BOSH SOXASINING ANATOMO-TOPOGRAFIK TUZILISHI. BURUN, SHOX VA MIYADA O‘TKAZILADIGAN OPERATSIYALAR.
Yuklangan vaqt
2025-01-16
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
8
Faytl hajmi
21,0 KB
BOSH SOXASINING ANATOMO-TOPOGRAFIK TUZILISHI. BURUN,
SHOX VA MIYADA O‘TKAZILADIGAN OPERATSIYALAR.
MA’RUZA REJASI:
1. Boshning anatomo-topografik tuzilishi, qismlarga bo‘linishi, chegaralari.
Boshdagi nervlarni og‘riqsizlantirish.
2. Shoxda o‘tkaziladigan operatsiyalar. Buzoqlarning shoxlarini o‘sishini
oldini olish usullari.
3. Mayda va yirik shoxli hayvonlar shoxini olib tashlash usullari.
4. Bosh miyada o‘tkaziladigan operatsiyalar: anatomo-topografik
ma’lumotlar.
5. Qorako‘l qo‘ylarda senuroz kasalligini operatsiya yo‘li bilan davolash.
Tayanch iboralar: Bosh, burun, kovak, rinoplastika, trepanasiya, trepan,
shox, amputasiya, ekstraksiya.
Hukumatimiz, davlatimizda chorvachilikning rivojlanishga katta axamiyat
beradi. Chunki axolining oziq–ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talalabini qaniqtirish
uchun chorvachilik muxim rol uynaydi. Bu vazifalari bajarish uchun hujaliklarda
veterinariya ishlari yuqori darajada bulishi kerak. Veterinariya xodimlari vazifasiga
yuqumli kasaliklarni oldini olish bilan birgalikda, yuqumsiz kasaliklari va ularni
davolanishga katta ahamiyat berish lozim. Chunki ular 94–97 % kasalliklarni tashkil
qiladilar.
Bu kasaliklar ham ho‘jaliklarga katta moddiy zarar yetkazadilar, ya’niy
hayvonlarni maxsuldarligi keskin pasayadi bazi vaqlarda ulishiga ham olib keladi.
Yuqumsiz kasaliklardan 40 % ni xirurgik kasalliklar tashkil etadi, bularni
ichida esa 5-7% bosh oblastiga tug‘ri keladi. Ya’ni bularga qo‘yidagilar kiradi:
yaralar, yazvalar, usimtalar, ko‘z kasaliklari og‘iz va burin bo‘shlig‘i kasaliklari,
shoxning shikastlanishi, quloq kasaliklari va boshqalar.
Bular xam xujaliklarga katta moddiy zarar yetkazadi, shuning uchun ularni
oldini olish, paydo bo‘lganda esa o‘z vaqtida davolash choralarini o‘tkazish kerak.
Bosh oblastidagi xirurgik kasaliklarni davolash uchun, boshning anatomo-tepografik
tuzilishini bilish kerak.
Bosh-umurtqa pog‘onasining oldi tomonida, joylashadi, unda eng muxim organlar:
bosh miya, sezgi (eshitish, ko‘rish, va xid bilish) organlari, ovqat hazm qilish, nafas
olish sistemasininig boshlanish qismi xam boshda joylashadi. Bosh tana xarakatining
muvozanatini saqlashda va atrofni aniqlashda ham muxim rol uynaydi.
Bosh tuzilishiga qarab miya va yuz bo‘limiga bo‘linadi, ularni chegarasi
kuyidagi chiziq bo‘yicha o‘tadi: ko‘z kosasining orqa tarafidan, yonoq suyagidan, to
ensa suyagini buyinturuq o‘simtasigacha. Har qaysi bo‘limning tuzilishi, katta-
kichikligi bosh miyaning xajmiga, tishlarning rivojlanganligiga, muskullarga,
yashash sharoitiga, yoshga va boshqa sabablarga bog‘liq bo‘ladi.
Qulaylik uchun bosh kuyidagi qismlarga bo‘linadi-peshona, ko‘z, qo‘loq,
burun, ko‘z osti, lunj, chaynash, lab, jag‘ oralig‘i, quloq oldi, iyak, chakka, tepa,
yonoq va boshqalar.
Boshda kuyidagi lunjlar bo‘ladi: yuza qismida: y.sh.m.- lunj tepaligi, otlarda
yuz tarog‘i, jag‘ bo‘g‘ini, burun burchagi, ko‘z osti va yaik osti teshiklari.
Miya qismida y.sh.m.- shox oraligi tarog‘i, ensa tarog‘i, ko‘z usti teshigi, va
boshqalar, ular chegara chiziqlarni qon temir, nervlarni joylashgan joylarini aniqlash
uchun yordam beradi.
Bosh oblasti ko‘yidagi qatlamlar iborat:
1.Teri-har hil hayvonlardan 2-4 mm, y.sh.m.-4-6 mm unda nervlar va qon
tomirlar joylashadi.
2. Yuza fassiyasi-fascia super fascialis- yupka terim osti yoki b-n birlangan.
3. Chukur fassiya- fascia profunda kalla muslkullari bilan birlashgan,
muskullar yo‘q joyda rivojlanmagan.
4.Muskul qavati: a)chaynash muskul – m.masseterica chaynash chukurligida
joylashgan, qalinligi 3-4 sm.
b)Yonoq muskuli –m.zygomaticus lenta shaklida, yonoq tarog‘ida, labni
burchagigacha boradi.
v)Yuqori labni kutaruvchi muskul – m. Levator labbii superioris burundan
boshlanib yuqori lab va burunda tug‘aydi.
g)Yuqori labni kutaruvchi maxsus m.l.- – m. Levator labii superioris – lenta
simon, yonoq suyagida boshlanib, labgacha yetib boradi.
d)Pastki labni tushuruvchi m.l. – m. depressor labii superioris – u oxirgi jag
tashlarning ostida boshlanib, pastki labda tug‘aydi.
ye)Lunj m.l.- m.buecinator – og‘iz bushligini yon tomonishi hosil qiladi, yuza
va chuqur katlamlardan iborati.
j)Chakka m.l.- m.temporulis – chakka chukurligiga joylashgan.
5. Suyak usti qavati.
6. Suyak qavati- ular kalla suyagini tashkil etadi, tarkibida 6 ta va 13 ta juft
suyak bo‘ladi.
Qon tomirlar-bosh oblastida qo‘yidagi yirik qon tomirlar joylashgan:
1.Jag‘ning tashki arteriyasi – a.maxiltaris externa uyku arteriyasini davomi.
2.Jag‘ni ichki arteriyasi- a.maxiltaris interna.
3.Yuza arteriyasi-fascialis – lenj oblasti , tomir kesmasi orqali lunj oblastga
tarqaladi.
4. Chaynash-muskuli arteriyasi-masseterica chaynash muskuli va qo‘loq osti
sulak beziga tarqaladi va boqalar.
Innervasiya-nervlarni tarqalishi.
Bosh oblastini innervasiyasi-tarmoqli nerv- –boshincha juft nervi – va yuza
nervi .oltinchi juft, ular orasida sezuvchi va xarakatlantiruvchi nerv telari bo‘ladi.
Sezuvchi telalar boshdagi organlarning shilliq pardasiga, terisiga; xarakatlanuchi
telalar boshdagi muskullarga boradi, ko‘z, yuqori va pastki jag‘ nervlarga bo‘linadi.
1.Ko‘z nervi – kuyidagilarga bo‘linadi: ko‘z yoshi nervi, peshona nervi,
kiprik-burun.
2. Yuqori jag‘- quyidagilarga bulshadi: yonoq nervi-ko‘z osti, ponasimon-
tang‘laydi.
3. Pastki jag‘ nervi - chaynash nervi, ponasimon, lunj,til,jag‘lar aro.
Burun oblasti quyidagi chegaralarda joylashgan: oldi tarafdan peshona oblasti
bilan (ko‘zning ichki burchagi orqali o‘tkazilgan chiziqdan). Yonboshda – ko‘z osti,
lunj va lab oblastlari bilan chegaralangan. Quyidagi qatlamlardan iborat:
1) teri; 2) yuqorida joylashgan fassiya; 3) muskul qavati – burun lab
ko‘taruvchi; yuqori labni ko‘taruvchi maxsus muskul; 4) Suyak usti qavati; 5) suyak;
6) burun bo‘shlig‘i.
Nerv bilan ta’minlanishi. Ko‘z osti, panjarsimon nervlardan.
Qon bilan ta’minlanishi. Yuz va ko‘z osti arteriyalari yordamida.
Buqaga burun halqasini o‘tkazish
Ko‘rsatma – burun halqasini nasldor buqlarga tinchlantirish uchun, sho‘x
buqalarga qo‘llaniladi.
Fiksasiya – Tik holatd stanok yordamida boshini qattiq ushlab fiksasiya
qilinadi.
Og‘riqsizlantirish – neyroleptik rampun 0,25/100 kg.
Operasiya o‘tkazish texnikasi. Operasiya maydonchasi tayyorlanib, 0,5 %
nashatir spirti eritmasi va 5 % yod eritmasi surtiladi. Xalqani o‘tkzish joyi burun
devorchasining pastki qismida. Sterillangan halqani yarim aylana qilib ochib, halqa
o‘tkaziladigan qisqichga joylashtiriladi, tezlik bilan burun devorchasi teshiladi va
xalqa o‘tkazilib, berkitiladi, jarohat 8-10 kunda bitadi. Xalqani o‘tkazishni qo‘l bilan
ham bajarish mumkin.
Rinoplastika (burun plastikasi)
Ko‘rsatma – burun devorchasini qisman va yuqori lab burun oynachasini
to‘lig‘icha uzilish vaqtida.
Fiksasiya va og‘riqsizlantirish – tik va boshini ko‘targan holatda fiksasiya
qilinadi. Vena qon tomiriga quyidagi eritma yuborildi. 2,5 % aminazin, 1 % dimedrol
10,0; 0,% novokin 30,0 1000 kg vaznidagi buqaga, muskul orasiga 4-5 ml rampun
va ko‘z osti nervi blokada qilinadi.
Operasiya o‘tkazish texnikasi. Operasiyani uzilgan to‘qimalarni bitganidan
keyin bajarish tavsiya etiladi. Operasiya maydonchasi tayyorlanadi. O‘tkir nashator
yordamida qattiq to‘qimalar qon paydo bo‘lguncha kesiladi, yarani ikki qirrasi bir-
biriga to‘g‘ri kelishini ta’minlash kerak, qisqichlar yordamida qon to‘xtatiladi. Avval
burun devorchasi ketgut yordmida tikiladi, 1-2 tugun qilib, keyinchalik to‘qimalarga
BF-« yoki : yelimi shpris yordamida yuboriladi. Bu to‘qimalarni bir-biriga yaxshi
birikishiga yordam beradi. Jarohatga streptosid sepiladi va lavsan ipi yordamida
sirtmoqsimon chok bilan to‘qimalar biriktiriladi. Ochilib ketmasligi uchun lavsan
ipining uchi kuydiriladi. 10-14 kundan keyin choklar olib tashlanadi.
Fomenko usuli (I), Magda (II) xalqa birdaniga qo‘yiladi.
Peshona va jag‘ usti kavaklarini trepanasiya qilish
Anatomo-topografik ma’lumot: Peshona kavaki – sinus frontalis yirik shoxli
mollarda quyidagi suyaklardan tashkil topgan: ensa, peshona, bosh-tepa,
panjarasimon.
Chegaralari – oldingisi – ko‘z kosasining oldingi qirrasini birlashtiruvchi
chiziq orqali. Orqadagi – jag‘ tarog‘i bo‘yicha, yonboshi – peshona suyagining tshqi
tarog‘i bo‘yicha. Peshona kovagi butun bo‘shlig‘i bilan birlashadi.
Otlarda – orqa chegarasi-jag‘ bo‘g‘ini orqali o‘tkazilgan chiziq, oldingi
chegara-yuz tarog‘ining o‘rtasidan o‘tkazilgan chiziq.
Yuqori jag‘ kovagi – sinus maxillaris. Yirik shoxli mollarda bu kovak
quyidagi suyaklardan tashkil topgan: yuqori jag‘, yosh, yonoq va tanglay.
Chegarasi: yuqoridagi – ko‘z kosasi ichki qirrasida birinchi premolyarga
o‘tkazilgan chiziq, oldingisi – ko‘z osti teshigi ustidan, pastkisi-lunj tepachasidan
burunga nisbatan parallel, orqa chegarasi-orbitaning o‘rtasidan o‘tkazilgan chiziq.
Innervasiyasi. Ko‘z osti, g‘altak osti, peshona nervlari.
Ko‘rsatma – Peshona va yuqori jag‘ kavagida yallig‘lanish jarayoni (frantit,
gaymorit), (o‘smalar, burun qurti) bo‘lganda.
Fiksasiya va og‘riqsizlantirish. Tik holatda peshona, g‘altak osti, ko‘z osti
nervlari 3 % novokain bilan og‘riqsizlantiriladi.
Asboblar: har safar ishlatiladiganidan tashqari: trepan, raspator, parma.
Operasiya o‘tkazish texnikasi. Teri va pastki qavatlar quroqsimon kesiladi,
suyak ustki to‘qima ham kesiladi va raspator yordamida ajratiladi. Keyinchalik
trepan yordamida suyakda teshik yasaladi. Bu teshik orqali to‘plangan suyuqliklar
olib tashlanadi va oldin suyak usti qavatiga chok qo‘yiladi, keyin teriga qo‘yiladi, 7-
10 kundan keyin choklar olinadi.
Shoxdagi operatsiyalar.
Shox - muguzlangan organ bo‘lib, peshona suyagining uchida o‘simta
shaklida joylashgan. Shox terining epidermis qatlami uzgarishdan kolib chiqadi. U
ikkiga: muguzlashgan tashqi kapsula, va ichki teri asosi qismlarga bo‘linadi.
Peshona suyagini shox usimtasi joyida suyak usti to‘qimasini tagida ekzostaz bo‘lib,
teri qavatida esa shox ildizi tarraqiyot etadi. Bular shox tepachasini tashkil etadi.
Usish jarayonida shox paydo bo‘ladi. Shox tuzulishga qarab shox uchi, tapasi va
ildiziga bo‘linadi.
Shoxsizlantirish ikki usulda o‘tkaziladi:
1.Shoxni usimini oldini olish-1-3 xaftali buzoqlarda qo‘llaniladi, bir-necha
usullarga bo‘linadi:
a) Kimyoviy usul-shox tepachasiga kuchli ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar
qo‘llaniladi: natriy yoki kaliy ishqori, nitrat kislota, atrofdagi teri qurimasligi uchun
vazelin bilan surtiladi. Ishqorni qon paydo bulguncha ishkalash kerak, kislota
surtiladi.6-8 kundan keyin qora-qo‘tir paydo bo‘ladi, 2-3 xaftasidan keyin u tushadi.
b) Ko‘ydirish usuli – yoshi 3 xafta buzoqlarda qo‘llash mumkin, kuydirgichlar
yordamida, davomi 1-2 sekund.
v) Qonli usul 1-3 xaftalik buzoqlarda trepan yoki perforasiya pichog‘i
yordamida shox tepachasi olib tashlanadi.
2. Shoxni olib tashlash.
a) Qonsiz usul-2-2,5 yoshlar va bunda katta ho‘kiz, sigirlarda qo‘llash
mumkin. Shoxni ildizga rezina xalqa kygizish kerak. Qon aylanish, modda
almashinuvi bo‘ziladi va shox 3-6 xaftadan keyin tushadi.
b) Qonli usul – yoshi katta hayvolarda qo‘llaniladi.
Fiksasiya –tik xolatda stanok yoki stumga bog‘lanadi.
Og‘riqsizlantirish – shox nervini, buyin o‘tkazish uchun, ko‘zni tashqi
burchagidan, shoxni ildizgacha chiziq o‘tkaziladi, o‘rtasi topilib 15-20 ml 3%
novokain yuboriladi.
Asboblar – arra, simli arra, shpris, novokain.
Texnikasi – shoxni yod bilan so‘rtish kerak, keyinchalik arra yordamida shox
arralib tashlanadi.
Yonoq amputatsiyasi
Tavsiya – davolanish jarayonini tezlashtirish uchun.
Og‘riqsizlantirish – shox nervi, neyrolepanalgeziya.
Asboblar – barcha operasiyalarda qo‘llaniladigandan tashqari teshigli arra.
Texnikasi- Ueller va griroreskiy usullari qo‘llaniladi. Bular kesimiga qarab
farq etiladi, birinchisi peshona juyagini va shoxaro taroqlar buyicha kesiladi. Shox
olib tashlanadi, qon to‘xtatiladi va teriga tugunli chok qo‘yiladi.
Bosh miyada o‘tkaziladigan operatsiyalar.
Anatomo-topografik malumotlar - Bosh miya qismi qo‘yidagi suyaklardan
tashkil topgan: ponasimon, g‘alvirsimon, tepa, tepaaro, chakka, qo‘loq va peshona.
Bular birlashib miya bo‘shlig‘ini hosil qiladi va unda bosh miya oylashadi. Oldingi
tarafida bosh miya, orqa tarafida esa uzunchoq va miyacha joylashadi.
Qo‘ylarda sennuroz kasalligini operasiya yuli bilan davolanadi.
Ko‘rsatma – senuroz pufakchasi katta bo‘lganda, klinik belgilar paydo bo‘ladi:
orqa tarafda joylashganda xarakat koordinasiyasi buzilgan, aylanib chapga yiqiladi.
Oldinda joylashganda ko‘r bo‘lishi, olding xarakat qilishi mumkin.
Asboblar – barcha operasiyalarda qo‘llaniladiganlardan tashqari: trepan, tuyoq
pichog‘i, rezina trubkasi, Bobrov ignasi.
Fiksasiya – quylarni nam xaltaga joylashtirish kerak. Infiltrasiyasi
og‘riqsizlantirish 1% li novokain bilan 10-15 ml qo‘llaniladi.
Texnikasi – Quroqsimon kesiladi, suyak usti to‘qimasi qarama-qarshi kesiladi
va trepan yordamida suyak teshiladi. Agar pufak teshiga to‘g‘ri kelsa olib tashlanishi
kiyin emas. Agar boshi tarafida bo‘lsa undan oldin suyuqliqni shpris yordamida olib,
keyin pufakcha olinadi. Agar miyani chuqur qavatida bo‘lsa igna yordamida olib
tashlanadi. Teriga tugunsimon chok quyiladi va yelimli bog‘lam qo‘yiladi. Tarasov
V.R. buyicha 92 % qo‘ylarni davolash mumkin.