BIOETIKA VA DEONTOLOGIYA ASOSLARINI XIRURGIK BEMORLARNI QABUL QILISHDA QO’LLASHNING AHAMIYATI
Yuklangan vaqt
2025-01-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
22,0 KB
BIOETIKA VA DEONTOLOGIYA ASOSLARINI XIRURGIK
BEMORLARNI QABUL QILISHDA QO’LLASHNING AHAMIYATI
Kasalxonada va ambulatoriya sharoitida bolalarni parvarishlash ham tibbiyot
xodimlari (shifokorlar, hamshiralar), ham bemorning yaqinlari tomonidan amalga
oshiriladi. Tibbiyot xodimlarining bemor bola va yaqin qarindoshlari bilan aloqalari
davomiyligi boshqacha bo'lishi mumkin. Bunday aloqalar ba'zan kasalxonaga
yotqizilganidan keyin ko'p hafta yoki oylar (hatto yillar) davom etadi. Bu holatlar
tibbiyot xodimlari o'rtasidagi munosabatlarda, shuningdek sog'liqni saqlash
xodimlari va kasal bolalar, tibbiyot xodimlari va bolalarning oila a'zolari o'rtasida
axloqiy va deontolojik tamoyillariga amal qilishga sabab bo’ladi.
Tibbiy etika - tibbiyot xodimlarining axloqiy me'yorlari to'plami. "Etika" so'zi
yunoncha "etos" - odat deyiladi. Jamiyatda odamlarning xatti-harakatlari va
munosabatlarini normalar, qoidalar va urf-odatlar boshqaradi. Ularga asosan tibbiyot
xodimlarining etika va axloqiy tamoyillari belgilanadi: burch, sha'n, qadr-qimmat,
vijdon, baxt-saodat.
Tibbiy etika printsiplari shifokorlarning kundalik faoliyatida kuzatilishi kerak.
Tibbiyot xodimining burchi - bemorga yuqori professional darajada yordam berish,
hech qachon va hech qanday bahona sababli bemorning jismoniy va ruhiy
salomatligiga qarshi qaratilgan faoliyat bilan shug'ullanmasligi kerak.
Tibbiyot etikasiga shunday muammolarni hal qilish kiradiki, unga asosan
nafaqat yashayotgan insonlar hayoti va salomatligi, balki bo’lg’usi avlod hayoti va
salomatligini yaxshilash kiradi. Bular: tinchlik uchun kurash, ommaviy qirg'in
vositalarini yaratish va to'plashga qarshi kurash, atrof-muhitni muhofaza qilish va
boshqalar.
Hamshira burchi bu – avvalo shifokor ko’rsatmasini aniq bajarishdir (holat,
parhez, inyeksiya, tana haroratini o’lchash, dori tarqatish, va h.o.). Agarda
hammshira vrach ko’rsatmalarini rasmiylik uchun emas, balki chin ko’ngildan
bajarganda bemorlarning tez tuzalishi, dardini engillashishi yanada samarali bo'ladi.
Bularning barchasi intizomni, professional ko'nikmalar va bilimlarni doimiy
ravishda takomillashtirishni talab qiladi.
Bunday holatda hamshiraning shaxsiyati muhim ahamiyatga ega. Agarda
tibbiyot xodimi malakali bo'lsa, o'z vazifalarini professional bajarsayu, bemorlar
bilan aloqa o'rnata olmasa, uning xatti-harakatlari davolashda kutilgan natijani
bermaydi. Uning e'tiborli, mehribon bo’lishi, samimiy muomalasi, doimo tabassum
ulashishi burchi bo’lib hisoblanadi va bolalarning yangi muhitga moslashishi uchun
yordam bo’ladi.
Sha'n va yahshi hislatlar burch tushunchasining ajralmas qismi hisoblanadi,
ya'ni o'z-o'zini anglash, yahshi hislatlarini ifoda etish, obro'sini saqlash, doimiy
ravishda kasbiy mahoratini oshirishga va ish sifatini yahshilashga intilishdir.
Tibbiy deontologiya (yunoncha “deontos” – kerak bo’lgan, majbur) - tibbiyot
xodimlarining o’z professional majburiyatlarini bajarishdagi ahloqiy normalari va
tamoyillari to'plamidir. U tibbiy etika bo’limiga kiritilgandir, chunki u ko'plab
masalalarni qamrab oladi. Deontologiya tibbiyot xodimining ahloqiy harakatlarini
o’rganadi, davolash samaradorligini maksimal oshirishga qaratilgan harakatlarni
o'rganadi, tibbiy faoliyat davomida salbiy omillar va tibbiy xizmatning to’laqonli
bo’lmasligini oldini oladi. Xalqaro vrachlik deontologiya kodeksiga ko’ra
shifokorga ikkita strategik talablar qo’yiladi: 1) bilim; 2) insonlarga ijobiy
munosabat.
Tibbiy xodimlarning o'zaro munosabatlari. Kasalxona sharoitida tibbiyot
xodimlari o'rtasidagi munosabatlar alohida ahamiyatga ega. Tibbiy xodimlarning
ahloqiy qoidalarini buzish, ularning kasbiy majburiyatlarini bajarmasligi davolash
jarayonining samaradorligiga ta’sir qiladi. Bemor bolalar yoki ularning qarindoshlari
oldida har qanday holatda ham tibbiy xodimlar o’zaro o'rtasidagi munosabatni xal
qilishga yol qo'yilmaydi. Odamning mavqeiga e'tibor qaratishimiz kerak,
subordinatsiyani saqlash lozim, ya'ni lavozimi kichik hodim katta lavozimli xodimga
bo’ysunishi: kichik hanshira – post hamshira – muolaja hamshira - katta hamshira
- shifokor - bo'lim boshlig'i.
Tibbiy xodimlar bemor bolalar oldida professional mavzular bo'yicha
suhbatlar o'tkazmasligi kerak. Ba'zi bemorlar ta’sirchan bo’lishini hisobga olish
kerak, ular osonlik bilan ta’sirga beriladi va ularda tez yatrogeniya, ya'ni
psixopatiyaga bog'liq kasalliklar rivojlanishi mumkin.
Tibbiy xodimlarning ota-onalari va bemor bolaning qarindoshlari bilan o'zaro
munosabatlari. Ota-onalar, ayniqsa onalar, aksariyat hollarda kasallikni qiyin qabul
qilishadi. Og’ir kasallangan bemorning onasi psixologik jihatdan travma oladi va
noadekvat munosabat, ya’ni reaktsiya bildirishi mumkin. Shu sababli tibbiy
xodimlar istisno qilmasdan onaga alohida e’tibor berishlari zarur. Kasalxonada og’ir
kasal bo'lgan bolaga g'amxo'rlik qiluvchi onalarga alohida e'tibor berilishi kerak.
Ayolni so'z bilan ishontirish, nafaqat dam olish, balki ovqatlanish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratib berish, bolaning to'g'ri davolanishiga ishonch hosil qilishiga
yordam berish muhimdir. Ona shifokor tomonidan tayinlangan manipulyatsiya,
muolajalarni va h.o.larning ahamiyati va zarurligini tushunishi kerak. Har qanday
yoshdagi bolalarga nisbatan munosabat teng va yaxshi bo'lishi kerak. Bu qoida
kasalxonada qolishning birinchi kunlaridan kuzatilishi kerak. Bolalar palataga
yotishni yomon qabul qilishadi; ota-onalar ketgandan so’ng, tibbiy xodimlarning
bolani tinchlantirishi qiyin bo’ladi.
Ko'pgina ota-onalar tibbiy xodimlarga yahshi va ishonch bilan munosabatda
bo'lib, ularning og’ir mehnatlari uchun minnatdor bo’lishadi. Shu bilan birga,
qo'pollik va shafqatsiz xatti-harakatlar bilan shifoxona xodimlarining e'tiborini
bolalarga qaratishga harakat qiluvchi "qiyin" ota-onalar ham mavjud. Bunday ota-
onalarga tibbiy xodimlar ichki va tashqi xotirjamlik bilan javob berishi yomon xulqli
odamlarga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Tashrif va narsalarni qabul qilish vaqtida hamshiraning bemor ota-onasi va
qarindoshlari bilan suhbatlashishi kata ahamiyatga ega. Ish ko’pligiga qaramasdan
shifokor barcha savollarga xotirjamlik bilan javob berishga vaqt topishi kerak. Ota-
onalar bolaning kasalligini bilishda, davolashning to'g'riligini va jarayonni aniqlab
olishda tibbiyot hamshirasidan bilishda qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Bunday
hollarda qarindoshlari bilan suhbatlashish hamshiraning vakolatiga kirmaydi. Uning
kasallikning belgilari va natijasi haqida gapirishga haqqi yo'q. Hamshiralar
xushmuomalalik bilan kechirim so'rashi, qarindoshlarni shifokor yoki bo'lim
boshlig'iga murojaat qilishlari uchun yuborishlari kerak.
Hamshiralar ota-ona hohishiga, asossiz talablariga qarab shifokor buyurgan
tavsiya, holat, parhezni to’xtatmasligi kerak. Bumday "labbay" deb javob berish
faqat zarar bolib, tibbiy tamoyillarga to’g’ri kelmaydi.
Tibbiy xodimlar va ota-onalar o'rtasidagi munosabatlarda muomala shakli
muhim ahamiyatga ega. Ota-onalarga murojatida hamshira ism-shariflarini aynib
murojat qilishlari kerak, "papasha" yoki "mamasha" deb chaqirish kerak emas.
Bolalar bo'limlarida ota-onalar bilan tibbiy xodimlarning aloqalari yaqin va
tez-tez sodir bo'ladi: Bemorning oilasi bilan hamshira orasidagi to'g'ri aloqa qilish
taktikasi ruhiy muvozanatni yaxshilaydi: tibbiy xodim - kasal bola - uning ota-onasi.
Tibbiy deontologiyaning axloqiy tamoyillari va deontologiya me'yorlariga
rioya qilish majburiy bo’lib, tibbiy xodim ish joyiga va lavozimiga bog'liq emas.
Tibbiyot xodimlarining deontologiya me'yorlariga jamoatchilik mulkiga to’g’ri
munosabatda bo’lish, kollegiallik tuyg'usi, intizomni saqlash, halol va vijdonan
munosabatda ishlash kiradi. O'zaro ishonchli bo'lish uchun ehtiyotkorlik va shijoatni
ko'rsatish kerak.
Tibbiy xodimi faoliyatida bemorlar va hamkasblari orasida o’zini tuta bilishi,
sharoitga qarab suhbatlashishi va h.o. muhim. Xar bir hodim toza ko'rinishga ega
bo’lishi, kiyimi, poyabzali tozaligini nazorat qilishi, taqinchoqlari kam bo’lishi va
ortiqcha bo'yanmasligi lozim. Tibbiy muassasada chekish taqiqlanadi. Ish kiyim
(xalat, bosh kiyim va galstuk, almashib kiyiladigan poyabzal) toza va namunali
bo'lishi kerak.
Axloqiy xatti-harakatlarga to’g’ri salomlashish (ism-sharifi bilan) ham kiradi.
Tibbiy sir. Tibbiy xodim tekshiruv, davolash va kuzatuv vaqtida olingan
bemor haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilish huquqiga ega emas. Bemorning holati,
kasallikning natijasi, ishlatilayotgan davolashni baholash va boshqalar barilla
aytilmaydi. Tibbiy sirni saqlashda tibbiy xujjatlarni to'g'ri yuritish va saqlash muhim
ahamiyatga ega. Hujjatlarning hech birida tibbiy sirlarni oshkor qilish manbai
bo'lishi kerak emas.
Nazorat savollari:
1. Tibbiy etika nima?
2. Tibbiyot xodimining axloqiy burchi nima?
3. Deontologiya qanday o'rganiladi?
4. Tibbiy deontologiya vazifalari qanday?
5. Tibbiy xodimlarni o’rtasidagi aloqalqr bolalar kasalxonasi sharoitida qanday
bo’ladi?
6. Post hamshirasi va bemor bolaning ota-onasi o'rtasidagi munosabatlarning axloqi
qoidasi qanday?
7. Tibbiy xodim qaysi qoidalar va tamoyillarga amal qilishi kerak?
8. Tibbiy sir nima?