BOSHLANG`ICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI, TEXNOLOGIYALAR
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
35,6 KB
BOSHLANG`ICH MAKTABDA PEDAGOGIK JARAYONNING
ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA TEXNOLOGIYALARI.
(O‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil eishda zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan foydalanish)
Reja:
1. Tarbiyaviy jarayonni va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga zamonaviy
pedagogik texnologiyalar asosida yondashuv.
2. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
3. Pеdagоgik faоliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Pеdagоgik fikr tarixi va maktab amaliyotida o‘qituvchi mahоrati masalalari.
Tayanch so‘z va iboralar: tarbiyaviy tadbirlar, pedagogik texnologiya,
shaxs, aniq maqsadga qaratilgan jarayon,davlat va jamiyat, ta’lim, zamonaviy
texnologiya, tarbiya, kadrlar tayyorlash tizimi.
1. Tarbiyaviy jarayonni va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishga
zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida yondashuv
Tarbiya jarayoni o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning muhim xususiyati aniq
maqsadga yo‘naltirilganligidir.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va
tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan
samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o‘qituvchi va
o‘quvchilarning faoliyalari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Tarbiya jarayoni ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, ular tarbiya mohiyatini yoritishga
xizmat qiluvchi ichki va tashqi (subyektiv va obyektiv) omillar asosida tashkil
etiladi. Subyektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy
munosabatlarini anglatish, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi,
shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya
maqsadi pedagogik faoliyat mazmuni, yo‘nalishi, shakli hamda obyektiv sharoitlar
bilan qanchalik mutanosib kelsa, shaxsni shakllantirish borasida shunchalik
muvaffaqiyatga erishiladi. Tarbiya jarayonining tashkil etilishi va boshqarilishida
nafaqat o‘qituvchi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari,
o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir.
Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat
sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishda uzoq muddatli
davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda
muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada
ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiya muvaffaqiyati ayni o‘quvchilik
yillarida shaxsga to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini taqozo etadi. Tarbiya jarayonining
yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Tarbiya jarayoni o‘quvchilar
va
o‘qituvchining
birgalikdagi
uzluksiz,
tizimli
harakatlari
jarayonidir.
O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan,
bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish
alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik
hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga
erishish maqsadga muvofiqdir.
Maktab yoshidagi bolani tarbiyalashda maktab yetakchi o‘rin egallasa ham,
bolalarga uzluksiz ta’sir o‘tkaza olmaydi. Chunki bolalar ma’lum muddatgina
maktab, o‘qituvchining tarbiyaviy ta’siri ostida bo‘lib, qolgan vaqtning asosiy
qismini oilada, ko‘chada, jamoat orasida o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va
ayniqsa, yozgi ta’til davrlarida o‘quvchilar maktab, o‘qituvchi ta’siridan chetda
qoladilar. Demak, maktabda bolalarni tarbiyalash vaqt jihatidan chegaralangan
bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqari amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlardan holi
vaqtda ular o‘qituvchi yoki tarbiyachining tarbiyaviy ta’siri va nazoratidan
uzoqlashadilar.
O‘quvchilarga
nisbatan
maktab
(ta’lim
muassasasi)ning
ta’sirini
susaytirmaslik maqsadida, sinfdan va maktabdan tashqari hamda ta’til davrlarida
tarbiyaviy ishlarga alohida e’tibor beriladi.
Ayni vaqtda, respublikada o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya muassasalaridan
uzoqlashtirmaslik maqsadida qo‘shimcha ta’lim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Qo‘shimcha ta’lim muassasalarida o‘quvchilar xususiy fanlar va xorijiy tillarni
mukammal o‘rganishlari, texnika va badiiy yo‘nalishlar bo‘yicha bilim olishlari,
amaliy faoliyat ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari mumkin. Qo‘shimcha ta’lim
muassasalarida tashkil etilayotgan turli yo‘nalish va mavzulardagi uchrashuv,
ko‘rgazma, ko‘rik va suhbatlar o‘quvchilarning tafakkur dunyosini boyitishda,
ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda muhim o‘rin tutadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning yaxlit tarzda tizimli tashkil
etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining maqsadi, mazmuni,
vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish
uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki
yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi. Shu bois pedagogik ta’sir ham yaxlitdir, tizimlilik
xarakteriga ega bo‘lishi mumkin.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim
pedagogik talablarga amal qilishi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasidagi
hamkorlikni ehtiyotkorlik bilan qaror toptirishi talab qiladi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining o‘quvchiga
nisbatan ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda o‘quvchining o‘qituvchiga
nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiyasi nazariyasi g‘oyasiga muvofiq endilikda
o‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina bo‘lib qolmasdan, subyektiv sifatida ham
faoliyat ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘qituvchi o‘quvchining ichki imkoniyatlari,
unga nisbatan bo‘layotgan tashqi ta’sirlar, axborot manbalarini inobatga olishi zarur.
Agarda, mazkur talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki barcha
urinishlar samarasiz yakunlanadi.Mana shundan tarbiya jarayonining yana bir
muhim xususiyati – tarbiyada qarama-qarshiliklarning mavjudligi kelib chiqadi.
Ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo
bo‘lgan dastlabki sifatlar o‘rtasida yoki o‘quvchilarga qo‘yiladigan talablar bilan
ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishi uchun zamin
yaratadi.Bundan tashqari, bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi bilan
xulqi bir-biriga muvofiq bo‘lmasligidan, o‘qituvchi va tarbiyachilarning o‘quvchilar
yosh va shaxsiy psixologik xususiyatlari (fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari,
jismoniy, ruhiy va fiziologik sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasligi oqibatida kelib
chiqadi.
Demak, tarbiya jarayoni o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etidi:
1) aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;
2) ko‘p qirrali jarayon;
3) uzoq muddatli jarayon;
4) yaxlit tizimlilik jarayon;
5) ikki tomonlama aloqa jarayoni;
6) qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.
Pedagogik jarayonning qonuniyatlari.
Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko‘p qirrali jarayon ekanligi bo‘lib,
unda maktab, oila, bolalar va o‘smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik,
kinoteatr, televideniya, adabiyot va san’at ishtirok etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir.
Ta’limdan farqli ravishda u bola tug‘ilganidan boshlanadi, maktab yillarida, undan
keyin va butun umr bo‘yi davom etadi.
Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki, u yaxlit
holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi. Tarbiyaning turli tomonlari bir-biri
bilan uzviy bog‘langan. Boshlang`ich sinfda ham, o‘rta va yuqori sinfda ham ayni
bir narsa, masalan, do‘stlik, ahillik, vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko‘zda
tutiladi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundaki, bu jarayon ikki tomonlama
xususiyatga ega bo‘lib, unda bolaning o‘zi ham faol ishtirok etadi.
Tarbiyada qarama-qarshiliklarning ko‘pligi yana bir xususiyatdir. Bu qarama-
qarshiliklar bolalarda o‘z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo‘lgan sifatlar
bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o‘rtasida o‘quvchilarga
qo‘yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o‘rtasidagi kurashlarda namoyon
bo‘ladi.
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir.
Mutafakkir olim Abu Nasr Forobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat
talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni
tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim
olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga
aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va
aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga
aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin takomillashib, komillikka erishib boradi.
Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan
mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning
yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.
Tarbiyaning
samarali
bo‘lishi
ko‘p
jihatdan
jamiyatdagi
ijtimoiy
institutlarning
rivojlanishiga
bog‘liq.
Ma’naviy
va
insoniy
sifatlarning
shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o‘rin
egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda
ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining
qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.
Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So‘z orqali ifodalash usuli.
2. Ko‘rgazmalilik usuli.
3. Amaliy namuna usuli.
4. Rag‘batlantirish va jazo usullariga bo‘linadi.
Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish
orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko‘rish
orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish,
o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish.
To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o‘rtoqlari oldida ma’qullash,
minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Jazo - bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish.
Tarbiya - Har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari
va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo‘ysunish
va o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan xatti-harakatlardan o‘zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot
asosiy rol o‘ynasada, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining
eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning
belgilari yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do‘stlik va
hamkorlik, mehnat, poklik, go‘zallikka intilish kabilardir.
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda
hal etishdir.
Ma’lumki,
«adolat»
keng
qamrovli
tushuncha
sifatida
ijtimoiy
munоsabatlaming barcha jabhalarini qamrab oladi. «Adolat, axloq va huquq
kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi,
odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchovdir», - deb yozadi F.
Nizomov.
Наг qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish
darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi
yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo‘lamiz.
Istiqlol sharofati bilan ko‘plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari
surilgan adolat to‘grisidagigi g‘oyalar atroflicha o‘rganish zamon talabi bo‘lib
qolmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega,
sotsiomadaniy
darajasi
rivojlangan,
amaliy
ko‘nikma-
malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda
ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish
lozim. Kelajakda mutaxassis bo‘lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz
ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to‘g‘ri baholay oladigan, chuqur
huquqiy
bilimlarga
ega,
ijtimoiy
hayot sohalari ichki qonuniyatlari to‘g‘risidagi tushunchalarni egallab
borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar
rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi islohotlar,
axloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari lozim.
Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning
ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Hayotda
adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir.
«Mutafakkir Imom Buxoriy «Adolat-Allohning benazir inoyatidir, undan
barchani bahramand qiling», - degan g‘oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat
(kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bajarishda uning vazifasi
muhim ekanligiga e’tibor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina
iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qo‘shin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat
tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog‘liqligini
ko‘rsatib beradi.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya
berish, o‘quvchilar bilim, ko‘nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda
tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan
iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli
vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch – e’tiqodi, intilish va manfaatlari
ifodasiga, aylansa, yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi
targ‘ibot va tashviqot ishlarini, o‘quvchilarning tushunchasi, aql-idroki va tafakkur
darajasini inobatga olgan holda ma’rifiy yo‘l va usullar orqali amalga oshirish taqozo
etiladi.
2.Tarbiyaviy
tadbirlarni
tashkil
etishda
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalar.
Ona borki olam munavvar
Boshlovchi:
Olloh bizga buyurgan avval
Salom berish bizning burchimiz.
Shuning uchun aziz do‘stlar
Assalomu – alaykum deymiz!
Boshlovchi:
Assalomu alaykum muhtarama onajonlarimiz! Munis opa – singillarimiz!
Qadrli qalbi daryo ustozlarimiz. Avvalo barchani 8 – mart mehr – muruvvat va
nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz.
Boshlovchi:
Ayolni Alloh yaratgan! Tabiatning eng buyuk mo‘jizasidir. Tabiat aziz
ayollarimizga munislik, ezgulik va nafosatni abadiy fazilat qilib bergan.
Boshlovchi:
Har bir insonning ko‘nglini munavvar qilgan, oilaga, butun jamiyatga ahllik
– totuvlik, mehr – oqibat bag‘ishlovchi ham ayoldir.
Boshlovchi: Jannat onalar oyog‘i ostida deb bejiz aytmagan.
1 – o‘quvchi:
Onalarning oyog‘i ostidadir,
Ravzai jannatu jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar bo‘lsang
Bo‘l onaning oyog‘in tuprog‘i.
2 – o‘quvchi:
Oyog‘ingiz osti jannatdir,
Izingizdan unadi gullar,
Siz gullarga alla aytganda
Jim qoladi xatto bulbullar.
3 – o‘quvchi:
Mehnatingiz dunyoga bezak,
Aqlingizga men qolaman lol.
Siz shunchalar aziz erursiz,
Muqaddassiz mo‘tabar Ayol!
4 – o‘quvchi:
O‘ynoqi xayollar olib qochganda,
Atirgul ilk marta g‘uncha ochganda.
Ko‘kda oy, yulduzlar yog‘du sochganda,
Tilayman Ollohim asra onamni!
Boshlovchi: Endigi navbat “Onajonim” qo‘shig‘iga.
Raqs.
Sahna ko‘rinishi: “Ona allasi”.
Boshlovchi:
Oilani ham jamiyatni ham birlashtirib unga fayz-u barokat kiritadigan,
nafosat, ezgulik urug‘i bilan munavvar qiladigan zotlar ham aslida mo‘tabar
onalarimiz, munis opa – singillarimizdir.
“O‘zbek onasi” she’ri.
Raqs.
Boshlovchi: Allohning marhamati bilan oilani oila qiladigan zot bu –
Onadir!
5 – o‘quvchi:
Sadoqat bog‘ida ungan chechaklar,
Yulduzlar yuzidan tomgan ertaklar,
Buloqlar ko‘zida kulgan tilaklar
Jannat farishtasi emasmi ayol?
6 – o‘quvchi:
Ona qimmatin ta’riflash uchun,
So‘zlar xazinasi o‘zi yetmaydur!
Hayotimni hadya etaman deyman
Bu kichik jonimni o‘zi yetmaydur!
7 – o‘quvchi:
Onajonim mehribonim,
Siz dunyoda borimsiz.
Sizdan o‘zga inson yo‘q!
Qadrdonim jonimsiz
Yashashni o‘rgatdingiz.
Oq qorani tanitib,
Bag‘ringizni keng ochib
Qalbingizni yayratib.
Boshlovchi: Raqs.
8 – o‘quvchi:
Onani e’zozlash bizning millatimiz, xalqimiz uchun oliy qadriyat darajasiga
yetgandir. Buyuk allomalarimizni onalarimiz haqidagi fikrlari: qahramon
shoirimiz Abdulla Oripov aytganlaridek:
Bu yorug‘ dunyoda Vatan bittadir.
Bittadir dunyoda ona degan nom.
She’rlar:
9 – o‘quvchi: “Onajon” she’ri.
Bu kun sochingizda oq qirov ko‘rdim,
Qora sochlaringiz qordek bo‘libdi.
Go‘zal chehrangizda ajinni ko‘rdim,
Yillar o‘z izini unga solibdi.
10– o‘quvchi:
Onajon, ming afsus payqamadim men,
Yoshigiz o‘tib, keksayganingiz.
O‘zimni qandayin kechiray, ayting,
Menga qurbon bo‘ldi axir boringiz.
11 – o‘quvchi:
Onajon, ming jonni menga berdingiz,
Siz uchun bir jonni bera olmadim.
Men uchun ming kecha azob chekdingiz,
Siz uchun bir kecha tura olmadim.
12 – o‘quvchi:
O‘zimni kechirmayman, kechirolmayman hech,
Sizning oldingizda ko‘pdir gunohim.
Baxtimga bor bo‘l deb, har ertayu kech,
Qilgan duoingiz mening panohim.
Boshlovchi: sahna ko‘rinishi: “Ona jasorati”
13 – o‘quvchi: Azizlar har birimizning yutug‘imiz ota – ona duosidir. Ana
shu duo g‘oyat hosiyatli bo‘lib bizni har xil balolardan asragay.
14 – o‘quvchi: “Mehribon ona” she’ri
Dunyodan “bolam” deb kuyunib o‘tar,
Farzandidan kutsa shirin so‘z kutar,
Topib – tutganini beminnat tutar –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
15 – o‘quvchi:
Artar kiprigingga tushgan gardingni,
Yurakdan his qilar quvonch – dardingni,
Anglay olsang agar zarra qadrini –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
16 – o‘quvchi:
Og‘ir damlaringda yoningda bo‘lgan,
Chimdim yutug‘ingdan quvonchga to‘lgan,
Yig‘lasang yig‘lagan, sen kulsang kulgan –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
17 – o‘quvchi:
Onangning mehrini yurakdan tuygan,
Suysang bu dunyoda onangni suygin,
Kuysang “volidam” deb, “onam” deb kuygin –
Mehribon onangni boshingga ko‘tar.
Boshlovchi: Qo‘shiq: “Gul tutay Onajon”
1 – o‘quvchi:
Qutlug‘ bo‘lsin bayramingiz
Onajon – onajon!
Sizga shodlik baxt tilayman
Bir jahon – bir jahon
2 – o‘quvchi:
Quyosh bo‘lib yo‘lingizga,
Nur sochay, nur sochay
Bahor bo‘lib yo‘lingizga
Gul tutay gul tutay
Boshlovchi: Raqs: Qizlar ijrosida.
1. Siz quyoshsiz, Onajon!
2.
Boshlovchilar musiqa sadolari ostida bayram ishtirokchilari bilan
salomlashdi.
1 – boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz onajonlar, mehribon ustozlar, hurmatli o‘quvchilar!
2 – boshlovchi:
Bugungi “Siz quyoshsiz, Onajon!” deya nomlangan bayramimizga xush
kelibsiz!
1 – boshlovchi:
Ha, darhaqiqat, o‘lkamizga bahor keldi. Fasllar kelinchagi bo‘lmish go‘zal
ko‘klam o‘z ko‘rki va go‘zalligi bilan tabiatga jon ato etdi. Chunki aynan shu fasl
tabiat uyg‘onadi, ko‘k maysalar unadi. Olam yashil libosga burkanadi. Gul-u
chechaklar yuz ochadi. Mana shu go‘zal fasl dunyoni mehr qo‘ri bilan tebratuvchi
aziz onajonlarimiz, mehribon buvijonu, opa – singillarimiz bayrami keng
nishonlanadi.
1,2 – boshlovchi:
Shunday ekan, kelinglar, bugungi munis onalarimizga bag‘ishlangan
bayramni tomosha qilaylik.
Musiqa chalinadi va “Onajonginam” qo‘shig‘i ijro etiladi.
2 – boshlovchi:
Ha, onalarimiz naqadar aziz, ular shunchalar mehribonki, bu haqida qancha
ta’riflasak ham kamlik qiladi.
O‘quvchilar onalarni madh etib she’r o‘qiydilar:
Onajonim, mehribonim,
Siz ko‘kdagi quyoshim.
Yaxshi ishda yo‘ldoshim,
Ishlarimda ish boshim.
Bizga oq sut berdingiz,
Yugurdingiz, yeldingiz.
Jonu dildan suydingiz,
Onajonim, mehribonim.
Meni o‘ylaysiz faqat,
Men uchun kuydirib jon.
Sizday mehribon yo‘qdir,
Siz – quyoshsiz, Onajon.
Yashayman men doimo,
Ko‘rsatib izzat – hurmat.
Ko‘nglingiz etaman shod,
Bosh egib, qilib xizmat.
Onajonim, baxtimga,
Yuringiz sog‘ – salomat.
Baxtli yashang doimo,
Hayotdan rozi bo‘lib.
Siz bag‘rikeng bir insonsiz,
Bizga juda mehribonsiz.
Gullar tutib, quvnar yurak,
Bayramingiz muborak!
Bolalar onalariga gullar sovg‘a qilishadi. “Ayol” qo‘shig‘i magnit
tasmasidan eshittiriladi, bolalar valsga tushadilar.
1 – boshlovchi:
Onalarimiz, ayollarimiz qo‘shiqda kuylanganidek, juda go‘zal hamda
malohatlidir. Ayniqsa, o‘zbek ayollari.
O‘quvchilar tomonidan “O‘zbegimning ayoli” she’ri o‘qiladi.
Malohatli jamoli,
Baxtdan so‘zlar kamoli,
Boshda g‘ijim ro‘moli,
O‘zbegimning ayoli.
Erta tongda non yopgan,
Dalada ketmon chopgan,
Farzand –la, baxtin topgan,
O‘zbegimning ayoli.
2 – boshlovchi:
Xalqimiz azal – azaldan munis onajonlarimiz haqida maqolu, masallar,
rivoyatlar aytib kelishgan. Hadislar ham bu zoti shariflar haqida ko‘plab ibratli
nasihatlar bor. Hozir ana shulardan namunalar eshitamiz.
O‘quvchilar tomonidan hadislardan namunalar aytiladi.
Onalar mehribon, ular shunchalar mehrliki, bizni necha yoshga to‘lsak ham
“bolam”, deb suyadilar. Darhaqiqat, ona bolam degan, bola esa dalam degan. Shu
o‘rinda birorta kichik sahna ko‘rinishi namoyish etiladi. Shundan so‘ng bolalar
onalarni madh etadilar.Ona – bu hayot demak. Ona borki, hayot davom etadi, ona
borki oila chirog‘i o‘chmaydi, ona borki, olam munavvar.
Onalarimiz bizni bir parcha etdan katta qilib, qatorga qo‘shadilar, oq yuvib
oq taraydilar. Doimo boshimiz uzra parvona bo‘ladilar. Ular oyog‘imizga kirgan
tikanni kipriklari bilan olishga tayyordirlar.Buning sababi nima? Ne uchun onalar
farzand qoshida bu qadar parvonalar? Hatto kerak bo‘lsa, farzand uchun jon fido
qilishga ham tayyor ekanliklarining boisi nimada? Buning javobi bitta – onalik
mehri. Onaning o‘z farzandiga bo‘lgan cheksiz mehri!
“Onadir bu onadir” qo‘shig‘i ijro etiladi.
1 – boshlovchi:
Ha, ona mehri toshni eritar. Ular bir umr bolam deb yasharlar. Shunday
ekan, onalaringizga siz ham mehribon bo‘ling, ularni avaylang, qadriga yeting,
aziz o‘quvchilar.
Ularga ko‘p narsa kerak emas. Ular yaratgandan farzandlariga doimo
sog‘liq, omonlik tilaydilar. Jigarbandlari kamoli ular uchun eng katta baxtdir
aslida.
O‘quvchilar (jo‘rlikda):
Onajonim, yuzingizda nur porlasin,
Baxtimizga hamisha sog‘ – omon bo‘ling.
Parvonalar bo‘lib doim qoshimizda,
Tilagimiz mudom bizga suyanch bo‘ling!
Quvnoq musiqa sadolari ostida bayramga yakun yasaladi.
3. Pеdagоgik faоliyat va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq,
davlat
oldida
javob
beradigan,
bolalarga
ta’lim-tarbiya
berishi
bilan
shug‘ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir.
Barcha kasblar orasida o‘qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat
kasb etadi. Zero, o‘qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga
ta’lim-tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g‘oyaviy-siyosiy
jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti
qonuniyatlarini o‘rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb-hunar
sirlarini puxta egallashlarida ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan
ijfimoiy-iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas'uliyat o‘qituvchidan o‘z
kasbining mohir ustasi bo‘lishni, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatib, ularning
qiziqishi, qobiliyati, iste'dodi, e'tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama
rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. Buning
uchun doimo o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko‘nikma va malakalarini oshirib
borish, ularga har tomonlama g‘am-xo‘rlik qilish, zarur shart - sharoitlar yaratish,
kerakli
moddiy
va
ilmiy
-metodik
hamda
texnik
yordam
ko‘rsatish,