Bir hujayralilar (Sodda hayvonlar) tuzilishi va funksiyalari. Sodda hayvonlar hujayrasining ko’p vazifaliligi va organellalari. Ko’payishi va hayot sikllari. Ularning rivojlanishida jinsiy va jinssiz nasllar gallanishi
Yuklangan vaqt
2025-01-01
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
37,7 KB
Bir hujayralilar (Sodda hayvonlar) tuzilishi va funksiyalari. Sodda
hayvonlar hujayrasining ko’p vazifaliligi va organellalari. Ko’payishi va hayot
sikllari. Ularning rivojlanishida jinsiy va jinssiz nasllar gallanishi. Tinch
holati va tarqalish davrlari (sistalar va sporalar). Sodda hayvonlar xilma-
xilligi
R E J A
1. Bir hujayrali hayvonlar haqida tushuncha.
2. Sarkomastigoforalar tipi.
3. Sarkodalilar sinfi va unga mansub hayvonlarni tuzilishi va hayot sikli.
4. Sodda hayvonlarning xilma-xilligi.
Bir hujayralilar yoki sodda hayvonlar kenja podsholigiga mansub hayvonlar
garchi morfologik jihatidan hujayra darajasidan hayvonlar bo’lsalarda, fiziologik
jihatidan qaraganda ular mustaqil organizm sifatida ta’riflanadi.
Bir hujayrali hayvonlar mikroskop ixtiro etilgandan so’ngra topila boshlangan.
Garchi bir hujayrali hayvonlar XVII asrning ikkinchi yarmida ta’riflangan bo’lsada,
bu jonivorlar haqida birmuncha to’la ma’lumotlar XIX asrda Kelliker va Ziboldlar
tomonidan berilgan.
Bir hujayrali hayvonlar bir-birlaridan asosan sitoplazmasining tarkibiga kirgan
organoidlarining xilma-xilligi bilan farq qiladi. Eng sodda tuzilgan (oddiy
amyobada) vakillarining sitoplazmasida maxsus vazifa bajaradigan organellalar
ancha kamligi, murakkab tuzilganlarida (tufelka) esa bunday organellalar ko’p va bir
qancha vazifalarni bajarishga moslanganligi bilan farqlanishadi.
Ko’p hujayrali hayvonlar gavdasini tashkil qilgan hujayra mazkur hayvon
gavdasining eng kichik bir qismini hosil qilib, faqat u yoki bu vazifani bajarsa, bir
hujayrali hayvonlar mustaqil organizm yuqori hayvonlardagidek moddalar
almashtirish, harakatlanish, ta’sirlanish, ko’payish, rivojlanish kabi tirik
organizmlarga xos bo’lgan barcha xususiyatlarni o’zlarida namoyon etishadi.
Ko’p hujayrali hayvonlar tanasini hosil qilgan hujayralar o’z rivojlanishlarida
hayotiy sikllariga ega emas. Ular ko’p hujayrali hayvonlarning ayrim to’qima yoki
organlar tarkibiga kirib shu jonivorni hayotini ma’lum bir qismini o’tkazishda
ishtirok etadi.
Bir hujayrali hayvonlar hujayrasinng hayotiy sikli zigota deb nomlanadigan
davrdan boshlanadi. Zigota davri ko’p hujayralilarning tuxumini otalanishini
eslatadi. Zigota keyingi davrda maydalanb jinnsiz ko’payish davriga o’tadi. Hosil
bo’lgan yangi hujayralardan keyingi siklda jinsiy hujayralar hosil bo’ladi.
Sodda hayvonlarning tuzilishida ikki komponent-sitoplazma va yadro muhim
rol o’ynaydi. sitoplazma tashqi ektoplazma va ichki endoplazmaga ajraladi.
Sitoplazmada hujayraga xos o’lgan organoidlar: mitoxondriyalar, endoplazmatik
to’r, ribosomalar, golji apparati joylashadi. Undan tashqari ko’pgina bir
hujayralilarning sitoplazmasida qisqaruvchi yoki tayanch vazifa bajaruvchi fibrillar,
qisqaruvchi, oziq hazm qilish vakuollari ham bo’ladi.
Bir hujayralilarning yadrosi ikki qavat qobiq bilan o’ralgan bo’lib, yadro
qobig’ida ko’plab tirqishlar bo’lganidan yadroda bo’lgan xususiyatlar, biokimyoviy
jarayonlar sitoplazmaga beriladi. Yadro tarkibida yadro shirasi va unda tarqalgan
xromotin tanachalari, yadrocha bo’ladi. Xromotin aslida xromosomalarning
spirallashmagan ko’rinishidir. Xromosomalar tarkibi esa DNK va ba’zi oqsillardan
iboratdir. Yadrocha esa sodda hayvonlar hujayrasida bitta, ikkita yoki ko’p bo’lishi
mumkin.
Barcha bir hujayrali hayvonlarga xos bo’lgan xususiyatlardagi yana biri ularni
noqulay sharoitlarga moslashuvida sista hosil qilishidir. Sistaga o’ralish oldidan
hayvon gavdasi yumaloqlashadi, harakatlanish organellalarini yo’qotib, ustki
tomonidan qalin qobiqqa o’raladi.
Qobiq bir hujayrali hayvonni turli noqulay ta’sirlardan himoya qiladi.
Bir hujayrali hayvonlarning ko’payishida nasllarning navbatlashuvi hodisasi
ham kuzatiladi. Nasllarning navbatlashuvi haqida sodda hayvonlar, kovakichlilar
haqidagi mavzularda atroflicha materiallar beriladi. Bir hujayralilar yolg’on oyoqlar,
xivchinlar va kipriklar yordamida harakatlanadi. Oziqlanish usullariga ko’ra ular
autotroflar, geterotroflarga bo’linadi.
Bir hujayralilarning 70000 mingdan ortiq turi bo’lib ular sarkomastigoforalar,
sporalilar, miksosporidiyalar, mikrosporidiyalar va infuzoriyalar kabi 5 tipga bo’lib
o’rganiladi.
1-tip. Sarkomastigoforalar (Sarcomastigophora)
Bu tipga mansub hayvonlar soxta oyoqlar yoki xivchinlar bilan harakatlanib,
sho’r suvlarda, tuproqda, hayvon va odam tanasida tekinxo’rlik bilan hayot
kechirishadi. Sarkomostigoforalar tipiga ikki sinf-sarkodalilar va xivchinlilar
mansubdir.
1-sinf. Sarkodalilar (Sarcodina)
Bu sinfga mansub hayvonlarning hujayra qobig’i juda yupqa bo’lganligi uchun
ma’lum shaklga ega emas. Sitoplazma harakati tufayli hujayraning turli qismlarida
hosil bo’lgan o’simtalar yolg’on oyoqlar-psevdopodiylar yordamida harakat
qilishadi. Soxta oyoqlar harakatlanish bilan birga ozuqani qamrab olish vazifasini
ham bajaradi.
Sarkodalilar ikkiga bo’linish, jinsiy yo’llar orqali ko’payadi. Sarkodalilar ildiz
oyoqlilar, nurlilar, quyoshsimonlar kenja sinflariga bo’linadi.
Ildizoyoqlilar kenja sinfi (Rhizopoda)
Bu kenja sinfga mansub hayvonlarning yolg’on oyoqlari xilma-xil shakldadir.
Kenja sinfda amyobalar, chig’anoqli amyobalar va foraminiferalar turkumlari
mavjud.
1-turkum. Amyobalar (Amoebina)
Chuchuk suvlarda, tuproqda, ba’zan odam va hayvonlarda tekinxo’rlik qilib
yashovchi sodda hayvonlar guruhini o’z ichiga oladi.
Oddiy amyoba - Amoeba proteus mazkur turkumning vakilidir. Gavdasining
uzunligi 0.5 mm bo’lib yolg’on oyoqlari tananing turli joylaridan bo’rtib o’sib
chiqadi. Oyoqlarning soni, hujayrada hosil bo’ladigan joylari har-xil bo’ladi. Oyoq
goho paydo bo’lsa bir qancha muddatdan so’ng yo’qolib ketadi. Shu boisdan bu
tuzilmalar-yolg’on oyoqlar deb nomlanadi. Yolg’on oyoq harakatlanish, ozuqani
qamrash vazifasini bajaradi.
Amyoba sitoplazmasi tashqi tiniq, quyuqroq ektoplazma, ichki suyuq -
endoplazma qismlarga bo’linadi. Endoplazmada yadro, hazm qilish va qisqaruvchi
vakuola joylashadi. Amyobaning endoplazmasida hazm qilish vakuollari bilan birga
qisqaruvchi vakuola joylashadi. Vakuola ichiga amyobaning hayot jarayonlari
natijasida hosil bo’lgan keraksiz suyuq mahsulotlar to’planadi. Vakuola har 5-8
daqiqa oralig’ida qisqarib ichidagi keraksiz mahsulotni tashqariga chiqarib turadi.
Qisqaruvchi vakuola tana bosimini muqobillashtirib turuvchi organoiddir.
Vakuola faoliyati tufayli hujayrada doimo suv harakatlanib, suvdagi kislorod
amyobaning nafas olishi uchun ishlatiladi. Amyobalar bir hujayrali suv o’tlari va bir
hujayrali hayvonlar bilan oziqlanadi. Amyoba endoplazmasida bitta yirik yadro
bo’ladi. Amyoba faqat ikkiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi.
Bu jarayon aslida mitoz sikli bo’lib, bo’linish 1-2 sutka davom etadi. Tekinxo’r
amyobalar odam va turli hayvonlarning ichagida yashaydi. Bularga ichburug’
amyobasi - Entamoeba histolytica, ichak amyobasi-Entamoba coli kiradi.
Ichburug’ amyobasi yer sharidagi odamlarning 10-30 foizni zararlashi
mumkinligi haqida ma’lumotlar bor. Ayniqsa ichburug’ amyobasi tropik, subtropik
hududlarda yashovchi odamlarni ko’plab zararlaydi. Ichburug’ amyobasi sog’lom
odamlarga kasal odamlarda hosil qilgan sistasi orqali yuqadi. Sistalar ta’sirlarga
chidamli bo’lib uzoq vaqt yuqumchilik xususiyatini saqlab tura oladi.
Amyoba sistalari odam tanasiga o’tgach ichak devoriga borib uni yemiradi.
Oqibatda odamlarda qonli ichburug’ kasalini keltirib chiqaradi. Kasal odam axlati
bilan kuniga tashqariga 300 million sista chiqishi mumkin. Sista ichida amyoba
yadrosi ketma-ket ikki marta bo’linadi. Natijada u to’rt yadroli bo’ladi. Sistalarni
pashsha, suvaraklar ham tarqatadi. Sista odam ichagiga tushgach, uning qobig’i
yemiriladi. 4 ta yadro atrofi sitoplazma bilan o’ralib, yosh amyobalar ichagida yana
o’sib, rivojlanishga tushadi. Tekinxo’r amyobalar sista ichidagi yadrolar soni bilan
bir-biridan farq qiladi. Ichburug’ amyobasi sistada 4 ta, ichak amyobasida 8 ta yadro
bo’ladi.
Odam ichagida yashovchi ichak amyobasi tuzlish jihatidan ichburug’
amyobasiga o’xshash bo’lsada, undan sistasida 8 ta yadrosi borligi bilan farqlanadi.
2-turkum. Chig’anoqli amyobalar (Testacea).
Bu turkumga mansub jonivorlar ham chuchuk suvlarda hovuz va ariqlarning
qirg’oqqa yaqin joylarida tarqalgan bo’lib ular amyobalardan hujayrasini ustini
qoplab turuvchi, organik modda yoki qum zarralaridan iborat bo’lgan chig’anoq
borligi bilan farqlanadi. Chig’anoqlar yumaloq, cho’ziq va boshqa shakllarda
ko’rinadi. Chig’anoqli amyobalar bir-birlaridan psevdopodiylarining shakli, uzunligi
va chig’anog’inig tarkibi, tuzilishi bilan farqlanishadi.
Chuchuk suv havzalarida artsella-Arcella vulgaris, difflyugiya-Difflugia
kabilar chig’anoqli amyobalarga vakildir. Bular chuchuk suvlarda yashaydi.
Chig’anoq teshigidan tashqariga yolg’on oyoqlari chiqib turadi.
Chig’anoqli amyobalar jinssiz ko’payadi. Dastlab chig’anoq og’izlaridan
sitoplazmaning bir qismi tashqariga chiqib, ustki o’ziga xos kurtak hosil qiladi.
So’ng yadro ham ikkiga bo’linib bittasi yana kurtakka o’tadi. Yangi kurtak ham
chig’anoq bilan o’ralgach u ona organizmidan ajralib mustaqil yashaydi.
3-turkum. Foramineferalar (Foraminifera)
Dengiz va okeanlarning 200-300 m chuqurligida yashaydi. Ayrim vakillari
Markaziy Osiyoning sho’rlangan yerosti suvlarida ham uchraydi. Tanasi qum
zarralardan va ohaktoshdan tarkib topgan turli shakldagi chig’anoq ichida bo’ladi.
Foraminiferalar chig’anog’i ko’p kamerali ba’zan bir kamerali bo’lishi
kuzatiladi. Ko’p kamerali chig’anoq ichi to’siqlar orqali yuzlab alohida kameralarga
aylanib, bular orasida teshiklar kameralarni bir-birlari bilan tutashtirib turadi.
Foraminefara sitoplazmasi teshiklar orqali barcha kameralarga oqib kirib ularni
to’ldiradi. Kamera og’izlaridan sitoplazmatik ipchalar-rizopodiyalar chiqib o’zlariga
ovqatlarni yopishtrib ichkariga o’tkazib berdi.
Ko’payishi - jinssiz va jinsiy nasllarning navbatlashuvi bilan boradi. Ko’p
kamerali elfidium (Elphidium crispa) jinssiz ko’payib uni yadrosi bir necha yuz
bo’laklarga ajraladi. Har qaysi yadro sitoplazma bilan o’ralib, yangi amyobasimon
individlar paydo bo’ladi. Bu individlar ona organizmidan tashqariga chiqib ustki
tomoni chig’anoq bilan o’raladi. Shundan so’ng chig’anoq ichidagi sitoplazma
chig’anoq teshiklaridan tashqariga chiqib kurtak hosil qiladi. Bu kurtaklar yana
chig’anoqlar bilan o’ralib, kameralari soni ko’payadi. Yangi ko’p kamerali
foramineferalar jinssiz yo’l bilan hosil bo’ladi.
Jinsiy ko’payish jinssiz naslning yadrosi bo’linib, undan jinsiy hujayralar-
gametalar hosil bo’lishi bilan boshlanadi. Gametalar chig’anoqdan tashqariga chiqib
bir-birlari bilan qo’shilib zigota hosil kiladi. Zigota atrofi chig’onoq bilan o’raladi.
Biroq bu chig’anoq jinssiz nasl chig’onogidan kichik bo’lgani uchun mikrosferik
nasl deyiladi. Jinssiz nasl makrosferik deyiladi. Zigotadan paydo bo’lgan nasl
diploid xromosomalidir. U agomon deyiladi. Agomon yadrosi ikki marta reduksion
bo’linib gaploid xromosomali gametalar hosil qiladi. Gametalar qo’shilishi bilan
hosil bo’lgan mikrosferik nasl (agomon) diploid xromosomalidir. Shunday qilib
foromineferalarning jinssiz bo’g’im ko’payishi jinsiy yo’l bilan ko’payadigan naslni,
jinsiy ko’payadigan bo’g’im jinssiz ko’payuvchi bo’g’imni hosil qiladi.
Foraminiferalarning chig’anog’i yillar davomida dengizlar tagida to’planib
borib qalin cho’kmalar hosil qiladi. Bu cho’kmalarda dengiz ostida oxaktoshli
tog’lar hosil bo’ladi.
Nurlilar (Radiolaria) kenja sinfi
Nurlilar
ko’proq
iliq
suvli
dengizlarda
plankton
holda
yashovchi
organizmlardir. Ko’pchilik turlari sharsimon bo’lib, ichki murakkab skeleti bo’ladi.
Tanasidan har tomonga ingichka yolg’on oyoqlar chiqib turadi. Nurlilar
sitoplazmasida markaziy kapsula bo’lib, unda yadro joylashgan. Markaziy kapsula
devorida ko’plab teshiklar bo’lib ular vositasida sitoplazmaning tashqi va ichki
qismlari tutashadi. Sitoplazmaning tashqi zonalarida yog’simon shilimshiq
kiritmalarga boy.
Nurlilarning yolg’on oyoqlarining bir xili markaziy kapsulaga yaqin yeridan,
ikkinchilari sirtqi qavatdan paydo bo’ladi. Yolg’on oyoqlar bir-birlari bilan tutashib
to’r hosil qiladi. Bu to’r yordamida nurlilar o’z oziqalarini ushlashadi. Nurlilarning
bir-birlari bilan tutashmaydign ikkinchi xil oyoqlari-aksopodiylari ham bo’ladi. Bu
oyoqlar ichki o’q skeletga ega bo’lib tanadan radial ravishda chiqadi va hayvon
tanasining yuzasini kengaytirish va shu yo’l orqali jonivorni suv yuzasida qalqib
turishiga xizmat qiladi.
Nurlilar ikkiga bo’linish orqali ko’payadi. Faqat Acantaria turkumining ayrim
vakillarida jinsiy ko’payish uchraydi.
Quyoshsimonlar (Heliozoa) kenja sinfi
Chuchuk va dengiz suvlarida yashaydi. Nurlilardan markaziy kapsulasi
bo’lmasligi bilan farqlanadi. Endoplazmasida radial ko’rinishda ko’plab yolg’on
oyoqlar-aksopodiylar chiqadi. Quyoshsimonlar aksopodiylari bilan suvda muallaq
turadi. Qattiq skeleti yo’q jinssiz va jinsiy ko’payadi. Kichik suv havzalarida
yashaydigan Actinosphayerium eichhorni vakil bo’ladi.
Quyoshsimonlarning yumaloq sharsimon tanasidagi sitoplazmasi kataklarga
bo’lingan keng ektoplazma va endoplazma zonalariga ajraladi. Endoplazmadan
ko’plab radial joylashgan aksopodiylar chiqadi. Shu boisdan ularning shakli
quyoshga o’xshab ketadi.
Quyoshsimonlar ko’pincha bir hujayrali hayvonlar, ba’zi hollarda boshqa
mayda jonivorlar bilan oziqlanishadi.
Ayrim quyoshsimonlar jinssiz hamda jnsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payish
gavdaning ikkiga bo’linishi bilan o’tsa, jinsiy ko’payish gametalar hosil qilish,
gametalarning o’zaro juftlashib zigota hosil qilishi bilan o’tadi.
Xivchinlilar (Mastigophora) sinfi
Xivchinlilar tabiatda keng tarqalgan sodda hayvonlar bo’lib, ularning o’zlariga
xos tuzilish xususiyatlari-tanalarida xivchini bo’lishi bilan xarakterlanadilar.
Xivchin-ingichka ipsimon yoki sochsimon ko’rinishidagi sitoplazmaning o’simtasi
bo’lib, uning uzunligi xivchinli hayvon tanasining uzunligidan ancha ortiq bo’ladi.
Xivchinning xakatlanish vazifasini bajaruvchi uzun qismi tananing tashqi tomonida
joylashadi. Tashqi tomondan xivchin, uch qavat membrana bilan o’raladi. Ichki
qismida 11 juft tolalar bo’lib ulardan ikkitasi xivchinning markazida, 9 tasi
periferiyada joylashadi.
Xivchin ko’pgina hollarda faqat bitta, ba’zan esa kamdan-kam hollarda
sakkiztagacha bo’lishi mumkin. Sarkodalilardan xivchinlilar tanasini ma’lum
shaklga
ega
bo’lishi
bilan
farqlanadi.
Buning
sababi,
xivchinlilarning
ektoplazmasining tashqi qismi birmuncha mustahkam elastik pellikula qobig’iga ega
bo’lishligidir.
Xivchinlilar ichida moddalar almashuviga qarab juda xilma-xil formalarini
uchratamiz. Bu hayvonlar oziqlanish usullariga ko’ra autotroflarga, geterotroflarga
bo’linadilar. Shunday qilib bu sinf vakilari ichida o’simlikka o’xshash
oziqlanuvchilar, hayvon sifatida oziqlanuvchilari ko’p uchraydi.
Autotrof holda oziqlanuvchi xivchinlilar tanasida xlorofillar bo’ladi. Bunday
xivchinlilarning tashqi tomonidan klechatkadan tuzilgan qobig’ini o’rab turishi
ularni o’simliklarga yaqinligini ko’rsatib turadi. Geterotrof xolda oziqlanuvchilarda
xlorofill bo’lmaydi.Bu gruppa hayvonlar ichida ba’zilari chiriyotgan moddalar bilan
oziqlanadilar. Geterotrof holda oziqlanuvchi xivchinlilar tipik hayvon sifatida hayot
kechirib, mayda suv o’tlar, bakteriyalar bilan oziqlanadilar.
Bunday oziqlanishga yordam beradigan tanada alohida organlilar-og’iz,
halqum, oziq hazm qiluvchi vakuollar bo’ladi. Bunday oziqlanish usuliga golofit
usuli oziqlanishi deyiladi.
Golofit usulda oziqlanuvchi hayvonlar tanasida qizil dog’- ko’zi bo’ladi. Bu
ko’z yorug’likni payqashga xizmat qiladi va hayvon yorug’likka qarab harakat
qiladi. Chuchuk suvda yashovchi xivchinlilarda qisqaruvchi vakuollar bo’ladi.
Qisqaruvchi vakuollar vaqt o’tishi bilan to’lib turadi. Unda vakuollar qisqarish
natijasida alohida rezervlarga berib o’z suyuqligini tashqariga chiqarib yuboradi.
Barcha sodda hayvonlarda bo’lganidek xivchinlilarda ham noqulay sharoitga
moslanish-sista hosil qilish xususiyati kuzatiladi.
Xivchinlilarning ko’payishi
Aksariyat ko’pchilik xivchinlilar jinssiz yo’l bilan ko’payadi. Bunday
ko’payishda odatda avval hayvon hujayrasi mitoz bo’linishini boshdan kechiradi.
Shundan so’ng yuqoridan past tomon (uzunasiga) ikkiga ajaraladi. Hosil bo’lgan
ikkita hayvonni bittasiga eski xivchin o’tib, boshqasidan xivchin yangitdan hosil
bo’ladi. Phytomastiguna kenja sinfi vakilari ko’pincha kolonna bo’lib yashaydi.
Kolonna bo’linayotgan xivchinlilarni bir-birlaridan batamom ajralib ketmasligi
oqibatida sodir bo’ladi. Kolonnalar goho daraxtsimon (dinobryon) bo’lsa, goho
sharsimon, ovalsimon va boshqa shakllarda uchraydi. Kolonnani 4 ta yoki 10000 dan
ko’proq hujayralar hosil qiladi.
Jinsiy ko’payish ko’pgina o’simliknamo xivchinlilarda uchraydi. Bunda
yadrodan hosil bo’lgan jinsiy gametalar o’zoro qo’shilish natijasida yangi
xivchinlilar paydo bo’lishi kuzatiladi. Gametalar shakli, katta-kichikligi jihatidan
bir-biridan farq qilmasligi mumkin. Bunday gametalar qo’shilishi izogam
kopullatsiya deyiladi.
Xivchinlilar sinfi ikki kenja sinfi-o’simliksimon va hayvonsimon xivchinlilarga
ajratiladi.
1. Kenja sinf. O’simliksimon xivchinlilar (Phytomastigina)
Ushbu kenja sinfga mansub xivchinlilar aksariyat tanalarida xromotoforlari
bo’lgan o’simliklarga o’xshab fotosintez yo’li orqali oziqlanuvchi hayvonlarni o’z
ichiga oladi. Tanalarning shakli duksimon, sharsimon, silindirsimon bo’lishi
mumkin.
O’simliksimon xivchinlilar tanasida xivchinlar soni 1-2 tadan bir necha yuz,
hatto mingtagacha bo’lishi mumkin. Xivchinlar uzunligi ham har-xildir. Xivchinlar
suyuq muhitga parmaga o’xshab buralib kirishi natijasida gavda oldingi tomonga
harakat qiladi. Xromotoforlarda xlorofil donalari bo’lgani sababli bu kenja sinf
vakillarining tanalari ko’pincha yashil rangda bo’lib, fotosintez shu joyda o’tadi.
Moddalar almashuvi yorug’lik enyergiyasi hisobiga boradigan organizmlar
avtotroflar deyiladi. Biroq ayrim avtotroflar qorong’ulikda organik moddalar
ko’pligida yashil rangini yo’qotib getetrof (saprofit) oziqlanishga o’tishadi. Yashil
xivchinlilar fotosintez jarayonida kraxmal yoki uglevodlar sintez qiladi.
O’simliksimon xivchinlilar ichida bir qancha turlari koloniya bo’lib yashaydi.
Chuchuk suvlarda yashovchi gonium (Gonium pyerctorale) 16 ta, evdorina
(Eudorina elegans) 32 ta yashil hujayralardan hosil bo’lgan sharsimon koloniya hosil
qiladi. Bu hujayralar bir-birlari bilan rangsiz quyuq shilimshiq modda orqali bir-
birlari bilan bog’lanadi.
Kichikroq suv havzalarida uchrab turadigan volvokslar (Volvox glabator)
koloniyasi 20 ming hujayradan iborat bo’ladi.
Koloniyadan xivchinlar birgalikda tebranishi natijasida suvda suzib uradi.
Kolonial xivchinlilarning hujayrasi har-xil kattalikdagi gametalar hosil qiladi.
Masalan: 8-hujayrali stefanosfera (Stephanosphera) bir xil kattalikdagi gametalar
hosil qilib izogam kopulyatsiya namoyon etsa, 16 hujayrali pandorina (Pandorina)
gametalari biri ikkinchisiga nisbatan biroz yirik bo’ladi. Volvoks kolonoyasidagi
minglab hujayralardan faqat 25-30 tasi bo’linmasdan tuxum, 5-10 tasi urug’
hujayraga aylanadi.
Hujayralarning bo’linmasdan yiriklanib, jinsiy hujayralarga aylanganlariga
makrogametalar deyiladi. Makrogometalar harakatsiz bo’lib tuxum hujayrasiga
o’xshaydi. Mikrogametalar esa har bir hujayraning yanada maydalanib yoki
hujayralar hosil qilish (palintomik) hisobiga hosil bo’ladi. Mikrogometa harakatchan
urug’ hujayra vazifasini bajaradi.
O’simliksimon xivchinlilar kenja sinfi bir necha turkumga bo’linadi.
1-turkum. Chrysomonadina
Mayda 1-3 ta xivchinga ega bo’lgan dengiz va chuchuk suvlarda yashovchi
xivchinlilardir. Ba’zan tanasida yolg’on oyoq hosil qilishi mumkin. Turkum ichida
daraxtsimon koloniya hosil qilib yashovchi dinabryon, synira kabilari bor.
2-turkum. Qalqondor xivchinlilar (Dinoflagellata)
Dengizlarda yakka yashovchi xivchinlilar bo’lib plankton holda hayot
kechiradi. Qalqondor xivchinlilarning xivchinlari tanasining markaziy qismidan
boshlanadi. Xivchinlardan biri orqa tomonga cho’zilgan, ikkinchisi tanasining o’rta
qismini “belbog’” deb ataladigan chuqur ichida turadi. Qalqondorlarning
kletchatkadan iborat tana po’sti bor. Bu po’st ma’lum tartibda joylashgan, choklar
orqali bir-biri bilan birikkan plastinkalardan tuziladi.
Bu turkumga vakillar sifatida seratsium (Seratium), tun yog’duchisi Noctiluca
milarisni ko’rsatiladi. Tun yog’duchisi plankton holda hayot kechiradi. Unga
mexanik yoki kimyoviy ta’sir etganda o’zidan yog’du chiqaradi. Tun yog’dusi
tanasinng diametri 2mm atrofida bo’lib xromotoforasi va kletchatkasi bo’lmaydi,
shu boisdan u fotosintez qilmay sodda hayvonlar va suv o’tlari bilan
oziqlanadi.Qalqondor xivchinlilar dengiz va chuchuk suv planktonini asosini hosil
qiladi.Ular biosferadagi moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega.
3-turkum. Evglenasimonlar (Euglenoidea)
Chuchuk
suv
havzalarida
turli
evglenalar
uchraydi.
Evglenalar
sitoplazmasining sirtqi qavati pellikula bilan o’ralgan. Oziqlanishlarga qarab
evglenalar yashil o’simliklarga o’xshab autotrof, qorong’ida saprofit usulga o’tadi.
Nihoyat, shunday formalari ham borki, ular tipik hayvon organizmlari kabi
ovqatlanadi, yeydigan ovqati gavdasining oldingi qismida joylashgan og’iz orqali
halqumga, undan sitoplazmaga o’tadi (Peranema avlodi). Evglenasimonlar tanasida
bitta xivchin, ba’zan tanacha, bleforaplast, “ko’zcha” va qisqaruvchi vakuollari
bo’ladi.
Evglenalarga vakil sifatida Euglena viridis, Euglena oxuris ko’rsatiladi.
Evglenalar oziqlanishi tashqi muhit sharoitiga mos xolda o’zgarib turadi. Agar suvda
kimyoviy elementlar, yetarli darajada yorug’lik bo’lsa ular avtotrof oziqlanishadi.
Ya’ni ular quyosh energiyasidan foydalanib fotosintez orqali o’zlariga o’simliklarga
o’xshab organik moddalar hosil qilishadi. Qorong’ulikda bo’lsa ular suvdagi tayyor
organik birikmalarni pellikulasi orqali shimib yashaydi.
4- turkum Fitomonadlar (Phytomonadina)
Bu turkumga mansub jonivorlarning bitta yirik, yashil xromotofori va bir juft
xivchini bo’ladi. Bizning ifloslangan ba’zi suv havzalarimizda bu turkumning vakili
bo’lgan xlamidomanadalar urug’i vakillari uchraydi. Bular ayniqsa oqmaydigan
ko’lmak suvlarda tez ko’payib suvni yashil rangga kirib qolishiga sabab bo’lishadi.
Xlamidomanada hujayrasida bitta yoki ikkita qisqaruvchi vakuoli, tanasining oldingi
qismida qizg’ish rangli stigmasi bo’ladi.
Fitomonadlar avtotrof va geterotrof xolda oziqlanishadi. Bular ichida yakka,
kollona bo’lib yashaydiganlari ham bor. Koloniya bo’lib yashovchilarga volvokslar,
evdorina, pandorina kabilarni ko’rsatish mumkin. Yakka yashovchilariga
xlomidomanas stenii misol bo’ladi. Volvoks kollonasi ba’zi xollarda 50.000
hujayralarni birikishidan hosil bo’ladi.
2 kenja sinf. Hayvonsimon xivchinlilar (Zoomastigina).
Bu kenja sinfga mansub xivchinlilar hujayralarida xlorofillari bo’lmaydi. Shu
boisdan ular saprofit usulda oziqlanadi. Aksariyat ko’pchiligi odam va hayvonlarda
tekinxo’rlik qilib yashaydi. Hayvonsimon xivchinlilar tuzilish, hayot kechirishlariga
qarab bir- birlaridan ancha farq qiladi. Quyida bu kenja sinfga mansub bo’lgan
turkumlar haqida ma’lumotlar beriladi.
1.Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) turkumi .
Koloniyasi xilma-xil shaklda bo’lgan hayvonlardir. Gavdasining oldingi uchida
yupqa protoplazmatik yoqacha bo’lib, u xivchinning tubini o’rab turadi. Xivchin
harakatlanganda suvdagi bakteriya va ozik zarrachalari yoqacha ichiga tushadi.
Ovqat hazm qilishi vakuollari ichida oziq hazm qilinadi. Vakil Codosiga botrytis.
2. Ildiz xivchinlililar (Rhizomastigina) turkumi.
Tana sarkodalilar hamda xivchinlilarning tuzilish xususiyatlarini o’zida
mujassamlashtiradi. Tanasida 1-3 ta xivchin bilan birga yaxshi rivojlangan
psevdopodiylari bo’ladi. Vakil Mastigamoeba aspera.
3. Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkumi.
Bu turkumga mansub hayvonlarda xivchin bilan bog’langan maxsus organ-
kinetoplast bo’ladi. Kinetoplast ultra tuzilishiga qarab mitoxondriyalarga yaqin
tuzilma bo’lib, o’zida ancha DNK ushlaydi.
Turkumga mansub hayvonlardan faqat bodom urug’idagi vakillargina erkin
yashaydi. Tekinxo’r vakillari odam va umurtqali hayvonlarning qonida yashab
ko’pgina og’ir kasalliklar tug’diradi. Tekinxo’rlarga misol sifatida tripanasomalarni
(Tryphanasoma) ko’rsatiladi. Tripanasoma rangsiz xivchinlardan bo’lib, shakli
duksimon ko’rinishdadir. Xivchin tanasining orqa tomonidagi bazal tanachadan
boshlanadi. Xivchin bazal tanachadan hujayraning cheti bo’ylab gavdaning oldingi
uchiga boradi.
Tripanasoma 15-40 mkm uzunlikdagi gavdasida bitta yadrosi bo’ladi.
Tripananasomalar hayvonlarning qonida yashab “uyqu” kasalligini keltirib
chiqaradi. Uyqu kasalligini chiqaruvchi Tryphonosoma rhodesiense Afrikaning
tropik qismida yashovchi halqlarni ko’plab kasallantiradi.
Uyqu kasalini chaqiruvchi triponosoma tabiatda yovvoyi hayvonlardan
antilopalar qonida uchraydi. Triponosomalarni se-se nomli chivinlar (Glossina
palpalis) antilopalardan odamlarga yuqtiradi. Chivinlar antilopa qonini so’rganda
qondagi triponosomalar chivin ichagida bo’linib ko’paya boshlaydi. So’ng tana
suyuqligi orqali uning xartumiga o’tib oladi. Chivin odamlarni chaqqanda xartumi,
so’lagidagi triponosomalar odamning qoniga tushib qoladi. So’ngra u odamlar
qonida bo’linib, ko’payib ketadi.
Uyqu kasalligi nihoyatda cho’ziladigan kasallik bo’lib, oqibatda odamni nobud
qiladi. Afrika qoramollarida Tryphonosoma brusei “nagana”, otlarda T. equiperdum
“qo’shilish kasalligi” ni keltirib chiqaradi.
Leyshmaniyalar triponosomolardan farqlanib, odam va hayvonlarning
hujayralari ichida yashaydi. Bu tekinxo’r keltirib chiqaradigan kasallik
leyshmaniozlar deyiladi. Leyshmaniozlar O’rta Osiyoda uchraydi. Leyshmanioz
kasalliklaridan Pendinka yoki sharq kuydirgisi odamlarning yuzida, qo’llarida shish
hosil qilib, shish yaraga aylanadi. Pendinkani hujayra ichida yashaydigan
Leichmania tropica chaqiradi. Leyshmaniyalar nihoyatda kichik - 2-4 mkm
uzunlikdagi duksimon ko’rinishdagi tekinxo’rdir. Odamlarga leyshmaniyalarni
Phelobotomus avlodidan bo’lgan chivinlar tarqatadi. Chivinlar esa leyshmaniyalarni
turli sichqon kalamush, qumsichqon kabi kemiruvchilarni qonini so’rish orqali
yuqtirib oladi. Shunday qilib, leyshmaniya ham xuddi triponosoma kabi tabiatda turli
yovvoyi hayvonlarda mavjud bo’ladi. Bu tekinxo’rlarni bir hayvondan ikkinchisiga
yoki odamga hasharotlar yuqtiradi. Rus parazitologi E.N. Pavlovskiy odamlar va
hayvonlar o’rtasida bo’g’imoyoqlilar vositasida aylanib yuradigan kasalliklarni
tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb atadi.
Shunday qilib, leyshmaniya ham xuddi triponosoma kabi tabiatda turli yovvoyi
hayvonlarda mavjud bo’ladi. Bu tekinxo’rlarni bir hayvondan ikkinchisiga yoki
odamga hasharotlar yuqtiradi. Rus parazitologi E.N. Pavlovskiy odamlar va
hayvonlar o’rtasida bo’g’imoyoqlilar vositasida aylanib yuradigan kasalliklarni
tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb atadi. Odamlarning jigari, talog’i va limfa
bezlarida Leichmania donovani kala-azar kasalligini chaqiradi.
4. Ko’p xivchinlilar Polymastigina turkumi
Odam va boshqa umurtqali hayvonlarda xivchinlari to’rtta yoki ko’proq
bo’lgan tekinxo’rlardan lambliya va trixomonas uchraydi. O’n ikki barmoqli
ichakda, o’t yo’llarida yashaydigan lambliya (Lamblia intestinalis) tanasi ikki
tomonlama simmetriyali bo’lib, ikkitadan yadrosi, sakkizta xivchini fibrilya
apparati, ichakka yopishish uchun so’rg’ichi bo’ladi. Lambliya ichakda ko’payib
ketib uning faoliyatini buzadi, o’t pufagining yallig’lanshiga sabab bo’ladi.
Trixomonas yo’g’on va ingichka ichakda tekinxo’rlik qiladi. Trixomanasning
gavdasi uzunligi 7-10 mkm bo’lib tanasining oldingi tomonida to’rtta xivchin
joylashadi.
Beshinchi orqa tomonga egilib tana pellekulasi bilan birikib yupqa
to’lqinlantiruvchi parda ni hosil qiladi. Odamning siydik - tanosil yo’llarida
trixomonas vaginalis tekinxo’rlik qiladi. Hayvonsimon xivchinlarga shuningdek,
gipermastiginalar, opalinalar turkumlari ham kiradi.
Bir hujayrali hayvonlar tuzilishi va taraqqiyotining ma’lum davrida sporali
hayvonlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi bir hujayralilar ichida tekinxo’rlikka
o’ta moslashgan sodda hayvonlar guruhining hosil bo’lishiga sabab bo’lgan.
Sporalilar tipiga mansub hayvonlar tekinxo’rlik bilan hayot kechiradigan bir
hujayralilardir.
Sporalilarda tekinxo’rlikka o’tish munosabati bilan gavda tuzilishi, hayot
jarayonlarida muayyan moslanishlar paydo bo’lgan, jumladan bu jonivorlarning
harakatlanish, ovqat hazm qilish va qisqaruvchi vakuollari rivojlanmagan. Barcha
sporalilar hayvon va odamlar to’qimalarida yashab, oqibatda o’z hujayralarida
ma’lum kasalliklar keltirib chiqaradi.
Sporalilarning gavdasi ham garchi 1 ta hujayradan iborat bo’lsada, biroq
hujayra organellalari nihoyatda kichik o’lchamda bo’lganligi sababli elektron
mikroskop ostida ko’rinadi. Sporalilarning ko’payishida (shizogoniya) va jinsiy
(sporogoniya) nasllar navbatlashuvi kuzatiladi. Jinsiy ko’payishdan hosil bo’lgan
zigota qalin po’st bilan o’ralib u oosista deb ataladi. Oosista ichida sporogoniya
natijasida sporozoitlar hosil bo’ladi. Sporozoitlar hosil bo’lishi tekinxo’rning
rivojlanishini poyoniga yetkazadi.
Mustahkamlash uchun savollar.
1. Bir hujayrali va ko’p hujayrali hayvonlar hujayrasi o’rtasidagi o’xshashlik va
farqlarni tushuntiring.
2. Bir hujayralilarning hujayra organellalari nimalardan iborat bo’ladi?
3. Bir hujayralilarning klassifikatsiyasini tushuntiring.
4. Sarkomastigoforalar tipiga tavsif bering.
5. Sarkodalilar sinfi va uning muhim turkumlari, vakillarni ayting.
6. O. Mavlonov, Sh. Xurramov, Z. Norboyevlarning “Biоlоgiya аsоslаri” (T. 2002)
darsligi 38 saxifasidagi (S-31) test topshiriqlariga javoblar bering. To’g’ri
javoblarni baholang.
7. O.Mavlonov, Sh. Xurramov, X. Echovalarning ‘Biоlоgiya аsоslаri’ darsligining
(2006 y.) 34 betidagi 4-rasmdan foydalanib (bundan buyongi Mustahkamlash
uchun
savollar.da
mazkur
kitobga
ishora
“darslik”
deb
yoziladi)
foraminiferalardagi nasllar almashinish sxemasidan makrosferik va mikrosferik
individlar hosil bo’lish jaryonini kuzating.
Glossariy
1. Zigota (зигота) — urug'langan tuxum hujayra.
2. Organella (Органелла) — bu hujayra ichida o'ziga xos funksiyalarni
bajaradigan mayda hujayrali tuzilish. Organella eukariotik va prokariotik
hujayralar sitoplazmasiga joylashtirilgan.
3. Toʻqima — kelib chiqishi, tuzilishi va funksiyasiga koʻra oʻxshash hujayralar
sistemasi. Odam va hayvonlar toʻqimasi epiteliy, biriktiruvchi, muskul va nerv
toʻqimalariga boʻlinadi.
4. Ko’payish — organizmlarning avlod qoldirish xususiyatidir . Organizmlar asosan
ikki xil usulda :jinssiz va jinsiy ko’payadi .
5. Jinsiy koʻpayish (половое размножение) — urgʻochi va erkak jinsiy hujayralar
— gametalarning qoʻshilishidan hosil boʻladigan zigotadan yangi organizmning
rivojlanishi, organizmlar koʻpayishining har xil shakllari.
6. Jinssiz koʻpayish ( бесполое размножение) — organizmlarning jinsiy jarayon
sodir boʻlmaydigan, jinsiy hujayralar ishtirok etmaydigan koʻpayish usuli.
Adabiyotlar
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190
б.
2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан
лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006.
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий
жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак.
Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017
4. Рупперт Э.Э., Фокс Р.С., Барнс Р.Д. Зоология беспозвоночных. В 4-х томах,
перевод с англ., “Академия”, Москва - 2008г.
5. Дадаев С.Д., Мавлонов О.М. Зоология. Тошкент, 2010