Bellashuvlarning mazmuni va ularni tashkil qilish usullari. Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida. Sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil etish usullari
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
21,4 KB
Bellashuvlarning mazmuni va ularni tashkil qilish usullari. Umumiy oʻrta
taʼlim muassasalarida. Sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil
etish usullari
Reja:
1.Sinfdan tashqari tadbirlarni oʻtkazishning ahamiyati.
2.Sinfdan tashqari tadbirlarning turlari
3.Sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil etishning oʻziga xos
shakllari.
4.Tadbirlarni rejalashtirish va tayyorlash.
Bugungi navqiron yoshlarimiz yurtimizda demokratik davlat, fuqarolik
jamiyati taraqqiy topgan iqtisodiyot, shular asosida erkin va farorvon hayot barpo
etishda, barcha ezgu orzu-umidlarimizga erishishda Vatanimizning haqiqiy tayanchi
va suyanchi boʻladi.
Yosh avlod taʼlim-tarbiyasiga katta eʼtibor berish bugungi kundagi eng dolzarb
vazifalardan hisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning barcha turlarida
amalga oshirilayotgan va yana qayta tiklanayotgan turli dasturlarida shaxs
shakllanishiga, uning maʼnaviy kamolotiga, murakkab hayot yoʻlida maʼnaviy
masʼuliyat bilan yashashga oʻrganishni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratish
lozim.
Sinfdan tashqari ishlarning ahamiyati.
Oʻquvchi taʼlim -tarbiyasida sinfdan va maktabdan tashqari ishlar alohida oʻrin
tutadi. Faqatgina sinfda bilim olish bilan chegaralanibgina qolmay, balki turli-tuman
koʻngilochar tadbirlarda, bayram va kechalarda, intellektual oʻyinlarda ishtirok etish
oʻquvchining dunyoqarashini kengaytiradi. Sinfdan tashqari ishlarda oʻquvchi
hushyorlikni, xushmuomalalikni, topqirlikni, tez va aniq fikrlashni oʻrganadi.
Baʼzi oʻquvchilar borki, ular fanlarga uncha qiziqmaydilar, balki turli
tadbirlarga qiziqib, faol ishtirok etishga harakat qiladilar. Balki bu bolalar noyob
isteʼdod, qobiliyat, mohir talant sohibidir. U oʻzining shu xislatlarini namoyon qilish
uchun imkon topa olmayotgandir. Balki u ajoyib ovoz sohibidir, yoki betakror
moʻyqalam ustasidir....
Ana shunday tortinchoq, biroq isteʼdodli bolalar tanlov va tadbirlarda kashf
etiladi. Bularni harakatga keltiruvchi kuch bu sinfdan tashqari ishlardir.
Sinfdan tashqari ishlar bir necha turlarga boʻlinadi. Masalan, quyidagi turlarini
koʻrsatib oʻtish mumkin:
Seminarlar.
Davra suhbatlari.
Mavzuiy uchrashuvlar.
Musobaqalar.
Ekskursiyalar.
Sahna koʻrinishlari.
Intellektual oʻyinlar.
Loyihalar tanlovi.
Toʻgaraklar.
Koʻrik-tanlovlar.
Aksiyalar.
Bayram tadbirlari.
Tantanali marosimlar...
Seminarlar tashkil etish
Seminar – bu maʼlum mavzuga bagʻishlangan axborotni tegishli soha
mutaxassislariga yetkazish vositasidir.
Seminarning maqsadiga koʻra turlari:
ish tajribalarni ommalashtirish;
kasbiy malaka va mahoratni oshirishga oid maʼlumotlarni yetkazish;
tashkilot yoki jamoa faoliyatiga oid maʼlumotlarni berish;
aniq bir muammoga eʼtiborni qaratish yuzasidan statistik maʼlumotlar tahlilini
berish.
Seminarlarni tashkil etish tartibi:
- mavzuga oid materiallar toʻplash;
- tegishli mutaxassislarni jalb qilish;
- seminar dasturi va taklifnomasini ishlab chiqish;
- ishtirokchilar roʻyxatini tuzish;
- seminar oʻtish joyini mavzuga oid koʻrgazmalar bilan jihozlash;
- texnik vosita bilan taʼminlash (ekran, proyektor, video-audio magnitofon,
mikrofon).
Seminarlarni tashkil etish davomida qoʻllanilishi tavsiya etiladigan samarali
usullar:
anʼanaviy maʼruza;
taqdimot;
trening-mashgʻulot.
Davra suhbatlarini tashkil etish
Davra suhbati – gʻoyalar yoki maʼlum bir muammo yechimini hamkorlikda
topishning samarali shaklidir. Davra suhbatida ishtirokchilar biror-bir mavzu
boʻyicha oʻz bilimlarini chuqurlashtiradi, mavjud bilimlarni qoʻllash imkoniyatiga
ega boʻladi va jamoada ishlashni oʻrganish orqali taklif etilgan fikrlar orasidan
oqilonasini tanlab olish asosida yagona fikrga kelish koʻnikmalari shakllantiriladi.
Davra suhbati turlari:
gʻoyani rivojlantirishga bagʻishlangan; muammoning yechimini topishga
qaratilgan; global muammolarga jamoatchilik eʼtiborini qaratishga moʻljallangan;
yoshlarning ijod namunalarini namoyish etishga bagʻishlangan.
Davra suhbatlarini tashkil etish tartibi:
Tayyorgarlik davri:
- davra suhbati mavzusini va koʻriladigan masalalarni aniqlash uchun yoshlar
oʻrtasida
soʻrovnoma oʻtkazish;
- qatnashchilarga oldindan mavzuni eʼlon qilish;
- mavzuga oid materiallarni toʻplash.
2. Tashkiliy davr:
- qatnashchilardan guruhlarni shakllantirish;
- davrani olib boruvchini tayinlash;
- olimlar, sanʼat ustalari, tajribali mutaxassislarni jalb qilish;
- mavzuga oid metodik qoʻllanma, adabiyot, maqolalar, statistik maʼlumotlar
bilan taʼminlash;
- ssenariyni ishlab chiqish.
Davra suhbatlarini tashkil etish davomida qoʻllanilishi tavsiya etiladigan
samarali usullar: aqliy hujum; brifing; insert.
Davra suhbatlarini tashkil etishning namunaviy mavzulari:
Mavzuiy uchrashuvlarni tashkil etish
Mavzuiy uchrashuvlar – yoshlarning maʼlum bir tantanali sanaga, qiziqarli
mavzuga yoki biror-bir ijtimoiy ahamiyatli hodisaga bagʻishlangan sohaning yetuk
namoyandalari bilan oʻtkaziladigan tadbiridir.
Mavzuiy uchrashuv turlari:
ijtimoiy ahamiyatli hodisalarni oʻrganish;
sanʼat va madaniyat sohasi bilan tanishish;
fan arboblari va faxriylar, ustozlar ish tajribasini oʻrganish;
huquq-tartibot organlari bilan muloqot;
mudofaa va davlat idoralari vakillari bilan muloqot;
tibbiyot muassasalari vakillari bilan muloqot.
Mavzuiy uchrashuvlarni tashkil etish tartibi:
- uchrashuv dasturini ishlab chiqish va taklifnomalarni tayyorlash;
- olimlar, sanʼat ustalari va tajribali mutaxassislarni taklif etish;
- mavzuga oid koʻrgazmali qurollar bilan zalni jihozlash;
- davrani olib boruvchini tayinlash;
- texnika vositalari bilan taʼminlash.
Mavzuiy uchrashuvlarni tashkil etish davomida qoʻllanilishi tavsiya etiladigan
samarali usullar: brifing; ogʻzaki davra suhbati; anʼanaviy maʼruza;
ilgarilangan maʼruza; taqdimot.
Intellektual oʻyinlarni tashkil etishdan iborat.
FOYDАLАNGАN АDАBIYOTLАR RO‘YXАTI
1. Аbramovich S.А. Uroki vneklasnogo chteniya v 7-8 klassax M, L. 1964.
2. Bo‘ronov M. O‘zbek tili o‘qitish metodikasining baʼzi masalalari Nukus,
«Bilim» 1998.
3. Bo‘ronov M. O‘qituvchilar nutqidagi dialektal xatolar va ularni bartaraf qilish
yo‘llari. Nukus, «Qoraqalpog‘iston», 1990.
4. Ziyodova T. Tilsim topishmoqlari-nutqiy faoliyatini shakllantirish omili.
Toshkent, «O‘qituvchi» 1999.
5. Yoqubjonova O. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar. Toshkent, «O‘qituvchi»
1984.
6. Tursunov U, Muxtarov J. Rahmatullaev Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili.
Toshkent. 1992.
7. Umumiy o‘rta taʼlimning davlat taʼlim standarti va o‘quv dasturi Ona tili,
O‘zbek tili (taʼlim boshqa tilda olib boriladigan
maktablar uchun) 1999 yil, 1-maxsus son.
8. Shomaqsudov Sh, Shoahmedov Sh. Nega shunday deymiz. Toshkent, 1988.
9. G‘ulomov А.Q. Neʼmatov H. G‘. Ona tili taʼlimi mazmuni. T, «O‘qituvchi»
1995.
10. O‘zbek va qoraqalpoq tillarining lug‘atlari maktab darsliklari.