1
BOLA TARBIYASIDA INTERFAOL O‘YINLARNING AHAMIYATI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida interfaol o’yinlarni
ahamiyati
1.1.Maktabgacha yoshdagi bolalar trabiyasida interfaol o’yinlarning tutgan o’rni
1.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarga ta’lim tarbiya berishda qo’llaniladigan
o`yinlarning bola tarbiyasidagi o`rni
II.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berish jarayonida
interfaol o’yinlardan foydalanish texnologiyasi
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishda qo’llaniladigan
interfaol o’yinlardan foydalanish usullari
2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’llaniladigan interfaol o’yinlarning ta`lim
jarayonidagi samarasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
2
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Maktabgacha ta’lim tashkilotilaridagi- ta’lim–tarbiya
jarayonida
ilgʻor
pedagogik
va
axborot texnologiyalardan
foydalanish,
tashkilotilarni zamonaviy bilimlar bilan qurollangan tarbiyachilar bilan toʻldirish
hamda ularda kasbiy malaka, faoliyatga nisbatan ijodiy yondashuv hissini qaror
toptirish, uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlarning muhim
yoʻnalishlaridan biridir. Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy
hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan
taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish
bo‘yicha-Harakatlar
strategiyasida
ta’lim
sohasini
tubdan
takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol
avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli
sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan
bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish
ko‘zda tutildi. Maktabgacha ta’lim. Uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini
hisoblangan ushbu soha har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini
tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Lekin,
tahlillar shuni ko‘rsatdiki, oxirgi yillarda turli omillar ta’sirida maktabgacha ta’lim
tizimida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash borasida rivojlanish o‘rniga, orqaga
ketish holatlari, yil davomida maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim
tashkilotilariga qamrab olish ko‘rsatkichlari o‘sishi tendensiyasi kuzatilmadi.
Aksincha, so‘nggi-20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim
tashkilotilari soni 45 foizdan ziyodroq kamayib, bugungi kunda Respublika
bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil
etdi. Bunga mavjud maktabgacha ta’lim tashkilotilarining moddiy-texnika bazasi
zamonaviy talablarga javob bermasligi, tizimda variativ dasturlar, bolalarni
maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarning ishlab chiqilmaganligi,
rivojlangan mamlakatlarning tajribasi yetarli darajada o‘rganilmaganligi, faoliyat
yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati oliy ma’lumotli emasligi, ta’lim sifati
monitoringi yuritilmaganligi kabi omillar sabab bo‘ldi. Davlatimiz rahbari
3
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
mustaqilligining
26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: “Maqsadimiz kelgusi
3-4 yilda mamlakatimizdagi bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim
tashkilotilariga to‘liq qamrab olishdan iborat va biz bunga albatta erishamiz”, - deb
ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «Maktabgacha ta’lim tizimi
boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston
Respublikasi
maktabgacha
ta’lim-
vazirligi
faoliyatini
tashkil
etish
to‘g‘risida»gi farmon va qarorlari, shuningdek, “Maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Bunga misol
tariqasida bir nechta qarorlarini,farmonlarini misol qilib keltirsak adashmaymiz.
Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to’g’risidagi
PQ – 3261 sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim tizimini
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi PQ – 4312 sonli
qarorlarining qabul qilinishi asosida Maktabgacha ta’lim sohasida keng ko’lamli
ishlar amalga oshirilmoqda Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning boshlang’ich
qismi hisoblanadi. U bolaning sog’lom va rivojlangan shaxs bo’lib shakllanishini
ta’minlab, o’qishga bo’lgan ishtiyoqini uyg’otadi, tizimli o’qitishga tayyorlab
boradi. Shunday ekan, bu tizim faoliyatini yanada kuchaytirish, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida har tomonlama qulay shart-sharotlar yaratish, ularga maktabgacha
yoshdagi bolalarni keng jalb etish farzandlarimizning barkamol va yetuk shaxs
bo’lib shakllanishida muhim o’rin tutadi. Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha
ta’lim toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, ota–
onalarning mustaqil ta’lim berishi orqali, shuningdek maktabgacha ta’lim
tashkilotilariga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotilarida,
maktablarda yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftda 2-3 marta
shugʻullanishadi. Ota –onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi
beriladi.
4
I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasida interfaol o’yinlarni
ahamiyati
1.1.Maktabgacha yoshdagi bolalar trabiyasida interfaol o’yinlarning tutgan o’rni
O'yinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar tashkilotisi hayotini u bilan
boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham o'yin bolalar hayotining kun tartibiga
doimiy qilib kiritilgan.-O'yinlar uchun nonushtagacha va undan keyin,
mashg'ulotlardan so'ng, sayrlardan so'ng, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt
ajratiladi. Ertalab o'ta harakatchanlikni talab qilmaydigan o'yinlar uchun sharoit
yaratish maqsadga muvofiqdir. Mazmunan ko'proq didaktik o'yinchoqlar, stol ustida
o'ynaladigan stol-bosma o'yinlari, syujetli-rolli o'yinlarni o'ynagan ma'qul. Sayr
davomida harakatli o'yinlarni, qurish-yasash o'yinlarini tashkil etish foydalidir. Kun
tartibida o'yin uchun maxsus vaqt belgilash o'yinning mustaqil faoliyat sifatida
mavjud bo'lishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya
vositasi
sifatida
qo'llanilishining
eng
muhim
pedagogik
shartidir.
Bolalar o'yinning o'ziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning
faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi o'zaro munosabatlarini aks
ettiradi.- O'yin paytida xona bolalar uchun dengiz, o'rmon, metro, temir yo'l vagoni
bo'lishi mumkin.Bola hech qachon jim o'ynamaydi, bitta o'zi o'ynasa ham u
o'yinchoq bilan gaplashadi, o'zi tasvirlayotgan qahramon bilan muloqot o'rnatadi,
onasi, bemor, shifokor xullas hamma- hammaning o'rniga o'zi gapiraveradi. So'z
obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq o'yin jarayonida juda katta
ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, o'z his-tuyg'u, kechinmalarini
o'rtoqlashadi. So'z bolalar o'rtasida do'stona munosabatlar o'rnatilishiga, tevarak-
atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bo'lishga yordam beradi.
Bolalarning o'zi yaratgan o'yindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif
etilgan o'yinning g'oyasi, mazmuni, o'yin harakatlari, rollar, o'yin qoidalari uning
tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir..-O'yinlarning bunday bo'lishi albatta shartli
bo'lib, bir o'yinda har xil hayotiy voqealar aks etishi ham mumkin. G'oya o'yinning
mazmuni, jonli to'qimasi, uning rivojla- nishini, o'yin harakatlarini, bolalar
5
munosabatlarining har xilligi va o'zaro bog'lanishini belgilab beradi. O'yinning
qiziqarli bo'lishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari o'yinning mazmuniga
bog'liq. O'yinda bola ijro etadigan rol o'yinning asosiy o'zagi va tarkibiy qismidir.
Shuning uchun ham bu o'yinlar rolli yoki syujetli-rolli o'yinlar nomini olgan. Bolalar
o'yiniga tarbiyachining rahbarlik qilishi. O'yin bolalarning qiziqarli ermagigina
bo'lib qolmay, shu bilan bir qatorda u bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashning
muhim vositasi hamdir. Ammo o'yin kattalar tomonidan tashkil etilib, unga rahbarlik
qilingandagina ijobiy natija beradi. Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan,
quyidagi talablarga e'tibor berishi zarur: o'yin mazmunining ta’lim- tarbiya beruvchi
ahamiyatga ega bo'lishi, aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar to'g'ri va
to'la bo'lishi, o'yin harakatlariga faol, ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy
xususiyatga ega bo'lishi kerak. Hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini e’tiborga
olgan holda o'yinga rahbarlik qilish, o'yinchoqlarni va boshqa kerakli materiallardan
maqsadga muvofiq foydalanish, bolalarning o'yinda xayrixoh va xursand
bo'lishlarini ta’minlash lozim. Pedagog bolalar o'yiniga rahbarlik qilar ekan, bola
shaxsi- ning hamma tomonlariga: ongiga, his-tuyg'ulariga, irodasiga, xulqiga ta'sir
etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tomondan
tarbiyalashda foydalanishi lozim. O'yinda bola kishilarning axloq-odob normalarini,
mehnatga munosabatlarini bilib oladi. Tarbiyachi bolalar o'yiniga rahbarlik
qilayotib, ularni jamoa orqali ham tarbiyalab boradi. O'yin jarayonida bolalar o'z
xohishlarini jamoa xohishi bilan kelishib olishga, o'yinda o'rnatilgan qoidalarga
rioya qilishga o'rganadilar.Ammo o'yinga to'g'ri rahbarlik qilinmasa, u noxush
oqibatlarga ham olib kelishi mumkin. Tarbiyachi bolalarni jismoniy tomondan
tarbiyalashda o'yindan keng foydalanadi. Juda ko'pchilik o'yinlar bolalardan
faol harakat qilishni talab etadi, bu esa o'z navbatida organizmda modda
almashinishini yaxshilaydi, qon aylanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari faol
harakat qilish bola gavdasining to'g'ri o'sishini, harakatlari chiroyli bo'lishini ham
ta’minlaydi. O'yin orqali tarbiyachi bolalarda quvnoq kayfiyat yaratadi, ijobiy
ruhiyat hosil qiladi, bu esa bolaning asab-ruhiy, jismoniy tarbiyasini yaxshilaydi.
O'yin bolalarga estetik tarbiya berish vositasi sifatida ham keng qo'llaniladi.
6
Bolalar tevarak-atrofdagi hayotni, voqelikni obrazlar, rollar orqali ham aks
ettiradilar. O'yinda bolalarning avval olgan taassurotlari orqali obraz yaratishlari -
xayol juda ham katta ahamiyatga ega. Bolalar juda ko'p o'yinlarda avval o'rgangan
ashula, she’r, raqs, topishmoqlardan keng foydalanadilar. Bundan tarbiyachi
bolalarda estetik did, zavqni tarbiyalashda foydalanadi. O'yin vaqtini tanlay bilish
ham muhim ahamiyatga ega. Nonushta bilan mashg'ulot o'rtasida bolalar o'yiniga 8-
10 daqiqa vaqt beriladi. Bunda bolalar ko'pincha avval boshlagan o'yinlarini davom
ettiradilar. Sayrda bolalarning o'ynashlari uchun 1 soat - 1 soat 20 minut vaqt
ajratiladi. Kunduzgi uyqu va kechki nonushtadan keyin ham bolalar o'yiniga vaqt
beriladi. Bunda bolalar ko'proq syujetli-rolli o'yinlarni, qurilish materiallari,
qo'g'irchoqlar bilan, stol usti o'yinchoqlari o'ynashlari mumkin. Shu bilan birga
ermak o'yinlardan ham foydalaniladi. Ammo o'yin bilan ta'lim o'rtasidagi
bog'liqlikbola ulg'aygan sari o'zgarib boradi. Kichik guruhda o'yin ta'lim berishning
.isosiy shakli hisoblansa, katta guruhga borganda esa mashg'ulotlarda ta’limning roli
ortadi. Tayyorlov guruhiga borganda bolalarning o'zlarida maktabdagi o'qishga
ishtiyoq uyg'onib qoladi. Ammo bolalar uchun o'yinning qadri yo'qolmaydi, balki
mazmuni o'zgaradi. Endi bolalarni ko'proq fikriy faollikni talab etuvchi o'yinlar, port
tarzidagi o'yinlar qiziqtira boshlaydi.-Shunday qilib, pedagogika fani o'yinga bola
shaxsini har tomonlama shakllantirish vositasi va ular hayotini tashkil etish shakli,
bolalar jamoasini shakllantirish vositasi deb qaraydi. Bolalar ham xuddi katta
odamlar singari doim ma’lum faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ladilar. Katta odamlar
boshqa odamlar uchun kerak bo‘ladigan ijtimoiy foydali narsalar ishlab chiqarish
faoliyati bilan band bo‘lsalar, bolalar faoliyatining asosiy maqsadi bilib olish,
o‘rganishda asoslanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning faoliyatlari – o‘yin, rasm
chizish, plastilin yoki loydan biron narsa yasash, applikatsiya, qurish-yasash va shu
kabilardan iborat bo‘lishi mumkin. Bolalar odatda kishilarning -topshiriq va
takliflari bilan ma’lum faoliyatga kirishadilar.-Ayrim hollardagina bolalarning
o‘zlari mustaqil ravishda u yoki bu faoliyatni bajaradilar. Har ikki holatda ham
bolalar faoliyati ma’lum natijaga ega bo‘ladi. Faoliyat mahsuloti bolalar
faoliyatining natijasiga qarab o‘rganiladi. Ko‘pincha bolalar faoliyatining mahsuli
7
ular chizgan rasmlarga, loy yoki plastilindan yasalgan narsalarga qarab o‘rganiladi.
Bolalar psixologiyasiga ko’ra ularni maktabgacha ta’lim muassasasiga berish va
mavjud qobiliyatiga qarab kelajakdagi sohasini shakllantirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Bugun ayni shu sohada interfaol texnologiya va metodlar ta’lim tizimiga joriy
etilmoqda. Interfaol o’rganish, shubha yo’qki, pedagogikaning qiziqarli, ijodiy,
istiqbolli yo’nalishidir. Bu ularning psixologik imkoniyatlarini hisobga olgan holda
maktabgacha yoshdagi bolalarning barcha imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga
yordam beradi. Interaktiv texnologiyalardan foydalanish butun dunyo bo’ylab
dunyodagi bolalar haqidagi bilim va taqdimotni boyitishga imkon beradi,
tengdoshlar va kattalar bilan munosabatlar haqida bolalarni ijtimoiy munosabatlar
tizimida faol munosabatda bo’lishga undaydi. Pedagogika sohasida bir nechta o’quv
modellari farq qiladi: 1) Passiv – bola mashg’ulotning “ob’ekt” sifatida ishlaydi
(tinglash va tomosha qilish) 2) faol – bola mashg’ulotning “mavzusi” sifatida
ishlaydi (mustaqil ish, ijodiy vazifalar) 3) Interfaol – bola va o’qituvchining o’zaro
ishlashi. Shuningdek, aytib joizki, bunday o’quv va ta’limning asosiy vazifalari:
•Bolalar tashabbusi hamda o’zaro mustaqilligi rivojlanishi;
•Ma’lumotni o’rganish va mustaqil ravishda ishlab chiqarish qobiliyatini
shakllantirish;
•Bolalar bilan integratsiyalashish;
•Bolalar va kattalar o’rtasidagi muloqotlar;
•Bolaning jamiyatga faol jalb qilish. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlash
uchun interfaol 78 ata 78 z 78 ic texnologiyalarni joriy etish asta-sekin amalga
oshiriladigan jarayon, bu, albatta, maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh
xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Bugun yurtimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida bir necha interfaol
texnologik mashg’ulotlardan foydalaniladi. Misol uchun: “Kichik guruhlarda
ishlash(Troika) “ ushbu ish texnologiyasining qo’llanilishi barcha bolalar asosida
ishlash imkonini beradi. Bolalar o’z mustaqil ishlarini, nafaqat o’zining balki
o’rtog’ining ishini baholashni, o’zaro aloqa qilish, bir-birlariga yordam berishni
o’rganadilar. “Zanjir” Ushbu texnologiyaning asosi bitta vazifaga har bir
8
ishtirokchining izchil yechimi qidirishi hisoblanadi. Umumiy maqsadning
mavjudligi, va o’zaro bir-birlariga yordam ko’rsatish muhitini bir-birlari bilan
qamrab olishga, vazifani hal qilish imkoniyatlarini taqdim etadi, bolalarda jamoada
ishlash imkoniyatini shakllantiradi. “Bilim daraxti”- bu bolalarda kommunikativ
ko’nikmalarni rivojlantiradi, muzokaralar olib boorish va vazifalarni hal qilishda
mas’uliyat his qilish qobiliyatini shakllantiradi. Interfaol mashg’ulotlar faol o’quv
usulining navlaridan biridir. Interfaol o’quv o’zaro ta’siri nafaqat tarbiyachi va
maktabgacha yoshdgi bolajonlar o’rtasida amalga oshiriladi, bu holda barcha
ko’plab tinglovchilar birgalikda ishlaydi (yoki guruhlarda ishlaydilar). Interfaol
o’rganish usullari har doim o’zaro ta’sir, hamkorlik, qidirish, muloqot, odamlar yoki
inson va axborot muhiti o’rtasidagi o’yindir. Darslarda faol va interfaol o’rganish
usullaridan foydalangan holda o’qituvchi talabalar tomonidan o’qilgan materiallar
miqdorini 90 foizgacha oshiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasidagi interfaol
texnologiyalar va o’quv usullariga asosan qo’llaniladi. Maktabgacha tarbiyachi
uchun o’yin – bu asosiy faoliyat va u orqali bolaning yoshida zarur bo’lgan hamma
narsani o’rgatishingiz mumkin. Shu o’rinda dunyoning rivojlangan mamlakatlarui
tajribasiga ham nazar tashlaymiz. Masalan:
1. Regjio Emiliya usuli. O’z-o’zini boshqarish- bu usulning o’ziga xos xususiyati.
Uning falsafasi shundan iboratki, bolaning shaxsiyati, ular o’sib ulg’aygan
paytlarida yoshligida paydo bo’ladi va ularda o’zlarini va g’oyalarini ifoda etishning
ko’plab usullari mavjud. O’zlarini ifoda etishning bu usullari haykaltaroshlikdan
tortib rasmgacha bo’lishi mumkin. Bolalarning o’zlarini namoyon etishlariga imkon
berish ushbu uslubning asosiy tarkibiy qismi bo’lganligi sababli, ushbu
maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga o’z bilimlari doirasi
bo’yicha so’z beriladi. Ularga ko’chib o’tishga, kuzatishga, narsalarga teginishga va
sinfdagi boshqa bolalar bilan munosabatlarini o’rganishga ruxsat beriladi.
2. Waldorf usuli. Waldorf uslubining diqqat markazlari qat’iy akademiklar emas.
Buning o’rniga, u o’z hayotining mazmunini topa oladigan har tomonlama
rivojlangan bolalarni rivojlantirishga intiladi. Ushbu intizom bolalarni mustaqil
fikrlovchi bo’lishlarini istaydi. Shunday qilib, ushbu uslub o’zlarining o’quv
9
dasturlariga san’at, musiqa, hissiy, jismoniy va akademik ta’lim kabi ko’plab
fanlarni o’z ichiga oladi. O’qish keyinchalik kiritiladi va Waldorf maktablari bolalar
79ata bo’lguncha kitoblardan foydalanmaydi va o’rta maktabgacha kompyuterlarni
joriy qilmaydi.
3. Play-Way usuli. Bolalar o’yin-kulgini yaxshi ko’radilar va ushbu maktabgacha
tarbiya o’yin uslubini ta’lim usuli sifatida ishlatadi. Ular o’ynashdan tuzilgan
faoliyatni o’rganishadi. Shunday qilib, uni boshqa usullar bilan, shuningdek
sinfxonalarda birlashtirish mumkin. Asosiy e’tibor o’yin-kulgi va o’ynashga
qaratilganligi sababli, bolalar ko’pincha maktabgacha tarbiya uslubidan
zavqlanishadi.
4. Bank ko’cha usuli. Ushbu uslubning maqsadi bolalarni umrbod o’rganishga
undaydi. Bolalarga shunchaki faktlarni yodlatishning o’rniga, boshqotirmalar,
ekskursiyalar va bloklar kabi o’rganishning boshqa usullari beriladi. Bu sinfda
raqobatbardosh emas, bolalarni o’z tezligida va tengdoshlari bilan o’zaro
munosabatlar orqali o’rganishga undaydi. O’yin o’rganish uchun foydalanadigan
asosiy elementlardan biridir.
5. Tilga sho’ng’ish. Ba’zi odamlar yoshligingizda tillarni o’rganish osonroq deb
o’ylashadi. Ikkinchi tilni bilish, bolani karerada o’sishiga olib kelishi yoki
oilangizning madaniy kelib chiqishi va aloqalarini saqlab qolishi mumkin. Ushbu
maqsadga yordam berish uchun immigratsion maktabgacha ta’lim muassasalari
mavjud. Ular bolalarni uyda gaplashmaydigan tillar bilan tanishtirishga yordam
berishi yoki ota-onalarning ularga boshqa tilni o’rgatish harakatlarini kuchaytirishi
mumkin. Siz qisman yoki to’liq suvga cho’mishni tanlashingiz mumkin. Qisman,
maktabgacha yoshdagi vaqtning yarmiga yaqini tilni o’rganishga sarflanadi. Ba’zi
maktabgacha ta’lim muassasalari bolalarga STEM (Fan, texnologiya, muhandislik
va matematika) ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam berishga ahamiyat berishadi
. STEM-ga asoslangan dasturlar talabalardan faqat faktlarni yodlashni talab qilish
o’rniga, mustaqil fikrlaydiganlarni yaratishga intiladi. Talaba muammolarni hal
qilish, savollar berish, tajribalar o’tkazish va kuzatuvlar o’tkazish haqida bilib oladi.
Shubhasiz, bu boshlang’ich va o’rta maktablarda bajarilgan STEM ishi kabi deyarli
10
jalb qilinmasa ham, nazariya shundan iboratki, bu bolalarga yaxshi boshlanishni
ta’minlaydi. Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham mavjud. Bu esa ko’pgina ota-
onalar maktabgacha ta’limning afzalliklarini tushunmaydilar. O’qituvchilar
maktabgacha ta’lim dasturining ahamiyatini namoyish etishlari va sinfda
ishlayotgan barcha narsalar o’z farzandini bolalar bog’chasiga va undan tashqariga
qanday tayyorlayotganligini tushuntirishlari muhimdir. Maktabgacha tarbiya – bu
nafaqat hayotda muloqot qilish uchun ajoyib imkoniyat bo’lgani uchun, balki butun
hayoti davomida har tomonlama barkamol o’quvchi va shaxs bo’lish uchun
poydevor yaratganligi uchun bola hayotidagi muhim vaqt. Maktabgacha ta’lim
strategiyalari uch va to’rt yoshli bolalarning tajriba darajasida til, fan va matematika
fanlarini kiritishi kerak. Qaysi turdagi yoki uslubdagi maktabgacha ta’lim
muassasasini tanlasangiz ham, bolangiz bu bilan o’zlarini qulay his qilishi kerak
chunki ular tarbiyachilari bilan birga ular ko’p vaqt sarflashadi. Siz ularni
maktabgacha ta’lim muassasalarida bosim yoki cheklovlarni his qilishni
xohlamaysiz – bu ularning maktabni umuman yoqtirmasligiga ishontirishi mumkin,
bu esa ularning akademik faoliyatining qolgan qismida muammo tug’dirishi
mumkin. O’qishga ijobiy munosabatda bo’lish, chunki ular buni qiziqarli deb
bilishadi, ularning umumiy baxtini va uzoq muddatli muvaffaqiyatlarini ochish
uchun kalit bo’ladi. Qaysi usulni tanlashingizdan qat’iy nazar, ular biron bir narsani
o’rganishadi va har bir dars ularning rivojlanishi uchun juda muhimdir.
1.2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti bolalarga ta’lim tarbiya berishda qo’llaniladigan
o`yinlarning bola tarbiyasidagi o`rni
Bugungi kunda ta’lim tizimida, jumladan, maktabgacha ta’lim tizimida ham yan
gi pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan keng foydalanilmoqda. Bu
texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini,
ulardan samarali foydalanish yo'llarini amaliyotchi-tarbiyachi va o'qituvchilarga
yetkazib berish pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Ta’lim texnologiyasi tushunchasi ta'lim maqsadiga erishish quroli, ya'ni oldindan
11
loyihalashtirilgan ta'lim jarayonini yaxlit tizim asosida bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish va shu maqsadga erishishning metod, usul va vositalari
tizimini, ta'lim jarayonini boshqarishni ifodalaydi. Pedagogik texnologiyaning
markaziy muammosi bola shaxsini rivojlantirish orqali ta'lim maqsadiga erishishni
ta’minlashdan iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir:
kafolatlangan yakuniy natija, ta'limning sama- radorligi, qaytuvchan aloqaning
mavjudligi, ta'lim maqsadining aniq shakllanganligi. -
O'yin texnologiyasi ham o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish
kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi, oldindan
belgilangan nati- jalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
L.S. Vigodskiy o'yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni
o'zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:
maftunkorlik;
kommunikativlik;
o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
tashxis;
o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;
ijtimoiylashuvlik.
S.A. Shmakovning ta'kidlashicha, o'yinlar quyidagi to'rt asosiy xususiyatga ega:
erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o'yinni o'zi tanlay- di, unda faol ishtirok
etadi. Bunda birinchi navbatda, yakuniy natija emas, balki o'yin jarayoni muhim
ahamiyatga ega;
*ijodiy xarakter, ya'ni o'yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta imkoniyatlar
mavjud;
*emotsional ta’sir - bola o'yinda markaziy o'rin egallash- ni xohlaydi, g'olib
bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;
*asosiy va qo'shimcha qoidalar o'yin mazmuni, uning mantiqiy ketma-ketligini
belgilaydi.
12
O'yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, natijalarni tahlil
qilish kabi komponentlar kiradi.- O'yinning eng asosiy xususiyati uning
ijodiyligidadir. U o'zaro kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon
bo'ladi. O'yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga
oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o'z
imkoniyatlarini to'la amalga oshiradi. O'yinli faoliyatni motivatsiyalash o'yin
xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o'zini namoyon qila olishi, o'z
imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. Jarayon
sifatida o'yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:
o'ynash uchun olingan rollar;
bu rollarni ijro etish vositasi bo'lgan o'yin harakatlari;
haqiqiy narsalarni shartlilarga almashtirish;
o'yinda ishtirok etuvchilarning real o'zaro munosabatlari;
o'yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
Har qanday texnologiyada, jumladan, o'yin texnologiyalari- da ham, o'quv
maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologi yaning asosiy negizidir. Maqsad to'g'ri
qo'yilishi uchun tarbiyachi bolaga nimani o'rgatmoqchi bo'lganligini bilishi kerak.
Bitta mashg'ulotda bitta maqsad qo'yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bolalarni 3
raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha berish va h.k. O'yin
texnologiyalari (ayniqsa, bog'cha bolalari uchun) rivojlantiruvchi maqsadlarni
(bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak- kurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham
mumkin. Bunda o'yin jarayonida yakuniy natija muhimroq bo'ladi. Maktabgacha
ta'lim tizimida pedagogik o'yinlarning shakllari va amalga oshirish metodlari.
Pedagogik ijrochilik o'yinlarini bola uch yoshdan boshlab o'zlashtira boshlaydi. Shu
yoshga kelib bola odamlar o'rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi,
hodisalarning ichki va tashqi- tomonlarini ajrata boshlaydi, o'zida ichki
kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. Maktabgacha yoshda
bolalar o'yin faoliyatini o'zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi
faoliyatga tayyor- lana boshlaydilar. Maktabgacha ta'lim tizimida qo'llaniladigan
pedagogik o'yinlarning quyidagi turlari mavjud:
13
Bolalar kayfiyatini ko'taruvchi;
Hamkorlikka chorlovchi;
Bolalarni o'zligini namoyon etishga chorlovchi;
Bolalarda o'ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual
muammolarni yo'qotishga qaratilgan;
Maktabgacha
bolalar
xatti-harakatidagi
cheklanishlarni
tavsiflovchi
(diagnostika);
Bolalar shaxsi strukturasiga ijobiy korreksiyalar beruvchi;
Millatlararo bag'rikenglikni shakllantiruvchi;
Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o'yinlar;
Pedagogik o'yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin.
Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik
o'yinlar;
Pedagogik
jarayonlarning
xarakteriga
qarab:
ta’lim-tarbi-
yaviy,
rivojlantiruvchi, ijodiy, psixotexnik o'yinlar;
O'yinlar metodlariga qarab: predmetli, sujetli, badiiy rolli, hodisalarni
tasavvur etuvchi va dramalashtiruvchi o'yinlar;
Predmetlar asosidagi o'yinlar: matematik, biologik, ekologik, musiqali, texnikaviy,
jismoniy tarbiyalovchi,iqtisodiytejamkor- lik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni
rivojlantiruvchi o'yinlar. O'yin vositalari bo'yicha: o'yin vositalari (koptok, pirami-
da, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o'yinlar va o'yin vositalarisiz amalga
oshiriladigan o'yinlar xontaxta ustida, xonada va dalada o'ynaladigan o'yinlar,
kompyuter va televizor o'yinlari kabi texnik vositalar.
Ijodiyo`yinturlasi
Ijodiy o'yinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan taasurotlari aks ettiriladi.
Ijodiy o'yin bolalarning mustaqil o'yini bo'lib, o'yinning mazmunini ular o'zlari
o'ylab topadilar. Bu o'yinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashkilotchilik va
ijodkorlik qobiliyatlari to'laligicha namoyon bo'ladi. Ammo o'yinda hayotiy
taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu
14
bolalarning o'yin g'oyasini yaratishlarida, uning mazmunini tuzib, tasvirlovchi
vositalarni tanlashlarida va shunga o'xshashlarda namoyon bo'ladi. Syujetli-rolli
o'yin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy o'yin turlaridir.-Syujetli-rolli o'yin
o'z xususiyatiga ko'ra aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atrofdagi kattalar va
tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu o'yin mazmuniga manba bo'lib xizmat qiladi.
Bolalarning tevarak-atrofdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan
taassurotlari ijodiy o'yinda qayta ishlanadi, to'ldiriladi, sifat jihatidan o'zgartiriladi.
Bolalarning bunday o'yinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir.
Bolalar o'yinining o'ziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir.
Tasvirlovchi vaziyat bolalarga o'yin jarayonida yuklangan rol va o'yin syujetidan
tashkil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham o'z ichiga oladi. O'yinning
syujeti - bir-biriga hayotiy aloqador bo'lgan qator voqea- hodisalar yig'indisidir. Rol
syujetli-rolli o'yinning asosiy zanjiri hisoblanadi. O'yin bolada qanoatlanish,
xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi
kayfiyat uyg'otadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi. Bola
o'ynayotganda har xil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka
taxta ustidan o'tadi, engashadi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hokazo. Bu
harakatlarning hammasini bola bemalol, o'z xohishi bilan bajaradi, natijada bolaning
muskullari pishiydi, u harakatni yengilroq, chaqqonroq bajaradigan bo'lib qoladi.
Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham o'yin katta ahamiyatga ega. O'yin
natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli o'yinlar bola kuzatuvchanligini,
qiziquvchanligini, bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi. O'yinda bola o'z oldiga
maqsad qo'yadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topag'onlikka
o'rgatadi. O'yin jarayonida juda ko'p gaplashishga, tortishishga, bahslashishga to'g'ri
keladi. Bolalar o'zi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda ko'p
o'ylab, fikrlashishlariga to'g'ri keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va xayolining
rivojlanishida
muhim
ahamiyatga
egadir.
Bola o'z o'yinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bog'liq bo'lgan u
yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola o'yinida ona rolini
o'ynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda
15
bo'lib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar o'qib beradi. Bu o'yin bolada
muloyimlilik,
g'amxo'rlik,
e’tiborlilik
kabi
yaxshi
hislarni
uyg'otadi.
Rolli-syujetli o'yinlarning o'ziga xos xususiyati. Rolli o'yinlarning boshqa o'yinlarga
nisbatan o'ziga xos xususiyatga cgaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan
vaziyatning mavjud bo'lishidir. Bolalar biror narsa yoki voqea to'g'risida yetarlicha
lasavvurga ega bo'lgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan, bolalar "paroxod"
o'yinini o'ynamoqchi bo'lishdi. Bunga o'yinning qanday borishi to'g'risida syujet
kerak. Syujet bolalarning bilimiga bog'liq bo'ladi. Bolalarda avval g'oya paydo
bo'ladi, keyin mazmun rivojlanadi. Ba'zan bolalar o'yinning qanday borishini
oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga "bormoqchi” bo'lsalar, sayohat
vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar. Bundan ko'rinib turibdiki,
rolli o'yin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan o'zaro
munosabatda bo'ladilar. Rolli o'yinda har bir bola o'ziga olgan rolni bajaradi
masalan, ona, haydovchi, tarbiyachi, enaga, san'atkor va hokazo. Rolli o'yinlarda
didaktik, qoidali - harakatli o'yinlardagi singari qat'iy o'rnatilgan qoida bo'lmaydi.
Bunda ko'pincha bolalar o'z xayol qilgan narsalari bo'yicha harakat qiladilar.
Masalan, "raketa tushib oyga uchadilar”, "paroxodda suzadilar", "kasalni
davolaydilar”. Ammo bolalarning xayollari bilan o'ynashlari ularni real voqealikdan
uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tug'iladi, yo'q, bolalar o'zlari buning
o'yinligini yaxshi biladilar. Shu bilan birga bolalarningkechinmalari, hayajonlari,
qilgan harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan bo'ladi. Masalan, "doktor”
rolidaga bola kasal to'g'risida qayg'uradi. O'yin mavzui bolalar olgan taassurotning
kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. O'yinda bolalar aks ettiradigan
ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasining kengayib
borishiga bog'liq bo'ladi. Rolli o'yinlarining mazmuni va mavzusi o'zgarishi bilan
bir qatorda uning tuzilishi va o'yin shartlari o'zgaradi, bolalarning mustaqilligi va
tashabbuskorligi ham o'sib boradi. Avvalgi bolalar o'z-o'zicha alohida-alohida
o'ynaydilar. Sekin-asta rolli o'yinlarning paydo bo'lishi, o'yinda kishilar o'rtasidagi
munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan o'yinni keltirib chiqaradi. Avvaliga
katta bo'lmagan guruhchalar 2-3 kishidan iborat bo'lib o'ynashadi, katta va tayyorlov
16
guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar. O'yinda har xil rollar orqali o'zaro
munosabatda bo'lish bolalarda o'rtoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam
beradi.- O'yinning tuzilishi va mazmuni o'zgarishi bilan o'yinchoqning roli va
bolalarning unga nisbatan talabi ham o'zgarib boradi va h.k. Bog'cha yoshidagi
bolalarda ijodiy o'yinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi bolalarning o'yinlari
yangi tus oladi: bola qo'g'irchoqni va o'zini kishilarning nomi bilan atay boshlaydi:
masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan,
deb so'rasa, "Haydovchiman” deb javob beradi. Yoki qizcha qo'g'irchog'iga ovqat
pishirayapti. "Sen kimsan?”- degan savolga "Men oshpazman” deb javob beradi.
Bolalar o'z o'yinlarida sekin-asta murakkab bo'lmagan syujetli o'yinlarni o'ynay
boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks
etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi.Yana
ovqat berishadi va uxlatishadi. Yoki qo'g'irchoq kasal bo‘Iib qolsa, darrov uning
qo'li, oyog'i bog'lanadi, yolg'ondakam dori beriladi.Uchinchi yoshning oxiriga kelib
bola rol tanlay boshlaydi. "Men oyisiman”, "Men - vrachman” deb bular birdaniga
enaga,
tarbiyachi,
doktor
bo'lib
qolishi
mumkin.
Bola to'rt yoshga o'tganda syujetli-rolli o'yinlar ancha rivojlana boshlaydi. O'yinlar
mavzui har xil bo'lib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar o'z o'yinlarida oila, MTMni,
avtobusda, tramvayda kelayotgan kishini aks ettiradilar. Tevarak-atrofni kuzatish
natijasida tasavvurlari kengayadi, hu ularning o'yin mazmuniga ta'sir etadi:
bayramlar, magazin, transportning har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu
yoshda ular hayotdagi voqealar o'rtasidagi bog'liqliklarni liali tushunib
yetolmaydilar.
Bola besh yoshga qadam qo'yganda undagi kuzatuvchanlik tafakkuri rivojlanganligi,
bilim doirasi kengayganligi sababli o'yin mazmuni ham murakkablashib boradi.
Xayolning rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni bo'yicha
murakkab bo'lmagan o'yinlarni o'ynashadi. O'yin mazmuni bilan bir qatorda
bolalarda hislar ham livojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda liissiyot
yuqori bo'ladi. O'yin birinchidan, xursandchilik bilan liamohang kechadi.
Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini o'z o'yinlarida aks ettiradilar. Katta
17
maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy o'yin juda liam yaxshi rivojlanadi. Bu
o'yinlarda bolalar o'zlari eshitgan, ko'rgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqa
manbalardan olgan bilim, malakalarini, his-hayajonlarini to'la qo'llay boshlaydilar.
Bu yoshdagi bolalar o'yinlarida berilgan ta'lim- larbiyaning natijasi yaqqol ko'rinib,
sezilib turadi. Bolalar kim bilan o'ynashi to'g'risida va o'yinning qanday borishi
to'g'risida o'zaro kelishib oladilar. Uzoq davom etadigan o'yinlar maktabgacha
yoshdagi bolalar o'yinlarining yuqori bosqichi hisoblanadi. Katta maktabgacha
yoshdagi bolalar o'yinlariga to'g'ri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam
jamoasi yuzaga kelib, u o'z an’anasiga, o'z qoidasiga ega bo'ladi. Bolalarda
birgalikda ijod qilish qobiliyati rivojlanadi, ular o'rtoqlarining fikri bilan
kelishadigan, fikriga quloq soladigan bo'lib boradi. Bolalar jamoasining shakllanishi
uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar o'rtasida murakkab munosabatlar
yuzaga kela boshlaydi. Har bir bolaning o'ziga xos xususiyati yaqqol namoyon bo'lib
boradi. Bunda bolalar faol tashkilotchi, o'ziga ishonadigan va aksincha, tortinchoq,
indamaslarga bo'linadi. Faol bolalar har doim o'yinni o'z xohishiga qarab tanlaydi,
qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular ba’zan o'yinni buzishadi, o'rtoqlarini xafa
qilishadi, ammo tarbiyachining ta'siriga tez berilishadi. Ularning ijobiy
xususiyatlari, sog'lom qiziqishlari bo'ladi, tarbiyachi mana shular asosida ularning
ongi va hissiga ta’sir etadi. O'yin mavzusi o'zgarishi bilan o'yinda
qatnashuvchilarning ham o'zaro munosabatlari o'zgarib boradi. Kichkina
bolalarning har biri o'z holicha o'ynasa, keyinchalik 2-3 kishi bo'lib o'ynay
boshlaydi, o'rta maktabgacha yoshga kelganda o'ynovchilar soni ko'payib, o'rtoqlik
munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar o'yinga mavzu tanlashda,
rollar va o'yinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi. -O'yinning tuzilishi va
mazmuni rivojlanib borishi bilan o'yinchoqning roli va unga talab ham o'zgarib
boradi. Kichkina bolalar o'yinini ko'pincha o'yinchoq belgilaydi. Bitta o'yinchoq bir
nechta vazifani bajarishi mumkin. O'rta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda
o'yin to'g'risidagi fikr avval tug'iladi. Keyin o'ynay boshlaydi. O'yinchoq o'yin
mazmuniga qarab tanlanadi.
18
II.BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berish jarayonida
interfaol o’yinlardan foydalanish texnologiyasi
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishda qo’llaniladigan
interfaol o’yinlardan foydalanish usullari
19
- Bolalarning o'ynashlari uchun ma’lum vositalar kerak. Rolli o'yinlarda bolalar har
xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarning o'z
harakatlari; o'yinchoq va boshqa materiallar; so'z. Bolalarning asosiy tasvirlovchi
vositalari o'zlarining harakatidir. Masalan, bola ikki oyog'ida sakrab quyonchaga
laqlid qiladi. Ikki qo'lini qimirlatib, pishillab parovoz bo'ladi va h.k. Bolalarning
ko'p harakatlari qurish, yasash bilan bog'liq bo'ladi, ular soatlab parovoz, paroxod,
elektrovoz quradilar, ularni o'ziga o'xshatishga urinadilar. Ko'pincha qurish
o'yinning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga o'yinchoq ham kiradi.
O'yinchoq bola harakatini to'ldiradi, o'ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga
yordam beradi. Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq
bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug'diradi. Bolalar o'yin
jarayonida ba'zi bir narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o'sha
xohlagan narsalarini laraz qilib juda yaxshi o'ynaydilar, masalan, taomni “konfet",
qumni "shakar”, stulni "mashina” deb atashlari mumkin. So'z yordamida bolalar
qanday o'yin o'ynashlarini kelishib oladilar. So'z yordamida bir-biri bilan
muomalada bo'lib, o'z likrlarini izhor etishadi. So'z har xil taassurotlarni ifodalash
imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko'pincha bir vaqtda foydalanadilar.
Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko'p bo'lsa, o'yin mazmuni shunchalik boyroq bo'ladi
hamda tevarak-atrofdagi voqea- lardan taassurot shunchalik to'laroq aks ettiriladi.
O'yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab j,irayon bo'lgan bolalar
jamoasi ham shakllana boshlaydi. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lgani
uchun uning syujetini bolalar o'zlari o'ylab topishadi va o'zlari tashkil etishadi.
O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a’zosi deb hisoblashadi, o'zaro
kelishib harakat qilishga o'rganishadi. Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir
bola o'ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va shu
jamoada o'rnashib olishi lozim. Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar
bilan o'ynay olishi, diqqatini shunga to'play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu
boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o'ynay olish malakasining shakllanishiga
yordam beradi. Bolalar birgalikda o'ynashga o'tganlarida bir-birlari bilan ma’lum
20
munosabat o'rnatishlari lozim bo'ladi. Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni
shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o'ynashga o'rgatish orqali
erishadi. Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy
o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol
qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik
va o'z-o'zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida
quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar
matniga ko'ra belgilanadi. Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki
ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini
beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning
harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita
hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir.
Ba’zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish
ham, qiziqish ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi
rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi. Bunday
o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida his etib, uning sezgi,
kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida
so'zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida
mavjud bo'lgan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy
asarning g'oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi. Ertak yoki
hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli
bo'lib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri aks
ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha sahnalashtirilgan o'yin
o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga yordam beradigan
tayyorgarlik ishini o'tkazishi kerak. Bu ish oldindan bir qator mashg'ulot va o'yinlar
o'tkazish orqali amalga oshiriladi. Sahnalashtirilgan o'yinga tayyorlanish uchun
ma’lum bir vaqt ajratiladi va har bir mashg'ulotda aniq masalalar hal etib boriladi.
Masalan, tarbiyachi hazil she’r o'qiyotib jonli nutqqa yaqinlashadi, bolalarga
so'zlarni, tovushlarni qanday talaffuz etish kerakligini tushuntiradi. Qaytarishda esa
tarbiyachi bolalardan so'zlarni aniq, balandroq yoki past, sekinroq yoki tez talaffuz
21
etishni talab etadi. Bu mashqlarda matnni eslab qolish uchun o'tkaziladigan liar bir
mashg'ulotda 5-6 daqiqadan vaqt ajratiladi. Bolalar «Sholg'om», «Bo'g'irsoq»,
«Tulki, xo'roz va quyon» kabi ertakni sahnalashtirishni juda sevadilar. Ertak va
hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar,
bu o'yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks
ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar.
Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga
xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak q.iliramonlarining
o'ziga xos xususiyatlari mana shunday o'rganiladi. Sahnalashtirish ishini quyidagi
bosqichlar bo'yicha o'tkazish mumkin:
Birinchi bosqich.
Adabiyotlarni tanlash. Sahnalashtirish uchun adabiyot tanlaganda quyidagi talabga
rioya qilish kerak:
1.Ertak, hikoya yoki she’rda qatnashuvchilar ko'p bo'lishi kerak.
2.Asarda mazmun yaxshi bo'lib qolmasdan, harakatlarning xili ham ko'p bo'lishi
kerak.
3.Asar ifodali o'qishga mos kelishi shart.
4.Mazmuni qiziqarli bo'lishi kerak.
5.Asar bolalarning yoshiga mos kelishi kerak.
Ikkinchi bosqich.
Sahnalashtirish uchun tanlangan hikoya, she’r yoki ertakning mazmunini o'qib beri
sh yoki qo'g'irchoq, soya teatrida ko'rsatish orqali tanishtiriladi.
Uchinchi bosqich
Eslab qolish. Asarni bolalar eslab qolishlari uchun uni qayta o'qib berish, postanov
ka ko'rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.
Beshinchi bosqich
O'yin qiziqarli o'tishi va uzoq davom etishi uchun o'yinga kerakli materiallar, kiyi
mlar tayyorlab berish va shu bilan birga to'g'ri rahbarlik qilish kerak. Bu
ishni
tarbiyachi bajaradi, katta guruhda esa tarbiyachi yordamida u bilan birgalikda
22
bolalar bajarishadi. Tarbiyachi bir qancha ertakka doir rasmlar ko'rsatadi. 1-
Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo'lib
qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. «Sholg'om», «Bo'g'irsoq» kabi
ertaklar sahnalashtiriladi.
Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi.
Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham
olinadi. Sahnalashtirish o'yinlariga guruhlariga qarab har xil rahbarlik qilinadi.
Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar
tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab
munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi.
Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini,
ular ko'proq qaysi asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan
rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar
vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo'lg'usi sahnalashtiriladigan
o'yinlar jonlantiriladi. Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi. Ularda
bolalar atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar,
mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar.Qurish-yasash o'yinlarida
bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz beradi. Kichik va o'rta guruh
yoshidagi bolalarda qurilish o'yinlari rolli o'yinlar bilan bog'lanib ketadi.Qurilish
o'yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda bunyod etilgan inshootni mavjud
buyum va narsalar, inshootning qurilishiga asos bo'lib xizmat qilgan tasavvur bilan
qiyoslash, taqqoslash ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda
kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi. Qurilish materiallari turli xildagi
geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir shaklning o'ziga xos xususiyatlarini
yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday qurilishni amalga oshirib
bo'lmaydi. Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo'lishi va ulardan
o'yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo'lish kerak. Bundan
bolalarga qurishning asosiy usullarini o'rgatish zarurligi kelib chiqadi.Qurilish
materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi,
kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari
bilan tanishadilar. Qurilish o'yinlari bolalarning mehnat faoliyatiga yaqin bo'lib,
23
ularni mehnatga tayyorlaydi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlar bolalar
tafakkurini rivojlantiradi: kuzatilayotgan inshootlarning o'ziga xos xususiyatlarini
ajratib ko'rsatish, tahlil va sintez qilishga, solishtirishga, o'xshash va farq qiladigan
tomonlarini aniqlashga majbur etadi, vazifalarni to'g'ri hal qilishga o'rgatadi.
Qurilish
materiallari
bilan
o'ynaladigan
o'yinlar
geometrik
jismlarning
xususiyatlarini, ular bilan ishlashni, fazoviy nisbatlarni (uzoq-yaqin, baland-past,
o'ng-chap, uzun-qisqa, keng-tor) amalda olib borishga yordam beradi. Bunday o'yin
orqali bolalarni maktabdagi politexnika ta'limiga tayyorlash vazifasi ham amalga
oshiriladi. Bolalar qurish-yasash jarayonida bir jamoaga birlashadilar, natijada
ularning nutqlari rivojlanadi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarning
ma’naviy dunyosiga ham ta'sir etadi: bolalar bilan biron inshootni kuzata turib,
davlatimizning xalq farovonligi to'g'risida g'amxo'rlik ko'rsatayotganligini
tushuntiradi. Qurilish materiallari bilan o'ynash bolalarda mehnatsevarlik,
mustaqillik, tashabbuskorlik, ishga javob- garlikni his etgan holda munosabatda
bo'lishi hamda irodaviy sifatlarni tarbiyalaydi. O'yinning qizig'i shundaki, u
bolalarga zo'r zavq-shavq bag'ishlaydi. Bolalarni ba'zi bir qurilish inshootlari bilan
tanishtirish orqali estetik tarbiya vazifalari ham amalga oshiriladi. Bolalarda estetik
hissiyotni tarbiyalash uchun faqat bitgan qurilish inshootini kuzatish yetarli
emas, balki qurilishning borishi, ishning tashkil etilishini kuzatish, bunda
bolalarning o'zlarini qatnashtirish muhim ahamiyatga ega. O'yin uchun sharoit
yaratish. Qurilish materiallari bilan o'ynashni rivojlantirish uchun unga muvofiq
shart-sharoit yaratish zarur.
1.Qurilish materiallari butun guruh bolalarining bir vaqtda o'ynashi uchun yetarli
bo'lishi kerak.
2.Guruh xonasida qurilish materiallarini saqlaydilar, uni quradigan va bir necha
kungacha saqlab qolishning iloji bo'lgan joy bo'lishi kerak.
Qurilish materiallari uchun har bir detalga alohida xonachalari bo'lgan g'ildirakli
shkaf bo'lgani yaxshi. Uni bolalar xohlagan tomonlariga surib olib boradilar. Shkaf
ichini tartibli saqlash zarur.
24
1.Qurilish materiallari saqlanadigan burchakda mayda o'yinchoqlar, o'yinchoqli
odamlar, qushchalar, hayvonlar, transport bo'lishi mumkin.
2.Bolalarning o'zlari o'yinchoq yasashlari uchun har doim kerakli material bo'lishi
zarur.
3.Ona o'lkamizni, uning poytaxti Toshkentni, transportning har xil turlarini
tasvirlovchi albomlar, fotosuratlar bo'lishi kerak.
4.Qurilish materiallaridan barpo etilgan inshootlar namu- nalari tasvirlangan
albom.
5.Qurilish jarayonini, binolarning bezatilishini bolalar bilan kuzatish kerak.
6.Qurilish usullarini o'rgatish lozim.
7.Qurilish materiallaridan ishlangan buyumlarni bir necha kungacha hatto undan
ko'proq muddat saqlash kerak.
Qurish-yasashga o'rgatishning asosiy usullari. Bolalarni qurish-yasashga o'rgatish
uchun tarbiyachi turli xil usullarni qo'llaydi:
1.Tarbiyachi har bir harakatni tushuntirgan holda qurib ko'rsatadi.
2.Tarbiyachi biron narsani o'zi qurib ko'rsatadi va bunga kirgan har bir qismni
tahlil qilib beradi.
3.Tayyor qurilish namuna sifatida ko'rsatiladi.
4.Qurish-yasashning ayrim qismlarini ko'rsatadi (tomini yasashni, qanday yopish
kerakligini, biror detalni qaysinisi bilan almashtirish mumkinligini tushuntiradi).
5.Tarbiyachi ataylab chala qurib qo'yilgan qurilishni bolalarga qurib bitkazishni
taklif qiladi.
6.Nima uchun qurish lozimligini, uning mavzusini aytadi.
7.Har kim xohlagan mavzuda qurishni taklif qiladi.
8.Tayyor qurilishni: u qanday qismlardan iborat ekanligini, nimalar, qanday
detallar ishlatilganini tahlil qilib beradi.
Qurish-yasash usullari bolalarga mashg'ulotlarda o'rgatiladi.
1.Qurish o'yinlariga rahbarlik. Bolalarning qurish materiallari bilan o'ynaydigan
o'yinlariga rahbarlik usullari ularning yoshiga bog'liq. Kichik guruhda bolalar
25
uncha murakkab bo'lmagan qurilishlarni bajaradilar.
2.Ular uchun stol ustiga qo'yib o'ynaladigan mayda qurilish materiallari zarur.
- Bitta stol atrofida birdaniga 6-8 bola ishlashi mumkin. Stol ustini qurilish
materiallari egallab olmasliklari uchun stolning u boshi bilan bu boshiga pastgina
skameyka yoki taburetka qo'yiladi. Bolalar o'zlarining qurilish materiallarini yashigi
bilan qo'yib qo'yadilar. Bu birinchidan, stol ustida bolalarning bemalol ishlashlari
uchun yaxshi, ikkinchidan, bolalarga yashiklardan kerakli qurilish ma'teriallarini
olish qulay, Bog'cha maydonchasida' o'ynash uchun kub, gula, silindrga o'xshash
alohida qurilish materiallaridan foydalanish zarur. Xuddi shunday materiallar guruh
xonasida ham bo'lishi kerak. Yilning ikkinchi yarmida bu materiallarni mashinalar
qurish uchun kvadrat, to'g'ri burchak, har xil o'rtasi teshik dumaloq shakldagi faner
parchalari bilan to'ldirish lozim. Bolalarning qurilish materiallari bilan o'ynashlari
uchun tik turdagi daraxtlar, hayvonlar, mashinalar, qo'g'irchoqlar ham kerak bo'ladi.
Tarbiyachi bu materiallardan nima qurish mumkinligini bolalarga ko'rsatadi:
qo'g'irchoqqa stol, stul, karovat yasash, ular uchun bog' va bog'ning ichiga
skameykalar qo'yish, mashinaga garaj yasash va hokazo. Bolalarni qurilish
materiallari bilan o'ynashga qiziqtirish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda
o'ynaydi va bu materiallardan hamma bolalar foydalanishlarini kuzatib turadi. Yirik
qurilish materiallari bilan guruh xonasidagi gilam ustida, yozda esa bog'cha
hovlisida qurish mumkin. Bahorda va kuzda (yer namligida) bolalarning qum
o'yinlari maxsus qirg'og'i ko'tarilgan stollarda tashkil etiladi. Qum bilan o'ynashda
gigiyenik qoidaga rioya qilish kerak. Qum har doim toza va nam bo'lishi, bolalar
jazirama quyosh tagida o'ynamasliklari lozim. Kichik bolalar qum bilan o'ynaganda
oldiga ma’lum maqsad qo'ymaydi. Tarbiyachi bolalarni qiziqtirish uchun o'zi
«quradi» va bolalarga qurishni taklif qiladi. Masalan, qumni to'plab atrofni
tekislashadi, bir yonini teshib eshik ochishadi. Keyin bu uychani har xil rangdagi
mayda bayroqchalar bilan bezashadi, keyin shu uy oldiga devorlar, bog'lar qurishadi,
uyga qo'g'irchoqlar ko'chib keladi. O'yinni o'zgartirish uchun o'yinchoqlarni vaqti-
vaqti bilan o'zgartirib turish kerak: mashinalar uchun garaj, hayvonlar uchun
26
hayvonot bog'i va boshqalar. Tarbiyachi o'yinga kichik bolalarning hammasini jalb
etishi kerak.
2.2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qo’llaniladigan interfaol o’yinlarning
ta`lim jarayonidagi samarasi
Jahon ta’lim-tarbiya tizimida kreativlikni rivojlantirishning psixologik-pedagogik
xususiyatlarini aniqlashtirish, kreativlikni rivojlantirishga doir ta’limiy faoliyatni
tashkil etishning metodik tizimini takomillashtirish, ta’lim oluvchilarning kreativ
faoliyatini amalga oshirish hamda innovatsion pedagogik texnologiyalarini ishlab
chiqishga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Hozirgi paytda ta’lim
tizimida, shu jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya
jarayonida ta’limga oid o‘yinlar va interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
alohida o‘rin tutmoqda. Psixolog N.Boymurodovning ta’kidlashicha, materialni
muvaffaqiyatli
o‘zlashtirishda,
avvalo
diqqat
kuchi
belgilanadi,
ba’zi
tarbiyalanuvchilarni o‘rtoqlaridan orqada qolib ketishlari, ularning aql-idrok yoki
xotiralarini zaifligidan emas, balki diqqatlarining bo‘shligidan kelib chiqadi.
Interfaol o‘yinlar esa, barcha bolalarni diqqatlarini o‘zlariga jalb qiladilar.
N.Boymurodov yosh bolalarning idroki to‘g‘risida quyidagilarni yozgan:
“Maktabgacha yoshdagi bolaning hayotida o‘yin hukmronlik qiladi va o‘yin tufayli
bolaning idroki ham rivojlanadi, chunki bola o‘yinga aloqasi bo‘lgan buyumga
ko‘proq e’tibor berib qaraydi va o‘z o‘yinida atrofdagi hayotni aks ettiradi. O‘yin,
rasm chizish va shunga o‘xshash mashg‘ulotlar tufayli bolada kuzata bilish
qobiliyati ham rivojlanadi”. Interfaol o‘yinlarning pedagogik jihatlaridan biri-
ularni ta’limiyligidir. Tarbiyalanuvchi o‘yin davomida bir vaqtning o‘zida ham
o‘yinda ishtirok etadi, ham ma’lum bir darajada ta’lim oladi. Ayrim o‘yinlarda
bilimlarini mashqlarda namoyish qiladilar va ularni chuqurlashtiradilar. Ta’limga
oid o‘yinlar ta’lim berishning zamonaviy psixologopedagogik texnologiyalarida
muhim o‘rin egallaydi. Usul sifatida ular XX asrning 70-yillarida keng tarqalgan.
Hozirgi vaqtda qo‘llanilish sohasiga mos ravishda ta’limiy o‘yinlarning har xil
turlari mavjud. Masalan, zobitlarni tayyorlashda harbiy o‘yinlar, aktyorlar uchun
syujet-rolli o‘yinlar, tijoratchilar va rahbarlar uchun - maxsus treninglar mavjud.