BIRINCHI, IKKINCHI, UCHINCHI VA TO‘RTINCHI SINF O‘QUVCHILARIDA CHIROYLI YOZUV MASHQLARINI TASHKIL ETISH.
Yuklangan vaqt
2025-01-26
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
41
Faytl hajmi
3,5 MB
BIRINCHI, IKKINCHI, UCHINCHI VA TO‘RTINCHI SINF
O‘QUVCHILARIDA CHIROYLI YOZUV MASHQLARINI TASHKIL
ETISH.
REJA:
O'quvchilarga eng asosiy yozuv texnikasi qoidalari haqida ma'lumot berish.
Harflarni bosimsiz bir tekis yozish. Harflarni elementlarga ajratmay bog'lab
yozish
Harf va so'zlarni qatorlarga to'g'ri joylashtirish. Harflarning qiyaligini to'g'ri
saqlash.
Harflarni bir hil balandlikda yozish. Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab
yozish.
Tez va ravon yozishga o'rgatish. Ikkinchi sinfda chiroyli yozuv darslari
O’xshash elementli kichik va bosh harflarni yozish metodikasi.
Uchinchi sinf yozuv darslarining o'ziga xosligi.
Uchinchi sinf yozuv darslarida olib boriladigan yozuv mashg'ulotlari
Yozuv mashg'ulotlarining rejasi. So'zva gaplarni qo'shib yozish.
To'rtinchi sinf yozuv darslarining o'ziga xosligi.
To'rtinchi sinf yozuv darslarida olib boriladigan yozuv mashg'ulotlari.
Tayanch so'zlar:
Yozuv mashg'ulotlari asosan boshlang'ich sinflarda sharikli ruchkada bosimsiz
yozdirishga o'rgatilishi va bosimsiz yozishning afzalliklari.
Birinchi sinfda o'quvchilar harflarni bir- biriga ulab qo'shib elementlami
ajratmay bog'lab yozishni o'rganishlari.
O'quvchilar tayyorgarlik mashqlarida harf elementlarini qatorlarga to'gri
joylashtirishlari.
Harf elementlarining o'ng tomonga 65gradus qiyalikda yozishga o'rgatilishi.
Bir chiziqli daftarga kichik harflarni 3 mm balandlikda bosh harflarni 6 mm
balandlikda yozdirishga o'rgatish.
Agar o'quvchilar tomonidan harf laming qiyaligini to'g'ri saqlashda xatolarga
yo'l qo'yilgan bo'lsa, ular quyidagicha o'xshash yordamchi chiziqlar orqali o'z-o'zini
boshqarishga o'rgatiladi: Bunday mashqlarni 3-4 sinflarda ko'proq o'tkazish kerak.
Bolalar o'z xato va kamchiliklaridan ko'ra, yonlarida o'tirgan o'rtoqlarining
xatosini ko'rsatib boradilar. Shuning uchun o'zaro bir-birlarining xatolarini topish
ustida ham mashq olib borish mumkin.
O'zaro bir-birlarining xatolarini topish ustida mashq olib borganda
o'quvchilarga mashq, topshiriq va savollar berish kerak ya'ni «harf elementlari
qanday yozilgan? Harf va so'zlar orasidagi masofa to'g'ri saqlanganmi? Harflarning
qiyaligi to'g'rimi?» va hokazo.
Sinflardan sinfga ko'chgan sari bu mashqlarning savollarini murakkablashtirib
borish mumkin. Biz yuqorida chiroyli yozuv malakasini shakllantirish uchun zarur
bo'lgan usullarni ko'rsatib undan bulardan tashqari, har bir o'qituvchi o'zi mustaqil
ravishda o'zuv malakasini o'stirish uchun yordam beradigan usullarni topishi va uni
amalda qo'llashi mumkin.
O'quvchilarga yozuv texnikasini o'rgatish.
Harflarni
elementlarga
ajratib
tahlil
qilishni
o'rgatilgandan
so'ng,
o'qituvchining navbatdagi vazifasi o'quvchilarni yozuv texnikasi qoidalari bilan
tanishtirishdan iborat bo'lishi kerak. Yozuv texnikasi qoidalariga asosan, harflar
qiyaligini to'g'ri saqlash, bosimsiz bir xil qalinlikda yozish, bog'lanishlarni to'g'ri
ifodalash kabi vazifalar kiradi. Shu bilan bir qatorda, o'quvchilar uchun eng muhim
yozuv qoidalari ham eslatib o'tiladi.
O'quvchilarni assoiy yozuv qoidalari bilan tanishtirmasdan turib, chiroyli
yozuvga o'rgatib bo'lmaydi. Shuning uchun qo'lida asosiy yozuv qoidalari bilan
tanishtirib o'tamiz.
Harflarni bosimsiz bir tekis yozish.
Yuqorida eslatib o'tkanimizdek avtoruchkada, asosan, bosimsiz yozdiriladi.
Avtoruchkani barmoqlar orasida qattiq siqmasdan erkin va bo'sh ushlash kerak.
Matnda uchragan nuqta va tayoqchalarni qo'yishda avtoruchkan bosmasdan sekin va
erkin harakat qildirish lozim.
Bosimsiz yozishning afzalligi shundaki, harflarning umumiy ko'rinishi bir
tekisda chiroyli bo'lib, tez yozish malakasini shakllantirishda va bog'lab yozishga
o'rgatishda osonlik tug'diradi.
O'qituvchi ham doskaga yozib ko'rsatganda bo'rni qattiq ushlamay, bosimsiz
bir tekis yozishga harakat qilish kerak.
O'quvchilarga bosim bilan yozilgan matnlarni ko'chirib yozishga ruxsat
etmaslik kerak.
O'qituvchi o'quvchilarni birinchi kundan boshlab bosimsiz, bir tekis yozishga
odatlatirib borsa, bolalarning qo'li tolmaydi.
Harflarni elementlarga ajratmay yozish.
Birinchi sinfda o'quvchilar harflarning shaklini yozib tugatganlaridan keyin
o'qituvchining navbatdagi vazifasi harflarni bir-biriga ulab, qo'shib yozishga
o'rgatishdan iborat bo'ladi.
Boshlang'ich sinflarning o'quv dasturida o'quvchilardan harflarni elementlarga
ajratmay, bog'lab yozishlari talab etiladi. Harflarning qo'shib yozilishini ta'minlash
uchun ayrim chiziqlar o'z harakati bo'yicha orqaga qaytadi, bu narsa, ayniqsa,
cho'zinchoq doira shaklidagi harflarda uchraydi, chunonchi sha, ma, na, lo kabi
bo'g'inlar shunday yoziladi:
Bunday qo'shib yozishni ayrim bot harflarda ham uchratish mumkin. Masalan,
K bosh harfining yozilishini ko'raylik:
Ko'pchilik bosh harflar kichik harflar bilan qo'l harakatni uzmay, ulab yoziladi.
O'quvchilarga harflarni bir-biriga ulab yozish qaytarish namuna sifatida quyidagi
tartibda tushuntirish mumkin:
Bolalar, qarang. Men kichik 1 harfini kichik o harfiga qo'shib
yozishni ko'rsataman. Siz mening qo'limning harakatiga qarab turing.
Kichk d harfining ikkinchi elementini yuqoriga olib chiqib, salgina
pastga burib, yana orqaga qaytamiz va kichik o harfini hosil qilamiz.
Qani,
o'quvchilar,
kim
ko'rsatadi,
bu
ikkala
harfni
men
qanday
qilib qo'shib yozdim?
Bir o'quvchi doskaga chiqib, o'qituvchi yozgan harflar ustidan qo'lni yurgizib
ko'rsatadi, qolgan o'quvchilar esa diqqat bilan qarab turadilar. Agar o'quvchi
yanglishib qolsa, boshqa o'quvchini chiqarib uning yo'l qo'yogan xatosi tuzatiladi.
Qani
endi
bolalar,
bu
harflarning
qo'shilishi
harakatini
havoda
hammamiz birga qaytaramiz. Hammangiz ruchkangizni oling, boshladik
(o'qituvchining o'zi ham bir qaytaradi).
O'quvchilar doskadagi d va o harflarining yozilishiga qarab havoda harakat
bajaradilar.
Endi bolalar bu harflarni daftaringizga ko'chirib yozing. Bir qator
ko'chirib
yozganingizdan
so'ng
o'zingizni
tekshirib
ko'ring.
Agar
yozayotganingizda
qo'l
harakati
uzilmagan
bo'lsa,
demak
to'g'ri
yozayapsiz.
Endi
bu
ikkala
harfni
qo'shib,
bir
necha
qator
yozamiz.
O'qituvchi sinfni aylanib chiqib, noto'g'ri yozayotgan o'quvchilarga
yordam berishi lozim. Boshqa harf va so'zlarni qo'shib yozishda ham shunday
yo'l bilan tushuntirish zarur.
Birinchi sinfda o'quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab o'quvchilar 4-5 harfdan
tashkil topgan so'zlarni qo'l harakatini uzmasdan yoza oladilar. Ikkinchi sinfdan
boshlab
esa
har
qanday
murakkab
so'zlarni
ham bog'lab yozishlari lozim. Ammo ayrim harflar esa qo'l harakatini
uzib yozishni talab etadi. Masalan, kichik b harfi o'zidan keyingi harflar
bilan bog'lanishda qo'l harakatini uzib yozishni talab etadi. Kichik o
harfi ham kichik 1, m, ya harflari bilan bog'lanishda qo'l xarakatini uzib
yozishni talab etadi. Bunday
harflarning bog'lanishiga o'qituvchi
alohida e'tibor berishi kerak. Masalan, o'qituvchi doskada shu harflarning
bog'lanishiga xos bo'lgan lola, bobo so'zlarini yozib ko'rsatishi mumkin:
Bu harflarning bog'lanishini quyidagi tartibda tushuntirish lozim.
Qani bolalar, diqqat bilan qarang, bu so'zlarni yozishda qo'l harakatni
qayerlarda uzib yozdim?
Siz kichik o harfidan keyin va kichik b harfidan keyin qo'l
harakatini uzib yozdingiz.
Birinchi o harfidan keyin va qaysi b harfidan keyin qo'l harakatini uzib
yozdim?
Birinchi 1 harfidan na bobo so'zidagi ikkala b harfidan keyin qo'l harakatini
uzib yozdingiz.
To'g'ri, Agar kichik o harfi boshqa harflar bilan yuqori tomondan ulansa qo'l
harakati uzilmaydi, past tomondan ulansa, unda qo'l harakatini uzib yozish kerak
kichik b harfi ham o'zidan keyin yoziladigan har qanday harf bilan bog'lanishida qo'l
harakatini uzib yozishni talab etadi. Yozma harflarda boshqa bunday qo'l harakatini
uzib yozishni talab etadigan harflar uchramaydi.
Dastlabki vaqtlarda bog'lab yozilgan harflar ko'zga uncha tashlanmaydi, go'yo
ular chalkashib ketayotganga o'xshaydi, ammo asta-sekin ularni to'g'ri bog'lab yozish
ishning unumli bo'lishiga yordam beradi. Qo'l harakatini uzmasdan harflarni bog'lab
yozish qiyalikni bir hilda saqlashga ham imkon beradi.
Qo'l harakatini uzmasdan harflarni bir-biriga qo'shib yozish qoidalarini har bir
sinfda eslatib turish lozim, shundagina boshlang'ich sifnlarda tez yozish malakasini
o'stirish mumkin.
Harf va so'zlarni qatorlarga to'g'ri joylashtirish.
Yozuvga o'rgatishning dastlabki kunlaridan boshlab harf va so'zlarni qatorlarga
to'g'ri joylashtirishga alohida e'tibor berish lozim. Ularga birinchi tayyorgarlik
mashqlaridan boshlab (tayoqcha yoki nuqtalarning orasidagi) masofalarni teng
saqlashga o'rgatiladi.
Agar o'quvchilar tayoqchalar orasidagi masofani tor qilib qo'ysalar, ularga
kengroq qilib yozish tushuntiriladi, aksincha, ular orasidagi masofa haddan tashqari
olis bo'lsa, o'qituvchi yaqinroq yozishni o'rgatishi lozim.
Ba'zi bir o'quvchilar to'g'ri tushuntirish uchun so'zlar orasidagi masofani
ruchkani yo'g'onligiga teng qilib olish mumkin, degan ko'rsatmalarni beradilar.
Bunday tushuncha noto'g'ridir, chunki o'quvchilarning ruchkalari har xil bo'lishi
mumkin. Undan tashqari, ruchkani daftar ustiga qo'yib o'lchash ham yozuv
qoidalariga ziddir.
Soddalashtirilgan harflar bilan yozuvga o'rgatishning asosiy maqsadi
o'quvchilarning chamalash qobiliyatini o'stirish va masofaning mustaqil ravishda
aniqlashga o'rgatishdir.
O'quvchilarni chamalashga bir qatorda joylashgan harflarning soni bilan ham
o'rgatish mumkin. Masalan, bir qatorga kichik i harfidan 10 ta joylashtrish mumkin,
undan kam bo'Isa harflar orasidagi masofalar keng. Ko'p bo'lsa tor bo'lib qolishi
mumkin. Ammo bunday chamalash mashqlarini faqat 1-sinfda o'tkazish mumkin. 2-
4 sifnlarda esa yozuvning yirik va maydaligiga qarab harflar bir qatorga oz yoki ko'p
joylashishi mumkin.
Harflarning qiyaligini to'g'ri saqlash.
Bolalarning yozuvlari har xil qiyalikda bo'lishi mumkin. Agar harflarning asosiy
elementlari daftar chizig'iga nisbatan tik holatda (perpendikulyar) qo'yilsa,
yozuvning holati ham tik bo'ladi. Harf elementlari o'ng tomonga qiya bo'lib, o'tmas
burchak hosil qilishi ham mumkin. Biz o'quvchilarni o'ng tomonga qiya qilib
yozishga odatlantirishimiz lozim.
Tik yozuv (noto'g'ri)
Chap tomonga qiya yozuv (noto'g'ri)
O'ng tomonga qiya yozuv (to'g'ri)
O'ng qo'l bilan yozadigan kishilar uchun yozuvning qiyaligi o'ng tomonga
moslashtirilishi faqat harflarning shaklini chiroyli qilish uchun emas, yozuvning
qulayligi uchun mos keladi. Yozuvning qiyaligini to'g'ri saqlash, qo'l va barmoqlarni
ortiqcha zo'riqtirmaydi.
Yozuvning o'ng tomonga qiyaligini saqlash tirsaklarni bir tomonga yaqin yurishi
uchun qulay bo'lib, parta ustidagi daftarning to'g'ri holatiga bog'liqdir.
Yozayotganda daftarning holati bir tomonga qiya bo'lishi o'z-o'zidan yozuvning
qiyaligini ta'minlaydi.
Yozuvning qiyaligini saqlashda daftardagi siyrak qiya chiziqlar ham katta
yordam beradi. Bunday mashq qilishda daftarning holati o'zgarsa ham, yozuvning
qiyaligi o'zgarmasligi mumkin. Shuning uchun qiya chiziqli daftarlardan faqat
dastlabki mashqlarni bajarishda foydalaniladi. Qiya shaklda yozishga o'rgatishning
o'ziga xos usullari mavjud.
O'quvchilarga dastlab eng sodda shakldagi kichik tayoqchalarni yozdirib
mashq qildirish vaqtidayoq tik va qiya tayoqchalarning farqini o'rgatish lozim.
Bunday mashqlar o'quvchilarning ongida uzoq vaqt saqlanadi va xatolarning oldini
oladi.
Shuningdek yozuvning to'g'ri bo'lishi uchun daftarning qiya holatini ham hisobga
olish lozim ekanligi tushuntiriladi. Daftarning parta ustida noto'g'ri turishi gigiyena
qoidalarining buzilishiga ham sabab bo'ladi, chunki o'quvchi yozuvning qiyaligini
saqlash uchun o'z gavdasini har xil holatda tutishi mumkin.
Daftarning pastki chap bo'rchagi ko'krak o'rtasiga to'g'ri bo'lishi yoki
daftarning qiya chizig'i (agar qiya chiziqli daftar bo'lsa) partaning chetiga tik bo'lishi
kerak.
Daftarning beti satrlarga to'lib borgan sari yuqoriga surib boriladi. Chap qo'l
bilan esa daftarning yuqori tomoni bosib turiladi. Buning uchun sinf partasining
ustiga ikki o'quvchining har biri uchun alohida ingichka qiya tekshiruv chizib
qo'yiladi. Bu chiziqning uchi o'quvchilarning chap ko'kraklarini o'rtasiga to'g'ri
bo'lib, partaning old qirrasiga nisbatan 65 gradus qiya bo'ladi.
Agar daftarning chap beti to'lsa, daftarning buklangan joyi tekshiruv chiziqqa
to'g'rilab olinadi va o'ng betiga yozishga o'tiladi.
O'quvchilarda harflarni qiya yozishga o'rgatish malakasini oshirish ancha
murakkab jarayon bo'lib, o'qituvchidan sabr-matonat, katta kuch talab etiladi.
O'qituvchi sistemali ravishda turli mashqlar olib borishi, ularning harakatlarini qunt
bilan kuzatib borishi lozim. Faqat uzoq muddatli mashqlardan so'ng ko'zda tutilgan
maqsadga erishish mumkin.
O'qituvchi tomonidan berilgan barcha ko'rsatmalarga qaramay, ayrim
o'quvchilar harflarni har xil qiyalikda noto'g'ri yozadilar. Masalan, kichik b harfini
o'ng tomonga qiya qilib yozsalar kichik d harfini chap tomonga haddan ziyod o'girib
yozadidlar:
Har ikki tomon yuqorida ko'rsatib o'tilgan kamchiliklarni tuzatish uchun
o'quvchilarga o'z xatolarini topishga yordam beradigan grafik mashqlar berilishi
kerak. O'quvchilarga dastlab bir-ikkita harf yozdirilib, ular orasiga qiya chiziqlar
qo'yiladi va to'g'ri chiziqchalarga taqqoslash orqali o'quvchilar o'z xatolarini
tushunadilar hamda uni tuzatishga kirishadilar.
Harflarni bir xil balandlikda yozish.
Matndagi harflarning bir xil balandlikda yozilishi chiroyli yozuvga
o'rgatishning asosiy shartlaridan biridir. Yozuvda harflarni bir xil balandlikda
saqlash ancha qiyin bo'lib, o'quvchi barcha imloga oid malakalarini egallay olmaydi.
Shuning uchun 1-sinfdan boshlab siyrak qiya ikki chiziqli daftarga yozdirib mashq
qildiriladi, so'ngra siyrak qiya chiziqsiz daftarga va 2-sinfning ikkinchi yarmidan
boshlab bir chiziqli daftarga yozdirib mashq qildiriladi.
Birinchi sinf da kichik harflarni 4 mm balandlikda (bu o'lcham daftarning kichik
harflar yoziladigan qatorlar orasiga teng) yozdirib mashq qildiriladi, bosh harflar esa
kichik harflarga nisbatan ikki barobar katta qilib yozdiriladi.
Birinchi sinfning oxirlari va 2-sinfdan boshlab ayrim o'quvchilarda yozuvning
maydalashib, qatorlar orasidan pastga tushib borishini
ko'rish mumkin. Bu yozuv tezligini oshib borayotganligidan dalolat beradi.
Bir chiziqli daftarga mashq qilishdan oldin, o'qituvchi doskada harflarni bir tekis,
ravon yozish qoidalarini mukammal tushuntiradi. Chunki bir chiziqli daftarda
harflarning balandligini belgilab turuvchi tekshiruv chiziq nuqta, endi o'quvchi
ularni chamalab yozishga o'rganishi lozim.
Masalan, bir chiziqli daftarni teng uch qismga bo'lib, uchdan bir qismida kichik
harflarni, uchdan ikki qismida esa bosh harflarni yozish lozim:
Kichik va bosh harflar alohida-alohida mashq qildiriladi.
Bir chiziqli daftarga chamalab yozish ancha murakkab, shuning uchun o'qituvchi
dastlabki davrlarda o'quvchilarni diqqat bilan kuzatib borishi zarur.
Yozuvdagi kamchiliklar ayniqsa, 3-4-sifnlarda ko'proq uchraydi, chunki bu
davrda o'quvchilarda kattalarga xos bo'lgan alohida yozuv shakllana boradi. Bu
davrdagi yozuvning shakllanishiga alohida ahamiyat berib borish kerak.
Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozish.
Chiroyli yozuvga o'rgatishda harflarning balandligini bir hilda saqlash qanchalik
zarur bo'lsa, harflar va so'zlar orasidagi masofani to'g'ri chamalab yozish ham katta
rol o'ynaydi.
Alfavitdagi ayrim harflar keng, ayrimlari esa tor yoziladi. So'z va gaplarni
yozishda esa ana shu farqni yaxshi ajrata bilish lozim.
Harflar va harf elementlari orasidagi masofani chamalab yozishga alifbe
davridan boshlab o'rgatish, keyinchalik esa buni sistemali ravishda tekshirib borish
zarur.
Gaplarni yozishda so'zlar orasidagi masofa bir harf enida bo'lishi kerak. Harf
elementlari va ular orasidagi masofani chamalab yozishga o'rgatish uchun quyidagi
vazifalar bajariladi:
O'quvchilarga xusnixat kitobidagi namunaga qarab yozdirib, ularni tahlil qilish.
Husnixat kitobidan harf va ularning elementlari orasidagi masofani chamalab
yozishga mashq va topshiriqni ko'chirib yozish.
O'quvchilarning ishlarini kuzatib chiqib, qaysi o'quvchi tor, keng, qaysisi pala-
partish yozganini aniqlash.
Shundan so'ng 3-4 ta daftarni yig'ib olib, kamligi birgalikda tahlil qilinadi.
Harf va so'zlar orasidagi masofani chamalab yozishga o'rgatish birinchi sinfda
butun o'quv yili davomida sistemali olib borilishi, ikkinchi va undan keyingi
sinflarda ham bu malakalarni egallash davom ettirilishi kerak.
Tez va ravon yozishga o'rgatish.
Harflarni bir hil balandlikda va kenglikda yozishga o'rgatish bilan birga, tez va
ravon, tekis qilib yozish chiroyli yozuvning muhim shartlaridan biridir.
Chiroyli va tez yozishning assoiy siri uning bir xil o'lchamdagi ravon harakatidir.
Bir maromda harakat qilib yozish, har bir harf va uning elementlari bir xil
balandlikda va qiyalikda bo'lish alohida go'zallik kashf etadi.
Ammo o'quvchilar bunday malakalarga tezda erisha olmaydilar. Yozuvning
ravon bo'lishi, uning tezligi bilan bog'liqdir.
Masalan, endigina yozuv mashqini boshlagan olti yoshli o'quvchi bir minutda 4-
6 harfni yozishi mumkin. Bu davrda tez yozish malakasini sanoq-ohang usulida olib
borilsa, tezlik yanada bir maromda davom etishi mumkin. Yozuvning tezligini
oshirib borishda bolalarning qo'l harakati bir maromda bo'lishga alohida e'tibor
berish. Barmoqlarning charchab qolishiga yo'q qo'ymaslik kerak. Agar o'quvchilarni
charchatib qo'ymasdan sanoq-ohang usulida asta-sekin yozuv tezligini oshirib
borilsa, u bolalarda katta qiziqish uyg'otib, yaxshi samaralar berishi mumkin.
Yozuvning tezligi o'quvchining imloni qay darajada bilishiga bog'liqdir, agar
o'quvchi so'zlarni yaxshi o'qisa, xatolarga yo'l qo'ymasa, tez va to'g'ri yozadi.
Yozuvning tezligi bola yuqori sinfga ko'chgan sari orta boradi. Agar 6 yoshli
o'quvchi o'quv yilining oxiriga kelib 7-9 har yoza oladi. 2-sinf o'quvchisi o'quv
yilining oxirida 23-25 harf yozishi, 3-sinf o'quvchisi o'quv yilining oxirida 32-35
harf, 4-sinf o'quvchisi esa minutiga 40-45 harfni yozishi mumkin.
Yozma ishlarning turli shakllarda (ko'chirib yozish, aytib turib yozdirish bilan
yoki yoddan yozish) bu tezlik bir oz ortiq va kamroq bo'lishi mumikin.
Yozuv tezligining oshirishning yana bir imkoniyati ko'proq qo'l harakatiga
bog'liqdir. Buning uchun qal barmoq muskullarining harakatini o'stiruvchi hamda
tez va ravon yozishga o'rgatadigan turli mashqlarni bajartirish kerak.
Masalan, maktabga ilk bor qadam qo'ygan o'quvchilar uchun quyidagi o'xshash
shakllarni chizdirib yoki havoda mashq qildirish mumkin.
1. Dam olmasdan va qo'l harakatini uzmasdan o'ngdan chapga, chapdan
o'nggga qildirish:
Bulardan tashaqari, har bir harf elementlarini mashq qildirish uchun shu
elementga mos mashqlar tanlab yozdirish mumkin. 1-2 sinf o'quvchilariga esa
quyidagi mashqlar beriladi:1. Soat strelkasi bo'yicha barmoq va panja muskullarini
o'stiruvchi
mashqlar:
2.
Barmoq
muskullarining
harakatini
o'stirish
uchun
yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga harakat qildirish.
2. Tugunchakdagi ipni chuvalatib yozish va so'rash shakllari.
3. Barmoq va qo'l muskularini o'stiruvchilar:
Bunday mashqlar qo'l harakatini uzmay yoziladigan harflarni mashq qilish uchun
yordam beradi.
4. Soat strelkasi bo'yicha va unga qarshi barmoq va qal muskullarini
o'stiruvchi mashqlar:
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mashqlardan o'z o'rnida unumli foydalanilsa, yaxshi
natijalar beradi.
I-IV sifnlarda chiroyli yozuvga o'rgatish.
Boshlang'ich sinf dastur talabiga ko'ra 1-sinfning IV choragida yozuv darslari
uchun 24 soat vaqt berilgan bo'lib, undan haftada 1 soatni chiroyli yozuv uchun
ajratilgan.
Bu davrda o'qituvchi yozuv malakalarini yanada takomillashtrish, yozuv
gigiyenasi qoidalriga rioya qilish hamda harflarning shakli va ularning bog'lanishi,
qo'l harakatini uzmasdan yozish, so'z, bo'g'in va so'zlarning ravonligiga e'tibor
berishi lozim.
2-sinfda chiroyli yozuv uchun haftada 1 soat vaqt ajratilib, yiliga 34-35 soatni
tashkil etadi.
Bu davrda o'quvchilardan ruchkani to'g'ri ushlash, daftarning holatini to'g'ri
tutish, to'g'ri o'tirish kabi gigiyenik qoidalar talab etiladi. Shuning harflarning sodda
va murakkabligiga qarab gruppalarga bo'lib yozdiriladi. Ayrim bo'g'in va sodda
so'zlar qo'l harakatini uzmasdan bog'lab yozdiriladi.
3-sinfda husnixat mashqlari ona tili darslari bilan har kuni (8-10 minut) qo'shib
olib boriladi.
Bu davrda yozilishi va bog'lanishi murakkab bo'lgan kichik va bosh harflarning
yozish qoidalari mashq qildiriladi. Ayniqsa bu davrda bog'lanishi murakkab bo'lgan
so'z va gaplarni ravon yozish ustida ko'proq mashqlar o'tkaziladi.
4-sinfda ham chiroyli yozuv mashqlari ona tili darslari bilan har kuni (8-10
minut) qo'shib olib boriladi.
Bu davrda harflarni qoida bo'yicha to'g'ri yozish malakalari mustahkamlanadi.
So'z va gaplarda bog'lanishli harflarni topib tahlil qilinadi hamda ravon va tez yozish
malakalari rivojlantirilib o'quvchilarning yozuvlarda uchraydigan tipik xatolar ustida
mashq qildiriladi.
Vatanimiz mustaqilligining dastlabki kunlaridan boshlaboq jamiyatni isloh
qilish va yangilash jarayonining eng muhim bo’g’ini, jamiyatdagi demokratik
o’zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, Respublikani jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim
sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligining buyrug’iga asosan DTS, o’quv dasturlari
ekspertizadan o’tkazildi va shu xulosa asosida umumiy o’rta ta’limning yangi
tahrirdagi Davlat ta’lim standarti, modernizatsiya qilingan o’quv dasturlari
tayyorlandi va tajriba – sinovdan o’tkazilib, ayni damda amalga tatbiq etilmoqda.
«O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim to’g’risida»gi Nizomda
ta’kidlaganidek: «Boshlang’ich ta’lim, o’qish, yozish, sanash, o’quv faoliyatining
asosiy malaka va ko’nikmalari, ijodiy fikrlashi, o’zini o’zini nazorat qilish o’quvi,
nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sog’lom turmush tarzi
asoslarining egalab olishlarini ta’minlashga da’vat etilgan».
Boshlang’ich ta’lim bosqichi oldiga qo’yilgan vazifalarning bajarilishini
nazorat qilish ta’lim standarti orqali amalga oshiriladi. Ta’lim standarti asosida
davlat boshlang’ich sinf o’quvchilaridan standartga belgilab qo’yilgan
ko’rsatkichlarga erishishni talab qiladi va o’z navbatida, bu ko’rsatkichlarga
erishish uchun zarur bo’lgan ta’limiy xizmatlar va vositalar bilan ta’minlaydi.
Boshlang’ich ta’lim standarti ta’lim sohalariga qo’yilgan standart
ko’rsatkichlarni mujassamlashtiradi. Standartning mezon va parametrlarini
ta’lim sohalariga belgilab qo’yilgan ta’lim standartining ko’rsatkichlari tashkil
etadi. Ta’lim sohalari bo’yicha ta’lim natijasining sifati xuddi mana shu
ko’rsatkichlarga asoslangan holda aniqlanadi. Bu o’rinda belgilab qo’yilgan
ko’rsatkichlar umumlashtiriladi hamda aniq o’lchov biriliklarida ifodalanadi.
Boshlang’ich ta’lim bosqichida o’quvchining ona tili ta’limi sohasi
bo’yicha tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar quyidagi uch parametrli
standart mezon orqali aks ettiriladi: o’qish texnikasi, og’zaki fikrni va matn
mazmunini anglash hamda fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi murakkab jarayon bo’lib,
ona tili ta’limining maqsadi shu parametrda mujassamlashadi va o’quvchi
tomonidan yar`atilgan matnda aks etadi.
2-sinf o’quvchilarining o’zlashtirishi zarur bo’lgan bilim, ko’nikma
va malakalar quyidagilar:
Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko’rsatkich: 35-40 so’zdan iborali diktant yoza olish.
Talablar:
a) imlo xatolarga yo’l qo’ymaslik;
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
Diktant turlari: lug’at diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat
diktanti.
Miqdoriy ko’rsatkich: 3-4 gapdan iborat kichik va sodda matn (fikr
ehtiyoji bilan bog’liq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
a) matndagi gaplarning mazmunidan o’zaro bog’liqligi va
aloqadorligi, ko’rsatilgan mavzu doirasida birlashish;
b) harflar va tinish belgilarini to’g’ri yozish;
d) so’z va gaplarni to’g’ri yozib, tinish belgilarini o’z o’rniga qo’ya
olish.
Matnning xarakteri: rasm, manzara, voqea-hodisalar tasviri,
o’quvchiga tanish bo’lgan narsa, buyum tasviri.
«Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi o’quv dasturi»da
husnixat mashg’ulotlari birinchi sinf «Tayyorgarlik davrida yozuv darslari»
hamda Alifbe davrining «Yozuvga o’rgatish» bo’limlarida amalga oshirilishi
ta’kidlangan bo’lsa, ikkinchi sinfda «Fonetika, grammatika, imlo va nutq
o’stirish» bo’limining «Husnixat» faslida o’rgatilishi yozilgan.
Quyida «Husnixat» faslida berilgan dasturni aynan iqtibos
keltiramiz:
«Bir chiziqli daftarda tez takrorlanadigan» unsurli harflarni yozishga
va ikki harfni bir-biriga tutashtirishga oid tayyorgarlik mashqlari: o’xshash
unsurli kichik harflar guruhlaridagi kichik harflarni, shu harflardan tuzilgan
bo’g’inlar va so’zlarni yozishni, shuningdek, bosh harflarni o’zidan keyin
kelgan kichik harfga tutashtirishning qiyinlashib borishini hisobga olgan holda,
yozuv qoidalariga rioya qilib, chiroyli yozishga o’rgatish.
Ayrim yozuv qoidalari:
1. To’g’ri, aniq va chiroyli yozuvni o’rgatish.
2. Daftarlarning past tomonidagi burchagini ko’krak o’rtasining
qarshisiga to’g’ri qo’yish.
3. Daftarni chap qo’l bilan ushlab turib yozish.
4. Boshini salgina pastga egib, to’g’ri o’tirish.
5. Oyoqni bo’sh tutib, erga qo’yib o’tirish.
6. Qo’lni to’g’ri tutish. Ruchkani erkin ushlash.
7. Har bir harfni to’g’ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo’g’in va
so’zlarni aniq yozishga harakat qilish.
8. Shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish.
9. Har bir mashqni uch-to’rt marta takrorlash.
Tez takrorlanadigan unsurli harflarni yozishga va ikki harfni bir-
biriga tutashtirishga oid tayyorgarlik mashqlari.
O’quv yili davomida imlosi qiyin bo’lgan quyidagi so’zlarning
talaffuzi va yozilishini bilib olish: avgust, baland, baho, bahor, behi, Buxoro,
dars, daftar, do’st, farzand, fasl, havo, hikoya, jahon, juft, karam, kaft, konki,
lavlagi, loviya, lug’at, mashina, minnatdor, moslama, navbatchi, no’xat,
oktyabr, payvand, palto, paxta, qo’ng’iroq, quyosh, sabzi, Samarqand,
sentyabr, sinf, singil, soat, Toshkent, tarktor, vazifa, vatan, xalq, xursand,
yomg’ir, yostiq, o’qituvchi, o’quvchi, shahar kabi.
2-sinfda husnixat darslarini tashkil etish usuliyoti. Dastur
talablaridan ayonlashadiki, 2-sinfda ham husnixatga o’rganishning birinchi
kunidan boshlab o’qituvchining oldida qator bir-birini to’ldirib va
takomillashtirib borishni taqozo etadigan murakkab vazifalar turadi: partada
to’g’ri o’tirish, ruchkani to’g’ri ushlash malakasini o’stirish, harflarning
qiyaligini va balandligini to’g’ri saqlash, yozuv texnikasini takomillashtirish va
boshqalar.
2-sinfda ham sharikli ruchkada yozish malakasi rivojlantiriladi.
1-sinf o’quvchilariga qiya chiziqlari siyrak bo’lgan ikki chiziqli
daftarga yozish o’rganilgan bo’lsa, 2-sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga toza,
aniq va tez yozish malakasi singdirib boriladi.
2-sinf o’quvchilariga bir chiziqli daftarga kichik harflarning
balandligini 4 mm, bosh harflarning balandligini esa 8 mm yozishga o’rgatiladi.
Husnixatga o’rgatishning birinchi kunidan boshlab yozish vaqtida o’qituvchi
o’quvchilarning ruchkani qanday ushlayotganliklarini kuzatib borishi va siyoh
to’ldirish qoidalarini eslatib o’tishi lozim. Bu sinfda ko’proq harflarni bir xil
balandlikda chamalab yozishga o’rgatish talab etiladi. O’quvchilar bilan ular
bir chiziqli daftarga yozishga o’tishlaridan oldin harflarni bir xil balandlikda
yozish mashqlari o’tkaziladi (mashqlar namunasi 2-sinf uchun chiqarilgan
«Husnixat» daftarida beriladi). Bunda o’qituvchining vazifasi o’quvchilarning
chamalash qobiliyatlarini o’stirishga qaratiladi. Birinchi navbatda o’qituvchi
o’z shogirdlarini «Husnixat» daftari bilan to’liq ta’minlashga erishishi lozim.
Shundagina uning zahmatlari kerakli natijani berishi mumkin. Agar hamma
talabalarda «Husnixat» daftari bo’lmasa ularning o’zlashtirishlari ham har xil
bo’ladi. Tayyorgarlik mashqlari asta-sekin quyidagicha murakkablashtirib
boriladi:
1-mashq
2-mashq
3- mashq
4- mashq
5- mashq
Ammo
o’tkazilgan
mashqlar
ayrim
o’quvchilarga
ta’sir
ko’rsatmasligi, ular bir harfni katta, ikkinchisini kichik, birini baland,
ikkinchisini past qilib yozib qo’yishlari mumkin. O’qituvchi o’quvchilarning
daftarlarini tekshirayotganda noto’g’ri yozilgan harflarni tuzatib yozib qo’yish
va keyingi darsda ularning qanday xatoga yo’l qo’yganligini aytib o’tish lozim.
Masalan, bir o’quvchi «sa» bo’g’inini yozishda «s»ni qator ichida
to’g’ri yozadi, «a»ni esa “s” dan kichikroq (noto’g’ri) qilib yozadi. Shunda
o’qituvchi «a» harfini ham shu balandlikda yoz, deb o’quvchiga ko’rsatma
berishi kerak. Agar o’quvchi to’g’ri chamalay olmasa, unda o’qituvchi uning
qo’lidan ushlab turib yozdirishi kerak.
O’quvchilarga gaplarni yozdirib mashq qildirishdan oldin o’qituvchi
doskada ayrim gaplarni namuna tarzida yozib ko’rsatishi lozim. Bunda
o’qituvchi doskadagi gapning faqat birinchi harfi katta yozganligini, qolgan
harflar esa yozilishi talabi va shakliga ko’ra bir xil balandlikda yozilganligini
aytib o’tadi.
Gapdagi harflarning baland pastligi tahlil qilingach, o’qituvchi
gapdagi birinchi so’z qanday harf bilan boshlanganligini so’raydi. Shundan
keyin o’quvchilar gaplarni yoza boshlaydilar.
K.Qosimova, S.Fuzailov va A.Ne’matovalar tomonidan yozilgan
«Ona tili» 2-sinf uchun darslik (Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi, Toshkent-2005)ning 65-sahifasi «Kishilarning ismi va familiyasida bosh
harf» mavzusi bilan boshlanadi. Ushbu mavzu tarkibidagi 12 ta mashqni
bajarish jarayonida ham yuqorida tilga olganimiz bosh harflarni yozish
malakasini shakllantirishni amalga oshirish mumkin.
Shunday qilib o’quvchilar birinchi so’zni yozib bo’lgach, o’qituvchi
gapdagi ikkinchi so’zning qanday harflar bilan yozilishini so’raydi. Ko’rib
turganingizdek «keldi» so’zi tarkibidagi 4 ta harfdan uchtasi «k», «l» va «d»
kichik, qatordan yuqorida ham chiqib ketadi, ya’ni uning shakli kichik bo’lsa
ham balandligi katta harflar bilan baravar yoziladi. «E» va «i» harflari esa
kichik parallel qatorlar ichida yoziladi.
Bunday mashqlar o’quvchilarni bosh harflar bilan kichik harf
o’ratsidagi farqni ajrata olishga va bir tekis yozishga o’rgatadi. O’quvchilar
harflarning balandligiga rioya qilib yozishni bilib olganlaridan so’ng ularning
oldiga yozuvning qiyaligini to’g’ri saqlash, harflarni qo’l harakatini uzmasdan
bog’lab yozish vazifalari qo’yiladi.
Harflarni qiyaligini to’g’ri saqlash parta ustidagi daftarning holatiga
bog’liq. Agar daftarning holati to’g’ri qo’yilsa, xat ham to’g’ri yoziladi.
Daftarning holatini tez-tez o’zgarishi natijasida xatning sifati buziladi. Shuning
uchun birinchi navbatda o’qituvchining o’zi parta ustida o`quvchilarning
daftarning to’g’ri turishiga doimiy e’tibor berishi lozim.
Harflarning qiyaligi 65º ga teng bo’lishi kerak.
Yozuvning bir tomonga qiya bo’lishi tik yozuvga nisbatan oson
bo’lib, xat tekis chiqadi va yozuv tezligi oshadi.
Daftarni to’g’ri tutish malakasini o’quv yilining boshidan hosil qilish
va bu malakani butun o’quv yili davomida mustahkamlab borish zarur.
O’quvchilarda daftarni to’g’ri tutish, yozuv vaqtida to’g’ri o’tirish
avtoruchkani to’g’ri ushlash kabi malakalarni mustahkamlash uchun quyidagi
usullardan foydalanish mumkin: «bir» deganda gavdani to’g’ri tutish, «ikki»
deganda daftarni to’g’ri qo’yish, «uch» deganda ruchkani ushlash.
Bir chiziqli daftarda qiya chiziqlarning yo’qligi daftarni parta ustida
to’g’ri tutishga alohida e’tibor berishni taqozo qiladi. Buni amalga oshirish
o’qituvchidan ko’p mehnat talab etadi, chunki o’qituvchi har bir o’quvchining
daftarini butun dars davomida kuzatib borishi lozim bo’ladi. Bu ishni
osonlashtirish uchun quyidagi usuldan foydalanish mumkin.
Parta ustiga ikki o’quvchining har biri uchun ingichka nazorat chiziq
chizish kerak. Bu chiziqning ostki uchi o’quvchilarning chap ko’kragi o’rtasiga
to’g’ri bo’lib, parta chetiga nisbatan 65º bo’lishi zarur. Natijada hamma
o’quvchilarning oldida (partada) nazorat chiziqlar hosil bo’ladi. Shundan keyin
daftarni shu nazorat chiziqqa tekis qilib qo’yishni talab qilish oson bo’lib
qoladi. Qatorlar to’lib borgan sari daftar ham shu chiziq bo’ylab yuqoriga
ko’tarila boradi.
Shu tartibda daftarni to’g’ri tutish malakasi hosil qilingandan so’ng
o’qituvchi doskaga bir nechta qiya holatdan kichik tayoqcha va yoniga yana
shunday bir nechta tik tayoqcha chizib, o’quvchilardan qaysi tayoqchalar tik va
qaysi tayoqchalar qiya ekanligini ko’rsatishni talab qiladi.
O’quvchilar ular orasidagi farqni ko’rsatib beradilar. Shundan keyin
o’qituvchi yozuv o’ng tomonga 65º qiya bo’lishligini yana ta’kidlaydi.
Bunday
mashqlar
o’quvchilar
kuzatuvchanligini
oshiradi,
o’quvchilarga xatning qiya yozilishi shart ekanligini anglatadi. Ba’zi
o’quvchilar harflarning tayoqcha unsurini yozishda qiynaladilar. Bunday
kamchilikning oldini olish uchun shunday unsurlardan tashkil topgan harflarni
mashq qildirish kerak. Bu mashqni o’tkazishda unsurlarning qiyaligini to’g’ri
saqlashga yordam beruvchi qo’shimcha qiya chiziqchalar ham beriladi.
Bunda o’quvchilar harflar yonidagi tayoqcha unsuriga qarab
harflarning qiyaligini to’g’rilab, o’zlarining yozuvlarini tekshirib boradilar.
2-sinf o’quvchilari uchun beriladigan mashqlar tekshiruv xarakterida
bo’lishi ham mumkin.
O’qituvchi o’quvchilarga harflarning to’g’ri yozilishini ko’rsatish
bilan birga har bir harfning shaklini (qayerdn boshlanib, qayerdan tugatishni)
ham o’rgatishi lozim.
O’quvchilarni to’g’ri va noto’g’ri yozilgan harflarni farq qila olishga,
ularning asosiy kamchiligi nimadan iborat ekanligini aniqlay olishga o’rgatish
kerak.
O’qituvchi o’rgatilayotgan harfning shaklini va yozilish tarkibini
doskada ko’rsatib bo’lganidan so’ng, o’qituvchilarning 4-5 marta yozishlarini
talab etadi. Bu vaqtda o’qituvchi sinfni aylanib chiqib, xato yozayotgan
o’quvchilarning daftariga to’g’risini yozib berib, shunga qarab yozishni
buyuradi.
Noto’g’ri yozilgan harflarning shaklini tahlil qilish orqali ularning
kamchiligini topishni o’qituvchi doskada ham mashq qilib ko’rsatishi mumkin.
Masalan, to’g’ri yozilgan kichik t harfi bilan xato yozilgan t harfini yonma-yon
yozadi.
Noto’g’ri yozilgan bu harfning asosiy kamchiligi nimadan iborat
ekanligini o’qituvchi o’quvchilardan so’raydi. O’quvchilar javob beradilar.
(Ikkinchi usti ilmoqli kichik tayoqcha unsuri birinchi unsurdan kichik, uchinchi
unsuri esa ikkinchisidan ham kichik).
O’quvchilar bu harfdagi xatoni aytib beradilar (Birinchi unsuri bilan
ikkinchi unsuri orasidagi masofa yaqin, ikkinchi unsuri orasidagi masofa yaqin,
ikkinchi unsuri bilan uchinchi unsuri orasidagi masofa esa olis).
Shundan keyin o’qituvchi doskadagi noto’g’ri yozmagan harflarni
o’chirib tashlab, uning to’g’ri yozilishini qayta ko’rsatib beradi, o’quvchilar
ko’chirib yozadilar.
Shunday qilib, yozuvning qiyaligini to’g’ri saqlash uchun, birinchi
navbatda, daftarning parta ustida to’g’ri turishini ta’min etish, o’z-o’zini
tekshirish uchun esa qo’shimcha mashqlar berish lozim. Xatolar ustida ishlash
esa o’quvchilar yozuvini mukammallashtiruvchi muhim omillardan biridir.
Bu sinfda yozuv grafikasini o’stirish uchun berilgan mashqlarning
xarakteri 1-sinfga o’xshash bo’lsa-da, maqsad harflarning kengligini,
balandligin va qiyaligini to’g’ri saqlashdan iborat bo’lib, bir chiziqli daftarga
yozish malakasi ona tili materiallari bilan bog’liq holda olib boriladi.
O’quvchilar harflarni unsurlarga bo’lib yozmasalar ham, har bir
harfning qanday unsurlardan tuzilishini, yozayotganda peroni qaysi tomonga
harakat qildirishni, qayerda burilish bo’lishini, qaysi unsur qanday qiyalikda
yozilishini va boshqa qoidalarni yaxshi bilishlari kerak.
Ta’kidlanganidek, 1-sinfda o’quvchilarga harflarn qiya chiziqlari
siyrak bo’lgan ikki chiziqli daftarga yozishga o’rgatilgan bo’lsa, 2-sinfdan
boshlab bir chiziqli daftarga yozish o’rgatiladi. Undan tashqari, harflarni
guruhlarga ajratish ham 1-sinfdan farq qiladi.
Husnixatga o’rgatish metodlari ichida genetik metodi ham bor. Bu
metoddan foydalanishda harflar ma’lum o’xshash guruhlarga ajratilishi va
ularning qanday unsurlardan iborat ekanligini ko’rsatish lozim. Hozirgi kunda
ham bu metoddan qisman foydlanilmoqda. Genetik metodning asosiy
xususiyati kichik va bosh harflarni guruhlarga bo’lib yozdirishdir. Masalan,
harflarni quyidagi guruhlarga bo’lib yozish tavsiya etiladi.
I. O’xshash unsurli kichik harflar guruhlari:
1-guruh: i, u, n, m, t, e, y.
2-guruh: h, j, k, f.
3-guruh: o, o’, q, a, g, g’, p.
4-guruh: e, b, x.
4-guruh: r, v,s, sh, ch.
II. O’xshash unsurli bosh harflar guruhlari:
1-guruh: U, L, Z, I.
2-guruh: M, R, K, N, A.
3-guruh: O, O’, Q, Ch, Ch.
4-guruh: E, S, SH, Z.
5-guruh: V, G, Q, U.
6-guruh: T, F, R, B, R.
1-guruh o’xshash unsurli kichik harflar. Kichik i harfining yozilishi
o’quvchilarga unchalik qiyinchilik tug’dirmaydi. Ular bu harfni yozishni tez
o’rganib oladlar. O’qituvchi faqat harfning nuqtasi va ilgaksimon unsurini
to’g’ri qo’yilishi va yozilishiga e’tibor qaratadi. Bu harf ikki urinishda yoziladi.
Avval nuqtadan pastki qism, so’ngra nuqta qo’yiladi. Kichik i harfini yozishda
o’quvchilar quyidagi xatolarga yo’l qo’yadilar.
1. Harf nuqtasini balandroqda yoxud pastki asosiy unsurga yopishtirib
yozadilar:
2. Asosiy unsuri ilmog’ini noto’g’ri – burchakli yoxud xat barobarida
yozadilar:
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun o’quvchilar ko’proq mashq
qilishlari lozim va namunaga qarab yozishni o’zlashtirishlari kerak/
Kichik u harfining yozilishi o’quvchilarga tanish bo’lsa ham uning yozilish
shaklini qayta ko’rsatish zarur: Ikki chiziqning o’rtasini belgilab olib, pastga
qarab kichik tayoqcha tushuramiz va uni pastki chiziqqa etkazmay turib o’ngga
buramiz va yuqoriga qarab davom ettiramiz. qo’lni daftardan olmasdan turib,
ikkinchi unsurini tushiramiz:
Kichik u harfini yozishda o’quvchilar quyidagi xatolarga yo’l qo’yishlari
mumkin:
1. Harf unsurlari orasidagi masofaralni juda keng yoki tor va burilish joyini
qirrali qilib yozadilar:
2. Harfni juda yirik (8 mm balandlikda) yoki juda mayda (2 mm
balandlikda) qilib yozadlar:
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun daftarni to’g’ri tutish malakasi
mustahkamlanadi, harf unsurlarini bog’lab yozishga o’rgatiladi.
Kichik n harfi ikki unsurdan iborat bo’lib, ular qo’shib yoziladi:
Bu harfni yozishda o’quvchilar quyidagi kabi xatolarga yo’l qo’yishi
mumkin:
1. Birinchi va ikkinchi unsurlarini yozishda qiyalikni har xil qilib
qo’yadilar:
2. Harf unsurlari orasidagi masofani keng yoki tor qilib yozadilar:
Kichik m harfi uch unsurdan iborat bo’lib, ular qo’l harakati uzilmay bir-
biriga bog’lab yoziladi.
Bu harfni yozishda uchraydigan asosiy kamchilik-unsurlar orasidagi
masofani to’g’ri saqlay olmaslik:
Bunday kamchilikning oldini olish uchun to’g’ri va noto’g’ri yozilgan
harflarni taqqoslab ko’rsatish lozim.
Kichik y harfini yozishda ham qo’l harakati uzilmaydi. Uning birinchi
unsuri kichik u harfining unsuriga o’xshash yoziladi, ikkinchi unsuri esa satr
chizig’idan pastga tushirilib, katta tuguncha hosil qilib, boshqa harflar bilan
bog’lanadi.
Bu harfni yozishda uchraydigan asosiy kamchilik tugunchakli unsurini juda
qisqa yoki juda uchun yozilishidir:
2-guruh o’xshash unsurli kichik harflar.
Kichik o harfi cho’zinchoq doira shaklida bo’lib, uni ikki ko’rinishda yozish
mumkin:
O harfini yozishda o’quvchilar ko’pincha quyidagi xatoga yo’l qo’yadilar:
1. O harfini oziga cho’zinchoq emas, balki lo’nda va to’g’ri yozadilar:
2. Harfni kichkina va ingichka yozadilar.
O’quvchilar o’ harfini yozish jarayonida ham aynan shunday xatolarga yo’l
qo’yadilar.
Kichik a harfining unsurlari qo’shib yoziladi. U o’zidan keyin yoziladigan
harflar bilan ham oson bog’lanadi. Kichik a harfini yozish uchun birinchi
navbatd cho’zinchoq doira o’tkaziladi va qo’lni daftardan olmasdan turib
ikkinchi elementi tushiriladi:
Bu harfning yozilish shaklini o’quvchilar juda yaxshi o’zlashtirib olishlari
zarur. Agar uning yozilish tarzini yaxshi o’zlashtirib ololmasalar qo’lni uzib
yozishga o’rganib qoladilar. Shuning uchun o’qituvchi o’quvchilarga ba
harfning yozilishini qayerdan boshlashni va qayerda tugatishni doim eslatib
turishi lozim.
O’quvchilarning yozuvida quyidagicha noto’g’ri yozilgan a harflarini
uchratish mumkin:
1. Ikkinchi (osti ilmoqli tayoqcha) unsuri birinchi cho’zinchoq doira
unsuridan yuqorga chiqib ketadi:
2. Cho’zinchoq doira shaklidagi unsurini ochiq qoldirib, unsurlarni to’g’ri
bog’lay olmaydilar:
3. Unsurlarning qo’shilish joyida burchak (joy) qoldirmaydilar:
O’qituvchi bunday xatolarni tuzatish uchun doskada yana qayta (katta
o’lchamda) to’g’ri yozilishini ko’rsatib berishi lozim.
Kichik g harfi ikki unsurdan iborat bo’lib, o’zidan keyingi harflar bilan oson
bog’lanadi:
Bu harf yozilish shakli jihatidan sodda bo’lishiga qaramay o’quvchilar
quyidagi xatolarga yo’l qo’yadilar:
Bu xatolarni tuzatish uchun harflar bilan bir qatorda, osti ilmoqli, uzun
tayoqcha shaklidagi unsurini yozdirish va ularni qiyos qilib ko’rsatish lozim.
O’quvchilar g’ harfini yozish jarayonida ham asosan shundy xatolarga yo’l
qo’yadilar.
Kichik p harfi unsurlarga ajratilmay bir butun shaklda yozdiriladi. Bu harfni
yozishda qatorlar orasining o’rtasidan pastki qatorlar orasining o’rtasigacha
uzun tayoqcha tushiramiz, keyin esa qo’l harakatini uzmay tayoqcha bo’ylab
yuqoriga ko’taramiz va satrlar orasini to’ldirib tayoqchaga ulangan o yozamiz.
Bu harfni yozishda o’quvchilarning xatida quyidagi kamchiliklarni
uchratish mumkin:
1. Qo’l harakatini uzib, unsurlarini alohida-alohida yozish:
2. Uzun tayoqcha shaklidagi chiziqning ustidan qo’lni qayta aniq yurgiza
olmaydilar, burilish chizig’ini daftar chizig’ining ostidan boshlaydilar:
3. Harf unsurlarining qiyaligini to’g’ri saqlay olamydilar:
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun o’quvchilarning diqqatini harf
unsurlarining to’g’ri yozilishiga tortib, quyidagicha mashqlar o’tkazish lozim:
Kichik q harfi kichik o harfiga osti tugunchakli unsurini qo’shib yozish
orqali hosil bo’ladi:
Ushbu harfni yozishda quyidagi xatolarga yo’l qo’yadilar:
1. Birinchi va ikkinchi unsuri noto’g’ri bog’lanadi:
2. Ikkinchi unsurning keyingi harfga bog’lanadigan ilmoqi qator o’rtasidan
emas, balki pastroqdan qo’yiladi:
3-guruh o’xshash unsurli kichik harflar.
Kichik e harfini yozishda o’quvchilar deyarli xatoga yo’l qo’ymaydilar,
chunki e unsurlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi. Kichik e harfi
boshqa harflar bilan oson bog’lanadi:
Ammo ayrim o’quvchilar bu harfni quyidagicha xato yozadilar:
Kichik b harfi ikki xil shaklda yoziladi:
Agar kichik b harfi so’zning oxirida kelsa, yopiq holda yoziladi, so’zning
boshida yoki o’rtasida kelsa, ulash unsuri bilan qo’shib yoziladi:
O’quvchilar bu harfning yuqoridagi chiquvchi unsurini bir tomonga
qiyshaytirib yozsalar uni quyidagicha mashqlar o’tkazish orqali tuzatish
mumkin:
Kichik x harfi o’ng va chap yarim cho’zinchoq doira shaklidan iborat bo’lsa
ham, ular bir-biriga bog’lab yoziladi.
Bu harfni yozishda o’quvchilar quyidagi kamchiliklarga yo’l qo’yadilar:
1. Harf unsurlarining ustidan qo’lni qayta aniq yurgiza olmaydilar:
Bunday xato ayniqsa uning elementlarini qo’shib yozishda ko’proq
uchraydi.
Harf unsurlarini bog’lashda qo’l harakatini uzib yozadilar:
Bunday xatolarning bo’lmasligi uchun x harfni qo’l harakatini uzmasdan
yozishni qayta mashq qildirish lozim.
Endi o’xshash unsuri bosh harflar guruhlaridan ayrim harflarning yozilishi
borasida to’xtalib o’tamiz.
Birinchi guruhdan: Katta U harfi ikki unsurdan iborat bo’lib, birinchi unsuri
ham usti, ham tagi ilmoqli, uzun tayoqcha shaklidan, ikkinchi unsuri esa tagi
ilmoqli uzun tayoqcha shaklidan iborat:
Bu harfni yozishda o’quvchilar ham osti, ham usti ilmoqli birinchi unsurini
haddan tashqari yotiq qilib, burib yozadilar:
Ikkinchi guruhdan: Katta H harfi unsurlarga ajratilmay, bir butun shaklda
yoziladi. Uning pastki va ustki tugunchaklari bir xil bo’lishi lozim:
Katta
H
harfining
yozilish
texnikasi
murakkab
bo’lmasa-da,
o’quvchilarning yozuvlarida quyidagicha o’xshash ayrim kamchiliklarni
uchratish mumkin:
1. Harf unsurlarining burilish joyini juda katta yoki kichik qilib yozadilar:
Katta K harfi ikki unsurdan iborat bo’lib, ikkinchi unsuri ham usti, ham tagi
ilmoqli tayoqchadan iborat bo’lib, keyingi kichik harflar bilan oson bog’lanadi:
O’quvchilar bu harfni yozishda ruchkani chiziqning ustidan qayta aniq
yurgiza olmaydilar yoki qo’l harakatini uzib, unsurlarga ajratib yozadilar: