Badiiylik belgilari va mezonlari

Yuklangan vaqt

2025-01-16

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

9

Faytl hajmi

24,5 KB


 
 
 
 
 
 
Badiiylik belgilari va mezonlari 
 
Reja: 
1. Badiiy adabiyot spetsifikasi.  
2. Badiiylik belgilari. Adabiyot – so‘z san’ati.  
3. So‘z san’atining vazifalari, xususiyatlari.  
4. Badiiylik mezonlari. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Badiiylik belgilari va mezonlari Reja: 1. Badiiy adabiyot spetsifikasi. 2. Badiiylik belgilari. Adabiyot – so‘z san’ati. 3. So‘z san’atining vazifalari, xususiyatlari. 4. Badiiylik mezonlari.  
 
Tayanch tusunchalar: Badiiy adabiyot, spetsifika, badiiylik belgilari, 
adabiyot, so‘z san’ati, badiiylik mezonlari. 
 
Badiiy adabiyot “go‘zal, nafis” so‘zalaridan olingan sifat bo‘lib, badiiyatga, 
san`atga aloqador degan ma’noni bildiradi. Badiiylik istilohi ancha keng qamrovli 
tushuncha bo‘lib, uning zamirida yangilikni anglatish, go‘zallikni his etish, ijodiy 
muloqot singari ma’nolar umumlashgan. Adabiyotda badiiylik deganda, adabiy 
asarning o‘ziga xos xususiyati badiiy timsollarining mahorat bilan ishlanishi nazarda 
tutiladi. Badiiylik alohida asarga nisbatan qo ‘llanilganda undagi badiiy niyat va 
ifoda uyg‘unligi, janr talabalari ijodkor iste’dodi, tabiati va umuman olganda, shakl 
va mazmun munosabati nazarda tutiladi.  
Abdurauf Fitrat san’atni ikkiga bo‘ladi: 
1. Tasviriy tur – rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilik 
2. Ifodaviy tur – raqs, musiqa, badiiy adabiyot. 
San’at boshqa hodisalar qatorida dunyoni o‘rganish vositasidir. Agar unga  
sho‘rolar davrida shakllangan ijtimoiy ong shakllari sifatida qarasak, san’at, fan, din, 
axloq, siyosiy qarashlar kabi dunyoni o‘rganish vositasi hisoblanishi mumkin, biroq, 
u boshqalardan farqli ravishda dunyoni obraz (timsol) vositasida o‘rganadi va ifoda 
qiladi. San’atning asosiy vazifasi borliqni obrazlar vositasida ifoda qilmoqlikdir. 
Mana shu ifodalanish jarayoni san’atning har bir turida o‘ziga xos tarzda  namoyon 
bo‘ladi. Uning turlari, ifoda qurollari, vositalari, materialiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. 
Raqs harkatlar, musiqa tovushlar, rassomlik bo‘yoq va ranglar, haykaltaroshlik va 
me’morlik o‘z materiallari bilan obrazlar yaratishga xizmat qilsa, badiiy 
adabiyotning 
ifoda 
vositasi 
ham, 
materiali 
ham 
so‘z 
hisoblanadi. 
Adabiyotshunoslikka kirish kursida, badiiy adabiyotning uni o‘rganishning umumiy 
tamoyillari, adabiyotni san’atning turi sifatidagi holati, adabiyotshunoslikka oid faol 
istilohlarning mohiyati o‘rganiladi. 
Cho‘lponning “Adabiyot nadur” maqolasida tuyg‘ularga ta‘sir etib tuyg‘u 
uyg‘otish badiiy asarning vazifasidir. Badiiylik orqali tuyg‘ular tarbiyalanadi.  
Badiiy adabiyotdagi go‘zallik, san’atdagi go‘zallikka nisbatan turg‘unroqdir. 
Yunonlarda nima foyda keltirsa o‘sha go‘zal. 
Tayanch tusunchalar: Badiiy adabiyot, spetsifika, badiiylik belgilari, adabiyot, so‘z san’ati, badiiylik mezonlari. Badiiy adabiyot “go‘zal, nafis” so‘zalaridan olingan sifat bo‘lib, badiiyatga, san`atga aloqador degan ma’noni bildiradi. Badiiylik istilohi ancha keng qamrovli tushuncha bo‘lib, uning zamirida yangilikni anglatish, go‘zallikni his etish, ijodiy muloqot singari ma’nolar umumlashgan. Adabiyotda badiiylik deganda, adabiy asarning o‘ziga xos xususiyati badiiy timsollarining mahorat bilan ishlanishi nazarda tutiladi. Badiiylik alohida asarga nisbatan qo ‘llanilganda undagi badiiy niyat va ifoda uyg‘unligi, janr talabalari ijodkor iste’dodi, tabiati va umuman olganda, shakl va mazmun munosabati nazarda tutiladi. Abdurauf Fitrat san’atni ikkiga bo‘ladi: 1. Tasviriy tur – rassomlik, haykaltaroshlik, me’morchilik 2. Ifodaviy tur – raqs, musiqa, badiiy adabiyot. San’at boshqa hodisalar qatorida dunyoni o‘rganish vositasidir. Agar unga sho‘rolar davrida shakllangan ijtimoiy ong shakllari sifatida qarasak, san’at, fan, din, axloq, siyosiy qarashlar kabi dunyoni o‘rganish vositasi hisoblanishi mumkin, biroq, u boshqalardan farqli ravishda dunyoni obraz (timsol) vositasida o‘rganadi va ifoda qiladi. San’atning asosiy vazifasi borliqni obrazlar vositasida ifoda qilmoqlikdir. Mana shu ifodalanish jarayoni san’atning har bir turida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Uning turlari, ifoda qurollari, vositalari, materialiga ko‘ra o‘zaro farqlanadi. Raqs harkatlar, musiqa tovushlar, rassomlik bo‘yoq va ranglar, haykaltaroshlik va me’morlik o‘z materiallari bilan obrazlar yaratishga xizmat qilsa, badiiy adabiyotning ifoda vositasi ham, materiali ham so‘z hisoblanadi. Adabiyotshunoslikka kirish kursida, badiiy adabiyotning uni o‘rganishning umumiy tamoyillari, adabiyotni san’atning turi sifatidagi holati, adabiyotshunoslikka oid faol istilohlarning mohiyati o‘rganiladi. Cho‘lponning “Adabiyot nadur” maqolasida tuyg‘ularga ta‘sir etib tuyg‘u uyg‘otish badiiy asarning vazifasidir. Badiiylik orqali tuyg‘ular tarbiyalanadi. Badiiy adabiyotdagi go‘zallik, san’atdagi go‘zallikka nisbatan turg‘unroqdir. Yunonlarda nima foyda keltirsa o‘sha go‘zal.  
 
G‘. G‘ulomning “ Go‘zallik nima?” she’rida “go‘zallik qora qosh, shirin so‘zlarda 
emas, peshonadan oqqan ter, mehnat qilib topilgan rizqlarda”, - deydi.  
O‘zining badiiy xususiyati bilan ijodiy faoliyat, boshqa ilmiy va ruhoniy turlardan 
farq qiladi, ko‘pincha badiiylik tushunchasi san’at asarini baholovchi o‘lchov 
sifatida qaraladi. Badiiy ijod faoliyatining yuqoridagi turlardan farqi shundaki, u 
shaxsning ruhiy ehtiyojini qondiradi, insonlararo estetik munosabatni tuyg‘ular 
asosida shakllanishiga xizmat qiladi. Badiiylik hamon mezon o‘lchovi ekan, uning 
butunligini ta’minlovchi qonunlar, qoidalar nimalarda ko‘rinadi? Badiiylik talablari 
quyidagilarda aks etadi: 
1. Badiiy butunlik va uni ta‘minlovchi jihatlar (shakl va mazmun birligi) 
2. Badiiy shartlilik tamoyillari 
3. Maxsus kitobxon (adresat) ga yo‘naltirishligi 
4. Individuallashtirish yoki ijodiy o‘ziga xoslik 
5. Ijodiy umumlashtirish qonuniyati 
Individuvallashtirishni ilm qabul qilolmaydi, u badiiylikka xos. Badiiylikda 
o‘zgaruvchanlik bor, lekin u o‘ziga xos. Masalan, Sh. Xolmirzayev obrazlarning 
tasvirini keltirmaydi, uning kimligini gap so‘zlari ko‘rsatadi. O‘.Hoshimov esa 
obrazlarni obdon tashqi ko‘rinishini keltiradi. 
Adabiy asarning yaxlitligini undagi shakl va mazmunning o‘zaro mutanosibligida 
ko‘rinadi. Har qanday hodisaning ikkinchi muhim tomoni ya’ni shakl va mazmun 
uyg‘unligi, munosibligi zarur shartlardan hisoblanadi. Biror hodisaning mohiyati, 
asosi uning mazmunida aks etsa, badiiy shakl ifoda vositasi hisoblanadi. Shakl va 
mazmunni bir-biridan ajratib bo‘lmaganidek, ulardan birini yuqoriroq baholab 
ikkinchisini nomuhim deb belgilab bo‘lmaydi. Lekin adabiy istiloh sifatida ular bir-
birdan farqlanadi. Badiiy (ijodiy) niyat, mavzu, g‘oya, muommo, tendensiya, badiiy 
mazmunning jihatlari hisoblansa, obraz, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq, konflikt, 
detal va boshqalar badiiylik unsurlari hisoblanadi. Ularning o‘zaro aloqadorligi va 
jonli harakati asosida badiiy asar vujudga keladi. 
Adabiyot (arabcha:  ادب– axloq) –  san’at ommaviy turlaridan biri, so‘z san’ati 
(rus  t.da slovesnoe iskusstvo). Amaliyotda qo‘llanishiga ko‘ra badiiy adabiyot, nafis 
adabiyot deb ham yuritiladi. San’atning boshqa turlaridan borliqni va ruhiyatni idrok 
etish usuli va ifoda etish quroliga ko‘ra farqlanadi. San’atning barcha turlarida 
G‘. G‘ulomning “ Go‘zallik nima?” she’rida “go‘zallik qora qosh, shirin so‘zlarda emas, peshonadan oqqan ter, mehnat qilib topilgan rizqlarda”, - deydi. O‘zining badiiy xususiyati bilan ijodiy faoliyat, boshqa ilmiy va ruhoniy turlardan farq qiladi, ko‘pincha badiiylik tushunchasi san’at asarini baholovchi o‘lchov sifatida qaraladi. Badiiy ijod faoliyatining yuqoridagi turlardan farqi shundaki, u shaxsning ruhiy ehtiyojini qondiradi, insonlararo estetik munosabatni tuyg‘ular asosida shakllanishiga xizmat qiladi. Badiiylik hamon mezon o‘lchovi ekan, uning butunligini ta’minlovchi qonunlar, qoidalar nimalarda ko‘rinadi? Badiiylik talablari quyidagilarda aks etadi: 1. Badiiy butunlik va uni ta‘minlovchi jihatlar (shakl va mazmun birligi) 2. Badiiy shartlilik tamoyillari 3. Maxsus kitobxon (adresat) ga yo‘naltirishligi 4. Individuallashtirish yoki ijodiy o‘ziga xoslik 5. Ijodiy umumlashtirish qonuniyati Individuvallashtirishni ilm qabul qilolmaydi, u badiiylikka xos. Badiiylikda o‘zgaruvchanlik bor, lekin u o‘ziga xos. Masalan, Sh. Xolmirzayev obrazlarning tasvirini keltirmaydi, uning kimligini gap so‘zlari ko‘rsatadi. O‘.Hoshimov esa obrazlarni obdon tashqi ko‘rinishini keltiradi. Adabiy asarning yaxlitligini undagi shakl va mazmunning o‘zaro mutanosibligida ko‘rinadi. Har qanday hodisaning ikkinchi muhim tomoni ya’ni shakl va mazmun uyg‘unligi, munosibligi zarur shartlardan hisoblanadi. Biror hodisaning mohiyati, asosi uning mazmunida aks etsa, badiiy shakl ifoda vositasi hisoblanadi. Shakl va mazmunni bir-biridan ajratib bo‘lmaganidek, ulardan birini yuqoriroq baholab ikkinchisini nomuhim deb belgilab bo‘lmaydi. Lekin adabiy istiloh sifatida ular bir- birdan farqlanadi. Badiiy (ijodiy) niyat, mavzu, g‘oya, muommo, tendensiya, badiiy mazmunning jihatlari hisoblansa, obraz, syujet, kompozitsiya, badiiy nutq, konflikt, detal va boshqalar badiiylik unsurlari hisoblanadi. Ularning o‘zaro aloqadorligi va jonli harakati asosida badiiy asar vujudga keladi. Adabiyot (arabcha: ادب– axloq) – san’at ommaviy turlaridan biri, so‘z san’ati (rus t.da slovesnoe iskusstvo). Amaliyotda qo‘llanishiga ko‘ra badiiy adabiyot, nafis adabiyot deb ham yuritiladi. San’atning boshqa turlaridan borliqni va ruhiyatni idrok etish usuli va ifoda etish quroliga ko‘ra farqlanadi. San’atning barcha turlarida  
 
obrazli tafakkur mavjud bo‘lsa ham, ular bir-biridan yuqorida-gicha ifoda quroliga 
ko‘ra farqlanadi. Badiiy adabiyotda obraz (timsol) yaratuvchi asosiy va yagona 
vosita so‘zdir. Adabiyot muloqot vositasi bo‘lgan oddiy so‘z (leksema)dan farq 
qilgan holda kishilar o‘y-kechinmalari, his-tuyg‘u, holat va harakatni o‘quvchi 
qalbiga etadigan, unga ta’sir etib, fikr va tuyg‘u uyg‘otuvchi so‘z orqali ifodalaydi. 
Adabiyot ham san’atning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotning 
mezoni uning g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal bo‘lishini talab etadi. 
Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. 
Adabiyot dunyoni ijodiy o‘zlashtirar ekan, o‘z mahsuli bo‘lgan badiiy asarni 
muallifning sub’ektiv qarashlari asosiga quradi, borliqni ifodalovchi va aks 
ettiruvchigina emas, balki qayta yaratuvchidir. Bu jarayonda adabiyot tabiat va 
jamiyatga taqlid (mimesis) qilsa ham, unga aynan o‘xshashlik yo‘lini tanlamaydi, 
balki ijodkor ongi va shuurida pishib etilgan mukammal timsol va personajlar orqali 
borliq mohiyatini anglashga o‘rgatadi. Adabiyotning vazifasi obraz (timsol) yaratish 
ekan, bu ijodiy jarayonda go‘zallik qonuniyatlari asosiga quriladigan, inson 
tuyg‘ulari va botiniy dunyosini boyitadigan, uni ezgulik sari etaklaydigan poetik 
vositalar b-n ish ko‘radi. Adabiyot hayotni o‘z shaklida emas, balki badiiy vositalar 
orqali uning mohiyatini o‘rgatishga qaratilgandir. Adabiyot davomiy-lik xarakterida 
bo‘lib, tarixiy jarayonning muayyan davr va ko‘rinishidagi holatini emas, balki 
jamiyat taraqqiyotidagi harakatini ko‘rsatadi. Obraz va poetik vositalar ana o‘sha 
ko‘rsatish, anglatishga qaratilgan bo‘lishi kerak. SHu ma’noda adabiyot aql 
o‘rgatmaydi, ayrim axloqsizliklarni man qilmaydi, balki shunday tuyg‘u va tasavvur 
uyg‘otadiki, nima qilish, qanday yashash kerakligini o‘quvchining o‘zi uqib, 
xulosalay olishi lozim.  
Adabiyotning borliqqa chiqish shakli bu badiiy asardir. Asar matniy ko‘rinishda 
bo‘ladimi, og‘zaki tarzda tarqaladimi yoki audiovizual yo‘llar b-n kishilar ongi va 
tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadimi u, avvalo, estetik hodisa sifatida go‘zallik 
tashuvchidir. Go‘zal timsol va ezgu niyat qorishig‘ida yaratilmagan asar har qancha 
“aqlli" va ta’sirchan bo‘lsin u ezgulikka xizmat qila olmaydi. SHuningdek, badiiy 
asarning yaratilishi ruhiy-amaliy jarayon bo‘lib, u o‘zgarishdagi dunyo va insonni 
anglashga yordam beradi. Ijod jaryoni qonuniyatlarini umumlashtirgan holda A. 
ning bir necha vazifasi yuzaga chiqadi.  
obrazli tafakkur mavjud bo‘lsa ham, ular bir-biridan yuqorida-gicha ifoda quroliga ko‘ra farqlanadi. Badiiy adabiyotda obraz (timsol) yaratuvchi asosiy va yagona vosita so‘zdir. Adabiyot muloqot vositasi bo‘lgan oddiy so‘z (leksema)dan farq qilgan holda kishilar o‘y-kechinmalari, his-tuyg‘u, holat va harakatni o‘quvchi qalbiga etadigan, unga ta’sir etib, fikr va tuyg‘u uyg‘otuvchi so‘z orqali ifodalaydi. Adabiyot ham san’atning boshqa turlari kabi mafkuraviy hodisadir. Adabiyotning mezoni uning g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal bo‘lishini talab etadi. Adabiyotda insonning ijtimoiy mohiyati umumlashtirilgan holda ifoda etiladi. Adabiyot dunyoni ijodiy o‘zlashtirar ekan, o‘z mahsuli bo‘lgan badiiy asarni muallifning sub’ektiv qarashlari asosiga quradi, borliqni ifodalovchi va aks ettiruvchigina emas, balki qayta yaratuvchidir. Bu jarayonda adabiyot tabiat va jamiyatga taqlid (mimesis) qilsa ham, unga aynan o‘xshashlik yo‘lini tanlamaydi, balki ijodkor ongi va shuurida pishib etilgan mukammal timsol va personajlar orqali borliq mohiyatini anglashga o‘rgatadi. Adabiyotning vazifasi obraz (timsol) yaratish ekan, bu ijodiy jarayonda go‘zallik qonuniyatlari asosiga quriladigan, inson tuyg‘ulari va botiniy dunyosini boyitadigan, uni ezgulik sari etaklaydigan poetik vositalar b-n ish ko‘radi. Adabiyot hayotni o‘z shaklida emas, balki badiiy vositalar orqali uning mohiyatini o‘rgatishga qaratilgandir. Adabiyot davomiy-lik xarakterida bo‘lib, tarixiy jarayonning muayyan davr va ko‘rinishidagi holatini emas, balki jamiyat taraqqiyotidagi harakatini ko‘rsatadi. Obraz va poetik vositalar ana o‘sha ko‘rsatish, anglatishga qaratilgan bo‘lishi kerak. SHu ma’noda adabiyot aql o‘rgatmaydi, ayrim axloqsizliklarni man qilmaydi, balki shunday tuyg‘u va tasavvur uyg‘otadiki, nima qilish, qanday yashash kerakligini o‘quvchining o‘zi uqib, xulosalay olishi lozim. Adabiyotning borliqqa chiqish shakli bu badiiy asardir. Asar matniy ko‘rinishda bo‘ladimi, og‘zaki tarzda tarqaladimi yoki audiovizual yo‘llar b-n kishilar ongi va tuyg‘ulariga ta’sir ko‘rsatadimi u, avvalo, estetik hodisa sifatida go‘zallik tashuvchidir. Go‘zal timsol va ezgu niyat qorishig‘ida yaratilmagan asar har qancha “aqlli" va ta’sirchan bo‘lsin u ezgulikka xizmat qila olmaydi. SHuningdek, badiiy asarning yaratilishi ruhiy-amaliy jarayon bo‘lib, u o‘zgarishdagi dunyo va insonni anglashga yordam beradi. Ijod jaryoni qonuniyatlarini umumlashtirgan holda A. ning bir necha vazifasi yuzaga chiqadi.  
 
Adabiyotning vazifalari – Adabiyot shakli, hajmi va mazmunidan qat’i nazar bir 
emas, bir necha vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi. SHundan kelib chiqib 
badiiy ad-tga nisbatan polifunksionallik (vazifadorlik) tushunchasi uning zimmasiga 
yuklanadi. Adabiyot vazifalaridan asosiylari quyidagilar:  
1. Ijtimoiy vazifasi – Adabiyotning ijtimoiyligi  kishilar ongiga g‘oyaviy-estetik 
ta’sir qilishda, sotsial o‘zgarishlarda qatnashishda, muallifning hayot haqiqatini 
o‘rganib yangi poetik dunyo yaratishida va fakt, voqea hamda prototiplar asosida 
ta’sirchan obrazlar yaratishida ko‘proq ko‘zga tashla-nadi. Adabiyot muallif uchun 
emas, balki jamiyat uchun yashaydi. SHuning uchun ham uning asari birinchi 
navbatda, ijtimoiy vazifador bo‘lishi, ya’ni jamiyatga qaysi sohada bo‘lmasin naf 
keltirishi kerak.    
2. Evristik vazifasi. Adabiyot – dunyoni bilish, ijodiy o‘zlashtirish vositasi. Bu 
vazifa ad-tning evristik yumushidan kelib chiqib, biror voqea, hodisa, holat, jarayon 
v.b. haqida ilk ma’lumot keltiradi. Evristika yuzaki qaraganda asarning mavzusi, 
sarlavhasi va mundarijada akslanayotganday tuyulsa ham, ijodiy diskurs jarayonida 
badiiy asarning barcha uzv (komponent)lari ishtirok etadi. Mas., Balzak romanlari 
XIX asr fransuz hayotini o‘rganishda tarixiy asarlardan ham muhimroq vazifani 
bajarganini mutaxassislar e’tirof etishgan. SHu kabi A.Qodiriy romanlari yaqin 
o‘tmishimizni, xonlik zamonlarini o‘rganishda muhim adabiy manba sanaladi. 
SHundan badiiy ad-tni “hayot darsligi” deb ataydilar. 
3. Konseptuallik vazifasi. Adabiyot – hayotni badiiy tadqiq etish vositasidir. A. 
kitobxonni bilishdan idrok etishga, undan anglashga va yanada chuqurroq 
qaraganda hayot hodisalarini tadqiq etishga qarab yo‘naltiradi. Adabiyot hayotda 
va badiiy asarlarida insonlarning qadrini ko‘taradi va mana shu ma’noda har bir 
inson jamiyat uchun qadrli ekanligini anglash orqali jamiyatni taraqqiy ettirish ishiga 
hissa qo‘shadi. Adib hayotning yangi modelini yaratar ekan, u o‘z asariga muallif 
konsepsiyasini singdiradi, dunyoni tadqiq etishning o‘z usulini tavsiya etadi. Demak, 
muallif konsepsiyasi kitobxonni tadqiqiy faoliyatga yo‘naltiradi.  
4. Emotsional, hissiy tarbiya berish. Bu bilan adabiyot inson tuyg‘ularini 
yangilaydi, uni his qilishga, sevishga, ardoqlashga o‘rgatadi. U kitobxon 
tuyg‘ulariga ta’sir etib, tuyg‘u uyg‘otuvchi ma’naviy kuchga ega bo‘lishi kerak, aks 
holda adabiyot tashigan tuyg‘ular chala, yuzaki, engil-elpi va muayyan maqsadga 
Adabiyotning vazifalari – Adabiyot shakli, hajmi va mazmunidan qat’i nazar bir emas, bir necha vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi. SHundan kelib chiqib badiiy ad-tga nisbatan polifunksionallik (vazifadorlik) tushunchasi uning zimmasiga yuklanadi. Adabiyot vazifalaridan asosiylari quyidagilar: 1. Ijtimoiy vazifasi – Adabiyotning ijtimoiyligi kishilar ongiga g‘oyaviy-estetik ta’sir qilishda, sotsial o‘zgarishlarda qatnashishda, muallifning hayot haqiqatini o‘rganib yangi poetik dunyo yaratishida va fakt, voqea hamda prototiplar asosida ta’sirchan obrazlar yaratishida ko‘proq ko‘zga tashla-nadi. Adabiyot muallif uchun emas, balki jamiyat uchun yashaydi. SHuning uchun ham uning asari birinchi navbatda, ijtimoiy vazifador bo‘lishi, ya’ni jamiyatga qaysi sohada bo‘lmasin naf keltirishi kerak. 2. Evristik vazifasi. Adabiyot – dunyoni bilish, ijodiy o‘zlashtirish vositasi. Bu vazifa ad-tning evristik yumushidan kelib chiqib, biror voqea, hodisa, holat, jarayon v.b. haqida ilk ma’lumot keltiradi. Evristika yuzaki qaraganda asarning mavzusi, sarlavhasi va mundarijada akslanayotganday tuyulsa ham, ijodiy diskurs jarayonida badiiy asarning barcha uzv (komponent)lari ishtirok etadi. Mas., Balzak romanlari XIX asr fransuz hayotini o‘rganishda tarixiy asarlardan ham muhimroq vazifani bajarganini mutaxassislar e’tirof etishgan. SHu kabi A.Qodiriy romanlari yaqin o‘tmishimizni, xonlik zamonlarini o‘rganishda muhim adabiy manba sanaladi. SHundan badiiy ad-tni “hayot darsligi” deb ataydilar. 3. Konseptuallik vazifasi. Adabiyot – hayotni badiiy tadqiq etish vositasidir. A. kitobxonni bilishdan idrok etishga, undan anglashga va yanada chuqurroq qaraganda hayot hodisalarini tadqiq etishga qarab yo‘naltiradi. Adabiyot hayotda va badiiy asarlarida insonlarning qadrini ko‘taradi va mana shu ma’noda har bir inson jamiyat uchun qadrli ekanligini anglash orqali jamiyatni taraqqiy ettirish ishiga hissa qo‘shadi. Adib hayotning yangi modelini yaratar ekan, u o‘z asariga muallif konsepsiyasini singdiradi, dunyoni tadqiq etishning o‘z usulini tavsiya etadi. Demak, muallif konsepsiyasi kitobxonni tadqiqiy faoliyatga yo‘naltiradi. 4. Emotsional, hissiy tarbiya berish. Bu bilan adabiyot inson tuyg‘ularini yangilaydi, uni his qilishga, sevishga, ardoqlashga o‘rgatadi. U kitobxon tuyg‘ulariga ta’sir etib, tuyg‘u uyg‘otuvchi ma’naviy kuchga ega bo‘lishi kerak, aks holda adabiyot tashigan tuyg‘ular chala, yuzaki, engil-elpi va muayyan maqsadga  
 
yo‘naltirilmay qoladi. Emotsional tarbiya jarayonida adabiyot san’at turi sifatida 
kitobxonga lazzat bag‘ishlaydi. Adabiyotning gedonistik (lazzat beruvchi) vazifasi 
uning boshqa barcha vazifalarini bajarishga zamin yaratadi. Qadimgi kishilar san’at 
asarlari beradigan ma’naviy lazzat, rohatni jismoniy lazzatga nisbatan afzal deb bilar 
edilar. Bu vazifa quyidagi sabablardan kelib chiqadi (boshqacha aytsak, lazzat 
manbalari quyidagilardir): 1) san’atkor hayot go‘zalliklarini nozik his etadi, estetik 
boyliklarini  tez, mohirona va erkin o‘zlashtiradi; shu holat insonlarni hayratlantiradi 
va zavqlantiradi; 2) san’atkor insoniyat tarixidagi qiziqarli voqea-hodisalarning 
estetik qimmatini ko‘rsatib beradi; 3) san’at asari g‘oyaviy mazmuni va badiiy 
shaklining mosligi, uyg‘unligi bilan zavq, lazzat beradi; 4) real voqelikka nisbatan 
badiiy voqelik go‘zallik va haqiqat qonunlari asosida tartibga solingan va tuzilgan 
bo‘ladi; 5) san’atkorning ilhom bilan yozilgan (yasalgan) asari retsepient – qabul 
qiluvchiga ham ilhom va shodlik baxsh etadi; 6) badiiy ijod bir jihatdan 
(topishmoqli, sirli) o‘yinga o‘xshaydi va san’atning mana shu erkin o‘yinlari 
kitobxon, tomoshabin, tinglovchini benihoya zavqlantiradi. Sazef Xeyzin: “San’atda 
o‘yin, o‘zni unutish va ruhlanish – muqaddas yoki bayramona kayfiyat, ma’rifat yoki 
ermak uchundir. Bu o‘yin (asosan, so‘z o‘yini) san’atkorga quvonch va orom beradi. 
Poetik shakl yasashning barcha usullari so‘z o‘yiniga kiradi: vazn va ritmik 
bo‘linishlar (turoqlar, ruknlar), kuy va ohang, qofiya va assonans (ohangdoshlik), 
yashirin ma’nolar, jumlaning qoyilmaqomligi. Badiiy ijod odamlarga go‘zallikni 
anglatishi va badiiy haqiqati bilan quvonch keltira-di. San’atning gedonistik 
funksiyasi har bir shaxs o‘z-o‘zicha qadrli degan g‘oyaga asoslanadi.  
5. Estetik zavq berish adabiyot san’atning turi sifatidagi asosiy vazifa-laridan. 
Adabiyot ijodiy ruhni shakllantiradi, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga, o‘z 
qadriyatlarini yaratishga dalda bo‘ladi. Adabiyot insonga zavq beradi, hayot 
go‘zalliklarini sevishni o‘rgatadi. Qad.dan odamlar san’atning estetik ta’sir kuchini 
yaxshi bilganlar. Hind shoiri Kamdasa (V) san’atning to‘rt maqsadini ko‘rsatadi: 
ilohiy hodisalardan hayratla-nish; atrof-muhit va insonlar hayotini badiiy 
qiyofalarda tasvirlash; nafis his-tuyg‘ular: komizm, fojia, sevgi, hamdardlik, 
qo‘rquv, dahshat holatlari (rasalar) tasviri bilan zavq berish; go‘zallikka oshnolik 
bilan xursand qilish. Hind olimi V.Bahodir fikricha, odamlarni ruhlantirish, 
poklash, olijanob, himmatli qilish – adabiyotning maqsadidir. Adabiyotning estetik 
yo‘naltirilmay qoladi. Emotsional tarbiya jarayonida adabiyot san’at turi sifatida kitobxonga lazzat bag‘ishlaydi. Adabiyotning gedonistik (lazzat beruvchi) vazifasi uning boshqa barcha vazifalarini bajarishga zamin yaratadi. Qadimgi kishilar san’at asarlari beradigan ma’naviy lazzat, rohatni jismoniy lazzatga nisbatan afzal deb bilar edilar. Bu vazifa quyidagi sabablardan kelib chiqadi (boshqacha aytsak, lazzat manbalari quyidagilardir): 1) san’atkor hayot go‘zalliklarini nozik his etadi, estetik boyliklarini tez, mohirona va erkin o‘zlashtiradi; shu holat insonlarni hayratlantiradi va zavqlantiradi; 2) san’atkor insoniyat tarixidagi qiziqarli voqea-hodisalarning estetik qimmatini ko‘rsatib beradi; 3) san’at asari g‘oyaviy mazmuni va badiiy shaklining mosligi, uyg‘unligi bilan zavq, lazzat beradi; 4) real voqelikka nisbatan badiiy voqelik go‘zallik va haqiqat qonunlari asosida tartibga solingan va tuzilgan bo‘ladi; 5) san’atkorning ilhom bilan yozilgan (yasalgan) asari retsepient – qabul qiluvchiga ham ilhom va shodlik baxsh etadi; 6) badiiy ijod bir jihatdan (topishmoqli, sirli) o‘yinga o‘xshaydi va san’atning mana shu erkin o‘yinlari kitobxon, tomoshabin, tinglovchini benihoya zavqlantiradi. Sazef Xeyzin: “San’atda o‘yin, o‘zni unutish va ruhlanish – muqaddas yoki bayramona kayfiyat, ma’rifat yoki ermak uchundir. Bu o‘yin (asosan, so‘z o‘yini) san’atkorga quvonch va orom beradi. Poetik shakl yasashning barcha usullari so‘z o‘yiniga kiradi: vazn va ritmik bo‘linishlar (turoqlar, ruknlar), kuy va ohang, qofiya va assonans (ohangdoshlik), yashirin ma’nolar, jumlaning qoyilmaqomligi. Badiiy ijod odamlarga go‘zallikni anglatishi va badiiy haqiqati bilan quvonch keltira-di. San’atning gedonistik funksiyasi har bir shaxs o‘z-o‘zicha qadrli degan g‘oyaga asoslanadi. 5. Estetik zavq berish adabiyot san’atning turi sifatidagi asosiy vazifa-laridan. Adabiyot ijodiy ruhni shakllantiradi, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga, o‘z qadriyatlarini yaratishga dalda bo‘ladi. Adabiyot insonga zavq beradi, hayot go‘zalliklarini sevishni o‘rgatadi. Qad.dan odamlar san’atning estetik ta’sir kuchini yaxshi bilganlar. Hind shoiri Kamdasa (V) san’atning to‘rt maqsadini ko‘rsatadi: ilohiy hodisalardan hayratla-nish; atrof-muhit va insonlar hayotini badiiy qiyofalarda tasvirlash; nafis his-tuyg‘ular: komizm, fojia, sevgi, hamdardlik, qo‘rquv, dahshat holatlari (rasalar) tasviri bilan zavq berish; go‘zallikka oshnolik bilan xursand qilish. Hind olimi V.Bahodir fikricha, odamlarni ruhlantirish, poklash, olijanob, himmatli qilish – adabiyotning maqsadidir. Adabiyotning estetik  
 
vazifasi: 1) insonlarning badiiy didini, qobiliyat va ehtiyojlarini o‘stirish; 2) 
insonlarni nafosat boyliklarini qadrlashga o‘rgatish; 3) odamlarda  ijodiy ruhni, 
go‘zallik qonunlari asosida ijod qilish qobi-liyati va malakalarini shakllantirish. 
E.Averbax “Mimemis” kitobida Gomerning tasvir uslubini tahlil qilar ekan, eposga 
xos bo‘lgan syujet rivojida shoir shiddatli jangni tasvirlayotib, birdan lirik 
chekinish qiladi. SHoir nigohida tabiat, olam go‘zalligi she’rga, sahna asariga, 
kartinalar, manzaralarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida A.ning estetik 
funksiyasi yanada o‘sadi, o‘sha jamiyat a’zolarining badiiy didi, ijodiy 
qobiliyatlarini o‘stiradi. 
6. Muloqotga kirishish (kommunikativ vazifa). Xuddi til kabi odam-lararo 
muomala vositasi bo‘lganiday, adabiyot ham badiiy muloqot vositasidir. Faqat til 
orqali kishilar fikriy aloqaga kirishsalar, adabiyot vositasida tuyg‘ular muloqoti yuz 
beradi. Adabiyot vositasida turli xalqlar bir-birining madaniyatlari bilan tanishadilar, 
san’atkorlari bilan muloqotga kirishadi-lar. Badiiy asar o‘zining emotsional ta’siriga 
ko‘ra, unda tasvirlanayotgan xalqning ruhiy olamini, qalbini tushuna oladi. Adabiyot 
insonlarni yaqinlash-tiradi, birlashtiradi. Qad. zamonlarda turli qabilalar o‘zaro sulh 
tuzgan vaqtlarida musiqa va raqs vositasida ahillikka erishganlar. Badiiy asar xuddi 
jonli kishiday kitobxonga ta’sir etadi, hatto uning tuyg‘ularini boshqaradi. 
7. Axloqiy tarbiya quroli, vositasi bo‘lishlik. Katarsis, ya’ni kishi qalbini 
poklovchi, ezgulikka yo‘naltiruvchi vositadir. Adabiyot axloqiy mezonlar-ni 
shakllantirib, aqliga va qalbiga ta’sir ko‘rsatadi va chin inson bo‘lishiga xizmat 
qiladi. Arastu adabiyot insonlarning fojeiy dramada tasvirlangan affektlar (ruhiy 
nuqsonlar)dan poklanishi – katarsis nazariyasini estetik kategoriya, deb anglatgan 
edi. Arastu fikricha, badiiy asar qahramonlarining boshiga tushgan qayg‘u, 
kulfatlarga hamdardlik bildirish orqali tomoshabinlar va o‘quvchilar ruhan 
poklanadilar. A. san’at asari sifatida insonlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri pand, nasihat yo‘li 
bilan emas, balki ijobiy va salbiy qiyofalarda ifodalangan estetik ideal orqali 
tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi.  
Badiiy asar qahramonlarining hayoti, ruhiy  kechinmalari kitobxon, 
tomoshabinga o‘z hayoti va kechinmalariday ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli kitobxon, 
tomoshabin begonalarning hayotidan, tajribalaridan foydalanib, ulardan o‘z 
tajribalarini boyitadi, o‘z hayotiga tatbiq etadi. Muallif asarlarida ko‘ringan 
vazifasi: 1) insonlarning badiiy didini, qobiliyat va ehtiyojlarini o‘stirish; 2) insonlarni nafosat boyliklarini qadrlashga o‘rgatish; 3) odamlarda ijodiy ruhni, go‘zallik qonunlari asosida ijod qilish qobi-liyati va malakalarini shakllantirish. E.Averbax “Mimemis” kitobida Gomerning tasvir uslubini tahlil qilar ekan, eposga xos bo‘lgan syujet rivojida shoir shiddatli jangni tasvirlayotib, birdan lirik chekinish qiladi. SHoir nigohida tabiat, olam go‘zalligi she’rga, sahna asariga, kartinalar, manzaralarga aylanadi. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida A.ning estetik funksiyasi yanada o‘sadi, o‘sha jamiyat a’zolarining badiiy didi, ijodiy qobiliyatlarini o‘stiradi. 6. Muloqotga kirishish (kommunikativ vazifa). Xuddi til kabi odam-lararo muomala vositasi bo‘lganiday, adabiyot ham badiiy muloqot vositasidir. Faqat til orqali kishilar fikriy aloqaga kirishsalar, adabiyot vositasida tuyg‘ular muloqoti yuz beradi. Adabiyot vositasida turli xalqlar bir-birining madaniyatlari bilan tanishadilar, san’atkorlari bilan muloqotga kirishadi-lar. Badiiy asar o‘zining emotsional ta’siriga ko‘ra, unda tasvirlanayotgan xalqning ruhiy olamini, qalbini tushuna oladi. Adabiyot insonlarni yaqinlash-tiradi, birlashtiradi. Qad. zamonlarda turli qabilalar o‘zaro sulh tuzgan vaqtlarida musiqa va raqs vositasida ahillikka erishganlar. Badiiy asar xuddi jonli kishiday kitobxonga ta’sir etadi, hatto uning tuyg‘ularini boshqaradi. 7. Axloqiy tarbiya quroli, vositasi bo‘lishlik. Katarsis, ya’ni kishi qalbini poklovchi, ezgulikka yo‘naltiruvchi vositadir. Adabiyot axloqiy mezonlar-ni shakllantirib, aqliga va qalbiga ta’sir ko‘rsatadi va chin inson bo‘lishiga xizmat qiladi. Arastu adabiyot insonlarning fojeiy dramada tasvirlangan affektlar (ruhiy nuqsonlar)dan poklanishi – katarsis nazariyasini estetik kategoriya, deb anglatgan edi. Arastu fikricha, badiiy asar qahramonlarining boshiga tushgan qayg‘u, kulfatlarga hamdardlik bildirish orqali tomoshabinlar va o‘quvchilar ruhan poklanadilar. A. san’at asari sifatida insonlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri pand, nasihat yo‘li bilan emas, balki ijobiy va salbiy qiyofalarda ifodalangan estetik ideal orqali tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi. Badiiy asar qahramonlarining hayoti, ruhiy kechinmalari kitobxon, tomoshabinga o‘z hayoti va kechinmalariday ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli kitobxon, tomoshabin begonalarning hayotidan, tajribalaridan foydalanib, ulardan o‘z tajribalarini boyitadi, o‘z hayotiga tatbiq etadi. Muallif asarlarida ko‘ringan  
 
tajribalarni o‘zlashtirgan kitobxonlar ularda tasvirlangan, umumlashgan voqea-
hodisalardan ibrat olib, ma’naviyati, ma’rifati boyib, kamol topib boradi. 
Badiiylik – badiiy matnning o‘ziga maxsus sifati. Badiiylik asarning konseptual 
mohiyatidan kelib chiqadi, badiiy timsollarning mahorat bilan ishlanishini taqozo 
qiladi. Badiiylik bu badiiy asarning matn va matnosti dasturlari hamda adabiy 
shakllar bo‘yicha izchil tashkillanishidir. Badiiylik matnning butunligini 
ta’minlovchi barcha komponentlarning organik harakati bo‘lib, u matnning chuqur 
qatlamlariga qadar kirib boradi. Bu jihatdan muallif o‘z qalbiga chuqurroq kirib 
borgan sari kitobxonlar qalbiga ham shunday chuqurlikda singadi. Badiiylik va 
badiiy asarning dasturiy shakllanishi bir-biridan u qadar uzoq bo‘lmagan 
hodisalardir. CHunki har qanday badiiy matn dasturi faqat badiiylik talablari 
bo‘yicha quriladi va amalga oshiriladi. SHuning uchun ham badiiylik san’at 
asarining estetik o‘lchovi hisoblanadi. Badiiylik manbasi hayot haqiqati va 
insonning ruhiy olami bo‘lishi bilan birga uning qay darajada badiiy matnda aks 
etganligiga qarab belgilanadi. Bu jarayonda hayotiy go‘zallik va qalb ruhoniyati 
muallifning estetik idealidan kelib chiqqan holda san’at asariga aylanadi. Badiiylik 
aniq bir matnga nisbatan qo‘llanilganda uning mazmun va shakl mutanosibligi, 
badiiy niyat va ifoda uslubi uyg‘unligi, janr talablari va ijodkor iste’dodi 
imkoniyatlari birlashgan holda nazarga olinadi.  
Badiiylik sababli ijodiy faoliyat boshqa ilmiy va ruhoniy faoliyat turlaridan 
farqlanadiki, ayrim hollarda badiiylik tushunchasi san’at asarining baholovchi 
o‘lchovi sifatida ham qaraladi. Badiiylik asosini uning estetik tabiati tashkil qiladi. 
Badiiy ijod faoliyatning shunday turidirki, shaxsning ruhiy hayoti ehtiyojlarini 
qondiradi va insonlararo estetik munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. 
Mutaxassislar badiiylikning quyidagi qonuniyatlarini belgilaydilar: asarning 
badiiylik butunligi va uni ta’minlovchi jihatlar (1); badiiy shartlilik tamoyillari (2); 
ichki (tashqi adresat – kitobxon, ichki adresat – xos kitobxon yoki mutaxassis) 
adresatga yo‘naltirilganlik qonuni (3); individullashtirish qonuni, yoki ijodiy 
originallik (4); ijodiy umumlashtirish (sho‘ro adabiyotshunosligida tipiklashtirish) 
(5) kabilar. Bu qonuniyatlar ayrim manbalarda badiiylik moduslari deb yuritiladi. 
V.Tyupa yuqorida tilga olingan qonuniyatlarni hisobga olgan holda pafos turlari 
(qahramonlik, satira, yumor, fojiaviylik v.b.)ni hamda idillik, ironik, elegik modus 
tajribalarni o‘zlashtirgan kitobxonlar ularda tasvirlangan, umumlashgan voqea- hodisalardan ibrat olib, ma’naviyati, ma’rifati boyib, kamol topib boradi. Badiiylik – badiiy matnning o‘ziga maxsus sifati. Badiiylik asarning konseptual mohiyatidan kelib chiqadi, badiiy timsollarning mahorat bilan ishlanishini taqozo qiladi. Badiiylik bu badiiy asarning matn va matnosti dasturlari hamda adabiy shakllar bo‘yicha izchil tashkillanishidir. Badiiylik matnning butunligini ta’minlovchi barcha komponentlarning organik harakati bo‘lib, u matnning chuqur qatlamlariga qadar kirib boradi. Bu jihatdan muallif o‘z qalbiga chuqurroq kirib borgan sari kitobxonlar qalbiga ham shunday chuqurlikda singadi. Badiiylik va badiiy asarning dasturiy shakllanishi bir-biridan u qadar uzoq bo‘lmagan hodisalardir. CHunki har qanday badiiy matn dasturi faqat badiiylik talablari bo‘yicha quriladi va amalga oshiriladi. SHuning uchun ham badiiylik san’at asarining estetik o‘lchovi hisoblanadi. Badiiylik manbasi hayot haqiqati va insonning ruhiy olami bo‘lishi bilan birga uning qay darajada badiiy matnda aks etganligiga qarab belgilanadi. Bu jarayonda hayotiy go‘zallik va qalb ruhoniyati muallifning estetik idealidan kelib chiqqan holda san’at asariga aylanadi. Badiiylik aniq bir matnga nisbatan qo‘llanilganda uning mazmun va shakl mutanosibligi, badiiy niyat va ifoda uslubi uyg‘unligi, janr talablari va ijodkor iste’dodi imkoniyatlari birlashgan holda nazarga olinadi. Badiiylik sababli ijodiy faoliyat boshqa ilmiy va ruhoniy faoliyat turlaridan farqlanadiki, ayrim hollarda badiiylik tushunchasi san’at asarining baholovchi o‘lchovi sifatida ham qaraladi. Badiiylik asosini uning estetik tabiati tashkil qiladi. Badiiy ijod faoliyatning shunday turidirki, shaxsning ruhiy hayoti ehtiyojlarini qondiradi va insonlararo estetik munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Mutaxassislar badiiylikning quyidagi qonuniyatlarini belgilaydilar: asarning badiiylik butunligi va uni ta’minlovchi jihatlar (1); badiiy shartlilik tamoyillari (2); ichki (tashqi adresat – kitobxon, ichki adresat – xos kitobxon yoki mutaxassis) adresatga yo‘naltirilganlik qonuni (3); individullashtirish qonuni, yoki ijodiy originallik (4); ijodiy umumlashtirish (sho‘ro adabiyotshunosligida tipiklashtirish) (5) kabilar. Bu qonuniyatlar ayrim manbalarda badiiylik moduslari deb yuritiladi. V.Tyupa yuqorida tilga olingan qonuniyatlarni hisobga olgan holda pafos turlari (qahramonlik, satira, yumor, fojiaviylik v.b.)ni hamda idillik, ironik, elegik modus  
 
turlarini farqlaydi. Lekin san’at asarining badiiylik tabiatini o‘rganuvchi yagona 
qat’iy qoidani joriy qilib bo‘lmaydi. Chunki estetik faoliyat turlari ko‘p bo‘lgani kabi 
har bir san’at asarining o‘ziga munosib tarzda belgilangan tashqi va ichki 
xususiyatlari doirasi bo‘ladi. Bu jarayonni har bir adib o‘ziga kechirgani kabi har bir 
matnda badiiylik o‘ziga xos tarzda yuzaga chiqadi. 
Badiiylik qonuniyatlari zamon va makon kesimida o‘zgarishi ham mumkin. 
Antik estetlar yaratgan badiiylik qonuniyatlari bilan Gegel estetikasidagi 
badiiylikdan farq qilgani kabi SHarq badiiylik tizimi G‘arbiy Evropa badiiylik 
qonuniyatlaridan ham farqlanadi. Badiiylik har bir milliy-estetik tajribadan kelib 
chiqqan holda ham o‘ziga xos jihatlar bilan boyishi mumkin.  
 
Savol va topshiriqlar 
1. Badiiy adabiyot spetsifikasi deganda nimani tushunasiz?  
2. Badiiylik belgilari qdysilar? 
3. Adabiyot – so‘z san’ati ekanini asoslang.  
4. So‘z san’atining vazifalari, xususiyatlari haqida ma’lumot bering.  
5. Badiiylik mezonlari xususida B/Sarimsoqov asari asosida ma’lumot bering. 
 
turlarini farqlaydi. Lekin san’at asarining badiiylik tabiatini o‘rganuvchi yagona qat’iy qoidani joriy qilib bo‘lmaydi. Chunki estetik faoliyat turlari ko‘p bo‘lgani kabi har bir san’at asarining o‘ziga munosib tarzda belgilangan tashqi va ichki xususiyatlari doirasi bo‘ladi. Bu jarayonni har bir adib o‘ziga kechirgani kabi har bir matnda badiiylik o‘ziga xos tarzda yuzaga chiqadi. Badiiylik qonuniyatlari zamon va makon kesimida o‘zgarishi ham mumkin. Antik estetlar yaratgan badiiylik qonuniyatlari bilan Gegel estetikasidagi badiiylikdan farq qilgani kabi SHarq badiiylik tizimi G‘arbiy Evropa badiiylik qonuniyatlaridan ham farqlanadi. Badiiylik har bir milliy-estetik tajribadan kelib chiqqan holda ham o‘ziga xos jihatlar bilan boyishi mumkin. Savol va topshiriqlar 1. Badiiy adabiyot spetsifikasi deganda nimani tushunasiz? 2. Badiiylik belgilari qdysilar? 3. Adabiyot – so‘z san’ati ekanini asoslang. 4. So‘z san’atining vazifalari, xususiyatlari haqida ma’lumot bering. 5. Badiiylik mezonlari xususida B/Sarimsoqov asari asosida ma’lumot bering.