BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MULOQOTNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FUNKSIYALARI.
Yuklangan vaqt
2024-10-29
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
26
Faytl hajmi
42,7 KB
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY
FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA PEDAGOGIK MULOQOTNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA FUNKSIYALARI.
REJA:
1. Pedagogik muloqotda muomala inadaniyati.
2. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri.
3. Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va omillari.
Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari.
4. O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari.
5. O‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatiga muomala madaniyati.
Pedagogik muloqotda o‘qituvchining eng yaxshi fazilatlari va xatti-harakatlari
o‘quvchining ideali sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quvchining o‘qituvchi shaxsi haqidagi
qarashlari, uning xatti-harakati, pedagogik mahorati uning ma’naviy madaniyatiga mos
kelmasa, yaxlit pedagogik jarayonni mukammal tashkil etish ham ijobiy natijalar
bermaydi. O‘qituvchi subekti bilan, o‘quvchi ob’ekti o‘rtasidagi qattiq avtoritar intizom
ham o‘zaro muloqot madaniyatiga salbiy ta’sir etadi, natijada o‘quvchining ichki hissiyoti
hamda shaxsiy fazilatlari rivojlanmaydi.
Pedagogik muloqot madaniyati o‘qituvchi faoliyatini muvaffaqiyatga yo‘naltiruvchi eng
muhim vosita, bunda o‘qituvchining muhim fazilati, uning muloqot madaniyatiga
asoslangan muomalasidir. Muomala barcha falsafiy va psixologik fanlarda o‘ziga xos
ta’rifga ega. Pedagogikaning kategoriyasi sifatida muomala o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa
olish, ularga yondashish uchun mehrini qozonish, pedagogik nuqtai nazardan ta’lim-
tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan o‘zaro aloqa bog‘lashga qaratilgan o‘qituvchining
pedagogik qobiliyatidir.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muomalaga kirishish asosida:
1. O‘z ijodkorligini va pedagogik mahoratini namoyish qiladi.
2. Yosh avlodni milliy mafkuramiz va milliy madaniyatimiz ruhida tarbiyalaydi.
3. Sharqona udum va urf-odatlarimiz asosida barkamol shaxsni shakllantiradi.
4. O‘zining ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarini namoyish etgan holda, har bir o‘quvchi
qalbiga yo‘l topadi.
Muomala o‘qituvchi faoliyatining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, o‘zida ulkan pedagogik
imkoniyatlarni mujassamlashtiradi. Pedagogik muomalada o‘qituvchi quyidagi faoliyatga
qat’iy amal qilishi lozim:
- o‘qituvchida tarbiyalash mahoratining shakllanganligi. Uning tarbiyaviy jarayonga oid
so‘z va ohangni tanlay bilishi va ta’sir o‘tkaza olishi;
- muomala ob’ekti bo‘lmish o‘quvchilar diqqatini jalb qiluvchi nutq, pauza, harakat, imo-
ishoralarni o‘z o‘rnida ishlatishi, tarbiyaviy ta’sirni bilishi;
- o‘quvchilarning ichki ruhiyatini, psixologik xususiyatlarini bilgan holda muomalaga jalb
etishi, darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarni ta’lim va tarbiyaviy muloqotga tayyorlashi;
- o‘quvchilarga og‘zaki, o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning tarbiyaviy usul-larini bilishi.
O‘qituvchining nutqi ravon, o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir qiladigan bo‘lishi.
Nihoyat, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan kundalik muomalasi shunga olib keladiki, u
o‘quvchilarning xatti-harakatlaridagi chuqur ma’no va haqiqiy sabablarni turli
vaziyatlarda payqab oladi, buning uchun namuna sifatida uning o‘zi tez-tez qayd qilgan
dalillardan va o‘quvchilarning xulq-atvor usullaridan foydalanadi. O‘qituvchining
o‘quvchilar bilan muomalasi tarbiyani boshqarish vositasi sifatida qaralib, birlashtiravchi
hamda o‘rnini to‘ldiruvchi vazifasini bajaradi. Muomala o‘zaro munosabatlar doirasida
sodir bo‘ladi. Boshqarish vositasi bo‘lgan muomala pedagogik faoliyatdan oldin sodir
bo‘ladi.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqot madaniyatiga erishishi
natijasida quyidagi holatlar paydo bo‘ladi:
- pedagogik muloqot orqali o‘qituvchi tarbiyalanuvchi ob’ekt bilan o‘ziga xos muomala
muhitini yaratadi. Bunday muhitda o‘qituvchi o‘zining psixologik, mimik, pantomimik,
notiqlik san’ati, ta’sir o‘tkazish kabi qobiliyatlar tizimini namoyish etadi;
- o‘qituvchining shirinsuxanligi, ochiq chehrali bo‘lishi, samimiy muomalasi muloqotda
ijobiy natijalarga erishish kalitidir;
- o‘quvchilar jamoasi bilan muomalada o‘qituvchining doimo psixologik bilimlarga
tayanishi ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda bir xil muvozanatni saqlaydi;
- o‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan o‘zaro muloqotga kirishar ekan, yaxshi muomalasi
bilan ular hissiyotida yashiringan eng nozik qatlamlarni ham anglab olishga qodir bo‘ladi.
Mukammal shakllangan pedagogik muloqot madaniyati asosida ob’ekt va subektning
ichki hissiyoti bilan ular harakatlarining uyg‘unlashuvi sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro
uyg‘unlashuvni yuzaga keltiradigan muomalaning asosiy bog‘lovchisi so‘zdir. So‘z -
mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklaratsiyalarida
o‘z ifodasini topadi.
2. Sharqona tarbiya va muosharat odobining muloqotga ta’siri
Ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi, ular yaratgan so‘z, xalq tilining tuganmas
boyligi yosh avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘rinda Abu Nasr
Forobiy, Abu Abdulloh al-Xorazmiy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Hisrav
Dehlaviy, Abu Hamid G‘azzoliy, Kaykovus, Shayx Sa’diy, Alisher Navoiy, Zahiriddin
Muhammad Bobur va boshqa Sharq va G‘arb donishmandlarining boy meroslarida
farzandlarni tarbiyalash va kamolotga etkazish asosiy muammo sifatida targ‘ib qilingan.
Ular so‘zni va nutqni ta’lim-tarbiyada ilohiy ne’mat va hikmat deb bilishgan hamda har
bir so‘zning o‘z o‘rni va ahamiyati borligini, tarbiyada so‘zdan kuchliroq va qudratliroq
narsa yo‘qligini, tilga e’tibor - elga e’tibor ekanligini, so‘z sehri mo‘jizalar yarata olishini
ta’kidlab kelganlar. Bularning barchasi mudarris va shogirdlaming samimiy muloqoti
jarayonida amalga oshirilgan. Mudarrislar barkamol va tarbiyalangan insonning o‘nta
nishonasi borligini alohida ta’kidlashgan:
- birinchisi: xalq to‘g‘ri deb topgan narsaga noto‘g‘ri deb qaramaslik;
- ikkinchisi: yoshlikdan o‘z nafsiga erk bermaslik;
- uchinchisi: birovlardan aslo ayb qidirmaslik;
- to‘rtinchisi: yomonlik va omadsizlikni yaxshilikka yo‘yish;
- beshinchisi: agar gunohkor uzr so‘rasa, uzrini qabul qilish va kechirimli bo‘lish;
- oltinchisi: muhojirlar hojatini chiqarish;
- ettinchisi: doimo el g‘amini eyish;
- sakkizinchisi: aybini tan olish;
- to‘qqizinchisi: el bilan ochiq chehrali bo‘lish;
- o‘ninchisi: odamlar bilan doimo shirin muomalada bo‘lish. Muloqot Sharqona tarbiyada
axloq ko‘rki sanalgan. Muallim har bir o‘quvchining qanday dunyoqarashga egaligi,
tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro muloqotida
namoyon bo‘lishini uqtirishgan. Sharq mutafakkirlari merosida muloqot - azaldan insonlar
o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan.
Shuning uchun ham til - aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.
Alisher Navoiy "Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘li-shini, uning
nasihatidan chiqmaslikni" o‘z asarlarida bayon etgan. Shuning uchun til shirinligi va
notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir
o‘qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya
jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy
qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-atvori va fikr yuritishlariga
ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O‘qituvchining "til boyligi va notiqlik san’ati
barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan" (A.P.Chexov). Uning his tuyg‘usi,
intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan o‘quvchilarda
xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish
hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. Shuning uchun o‘qituvchi "tilning xalq
o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka
aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita" (K.D. Ushinskiy) ekanligini
unutmasligi kerak.
Kishilarning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlarida shirin-suxanlik, go‘zallik,
so‘zlashuv ohangidagi muloyimlik muosharat odobi deyiladi. Muosharat odobi insonning
go‘dakligida ota-ona bag‘rida, oilada shakllantirilishi kerak. "Qush uyasida ko‘rganini
qiladi" deyiladi xalq maqollarida. Oilada o‘rganilgan muosharat odobining poydevori
mustahkam bo‘ladi. Bola maktabda, ulg‘aygach esa, ijtimoiy muhitda ko‘nikma hosil
qilish jarayonida oilasida o‘rganilgan muosharat odobining kuch-qudratini doimo his
qiladi.
Insonning eng ulug‘, lekin murakkab va mashaqqatli faoliyatlaridan biri odamlar
orasida, ya’ni jamiyatda o‘z o‘rnini topib yashashidir. Bu faoliyatning murakkabligi
shundaki, ko‘pchilikka qo‘shilish, ular bilan ahil bo‘lib yashash uchun insonda shunga
yarasha muomala va munosabat bo‘lishi kerak. Muomala va munosabatda
o‘quvchilarning diliga to‘g‘ri kelmaydigan qo‘pol va dilozor muloqot olib boruvchi
o‘qituvchilarni hech kim yoqtirmaydi. O‘quvchilar xushfe’l, shirinsuxan, adolatparvar,
muomalasi shirin o‘qituvchi va tarbiyachilarni dildan yoqtirishadilar va hurmat-e’tibor
qilishadi. Insonlar orasida munosib o‘rinini topish, inoq va hamjihat bo‘lib yashash
shartlaridan biri odamning kamtarligidir. Kamtarin inson hech qachon o‘zining yutug‘i
bilan, badavlatligi bilan, ilm-hunari bilan maqtanmaydi, hamma vaqt kamgap, sodda
bo‘ladi. Ammo insondagi kamtarlik samimiy bo‘lmog‘i zarur.
Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda biz kim
bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. O‘qituvchining qanchalik bilimli, aql-
zakovatli ekanligi o‘quvchilarning bir-birlari bilan va ota-onalari bilan olib boradigan
muloqoti orqali namoyon bo‘ladi.
Odamlar butun ichki dunyosini, maqsadini, muomala va munosabatlarini bir-birlariga
so‘z yordamida etkazadilar, amalga oshiradilar. Shu tufayli so‘zlashuv munosabatlari
nihoyatda go‘zal va muloyim bo‘lishini hayot taqozo etadi. So‘zga boy, shirinsuxan
kishilarning muomalalari yoqimli, ishi ham yurishgan bo‘ladi. Bunday kishilarni
yoqtiradilar, hurmat qiladilar. So‘zlashuv ham o‘ziga xos san’atdir. Bu san’atning ildizi
muosharat odobi bo‘lib, uni mukammal o‘rganish har bir inson uchun zarur. Shu bilan
birga, ona tilini mukammal o‘rganmoq va sof adabiy tilda o‘quvchilar bilan muloqot qilish
o‘qituvchining notiqlik qobiliyatidir.
3. Muloqot asosida ma’naviy madaniyatni shakllantirish mezonlari va omillari.
Inson o‘z qadr-qimmatini va o‘zligini umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida
anglay boshlaydi. Ta’lim muassasalarida o‘qituvchi tomonidan o‘zaro muloqot asosida
olib boriladigan quyidagi xususiyatlar negizida o‘quvchilarda muloqot orqali ma’naviy
madaniyatni shakllantirish mezonlari (O.Musurmonova) ifodalangan:
• har bir insonning qiziqishlarini ko‘ra bilish, his etish va hurmat qilish;
• milliy-ma’naviy madaniyat manbalarini o‘rganish, o‘zligini anglashga ehtiyoj;
• inson hayotida mehnatning o‘rnini to‘g‘ri tushunish;
• insonparvarlik, mehr-oqibat, iymon, e’tiqod, milliy qadriyatlarni e’zozlash;
• Vatanga muhabbat, sadoqat, o‘z manfaatlarini jamiyat, xalq man-faatlaridan yuqori
qo‘ymaslik;
• ota-ona, qarindoshlar va boshqa atrof-muhitidagi kishilarga nisbatan muruvatli, sahovatli
bo‘lish.
Ma’naviy madaniyatning muhim belgilarini shakllantirishda, ta’iim-tarbiya tizimini
ma’naviy muhit, ma’naviy faoliyat va ma’naviy anglash bosqichlaridan iborat andozalar
asosida tashkil etishda ushbu mezonlar talablariga rioya qilish belgilangan maqsadni
samarali amalga oshirish imkoniyatini beradi. Bunda o‘qituvchining muloqoti asosida
o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini shakllantirish jarayoniga ta’sir etuvchi quyidagi millar
ham muhim ahamiyatga ega:
1. O‘quvchi ma’naviy faoliyat asosida o‘zligini anglashni shakllantirish uchun ma’lum bir
muhitda ma’naviy qadriyatlar bilan harakat orqali muloqotga kirishadi. Harakatsiz muhit
va faoliyat bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini
shakllantirish samaradorligini ma’naviy harakat omili ta’minlaydi.
2. 2. Ma’naviy qadriyatlarning mohiyati, ma’naviy-axloqiy tajriba, o‘qituvchining
ta’sirchan nutqiy muloqoti vositasida o‘quvchilar ongiga singdiriladi. Nutqiy aloqalar
tarbiya jarayoni ob’ektlari va subektlari orasida kechadi va o‘quvchi ma’naviy
madaniyatini shakllantiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchining xulq namunasi,
ma’naviy harakati, nutqiy aloqalar samaradorligi o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti
asosidagi faoliyat munosabatlari bilan belgilanadi.
3. Ma’naviy qadriyatlarning tarbiyaviy imkoniyatidan ta’sirlanish va amaliy faoliyatda
ularga tayanish, umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tarilishini ta’minlab, o‘quvchi
ma’naviy madaniyatini tarbiyalashdagi ahamiyatini yanada takomillashtirish ta’lim-
tarbiya jarayonining ishtirokchilaridan (o‘qituvchi va o‘quvchi) doimiy ijodkorlikni talab
alladi. Ijodkorlik - milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi ma’naviy madaniyatini
shakllantirishda muhim omil hisoblanadi.
O‘qituvchi ta’iim-tarbiya jarayonida uning imkoniyatlaridan keng va samarali
foydalanadi.
4. O‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishning muvaffaqiyati o‘qituvchining
muloqot olib borish psixologik taktikasi omillariga ham bog‘liq. Ushbu omilni
harakatlantiruvchi sharoitlar:
- o‘qituvchining pedagogik-psixologik va maxsus fanlar integratsiyasi bo‘yicha chuqur
bilimga ega bo‘lishi;
- mutaxassisligi bo‘yicha kasbiy mahorati;
- o‘quvchilar bilan o‘zaro do‘stona muloqot madaniyati;
- o‘quvchilarning ruhiy holatini tez bilib olishi;
- o‘qituvchi ma’naviy madaniyatining shakllanganlik darajasi;
- ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usul va metodlarini tanlay bilishi:
- zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari to‘g‘risida chuqur ma’lumotlarga ega
bo‘lishi;
- o‘qituvchining pedagogik jamoa orasidagi hurmat - e’tibori.
5. O‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilarda ham ijodkorlik omilini takomillashtirib
boradi. O‘quvchida uning sifatlari quyidagi belgilar bilan namoyon bo‘ladi:
- ma’naviy qadriyatlarni, an’analarni o‘zlashtirishga qiziqishda ehtiyoj va talabning
kuchliligi;
- o‘rganilayotgan fanlar asoslarini egallashga ijobiy munosabat;
- ma’naviy madaniyat saviyasi, dunyoqarashi;
- o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanlik;
- tabiatga, atrof-muhitga ongli munosabat;
- yangiliklarni va axborot texnologiyalarini o‘rganishga qiziqish;
- ijtimoiy va shaxsiy faolligi;
- nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmasi;
- tashabbuskorligi va ijodkorligi.
O‘quvchilarda ma’naviy madaniyatni shakllantirish jarayonining muvaffaqiyatli borishi
ta’lim mazmuniga asoslanib, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi
faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish saviyasiga bog‘liq. Bu quyidagi faoliyat turlarini
mukammal bilishni taqozo etadi:
Birinchidan. o‘zaro hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni, mas’u-liyatni, faollikni va eng
asosiysi muloqot madaniyatiga rioya etishni taiab qiladi.
Ikkinchidan. har bir darsda o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham belgilangan maqsadni aniq
qo‘ya bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab olishi lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida bilimlar mazmunining ilmiyligi, uzluksizligi, izchilligi va
tarbiyaviy xarakteri, o‘qituvchining notiqlik san’ati asosida bayon etish shaklining
mukammalligi,
qiziqarliligi
o‘quv-chilarda
ta’limiy
va
tarbiyaviy
tomondan
o‘rganiladigan qadriyatlarga qiziqishni kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy
xarakterdagi milliy qadriyatlar bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish ishtiyoqi
rivojlanadi.To‘rtinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, nazariy va uslubiy
tayyorgarligi, o‘z kasbiga, faniga munosabati, olib boradigan darsi andozasini va uning
natijasini oldindan ko‘ra bilish, har bir dars samaradorligini ta’minlovchi texnik va
texnologik belgilardan biridir.
Beshinchidan, dars jarayonida o‘quvchilar jamoasiga erkin fikr yuritish, o‘z fikr-
mulohazasini erkin bayon etishga imkoniyat yaratish, o‘quvchilar jamoasi fikriga
tayanish, ularning fikr-mulohazalari, istak-xohishlarini e’tiborga olish, o‘quvchilarning
mustaqil ishlaridan keng foydalanish zarur.
Oltinchidan, o‘quvchilar bilimiga, xulqiga beriladigan bahoning xolisona va adolatli
bo‘lishi barcha ta’lim va tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etilishiga ijobiy ta’sir etuvchi
omil ekanligini unutmaslik kerak.
Pedagogik muloqotning o‘ziga xos xususiyatlari va funksiyalari. Muloqot - yunoncha
so‘z bo‘lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o‘zaro fikr almashuv ma’nosini bildiradi
hamda ikki yoki undan ortiq kishilarning so‘zlashuvida paydo bo‘ladi. Inson muloqot
jarayonida ijtimoiy tajriba, ta’lim-tarbiya, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar g‘oya va
mafkura omillari ta’sirida yashab ijtimoiylashadi va shaxs sifatida kamolotga yetadi.
Kishilar
o‘rtasidagi
o‘zaro
muloqot
pedagogik-psixologik
fanlarning
asosiy
kategoriyalaridan biri hisoblanib, u o‘z ichiga shaxslararo munosabatning eng muhim
mexanizmlarini qamrab oladi.
Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma’noda tushuniladi hamda
hamkorlik faoliyatining ichki aloqasini mujassamlashtirib, o‘zaro ta’sir va o‘zaro
munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi.
Pedagogikada muloqot o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining o‘zaro ta’sir malakasi, usuli
va tizimini anglatib uning mohiyati, o‘zaro axborot almashishida, ta’lim va tarbiyaviy
ta’sir o‘tkazishida, o‘zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo‘ladi hamda
quyidagi xususiyatlarga ega:
• muloqot o‘qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;
• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta’minlash uchun
ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;
• o‘qituvchi va o‘quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib,
motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol
o‘ynaydi;
• pedagogikada muloqot - o‘qituvchining o‘quvchilarga ta’sir o‘tkazish asosida o‘zaro
munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga
oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;
• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo
munosabat rivojlarushining ko‘p qirrali jarayoni hisoblanadi;
• noto‘g‘ri pedagogik muloqotdan o‘quvchilarda qo‘rquv, o‘z kuchiga ishonchsizlik
paydo bo‘ladi, ularning diqqat-e’tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi
buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.
Pedasogik muloqot - bu o‘qituvchining o‘quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari
faoliyatda o‘zi uchun eng qulay bo‘lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, ijobiy ruhiy
iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
• salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
• o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish
• o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fikr-mulohazalarini cho‘chimasdan bayon
qilib unga tayanishga o‘rgatish;
• o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
• dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.
O‘qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, quyidagi
funksiyalar bilan xarakterlanadi:
PEDAGOGIK MULOQOT FUNKSIYALARI
- o‘zaro axborot almashishni yo‘lga kuyish;
- ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgadikda tashkil etish:
- o‘quvchilarni erkin fikr-muloxaza yuritishga o‘rgatish:
- salbiy xolatlarni sinf jamoasi bilan birgalikda bartaraf
- do‘stlar uchun kaygurish va ularga yordam berishga erishish:
- uzligini anglash. O‘quvchilar bilan muloqotda qoniqish xis etish.
Muloqot jarayonida o‘qituvchi qisqa muddatda o‘zining psixologik bilimlariga tayanib
o‘quvchilarning psixik xususiyatlarini mukammal bilishga harakat qilishi lozim.
O‘quvchilarning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga kirib bormasdan, unga nisbatan turli
tarbiyaviy jazolar qo‘llash, tanbeh berish mumkin emas. Bu holat o‘quvchilar bilan o‘zaro
muloqotni tuzatib bo‘lmas darajada buzilishiga, o‘quvchilarning yashirin holatga, o‘z
qobig‘iga kirib olishiga sabab bo‘ladi.
O‘qituvchilarning o‘zaro axborot almashishi bilan bog‘liq xususiyatlari, uning sinf
jamoasiga singib keta olish qobiliyati bilan bog‘liq. Sinf jamoasida ro‘y berayotgan har
qanday voqea va hodisalar o‘qituvchilar nazoratida bo‘lishi, ularning oqibatini
o‘qituvchilar tez va adolatli tahlil qilishi va oldini olishi lozim. Bu faqat faol o‘quvchilar
bilan axborot almashib turish natijasida amalga oshiriladi. Shundagina, o‘qituvchining
o‘quv tarbiyaviy jarayondagi faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratiladi va ijobiy natijalar
beradi.
Pedagogik muloqot tuzilishi jihatidan o‘qituvchi ijodkorligining noyob namunasidir.
Pedagog olimlar o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotiga ko‘plab tavsiflarni ilmiy
asarlarida bayon etsalarda, muloqot, avvalo, o‘qituvchining shaxsiy psixologik xususiyati
sifatida namoyon bo‘ladi. Olimlar esa, muloqot uchun o‘qituvchiga yo‘nalish beradi
xolos. Jumladan, rus pedagogi V.A. Kan-Kalikning fikricha, o‘qituvchining
pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
1. Prognostik bosqich (modellashtirish): O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak
muloqotni modellashtirish.
2.Kommunikativ aloqa: O‘quvchi bilan dastlabki o‘zaro tanishuv jarayonida bevosita
muloqotni tashkil etishga erishish.
3. Pedagogik jarayon: O‘qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita
muloqotni boshqarishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklarni
xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.
Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo‘nalishlarini quyidagicha ta’riflash
mumkin?
Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir
o‘quvchining psixologik xususiyatlarini o‘rganishi, ta’lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi
mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko‘ra olish va bartaraf etish,
muloqotning o‘zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya’ni muloqot o‘qituvchi shaxsiga emas,
balki
o‘quvchi
shaxsiga
ham
mos
kelishini
ta’minlash
zarur.
Kommunikativ aloqa bosqichida sinf jamoasini o‘zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat
texnikasini puxta bilish, ularning barcha qizi-qishlariga javob bera olish, erkin fikr
bildirishlariga imkoniyat yaratish va o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishning turli
usullarini qo‘llash metodlarini egallash lozim.
Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot asosida o‘quvchilar bilan yaxshi munosabatni
tashkil eta olishi, demokratik talablarni qo‘llashi va birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi
kerak. Pedagogik muloqot esa, bu o‘qituvchi kasbiy faolligining bir ko‘rinishi bo‘lib,
bunda ta’lim va tarbiya muammolari o‘qituvchi hamda o‘quv-tarbiya jarayonining boshqa
ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir vositasi bilan hal qilinadi. Bu vaziyatda o‘qituvchi
baho beruvchi rolida namoyon bo‘ladi hamda uning o‘zi baho oluvchi hisoblanadi.
bunday hollarda pedagogik ta’sir ko‘rsatish vazifalari va vositalari hamda o‘qituvchining
o‘quvchilar bilan pedagogik muloqoti quyidagi prinsiplarda namoyon bo‘ladi:
Kommunikativ muloqot.
Interaktiv muloqot.
Perseptiv muloqot.
1. Kommunikativ muloqotda bir tomonlama axborot uzatiladi. Muomala o‘z ichiga
hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o‘zaro axborot almashuvini qamrab olgan
bo‘lib, kommunikativ muloqot sifatida tavsiflanishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi bir
- birlari bilan muloqotga kirishishi jarayonida muloqotning muhim vositalari bo‘lmish til
va nutq faoliyati bevosita muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Interaktiv muloqotning muhim jihati ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etishdir. Muloqotga
kirishuvchi o‘qituvchi o‘zaro ta’sir etishda, o‘quvchilarning tarbiyaviy faoliyatiga nafaqat
so‘z orqali, balki fikr almashinuv, xatti - harakat va xulq-atvori bilan o‘zaro ta’sir
o‘tkazishi tushuniladi.
3. Perseptiv muloqotda o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasi o‘zaro bir-birlarini idrok qilishi,
anglashi tushuniladi. Bunda muloqotga kirishuvchilar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish
asosida ulardan biri ikkinchisining ishonchini qozonadi, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak
tayyorgarlikka ega barkamol inson sifatida idrok qilinadi.
Muloqotning har uchala tomonini yaxlit olib qaraganda o‘zaro hamkorlik faoliyatini
tashkil qilishning usullari va unda ishtirok etuvchilaming munosabatlari yaqqol namoyon
bo‘ladi. Pedagogik muloqot muvaffaqiyatli tashkil etilishi uchun, o‘qituvchi o‘quvchilar
bilan hamkorlik faoliyatiga chuqur kirishib keta olishi, shaxsni har tomonlama
shakllantirishning maqsad va vazifalarini chuqur anglab, faoliyat olib borishi lozim.
Ishonchini qozonish usuli nafaqat o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida, balki ta’lim-
tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham o‘quvchiga ta’sir qiladi. O‘quvchi
ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar paydo qilishi ham mumkin. O‘qituvchi
ishontirish bilan o‘quvchida ijobiy hislatlarni uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z
o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini
hisobga olishi zarur. Chunki bir xil yoshdagi o‘quvchilar psixik jihatdan turli xarakterga
ega bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy
hislatlari har xil bo‘lgani uchun bir o‘quvchiga nisbatan foydali bo‘lgan ishonchini qozo-
nish usuli, boshqasiga zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchining
ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi muntazam o‘rganib borishi,
o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarbiyalanuvchi temperamentining umumiy
tiplarini o‘rganish metodikasini bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati,
faolligi, tez anglashi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi,
serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan,
yoki ishga tez khishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi
o‘quvchilar ishonchini qozonishi uchun ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab
chiqishi shart.
O‘quvchilar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati o‘quvchilarni shaxs
sifatida rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchining
o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va
mustaqillikni shakllantirishdir. O‘quvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch
orqali yuzaga chiqadi. O‘quvchi uchun o‘z-o‘zini baholash qiyin jarayon. O‘quvchi
ta’lim-tarbiya berayotgan o‘qituvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga nisbatan ishonch
ruhida tarbiyalanar ekan, unda avvalo, mustahkam iroda shakllanadi, o‘z burchini to‘g‘ri
tushunadi, bilish va o‘rganishga qiziqishi kuchayadi, o‘z-o‘zini har tomonlama
takomillashtirishga intiladi, o‘ziga atrof-muhitdagi o‘rtoqlari ko‘zi bilan xolisona baho
beradi, o‘ziga ishonadi va unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Xarakteridagi salbiy
odatlarni, zararli sifatlarni tez anglab, ularni yo‘qotish va bartaraf etishga intiladi.
O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har tomonlama mukammal
tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat
talablariga mos keluvchi yetakchi tamoyillaridan o‘rinli foydalanishi lozim:
1. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv. Muloqot jarayonida
o‘qituvchi o‘quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning
betakror va o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini
e’zozlashi lozim. Zero, ta’limni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada demokratiyaning
ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va
tarbiyalanuvchining bir-birlariga o‘zaro ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik
munosabat mohiyatini ijobiy tomonga yo‘naltirish demakdir. Muloqotni demokratik
uslubda tashkil etishdan maqsad, ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik
faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan bebaho boylik
sifatida munosabat tuyg‘ularini o‘quvchilarda ham shakllantirish vazifasi bajariladi.
2. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat. Aslida muloqotdan maqsad o‘quvchilar bilan
do‘stona munosabatni ro‘yobga chiqarishdir. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish
o‘qituvchining insonparvarlik tuyg‘u-laridan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat
qilish, ularga cheksiz mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Bolalarga
nisbatan hurmat tuyg‘usi ularning kuchiga kuch qo‘shadi, o‘z imkoniyatlariga ishonch
tuyg‘usini shakllantiradi, tarbiyaning samaradorligini oshiradi. O‘quvchi shaxsini hurmat
qilish va munosabatni adolatli talabchanlik mezonlari asosida qurishdir. Do‘stona muloqot
o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va
mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda sodir
bo‘ladigan muomala odobi o‘qituvchilarning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik
darajasida aks etadi. O‘qituvchining o‘ziga va o‘z kasbiga, o‘quvchilarga bo‘lgan
munosabati uning muloqotida yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.
4. Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib borish. Yosh avlodning o‘sib
ulg‘ayishi va shakllanishiga hayot, ijtimoiy muhit qonuniyatlari ham muntazam ta’sir
etadi. Muhit ijtimoiy omillarning eng muhim xususiyati bo‘lib, u shaxsga ijobiy yoki
salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muhit deganda, shaxsning tarbiyalanib, shakllanishiga
ta’sir etuvchi tashqi olam voqealari, hodisalar majmui tushuniladi. Muhit tushunchasi
o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit xususiyatlarini ifodalaydi. Ayniqsa,
oila, maktab, do‘stlar davrasi, tengqurlar kabilarni o‘z ichiga oladigan mikromuhit shaxsni
tarbiyalash jarayoniga muhim ta’sir etishi pedagog va psixolog olimlar tomonidan e’tirof
etilgan. Oila muhiti o‘quvchining tarbiyasi va barkamol inson sifatida shakllanishida
o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shuning uchun o‘qituvchi muloqotni tashkil
etishda ota-onalar, mahalla faollari, o‘quvchilar jamoasi faollari, uchastka nozirlari bilan
doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borishi kerak. Muloqotda ijtimoiy
hayot
qonuniyatlarini
hisobga
olish,
o‘quvchilarni
maqsadli
tarbiyalashda
muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi.
4. Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi
mehnat faoliyati bilan o‘z qobtliyati va iste’dodini namoyon qiladi. Mehnat - yosh avlodni
yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvorini namoyon qiluvchi, kasbiy
qobiliyatlarini uyg‘otuvchi, tarbiyaviy jarayonning eng qadimiy va sinalgan vositasidir.
O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki
faoliyat birligi bolani jismonan chiniqtiradi va faollashtiradi, xulq mukammalligini
ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qilib shakllantiradi. Shunday ekan, o‘qituvchi
o‘quvchilar bilan muloqotni ularning mehnatsevarligiga yoki dangasaligiga qarab
belgilasa ham bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida bolalarni ilk yoshidan boshlab
mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muhabbat va mehnat qiluvchilarga hurmat ruhida
tarbiyalashda o‘zaro muloqotning o‘rni cheksiz. Ta’lim muassasalarida o‘qishning o‘zi
ham mehnatdir. Muloqotdan maqsad, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda muvaffaqiyatlarga
erishish uchun u mehnat tarbiyasi bilan aloqadorlikda olib borilishi lozim.
5. Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi. Bunday muloqot uslubiga odatda yosh,
tajribasiz o‘qiruvchilar tushib qolishi mumkin. Ushbu uslub asosida boshlangan muloqot,
ko‘pincha, o‘quvchilarni tez-tez ogohlantirish, ularni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalashga
harakat qilish, o‘qituvchi yoqtirmagan o‘quvchilar xatti-harakatini ta’qiq-lash vaziyatida
olib boriladi. O‘quvchilar faolligi, tashabbuskorligi inkor etiladi. Natijada o‘qituvchi bilan
o‘quvchilar orasida ko‘z ilg‘amas qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi.
O‘qituvchining muloqot asosida sinf jamoasini boshqarish usullari. Pedagogik mahorat
bolajak o‘qituvchilarda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun mas’uliyat hissini
shakllantiradi. O‘qituvchi bunday murakkab vazifalarni amalga oshiruvchi, davlat va
jamiyatning ishonchli vakilidir. O‘quvchilar jamoasini birlashtiruvchi sinfda ta’lim-
tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarishda o‘qituvchining bilimi, pedagogik
mahorati va psixologik xususiyatlari ochiq namoyon boladi. Avvalo, o‘qituvchi va
o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik va bir-birlariga nisbatan ishonch tuyg‘ulari bo‘lishi
hamda o‘qituvchi o‘z kasbiy bilimlaridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta
egallagan bo‘lishi lozim.
Zero, sinf jamoasini boshqarish - pedagogik jamoa, ota-onalar oldi-da o‘qimvehining
obro‘-e’tibori qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi mezon. O‘qituvchining axloqiy
saviyasini, bilimini muloqot asosida sinf jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari
belgilaydi. Odatda, o‘qituvchilarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab:
tashabbuskor, ijodkor, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, barcha ishlarga befarq
qarovchilar toifasiga ajratishadi. Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p yillik ilmiy
izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan holda o‘qituvchilarning rahbar
sifatida sinf jamoasini boshqarishida qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha
tavsiflanadi:
1. Avtoritar uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
2. Demokratik uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
3. Liberal uslubda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘qituvchilar.
Avtoritar uslubda faoliyat olib boradigan o‘qituvchi ish faoliyati va xarakterida quyidagi
xususiyatlar mujassamlashgan bo‘ladi:
- o‘zi yakka holda guruh faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi;
-o‘zi o‘quvchilarga ko‘rsatmalar va buyruqlar beradi;
- ta’lim-tarbiyaviy jarayonga javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi;
-o‘quvchilarning unga so‘zsiz bo‘ysunishini da’vo qiladi;
-qattiq intizom asosida ish olib boradi;
-topshiriqlarning to‘liq bajarilishini talab qiladi;
-gap qaytargan, fikr bildirgan o‘quvchini yoqtirmaydi;
- aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi, so‘zlari qattiq va qo‘pol;
- o‘quvchilarga biror muammoni to‘liq rushuntirmasdan talab qiladi.
Avtoritar uslublarda pedagogik faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi "Mening
aytganim aytgan, deganim degan" shaklidagi prinsip asosida pedagogik faoliyat olib
boradi. U sinf jamoasi bilan muloqotga kirishishda quyidagi uslublarni qo‘llaydi: buyruq,
ko‘rsatma berish, qattiqqo‘llik bilan ishlash, tarbiyaviy jazo turlarini tez-tez qo‘llash.
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqot jarayoniga qo‘pol, dag‘al, do‘q-po‘pisa, majbur
etish, qo‘rqitish, cho‘chitish orqali kirishadi. Ushbu uslub o‘qituvchi asab tizimini doimiy
taranglashib yurishiga sabab bo‘lib, uning sog‘ligiga putur etkazishi mumkin. Natijada
o‘qituvchi tez charchaydi. Avtoritar usulning ijobiy tomonlari ham bor: ya’ni, ular faqat
favqulodda vaziyatlar jarayonida ishlatilishi (yong‘inda, suv toshqinida, aholini
evakuatsiya qilishda) mumkin. O‘qituvchi muloqotining ushbu uslubda boshqarilishi sinf
jamoasini tarqoqlikka, hamjihatlikning buzilishiga olib keladi.
Demokratik uslub asosida faoliyat olib boradigan o‘qituvchining bosh shiori ‘quvchilarda
mustaqil va erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini va ongli intizomni hosil qilishdan iborat.
O‘qituvchining muloqoti barcha demokratik talablar asosida quriladi. Zero, «Demokratik
jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Ushbu
uslubni mukammal egallagan o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi
xususiyatlarni mujassamlashtiradi:
- pedagogik faoliyatda sinf jamoasining fikr mulohazalariga tayanib ta’lim-tarbiyaviy
ishlarni tashkil etadi;
- sinf jamoasining tashabbusini ma’qullaydi, rivojlantiradi, o‘quvchilarning erkin fikr
bildirishlariga imkoniyat yaratadi;
- muloqot jarayonida o‘quvchilar fikr-mulohazalarini inobatga olib, pedagogik faoliyatida
qo‘llaydi;
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: iltimos, maslahat berish, samimiy muomala.
Demokratik uslubda muloqotni tashkil etuvchi o‘qituvchi hozirgi zamon talablariga,
ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlardan kutilayotgan maqsadlarga javob bera oladi.
O‘qituvchining vazifasi barkamol inson tarbiyasini davlat siyosatining ustuvor sohasi deb
bilgan holda, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan tengdoshlariga
namuna bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli, aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli o‘quvchilarni
tarbiyalash uchun qizg‘in pedagogik faoliyat olib borishi lozim. Muloqot jarayonida
o‘quvchilarning jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda o‘zaro yordam tuyg‘usini o‘stirishga
xizmat qilishi kerak. Samarali demokratik tarbiyaviy jarayon, sinf jamoasi a’zolarining
qobiliyat va iste’dodlarini yuzaga chiqaradi, o‘quvchining jamoada har tomonlama
rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar paydo qiladi. O‘quvchilar bilan muloqotning erkin
demokratik asosda tashkil etilishi sinfning ahil jamoa bo‘lib birlashib, tarbiyaviy ishlarni
amalga oshirishda muvaffaqiyatlarga erishishiga zamin yaratadi. Yaxshi uyushgan
jamoada har bir o‘quvchining fikri ulkan tarbiyaviy kuchga ega.
Liberal uslub asosida faoliyat olib boruvchi o‘qituvchi xususiyatlariga sho‘rolar
zamonidan qolgan ta’lim-tarbiya tizimiga xos mafkuraviy qarashlar mujassamlashgan.
O‘qituvchining pedagogik faoliyati va xarakterida quyidagi xususiyatlar mavjud:
- tashabbussiz, eski qolipda pedagogik faoliyat olib boradi;
- sinf jamoasining tarbiyaviy faoliyatiga aslo aralashmaydi;
- ta’lim-tarbiyaga oid muammolarga yuzaki qarab chiqadi;
- o‘z mustaqil fikriga ega emas, javobgarlikdan o‘zini olib qochadi;
- o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarning natijalari bilan qiziqmaydi;
-o‘quvchilar kelajagiga, taqdiriga e’tiborsiz, beg‘am qaraydi;
-o‘z pedagogik faoliyatiga sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘ladi.
Biroq, yillar o‘tib, zamonlar o‘zgargan sari, XXI asrda jamiyatning ijtimoiy talablaridan
kelib chiqib, o‘qituvchining xulq-atvori, pedagogik va psixologik bilimlar saviyasi, o‘z
kasbiy faoliyatiga nisbatan muno-sabati, pedagogik va axborot informatsion
texnologiyalarini puxta o‘z-lashtirish saviyasi ham o‘zgarmoqda. Shu sababli,
o‘qiruvchilar o‘z bilim va tafakkurlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, sinf jamoasini
boshqarishning turli shakl va metodlarini amalda qo‘llamoqdalar. Sinf jamoasining har
qanday boshqaruv uslubi o‘qituvchi muloqoti asosida tashkil etiladi. Muloqotdan
kutilayotgan natija, tarbiya asosida o‘quvchining ongini va tafakkurini boyitish va
o‘zgartirishdir.
O‘qituvchining sinf jamoasini muloqot asosida boshqarish bosqichlari.
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlarga asoslanib, muloqot asosida sinf jamoasini
boshqarishda o‘qituvchi uchun lozim bo‘lgan quyidagi bosqichlarni tavsiya etamiz:
Sinf
jamoasi
bilan
muloqotni
tashkil
etishning
birinchi
bosqichi.
Mazkur bosqichda talab faqat o ‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu sinf jamoasi
shakllanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrda o‘quvchilar jamoasi hali
tarbiyalanuvchi jamoa bo‘lmay, balki «birlikni tashkil etuvchi» guruh hisoblanadi.
Ushbu bosqichda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga
e’tiborsiz qarashi tabiiy bir holat. O‘qituvchi tashkilotchi sifatida jamoa a’zolarining
uzluksiz ijodiy faoliyatlarini tashkil qilishi va ularni yagona maqsad atrofida birlash-
tirishga erishishi lozim, shundagina jamoa qaror topadi. O‘qituvchi muloqoti asosida
o‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi faollashadi, faoliyat natijasini birgalikda
muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat,
javobgarlik, faoliyat birligi jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo‘lishiga olib
keladi. O‘quvchilarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasidagi tajribalarga ega
emasliklari bois o‘qituvchining asosiy maqsadi muloqot asosida jamoa a’zolarini oddiy
tarzda uyushtirishdan iborat.
Ushbu bosqichda o‘qituvchining talabchanligi, jamoaning barcha a’zolariga birday
talabni qo‘ya olishi, u tomonidan qo‘yilayotgan talabning qat’iyligi, izchilligi hamda
murosasizligi muhim omil hisoblanadi. Bu vaziyatda o‘qituvchining muloqotda
«hukmdorlik» qilishi uzoq davom etishi mumkin. Jamoa hayotining birinchi bosqichida
jamoa faollarining paydo bo‘lishi ushbu davr uchun xarakterli hodisadir.
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqichda jamoa
faollarining o‘qituvchi muloqotidan kelib chiquvchi talablarni qo‘llab-quvatlashi hamda
o‘z navbatida bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi.
O‘qituvchi jamoada paydo bo‘ladigan muammolarni yo‘lg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Jamoa
faollari
bilan
qizg‘in
muloqot
natijasida
tarbiyaviy
ishlarni
olib
boradi.
O‘quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur
davrning muhim xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda o‘qituvchi muloqotni jamoaning
muhim ishlarini o‘quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishiga, tadbirlarni
o‘tkazishga, faoliyat natijalarini muhokama qilishga, jamoa faoliyatining ijodiy xususiyat
kasb etishini ko‘rsatuvchi omillariga tayanib tashkil qiladi.
Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faollarining roli beqiyosdir.
Ammo jamoa faollari, jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna
bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta bajarishi hamda o‘z mavqelaridan noo‘rin
foydalanmasliklari kerak.Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning uchinchi
bosqichi. Sinf jamoasi faliyatida bu bosqich sermahsul hisoblanadi. Endilikda jamoa
ishiga faqat faollargina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotida ijtimoiy
va erkin fikrlash vujudga keladi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda muloqotni maqsadga
muvofiq va izchil pedagogik faoliyat olib borgan sharoitdagina o‘quvchilarda erkin fikr
yuritish va ongli intizomni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda o‘qituvchi
muloqot asosida u yoki bu tadbir rejasini, jamoaning birgalikdagi faoliyatini va uning
a’zolari xatti-harakatini jamoa bo‘lib muhokama qiladi, turli mavzularda suhbatlar va
ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida
ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning
targ‘iboti
tashkil
etiladi.
Sinf jamoasi bilan muloqotni tashkil etishning to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqichda
o‘qituvchi muloqoti barcha sinf a’zolarining jamoa oldida turgan vazifalari asosida o‘z-
o‘zlariga qat’iy talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir
bosqichda ham jamoa a’zolari o‘zlariga nisbatan muayyan talablar qo‘yishlari lozim.
Ammo qo‘yilgan har
bir talab o‘ziga xos yo‘nalishi bilan ajralib turishi zarur.
To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya
olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining
har biri uchun shaxsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o‘z-o‘zini
tarbiyalash asosida olib borilishi kerak. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni
yanada rivojlantirishdagi roli va o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda o‘qituvchi
muloqoti asosida amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir.
Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun
mutlaqo qulay sharoit yaratiladi.
A.S.Makarenko sinf jamoa a’zolari o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarning ichki
xususiyatlariga ulkan ahamiyat bergan va jamoada shakllanadigan quyidagi eng muhim
belgilarni ajratib ko‘rsatgan:
1) O‘z jamoasi bilan g‘ururlanish asosida o‘z qadr-qimmatini anglash.
2) Jamoaning har bir a’zosida qaror topgan do‘stona birlik.
3) Tarbiyali, ishchan harakatga yo‘llovchi faollik.
4) Hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga amal qilish.
Tajribali pedagog olim tomonidan ta’kidlab o‘tilgan ushbu fikrlar o‘qituvchining sinf
jamoasi bilan tashkil etiladigan muloqotida va o‘quvchilar oldiga qo‘yadigan talablarni
tanlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Puxta o‘ylab qo‘yilgan talablar tizimining
muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartib o‘rnatilishini ta’minlaydi.
O‘qituvchi muloqotini ta’minlaydigan talablar quyidagi sharoit-larda ijobiy natijalar
beradi:
1. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan
bo‘lishi hamda ulaming yosh xususiyatlari inobatga olingan bo‘lishi kerak.
2. Talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi
lozim.
3. Jamoaning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatiga nisbatan qo‘yilayotgan talablari jamiyat
talablari bilan uyg‘unlashgan holda olib borilishi shart.
O‘quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan
qo‘yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga xizmat qilishi lozim.