BOLALARNI OPERATSIYAGA TAYYORLASHNI ASOSIY TAMOYILLARI. XIRURGIK KASALLIKLAR BILAN KASALLANGAN BOLALARNI OPERATSIYADAN OLDINGI VA KEYINGI DAVRDA PARVALISHLASH

Yuklangan vaqt

2025-01-28

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

8

Faytl hajmi

24,6 KB


 
 
 
 
 
 
BOLALARNI OPERATSIYAGA TAYYORLASHNI ASOSIY 
TAMOYILLARI. XIRURGIK KASALLIKLAR BILAN KASALLANGAN 
BOLALARNI OPERATSIYADAN OLDINGI VA KEYINGI DAVRDA 
PARVALISHLASH 
 
Operatsiyaga bolalarni tayyorlash. Xirurgiya bo’limlariga keladigan 
bemorlarni ko’pchiligi operatsiya bo’ladi. Bemor bo’limga yotgandan operatsiya 
oldi davri boshlanadi va operatsiya riskini kamaytirish, asoratlarni oldini olishga 
qaratilgan harakatlar bo’ladi. Operatsiyadan oldingi davr mohiyati bo’yicha 
operatsiyaga tayyorgarlik davri hisoblanadi. Bu davrda har xil a’zo va sitemalarni 
funksional holati o’rganiladi, operatsiyaga tayyorgarlik o’tkaziladi. Bu davrdagi 
harakatlar umumiy (hamma operatsiyadan oldin o’tkaziladi) va maxsus (faqat 
ma’lum operatsiyalardan oldin o’tkaziladi) harakatlarga bo’linadi.   
Bemor bolalarni operatsiyaga umumiy tayyorlash.   Ba’zi xirurgik 
kasalliklar: chov churrasi, moyak istisqosi, kriptorxizm, kichkina o’smalar bemor 
gospitalizatsiya qilingandan keyingi kuniyoq operatsiya qilinadi.  Bunday holatlarda 
operatsiyadan oldingi laborator tahlillar gospitalizatsiyagacha poliklinikada 
tayyorlanib olib kelinadi. 
Ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i, buyrak va siydik chiqarish a’zolaridagi 
katta 
va 
travmatik 
operatsiyalardan 
oldin, 
shuningdek 
ba’zi ortopedik 
operatsiyalardan oldin maxsus tekshiruvlarga qo’shimcha ravishda bolaning hayotiy 
zarur a’zolari holati tekshiriladi. Buyrak faoliyatini, umumiy qon hajmini va qon  
tarkibini, plazma va eritrotsitlardagi asosiy  elektrolitlarni miqdorini, azot balansini, 
gormonal holatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zi holatlarda qon ivish 
faktorlarini va qon ivishiga qarshi faktorlarni bilish juda zarur.  
Ushbu harakatlarga binoan xirurgik bo’lim profiliga ko’ra bemorlarni 
operatsiyaga tayyorlash o’ziga xos xususiyatlarga ega.  
BOLALARNI OPERATSIYAGA TAYYORLASHNI ASOSIY TAMOYILLARI. XIRURGIK KASALLIKLAR BILAN KASALLANGAN BOLALARNI OPERATSIYADAN OLDINGI VA KEYINGI DAVRDA PARVALISHLASH Operatsiyaga bolalarni tayyorlash. Xirurgiya bo’limlariga keladigan bemorlarni ko’pchiligi operatsiya bo’ladi. Bemor bo’limga yotgandan operatsiya oldi davri boshlanadi va operatsiya riskini kamaytirish, asoratlarni oldini olishga qaratilgan harakatlar bo’ladi. Operatsiyadan oldingi davr mohiyati bo’yicha operatsiyaga tayyorgarlik davri hisoblanadi. Bu davrda har xil a’zo va sitemalarni funksional holati o’rganiladi, operatsiyaga tayyorgarlik o’tkaziladi. Bu davrdagi harakatlar umumiy (hamma operatsiyadan oldin o’tkaziladi) va maxsus (faqat ma’lum operatsiyalardan oldin o’tkaziladi) harakatlarga bo’linadi. Bemor bolalarni operatsiyaga umumiy tayyorlash. Ba’zi xirurgik kasalliklar: chov churrasi, moyak istisqosi, kriptorxizm, kichkina o’smalar bemor gospitalizatsiya qilingandan keyingi kuniyoq operatsiya qilinadi. Bunday holatlarda operatsiyadan oldingi laborator tahlillar gospitalizatsiyagacha poliklinikada tayyorlanib olib kelinadi. Ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’i, buyrak va siydik chiqarish a’zolaridagi katta va travmatik operatsiyalardan oldin, shuningdek ba’zi ortopedik operatsiyalardan oldin maxsus tekshiruvlarga qo’shimcha ravishda bolaning hayotiy zarur a’zolari holati tekshiriladi. Buyrak faoliyatini, umumiy qon hajmini va qon tarkibini, plazma va eritrotsitlardagi asosiy elektrolitlarni miqdorini, azot balansini, gormonal holatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi. Ba’zi holatlarda qon ivish faktorlarini va qon ivishiga qarshi faktorlarni bilish juda zarur. Ushbu harakatlarga binoan xirurgik bo’lim profiliga ko’ra bemorlarni operatsiyaga tayyorlash o’ziga xos xususiyatlarga ega.  
 
Operatsiyadan oldingi asosiy tekshiruvlarga kiradi: bola bo’yi va tana vaznini 
o’lchash; arterial qon bosimini o’lchash; qon va siydik tahlili; qon guruxi va rezus-
faktorni aniqlash; ko’krak qafasi a’zolari rentgenoskopiyasi. Qon bioximik tahlillari 
natijalariga qarab quyidagicha kompleks davo muolajalari buyuriladi:  ratsional va 
to’g’ri ovqatlantirish, qon va boshqa oziqlantiruvchi suyuqliklar, vitamin, 
aminokislota quyish, davolovchi fizkul’tura va h.o. Tayyorlov ba’zan bir necha 
haftagacha cho’zilishi mumkin. Tayyorlov bosqichini samaradorligi bemor umumiy 
ahvolini, qon ko’rsatkichlarini yaxshilanishi, tana vaznini ortishi bilan baholanadi. 
SHuning uchun ham buyurilgan muolajalarni o’z vaqtida va to’g’ri bajarilishini 
ta’minlash, davriy bemor tana vaznini o’lchash zarur hisoblanadi.  Ba’zi bemorlar 
bo’limga kasallik xarakteriga bog’liq holda yoki organizmdagi ikkilamchi 
o’zgarishlar natijasida o’rta og’ir yoki og’ir ahvolda yotqiziladi. Ikkilamchi 
o’zgarishlar surunkali ochlik, intoksikatsiya, qaytalanuvchi qon ketishlar va boshqa 
sabablarga ko’ra bo’ladi. Tashqaridan bu teri rangparligi, bola aktivligini pasayishi 
va h.o. belgilardan bilinadi. Asosiy kasallikni bartaraf etuvchi operatsiya 
muolajasidan oldin individual qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi, ya’ni bemor 
umumiy ahvoli yaxshilanpdi, ikkilamchi o’zgarishlar korreksiya qilinadi.  
Bolani operatsiya psixologik tayyorlash ham katta ahamiyatga ega. Operatsiya 
uchun yotqizilgan bemor psixik holati konservativ davo uchun yotqizilgan bemor 
psixik holatidan katta farq qiladi, sababi operatsiya katta fizik va psixik travma 
hisoblanadi. Bu davrda hamshira rolini baholash juda qiyin.  
His-hayajonga beriluvchi, operatsiyadan qo’rquvchi bolalar ko’pincha 
gapirishadi: ”Meni operatsiya qilishlarin hohlamayman” yoki “Meni qachon 
operatsiya qilishadi?”, “Menga og’riqli bo’ladimi?”. Bunday bolalar og’riqni juda 
qiyin qabul qilishadi, og’riqqa sezgirligi yuqori bo’ladi, operatsiyadan keyingi 
davrda o0riqni yengishga juda qiynalishadi. SHu sababli ham ular operatsiyaga juda 
yaxshi tayyorlanishi, kerak bo’lsa dorilar bilan tayyorlanishi, ota-onasi chaqirilishi 
lozim. Vrach o’z vaqtida bemor negativ psixik holati to’g’risida ogohlantirilishi, o’z 
navbatida bemorga operatsiya kerakligi, zarurligi to’g’risida yumshoq darajada 
tushuntirishi lozim. 
Ba’zan savol tug’iladi, ya’ni bolaga operatsiya bo’lishi to’g’risida gapirish 
kerakmi? Bu savol bir tomonlama hal etilishi kerak emas. Masalan, maktab 
Operatsiyadan oldingi asosiy tekshiruvlarga kiradi: bola bo’yi va tana vaznini o’lchash; arterial qon bosimini o’lchash; qon va siydik tahlili; qon guruxi va rezus- faktorni aniqlash; ko’krak qafasi a’zolari rentgenoskopiyasi. Qon bioximik tahlillari natijalariga qarab quyidagicha kompleks davo muolajalari buyuriladi: ratsional va to’g’ri ovqatlantirish, qon va boshqa oziqlantiruvchi suyuqliklar, vitamin, aminokislota quyish, davolovchi fizkul’tura va h.o. Tayyorlov ba’zan bir necha haftagacha cho’zilishi mumkin. Tayyorlov bosqichini samaradorligi bemor umumiy ahvolini, qon ko’rsatkichlarini yaxshilanishi, tana vaznini ortishi bilan baholanadi. SHuning uchun ham buyurilgan muolajalarni o’z vaqtida va to’g’ri bajarilishini ta’minlash, davriy bemor tana vaznini o’lchash zarur hisoblanadi. Ba’zi bemorlar bo’limga kasallik xarakteriga bog’liq holda yoki organizmdagi ikkilamchi o’zgarishlar natijasida o’rta og’ir yoki og’ir ahvolda yotqiziladi. Ikkilamchi o’zgarishlar surunkali ochlik, intoksikatsiya, qaytalanuvchi qon ketishlar va boshqa sabablarga ko’ra bo’ladi. Tashqaridan bu teri rangparligi, bola aktivligini pasayishi va h.o. belgilardan bilinadi. Asosiy kasallikni bartaraf etuvchi operatsiya muolajasidan oldin individual qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi, ya’ni bemor umumiy ahvoli yaxshilanpdi, ikkilamchi o’zgarishlar korreksiya qilinadi. Bolani operatsiya psixologik tayyorlash ham katta ahamiyatga ega. Operatsiya uchun yotqizilgan bemor psixik holati konservativ davo uchun yotqizilgan bemor psixik holatidan katta farq qiladi, sababi operatsiya katta fizik va psixik travma hisoblanadi. Bu davrda hamshira rolini baholash juda qiyin. His-hayajonga beriluvchi, operatsiyadan qo’rquvchi bolalar ko’pincha gapirishadi: ”Meni operatsiya qilishlarin hohlamayman” yoki “Meni qachon operatsiya qilishadi?”, “Menga og’riqli bo’ladimi?”. Bunday bolalar og’riqni juda qiyin qabul qilishadi, og’riqqa sezgirligi yuqori bo’ladi, operatsiyadan keyingi davrda o0riqni yengishga juda qiynalishadi. SHu sababli ham ular operatsiyaga juda yaxshi tayyorlanishi, kerak bo’lsa dorilar bilan tayyorlanishi, ota-onasi chaqirilishi lozim. Vrach o’z vaqtida bemor negativ psixik holati to’g’risida ogohlantirilishi, o’z navbatida bemorga operatsiya kerakligi, zarurligi to’g’risida yumshoq darajada tushuntirishi lozim. Ba’zan savol tug’iladi, ya’ni bolaga operatsiya bo’lishi to’g’risida gapirish kerakmi? Bu savol bir tomonlama hal etilishi kerak emas. Masalan, maktab  
 
o’quvchisi bo’lsa kerak. Katta yoshli bolalar operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi 
to’g’risida bilishadi (nonushtani to’xtatish, anesteziolog ko’rigi, premedikatsiya va 
h.o.), hattoki bo’ladigan soatigacha.  SHuning uchun ham ulardan yashirishni hojati 
yo’q. Maktabgacha yoshdagi bolalar esa “operatsiya” so’zidan qo’rqishadi, 
vaholanki uning ahamiyatini, mohiyatini tushunishmaydi. SHu  sababli ham ularga 
“Seni stolga yotqizamiz va qorningni chiroq bilan isitamiz” yoki shunga o’xshash 
so’zlar bilan aldash lozim. Bolaga baqirish, so’kish umuman mumkin emas. YUqori 
sezgirlikka ega, allargik reaksiya va astma xurujiga moyilligi bor bolalarga 
tinchlantiruvchi – “kichik trankvilizatorlar” beriladi.   
Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash ko’p hollarda xirurgik kasallik turi va 
bola yoshiga bog’liq bo’ladi.  
Operatsiyadan bir kun oldin vrach infeksiya xavfini kamaytiruvchi muolajalar 
o’tkazadi: ichki kiyim va yotoq choyshablarini almashtirib gigiyenik vanna qabul 
qilish, katta bolalarda operatsiya maydoni sochlarini olish. Operatsiyadan bir kun 
oldin kechqurun va ertalab tozalovchi ho’qna qilinadi. Asosan ho’qna oraliq va orqa 
teshikda o’tkaziladigan operatsiyalarda juda muhim hisoblanadi.  Bunday 
holalatlarda operatsiyadan oldin to toza suv chiqquncha 2-3 martalab tozalovchi 
ho’qna qilinadi. Ertalab bolaga hech nima berilmaydi va ichirilmaydi. 
Umumiy va maxsus operatsiya oldi tayyorgarligida hamshira asosiy o’rinni 
egallaydi. Bu vaqtda u hamma “mayda-chuydalarga” e’tibor qaratishi lozim. 
Masalan, balog’at yoshidagi qizda operatsiyadan bir kun oldin hayz sikli boshlansa 
hamshira bu haqda vrachga aytishi kerak, sababi hayz davrida rejali operatsiya 
o’tkazilmaydi.  
Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash.  
Chaqaloqlar xirurgiyasi bo’limiga xar xil tug’ma kasallikli bolalarni (hazm qilish 
trakti, diafragma, o’pkalar, qorin oldingi devori va boshqalar) va yiringli kasalliklar 
yotqiziladi.  
Operatsiyaga bola ma’lum operatsiya oldi tayyorgarligidan keyin olinadi. 
Bunda tayyorgarlik hajmi o’tkaziladigan operatsiya turi va og’irligiga bog’liq 
bo’ladi. Shuni unutmaslik kerakki, chaqaloqlar termoregulyatsiyasi to’liq 
shakllanmagan. Chaqaloqlar tez sovuq qotadi va sovuqni yomon qabul qiladi. 
Shuning uchun ham operatsiya xonasida maxsus isitkichli operatsiya stoli bo’lmasa 
o’quvchisi bo’lsa kerak. Katta yoshli bolalar operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi to’g’risida bilishadi (nonushtani to’xtatish, anesteziolog ko’rigi, premedikatsiya va h.o.), hattoki bo’ladigan soatigacha. SHuning uchun ham ulardan yashirishni hojati yo’q. Maktabgacha yoshdagi bolalar esa “operatsiya” so’zidan qo’rqishadi, vaholanki uning ahamiyatini, mohiyatini tushunishmaydi. SHu sababli ham ularga “Seni stolga yotqizamiz va qorningni chiroq bilan isitamiz” yoki shunga o’xshash so’zlar bilan aldash lozim. Bolaga baqirish, so’kish umuman mumkin emas. YUqori sezgirlikka ega, allargik reaksiya va astma xurujiga moyilligi bor bolalarga tinchlantiruvchi – “kichik trankvilizatorlar” beriladi. Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash ko’p hollarda xirurgik kasallik turi va bola yoshiga bog’liq bo’ladi. Operatsiyadan bir kun oldin vrach infeksiya xavfini kamaytiruvchi muolajalar o’tkazadi: ichki kiyim va yotoq choyshablarini almashtirib gigiyenik vanna qabul qilish, katta bolalarda operatsiya maydoni sochlarini olish. Operatsiyadan bir kun oldin kechqurun va ertalab tozalovchi ho’qna qilinadi. Asosan ho’qna oraliq va orqa teshikda o’tkaziladigan operatsiyalarda juda muhim hisoblanadi. Bunday holalatlarda operatsiyadan oldin to toza suv chiqquncha 2-3 martalab tozalovchi ho’qna qilinadi. Ertalab bolaga hech nima berilmaydi va ichirilmaydi. Umumiy va maxsus operatsiya oldi tayyorgarligida hamshira asosiy o’rinni egallaydi. Bu vaqtda u hamma “mayda-chuydalarga” e’tibor qaratishi lozim. Masalan, balog’at yoshidagi qizda operatsiyadan bir kun oldin hayz sikli boshlansa hamshira bu haqda vrachga aytishi kerak, sababi hayz davrida rejali operatsiya o’tkazilmaydi. Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash. Chaqaloqlar xirurgiyasi bo’limiga xar xil tug’ma kasallikli bolalarni (hazm qilish trakti, diafragma, o’pkalar, qorin oldingi devori va boshqalar) va yiringli kasalliklar yotqiziladi. Operatsiyaga bola ma’lum operatsiya oldi tayyorgarligidan keyin olinadi. Bunda tayyorgarlik hajmi o’tkaziladigan operatsiya turi va og’irligiga bog’liq bo’ladi. Shuni unutmaslik kerakki, chaqaloqlar termoregulyatsiyasi to’liq shakllanmagan. Chaqaloqlar tez sovuq qotadi va sovuqni yomon qabul qiladi. Shuning uchun ham operatsiya xonasida maxsus isitkichli operatsiya stoli bo’lmasa  
 
isitkich olib kelib operatsiya davomida bolaga qo’yib qo’yiladi. Issiqlikni saqlash va 
sovuq qotishni oldini olish maqsadida bola oyoqlari paxta qo’yib bintlanadi.  
Yana ma’lumki, yuqori haroratda bola operatsiyani yomon o’tkazadi. SHu 
sababli operatsiyadan oldin bola tana haroratini o’lchash va vrachga aytish lozim. 
Tana harorati 38°Sdan yuqori bo’lsa vrach haroratni tushiruvchi dorilar buyuradi.  
Bolalarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Umumiy qoidalar. Bemorlarni 
shoshilinch operatsiyaga tayyorlaganda quyidagilarni inobatga olish kerak. CHo’zilgan har 
bir soat bola ahvolini og’irlashtiradi va hayotga xavf soluvchi asoratlar rivojlanishiga olib 
keladi. SHu sababli ham operatsiya oldi tayyorgarligi minimum darajada qisqartiriladi. Qisqa 
vaqt ichida operatsiya muvaffaqiyatli o’tishiga kerakli hamma narsa tayyorlanadi. 
Shoshilinch operatsiya o’tkazilishiga olib kelingan bemorlar oshqozini 
ko’pincha to’la bo’ladi. Bemorni operatsiya xonasiga olib kirishdan oldin 
oshqqozonga zond qo’yiladi va oshqozon bo’shatiladi. Bu asosan ovqatlangandan 
keyin kam vaqt o’tgan bo’lsa juda zarur hisoblanadi.  Ushbu qoidani buzish 
operatsiya stolida bemorni ovqat massaliri bilan aspiratsiya bo’lishiga va xavfli 
asoratlarni yuzaga kelishiga olib keladi. 
Ko’pincha bolalarda shoshilinch operatsiya yiringli xirurgik infeksiya 
(appenditsit, peritonit, osteomiyelit, destruktiv pnevmoniya va h.o), har xil turdagi 
ichak tutilishlari (tug’ma, chandiqli, invaginatsiya), travmatik shikastlanishlar (bosh 
miya shikastlanishi, qorin bo’shlig’i yopiq jarohati), qon ketish sababli o’tkaziladi. 
Og’ir ahvolda kelgan bemorga operatsiya oldi tayyorgarligi qabul bo’limidan 
boshlanadi. Bunda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi: tana harorati, pul’s, 
arterial qon bosimini o’lchash, qon guruhi, rezus-faktor, gemoglobin, gematokritni 
aniqlash. Qon ketish, ichak tutilishi, travmatik shikastlanishlarda shoshilinch 
operatsiyaga kam vaqt qolgan bo’lsa maxsus tekshiruvlar o’tkazmasdan Ringer, 
glyukoza, plazma preparatlari v\i yuboriladi. Bu dezintoksikatsiya va buzilgan 
gidroion holatini tiklashga yordam beradi.  
Klinikaga tashqi qon ketish bilan tushgan bemorlar alohida ahamiyatga ega. 
Qabul bo’limidayoq qon ketishini to’xtatishga qaratilgan muolajalar o’tkazilishi 
lozim (jgut yoki steril bosib turuvchi bog’lam qo’yish). SHu yerda qon bosim 
o’lchanadi, gemoglobin, gemotokrit aniqlanadi, ko’p qon yo’qotishda tezda qon 
o’rnini bosuvchi preparatlar quyiladi. Bolani tezda operatsiya xonasiga olib kiriladi.  
isitkich olib kelib operatsiya davomida bolaga qo’yib qo’yiladi. Issiqlikni saqlash va sovuq qotishni oldini olish maqsadida bola oyoqlari paxta qo’yib bintlanadi. Yana ma’lumki, yuqori haroratda bola operatsiyani yomon o’tkazadi. SHu sababli operatsiyadan oldin bola tana haroratini o’lchash va vrachga aytish lozim. Tana harorati 38°Sdan yuqori bo’lsa vrach haroratni tushiruvchi dorilar buyuradi. Bolalarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Umumiy qoidalar. Bemorlarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlaganda quyidagilarni inobatga olish kerak. CHo’zilgan har bir soat bola ahvolini og’irlashtiradi va hayotga xavf soluvchi asoratlar rivojlanishiga olib keladi. SHu sababli ham operatsiya oldi tayyorgarligi minimum darajada qisqartiriladi. Qisqa vaqt ichida operatsiya muvaffaqiyatli o’tishiga kerakli hamma narsa tayyorlanadi. Shoshilinch operatsiya o’tkazilishiga olib kelingan bemorlar oshqozini ko’pincha to’la bo’ladi. Bemorni operatsiya xonasiga olib kirishdan oldin oshqqozonga zond qo’yiladi va oshqozon bo’shatiladi. Bu asosan ovqatlangandan keyin kam vaqt o’tgan bo’lsa juda zarur hisoblanadi. Ushbu qoidani buzish operatsiya stolida bemorni ovqat massaliri bilan aspiratsiya bo’lishiga va xavfli asoratlarni yuzaga kelishiga olib keladi. Ko’pincha bolalarda shoshilinch operatsiya yiringli xirurgik infeksiya (appenditsit, peritonit, osteomiyelit, destruktiv pnevmoniya va h.o), har xil turdagi ichak tutilishlari (tug’ma, chandiqli, invaginatsiya), travmatik shikastlanishlar (bosh miya shikastlanishi, qorin bo’shlig’i yopiq jarohati), qon ketish sababli o’tkaziladi. Og’ir ahvolda kelgan bemorga operatsiya oldi tayyorgarligi qabul bo’limidan boshlanadi. Bunda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi: tana harorati, pul’s, arterial qon bosimini o’lchash, qon guruhi, rezus-faktor, gemoglobin, gematokritni aniqlash. Qon ketish, ichak tutilishi, travmatik shikastlanishlarda shoshilinch operatsiyaga kam vaqt qolgan bo’lsa maxsus tekshiruvlar o’tkazmasdan Ringer, glyukoza, plazma preparatlari v\i yuboriladi. Bu dezintoksikatsiya va buzilgan gidroion holatini tiklashga yordam beradi. Klinikaga tashqi qon ketish bilan tushgan bemorlar alohida ahamiyatga ega. Qabul bo’limidayoq qon ketishini to’xtatishga qaratilgan muolajalar o’tkazilishi lozim (jgut yoki steril bosib turuvchi bog’lam qo’yish). SHu yerda qon bosim o’lchanadi, gemoglobin, gemotokrit aniqlanadi, ko’p qon yo’qotishda tezda qon o’rnini bosuvchi preparatlar quyiladi. Bolani tezda operatsiya xonasiga olib kiriladi.  
 
Ichki qon ketishda, bemor qon aralash qusgan paytda oshqozon sohaga va 
ko’krak qafasiga muzli xalta qo’yiladi. SHundan keyingina bemor endoskopik 
tekshiruvga tayyorlanadi.  
Og’ir xirurgik infeksiya bilan bemorlar uzoq operatsiya oldi tayyorgarligiga 
muhtoj. Operatsiyagacha bemorni og’ir holatdan chiqarish lozim, aks holda u 
operatsiyani ko’tara olmasligi mumkin. Bola peritonit, suvsizlanish, intoksikatsiya 
alomatlari bo’lsa, yurak-qon tomir sistemasi zararlansa 2-3 soat buzilgan 
funksiyalarni tiklashga va dezintoksikatsiyaga qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi. 
Tomchi holda suyuqlik quyish  boshlanadi va operatsiya xonasida davom ettiriladi.  
SHunday qilib, operatsiya oldi tayyorgarligi bolalarni xirurgik davolashda 
katta o’rin tutadi. U bola holatiga va yoshiga, operatsiya turiga va vaqtiga bohliq 
bo’ladi. Kichik operatsiyalardan oldin klinik tekshiruvlar bilan cheklaniladi. Katta 
va travmatik operatsiyalardan oldin  nafas olishni, gemodinamikani, suv-tuz 
almashinuvi balansini va boshqa xayotiy a’zolar funksiyasini korreksiyalashga 
qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi.  
 
Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini tushunish va 
o’zaro ishonch 
Vrach bilan bemor o’rtasidagi o’zaro tushunishni asosiy tamoyili – qo’llab-
quvvatlashni his etish. Agar bemor vrach yordam berayotganini sezib tushunsa, 
davolash jarayonida aktiv ishtirok etishga boshlaydi. Vrach bemorni tushunsa, 
shikoyatlariga befarq bo’lmasa bemor o’ylanadi. Bu his vrach quyidagilarni 
gapirganda mustahkamlanadi: “Men Sizni eshitaman va tushunaman” yoki buni ko’z 
qiri, bosh silkishi bilan maqullasa. Hurmat insonni shaxs sifatida qabul qilishga olib 
keladi. Asosan bu anamnez yig’ishda, bemor hayoti bilan vrach qiziqqanda yuzaga 
keladi. Hamdardlik – bemor bilan muloqot kalitidir. Vrach bemorni o’rniga o’zini 
qo’yib ko’rishi va atrof-muhitga uni ko’zi bilan qarashi lozim. Bemorning ichki 
dunyosini tushunish va hisobga olish, bemor nimani his qilayotganini bilish, 
mahalliy va umumiy sezgilarni bilish, bemorni kasalligi to’g’risida tushunchaga ega 
bo’lishi, sabablarini bilishi katta ahamaiyat kasb etadi.  
Bemor bilan suhbatni qat’iy qoidalari yo’q, ammo butun dunyo vrachlari 
umumiy deontologiya (grekcha deon – kerakli i logos – ta’limot) – tibbiyot 
Ichki qon ketishda, bemor qon aralash qusgan paytda oshqozon sohaga va ko’krak qafasiga muzli xalta qo’yiladi. SHundan keyingina bemor endoskopik tekshiruvga tayyorlanadi. Og’ir xirurgik infeksiya bilan bemorlar uzoq operatsiya oldi tayyorgarligiga muhtoj. Operatsiyagacha bemorni og’ir holatdan chiqarish lozim, aks holda u operatsiyani ko’tara olmasligi mumkin. Bola peritonit, suvsizlanish, intoksikatsiya alomatlari bo’lsa, yurak-qon tomir sistemasi zararlansa 2-3 soat buzilgan funksiyalarni tiklashga va dezintoksikatsiyaga qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi. Tomchi holda suyuqlik quyish boshlanadi va operatsiya xonasida davom ettiriladi. SHunday qilib, operatsiya oldi tayyorgarligi bolalarni xirurgik davolashda katta o’rin tutadi. U bola holatiga va yoshiga, operatsiya turiga va vaqtiga bohliq bo’ladi. Kichik operatsiyalardan oldin klinik tekshiruvlar bilan cheklaniladi. Katta va travmatik operatsiyalardan oldin nafas olishni, gemodinamikani, suv-tuz almashinuvi balansini va boshqa xayotiy a’zolar funksiyasini korreksiyalashga qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi. Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini tushunish va o’zaro ishonch Vrach bilan bemor o’rtasidagi o’zaro tushunishni asosiy tamoyili – qo’llab- quvvatlashni his etish. Agar bemor vrach yordam berayotganini sezib tushunsa, davolash jarayonida aktiv ishtirok etishga boshlaydi. Vrach bemorni tushunsa, shikoyatlariga befarq bo’lmasa bemor o’ylanadi. Bu his vrach quyidagilarni gapirganda mustahkamlanadi: “Men Sizni eshitaman va tushunaman” yoki buni ko’z qiri, bosh silkishi bilan maqullasa. Hurmat insonni shaxs sifatida qabul qilishga olib keladi. Asosan bu anamnez yig’ishda, bemor hayoti bilan vrach qiziqqanda yuzaga keladi. Hamdardlik – bemor bilan muloqot kalitidir. Vrach bemorni o’rniga o’zini qo’yib ko’rishi va atrof-muhitga uni ko’zi bilan qarashi lozim. Bemorning ichki dunyosini tushunish va hisobga olish, bemor nimani his qilayotganini bilish, mahalliy va umumiy sezgilarni bilish, bemorni kasalligi to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi, sabablarini bilishi katta ahamaiyat kasb etadi. Bemor bilan suhbatni qat’iy qoidalari yo’q, ammo butun dunyo vrachlari umumiy deontologiya (grekcha deon – kerakli i logos – ta’limot) – tibbiyot  
 
xodimlarining kasbiy etikasiga amal qilishadi. Bemorni qalbini, ichki hissiyotlarini 
tinchlantirish – deontologiyaning va uning effektivligini ko’rsatuvchi asosiy 
omillaridir. Gippokrat qasami juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Keyinchalik u 
hujjat sifatida qabul qilinib, vrachga bir qancha majburiyatlar yuklaydi, masalan:  
 vrachlik sirini saqlash; 
 bemorga yoki uning qarindoshlariga ma’nan zarar yetkazadigan 
harakatlardan saqlanish; 
 kasbga sodiqlik. 
Vrach amaliyotining asosiy qoidalaridan biri bu – bemorga yomonlik 
keltiruvchi haraklarni qilmaslik yoki “yomonlik qilma”. Tibbiyot etikasining asosiy 
tamoyillaridan biri lotinchasiga shunday nomlanadi: primum non nosere (“eng 
avvalo – yomonlik qilma”). Har bir vrach ye. Lambert fikrni tan oladi, ya’ni “yordam 
berib bo’lmaydigan bemorlar bor, lekin yomonlik qilib bo’ladigan bemorlar yo’q”. 
Ma’lumki, ba’zan davolash kasallikdan og’irroq bo’ladi. Bu yerda gap dorilarni 
nojo’ya ta’siri, bir necha xil dorini birdan qabul qilganda negativ holatlarni yuzaga 
chiqishi, tibbiyot aralashuvidan samara va og’irlashish riskini bir-biriga mos 
kelmasligi to’g’risidadir.  
Yaxshi vrach – bu nafaqat professionalizm, ensiklopedik bilim, kerakli 
qarorlarni qabul qilish, tibbiy manipulyatsiya texnikasini egallash, balki bemor bilan 
to’g’ri suhbatlashishni bilish hamdir. “Vrach” so’zi “vrat’” so’zidan kelib chiqqan 
bo’lib, qadimda “gapirish” ma’nosini bildiradi. Kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, 
malakali 
vrachlar 
bemor 
bilan 
muloqotga, 
anamnez 
yig’ishga, 
fizikal 
ko’rsatkichlariga 
ko’proq 
e’tibor 
berishadi, 
instrumental 
va 
labarator 
ko’rsatkichlarni ikkinchi darajaga qo’yishadi. Isbotlanishicha, to’g’ri tashhis 
anamnez so’roviga ko’ra 45-50% holatlarda, so’rov va fizikal tekshiruvlarga ko’ra 
80-85% holatlarda qo’yiladi.  Faqat 15-20% bemorlarda tashhis qo’yishda chuqur 
labarator va instrumental tekshiruvlar kerak bo’ladi.  
Bemor bilan suhbatlashishi san’ati, dialog qilish nafaqat vrachning hoxishi, 
balki talantiga ham bog’liq. Vrach bemorni eshitishi va tinglay olishi lozim.  
 
QABUL BO’LIMIDA BEMORLARNI SANITAR TOZALASH 
 
xodimlarining kasbiy etikasiga amal qilishadi. Bemorni qalbini, ichki hissiyotlarini tinchlantirish – deontologiyaning va uning effektivligini ko’rsatuvchi asosiy omillaridir. Gippokrat qasami juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Keyinchalik u hujjat sifatida qabul qilinib, vrachga bir qancha majburiyatlar yuklaydi, masalan:  vrachlik sirini saqlash;  bemorga yoki uning qarindoshlariga ma’nan zarar yetkazadigan harakatlardan saqlanish;  kasbga sodiqlik. Vrach amaliyotining asosiy qoidalaridan biri bu – bemorga yomonlik keltiruvchi haraklarni qilmaslik yoki “yomonlik qilma”. Tibbiyot etikasining asosiy tamoyillaridan biri lotinchasiga shunday nomlanadi: primum non nosere (“eng avvalo – yomonlik qilma”). Har bir vrach ye. Lambert fikrni tan oladi, ya’ni “yordam berib bo’lmaydigan bemorlar bor, lekin yomonlik qilib bo’ladigan bemorlar yo’q”. Ma’lumki, ba’zan davolash kasallikdan og’irroq bo’ladi. Bu yerda gap dorilarni nojo’ya ta’siri, bir necha xil dorini birdan qabul qilganda negativ holatlarni yuzaga chiqishi, tibbiyot aralashuvidan samara va og’irlashish riskini bir-biriga mos kelmasligi to’g’risidadir. Yaxshi vrach – bu nafaqat professionalizm, ensiklopedik bilim, kerakli qarorlarni qabul qilish, tibbiy manipulyatsiya texnikasini egallash, balki bemor bilan to’g’ri suhbatlashishni bilish hamdir. “Vrach” so’zi “vrat’” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, qadimda “gapirish” ma’nosini bildiradi. Kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, malakali vrachlar bemor bilan muloqotga, anamnez yig’ishga, fizikal ko’rsatkichlariga ko’proq e’tibor berishadi, instrumental va labarator ko’rsatkichlarni ikkinchi darajaga qo’yishadi. Isbotlanishicha, to’g’ri tashhis anamnez so’roviga ko’ra 45-50% holatlarda, so’rov va fizikal tekshiruvlarga ko’ra 80-85% holatlarda qo’yiladi. Faqat 15-20% bemorlarda tashhis qo’yishda chuqur labarator va instrumental tekshiruvlar kerak bo’ladi. Bemor bilan suhbatlashishi san’ati, dialog qilish nafaqat vrachning hoxishi, balki talantiga ham bog’liq. Vrach bemorni eshitishi va tinglay olishi lozim. QABUL BO’LIMIDA BEMORLARNI SANITAR TOZALASH  
 
Bemor qabul bo’limiga kelganda pedikulyozga qarshi to’liq va qisman sanitar 
tozalash o’tkaziladi.   
Bitlash aniqlanganda quyidagi sanitar tozalash ishlari olib boriladi:  
 - to’liq tozalash (bemorni vannada yoki dushda sovun, mochalka bilan yuvintirish, 
kiyimdagi, oyoq kiyimidagi, ichki kiyimlardagi mikroorganizmlarni yo’qotish, ya’ni 
dezinfeksiya va dezinseksiya qilish);  
- qisman tozalashda bemorni ba’zi anatomik sohalarini yuvish va kiyim, oyoq kiyim, 
ichki kiyimlarni dezinfeksiya (dezinseksiya) qilish.  
Bitlarni yo’qotish: 
- zararlangan sochlar olinadi;  
- yoki o’simlik moyi aralashtirilgan kerosin bilan tozalash;  
- «Rid», «Sprey-paks», «Elko-insekt» shampunlari, «Nittefor», «Sana» los’onlari 
bilan yuvish;  
- bemorlar gigiyenik vanna va dush qabul qiladi;  
- vanna 1% xloramin eritmasi, sovunli shchyotka bilan yuviladi, issiq suvda 
chayiladi.  
Gigiyenik vanna og’ir kasalliklarda (gipertonik kriz, o’tkir miokard infarkti, 
bosh miya qon aylanishini o’tkir buzilishi, tuberkulyozni aktiv fazasi va h.o.), 
shoshilinch xirurgik aralashuvni talab etuvchi ba’zi teri kasalliklarida, 
tug’ayotganlarda o’tkazilmaydi. Bunday holatlarda teri iliq suvga namlangan 
tampon bilan artiladi.  
 
Nazorat savollari: 
1. Kichik rejali operatsiyalarga qanday tayyorgarlik o’tkaziladi?  
2. Rejali operatsiyalarga bolalar qanday tayyorlanadi?  
3. Shoshilinch operatsiyalarga bemorlar qanday tayyorlanadi?  
4. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik qanday 
o’tkaziladi?  
5. Qon ketgan bemorlarga operatsiya oldi tayyorgarligi qanday o’tkaziladi?  
6. Hayotiy zarur a’zolar funktsiyasi buzilgan bemorlar operatsiyaga qanday 
tayyorlanadi?  
7. Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash turlari qanday?  
Bemor qabul bo’limiga kelganda pedikulyozga qarshi to’liq va qisman sanitar tozalash o’tkaziladi. Bitlash aniqlanganda quyidagi sanitar tozalash ishlari olib boriladi: - to’liq tozalash (bemorni vannada yoki dushda sovun, mochalka bilan yuvintirish, kiyimdagi, oyoq kiyimidagi, ichki kiyimlardagi mikroorganizmlarni yo’qotish, ya’ni dezinfeksiya va dezinseksiya qilish); - qisman tozalashda bemorni ba’zi anatomik sohalarini yuvish va kiyim, oyoq kiyim, ichki kiyimlarni dezinfeksiya (dezinseksiya) qilish. Bitlarni yo’qotish: - zararlangan sochlar olinadi; - yoki o’simlik moyi aralashtirilgan kerosin bilan tozalash; - «Rid», «Sprey-paks», «Elko-insekt» shampunlari, «Nittefor», «Sana» los’onlari bilan yuvish; - bemorlar gigiyenik vanna va dush qabul qiladi; - vanna 1% xloramin eritmasi, sovunli shchyotka bilan yuviladi, issiq suvda chayiladi. Gigiyenik vanna og’ir kasalliklarda (gipertonik kriz, o’tkir miokard infarkti, bosh miya qon aylanishini o’tkir buzilishi, tuberkulyozni aktiv fazasi va h.o.), shoshilinch xirurgik aralashuvni talab etuvchi ba’zi teri kasalliklarida, tug’ayotganlarda o’tkazilmaydi. Bunday holatlarda teri iliq suvga namlangan tampon bilan artiladi. Nazorat savollari: 1. Kichik rejali operatsiyalarga qanday tayyorgarlik o’tkaziladi? 2. Rejali operatsiyalarga bolalar qanday tayyorlanadi? 3. Shoshilinch operatsiyalarga bemorlar qanday tayyorlanadi? 4. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik qanday o’tkaziladi? 5. Qon ketgan bemorlarga operatsiya oldi tayyorgarligi qanday o’tkaziladi? 6. Hayotiy zarur a’zolar funktsiyasi buzilgan bemorlar operatsiyaga qanday tayyorlanadi? 7. Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash turlari qanday?