Bolshevizm, fashizm, natsional-sotsializm falsafasi va diniy ekstremistik mafkuralar
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
7
Faytl hajmi
33,2 KB
Bolshevizm, fashizm, natsional-sotsializm falsafasi va diniy ekstremistik
mafkuralar.
Reja:
1. Bolshevizm va fashizmning mafkuralarining vujudga kelishi va ularning
mohiyati.
2. V. Lenin va I. Stalinning siyosiy qarashlari.
3.Sotsializmning siyosiy-huquqiy mafkuralari.
Bol’shevizm mafkurasi - XIX asrning 70-yillarida K.Marksning g’oyalari
Rossiya bo’ylab tarqala boshladi. Bu g’oyalar tarqalishi G.V.Plexanovning ijodiy
faoliyati va u boshqargan «Mehnatni rad qilish» guruxi bilan bog’lik. Rossiyadagi
o’sha davrdagi vaziyat ya’ni iqtisodiy-ijtimoiy vaziyat kapitalistik rivojlanish
yo’lidan borayotganini ko’rsatardi. Rossiyadagi marksizmga sodiq bo’lgan guruxlar
o’z e’tiborini jamiyatning keyingi hayotida keskin burilish bo’lishiga qaratdi.
Ularning maqsadi tarixiy-materialistik pozitsiyaga tayanib Rossiyada
islohotlar o’tkazish jamiyat evolyutsiyasi samarasiga erishish edi. Shu bilan birga
ular shakllanib kelayotgan proletariatlar (ishchilar) sinfini g’oyaviy shakllantirib,
uning jamiyat siyosiy hayotidagi mavqei uning qaysi tomonga qarab intilishi o’sha
davrdagi davlat to’zumiga, hukmron sinflarga qarshi qanday kurashishni singdirib
borgan.
XX asrda ham Marksizm tarafdorlari ko’p bo’lmagan Rossiyada g’oyaviy
qarashlar boshqa davlatlardagi marksizm qarashlaridan uncha farq qilmasdi.
Shuning uchun bu bosqichda ular bir tan bo’lib harakat qilishadi. Ularning
birlashishiga birinchi sabab, o’sha davrdagi Rossiyadagi siyosiy-ijtimoiy tartib,
davlatning qirollik boshqaruvi bir xilda yoqmagani bo’lsa, ikkinchisi ularning
mafkuraviy raqiblari ham umumiy edi. Shunday raqiblarga marksizm revizionistlari
(ishchilar sinfi yordamida marksizm g’oyalarini o’zgartirishga harakat qiluvchilar)
narodniklar edi. Narodniklar siyosiy burjuaziya vaqillari xisoblanadilar. Rus
marksistlarini umumiy vazifa ham birlashtirar edi. Bu vazifa XIX asrning 80-90-
yillarida marksizm g’oyalarini Rossiyaning shart-sharoitiga moslashtirish va bu
g’oyalarni tarqatish, singdirishdan iborat edi. Shuningdek bu vazifalar qatoriga
Marksizm sotsializmi ostida radikal (keskin isloxot tarafdorlari) kayfiyatdagi
guruxlarni proletariat ostida birlashtirish, revolyutsion harakatlarni rivojlantirish va
unga tashqiliy ko’rinish berish ham kiradi.
1898 yilda Rossiya Sotsial-Demokratik Ishchilar Partiyasi(RSDRP) 1-
s’ezdida Umumiy Marksistik partiyasi tashqil qilish masalasi qo’yildi. Oradan 5 yil
o’tgach RSDRPning 2-s’ezdida marksizm asosiga qurilgan partiyada o’zgarish yuz
berdi, ya’ni ikkita bir-biridan farq qiluvchi va bir-biridan ancha o’zoq bo’lgan oqim
yuzaga keldi:
1-oqim V.I.Lenin boshchiligidagi Bolshevizm
2-oqim Men’sheviklar oqimidir.
Bolshevizmning asoschisi, nazariyotchisi, g’oyaviy rahbari va rahnamosi
V.U.Ulyanov (Lenin) edi. Bolshevizm V.I.Lenin boshchiligidagi tor doira siyosiy
avatyuristlari va hokimiyatparastlarning o’ta reaktsion, insoniyat uchun zararli va
havfli ta’limotidir. Bu ta’limot Rossiyada bolshevistik partiya rahbarligida siyosiy
hokimiyatni egallab olish va davlat boshqaruvining g’oyaviy, strategik, taktik va
tashqiliy printsiplari va vositalari sifatida amal qiladi.
Fashizm – dastak, bo’lak, degan ma’noni berib, uning asosi millitarizmga,
ya’ni muayyan millatni boshqa millat va irqlardan ustun qo’yish tamoyiliga
asolangan bo’lib, bu g’oyani zo’rlik yo’li bilan amalga oshiradi.
Iosif Vissarionovich Stalin (1879-1953 y.y.) siyosiy qarashlari va
ta’limotlari.
Ctalin kommunistik partiya, sovet hokimiyati raxbari sifatida bolshevistik
mafkura, marksizm-leninizmning targ’ibotchisiga aylandi.
Iosif Vissarionovich Stalin (laqabi Koba, Soso) 1878 yil Gro’ziyaning Gori
shaxridagi etikdo’z oilasida tug’ilgan. Tiflis diniy seminariyasida o’qib, 1898 yil
RSDRP tarkibidagi Gro’ziya “ Mesamedasi” sotsial demokratik tashqilotga kirgan.
U Lenin tarafdori bo’lib, 1903 yildan boshlab bolsheviklarga qo’shiladi. Lenin
tashabbusi bilan 1912 yil RSDRP MK va MK Rus byurosiga kooptatsiya (sirtdan
kiritilgan) qilingan. 1917 yil “Pravda” gazetasida tahrir hay’ati, RSDRP(b) MK
siyosiy byurosi, harbiy inqilobiy markaz a’zosi bo’lgan. 1917-1922 yillarda Millatlar
ishi bo’yicha xalq komissari, 1918 yil Rossiya Harbiy inqilobiy Kengash raisi, 1922-
1953 yillarda esa Partiya MK ning bosh kotibi sifatida faoliyat yuritdi.
20-yillar Partiya apparatidagi siyosiy fitnalardan foydalanib, partiyaga bosh
bo’lib oldi. Hokimiyat teppasiga kelgan Stalin mamlakatda mustabid rejimni
o’rnatdi. U o’z faoliyati davomida mamlakatni jadal indo’strlashtirish va majburiy
qollektivlashtirish siyosatini o’tkazdi. 20-30 yillarda ommaviy terror tashabbuskori
bo’ldi. Terror natijasida minglab odamlar bevaqt halok bo’ldi. Mana shu faoliyati
bilan uning nomi tarixda “qora” nom bilan qoldi. Uning siyosiy qarashlari o’zining
bir qator asarlarida aks etgan, ular: “Marksizm va milliy masalalar” (1912 yil),
“Oktyabr revolyutsiyasi va rus kommunistlarining taktikasi” (1924 yil), “Leninizm
asoslari to’g’risida” (1924 yil), “Buyuk burilish yili” (1929 yil).
1920 yilning o’rtalaridan keyingi uchta o’n yillikgacha Lenin g’oyalarini
asrovchisi va targ’ibotchisi sifatida I.V.Stalin maydonga chiqdi. Oliy Kommunistik
Partiya Sekretari Stalin o’z davrining Lenini sifatida siyosatini davom ettirdi. U o’z
davrining etuk siyosatchisi sifatida ommaning qo’llab kuvvatlashi, u targ’ib
qilayotgan mafkuraning qanchalik partiya bolsheviklari-yu oddiy odamga bir xil
tushunarli va aniq bo’lishiga bog’liqligini u yaxshi tushunardi. Stalin har bir jamiyat
mentaliteti qadriyatlari onglilik darajasiga qarab, o’sha xalqning qiziqishlariga
ahamiyatni kuchaytirib g’oya va mafkura yaratish kerak deb hisoblardi. Stalin
siyosatida xalq ommasi Proletariat diktaturasining tarkibiy qismi va diktaturaning
asosiy belgisi bo’lib qoladi. Stalin tiriklik chog’ida xuddi Lenin singari qarashlari
mutlaqlashtirildi, uning faoliyati va shaxsiy hayoti iloxiylashtirildi. Stalin o’z siyosiy
faoliyatida Turkiston va O’zbekistonda sotsializm asoslarini zo’ravonlik bilan joriy
etish yo’llarini qo’llagan.
Sotsializm – XIX-XX asr siyosiy g’oyalaridagi yo’nalishlardan biri.
Sotsializm (lotincha socialis- ijtimoiy)- xususiy mulkni ijtimoiy (umumiy)
mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin
deb hisoblovchi ta’limot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yo’l bilan qurilgan ijtimoiy
to’zumni ideal jamiyat deb hisoblaganlar. Sotsializm atamasi Frantsiyada XIX asr
30-yillarida iste’molga kirgan. Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamoman
ajratiladi. Oqibatda inson o’z individual xususiyatlaridan ham maxrum etilib,
ommaga aylanadi va o’z “men”ini yo’qotadi va jamiyatda tobelik, zo’ravonlik
kuchayadi. XX asr 20-yillari oxiri 30-yillar boshida SSSR da, 2-jahon urushidan
keyin boshqa mamlakatlarga yoyildi. Sotsializm davlat mulki monopoliyasi,
direktivali markazlashgan rejalashtirish, yuqori qatlamning diktaturasi kabi
belgilarda namoyon bo’ladi. Bu g’oya XIX asrda ishchilar sinfi manfaatlarining
ifodachisi sifatida maydonga keldi. Sotsializm tenglik, ijtimoiy adolat, umumiy
manfaatlarning ustunligiga asoslangan jamiyat haqidagi g’oya sifatida dastavval
qadimgi dunyoda paydo bo’lgan.
XX asrning boshlarida marksizm bir-biriga qarama-qarshi ikki g’oyaviy
oqimga: leninizm va sotsial-demokratiyaga bo’linib ketdi.
1864 yilda I Internatsional tashqil topgach, Evropaning ko’p davlatlarida
ommaviy sotsial-demokratik partiyalar vujudga keldi. 1889 yilda II Internatsional,
1898 yilda esa RSDRP to’zildi. 1895 yilda F.Engels vafotidan keyin marksizmning
asosiy postulatlari (isbotsiz qabo’l qilinadigan dastlabki qoida, faraz) masalasida
o’zaro kelishmovchiliklar boshlandi. 1917 yildagi kommunistik rus inqilobidan
keyin
Rossiyadagi
bolsheviklar
(rus
kommunistlari)
sotsial-demokratik
partiyalardagi so’l kuchlarni III Kommunistik Internatsionalga birlashtirdilar.
V.I.Lenin va uning tarafdorlari fikricha, sotsializmga dunyoning rivojlangan
mamlakatlarida birdaniga emas, balki kapitalizmning «zaif xalqasi» hisoblangan,
alohida olingan bir mamlakatda, inqilobiy yo’l bilan – burjua davlat mashinasini
sindirib tashlash va proletariat diktaturasini o’rnatish, xususiy mulkni tugatish
hamda uni ijtimoiy (davlat) mulkka aylantirish yo’li bilan erishiladi. Bu ta’limot
asosida sobiq SSSR va bir qator Sharqiy Evropa mamlakatlarida olib borilgan
sotsalizm qurish tajribasi samarasiz bo’lib chiqdi va xalq ishonchini qozonmadi.
Oqibatda sotsializmning lenincha kontseptsiyasi siyosiy g’oya sifatida inqirozga
uchrab, amal qilishdan to’xtadi. Buning asosiy sababi davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi, o’ta markazlashgan ishlab chiqarish munosabatlarida erkinlik,
tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyatning cheklanganligi va iqtisodni markazdan
turib boshqarilishidir. Hokimiyatning zo’ravonlik siyosati natijasida, bozor
munosabatlarining tan olinmasligi va XX asrning ikkinchi yarmidan sotsializm
mafkurasiga asoslangan qator mamlakatlar iqtisodiyotida ishlab chiqarishning
ko’payishi, iqtisodiy turg’unlik davrining boshlanishi yuz berdi.
To’g’ri bugungi kunda ham dunyoning Kuba, XXR kabi mamlakatlarda
sotsializm amal qilmoqda, ammo bu mamlakatlarda SSSRdagi kabi sotsializm
amaliyotida diktatorlikdan ko’ra, bozor munosabatlariga keng o’rin berilgan. Bizga
ma’lumki, iqtisodiyotning o’ziga xos qonunlari bor-ki, uni hech bir siyosat,
zo’ravonlik orqali o’zgartirib bo’lmaydi. Qaerdaki iqtisodiy qonunlarga amal
qilinmas ekan, bu erda iqtisodiy inqiroz yuz berishi va har qanday zo’ravonlik
tamoyiliga asoslangan to’zumning emirilishiga olib keladi. Buni SSSRning haloqati
misolida ko’rish mumkin.
Natijada 1918 yildan keyin yagona sotsialistik harakat vujudga keldi.
O’ng sotsialistik va sotsial-demokratik partiyalar esa 1923 yilda Sotsialistik
Internatsionalga birlashdilar va u bugungi kunda ham mavjud. G’arbiy Evropada
XIX asr boshlarida E.Bernshteyn va K.Kautskiylar tomonidan nazariy jixatdan
ishlab chiqilgan sotsial-demokratik ta’limot o’z pragmatizmi hamda hayotiyligi
bilan tubdan farq qilar edi. Bu ta’limotga ko’ra, sotsializmga sinfiy kurash, inqilobiy
yo’l bilan burjua jamiyatini asta-sekin isloh qilish orqali o’tiladi. Sotsial demokratlar
bu ko’rsatmalarni amalga oshirishni davlatning jamiyat iqtisodiy hayotiga faol
aralashishni, daromadlarni kambag’allar foydasiga qayta taqsimlash, iqtisodiyotning
davlat sektorini va ko’plab davlat ijtimoiy dasturlarini rivojlantirish bilan
bog’laydilar.
Kommunizm (lotincha communis - umumiy) – K.Marks (1818 -1883y.y) va
F.Engel’s (1820-1895) tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy ta’limot bo’lib
insonlarning to’kin-sochinlik asosida yashashi va har tomonlama tengligini
ta’minlaydigan ijtimoiy idealning radikal turlaridan biri.
Kommunizm dunyoni o’zgartiruvchi yakkayu-yagona kuch ishchilar sinfi,
proletariat deb biladi, o’z g’oyalarini amalga oshirishda ularga suyanadi. K.Marks
va F.Engels «Har shaxsning erkin rivojlanishi – hammaning erkin rivojlanishidir»
degan g’oyani ilgari surdi. Bu o’rinda har kim – hammaning rivojlanishi, ularning
fikricha faqat vosita, maqsad esa hammaning erkin rivojlanishidir. Hamma – ular
uchun mutlaq qadriyatdir.
Proletar dohiylari tomonidan ishlab chiqilgan siyosiy ta’limot bolshevizm
nazariyasi va amaliyotining asosi sifatida xizmat qildi. Bu ta’limot 1917-1991
yillarda sobiq ittifoqda hukmron mafkura sifatida jamiyatni boshqarib keldi. Bu
ta’limot burjua jamiyatini tag-tugi bilan yo’qotib, o’rniga sotsialistik jamiyat qurib,
keyinchalik uning yuqori bosqichi – kommunistik jamiyat barpo etishni da’vo qilar
edi.
Davlat asta-sekin barham topib boradi, tengsizlikning har qanday
ko’rinishlari tugatilib, hayot kechirishning eng ideal shart-sharoitlari yaratilishi
bashorat qilinadi. Bu da’vo va bashoratlarning nechog’lik haqiqat ekaniga tarix
guvox.
Kommunizm shaxs hayotini ikkinchi o’ringa qo’yadi, inson qadr-
qimmati, huquq va erkinliklariga etarli e’tibor bermaydi. Bunday absolyutlashtirish
jarayonida ijtimoiy manfaatlar shaxsiy manfaatlarga buysundiriladi. Insondagi
ijtimoiylikni, sotsiallikni absolyutlashtirgan holda undagi tabiiylik, jonli va biologik
asos to’g’ri baholanmadi. Shundan yarim tarkidunyochilik, kamtarona yashash, sipo
ko’rinishga harakat, munofiqlik va ikkiyuzlamachilik sari og’ishmay amal qilib
keldi. Inson barcha ijtimoiy munosabatlar majmuasi deb baxolanadi.
Kommunistlar uchun inson nafaqat faoliyat sub’ekti balki tavsir ko’rsatish,
hiyla-nayrang ob’ekti ham edi. Marks orzu qilgan «har kimdan imkoniyatiga
yarasha» tamoyili amal qiladigan jamiyat aslida odamzodning ijtimoiy tabiatiga
ziddir. Kommunizmga ko’ra, millat – kapitalizm mahsuli, din esa o’tmishning
qoldig’i bo’lib, xalq uchun afyun. Ularning fikricha, din, millat va davlat insoniyat
taraqqiyotining yuqori bosqichida barham topadi.