BOLANI MAKTABGA TAYYORLASHDA OILANI VA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING O‘RNI

Yuklangan vaqt

2024-10-21

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

13

Faytl hajmi

27,9 KB


 
 
 
 
 
 
BOLANI MAKTABGA TAYYORLASHDA OILANI VA MAKTABGACHA 
TA’LIM MUASSASASINING O‘RNI 
 
 
 
Reja: 
1. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining ota-onalar bilan olib 
boradigan ishi mazmuni. 
2. Sharq mutafakkirlarining farzand, oila tarbiyasi to‘g‘risidagi qarashlari  
3. MTTning oila bilan hamkorlikdagi ish shakllari. 
4.  Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o‘rni. 
 
 
Kalit so’zlar: oila, maktab ta’limi, tarbiya, farzand, hamkorlik, milliylik. 
 
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ishi 
mazmuniga quyidagilar kiradi: ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun 
davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish; ota-onalarni bola 
tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, mala-kalardan xabardor qilish (bolalarning 
yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashniiig 
mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish); bola tarbiyasida oila bilan 
hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbiya-lashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng 
yaxshi namunalarinio‘rganish va ommalashtirish. 
Bola bog‘chada egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, 
oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni bolalar bog‘chasida namoyon qilsa istalgan 
ijobiy natijalarga erishish mumkin. Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir ijobiy ishlarni
BOLANI MAKTABGA TAYYORLASHDA OILANI VA MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING O‘RNI Reja: 1. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining ota-onalar bilan olib boradigan ishi mazmuni. 2. Sharq mutafakkirlarining farzand, oila tarbiyasi to‘g‘risidagi qarashlari 3. MTTning oila bilan hamkorlikdagi ish shakllari. 4. Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o‘rni. Kalit so’zlar: oila, maktab ta’limi, tarbiya, farzand, hamkorlik, milliylik. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarining oila bilan olib boradigan ishi mazmuniga quyidagilar kiradi: ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish; ota-onalarni bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, mala-kalardan xabardor qilish (bolalarning yosh, anatomik-fiziologik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashniiig mazmuni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish); bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbiya-lashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi namunalarinio‘rganish va ommalashtirish. Bola bog‘chada egallagan eng yaxshi fazilatlarni oila sharoitida davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlarni bolalar bog‘chasida namoyon qilsa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin. Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir ijobiy ishlarni
 
 
ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlash va shu asosida ota-onalar e’tiborini 
bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. 
Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda 
mudira javobgar shaxs hisoblanadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja 
tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va 
guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq 
tashkilotlarda ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek, bu 
tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi. 
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi-
metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. Ota-onalar bilan 
ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi-pedagog amalga oshiradi, chunki u 
bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar 
hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga 
ko‘proq e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini 
saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar 
berib boradi. 
MTTi va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va 
ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida 
kutilgan natijalarga erishish mumkin. 
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: 
suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim otaonalarni bog‘chaga taklif etish, 
alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish. 
Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad — oila sharoiti, bolaning oiladagi 
xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shuningdek ota-onalarni 
bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi 
ijobiy tajribalarini o‘rganib, ommalashtirishdir. 
Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st, bola 
tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan 
nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. 
Tarbiyachi har bir oilaga borishidan awal o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, 
qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga 
beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi
ko‘ribgina qolmay, balki uni qo‘llab-quvvatlash va shu asosida ota-onalar e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi. Bu reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va maslahatlar, otaliq tashkilotlarda ko‘rgazmalar tashkil etish va konsertlar qo‘yib berish, shuningdek, bu tadbirlarni o‘tkazish vaqtlari va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mavzulari va mazmuni tarbiyachi- metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar rejasida aks etadi. Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni tarbiyachi-pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan o‘zgarishlarni hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nimalarga ko‘proq e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi. MTTi va oila o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishda mudira, pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalarga erishish mumkin. Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar, oilalarga borish, ayrim otaonalarni bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma papkalardan foydalanish. Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad — oila sharoiti, bolaning oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan tanishish, shuningdek ota-onalarni bola tarbiyasining samarali usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy tajribalarini o‘rganib, ommalashtirishdir. Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st, bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi sifatida borishi, oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga borishidan awal o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘ylangan bo‘lishi kerak. Suhbat shunday tuzilishi
 
 
kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida 
ishonchli aloqa o‘rnatilishi darkor. 
Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to‘g‘risida (ota-onalarning fe’l-
atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘risida ma’lum 
tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini 
qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, 
mulohazalarini bildiradi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, 
unga nimalarnio‘qib va hikoya qilib berish mum-kinligi, bolaning kun tartibi, uni 
oila mehnatida qatnashtirish, kat-talarga hurmat nihida tarbiyalash kabi ta’lim-
tarbiya ishlari mazmuni va usuUari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Albatta, 
tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshli, imkoniyatlari,o‘ziga 
xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. 
Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli 
bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari Maktabgacha ta’lim 
tashkilotiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday 
bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday o‘ynayotganini ko‘radilar, 
bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar. 
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, 
kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga 
kamida 2 marta borishi kerak. 
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rangbarang bo‘lib, unda 
ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan: 
-bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi 
qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida; 
-maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to‘g‘risida; 
-ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. 
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va 
umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish 
shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. 
Sharq mutafakkirlarining farzand, oila tarbiyasi to‘g‘risidagi qarashlari 
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o‘z 
ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim
kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-birlarini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘rnatilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to‘g‘risida (ota-onalarning fe’l- atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivojlanish darajasi) to‘g‘risida ma’lum tasavvurlarga ega bo‘lishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun avval ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulohazalarini bildiradi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil etish kerakligi, unga nimalarnio‘qib va hikoya qilib berish mum-kinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish, kat-talarga hurmat nihida tarbiyalash kabi ta’lim- tarbiya ishlari mazmuni va usuUari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Albatta, tarbiyachining oila bilan olib boradigan ishida bolaning yoshli, imkoniyatlari,o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tarbiyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarli bo‘lishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari Maktabgacha ta’lim tashkilotiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bolaning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga chiqishdan avval u qanday o‘ynayotganini ko‘radilar, bolalarning uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar. Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta borishi kerak. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rangbarang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan: -bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to‘g‘risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida; -maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to‘g‘risida; -ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir. Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Sharq mutafakkirlarining farzand, oila tarbiyasi to‘g‘risidagi qarashlari Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim
 
 
degan g‘oyani ilgari surgan edilar. Bu g‘oya faransuz hayoliy sotsalistlari Sen 
Semon, Sharl Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan 
asosan davlat  shug‘ illanishi kerak, degan g‘oyani ilgari surganlar. 
Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug‘illanishi 
kerak, degan hulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning rol iga katta 
e’tibor berganlar. Rizouddin ibn Fahriddinning "Oila" nomli risolasida bola tarbiyasi 
yomon niyat va qo‘pollik bilan emas, balki sabr toqat, matonat, mehribonlik, 
chidamlilik, shavqatu sezgirlik bilan bo‘lishi kerak. Zarar bilan foydani ayira 
olmagan yosh go‘dakni nazoratsiz tutish ulug‘ hatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan 
yumshoqlik o‘rtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi xaqida fikrlar berilgan 
(Rizouddin ibn Faxriddin. Oila. -T.: Mehnat, 1991). 
Ma’lumki bola 2-3 yoshidan boshlab, o‘z ehtiyojlari, fikr va talablarini 
birmuncha aniq ifoda etadigan bo‘lib qoladi. U ko‘ziga ko‘ringan, aqli etgan 
narsalarni so‘ray va ularni sinchkovlik bilan tekshira boshlaydi. Ota-onalar milliy 
fazilatlarimizga muhabbat bilan qarash, razolatlardan nafrat qilish yo‘llarini 
bolalarga o‘rgatadilar. Xalqimiz orasidagi buyuk odamlarning kamolotlari 
to‘g‘risida so‘zlab beradilar. 
Bolalarni kamtarlik va donolikka o‘rgatishda buyuk o‘zbek mutafakkiri Abu 
Ali Ibn Sino kabi olimlarimizning hayot namunalari va bizga meros qilib qoldirgan 
durdona fikrlarini asos qilib olish foydalidir. U manmanlik, maqtanchoqlik va 
o‘zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi xususiyatlarni kishining ahloqi past 
ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar deb ta’kidlaydi. Uning fikricha oilada bola 
yoshligidan boshlab faqat yaxshi odatlarga o‘rgatilishi kerak. Bu esa unda 
mustahkam harakter shakllanishiga zamin yaratadi. 
Ibn Sino yosh bolalarni yaxshi ahloqli jismoniy sog‘lom qilib etishtirishda 
ko‘pgina foydali usullarni ko‘rsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy namuna 
bo‘lish usuli g‘oyat katta ahamyatga ega ekanligi qayta qayta uqtirib o‘tgan. Ibn Sino 
oilaviy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarning chuqur mazmunini va amaliy ahamyatini 
uning quydagi so‘zlaridan bilib olish mumkin. Bolaning xulqini mo"tadillikda 
saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Unga esa bolalarni qattiq g‘azablanishdan, 
qo‘rqish, hafalik, uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Boiani hohlagan va foydali
degan g‘oyani ilgari surgan edilar. Bu g‘oya faransuz hayoliy sotsalistlari Sen Semon, Sharl Fure asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug‘ illanishi kerak, degan g‘oyani ilgari surganlar. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan asosan ota-ona shug‘illanishi kerak, degan hulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning rol iga katta e’tibor berganlar. Rizouddin ibn Fahriddinning "Oila" nomli risolasida bola tarbiyasi yomon niyat va qo‘pollik bilan emas, balki sabr toqat, matonat, mehribonlik, chidamlilik, shavqatu sezgirlik bilan bo‘lishi kerak. Zarar bilan foydani ayira olmagan yosh go‘dakni nazoratsiz tutish ulug‘ hatolikdir. Balki uni qattiqlik bilan yumshoqlik o‘rtasida adolat bilan tarbiya qilmoq kerakligi xaqida fikrlar berilgan (Rizouddin ibn Faxriddin. Oila. -T.: Mehnat, 1991). Ma’lumki bola 2-3 yoshidan boshlab, o‘z ehtiyojlari, fikr va talablarini birmuncha aniq ifoda etadigan bo‘lib qoladi. U ko‘ziga ko‘ringan, aqli etgan narsalarni so‘ray va ularni sinchkovlik bilan tekshira boshlaydi. Ota-onalar milliy fazilatlarimizga muhabbat bilan qarash, razolatlardan nafrat qilish yo‘llarini bolalarga o‘rgatadilar. Xalqimiz orasidagi buyuk odamlarning kamolotlari to‘g‘risida so‘zlab beradilar. Bolalarni kamtarlik va donolikka o‘rgatishda buyuk o‘zbek mutafakkiri Abu Ali Ibn Sino kabi olimlarimizning hayot namunalari va bizga meros qilib qoldirgan durdona fikrlarini asos qilib olish foydalidir. U manmanlik, maqtanchoqlik va o‘zidagi bilimga ortiqcha baho berish kabi xususiyatlarni kishining ahloqi past ekanligini ko‘rsatuvchi belgilar deb ta’kidlaydi. Uning fikricha oilada bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi odatlarga o‘rgatilishi kerak. Bu esa unda mustahkam harakter shakllanishiga zamin yaratadi. Ibn Sino yosh bolalarni yaxshi ahloqli jismoniy sog‘lom qilib etishtirishda ko‘pgina foydali usullarni ko‘rsatib beradi. U tarbiya jarayonida shaxsiy namuna bo‘lish usuli g‘oyat katta ahamyatga ega ekanligi qayta qayta uqtirib o‘tgan. Ibn Sino oilaviy tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarning chuqur mazmunini va amaliy ahamyatini uning quydagi so‘zlaridan bilib olish mumkin. Bolaning xulqini mo"tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Unga esa bolalarni qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish, hafalik, uyqusizlikdan saqlash orqali erishiladi. Boiani hohlagan va foydali
 
 
narsasini darxol topib berishga hamda sevmagan narsasini ko‘zdan uzoqlashtirishga 
doim tayyor bo‘lib turish kerak. 
Bu ishning ikki xii foydasi bor. Bir tomondan bolani ruhiga foyda qiladi, bola 
eng yosh chog‘idanoq xushhulq odam bo‘lib qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning 
tanasiga foyda qiladi. Chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlariga sabab bo‘ladi. 
Shuningdek agar yomon hulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib 
chiqaradi. 
Ibn Sino o‘zining "Tadbirul manozil" asarining katta bir bobini oilaviy tarbiya 
masalalarga bag‘ishlagan. U bu asarida kishilarning oilaviy munosabatlarning 
deyarli hamma  tomonlarini  ko‘rib chiqadi. U oila boshlig‘i oldiga katta talablar  
Mutafakkir olim Abu Rayxon Beruniy o‘z asarlarida ota-onalar va tarbiyachilar 
obro‘yining bolaga ta’sir kuchi haqida ham fikr yurgazadi. Bu esa hozirgi talablarga 
ham javob beradi. U ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta’sirining bor kuchi 
obro‘ga asoslanadi, deydi. Biroq bu obro‘tabitan berilmaydi, sun’iy ravishda 
yaratilmaydi, qo‘rquv, qo‘rqitish, zo‘rlik bilan erishilmaydi, balki ota-onaga 
nisbatan mehr oqibatdan kelib chiqadi deb ta’kidlaydi. 
Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy xalqimiz rasm rusumlari va milliy 
odatlarni juda nozik tushunar edi. Shu sababli inson xulq atvori, madaniyatining 
xatto eng oddiy masalalar ham uning diqqatidan chetda qolmadi. A.Navoiy tarbiyada 
xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini uqtiradi. 
Haqiqatdan ham bolani tarbiyalshda shunday xatoliklar uchraydiki, ular faqat 
oilaning hayotida emas balki jamiyat hayotida ham aks ettiradi. Oilada bolani 
tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli tumandir. Ular orasida keng 
tarqalganlardan biri ota-onalarning xaddan tashqari xukmronlikka intilishlaridir; 
bolaning erka bo‘lishi ularga nisbatan biror talabning yo‘qligi bilan bog‘liq; ota-ona 
buvilar tomonidan tarbiyada yagona talablarning yo‘qligidir; oilaviy tarbiyadagi 
barqaror xatolar oilaning tuzilishi va oilaviy munosabatlar biIan, kattalarning o‘ z 
fuqorolik burchlarga munosabati ularning g‘oyaviy yo‘nalishi, mehnatga 
munosabati bilan bog‘liq munosabatlar bilan bog‘liq. 
Bu belgilarga ko‘ra oilaning bir necha turini ajratish mumkin. Tarbiyachilarga 
oila turlarini bilish va u bilan o”ziga xos holda ishlash va munosabatda bo‘lish uchun 
zarur.
narsasini darxol topib berishga hamda sevmagan narsasini ko‘zdan uzoqlashtirishga doim tayyor bo‘lib turish kerak. Bu ishning ikki xii foydasi bor. Bir tomondan bolani ruhiga foyda qiladi, bola eng yosh chog‘idanoq xushhulq odam bo‘lib qoladi. Ikkinchi tomondan, bolaning tanasiga foyda qiladi. Chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlariga sabab bo‘ladi. Shuningdek agar yomon hulq odatga kirib qolsa, u mijoz buzilishini keltirib chiqaradi. Ibn Sino o‘zining "Tadbirul manozil" asarining katta bir bobini oilaviy tarbiya masalalarga bag‘ishlagan. U bu asarida kishilarning oilaviy munosabatlarning deyarli hamma tomonlarini ko‘rib chiqadi. U oila boshlig‘i oldiga katta talablar Mutafakkir olim Abu Rayxon Beruniy o‘z asarlarida ota-onalar va tarbiyachilar obro‘yining bolaga ta’sir kuchi haqida ham fikr yurgazadi. Bu esa hozirgi talablarga ham javob beradi. U ota-onalarning bolalarga tarbiyaviy ta’sirining bor kuchi obro‘ga asoslanadi, deydi. Biroq bu obro‘tabitan berilmaydi, sun’iy ravishda yaratilmaydi, qo‘rquv, qo‘rqitish, zo‘rlik bilan erishilmaydi, balki ota-onaga nisbatan mehr oqibatdan kelib chiqadi deb ta’kidlaydi. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy xalqimiz rasm rusumlari va milliy odatlarni juda nozik tushunar edi. Shu sababli inson xulq atvori, madaniyatining xatto eng oddiy masalalar ham uning diqqatidan chetda qolmadi. A.Navoiy tarbiyada xatolikka yo‘l qo‘yish mumkin emasligini uqtiradi. Haqiqatdan ham bolani tarbiyalshda shunday xatoliklar uchraydiki, ular faqat oilaning hayotida emas balki jamiyat hayotida ham aks ettiradi. Oilada bolani tarbiyalashda uchraydigan xatoliklar turli tumandir. Ular orasida keng tarqalganlardan biri ota-onalarning xaddan tashqari xukmronlikka intilishlaridir; bolaning erka bo‘lishi ularga nisbatan biror talabning yo‘qligi bilan bog‘liq; ota-ona buvilar tomonidan tarbiyada yagona talablarning yo‘qligidir; oilaviy tarbiyadagi barqaror xatolar oilaning tuzilishi va oilaviy munosabatlar biIan, kattalarning o‘ z fuqorolik burchlarga munosabati ularning g‘oyaviy yo‘nalishi, mehnatga munosabati bilan bog‘liq munosabatlar bilan bog‘liq. Bu belgilarga ko‘ra oilaning bir necha turini ajratish mumkin. Tarbiyachilarga oila turlarini bilish va u bilan o”ziga xos holda ishlash va munosabatda bo‘lish uchun zarur.
 
 
Oila turlari Rizouddin Ibn Faxriddinning "Oila" nomli risolasida ko‘rsatilgan. 
Birinchi turi. Tinch oilalar. Bularga mehnatda ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotda 
faol ishtrok etayotgan ko‘pchilik oilalar kiradi. Bu turdagi oilaga ota-onalar va 
bolalar o‘rtasida ma’naviy yaqinlik, aqlli va meyordagi talablar bolaning ijtimoiy 
munosabati meyorlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi xosdir. 
Ikkinchi turi. Yuzaki tinch oilalar. Bu turdagi oilalarga oila azolari tomonidan 
bolalarga qo‘yiladigan talablar bir xilda bo‘lmasdan, stixiyali tarzda bo‘ladi. Bunda 
bolaning imkoniyatlari hisobga olinmaydi. Bolaning hayoti noto‘g‘ri tashkil etiladi. 
Tarbiyaning bu turida ota-onaga nisbatan hurmatsizlik, ularning talabini bajarmaslik 
kabi xolatlar rivojlanishi mumkin. Yuzaki tinch oilalar bilan ishlashda tarbiyachi 
ota­ona diqqat e’tiborini oiladagi psixologik vaziyatni, ota-onalar o‘rtasidagi 
munosabat yo‘nalishini o‘zlashtirishga qaratadi. 
Uchinchi turi. Notinch oilalar. Bunday turdagi oilalarda ma’naviy qiziqishlar 
kam bo‘ladi. Bunday oilalarga ishlab chiqarish, oilaviy vazifalarga befarq 
munosabatda bo‘lish, oilaviy an’analarga e’tibor bermaslik, uy ishlariga loqayd 
munosabatda bo‘lish xos bo‘ladi. Bola qo‘rs, qo‘pol, urishqoq bo‘lib qoladi. Kattalar 
va jamoa tartiblariga bo‘ysinmaydi. "Tarbiyasi og‘ir" bolalarning ko‘p qismi ana 
shunday oilalarda etishadi. 
Zamonaviy 
sharoitlarda 
notinch 
oila 
muammosi 
eng 
dolzarb 
muammolardandir. Oila - maktabgacha ta’lim yoshidagi bola uchun birinchi ijtimoiy 
muhitdir. Agar u notinch bo‘lsa, bolaning sog‘lig‘iga ham, uning xulqiga ham salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi o‘z tengdoshlari bilan 
munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga qanday kechinmalar 
yuz berayotganini sezadilar. 
To‘rtinchi turi. To‘liqmas oilalar. Bu turdagi oilada ota onadan biri bo‘lmaydi. 
Bunday oilalarda ota-onalardan birining yo‘qligini bildirmaslik uchun oila 
azolaridan har birining bolaga ta’sirini kuchaytirish, bola  o‘zaro  munosabatlarda  
kamchilik sezmasligi uchun bola tarbiyasiga oiladan ketgan a’zoni boshqa 
qarindoshlarini jalb qilish muhimdir. 
Shunday qilib maktabgacha ta’lim muassasalarida oila bilan ishlash o‘ziga xos 
xususiyatga ega bo‘lib, oilaning turiga bog‘liq holda o‘tqaziladi. Maktabgacha ta’lim 
muassasining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Ota-
Oila turlari Rizouddin Ibn Faxriddinning "Oila" nomli risolasida ko‘rsatilgan. Birinchi turi. Tinch oilalar. Bularga mehnatda ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotda faol ishtrok etayotgan ko‘pchilik oilalar kiradi. Bu turdagi oilaga ota-onalar va bolalar o‘rtasida ma’naviy yaqinlik, aqlli va meyordagi talablar bolaning ijtimoiy munosabati meyorlarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishi xosdir. Ikkinchi turi. Yuzaki tinch oilalar. Bu turdagi oilalarga oila azolari tomonidan bolalarga qo‘yiladigan talablar bir xilda bo‘lmasdan, stixiyali tarzda bo‘ladi. Bunda bolaning imkoniyatlari hisobga olinmaydi. Bolaning hayoti noto‘g‘ri tashkil etiladi. Tarbiyaning bu turida ota-onaga nisbatan hurmatsizlik, ularning talabini bajarmaslik kabi xolatlar rivojlanishi mumkin. Yuzaki tinch oilalar bilan ishlashda tarbiyachi ota­ona diqqat e’tiborini oiladagi psixologik vaziyatni, ota-onalar o‘rtasidagi munosabat yo‘nalishini o‘zlashtirishga qaratadi. Uchinchi turi. Notinch oilalar. Bunday turdagi oilalarda ma’naviy qiziqishlar kam bo‘ladi. Bunday oilalarga ishlab chiqarish, oilaviy vazifalarga befarq munosabatda bo‘lish, oilaviy an’analarga e’tibor bermaslik, uy ishlariga loqayd munosabatda bo‘lish xos bo‘ladi. Bola qo‘rs, qo‘pol, urishqoq bo‘lib qoladi. Kattalar va jamoa tartiblariga bo‘ysinmaydi. "Tarbiyasi og‘ir" bolalarning ko‘p qismi ana shunday oilalarda etishadi. Zamonaviy sharoitlarda notinch oila muammosi eng dolzarb muammolardandir. Oila - maktabgacha ta’lim yoshidagi bola uchun birinchi ijtimoiy muhitdir. Agar u notinch bo‘lsa, bolaning sog‘lig‘iga ham, uning xulqiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Tarbiyachi bolalarning salomatligi, xulqi o‘z tengdoshlari bilan munosabatini doimo kuzatib boradi va kichik insonlar qalbiga qanday kechinmalar yuz berayotganini sezadilar. To‘rtinchi turi. To‘liqmas oilalar. Bu turdagi oilada ota onadan biri bo‘lmaydi. Bunday oilalarda ota-onalardan birining yo‘qligini bildirmaslik uchun oila azolaridan har birining bolaga ta’sirini kuchaytirish, bola o‘zaro munosabatlarda kamchilik sezmasligi uchun bola tarbiyasiga oiladan ketgan a’zoni boshqa qarindoshlarini jalb qilish muhimdir. Shunday qilib maktabgacha ta’lim muassasalarida oila bilan ishlash o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, oilaning turiga bog‘liq holda o‘tqaziladi. Maktabgacha ta’lim muassasining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad, mazmun bo‘lishi kerak. Ota-
 
 
onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini 
tahlil qilib, xilma-xil va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shakl va usullar yordamida rejali 
ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
MTTning oila bilan hamkorlikdagi ish shakllari 
Ota-onalar majlisiga bog’chadagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, 
parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarhiing ota-onalari taklif etilishi 
mumkin. 
Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har 
tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar 
qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtiriladi. 
Majlisda mudira yoki metodist-tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga 
chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni 
aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-
onalarning o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda bog‘chaga 
qiziqish uyg‘onadi. 
Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota-onalari 
uchun dolzarb bo’lgan masalalar muhokama qilinadi. Masalan, umumiy majlis 
mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» bo’lsa, o’rta guruhda 
o’tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni 
tarbiyalashda bog’cha va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga 
hurmatni tarbiyalash” va hokazo bo’lishi mumkin. 
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani tegishli mavzudagi kinofilm, 
diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati 
to‘g‘risidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, 
salbiy faktlarni gapirishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, 
tanqid qilinuvchilarning nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. 
Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-
onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish 
bo‘yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin. 
Yilning oxirida o‘tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida 
amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari haqida gapirib
onalar bilan hamkorlik borasida avval erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, xilma-xil va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan shakl va usullar yordamida rejali ishlar olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. MTTning oila bilan hamkorlikdagi ish shakllari Ota-onalar majlisiga bog’chadagi hamma guruh bolalarining ota-onalari, parallel guruhlar ota-onalari va bitta guruh bolalarhiing ota-onalari taklif etilishi mumkin. Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishtiriladi. Majlisda mudira yoki metodist-tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota- onalarning o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda bog‘chaga qiziqish uyg‘onadi. Guruhdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb bo’lgan masalalar muhokama qilinadi. Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» bo’lsa, o’rta guruhda o’tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalashda bog’cha va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni tarbiyalash” va hokazo bo’lishi mumkin. Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g‘risidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota- onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin. Yilning oxirida o‘tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari haqida gapirib
 
 
beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob beradilar va faollarning yangi tarkibi 
saylanadi. 
Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. 
Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar 
bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, 
bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bo-laning uyidagi kun tartibi, ota-
onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya 
vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi. 
Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar 
ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil 
etiladi. Unda xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim 
tashkilotlari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi 
diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari, bolalar 
hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin 
oladi. 
Ota-onalar burchagi - oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, 
uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota-
onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni 
qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi. 
Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim 
muassasalari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga 
bolalarning mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning 
jamoada o‘zlarini qanday tutishlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi. 
Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim tashkilotining Nizomi»ga binoan 
mudiraga yordam berish uchun tuziladi. U ota- onalarning umumiy majlisida bir yil 
muddatga saylanadi. Bu qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1—2 vakil 
saylanadi. 
Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lim tashkilotining 
xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar 
majlisi va kechalarni tayyorlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga 
ko‘maklashishdir.
beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisob beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi. Ota-onalar burchagi va ko‘rgazma tashkil etish. Ota-onalar burchagi ularni tarbiyaga oid yangiliklar va pedagogik masalalar bilan tanishtirish maqsadida tashkil etiladi. Ularga kitoblar, jurnallar, rasmlar, bolalarning ishlari, bolalar ovqatining xillari, bo-laning uyidagi kun tartibi, ota- onalar uchun eslatmalar, e’lonlar joylashtiriladi. Burchak vaqti-vaqti bilan tarbiya vazifasiga qarab o‘zgartirib turiladi. Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish bo‘yicha tashkil etiladigan ko‘rgazmalar ko‘pincha ota-onalar konferensiyalari, majlislari, konsultatsiyalar oldidan tashkil etiladi. Unda xalq ta’limi to‘g‘risidagi qonun va qarorlar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmoqlari va undagi tarbiyalanuvchilar sonining o‘sishini ko‘rsatuvchi diagrammalar, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya jarayonlari, bolalar hayotini aks ettiruvchi fotosuratlar, kitob va o‘yinchoqlar, bolalarning ishlari o‘rin oladi. Ota-onalar burchagi - oila bilan olib boriladigan ishning ko‘rgazmali usuli, uning did bilan bezatilishiga alohida e’tibor berilishi kerak. Bundan tashqari, ota- onalarga tarbiya to‘g‘risidagi filmlar namoyish etiladi, bular ko‘pincha ota-onalarni qiziqtiradigan bahslar boshlanishiga sababchi bo‘ladi. Ota-onalar uchun ochiq kunlar tashkil etilishi ham maktabgacha ta’lim muassasalari ishida muhim o‘rin egallaydi. Bunday kunlarda ota-onalarga bolalarning mashg‘ulotlari, mehnat, o‘yin faoliyatlari, sayrlar va bolalarning jamoada o‘zlarini qanday tutishlari va shunga o‘xshashlar ko‘satiladi. Ota-onalar qo‘mitasi «Maktabgacha ta’lim tashkilotining Nizomi»ga binoan mudiraga yordam berish uchun tuziladi. U ota- onalarning umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo‘mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1—2 vakil saylanadi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lim tashkilotining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita a’zolari, ota-onalar majlisi va kechalarni tayyorlash, o‘tkazish va boshqa ishlarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir.
 
 
Ota-onalar qo‘mitasi bolalarning ota-onalari bilan tanishadi, bolalarni 
tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita a’zolari har ikki oyda bir 
marta yig‘ilish o‘tkazadi. 
Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi ota-
onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va hisobotini eshitishga 
haqlidir. Ota-onalar qo’mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta'lim 
tashkilotida saqlanadi. Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish natijasida millionlab 
kishilar bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalash prinsiplarini ongli 
ravishda anglab oldilar. 
Korxonalarda, xo‘jaliklarda, jamoa joylarida, mahallalarda oilada bola tarbiyasi 
to‘g‘risida ma’ruzalar bilan chiqish, televideniya va radioeshittirishlar pedagogik 
targ‘ibot ishining keng vositalaridandir. Shuningdek, bu targ‘ibot vaqtli matbuot: 
«Sog‘lom avlod», «Maktabgacha ta’lim», «Xalq ta’limi», «Pedagogik ta’lim» 
jurnallari, ko‘p sonli badiiy pedagogik, ilmiy-ommabop va metodik adabiyotlarni 
chiqarish orqali ham amalga oshiriladi. 
Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruhshunoslik, anatomiya va 
fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qish, 
bolalar tarbiyasi to‘g‘risida kinofilm va spektakllar namoyish qilish ijobiy natija 
beradi. 
Bu mashg‘ulotlarni har xil sohalar bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchi, aktyor, 
ruhshunos mutaxassislar olib boradilar. 
Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak: 
1. Pedagogik targ‘ibot hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lab olib 
borilishi lozim. Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har 
tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy 
asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. 
2. Oila tajribasining ijobiy tomonlari, oiladagi bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan 
xatolar va ularning oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib 
boriladi. 
3. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalarning har xil saviyada 
ekanliklari hisobga olinib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, 
ko‘rgazmali va ularning his-tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak.
Ota-onalar qo‘mitasi bolalarning ota-onalari bilan tanishadi, bolalarni tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi ota- onalarni qiziqtiruvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va hisobotini eshitishga haqlidir. Ota-onalar qo’mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktabgacha ta'lim tashkilotida saqlanadi. Pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish natijasida millionlab kishilar bolalarini maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalash prinsiplarini ongli ravishda anglab oldilar. Korxonalarda, xo‘jaliklarda, jamoa joylarida, mahallalarda oilada bola tarbiyasi to‘g‘risida ma’ruzalar bilan chiqish, televideniya va radioeshittirishlar pedagogik targ‘ibot ishining keng vositalaridandir. Shuningdek, bu targ‘ibot vaqtli matbuot: «Sog‘lom avlod», «Maktabgacha ta’lim», «Xalq ta’limi», «Pedagogik ta’lim» jurnallari, ko‘p sonli badiiy pedagogik, ilmiy-ommabop va metodik adabiyotlarni chiqarish orqali ham amalga oshiriladi. Ota-onalar uchun maxsus pedagogika va ruhshunoslik, anatomiya va fiziologiya, oila tarbiyasi nazariyasi va amaliyoti to‘g‘risida ma’ruzalar o‘qish, bolalar tarbiyasi to‘g‘risida kinofilm va spektakllar namoyish qilish ijobiy natija beradi. Bu mashg‘ulotlarni har xil sohalar bo‘yicha yuqori malakali o‘qituvchi, aktyor, ruhshunos mutaxassislar olib boradilar. Pedagogik targ‘ibot ishida quyidagilarga amal qilish kerak: 1. Pedagogik targ‘ibot hayot, jamiyat qurilishi amaliyoti bilan bog‘lab olib borilishi lozim. Pedagogik targ‘ibot orqali keng jamoatchilikka bolalarni har tomonlama tarbiyalash masalalari va ularni amalga oshirish yo‘llari, ilmiy asoslangan usullari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib boriladi. 2. Oila tajribasining ijobiy tomonlari, oiladagi bola tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularning oldini olish, bartaraf etish yo‘llari to‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib boriladi. 3. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalarning har xil saviyada ekanliklari hisobga olinib, ular uchun tayyorlangan axborot materiallari ishonarli, ko‘rgazmali va ularning his-tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak.
 
 
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar bilan hamkorlik 
ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya 
o‘rtasidagi birlik o‘rnatilishi mumkin. 
Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davr). Bola rivojlanishining 
dastlabki yilida unda kattalarga bog‘liqlik (itoat qilish mexanizmi) va ularga 
qaramlik shakllangan bo‘lsa, bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa 
bolaning xatti-harakatida va fikr yuritishida mustaqillikning dastlabki belgilari 
rivojlanadi. 
Bu davr boladagi amaliy bilimlarning keyingi yo‘lini belgilaydi. Bu yoshda 
bolalar har bir sohada o‘zlarini sinab ko‘rishga intiladilar. Ayni shu paytda unda 
narsalar dunyosini o‘zlashtirish, amaliy xatti-harakatlarni bajarish, o‘z tanasini 
boshqarish mexanizmlari shakllanadi. 
Agar bu davrning imkoniyatlari boy berilsa bolada tegishli qobiliyatlar 
rivojlanmay qolishi mumkin. Bu davr bolaning biror-bir ishni bajara olish uchun 
zarur bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay davrligini 
ota-onalar doimo yodda tutishlari lozim. 
Aziz ota-onalar Bolalar bilan so‘zlashganda gap va so‘zlarni to‘liq talaffuz 
eting. Agar bola biror so‘zni noto‘g‘ri talaffuz etsa, unga «bu noto‘g‘ri» demang, 
uning o‘rniga so‘zning to‘g‘ri talaffuzini takrorlang. 
Ilk bolalik yoshida bolalar barcha narsaga qiziquvchan bo‘ladilar. Ularni 
qiziqtirgan savollarga imkon qadar batafsil javob berishga harakat qiling. 
Yodingizda bo‘lsinki, agar kichkintoyingizni qiziqtirgan savolga javob berishdan 
qochsangiz, uning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndirib qo‘yishingiz mumkin. 
Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o‘rni. 
Respublikamizda 1998 yil - Oila yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul 
qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning 
huquqiy asoslari takomillashtirildi, "Oila kodeksi" ning yangi tahriri, bir qator 
qonunchilik va meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilani moddiy farovonligini 
ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan, 
serfarzand oilalarni qo‘ llab-quvatlash ishlarini davlat o‘z zimmasiga oldi.
Shunday qilib, maktabgacha ta’lim tashkiloti va ota-onalar bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi birlik o‘rnatilishi mumkin. Ilk bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davr). Bola rivojlanishining dastlabki yilida unda kattalarga bog‘liqlik (itoat qilish mexanizmi) va ularga qaramlik shakllangan bo‘lsa, bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan davrda esa bolaning xatti-harakatida va fikr yuritishida mustaqillikning dastlabki belgilari rivojlanadi. Bu davr boladagi amaliy bilimlarning keyingi yo‘lini belgilaydi. Bu yoshda bolalar har bir sohada o‘zlarini sinab ko‘rishga intiladilar. Ayni shu paytda unda narsalar dunyosini o‘zlashtirish, amaliy xatti-harakatlarni bajarish, o‘z tanasini boshqarish mexanizmlari shakllanadi. Agar bu davrning imkoniyatlari boy berilsa bolada tegishli qobiliyatlar rivojlanmay qolishi mumkin. Bu davr bolaning biror-bir ishni bajara olish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikma va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun eng qulay davrligini ota-onalar doimo yodda tutishlari lozim. Aziz ota-onalar Bolalar bilan so‘zlashganda gap va so‘zlarni to‘liq talaffuz eting. Agar bola biror so‘zni noto‘g‘ri talaffuz etsa, unga «bu noto‘g‘ri» demang, uning o‘rniga so‘zning to‘g‘ri talaffuzini takrorlang. Ilk bolalik yoshida bolalar barcha narsaga qiziquvchan bo‘ladilar. Ularni qiziqtirgan savollarga imkon qadar batafsil javob berishga harakat qiling. Yodingizda bo‘lsinki, agar kichkintoyingizni qiziqtirgan savolga javob berishdan qochsangiz, uning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini so‘ndirib qo‘yishingiz mumkin. Bolani maktabga tayyorlashda oilaning o‘rni. Respublikamizda 1998 yil - Oila yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan qabul qilingan Davlat dasturini hayotga joriy etish natijasida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari takomillashtirildi, "Oila kodeksi" ning yangi tahriri, bir qator qonunchilik va meyoriy hujjatlar qabul qilindi. Oilani moddiy farovonligini ta’minlashga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratildi. Kam ta’minlangan, serfarzand oilalarni qo‘ llab-quvatlash ishlarini davlat o‘z zimmasiga oldi.