BIR KAMERALI MURAKKAB ME’DALARDA OZIQA HAZMI
Reja:
1. Bir tuyoqli hayvonlarda oziqa hazmi.
2. Cho‘chqalarda oziqa hazmi,
3. Quyonlarda oziqa hazmi.
Tayanch iboralar
Oraliq yoki bir kamerali murakkab oshqozon, zardob, muskul, shilliq parda osti,
shilliq qavat, sekretor bezlar, ko‘r xalta, qizil o‘ngach, qo‘shimcha, asosiy yoki bosh,
qoplama, kordial, fundal, pilorus, pepsin, ximozin, katepsin, kislotali, jelotinaza,
xlorid kislota, V.A, Basov, Shumova-Simonovskaya, I.P.Pavlov, Gaydengayn,
reflektor, kimyoviy, M.N.S., retseptor, simpatik, adashgan, proteolitik, lipolitik,
motor, grafik, uzuna, qiyshiq, halqasimon, tonik, ritmik, chuvalchangsimon, nerv,
muskul, A.Yu.Yunusov, issiq, quyosh. fundal, pilorus, 2 qism, Yellenberger,
Sheynert, o‘ng va chap tomonda, N.F.Papov, S.E.Egorov, V.A.Cheredkov,
I.A.Troyskiy, A.A.Kudryavsev, 15-16 qobirg‘a. N.V.Kurilov, kobolt, temir,
polizond usuli, A.V.Kvasniskiy, Ye.Z.Tikachev, kaprofagiya, Yu.A.Kolugin.
1.Struktura tuzilishi birkamerali, vazifasi murakkab oshqozonlar bir
tuyoqlilarda (otlar, yeshaklar, xachirlar) cho‘chqalar va quyonlarda bo‘lib, ularda
kechadigan hazmlanish jarayonlariga qarab oraliq me’dalar deyiladi.
Bir tuyoqli hayvonlar asosan dag‘al oziqalar va konsentratlar bilan
oziqalanishga moslashgan. Oziqalanishga qarab bir tuyoqli hayvonlarning hazm
sistemasi ham nisbatan murakkab rivojlangan, ayniqsa oshqozon va yo‘g‘on ichaklar
sistemasi har xil aralash ozuqalarni, shu jumladan dag‘al xashak va konsentratlarni
hazm qilishga moslashib tuzilgan. Bir tuyoqli hayvonlarning oshqozoni tashqi
ko‘rinishidan bir kamerali ya’ni qizil o‘ngach davomi oshqozon sfinktori ikkiga
bo‘linadi (qizil o‘ngachdan kirish va ingichka ichakga chiqish joyiga). Qizil o‘ngach
oshqozonga to‘g‘ri tushmasdan qiyshiq uchburchak hosil qilib tushadi. Qizil o‘ngach
bilan oshqozon orasidagi sfinktorda maxsus burama bo‘lib, ot va yeshak qusa
olmaydi, agar qusmoqchi bo‘lsa, shu buramalar sfinktorni berkitib qo‘yadi.
Oshqozonning ichki shilliq parda qavati struktura-tuzilishiga ko‘ra to‘rt
qismga bo‘linadi:
1. Kardial qism-qizil o‘ngachga tutashgan joy.
2. Ko‘r xalta qismi.
3. Fundal qism.
4. Pilorus qismlari.
Bu qismlar har xil hujayralardan tuzilgan bo‘lib, bu hujayralardan
ishlanadigan shiralar xususiyatini xilma xilligi oshqozon ichida oziqalar tarkibidagi
xilma xil moddalarni parchalanishini ta’minlaydi. Oshqozon shartli ravishda
tapografik tuzilishiga ko‘ra ikki qismga bo‘linadi ya’ni kardial va ko‘r xalta
oshqozonni chap tomonini, fundal va pilorus o‘ng tomonini tashkil qiladi.
Oshqozonning chap tomonida oziq-ovqatlar tarkibidagi uglevodlarni parchalanishi
ta’minlanib, bu yerda muhit ishqoriy bo‘ladi. Shuning uchun ham so‘lak tarkibidagi
va oziqa tarkibidagi hamda mikroorganizm fermentlari ta’sirida kraxmal,
kletchatkani va boshqa uglevodlarni parchalanishi ta’minlanadi.
Oshqozonning o‘ng tomonida asosiy va qoplama terma hujayralarda
ishlanadigan shira tarkibidagi ferment, xlorid kislota ishtirokida, kislotali muhitda
oziqa tarkibidagi oqsillar, yog‘larning parchalanishi yuzaga keladi. Shu tariqa
oshqozonda oziqalar aralash hislatga yega ya’ni oziqalar joyi almashinadi, amilolitik
jarayonlar lipolitik va protiolitik jarayonlar bilan almashinadi. Bir tuyoqli
hayvonlarning oshqozonida oziqa qat-qat bo‘lib joylanishi aniqlangan. Bu holatni
nemis olimlari Yellenberger va Sheynertlar tajribada aniqlaganlar ya’ni ular bir
necha xil buyoq bilan oziqani bo‘yab hayvonga yegizib, so‘ngra so‘yib, oshqozonni
muzlatib, kesib ko‘rib o‘rganganlar. Shu vaqtning o‘zida me’daning o‘rta qismdagi
oziqa tarkibida so‘lak va oziqa fermentlari ta’sirida uglevodlar almashinishi sodir
bo‘lib turadi. Demak bu hayvonlar organizmida uzluksiz moddalar almashinuvi
sodir bo‘lib, bu hayvonlar sira to‘ymaydi. Bir tuyoqli hayvonlar oshqozonining
ayniqsa o‘ng tomonidan ajralidagan shira va uning xislatlari bir kamerali
oshqozonnikiga o‘xshash bo‘ladi. Ularning oshqozon shirasining tarkibida xlorid
kislota (0,24% yerkin, 0,14% birikkan) har xil fermentlar bo‘ladi. Xlorid kislotaning
konsentrasiyasi oz bo‘lib, maksimum 0,3-0,35% bo‘ladi, kislotaligi dag‘al oziqaga
o‘tishi bilan kamayadi. Otlarni oshqozonida oziqa hazm bo‘lishi to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni olish uchun ularning oshqozoniga naychalar qo‘yish kerak. Lekin bu
ancha qiyin. Shunga qaramasdan 1933 yil S.V.Egorov va V.A. Cheredkov me’daga
naychalar o‘rnatish usullarini ishlagan. I.P.Pavlov bo‘yicha kichik me’dacha bichish
usulini yesa 1937 yil N.F.Papov (MVA fiziologiya kafedrasini mudiri) o‘rnatgan.
I.P.Pavlov usuli bo‘yicha kichkina me’dacha bichish mushkul bo‘lib, otlarning
oshqozoni ancha yuqorida joylashgan, ya’ni ko‘krak qafasini ostiga kirib ketgan.
Operasiya qilish uchun o‘ng va chap tomondan 15-16 qabirg‘alar kesilishi kerak.
Bizning shartimizga ko‘ra operasiyani chap tomonda o‘tkazilsa kardial, ko‘r xalta
qismiga, o‘ng tomonda fundal va pilorus qismiga yo‘l ochiladi. Naycha qo‘yish
uchun ham qobirg‘alarni olib tashlab, muskullarni kesmasdan ajratib naycha
o‘rnatilishi kerak. Tekshirishlarda otlarning oshqozonining hajmi yoshiga qarab
o‘zgarishi kuzatilgan bo‘lib, eng katta hajmi 18-20 litrga yetadi, minimal hajmi 5-8
litr, ba’zan uch litrga yetadi.
Otlar oshqozonida shira ajralishini I.T.Troyskiy va A.A.Kudryavsevlar
toylarda yezafagotomiya usuli yordamida o‘rgangan. Ularda shira vaqti vaqti bilan,
dag‘al oziqa bilan oziqalanuvchi katta hayvonlarda uzluksiz ajralib, hatto me’da
bo‘sh bo‘lsa ham shira ajralaveradi va sutkasiga 30 litrgacha yetadi. Odatda otlar
me’dasi bo‘sh bo‘lmaydi.
Shira ajralishining xislati, miqdori, tarkibi, fermentasiya, xususiyati
oziqalarning xilma xilligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan: dag‘al oziqalar bilan
oziqalanganda shira ko‘p, suyuq ajralsa, konsentraktlar: kepak, maydalangan yarma,
arpa, suliga suyuq shira ajratib, lavlagi, achitilgan suli, kartoshka va pichan
oziqalariga kam shira ajratadi. N.V.Kurilovning tekshirishlarida me’daga keladigan
har ikkala adashgan nervni kesilishi to‘liq sekresiyani to‘xtatib qo‘ymasdan, juda
ozayib qolishiga sabab bo‘lishini aniqlagan. (Bir tuyoqli hayvonlarda oshqozon
kasalligi tez uchrab, parxez oziqa bilan ta’minlash kerak va oziqa kam, kalloriyasi
yuqori bo‘lishi kerak). Ot zavodlarida, sportda qatnashadigan otlar shunday boqilishi
kerak. Oshqozondan shira ajralishida shiraning barcha xislatlari oziqalanish
sharoitiga qarab o‘zgarib turadi va har xil oziqalarga har xildir.
2.Cho‘chqalar oshqozoni tashqi ko‘rinishidan bir kamerali ammo ichki
tuzilishi va vazifasi murakkab. Cho‘chqa oshqozoni ichki shilliq qavatini tuzilishiga
qarab 5 qismga bo‘linadi:
1. Qizil o‘ngach qismi.
2. Ko‘r xalta qismi.
3. Kardial qismi.
4. Fundal qismi.
5. Pilorus qismi.
Me’daning oldingi qismlarida ayniqsa kardial, ko‘r xalta qismlarida shilliq
qavatining tagida ko‘p limfa tugunlari bo‘ladi. Bulardan ishlanadigan sekret
tarkibida limfatik suyuqlik va limfasitlar bo‘ladi. Shuningdek qon bilan birga juda
ko‘p xildagi qonning shaklli yelementlari (tayoqcha yadrolilar, bazofillar) keladi. Bu
leykosit hujayralari antibakterial ya’ni fagositoz qilib, oziqa tarkibida kelgan
mikroorganizmlarni o‘ldiradi. Oshqozonda oziqa hazmi taxminan bir kamerali
oshqozonnikiga o‘xshasada o‘ziga xos xususiyatlarga ham yegadir. Oziqa
hazmlanishi aralash tipga yega. Oziqa tarkibidagi uglevodli moddalar oshqozonni
yuqori qismlarida hazmlanadi, pastki tub qismlarida oqsil va yog‘lar hazmlanadi.
Oshqozonning hajmi hayvonning yoshiga, oziqaning turiga qarab o‘zgaradi. Oziqa
otlarnikiga
o‘xshab
qatlam-qatlam
bo‘lib,
joyla-shadi.
Cho‘chqalarning
oshqozonining pastki qismlarida ya’ni uning tubida oqsillar va yog‘larni parchalanib
turishi, yuqori qismida ko‘r xalta qismidagi oziqalar tarkibidagi kraxmal va boshqa
xildagi
uglevodlarni
parchalanib
turishi
ta’minlanadi.
Cho‘chqalarning
oshqozonining yuqori qismlarida muhit ishqoriy bu muhit kardial, ko‘r xalta
qismlardan ishlanadigan shira ishqorli, oziqa va so‘lakdagi ishqoriy xislatlar tufayli
kuchsiz ishqoriy muhitda bo‘ladi. Shu ishqoriy muhitda amilolitik fermentlarni
aktivligi
ta’minlanadi.
Ayniqsa
so‘lak
tarkibidagi
amilolitik
fermentlar,
mikrobiologik jarayonlar oqibatida uglevodlarni jadal parchalanishi ta’minlanadi.
Shuningdek kardial va ko‘r xalta qismida sut achituvchi bakteriyalar bo‘ladi. Sut
achituvchi bakteriyalar ishtirokida har xil achish jarayonlari sodir bo‘ladi. Chiritish
bakteriyalari ba’zi bir xil oziqalarni chiritadi, vaqtincha ishqoriy muhitda chirituvchi
bakteriyalar rivojlanib, oqsil-proteinlar chiritiladi. Bu jarayonlarda har xil achish va
chirish hisobiga sut kislota, propion, moy, kislotalar hosil bo‘ladi. Keyingi
tekshirishlarga qaraganda bu kislotalar oshqozon devoridan so‘rilib, moddalar
almashinishida qatnashishi aniqlangan. Oldingi, o‘rta, keyingi qismlardan
I.Siniщekov laboratoriyasida kichik me’dacha yasab, so‘rilish jarayonini kuzatgan.
Cho‘chqani operasiya qilishda qorin qismining yog‘lari xalaqit beradi. Chunki
cho‘chqani oq chiziq bo‘ylab operasiya qilish kerak. Lekin kerak bo‘lganda
cho‘chqani och qoldirib, ozdirib ham operasiya qiladilar.
Cho‘chqalar me’dasini fundal va pilorus qismidagi bezlardan ishlanadigan
shiralar va xlorid kislota konsentrasiyasi ancha yuqori bo‘lib, 0,3-0,45% gacha
yetadi. Ayniqsa fundal qismda xlorid kislota tufayli oshqozon shirasini muhiti
kislotali bo‘lib, oshqozonda kechayotgan jarayonlar darrov o‘zgarib, yendi bakterial
jarayonlar to‘xtaydi, bakteriyalar o‘ladi va bu jarayon o‘rnini prteolitik va lipolitik
jarayonlar yegalaydi, yendi yog‘lar va oqsillar parchalanaboshlaydi. Cho‘chqaning
me’da shirasida saqlanadigan fermentlar bir kamerali oshqozondagi fermentlarga
o‘xshash bo‘lib, ular pepsin, ximozin, lipaza va boshqalar. Me’da shirasida bu
fermentlarning saqlanishi cho‘chqaning oziqalanishiga qarab o‘zgarib turadi. Agar
cho‘chqani yog‘li, oqsilli oziqalar bilan boqilsa ularning oshqozon shirasida bu
moddalarni parchalovchi fermentlar ko‘payadi. Agar cho‘chqa kraxmalli oziqa, un,
un ortig‘i, kartoshka, lavlagi, kletchatka boy o‘simliklar boshqa uglevodi ko‘p
bo‘lgan o‘simliklar bilan oziqalantirilsa oshqozonda amilolitik jarayonlar kuchayadi.
Bu jarayonlar oshqozonning yuqori qismlarida kechib, pastga tushishi bilan
proteolitik va lipolitik jarayonlar bilan almashinadi. Cho‘chqalarning oshqozonida
shu jarayonlarni almashinib turishi va har xil qismlarda har xil jarayonlar kechishi
laboratoriya sharoitida surinkali tajribalarda o‘rganilgan. Bu jarayonlarni
o‘rganishni eng qulay usuli A.V.Kvasniskiyning polizond usulidir. Bu usul bir necha
yo‘lli naychalar yordamida V.A.Basov usuli asosida bajarilib, naycha oshqozon
tubiga qo‘yiladi. Zondning har xil balandliklarida kavaklik bo‘lib, shu joydan
alohida-alohida naycha yo‘llari tashqariga chiqariladi. Qavat – qavat joylashgan
kavaklardan kavak yo‘llari tashqariga chiqarilib, har xil qatlamdagi shira yig‘ilib,
shira tarkibi xususiyati, oziqa hazmlanishi o‘rganiladi. Cho‘chqa oziqalangandan
so‘ng birinchi soatlarda yuqori qismlarda bo‘ladigan parchalanishlar ta’minlanadi.
(Chunki oziqa tarkibidagi so‘lak fermentlari amilolitik jarayonlarni yuzaga
chiqaradi). 2-3-4-5 soat davomida oshqozonning tub qismidagi jarayonlar
quzg‘aladi. Cho‘chqa oshqozonining motorikasi boshqa hayvonlar oshqozonining
motorikasidan farq qiladi. Cho‘chqa me’dasining kardial va fundal qismlarida
peristaltik harakat zaif va pilorus qismida bir oz jonlanib, oziqa bir oz aralashdi. Shu
sababdan bo‘lsa kerak oziqa oshqozonda 6-8 soat davomida hazm bo‘ladi. Oziqa
hazm qilish sistemasida chuqur parchalanish, taxminan oshqozonda oziqaning 50-
70% parchalanadi. Qolgan qismi malham - ximus shaklida cho‘chqalarning
ichaklarida hazm bo‘ladi. Cho‘chqalarning oshqozonida oziqalarni uzoq saqlanishi
har xil konsentrat bilan oziqalanganda sodir bo‘ladi. Agar oziqalar pishirilgan,
dimlangan, maydalangan bo‘lsa 6 soatgacha saqlansa, kuriq oziqalar 10 soatgacha
saqlanadi. Oziqalar oshqozonda hazmlanib bo‘lganidan so‘ng pilorus orqali 12
barmoqli ichakga 50 mldan 120 mlgacha o‘tadi. Boshqa olimlarni ko‘rsatishicha 160
mlgacha desa, Ye.Z.Tikachev tekshirishlarida oziqlangandan bir soat o‘tganida
me’dadan ingichka ichaklarga oziqa o‘tkazilishi tez bo‘lib soatiga 1000-1100 ml
ekanligi aniqlangan. Bu iste’mol qilingan oziqaning hazmlanishi, jarayonning
jadalligiga ya’ni intensivliligiga bog‘liq.
Cho‘chqa
homilasining
me’da
devoridagi
hujayralar,
embrion
rivojlanishining oxirgi davrlarida hosil bo‘lib, yemadigan cho‘chqa bolalarida me’da
shirasi kechqurun ajralib, fibrin va ko‘pchilik o‘simlik oqsillarni parchalaydi. Tuxum
oqsilini parchalay olmaydi. Voyaga yetganlarda me’da shirasi kunduzi ajraladi.
2.Quyonchilikda oziqa hazmini o‘rganish usularidan biri ularni yorib ko‘rish
ayrim organlarni olib tashlash. Masalan: ko‘r ichakni olib tashlasa-sekumektomiya,
appendiksni olib tashlash-appendoektomiya, radiaktiv va inert moddalarni yedirib
o‘rganish (xrom, kremniy oksidlari).
Quyonning hazm organlariga og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq, qizilo‘ngach, me’da
ingich-ka va yo‘g‘on ichaklar hamda oshqozon ichak sistemasiga shira ajratadigan
bezlar: so‘lak, oshqozon osti, ichak va jigarlar kiradi.
Quyonlarda 4 juft so‘lak bezlari, quloq oldi, til va jag‘ hamda ko‘z osti bezlari
bo‘ladi.
Qizilo‘ngach muskulaturasi 3 qavatdan: uzunasiga joylashgan, ichki va tashqi
ham halqasimon o‘rtangi qavatlardan iborat.
Quyon oshqazoni bir kamerali bo‘lib, unda asosan ikki bo‘lim fundal va ko‘r
xalta, antral yoki pilorik qismlar bo‘lishi bilan farqlanadi. Ayrim hollarda
qizilo‘ngachni qo‘shilish joyidagi kardial qism va oshqozon o‘rtasidagi me’da
tanasini ajratib ko‘rsatishadi. Quyonlar oshqozoni naxal shaklida bo‘lib, uning
shilliq pardasida (ko‘r xalta) bosh hujayralari shira ajratadi. Shira tarkibida Ns1
kislota deyarli bo‘lmaydi rN 6,2-6,4. Oshqozonni hajmi voyaga yetgan quyonlarda
130-160 mln tashkil yetadi va ko‘r ichak hajmidan kichikdir (200-230 ml). Achish
bijg‘ish jarayonlari quyonlardan asosan ko‘r ichakda boradi. Ko‘r ichakda
kletchatkani hazmlanishi, fermentasiya mahsulotlarini juda zaif surilishi tufayli
quyonlarga oziqa moddalarga bo‘lgan talablarini qondira-olmaydi. Ammo bu
kamchilik kaprofagiya yo‘li bilan to‘ldiriladi. Kaprofagiya quyonlar oziqa
hazmidagi eng asosiy, boshqa o‘txo‘r hayvonlar oziqalanishidan farq qiluvchi
jarayondir. Kaprofagiya deganda o‘z axlatini o‘zi iste’mol qilishi tushiniladi.
Quyonlarda ham boshqa kemiruvchilardagi singari ko‘r ichagida ikki xil
yumshoq va qatiq axlat shaklanadi. Yumshoq axlat o‘ziga xos alohida axlat bo‘lib,
hayvonlar uni titkilab o‘tirmasdan chiqaruv teshigidan olib to‘ppadan to‘g‘ri
yeyaverishi mumkin. Oshqozonda yumshoq axlat oziqalar bilan aralashmasdan
guvala-shar shaklida ko‘r xalta qismida yotadi. Mikroorganizmlardan tashkil topgan
parda bilan qoplangan yumshoq axlat hazm bo‘lmagan o‘simlik dunyosi oziqalari
bilan aralashib me’dada bir necha soat davomida achiydi. So‘ngra oziqalarni pastki
qismi me’daning kislotali shirasi bilan yaxshilb namlangach mikroorganizmlar –
simbionatlar o‘ladi. Achish jarayonining asosiy mahsulotlari uchuvchi yog‘
kislotalari va sut kislotalari organizmga so‘riladi.
Kaprofagiyaga yo‘l qo‘ymaslik sellyulozani hazm bo‘lishi va oqsillarni
o‘tilizasiyasini pasaytiradi. Bu paytda oshqozondagi oziqalar takibida quruq modda
juda kam uchraydi. Quyonlarda oshqozon shirasi doimiy ravishda ajralib, me’da
hech qachon bo‘sh bo‘lmaydi. Bir sutkada ajralib chiqqan shira 75-150 mlni tashkil
yetadi. Yu.A.Kaluginning ma’lumotlariga ko‘ra oshqozon tubida muhit 0,7 -1,2
bo‘lib, pepsinogen va NS1 kislotasini saqlaydi (0,20-0,35%) asosan yerkin xlorid
kislotasi uchraydi. Oshqozondagi aralash oziqalarni muhiti rN-2,2-2,5 bo‘lib
o‘zgarib turadi. Tabiiy oziqalantirilganda (kuchli, shirali, dag‘al oziqalar bilan)
oziqaning yarmi me’dada hazm bo‘lib o‘rtacha 4-6 soatdan keyin ichakka
chiqariladi.
TAYYoRLANISh UChUN SAVOLLAR.
1. Quyonlar me’da shirasini boshqa hayvonlar me’da shirasidan farqini
tushuntiring?
2. Kaprafagiya nima?
3. Kaprofagiyaning ahamiyatini tushintiring?
4. Quyonlar me’dasidagi hazmlanishni farqini tushuntiring?