlik, vatanparvarlik g‘oyalariga asoslanadi. U shu ilg‘or g‘oyalar pozitsiyasidan turib turmush hodisalariga baho beradi, mehnatkash xalq manfaatlariga, ijtimoiy hayot taraqqiyotiga, adolatli turmush uchun olib borilgan kurashlarga va bu yo‘ldagi intilishlarga to‘sqinlik qilgan turmush illatlarini keskin qoralaydi, ularni tanqid ostiga oladi, fosh qiladi. Masalan, Muqimiyning "Tanobchilar" va «Dodxohim», Avaz O‘tarning «Sipohilariga» asarlarida chorizm davrida mahalliy hokimiyat idoralarida ishlovchi amaldorlarning tipik obrazi (Hakimjon, Sulton Alixo‘ja va boshqalar) yaratildi, ular orqali amaldorlarning yovuz niyatlari, iflos kirdikorlari fosh etildi, Shu yil bilan o‘sha davrdagi ijtimoiy tuzumning tub mohiyati ochib tashlandi. Bu-tanqidiy realizm adabiyoti vakillarining ezilgan xalqqa xayrixohligidan, yorqin kelajakka ishonch bilan qarashidan, hayotdan ijobiy qahramon izlashidan dalolatdir. O‘zbek adabiyotida realizm tendensiya sifatida klassik adabiyotimizning ko‘pgina namoyandalari ijodida mavjud edi. Masalan, Lutfiy,  
 
Navoiy, Mashrab  kabi  shoirlar  ijodidagi  realizm  endensiyalari keyinchalik  Turdi,  
Maxmur,  Gulxaniylar  ijodida  va,  nihoyat,  Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar 
kabi demokratik adabiyotimiz vakillari ijodida taraqqiy  etadi.  Chunonchi,  
Muqimiyning  «Hapalak  qishlog‘i  to‘g‘risida», «Tanobchilar»,  Avaz  O‘tarning  
«Xalq»,  «Ulamolarga»,  Zavqiyning «Qahatchilik»  she’rlarida  o‘zlari  yashagan  
davr  hayotining  realistik lavhalari ifodalangan. Metodlarning  o‘zaro  birligi  har  
qaysi  yozuvchida  o‘ziga  xos  ravishda shaxsiy iste’dod, madaniy saviya va hayotiy 
tajribaga, ya’ni ijodiy uslubga qarab  yuzaga  keladi.  Metodni  kompasga  o‘xshatish  
mumkin:  u  yozuvchi ijodining yo‘nalishini, shu yo‘nalishda oldingaqarab borishini 
ko‘rsatadi.  
Metod yozuvchi ijodida individual holda yuzaga keladi. Chunki yozuvchi 
hayotni ma’lum  nuqtai  nazardan  baholaydi,  hayotdan  o‘z  ijodi  uchun  kerakli 
materialni  ajratib  oladi  va  uni  o‘zining  hayotiy  tajribalari,  o‘z mulohazalari 
asosida aks ettiradi. Hayotni aks ettirishdagi uslubi orqali uning  badiiy  metodi  
aniqlanadi.  Shu  zaylda  metod  tushunchasi  uslub tushunchasi  bilan  uzviy  
bog‘lanadi.  Metod faqat aniq badiiy ijodda ko‘rinadi. Biz asarni analiz qilish bilan 
Yozuvchi uslubi  haqida  tasavvurga  ega  bo‘lamiz;  turli  yozuvchilar  uslubini  
o‘zaro qiyoslash bilan ularni birlashtiruvchi badiiy metodni aniqlaymiz. Demak, 
uslub yozuvchi ijodi uchun xarakterli  bo‘lgan  ifodalash  yo‘lini. g‘oyaviy-badiiy 
xususiyatlar birligini, dunyoqarashlarning  umumiyligini anglatadi.  Metodning  
o‘zgarishi uslubga,  shubhasiz,  o‘z  ta’sirini ko‘rsatadi.  Alohida  olib  qaralgan biror  
asarning  uslubi  yozuvchining butun  ijodiga  xos  uslub taraqqiyotining  
bosqichlaridan biridir. Uslubning qanday bo‘lishi Yozuvchi iste’dodining 
yo‘nalishiga ham bog‘liq.  Shu  ma’noda  uslub  jamiyat  taraqqiyoti  bilan  
o‘zgaruvchi  tarixiy hodisadir.  Chunonchi,  yozuvchi  asar  yozishdan  oldin  hayotni  
o‘rganadi,  voqea-hodisalarni,  odamlarni  kuzatadi,  material  to‘playdi.  Ana  SHu  
jarayonda unda g‘oyaviy maqsad paydo bo‘ladi. Bu g‘oyaviy maqsad YOzuvchining 
dunyoqarashi bilan  uzviy  bog‘lanadi.  Chunki  yozuvchi  hayotni  kuzatish  
jarayonida  o‘z dunyoqarashiga ko‘ra voqea va kishilar bilan munosabatda bo‘ladi. 
Ularni o‘z ongida  qayta  ishlashda  faktlarni  saralab,  eng  zarurlarini  tanlab  oladi, 
so‘ngra yozishga kirishadi. Asarda turmush voqealari va kishilar yozuvchining 
dunyoqarashi  orqali  o‘z  ifodasini  topadi.  Yozuvchi  uslubi  ham  mustaqillik kasb 
Navoiy, Mashrab kabi shoirlar ijodidagi realizm endensiyalari keyinchalik Turdi, Maxmur, Gulxaniylar ijodida va, nihoyat, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Avaz O‘tar kabi demokratik adabiyotimiz vakillari ijodida taraqqiy etadi. Chunonchi, Muqimiyning «Hapalak qishlog‘i to‘g‘risida», «Tanobchilar», Avaz O‘tarning «Xalq», «Ulamolarga», Zavqiyning «Qahatchilik» she’rlarida o‘zlari yashagan davr hayotining realistik lavhalari ifodalangan. Metodlarning o‘zaro birligi har qaysi yozuvchida o‘ziga xos ravishda shaxsiy iste’dod, madaniy saviya va hayotiy tajribaga, ya’ni ijodiy uslubga qarab yuzaga keladi. Metodni kompasga o‘xshatish mumkin: u yozuvchi ijodining yo‘nalishini, shu yo‘nalishda oldingaqarab borishini ko‘rsatadi. Metod yozuvchi ijodida individual holda yuzaga keladi. Chunki yozuvchi hayotni ma’lum nuqtai nazardan baholaydi, hayotdan o‘z ijodi uchun kerakli materialni ajratib oladi va uni o‘zining hayotiy tajribalari, o‘z mulohazalari asosida aks ettiradi. Hayotni aks ettirishdagi uslubi orqali uning badiiy metodi aniqlanadi. Shu zaylda metod tushunchasi uslub tushunchasi bilan uzviy bog‘lanadi. Metod faqat aniq badiiy ijodda ko‘rinadi. Biz asarni analiz qilish bilan Yozuvchi uslubi haqida tasavvurga ega bo‘lamiz; turli yozuvchilar uslubini o‘zaro qiyoslash bilan ularni birlashtiruvchi badiiy metodni aniqlaymiz. Demak, uslub yozuvchi ijodi uchun xarakterli bo‘lgan ifodalash yo‘lini. g‘oyaviy-badiiy xususiyatlar birligini, dunyoqarashlarning umumiyligini anglatadi. Metodning o‘zgarishi uslubga, shubhasiz, o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Alohida olib qaralgan biror asarning uslubi yozuvchining butun ijodiga xos uslub taraqqiyotining bosqichlaridan biridir. Uslubning qanday bo‘lishi Yozuvchi iste’dodining yo‘nalishiga ham bog‘liq. Shu ma’noda uslub jamiyat taraqqiyoti bilan o‘zgaruvchi tarixiy hodisadir. Chunonchi, yozuvchi asar yozishdan oldin hayotni o‘rganadi, voqea-hodisalarni, odamlarni kuzatadi, material to‘playdi. Ana SHu jarayonda unda g‘oyaviy maqsad paydo bo‘ladi. Bu g‘oyaviy maqsad YOzuvchining dunyoqarashi bilan uzviy bog‘lanadi. Chunki yozuvchi hayotni kuzatish jarayonida o‘z dunyoqarashiga ko‘ra voqea va kishilar bilan munosabatda bo‘ladi. Ularni o‘z ongida qayta ishlashda faktlarni saralab, eng zarurlarini tanlab oladi, so‘ngra yozishga kirishadi. Asarda turmush voqealari va kishilar yozuvchining dunyoqarashi orqali o‘z ifodasini topadi. Yozuvchi uslubi ham mustaqillik kasb  
 
etadi. Har bir yozuvchining dunyoqarashi va uslubining shakllanishida u yashab,  
ijod  etgan  muhit  va  sharoit  bilan  birga,  uning  adabiy  merosni o‘rganishi,  ustoz  
san’atkorlar  an’analarini  ijodiy  o‘zlashtirishi  muhim rol o‘ynaydi.  
Yozuvchining uslubi keng ma’noda adabiy faoliyat davomida shakllangan 
o‘ziga  xos  individuallik  bilan  birga  shu  individuallikni  ta’minlangan ijodiy  
ta’sirini  o‘z  ichiga  oladi.  Yozuvchining  badiiy  uslubi  shu  ma’noda individuallik 
bilan ijodiy ta’sirning birligidan iboratdir.Yozuvchilar  ijodida  g‘oyaviy-estetik  
pozitsiya  jihatidan  umumiylik bo‘lsa  ham,  badiiy  ifodada,  obrazlar  sismavzusida,  
tasvir  uslubida individuallik  mavjuddir. Oybek  uslubiga  xos xususiyatlar  uning  
portret va  peyzaj  chizishida,  tilida  yaqqol  sezilib  turadi.  Masalan,  so‘zlovchining 
maqsadini  bildirishda  ta’kidlash  usulini  ko‘proq  qo‘llaydi:  “Yulduzli tunlar 
«Sodda,  odamshavanda,  quvnoq  qizni  O‘ktam  nihoyatda  hurmat  qilar edi»  
(«Oltin  vodiydan  shabadalar»);  «Yaxshi  odam  edi  u.  Sodda,  to‘g‘ri  so‘z, insofli, 
rahmdil odam» («Navoiy») va hokazo. 
Har  bir  yozuvchi  o‘zini  qiziqtirgan  hayotiy  voqealarga  e’tibor  beradi va  
ularni  o‘ziga  xos  tarzda  aks  ettiradi.  Bir  yozuvchini  sinflar, kishilarning  keskin  
to‘qnashuvi,  ikkinchi  yozuvchini  qahramonning  ichki dunyosi, ruhiy holati, 
boshqa bir yozuvchini tabiat go‘zalligi qiziqtiradi va uni  asarida  ifodalaydi.  
Masalan,  P.Qodirov  ko‘proq  tarixiy  mavzu qiziqtiradi, uning “Yulduzli tunlar”, 
“Avlodlar dovoni”, kabi asarlarida Boburiylar  tarixi,  Hindiston  hayoti  voqealari  
umumlashtirib  aks ettirilgan.  
Uslub  u  yoki  bu  asar  g‘oyasida  aks  etadi.  «Asarning  bosh  g‘oyasi,  asosiy 
g‘oyaviy  yo‘nalishiga  qarab  yozuvchi  turmush  materialini,  obrazlar sismavzusini,  
syujetini,  kompozitsiyani  va  badiiy  asarning  boshqa komponentlarini tanlaydi va 
saralaydi». Uslub  yozuvchi  asarining  janr  xususiyatini  ham  o‘z  ichiga  oladi. 
Shunday  qilib,  yozuvchi  uslubi  g‘oya,  mavzu,  til,  kompozitsiya,  obraz  va  janr 
elementlaridan tashkil topadi, yozuvchi o‘zining ijodiy faoliyatida ulardan o‘ziga 
xos uslubda foydalanadi. 
Uslub ijodkorning ijodiy individualligini belgilaydi, ijodiy individuallik esa u 
yaratgan badiiy asarning barcha satxlarida (badiiy matnning tuzilishi - ritorika, 
badiiy voqelikni yaratish prinsiplari – poetika) namoyon bo‘ladi. "Uslub - odam" 
degan qarashning vujudga kelishi bejiz emas: asar o‘zida ijodkor shaxsini ifodalar 
etadi. Har bir yozuvchining dunyoqarashi va uslubining shakllanishida u yashab, ijod etgan muhit va sharoit bilan birga, uning adabiy merosni o‘rganishi, ustoz san’atkorlar an’analarini ijodiy o‘zlashtirishi muhim rol o‘ynaydi. Yozuvchining uslubi keng ma’noda adabiy faoliyat davomida shakllangan o‘ziga xos individuallik bilan birga shu individuallikni ta’minlangan ijodiy ta’sirini o‘z ichiga oladi. Yozuvchining badiiy uslubi shu ma’noda individuallik bilan ijodiy ta’sirning birligidan iboratdir.Yozuvchilar ijodida g‘oyaviy-estetik pozitsiya jihatidan umumiylik bo‘lsa ham, badiiy ifodada, obrazlar sismavzusida, tasvir uslubida individuallik mavjuddir. Oybek uslubiga xos xususiyatlar uning portret va peyzaj chizishida, tilida yaqqol sezilib turadi. Masalan, so‘zlovchining maqsadini bildirishda ta’kidlash usulini ko‘proq qo‘llaydi: “Yulduzli tunlar «Sodda, odamshavanda, quvnoq qizni O‘ktam nihoyatda hurmat qilar edi» («Oltin vodiydan shabadalar»); «Yaxshi odam edi u. Sodda, to‘g‘ri so‘z, insofli, rahmdil odam» («Navoiy») va hokazo. Har bir yozuvchi o‘zini qiziqtirgan hayotiy voqealarga e’tibor beradi va ularni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Bir yozuvchini sinflar, kishilarning keskin to‘qnashuvi, ikkinchi yozuvchini qahramonning ichki dunyosi, ruhiy holati, boshqa bir yozuvchini tabiat go‘zalligi qiziqtiradi va uni asarida ifodalaydi. Masalan, P.Qodirov ko‘proq tarixiy mavzu qiziqtiradi, uning “Yulduzli tunlar”, “Avlodlar dovoni”, kabi asarlarida Boburiylar tarixi, Hindiston hayoti voqealari umumlashtirib aks ettirilgan. Uslub u yoki bu asar g‘oyasida aks etadi. «Asarning bosh g‘oyasi, asosiy g‘oyaviy yo‘nalishiga qarab yozuvchi turmush materialini, obrazlar sismavzusini, syujetini, kompozitsiyani va badiiy asarning boshqa komponentlarini tanlaydi va saralaydi». Uslub yozuvchi asarining janr xususiyatini ham o‘z ichiga oladi. Shunday qilib, yozuvchi uslubi g‘oya, mavzu, til, kompozitsiya, obraz va janr elementlaridan tashkil topadi, yozuvchi o‘zining ijodiy faoliyatida ulardan o‘ziga xos uslubda foydalanadi. Uslub ijodkorning ijodiy individualligini belgilaydi, ijodiy individuallik esa u yaratgan badiiy asarning barcha satxlarida (badiiy matnning tuzilishi - ritorika, badiiy voqelikni yaratish prinsiplari – poetika) namoyon bo‘ladi. "Uslub - odam" degan qarashning vujudga kelishi bejiz emas: asar o‘zida ijodkor shaxsini ifodalar  
 
ekan, buni uslubda namoyon etadi. Aytaylik, A.Qahhorga xos jumla tuzish, 
A.Qahhorga xos rivoya, A.Qahhorga xos badiiy detallar funksionalligi, A.Qahhorga 
xos syujet qurilishi deya olishimizning boisi shundaki, bularning bari A.Qahhor 
uslubi bilan, uning ijodiy o‘ziga xosligi bilan izohlanadi. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
1. Badiiy uslub nima? 
2. Yozuvchi uslubini qanday shakllanadi? 
3. Uslub va adabiy oqim munosabatini tushuntiring. 
4. Uslubning umumiy xususiyatlari nimalardan iborat? 
5. Uslubda xususiylik nimani anglatadi? 
6. Yozuvchi uslubining muhim xususiyatlarini sanab bering. 
7. ”Abdulla Qahhor uslubi” mavzusida tezis tayyorlang. 
8. ”Ijodkor uslubi” mavzusida ilmiy maqola yozing. 
9. A.Hayitmetovning “Navoiyning badiiy mahorati” kitobini (Toshkent: Fan, 
1987) kitobini konspektlashtirish. 
 
Adabiyotlar: 
1. Arastu. Poetika. Axloqi kabir. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004  
2. Boltaboyev H. Nasr va uslub. – Toshkent: Fan, 1992. 
3. Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. 
4. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslikka nazariyasi. – Toshkent: G’afur G’ulom 
nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2018. 
5. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari uchun qoʻllanma. – 
Toshkent: O‘qituvchi, 1995. 
 
ekan, buni uslubda namoyon etadi. Aytaylik, A.Qahhorga xos jumla tuzish, A.Qahhorga xos rivoya, A.Qahhorga xos badiiy detallar funksionalligi, A.Qahhorga xos syujet qurilishi deya olishimizning boisi shundaki, bularning bari A.Qahhor uslubi bilan, uning ijodiy o‘ziga xosligi bilan izohlanadi. Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Badiiy uslub nima? 2. Yozuvchi uslubini qanday shakllanadi? 3. Uslub va adabiy oqim munosabatini tushuntiring. 4. Uslubning umumiy xususiyatlari nimalardan iborat? 5. Uslubda xususiylik nimani anglatadi? 6. Yozuvchi uslubining muhim xususiyatlarini sanab bering. 7. ”Abdulla Qahhor uslubi” mavzusida tezis tayyorlang. 8. ”Ijodkor uslubi” mavzusida ilmiy maqola yozing. 9. A.Hayitmetovning “Navoiyning badiiy mahorati” kitobini (Toshkent: Fan, 1987) kitobini konspektlashtirish. Adabiyotlar: 1. Arastu. Poetika. Axloqi kabir. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004 2. Boltaboyev H. Nasr va uslub. – Toshkent: Fan, 1992. 3. Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2005. 4. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslikka nazariyasi. – Toshkent: G’afur G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2018. 5. Fitrat A. Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari uchun qoʻllanma. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.