BIOSFERANING IFLOSLANISHI VA UNING OLDINI OLISH MASALASI
Yuklangan vaqt
2025-08-24
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
32
Faytl hajmi
3,7 MB
BIOSFERANING IFLOSLANISHI VA UNING OLDINI OLISH MASALASI
KURS ISHI
REJA:
I. KIRISH.
II. ASOSIY QISM.
1. Biosfera va unda kechadigan jarayonlar haqida.
2. Biosferaning ifloslanishiga sabab bòluvchi omillar.
3. Biosferani ifloslanishdan saqlab qolishning dolzarb masalalari.
III. XULOSA.
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi –Kurs ishini asosiy mavzusi biosferaning
ifloslanishi bo’lib bu ish davomida biz mudxish xodisalarning insoniyatga salbiy
ta’sirlari haqida gaplashamiz. Oxirgi yillarda tabiatda tabiiy ofatlarning ko’payishi
va ularning salbiy oqibatlarini oldini olish bo’yicha bir qancha tabiatni xavfsizligini
asrovchi korxona va tashkilotlar ish olib bormoqdalar.
Foydalanuvchi Kurs ishini o’rganishda biosferaning ifloslanishi va uning oldini
qanday olish masalari haqida kengroq tushunchaga ega bo’ladi.Tabiiiy
hodisalarning kelib chiqishi va ularning oqibatlari haqida ma’lumotlar ham oladi.
Kurs ishining maqsadi – kurs ishini yozishdan asosiy ustuvorlik qiladigan
maqsadlardan biri bu biosferaning ifloslanishini yuzaga keltiradigan sabablarni
o’rganish va ularning ommaga ta’siri darajasini o’rganib shunga yarasha vaziyatda
xafvsizlik choralarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishini vazifalari—biosferaning ifloslanishi va yer yuzining yaroqsiz holga
kelishi natijasida yuzaga keladigan har qanday holatdagi vaziyatlarni oldini olish va
shunday holatlarda xavfsizlik choralarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Kurs ishini obyekti—kurs ishi mavzusini yoritishda yordam beradigan biosferaning
ifloslangan joylarini topish va ularning kelib chiqish sabablarini o’rganish jarayoni.
Kurs ishi predmeti—tabiiy yuz bergan hodisalarni o’rganish jarayonlarida
ishlatiladigan asbob uskunalar.O’quvchilarga tabiiy xodisalarning halokatli
asoratlarini
tanishtirish
jarayonida
qo’l
keladiga
axborot
texnologiya
vositalari,kitob,qo’lyozma manbalar va hokazolar kiradi.
1. Biosfera va unda kechadigan jarayonlar haqida.
Biosfera deganda ko’pchilik ilmiy atama bo’lganligi uchun tushunishmaydi, biz
esa uni soddagina qilib biz nafas olib turgan havo qatlami deyishimiz mumkin.
Biosfera — (gr. “bios”-hayot. «spaira»-shar) Yer sharining tirik organizmlar
ta’sirida bo`lgan qismi bo`lib, uning tarkibi va energetikasi shu organizmlarga
faoliyatiga bog`liq. Biosferaning hayot chegarali shartli ravishda quyidagicha qabul
qilingan: pastki chegara — harorati 100 0S gacha issiq suvga ega bo`lgan yer osti
qatlamidir. Bu qatlam ba’zi joylarda 10–15 ming metr chuqurlikkacha bo`lib, unda
ayrim bakteriyalar yashayolishi aniqlangan; yuqori chegara — yerdan 25–35 km.
balandlikda joylashagan ozon pardasi hisoblanadi.
1-rasm. Yillik òzgarish.
Hozirgi asosiy ekologik masalalardan biri biosferani biologik tartibga solib turish
ya’ni ekotizimlarning barqarorligini va ulardagi tabiiy muvozanatni ta’minlashdan
iborat. Noosferaning lug‘aviy ma’nosi «fikrlovchi qobiq» demakdir. Rus olimi V.I.
Vernadskiy birinchi bo’lib sayyoramizdagi barcha tirik organizmlarning
olamshumul ahamiyatini ochib berdi.
Biosfera atmosferaning ozon ekranigacha balandlikda boʻlgan qismi (20–25 km),
litosferaning sirtqi qismi va gidrosferani toʻliq oʻz ichiga oladi. Biosferaning quyi
chegarasi quruqlikda 2–3 km, okean tubida 1–2 km chuqurlikkacha boradi.
Biosferada moddalar aylanishi 2 xil bo`ladi — geologik (katta) aylanish va biologik
(kichik) aylanish. Tirik organizmlar Yer yuzining barcha muhitlarini egallab olgan
bo`lib, bundan faqatgina bepoyon muzliklar va harakatdagi vulqon kraterlari
mustasno.
Birinchi bosqich, Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi
ikkinchisining oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni
bajarib turadigan organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan.
Ikkinchi bosqich, Yer yuzini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi davrda
B.ning rivojlanishi yangi pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda insonning B.ga
biokimyoviy taʼsiri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta kuchga
aylandi.
Biogenez rivojlanish davri bo`lib, bu davr tabiatda moddalar aylanishi va tirik
organizmlarning shunchaki ko`payishidan iborat edi. Keyinchalik unda insonning
kelib chiqishi biosfera taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi
Noogenez davri boshlanib, biosfera noosferaga aylandi. Noosfera o`z tarjimasiga
ko`ra idrok doirasi bo`lib, bunda biosferadagi hayot jarayonlari insonning aqliy
faoliyati bilan boshqariladi. Noosferaning shakllanishi insoniyat oldiga tabiat bilan
ehtiyot korona munosabatda bo`lish masalasini qo`ydi. Bu jamiyatning har bir
kishisidan o`ylab ish tutishni, o`zi o`tirgan daraxt shoxiga bolta urmaslikni talab
qiladi.
Yerdagi hayot murakkab va xilmaxil organizmlar kompleksidan iborat. Tirik
organizmlar va ular yashaydigan muhit oʻzaro chambarchas bogʻlangan bir butun
dinamik sistema—biogeotsenozlarni hosil qiladi.
Yerda hayotning rivojlanishi davomida organizmlarning bir guruhi ikkinchisining
oʻrnini olib turgan boʻlsada, u yoki bu geokimyoviy funksiyalarni bajarib turadigan
organizmlar nisbati oʻzgarmasdan qolgan. Shu tufayli turli geologik davrlarda
moddalar bir xil tezlikda Yer qobigʻida toʻplanib borgan. Shunday qilib, tirik
organizmlar hayotning muhim sharti boʻlgan anorganik muhitning doimiyligi
(gomeostaz holati)ni saqlab turadi.
Inson faoliyati Yer yuzini tubdan oʻzgartirishga qodir boʻlgan hozirgi davrda
Biosferaning rivojlanishi yangi pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda insonning
biosferaga biokimyoviy taʼsiri boshqa barcha tirik organizmlarga nisbatan juda katta
kuchga aylandi. Lekin tabiiy resurelardan foydalanishni biosferaning rivojlanishi va
funksiyasi qonuniyatlarini nazarpisand qilmasdan amalga oshirilishi (masalan,
oʻrmonlarning kesilishi, yerlarning oʻzlashtirilishi, shaharlar, zavod, fabrikalar,
sunʼiy suv havzalari, yoʻllar qurilishi va boshqalar) biosferadagi biokimyoviy
jarayonlarga katta taʼsir oʻtkazmoqda.
Yer osti boyliklarini qazib olib, juda koʻp miqdorda yoqilgʻi yoqilishi moddalar
almashinuvini tezlashtirib, biosfera tarkibi va uning gomeostaz holatiga taʼsir
koʻrsatadi. Shu tufayli biosfera.ni bir butun, muayyan darajada tartibga solingan
murakkab dinamik sistema deb qaralishi unda kechadigan jarayonlarni toʻgʻri
tushunib olishga yordam beradi. Biosfera toʻgʻrisidagi taʼlimot ekologiya,
biotsenologiya va boshqa fanlarning rivojlanishida, tabiat va jamiyatning
rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan juda koʻp oʻta murakkab muammolarni xal etishda
katta ahamiyatta ega Biosfera sayyoramizdagi hayot qobig`i hisoblanib, tirik
organizmlarning o‘zaro chambarchas aloqa, munosabatlaridan iborat murakkab
ekosistemalar majmuasini tashkil qiladi.
Biosferaga faqatgina yerning qobig`ida tarqalgan tirik organizmlar kirib qolmasdan
balki uning tarkibiga qadimgi davrlarda organizmlar ishtirokida hosil bo‘lgan
litosferaning yuqori qismi ham kiradi.
2-rasm. Yer yuzining yaralishi
Yer yuzida endigina paydo bolgan inson tabiatga tobe' bolib yashagan, undan oz
ehtiyoji uchun zarur miqdordagina ozuqa olgan va uni tabiatga chiqindi holatida
qaytargan. Ammo keyinchalik insonda idrok qilishning kelib chiqishi uning tabiatga
bolgan munosabatini tubdan ozgartirdi. Olovga ega bolgan inson uning yordamida
ish qurollari yasadi, ularni takomillashtirdi va tabiatga oz ta'sirini tobora
kuchaytirabordi.
Shunday qilib, biosfera rivojlanishida yangi-noogenez davri boshlanib, biosfera
noosferaga aylandi. Noosfera oz tarjimasiga kora idrok doirasi bo`lib, bunda
biosferadagi hayot jarayonlari insonning aqliy faoliyati bilan boshqariladi.
BIOSFERADAGI MODDALARNING XOSSASI VA FUNKTSIYALARI
I. Tirik moddaning maxsus xususiyatlari quyidagilar:
1. Biosferaning tirik moddasi katta energiya zaxirasiga ega.
2. Tirik va o’lik moddalar o’rtasidagi keskin farq ularda boradigan kimyoviy
reaktsiyalar tezligidadir (tirik moddada boradigan kimyoviy reaktsiyalar tezligi
ming va million marta ortiq).
3. Tirik moddaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, undagi oqsillar, fermentlar va
boshqa kimyoviy birikmalar faqat tirik organizmlarda barqaror bo’ladi.
4. Biosferada har qanday moddaning erkin harakati va ma’lum darajada o’z- o’zini
idora etishi umumiy xususiyat hisoblanadi.
5. Tirik modda o’lik moddaga nisbatan morfologik va kimyoviy xilma-xilligi
jihatidan ajralib turadi. Tirik modda tarkibiga kiradigan 2 mln.dan ortiq organik
birikmalar ma’lum bo’lib, tabiiy minerallar esa ikki ming atrofida xolos.
6. Tirik modda biosferada ayrim organizmlar sifatida namoyon bo’lib, ularning
o’lchami ham juda xilma-xil. eng kichik viruslar 20 nm.dan oshmaydi. eng yirik
hayvon hisoblangan kitlarning uzunligi 33 m ga boradi. eng baland daraxt
(evkalipt)ning bo’yi esa 100 m dan ortadi.
II. Tirik moddaning asosiy biogeokimyoviy xususiyatlari quyidagilar:
1. energetik xususiyati.Fotosintez jarayoni orqali quyosh energiyasini to’plash va
uni keyinchalik biosferaning ayrim tarkibiy qismlarga taqsimlanishi. Biosferada
quyosh energiyasining to’planishi tufayli unda hayotning barcha ko’rinishlari
mavjuddir.
2. Gazlar hosil qilish va ularning harakatini amalga oshirish xususiyati. Gazlarning
aylanib yurishi, o’zgarishi orqali biosferaning gaz tarkibini ta’minlaydi.
Sayyoramizdagi asosiy gazlar biogen yo’l bilan kelib chiqqan. Tirik modda faoliyati
natijasida azot, kislorod, karbonat angidrid gazi, vodorod sulfid, metan va boshqa
gazlar hosil bo’lgan.
3. Biogen moddalarni to’plash xususiyati.Tirik modda tarkibida engil
elementlarning atomlari (H, C, N, O, Na, Mg, AI, Si, S, CI, K, Ca) ko’p miqdorda
uchraydi. Ushbu elementlarning miqdori tirik organizmlar ta’sirida tashqi muhitga
nisbatan yuz va ming barobar ortiq to’planadi. Ana shu xususiyat tufayli
biosferaning kimyoviy tarkibi xilma-xil ekanligi hamda o’lik moddalardan keskin
farq qilishi namoyon bo’ladi.
4.Oksidlanish-qaytarilish xususiyati.Ma’lum moddalar (atomlari o’zgaruvchan
darajadagi oksidlanish xususiyatiga ega bo’lgan) domiy ravishda kimyoviy
o’zgarishlardan iborat bo’lib, bunda Yer yuzasida biogen moddalarning oksidlanish-
qaytarilish jarayonlari ustunlik qiladi.
5. Parchalanish xususiyati.Tirik organizmlarning nobud bo’lishidan keyin
parchalanish, ya’ni organik moddalarning minerallashish jarayoni sodir bo’ladi.
Natijada biosferada biogen va oraliq moddalar hosil bo’ladi.
6. Muhit hosil qilish xususiyati.Organizmlarning hayot faoliyati natijasida
muhitning
fizik-kimyoviy
ko’rsatkichlarini
o’zgartirishdan
iborat
bo’lib,
V.I.Vernadskiy “Organizmlar tashqi muhit bilan bog’langan, shuning uchun u tashqi
muhitga nafaqat moslashib qolmay, balki unga moslashgan”, deb yozgan edi.
7. Transport xususiyati.Moddalarning Yerning tortish kuchiga qarshi gorizontal
yo’nalishda tashib yurilishi.
2. Biosferaning ifloslanishiga sabab bòluvchi omillar.
Insonning biosferaga salbiy taʼsiri. Turli tabiiy ofatlar, ocharchilik insonlar soni
kamayishiga sabab boʻlmoqda. Masalan, 1975-yilda Xitoyda boʻlgan yer
silkinishidan 600 mingdan ortiq odam oʻlgan boʻlsa, 1985-yilgi Mexikodagi yer
qimirlash 20 ming, Kolumbiyadagi vulqon 26 ming, Armanistondagi yer qimirlash
25 ming, Tojikistonda esa 100- mingdan ortiq odamlar oʻlimiga sabab boʻldi, 2001-
yil yanvar oyi oxirida Hindistondagi yer silkinishida 40000 ga yaqin kishi halok
boʻlgan. Ammo insonning tabiatga koʻrsatgan salbiy taʼsiri xilma-xildir. Masalan,
oʻrmonlardagi yongʻin sababli ming-minglab gektar yerdagi daraxtlar, ularning
organik moddasi yonib ketadi.
Atlantika okeani ustidan uchib oʻtgan reaktiv samolyot 35 t. kislorod yutib,
atmosferaga yutgan kisloroddan ortiq zaharli gazlar chiqaradi. Yerga haddan ziyod
koʻp zaharli moddalar ishlatilishi biosfera turgʻunligining buzilishiga sabab boʻldi.
1960-90 yillar Oʻzbekiston paxta dalalarining har gektariga 45–51 kg dan zaharli
gerbitsidlar qoʻllanilishi qancha-qancha insonlarning ogʻir dardga chalinishiga
sabab boʻldi, qanchasi hayotdan koʻz yumdi. Zaharli moddalar taʼsiri ham koʻp yilar
davom etadi. Turli mamalakatlar tomonidan dunyo okeani 6-7 mlrd.t qattiq
chiqindilar tashlanadi, gidrosfera 90-100 mln. t. neft, neft mahsulotlari shundan 19-
20 mln. tonna yer usti ekosistemasiga, 60-70 mln. tonna atmosferaga tushadi.
Shunday texnogen sabablarga koʻra, keyingi 130 yil ichida atmosferada CO2
miqdori 0,3% dan 0,5% ga yetib qoldi. Ovropa mamlakatlaridagi sanoat va
transportdan ajratilgan zaharli gazlar yerga (yomgʻir) kislotasi shaklida tushmoqda,
havoda zaharli gazlar miqdori ortgan, masalan, 1 odamga 47 kg zaharli gazlar toʻg’ri
keladi. Atmosferadagi 70% gazlar Shvetsiya va 80% esa Norvegiya sifatida shamol
bilan boshqa qoʻshni hududlarga tarqaladi.
Ovropada hosil boʻladigan kislotali yomgʻirlarning 20% i Shimoliy Amerikadan
keladi. Kislotali yomg‘iriga oltingugurt dioksidi va azot oksidi kabi birikmalar
havoga chiqarila boshlanganda hosil bo‘ladigan kimyoviy reaksiya sabab bo‘ladi.
Ushbu moddalar atmosferaga juda baland ko‘tarilishi mumkin, u erda ular suv,
kislorod va boshqa kimyoviy moddalar bilan aralashib, kislotali yomg‘irni hosil
qiladi. Oltingugurt dioksidi va azot oksidi suvda juda oson eriydi va shamol
tomonidan juda uzoqqa olib ketilishi mumkin. Natijada, bu ikki birikma ma’lum
kunlarda biz boshdan kechiradigan yomg‘ir, qor va tumanning bir qismiga
aylanadigan uzoq masofalarni bosib o‘tishi mumkin.
3-rasm. Kislotali yomģir tasvirlangan rasm.
Inson faoliyati kislotali yomg‘irning asosiy sababidir. So‘nggi bir necha o‘n yilliklar
davomida odamlar havoga juda ko‘p turli xil kimyoviy moddalar chiqardiki, ular
atmosferaning tarkibini o‘zgartirdilar. Masalan, Toshkentda havoning is va chang
gazlari bilan ifloslanishi bunga misol. Elektr stansiyalari elektr energiyasini ishlab
chiqarish uchun ko‘mir kabi qazib olinadigan yoqilg‘ilarni yoqish paytida
oltingugurt dioksidining katta qismini va azot oksidlarining katta qismini chiqaradi.
Bundan tashqari, avtomobillarning is gazlari havoga azot oksidi va oltingugurt
dioksidini chiqarib, ushbu ifloslantiruvchi moddalar kislotali yomg‘irni keltirib
chiqaradi.
Tabiatda pH darajasi 5,0 atrofida bo‘ladi. Yomg‘ir ishqoriy kimyoviy moddalar yoki
havo, tuproq, toshlar, ko‘llar va daryolarda mavjud bo‘lgan kislotali bo‘lmagan
materiallar bilan reaksiyaga kirishadi. Bu reaksiyalar odatda tabiiy kislotalarni
zararsizlantiradi. Biroq, agar cho‘kindi moddalar juda kislotali bo‘lib qolsa, bu
materiallar barcha kislotalarni zararsizlantira olmaydi. Vaqt o‘tishi bilan kislotali
yomg‘ir bu neytrallashtiruvchi moddalarni yuvishi mumkin. Bu ekinlar, daraxtlar,
ko‘llar, daryolar va hayvonlarga zarar etkazadi. Keyingi 4-5 yil ichida Osiyo
osmonida sariq tuman hosil boʻlib, kislotali yomgʻir 2005-yil 10, 14-iyul kunlari
Toshkentga yogʻdi. Yomgʻir sariq zang pH=4,5 boʻlib, yomgʻir tufayli sabzavot
oʻsimliklari qurib qoldi. Bundan 150-170 yillar avval Ovropa yerlariga atmosferadan
yogʻin bilan kadmiy elementi tushgan emas, lekin keyingi vaqtda gektariga 5,4 - 5,5
gr kadmiy tushmoqda. Uning odamning ayrim bezlaridagi miqdori 1900-yilga
qaraganda 75-80 barobar ortgan. Yirtqich qushlarda esa 132 barobar koʻpaygan.
Hattoki keyingi 100 yil ichida Pomir-Oloy muzliklarida kadmiy miqdori 5-6-marta
oshgan. Inson ijod qilgan moddalarning, tiriklik genetik sistemasiga salbiy taʼsiri
juda katta. Hozirgi kunda dunyo boʻyicha koʻp miqdorda turli kimyoviy moddalar
toʻplangan boʻlib, ularning ayrimlari mutagenlik taʼsir koʻrsatadi, ular tirik organizm
tanasida oksidlanish, tiklanish, parchalanish va qoʻshilish jarayonlarida hujayra
organik moddalarini ifloslaydi, organizim genetik belgisi oʻzgaradi, yaʼni ayollar
homiladorligi buzilishi, bolaning chala tugʻlishi, bolalar oʻlimi ortishi, yurak-qon
tomir, oshqozon, jigar, buyrak, rak kasalliklari, uyqusizlik kabi holatlar koʻpayadi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda pestitsidlarni qoʻllash natijasida har yili 375 ming
odam zaharlanadi. Ulardan yuz mingdan ortigʻi oʻlgan. Zaharli gerbidsid va
pestitsidlar qushlar, suv hayvonlariga salbiy taʼsir qiladi. Masalan, AQSh ning suv
havzalarida uchraydigan biologik organizmlarning 80% i teri va jigar raki bilan
zaralangan. Kanada sudan baligʻi jigarida shish boʻlgan, 5% li xom neftdan suv
oʻtlar, umurtqasizlar, baliqlar, tyulen va kidsimonlar oʻladi. Suvda ayrim ogʻir
metallardan juda oz miqdorda ham tirik organizmlarga ziyon yetadi. Yaʼni ularga
simob, (0,05 mg l) mis (0,05), kadmiy (0,02), fenol (0,5), ammoniy (1 ml.g l), sianit
(0,05)mg. Kabilar organizmlar harakatini buzadi koʻp baliqlar oʻladi va insonga
salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Biosferaning radioaktiv ifloslanishi 1945-yilda Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki
shaharlariga tashlangan atom bombalari portlashidan keyin kelib chiqdi. 1962-
yilgacha atmosferada, yadro qurollarini sinovdan o‘tkazish, havoni global ravishda
ifloslanishga olib keldi.
4-rasm. Radioaktiv ifloslanish tasvirlangan rasim
Atom bombasi portlashida, juda kuchli nurlanish vujudga keladi. Radioaktiv
zarrachalar uzoq masofalarga tarqalib, suv havzalari, tuproq va tirik organizmlarni
zararlaydi. Ko‘pgina radioaktiv izotoplarning yarim yetilish davri uzoq va juda
xavfli hisoblanadi. Barcha izotoplar tabiatda moddalarning aylanishiga qo‘shilib
ketib tirik organizmlarga o‘tib, ularning hujayralarini nobud qiladi. Ular orasida
Strontsiy-90 juda xavfli bo‘lib, odam skeletidagi suyaklarda to‘planadi.
Organizmning doimiy nurlanish manbai bo‘lib xizmat qiladi. Radioaktiv tseziy-137
kaliyga yaqin bo‘lib, zararlangan hayvonlarning muskullarida ko‘p uchraydi.
Alyaskadagi tub aholini tekshirishlar natijasida, ularning organizmlarida ancha
miqdorda tseziy-137 uchrashi aniqlandi. Eskimoslar shimol bug‘usi go‘shti bilan
ovqatlanadi.
Yadro quroli sinashning yana bir salbiy tomoni bor. Yadro portlashi jarayonida
juda ko‘p miqdorda mayda chang hosil bo‘lib, ular atmosferada uzoq vaqtlargacha
saqlanib, quyosh nurini yutib qoladi. Yadro qurollarining sinovdan o‘tkazish
natijasida, uzoq muddatli sayyoramizning harorati pasayib ketish hodisasini kuzatish
mumkin. Bu o‘z navbatida Yerdagi barcha tirik organizmlarni halok bo‘lishiga olib
keladi.
Hozirgi vaqtda sayyoramizning har qanday nuqtasi insonning turli ta’sirlariga duch
kelgan. Bular orasida tabiiy biotsenozlarning buzilishi va atrof-muhitning
ifloslanishi ancha jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Biosfera inson
faolligining ortib boruvchi kuchli ta’sirida turibdi. Shuning uchun eng muhim
vazifalardan biri tabiatni saqlash bilan bog‘liq chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan
iborat.
Noosferaning shakllanishi insoniyat oldiga tabiat bilan ehtiyot korona munosabatda
bolish masalasini qoydi. Bu jamiyatning har bir kishisidan oylab ish tutishni, ozi
otirgan daraxt shoxiga bolta urmaslikni talab qiladi. Ammo, haqiqiy holat bundan
uzoq bolib, inson bilan tabiat ortasidagi munosabat tobora keskinlashib bordi va u
keyinchalik tom ma'noda ziddiyatga aylandi. Ayniqsa XX-asrda fan va texnikaning
taraqqiyoti insonni tabiatga ta'sir otkazuvchi qudratli kuchga aylantirdi. Bu davrga
kelib insonning tabiiy resurslarni ozlashtirish sur'atlari misli korilmagan darajada
ortdi va proportsional ravishda atrof muhitning chiqindilar bilan ifloslanishi
kuchaydi.
Inson faoliyatining tabiatga ta'siri antropik ta'sir deyiladi. Hozirgi davrda bu ta'sir
butun dunyoni va hatto koinotni ham qamrab olib, global masalaga aylandi. Sanoat
ishlab chiqarishining rivojlanishi bilan undan chiqadigan chiqindilardan yer, suv va
havoning texnogen ifloslanishi tobora kuchaymoqda. Bu bilan barcha tirik
organizmlarning yagona yashash maskani bolgan biosferaning ornini texnosfera
egallamoqda. Bu hol ayniqsa rivojlangan ba'zi mamlakatlarda ozining salbiy
natijalari bilan «ekologik tanglik»ni keltirib chiqardi.
Shuning uchun ham hozirgi paytda xalqaro miqyosida «inson va biosfera» masalasi
kelib chiqdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotida atrof-muhit masalasi boyicha komitet
va komissiyalarning tuzilishi, kopgina yangi xalqaro tashkilotlar, davlat va nodavlat
tuzilmalarining paydo bolishi hayot taqozosidan kelib chiqqan zaruriyat hisoblanadi.
Noogenez davri boshlanib, biosfera noosferaga aylandi. Noosfera o`z tarjimasiga
ko`ra idrok doirasi bo`lib, bunda biosferadagi hayot jarayonlari insonning aqliy
faoliyati bilan boshqariladi. Noosferaning shakllanishi insoniyat oldiga tabiat bilan
ehtiyot korona munosabatda bo`lish masalasini qo`ydi. Bu jamiyatning har bir
kishisidan o`ylab ish tutishni, o`zi o`tirgan daraxt shoxiga bolta urmaslikni talab
qiladi.
Jamiyat va tabiatning o‘zaro hamkorligi, tabiatdagi modda va energiyadan
foydalanish, ko‘p sonli turlarning yo‘qolishi, tabiiy tizimlarning va butun boshli
landshaftlarning keskin o‘zgarishi, ko‘p miqdordagi chiqindilarni atrof-muhitga
chiqarib tashlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Tarixiy taraqqiyot davomida insonlar
Yerning moddiy jihatdan eng boy, qulay hududlariga ko‘chib o‘tgan va shu hududda
mavjud bo‘lgan tabiiy biogeotsenozni tubdan o‘zgartirgan, shaharlar barpo etgan,
sanoat obyektlarini va qishloq xo‘jaligi maydonlarini yaratgan. Bu bilan ular
ekotizimning qashshoqlashishi, yuzaga kelgan tabiiy majmualarning buzilishi va
tirik organizmlar yashaydigan muhitlarining o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. Inson
faoliyati natijasida suv, havo, tuproq ishlab chiqarish chiqindilari bilan
ifloslanmoqda, o‘rmonlar kesib tashlanmoqda, yovvoyi hayvonlar qirilib ketmoqda,
tabiiy biogeotsenozlar buzilmoqda. Buning natijasida biosferada moddalarning
davriy aylanishi uzilib qolmoqda. Yerdagi ko‘plab geokimyoviy jara yon larning
kechishi o‘zgarmoqda. Biosfera ekotizimida atrof-muhitni radioaktiv yog‘inlar,
ishlab chiqarishning gazsimon chiqindilari, yoqilg‘i mahsulotlari, turli-tuman
kimyoviy moddalar bilan ifloslanishi natijasida keskin ziddiyatli vaziyat yuzaga
keldi. Sun’iy organik moddalar (masalan, polietilen, plastmassa buyumlar)ning
ko‘pchiligini, hatto zamburug‘lar va bakteriyalar yordamida biogen tarzda qayta
ishlab bo‘lmaydi. Chunki ular biologik almashinuvga jalb etilmaydi, balki
biosferada to‘planadi. Biosferada uni barqaror holatda saqlashga yordam beradigan
biologik xilma-xillik qisqarmoqda. Bugungi kunda turlarning yo‘q bo‘lib ketish
sur’ati oldingi davrga nisbatan bir necha baravar yuqori ko‘rsatkichga ega. Yo‘qolib
ketish arafasida turgan turlarning soni ortib bormoqda. Kishilik jamiyatining
yashash muhitiga ta’siri natijalariga ko‘ra ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Insonlarning tabiatga salbiy ta’sir qilishi oqibatida mineral xomashyo, tuproq, suv
zaxiralari ko‘rinishidagi tabiiy boyliklarni – tabiat zaxiralarini isrof qilish, atrof-
muhitni ifloslantirish, turlarni qirib tashlash, biogeotsenozlardagi oziq zanjirini
buzish yuzaga kelgan. Bugun tabiatdagi boyliklardan oqilona foydalanish zaruriyati
vujudga keldi. Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish masalasida tabiiy boyliklarni
tiklanmaydigan va tiklanadigan boyliklarga ajratish qabul qilingan.
Suvning ifloslanishi.
Suv Yerdagi hayotning asosi hisoblanadi. Suvning hamma tirik mavjudotlarning va
insonning hayotidagi birlamchi roli shundan iboratki, suv amalda shunday muhitki
unda hayot faoliytning hamma jarayonlari bo’lib o’tadi. Organizmimizdagi suvga
bog’liq ba’zi holatlarni ko’rib chiqamiz:
Tana haroratini boshqaradi
Nafas olishda havoni namlaydi
Oziq moddalar va kislorod bilan tananing
hamma xujayralarini taminlaydi
Hayotiy muhim organlarni himoya qatlamini hosil qiladi va himoyalaydi
Ovqatni energiyaga aylanishiga yordam beradi
Organlar tomonidan oziq moddalarni o’zlashtirilishiga yordam beradi
Hayot faoliyati chiqitlari va shlaklarini organizmdan olib chiqadi.
5-rasm. Hayot manbaining ifloslanishi. XXI asr.
Tana haroratini boshqaradi
Nafas olishda havoni namlaydi
Oziq moddalar va kislorod bilan tananing
hamma xujayralarini taminlaydi
Hayotiy muhim organlarni himoya qatlamini hosil qiladi va himoyalaydi
Ovqatni energiyaga aylanishiga yordam beradi
Organlar tomonidan oziq moddalarni o’zlashtirilishiga yordam beradi
Hayot faoliyati chiqitlari va shlaklarini organizmdan olib chiqadi.
Suvga turli elementlarni kelib qo’shilishi natijasida uni inson iste’moli uchun
yaroqsiz holatga olib keladi. Buni suvning aylanishininig hamma bosqichlarida
kuzatish mumkin. Ifloslanishni kelib chiqishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
maishiy (oqova quvurlari),
sanoat,
Qishloq xo’jalik,
tabiiy.
Shunday qilib, quyidagi suvlar ifloslanadi
yer usti suvlari,
yer osti suvlari,
yerunt suvlari .
Havoning ifloslanishi
Atmosferada odamlar va boshqa tirik mavjudotlar sogʻligʻiga hamda iqlimga
zarar yetkazuvchi moddalarning mavjudligi sababli kelib chiqqan ifloslanish. Gazlar
(shu jumladan ammiak, karbon monoksit, oltingugurt dioksidi, azot oksidi, metan,
karbonat angidrid va xlorftorokarbonlar, qattiq zarralar (organik va anorganik) va
biologik molekulalar kabi havoni ifloslantiruvchi moddalarning har xil turlari
mavjud. Havoning ifloslanishi odamlarni kasalliklarga yoʻliqtirishi, ularda
allergiyalarni paydo qilishi va hatto oʻlimga olib kelishi mumkin; u hayvonlar va
oziq-ovqat ekinlari kabi boshqa tirik organizmlarga hamda tabiiy muhitga (masalan,
iqlim o'zgarishi, ozon qatlamining yemirilishi yoki yashash muhitining buzilishi)
yoki atrof-muhitga (masalan, kislotali yomg'ir orqali) zarar yetkazishi mumkin.
Atmosferaning ifloslanishiga inson faoliyati ham, tabiat hodisalari ham sabab boʻla
oladi.
6-rasm. Kokslangan pech tutuni orqali havoning ifloslanish jarayoni.
Havoning ifloslanishi nafas olish yoʻllari infeksiyalari, yurak kasalliklari,
KOAH, insult va oʻpka saratoni kabi ifloslanish bilan bogʻliq bir qator kasalliklar
uchun muhim xavf omilidir. Mavjud muammo borasida olib borilgan tadqiqotlar
shuni koʻrsatadiki, havo ifloslanishi IQ koʻrsatkichlarining pasayishi, idrokning
buzilishi, ruhiy tushkunlik va perinatal salomatlikka zarar yetkazish kabi psixiatrik
kasalliklar xavfining oshishi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Havoning yomon sifati
inson salomatligiga taʼsiri juda keng boʻlib, asosan tananing nafas olish tizimi va
yurak-qon tomir tizimiga taʼsir qiladi.Umuman olganda, har yili dunyo boʻylab 7
mln kishi havoning ifloslanishi oqibatida vafot etadi yoki oʻrtacha umr koʻrish
davomiyligining qisqarishiga (2,9 yil) sabab boʻladi va bu kamida 2015-yildan
buyon sezilarli progressga erishmagan dunyodagi eng katta ekologik xavf
hisoblanadi. Ichki havoning ifloslanishi va shahar havosining yomon sifati
dunyodagi eng zaharli ifloslanish muammolaridan ikkitasi sifatida Blacksmith
Instituti tomonidan 2008-yildagi dunyoning eng ifloslangan joylari hisobotida qayd
etilgan. Atmosfera ifloslanishi inqirozining koʻlami juda katta: dunyo aholisining 90
foizi maʼlum darajada toza boʻlmagan havodan nafas oladi. Sogʻliq uchun yomon
oqibatlari keng boʻlsa-da, muammoni hal qilish usuli asosan tasodifiy yoki
eʼtibordan chetda qolgan.
3. Biosferani ifloslanishdan saqlab qolishning dolzarb masalalari.
Biosferani saqlab qolishning dolzarb masalalari
Biosferaning yashash muhiti sifatidagi imkoniyatlari cheklangan bolib, undagi
barcha tabiiy resurslar va tuzilmalar ozaro bogliq. Ulardan birining ozgarishi,
masalan kamayib ketishi, boshqasiga ham ta'sir korsatadi. Shuning uchun ham
hozirgi asosiy ekologik masalalardan biri biosferani biologik tartibga solib turish
ya'ni ekotizimlarning barqarorligini va ulardagi tabiiy muvozanatni ta'minlashdan
iborat.
Ekotizimlar hozirgi taraqqiyot davrida insoniyat ta'siriga bardosh beraolmay ozgarib
ketmoqda. Ba'zan bir qarashda nazarga ilinmaydigan ishlar ham uning muvozanatini
buzib yuborishi mumkin. Misol uchun shakarqamishni kalamushdan himoya qilish
uchun 1872 yil Yamaykaga mangustlar keltirildi. Ular bu yerda qulay sharoit topib
benihoya kopaydi va kalamushlar bilan birga kopgina foydali hayvonlarni ham kirib
yubordi. Xuddi shunga oxshash qishloq xojaligi zararkunandalariga qarshi kimyoviy
zaharlarning ishlatishidan zararkunandalar bilan birga foydali hasharotlar ham
yoppasiga qirilib ketadi.
Ekotizimlardagi tabiiy muvozanatning buzilishi inson sogligi uchun zarar keltirishi
muqarrar. Masalan, amerika savannalarida qoramollarning kopayib ketishi
fermerlarga katta foyda keltirdi. Lekin shu bilan birga bu qon soruvchi
korshapalaklarning kopayib ketishiga va quturish kasalligining kelib chiqishiga
sabab boldi. Yuqorida keltirilgan bu misollar ayniqsa hozirgi davrda biosferani
biologik tartibga solib turish zaruriyati borligini tasdiqlaydi.
Antropik omillar xuruji davom etayotgan hozirgi davrda ekologiyaning yana bir
muhim masalasi biologik indikatsiyadir. Bu masala amaliy ahamiyatga ega bolib,
indikatorlar ustidan olib boriladigan kuzatishlar u yoki bu biogeotsenozni ekologik
baholash imkonini beradi. Masalan, lishayniklar sof havoda yashovchi organizmlar
bolib, ormondagi daraxtlarda ularning kopligi bu joyda havoning tozaligidan darak
beradi. Qaragayning bujurida (shishkasida) uran moddasining kopligi qaragayning
uran rudasi yotqiziqlari ustida osayotganidan darak beradi va hokazolar.
Navbatdagi dolzarb masala xalqaro miqyosida biosfera holatini kuzatib borish ya'ni
ekologik monitoring ornatishdir. Ekologik monitoring olib borish atrof muhit
holatining kelajakda kutilayotgan ozgarishlarni bashorat qilib, noqulay ekologik
holat yuz berishining oldini olish imkonini beradi.
Yigirmanchi asr davomida antropogen faoliyat bilan bog'liq atrof-muhit va aholi
salomatligiga ta'siri tobora ortib bormoqda (bobda muhokama qilingan) Atrof-muhit
salomatligi uchun xavflar) ifloslanish oqibatlarini kamaytirish uchun usullar va
texnologiyalarni ishlab chiqish va qo'llashga turtki bo'ldi. Shu nuqtai nazardan,
hukumatlar tartibga solish va boshqa siyosat choralarini qabul qildilar (bobda
muhokama qilinadi Atrof-muhit siyosati) salbiy ta'sirlarni minimallashtirish va
atrof-muhit sifati standartlariga erishishni ta'minlash.
Ushbu bobning maqsadi atrof-muhitning ifloslanishini nazorat qilish va oldini olish
uchun qo'llaniladigan usullarga yo'nalish berishdir. Suv, havo yoki er sifatiga salbiy
ta'sirlarni bartaraf etishning asosiy tamoyillari joriy etiladi; e'tiborni nazoratdan
profilaktikaga o'tkazish ko'rib chiqiladi; va individual atrof-muhit vositalari uchun
qurilish echimlarining cheklovlari ko'rib chiqiladi. Masalan, qattiq chiqindilarni
noto'g'ri boshqarish usullari orqali bu ifloslantiruvchi moddalarni quruqlikka
o'tkazish uchun tutun gazidan iz metallarni olib tashlash orqali havoni himoya qilish
etarli emas. Integratsiyalashgan multimedia yechimlari talab qilinadi.
Ifloslanishni nazorat qilish yondashuvi.
Tez sanoatlashtirishning ekologik oqibatlari er, havo va suv resurslari ob'ektlarining
zaharli materiallar va boshqa ifloslantiruvchi moddalar bilan ifloslangan son-
sanoqsiz hodisalariga olib keldi, bu odamlar va ekotizimlarga jiddiy xavf tug'dirdi.
Materiallar va energiyadan kengroq va intensiv foydalanish mahalliy, mintaqaviy va
global ekotizimlarning sifatiga umumiy bosimlarni keltirib chiqardi.
Ifloslanish ta'sirini cheklash bo'yicha birgalikdagi sa'y-harakatlardan oldin, atrof-
muhitni boshqarish qisqa muddatli istiqbolda o'ylab topilgan mahalliy
noqulayliklarning oldini olish uchun chiqindilarni utilizatsiya qilish orqali laissez-
faire bag'rikenglikdan tashqariga chiqdi. Zarar qabul qilib bo'lmaydigan deb topilgan
hollarda, istisno tariqasida, tuzatish zarurati tan olingan. Sanoat faoliyati sur'ati
kuchayib, kümülatif ta'sirlarni tushunish kuchayib borar ekan, a ifloslanish nazorati
paradigma atrof-muhitni boshqarishga dominant yondashuvga aylandi.
Nazorat yondashuvi uchun ikkita aniq tushunchalar asos bo'lib xizmat qildi:
assimilyatsiya qilish qobiliyati kontseptsiya atrof-muhitga yoki inson
salomatligiga nomaqbul ta'sirga olib kelmaydigan ma'lum darajadagi
chiqindilar mavjudligini tasdiqlaydi.
nazorat qilish printsipi ifloslantiruvchi moddalarning atrof-muhitga kirish
usuli, vaqti va tezligini nazorat qilish orqali atrof-muhitga zarar
etkazilishining oldini olish mumkinligini ko'rsatadigan kontseptsiya.
Ifloslanishni nazorat qilish yondashuviga ko'ra, atrof-muhitni muhofaza qilishga
urinishlar, ayniqsa, ifloslantiruvchi moddalarni atrof-muhitdan izolyatsiya qilish
va quvurlar oxiri filtrlari va tozalash vositalaridan foydalanishga tayangan.
Ushbu yechimlar muhitga xos atrof-muhit sifati maqsadlariga yoki emissiya
chegaralariga e'tibor qaratishga moyil bo'lib, birinchi navbatda muayyan atrof-
muhit muhitiga (havo, suv, tuproq) nuqta manbalari chiqindilariga yo'naltirilgan.
Ifloslanishni nazorat qilish texnologiyalarini qo'llash.
Ifloslanishni nazorat qilish usullarini qo'llash ifloslanish muammolarini, ayniqsa
mahalliy xarakterdagi muammolarni nazorat qilishda sezilarli samaradorlikni
ko'rsatdi. Tegishli texnologiyalarni qo'llash ko'rib chiqilayotgan emissiya yoki
chiqindilarning manbai va tabiatini, uning ekotizim bilan o'zaro ta'sirini va hal
qilinishi kerak bo'lgan atrof-muhitning ifloslanishi muammosini tizimli tahlil
qilishga va ifloslanish ta'sirini yumshatish va monitoring qilish uchun tegishli
texnologiyalarni ishlab chiqishga asoslanadi.
Ditrix Shvela va Berenis Goelzer havoning ifloslanishini nazorat qilish bo'yicha
o'zlarining maqolalarida havo ifloslanishining nuqta manbalari va nuqta bo'lmagan
manbalarini baholash va nazorat qilishda kompleks yondashuvning ahamiyati va
oqibatlarini tushuntiradilar. Ular, shuningdek, ilgari rivojlanish bilan birga keladigan
ifloslanishni nazorat qilishning kuchli komponentiga ega bo'lmagan jadal
sanoatlashtirishni boshdan kechirayotgan mamlakatlarda hal qilinayotgan
muammolar va imkoniyatlarni ta'kidlaydi.
Marion Vichman-Fibig ifloslanish muammolarining tabiatini aniqlash va tavsiflash
uchun havoni ifloslantiruvchi dispersiyani modellashtirish uchun qo'llaniladigan
usullarni tushuntiradi. Bu joriy etilishi kerak bo'lgan boshqaruv vositalarini
tushunish va ularning samaradorligini baholash uchun asos bo'ladi. Potentsial
ta'sirlarni tushunish chuqurlashgani sayin, ta'sirlarni baholash mahalliy miqyosdan
mintaqaviy miqyosga kengaydi.
Hans-Ulrich Pfeffer va Piter Brukmann havo sifatini monitoring qilish uchun
ishlatiladigan asbob-uskunalar va usullar bilan tanishtiradi, shunda ifloslanishning
mumkin bo'lgan muammolarini baholash va nazorat qilish va oldini olish
choralarining samaradorligini baholash mumkin.
Jon Elias qo'llanilishi mumkin bo'lgan havo ifloslanishini nazorat qilish turlari va
ifloslanishni boshqarishning tegishli variantlarini tanlashda hal qilinishi kerak
bo'lgan masalalar haqida umumiy ma'lumot beradi.
Suv ifloslanishini nazorat qilish muammosi Gerbert Preul tomonidan erning tabiiy
suvlari nuqta, nuqta bo'lmagan va intervalgacha manbalardan ifloslanishi mumkin
bo'lgan asoslarni tushuntiruvchi maqolada ko'rib chiqiladi; suv ifloslanishini tartibga
solish asoslari; va nazorat dasturlarini belgilashda qo'llanilishi mumkin bo'lgan turli
mezonlar. Preul suv havzalarida oqizmalar qanday qabul qilinishini tushuntiradi va
xavflarni baholash va boshqarish uchun tahlil qilinishi va baholanishi mumkin.
Nihoyat, katta hajmdagi oqava suvlarni tozalash va suv ifloslanishini nazorat qilish
uchun qo'llaniladigan texnikalar haqida umumiy ma'lumot berilgan.
Amaliy tadqiqot chiqindi suvlarni qanday qayta ishlatish mumkinligining yorqin
misolini beradi - bu atrof-muhit resurslaridan, ayniqsa tanqislik sharoitida samarali
foydalanish yo'llarini izlashda katta ahamiyatga ega bo'lgan mavzu. Aleksandr
Donagi Isroildagi 1.5 million aholi uchun shahar oqava suvlarini tozalash va er osti
suvlarini to'ldirish bo'yicha olib borilgan yondashuvlar haqida qisqacha ma'lumot
beradi.
Chiqindilarni kompleks boshqarish.
Ifloslanishni nazorat qilish nuqtai nazaridan, chiqindilar tuproq, suv va havo
resurslari qabul qilinadigan darajadan tashqari ifloslanmasligini ta'minlash uchun
ishlab chiqarish jarayonining kiruvchi qo'shimcha mahsuloti sifatida qaraladi.
Lucien Maystre
chiqindilarni boshqarishda hal qilinishi kerak bo'lgan
muammolarning umumiy ko'rinishini taqdim etadi, bu esa qayta ishlash va
ifloslanishning oldini olishning tobora muhim rollari bilan kontseptual aloqani
ta'minlaydi.
Chiqindilarni cheksiz boshqarish bilan bog'liq jiddiy ifloslanishning keng ko'lamli
dalillariga javoban, hukumatlar atrof-muhit muhofazasini ta'minlash uchun yig'ish,
qayta ishlash va yo'q qilish bo'yicha maqbul amaliyotlar uchun standartlarni
o'rnatdilar. Sanitariya poligonlari, yoqish va xavfli chiqindilarni qayta ishlash orqali
ekologik xavfsiz utilizatsiya qilish mezonlariga alohida e'tibor qaratildi.