Baliqlar katta sinfi. Baliqlar umurtqalilarning birlamchi suvda hayot kechiruvchi vakili sifatida, baliqlar katta sinfining biologik va morfologik ta’rifi.Tog’ayli baliqlar sinfi.

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

27,8 KB


 
 
 
 
 
 
Baliqlar katta sinfi. Baliqlar umurtqalilarning birlamchi suvda hayot 
kechiruvchi vakili sifatida, baliqlar katta sinfining biologik va morfologik 
ta’rifi.Tog’ayli baliqlar sinfi. 
 
 
 R E J A 
1. Baliqlar sinfi haqida umumiy ma’lumot. 
2. Tog’ayli baliqlar sinfi. 
    a) Akulalar turkumi. 
    b) Skatlar tukumi. 
 
 
   Baliqlar 20 mingdan ortiq turlarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik turlari 
dengizlarda yashaydi. Baliqlar tanasi odatda tangachalar bilan qoplangan; jabra 
orqali nafas oladi. Og’zida jag’lari rivojlangan. Harakat organlari juft (ko’krak, 
qorin) va toq(dum, anal, orqa) suzgichlar hisoblanadi. Qon aylanish doirasi bitta, 
yuragi ikki kamerali. Ko’pchilik baliqlar tuxum qo’yib, ayrim turlari tirik tug’ib 
ko’payadi. 
Baliqlar tabiatda va odam hayotida katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik suv 
hayvonlari baliqlar bilan oziqlanadi. Baliqlar odamning ham asosiy oziq ratsioniga 
kiradi. Baliqdan (asosan jigaridan) shifobaxsh baliq yog’i olinadi, baliqchilik sanoati 
chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni va qimmatbaho yelim olinadi. 
Baliqlar katta sinfi tog’ayli baliqlar va suyakli baliqlar sinflariga ajratiladi. 
Tog’ayli baliqlar sinfi Tog’ayli baliqlar faqat dengizlarda yashaydigan 600 ga 
yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularning skeleti tog’aydan iborat; suzgich pufaklari 
bo’lmaydi. Kattaligi 20 sm dan 20 m gacha bo’ladi. Tog’ayli baliqlar Kaspiy va Oral 
Baliqlar katta sinfi. Baliqlar umurtqalilarning birlamchi suvda hayot kechiruvchi vakili sifatida, baliqlar katta sinfining biologik va morfologik ta’rifi.Tog’ayli baliqlar sinfi. R E J A 1. Baliqlar sinfi haqida umumiy ma’lumot. 2. Tog’ayli baliqlar sinfi. a) Akulalar turkumi. b) Skatlar tukumi. Baliqlar 20 mingdan ortiq turlarni o’z ichiga oladi. Ko’pchilik turlari dengizlarda yashaydi. Baliqlar tanasi odatda tangachalar bilan qoplangan; jabra orqali nafas oladi. Og’zida jag’lari rivojlangan. Harakat organlari juft (ko’krak, qorin) va toq(dum, anal, orqa) suzgichlar hisoblanadi. Qon aylanish doirasi bitta, yuragi ikki kamerali. Ko’pchilik baliqlar tuxum qo’yib, ayrim turlari tirik tug’ib ko’payadi. Baliqlar tabiatda va odam hayotida katta ahamiyatga ega. Ko’pchilik suv hayvonlari baliqlar bilan oziqlanadi. Baliqlar odamning ham asosiy oziq ratsioniga kiradi. Baliqdan (asosan jigaridan) shifobaxsh baliq yog’i olinadi, baliqchilik sanoati chiqindilaridan chorva mollari uchun baliq uni va qimmatbaho yelim olinadi. Baliqlar katta sinfi tog’ayli baliqlar va suyakli baliqlar sinflariga ajratiladi. Tog’ayli baliqlar sinfi Tog’ayli baliqlar faqat dengizlarda yashaydigan 600 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularning skeleti tog’aydan iborat; suzgich pufaklari bo’lmaydi. Kattaligi 20 sm dan 20 m gacha bo’ladi. Tog’ayli baliqlar Kaspiy va Oral  
 
dengizidan boshqa barcha dengizlarda yashaydi. Ko’pchilik turlari qimmatli go’shti 
va yog’i uchun ovlanadi. Bu sinfga akulalar va skatlar kiradi. 
Akulalar tanasi torpedasimon, cho’ziq. Boshining oldingi uchi rostrum 
o’simtani hosil qiladi. Boshi ikki yonida 5 juftdan bo’lib, ba’zi turlarida 6—7 juft 
jabra yoriqlari bo’ladi. Ko’zidan orqaroqda ‘sachratqich’ deyiladigan halqum bilan 
tutashgan ikki teshikcha bor. Ko’krak va qorin juft suzgichlari tanasida gorizontal 
joylashgan. Erkak akulalarning qorin suzgichlari ichki tomonidagi barmoqsimon 
o’simtalari kopulativ organ vazifasini bajaradi. Orqa, dum va anal suzgichlari toq 
bo’ladi. Dum suzgichlari ustki katta va ostki kichik bo’laklardan iborat. 
Tog’ayli baliqlar terisi epidermisida tana yuzasiga shilimshiq ishlab 
chiqaradigan juda ko’p bezlar joylashgan. Ten sirtdan plakoid tangachalar bilan 
qoplangan. Har qaysi tangacha teriga yopishgan plastinka va Lining ustidagi o’tkir 
tishchalardan iborat. Skeleti o’q skelet. visseral va jag’lar skeletidan iborat. Xorda 
qo’shni umurtqalar tanasi oralig’ida saqlanib qoladi. 
Tog’ayli 
baliqlarning 
juft 
va 
toq 
suzgichlari, 
jag’ 
va 
ko’zlarni 
harakatlantiruvchi muskullari yaxshi rivojlangan. 
Ovqat hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Og’zidagi 
jag’larida yirik tishlari joylashgan. Halqumi devorida jabra yoriqlari bo’ladi. Halqum 
qisqa qizilo’ngachga, u esa oshqozonga ochiladi. Tchakning ichki yuzasi orqa 
qismidagi burmalari ichakning hazm yuzasini kengaytirish vazifasini bajaradi. Ovqat 
hazm qilish organlari qatoriga jigar va oshqozonosti bezi ham kiradi. 
Plastinkasimon jabralar nafas olish vazifasini bajaradi. Jabraiar yaproqlari jabra 
teshiklarining oldingi va keyingi qismlarida joylashgan. 
Qon aylanish sistemasi tutash bitta doiradan iborat, yuragi ikki kamerali bolib, 
yurak qorinchasi va bo’lmasidan iborat. Qon taloqda hosil bo’ladi. 
Nerv sistemasi bosh miya, orqa miya va ulardan ketadigan nervlardan iborat. 
Baliqlarda hid bilish, ko’rish, eshitish organlari va yon chiziqiar rivojlangan. Yon 
ch’iq terida joylashgan, tashqi muhit bilan bog’langan juda ko’p mayda teshiklardan 
iborat. Bu organ yordamida baliq suv bosimi va oqimi tezligining o’zgarishini 
dengizidan boshqa barcha dengizlarda yashaydi. Ko’pchilik turlari qimmatli go’shti va yog’i uchun ovlanadi. Bu sinfga akulalar va skatlar kiradi. Akulalar tanasi torpedasimon, cho’ziq. Boshining oldingi uchi rostrum o’simtani hosil qiladi. Boshi ikki yonida 5 juftdan bo’lib, ba’zi turlarida 6—7 juft jabra yoriqlari bo’ladi. Ko’zidan orqaroqda ‘sachratqich’ deyiladigan halqum bilan tutashgan ikki teshikcha bor. Ko’krak va qorin juft suzgichlari tanasida gorizontal joylashgan. Erkak akulalarning qorin suzgichlari ichki tomonidagi barmoqsimon o’simtalari kopulativ organ vazifasini bajaradi. Orqa, dum va anal suzgichlari toq bo’ladi. Dum suzgichlari ustki katta va ostki kichik bo’laklardan iborat. Tog’ayli baliqlar terisi epidermisida tana yuzasiga shilimshiq ishlab chiqaradigan juda ko’p bezlar joylashgan. Ten sirtdan plakoid tangachalar bilan qoplangan. Har qaysi tangacha teriga yopishgan plastinka va Lining ustidagi o’tkir tishchalardan iborat. Skeleti o’q skelet. visseral va jag’lar skeletidan iborat. Xorda qo’shni umurtqalar tanasi oralig’ida saqlanib qoladi. Tog’ayli baliqlarning juft va toq suzgichlari, jag’ va ko’zlarni harakatlantiruvchi muskullari yaxshi rivojlangan. Ovqat hazm qilish sistemasi og’iz bo’shlig’idan boshlanadi. Og’zidagi jag’larida yirik tishlari joylashgan. Halqumi devorida jabra yoriqlari bo’ladi. Halqum qisqa qizilo’ngachga, u esa oshqozonga ochiladi. Tchakning ichki yuzasi orqa qismidagi burmalari ichakning hazm yuzasini kengaytirish vazifasini bajaradi. Ovqat hazm qilish organlari qatoriga jigar va oshqozonosti bezi ham kiradi. Plastinkasimon jabralar nafas olish vazifasini bajaradi. Jabraiar yaproqlari jabra teshiklarining oldingi va keyingi qismlarida joylashgan. Qon aylanish sistemasi tutash bitta doiradan iborat, yuragi ikki kamerali bolib, yurak qorinchasi va bo’lmasidan iborat. Qon taloqda hosil bo’ladi. Nerv sistemasi bosh miya, orqa miya va ulardan ketadigan nervlardan iborat. Baliqlarda hid bilish, ko’rish, eshitish organlari va yon chiziqiar rivojlangan. Yon ch’iq terida joylashgan, tashqi muhit bilan bog’langan juda ko’p mayda teshiklardan iborat. Bu organ yordamida baliq suv bosimi va oqimi tezligining o’zgarishini  
 
sezadi. Tog’ayli baliqlar ayrim jinsli, tuxumdonlari va untg’donlari bir juftdan 
bo’ladi. Tuxumlari ichki urug’lanadi. Ancha yirik tuxum qo’yadi. Bir qancha turlari 
tirik tug’adi. 
Akulalar turkumi. Akulalar yirik, shakli torpedasimon baliqlar, dum suzgichi 
kuchli rivojlangan. Ularning 250 ga yaqin turi ma’lum. Ulardan eng yirigi kit 
akulasining uzunligi 15—20 m ga, gigant akulalarning uzunligi 15 m ga yetadi. Bu 
akulalar plankton hayvonlar, mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Akulalar terisi qalin 
plastinkasimon tangachalar bilan qoptangan. Tangachalarning sirtdan emal bilan 
qoplangan o’simtalari bo’ladi. 
Tropik va subtropik okeanlarda tarqalgan kulrang akulalarning uzunligi 5—9 
m ga yetadi. Kulrang akulalar tirik tug’ib ko’payadi. Urg’ochisi uzunligi 0,5 m gacha 
keladigan 30—50 kg gacha tirik bola tug’adi. Akulalar odatda molluskalar, 
qisqichbaqasimonlar, baliqlar bilan oziqlanadi. Ular orasida yolbars akula odam 
uchun xavfli hisoblanadi. Tropik dengizlarda tarqalgan bolg’abosh akulaning 
uzunligi 6 m ga yetadi. Bu baliq 40 tagacha tirik bola tug’adi. Odamga ham hujum 
qiladi. Qora dengiz, Shimoliy va Uzoq Sharq dengizlarida tikonli akula, ya’ai katran 
tarqalgan. lining orqa suzgichlari oldida o’tkir tikanlari bo’ladi. Akulalar to’da bo’lib 
suzib yuradt; baliqlar, qisqichbaqalar, molluskalar bilan oziqlanadi. Ular Yaponiya 
va Angliyada go’shti uchun ovlanadi. 
Arraburun akulalarning uzunlgi 1,5 m gacha; orqa suzgichlari ikkita bo’ladi. 
Boshining oldingi tomonida uzun tishli o’simtasi bor. Akulalar Hind va Atlantika 
okeanining tropik qismida tarqalgan. Baliqlar va har xi! umurtqasizlar bilan 
oziqlanadi. Tirik tug’adi. 
Skatlar turkumi. Skatlar tanasi yapaloq, ko’krak suzgichlari keng bo’ladi. 
Tanasining yassilashganiigi tufayli jabralari qorin tomonida joylashgan. 
Sachratqichlari nisbatan yaxshi rivojlangan. Ko’krak suzgichlari yassi tanasiga 
tutashib ketgan. Suv tubida yotgan skatlar sachratqichlari orqali jabralariga 
tushadigan suvdan nafas oiadi. Ularning dum suzgichi ingichka xivchinga aylangan. 
Ular suv tubida hayot kechiradigan kani harakat hayvonlar; molluskalar, 
qisqichbaqasimonlar 
bilan 
oziqlanadi. 
Hayvonlar 
chig’anog’i 
va 
xitin 
sezadi. Tog’ayli baliqlar ayrim jinsli, tuxumdonlari va untg’donlari bir juftdan bo’ladi. Tuxumlari ichki urug’lanadi. Ancha yirik tuxum qo’yadi. Bir qancha turlari tirik tug’adi. Akulalar turkumi. Akulalar yirik, shakli torpedasimon baliqlar, dum suzgichi kuchli rivojlangan. Ularning 250 ga yaqin turi ma’lum. Ulardan eng yirigi kit akulasining uzunligi 15—20 m ga, gigant akulalarning uzunligi 15 m ga yetadi. Bu akulalar plankton hayvonlar, mayda baliqlar bilan oziqlanadi. Akulalar terisi qalin plastinkasimon tangachalar bilan qoptangan. Tangachalarning sirtdan emal bilan qoplangan o’simtalari bo’ladi. Tropik va subtropik okeanlarda tarqalgan kulrang akulalarning uzunligi 5—9 m ga yetadi. Kulrang akulalar tirik tug’ib ko’payadi. Urg’ochisi uzunligi 0,5 m gacha keladigan 30—50 kg gacha tirik bola tug’adi. Akulalar odatda molluskalar, qisqichbaqasimonlar, baliqlar bilan oziqlanadi. Ular orasida yolbars akula odam uchun xavfli hisoblanadi. Tropik dengizlarda tarqalgan bolg’abosh akulaning uzunligi 6 m ga yetadi. Bu baliq 40 tagacha tirik bola tug’adi. Odamga ham hujum qiladi. Qora dengiz, Shimoliy va Uzoq Sharq dengizlarida tikonli akula, ya’ai katran tarqalgan. lining orqa suzgichlari oldida o’tkir tikanlari bo’ladi. Akulalar to’da bo’lib suzib yuradt; baliqlar, qisqichbaqalar, molluskalar bilan oziqlanadi. Ular Yaponiya va Angliyada go’shti uchun ovlanadi. Arraburun akulalarning uzunlgi 1,5 m gacha; orqa suzgichlari ikkita bo’ladi. Boshining oldingi tomonida uzun tishli o’simtasi bor. Akulalar Hind va Atlantika okeanining tropik qismida tarqalgan. Baliqlar va har xi! umurtqasizlar bilan oziqlanadi. Tirik tug’adi. Skatlar turkumi. Skatlar tanasi yapaloq, ko’krak suzgichlari keng bo’ladi. Tanasining yassilashganiigi tufayli jabralari qorin tomonida joylashgan. Sachratqichlari nisbatan yaxshi rivojlangan. Ko’krak suzgichlari yassi tanasiga tutashib ketgan. Suv tubida yotgan skatlar sachratqichlari orqali jabralariga tushadigan suvdan nafas oiadi. Ularning dum suzgichi ingichka xivchinga aylangan. Ular suv tubida hayot kechiradigan kani harakat hayvonlar; molluskalar, qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Hayvonlar chig’anog’i va xitin  
 
qoplag’ichining to’mtoq kuchli tishlari yordamida maydalaydi. Skatlar orasida eng 
yirigi hisoblangan dengiz shaytoni, ya’ni manta tanasining kengligi 6 m ga, og’irligi 
500 kg ga yetadi. Bu baliq tropik dengizlarda tarqalgan. 
Iliq suvli tropik va subtropik dengizlardagi arratumshuq skatlam’wg uzunligi 5 
m ga yetadi. Uning tanasi ikki yonidan siqilgan bo’ladi. Tumshug’i juda uzun va 
yassi bo’lib, ikki chetida tishlari bor. Suv tubidagi baliqlar bilan oziqlanadi. O’ljasini 
tumshug’i bilan urib garang qiladi. Arratumshuq skatlar tuxumdan tirik tug’adi. 
Tikandum skatning suzgichlari yapaloq bo’lib, oldingi qismi tumshug’i bilan 
qo’shilib ketgan. Tanasining orqa tomonida—dumi asosida o’tkir ignasi (tikani) bor. 
Yirtqich hayvonlardan saqlanish uchun skat ana shu ignasini ishga soladi. Bu baliq 
Qora va Azov dengizida uchraydi. 
Elektr stoning gavdasi to’garak shaklda bo’lib, rostrum bo’Imaydi; dumi kalta 
bo’ladi. Uning ko’krak suzgichlari bilan boshi oralig’ida joylashgan elektr organlari 
70 Vt kuchlanishli elektr toki hosil qilishi mumkin. Bu tok skatning o’zidan ham 
yirikroq hayvonlami jarohatlashi inumkin. Elektr skat iliq suvli janubiy dengizlarda 
tarqalgan.  
Mustahkamlash uchun savollar. 
1.“Rostrum”- nima va qaysi baliqqa tegishli? 
2. “Yon chiziq”- baliqlarning qaysi qismida bo’ladi va qanday ahamiyatga ega? 
3. “Katran”- qanday baliq turi xisoblanadi? 
4. “ Elektr organlari”- qaysi baliqqa tegishli va qanday ahamiyati bor? 
5. “Yon chiziq”- baliqlarning qanday organi hisoblanadi? 
6. Baliqlar sinfiga oid hususiyatlarni ayting? 
7. Tog’ayli baliqlar qaysi belgisi bilan tog’ayli baliqlardan farq qiladi? 
8. Akulalarning qanday vakillarini bilasiz? 
9. Skatlarga hos umumiy hususiyatlarni ayting. 
qoplag’ichining to’mtoq kuchli tishlari yordamida maydalaydi. Skatlar orasida eng yirigi hisoblangan dengiz shaytoni, ya’ni manta tanasining kengligi 6 m ga, og’irligi 500 kg ga yetadi. Bu baliq tropik dengizlarda tarqalgan. Iliq suvli tropik va subtropik dengizlardagi arratumshuq skatlam’wg uzunligi 5 m ga yetadi. Uning tanasi ikki yonidan siqilgan bo’ladi. Tumshug’i juda uzun va yassi bo’lib, ikki chetida tishlari bor. Suv tubidagi baliqlar bilan oziqlanadi. O’ljasini tumshug’i bilan urib garang qiladi. Arratumshuq skatlar tuxumdan tirik tug’adi. Tikandum skatning suzgichlari yapaloq bo’lib, oldingi qismi tumshug’i bilan qo’shilib ketgan. Tanasining orqa tomonida—dumi asosida o’tkir ignasi (tikani) bor. Yirtqich hayvonlardan saqlanish uchun skat ana shu ignasini ishga soladi. Bu baliq Qora va Azov dengizida uchraydi. Elektr stoning gavdasi to’garak shaklda bo’lib, rostrum bo’Imaydi; dumi kalta bo’ladi. Uning ko’krak suzgichlari bilan boshi oralig’ida joylashgan elektr organlari 70 Vt kuchlanishli elektr toki hosil qilishi mumkin. Bu tok skatning o’zidan ham yirikroq hayvonlami jarohatlashi inumkin. Elektr skat iliq suvli janubiy dengizlarda tarqalgan. Mustahkamlash uchun savollar. 1.“Rostrum”- nima va qaysi baliqqa tegishli? 2. “Yon chiziq”- baliqlarning qaysi qismida bo’ladi va qanday ahamiyatga ega? 3. “Katran”- qanday baliq turi xisoblanadi? 4. “ Elektr organlari”- qaysi baliqqa tegishli va qanday ahamiyati bor? 5. “Yon chiziq”- baliqlarning qanday organi hisoblanadi? 6. Baliqlar sinfiga oid hususiyatlarni ayting? 7. Tog’ayli baliqlar qaysi belgisi bilan tog’ayli baliqlardan farq qiladi? 8. Akulalarning qanday vakillarini bilasiz? 9. Skatlarga hos umumiy hususiyatlarni ayting.  
 
Glossariy 
1. Rostrum - akulalar boshining oldingi uchi rostrum o’simtani hosil qiladi. 
2. Yon chiziq - terida joylashgan, tashqi muhit bilan bog’langan juda ko’p 
mayda teshiklardan iborat. Bu organ yordamida baliq suv bosimi va oqimi 
tezligining o’zgarishini sezadi. 
3. Tog’ayli baliqlar - faqat dengizlarda yashaydi. Ularning skeleti tog’aydan 
iborat; suzgich pufaklari bo’lmaydi. 
4. Plakoid - tana sirtini qoplab turuvchi tangachalar. 
5. Katran - tikonli akula 
6. Elektr organlar - skatlar ko’krak suzgichlari bilan boshi oralig’ida 
joylashgan elektr organlari 70 Vt kuchlanishli elektr toki hosil qilishi mumkin. 
Adabiyotlar 
1. Наумов С.П. Умуртқали ҳайвонлар зоологияси (А.Абдуллаев 
таржимаси), Тошкент. 1995 йил. “Ўқитувчи” нашриёти. 260 б. 
 
Glossariy 1. Rostrum - akulalar boshining oldingi uchi rostrum o’simtani hosil qiladi. 2. Yon chiziq - terida joylashgan, tashqi muhit bilan bog’langan juda ko’p mayda teshiklardan iborat. Bu organ yordamida baliq suv bosimi va oqimi tezligining o’zgarishini sezadi. 3. Tog’ayli baliqlar - faqat dengizlarda yashaydi. Ularning skeleti tog’aydan iborat; suzgich pufaklari bo’lmaydi. 4. Plakoid - tana sirtini qoplab turuvchi tangachalar. 5. Katran - tikonli akula 6. Elektr organlar - skatlar ko’krak suzgichlari bilan boshi oralig’ida joylashgan elektr organlari 70 Vt kuchlanishli elektr toki hosil qilishi mumkin. Adabiyotlar 1. Наумов С.П. Умуртқали ҳайвонлар зоологияси (А.Абдуллаев таржимаси), Тошкент. 1995 йил. “Ўқитувчи” нашриёти. 260 б.