BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA QO‘LLANILADIGAN O‘QUV VOSITALARI VA ULARNING VAZIFALARI
Yuklangan vaqt
2024-10-26
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
48
Faytl hajmi
69,0 KB
BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA
QO‘LLANILADIGAN O‘QUV VOSITALARI VA ULARNING VAZIFALARI
Reja:
1.
Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qo‘llaniladigan o‘quv
vositalari va ularning vazifalari.
2.
O‘qitish metodlari.
3.
Interfaol metodlar
Tayanch so‘z va iboralar: ta’lim, kredit, modul, mutaxassislik, o‘quv faoliyat,
matematika, metodika, fan, o‘qitish.
Barchamizga ma’lumki matematika o‘qitish vositalari - bu ta’lim jarayonida
foydalaniladigan barcha o‘quv qo‘llanmalardir. Matematikani o‘qitish vositalariga:
1) darsliklar va qo‘llanmalar;
2) ko‘rsatma qo‘llanmalar;
3) o‘qitishning texnik vositalari (O‘TV) kiradi.
Boshlang‘ich sinflar uchun matematika darsliklari asosiy o‘qitish vositasi
bo‘lib, ular dastur materialining mazmuni va uni ko‘rib chiqish tizimini belgilab
beradi, bu materialning har birini o‘rganish saviyasini (darajasini) aniqlab beradi.
Darslikda dasturda ko‘zda to‘tilgan nazariya elementlari o‘rin oladi, asosiy o‘quv
va malakalarning shakllanishini ta’minlashi lozim bo‘lgan mashqlar va topshiriqlar
tizimi kiritiladi.
Darslik yangi narsani o‘rganishda u yoki bu uslubiy yondashishni ko‘rsatib
beradi. SHu tufayli ham darslik o‘qituvchi uchun o‘ziga xos o‘quv qo‘llanma bo‘lib,
yangi narsa ustida ishlashda o‘quvchining bilish faoliyatini yo‘naltiradigan kitobdir.
Darslikdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun unda o‘quv dasturi qanday
yoritilganligini tushunib olish, unda o‘rin olgan o‘quv materialining xususiyatlarini
tahlil qilish, kitobning tuzilishini, o‘qituvchiga uslubiy yordam berish maqsadida
berilgan misollarni tahlil qilish kerak. Hozirgi zamon stabil darsliklari dasturga
to‘liq mos keladi.
Darslikda dastur talablaridan chetga chiqib, kursni ortiqcha murakkablashtirib
yuboradigan materiallar yo‘q. Boshlang‘ich sinflar matematika darsliklarida matn
kam, ular nazariy va amaliy materialni bir vaqtda o‘z ichiga oladi. Darslik
o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablar saviyasini belgilab beradi va ularni
murakkablashtirib yuborish kerak emas. Darslikda algebra va geometriya
elementlarini o‘rganish uchun mashqlar mavjud.
Darslikda eslatma - algoritmlar yordamida matematik nutqni rivojlantirishga
alohida e’tibor beriladi. Darslikka o‘yin elementlari kiritilgan, ko‘pchilik
masalalarning yechilishi ijodiy yondashishni talab qiladi. Masalalar matnlarida
bolalarning turli kasblar bilan tanishishlari uchun, texnika bilan bog‘lanish,
bolalarning ijtimoiy-foydali mehnatda ishtirok etishlari, tabiatni asrash choralari
va hokazo imkoniyatlar bor.
Darsliklar chiroyli qilib bezatilgan, ularda bir xil belgilashlar tizimi qabul
qilingan. Mashg‘ulotlarning birinchi kunidan boshlaboq, darslik bo‘yicha ishlashda
bolalarda ilmiy kitob bilan ishlashning ba’zi umumiy uquvlarini shakllantirishni
ko‘zda tutish maqsadga muvofiqdir.
Birinchi darsdayoq kitobning umumiy tuzilishi ko‘rib chiqiladi. Bolalar kitobni
o‘z vaqtida ochishni, kitobda o‘rganiladigan sahifalarni oson topa olishni
o‘rganishlari lozim. Birinchi sinfda kerakli sahifa xatcho‘p yordamida oson topiladi,
u birinchi darslardan boshlab kiritiladi va darsdan darsga o‘tishda o‘quvchilar
tomonidan kerakli joyga qo‘yib boriladi. Keyinchalik esa kerakli sahifani nomeri
bo‘yicha topishni o‘rgatish lozim.
Darslik sahifalarida syujetli rasmlar bor bo‘lib, mohirlik bilan o‘rgatilsa,
bolalar darslikdagi bu rasmlar tomosha qilish uchun emas, balki masalalar tuzish
uchun, sanoqni o‘rganish uchun mo‘ljallanganligini bilib oladilar. O‘qituvchi rasm
bilan ishlayotganda, bolalar uni diqqat bilan ko‘rib chiqib, «Rasmda nima
tasvirlangan» degan hikoyani tuzishlariga vaqt beradi va faqat shundan keyin
rasmdan o‘quv maqsadlarida foydalanishga kirishadi. Dars vaqtida rasmga turli
maqsadlarda qayta-qayta murojaat qilish o‘quvchilarning nutqini rivojlantiradi.
I sinf matematika darsligida har bir sahifada mantiqiy mashqlar (taqqoslash,
tartiblash, umumlashtirish uchun) bor. Bolalar ularni qiziqib bajaradilar. Bular
qanaqa rasmlar, qanday topshiriqni bajarish lozimligini bolalarning o‘zlari so‘zlab
bersalar foydali bo‘ladi. Afsuski, ko‘pchilik o‘qituvchilar bolalarga buni o‘z vaqtida
o‘rgatmasdan hatto III-IV sinflarda ham topshiriqlarni o‘zlari o‘qib, ma’nosini
o‘zlari tushuntirib beradilar. Uy vazifalarini bajarishda kattalar rahbarlik qiladilar:
nimani qanday bajarish kerakligini tushuntirib beradilar, topshiriq to‘g‘ri
bajarilganligini tekshiradilar. Bolalar topshiriqlarni yuzaki bajaradilar, topshiriqning
ma’nosi ustida o‘ylanib o‘tirmaydilar. Bu esa mustaqil va tekshirish ishlarini
bajarishda ishonchsiz harakat qilishlariga sabab bo‘ladi.
Har darsda kitob bilan ishlash bu kamchilikning oldini oladi. Matematika
darsligining darsma-dars tuzilishi (sahifa - dars yoki ochilgan ikki sahifa - dars) yana
bir muhim uquvning shakllanishiga - mashg‘ulotning maqsadini aniqlashga yordam
beradi. Darslik bilan ishlashni boshlashdan oldin bolalarga darslik sahifasini diqqat
bilan ko‘rib chiqish va dastlab o‘qituvchi bilan birgalikda, keyin esa mustaqil
ravishda darsda nima o‘rganilishini so‘zlab berishga imkon berish kerak. Bu esa
keyinchalik ham darslik bilan mustaqil ishlash uquvining shakllanishiga yordam
beradi. O‘qituvchi bolalar egallagan uquvlarni tahlil qilib, o‘z-o‘zidan tekshirib
borishi foydalidir. Masalan, darslikda maxsus mashq berilgan: «Misollarni yeching.
Javoblarni ortib borish tartibida yozing». Bolalar topshiriqni mustaqil o‘qiydilar.
Ular topshiriqning birinchi qismini ixlos bilan bajaradilar, lekin ikkinchi qismini
bajarishda ko‘pchilik o‘quvchilar esankirab qolishadi. Xulosa bunday - bolalar
topshiriqqa oid tushuntirishni bilmaydilar. Ishning shu tomoniga maxsus e’tibor
berish lozim. Matbaa asosidagi daftarlar o‘tilgan materialni mustahkamlash
va takrorlash bosqichida mustaqil ishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Ta’limning mazmuni va o‘quvchilarning yoshlariga qarab daftarning tuzilishi ham,
uning sahifalarining bezatilishi ham o‘zgaradi. «Matematika daftari» darslikning
mazmuni va tuzilishi bilan to‘liq moslashtirib tuzilgan. Bular - jadvallarni to‘ldirish,
misollar yechish, sonlarni va ifodalarni taqqoslash va h. k. Daftar bilan
ishlayotganda bolalar topshiriqni ko‘chirib yozmasdan, balki ochiq qoldirilgan
joylarni to‘ldiradilar, bu esa vaqtni tejash imkonini beradi.
Topshiriqlarning bir qismini uyda yoki kuni uzaytirilgan guruhlarda bajarish
mumkin. Har bir o‘quvchining daftari har bir darsda o‘qituvchi tomonidan diqqat
bilan kuzatib borilishi kerak, o‘quvchining ishda yo‘l qo‘ygan hamma
kamchiliklarini o‘ziga qo‘rsatib borish kerak. Daftarlarda aniq, puxta, matematik
to‘g‘ri yozib borishni talab qilish o‘qituvchining matematikadan olib boriladigan
ishining sifatli bo‘lishi uchun kurashining mezonidir.
O‘qituvchiga yordam tariqasida qator qo‘shimcha qo‘llanmalar nashr qilinadi.
Bular darslarni o‘tkazishga oid uslubiy tavsiyalar, qo‘shimcha mashqlar to‘plamlari,
musta- qil va yakka tartibda ishlashni tashkil qilish uchun didaktik materialdir.
Yangi ish boshlayotgan o‘qituvchi eng yaxshi o‘qituvchilarning ish tajribalari bilan
«Boshlang‘ich maktab» jurnali orqali tanishib borishi foydalidir.
Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo‘lib, shu
jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi.
Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida
o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan
foydalanish
qobiliyatiga
ega
bo‘ladi. O‘rganish
jarayonida
o‘quvchilar
o‘zlashtirishning turli ko‘rinishlaridan foydalanishadi, ya’ni o‘zlashtirilayotgan
ma’lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o‘ziga xos
tafovutlarga tayanadi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarlarning dars
paytidagi hamkorligi, o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar
shaklida ta’lim va tarbiya masalalari hal etiladi.
Ta’limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi. Shunday
ekan, ta’lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo‘lishi kerak. Ilmiy adabiyotlarda
ta’limning maqsadi imkoniyatlaridan to‘g‘ri, aniq, o‘rinli foydalanish ko‘nikma va
malakalarini hosil qilish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, kommunikativ
savodxonlikni oshirish, milliy g‘oyani singdirish, sharqona tarbiyani shakllantirish,
shaxsni ma’naviy boyitishdan iboratligi ta’kidlangan. Ta’limiy maqsad asosida
o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, og‘zaki va yozma savodxonlikni oshirish, mantiqiy
tafakkurni rivojlantirish orqali ularning muloqot madaniyati takomillashtiriladi.
Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma’naviy, g‘oyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til
o‘rganish jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlashtirish
imkoni paydo bo‘ladi.
Ulug‘
donishmandlardan
biri
«...
kelajak
tashvishi
bilan
yashasang, farzandlaringga yaxshi bilim ber, o‘qit», degan ekan. Yurtimizda
ta’lim-tarbiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqiqiy ma’noda bir-ikki
yillik yoki qisqa davrda samaraga erishishga qaratilgan ish emas, balki chin ma’noda
bir necha yuz yillarga tatiydigan o‘zgarish bo‘ldi, desak xato bo‘lmaydi. Bu
prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayg‘urib, yurtimizning
barcha farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan ko‘ra kuchli, bilimli va
albatta baxtli bo‘lishlari kerak, degan g‘oyasi zamirida donishmandlarcha siyosat
yotganini ko‘rsatadi.
Ma’lumki, ta’limda ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini
tatbiq etish o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshiribgina qolmay, ilm-fan
yutuqlarini amaliyotda qo‘llash orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har
tomonlama barkamol yuksak ma’naviyatli shaxsni tarbiyalashda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini
o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda.
Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda
o‘quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy
texnologiyalardan foydalanish esa ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib
topish, mustaqil o‘rganish va fikrlash, tahlil qilish, hatto yakuniy xulosalarni ham
o‘zlari
keltirib
chiqarishga
o‘rgatadi.
O‘qituvchi
bu
jarayonda
shaxs
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu
bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Bugungi
kunda ta’limda «Aqliy hujum», «Fikrlar hujumi», «Tarmoqlar» metodi,
«Sinkveyn», «BBB», «Beshinchisi ortiqcha», «6x6x6», «Bahs-munozara»,
«Rolli
o‘yin», FSMU, «Kichik guruhlarda ishlash», «Yumaloqlangan
qor», «Zigzag», «Oxirgi so‘zni men aytay» kabi zamonaviy texnologiyalar
qo‘llanmoqda.
Dars mashg‘ulotlarida o‘yin-topshiriqlarni takrorlash yoki mustahkamlash
darslarida foydalanilsa ijobiy natija beradi. O‘yin-topshiriqning qaysi bir turini
tanlash darsning turiga, sinf o‘quvchilarining o‘yin-topshiriqlarni bajarishga
o‘rgatilganlik darajasi, ularning bilim saviyasi, mustaqil ijodiy ishlash
imkoniyatlari, o‘rganilganlarni xotirada tez tiklay olishi, ijodkorlikning qay darajada
shakllanganiga ham bog‘liq bo‘lishi kerak.
Ta’limda o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglash va shu fikrni
og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon eta olishga o‘rgatish masalasiga e’tibor
qaratilgan bo‘lib, mustaqil fikrlaydigan, nutq madaniyati rivojlangan savodxon
shaxsni kamol toptirish asosiy o‘rin egallaydi. Millatning turmush tarzi, madaniy
yaratuvchanligi uning boy tarixiy merosi asosida o‘rganiladi.
Bugungi kun o‘qituvchidan ilg‘or pedagogik va yangi axborotlar
texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishni talab etmoqda. Yuqoridagilardan
kelib chiqib, tajribalarimiz asosida dars mashg‘ulotlarida interfaol metodlarni
qo‘llash orqali ta’lim-tarbiya berish yo‘llariga doir fikrlarimizni bayon etamiz.
O‘ylaymizki, u o‘quv mashg‘ulotlari samaradorligini oshirishda hamkasblarimizga
amaliy yordam beradi. SHuningdek, o‘quvchilarni o‘z yo‘nalishini tanlash va
mustaqil hayotga tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirishdek mas’uliyatli vazifani
bajarishda ularning yaqin ko‘makchilardan biriga aylanadi. Quyida sinflar kesimida
ayrim mavzular asosida o‘qitishning zamonaviy usullarini tatbiq etish bo‘yicha
tavsiyalar beramiz. Siz undan ijodiy yondashgan holda foydalanasiz va birinchi
prezidentimizning: «Har qarichi muqaddas bo‘lgan ona yerimizga nisbatan
farzandlarimizda g‘urur va iftixor, sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otish uchun biz bugun
nima qilyapmiz, degan savolga javob izlab ko‘raylik», - degan fikrlariga javoban
ta’lim va tarbiya berishning zamonaviy usullarini tatbiq etish orqali ko‘zlangan
maqsadga erishishga o‘z hissangizni qo‘shasiz degan umiddamiz.
«Beshinchisi (oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha» metodi
O‘quvchilar mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu
metod alohida ahamiyatga ega. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga
oshiriladi:
O‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiluvchi
tushunchalar tizimini shakllantirish;
hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ...) va
taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish;
o‘quvchilarga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni
tizimdan chiqarish vazifasini topshirish;
o‘quvchilarni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni
mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga
ham izoh berib o‘tishlari hamda ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslashlarini
talab etish lozim).
Mazkur metod o‘quvchilardan o‘rganilayotgan mavzu (yoki bo‘lim, bob)
yuzasidan tahliliy mulohaza yuritish, shuningdek, eng muhim tayanch
tushunchalarni ifodalay olishni talab etadi.
Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
o‘qituvchi o‘zaro teng nisbatda mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan
asosiy tushunchalar tizimini yaratadi;
o‘quvchilar mavzuga (bo‘lim, bob) oid va oid bo‘lmagan asosiy
tushunchalarn aniqlaydilar va daxldor bo‘lmagan asosiy tushunchalarni tizimdan
chiqaradilar;
o‘quvchilar o‘z harakatlarining mohiyatini izohlaydilar.
Metoddan individual, guruhli va ommaviy shaklda o‘quvchilar tomonidan
mavzuning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash hamda ularning bilimlarini aniqlash
maqsadida foydalanish mumkin.
Boshlang‘ich sinflarda interfaol metodlar va ta’limiy o‘yinlardan, zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarni mustaqil
fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlash doiralarini kengaytirish bilan birga
ularni darslarda o‘rganganlarini hayot bilan bog‘lashga, qiziqishlarini oshirishga
yordam
beradi. O‘qituvchilarning
bunday
zamonaviy
talablar
asosida
yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg‘or pedagogik hamda
axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta’lim-tarbiya
jarayonini sifatini kafolatlaydi.
Bizningcha, ta’limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardan
iborat:
1. Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilar yoshiga mos bo‘lishi kerak;
2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mohiyatiga mutanosib bo‘lishi lozim;
3. Ta’limiy o‘yinlarni o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi shart;
4. Ta’limiy o‘yinlar ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi
kerak;
5. Ta’limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi, ahamiyati belgilanishi lozim.
Yuqoridagi talablarga amal qilingandagina dars samaradorligi ortadi va
zamonaviy texnologiyalar ta’lim samaradorligiga xizmat qiladi.
Zamonaviy ta'lim o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga o‘tmoqda. Ko‘plab
o‘qituvchilar va ota-onalar bolalarni ilm-fanga qiziqtirish, bilimga bo‘lgan
muhabbatni uyg‘otish va ularni favqulodda yaratish va o‘ylash istagi bilan bog‘lash
imkoniyatini qidirmoqdalar. Materialni taqdim etishning an'anaviy shakllari uzoq
vaqtdan beri o‘z dolzarbligini yo‘qotdi. Yangi avlod ajdodlariga o‘xshamaydi. Ular
jonli, qiziqarli, interaktiv tarzda o‘rganishni xohlashadi. Ushbu avlod zamonaviy
texnologiyalarga
osonlikcha
yo‘naltirilgan.
Bolalar
shunday
rivojlanishni
istaydilarki, ular nafaqat jadal rivojlanayotgan texnologiyalarni kuzatibgina qolmay,
balki bu jarayonda bevosita ishtirok etadilar.
Nazorat uchun savollar:
1. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining mazmuni va tuzilishi
nimalarni o‘z ichiga oladi?
2. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va
tuzilishi.
2.
Boshlang‘ich
matematika
darslarida
qanday
metodik
qo‘llanmalar,
ko‘rgazmalardan foydalanish lozim?
3. O‘qitish vositalardan ijodiy foydalanish va yasaladigan ko‘rgazmali vositalarga
qo‘tiladigan talablar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jumayev M. ”Matematika o‘qitish metodikasi”. (OO‘Y uchun darslik.)
Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil.
2. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.
4. Maktab matematika darsliklari.2020-yil.
5. http://www.ziyonet.uz/
Metod – (grekcha “metodos” so‘zidan olingan bo‘lib, yo‘l, ahloq usuli
ma’nolarini anglatadi). Tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini bilish, tadqiq qilish
usuli. Faoliyat, harakatning yo‘li, usuli yoki qiyofasi, shakli, ko‘rinishi.
Ta’lim metodi – o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muntazam qo‘llaydigan,
o‘quvchilarga o‘z aqliy qobiliyatlarini va qiziqishlarini rivojlantirish, bilim va
ko‘nikmalarni egallash hamda ulardan amalda foydalanish imkonini beruvchi ish
usuli. Belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchilar o‘zaro faoliyatini tashkil qilishning tartibga solingan usullari
majmuasidir.
Metodika – biror ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, usullari,
yo‘llari majmuasi. U alohida metodikalardan tashkil topadi. Pedagogika fani
sohasida ma’lum o‘quv fanini o‘qitish hamda tarbiyaviy ishlar qonuniyatlarini
tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arifmetika metodikasi va shu kabilar.
Usul – biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish tartibi.
Uslub – biror narsa, hodisa, jarayonni o‘rganish yoki amalga oshirish uchun
qo‘llash lozim bo‘lgan usullar majmuasi.
Yo‘l (ruscha – priyom) – biror maqsadni amalga oshirish uchun tanlangan
harakat turi.
Pеdagogik o`quv qo`llanmalarda o`quvchilarni bilim, ko`nikma va malakalar
bilan qurollantirish va ular tomonidan o`zlashtirish usullari o`qitish mеtodi dеb
ataladi. Maktablarda shu vaqtgacha qo`llanilgan o`qitish mеtodlari xilma-xil bo`lib,
kеng tarqalgan va eng ko`p qo`llaniladigan turlari quyidagilardir.
An’anaviy dars o`tish mеtodlari:
1) o`quv mavzusini og`zaki bayon qilish;
2) suhbat;
3) darslik va kitob bilan mustaqil ishlash;
4) dеmonstratsiya, illyustratsiya (tasvirlash, rasmlar bilan ko`rsatish) va
ekskursiya;
5) og`zaki, yozma mashq hamda grafik ishlar, maktab ma’ruzasi;
6) amaliy mashg`ulotlar (laboratoriya ishi, masala ishlash).
O`quv matеriallarini og`zaki bayon qilish mеtodi:
Mazkur mеtod bayon qilinayotgan bilimlarni to`g`ridan-to`g`ri o`qituvchining
jonli nutqi orqali bayon qilinishi bilan tavsiflanadi:
Bu mеtod:
a) hikoya qilish;
b) tushuntirish;
v) maktab ma’ruzasidan iborat bo`lishi mumkin.
Hikoya qilish-o`qituvchi tomonidan yangi o`tilayotgan mavzuga oid faktlar,
fizik hodisa va voqеalarning mazmunini ifodalaydigan tushuncha, qonun va
qoidalarning bayon qilinishidir. Maktab ma’ruzasi mеtodi 10-11-sinflarda
qo`llaniladi. Odatda maktab ma’ruzasi mavzuning mazmuniga ko`ra, bir-ikki
mavzuning asosiy g`oyaviy yo`nalishini ifodalovchi, tugallangan (yaxlit)
tushunchalar tavsifidir. Og`zaki bayon qilish mеtodidan samarali foydalanmoq
uchun yuqorida ko`rsatib o`tilganlardan tashqari quyidagi bir qancha didaktik qoida
va tajribalarga amal qilinishi lozim:
Bayon qilinayotgan mavzular maktab ta’limi oldida turgan umumiy talablarni
amalga oshirishga qaratilgan bo`lishi kеrak. Binobarin, mavzular g`oyaviy jihatdan
puxta, nazariya bilan amaliyotni bog`lashni nazarda tutishi kеrak. Mavzuda
o`quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish usullari hisobga olinishi kеrak.
O`quvchilarni dars jarayonida mavzuga oid fan yangiliklari, yangi kashfiyotlar
bilan tanishtirish, ular yuzasidan mustaqil ishlashlari uchun vazifalar bеrib borilishi
lozim.
Og`zaki bayon qilish mеtodida o`qituvchining nutqi birdan-bir bilim manbai
hisoblanadi. U ravon, tushunarli va emotsional (ta’sirchan) bo`lishi lozim. Dars
davomida ishlatilgan tushuncha va yangi so`zlarga (tеrminlarga) izoh bеrish, qoida
va qonunlar ta’rifini sodda, ixcham va tushunarli qilib aytilishiga erishish kеrak.
Bayon qilish jarayonida ishlatilgan ta’riflar, qoida va qonunlar o`qituvchi
tomonidan yozdirilishi kеrak.
Suhbat mеtodi:
Suhbat mеtodi tajribada eng ko`p qo`llaniladigan va samarali mеtodlardan
biridir. Bu ko`pincha savol-javob mеtodi dеb ham yuritiladi. Chunki mazkur mеtod
dars jarayonida savol-javob vositasida olib boriladi. O`qituvchi o`quvchilarga savol
bеrib yoki ilgari o`zlashtirgan bilimlarini eslariga tushirish, yoxud mavjud bilimlar
asosida yangi mavzulardan tеgishli xulosa va natijalar chiqarish, umumlashtirish,
shuningdеk, o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlariga tayanib, yangi xulosalar
chiqarishni taklif etish yo`li bilan bilim, ko`nikma va malakalar bеrishi nazarda
tutiladi. Suhbat quyidagi maqsadlarda olib borilishi mumkin:
- o`tilgan mavzuning mazmuniga bog`liq holda o`quvchilarning hayotda
kuzatgan va tajribada ishlatgan fakt (dalil), narsa va hodisalardan nimalarni
bilganliklarini aniqlash;
- o`tilgan mavzu va, hatto ilgari o`tilgan matеriallarni (ma’lumotlarni) qayta
esga tushirish;
-
o`quvchilarning
bayon
qilinayotgan
ma’lumotni
qanchalik
idrok
qilayotganliklarini aniqlash;
- o`tilayotgan mavzuga oid ma’lumotlar haqida suhbat olib borish;
- bayon qilinayotgan ma’lumotni takrorlash va mustahkamlash;
- o`tilayotgan mavzu yuzasidan xulosa chiqarish, umumlashtirish, qoida va
ta’riflar ustida ishlash;
- o`zlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko`nikma va malakalarni hisobga olish;
- uyga bеrilgan topshiriq va mustaqil o`rganilgan ma’lumotlar haqida suhbat
o`tkazish.
Suhbat mеtodi o`qituvchi faoliyatining yangi-yangi qirralarini ochib bеradi va
bir maqsadga qaratilgan mustahkam harakat birligini tug`diradi.
Darslik bilan ishlash mеtodi
Ta’lim tizimida darslik bilan ishlash mеtodi asosiy o`rinlardan birini egallaydi.
Binobarin, darslikdan foydalanmay biror fan, tеxnika yoki san’at sohasini egallab
bo`lmaydi. Darslik bilan ishlash ta’lim jarayonida o`qish-o`qitish ishlarini
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yordam bеrsa. ikkinchi tomondan,
o`quvchilarning kеlajakdagi faoliyati uchun zarur bo`lgan ilmiy va ilmiy-ommabop
adabiyotlarni mustaqil o`qib-o`rganish madaniyatini tarkib topdirish bilan birga u
bolalarni ko`nikma va malakalar bilan qurollantirishda katta ahamiyatga ega. O`quv
adabiyoti bilan ishlash murakkab psixik jarayonni o`z ichiga oladi. O`qish jarayoni
o`qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan bilimlarni o`quvchilarning eshitib,
o`qishlarinigina emas, balki o`quv matеriallarini (ma’lumotlarni) kitob matnidan
ko`rib,.ongli idrok qilish faoliyatini ham taraqqiy ettirishni nazarda tutadi.
Darslik bilan ishlash mеtodi ikki shaklda olib boriladi:
- dars jarayonida darslik va o`quv adabiyoti bilan ishlash;
- darslik va o`quv adabiyotlari bilan sinfdan va maktabdan tashqari mustaqil
ishlash.
Kitob bilan ishlashning har ikkala shakli o`quv fanlari bo`yicha dеyarli
hamma sinflarda qo`llanishi mumkin. O`quvchilarni darslik va boshqa o`quv
ma’lumotlari bilan birga qo`shimcha adabiyot, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar,
shuningdеk gazеta, jurnallardan foydalanishga ham o`rgatish kеrak.
Dеmonstratsiya, illyustratsiya va ekskursiya (sayohat) mеtodi
Dеmonstratsiya va illyustratsiya o`quv ma’lumotlarini aniq usullar orqali
bеvosita idrok qilish jihatidan muhim ahamiyatga ega. O`rganilayotgan buyum va
hadisalarni to`liq va aniq tasavvur etgan taqdirdagina o`quvchilarning olgan
bilimlari chuqur va puxta bo`ladi. O`quvchilar turmush va tеxnikadagi narsa, hodisa
va voqеalarni dеmonstratsiya mеtodi orqali bеvosita ko`rib, idrok qilishlari
natijasida ular haqida mustaqil fikr yuritish, tahlil qilish, tеgishli xulosalar
chiqarishga muvaffaq bo`la oladilar. Bu mеtod dars davomida yoki darsning ayrim
qismlarida qo`llaniladi. Illyustrativ- tasvirlash. Rasmlar ko`rsatish. Maktabda
qo`llaniladigan ko`rsatma ma’lumotlar ikki turda bo`lishi mumkin.
Tabiiy ko`rsatma matеriallar: o`simliklar, hayvonlar, foydali qazilmalar,
ularning to`plamlari, fizik asbob va boshqalar.
Tasviriy ko`rsatma matеriallar. Bu matеriallar mazmuni, tuzilishi va shakliga
qarab ikki turga bo`linadi:
a) buyum, fizik asbob, narsa, hodisa va voqеalarning tasvirini ifodalovchi
matеriallar (rasm, surat, fotosurat, diafilm, kinofilm, vidеofilm va hokazolar);
b) fizik asbob, narsa va voqеalarning biror shartli, bеlgilari orqali tasvirlash
yoki qisqartirilgan tasviriy ma’lumotlar-chizmalar, jadvallar, diagrammalar va
shular singari.
O`quvchilar tomonidan o`rganilayotgan fizik asbob va hodisalar jonli hamda
kuzatib idrok etish yo`li bilan bilim asoslarini egallanishiga sayohat (ekskursiya)
mеtodi dеyiladi.
Fizika fanidan sayohat o`tkazishda bir qancha talablarga amal qilinishi lozim.
Mazmuniga ko`ra sayohat to`rt yo`nalishda bo`lmog`i lozim:
1) tabiatni kuzatish va o`rganish maqsadida olib boriladigan;
2) sanoat va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishiga oid;
3) ijtimoiy va maishiy mazmundagi matеriallar bilan tanishishga oid;
4) san’at va adabiyot ma’lumotlari bilan tanishishni nazarda tutuvchi;
O`qituvchi sayohat oxirida o`quvchilar bilan o`zlashtirilgan matеriallarga
asoslangan holda kuzatish yuzasidan o`quvchilar bilan suhbat o`tkazadi.
O`quvchilar sayohat yuzasidan hisobot yozadilar.
5) Amaliy mashg`ulotlar (og`zaki, yozma va grafik masalalar еchish,
laboratoriya ishlarini bajarish). Og`zaki, yozma va grafik masalalar ishlash mеtodi
muhim didaktik ahamiyatga ega bo`lib, dеyarli u hamma sinflarda va hamma o`quv
fanlari bo`yicha kеng qo`llaniladi. Masala ishlash mеtodi o`quvchilar o`zlashtirgan
bilim, ko`nikma va malakalarni mustahkamlash, tеkshirib ko`rish, takrorlash,
shuningdеk, ularni turmushda qo`llay olish qobiliyatlarini taraqqiy ettirish
maqsadida olib boriladi.Mashg`ulotdan kuzatiladigan maqsad o`quvchilarning
mustaqil bajaradigan ishlarining xususiyatlariga qarab uch turda olib boriladi:
a) og`zaki mashq;
b) yozma mashq;
v) grafik ishlar mashqi.
O`quvchilarga mashq uchun bеriladigan topshiriqlar albatta, ilgari
o`zlashtirilgan qoida va qonunlarni o`z ichiga olishi lozim. Ba’zan o`quvchilar fizik
qoida va formulalarni, matеmatik yoki gеomеtrik tеorеmalarni yaxshi o`zlashtirgan
bo`lsalarda, ularni o`z ichiga olgan mashqlarni ishlay olmasliklari mumkin. Ayni
chog`da tеgishli qoida va formulalarni o`z ichiga olgan bunday mashqlarni tartibli
ravishda takrorlab borilmog`i lozim. Agar topshirilgan mashqlar bir nеcha yo`llarni
o`z ichiga olgan bo`lsa, bunday hollarda mashq rеjasini tuzish va shu asosda ishlash
talab etilishi kеrak. Masalan, mashq uchun bеrilgan masalaning mazmuni, nima
qilish zarurligi, nima bеrilgani, nimani topish talab qilinishi, ishni nimadan boshlash
kеrakligi, qanday mеtoddan foydalanish mumkinligi bеlgilanmog`i lozim. Bu
o`rinda o`quvchilarga o`zlarini o`zlashtirgan qoida va qonunlar asosida misol va
masalalar tuzdirish muhimdir. Grafik ishlar ham yozma ishlar jumlasiga kirib,
o`quvchilarning o`zlashtirgan yoki o`zlashtirayotgan bilimlarini ongli va
mustahkam esda saqlab qolishlari hamda shu sohada tеgishli ko`nikma va malakalar
hosil qilishlariga yordam bеradi.
Laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish mеtodi.
Laboratoriya mеtodi ta’lim jarayonida o`quvchilar tabiatdagi narsa va
hodisalar, ularning shakli, hajmi, tarkibi, tuzilishi, o`zgarishi va taraqqiy etish
qonunlari haqida yangidan-yangi bilimlar bеrish va mustahkamlash hamda ularning
tеgishli ko`nikma va malakalar hosil qilishlarida muhim ahamiyatga ega.
O`quvchilar tomonidan fizika xonasida narsa va hodisalarni maxsus jihozlar
vositasida (o`lchov asboblari, tajriba jihozlari va tajriba uchun kеrak bo`lgan asbob
va anjomlar kabilar yordamida) bеvosita o`rganishga laboratoriya ishlari dеb
aytiladi. Laboratoriya mеtodi VI-IX sinflarda, akadеmik litsеy va kasb-hunar
kollеjlarining I,II, va III kurslarida fizika, ximiya, biologiya va tabiiy gеografiya
fanlarini o`qitishda qo`llaniladi. Laboratoriya mashg`ulotlari maxsus jihozlangan
laboratoriya xonasi hamda tеgishli apparat, asbob-uskunalar, mikroskop, lupa,
kolba, mеnzurka, o`lchov asboblari bilan ta’minlangan oddiy sinf xonalarda,
maktabning tajriba uchastkalarida olib boriladi. Odatda laboratoriya mashg`ulotlari
o`qituvchi tomonidan ilgari og`zaki bayon qilish-tushuntirish, hikoya qilish, maktab
ma’ruzasi va suhbat mеtodi bilan o`tilgan ma’lumotlarni aniqlash, isbot qilish va
mustahkamlash maqsadida olib boriladi. Ba’zan bunday mashg`ulotlar yuqori
sinflarda ham yangi bilim bеrish maqsadida qo`llaniladi. Ko`pincha laboratoriya
darsi mashg`ulotning tavsifiga qarab uch turda: kuzatish; tajriba yoki ekspеrimеnt
o`tkazish; tеgishli asbob uskunalar vositasida muayyan biror narsani o`lchab yoki
tеkshirib ko`rishda qo`llaniladi. Bitta laboratoriya mashg`ulotida ikki yoki uch xil
mеtod
qo`llanilishi
mumkin.
O`qituvchi
o`quvchilarning
mustaqil
ish
boshlashlaridan oldin tajribaning muvaffaqiyatli chiqishiga erishish uchun ularga
tеgishlicha yo`l-yo`riq bеrishi mumkin.
Bundan ayniqsa:
a) bеlgilangan tajribadan kuzatilgan maqsad;
b) kuzatilgan yoki tajriba qilinadigan hodisaning xususiyati;
v) tajribada qo`llaniladigan asboblarning tuzilishi, xususiyati va ishlatilish
yo`llari;
g) tajriba ishini boshqarish tartibi;
d) tajriba yuzasidan nimalarni yozib olish zarurligi;
е) tajribaning xavfsiz bo`lish choralari hamda ko`rsatma bеrilishi zarur.
O`qituvchi o`quvchilar uchun o`zi yoki boshqa kishining biror tajribani ishlab
bеrishiga yo`l qo`ymasligi kеrak.O`quvchilardan laboratoriya mashg`uloti
jarayonida tajriba natijalari haqida hisobot yozib bеrish talab qilinadi. Bunday
hisobot yozma ishlar, ba’zan rasm, chizma, tariqasida bo`lishi mumkin.Ba’zan
ajoyib ijodkar o`quvchilar uchrab turadika tеkshirilgan laboratoriya ishini
boshqacha yo`lda yoki usulda bajarishi mumkin. Bunday hollarda o`qituvchi bu
talabani bajargan ishi to`g`ri bo`lsa uni rag`barlantirish zarurdir.
Noan’anaviy ta’lim mеtodlari.
Konfеrеntsiya darsi.
Sеminar darsi.
Tеxnika vositalari yordamida dars o`tish.
Ilmiy –fantastik kitoblar ustida ishlash.
O`ylab top (evrika).
O`yinchoqlar yordamida dars o`tish.
Darsda kasbga yo`naltirish.
Ekspеrimеntal dars o`tish.
Bahs-munozara darsi.
Har xil yozma ishlar.
Intеgratsiya (fanlararo bog`lanish) darsi.
Konfеrеntsiya darsi.
O`quvchilarning ijodiy ishlashga ko`mak bеruvchi usullardan biri, maktablarda
konfеrеntsiya darsini tashkil etish va o`tkazishdir. Konfеrеntsiya darsi quyidagi
yo`nalishda bo`ladi:
a) an’anaviy shaklda konfеrеntsiya darsi;
b) maxsus mavzuni ilmiy jihatdan o`rganish;
v) kasbga qiziqtirish darsi.
Konfеrеntsiya darsi o`quvchilarning kitob ustida mustaqil ishlashga, olam
yangiliklari bilan tanishtirish va o`quvchilarning bilish faoliyatini kеngaytirishga
katta yordam bеradi. Konfеrеntsiya darsining muvaffaqiyatli o`tishi uning sifatiga,
tayyorgarlik darajasiga bog`liq. Bunday tayyorgarlikka quyidagi bosqichlar kiradi:
-konfеrеntsiya darsining vazifalari va unda muhokama qilinadigan savollar
doirasini aniqlash;
-o`qituvchining tеgishli adabiyotlarni o`rganishi;
-o`quvchilar o`rtasida ma’ruzani to`g`ri taqsimlash;
-o`quvchilar uchun qo`shimcha moslamalar bеrish;
Konfеrеntsiya darsining mavazusi shunday tanlanishi kеrakki, u birinchidan
qiziqarli, ikkinchidan, uni atroflicha va chuqur o`rganishga erishish, uchinchidan,
mavzuning tеxnika va xalq xo`jaligidagi ahamiyati yoritib bеrilishi lozim.
Sеminar darsi.
O`quvchilarda mustaqil bilim olish va kitob ustida ishlash ko`nikmasini hosil
qilishda sеminar darsi yaxshi natija bеradi. Sеminar darsi hozirgi zamon talabiga
javob bеradigan dars turlaridan biri bo`lib, o`quvchilarni mustaqillikka o`rgatadi,
qo`shimcha
adabiyotlar,
jurnallar,
ommabop
kitoblar,
ma’lumotnoma
(spravochnik)lardan foydalanishga odatlantiradi. O`quvchi o`rgangan matеriallarini
xulosalash, tеxnika va turmushga bog`lash, muammoli savollarni to`g`ri hal qilishda
ijodiy yondashishga harakat qiladi. Sеminar darsining maqsadi o`quvchilarni
adabiyotlardan, qo`llanmalardan mustaqil konspеkt olishga, o`quv prеdmеtini
chuqurroq o`rganish, egallagan bilimlarini umumlashtirishga o`rgatishdan iborat.
Tеxnika vositalari yordamida dars o`tish
O`qituvchiga dars bеrishda yordam bеruvchi asosiy qurol darslik, unga
yozilgan mеtodik qo`llanma, savol va masalalar hamda mashqlar to`plami, didaktik
matеriallar va hokazolar. Shular qatoridan yaxshi o`rin olgan tеxnika vositalardir.
Ya’ni kino apparatlari, vidеo, kodoskop va boshqalar. Ko`z bilan ko`rib, quloq bilan
eshitishga yordam bеradigan bunday asboblar o`quvchilarning bilim olish
samaradorligini oshiradi.
Ilmiy-fantastik adabiyotlar ustida ishlash.
Mazkur mavzu o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish va kitob
ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini hosil qiladi. Ilmiy-fantastik kitob ustida
ishlash o`quvchilarning bilim doirasini kеngaytirishga yordam bеradi.
O`ylab top (evrika) darsi.
O`quvchilarning topqirlik darajasini aniqlash uchun o`ylab top o`yini
o`ynaladi. Bu o`yinni fizika, matеmatika, ximiya va boshqa fanlarda ham o`tkazish
mumkin. Matеmatika darsida quyidagi o`ylab top o`yini mavjud: Bu o`yin 2, 10, 14-
sonlar qaytarilmagan holda xohlagan sonlar qo`yilib, 30 raqam hosil qilish. Quyida
har tomonlama 30 sonini chiqarish usuli ko`rsatiladi. Bu diagonalda ham 30 raqami
chiqadi. Fizika fanida formuladagi bitta harf tashlab, o`rniga so`roq (?) bеlgisi
qo`yiladi.
O‘yinchoqlar yordamida dars o`tish.
Intеrfaollikni oshirishda ba’zi mеxanik, elеktr va elеktron o`yinchoqlar muhim
rol o`ynaydi. Bolalarning atrof-muhitni o`rganishida katta yordam bеradi. Ayniqsa,
matеmatika, fizika, rus tili, xorijiy tillar va mеhnat darslarida 1-7sinf
o`quvchilarining tayyor yoki o`zlari yasagan o`yinchoqlarni namoyish qilishlari
ularning bilim olish jarayonini tеzlatadi va tеxnika fanlariga bo`lgan qiziqishlarini
oshiradi.
Darsda kasbga yo`naltirish.
Mavzuni o`quvchilar qiziqqan kasblarga bog`lab o`tish bolaning o`sha kasbga
bo`lgan qiziqishini orttiradi. Bunda o`quvchi darsni diqqat bilan tinglaydi. O`zi ham
kеyingi darsda qiziqqan kasbi bo`yicha biron narsa aytib bеrshga intiladi.
Turmushda va tеxnikada ko`rgan amaliy ishni kasbiga bog`lashga urinadi. Natijada
o`quvchida fanga, kasbga bo`lgan qiziqish orib boradi.
Eksеrimеntal darslarini o`tishi.
O`quv jarayonini jonlashtirish hamda o`quvchilarning fizika, kimyo, biologiya
darslarida mustaqil ish olib borishini ta’minlashda tajribaviy dars o`tish mеtodi
yaxshi natija bеrishi bilan birga ularning tеxnik ijodkorligini oshirishga yordam
bеradi. O`quvchilar amallarning asosiy jarayonlarini o`z ko`zilari bilan ko`radilar.
Hosil bo`lgan natijalarni mustaqil tahlil qilib, tеgishli xulosa chiqaradilar. Fizika,
kimyo va biologiya fanlaridan o`tkazilgan laboratoriya ishlari o`quvchilarga
hodisalarni chuqurroq tеkshirishga va o`rganishga, uning zamonaviy asboblar,
o`lchash natijalariga matеmatik ishlov bеrish mеtodlari bilan tanishishga, ijodiy
izlanish ko`nikmalari olishga imkon bеradi.Ekspеrimеntal dars o`tishdan maqsad
nazariy bilimni mustahkamlash va chuqurlashtirish hamda asboblar bilan amaliy
ishlash, olingan natijalarni hisoblash, ularni tadbiq qilish ko`nikmalarini oshirishdir.
Bahs-munozara darsi.
Mazkur usulda o`quvchilarga bir kun oldin mavzu bеriladi. O`quvchilar
mavzuni o`qib, savollarga javob topib, guruhlarda o`sha savollarga javoblar bahs-
munozara asosida olib boriladi. Yoki biror masala sinf taxtasida ishlanadi va uning
II, III variantlari bor bo`lsa bahs-munozara tarzida ishlanadi. Bunda o`quvchilarning
faolligi oshadi, o`zini erkin tutadi.
Har xil yozma ishlar.
O`quvchilarning bilim darajasi, tafakkuri yuzasidan har xil yozma ish olinadi.
Yozma ishlar 5-10, 10-15, 15-20 va hokazo, ya’ni 45 minut davom etadi. Ba’zida
ijodiy yozma ishlar olinib, o`quvchining ijod qilish faoliyati o`rganiladi.
Integrativ (fanlararo bog`lanish) darslar
Hozirgi zamon tabiiy fanlar ichida fizika, kimo, biologiya, matematika,
geografiya fanlari qisman bir-biriga bog`langan, yaъni integratsiyalangan. Bu
darslar o`quvchi tafakkurini rivojlantiradi, solishtirish, turli faktlarni tahlil qilish,
xulosa va yakunlar chiqarish kabi fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga, mustaqil
faoliyatlarida esa muammolarni hal qilishga ijodiy yondoshishga yordam beradi.
Bundan tashqari, bu hol o`quvchilarning ko`pgina tushuncha taъriflarini yodlay
olishlarinigina taqozo qilmay, balki tushunchalar tizimini o`zlashtirishni talab qiladi.
Respublikamiz o`quvchilarining deyarli 60-70 foizi qishloqlarda yashaydi.
Shuni hisobga olgan holda fizika va boshqa fanlar qishloq xo`jalik texnikasi bilan
bog`lab o`tilsa o`quvchilar bilimining o`sishiga yordam beradi.
Quyida fanlararo bog`lanishga misol keltirilgan. Fizika va kimo, fizika va
biologiya, fizika va matematika, fizika va mehnat, fizika va astronomiya, fizika va
tibbiyot, fizika va texnika, fizika va qishloq xo`jalik, fizika va geografiya.
Innovatsion usullar
Innovatsiya - lotincha so`z bo`lib, “yangilik kiritaman, tatbiq etaman,
o`zgartiraman” degan maъnoni bildirib, u quyidagi usullardan iborat.
Modellashtirish (trenirovka).
Namoyish qilish
Kichik guruhlarda bo`lish
Aqliy hujum
Tanqidiy tafakkur
Debatlar
Nuqtai nazaring bo`lsin
Har kim har kimga o`rgatadi
Rolli o`yinlar
Muayan holatni (vaziyatni) o`rganish
Modifikatsiyalangan ma’ruza
O`yinlar
Bingo
Axborot texnologiyalari (komputer) yordamida.
O`qitishning innovatsion usullaridan foydalana bilish va amalga oshirish
O`qituvchi quyidagilarni bilishi lozim:
-innovatsion texnologiya tushunchasi, uning mazmun-mohiyati;
-ta’lim maqsadini amalga oshirishda innovatsion texnologiyalarning o`rni va
roli;
-fanlar bo`yicha innovatsion texnologiyalarni qo`llash prinsiplari;
-ta’limiy va ishchanlik o`yinlari;
-muammoli rivojlantiruvchi ta’lim metodlari;
-o`quvchilarning mustaqil faoliyatlarini tashkil qilish va taъminlash yo`llari;
-o`quvchilarning mustaqil ishlash mahoratini oshirish usullari;
-ko`rgazmali o`qitish usullari;
-imitatsiya o`quv-mashg`ulotlari;
-ta’lim-tarbiyani faollashtiruvchi usullar.
Innovatsion usul turlari:
Modellashtirish (trenirovka-mashq qilish)
O`qitishning bu usuli real hayotni qayta tiklash uchun ishlab chiqilgan
moslama, asbob yoki vaziyatni o`z ichiga oladi.
Qo`llanilishi:
-turli vaziyatlarda kerak bo`ladigan ko`nikmalar hosil qilishda;
-oddiy, murakkab mexanik va elektr asboblar yasashda, operativ ko`nikmalar
va qaror qabul qilishni amalga oshirishda;
-xavfli va kechiktirib bo`lmaydigan vaziyatda boshqarish ko`nikmalarini
mustahkamlashda;
- real hayotiy vaziyatlarda ilgari o`rganilgan prinsiplarni qo`llashda.
Afzalligi:
-o`quvchilar faolligini taъminlaydi;
-eslab qolishni kuchaytiradi.
Namoyish qilish Demonstratsiya - “ko`rsataman, isbotlayman” degan maъnoni
anglatadi.
Bu usulda o`qituvchi topshiriqni bajarish tartibini o`quvchilarga ko`rsatadi.
Shundan so`ng o`quvchilarga topshiriqni mustaqil bajarish imkoniyati berilishi
kerak.
Qo`llanilishi:
-topshiriqni bajarilish tartibini ko`rsatishda;
-muammolarni hal qilish va analitik mohirlikka o`rgatishda;
-texnika xavfsizligini o`rgatishda;
-texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o`rgatishda.
Afzalligi:
-o`quvchi o`z ko`zi bilan ko`ra olishi;
-tushunish va eslab qolishga yordam bera olishi;
-qiziqishni oshirishi;
-o`qitishning juda faol shakli ekanligi.
Rolli o`yinlar
O`quvchilar bu usulda “real hayot” holatlarini qayta jonlantiradilar. Ularga
amaliy ish faoliyatlarida qo`llash mumkin bo`lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab
ko`rish va tekshirish imkonini beradi.
Qo`llanilishi:
-yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko`rsatadi;
-o`quvchilarni nazariy amaliyotda qo`llashga o`rgatishda;
-o`quvchilar faolligini oshirishda.
Afzalligi:
-“real hayot”ning qayta tiklanishi;
-o`quvchilarni mavzuga chuqurroq jalb qilinishi;
-o`quvchilarga muammoga boshqacha yondoshuv imkonini berishi.
Guruh munozarasi. O`qitishning mazkur usuli o`quvchilarning o`zaro
muloqot va fikr almashuviga asoslangan. Bunda guruhda tahlil qilish, baholash va
tekshirish asosida muayan mavzu yoki savollar ishlab chiqiladi.
Qo`llanilishi:
-qiziqishni kuchaytirish va o`ylash, fikr yuritishga chorlashda;
-maъruza, o`qish va boshqa usullarni mustahkamlashda;
-mashg`ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda;
-muammoning ko`zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda;
-yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda;
-mavzu tushunarliligini baholashda;
-o`quvchilarni kelgusi darsga tayorlashda.
Afzalligi:
-o`quvchilarda qiziqishni orttiradi va darsga jalb qilinishni kuchaytiradi;
-o`quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatigi ega bo`ladilar.
Modifikatsiyalangan-shakli o`zgartirilgan maъruza. Bu o`qitish usulida
o`qituvchi mavzu mazmunini og`zaki bayon qiladi, formulalar chiqarishda
o`quvchilar bilan muloqot olib boradi. Ammo, anъanaviy maъruzadan farqi
o`qituvchi va o`quvchi orasida muloqot borligidadir.
Qo`llanilishi:
-o`quvchilarga umumiy axborot berish uchun;
-fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun;
-qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin, namoyish qilish, rolli o`yin va
boshqa turdagi usullarni qo`llashda;
-ta’rif, qoida formulalarni masala yoki laboratoriya ishlarida qo`llashni
namoyish qilishda.
Afzalligi;
-tezkorlik bilan amalga oshirilishi;
-darsga kerak bo`lgan ko`rgazmali qurollar, ko`rsatma materiallarning
tayorlanishi;
-katta guruhlarda samaradorligi;
-kam resuruslar talab qilishi;
-boshqa usullar bilan birgalikda qo`llash mumkinligi;
-guruhni birgalikda ushlash imkonini berishi.
Muayan holatni (vaziyatni) o`rganish. Bu o`qitish usuli real hayotdagi
vaziyatni batafsil muhokama qilishdan iborat. U usul kichik guruhlarda o`tkazilib,
o`qish, o`rganish, tahlil qilish, muhokama va erkin fikr almashish hamda qaror qabul
qilish va bu qarorni boshqalarga yetkazishni taqoza qiladi.
Qo`llanilishi:
-dars mazmunini har tomonlama o`ylab so`zlashga o`rgatishda;
-muammoni hal qilish qobiliyati, tanqidiy fikrlash va fikr yuritishni
shakllantirishda;
-boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda.
Afzalligi:
-o`quvchilarning faolligi va jalb qilinishini mustahkamlaydi;
-taъlim olish tugagandan so`ng taqozo qilinadigan ijroni modellashtirishga
yordam beradi;
-o`qitishni kuzatish mumkinligi.
Tanqidiy tafakkur. Tanqidiy tafakkur uslubi o`qituvchi qo`ygan masala yoki
muammoga o`quvchi o`z fikrini bayon qilish, o`zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok
etish, o`z nuqtai nazarini asoslab berish va saqlab qolish orqali yechish yoki hal etish
imkoniyatiga ega bo`lishiga asoslangandir.
Qo`llanilishi:
-o`quvchi o`z nuqtai nazarini shakllantirishga yo`naltirilgan holatlarda;
-o`quvchiga o`z nuqtai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun imkoniyat va fursat
berilishida;
-o`qituvchi o`quvchilar bilan birgalikda turli nuqtai nazariyalarni muhokama
qilish jarayonida.
Afzalligi:
-o`quvchi o`z fikrini asoslay olishi;
-ta’lim oluvchilarga erkin so`zlash imkoniyati yaratilishi;
-barcha fikrlar erkin tahlil qilinishi.
Aqliy hujum. Aqliy hujum o`qituvchi qo`ygan savol yoki muammo yuzasidan
har bir o`quvchi o`z fikrini bayon etishga imkon beruvchi o`quv uslubidir. Uslub
mohiyati «Bir kalla yaxshi, yigirma beshtasi undan yaxshi» prinsipi bo`yicha
o`qituvchi tomonidan belgilangan muammo yoki savol yuzasidan ehtimol
tutiladigan hamma fikrlar variantini bir yerga jamlay olishda bo`lib, istisno
tariqasida taъlim oluvchilarning barcha fikrlari, jumladan, aytarli to`g`ri
bo`lmaganlari ham inobatga olinadi. Bayon etilgan fikrlar keyingi tahlilda
o`quvchilarning qo`yilgan savol yoki muammoni to`g`ri tushunishlariga imkon
beradi.
Qo`llanilishi:
-savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni erkin aytishda;
-muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda;
-o`quvchilarning faolligini oshirishda;
-fanga kirish va asosiy mavzu mazmunini bilib olishda.
Afzalligi:
-aytilgan fikrlar tanqid va muhokama qilinmasligi yoki baholanmasligi;
-o`quvchilarni mazmunning ilmiyligiga chukurroq jalb qilinishi;
-belgilangan vaqt doirasida barcha xohlovchilarga o`z fikrlarini bayon etish
imkoniyatining berilishi.
Har kim har kimga o`rgatadi
«Har kim har kimga o`rgatadi» uslubi o`quvchilarni o`rgatuvchiga aylanishi,
maъlum bilimlarni o`zlashtirgach, o`rtoqlari bilan baham ko`rish imkonini beruvchi
o`qitish uslubidir. Ushbu uslubning maqsadi o`quvchilarga o`qitish jarayonida zarur
bo`lgan axborot maksimumini berish, ayni paytda o`quvchida axborot olish va
berishga qiziqish uyg`otishdir. Shuningdek, axborot hajmini olgan o`quvchi maъlum
vaqt davomida uni iloji boricha ko`proq o`rtoqlariga yetkazadi.
Qo`llanilishi:
-o`quvchilarda axborot olish va berishga qiziqishni uyg`otishi;
-axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolishni taъminlashi;
-sherigining axborotini tinglab, boshqa sherik axtarish uchun.
Afzalligi:
-o`z fikrini lo`nda bayon etishi;
-tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirishi;
-fanga yoki mavzuga bo`lgan qiziqishini uyg`otishi.
Debatlar (tortishuvlar). Debatlar o`z nuqtai nazarini asoslashda sinfdagi
barcha o`quvchilarning (yoki asosiy qismining) bahslashuvda faol ishtirok etishini
taъminlovchi o`qitish uslubidir. Bu uslubdan foydalanish tanqidiy tafakkurni
rivojlantiradi. O`quvchi o`z nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga
keltirgani bois o`qituvchi sinfni ikki guruhga bo`lgan holda munozarani atayin avj
oldiradi (guruhlarga bir-biriga zid nuqtai nazarlarni aytadi, bahsli topshiriqlar
beradi). Bu usul yozma holda olib borilsa, yozma debatlar bo`ladi.
Qo`llanilishi:
-bahsda o`quvchilarning faol ishtiroki taъminlanganda;
-muammoni hal qilishda mohirlikka o`rgatishda;
-fikrni aniq va qisqa ifodalashga imkon berilganda.;
Afzalligi:
-o`quvchilarni bahslashishga o`rgatishi;
-munozara madaniyatini shakllantirishi;
-asoslab berish malakasini oshirishi.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinadiki, har bir ta’lim metodi tarkibiga muayyan
ta’lim-tarbiyaviy vazifani bajarishga qaratilgan ish-harakat usullari, yo‘llari kiradi.
Nazorat uchun savollar:
1. Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy bilimlarning
o‘rni.
2. Boshlang‘ich matematika o‘qitishning bosqichlari orasida qanday uzviylik
bo‘lishi lozim.
3. O‘quvchilarga o‘quv yili oxirida bilim, ko‘nikma hamda malakalariga qanday
kompetentsiya talablari qo‘yiladi?
4. Metod tushunchasiva uning turlari haqida ma’lumot bering.
5. O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Jumayev M. ”Matematika o‘qitish metodikasi”. (OO‘Y uchun darslik.)
Toshkent. “Turon-Iqbol”, 2016-yil.
2. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – T.: O‘zbekiston, 2014. -46 b.
4. Maktab matematika darsliklari.2020-yil.
5. http://www.ziyonet.uz/
Interfaol ta'lim usullari.
Ta'limning vizual usullari yoki zamonaviy tovushda interaktiv - o‘quv
materialini
mukammal
o‘zlashtirishning
muhim
yo‘nalishlaridan
biridir.
Innovatsiya sifatida interaktiv yondashuv XX asrning 90-yillari boshlarida paydo
bo‘ldi. va hozirda faol foydalanilmoqda. Interfaol usullar quyidagi muammolarni hal
qilishga qaratilgan:
-talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish;
-muloqot va o‘zaro munosabatlarga, jamoada ishlashga o‘rgatish;
-kasbiy malaka va fikrni shakllantirish;
-o‘quv jarayonida nizo va kelishmovchiliklarni bartaraf etish.
Interfaol usullarga misollar:
Aqliy hujum o‘qitish usuli sifatida 30-yillarning oxirida ixtiro qilingan.
A.Osborn. Aqliy hujum ko‘p miqdorda tashlanadigan va dastlabki bosqichda tahlil
qilinmaydigan ijodiy echimlarni rag‘batlantirishni o‘z ichiga oladi.
Sinektika ilg‘or aqliy hujum evristikasi. Bir-biriga o‘xshamaydigan,
nomuvofiq ma'no elementlari va ishtirokchilar o‘xshashlik yoki mos kelmaydigan
ob'ektlarning aloqa nuqtalarini izlash orqali ijodiy tasavvurni rivojlantiradi.
«Aqliy hujum». Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan
muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg`ulot
ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish,
shuningdek, o‘z tasavvurlari va g`oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum
ko‘nikma hamda malakalarni xosil qilishga rag`batlantiradi. Ushbu metod
yordamida tashkil etilgan mashg`ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir
necha original yechimlarni topish imkoniyati tug`iladi. «Aqliy hujum» metodi tanlab
olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga
muqobil bo‘lgan g`oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Mashg`ulotlar jarayonida «Aqliy hujum» metodidan foydalanishda bir necha
qoidalarga amal qilish talab etiladi. Ushbu qoidalar quyidagilar:
1. Mashg`ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash,
ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir ta’lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g`oyalar miqdori
rag`batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab
olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag`batlantirilishi navbatdagi
yangi fikr yoki g`oyalarning tug`ilishiga olib keladi.
3. Har bir ta’lim oluvchi o‘zining shaxsiy fikri yoki g`oyalariga asoslanishi
hamda ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g`oya)larni
umumlashtirish, turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikr
(g`oya)larning shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg`ulotlar jarayonida ta’lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini
standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni
baholashga yo‘l qo‘ymaydi.
Agarda ularning fikr (g`oya)lari baholanib, boriladigan bo‘lsa, ta’lim oluvchilar
o‘z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi
fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo‘llashdan asosiy maqsad ta’lim
oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag`batlantirish
ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab
borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.Mashg`ulot
jarayonida ushbu metoddan samarali foydalanish maqsadida quyidagilarga amal
qilish lozim:
1.Mashg`ulot ishtirokchilarining o‘zlarini erkin his etishlariga sharoit yaratib
berish.
2.G`oyalarni yozib berish uchun yozuv taxtasi yoki varaqalarni tayyorlab
qo‘yish.
3.Muammo (yoki mavzu)ni aniqlash.
4.Mashg`ulot jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan shartlarni belgilash.
Shartlar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
a) ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan xar qanday g`oya baholanmaydi;
b) ta’lim oluvchilarning mustaqil fikr yuritishlari, shaxsiy fikrlarini ilgari
surishlari uchun qulay muxit yaratiladi;
v) g`oyalarning turlicha va ko‘p miqdorda bo‘lishiga ahamiyat qaratiladi;
g) boshqalar tomonidan bildirilayotgan fikrlarni yodda saqlash, ularning
fikrlariga tayangan holda yangi fikrlarni bildirish, bildirilgan fikrlar asosida
muayyan xulosalarga kelish kabi harakatlarning ta’lim oluvchilar tomonidan sodir
etilishiga erishiladi.
5. Bildirilayotgan g`oyalarni ularning mualliflari tomonidan asoslanishiga
erishish va ularni yozib olish.
6. Muayyan qog`oz varaqlari g`oya (yoki fikr)lar bilan to‘lgandan so‘ng ularni
yozuv taxtasiga osib qo‘yish.
7. Bildirilgan fikrlarni yangi g`oyalar bilan boyitish asosida ularni quvvatlash.
8. Boshqalar tomonidan bildirilgan fikr (g`oya) lar ustida kulish, ularga
nisbatan kinoyali sharhlarning bildirilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
9.Ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g`oyalar bildirilishi davom etayotgan
ekan, muammoning yagona to‘g`ri yechimini e’lon qilishga shoshilmaslik.
Aqliy hujum metodi to‘g`ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va
nostandart fikrlashga o‘rgatadi. «Fikriy hujum» metodi Bu metod o‘quvchilarning
mashg`ulotlar jarayonida faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga
rag`batlantirish hamda bir xil fikrlashdan ozod etish muayyan mavzu yuzasidan
rang-barang g`oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish, yechish
jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yechishga o‘rgatish uchun
xizmat qiladi. «Fikriy hujum» metodi. A.F.Osborn tomonidan tavsiya etilgan bo‘lib,
uning asosiy tamoyili va sharti mashg`ulot (bahs)ning xar bir ishtirokchisi
tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har
qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag`batlantirishdan iboratdir. Bundan
ko‘zlangan maqsad ta’lim oluvchilarning mashg`ulot (bahs) jarayonidagi erkin
ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan samarali va
muvaffaqiyatli foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur
ko‘lamining kengligiga bog`liq bo‘ladi. «Fikriy hujum» metodidan foydalanish
chog`ida ta’lim oluvchilarning soni 15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.
Ushbu metodga asoslangan mashg`ulot bir soat tashkil etilishi mumkin.«Fikrlarning
shiddatli hujumi» metodi
Mazkur metod Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda G.Ya.Bush
tomonidan qayta ishlangan. «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodining mohiyati
jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir ta’lim oluvchining
shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hamda ta’lim
oluvchilarda ma’lum jamoa (guruh) tomonidan bildirilgan fikrga 2 qarshi g`oyani
ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir.Ushbu metoddan foydalanishga
asoslangan mashg`ulot bir necha bosqichda tashkil etiladi. Ular quyidagilardir:
1-bosqich. Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan ta’lim oluvchilarni o‘zida
biriktirgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish.
2-bosqich. Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash.
3-bosqich. Guruhlar tomonidan muayyan g`oyalarning ishlab chiqilishi
(topshiriqlarning hal etilishi).
4-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g`ri hal
etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish.
5-bosqich. Topshiriqlar yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularni
to‘g`rilik darajasi, yechimini topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va
ravshan bayon etilishi kabi mezonlar asosida baholash.
6-bosqich. Dastlabki bosqichlarda topshiriqlar yechimlari yuzasidan bildirilgan
muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona
xulosaga kelish.
Yuqorida mohiyati bayon etilgan «Fikrlarning shiddatli hujumi» metodini
ijtimoiy, gumanitar va tabiiy yo‘nalishlardagi fanlar yuzasidan tashkil etiladigan
mashg`ulotlar jarayonida birdik muvaffaqiyatli qo‘llash mumkin. Metodni qo‘llash
jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
1.
O‘quvchilar
tomonidan
muayyan
nazariy
bilimlarning
puxta
o‘zlashtirilishiga erishish;
2. Vaqtni iqtisod qilish;
3. Har bir o‘quvchini faollikka undash;
4. Ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.
Ko‘rinib turibdiki ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan muayyan nazariy
bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish, vaqtni iqtisod qilish, har bir ta’lim
oluvchini faollikka undash, ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirishga yordam
beradi.
«Yalpi fikriy hujum» metodi. Mazkur metod J.Donald Filips tomonidan ishlab
chiqilgan bo‘lib, uni bir necha o‘n (20, 40 va 60) nafar ta’lim oluvchilardan iborat
guruh (sinf)larda qo‘llash mumkin. Ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan yangi
g`oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har
bir 5 yoki 6 nafar ta’lim oluvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida
ijobiy xal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi.
Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy xal etilgach, bu haqda
guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq
yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan
muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg`ulot yakunida o‘qituvchi berilgan
topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb
topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg`ulot jarayonida guruh a’zolarining
faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.
Arra metodi (E.Aronson,1978). Pedagogik amaliyotda mazkur metodda kichik
guruhlar 6-8 ta o‘quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o‘rganiladigan mavzu
mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o‘quvchilar
bajarilishi lozim bo‘lgan o‘quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o‘quvchilar guruhi
mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo‘yicha «mutaxasis»ga
aylanadi. So‘ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok
yoki modul) «mutaxassis» bo‘lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o‘zlari egallagan
bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o‘rtoqlariga
bayon qilishadi. Mazkur guruhlarda o‘quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta
ishlab chiqiladi.
1986-yili R.Slavin «arra» metodini qisman o‘zgartirib «arra-2» metodini
yaratdi. Mazkur metodga ko‘ra kichik guruh 4-5 o‘quvchidan tashkil topadi. Barcha
guruh a’zolari o‘quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi.
Guruh ichida o‘quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo‘lib oladilar. Har bir
o‘quvchi o‘ziga tegishli qismini puxta o‘zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars
oxirida har bir kichik guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan
guruhlarda o‘tkaziladi.
O‘quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o‘tqazilib nazorat
qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball
to‘plagan guruh g`olib sanaladi.«Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman» Sinf
o‘quvchilari beshta guruhga bo‘linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch
qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning
yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni
xohlayman»degan so‘zlar yoziladi.
So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilardan mavzu yuqasidan qanday ma’lumotlarga
ega ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman »nomli bandga yozib
qo‘yadi.
Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar to‘la bayon etilganga qadar davom
etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a’zolari faol ishtirok etishlariga
ahamiyat berish zarur. O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto‘g`ri fikrlar ham
inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o‘quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi).
Keyingi bosqichda o‘quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn
mavzu bo‘yicha eng asosiy tushunchalarni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar matn bilan
tanishib chiqqandan so‘ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday
ma’lumotlarni o‘zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O‘quvchilar o‘z xulosalari
asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib
boriladi.
So‘ngi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilaridan yangi mavzu bo‘yicha qanday
ma’lumotlarni o‘zlashtirish istagida ekanliklarini so‘raydi va o‘quvchilarni yana
o‘ylashga da’vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so‘raladi. O‘quvchilar
tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. 1-
qismini puxta o‘zlashtirib «mutaxasis»ga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik
guruhdagi «mutaxassis»lar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o‘tkaziladi.
O‘quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o‘tqazilib nazorat
qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball
to‘plagan guruh g`olib sanaladi. Namuna sifatida quyidagi jadvalni keltiramiz:
B-B-B jadvali
Bilaman
Bilmoqchiman
Bilib oldim
Masalan: Matn o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilar yakka tartibda (7
daqiqa) matn bilan tanishadilar. So‘ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni
to‘ldiradilar.«Bumerang» texnologiyasi
Bu texnologiya o‘quvchi-talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli
adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish,
so‘zlab bera olish, fikrini erkin xolda bayon eta olish hamda bir dars davomida
barcha o‘quvchi-talabalarni baholay olishga qaratilgan.
Maqsad: trening davomida tinglovchilarga tarqatilgan materiallarni ular
tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda o‘zaro suhbat
munozara orqali, turli savollar, tarqatma materiallar va undagi matnlar qay darajada
o‘zlashtirilganini nazorat qilish. Trening davomida o‘quvchi-talabalar tomonidan
baho ballarini egallashga imkoniyat yaratish.
O‘tkazish texnologiyasi.
1-bosqich. Trening to‘g`ridan-to‘g`ri tinglovchilarni 4-5 kishidan iborat kichik,
guruhlarga bo‘lishdan boshlanadi; trener har bir guruh va uning har bir a’zosiga
mustaqil o‘rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun alohida-alohida aniq
yozma tarqatma material beradi tarqatma materialda trener tomonidan tanlangan
umumiy mavzu bo‘yicha biron bir hajmdagi matn berilgan, ularning soni guruhlar
va tinglovchilar soniga bog`liq. Agar 4 ta kichik guruh bo‘lsa, u holda umumiy
mavzu 4 ta kichik matnlarga bo‘linib har bir guruhga beriladi; faoliyat samarali
bo‘lishi uchun har bir guruhga berilgan matindan har bir tinglovchiga beriladi.
Shunday qilib, 4 ta guruh umumiy mavzu asosida 4 xil matnga ega, har bir tinglovchi
esa o‘z guruhiga tushgan matnga ega bo‘ladi.
2-bosqich. Guruhlarga berilgan matnni guruh a’zolari yakka tartibda alohida
o‘rganishlari, matinni eslab qolishlari, keyin kerak bo‘lganda trenerga yoki
boshqalarga gapirib berishlari, iloji boricha matnni o‘zlashtirib olishlari kerakligini
trener uqtiradi va tayyorgarlik uchun matnni katta-kichikligiga qarab 10-15 daqiqa
vaqt beradi. O‘zi esa guruh va tinglovchilarni ish faoliyatini kuzatadi.
3-bosqich. Trener oldindan tayyorlab qo‘yilgan raqamlar yozilgan kichik
qog`ozlar bilan har bir guruh yoniga kelib guruh a’zolaridan ushbu qog`ozlardan
bittadan raqam tortib olishlarini so‘raydi (qog`ozlar soni guruhdagi tinglovchilar
soniga bog`liq, masalan: guruhda 5 kishi bo‘lsa, qog`ozdagi raqamlar 1,2,3,4,5 etib
tayyorlanadi, agar 4ta bo‘lsa 1 dan 4 gacha va h.) guruhlardagi barcha tinglovchilar
raqamlar yozilgan qog`ozdan olishlari kerak. Nechta guruh bo‘lsa, shuncha guruh
a’zolari soniga qarab raqamlar yozilgan qog`ozlar tayyorlanadi.
Trener raqamlar bo‘yicha tinglovchilardan yangi guruhlar tuzishlarini so‘raydi.
Masalan: hamma 1 raqamini olganlar bitta yangi guruh, 2 raqamlilar ikkinchi guruh,
3 raqamlilar uchinchi guruhni, 4 raqamlilar 4 chi guruhni, 5 raqamlilar beshinchi
guruhni tashkil etishlarini so‘raydi. Guruh a’zolari yangi guruhga o‘tishlarida o‘zlari
bilan o‘rgangan matnlarini oladilar.
4-bosqich. Raqamlar bo‘yicha yangi guruhlar tuzilganda har bir yangi guruhda
avvalgi guruhlardan bittadan vakillar o‘z-o‘zidan to‘planib qoladi, ya’ni 4 ta
guruhda 4 xil matn o‘rganilgan bo‘lsa bu yangi guruhda har bittasidan bittadan vakil
to‘planadi, umumiy mavzu bo‘yicha 4 tinglovchi va 4 xil matn to‘planadi.
5-bosqich. Yangi tuzilgan guruhning har bir a’zosi endi o‘ziga 2 ta vazifa, ya’ni
o‘qituvchi va o‘quvchi vazifasini oladi va quyidagicha faoliyat ko‘rsatadi:
1. O‘qituvchi (o‘rgatuvchi) sifatida, o‘zi avval o‘rgangan materialni gapirib
beradi, tushuntiradi, o‘zi mustaqil o‘rgangan materialning asosiy joylariga barchani
diqqatini jalb qiladi, boshqa guruh a’zolarining tushunish va o‘zlashtirish
qobiliyatlarini tekshiradi.
2.
O‘quvchi
sifatida,
guruh
a’zolarini
navbatma
navbat
so‘zlab,
tushuntirayotgan, gapirayotgan matnlarini eshitadi, tahlil qiladi, fikrlaydi va yodda
saqlab qolishga harakat qiladi. Trener esa ularga o‘z tekstlarini faqat so‘zlab