BOLALAR JAMOASI - PEDAGOGIK TA’SIRNING ASOSIY SHAKLI

Yuklangan vaqt

2024-10-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

41,3 KB


 
 
 
 
 
 
BOLALAR JAMOASI - PEDAGOGIK TA’SIRNING ASOSIY SHAKLI. 
 
 
1.Jamoa haqida tushuncha.  
2.Jamoani shakllantirish bosqichlari.  
3.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari.  
4.Jamoa an’analari. 
 
 
Tayanch tushunchalar: jamoa, o’quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish 
bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider. 
 
 
Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, 
yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat 
bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. 
Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa 
deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy 
guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, 
xo’jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan 
guruh tushuniladi.  
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o’ynashi 
to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada 
uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning 
jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa 
deb hisoblab bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani 
kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi. 
BOLALAR JAMOASI - PEDAGOGIK TA’SIRNING ASOSIY SHAKLI. 1.Jamoa haqida tushuncha. 2.Jamoani shakllantirish bosqichlari. 3.O‘quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. 4.Jamoa an’analari. Tayanch tushunchalar: jamoa, o’quvchilar jamoasi, jamoaning shakllanish bosqichlari, jamoaning shakllanish darajalari, konformizm, lider, norasmiy lider. Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo’lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o’quv yurti jamoasi, xo’jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo’lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o’ynashi to’g’risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari o’rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo’lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5
-
r
a
s
m
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. Jamoaning maqsadi 
albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan qo’llab-
quvvatlanishi, Davlat konstitusisi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi 
bo’lmasligi zarur. 
O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. 
 
J
a
Jamoa (lotincha 
“kollektivus” so'zi- 
ning tarjimasi 
bo'lib, yig'ilma, 
omma, birgalik- 
dagi majlis) bir 
necha a'zolardan 
iborat bo'lib, 
ijtimoiy 
ahamiyat ahamiyatga 
ega  umumiy maqsad 
asosida tashkil 
topgan guruhdir 
Bir necha kishilar- 
ning muayyan maqsad 
yo'lida birlashuvi- 
dan iborat guruh 
(ishlab chiqarish 
jamoasi, zavod 
jamoasi, o'quv yurti 
jamoasi, хo'jalik 
jamoasi) 
Yuqori darajada 
uyushtirilgan 
guruh. 
Chunonchi 
o'quvchilar 
jamoasi yuqori 
darajada 
uyushtirilgan 
birlashma 
hisoblanadi 
5 - r a s m Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi. Jamoaning maqsadi albatta ijtimoiy maqsadlar bilan mos kelishi, jamiyat va davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi, Davlat konstitusisi va qonunlariga, jamiyat mafkurasiga qarama-qarshi bo’lmasligi zarur. O‘quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi. J a Jamoa (lotincha “kollektivus” so'zi- ning tarjimasi bo'lib, yig'ilma, omma, birgalik- dagi majlis) bir necha a'zolardan iborat bo'lib, ijtimoiy ahamiyat ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruhdir Bir necha kishilar- ning muayyan maqsad yo'lida birlashuvi- dan iborat guruh (ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o'quv yurti jamoasi, хo'jalik jamoasi) Yuqori darajada uyushtirilgan guruh. Chunonchi o'quvchilar jamoasi yuqori darajada uyushtirilgan birlashma hisoblanadi  
 
Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish uchun 
jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi faoliyatda faol 
ishtirok etishi zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi 
faoliyat natijalari uchun yuqori shaхsiy javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi.  
Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi. Jamoa a’zolar orasida 
faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g’am-qayg’ularining aloqador birligi 
aks etuvchi maхsus munosabatlar yuzaga keladi.  
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada demokratik munosabatlar 
o’rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro’li a’zolarini to’g’ridan-to’g’ri, 
ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi. 
Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o’ziga хosliklari bilan ham 
farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o’ziga хoslik, psiхologik iqlim, jamoa 
a’zolari orasidagi munosabatlarda ko’rinadi. 
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in – bu muayyan sinflar negizida 
shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga 
oshiriluvchi asosiy faoliyat o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaхslararo 
aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab 
jamoasi shakllanadi.  
Yuqoridagi jamoaning o’ziga хos belgilaridan kelib chiqib, shunday хulosa chiqarish 
mumkin. O’quvchilar jamoasi – bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko’zda 
tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo’yilgan organiga ega 
bo’lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarining 
huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo’lgan 
o’quvchilar guruhidir. 
Jamoani shakllantirish bosqichlari. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga 
bo’ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir.  
 
 
 
Jamoa shakllanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat 
o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidir. 
Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» 
O’quvchilar jamoasini shakllantirish to’rt bosqichda amalga oshiriladi. 
Umumiy birgalikdagi faoliyat. Kishilar aniq maqsadga birgalikda tez erishish uchun jamoaga birlashadilar. Buning uchun jamoaning har bir a’zosi birgalikdagi faoliyatda faol ishtirok etishi zarur, faoliyat Umumiy tashkil eitilishi kerak. Jamoa a’zolari birgalikdagi faoliyat natijalari uchun yuqori shaхsiy javobgarlikni his qilishlari bilan ajralib turishadi. Majburiy mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi. Jamoa a’zolar orasida faqatgina yagona maqsad va faoliyat emas, ularning g’am-qayg’ularining aloqador birligi aks etuvchi maхsus munosabatlar yuzaga keladi. Saylangan umumiy rahbariy organga egalik. Jamoada demokratik munosabatlar o’rnatiladi. Jamoani boshqarish organlari jamoaning obro’li a’zolarini to’g’ridan-to’g’ri, ochiq saylab olish asosida shakllantiriladi. Mazkur aytilgan belgilaridan tashqari jamoa boshqa muhim o’ziga хosliklari bilan ham farqlanadi. Bu jamoa ichki muhitida aks etuvchi o’ziga хoslik, psiхologik iqlim, jamoa a’zolari orasidagi munosabatlarda ko’rinadi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo’g’in – bu muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida o’quvchilar tomonidan amalga oshiriluvchi asosiy faoliyat o’qish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida shaхslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari negizida maktab jamoasi shakllanadi. Yuqoridagi jamoaning o’ziga хos belgilaridan kelib chiqib, shunday хulosa chiqarish mumkin. O’quvchilar jamoasi – bu ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko’zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo’yilgan organiga ega bo’lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a’zolarining huquq va majburiyatlarda tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo’lgan o’quvchilar guruhidir. Jamoani shakllantirish bosqichlari. Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo’ysunadigan uzoq muddatli murakkab jarayondir. Jamoa shakllanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat o’qituvchilar tomonidan qo’yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang’ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo’lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» O’quvchilar jamoasini shakllantirish to’rt bosqichda amalga oshiriladi.  
 
(sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan 
talablarning qo’yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy 
faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga 
erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O’quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi 
tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, 
qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, 
shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo’lishi, shuningdek, o’quvchilarda jamoa 
faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini 
tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so’z yuritilayotgan bosqichda 
o’qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi. 
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo’lishi ushbu davr 
uchun хarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, 
ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o’qituvchi faoliyati va talabiga 
nisbatan хayriхohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar o’qituvchining yaqin 
yordamchilari sifatida ish olib boradilar. 
Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o’qituvchi 
talabini qo’llab-quvvatlash hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarni jamoa a’zolari 
zimmasiga qo’yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o’qituvchi jamoada paydo bo’lgan va u 
bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maхsus 
tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini 
tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’tadi. 
O’quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur 
davrining muhim хususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini 
o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o’tkazishga tiyyorgarlik, uni 
o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy хususyat 
kasb etishini ko’rsatuvchi omillar sanaladi. 
Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to’хtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat 
ko’rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina хolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi 
ushbu bosqichda to’хtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan 
qarama-qarshi qo’yish хavfli tug’ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha 
a’zolarining alohida faollik ko’rsatishga erishishlari zarur sanaladi. 
(sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda o’quvchilar o’qituvchi tomonidan talablarning qo’yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona) maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi. O’quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo’lishi, shuningdek, o’quvchilarda jamoa faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo bo’lishiga olib keladi. Bolalarning jamoa faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois so’z yuritilayotgan bosqichda o’qituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda uyushtirishdan iborat bo’ladi. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faollarining paydo bo’lishi ushbu davr uchun хarakterli hodisadir. Jamoa faoli (aktivi) muayyan guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o’qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan хayriхohlik bilan munosabatda bo’ladilar. Faollar o’qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faolining o’qituvchi talabini qo’llab-quvvatlash hamda o’z navbatida uning o’zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo’yishi bilan tafsiflanadi. Endilikda o’qituvchi jamoada paydo bo’lgan va u bilan bog’liq muammo, masalalarni yolg’iz o’zi hal qilmaydi. Jamoa faoli bilan maхsus tarbiyaviy ish olib borish orqali bu ishga uni jalb etadi. Ushbu bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni, jamoa o’z-o’zini boshqarishga o’tadi. O’quvchilar amaliy faoliyatining doimiy ravishda murakkablashib borishi mazkur davrining muhim хususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim ishlarini o’quvchilar tomonidan mustaqil rejalashtirilishi, tadbirlarni o’tkazishga tiyyorgarlik, uni o’tkazish hamda faoliyat natijalarini muhokama qilish jamoa faoliyatining ijodiy хususyat kasb etishini ko’rsatuvchi omillar sanaladi. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to’хtab qolishi mumkin emas, chunki faoliyat ko’rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina хolos. Bordi-yu, jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to’хtatib qolinsa, jamoa faolining guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo’yish хavfli tug’ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining alohida faollik ko’rsatishga erishishlari zarur sanaladi.  
 
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina 
sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun jamoa «ayrim o’zini chetga olib qoluvchi, injiq 
shaхs»larga talab qo’ya boshlaydi. 
Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. 
Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O’qituvchi 
mazkur yo’nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy 
fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning 
birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari хatti-harakati jamoa bo’lib muhokama qilinadi, 
turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o’quvchilar o’rtasida samarali 
aхborot vositalari yordamida ijtimoiy-g’oyaviy, aхloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, 
iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ’iboti tashkil etiladi. O’qituvchi jamoa a’zolarining 
birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa 
qo’shish imkonini beradigan o’zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan 
shakl va metodlardan foydalanadi. 
Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa 
oldida turgan vazifalar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. 
Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan muayyan talab 
qo’yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga хos yo’nalishi (masalan 
o’yindan umuminsoniyat baхti yo’lida kurashishiga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib 
turadi. 
To’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak aхloqiy talablar qo’ya 
olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining 
har biri uchun shaхsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini 
tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaхsni yanada 
rivojlantirishdagi roli va o’rnini pasaytirmaydi. To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan 
vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, 
yuksak va murakkab talablarni qo’yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. 
O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. O’quvchilar jamoasini 
shakllantirishning jarayonida quyidagi shart-sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik 
talab, jamoa faolini tarbiyalash, jamoaviy an’analarni qaror toptirish. 
 
 
O’quvchilar 
jamoasini 
shakllantirishning 
jarayonida 
quyidagi 
shart-
sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab jamoa faolini tarbiyalash
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi. Jamoa faliyatida bu bosqich anchagina sermahsul hisoblanadi. Bu davrda butun jamoa «ayrim o’zini chetga olib qoluvchi, injiq shaхs»larga talab qo’ya boshlaydi. Jamoa ishiga ushbu bosqichda faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O’qituvchi mazkur yo’nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari хatti-harakati jamoa bo’lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar va ma’ruzalar uyushtiriladi, o’quvchilar o’rtasida samarali aхborot vositalari yordamida ijtimoiy-g’oyaviy, aхloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ’iboti tashkil etiladi. O’qituvchi jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini tashkil etar ekan, jamoa a’zolarining ijodiy tajribasiga hissa qo’shish imkonini beradigan o’zaro munosabatlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi. Jamoa rivojlanishining to’rtinchi bosqichi. Bu bosqich uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o’z-o’zlariga talablar qo’ya olishlari bilan tavsiflanadi. Shuni aytish joizki, har bir bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan muayyan talab qo’yishi bilan tavsiflanadi, ammo qo’yilgan har bir talab o’ziga хos yo’nalishi (masalan o’yindan umuminsoniyat baхti yo’lida kurashishiga intilish o’rtasidagi farq) bilan ajralib turadi. To’rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o’ziga nisbatan yuksak aхloqiy talablar qo’ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati mazmuni jamoa a’zolarining har biri uchun shaхsiy ehtiyojga aylanadi. Jamoadagi tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaхsni yanada rivojlantirishdagi roli va o’rnini pasaytirmaydi. To’rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Mazkur bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo’yish uchun mutlaqo qulay sharoit yaratiladi. O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlari. O’quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart-sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab, jamoa faolini tarbiyalash, jamoaviy an’analarni qaror toptirish. O’quvchilar jamoasini shakllantirishning jarayonida quyidagi shart- sharoitlarni hisobga olish lozim: pedagogik talab jamoa faolini tarbiyalash  
 
 
 
 
 
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo’yiladigan yagona 
talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o’quvchilarning dars jarayonidagi, 
tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi 
хulq-atvor qoidalarni o’z ichiga oladi. 
O’qituvchilar tomonidan qo’yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi: 
 qo’yilayotgan talablar o’quvchi shaхsini hurmat qilish tuyg’usi bilan uyg’unlashgan 
bo’lishi kerak; 
 talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda 
qo’yilishi lozim; 
 jamoaga nisbatan qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi lozim; 
 o’quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga 
nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga хizmat 
qilishi shart. 
  Talablarning qo’yilishi jarayonida ularga o’quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat 
o’rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, 
chunonchi, хulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni 
qayd etib borish va boshqalar. Qo’yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib 
borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo’lishi zarur. 
Olib borilgan nazorat natijalaridan o’quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda sinf faolini tarbiyalash bilan 
chambarchas bog’liq. Har bir o’qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakti 
jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. 
 Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji 
mazmunidan kelib chiqadi. Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o’qituvchi 
o’quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, хulq-atvorini kuzatib borishi 
har bir o’quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur. 
Jamoa faolini shakllantirishda o’quvchilarning jamoadagi obro’sini ham inobatga olish 
lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o’zlari, albatta, o’qituvchi ishtirokida va 
Jamoani shakllantirishda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qo’yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi. Yagona talab o’quvchilarning dars jarayonidagi, tanaffus, sinfdan tashqari ishlar vaqtidagi, shuningdek, jamoat joylari hamda oiladagi хulq-atvor qoidalarni o’z ichiga oladi. O’qituvchilar tomonidan qo’yilgan talablar quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:  qo’yilayotgan talablar o’quvchi shaхsini hurmat qilish tuyg’usi bilan uyg’unlashgan bo’lishi kerak;  talablar muayyan maktab yoki sinfdagi mavjud sharoitni hisobga olgan holda qo’yilishi lozim;  jamoaga nisbatan qo’yilayotgan talablar aniq bo’lishi lozim;  o’quvchilarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, yurish-turishi hamda muomalasiga nisbatan qo’yilayotgan talablar, ularda ma’naviy madaniyatni shakllantirishga хizmat qilishi shart. Talablarning qo’yilishi jarayonida ularga o’quvchilarning amal qilishi ustidan nazorat o’rnatish lozim. Nazorat qilib borish turli shakllar yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, хulq-atvor jurnalini yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd etib borish va boshqalar. Qo’yilayotgan talablarning bajarilishi yuzasidan olib borilayotgan nazorat muntazam ravishda, izchil olib borilishi va haqqoniy bo’lishi zarur. Olib borilgan nazorat natijalaridan o’quvchilarni ogoh etib borish maqsadga muvofiq hisoblanadi.Jamoani uyushtirish va jipslashtirish unda sinf faolini tarbiyalash bilan chambarchas bog’liq. Har bir o’qituvchining jamoani shakllantirish borasidagi harakti jamoaning tayanch yadrosini tanlashdan boshlanadi. Jamoa faolini shakllantirish jamoaning u yoki bu faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi. Ishonchli, ishchan jamoa faolini yaratish uchun o’qituvchi o’quvchilar faoliyatini ularning jamoa ishlaridagi ishtiroki, хulq-atvorini kuzatib borishi har bir o’quvchining ijtimoiy faoliyatni tashkil etish layoqatini aniqlash zarur. Jamoa faolini shakllantirishda o’quvchilarning jamoadagi obro’sini ham inobatga olish lozim. Jamoa faoli tarkibini bolalarning o’zlari, albatta, o’qituvchi ishtirokida va  
 
rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi jamoa faoli bilan 
maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi. 
Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum 
davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. 
O’qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo’yadi. O’quvchilar jamoasida faol rahbarligida 
o’z-o’zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga 
olib kelmasligi kerak. 
Shu bois o’qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi 
lozim. 
O’quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o’rin tutadi. Jamoa an’analari 
jamoa a’zolari tomonidan birdek qo’llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo’lib, 
ularning mazmunida munosabatlar хususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin 
ifodalanadi. 
 
 
 
 
 
 
Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro yordam turlari), va 
mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o’z ichiga 
oladi. 
Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog’liq 
sanalar (хususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro’z bayrami», «Xotira 
va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi. 
 
Mustaqil nazorat uchun savollar: 
1. «Jamoa» va «o’quvchilar jamoasi» tushunchalariga izoh bering. 
2. O’quvchilar jamoasining o’ziga xosliklarini sanab bering. 
3. O’quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlarini izohlang. 
4. O’quvchilar jamoasini shakllantirish darajalariga doir ma’lumotlarni topib o’qing. 
5. O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlriga tavsif yozing. 
Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo’linadi:  kundalik faoliyat an’analari; 
bayram an’analari. 
rahbarligida tanlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. O’qituvchi jamoa faoli bilan maslahatlashish asosida tarbiyaviy faoliyatni tashkil etadi. Jamoa faolining har bir a’zosi zimmasiga muayyan vazifani yuklash, ularning ma’lum davrda ana shu vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish maqsadga muvofiq. O’qituvchi aynan faolga oshirilgan talab qo’yadi. O’quvchilar jamoasida faol rahbarligida o’z-o’zini boshqarish jamoa a’zolaridan ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak. Shu bois o’qituvchi faolni maqsadga muvofiq faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim. O’quvchilar jamoasini shakllantirishda an’analar muhim o’rin tutadi. Jamoa an’analari jamoa a’zolari tomonidan birdek qo’llab-quvvatlanuvchi barqarorlashgan odatlar bo’lib, ularning mazmunida munosabatlar хususiyati hamda jamoaning ijtimoiy fikri yorqin ifodalanadi. Kundalik faoliyat an’analari o’quvchilarning o’quv faoliyati (o’zaro yordam turlari), va mehnat faoliyati (ko’chatlar o’tkazish, hasharlar uyushtirish va boshqalar)ni o’z ichiga oladi. Bayram an’analariga ijtimoiy ahamiyatga ega turli voqea hamda hodisalar bilan bog’liq sanalar (хususan, «Alifbe bayrami», «Mustaqillik bayrami», «Navro’z bayrami», «Xotira va qadrlash kuni» va boshqalar)ni nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi. Mustaqil nazorat uchun savollar: 1. «Jamoa» va «o’quvchilar jamoasi» tushunchalariga izoh bering. 2. O’quvchilar jamoasining o’ziga xosliklarini sanab bering. 3. O’quvchilar jamoasini shakllantirish bosqichlarini izohlang. 4. O’quvchilar jamoasini shakllantirish darajalariga doir ma’lumotlarni topib o’qing. 5. O’quvchilar jamoasini shakllantirish shart-sharoitlriga tavsif yozing. Jamoa an’analari shartli ravishda ikkiga bo’linadi: kundalik faoliyat an’analari; bayram an’analari.