Bog‘langan nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari (Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda nutqning grammatik qurilishini shakllanishi)
Yuklangan vaqt
2024-12-31
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
27,8 KB
Bog‘langan nutqni rivojlantirish metodikasining nazariy asoslari.
REJA:
4.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
nutqning grammatik qurilishиni shakllanishi.
5.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi nutqnig to’liq rivojlanmagan bolalarda
bog’langan nutqni shakllanishi.
Nutqning grammatik qurilishining shakllanishida yetakchi mexanizm bola
tomonidan til qonuniyatlarini til umumlashmalarini о‘zlashtirish hisoblanadi.
Chunki, til qonuniyatlari va til umumlashmalari mazmunni nutqiy faoliyatda amalga
oshirish imkonini beradi. Nutq paydo bо‘lishidagi grammatik operatsiyalar haddan
tashqari murakkab bо‘lib, u yuqori darajadagi analiz-sintez faoliyatining yetarlicha
rivojlanmaganligini kо‘zda tutadi.
Pedagogik fan sifatida logopediyada «nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi»
tushunchasi, eshitish va intellekti normada bо‘lgan bolalarda barcha nutq
komponentlarining shakllanishi buzilishi bilan xarakterlanuvchi. nutq kamchiligiga
nisbatan qо‘llaniladi (keyingi sahifalarda NTR deb ataladi). Nutqi tо‘liq
rivojlanmagan bolalarda tilning grammatik qurilishini о‘zlashtirilishining turg‘un
buzilishi, tovushlar talaffuzi, ularni eshitib farqlash u yoki bu darajada buzilgan
bо‘ladi, morfemalar sistemasini о‘zlashtirish yetarlicha tо‘laqonli kechmaydi,
natijada, sо‘z yasash va sо‘z о‘zgartirish kо‘nikmalari yaxshi egallanmaydi. Lug‘at
boyligi yosh normasidan ham miqdor ham sifat kо‘rsatkichlari bо‘yicha orqada
qoladi; bog‘lanishli nutq yetarlicha rivojlanmaydi (V.Vorbyeva, B.Grinshpun,
V.Gluxov, R.Levina, T.Filicheva, G.Chirkina va b.).
Nutq shakllanishidagi о‘zgarishlar, asosan, yuqori ruhiy jarayonlarning
iyerarxik tuzilishidagi rivojlanishning buzilishi sifatida qaraladi. Shuningdek,
sistematik yondashish kо‘rinishi yordamida nutq tizimidagi komponentlarning
holatidan patologik nutqning turli xil tuzilishi haqidagi masala hal qilinadi. Nutq
kamchiliklarini tadqiq qilishda nutqning rivojlanishini о‘rganishga izchil yondashish
prinsipi qо‘llaniladi. Bu esa nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni maktabda
о‘qitishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishga (R.YE.Levina, G.A.Kashe,
N.A.Nikashina G.V.Chirkina, L.F.Smirnova shuningdek, maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan о‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmunini aniqlashga (N.YE.Jukova,
YE.M.Mastyukova, G.Y.Filicheva) imkon beradi.
Bu ishlarda asosiy e’tibor bolalarning nutqiy talaffuzi, lug‘at tarkibi,
grammatik tuzilishini, ravon gapirishni, shuningdek, nutqni tuzatish jarayonida
bolalarning ona tilining ma’noviy va talaffuz tomonlarini bilib olishlari kabi qator
masalalarni о‘rganishga qaratilgan.
Bundan
tashqari,
yana
bir
qator
olimlar
bolalar
nutqi
tо‘liq
rivojlanmaganligining
turli
yо‘nalishlari
psixolingvistika,
neyrolingvistka
(V.K.Orfinskaya, YE.F.Sobotovich, V.A.Kovshikov hamda tibbiy–pedagogikaga
oid
S.S.Lyapidskiy,
YE.M.Mastyukova,
M.S.Grushevskaya,
M.Velyakov,
S.A.Mironova) ilmiy nazariy ishlar olib borishgan.
Shuni aytish joizki, bir qator tadqiqotlarda (O.N.Usanova , G.A.Kashe,
A.K.Markova) bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi masalasining faqat bir
tomoni, ya’ni nutqi rivojlanmagan bolalar nutqida tovushlarning talaffuzi va ular
tomonidan bо‘g‘in tuzilishi tartibining о‘zlashtirilishi kabi masalalargina keng
yoritildi.
Nutq tо‘liq rivojlanmaganligi oqibatida tilning lug‘at tarkibi va grammatik
tuzilishining
о‘ziga
xosligi
R.YE.Levina,
V.K.Orfinskaya,
N.N.Traugott,
S.N.Shaxovskaya , V.K.Vorobyeva, B.M.Grinshpun, L.F.Filicheva, G.V.Chirkina,
A.V.Yastrebova, V.YE.Sobotovich, V.A.Kovshikov va boshqa olimlarning ilmiy
tadqiqot ishlarida keng talqin qilinadi.
Bu ishlarda nutqning talaffuzi, lug‘at boyligi, grammatik tuzilishiga,
bog‘lanishli nutqni tuzatishga oid ta’lim jarayonida bolalar tomonidan nutqning
mantiqiy va tovush jihatlarining о‘zlashtirilishi masalalariga e’tibor qaratiladi.
Bolalarda nutqning tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganishga katta hissa
qо‘shgan olimlar (Gutsman, A.Libmann, M.V.Bogdanov-Berezovskiy, E.Freshels
keyinchalik
M.YE.Xvatsev,
N.N.Traugott,
V.K.Orfinskaya,
R.YE.Levina,
L.V.Melexova,
G.V.Matsiyevskaya,
YE.F.Sobotovich,V.A.Kovishkov,
S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobyeva va b.)ning ishlarida turlicha mezonlarni qо‘llash
asosida NTRda nutqning rivojlanish bosqichlari va nutqiy nuqsonning tuzilish
xususiyatlari (fiziologik, klinik, psixologik, lingvistik, psixolingvistik va boshqalar)
ajratib kо‘rsatilgan. Shuningdek, ularda NTRning turli shakllari ta’riflangan, nutq
rivojlanmaganligining turli shakllarida logopedik ta’sir metodikasi ishlab chiqilgan.
Sо‘nggi yillarda bolalardagi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligini о‘rganish
bо‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlar tadqiqotchilarning о‘z ishlarida muammo
tahliliga har tomonlama sindromal yondashuv metodologiyasiga tayanganliklari
natijasidir. Bolalar nutqining psixolingvistik aspekti bunday yondashuvning
dastlabkilaridan
hisoblanadi
va
bu
YE.F.Sabotovich,
V.A.Kovishkov,
B.M.Grinshpun kabi tadqiqotchilar ishida о‘z ifodasini topgan. Ayni paytda NTRni
о‘rganishning barcha masalalari hali tо‘liq ochib berilmagan. Biroq V.K.Ofrinskaya
hozirgi nutqi tо‘liq rivojlanmaganligi muammolari tadqiqotchilari orasida umum
tomonidan qabul qilingan qoidalarga qaraganda munozarali masalalar va ziddiyatlar,
logopediya ilmi rivojlanishining zamonaviy bosqichlari yuzasidan NTRga umumiy
qarashlar misolida kо‘proq e’tibor qaratilayotganligini belgilaydi.
I.K.Samoylova nutqi tо‘liq rivojlanmagani asosida yotuvchi patofiziologik
mexanizmlarni о‘rganish, qо‘zg‘aluvchanlik va tormozlanganlik jarayonlarining
inertligini, bosh miya pо‘stlog‘i tо‘qimalarining yuqori darajada funksional
zaiflashuvini kо‘rsatadi. Tadqiqotchi bunda miya pо‘stlog‘ida qо‘zg‘atuvchi va
tormozlovchi jarayonlarning fazoviy konsentratsiyasi yetishmasligini aniqlaydi.
NTR bolalarda miyaning elektr faolligini о‘rganish jarayoni, kо‘pincha, chakka-
tepa-ensa sohalarida, peshona-chakka va dominat yarim sharning chekka shoxlarida
biopotensiallarning aniq lokal о‘zgarishlarini belgilab berdi (L.A.Belogrud,
A.L.Lindenbaum, YE.M.Mastyukova).
V.K.Orfinskaya esa bu jarayonga bog‘liq lingvistik tavsifnomani ishlab
chiqib, til tuzilishining buzilishlari yetakchi kо‘rinishlarining birlamchi va
ikkilamchi shakllarini ajratadi.
S.N.Shaxovskayaning tadqiqotlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar
nutqida uchraydigan paradigmatik xatolar tahlili beriladi. Bunday bolalar ot
turkumlarini о‘zlashtirishda, sо‘zdagi о‘zgarishlarning barchasida qiynaladilar.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarga logopedik ta’sir о‘tkazish ana shu nuqson
tuzilmasi bilan belgilanadi va shu asosda tadqiqotning uchta yо‘nalishi belgilanadi:
I. Umumiy ruhiy rag‘batlantirish.
II. Ruhiy-motor funksiyalarni korreksiyalash.
III. Nutqni umumiy rivojlantirish.
N.N.Traugotning ta’kidlashicha, ruhiy jihatdan sustlik, cheklanish,
tashabbussizlik bunday bolalarni aqliy jihatdan rivojlanmagandek qilib kо‘rsatadi.
Bu, о‘z navbatida, ularning shaxsiyatiga xos asl holatlariga har doim ham muvofiq
kelavermaydi. Tashqi nutqning buzilishi, shuningdek, bog‘lanishli nutqni mustaqil
talaffuz qilishning birdaniga pasayishida bolalarning faol lug‘at boyligini
о‘zlashtirish, nutqni grammatik jihatdan tо‘g‘ri tuzish, tovush talaffuzi va sо‘zning
bо‘g‘inli kо‘rinishidan foydalanish kuzatiladi.
M.Sovak NTR tushunchasini kengaytirish maqsadida uning tarkibiga
nutqning kech shakllangan kо‘rinishlarini ham kiritadi. Ular nevrologik jihatdan
mutizm hamda demensiya va shizofreniyada nutqning yо‘qolishi, eshitishning
pasayishi va oligofreniyadan farqlab kо‘rsatadilar.
G.A.Kashe ana shunday kamchiligi bо‘lgan bolalarning tovush talaffuzi
xususiyatlarini kо‘rsatib о‘tadi. Shunga asoslanib, u о‘qitishning quyidagi
yо‘nalishlarini belgilab beradi:
I. Tovushlarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish.
II. Nutqning tovush-bо‘g‘in va ritmik tizimini shakllantirish, ya’ni sо‘z va
iboralarni talaffuz etishni о‘zlashtirishga о‘rgatish.
Bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, birinchi navbatda, fonetik,
fonematik, morfologik va sintaksik umumlashtirishlarni shakllantirish eng muhim
ish sanaladi.
Tovushlarni talaffuz etishni rivojlantirish va tovush tahliliga oid ishlarning
mohiyati tovushlarni talaffuz qilish bilan bir paytda sо‘z, tovush tarkibini tahlil qilish
kо‘nikmalarini rivojlantirishga doir frontal ish olib borilishi bilan belgilanadi.
Tuzatish ishi fonetik xulosalarni oydinlashtirish, kengaytirish va takomillashtirishni
о‘z ichiga oladi. A.Kashe bolalarning fonemalarni ajrata bilish qobiliyatlarini
rivojlantirish bо‘yicha logopedik yо‘nalishdagi ishlarni shartli ravishda 5 bosqichga
ajratadi:
I bosqich – nutqqa dahli bо‘lmagan tovush kompleksini taniy bilish.
II bosqich – tovushning baland–pastligi, kuchi va tempi bо‘yicha bir xil
sо‘zlarni ajrata bilish.
III bosqich – tovush jihatdan о‘xshash sо‘zlarni ajrata bilish.
IV bosqich – fonemalarni ajrata bilish.
V bosqich – bо‘g‘inlarni ajrata olish.
YE.M.Mastyukova nutqning tо‘liq rivojlanmaganlik sabablarini yoritar
ekan, shunday yozadi: “Nutq bola hayotining ilk bosqichlarida jadallik bilan taraqqiy
etishning eng mukammal va nozik funksiyasi sanaladi”. Bola hayotining dastlabki
yillaridagi turli xil noxush taassurotlar ham nutq buzilishiga olib kelishi mumkin.
Nutq rivojlanishining oddiy kechikishidan farqli о‘laroq, nutq tо‘liq
rivojlanmaganligining murakkab shakllarini tavsiflar ekan, M.Kritchli bunday
holatda bolalarda oral-fatsial diskoordinatsiyalar, til va lab harakatida nuqsonning
mavjudligini, sо‘z ma’nolarini tо‘g‘ri anglamaslik yoki notо‘g‘ri qо‘llanilishini
ta’kidlab о‘tadi.
K.P.Bekker va M.Sovak nutqning tо‘liq rivojlanmaganligi holatlarida
biologik, ijtimoiy sabablarni hamda ularning kombinatsiyasi ustunligi bilan bog‘liq
komponentlarni ajratadilar. An’anaviy tarzda nomlanuvchi eshituvchi soqovlik
kinestik-motor buzilishlar yoki noqulay ijtimoiy ta’sirlar bilan shartlangan, о‘ziga
xos xarakterga ega bо‘lgan nutq rivojlanishining kechikishida namoyon bо‘ladi.
I.T.Vlasenko, V.V.Yurtaykinning ta’kidlashicha, bunday bolalarning nutqiy
faoliyatini tashkil etuvchi struktural tarkibiy qismlar orasida dissatsiatsiya
aniqlangan. Ularning bir xillarida operatsion imkoniyatlarning saqlanganligi
holatida maqsadli kо‘rsatmalarning shakllanmaganligi mavjud; boshqalarida esa
yetarlicha turg‘un motivatsiyaning mavjudligi bilan birga, faoliyatning operatsion
qatorida muayyan yetishmovchilik belgilangan.
Bu muammoga til konsepsiyasida zamonaviy psixolingvistik nuqtai
nazardan
yondashish
YE.F.Sobotovich,
V.A.Kovshikov,
B.M.Grinshpun,
V.K.Vorobyeva kabi olimlarning ishlarida tо‘la aks ettirilgan.
L.F.Spirova va A.V.Yastrebovalar tomonidan nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalarni о‘qitish jarayonida ular tomonidan tilning turli birliklarining
о‘zlashtirilishiga
e’tibor
qaratilgan.
Mualliflar
bunday
bolalarda
klinik
alomatlarning jipsligi, ular nutqining kech rivojlana boshlaganligi, sо‘z boyligining
kamligini, agrammatizmlar, talaffuz etish fonemalaridagi nuqsonlarni qayd etadilar.
Nutqi tо‘liq rivojlanmaganlik turlicha, ya’ni nutq umuman mavjud
emasligidan tortib, nutq buzilishining yengil shakllarigacha bо‘lgan holatlarni
qamraydi. Keyinchalik, L.F.Spirova va A.S.Yastrebovalar nutqning tо‘liq
rivojlanmaganligini tuzatishda quyidagi korreksion ishlarni amalga oshirish
lozimligini taklif etishadi:
4.
Talaffuzni tuzatish (tovush va sо‘zlar artikulyatsiyasidagi kamchiliklar
tuzatiladi, oydinlashtiriladi).
5.
Tovush tahlili va sо‘z sintezini birin-ketin reja asosida rivojlantirish.
6.
Lug‘at va nutqni grammatik jihatdan rivojlantirish. Ana shu tizim
asosida bolalar savodga о‘rgatiladi.
Logopedik yо‘nalishda, xususan, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarning
nutqiy rivojlanishi, ularga nutq normalari va qonun – qoidalarini о‘rgatish borasida
juda kо‘p izlanishlar olib borgan qator tadqiqotchilar nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalar nutqiy rivojlanishining о‘ziga xosligini tadqiq etish natijasida ularning lug‘at
boyliklari normal rivojlanayotgan tengdoshlari nutqiga qaraganda miqdor, sifat
jihatidan orqada qolishini isbotlaganlar.
J.V.Antipovaning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqidagi
sо‘zlarning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar tahlil etilgan.
Sо‘zning ma’noviy tuzilishidagi funksional о‘ziga xosliklar sintagmatik va
paradigmatik bog‘liqliklarning yetarli darajada shakllanmaganligi, leksik-ma’noviy
doiraning tashkil etilishi darajasining pastligi, sо‘zni izlash jarayonining mukammal
emasligida namoyon bо‘ladi. Ular leksikasining о‘ziga xosligi, odatdagidek
kо‘pgina sо‘z va iboralarni bilmaslik, о‘z fikri ma’nosini aniq yoritib bera oladigan
sо‘zni lug‘atidan tanlay olmaslik va nutqda notо‘g‘ri qо‘llash kabi holatlarda
kо‘rinadi. Bolalarda uchraydigan kerakli leksemalarni boshqa, о‘zgacha ma’nodagi
sо‘zlar bilan almashtirish kabi kamchiliklar sifatida ularda hali ma’noviy tizimning
yetarli darajada shakllanmaganligini qayd etish mumkin.
L.F.Spirova neytral leksikadan kelib chiqib, nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalarda uchraydigan kо‘pgina xatolarni tо‘liq yoritib bergan.
Leksik ma’nolarni о‘zlashtirishning kognifikativ yondashuvi T.V.Tumanova
tomonidan ishlab chiqilgan. Muallif nutqi tо‘liq rivojlanmagan maktabgacha
yoshdagi bolalarda grammatik umumlashtirish shakllanishining о‘ziga xos
jihatlarini aniqladi va sо‘z hosil qilish operatsiyasini о‘zlashtira olmaslikning asosiy
sabablarini asoslab berdi.
YE.V.Nazarova nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqini psixolingvistik
jihatdan tahlil qilib, nutqiy til tuzilmasining barcha bosqichlarida ketma-ket amalga
oshiriladigan, umumlashtirilgan leksik-grammatik ma’nolarning yetarli darajada
shakllanmaganligini aniqlaydi. Muallif buni narsalarni nomlash va harakat
vaziyatlarini aytish kabi psixologik operatsiyani amalga oshirishdagi qiyinchiliklar,
shuningdek, sо‘z tanlash va ularni grammatik tuzilma holatiga keltirishda ishtirok
etuvchi paradigmatik va sintagmatik til apparatlarining umumiy tarzda yetarli
rivojlanmaganligining natijasi sifatida qayd etadi.
О‘tgan asrdayoq professor R.YE.Levina nutq buzilishlarining eng murakkab
qо‘rinishlarini tadqiq etgan holda nutqning barcha tomonlari rivojlanmaganligi bilan
xarakterlanuvchi nutq kamchiligini chegaraladi va uni batafsil ta’riflab berdi.
Mazkur toifadagi bolalarda tovushlar talaffuzi va fonemalarni ajratish holatining
buzilishi yengil yoki og‘ir formada kо‘rinadi. Ular nutqida morfema(о‘zak)lar
tizimining yetarli darajada о‘zlashtirilmaganligi, biroq sо‘z о‘zgartirish va sо‘z hosil
qilish(yasash) kо‘nikmalarining yaxshi rivojlanganligi, lug‘at boyligining meyorga
nisbatan orqada qolishida namoyon bо‘ladi. Tabiiyki, mazkur omillar bog‘lanishli
nutq rivojlanishiga salbiy tasir qо‘rsatadi.
Bolalardagi nutq buzilishlarini о‘rganish uzoq yillar davomida о‘zaro hech
qanday aloqasi bо‘lmagan “alohida” simptomlarni tavsiflash bilan yakunlanadi.
Alohida paydo bо‘lgan nutqiy kamchiliklar mustaqil nuqsonlar sifatida tan olinar
edi. Masalan, talaffuz buzilishlari, lug‘at boyligining chegaralanganligi, grammatik
qurilish kamchiliklari turli xil kamchiliklarga qо‘shilib keladigan nuqson sifatida
qaralar edi. Bu munosabatga R.YE.Levinaning ishlarida katta e’tibor beriladi. U nutq
buzilishlarini tilni butun va yagona tizim sifatida kо‘zda tutuvchi tizimli yondashuv
asosida о‘rganadi. Har bir anomal nutqiy rivojlanishning sababi va oqibatlari,
ularning о‘zaro aloqasi batafsil kо‘rib chiqiladi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqi turli darajada namoyon bо‘lishi
mumkin: nutqiy muloqot vositalarining umuman yо‘qligidan to fonetik va leksik-
grammatik elementlar rivojlanmagan yoyiq nutqgacha. Korreksion vazifalardan
kelib chiqib, nutq rivojlanmaganligini 3 ta darajaga bо‘lish qabul qilingan.
Har bir darajada nutq komponentlarining rivojlanishini susaytiruvchi
nutqning rivojlanishidagi asosiy qiyinchiliklar kuzatiladi. Bir darajadan boshqasiga
о‘tish yangi nutqiy imkoniyatlar bilan xarakterlanadi. Nutqi tо‘liq rivojlanmagan
bolalar nutqida biriktirilgan kо‘pgina gaplar alohida, ma’lum darajada sо‘zlarning
buzilgan elementlarini aks ettiradi. Bu “sо‘z – konturlar” morfologik qismlarga
bо‘linmaydi va predmetli mazmundan boshqa hech qanday qо‘shimcha ma’noga ega
bо‘lmaydi. Bundan tashqari, bunday sо‘z leksik va grammatik jihatdan farq qiluvchi
qator sо‘zlarning ma’nosini bildirish uchun ham qо‘llanilishi mumkin. Masalan,
“umumiy” sо‘zi bir vaqtning о‘zida “о‘qituvchi”, “о‘qitadi” va shu sо‘zning boshqa
grammatik shakllarini anglatadi.
Ma’lumki, meyoriy bolalar nutqida gapning paydo bо‘lishida ham shunday
jarayon kuzatiladi. Unda “turli leksik-grammatik turdagi sо‘zlarni hech qanday
morfemalarsiz tanlashda chiziqli biriktirish” orqali gap tuzish holatlari
(A.A.Leontev) belgilangan. Ammo bu davr uzoq vaqt davom etmaydi. “Bola gap
tuzishni boshlagandan keyin, – deb yozadi, A.A.Leontev, - u juda tez ravishda bu
gaplar tarkibiga kiruvchi sо‘zlar sonini orttiradi. U, shuningdek, gap tuzish
qoidalarini ham egallaydi. Xarakterli tomoni shundaki, normadagi bola mavhum,
tushunarsiz, farqlanmagan sо‘zlar konturidan meyordagi nutqiy rivojlanishga,
grammatik mazmunni farqlashga, asos va qо‘shimchalarni tо‘g‘ri qо‘llashga tez
о‘rganadi” [73; 473-b.]. Bu haqda R.YE.Levina shunday deb yozadi: “Bunda
e’tiborga loyiq narsa shundaki, birinchi navbatda talaffuzning aniqligi grammatik
qо‘shimchalarda aks etadi. Shu bilan bir vaqtda sо‘zning о‘zak qismi mavhum
talaffuz qilinishicha qoladi”.
A.V.Korotkova
,
YE.N.Drozdova,
A.G.Zikeyev
,
R.I.Lalayeva,
N.V.Serebryakova, N.S.Jukova, YE.M.Mastyukova, T.B.Filicheva [66; 57; 70; 54;
78; 117] kabi bir qator olimlar nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqning
grammatik jihatdan rivojlanishining ikkilamchi orqada qolishi kuzatilishini ta’kidlab
о‘tishadi. Biroq mazkur muammoning о‘ziga xos xususiyatlari hozirda ham
logopediyaning kam о‘rganilgan jabhalaridan biri sifatida qolmoqda. Nutqning
grammatik jihatdan rivojlanmaslik darajasi nuqtai nazardan mazkur bolalar
kategoriyasi simptomatikasining polimorfligi, variativligi (tilning morfologik va
sintaktik tizimi shakllanishidagi yengil orqada qolishdan to ekspressiv nutqdagi
yaqqol agrammatizmlarda namoyon bо‘luvchi og‘ir darajasigacha) bilan
xarakterlanadi.
Nutq rivojlanishi buzilgan bolalarda nutqning grammatik jihatdan
shakllanishi aktiv va passiv lug‘atni egallashga qaraganda katta qiyinchiliklar bilan
amalga oshadi. Chunki grammatik mazmun leksik ma’no-mazmunga nisbatan doimo
mavhum xarakterga egadir. Tilning grammatik tizimi kо‘p sonli til qoidalari asosida
tashkil etiladi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda sо‘z о‘zgartirish, sо‘z hosil qilish, gap
turlarining grammatik shakllari nutqning meyorda rivojlanishida kuzatiladigan
ketma-ketlikdagi singari bosqichma-bosqich rivojlanadi. NTR bolalar nutqni
grammatik jihatdan о‘zlashtirishdagi о‘ziga xos xususiyatlar о‘zlashtirish
sur’atining sekinligi, tilning morfologik va sintaktik tizimi hamda rasmiy tilga oid
semantik tuzilmalar rivojlanishi tartibining izdan chiqishida namoyon bо‘ladi.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda nutqiy tajribaning, xususan, faol
nutqning yetarli darajada rivojlanmaganligi bola tomonidan ona tili murakkab
grammatik tizimining empirik tarzda о‘zlashtirilishining zamini bо‘lmish “til
sezgirligi”ning yuzaga kelishiga tо‘sqinlik qiladi. Bu esa, о‘z navbatida, mazkur
bolalar kategoriyasi tomonidan grammatik shakllarni tushunishdagi qiyinchiliklarga
sabab bо‘ladi.
Nutqiy rivojlanishdagi turli nuqsonlarni о‘z vaqtida о‘rganishda erta tashxis
qilish katta ahamiyatga egadir. Nutqiy nuqson qanchalik erta aniqlansa, tibbiy va
pedagogik korreksiya ishlari о‘z vaqtida olib borilsa, albatta, bolaning maktabda
tо‘liq ta’lim olish qobiliyatiga ijobiy ta’sir etadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda grammatik operatsiyalar shakllanishining
buzilishi nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida oxir-oqibat kо‘plab morfologik
agrammatizmlarga olib keladi. Morfologik agrammatizmlarning asosiy mexanizmi
shundan iboratki, ular morfemalarni ajratishdagi qiyinchilik va ikkilanishlar,
morfemalar ma’nosini uning tovush obrazi bilan moslashtirishda yо‘l qо‘yilgan
xatoliklar
tarzida
belgilanadi.
N.S.Jukova,
V.A.Kovshikov,
L.F.Spirova,
YE.F.Sobatovich, T.B.Filicheva, S.N.Shaxovskaya [54; 68; 105; 102; 118; 132]kabi
tadqiqotchilarning ishlarida nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqida gap
tarkibidagi sо‘zlarni notо‘g‘ri qо‘llashda quyidagi holatlar kuzatiladi:
6)
kelishik, egalik qо‘shimchalarini otlar, olmoshlar, sifatlarda notо‘g‘ri
qо‘llash;
7)
kelishik va egalik qо‘shimchalarini sonlar bilan notо‘g‘ri qо‘llash
(kо‘ylak(ni) ikki(ta) tugmasi yо‘q);
8)
ot, fe’l va olmoshlarni notо‘g‘ri moslashtirish (bolalar chizdi(lar); Ular
kelyapti(lar);
9)
о‘tgan zamondagi fe’l qо‘shimchalarini notо‘g‘ri qо‘llash (daraxt
yiqil(gan)di);
10) tushunchalarni notо‘g‘ri qо‘llash (stol tagida, uydan, stakandan).
Amaliy grammatikani egallash jarayonida bolalar nutqida turli-tuman
“okkazional” shakllar deb nomlanuvchi agrammatizmlar ham kuzatiladi. Bunda
bolalar nutqida ham umumiy, ham xususiy agrammatizmlar(okkazional shakllar)
ishlatiladi. Umumiy okkazionalizmlar meyoriy nutqiy rivojlanish kabi nutq
rivojanishda kuzatiluvchi buzilishlar uchun ham xos xususiyatdir.
T.N.Ushakovaning [112; 78-b.] fikricha, okkizionalizmlarning asosiy nutqiy
mexanizmlaridan biri “gipper-generalizatsiya”dir. U chastotali shakllarni ortiqcha
umumlashtirish, produktiv anologik shakllar bо‘yicha shakl о‘zgartirish demakdir.
Bu hol kо‘pincha, sо‘z о‘zgartirish jarayonida paydo bо‘luvchi asosiy tendensiyalar:
turlanish va tuslanishdagi sо‘z о‘zgarishini umumlashtirishda kuzatiladi. S.N.Seytlin
[130; 6-b.] fikriga kо‘ra, bolaning nutqni о‘zlashtirishda shakl о‘zgartirishdagi
okkazionalizmlarning quyidagi turlarini farqlash mumkin:
-
urg‘uli bо‘g‘inni bir xillashtirish, urg‘uni sо‘zdagi ma’lum bir bо‘g‘inda
mustahkamlash. Otning turli shakllarida ham avvalgi sо‘zdagi urg‘u saqlanib qoladi;
-
unlilarni qо‘shish, ketma-ket kelgan unlilarni tushirib qoldirish (salom-
salm, bо‘lak-bо‘lk, maktab-makitab);
-
sо‘zlarning oxirida kelgan undoshlarni e’tiborga olmaslik;
-
qо‘shimchalarning о‘zgarishi, kо‘plik –lar son kategoriyasining о‘rnida
birlik shaklining qо‘llanishi (dо‘st-dо‘stlar, stul-stullar, mushuk-mushuklar, daraxt-
daraxtlar);
-
shakl о‘zgarishida suppletivizmlarning yо‘qligi (odam-odamlar, bola-
bolalar, ot-otlar).
Bunda okkazional qо‘shimchalarni tanlash bir xil grammatik ma’nodagi ot
shakllarining turlanishida paydo bо‘ladi. Kо‘rinadiki, funksional elementlarning
almashtirilib tanlanishi nutqiy vaziyatda doim talab etiladigan funksional
kategoriyalar ostida sodir bо‘ladi. Bola nutqida grammatik shakllar ketma-
ketligining о‘zlashtirilishi ularning semantik oppozitsiya darajasi bilan belgilanadi.
Agar grammatik shakl asosida aniq, semantik qarama-qarshi qо‘yilgan kognitiv
rivojlanish yotgan bо‘lsa, u oson farqlanadi. Bu esa bolalarning bosh kelishikdagi
birlik va kо‘plik shakllarni farqlash erta о‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Tadqiqot
natijalariga
kо‘ra,
okkazional
shakllar
bilan
bog‘liq
agrammatizmlar normal bolalar uchun ham, nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar uchun
ham xosdir.
Nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalar nutqining xarakterli xususiyatlaridan yana
biri bir vaqtning о‘zida nutq grammatik qurilishining ikki usulini о‘zlashtirish
xususiyatiga ega:
-
sо‘zlarni bо‘laklarga ajratmasdan, yaxlit holatda о‘zlashtirish (taqlid
qilish mexanizmi asosida);
-
analiz va sintez mexanizmi asosida sо‘zlarni va uni tashkil etuvchi
morfemalarini ajratishni о‘zlashtirish. Bu nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarda ancha
sekin kechishi belgilangan.
YE.F.Sobatovich [102] nutqi tо‘liq rivojlanmagan bolalarni (motoralalik)
ikki guruhga ajratadi: 1-guruh bolalar nutqida gapning chuqur semantik mazmuni
saqlanishi bilan bog‘liq ravishda ularning nutqida tilning morfologik tizimi buzilishi
kuzatiladi. Bu guruhdagi barcha bolalar nutqida chuqur morfologik agrammatizmlar
mavjudligiga qaramasdan, 2-3 sо‘zdan iborat gaplarni tо‘g‘ri tuzadilar, sо‘zlar
orasidagi semantik bog‘liqlik va tartibni tо‘g‘ri ifodalaydilar.
Yuqoridagi misollardan kо‘rinib turibdiki, gaplar tuzilishida tartib saqlangan
bо‘lsa ham, sо‘zlar о‘rtasidagi morfologik kо‘rsatkich, sintaktik aloqa bо‘lmaydi.