BOLALAR TARBIYA JAMOASI VA YAGONA PEDAGOGIK JARAYON
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
37,1 KB
BOLALAR TARBIYA JAMOASI VA YAGONA PEDAGOGIK JARAYON
Reja:
1. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi.
2. Boshlangʻich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya metodlarini
maqsadga muvofiq tanlash.
3. Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy
tajribalari.
4. Shaxsning jamoada qaror topishi. Jamoa haqida tushuncha.
Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi,
tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya tamoyillari,
tarbiya
qonuniyatlari,
jarayon,
aqliy,
axloqiy,
tafakkurni
shakllantirish,
dunyoqarash, jismoniy tarbiya, jamoa, bolalar kollektivi, jamoa tarbiyasi,
Suxomlinsliy, milliy model, shaxs, davlat va jamiyat, fan, uzluksiz ta’lim, ishlab
chiqarish, jamoa, bolalar kollektivi, jamoa tarbiyasi, Suxomlinsliy, milliy model,
shaxs, davlat va jamiyat, fan, uzluksiz ta’lim, ishlab chiqarish.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi.
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va
pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha
yondashuvlar yuzaga keldi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni
har tomonlama oʻstirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish
jarayoni. Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa
sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini
amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan
faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy
ish deb ataladi.
Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi boʻlib,
tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni tashkil etish masalalari,
metodikasi, shakllari, metodlari, vositalari, usullari va muammolarini oʻrganadi.
Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish – aniq maqsadga va ijtimoiy
gʻoyaga asoslanib, oʻquvchilarda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga
yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishi
sanaladi.
Tarbiyaning shaxs kamolotiga ta’siri quyidagilarda koʻrinadi:
1) tarbiya ta’sirida muhit bera olmagan bilim, ma’lumot egallanadi, mehnat
va texnik faoliyat bilan bogʻliq koʻnikma, malakalar hosil boʻladi;
2) tarbiya tufayli tugʻma kamchiliklar ham oʻzgartirilib, shaxs kamolga
yetadi;
3) tarbiya yordamida muhitning salbiy ta’sirini ham yoʻqotish mumkin;
4) tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi.
Tarbiya jarayoni oʻzaro bogʻliq boʻlgan ikki faoliyatni – oʻqituvchi va
oʻquvchi faoliyatini oʻz ichiga oladi. Tarbiya jarayonida oʻquvchining ongi
shakllana boradi, his va tuygʻulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan va
ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil boʻladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan
toʻgʻri uyushtirish gʻoyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan
tarbiyaviy ta’sirga nisbatan ma’lum munosabatda boʻladi. Bu munosabat shaxsning
ichki ehtiyoji va xohishlarini ifodalaydi.
Psixologlar va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh
ijobiy, xoh salbiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bogʻliqligini koʻrsatadi.
Bolaning shaxsiy tajribasi ehtiyojlari tashqi ta’sirga munosabatini belgilab beradi va
uning xulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning oʻzigina
kifoya qilmaydi. Toʻgʻri tarbiyalash uchun tarbiyalanuvchining bu faoliyatga
nisbatan qalbida paydo boʻlayotgan munosabatni, turli xil kechinmalarni qanday
anglashni, baholashni, his qilishni hamda ulardan oʻzi uchun nimalarni maqsad qilib
olayotganini bilish zarur. Yana shuni hisobga olish kerakki, bularning barchasi turli
kishilar bilan aloqa qilish, jamoadagi munosabatlar asosida roʻy beradi. Bola ulgʻaya
borishi bilan bu xil aloqa va munosabatlar murakkablashib boradi va bola shaxsning
kamolga yetishida yo ijobiy yoki salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun tarbiya maqsadga
muvofiq muntazam ta’sir etishni koʻzda tutadi, zeroki shu yoʻl bilan jamiyatning
shaxsga qoʻyadigan talablari tarbiyalanuvchining xulqini idora qilib turuvchi ichki
ehtiyojga aylanadi.
Tarbiya jaaryonida oʻquvchining onginigina emas, balki his-tuygʻularini
ham oʻstirib borish, unda jamiyatning shaxsga qoʻyadigan axloqiy talablariga
muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilish lozim. Bunga erishish
uchun oʻquvchining ongiga (ta’lim jarayoni asosida), hissiyotiga (darsda va sinfdan
tashqari ishlarda) va irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida)
muntazam ta’sir etib boriladi. Agar oʻquvchini tarbiyalashda bulardan birortasi
(ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Shuning uchun tarbiya jarayoni koʻp qirrali va murakkabdir. Maktabdagi tarbiya
jarayoni toʻxtovsiz davom etadigan jarayon boʻlib, unga oʻqituvchi, tarbiyachi
rahbarlik qiladi va u tarbiyaning ayni vaqt uchun zarur boʻlgan maqsadini, shu
maqsadni hal qilishga xizmat etadigan faoliyatini belgilaydi. Oʻquvchilarning shu
faoliyatiga ishtirok etishini ta’minlab, ular oʻrtasida ijtimoiy, jamoa va oʻrtoqlik
aloqalari va munosabati uchun sharoit yaratadi.
Oʻquvchilarni faoliyatda qatnashishlari orqali ularning mustaqilligi ijodiy
tashabbuskorligi oʻsib borishiga erishiladi. Ana shu jarayonda bolaning qarashlari,
e’tiqodlari va voqea hodisalarga oʻz nuqtai nazari vujudga keladi va mustahkamlanib
boradi. Bular bolaning atrof-muhitning ta’siriga nisbatan qanday munosabatda
boʻlishini belgilaydi.
Shunday qilib, maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish va kamolga
etkazish jarayonidan iborat boʻlib, uning mazmuni ta’limdagidek alohida
predmetlarda
emas,
balki
oʻquvilarning
hayot-faoliyatlari
va
oʻzaro
munosabatlaridan tashkil topadi. Mana shulardan tarbiya jarayonining oʻziga xos
xususiyatlari kelib chiqadi.
Tarbiya jarayonining oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
- aniq maqsadga yoʻnaltirilganlik;
- uzoq muddat davom etishi (tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol koʻzga
tashlanmaydi);
- uzluksizligi (oʻquvchilar va oʻqituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli
harakatlari);
- yaxlit, tizimli tashkil etilishi;
- ikki tomonlama aloqa hamda qarama-qarshiliklarning mavjud boʻlishi.
Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchi shaxsida ongning shakllanib borishi, his-
tuygʻularning rivojlanishi, ijtimoiy hayot uchun zarur boʻlgan ijtimoiy aloqalarni
tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlarning hosil boʻlishi kabi oʻzgarishlar
kuzatiladi.
Tarbiya jarayonining muvaffaqiyatli kechishi uning maqsadi, shakllari,
metodlari, vositalari, mavjud pedagogik shart-sharoitlar, shaxsning oʻzini-oʻzi
tarbiyalash va qayta tarbiyalashi ehtiyojiga egaligiga bogʻliq.
Oʻzini oʻzi qayta tarbiyalash shaxsning oʻzidagi salbiy odatlar, xarakteridagi
zararli sifatlarni yoʻqotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati
jarayonidir.
Tarbiya jarayonida pedagogik talab.
Pedagogik
talab
tarbiya
jarayonida
boshlangʻich
usuli
boʻlib,
tarbiyalanuvchining muayyan faoliyatini ragʻbatlantirishni yoki toʻxtatishni va aniq
amaliy hamda insoniy sifatlarni namoyon qilishni ta’minlaydi.
Talab
qilish
usuli
oʻquvchilarning
koʻpgina
axloqiy
sifatlarini
shakllantirishga yordam beradi, shu bilan birga tarbiyalanuvchilarda oʻziga nisbatan
mas’uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
Yagona pedagogik talablarni qarab chiqar ekanmiz, faqat bizning
jamiyatimizdagina xalqning ma’naviy-siyosiy birligini mustahkamlashda pedagogik
talab tarbiya jarayonining ta’sirchan usuliga aylanishi mumkin.
Oʻqituvchi oʻquvchilar bilan ishlar ekan, ularni faoliyatini tashkil etar ekan,
oʻz koʻrsatmalari bilan oʻquvchilarning ayrim harakatlarini ragʻbatlantiradi. Oʻquv
va tarbiyaviy ishlar jarayonida ularga muayyan mulohazalar bildiradi, tanbeh beradi
yoki ragʻbatlantiradi, yakun yasaydi. Uning ayrim buyruqlari qisqa va loʻnda boʻlib,
sezilar-sezilmas majbur qilishga oʻxshab ketsa-da boshqalari acha keng tushintirish
yoʻl-yoʻriqlar shakliga ega boʻladi. Bir xillari oʻquvchilarni faqat ishga jalb qilish
zaruriyati tufayli, boshqalari bolalarning ayrim koʻnikma va malakalarini
oʻzlashtirishga tuzatish kiritish ehtiyoji bilan vujudga kelgan; ayrimlari
oʻquvchilarning
keraksiz
va
notoʻgʻri
harakatlarini
toʻxtatsa,
boshqalari
muvaffaqiyatli harakatlarni mustahkamlaydi va qoʻllab-quvvatlaydi. Pedagogning
talabisiz oʻquvchilarning oʻquv va ijtimoiy foydali faoliyatini tashkil etishni tasavvur
etib boʻlmaydi.
Tajribali pedagog bolalar huzuriga keng harakatlar dasturi bilan birga boradi,
oʻz tarbiyalanuvchilaridan har biri qachon nima qilinishini aniq, muayyan tarzda
biladi. Zero, talablar ana shu dasturni ularning ishlari va xatti-harakatlarida amalga
oshirish vositasidir, xolos. Tarbiya jarayonida pedagogik talablarning asosiy turlari
va shakllarini qarab chiqamiz.
Pedagogning talablari vositasiz talablar boʻlishi mumkin, bunda tarbiyachi
ulardan muayyan harakatlarga erishishni kutadi.
Pedagogning talablari vositali talablar boʻladi, bunda oʻqituvchi oʻz
talablari bilan bolalarda oʻz doʻstalriga nisbatan navbatdagi talablarni keltirib
chiqaradi. Talablarning asosiy shakllari, bu usulning u yoki bu shaklini tanlash
pedagogik vaziyatni ikkita asosiy shartdan, ikki omilda vujudga keladi.
Birinchi omil – kimdan talab qilinsa, oʻshaning talab qiluvchiga
munosabatidir.
Ikkinchi omil – bu tarbiyalanuvchining pedagog ragʻbatlantiradigan
faoliyatiga munosabatidir. Umuman olganda, bu munosabatlarni biz ijobiy, betaraf
va salbiy munosabatlar deb ta’riflaymiz, holbuki amalda bu munosabatlarning juda
koʻpdan-koʻp koʻrinishlari ham boʻlishi mumkin.
Endi talab shakllariga toʻxtalib oʻtamiz. Talab toʻppa-toʻgʻri boʻlishi
mumkin, bunda oʻqituvchining murojaati qat’iy, dadil ohangda ifodalangan aniq
koʻrsatmaga ega boʻlishi mumkin.
Talab mazmun jihatdan ham, shakl jihatdan ham rivojlanib boradi.
Pedagogik vaziyat qandaydir oʻzgarmas bir narsa emas. U yoki bu usullarni tatbiq
etib, bolalar faoliyatida muvaffaqiyatga erishib, pedagog shu bilan birga vaziyatning
zarur yoʻnalishida rivojlanishni boshqaradi. Pedagog toʻppa-toʻgʻri talablarni qoʻyar
ekan, bolalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi va ayni vaqtda ularda
bajariladigan faoliyatga munosabatni shakllantiradi.
Boshlangʻich
ta’limda
tarbiya
jarayonining
mazmuni,
tarbiya
metodlarini maqsadga muvofiq tanlash.
Oʻqituvchi-doʻst, murabbiy, yoʻl boshlovchi boʻlgandagina oʻquvchilar
oʻzlarining ichki olamlarini ochib koʻrsatadilar. Demak, tarbiya metodi tarbiyachi va
tarbiyalanuvchilarning hamkorlikdagi faoliyat va oʻzaro ta’sir koʻrsatish usullaridir.
Shaxsni shakllantirish maqsadida, bolaning ongi, his-tuygʻulari, irodasi, xulq-atvori
va munosabatlari tizimiga ta’sir koʻrsatish uchun tarbiya metodlari ishlatiladi. Ilmiy
adabiyotlarda tarbiya metodlari tarbiya usullari, deb ham yuritiladi.
Tarbiya tamoyillari – tarbiya nazariyasining asosiy yetakchi qoidalari boʻlib,
tarbiya jarayonini tashkil etish mazmuni, shakl, metod va vositalarini toʻgʻri
tanlanishini belgilaydigan boshlangʻich asoslar hisoblanadi.
Tarbiya jarayoni quyidagi tamoyillar asosida tashkil etiladi:
- tarbiya maqsadining aniqligi;
- bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati;
- ixtiyoriylik;
- yoʻnaltirilganlik;
- oʻz-oʻzini anglash;
- jamoaviylik;
- insonparvarlik;
- ilmiylik;
- pedagogik jarayonning hayot va amaliyot bilan bogʻliqligi;
- izchillik;
- uzluksizlik;
- tizimlilik;
- koʻrsatmalilik;
- estetik gʻoyalar ustuvorligi.
Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Unda eng oddiy
harakatdan tortib, to keng koʻlamli ijtimoiy harakatni tashkil etishdan iborat
jarayonning mohiyati yoritiladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakter kasb etadi.
Tarbiya jarayoni quyidagi qonuniyatlar asosida kechadi:
- tarbiyaning obyektiv va subyektiv omillarga bogʻliqligi;
- tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va oʻzaro aloqadorligi;
- faoliyat va munosabat shaxsning ijtimoiy ahamiyatli fazilatlarni
shakllantirishning negizi va asosiy manbai ekanligi;
- tarbiyalanuvchilarning oʻzaro tarbiyaviy ta’siri, oʻzaro munosabatlari
hamda faol faoliyati oʻrtasidagi bogʻlanishning mavjudligi.
Tarbiya mazmuni – shaxsning shakllanishiga qoʻyiladigan ijtimoiy talablar
mohiyatidan iborat boʻlib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, kishilik munosabatlari
mohiyati va darajasi, jamiyat mafkurasi gʻoyalari asosda belgilanadi.
Tarbiya metodlari quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar.
2. Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari.
3. Xulq va faoliyatni ragʻbatlantirish metodlari.
4. Oʻz-oʻzini tarbiyalash metodlari.
Oʻquvchilarda
ma’naviy-axloqiy
sifatlar,
e’tiqod,
dunyoqarashni
shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-tuygʻusi, irodasiga ta’sir koʻrsatish
usullari ijtimoiy ongni shakllantiruvchi metodlar sanaladi. Mazkur metodlar
yoshlar tomonidan hayot mazmunining tushunib olinishini ta’minlaydi.
Hikoya, etik suhbat, tushuntirish, izohlash, ma’ruza, ishontirish, nasihat,
yoʻriqnoma, munozara, ma’ruza, namuna ijtimoiy ongni shakllantiruvchi
metodlar sirasiga kiradi.
Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda koʻp ishlatiladigan usul boʻlib,
u orqali ta’lim oluvchilarni jamiyatda kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy
jarayonlar, shaxslararo munosabatlar mazmuni, ijtimoiy-axloqiy va huquqiy
me’yorlar, ularga amal qilish, shaxs tomonidan oʻzligini anglash hamda jamiyatda,
jamoada muayyan oʻrinni egallashga oid ma’lumotlar bilan tanishtirishga xizmat
qiladi.
Oʻquvchi shaxsini gʻoyaviy va ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda
oʻqituvchining jonli nutqi, oʻquvchi bilan oʻzaro munosabati ta’sirchan usullardan
hisoblanadi. Suhbat jarayonida oʻquvchi shaxsini yaqindan anglash mumkin, u
haqidagi tasavvurlar yanada boyiydi. Ta’lim oluvchi bilan suhbatlashish jarayonida
uning shaxs sifatida shakllanishiga yordam beradigan ma’lumotlar beriladi, ijtimoiy
va tabiiy borliqqa nisbatan munosabat baholanadi, ijobiy sifatlar ragʻbatlantirilib,
salbiy holatlar aniqlanib, ularni bartaraf etish yoʻl-yoʻriqlari koʻrsatiladi.
Ta’lim oluvchining ijtimoiy ongini shakllantirish uchun tashkil etiladigan
suhbatlar uchun quyidagi mavzular yoʻnalish sifatida tanlanadi:
1) etik mavzular (ijtimoiy ma’naviy-axloqiy me’yorlar, jamiyatda ustuvor
oʻrin tutuvchi ijtimoiy munosabatlar, jamoa orasida oʻzini tutish qoidalari va
boshqalar);
2) estetik mavzular (tabiat goʻzalligi, shaxslararo munosabatlar, inson
goʻzalligi);
3) siyosiy mavzular (davlatning ichki va tashqi siyosati, dunyo voqealari,
xalqaro munosabatlar va hokazolar);
4) ta’lim va bilishga oid mavzular (koinot, hayvonot va oʻsimliklar dunyosi,
elektronika va boshqalar).
Hikoya oʻqituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa, voqealarning yaxlit
yoki qismlarga boʻlib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yoʻli bilan
ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishini ifodalovchi metod sanaladi.
Namuna – shaxsga atrofdagilar (xususan, oʻqituvchilar, ota-onalar, yoshi
katta kishilar)ning yurish-turish, muomala, tartib-intizom qoidalariga rioya qilish,
kundalik faoliyatni tashkil etishda oʻrnak, ibrat boʻla olishlarini ifodalovchi metod
sanaladi.
Yosh avlod uchun quyidagi pedagogik hodisalar namuna boʻla oladi:
1. Ota-onalarning yurish-turishi, bir-birlariga bilan oʻzaro munosabatlari,
kundalik faoliyatni tashkil etishlari, atrofdagilar nisbatan yondashuvlari;
2. Oʻqituvchilarning hamkasblari, rahbarlari, shuningdek, oʻquvchilar bilan
oʻzaro munosabatlari, nutq va muomala odobi, kasbiy faoliyatni olib borishdagi
mas’uliyatlari;
3. Ishlab chiqarish ilgʻorlari, umuminsoniy hamda milliy ilm-fan, madaniyat
ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan shaxslarning hayoti va faoliyatlari;
4. Badiiy asarlar, kinofilmlar, spektakllar qahramonlarining xatti-harakatlari,
ma’naviy qiyofasi;
5. Afsonaviy va tarixiy milliy qahramonlar, Vatan ozodligi uchun kurashgan
shaxslarning jasoratlari;
6. Favqulodda vaziyatlarda fuqarolik, insoniylik burchini sidqidildan ado
etgan shaxslarning xatti-harakatlari;
7. Tengdoshlarning ijtimoiy munosabatlar jarayonida, turli vaziyatlarda
oʻzlarini tuta olishlari, irodali, matonatli, axloqli ekanliklarini namoyon eta olishlari
va boshqalar.
Ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari – muayyan mashq yordamida
bolalar faoliyatini toʻgʻri, maqsadga muvofiq, puxta tashkil qilish orqali ularni
axloqiy me’yor, xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantiruvchi usullar sanaladi.
Odatlantirish, mashqlantirish (mashq qildirish), topshiriq, pedagogik talablar, jamoat
fikri,
tarbiyalovchi
vaziyat
kabilar ijtimoiy
xulqni
shakllantirish
metodlari sirasiga kiradi.
Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish koʻnikmalarini
egallash yoʻlida muayyan amal, harakatni koʻp marta takrorlash.
Mashqlantirish (mashq qildirish) – muayyan xatti-harakatlarni koʻp marotaba
takrorlashga qaratilgan harakat mohiyatini ifodalovchi metod hisoblanadi.
Mashqlantirish natijasida muayyan koʻnikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi,
oʻquvchining aqliy qobiliyati oʻsadi, axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi
ortadi.
Tarbiya amaliyotida mashq qildirishning quyidagi turlari mavjud:
1) faoliyatda mashq qilish;
2) kun tartibi doirasida bajariladigan mashqlar;
3) maxsus mashqlar.
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy va jamoa faoliyatini tashkil etish,
oʻzaro munosabatlarni yoʻlga qoʻyish odatlarini tarbiyalashga qaratilgan.
Kun tartibi mashqlari ta’lim oluvchilarni belgilangan kun tartibiga amal qilishga
odatlantirish, u bilan bogʻliq ravishda muayyan harakatlarni bajarish, ish va boʻsh
vaqtdan toʻgʻri foydalanishga oʻrgatish uchun xizmat qiladi.
Maxsus mashqlardan tanlangan soha boʻyicha nazariy bilim, amaliy hamda xulqiy
koʻnikma, malakalarni hosil qilishda foydalaniladi.
Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.
Metodning ijobiy va salbiysi boʻlmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yoʻlni
yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning
samaradorligini u qoʻllanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga
bogʻliq:
1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday
boʻlsa, unga erishish metodlari unga muvofiq boʻlishi zarur.
2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar
bilan toʻldirilgan boʻlishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun
bilan emas, balki aniq fikr bilan bogʻlash gʻoyat muhimdir.
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki
shunga oʻxshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bogʻliqlikda hal
qilinadi. Yosh bu oddiygina qaraganda yashaganlikning son koʻrsatkichi emas. Unda
egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va axloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi
oʻz aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuygʻusini boshlangʻich ta’lim, oʻrta ta’lim
va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan oʻquvchilarda
ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish
borasida turli metodlar qoʻllaniladi.
4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. Oʻzini oʻzi boshqarishning jamoa
shaklining rivojlanishi bilan bogʻliqlikda pedagogik ta’sir koʻrsatish metodlari ham
oʻzgarmasdan kelmoqda. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi
tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy
sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning
individual
oʻziga
xosliklari. Umumiy
metodlar, umumiy dasturlarning oʻzi tarbiyaviy oʻzaro ta’sir etishning asosi boʻla
olmaydi. Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar
pedagog har bir shaxs oʻziga xosligini rivojlanishiga, oʻziga xosligini saqlashga,
oʻzining «Men»ini roʻyobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qoʻllashga
harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-
gigiyenikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim,
pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. Ma’lumki, mavhum shart-
sharoitlar boʻlmaydi, ular hamisha aniq. Ularning birlashuvi aniq holatlarda
koʻrinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi.
7. Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi
sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan
mustahkam bogʻlangan va birgalikda qoʻllaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham
mavjud. Masalan, metodlarni samarali qoʻllash uchun zaruriy yordam beruvchi
koʻrgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot
vositalari.
8. Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat oʻzi
biladigan va qoʻllay oladigan metodlarni tanlab oladi. Koʻplab metodlar murakkab
boʻlganligi bois, oʻqituvchidan koʻp kuch ishlatishni talab etadi. Bunday
mas’uliyatdan boʻyin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga
harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shart-sharoitlardan
kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega boʻladi.
9. Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta boʻlsa, «kuchli
harakatga keltiradigan» metodlar qoʻllaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning
«oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va
«oddiy» metodlarga boʻlinishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan,
ikkinchisi nasihat qilish va doimiy oʻrgatish bilan bogʻliq.
10. Kutiladigan
natija. Metodni
tanlayotganda,
tarbiyachida
muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch boʻlishi kerak. Buning uchun
qoʻllanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan koʻra bilish kerak.
Tarbiyaning metodini muvaffaqiyatli qoʻllanishiga, bu metod mazkur sinf
jamoasining tarbiya tizimidan qanchalik oʻrin olganiga, qoʻllanilayotgan tarbiya
vositalari qanchalik javob berishiga bogʻliqdir.
Sharq mutafakkirlarining tarbiya haqidagi nazariyalari.
Sharq mutafakkirlari oʻz asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri
masalalariga alohida oʻrin bergan. Masalan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan
borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil
sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u
tugʻilganda mavjud boʻlgan boʻlsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual
va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy
muhit ta’sirida, ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi.
Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson bilimlarni oʻzlashtirar ekan, tirik
mavjudotning yaratilish tarixigacha boʻlgan ma’lumotlarni oʻzlashtira oladi, ularni
yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi:
“Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim
olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan
solishtirib koʻradi, oʻz bilimlarining chinligini aniqlaydi”. Mutafakkir insonning
bilimlarni oʻzlashtirishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kelishini aytadi: “Ilmlar
koʻpdir. Ular zamoni iqbolli boʻlib, turli fikr va xotiralar ularga qoʻshilib borsa,
koʻpayadi. Odamlarning ilmlarga ragʻbat qilishi, ilmlarni va ilm a’llarini hurmatlashi
oʻsha iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm a’lini hurmat qilishi
turli ilmlarning koʻpayishiga sabab boʻladi”.
Abu Ali ibn Sino esa bilimni chuqur oʻzlashtirish donishmandlik ekanligini
aytadi: “Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan oʻrganilishidir. Bilim deb esa,
narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yoʻldan
toymasdan turib unga erishishi kerak boʻladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-
oydin boʻlsayu, isbotlar chinakamiga boʻlsa, u holda bunga hikmat – donishmanlik
deyildi”.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadgʻu bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asari
ta’bir joiz boʻlsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson
kamolotini ta’minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi
toʻgʻrisidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli boʻlish ezgu ishlar
tantanasini ta’minlovchi garov boʻlib, uning yordamida hatto osmon sari yoʻl
ochiladi:
Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur,
Bilim tufayli, goʻyo koʻkka yoʻl topiladi.
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi, oradan toʻqqiz-oʻn asr
vaqt oʻtgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga
muvaffaq boʻldi.
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka,
ilm-ma’rifatni rivojlantirishga yoʻnaltirish etakchi oʻrin tutadi. Binobarin, ilm-
ma’rifat zulm va bid’atdan forigʻ boʻlish yoʻlidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan
“Xilvat dar anjuman”, “Safar dar vatan” gʻoyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda
amaliyot yordamida oʻzlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Bahs-
munozaralarda, doimiy izlanishlarda hosil boʻlgan ilm puxta va mustahkam boʻladi.
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz oʻzlashtirish zarurligini uqtiradi.
Shuningdek, ilm oʻrganish mashaqqatli yumush boʻlib, uni oʻrganishda ayrim
qiyinchiliklarni yengib oʻtishga toʻgʻri kelishi, bu yoʻlda chidamli, qanoatli,
bardoshli boʻlish orqaligina mukammal bilimga ega boʻlish mumkinligini
ta’kidlaydi.
Abdulla Avloniy ilmni afzalligini quyidagicha bayon etadi: “Ilm dunyoning
izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun gʻoyat muqaddas bir fazilatdur,
zeroki, ilm bizga oʻz ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi koʻrsatur, zehnimizni,
fikrimizni qilich kabi oʻtkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur”. Alloma
bilim insonni jaholatdan qutqarishning samarali vositasi ekanligiga ham urgʻu
beradi: “Ilm bizni jaholat qorongʻusidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga
chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur.
Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz,
gʻayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bogʻliqdur”.
Oʻquvchi dunyoqarashini shakllantirishning bir necha maqbul shakl, metod
va vositalari boʻlib, ular sirasida ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-gʻoyaviy, iqtisodiy,
huquqiy, estetik va ekologik mavzularda tashkil etiluvchi suhbatlar, bahs-
munozaralar, ma’ruzalar, muammoli vaziyatlarni yaratish asosida oʻquvchilarni
fikrlashga undovchi amaliy treninglar, debatlar, mustaqil ishlar, shuningdek,
ishchanlik oʻyinlari samarali sanaladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida fanlararo aloqadorlik, ijtimoiy va tabiiy
omillarning oʻzaro muvofiq kelishiga erishish omillari, atrof-muhit hamda ijtimoiy
munosabatlar ta’sirida shaxs kamolotini ta’minlashga erishish imkoniyatidan unumli
foydalanishga intilish maqsadga muvofiq.
Shaxsning jamoada qaror topishi.
Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-
harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi boʻlib, uning
shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish
asosida u jamiyat tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy
me’yorlar mohiyatini oʻzlashtiradi. Jamiyatning a’zosi sifatida uning ijtimoiy va
iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi mehnat faoliyatini yoʻlga qoʻyadi. Shuningdek,
shaxsiy ehtiyojlari, manfaatlarini qondirish yoʻlida ham atrofdagilar bilan
munosabatga kirishadi.
Shaxs ijtimoiy muhitdan uzilgan holda mavjud boʻla olmaydi. Buning misoli
sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi,
inson bolasi boʻlsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish koʻnikma va
malakalari shakllanmaganligi bois odamlar hayotiga moslasha olmaydi.
Bola yoshligidan oʻyin, mehnat va oʻqish faoliyatlarini tengdoshlari bilan
birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit
bolaga borliqni anglash uchungina emas, balki oʻzligini anglash uchun ham
imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida boʻlishi, uning jamoa
ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
Sharq mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini ta’minlashdagi oʻrni va
roliga alohida e’tibor berganlar. Xususan, Abu Ali ibn Sino ijtimoiy muhitning
shaxsni shakllantirishdagi rolini yuqori baholaydi. Tashqi muhit va odamlar
insonning
borliq,
unda
kechayotgan
oʻzgarishlar,
jarayonlar
mohiyatini
anglashgagina emas, balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning
shakllanishiga ham sezilarli ta’sir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub
boʻlgan mikromuhit xususiyatini inobatga olishni ta’kidlaydi. Bolani yomon
ta’sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.
Shuningdek, alloma oʻqitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa
asosida bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.
Abu Nasr Forobiyning uqtirishicha, inson blshqalar bilan munosabatda
boʻlish, ularning yordami va qoʻllab-quvvatlashlarini his etish ehtiyojiga ega. Ana
shu ehtiyojni qondirish yoʻlidagi amaliy harakatlar insonni kamolotga yetaklaydi,
deb hisoblaydi. Abu Rayhon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida oʻzaro yordam,
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va oʻrnini
belgilab beradi.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim
ahamiyatga ega boʻlgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning
yetakchi rol oʻynashi toʻgʻrisidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish
davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning a’zolari oʻrtasidagi munosabatning alohida
shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini
ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab boʻlmaydi. Jamoa
bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada
uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa, xususan, uning
a’zolari oʻrtasida oʻzaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun gʻamxoʻrlik,
oʻzaro yordam, jamoa manfaati uchun qaygʻurish, mazkur yoʻlda amaliy harakatlarni
tashkil etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi.
Demak, jamoa oʻzida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uygʻota
borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik
hissini paydo boʻlishiga koʻmaklashadi, jamoa bilan munosabatda boʻlish ehtiyojini
oshiradi. Jamoa a’zolari orasida oʻzaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga
keladi. Ushbu munosabat koʻpincha oʻz-oʻzidan paydo boʻladi hamda ular
oʻqituvchiik ta’sir koʻrsatish uchun qoʻl keladi. Jamoa a’zolari oʻrtasidagi ruhiy
birlik mazmuni ular orasida hosil boʻlgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga
bevosita bogʻliqdir.
Jamoa va uni shakllantirish oʻqituvchiik faoliyatining maqsadi hisoblanidi.
Muhim tarbiyaviy ta’sir kuchiga ega boʻlgan sub’ektlarning alohida namuna
koʻrsatishlari jamoani shakllantirishning muhim vositasi boʻlib, ushbu vosita
yordamida jamoaning barcha yoki muayyan a’zosini tarbiyalash ijobiy samaralar
beradi.
Jamoa tomonidan hal etilishi koʻzda tutilgan yetakchi tarbiyaviy vazifa
shaxsni har tomonlama tarbiyalash, unda ijobiy sifatlarni tarbiyalash hamda
mustahkam hayotiy pozitsiyani qaror toptirishdan iboratdir.
Umumiy oʻrta ta’lim hamda oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida
jamoani shakllantirish mas’uliyatli vazifa sanaladi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror boʻgʻin - bu muayyan sinflar negizida
shakllangan jamoalar sanaladi. Sinf jamoasi tarkibida oʻquvchilar tomonidan amalga
oshiriluvchi asosiy faoliyat oʻqish faoliyati sanaladi. Aynan sinf jamoasida
shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Shuningdek, sinflar jamoalari
negizida maktab jamoasi shakllanadi. Maktab jamoasi ikki muhim boʻgʻin –
oʻqituvchilar jamoasi hamda oʻquvchilar jamoasi asosida tarkib topadi. Oʻquv
yurtlari jamoasi tarkibida oʻquvchilar jamoasi asosiy qismni tashkil etadi.
Oʻquvchilar jamoasi - bu ijtimoiy ahvoli shuningdek, umumiy saylov organlari
oldidagi umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi
asosidagi oʻzaro birlikka ega oʻquvchilar guruhidir.
Oʻquvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi oʻqituvchilar hamda
bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi boʻlib, oʻz-oʻzini nazorat qilish
hamda oʻz-oʻzini boshqarish huquqi, shuningdek, oʻziga xos psixologik muhit va
an’analariga ega boʻladi.
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga boʻysunadigan uzoq
muddatli murakkab jarayondir.
Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari. Jamoaning vujudga kelish
uchun toʻrt bosqich zarur.
Bolalar jamoasining rivojlanish bosqichlari.
Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, zero,
jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay
oʻqituvchiik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga
ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish
alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir bosqichi jamoa
a’zolariga nisbatan samarali oʻqituvchiik ta’sir koʻrsatishning maqbul shakl va
metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat
oʻqituvchilar tomonidan qoʻyiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlangʻich
nuqtasidir. Ushbu davrdagi jammoa hali tarbiyalovchi jamoa boʻlmay, balki «tashkil
etuvchi birlik» (sinf yoki guruh) hisoblanadi. Ushbu bosqichda oʻquvchilar
oʻqituvchi tomonidan talablarning qoʻyilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa
a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni muayyan (yagona)
maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqaligina jamoa qaror topadi.
Oʻquvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan
tajriba, faoliyat natijasini birgalikda muhokama qilish, qilinajak ishlarni
rejalashtirish jamoa a’zolarida mas’uliyat, javobgarlik, faoliyat biriligi, shuningdek,
ishchanlik munosabatining paydo boʻlishi, shuningdek, oʻquvchilarda jamoa
faoliyatiga nisbatan qiziqishni paydo boʻlishiga olib keladi. Bolalarning jamoa
faoliyatini tashkil etish borasdagi tajribaga ega emasliklari bois soʻz yuritilayotgan
bosqichda oʻqituvchining asosiy maqsadi jamoa a’zolarini oddiy tarzda
uyushtirishdan iborat boʻladi.