BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH.

Yuklangan vaqt

2024-10-29

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

10

Faytl hajmi

27,6 KB


 
 
 
 
 
 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASH 
QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH. 
 
 
REJA: 
1.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirish. 
2.O‘qituvchilarning kreativlik sifatlari. 
3.Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan 
faoliyat turlari. 
4. Kreativ salohiyat – bu shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya. 
 
 
Tayanch tushunchalar: bunyodkor, ijod, kreativlik, ontogenez, integratsiya. 
kasbiy ijodkorlik metodologiyasi. 
 
   1.“Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy 
pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar 
ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik 
yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik 
turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu 
predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, 
xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning 
metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari 
mutaxassis, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun 
zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi.  
    Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra 
jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari 
kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi (14-17 yosh) dan boshlanib, 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASH QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH. REJA: 1.Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirish. 2.O‘qituvchilarning kreativlik sifatlari. 3.Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlari. 4. Kreativ salohiyat – bu shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya. Tayanch tushunchalar: bunyodkor, ijod, kreativlik, ontogenez, integratsiya. kasbiy ijodkorlik metodologiyasi. 1.“Kreativlik” va “Kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati. Zamonaviy pedagogikada “kreativ pedagogika” tushunchasi qo‘llanila boshlaganiga hali u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Biroq, o‘qitish jarayoniga innovatsion hamda ijodkorlik yondashuvlarini qaror toptirishga bo‘lgan ehtiyoj “Kreativ pedagogika”ning pedagogik turkum fanlar orasida mustaqil predmet sifatida shakllanishini ta’minladi. Ushbu predmet asoslarini pedagogika tarixi, umumiy va kasbiy pedagogika hamda psixologiya, xususiy fanlarni o‘qitish metodikasi, ta’lim texnologiyasi va kasbiy etika kabi fanlarning metodologik g‘oyalari tashkil etadi. “Kreativ pedagogika” fanining umumiy asoslari mutaxassis, shu jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kamol topishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Shaxsning mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o‘z mohiyatiga ko‘ra jarayon tarzda namoyon bo‘ladi. Kasbiy yetuklik inson ontogenezining muhim davrlari kasbiy kamol topish, rivojlanish g‘oyalarining qaror topishi (14-17 yosh) dan boshlanib,  
 
kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi. Ijodkor 
shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro 
mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug‘ilishidan 
boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat 
mazmuniga bog‘liq.  
     Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks 
etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy 
ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil 
etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik 
metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ 
xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi.  
     Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy 
faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash 
mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning 
faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy 
shartlangan hodisalarga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga 
ega bo‘lishi taqozo etadi.  
     So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va 
talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor 
qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, 
Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. 
tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin.  
    Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni 
barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. 
Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, 
Kaufman, 2013 y). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko‘nikma, 
malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta’lim 
departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy 
darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.).  
   Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali 
hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali 
shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.  
kasbiy faoliyatning yakunlanishi (55-60 yosh)gacha bo‘lgan jarayonda kechadi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami o‘zgarishining o‘zaro mos kelishi, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar hamda inson ontogengizi – tug‘ilishidan boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog‘liq. Ma’lumki, kasbiy tajriba bilim, ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-ijoiy faoliyat ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishi nafaqat amaliy ko‘nikma va malakalarning integratsiyasi, mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chiqishni emas, shu bilan birga kasbiy ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo‘lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega shaxsiy sifatlarining yetarli darajada o‘zlashtirilishi talab etadi. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o‘zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning sur’ati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi. So‘nggi yillarda yetakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida o‘quvchi va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar.  
 
   Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori 
samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab 
chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni 
kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda 
yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, 
ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.  
   Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning 
fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab 
talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida o‘qituvchilar 
ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. 
Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo‘lmagan 
talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini 
o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz 
qolmoqda. 
      Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi 
talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga 
solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat 
bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, 
talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy 
fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan 
munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil 
bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi . 
     Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini 
to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish 
talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original 
g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani 
shunday izohlaydi: “Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat 
bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi 
lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik 
“muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada 
noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir. Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va 
kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh 
Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. Ana shu maqsadda o‘quv dasturini ishlab chiqiladi, yangi o‘quv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham talabalar, ham o‘qituvchilarni kasbiy o‘sishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar talabalarda yutuqlarga erishish, olg‘a intilishga bo‘lgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning o‘quv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, o‘quv yilining oxirida kelib oliy ta’lim muassasalarida talabalarning fanlarni o‘zlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Ko‘plab talabalarning ta’lim olishga nisbatan qiziqishi yo‘qolgan. Buning natijasida o‘qituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni o‘ylashmayapti. Ta’lim tizimini boshqaruvchi organlar ta’lim olishga nisbatan xohish-istagi bo‘lmagan talabalar, bu kabi ta’lim oluvchilarni o‘qitishni istamayotgan o‘qituvchilar faoliyatini o‘zgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol o‘zgarishsiz qolmoqda. Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan o‘ylab, rejalashtirilib qo‘yilishi talabalar uchun qiziq bo‘lmayotgandir, balki balki ta’lim mazmunining muayyan qolipga solinganligi talabalar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, rag‘bat bildirmayotgandir. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, talabalarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘lar. O‘quv mashg‘ulotlarida yetishmayotgan omil – kreativlik sanaladi . Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish talab etiladi. Ken Robinsonning fikriga ko‘ra, “kreativlik – o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmui” (Azzam, 2009 y.) sanaladi. Gardner esa o‘z tadqiqotlarida tushunchani shunday izohlaydi: “Kreativlik – shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim”. Emebayl (1989 y.)ning yondashuvi nuqtai nazaridan ifodalansa, kreativlik “muayyan soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish” demakdir. Ko‘plab tadqiqotlarda intellekt va kreativlik o‘rtasidagi aloqadorlik xususida turlicha qarashlar mavjud. Bir guruh  
 
tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi 
guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar 
(Kim, 2005 y.). 
    “Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari 
uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida 
noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud 
bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). 
Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb 
tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). 
Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, 
biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar 
(Kaufman, Lan, 2012 y.). 
   Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb 
hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat 
o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha 
izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks 
etishidan bexabarlar.  
Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik 
qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday 
namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: 
“Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni 
rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, 
gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni 
kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir”  
  Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala 
yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv 
topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. 
Bundan farqli ravishda bir tomonlamafikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni 
ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan 
birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni 
shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani 
yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin 
tadqiqotchilar ular o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q ekanligini uqtirsalar, ikkinchi guruh vakillari kretivlik va intellekt darajasi bir-biriga bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar (Kim, 2005 y.). “Kreativlik” tushunchasi o‘zida madaniy xilma-xillikni aks ettiradi. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negizida noan’anaviylik, qiziquvchanlik, tasavvur, hazil- mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni qaratadilar (Myordok, Ganim, 1993 y.; Shternberg, 1985 y.). Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish jarayoni, deb tushunadilar (Xui, Sternberg, 2002 y.; Rudovich, Xui, 1997 y.; Rudovich, Yue, 2000 y.). Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borasidagi qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va unga egalikni yuqori baholaydilar (Kaufman, Lan, 2012 y.). Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyatini mavjud emas, deb hisoblaydilar. Buni ikki xil sabab bilan asoslash mumkin: birinchidan, aksariyat o‘qituvchilar ham aslida “kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatishini yetarlicha izohlay olmaydilar; ikkinchidan, kreativlik negizida bevosita qanday sifatlar aks etishidan bexabarlar. Ayni o‘rinda shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, har bir shaxs tabiatan kreativlik qobiliyatiga ega. Xo‘sh, o‘qituvchilar o‘zlarida kreativlik qobiliyati mavjudligini qanday namoyon eta olishlari mumkin. Bu o‘rinda Patti Drapeau shunday maslahat beradi: “Agarchi o‘zingizni kreativ emasman deb hisoblasangizda, hozirdanoq kreativ tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan darslarni tashkil eta boshlashingizni maslahat beraman. Aslida, gap sizning ijodkor va kreativ bo‘lganingiz yoki bo‘lmaganingizda emas, balki darslarni kreativlik ruhida tashkil etishingiz va yangi g‘oyalarni amalda sinashga intilishingizdadir” Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash talabalardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlamafikrlash esa birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda masala yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin, bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda talaba yechimning bir necha variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin  
 
esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama 
fikrlash). 
Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha 
sharhlash mumkin:  
    Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan 
faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan 
xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. 
Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim 
jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning 
mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning 
darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda 
asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur 
test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor 
fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash 
imkoniyatini yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar 
aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim .  
  E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi:  
Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin . O‘qituvchining 
ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy 
(kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” 
tushunchasi bilan ifodalanmoqda.  
“Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur:  
1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni 
zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish;  
2) o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini 
rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali 
auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.  
   Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va 
ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. 
Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil 
fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif 
tomonidan tavsiya qilingan vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda 
esa eng maqbul natijani kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi (bir tomonlama fikrlash). Yuqorida bildirilgan fikrlarga tayangan holda “kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi. Kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida ham aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o‘tkirlikni belgilab beradi, “talabalar e’tiborini ta’lim jarayoniga faol jalb etishni ta’minlaydi”. Xorijiy mamlakatlarda barcha sohalarning mutaxassislari kabi o‘qituvchilar ham o‘zlarida kreativlik sifatlari mavjudligi va uning darajasini aniqlab boradi. Buning uchun ular E.P.Torrens tomonidan 1987 yilda asoslangan va shaxsning kreativ tafakkurga egaligini aniqlovchi testdan o‘tadi. Mazkur test shaxs kreativligi va uning darajasini ijodiy faoliyatni tashkil etishdagi faollik, tezkor fikrlash, o‘ziga xos (orginal)lik va takomillashganlik kabi mezonlar bo‘yicha baholash imkoniyatini yaratadi. O‘quvchi tomonidan tavsiya etilgan savollarga beriladigan javoblar aynan mana shu to‘rtta mezonni qanotlantirishi lozim . E.P.Torrens fikricha, “kreativlik” tushunchasi negizida quyidagi yoritiladi: Kreativ fikrlash har bir ijtimoiy sohada yaqqol aks etishi mumkin . O‘qituvchining ijodkorligi esa u tomonidan tashkil etilaigan kasbiy faoliyatni tashkil etishga ijodiy (kreativ) yondashuvida aks etadi. So‘nggi yillarda ushbu holat “pedagogik kreativlik” tushunchasi bilan ifodalanmoqda. “Kreativ pedagogika” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: 1) o‘qituvchilar tomonidan o‘quv fanlarini past o‘zlashtirayotgan va ularini o‘rganishni zerikarli deb hisoblayotgan talabalar e’tiborlarini fan asoslarini o‘zlashtirishga jalb etish; 2) o‘qituvchilarga talabalarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag‘batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lmasligi tufayli talabalar ham qiziqarli va ajoyib g‘oyalarga ega bo‘lsalar-da, biroq, ularni ifodalashda sustkashlikka yo‘l qo‘yadi. Buning sababli ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan metodlar talabalarda erkin, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilmasligi bilan belgilanadi. Muallif tomonidan tavsiya qilingan vosita va strategiyalar talabalarda kreativlikni rivojlantirishda  
 
o‘qituvchilar uchun qo‘l keladi hamda talabalarda o‘quv fanlarini o‘rganishga bo‘lgan 
qiziqish, intilishni rivojlantiradi . 
   Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘lai. Ular 
quyidagilardir:  
Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning 
kreativligi qay darajaa ekanligiga bog‘liq bo‘ladi.   
  1. Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti.Ko‘z oldingizga 
ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni o‘ziga xos va qiziqarli tarzda 
jo‘shqinlik, zavqu shavq bilan tashkil etayotgan o‘qituvchini keltiring. U, garchi, o‘zini 
kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasa-da, biroq, kreativlikni namoyon etuvchi ta’lim 
jarayonini 
tashkil 
etayotganidan, 
unga 
imkon 
beradigan 
metod, 
usullarni 
qo‘llayotganligidan o‘zi ham mamnun, qolaversa, talabalarning minnatdor bo‘lishlariga 
erishmoqda. O‘qituvchi ta’lim jarayonida kreativ metod, usullardan qancha ko‘p 
foydalansa, o‘ziga va o‘zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi shuncha 
ortadi. Pedagoglar tomonidan kreativlik sifat va ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishida fan 
sifatida “Kreativ pedagogika” muhim o‘rin tutadi. Har qanday fan kabi “Kreativ 
pedagogika” o‘quv predmeti ham aniq maqsadni ko‘zlaydi.“Kreativ pedagogika muayyan 
vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardan iborat: 
Ma’lumki, har bir fan o‘zining tadqiqot ob’ekti va predmetiga ega bo‘ladi. 2.“Kreativ 
pedagogika” ham o‘z ob’ekti va predmetiga ega. Ular: 
Oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirish jarayonida quyidagi 
holatlar so‘z yuritilayotgan jarayonda samaradorlikka erishishni kafolatlaydi:  
- oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga alohida e’tibor 
qaratish; 
- oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishning nazariy 
asoslarini ishlab chiqish;  
- 
oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat 
qiluvchi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash;  
- 
talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi shakl, metod va 
vositalar tizimini asoslash; 
- 
mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash; 
o‘qituvchilar uchun qo‘l keladi hamda talabalarda o‘quv fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, intilishni rivojlantiradi . Kasbiy faoliyatda pedagogning kreativligi turli shakllarda namoyon bo‘lai. Ular quyidagilardir: Pedagog tomonidan ushbu shakllarda kasbiy faoliyatning samarali tashkil etilishi uning kreativligi qay darajaa ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. 1. Kreativ pedagogikaning maqsadi, vazifalari, ob’ekti va predmeti.Ko‘z oldingizga ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan boshqarayotgan, uni o‘ziga xos va qiziqarli tarzda jo‘shqinlik, zavqu shavq bilan tashkil etayotgan o‘qituvchini keltiring. U, garchi, o‘zini kreativ shaxs yoki ijodkor deb bilmasa-da, biroq, kreativlikni namoyon etuvchi ta’lim jarayonini tashkil etayotganidan, unga imkon beradigan metod, usullarni qo‘llayotganligidan o‘zi ham mamnun, qolaversa, talabalarning minnatdor bo‘lishlariga erishmoqda. O‘qituvchi ta’lim jarayonida kreativ metod, usullardan qancha ko‘p foydalansa, o‘ziga va o‘zining ijodiy, kreativ imkoniyatlariga nisbatan ishonchi shuncha ortadi. Pedagoglar tomonidan kreativlik sifat va ko‘nikmalarining o‘zlashtirilishida fan sifatida “Kreativ pedagogika” muhim o‘rin tutadi. Har qanday fan kabi “Kreativ pedagogika” o‘quv predmeti ham aniq maqsadni ko‘zlaydi.“Kreativ pedagogika muayyan vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardan iborat: Ma’lumki, har bir fan o‘zining tadqiqot ob’ekti va predmetiga ega bo‘ladi. 2.“Kreativ pedagogika” ham o‘z ob’ekti va predmetiga ega. Ular: Oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirish jarayonida quyidagi holatlar so‘z yuritilayotgan jarayonda samaradorlikka erishishni kafolatlaydi: - oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish; - oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishning nazariy asoslarini ishlab chiqish; - oliy ta’lim muassasalari talabalarida kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiluvchi mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash; - talabalarning kreativ tafakkurini shakllantirishga yordam beruvchi shakl, metod va vositalar tizimini asoslash; - mazkur jarayonda fanlararo aloqadorlikni ta’minlash;  
 
- 
talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-pedagogik bilimlarning amaliyotga 
tadbiq etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish. 
3. 
Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari. Har 
qanday fan singari “Kreativ pedagogika” fani ham o‘zining tarkibiy tuzilmasiga ega. 
Ushbu fan quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega: 
4.  Kreativ pedagogikaning umumiy mohiyati uning konpepsual holatlarini 
ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib beriladi. Ular quyidagilardan 
iborat: Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi 
shaxs faoliyati va uning natijasi 
Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda 
aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs 
Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni 
yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o’ziga xos harakatlarni tashkil 
etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor 
shaxs 
Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida obyektiv ijodkorlikni amalga 
oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan shaxs 
Kreativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka o’rgatish va o’zini o’zi ijodiy namoyon 
etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish 
mazmuni Ijod – ijtimoiy subyektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki 
muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi Ijodkor shaxsni 
tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy 
g’oya, ularni amalga oshirish ko’nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va 
rivojlantirish 
Kasbiy-ijodiy faoliyat – mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish 
muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati Ijodiy topshiriqlar – 
muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yo’naltirilgan masalalar tizimi 
Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik;  
2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o’zlashtirganlik; 
3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi;  
4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi 
     Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi – ijodkorlikning jarayon va natija sifatida ob’ektlar 
- talabalar tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-pedagogik bilimlarning amaliyotga tadbiq etishga imkon beruvchi shart-sharoitlarni yaratish. 3. Kreativ pedagogikaning tarkibiy tuzilmasi va asosiy kategoriyalari. Har qanday fan singari “Kreativ pedagogika” fani ham o‘zining tarkibiy tuzilmasiga ega. Ushbu fan quyidagi tarkibiy tuzilmaga ega: 4. Kreativ pedagogikaning umumiy mohiyati uning konpepsual holatlarini ifodalovchi bir qator tushunchalar asosida ochib beriladi. Ular quyidagilardan iborat: Ijodkorlik – muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi Ijodkor shaxs – ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs Kreativ shaxs – jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o’ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs Bunyodkor shaxs – ham jarayon, ham natija sifatida obyektiv ijodkorlikni amalga oshiradigan va talablar darajasida ijodiy mahsulotlarini yarata oladigan shaxs Kreativ shaxsni tayyorlash – ijodkorlikka o’rgatish va o’zini o’zi ijodiy namoyon etish jarayonida shaxsda barqaror kreativ sifatlarni shakllantirish va rivojlantirish mazmuni Ijod – ijtimoiy subyektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g’oya, ularni amalga oshirish ko’nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish Kasbiy-ijodiy faoliyat – mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati Ijodiy topshiriqlar – muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yo’naltirilgan masalalar tizimi Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik; 2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o’zlashtirganlik; 3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi; 4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi – ijodkorlikning jarayon va natija sifatida ob’ektlar  
 
     hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko’rinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil 
etilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot  
Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari 
(mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi 
Kreativ qobiliyat – shaxsning ijodiy faoliyatni tashkil etish va uning natijalanganligiga 
erishishni ta’minlash imkoniyatini belgilovchi individual xususiyati  
Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning 
natijalanganligini baholashda namoyon bo’ladigan individual xususiyati O’zini o’zi ijodiy 
faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o’z imkoniyatlarini to’laqonli namoyon qilishi 
va rivojlantirishi Pedagoglarning kasbiy-ijodiy imkoniyati kasbiy masalalarni ijobiy hal 
qilish va ularning yechimini tegishli darajada baholashda ko‘rinadi.  
4. “Kreativ pedagogika”ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. SHaxs kamolotini 
ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga 
erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning 
fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik 
jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. SHu 
bilan    birga “Kreativ pedagogika” fani bir qator ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda 
kreativ shaxsning shakllanishi va rivojlanishi masalalarini tadqiq etadi (2-rasm): 
      takomillashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim bo‘lib, u ta’lim oluvchidagi yaratuvchanlik, 
bunyodkorlik qobiliyatlarni o‘stirishga xizmat qiladi. Creato – lotincha so‘z bo‘lib, u 
yaratuvchanlik, ijodkorlik ma’nolarni anglatadi. Bularni, ya’ni, ijodkorlik va yaratuvchilik 
metodlarini tadqiq etishni kreativ pedagogika o‘rgatadi. 
Iste’dod – alohida insonlarga xos tabiiy sifat bo‘lib, uning faoliyati ijtimoiy jamiyatda 
namoyon bo‘ladi. Iste’dod kishilik jamiyati bilan bevosita bog‘liq. Iste’dod insonlarga xos 
noyob fazilatdir. Ma’naviyati, madaniyati rivojlangan jamiyatda har qanday iste’dod 
shakllanadi, kamol topadi.  
Interfaol mashg‘ulot – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol ishtirok etadigan 
mashg‘ulot. Bunda jarayon o‘zaro hamkorlikda kechadi. 
 Interfaol metod – bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro teng muloqot va 
ta’sirdagi dars jarayonini amalga oshirish usuli. «Interfaol» so‘zi «interaktiv» so‘zining 
o‘zbek tilidagi bayoni. «Interaktiv» so‘zi inglizchadagi Interakt so‘zidan olingan bo‘lib, 
u Inter – «o‘zaro», akt – «harakat, ta’sir, faollik» ma’nolarini bildiradi. 
hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko’rinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi Kreativ qobiliyat – shaxsning ijodiy faoliyatni tashkil etish va uning natijalanganligiga erishishni ta’minlash imkoniyatini belgilovchi individual xususiyati Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning natijalanganligini baholashda namoyon bo’ladigan individual xususiyati O’zini o’zi ijodiy faollashtirish – shaxsning ijodiy faoliyatda o’z imkoniyatlarini to’laqonli namoyon qilishi va rivojlantirishi Pedagoglarning kasbiy-ijodiy imkoniyati kasbiy masalalarni ijobiy hal qilish va ularning yechimini tegishli darajada baholashda ko‘rinadi. 4. “Kreativ pedagogika”ning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. Yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o‘rganiladi. SHu bilan birga “Kreativ pedagogika” fani bir qator ijtimoiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda kreativ shaxsning shakllanishi va rivojlanishi masalalarini tadqiq etadi (2-rasm): takomillashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim bo‘lib, u ta’lim oluvchidagi yaratuvchanlik, bunyodkorlik qobiliyatlarni o‘stirishga xizmat qiladi. Creato – lotincha so‘z bo‘lib, u yaratuvchanlik, ijodkorlik ma’nolarni anglatadi. Bularni, ya’ni, ijodkorlik va yaratuvchilik metodlarini tadqiq etishni kreativ pedagogika o‘rgatadi. Iste’dod – alohida insonlarga xos tabiiy sifat bo‘lib, uning faoliyati ijtimoiy jamiyatda namoyon bo‘ladi. Iste’dod kishilik jamiyati bilan bevosita bog‘liq. Iste’dod insonlarga xos noyob fazilatdir. Ma’naviyati, madaniyati rivojlangan jamiyatda har qanday iste’dod shakllanadi, kamol topadi. Interfaol mashg‘ulot – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘zaro faol ishtirok etadigan mashg‘ulot. Bunda jarayon o‘zaro hamkorlikda kechadi. Interfaol metod – bu ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning o‘zaro teng muloqot va ta’sirdagi dars jarayonini amalga oshirish usuli. «Interfaol» so‘zi «interaktiv» so‘zining o‘zbek tilidagi bayoni. «Interaktiv» so‘zi inglizchadagi Interakt so‘zidan olingan bo‘lib, u Inter – «o‘zaro», akt – «harakat, ta’sir, faollik» ma’nolarini bildiradi.  
 
Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda 
inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, 
tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi.  
Ijod dastlab inson tasavvurida tug‘iladi, keyin ijodga taalluqli masalalar yuzasidan 
izlanishlar olib boriladi.  
Ijod – fan va texnikani, madaniyatni boyitadi, rivojlantiradi. 
Ijod erkinligi – har kim ilm, texnika, adabiyot, san’at va madaniyat sohalarida erkin ijod 
qilish huquqiga ega. Bu huquqdan foydalanish natijasida ilm–fan, texnika rivojlanadi. 
Bundan davlat ham, ijodkor ham manfaatdor bo‘ladi (Konstitutsiyaning 42 – moddasi). 
Ijodiy yondashuv (IYO) – bu pedagogikada zamonaviy yo‘nalish bo‘lib, u ta’lim 
oluvchilarning muammolarini hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan 
faoliyat bo‘lib, mustaqil ravishda qaralayotgan faoliyatning yangi yo‘nalishlarini 
topishga undash jarayonidir. 
Ijodiy faoliyat – bu barcha ruhiy va aqliy kuchlarni ishga solib insonning aniq bir 
maqsadga intiluvchanligi, maxsus xissiy holati –ilhomlanishi, shuningdek, ruhiy 
kechirmasi, muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari majmuasi.  
Ijodiy qobiliyatlar – bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligni tushunish, 
muammoni ifodalay olish, g‘oya farazini ilgari surish uchun kerak bo‘ladigan bilimlarni 
ishga sola bilish qobiliyatlari, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal 
qilishni izlash hamda topish, natijada yangi original mahsulotlar yaratish (ilmiy 
kashfiyot, ixtiro, san’at asari, tavsifnoma va h.k.) qobiliyatlaridir (Alimov N.N.). 
Ijodiyot – inson aql zakovatining barcha ijobiy sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, 
yangilik yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida faollik va mustaqil faoliyat turi. Ijodiyot 
fan, texnika, madaniyat, san’at va ishlab chiqarishda namoyon bo‘ladi. 
Ijtimoiy bilimdonlik – eng avvalo obro‘-e’tibor, ya’ni ilmiy-pedagogik xodimning 
ijtimoiy jihatdan etukligi, ma’lum axloqiy tamoyillarga egaligi, shaxsiy tajriba va 
kuzatishlar asosida o‘z mustaqil fikrlarini shakllantira olish, boshqa shaxslarga ta’sir 
ko‘rsata olishligi, shaxslararo va yakka shaxs bilan guruh orasidagi muhitlarni yaxshilay 
olish kabi qobiliyatlar majmuasidir. 
                      Nazorat uchun savollar: 
1.“Kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? 
2.“Kreativ pedagogika”ning maqsadi nimadan iborat va u qanday vazifalarni hal qiladi? 
Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati. Unda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi, butun bilimi, tajribasi, iste’dodi namoyon bo‘ladi. Ijod dastlab inson tasavvurida tug‘iladi, keyin ijodga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar olib boriladi. Ijod – fan va texnikani, madaniyatni boyitadi, rivojlantiradi. Ijod erkinligi – har kim ilm, texnika, adabiyot, san’at va madaniyat sohalarida erkin ijod qilish huquqiga ega. Bu huquqdan foydalanish natijasida ilm–fan, texnika rivojlanadi. Bundan davlat ham, ijodkor ham manfaatdor bo‘ladi (Konstitutsiyaning 42 – moddasi). Ijodiy yondashuv (IYO) – bu pedagogikada zamonaviy yo‘nalish bo‘lib, u ta’lim oluvchilarning muammolarini hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan faoliyat bo‘lib, mustaqil ravishda qaralayotgan faoliyatning yangi yo‘nalishlarini topishga undash jarayonidir. Ijodiy faoliyat – bu barcha ruhiy va aqliy kuchlarni ishga solib insonning aniq bir maqsadga intiluvchanligi, maxsus xissiy holati –ilhomlanishi, shuningdek, ruhiy kechirmasi, muammoni jon-jahti bilan hal etish istaklari majmuasi. Ijodiy qobiliyatlar – bu yangilik yaratish zarurligi va mumkinligni tushunish, muammoni ifodalay olish, g‘oya farazini ilgari surish uchun kerak bo‘ladigan bilimlarni ishga sola bilish qobiliyatlari, farazni nazariy va amaliy tasdiqlash, muammoni hal qilishni izlash hamda topish, natijada yangi original mahsulotlar yaratish (ilmiy kashfiyot, ixtiro, san’at asari, tavsifnoma va h.k.) qobiliyatlaridir (Alimov N.N.). Ijodiyot – inson aql zakovatining barcha ijobiy sifatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, yangilik yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan alohida faollik va mustaqil faoliyat turi. Ijodiyot fan, texnika, madaniyat, san’at va ishlab chiqarishda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy bilimdonlik – eng avvalo obro‘-e’tibor, ya’ni ilmiy-pedagogik xodimning ijtimoiy jihatdan etukligi, ma’lum axloqiy tamoyillarga egaligi, shaxsiy tajriba va kuzatishlar asosida o‘z mustaqil fikrlarini shakllantira olish, boshqa shaxslarga ta’sir ko‘rsata olishligi, shaxslararo va yakka shaxs bilan guruh orasidagi muhitlarni yaxshilay olish kabi qobiliyatlar majmuasidir. Nazorat uchun savollar: 1.“Kreativlik” tushunchasi qanday ma’noni anglatadi? 2.“Kreativ pedagogika”ning maqsadi nimadan iborat va u qanday vazifalarni hal qiladi?  
 
3.“Kreativ peagogika”ning ob’ekti va predmetini nima tashkil etadi? 
4“Kreativ pedagogika”ning asosiy kategoriyalari qaysilar? 
 5“Kreativ pedagogika” qanay fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi? 
     Kreativ ta’lim – bu ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga, 
 
3.“Kreativ peagogika”ning ob’ekti va predmetini nima tashkil etadi? 4“Kreativ pedagogika”ning asosiy kategoriyalari qaysilar? 5“Kreativ pedagogika” qanay fanlar bilan o‘zaro aloqadorlikda rivojlanadi? Kreativ ta’lim – bu ta’lim oluvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga,