Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipining umumiy belgilari. Tashqi tuzilishi: segmentlashish, tagmozis, sefallashish, bo’g’imlarning o’simtalari. Tana devori: kiprikchalar va xivchinlar, ekzoskelet

Yuklangan vaqt

2025-01-01

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

4

Faytl hajmi

27,6 KB


 
 
 
 
 
 
Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipining umumiy belgilari. Tashqi tuzilishi: 
segmentlashish, tagmozis, sefallashish, bo’g’imlarning o’simtalari. Tana 
devori: kiprikchalar va xivchinlar, ekzoskelet. Muskulatura va harakatlanish: 
funksional morfologiyasi va fiziologiyasi. Selom va mezodyerma. Ichki 
transport. Ekskretsiya. Nafas olish va oziqlanish jarayonlari. 
 
R E J A: 
1. Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipining umumiy belgilari. Tashqi tuzilishi: 
segmentlashish; tagmozis; sefallashish; bo’g’imlarning o’simtalari.  
2. Tana devori: kiprikchalar va xivchinlar; ekzoskelet. Muskulatura va harakatlanish: 
funksional morfologiyasi va fiziologiyasi.  
3. Bo’g’imoyoqlilarni nafas olish va oziqlanish jarayonlari. 
Bo’g’imoyoqlilar tipiga mansub jonivorlar tabiatda juda keng tarqalagan bo’lib, 
2 millionga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ular barcha dengiz okean suvlarida, chuchuk 
suv havzalarida, tuproqlarda, o’simlik va hayvonlar hamda odamlar tanalarida 
yashashlari aniqlangan. Bo’g’imoyoqlilarnng ayrim vakillari qor, muzlarda ham 
uchraydi. Bularni biz issiq va nam tropik iqlimli o’lkalarda, suvsiz jazirama 
sahrolarda, Arktika va Antarktidaning qaxraton sovuqlarida ham uchratamiz. 
 Bo’g’imoyoqlilarning tabitda bunday keng tarqalishiga ularning gavda 
tuzilishidagi bir qator moslanishlari xizmat qiladi. Bu moslanishlar quyidagilardan 
iborat: 
1. Bo’g’imoyoqlilarnng gavdalari ham xuddi halqali chuvalchanglar gavdalari 
kabi bo’g’imlardan tashkil topgan. Bo’g’imlar ko’pchilik vakillarida geteronom 
shaklda bo’ladi. Hayvon tanasini hosil qilgan bo’g’imlar soni turli vakillarida 
turlicha bo’ladi. 
 2. Tanasi qattiq va pishiq kutikula bilan qoplangan. Kutikulani tana devorining 
gipoderma qavatidagi hujayralar ishlab chiqarib, uning asosiy qismi xitindan iborat 
bo’ladi. Kutikula hayvonlar tanasini kimyoviy va mexanik jarohatlanishdan himoya 
Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipining umumiy belgilari. Tashqi tuzilishi: segmentlashish, tagmozis, sefallashish, bo’g’imlarning o’simtalari. Tana devori: kiprikchalar va xivchinlar, ekzoskelet. Muskulatura va harakatlanish: funksional morfologiyasi va fiziologiyasi. Selom va mezodyerma. Ichki transport. Ekskretsiya. Nafas olish va oziqlanish jarayonlari. R E J A: 1. Bo’g’imoyoqlilar (Arthropoda) tipining umumiy belgilari. Tashqi tuzilishi: segmentlashish; tagmozis; sefallashish; bo’g’imlarning o’simtalari. 2. Tana devori: kiprikchalar va xivchinlar; ekzoskelet. Muskulatura va harakatlanish: funksional morfologiyasi va fiziologiyasi. 3. Bo’g’imoyoqlilarni nafas olish va oziqlanish jarayonlari. Bo’g’imoyoqlilar tipiga mansub jonivorlar tabiatda juda keng tarqalagan bo’lib, 2 millionga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ular barcha dengiz okean suvlarida, chuchuk suv havzalarida, tuproqlarda, o’simlik va hayvonlar hamda odamlar tanalarida yashashlari aniqlangan. Bo’g’imoyoqlilarnng ayrim vakillari qor, muzlarda ham uchraydi. Bularni biz issiq va nam tropik iqlimli o’lkalarda, suvsiz jazirama sahrolarda, Arktika va Antarktidaning qaxraton sovuqlarida ham uchratamiz. Bo’g’imoyoqlilarning tabitda bunday keng tarqalishiga ularning gavda tuzilishidagi bir qator moslanishlari xizmat qiladi. Bu moslanishlar quyidagilardan iborat: 1. Bo’g’imoyoqlilarnng gavdalari ham xuddi halqali chuvalchanglar gavdalari kabi bo’g’imlardan tashkil topgan. Bo’g’imlar ko’pchilik vakillarida geteronom shaklda bo’ladi. Hayvon tanasini hosil qilgan bo’g’imlar soni turli vakillarida turlicha bo’ladi. 2. Tanasi qattiq va pishiq kutikula bilan qoplangan. Kutikulani tana devorining gipoderma qavatidagi hujayralar ishlab chiqarib, uning asosiy qismi xitindan iborat bo’ladi. Kutikula hayvonlar tanasini kimyoviy va mexanik jarohatlanishdan himoya  
 
qilishi bilan birga tana organlari uchun tayanch skelet vazifasini ham o’taydi. 
3. Bo’g’imoyoqlilar tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan. Tana 
bo’g’imlarining tuzilishi va o’lchami har-xil bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilarning oyoqlari 
halqali chuvalchanglarning parapodiy o’simtalaridan kelib chiqqan bo’lib, tanasiga 
xarakatchan birikadi. Oyoqlarning bo’g’imlarga bo’linganligi va tanaga xarakatchan 
birikkanligi 
tufayli 
bo’g’imoyoqlilar 
xilma-xil 
va 
muskullardan 
iborat. 
Muskullarning bir uchi tana a’zolariga, ikkinchi uchi tana qoplag’ichining murakkab 
xarakat qila oladi. 
4. Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilarning tanasi bosh, ko’krak va qorindan iborat 
uchta bo’limga bo’linadi. Evolyutsiya jarayonida tana bo’limlarining o’zaro 
qo’shilib ketishi natijasida ular sonining tobora kamayib borishi kuzatiladi. 
5. Bo’g’imoyoqlilarning muskullari tanada to’p-to’p bo’lib joylashgan 
ko’ndalang targ’il qalinlashgan qismlariga kelib birikadi. Tana bo’shlig’i - aralash, 
miksotseldan iborat. Embrional rivojlanish davrida ko’p hollarda dastlab 
segmentlarga ajralgan ikkilamchi tana bo’shligi selom shakllanadi. Lekin 
keyinchalik uning devori yemirilib selomik xaltalar bir-biri va birlamchi tana 
bo’shlig’i qoldiqlari bilan aralashib ketib aralash tana bo’shligi, ya’ni miksotselni 
hosil qiladi.  
6. Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichakdan hamda ovqat 
hazm qilish fyermentlari ishlab chiqaradigan bir qancha bezlardan iborat. 
7. Kon aylanish sistemasi ochiq bo’lib, tanasining orqa tomonida joylashgan 
uzunchoq yoki pufakka o’xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli 
teshiklar-ostiylar orqali o’tib, to’g’ridan-to’g’ri yoki bir necha qon tomirlari 
(arteriyalar) orqali tana bo’shlig’iga chiqib ketadi. 
8. Nafas olish a’zolari jabra, o’pka yoki traxeyalardan iborat. Jabralar faqat 
birlamchi suvda yashovchi birmuncha yirik bo’g’imoyoqlilar uchun xos bo’lib, 
halqali chuvalchanglar parapodiylarining o’zgarishidan kelib chiqqan. Traxeya va 
o’pka quruqlikda hayot kechirishga moslashgan bo’g’imoyoqlilar uchun xos bo’lgan 
nafas olish a’zolari hisoblanadi. 
9. Suvda hayot kechiruvchi bo’g’imoyoqlilarning ayirish sistemasi halqali 
chuvalchanglar metanefridiylarning o’zgarishidan hosil bo’ladi va u bir juft 
naysimon bezlardan tashkil topadi. O’rgimchaklar, ko’poyoqlilar, hasharotlarda 
qilishi bilan birga tana organlari uchun tayanch skelet vazifasini ham o’taydi. 3. Bo’g’imoyoqlilar tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan. Tana bo’g’imlarining tuzilishi va o’lchami har-xil bo’ladi. Bo’g’imoyoqlilarning oyoqlari halqali chuvalchanglarning parapodiy o’simtalaridan kelib chiqqan bo’lib, tanasiga xarakatchan birikadi. Oyoqlarning bo’g’imlarga bo’linganligi va tanaga xarakatchan birikkanligi tufayli bo’g’imoyoqlilar xilma-xil va muskullardan iborat. Muskullarning bir uchi tana a’zolariga, ikkinchi uchi tana qoplag’ichining murakkab xarakat qila oladi. 4. Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilarning tanasi bosh, ko’krak va qorindan iborat uchta bo’limga bo’linadi. Evolyutsiya jarayonida tana bo’limlarining o’zaro qo’shilib ketishi natijasida ular sonining tobora kamayib borishi kuzatiladi. 5. Bo’g’imoyoqlilarning muskullari tanada to’p-to’p bo’lib joylashgan ko’ndalang targ’il qalinlashgan qismlariga kelib birikadi. Tana bo’shlig’i - aralash, miksotseldan iborat. Embrional rivojlanish davrida ko’p hollarda dastlab segmentlarga ajralgan ikkilamchi tana bo’shligi selom shakllanadi. Lekin keyinchalik uning devori yemirilib selomik xaltalar bir-biri va birlamchi tana bo’shlig’i qoldiqlari bilan aralashib ketib aralash tana bo’shligi, ya’ni miksotselni hosil qiladi. 6. Ovqat hazm qilish sistemasi oldingi, o’rta va orqa ichakdan hamda ovqat hazm qilish fyermentlari ishlab chiqaradigan bir qancha bezlardan iborat. 7. Kon aylanish sistemasi ochiq bo’lib, tanasining orqa tomonida joylashgan uzunchoq yoki pufakka o’xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli teshiklar-ostiylar orqali o’tib, to’g’ridan-to’g’ri yoki bir necha qon tomirlari (arteriyalar) orqali tana bo’shlig’iga chiqib ketadi. 8. Nafas olish a’zolari jabra, o’pka yoki traxeyalardan iborat. Jabralar faqat birlamchi suvda yashovchi birmuncha yirik bo’g’imoyoqlilar uchun xos bo’lib, halqali chuvalchanglar parapodiylarining o’zgarishidan kelib chiqqan. Traxeya va o’pka quruqlikda hayot kechirishga moslashgan bo’g’imoyoqlilar uchun xos bo’lgan nafas olish a’zolari hisoblanadi. 9. Suvda hayot kechiruvchi bo’g’imoyoqlilarning ayirish sistemasi halqali chuvalchanglar metanefridiylarning o’zgarishidan hosil bo’ladi va u bir juft naysimon bezlardan tashkil topadi. O’rgimchaklar, ko’poyoqlilar, hasharotlarda  
 
o’ziga xos ajratish sistemasi - malpigi naychalari rivojlangan. Bu bezlarning tashqi 
chiqarish yo’qligi hamda ko’krak oyoqlar yoki antennalar asosida ochilganligi 
sababli, ularni koksal bezlar deyiladi. Quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilar 
traxeya yoki o’pkalar bilan nafas olishadi.  
10. Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o’xshash tuzilgan bo’lib, bir juft 
bosh nerv tugunlari, ya’ni bosh miya, halqumni aylanib o’tadigan nerv tomirlari-
konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototsyerebrum, 
deytotserebrum, tritotserebrum deb ataladigan uch bo’limdan iborat. Ko’zlari bitta 
linzadan iborat oddiy hamda ko’p linzalik murakkab, ya’ni fasetkali bo’lishi 
mumkin. 
11. Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli hayvonlar. Ular faqat jinsiy 
urug’lanish 
orqali, 
ba’zan 
partenogenez 
(urug’lanmasdan) 
ko’payadi. 
Bo’g’imoyoqlilar faqat tulagandan so’ng o’sadi. Tullash - o’sayotgan hayvonning 
gavdasi uning terisiga tor kelib qolgan paytida ro’y beradi. U eski qalqonning 
yorilishi va undan hayvon tanasini tashqarga chiqishi bilan yakunlanadi. Tullayotgan 
hayvonning eski kutikulasi faqat tanasidan emas, balki oyoqlari, og’iz organlari, 
nafas Yo’llari, ichagining oldingi va keyingi qismlaridan tushib ketadi. 
Bo’g’imoyoqlilar tipi jabra bilan nafas oluvchilar, traxeyalilar, xelitseralilar va 
trilobitlar deb nomlangan 4 ta kenja tipga bo’linadi. Jabra bilan nafas oluvchilar 
kenja tipiga qisqichbaqasimonlar sinfi kiradi. 
Mustahkamlash uchun savollar. 
1.  Bo’g’imoyoqlilar tipining eng muhim morfologik belgilari qaysilar deb 
hisoblaysiz? 
2. Tana devori: kiprikchalar va xivchinlar; ekzoskelet. Muskulatura va 
harakatlanish: funksional morfologiyasi va fiziologiyasi haqida tushunchalar 
bering. 
3. Bo’g’imoyoqlilar tipining ko’payish va rivojlanish sikli qanday?  
Glossariy 
1. Bentos - suv tubida yashovchi hayvon 
2. Geteronom- tana bo‘g‘imlarining har xil tuzilganligi 
3. Gomonom-tana bo‘g‘imlarining bir xil tuzilganligi 
o’ziga xos ajratish sistemasi - malpigi naychalari rivojlangan. Bu bezlarning tashqi chiqarish yo’qligi hamda ko’krak oyoqlar yoki antennalar asosida ochilganligi sababli, ularni koksal bezlar deyiladi. Quruqlikda yashovchi bo’g’imoyoqlilar traxeya yoki o’pkalar bilan nafas olishadi. 10. Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o’xshash tuzilgan bo’lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya’ni bosh miya, halqumni aylanib o’tadigan nerv tomirlari- konnektivalar va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototsyerebrum, deytotserebrum, tritotserebrum deb ataladigan uch bo’limdan iborat. Ko’zlari bitta linzadan iborat oddiy hamda ko’p linzalik murakkab, ya’ni fasetkali bo’lishi mumkin. 11. Ko’pchilik bo’g’imoyoqlilar ayrim jinsli hayvonlar. Ular faqat jinsiy urug’lanish orqali, ba’zan partenogenez (urug’lanmasdan) ko’payadi. Bo’g’imoyoqlilar faqat tulagandan so’ng o’sadi. Tullash - o’sayotgan hayvonning gavdasi uning terisiga tor kelib qolgan paytida ro’y beradi. U eski qalqonning yorilishi va undan hayvon tanasini tashqarga chiqishi bilan yakunlanadi. Tullayotgan hayvonning eski kutikulasi faqat tanasidan emas, balki oyoqlari, og’iz organlari, nafas Yo’llari, ichagining oldingi va keyingi qismlaridan tushib ketadi. Bo’g’imoyoqlilar tipi jabra bilan nafas oluvchilar, traxeyalilar, xelitseralilar va trilobitlar deb nomlangan 4 ta kenja tipga bo’linadi. Jabra bilan nafas oluvchilar kenja tipiga qisqichbaqasimonlar sinfi kiradi. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Bo’g’imoyoqlilar tipining eng muhim morfologik belgilari qaysilar deb hisoblaysiz? 2. Tana devori: kiprikchalar va xivchinlar; ekzoskelet. Muskulatura va harakatlanish: funksional morfologiyasi va fiziologiyasi haqida tushunchalar bering. 3. Bo’g’imoyoqlilar tipining ko’payish va rivojlanish sikli qanday? Glossariy 1. Bentos - suv tubida yashovchi hayvon 2. Geteronom- tana bo‘g‘imlarining har xil tuzilganligi 3. Gomonom-tana bo‘g‘imlarining bir xil tuzilganligi  
 
4. Antennulalar - asosan tuyg’u va xid bilish ayrim hayvonlar harakatlanish organi 
vazifasini ham bajaradi.  
5. Maksillyar bezlar- ayirish funksiyasini bajaradi 
Adabiyotlar 
1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар 
зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190 
б. 
2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан 
лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006. 
3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий 
жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. 
Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017 
 
4. Antennulalar - asosan tuyg’u va xid bilish ayrim hayvonlar harakatlanish organi vazifasini ham bajaradi. 5. Maksillyar bezlar- ayirish funksiyasini bajaradi Adabiyotlar 1. Мўминов Б.А., Эшова Х.С., Рахимов М.Ш. Умуртқасиз ҳайвонлар зоологиясидан амалий машғулотлар. Тошкент, ПАТЕНТ ПРЕСС, 2005.190 б. 2. Дадаев С., Тўйчиев С., Ҳайдарова П. Умуртқалилар зоологиясидан лаборатория машғулотлари. Ўқув қўлланма. Т. Ўзбекистон. 2006. 3. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатьий тартиб- интизом ва шахсий жавобгарлик хар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. Тошкент, Ўзбекистон нашриёти, 2017