Beshiktervatarsimonlar, termitlar, to‘g‘riqanotlilar, tengqanotlilar, tripslar yoki hoshiyaqanotlilar, yarimqattiqqanotlilar turkumlari
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
311,1 KB
Beshiktervatarsimonlar, termitlar, to‘g‘riqanotlilar, tengqanotlilar, tripslar
yoki hoshiyaqanotlilar, yarimqattiqqanotlilar turkumlari
1. Beshiktervatarsimonlar va termitlar
2. To‘g‘ri qanotlilar turkumi
3. Teng qanotli xartumlilar turkumi
4. YArimqattiq qanotlilar turkumi
Beshiktervatrsimonlar turkumi
Bular ancha yirik yirtqich, tanasi cho‘ziq, boshi harakatchan, qanoti va qorinchasi
katta, oldingi oyoqlari yirtqichlikka moslashgan ushlovchi tipda bo‘ladi, og‘iz apparati
kemiruvchi tipda.
Tanasining rangi yashash muxitiga mos (yashil ba’zida jigarrang) bo‘lganidan
dushmanlaridan yaxshi ximoyalanadi. Tuxumlarini ooteka ichiga joylashtirib qo‘yadi.
Voyaga etgan beshiktervatar va uning lichinkalari turli hasharotlar bilan oziqlanadi.
18 - rasm. Beshiktervatarsimonlar turkumi.
Tropik mamlakatlarda uchraydigan yirik turlari hatto qushlar, sudralib
yuruvchilar va baqalarga ham xujum qila oladi. Beshiktervatarlarni 2 mingdan ortiq
turi ma’lum. Rossiyada 20 ga yaqin turi uchraydi.
Vakil oddiy beshiktervatar ko‘proq daraxtlarda uchraydi, rangi yashil, kattaligi
40-70 mm. Orqa oyoqlari soni uchida ingichka tikanchalari bor. Oddiy beshiktervatar
ba’zan ikkita avlod beradi.
Termitlar turkumi Ular asosan tropik qitalarda tarqalgan jamoa bo‘lib
yashovchi hasharotlardir. Boshi prognatik, qanotlari pardasimon, oyoqlari yuruvchi
tipda, panjalari to‘rt bo‘g‘imli.
Ularning jamoalarida 100 minglarcha (ba’zida milliongacha) individlar bo‘lib,
har bir kaloniyada bitta urg‘ochi (ona yoki poshshosi) bir necha erkak va ko‘p ishchi
va askarlari bo‘ladi.
Ishchi termitlarda jinsiy organlari rivojlanmagan. Kattaligi 8-12 mm. Boshi katta,
mo‘ylovi 20-25 bo‘g‘imli, og‘iz apparati kemiruvchi tipda. Ularning vazifasi erkak,
urg‘ochi va askarchalarni boqish, uy qurish va lichinkalarni tarbiyalash.
Askarcha. Askarchalarning boshi juda katta, ustki jag‘lari baquvvat bular jamoani
boshqa avlodlar yoki chumolilardan himoya qiladi. Kattaligi 14-15 mm.
19- расм. Термитлар туркуми:
1-ёш қанотли урғочиси; 2-
қанотларини ташлаб юборган
эркаги; 3- қорни тухум Билан тўлган
урғочиси; 4- ва 5-“аскарчалари”; 6-
ишчиси; 7-“аскарчаси”
Erkak termitlar. Tashqi tuzilishiga ko‘ra ishchilarga o‘xshasa ham o‘zicha
ovqatlana olmaydi. Bular faqat urg‘ochilarni urug‘lantiradi.
Urg‘ochi yoki poshsho termitlar voyaga etganda qorinchasi katta bo‘ladi. Faqat
ishchilarning parvarishi bilan yashaydi. Asosiy vazifasi tuxum qo‘yish. Bir kecha
kunduzda 1500 dan 3000 tagacha tuxum qo‘yadi. Agar urg‘ochisi o‘lsa yosh
urg‘ochisi uning o‘rnini egallaydi. Termitlarning faqat jinsli individlari qanotli
bo‘ladi.
Termitlar tuproq ichida, daraxtlarda, juda murakkab qurilgan uyalarda yashaydi.
Termitlar daraxtlarning yog‘ochlik qismi, dag‘al poyalar, ularning qoldiqlari,
po‘panaklar bilan oziqlanib, yog‘ochdan qurilgan imoratlarga, telegraf ustunlarga
katta zarar etkazadi. 2500 ga yaqin turi ma’lum. Rossiyada 7 turi, O‘zbekistonda
turkiston termiti tarqalgan. Bu termit o‘rta osiyoning dasht va saxrolarida qisman aholi
yashaydigan joylarda uchraydi. Mo‘ylovlari ingichka, 23-25 bo‘g‘imli. Urg‘ochi ona
termit qanotini tashlab yuborgan erkak individlarga o‘xshaydi. Inlarining chuqurligi
8-100 sm. Xatto 12 m gacha borishi mumkin. Turkiston termiti inidan mayning
birinchi yarmida uchib chiqadi. Urg‘ochisi uchish vaqtida urug‘lanadi. Bular yog‘och,
turli tuman mahsulot qoldiqlari bilan oziqlanib, qurilishlarga va mahsulotlarga zarar
keltiradi.
To‘g‘ri qanotlilar turkumi
Bu turkumning vakillari er yuzida keng tarqalgan. Bular ancha yirik
hasharotlar bo‘lib, tanasi cho‘ziq, boshi gipognatik tipda. Og‘iz apparati kemiruvchi
tipda. Bir juft murakkab ko‘zdan tashqari 3-4 ta oddiy ko‘zlari ham bor. Mo‘ylovlari
ko‘p bo‘g‘imli. Ba’zan tanasidan uzun (masalan temirchaklarda) qanotlari yaxshi
taraqqiy etgan. Orqa oyoqlari sakrovchi tipda. CHigirtkalar qorinchasining birinchi
tergitida tovush eshitish timpanal organi bo‘ladi. Tuxumlarini asosoan erga qo‘yadi.
CHigirtkalar qishloq xo‘jaligi zararkunandalari hisoblanadi. 20 minga yaqin turlarni
o‘z ichiga oladi. Rossiyada 7 turi uchraydi. Ikkita kenja turkumga bo‘linadi. 1) uzun
mo‘ylovlilar kenja turkumi, 2) kalta mo‘ylovlilar kenja turkumi.
Uzun mo‘ylovlilarga temirchaklar va chirildoqlar kiradi.
Temirchaklar vakillarining mo‘ylovlari uzun, oyoq panjalari to‘rt bo‘g‘imli,
tuxum qo‘ygichlari o‘roqsimon yoki qilichsimon bo‘ladi. Erkaklarining ust qanotlari
birining asosida yo‘g‘onlashgan tomir, ikkinchi qanotida ingichkalashgan qismi bor.
Ular bir biriga ishqalanish natijasida chirillagan ovoz chiqaradi. Eshitish organi
oldingi boldirlar asosida o‘rnashgan. Qo‘pchilik turlari tuxumlik bosqichida
qishlaydi. Rossiyaning evropa qismida , qozog‘istonda, o‘rta osiyoda uchraydi.
CHirildoqlar oilasi. Belgilari temirchaklarnikiga o‘xshash, oyoq panjalari uch
bo‘g‘imli, mo‘ylovlari ingichka va qilsimon. Ular chirildoqlar oilasi va
buzoqboshilar oilasiga bo‘linadi. CHirildoqlar yoki qorachigirtkalar xonadonlarda
uchraydi. Kechqurun chirillagani uchun uy qora chirildog‘i deb ataladi. Ozuqa
qoldiqlari non ushoqlari bilan oziqlanadi. Tuxumini iyun oyida qo‘yadi. Iyul oyida
lichinkalar chiqib o‘simliklarni zararlaydi. Parnik va poliz ekinlariga katta zarar
keltiradi.
Buzoqboshilar oilasi. Oldingi oyoqlari kavlovchi tipda (47 rasm). Qanotlari
kalta, boshi katta, urg‘ochilarida tuxum qo‘ygichlari yo‘q, kattaligi 3,5 -5- sm. Zax
tuproqli erlarda uya kavlab, kechasi aktiv xarakatlanadi. O‘simlik ildizi, kartoshka,
sabzavot va g‘o‘za ildizini qirqish yo‘li bilan zarar etkazadi.
Ko‘pchiligi yirik hasharot tanasining uzunligi 60-70 mm, mo‘ylovlari
ipsimon, ba’zan to‘g‘nag‘ichsimon, tuxum qo‘ygichi kalta bo‘ladi. Qanotlari yaxshi
taraqqiy etgan (qanotsizlari ham bor). CHigirtkalarning ovozi orqa oyog‘ining ust
qanot tolalariga ishqalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Timponal organi oldingi
qorincha bo‘g‘imi yon tomonda joylashib, xitin bilan o‘ralgan maxsus parda shaklida
tuzilgan. CHigirtkalar asosan tuxumlik, bir necha turlari voyaga etgan hasharot yoki
lichinkalik bosqichida qishlaydi.
20 – rasm. Kalta mo‘ylovlilar kenja turkumi, chigirtkasimonlar oilasi
CHigirtkalar tuxum qo‘yuvchi o‘simtasi yordamida erni kavlab maxsus
bezdan ajratilgan ko‘piksimon suyuqlik yordamida “ko‘zacha” hosil qiladi va uning
ichiga 150 tagacha tuxum qo‘yadi. (ayrim xollarda 1 m kvadrat erda 1800 tagacha
ko‘zacha bo‘lib, ularning xar biridan 100-120 tacha lichinka chiqadi). Tuxum
qo‘yish davri 1 oy davom etadi. Tuxum qo‘yib bo‘lgach avval erkaklari keyin
urg‘ochilari xalok bo‘ladi. Lichinkalari tuxumdan kelasi yili bahorda ochib chiqadi.
Rivojlanish davrida lichinka 4-5 marta tulaydi. CHigirtkalar oilasiga o‘rta osiyoda
keng tarqalgan to‘qay chigirtkasi, marokash chigirtkasi va boshqalar kiradi.
Teng qanotli xartumlilar turkumi
Bu turkum o‘z ichiga xilma-xil hasharotlarni oladi. Ular dalalarga, bog‘larga,
poliz ekinlariga, o‘rmon va qishloq xo‘jaligiga katta zarar etkazadi. Boshi
opistognatik tipda, og‘iz apparati sanchib so‘ruvchi o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi.
(50 rasm). O‘rta ko‘kragi boshqalarga qaraganda baquvvat. Qanotlari uchburchak
qalqonchali bo‘ladi. Saratonsimonlar va barg burgachalarining orqa oyoqlari
sakrovchi tipda. SHiralar, koksidlar va oq qanotlilar lichinkalarida oyoqlar juda
kaltalashgan yoki taraqqiy etmagan bo‘ladi. Ular o‘simlikning hujayra shirasining
so‘rib, kuchsizlantiradi va hosilini kamaytiradi. Ba’zan uni quritadi. G‘uddalar hosil
qiladi. Teng qanotli xartumlilarning 30 mingdan ortiq turi ma’lum. SHundan 4
mingga yaqin turi rossiyada uchraydi. Ularning 5 ta kenja turkumi ma’lum. 1)
saratonsimonlar. 2) oq qanotlilar, 3) barg burgachalari, 4) o‘simlik bitlari, 5) qalqon
bitlari.
Saratonsimonlar turkumi
Rossiyada 7 mingdan ortiq turi ma’lum. Mo‘ylovlari kalta 3 bo‘g‘imli,
uchinchi bo‘g‘imi uchida uzun bo‘g‘imli qilchasi bor. Oyoq panjalari uch bo‘g‘imli,
orqa oyoqlari sakrovchi tipda. Qorinchasi 8 bo‘g‘imdan iborat. Tuxumlarini o‘simlik
poyasini teshib qo‘yadi. Sayroqi saratonlarni lichinkasi tuproqda yashaydi.
Lichinkalarning rivojlanishi 3-4 yil. Amerikada tarqalgan turlari esa 15-18 yil
yashaydi. Saratonlarning ko‘pchilik turlari o‘simliklar zararkunandasi hisoblanadi.
Ular hartumchasi yordamida virus kasalligini tarqatadi.
SHiralar yoki o‘simlik bitlari
Er yuzida ko‘p tarqalgan mayda (0,5 mm) hasharotlardir. Tanasi yumshoq,
oval ko‘rinishda. Ba’zan sharsimon va silindrsimonlari ham bo‘ladi. Rangi sarg‘ish,
to‘q yashil, qoramtir va qora bo‘lishi mumkin. Mo‘ylovlari 5-6 bo‘g‘imli. Xartumi
cho‘ziq pastki labdan iborat bo‘lib 3 bo‘g‘imlidir. Qanotlari nozik, pardasimon,
oyoqlari tuklar bilan qoplangan. Panjalari ikki bo‘g‘imli, qorinchasi 9 ta bo‘g‘imdan
iborat. Ko‘pchilik tur shiralar voyaga etgan davrda quyidagi shakllarda bo‘ladi. Tirik
tug‘uvchi qanotsiz, tirik tug‘uvchi qanotli, tuxum qo‘yuvchi, qonotsiz urg‘ochi
individlar, qonotli erkak individlar uchraydi (52 rasm).
Mavsum davomida shiralarda jinsiy va jinsiz urchish bo‘g‘imlari
navbatlashadi. Bahor va yoz oylarida faqat partenogenez (urug‘lanmasdan)
ko‘payuvchi formalar uchraydi. Jinsiy bo‘g‘imlar kuzda vujudga keladi va
urug‘lantirilmagan tuxumlar qo‘yadi. Bunday tuxumlar qishlaydi, bahorda ulardan
shiralar chiqadi. Ular katta yoshga etgandan so‘ng kelguvsi bo‘g‘imlar uchun asos
bo‘ladi. SHuning uchun ular asoschilar deyiladi. Ular deyarli qanotsiz bo‘ladi va
jinssiz usulda qanotli va qanotsiz individlar tug‘adi. Bahor yoz davrida shiralar
jinssiz tirik tug‘uvchi va lichinka individlardan iborat bo‘ladi. Kuzga borib, erkak va
tuxum qo‘yuvchi urg‘ochi individlar yuzaga keladi. Qo‘yilgan tuxumlari qishlaydi.
Bahorda 15-20 kunda, yozda 4-8 kunda rivojlanadi. Bahor va yoz davomida faqar
partonogenez bilan ko‘payuvchilar avlodlari bir mavsumda 15-20 gacha nasl berib
qo‘payadi.
SHiralar bo‘g‘inlar almashishdan tashqari bir tur o‘simlikdan ikinchisiga
ko‘chib o‘tadi. SHiralarni biologik xususiyatlari katta ahamiyatga ega. 1) bir uyli
hayot kechirish siklini tamomila bir tur o‘simlikda o‘tkazuvchi turlar, 2) ikki uyli
qishlovchi tuxumi asoslantiruvchisi va uning avlodlari birlamchi xo‘jayinda
migratsiyadan keyingi bo‘g‘imlar esa ikkilamchi xo‘jayinda rivojlanuvchi turlari, 3)
to‘liqsiz siklli bo‘g‘im. Qishlovchi tuxum va asoslantiruvchilarni yo‘qotgan va faqat
partonogenetik urchigan tur yoki ko‘pincha tur ichra formada ekanligi muhim
biologik belgilardan xisoblanadi. SHiralarning hayot faoliyatiga harorat kuchli ta’sir
etadi. SHiralar o‘simlik shirasini so‘rish natijasida to‘qima jaroxatlanadi. SHiralar
ajratgan chiqindilar o‘simlikning barg, mevalarni ifloslantiradi. O‘simliklarga virus,
zamburug‘ va boshqa kasalliklarni yuqtiradi.
SHiralarning 20 mingdan ortiq turi ma’lum. Rassiyada 6 mingcha turi
uchraydi. O‘rta osiyoda shiralarning 100 dan ortiq yangi turlari aniqlangan. O‘rta
osiyo shiralarni o‘rganishga tojikiston fanlari akademiyasi akademigi M.N.
Narziqulov katta xissa qo‘shgan.
Koksidlar yoki qalqondorlar kenja turkumi
Bu kenja turkum vakillari o‘simliklarning turli qismlarida, barg va poyalarida,
ko‘pincha mayda, ba’zan chig‘anoqqa o‘xshaydigan va o‘simlik yuzasiga yopishib
turadigan mum qalqonchalar ko‘rinishda bo‘ladi. O‘rta osiyoda 300 ga yaqin turi,
shundan 30 ortig‘i mevali, manzarali daraxtlarga jiddiy zarar etkazadi. Ayrim
turlaridan tabiiy to‘q pushti rang bo‘yoq yoki lak olinadi.
Qalqondorlar va soxta qalqondorlarning urg‘ochilari qanotsiz, xarakatsiz
bo‘ladi. Tanasi bosh, ko‘krak, qorincha qismlarga bo‘linmagan. Hamma bo‘g‘imlari