BOG‘LANISHLI NUTQ. OG‘ZAKI HIKOYA VA YOZMA INSHO.
Reja:
1. Bog’lanishli nutq haqida umumiy tushuncha.
2. Bog’lanishli nutqdan mashq turlari.
3. Bog’lanishli nutqqa oid aniq ko’nikmalar.
4. Matn turlari.
Fikrni bayon etish ehtiyojini amalga oshirishga qaratilgan, tugallangan mavzuni
ifodalaydigan, logik va grammatik qoidalar asosida tuzilgan, mustaqil, tugallangan
va o‘zaro bog‘langan ma‘noli qismlarga bo‘linadigan nutq bog’lanishli nutq
deyiladi.
Bog‘lanishli nutq birligi sifatida hikoya, maqola, roman, monografiya, doklad,
hisobot kabilarni, maktab sharoitida esa o‘qituvchi bergan savolga o‘quvchilarning
keng, mukammal og‘zaki javobini, yozma bayon va inshoni olish mumkin.
Boshlang‘ich sinflar metodikasida bog‘lanishli nutqqa oid mashq turlariga
quyidagilarni kiritish mumkin:
1) berilgan savolga keng, mukammal javob;
2) o‘qilgan asarni tahlil qilish, grammatik materialni o‘rganish; o‘quvchilar
lug‘atini faollashtirish bilan bog‘liq holda har xil matnli mashqlar;
3) muntazam o‘tkazilgan kuzatishlarni yozish, ob-havo kundaligini yuritish;
4) o‘qilgan matnni turli variantda og‘zaki qayta hikoyalash;
5) berilgan mavzu, rasm, kuzatishga oid boshlab berilgan yoki oxiri berilgan
hikoya, reja yoki syujet asosida o‘quvchilarning og‘zaki hikoyasi;
Bu mashqlarning hammasi nazariyasiz, amaliy tarzda beriladi. Bunday
mashqlarni takroriy ishlatmaslik yoki asosiylarini tushirib qoldirmaslik uchun nutqiy
mashqlarning aniq rejasi tuzib olinadi.
Bog‘lanishli nutqdan mashqlarning turli xil bo‘lishida, avvalo, material
manbaiga, tematikaga, shuningdek, janriga, til xususiyatiga, mashq turiga rioya
qilinadi.
Bog’lanishli nutqqa oid asosiy ko‟nikmalar
O‘quvchilar nutqini o‘stirish ularga aniq ko‘nikmalarni singdirish demakdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari mustaqil mashq sifatida bog‘lanishli nutqni
o‘stirishdan quyidagi ko‘nikmalarni bilib oladilar:
1. Mavzuni tushunish, chegarasini aniqlash va uni nisbatan to‟liq yoritish
ko‟nikmasi. Masalan, «Biz uy ishlarida ota-onamizga qanday yordamlashamiz?»
mavzusi berilsa, o‘quvchilar aniq bajargan ishlari haqida hikoya qiladilar. Ular
mavzuni yaxshi tushunishlari uchun bayon matni qayta hikoya qildiriladi, inshoda
esa berilgan mavzu yuzasidan mustaqil hikoyalash mashq qilinadi.
2. Inshoni asosiy fikrga bo‟ysundirish ko‟nikmasi. Bolalar ishi ma‘lum fikrni
(tabiatning ajoyib tasvirini idrok etish, o‘zlarining baxtli hayotidan g‘ururlanish,
mehnatga va mehnatkash insonlarga muhabbatni) ifodalaydi.
3. Hikoya, insho uchun mavzuga taalluqli, uni yoritishga zarur bo‟lgan
materialni yig‟ish. Bu bayonga ham taalluqli bo‘lib, namunaviy matn tahlil qilinadi,
mazmunini to‘g‘ri tushunish ustida ishlanadi, asosiy mazmun ajratiladi.
O‘qituvchidan o‘quvchini navbatdagi inshoga tayyorlashda shu mashqning
pedagogik maqsadini, o‘quvchilarni nimaga o‘rgatishni, tafakkuri va nutqini qanday
boyitishni, shuningdek, mashqlar izchilligida shu inshoning tutgan o‘rnini aniq ko‘z
oldiga keltirish talab etiladi. SHuning uchun o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini
o‘stirishga oid mashq turlarining bir yillik rejasini tuzib olish tavsiya etiladi. Rejada
o‘quvchilar yoshiga mos bayon va inshoning barcha turlari hisobga olinishi zarur.
Metodik an‘anaga ko‘ra matnli mashqlar tasvirlash, hikoya qilish va
muhokamaga bo‘linadi. Boshlang‘ich sinflarda bular, asosan, tasvir yoki
muhokama elementlari bo‘lgan hikoya tarzida uchraydi.
Har uchala janr uchun foydalaniladigan material xarakterida ham, qurilishida
ham, til vositalarini tanlashda ham o‘z xususiyatlari mavjud. Insho yoki bayonga
tayyorlanayotganda o‘qituvchi (yoki o‘quvchi) matnning janr xususiyatlarini
hisobga oladi.
Hikoya boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun mos janr hisoblanadi, chunki u
jo‘shqin, jonli, ta‘sirchan bo‘ladi. «O‘qish kitobi»da bunday hikoyalar ko‘plab
berilgan.
Tasvirda syujet, qatnashuvchi shaxslar bo‘lmaydi; unda tabiat, ayrim predmet
va hodisalar tasvirlanadi. O‘quvchilar «O‘qish kitobi»da berilgan ko‘pgina tasviriy
matnlarni o‘qiydilar, ularni qayta hikoya qiladilar, bayon, ayrim narsa yoki
hodisalarni tasvirlab insho ham yozadilar. Masalan, «Bizning sinfimiz», «Bahor
keldi» kabi. Tasvirga xos xususiyatlar shundan iboratki, unda sifatlash, taqqoslash,
metaforalar ko‘p bo‘ladi. Tasvir o‘quvchilar uchun hikoyaga nisbatan qiyin janr
hisoblanadi, shuning uchun boshlang‘ich sinflarda ko‘proq tasvir elementlari
bo‘lgan hikoya tarzidagi bayon va insho yozdiriladi.
Muhokama bog‘lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, shuning
uchun boshlang‘ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish tavsiya
etilmaydi; o‘quvchilar inshoda muhokama elementlaridangina foydalanadilar.
Masalan, «Qushlar uyasini nima uchun buzish mumkin emas», «Paxta − bizning
milliy boyligimiz» mavzularida og‘zaki hikoya tuzdirilsa yoki insho yozdirilsa,
muhokama elementi, albatta, bo‘ladi.
O‘qituvchi bog‘lanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq qilishni
ko‘zda tutadi va o‘quvchilarga hikoya, tasvir va muhokama elementlarini o‘rgata
boradi. Bunda ko‘proq hikoya tarzidagi matn tuzdirishga ahamiyat beradi.
Bolalarning bog‘lanishli nutqni egallash darajasiga qarab, matnga tasvir va
muhokama elementlari kiritib boriladi.
Og`zaki va yozma qayta hikoyalashga qo`yiladigan talablar.
Namunaviy matn og`zakiva yozma qayta hikoya qilinadi. O`qish darslarida
asosan og`zakiqayta hikoyalash mashq qilinsa, ona tili darslarida u ko`proq yozma
tarzda o`tkaziladi.
Bayon o`qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma‘lum tayyorgarlikdan
so`ng yozma qayta hikoyalashdir. O`qish darslarida matn ustida ishlash, o`qilgan
matn yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida og`zaki qayta
hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.
Qayta hikoyalashning turlari xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan
matn yuzasidan bayon yozish mumkin, ammo bayon yozish og`zaki qayta
hikoyalashga nisbatan qiyin va murakkab faoliyatdir. Bundan tashqari, boshlang`ich
sinf o`quvchilarining yozish sur‘ati sekin, shunga ko`ra bayon uchun kichik
hajmdagi, kompozitsiyasi sodda, til tomondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni
asta-sekin murakkablashtira boriladi: avval hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi
matn tanlansa, unga yana lavhalar, tasvir elementlari kiritila boriladi,
qatnashuvchilar soni orttiriladi, muhokama elementlari ham qo`shiladi; keyinroq
shaxsini o`zgartirib bayon yozishga o`tiladi. SHunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy
tus ola boradi.
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturiga ko`ra, 2-sinfda katta bo`lmagan (30-40
so`zli) matn yuzasidan o`qituvchi yordamida so`roqlar asosida bayon yozish, 3-
sinfda 40 - 60 so`zdan iborat matnning mazmunini jamoa bo`lib tuzilgan 3-5 ta reja
asosida bayon yozish, 4 - sinfda esa mustaqil tuzilgan reja asosida (70-90 so`zli)
bayon yozish ko`zda tutiladi.
Mashq sifatida bayonning ahamiyati katta: bayon bolalarda adabiy nutqni
to`g`ri shakllantirishga yordam beradi, nutq madaniyatini yaxshilaydi, badiiy uslubni
singdiradi, tilga sezgirlikni oshiradi.
Bayon uchun kishilarning fidokorona mehnati, hayotini, ona tabiat tasvirini,
fan, texnika, madaniyat borasidagi yutuqlarni aks ettiradigan yuksak g‘oyali matn
tanlanishi, bayon mavzusi o`quvchilarning bilish tajribasini kengaytirishi, ularning
dunyoqarashini shakllantirishi zarur.
Qayta hikoyalash va bayonda bolaning tabiiy nutqi eshitilishi, ya‘ni berilgan
namunani tushunmasdan yodlamasligi, namuna leksikasidan, nutq oborotlaridan,
sintaktik qurilishidan foydalana olishi zarur.
Til vositalari matnni o`qish, suhbat, matn tahlili davomida o`zlashtiriladi;
matndagi so`zlar va nutq oborotlari bolalarning «o`ziniki» bo`lib qoladi. Qayta
hikoyalashda namunadagi u yoki bu gapni bola esga tushirishga harakat qiladi,
o`zlashtirgan mazmunni to`liqroq, aniqroq berish uchun gaplar tuzadi. Bu bilan
o`quvchining mustaqillik darajasi va bilish faolligi o`sadi, ijodiy elementlar qo`shila
boradi.
Qayta hikoyalashda namunadagi izchillik, bog‘liqlik saqlanishi, asosiy faktlar
berilishi, ayniqsa, ilmiy matnni qayta hikoyalashda barcha muhim o`rinlar to`liq
bayon qilinishi zarur.
Vaqti-vaqti bilan ilgari eshitilgan, o`qituvchi o`qib bergan yoki radio,
televizordan yozib olingan matnni qayta hikoyalatish, o`quvchi bir marta ovoz bilan
yoki ichda o`qigandan so`ng qayta hikoyalatishdan foydalanishni tajribada qo`llab
turish ham mumkin. Bu ishni turli xil uslublarda olib borish imkoniyatini yaratadi va
uni jonlantiradi.
Ko`pincha qayta hikoyalashga maxsus tayyorgarlik ko`riladi, bunda
quyidagilarga rioya qilinadi:
1. Qayta hikoyalash va uning turi haqida o`quvchilar ogohlantiriladi: to`liq,
detallari bilan, tilning tasviriy vositalaridan foydalanib matnga yaqin qayta
hikoyalash; tanlab (masalan, bir qatnashuvchi shaxsga tegishli o`rinlarinigina) qayta
hikoyalash, qisqartib qayta hikoyalash.
2. Suhbat, matn mazmunini tahlil qilish, matn tili ustidagi xilma-xil ishlar, qayta
hikoyalashda zarur bo`lgan so`z, nutq oborotlari va gaplarni ajratish va aniqlash.
3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni berish uchun ifodali o`qishni puxtalash.
To`liq yoki matnga yaqinlashtirib
qayta hikoyalash va bayon
Qayta hikoya qilish va bayonning bu turi boshqa turlariga nisbatan boshlang`ich
sinflarda ko`p o`tkaziladi, chunki bu o`qilgan matnni butun detallari va
bog`lanishlari bilan bolalar yodida mustahkamlash, namunaviy matnning mazmuni
va tilini o`zlashtirish vositasi bo`lib ham xizmat qiladi.
Bolalar tez yodlab oladigan kichik matnni, she‘riy misralarni buzmaslik uchun
she‘rni, ayniqsa, butun bir poetik obrazni tasvirlovchi lirik she‘rni hikoya qilish
tavsiya etilmaydi.
To`liq hikoya qilish uchun dastlab aniq syujetli, hikoya uslubida yozilgan matn
tanlanadi, keyin bolalar hikoyaga tasviriy (tabiat tasviri, kishilar va boshqa
predmetlarning tashqi ko`rinishi tasviri) va muhokama elementlarini kiritishni
o`rganadilar.
Hikoya qilishga o`rgatish vaqtida o`quvchilarni «Bu fikr yozuvchi matnida
qanday ifodalangan?» savoliga javob berishga o`rgatish maqsadga muvofiqdir.
Bola hikoya qilishga qiziqsa, agar hikoyani o`qituvchigina emas, sinfdagi
barcha bolalar eshitsa, bunday hikoyalash jonli va qiziqarli bo`ladi. Hikoya qilishga
o`quvchilarning qo`shimchasi, ma‘lum qismini qayta hikoya qildirish, hikoyachini
rag‘batlantirish sinfda ijodiy muhitni vujudga keltiradi.
Matnga yaqin hikoya qilishda savollar matn mazmunigagina qaratilmasligi,
o`quvchilar mustaqillik darajasini pasaytiradigan matn mazmuni yuzasidan
beriladigan savollarni asta-sekin kamaytira borish, bolalarni kengroq, umumiyroq
savollarga javob berishga o`rgata borish zarur.
To`liq hikoya qilishda hikoyani qanday boshlashni bilmaslik, ya‘ni boshlanishi
berilgan matn mazmunini davom ettira olmaslik, to`liq bayon qila olmaslik yoki
noto`g`ri bayon qilish, bayon tilining kambag‘alligi kabi kamchiliklar uchraydi.
Hikoya qilishdagi ikkinchi kamchilikni yo`qotish, uning oldini olish uchun matn
butunicha puxta tahlil qilinadi, ko`pincha asosiy mazmunni ifodalaydigan qismi
alohida tahlil qilinadi. Bunday kamchilikni yo`qotishga matnni qismlarga bo`lish,
har bir qismga sarlavha topib, matn rejasini tuzish va reja asosida hikoya qilish ham
yordam beradi. Bunda tanlab hikoya qilish (hikoya qilishning o`zaro uzviy
bog`langan boshqa turlari ham) yordamchi vazifani bajaradi. Tilda kambag`allikka
yo`l qo`ymaslik uchun lug`at, tasviriy vositalar va gap ustida izchil ishlab borish
talab etiladi. To`liq yoki matnga yaqin bayon yozish savod o`rgatish davridanoq
boshlanadi va barcha sinflarda o`tkaziladi.
Bolalarni o`z fikrini mustaqil yozishga (o`qilgan matnni hikoya qilishga)
o`rgatishni, iloji boricha, erta boshlash ma‘qul. Buning uchun o`quvchilar
og`zakihikoya qilayotganda qo`llagan alohida so`zni yozishdan gapni yozishga,
so`ng matn qismlarini yozishga va 2-sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn
asosida bayon yozishga o`rgatiladi.
Ish quyidagicha uyushtiriladi: bayon uchun tanlangan matnni o`quvchilar bir-
ikki marta o`qiydilar (o`qituvchi o`qib berishi ham mumkin); bolalarning matn
mazmunini to`g`ri tushunganliklarini aniqlash, o`qilgan matnni, uning g‘oyaviy
mazmunini, qismlari orasidagi bog`lanishni to`liq bilib olishga qaratilgan suhbat
o`tkaziladi; matn rejasi tuziladi (reja suhbat vaqtida tuzilishi ham mumkin); lug`at
ishi o`tkaziladi (so`zning ma‘nosi va yozilishi tahlil qilinadi), muhimroq sintaktik
tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat jalb qilinadi. Ayrim gaplar, hatto
matn qismlari tuzdiriladi; o`quvchilar bayon matnini mustaqil yozadilar, o`qituvchi
esa ular ishini kuzatadi, sinfdagi boshqa o`quvchilarga xalaqit bermay ayrim
bolalarga individual yordam beradi; bolalar yozgan bayonlarini o`zlari tekshiradilar,
takomillashtiradilar va daftarni tekshirish uchun o`qituvchiga topshiradilar.
O`quvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan matnni
bayon matniga qiyoslash maqsadga muvofiq bo`lib, bu ish mazmunda va bolalar
bayoni tilida yo`l qo`yilgan kamchiliklarni aniqlashga yordam beradi.
Tanlab hikoya qilish va bayon
Tanlab hikoya qilish matndan tor mavzuga, kichik so`roqqa oid qismini tanlab
qayta hikoyalashdir. Masalan, o`qilgan matndan faqat personajning tashqi ko`rinishi
tasvirlangan qismnigina qayta hikoya qilish, faqat ikki personajning uchrashish
manzarasini qayta hikoyalash, faqat tabiat tasvirini hikoya qilish va boshq.Tanlab
qayta hikoyalashning quyidagicha turlari mavjud:
1. O`qilgan matn qismini yoki bir voqeani unga chizilgan rasm asosida hikoya
qilish.
2. O`qituvchi topshirig‘i yoki berilgan savol asosida alohida lavhani hikoya
qilish.
Tanlab hikoya qilish uchun o`quvchi matnni boshidan oxirigacha qayta o`qib
chiqishga yoki yodga tushirishga, kerakli materialni yig‘ishga to`g`ri keladi. Buning
uchun o`quvchilarga matnni ichda o`qish topshiriladi yoki ovoz bilan tanlab o`qish
topshirig‘i beriladi. Bunday tanlab hikoya qilish ba‘zan yozma bayon sifatida ham
o`tkaziladi.
Qisqartirib qayta hikoyalash va bayon
Matn mazmunini qisqartirib qayta hikoyalash va bayon yozish murakkab
mantiqiy usullardan foydalanishni talab qiladi, shuning uchun ham u to`liq yoki
matnga yaqin qayta hikoyalash va bayonga nisbatan qiyin. Bunda matndan ikkinchi
darajali o`rinlarni tushirib qoldirib, asosiy, muhim o`rinlar tanlab olinib, hikoya
qilinadi. Buning uchun o`quvchining o`zi matnning asosiy mazmunini aniqlashi,
bog`lanishli, izchil qayta hikoyalashi, uning hikoyasi matnni qisqartish tarzida
bo`lmasligi, o`zlashtirilgan matnning asosiy mazmunini o`z so`zlari bilan bera olishi
zarur. Qisqartirib qayta hikoyalashga o`rgatish uchun bayon mazmunini qisqartirib
tuzish oson bo`lgan hikoya tarzidagi matn tanlash tavsiya etiladi. Qisqartirib qayta
hikoyalash elementlari 1-sinfdan kiritiladi. O`qilgan matnni tahlil qilish jarayonida
o`quvchilardan uning bir qismini qisqa − bir gap bilan aytish so`raladi. Keyin
o`quvchilarga matnning ikki qismini, nihoyat, butun matnni qisqartib qayta
hikoyalash tavsiya etiladi.
O`quvchilar matnni to`liq qayta hikoya qilishga o`rganganlaridan so`nggina
matnni qisqartib qayta hikoyalashga o`rgatiladi. Qisqartirib qayta hikoyalash, o`z
navbatida, matn rejasini tuzish, ya‘ni matn qismlariga sarlavha topish bilan bog‘liq,
asarning asosiy mazmunini qisqa ifodalash esa matn ustidagi analitik-sintetik
ishlarning natijasidir. Ba‘zan o`quvchilar asarning asosiy mazmunini (g‘oyasini)
qisqa, bir gap bilan ifodalashga o`rgatilgach, matn rejasini tuzishga, keyin matnni
qisqartib qayta hikoyalashga, undan so`ng matn mazmunini to`liq qayta hikoya
qilishga o`rgatilishi ham mumkin.
Qayta hikoyalash bog`lanishli nutqni o`stirishning zaruriy bosqichidir.
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturiga ko`ra, matn mazmunini qisqartirib bayon
yozishni 3-sinfda o`rgatish ko`zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik
matn qismlariga sarlavha topish, matn rejasini jamoa bo`lib tuzish bilan bog‘liq
holda 2-sinfdan boshlanadi.
Qisqartirib bayon yozish uchun o`qituvchi yoki o`quvchilarning o`zlari matnni
bir-ikki marta o`qiydilar, so`ng matn mazmuni yuzasidan suhbat o`tkaziladi va
yoziladigan asosiy fikr hamda tushirib qoldiriladigan o`rinlar ajratiladi. Qisqartirib
bayon yozishga og`zakitayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi, lug`at ustida
ishlanadi, gap va matnning ayrim qismlari tuzdiriladi. Og`zakiqisqa qayta
hikoyalashdan matnni qisqartib bayon yozishga o`tiladi. Qisqartib bayon yozishga
og`zakitayyorgarlik mashqlari asta kamaytirilib boriladi.
Savol va topshiriqlar
1. Qayta hikoyalash va qisqartirib qayta hikoyalashni tushuntiring.
2. 3-sinf darsligidan mavzu tanlab bayon yozishga tayyorlaning.
3. 2-sinf ―o`qish‖ darsligidan mavzu tanlab, to`liq hikoya qilish uchun reja
tuzing.
OG’ZAKI HIKOYA VA YOZMA INSHO.
Insho turlari
Insho ijodiy ishning eng yuqori shakli bo`lib, maktabda alohida o`rin tutadi;
barcha nutqqa oid mashqlar ma‘lum mazmunda inshoga bo`ysunadi.
Insho 1-sinfda kichik og`zaki axborot va ehtirosli hikoyadan boshlanib, o`z
fikrini ifodalashga, o`quvchi shaxsining tashkil topishiga xizmat qiladigan, ta`lim-
tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan jiddiy rejali aqliy ishga aylanadi.
Insho shaxsni shakllantirishda foydali vosita bo`lib, his-hayajon uyg‘otadi,
aqliy mustaqillikka, fikrlashga, ko`rgan-kechirganlari va o`zlashtirganlarini
baholashga, kuzatuvchanlikka, voqea-hodisalar o`rtasidagi sabab-natija bog`lanishni
topishga, ularni qiyoslashga, xulosa chiqarishga o`rgatadi. Insho fikrni tartibga
soladi, o`quvchilarda o`ziga, o`z kuchi va imkoniyatiga ishonch tug‘diradi.
“Insho” asli arabcha so`z bo`lib, ma‘nosi ―yaratish‖, ―bino qilish‖,
―boshlash‖ demakdir. Bu co`zning ma‘nosi hozirda ancha torayib, asosan, o`quvchi
va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma‘nosida qo`llanadi.
Insho − ijodiy ish bo`lib, u o`quvchidan faollik, qiziqish, fikr bildirishni talab
qiladi. Material tayyorlash, uni tartibga solish, insho kompozitsiyasi va rejasi haqida
o`ylash, mantiqiy bog`lanishni belgilash, so`z, so`z birikmasini tanlash, gap tuzish
va uni o`zaro bog`lash, imloni tekshirish kabi barcha murakkab ishlar o`quvchidan
aqliy kuchini to`la ishga solish bilan birga, o`z ma‘naviy faoliyatini boshqarish
ko`nikmasini ham talab etadi.
Inshoda til nazariyasi nutq tajribasi bilan qo`shiladi. O`quvchi inshoni mustaqil,
ijodiy xarakterda bo`lgani uchun, «o`ziniki»ni yozgani uchun ham sevadi.
Maktab rivojining barcha bosqichlarida bolalarning mustaqil tuzgan hikoyasi −
inshoga alohida ahamiyat berilgan. Maktablar yangi, o`quvchilar nutqini o`stirish,
aqliy, ijodiy o`sishiga mo`ljallangan dasturga o`tishi munosabati bilan uning
ahamiyati yanada o`sdi.
Og`zaki va yozma inshoga o`rgatish jarayonida o`quvchilarda mavzuni
tushunish va yoritish, o`z inshosini aniq fikrga bo`ysundirish, material to`plash, uni
tartibga solish va joylashtirish, reja tuzish va reja asosida yozish, mazmunga va nutq
vaziyatiga mos ravishda til vositalaridan foydalanish, yozgan inshosini
takomillashtirish ko`nikmalari hosil qilinadi. Bulardan tashqari, «texnik» vazifalar
ham amalga oshiriladi, ya‘ni matnni yozishda imlo qoidalari va husnixatga e‘tibor
berish, matnni xatboshidan yozish, hoshiyaga rioya qilish kabi talablarga ham amal
qilinadi.
Og`zaki va yozma insho material manbaiga, mustaqillik darajasiga, tayyorlash
usuli, janri va til xususiyatiga qarab tasnif qilinadi.
Insho material manbaiga ko`ra quyidagi uchga bo`linadi:
1) o`quvchining o`zi ko`rgan-bilganlari, eshitganlari haqidagi, ya‘ni mehnat,
kuzatishlar, ekskursiyalar, o`yinlar, o`z tajribasi va boshqa jonli materiallar asosidagi
insho;
2) kitob materiali, rasmlar, film, spektakl, o`qituvchi hikoyasi va boshqa
manbalar asosidagi insho;
Mustaqillik darajasiga, tayyorgarlik ko`rish metodiga ko`ra insho ikki turli
bo`ladi:
1) sinf o`quvchilari uchun umumiy bir mavzu asosida jamoaviy tayyorgarlikdan
so`ng yoziladigan insho;
2) alohida mavzu asosida individual tayyorgarlikdan so`ng yoziladigan
individual insho.
Janriga ko`ra hikoya, tasvir, muhokama tarzidagi insholarga bo`linadi.
Boshlang`ich sinflarda tasvir va muhokama elementlari mavjud bo`lgan hikoya
tarzidagi inshodan ko`proq foydalaniladi.
Inshoni tasnif qilish ta`limiy vazifalarni chuqur anglash va metodik vositalarni
tanlashga, shuningdek, ish turlarini zaruriy yo`nalishda, baravar taqsimlashga
yordam beradi.
Boshlang`ich sinflarda yozdiriladigan inshoning muhim turlaridan biri kichik
yoshdagi o`quvchilarning shaxsiy hayotiy tajribasiga asoslangan inshodir.
Rasm asosidagi insho maktablarda tez-tez o`tkaziladi, chunki rasm bolalar
nutqiy ijodini, tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Rasm bolalar sezgisiga ta‘sir
etadi, hayotning bola tajribasida hali uchramagan tomonlarini ochadi. Rasm
o`quvchilarga tanish bo`lgan hodisalarni chuqur anglashga ham yordam beradi.
Rasm asosidagi inshoning uch asosiy turi bor:
1) rasmlar seriyasi yoki rasmli reja asosida yoziladigan hikoya tarzidagi insho;
2) syujetli, o`quvchilarni o`ylashga, faraz qilishga undaydigan bir rasm asosida
yoziladigan hikoya tarzidagi insho;
O`quvchilar avval rasmlar seriyasi asosida, so`ng bir rasm asosida, undan so`ng
tasviriy insho yozish (rasmni tasvirlash)ga o`rgatiladi.
Dasturga ko`ra, 1-sinf o`quvchilari o`yinlari, mehnatlari, voqea-hodisalar
haqidagi taassurotlari asosida o`qituvchi rahbarligida hikoya tuzishlari va uni
ma‘lum tayyorgarlikdan so`ng yozishlari, 2 - sinfda rasmlar seriyasi asosida kichik
hikoya tuzish va uni jamoa tarzda tuzilgan reja asosida yozish, tabiatni kuzatish va
mehnat jarayoni haqida, bolalarning o`yinlari, ishlari, sayillari haqida, avval
o`qituvchi rahbarligida, keyin mustaqil ravishda kichik hikoya tuzish va uni yozish,
shaxsiy ishlari haqida xat yoza olishlari, 3 - sinfda rasmlar (bir mavzuga oid bir necha
rasm, syujetli bir rasm, rasmni tasvirlash) asosida hayotiy tajribalari, kuzatishlari,
ekskursiyalardan olgan taassurotlari asosida rejani, avval jamoaviy ravishda, keyin
mustaqil tuzib hikoya qilish va uni yozishlari talab etiladi.
Boshlang`ich sinflarda insho ta`limiy xarakterda bo`ladi, 3-sinfdagina tekshiruv
insho o`tkazish mumkin. Rag‘batlantirish maqsadida ta`limiy insholar ham
baholanadi, lekin salbiy baho qo`yish tavsiya etilmaydi.
O`quvchilar tarbiyasida inshoning ahamiyati
Inshoning tarbiyaviy ahamiyati tanlanadigan mavzuga, shuningdek, insho
ustida o`quvchilar qanchalik mustaqil ishlashi va qiziqishiga, insho g‘oyasiga ham
bog‘liq.
Insho bolalarning voqea-hodisalarni chuqur his etishiga yordam beradi, izchil
fikrlashga o`rgatadi, tilga va adabiy ijodga qiziqishlarini o`stiradi. Bolalar eng
qiziqarli va o`zlariga yaqin voqea-hodisalar haqida hikoya qiladilar va yozadilar,
ularning inshosi mustaqil ishlash malakasini o`stiradi, ommaviy faollikni oshiradi.
Tanlangan mavzuning g‘oyaviy yo`nalishini ochish tarbiyaviy vazifani hal
qilishga imkon beradi. Bu jihatdan mehnat, mehnat qahramonlari haqidagi,
bolalarning hayoti, maktab, tug‘ilib o`sgan qishlog‘i yoki shahri haqidagi, urush
qahramonlari haqidagi mavzular ayniqsa qulay. Bu mavzulardagi insholar mehnat
kishilariga, qahramonlarga chuqur hurmatni tarbiyalaydi.
Insho jamiyat hayotini tushunishga o`rgatadi. Tabiatga, kishilarga, ularning
yaxshilikka intilishlari va harakatlariga, mehnatga va mehnat mahsuliga muhabbatni
tarbiyalaydi, kishilar xatti-harakatidagi chiroyli jihatlarni egallashga, hozirgi zamon
axloqiy talablarini anglashda o`quvchilarga yordam beradi.
Inshoning tarbiyaviy ahamiyatini oshirish uchun quyidagilarga rioya qilish
talab etiladi:
1. Osondan qiyinga tamoyiliga rioya qilgan holda og`zakiva yozma inshoni
muntazam o`tkazib borish bilan o`quvchilarda mustaqillikni tarbiyalash. Mustaqil
insho o`quvchilar faolligini o`stiradi.
2. Inshoni hayot bilan bog`lash. Bunda kuzatishlar asosidagi insho, kundalik
yuritish, qilingan ishlar yuzasidan «hisobot» tarzidagi insho, xat, maqola, o`qilgan
kitob haqida taqriz kabilarning tarbiyaviy ahamiyati juda katta.
―Vatan‖ so`zini aytish bilan kishining bolalikda o`sib-ulg‘aygan joyi tasviri
ko`z oldida paydo bo`ladi. Ishlab chiqarishga ekskursiya materiali asosida mehnat
haqidagi insho yangi tarbiyaviy imkoniyatlarni ochib beradi: unda bolalar ishlab
chiqarishdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklar, ilg‘or kishilar haqidagi, kasb va
mutaxassislik haqidagi, texnika haqidagi ma‘lumotlardan foydalanadilar. Ishlab
chiqarishga ekskursiya va mehnatni tasvirlash bilan bog‘liq holda kasb haqida
suhbatlashishga to`g`ri keladi va bu inshoda o`z aksini topadi. Mehnat haqidagi
insho gazetaga maqola shaklida yozilishi mumkin. Mehnat yoki ishlab chiqarish
haqidagi insho mavzulariga «Bizning qishloq», «Karam uzish», «Bog‘da», «Bizning
jamoa xo`jaligimiz», «Pochtada», «Do`konda», «Paxtakorlarga yordamimiz»,
«Bizning hashar», «Maktab yer uchastkasida», «Daraxt o`tqazish» kabilar kiradi.
«Men nimalarni bilaman?» mavzusidagi tanlovga bolalar juda qiziqadilar.
Tanlov bolalarning mehnat ko`nikmalarini aniqlabgina qolmay, ularni uyda, polizda,
bog‘da ishlashga rag‘batlantiradi. Maqsad kishilarga foyda keltiruvchi mehnatga
hurmatni tarbiyalashdir. Qishloq maktab o`quvchilari ota-onalariga sabzavotlar
ekish, hosilni yig‘ish, o`tin tayyorlash kabi ishlarda qanday yordamlashganliklari
haqida yozadilar. Sinfda mehnat haqidagi insho muhokama qilinadi. Bolalar foydali,
zaruriy ijtimoiy faoliyat sifatida mehnatning mohiyatini tushuntiradilar. Ular har
qanday mehnat e‘zozlanishini aytadilar.
Kelajak haqida «Kim bo`lishni xohlayman?» mavzusida tayyorgarliksiz hikoya
qilish tarzidagi insho ham katta tarbiyaviy kuchga ega.
Juda yaxshi yozilgan inshoni sinfda ifodali o`qib berish va tahlil qilish bolalarni
tarbiyalaydi. Ba‘zi maktablarda bolalar inshosi va hatto bolalar she‘rlari to`plami
tuziladi, yaxshi yozilgan hikoya uchun tanlov e‘lon qilinadi.
Insho mavzusi va uni yoritish
Mavzu insho predmeti bo`lib, uning mazmunini tashkil etadi. Mavzuga qarab
inshoda aks ettiriladigan materiallar, dalillar, hodisalar tanlanadi. Inshoning to`g`ri
va to`liq bo`lishi o`qituvchi mavzuni qanday shakllantirishi, o`quvchilar uni qanday
tushunishlariga bog‘liq.
Insho ustida ishlashda mavzu tanlash, uni rejalashtirishda esa og`zaki va yozma
insho mavzusini belgilab olish muhim rolь o`ynaydi.
O`quvchilar mavzuni yoritishga 1-sinfdan boshlab o`rganadilar. Ular mavzuga
oid gap tuzadilar. Masalan, bahor havosi haqida, ona qishlog‘i (shahri) haqida,
qo`rqoq quyon, ayyor tulki haqida gap tuzadilar. Keyin savollar asosida bir mavzuga
oid bir necha gap tuzib, uni yozadilar. Insho uchun iloji boricha tor − aniq
chegaralash mumkin bo`lgan mavzuni tavsiya qilish foydali. «Kuz» mavzusi
o`quvchilar uchun juda keng mavzu bo`lib, bunda o`quvchi umuman kuz haqida,
kuzda qilinadigan ishlar haqida yozishi mumkin, u yozadi − gaplarining aniq
chegarasini bilmaydi. O`quvchilarga kuzga oid «Paxta terimiga yordam», «Kuz
kunlarining birida», «Bog‘da olma terdik», «Pomidor terishga yordamlashdik»,
«Kech kuzda bog‘ manzarasi» kabi mavzularni tavsiya qilish mumkin.
Og`zaki va yozma insho ustida ishlashda mavzu berib, uni yoritishni talab
qilishdan tashqari, avval material to`plash va shu yig‘ilgan materiallar asosida
mavzuni shakllantirishni tavsiya qilish ham mumkin. Masalan, kech kuzda tabiatni
kuzatish va material yig‘ish tavsiya qilinadi, kuzatishlar «Kech kuzda» mavzusida
insho yozish bilan yakunlanadi. Bunda o`quvchilar mavzuni to`liq yoritadilar.
Insho rejasini tuzish
Reja har qanday og`zaki yoki yozma hikoya qilishning zaruriy pog‘onasi, uning
«loyihasi»dir. Kishi o`z nutqi haqida o`ylab, asosiy gaplarini belgilab oladi. Insho
uchun reja tuzish shuning uchun ham zarur. 1-sinfda reja rolini o`qituvchi savollari,
ya‘ni so`roq gaplar tarzidagi reja bajaradi; 2-sinfda reja o`qituvchi rahbarligida
jamoaviy tarzda tuziladi; 3-4-sinflarda esa mustaqil tuziladi. Boshlang`ich sinflarda
3 - 5 talik oddiy reja tavsiya qilinadi.
Bolalar avval o`qigan hikoyalariga reja tuzadilar va uni reja asosida qayta
hikoya qiladilar, keyin bayon rejasini tuzadilar, so`ng bir mavzuga oid bir necha rasm
(rasmlar seriyasi) asosidagi insho rejasini, ya‘ni rasmli reja tuzadilar, inshoga
sarlavha topadilar. SHundan so`ng tasvirlangan voqea-harakatlar aniq ajratilgan, reja
tuzishga qulay bo`lgan rasm yoki kuzatishlar asosida yoziladigan insho rejasini
tuzishga o`tiladi.
Reja tuzishga o`rgatishda oldin nima haqida to`xtalish, keyin uni qanday davom
ettirish, undan so`ng nima haqda aytish, nihoyat, hikoyani qanday tugatish
kerakligini o`quvchilarga tushuntirish foydali usul hisoblanadi. Reja avval so`roq
gap tarzida, keyin darak gap, oxiri nominativ gap tarzida tuziladi.
Reja ko`pincha insho yozishdan oldin unga tayyorlanish jarayonida (rasm
asosida yoziladigan insho rejasi kabi) tuziladi. Ba‘zan rejani ekskursiya, kuzatishdan
oldin, unga tayyorgarlik jarayonida tuzish maqsadga muvofiq. Ekskursiya, kuzatish,
ijtimoiy foydali mehnat rejasi shu ishlar bajarilishidan oldin yoki ular yuzasidan
material to`plash, insho uchun material tanlash va uni tartibga solish jarayonida
tuziladi. Bunday reja insho yozishdan oldin ko`rib chiqilib, unga ayrim aniqliklar
kiritiladi.
Inshoni yozishga tayyorlash
Og`zaki yoki yozma inshoning turi va vazifasiga qarab unga tayyorgarlik
ko`riladi.
Inshoga tayyorgarlikni o`qituvchi boshqaradi, bunga o`quvchilarni ishtirok
ettiradi, ularning o`ta faolligi va mustaqilligiga erishadi. Tayyorlik deganda,
birinchidan,
o`quvchilarda
nimanidir
tasvirlashga,
hikoya
qilishga
talab
uyg‘otadigan vaziyat yaratish; ikkinchidan, insho uchun yetarli bo`lgan zarur
material yig‘ish; uchinchidan, mavzuga oid, uni yoritishga mos bo`lgan til
vositalarini tanlash tushuniladi.
Inshoga tayyorlik inshoni yozishdan bir necha kun ilgari boshlanadi, darsdan
tashqari vaqtlarda va boshqa darslar jarayonida ham olib boriladi.
Og`zaki yoki yozma insho ustida ishlash quyidagi uch bosqichga bo`linadi:
1) material yig‘ish, ya‘ni kuzatish, ekskursiya, mehnat jarayoni, rasmni ko`rib
chiqish, kinofilьm, spektaklni ko`rish, badiiy va boshqa adabiyotlarni o`qish;
2) mavzuga va uni yoritishga mos material tanlash, uni tartibga solish,
joylashtirish, ya‘ni suhbat, muhokama qilish, zarur materialni ajratish, reja tuzish,
lug`at ustida ishlash, imlo va leksik tomondan tayyorlash va hokazo;
Birinchi va ikkinchi bosqichdagi ishlar, odatda, darsdan tashqari vaqtda
bajariladi. Masalan, ekskursiya asosidagi insho uchun material yig‘ish uni yozishdan
ancha ilgari boshlanadi; tabiat hodisalarini kuzatish bir hafta, hatto undan ko`proq
davom etadi; rasmlar esa insho yozishdan oldin ko`riladi.
Shunday qilib, insho yozish yoki og`zaki hikoya qilish darsi ilgari bajarilgan
ishlarning yakunidir. Insho darsining umumlashtiruvchilik roli bog`lanishli nutq
sohasidagi ko`nikmalarni egallash me‘yoriga qarab ortib boradi.
Insho darsining qurilishi tayyorlov bosqichining xarakteriga bog‘liq. Tayyorlov
bosqichida qancha ko`p ishlansa, insho darsida matn ustida shuncha chuqur ishlash
imkoniyati yaratiladi. Insho yozishdan oldin yoki og`zakihikoyalashda yig‘ilgan
materiallarni o`quvchilar yodiga tushirish, ularda qiziqish uyg‘otish, yozishga yoki
hikoya qilishga xohish uyg‘otish zarur.
Insho yozish darsida quyidagi bosqichlarga rioya qilinadi:
1. Mavzuni, inshoning vazifasini e‘lon qilish (yoki yodga tushirish), uni
o`quvchilar bilan muhokama qilish.
2. Kuzatish davrida to`plangan materialni tartibga solish yoki material yig‘ish
(masalan, rasmga qarab insho yozish uchun rasmni ko`rish) maqsadida suhbat
o`tkazish.
Keyingi ona tili darsining ikkinchi qismidan 15-25 minut vaqt ajratib,
tekshirilgan insholar yuzasidan yakuniy mashg‘ulot o`tkaziladi (insho tahlil qilinib,
xatolar ustida ishlanadi).
O`qituvchi har bir insho turi uchun o`quv vazifasini belgilab oladi. Masalan,
rasmlar seriyasi asosida birinchi marta yozdiriladigan insho uchun quyidagi vazifalar
belgilab olinadi:
1. O`quvchilarni inshoning yangi turi bo`lgan rasmlar seriyasi asosidagi insho
bilan tanishtirish.
2. Rasmli reja asosida matn rejasini tuzish.
O`quvchilarning mustaqillik darajasi o`sib borgani sayin, inshoga talab ham
orta boradi.
O`quvchilar inshosini tahlil qilish
Nutq o`stirish metodikasida o`quvchilar inshosi uchun baho me‘yori muhim
masala hisoblanadi. Tabiiyki, bunda yuqorida bayon etilgan asosiy talablarga rioya
qilinadi.
O`quvchilar inshosini baholashda quyidagilar hisobga olinadi:
1. Insho mavzusining yoritilishi (Mazmun mavzuga mosmi, ya‘ni yetarli
yoritilganmi, haqiqatga mos keladimi?).
2. Reja, kompozitsiya, izchillik (reja to`g`ri tuzilganmi, materialni bayon qilish
tartibi rejaga mos keladimi, mazmunda takror yo`qmi, zarur o`rinlar tushib
qolmaganmi, izchillik buzilmaganmi, asosiy fikr aniqmi, xulosa chiqarilganmi?).
3. Janri, uslubi (hikoya tarzidagi matnda tasviriy va muhokama elementlari
bormi, uslubda xatoga yo`l qo`yilmaganmi, insho mavzusi va vaziyatni yoritish
vazifasini janr va uslub oqlay oladimi, badiiylik elementlari bormi?).
4. Insho hajmi (so`z, gap soni; lakonizm yoki ko`p so`zlilik).
O`quvchilar inshosiga qo`yilgan bunday talablar uni baholashda real
yondashishga imkon beradi.
Nutqiy xatolarga noto`g`ri (noo`rin) tanlangan so`zlar, noto`g`ri tuzilgan gaplar,
morfologik shakllarni noto`g`ri ishlatish kiradi.
Boshlang`ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni
to`g`rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma‘lumot
yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish
uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o`rganish,
shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to`g`rilash va
oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug‟aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy,
sintaktik-uslubiy.
Boshlang`ich sinflarda lug‘aviy-uslubiy xatolar ko`proq uchraydi. Bunday
xatolarga quyidagilar kiradi:
1. Bir so`zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab,
birinchidan, o`quvchi so`zni ishlatishga kam e‘tibor beradi va faol lug`atidagi
so`zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o`quvchining so`z boyligi kam,
sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so`zlar o`rniga olmoshlardan foydalana
olmaydi.
Agar
o`qituvchi
bir
so`zni
qayta-qayta
ishlatmaslik
uchun
uning
ma‘nodoshlaridan yoki shu so`z o`rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi
tushuntirsa, kichik yoshdagi o`quvchi matnni e‘tibor bilan o`qib, takrorlarini
nisbatan tez tuzata oladi.
2. So`zning ma‟nosini yoki ma‟no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq
ma‟nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi,
so`z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.
Leksik xatolar xilma-xil bo`lgani uchun uni to`g`rilash va tushuntirish usullari
ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo`li bor: bu
yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o`qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan
tahlil qilish, matndagi so`zlarning ma‘no qirrasini tushuntirishdir.
Morfologik-uslubiy xatolarga so`z shaklini, so`z o`zgartuvchi va so`z yasovchi
qo`shimchalarni noto`g`ri qo`llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.
Sintaktik-uslubiy xatolarga so`z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi.
Bunday xatolar juda xilma-xildir.
Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto`g`ri bayon qilish nutqiy xato
hisoblanmaydi.
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos
kelmasligi, ya‘ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi.
Inshoga tayyorgarlik vaqtida o`quvchilar kuzatish, material to`plash, dalillarni
tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar
haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko`z oldilariga keltira olmaydilar,
natijada kompozitsion xatoga yo`l qo`yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to`liq
qamrab ololmaslik, materialni o`z o`rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni
rejali, izchil yozish ko`nikmasi murakkab ko`nikma bo`lib, u o`quvchilarda
muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi.
Mantiqiy xatolar:
1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo`lgan so`z, ba‘zan zarur lavha,
dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o`quvchining
insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo
ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya‘ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash
va sekin yozish natijasida ayrim o`rinlar yozuvda aks etmay qoladi.
2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi. Terimchi
paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o`quvchilar
matnni qayta o`qish va tahlil qilish jarayonida oson to`g`rilaydilar.
Xatolarni to`g`rilash va ularning oldini olish
O`quvchilar yo`l qo`ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har
bir xatoning kelib chiqish sabablarini o`rganish asosida nutqqa oid xatolarni
to`g`rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi:
1) nutqqa oid xatolarni o`quvchilar daftarida to`g`rilash;
2) sinf o`quvchilari uchun umumiy bo`lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda
ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho
va bayon tahlil qilinadi, o`quvchilarning yo`l qo`yilgan xatoni mustaqil ravishda
topishga va uni to`g`rilashga imkon beriladi);
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni topish,
tushuntirish va to`g`rilash;
Ko`rsatilgan yo`nalishlarning hammasi har bir sinf o`quvchilari uchun, ayniqsa,
III va IV sinf o`quvchilari uchun muvofiq keladi.
Nutqiy xatolarni to`g`rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog`lab,
maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi.
Nutqiy xatolarni to`g`rilash. O`quvchilar og`zakiva yozma nutqida yo`l
qo`ygan nutqiy xatolarni o`z vaqtida to`g`rilab borish zarur. O`quvchi yo`l qo`ygan
xatosining to`g`ri variantini o`zlashtirsin, imkoni bo`lsa, xatoning kelib chiqish
sababini tushunsin. Xatoni to`g`rilashning eng foydali usuli yo`l qo`ygan xatosini
o`quvchining o`zi to`g`rilashi hisoblanadi, agar o`quvchi xatosini to`g`rilay olmasa,
uni o`qituvchi to`g`rilaydi. Xato turiga qarab to`g`rilanadi: gap yoki so`z birikmasi
qayta tuziladi, so`z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so`z qo`shiladi, ortiqchasi
ustidan chiziladi.
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun
darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O`qituvchi o`quvchilar insho yoki
bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan
matnni o`qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va
nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo`l qo`yilgan xatoni to`g`rilash yo`li tushuntiriladi.
SHundan so`ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o`qituvchi yo`l qo`yilgan xatoning
bir turini to`g`rilash yuzasidan topshiriq beradi: «Noo`rin ishlatilgan so`zni boshqasi
bilan almashtiring». Xatosi bor matnni o`qib yoki yozib beradi, o`quvchilar yo`l
qo`yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so`z bilan almashtirib, uni
to`g`rilaydilar va tushuntiradilar.
Ayrim o`quvchilar yo`l qo`ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda,
qo`shimcha mashg‘ulot jarayonida to`g`rilanadi. O`quvchi bilan individual suhbatda
ham, sinfda jamoa bo`lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, ya‘ni
u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to`g`rilashi va tushuntirishiga
erishish muhimdir.
Grammatikaga oid mavzuni o`rganishda o`quvchilar yo`l qo`yishi mumkin
bo`lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar
yaratishi tushuntiriladi. Masalan, «Olmosh» mavzusini o`rganganda, kishilik
olmoshlarining takrorlangan so`zlar o`rnida qanday ishlatilishi o`quvchilarga
misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya
qiladilar.
O`quvchilarning og`zakiva yozma nutqini o`stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi
uch asosiy omilga bog‘liq:
1) so`zga e‘tibor bilan munosabatda bo`lish, o`quvchilarning ko`p mutolaa
qilishi, atrofidagi kishilarning to`g`ri va ifodali nutqi, ya‘ni nutqiy sharoit;
2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;
Savol va topshiriqlar
1. O`quvchilar nutqini o`stirish sohasida maktab va o`qituvchi oldiga qo`yilgan
asosiy vazifalarni ayting.
2. Boshlang`ich sinf o`quvchilaridan biri nutqining asosiy xususiyatlarini
tekshiring.
3. Maktabda lug`at ustida ishlashning asosiy yo`llarini tushuntiring.
4. «Lug`at ustida ishlashda o`quvchilarning bilish faolligi va mustaqilligini
oshirish» mavzusida axborot tayyorlang.
5. Izohli lug`atlar, sinonimlar, antonimlar, frazeologik lug`atlardan foydalanib,
I, II, III, IV sinf uchun ikkitadan leksik mashq tuzing.
6. Boshlang`ich sinflarda sintaktik ishlar haqida gapiring.
7. Fe‘llarda shaxs-son va zamonni o`rganishga bog‘liq holda so`z birikmasi
ustida ishlashga oid bir necha mashq tayyorlang.
8. «Ot» mavzusini o`rganishga bog‘liq holda gap ustida ishlashga doir to`rtta
mashq tayyorlang.
9. Bog`lanishli nutqni o`stirish jarayonida o`quvchilarda hosil qilinadigan
asosiy ko`nikmalarni ayting.
10. «O`quvchilar bog`lanishli nutqini o`stirishda namunaviy matnning o`rni»
mavzusida axborot tayyorlang.
NUTQIY XATOLAR VA ULARNI BARTARAF ETISH YO’LLARI
Nutqiy xatolarga noto‘g‘ri (noo‘rin) tanlangan so‘zlar, noto‘g‘ri tuzilgan
gaplar, morfologik shakllarni noto‘g‘ri ishlatish kiradi.
Boshlang‘ich sinflarda bunday xatolar ustida ishlash ancha qiyin, chunki ularni
to‘g‘rilash va oldini olish uchun ona tili dasturida berilgan qisqa nazariy ma’lumot
yetarli emas. Bolalar nutqini takomillashtirish ustida rejali, muntazam ish olib borish
uchun asosiy nutqiy xatolar turini bilish zarur. Bunday nutqiy xatolarni o‘rganish,
shuningdek, ularning kelib chiqish sabablarini tekshirish xatolarni to‘g‘rilash va
oldini olish uchun zamin hozirlaydi.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi: lug‘aviy-uslubiy, morfologik- uslubiy,
sintaktik-uslubiy.
Boshlang‘ich sinflarda lug‘aviy-uslubiy xatolar ko‘proq uchraydi. Bunday
xatolarga quyidagilar kiradi:
1.
Bir
so‘zni
qayta-qayta
ishlatish.
Bunday
xatoning
kelib
chiqishiga sabab, birinchidan, o‘quvchi so‘zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol
lug‘atidagi so‘zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o‘quvchining so‘z boyligi
kam, sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so‘zlar o‘rniga olmoshlardan foydalana
olmaydi.
Agar
o‘qituvchi
bir
so‘zni
qayta-qayta
ishlatmaslik
uchun
uning
ma’nodoshlaridan yoki shu so‘z o‘rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini yaxshi
tushuntirsa, kichik yoshdagi o‘quvchi matnni e’tibor bilan o‘qib, takrorlarini
nisbatan tez tuzata oladi.
2. So‘zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq
ma’nosida ishlata olmaslik.Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi,
so‘z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.
3. Shevaga xos so‘zlardan foydalanish. O‘quvchilar bunday so‘zlarni ota-
onalarining nutqi va nutqiy sharoit ta’sirida qo‘llaydilar. Ularda adabiy tilda
qo‘llanadigan tushunchalarni shakllantirish asosida shevaga xos so‘zlarni
ishlatmaslik ko‘nikmasi hosil qilinadi.
Leksik xatolar xilma-xil bo‘lgani uchun uni to‘g‘rilash va tushuntirish usullari
ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo‘li bor: bu
yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o‘qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan
tahlil qilish, matndagi so‘zlarning ma’no qirrasini tushuntirishdir.
Morfologik-uslubiy xatolarga so‘z shaklini, so‘z o‘zgartuvchi va so‘z yasovchi
qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.
Sintaktik-uslubiy xatolarga so‘z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi.
Bunday xatolar juda xilma-xildir.
Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto‘g‘ri bayon qilish nutqiy xato
hisoblanmaydi.
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos
kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi.
Inshoga tayyorgarlik vaqtida o‘quvchilar kuzatish, material to‘plash, dalillarni
tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar
haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko‘z oldilariga keltira olmaydilar,
natijada kompozitsion xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to‘liq
qamrab ololmaslik, materialni o‘z o‘rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni
rejali, izchil yozish ko‘nikmasi murakkab ko‘nikma bo‘lib, u o‘quvchilarda
muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi.
Mantiqiy xatolar:
1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo‘lgan so‘z, ba’zan zarur lavha,
dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o‘quvchining
insho yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo
ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash
va sekin yozish natijasida ayrim o‘rinlar yozuvda aks etmay qoladi.
2. Mantiqiy izchillik bo‘ziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi.
Terimchi paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni
o‘quvchilar matnni qayta o‘qish va tahlil qilish jarayonida oson to‘g‘rilaydilar.
Xatolarni to‘g‘rilash va ularning oldini olish
O‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xatolarni guruhlash, ularning turlarini aniqlash va har
bir xatoning kelib chiqish sabablarini o‘rganish asosida nutqqa oid xatolarni
to‘g‘rilash va ularning oldini olish tizimi ishlab chiqiladi:
1) nutqqa oid xatolarni o‘quvchilar daftarida to‘g‘rilash;
2) sinf o‘quvchilari uchun umumiy bo‘lgan nutqqa oid xatolar ustida sinfda
ishlash (buning uchun darsning 15-20 minutlik qismi ajratiladi va tekshirilgan insho
va bayon tahlil qilinadi, o‘quvchilarning yo‘l qo‘yilgan xatoni mustaqil ravishda
topishga va uni to‘g‘rilashga imkon beriladi);
3) ayrim individual xatolar ustida darsdan tashqari vaqtda ishlash, xatoni
topish, tushuntirish va to‘g‘rilash;
4) yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan nutqiy xatolarning oldini olishga qaratilgan
uslubiy mashqlar tizimi (o‘qish va grammatika darslarida matnni til tomonidan tahlil
qilish o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan xato ustida ishlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi);
5) o‘quvchilarni tuziladigan matn leksikasidan, ayrim sintaktik qurilmalardan
foydalanishga tayyorlash maqsadida har bir hikoya, insho, bayondan oldin uni til
jihatidan mashq qilish;
6) imkoni bo‘lsa, grammatik mavzu o‘rganilayotganda, shu mavzu xatoning
oldini olish uchun asos bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatish − tushuntirish;
7) o‘quvchilarni yozgan insho va bayonlarini o‘zlari tekshirishiga va mustaqil
takomillashtirishi (tahrir qilish)ga maxsus o‘rgatish.
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlarning hammasi har bir sinf o‘quvchilari uchun,
ayniqsa, III va IV sinf o‘quvchilari uchun muvofiq keladi.
Nutqiy xatolarni to‘g‘rilash va oldini olish til ustida ishlash bilan bog‘lab,
maqsadga muvofiq holda uyushtiriladi.
Nutqiy xatolarni to‘g‘rilash. O‘quvchilar og‘zaki va yozma nutqida yo‘l
qo‘ygan nutqiy xatolarni o‘z vaqtida to‘g‘rilab borish zarur. O‘quvchi yo‘l qo‘ygan
xatosining to‘g‘ri variantini o‘zlashtirsin, imkoni bo‘lsa, xatoning kelib chiqish
sababini tushunsin. Xatoni to‘g‘rilashning eng foydali usuli yo‘l qo‘ygan xatosini
o‘quvchining o‘zi to‘g‘rilashi hisoblanadi, agar o‘quvchi xatosini to‘g‘rilay olmasa,
uni o‘qituvchi to‘g‘rilaydi. Xato turiga qarab to‘g‘rilanadi: gap yoki so‘z birikmasi
qayta tuziladi, so‘z boshqasi bilan almashtiriladi, zarur so‘z qo‘shiladi, ortiqchasi
ustidan chiziladi.
Insho yoki bayonni tahlil qilish darsida xatolar ustida ishlash maqsadi uchun
darsning ikkinchi qismi – 20-25 minuti ajratiladi. O‘qituvchi o‘quvchilar insho yoki
bayonni qanday yozganlari haqida qisqa tushuncha berib, eng yaxshi yozilgan
matnni o‘qib beradi, mazmundagi, mavzuni yoritishdagi kamchiliklar, imloviy va
nutqiy xatolar aniqlanadi. Yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘rilash yo‘li tushuntiriladi.
Shundan so‘ng xato ustida birgalikda ishlanadi: o‘qituvchi yo‘l qo‘yilgan xatoning
bir turini to‘g‘rilash yuzasidan topshiriq beradi: Noo‘rin ishlatilgan so‘zni boshqasi
bilan almashtiring. Xatosi bor matnni o‘qib yoki yozib beradi, o‘quvchilar yo‘l
qo‘yilgan xatoni topadilar, maqsadga muvofiq so‘z bilan almashtirib, uni
to‘g‘rilaydilar va tushuntiradilar.
Ayrim o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan individual xatolar darsdan tashqari vaqtda,
qo‘shimcha mashg‘ulot jarayonida to‘g‘rilanadi. O‘quvchi bilan individual suhbatda
ham, sinfda jamoa bo‘lib ishlash jarayonidagi kabi bolalarning aqliy faolligiga, ya’ni
u xatosi nimadaligini tushunibgina qolmay, balki uni to‘g‘rilashi va tushuntirishiga
erishish muhimdir.
Grammatikaga oid mavzuni o‘rganishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yishi mumkin
bo‘lgan xatoning oldini olish uchun mazkur mavzu ularga qanday imkoniyatlar
yaratishi tushuntiriladi. Masalan, Olmosh mavzusini o‘rganganda, kishilik
olmoshlarining takrorlangan so‘zlar o‘rnida qanday ishlatilishi o‘quvchilarga
misollar bilan tushuntirilsa, ular ham insho yoki bayon yozishda shunga rioya
qiladilar.
O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdagi muvaffaqiyat quyidagi
uch asosiy omilga bog‘liq:
1) so‘zga e’tibor bilan munosabatda bo‘lish, o‘quvchilarning ko‘p mutolaa
qilishi, atrofidagi kishilarning to‘g‘ri va ifodali nutqi, ya’ni nutqiy sharoit;
2) bolalarning nutqiy tajribasi qanday tashkil etilishi;
3)
nutq
o‘stirishda
o‘qituvchining
til
nazariyasiga,
grammatikaga,
leksikologiya va stilistika elementlariga asoslanish ko‘nikmasi.
O’zini-o’zi nazorat qilish savol-topshiriqlar.
1. O`quvchilardagi tipik orfografik xatolarni aniqlash
2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarining bilim, ko`nikma va malakalarini tekshirish
uchun materiallar tayyorlash
3. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini nutqini o`stirishga oid mashq turlarini ishlab
chiqish
4. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini morfologik tahlilga o`rgatish
5. Ona tili darslarida o`tkaziladigan leksik-semantik ishlar
6. Bayon uchun material to`plash
8. Darsliklardagi insho uchun berilgan materiallarni tahlil qilish
9. O`quvchilar nutqidagi xatolarni aniqlash va bartaraf qilish
ONA TILIDAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR.
Boshlang’ich sinflarda o’qish va yozish darslaridan so’ng, sinfdan tashqari
darslari muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, sinfdan tashqari o’qish bolalarning
o’qishga o’rgatishning maxsus bo’limi bo’lib, uning maqsadi o’quvchini
mustaqil ravishda va muntazam kitob o’qishga odatlantirish, keyin esa
o’quvchilarda kitob o’qishga ehtiyoj uyg’otadi. Sinfdan tashqari o’qshi darslarida
va darsdan tashqari vaqtda o’quvchilar bolalar yozuvchilarining asarlari bilan
tanishishlari kerak.
O’qituvchi sinfdagi o’quvchilarning qanday kitoblarni o’qishga qiziqishi,
ularning xususiyatlari va maktab kutubxonasi fondini hisobga olgan holda
asarlarni o’zi tanlaydi.
O’qituvchi sinfdan tashqari o’qish uchun adabiyotlar tanlashda,
bolalarning yangi yozuvchilar bilan tanishib borishlari kerakligini unutmasligi
lozim. Boshlang’ich sinf o’quvchilari badiiy asarlaridan tashqari vaqtli matbuot
va ilmiy-ommabop asarlar bilan ham tanishtirib borilishi kerak. (3-4 sinf)
Sinfdan tashqari o’qishni to’g’ri tashqil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan: 1 sinfdan savod o’rgatish o’tib bo’lingandan so’ng, o’qish boshlanadi.
O’qish o’quv yillining oxirigacha davom etiladi. Yillik o’quv rejaga ko’ra 70 soat
o’qish o’tiladi. Haftasiga 4 soatdan. Shundan haftaga bir marta o’qish darsining
ikkinchi yarmida sinfdan tashqari o’qish uchun (15-20) o’tkaziladi. Sinfdan
tashqari o’qish uchun hozirgi kunda 1-2-3 sinflarga maxsus qo’llanma
chiqarilgan. Ushbu qo’llanmadan foydalanish to’liq o’quvchilar talabini qondira
olmaydi. Chunki, DTS da boshlang’ich sinf o’quvchilari 1 sinfdanoq badiiy
adabiyotlar bilan ishlash, har bir dars uchun bitta kitob tanlash kerak deb
uqtirilgan. Bu tanlangan kitoblardagi mavzular: Tabiat, undagi narsalar,
mavsumiy o’zgarishlar, inson va uning mehnati, yaratuvchanlik faoliyati, shahar
va qishloqdagi ishlar, hayvon va hasharotlar hayoti, xalq og’zaki ijodi namunalari
Sargo’zashtlar, sayr va sayohatlar haqidagi she’r va hikoyalar kiritilgan bo’lishi
lozim. O’qish doirasi rangli rasmli kitoblarni tomosha qilish, matnlarni o’qish
uchun tanlash, 1-2 betli matnlarni o’qishni mashq qilish. Qolgan sinflardagi
sinfdan tashqari o’qish darslarini tuzilish quyidagicha tashqil etilsa, maqsadga
muvofiq bo’ladi:
1. Har bir darsning tuzilishi bir-biridan farq qilishi lozim. Bu farq uch
qismdan iborat bo’lishi lozim: qiziqarli kitobni aniqlash (3-5 minut), o’qigan
kitoblardan nimalarni bilib olganligi haqida suhbat (15-20 minut), dars vaqtida
uyg’ongan qiziqishni qondirish uchun o’quvchilarning o’zlari nima qilishlari
haqida ko’rsatma berish (2-3 minut) qolgan 15-17 minut o’qilgan asrlarning
muhokamasiga bag’ishlanadi.
Bu vaqt mobaynida eng qiziqarli kitob tanlab olinadi (O’quvchilar bilan
hafta mobaynida o’qilgan kitoblarini olib kelishadi) va tanlab olingan kitob ovoz
chiqarib o’qiladi. O’qilgan asar o’quvchilar bilan birga muhokama qilinadi.
O’qilgan asar bevosita dasturga mos kelishi kerak.
Ikkinchi sinf o’quvchilari sinfdan tashqari o’qishga quyiladigan talablar
quyidagilar: kitob o’quvchi hayotiy faoliyatining ajralmas qismiga aylanishi
zarur, kitobni muqaddas deb bilishi, sevib ardoqlab o’qishi va mazmunini,
ma’nosini uqib olishlari lozim.
O’qish darslari o’quvchilarning dunyoqarashi to’g’ri shakllanishiga, ularda
to’g’rilik, halollik, qat’iylik, mehr-oqibat, fuqarolik burchi, milliy g’urur egasi
bo’lishi kabi yaxshi hislatlar undirilishiga bu tushunchalarni ular kundalik
hayotda qo’llay bilishlari kabi ongli munosabatlar tarbiyalashga ko’maklashish
kerak. Bolalarning o’qish tezligi oshirishga alohida e’tibor beriladi. Ular ifodali
o’qishga tayyorlanadi. Ikkinchi sinf uchun ham ikki haftaga bir soatdan to’liq
sifndan tashqari dars o’tiladi. (17 soat o’tiladi)
3 sinf uchun sinfdan tashqari o’qishga DTS ga ko’ra 17 soat o’tiladi.
Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari o’qishga kichik yoshdagi o’quvchilarni
ona tiliga tayyorlashning ajralmas qismi, ta’lim jarayonida ularni tayyorlash va
rivojlantirishning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o’qishning
maqsadi kichik yoshdagi o’quvchilarni bolalar adabiyoti namunalari bilan
tanishtirish, ularga kitobga qiziqishni mustaqil o’qishga ijobiy munosabatni
shakllantirishdir.
Boshlang’ich ta’limda bolalar adabiyoti bilan ishlashni asosiy sharti
sinfdan tashqari o’qish darslari hisoblanadi.
Sinfdan tashqari o’qish dasturiga ko’ra ta’limning har bir bosqichida ikki
asosiy bo’lim ajratiladi:
1. Shu bo’limlardan birida o’qish doirasida o’qitiladigan kitoblar va ularni
o’qish tartibi yo’zasidan o’quvchilarga ko’rsatmalar beriladi.
2. Keyingi bo’limda o’quv materiali asosida o’quvchilarga bilim beriladi,
ularda kerakli bilim va ko’nikma shakllantiriladi.
Sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari o’qish darslari bilan bog’lab olib
boriladi. O’quvchilar o’qituvchi rahbarligida avval g’oyaviy mavzularga oid
birinchi (2 tadan 4 tagacha) kitoblar bilan tanishadilar, keyin yozuvchilarning
asarlari bilan tanisha boshlaydilar. Shundan so’ng kichik yoshdagi boalalrning
qiziqishlari, imkoniyatlari va yoshlarga xos bo’lgan kitoblarni mustaqil tanlab
o’qishga o’tiladi.
3 sinfda o’quvchilar o’zbek va chet el yozuvchilarining bolalar uchun
yozgan asarlarini o’qiydilar. Sinfdan tashqari o’qish darslarida A.Avloniy,
Q.Muhammadiy, Erkin Vohidov, P.Mo’min, Z.Diyor, I.Muhsin, A.Obidjon,
X.To’xtaboev asarlari bilan tanishadilar. Bo’lardan tashqari ular vaqtli matbuot
(«G’uncha», «Tong yuldo’zi») kabilarda tengdoshlari haqida yozilgan maqolalar,
hikoyalar va she’rlar bilan tanishib boradilar.
Sinfdan tashari o’qish boshlang’ich sinflarda o’qiladigan barcha fanlar
dasturlari, bo’limlari bilan bevosita bog’liq bo’ladi. O’z navbatida grammatika,
yozuv, tabiatshunoslik, mehnat, tasviriy san’at va musiqani o’rganishda olingan
bilim va hosil qilingan ko’nikmalardan o’qish darslarida foydalaniladi.
4 sinfda ham sinfdan tashari o’qish uchun 12 soat ajratilgan. Ikki haftada
bir marotaba degan ma’noni anglatadi. DTS ga ko’ra 34 sinf o’quvchilari
mustaqil ravishda badiiy-ilmiy, maqola va asarlarni ajrata olishi va mustaqil
o’qib, o’qigan asarlarini mag’zini aytib bera olishlari kerak. Bundan tashqari
tanish bo’lmagan mualliflarning kitoblari, muqovasi titul varag’i, kirish so’zi,
mundarijasiga va kitob ichidagi sur’atlarga qarab asarlarning taxminiy
mazmunini aniqlash kabi holatlarni bilishi lozim.
M: tabiat darslarida o’tkazilgan sayohatida «daraxtlar bilan tanishish» yoki
«O’simliklarning foydali xususiyatlari» mavzulari bo’yicha insho yoki bayon
yozish mumkin va h.k.
Bola o’qigan narsasini tushunadi, ko’zatadi, bir-biri bilan bog’lanishini
aniqlaydi. O’qituvchi so’zlarning leksik ma’nosini tushuntirishi, yangi so’zlarni
nutqida kuylay olishi qobiliyatini o’stirishi lozim.
Mashqlar davomida o’quvchilar so’zlarni qiyoslash, qarama-qarshi
qo’yish, guruhlashga o’rganadilar. Bunday mashqlar jarayonida o’quvchilar
o’zlarining umumiy o’xshash va o’ziga xos belgilarni ajratadilar. Lug’at ishining
bu turida quyidagi tarzadagi mashqlardan foydalanishlari mumkin:
1. Predmetlarni guruhlash. M: qushlar o’simliklar, o’quv qurollari (bir
turdagi predmet nomlarini sanab, umumlashtiruvchi bir so’z bilan atash)
Musicha, chumchuq, mayna, qaldirg’och, qushlar.
2. Predmetlarning ikki yoki uch guruhga ajratish. M: Hayvonlar: uy va
yovvoyi hayvonlar.
3. Belgilarga qarab predmet nomini topish. M: oq, shirin. Bu nima? Oq
sovuq. Bu nima?
4. Pedmetni u yoki bu guruhga kirishini aniqla ganini aniqlash va h.k.
Umuman o’qituvchilar o’quvchilarning imlo va grammatikadan qay
darajada malaka hosil qilganini aniqlash va bu malakani rivojlantirib,
takomillashtirib borishi uschun, yozma ishda yo’l qo’yilgan xatolarni hisobga
olib borish zarur. Ayniqsa, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilar uchun alohida daftar
tutib, ularga mustaqil va qo’shimcha ravishda vazifalar berib borishi kerak.
Alohida daftarga qayd qilib, natijalarni yozib borishi lozim. Xato yozilgan
so’zlarni analiz qildirish, ko’chirtirib yozdirish, qoidasini so’rash kabi ishlar
o’quvchilarni aktivlashtiradi.
O’qituvchi chorakda, yarim yilda, yil oxirida o’quvchilar yozgan yozma
ishlardagi xatolarni to’la analiz qilishi mumkin. Shundagina o’qituvchi qaysi
o’quvchi qanday xatolarga yo’l qo’yishi mumkinligi haqida tasavvurga ega
bo’ladi.
O’qituvchi o’quvchilar yo’l qo’yayotgan xatolarning sababini bilishi
muhim ahamiyatga ega. Xatoldarning kelib chiqish sabablari turlichadir.
1. O’quvchi qoidani bilmaydi.
2. Qoidani biladi, lekin amalda qo’llay olmaydi.
3. Qoidalarni aralashtirib yuboradi.
4. Yozadigan so’zlarni tushuntirmaydi, xato qiladi.
5. ayrim nutq tovushlarini xato eshitadi.
6. Yozish jarayonida o’zini tekshirib borolmaydi va h.k.
Mavzu yuzasidan test savollari
1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida qo’llaniladigan asosiy metodlarni
belgilang.
A) Bayon qilish va mustaqil ish metodi
B) Suhbat metodi, yarim izlanishli metod
C) Induktsiya va deduktsiya metodi
*D) Izohli o’qish
2.Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning qo’shimcha shakli qaysi javobda
berilgan?
A) Maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari
*B) Kutubxona bilan ishlash
C) O’quvchilarning badiiy obrazlarni idrok etishini kuzatish
D) Sinfda o’qish darslari
3. Sinfdan tashqari o’qishning maqsadi nima?
A) o’qish malakalarini takomillashtirish
B) kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri
baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash
C) o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalash
D) Adabiy jarayon haqida ma’lumot berish
4 Sinfdan tashqari o’qish darslarining bosqichlari qaysi javobda to’g’ri
ko’rsatilgan?
A) Tayyorgarlik 1-bosqich, boshlang’ich 2-bosqich, asosiy 3-bosqich
B) Kirish suhbati, 1-bosqich asarni o’qib berish, 2- bosqich yakunlovchi suhbat,
3-bosqich
C) O’qituvchi o’qib beradi (1-bosqich), magnitofondan eshittiradi (2-bosqich),
so’zlab beradi (3-bosqich)
D) Rasmlarni tomosha qilish (1-bosqich), asar muallifi bilan tanishish (2-
bosqich), asar muharriri bilan tanishishi (3-bosqich)
5. Sinfdan tashqari o’qish uchun kitob tanlashda qanday tamoyillarga
amal qilinadi?
A) Tarbiyaviy maqsad ko’zda tutiladi, o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi
hisobga olinadi
B) Kitob tanlashda badiiy qimmati hisobga olinadi
C) Maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari
D) O’qishi mashq qilish
6. Sinfdan tashqari o’qishga rahbarlikning asosiy shakli qaysi javobda
berilgan?
A) Maxsus sinfdan tashqari o’qish darslari
B) Ona tili darslari
C) O’quvchilarning badiiy obrazlarni idrok etishini kuzatish
D) Sinfda o’qish darslari
7. Darsga qo’yiladigan umumiy talablar qaysi javobda keltirilgan?
A) Ta’limiy va tarbiyaviy talab
B) Didaktik talablar
C) Psixologik va gigienik talablar
*D)Barcha javoblar to’g’ri
8. Didaktik maqsadga ko’ra ona tilidan dars turlari to’g’ri ko’rsatilgan
javobni aniqlang.
A) Yangi mavzu o’rganiladigan, aralash darslar, umumlashtiruvchi dars,
ta’limiy bayon darslari
*B) Yangi mavzuni o’rganish, bilimni mustahkamlash, bilimlarni hisobga olish
darslari, aralash darslar
C) Til dalillarini kuzatish, takrorlash, umumlashtirish, yangi mavzuni o’rganish
D) Tekshirish darsi, umumlashtirish darsi
9. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan asosiy metodlarni
belgilang.
A) Bayon qilish va mustaqil ish metodi
B) Suhbat metodi, yarim izlanishli metod
C) Induktsiya va deduktsiya metodi
*D) Barcha javoblar to’g’ri