BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJOBIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI
Yuklangan vaqt
2024-10-28
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
19
Faytl hajmi
135,2 KB
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJOBIY FAZILATLARNI
SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI
Reja:
1.Shaxsda
ma’naviy-axloqiy
fazilatlarni
shakllantirishning
pedagogik-
psixologik xususiyatlari.
2.Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-
oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash
kabi fazilatlarni shakllantirish mazmuni.
3.Innovatsion tarbiya texnologiyalarining o‘quvchilarning axloqiy sifat va
fazilatlarini shakllantirishda foydalanish.
Tayanch so’zlar: mafkuraviy immunitet, aqliy tarbiya, axloqiy fazilat,
innovatsion texnologiyalar, mehnat tarbiyasi.
Mafkuraviy immunitet tushunchasi.
Mustaqillikni mustahkamlashning muhim shartlaridan biri bu g’oyaviy tarbiyani
kuchaytirishdan iborat. Bu borada kishilarimizda yot va zararli g’oyalarga qarshi
kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirish zarur. Albatta, mafkuraviy
immunitetni shakllantirish kishilar ongida bir xil g’oyani zo’r berib tiqishtirish emas,
balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g’oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo’lish
xususiyatlarini tarbiyalash demakdir. 1999 yil 16 fevralь, 2004 yil martidagi Buxoro
va Toshkent, shahrida 2005 yil 13 mayda Andijon shaharlarida sodir etilgan terrorchilik
voqealaridan to’g’ri xulosa chiqarish kerak. Har bir davlat, jamiyatning qudrati uning
ichki xavfsizligi va barqarorligiga tayanadi. Ya’ni jamiyat, millat o’z g’oyasida
mustahkam tursa, ikkilanmasa, har qanday dushman qo’llashi mumkin bo’lgan
g’oyaviy tahdidlardan qo’rqmasa, bunday millatni yengish mumkin emas. Aksincha,
jamiyat ichida g’oyaviy parokandalik, bo’linishlar bo’lsa dushmanlarga, ularning yot
mafkuralariga yo’l ochib beradi. Bunday millatni yengish, mustamlaka qilish oson
kechadi. Demak, barqarorlik va xavfsizlik – jamiyatning ongligiga, anglangan to’g’ri
tushuncha va bilimlarga faol amal qilishiga, fikriy, g’oyaviy birligiga, bular esa
xavfsizlik ma’rifatiga tayanadi. Shu boisdan ham har bir o’zbekistonlik millatidan,
dinidan, tug’ilgan joyidan, kasbu yoshidan qat’iy nazar Vatan posboni bo’lishi lozim.
Mamlakatimizning xavfsizligi uchun eng birinchi kafolat – o’zbekistonliklarning
milliy istiqlol g’oyasi atrofida jipsligidir. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy bosh
g’oyasi va maqsadi: ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir.
Milliy istiqlol g’oyasi o’zining asosiy g’oyalari:
1) Vatan ravnaqi;
2) yurt tinchligi;
3) xalq farovonligi;
4) komil inson;
5) ijtimoiy hamkorlik;
6) millatlararo totuvlik;
7) diniy bag’rikenglikka tayanar ekan, ana shu g’oyalarga qarshi qaratilgan xatti-
harakatlar tashqi va ichki tahdidlarning oldini oladi.
Tashqi tahdidlar – O’zbekistonning davlat chegarasidan tashqaridan kirib keluvchi,
ichki tahdidlar esa O’zbekiston davlati, mamlakatning ichidan chiqayotgan
tahdidlardir. Biz ko’p asrlar ana shu ichki tahdidlar tufayli mustamlakalikda yashab
keldik.
Ichki tahdidlar – o’z Vataniga, vatandoshiga, vatandoshlariga zarar yetkazishga
qaratilgan g’oya, xatti-harakatlardir. Ana shu tahdidlar qancha keng tarqalsa, mamlakat
g’oyaviy birligiga shuncha ko’p zarar yetkazadi, parokanda qiladi, hamjihatlik
bo’lmaydi. G’oyaviy birligi mo’rt millatning davlat xavfsizligi ham mo’rt bo’ladi. Ichki
va tashqi tahdidlar asosan g’oyaviy bo’shliq tufayli sodir bo’ladi. Demak, g’oyaviy
bo’shliq nima? G’oyaviy bo’shliq – deb, eski hukmron mafkura halokatga uchrab, u
bilan bog’liq tushunchalarning qadrsizlanishi, bugungi hayot, o’tmish va kelajakka
daxldor qadriyatlar, tushuncha va tasavvurlarni to’liq anglab yetmasligi oqibatida
odamlarning qalbi va ongida vujudga keladigan bo’shliqqa aytiladi. Tajovuzkor
mafkuralar
bunday
bo’shliqdan
foydalanib,
o’zlarining
zararli
g’oyalarini
singdirmoqchi va odamlarni o’z ortidan ergashtirmoqchi bo’ladi. Sobiq kommunistik
partiya hukmronligi barham topgach, bizning yurtimizga ham zararli oqimlar kirib kela
boshladi. Bunga davlat va nodavlat tashkilotlari hamda siyosiy partiyalarning istiqlol
g’oyasini, bozor munosabatlarini odamlar ongi va qalbiga tushuntirishda sustkashlik
qilgani, ijtimoiy fanlarning jamiyatimizdagi yangiliklarni vaqtida tahlil qilib
bermagani, jamiyat ruhiyati va tafakkurida ro’y berayotgan murakkab jarayonlarning
o’z yechimini topmagani ham sabab bo’ldi. Sobiq sotsialistik mafkuraning illatlari fosh
bo’lgach, nafaqat oddiy odamlar, hatto ziyolilar ham mafkuralarning hammasi
taraqqiyot uchun zararli ekan, haqiqiy ozod va erkin bo’lish uchun har qanday
mafkuradan xalos bo’lish kerak, degan fikrga borib qolgan edi. Odamlar bunyodkor va
vayronkor g’oyalarning farqiga bormagani uchun shunday xulosaga kelgan edi. Biz
faqat vayronkor g’oya – kommunistik mafkuradan voz kechgan edik. Bizga endi
bunyodkor g’oya kerak edi. Chunki tabiatda vakuum – bo’shliq bo’lmagani kabi,
mafkura sohasida ham bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmaydi. Insoniyat tarixi shundan
dalolat beradiki, muayyan jamiyat taraqqiyot jarayonida bir bosqichdan ikkinchi
bosqichga o’tishida turmushning barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyot, ijtimoiyot va
siyosiy sohada bo’lgani kabi, g’oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan
muammolarni hal qilish zarurati paydo bo’la boshladi. Chunki o’ziga xos yangi davr,
sharoit, vaziyat an’anaga aylanib qolgan g’oyalar, qarashlar, munosabatlarni
o’zgartirmasdan, ma’lum mafkuraga asoslanmasdan yangi maqsadlar sari qadam
tashlay olmaydi. Bu esa yangi g’oya, qarash, munosabat, mafkurani ishlab chiqishni
talab etadi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlagani
kabi: «O’zining hayotini, oldiga qo’ygan maqsadlarini aniq tasavvur qila oladigan, o’z
kelajagi haqida qayg’uradigan millat hech bir davrda milliy g’oya va milliy mafkurasiz
yashamagan va yashay olmaydi. Mafkura bo’lmasa har qaysi davlat va jamiyat,
qolaversa, har qaysi inson o’z yo’lini yo’qotishi muqarrar» .
G`oyaviy bo’shliqqa olib keluvchi sabablar quyidagilardan iborat:
Boshqa mafkuralarni tan olmaslik.
Yakka hokimlik (kommunistik) g’oyasining mutlaq hukmronligi va targ’iboti
«Yo’lboshchi sinf» mafkurasi nomigagina ijtimoiy guruhlar mafkurasi ekanligi.
Kommunistik mafkuraning odamlar vijdon erkinligini cheklab qo’yishi, kim
unga jur’at qilsa «xalq dushmani»ga aylantirilishi.
Milliylikdan, qadriyatlardan butunlay xoli bo’lish.
Milliy tarix, O’zbekiston tarixi, o’tmishini tan olmaslik.
Xalqning diniga, diniy merosga, diniy qadriyatlarga mutlaqo noto’g’ri
munosabat va h.k.
XX asr 90-yillarning boshlarida bunday mafkuraviy bo’shliq O’zbekistonda ham
namoyon bo’ldi.Ya’ni deideologizatsiya siyosatiga olib keldi. Ana shu g’oyaviy
bo’shliqning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
Kommunistik mafkura tanazzulga uchrab uning o’rni bo’sh qoldi.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topsada, uning mafkurasi ham
shakllanmagan edi.
O’tish davrida yangicha qarashlar mustahkam e’tiqodga aylanib ulgirmasdan
boshqa yot va begona mafkuralarning xuruji.
Markaziy Osiyo mintaqasidagi ekstremistik kuchlar, terrorchi
to’dalarning mafkuraviy kurashni avj oldirishi va boshqa.
Bu sabablar natijasida mustaqillik yillarida, ayniqsa 1991-2005 yillar davrida
mamlakatimizda ekstremistik kuchlar va terrorchi to’dalar tomonidan amalga
oshirilgan buzg’unchilik, vayronchilik ishlarini misol qilib keltirish mumkin. XX asr
90-yillarining boshlarida ayrim yoshlar, yurtdoshlarimizning zararli g’oya va
mafkuralar ta’siriga tushib qolish sabablarini Prezidentimiz Islom Karimov asarlari
asosida quyidagicha izohlab berish mumkin:
Dastlabki yillarda milliy g’oya, milliy mafkura to’liq shakllanib, odamlar qalbi
va ongiga singib ulgurmagani.
O’zbekiston eski tuzumdan yangi tuzumga o’tish davrida bir qator tabiiy
qiyinchiliklarga duch kelishi.
Bugungi kunda barcha yoshlarning serdaromad ish bilan ta’minlanmaganligi.
Yosh ayrim soddadil yoshlarning ishonuvchanligi tufayli diniy qadriyatlarga
intilish tuyg’usidan ustalik bilan foydalanishi tufayli.
Targ’ibot-tashviqot ishlarining yetarli olib borilmaganligi (bugun bu ishni siyosiy
partiyalar «Ma’naviyat va ma’rifat» markazlari, «Kamolot» ijtimoiy yoshlar
tashkilotlari va h.k. olib bormoqda). Mafkura va mafkuraviy tarbiya masalasi o’z
mustaqilligini qo’lga kiritgan, demokratik huquqiy davlat, erkin fuqarolik jamiyatining
asoslarini yaratayotgan mamlakatimiz uchun ham muhim hayotiy ahamiyatga ega.
Zero,
ko’zlangan
maqsadlarga
ushbu
orzu-umid
va
intilishlarni
o’zida
mujassamlashtirgan g’oyaviynazariy qarashlar majmui bo’lmish milliy mafkura va
unga asoslangan tarbiya tizimisiz erishish mumkin emas. «Men, – deb yozadi
Prezidentimiz, – Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo
najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» degan fikrini ko’p mushohada
qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun
qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik,
balki undan ham ko’ra muhim va dolzarbdir». Bu masalaning dolzarbligi yuqorida qayd
etilgan mafkura shakllarining xavfini bartaraf etish zarurligi bilan ham belgilanadi.
Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, ularga g’oya va ma’rifat bilan qarshi kurashish
lozim. Mamlakatimizdagi mavjud ijtimoiy hamkorlik, milliy birlik va hamjihatlikni
saqlab qolish va rivojlantirish yo’li bilangina qo’lga kiritilgan istiqlolni himoya
qilamiz. Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan tarix taqozosi bilan aloqalar kuchli
rivojlangan davlatlar bilan teng huquqli, izzat-ikromli munosabat, o’zaro manfaatli
aloqalar esa mustaqillikni mustahkamlashning muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Ana
shundagina mintaqamiz hech qachon tsivilizatsiyalar to’qnashmaydigan, balki ular bir-
biriga ta’sir etib, bir-birini boyitishning ibratli namunasini beradigan makonga
aylanadi. Mafkuraviy ta’sir va tahdidlar haqida gap ketar ekan, ularni aniqlash,
baholash, xususiyatlarini yaqqol ko’rsatish uchun O’zbekiston Prezidenti Islom
Karimov tomonidan ilmiy muomalaga bir qator tushunchalar kiritilganligini qayd etish
lozim. Ular qatorida «mafkuraviy immunitet», «mafkuraviy profilaktika» kabilardir.
Ana shu tushuncha-larning mazmuni oydinlashtirilganda hozirgi dunyoda kechayotgan
mafkuraviy jarayonlarning xarakterini yanada yaqqolroq tasavvur qilish imkoni
tug’iladi. Mafkuraviy immunitetni hosil qilish. Mafkuraviy immunitet – ma’naviy
barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun shaxsni tarbiyalashda, har qanday reaktsion,
buzg’unchi xarakterdagi g’oyaviy tashabbuslarga bardosh bera oladigan yoshlarni
tarbiyalashda qo’l keladi»[. «Mafkuraviy immunitet» tushunchasini birinchi bor
birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ishlatgan va unga quyidagicha ta’rif bergan:
«Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga
qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy
tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror
toptirishimiz, ta’bir joiz bo’lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz
zarur».
Immunitet lotincha (immunitatis) so’zidan olingan bo’lib, biror narsadan xalos,
ozod va farig’ bo’lish, qutilishni, muayyan kasallikni qo’zg’atuvchi virusga, dardga
qarshilik ko’rsatish qobiliyatini (masalan, inson tanasi immuniteti) bildiradi.
«Immunitet» so’zining ma’nosi organizmning doimiy ichki barqarorligini saqlash
uning turli xususiyatlarga va ta’sirlaridan himoyalanishi, qarshilik ko’rsatishi,
rezistentligini bildiradi. Shuningdek, u daxlsizlik ma’nosini ham anglatadi, (masalan,
deputatlik immuniteti, diplomatik immuniteti). Demak, mafkuraviy immunitet – davlat
va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog’lomligini himoya qiluvchi g’oyaviy
qalqon vazifasini bajaradi. Aslida organizmni infektsion agentlar va boshqa yot
moddalardan himoya qilish omillari tabiati bo’yicha uchga bo’linadi:
Filogenetik immunitet – anatomik va fiziologik belgisiga ko’ra nasldan naslga
o’tadigan himoyaviy rezistentligi. Bunda organizm yuqumli kasalliklarga chidamli
bo’ladi.
Tug’ma immunitet (turga xos, tabiiy), nasbatan chidamli, nasldan naslga o’tadigan
xarakterga ega.
Orttirilgan immunitet – hayot davomida orttirilgan immunitet. U o’zo’zidan
namoyon bo’lmaydi. Uning namoyon bo’lishi uchun ichki yoki tashqi g’oyaviy ta’sir
bo’lishi kerak. Milliy g’oya asosidagi mafkuraviy immunitet, avvalo, har bir
vatandoshimizning mustahkam e’tiqod va yuksak dunyoqarashga ega bo’lishini taqozo
etadi. Insonning ko’plab xususiyatlari tug’ma bo’lsa, mafkuraviy immunitetni
shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, har bir avlod uchun o’ziga xos xususiyatga ega
bo’ladi. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllan-sagina mafkuraviy daxlsizlikni
ta’minlaydi. G`oya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma’naviy-ruhiy
holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag’batlantiruvchi
kuchga, harakat uchun qo’llanmaga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda
nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi
bo’lib qolmoqda. Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri, bu
bilimdir. Ammo bilimlar ko’p… Ikkinchi asosiy qismi ana shu bilimlar zamirida
shakllanadigan qadriyatlar tizimidir. Uchinchi unsuri: ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va
madaniy-ma’rifiy sohalardagi aniq mo’ljal va maqsadlar tizimi bilan bog’liq.
Talaba mafkuraviy immunitetining tarkibini:
1) mafkuraviy bilim;
2) histuyg’u;
3) iroda;
4) ko’nikma
5) malakalar tashkil qiladi.
Mafkuraviy immunitet milliy mustaqillikning afzalligiga ishonch asosida quriladi.
Ishonch esa ishontirish va tushuntirish natijasida hosil bo’ladi. Masalan, O’zbekiston –
dunyoviy davlat diniy davlatni taqqoslash natijasida tushuncha hosil bo’ladi. Demak,
mafkuraviy immunitetni shakllantirish muayyan vaziyatda insonning o’zi, xalqi,
Vatani manfaatlari birligidan kelib chiqib, yot g’oyalarga qarshi tura olish
malakalaridir.
2. O’quvchilarda aqliy tarbiyani shakllantirish mazmuni
Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining
rivojlanib borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e'tiqodlar tizimidir. Mazkur
tizim doirasida ijtimoiy-g'oyaviy, falsafiy, iqtisodiy, tabiiy-ilmiy, ma'naviy-axloqiy,
estetik, huquqiy va ekologik bilimlar negizida shakllangan e'tiqodlar asosiy tarkibiy
unsurlar sifatida namoyon bo'ladi.Muayyan dunyoqarashga ega bo'lish shaxsda atrof-
muhit, ijtimoiy munosabatlar, mehnat faoliyati va ishlab chiqarish jarayoni,
sub'ektlarga nisbatan ma'lum munosabatning qaror topishi, shuningdek, shaxs
tomonidan zimmasidagi ijtimoiy burchlarini to'laqonli anglash va ularni bajarishga
nisbatan mas'uliyat tuyg'usiga ega bo'lishi uchun zamin yaratadi. Shaxsda dunyoqarash
izchil, tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq tashkil etilayotgan ta'lim-tarbiyaning
yo'lga qo'yilishi, uning turli yo'nalish va mazmundagi ijtimoiy munosabatlar jarayonida
faol ishtirok etishi, shuningdek, o'z-o'zini tarbiyalab borishi natijasida shakllanadi.
Yosh avlod dunyoqarashining shakllanishida ta'lim muassasalarida o'qitilishi yo'lga
qo'yilgan tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar asoslarining ular tomonidan puxta
o'zlashtirilishi muhim o'rin tutadi. Shaxsning ma'naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy
yondoshuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan qadriyatlar hamda axloqiy
tamoyillar mohiyati u ega bo'lgan dunyoqarash mazmunini ifodalaydi. O'z navbatida
dunyoqarashning boyib borishi shaxsning shaxsiy sifat va fazilatlarining tobora
barqarorlashuvini ta'minlaydi. O'z mazmunida ezgu g'oyalarni ifoda etgan dunyoqarash
shaxs qiyofasida namoyon bo'layotgan ijobiy fazilatlarning boyib borishiga yordam
beradi. Dunyoqarash o'z mohiyatiga ko'ra, ilmiy (muayyan falsafiy tizimga ega) va
oddiy (muayyan falsafiy tizimga ega bo'lmagan) dunyoqarash tarzida farqlanadi. Ilmiy
dunyoqarash asosida uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta
o'zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida
barqarorlik kasb etgan g'oyalar yotadi. Shaxs dunyoqarashini shakllantirish uzoq
muddatli, dinamik xususiyatga ega murakkab jarayon sanaladi. Aqliy tarbiya va ilmiy
dunyoqarashning asosiy belgilari va mohiyati. Shaxs dunyoqarashining shakllanishida
aqliy tarbiya muhim o'rin tutadi. Aqliy tarbiya shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti
to'g'risidagi
bilimlarni
berish,
uning
aqliy
(bilish)
qobiliyati,
tafakkurini
shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyat bo'lib, uni samarali yo'lga qo'yish
asosida dunyoqarash shakllanadi.
3. Shaxsda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishning pedagogik-psixologik
xususiyatlari.
Aqliy tarbiya o'quvchilarni ilm-fan, texnika, texnologiya hamda ishlab chiqarish
sohalarida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar bilan tanishtirish, ularda ijodiy, erkin, mustaqil
fikrlash ko'nikmalarini hosil qilishga zamin yaratadi. Aqliy tarbiya jarayonida quyidagi
vazifalar hal etiladi:
Tarbiyalanuvchilarga ilmiy bilimlarni berish.
1. Ularda ilmiy bilimlarni o'zlashtirishga nisbatan ongli munosabatni qaror
toptirish.
2. Mavjud bilimlardan amaliyotda foydalanish ko'nikma va malakalarini tarkib
toptirish.
3. Bilimlarini doimiy ravishda boyitib borishga intilish tuyg'usini shakllantirish.
4. Bilimlarni o'zlashtirishga yordam beradigan psixologik qobiliyatlar (nutq, diqqat,
xotira, tafakkur, ijodiy xayol) va xususiyatlar (aniq maqsadga intilish, qiziquvchanlik,
kuzatuvchanlik, mustaqil fikrlash, ijodiy tafakur yuritish, o'z fikrini asoslash, mavjud
ma'lumotlarni umumlashtirish, guruhlashtirish, mantiqiy xulosalar chiqarish va
hokazolar)ni rivojlantirish.
Aqliy ta'lim va tarbiya birligi asosida shaxsda tafakkur (ijtimoiy voqea-hodisalarning
ongda to'laqonli aks etishi, inson aqliy faoliyatining yuksak shakli) rivojlanadi.
Manbalarning ko'rsatishicha, aqliy tafakkurning mavjud darajasini belgilash bir qadar
murakkab bo'lib, quyidagi belgilarga ko'ra aniqlanishi mumkin:
1. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi.
2. Mavjud ilmiy bilimlarni o'zlashtirib olish jarayoni.
3. Fikrlash ko'nikmasiga egalik.
4. Bilimlarni egallashga bo'lgan qziqish hamda ehtiyojning yuzaga kelganligi.
Aqliy tafakkur uzoq muddat hamda tinimsiz izlanish natijasida yuzaga keladi.
Uning shakllanishida ilmiy qarash va e'tiqod o'ziga xos o'rin tutadi. Ilmiy qarash
(yunoncha "idea"- g'oya, tasavvur, tushunchalar yig'indisi) - muayyan hodisa,
jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g'oya bo'lib, u shaxs
tomonidan mavjud ilmiy bilimlar tizimi puxta o'zlashtirilganda, bilimlarni bir-biri bilan
taqqoslash, solishtirish, predmet, hodisa yoki jarayon mohiyatini tahlil qilish natijasida
yuzaga keladi. O'quvchilarni ijodiy fikrlashga o'rgatish, ixtirochilik ko'nikmalarini
shakllantirish ular tomonidan ilmiy izlanishlarni olib borish va ma'lum ilmiy
qarashlarni ilgari surilishiga zamin yaratadi. Aqliy tarbiyani samarali tashkil etish
shaxsda ilmiy tafakkurning yuzaga kelishini ta'minlaydi. Ilmiy tafakkur - inson aqliy
faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan
ilmiy yondashuvni anglatadi. E'tiqod dunyoqarash negizida aks etuvchi ijtimoiy-
falsafiy, tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-axloqiy, estetik hamda ekologik
bilimlarning takomillashgan ko'rinishi; muayyan g'oyaga cheksiz ishonch bo'lib, uning
shakllanishi bir necha bosqichda kechadi. Birinchi bosqichda ular beqaror va vaziyat
taqozosiga ko'ra o'zgaruvchanlik xususiyatini kasb etadi. Ikkinchi bosqichda ma'naviy-
axloqiy qarashlarning barqaror tamoyillariga aylanadi. Mavjud talab, jamiyat
tomonidan tan olingan axloqiy qoidalardan chetga chiqish qiyin, ziddiyatli vaziyatlarda
ongli harakatni tashkil etish, irodaviy sifatlarga tayangan holda ish ko'rish taqozo
etiladi. Uchinchi bosqichda, e'tiqod barcha vaziyatlarda ham ustuvor ma'naviy-axloqiy
tamoyil bo'lib qoladi. O'quvchi tomonidan o'zlashtirilgan ilmiy bilimlar hayotiy
munosabatlar jarayonida keng qo'llanilganda, ularning asl mohiyati chuqur his qilingan
va anglangandagina e'tiqodga aylanadi.
4. Vatanga sadoqat, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-
oqibatlilik, mas’uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlash
kabi fazilatlarni shakllantirish mazmuni. Bugungi globallashuv jarayonida
dunyoning har qarich yerida inson ongi va tafakkuri uchun jiddiy kurash ketayotgani
ayni haqiqatdir. Birda yovuz, birda madaniy ko‘rinishdagi bu kurash har birimizdan
atrofga teran nazar tashlash, jahonda kechayotgan turfa jarayonlarni aql va tafakkur
bilan sarhisob etishga undaydi.
Ma’lumiki, Prezidentimizning 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ,
2020-yil 25-dekabrdagi O‘zbekiston Yoshlari forumida hamda 2020-yil 29-dekabrdagi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisga Murojaatnomasi da hamda joriy yilning 19-
yanvar kuni Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada
davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha
o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Respublika
Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda vazirliklar,
qator davlat va jamoat tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlashga chorlaydi. Davlatimiz
rahbarining “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni, ruhi
ma’naviyatdir”, degan so‘zlari mohiyatidagi uyg‘onish nafasi Hazrat Navoiy
da’vatlariga mohiyatan uyg‘un bo‘lib, Uchinchi Renessans poydevorini yaratishga
azm-u shijoat bilan kirishgan xalqimiz uchun tarbiya, yaxshi xulq, aql-idrok, bilim,
ma’naviyat naqadar tengsiz qudrat va ruhiy manba ekanligini yana bir bor anglatdi.
Demak, yuksak ma’naviyat bilan jamiyat hayotining tanasi bo‘lgan iqtisodiyot
vujudiga jon, ruh kiradi, unga tiriklik, tengsiz yaratuvchi qudrat baxsh etiladi.
Negaki ma’naviyat va ma’rifat barcha zamonlarda tengsiz qudrat, baxt-saodat, tinchlik,
bunyodkorlik, hamjihatlik mezoni, ruhiy poklanish va qalbni yuksaltiruvchi ne’mat
bo‘lib kelgan.Chunki u millatni, xalqni, demakki, insonlarni yuksak fazilatlar,
kamolotga yo‘llovchi axloqiy mezonlar asosida yashashga, xudbinlik, g‘aflat asiriga
aylanmay
hamisha
yaxshilik
yo‘lida
bedor
bo‘lishga,
bu
olamni
obod
qilishga,go‘zallikka
burkashga
chorlagan.
Endilikda, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarorda ta’kidlanganidek, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni jaholat soyasidan
asrash, tinimsiz chiranib yotgan ma’naviy tahdidlardan himoya qilish uchun tashkiliy-
amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlarini yangi talablar asosida yo‘lga qo‘yish, bu yo‘nalishda
davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda
xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligini mustahkamlash borasidagi ishlarni yangi
bosqichga
ko‘taradi.
Mavjud muammolarni hal etish yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ma’naviy-
ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish ko‘lami va miqyosini yanada
kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida Vatanimizda amalga
oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni
muvofiqlashtirish bo‘yicha yagona tizim yaratish, yoshlarning ma’naviy-axloqiy
kompetentligini rivojlantirishni talab etadi. Bu borada nafaqat respublikamiz, balki
jahon ta’lim tizimida yoshlarning ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish
metodikasi, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash mexanizmi, yoshlarning axloqiy
sifatlarini rivojlantirishning amaliy pedagogik tizimi, o‘qitish modellari texnologik
taraqqiyot g‘oyalari bilan uyg‘unlashtirilgan interfaol dasturlar ta’lim jarayoniga tatbiq
etilgan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining “XXI asrning Oliy ta’limi” Butunjahon
deklaratsiyasi, UNESCOning “Oliy ta’limni isloh qilish va rivojlantirish” dasturiy
hujjatlarida dunyo miqyosida ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga, modulli
ta’limni tashkil etishga, o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etish orqali talaba-
yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash metodikasini yanada takomillashtirishga
alohida e’tibor berilgan. Jahon oliy ta’lim tizimida yoshlarni kasbiy ijtimoiylashtirish,
ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirish, ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini
tarbiyalash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
AQSH, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Xitoy, Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda
talaba-yoshlarning tafakkurini o‘stirish, qobiliyatlarini erta aniqlash, ma’naviy-axloqiy
tarbiyalash mexanizmlari samaradorligini oshirish metodikasini takomillashtirishda
modulli o‘qitish, “blended learning” (aralash o‘qitish), mahorat darslari, vebinarlar
tashkil etilib kelinmoqda. Respublikamizda ko‘pgina olimlar tomonidan ma’naviy-
axloqiy tarbiya jarayonining turli jihatlari o‘rganilgan hamda ushbu tadqiqotlar
natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash imkoniyatlari tavsiya etilgan. Bu
tadqiqotlarning ba’zilari keng qamrovli bo‘lgan ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonining
ma’lum bir qirrasini tahlil etishga qaratilgan bo‘lsa, boshqalari ta’lim-tarbiya
jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning mazmunini boyitishga va turli o‘quv
kurslarida yangi usullarini qo‘llashga yo‘naltirilgan, ta’lim muassasalarida tarbiyaviy
ishlar tizimini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. Ma’naviy-axloqiy tarbiya
jarayonini rivojlantirish borasida milliy qadriyatlardan foydalanish yo‘llari va milliy
tarbiya asoslari, ma’naviy-axloqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari,
oliy ta’lim tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirish hamda bo‘lajak
mutaxassislarning ma’naviy-kasbiy tayyorgarligi muammosi, ayniqsa, ta’lim
muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini samarali tashkil etish masalalari bo‘yicha
V.Karimova, N.Dj.Mahmudova, O.Musurmonova, Sh.Sh.Olimov, M.Quronov,
N.X.Oripova,
Z.Q.Ismoilova,
N.A.Muslimov,
N.M.Ochilova,
Y.P.Azarov,
Z.E.Azimovalarning ilmiy ishlarida oliy ta’lim tizimida ma’naviy-axloqiy tarbiyani
shakllantirish hamda bo‘lajak mutaxassislarning ma’naviy-kasbiy tayyorgarligi
muammosi tahlil qilingan . Binobarin, professor O.Musurmonova tomonidan ishlab
chiqilgan xulosalar ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lsa-da, ularni amalga oishirish
metodlariga oid tavsiyalarida izchillikka e’tibor qaratish lozim. Talaba-yoshlar
ma’naviy madaniyatini shakllantirishga doir shakl va metodlar (konferensiya darslari;
seminar dars; munozara darsi; amaliy dars; o‘yin darsi; sayohat darslari; rolli darslar;
tarbiyaviy tadbirlar; ekskursiya; davra suhbatlari; kichik guruhlarda ishlash; ma’naviy
madaniyatni shakllantirish metodlari: muammoli-munozarali vaziyat; qiyosiy-izohli
tahlil; badiiy-ma’rifiy asarlar ustida ishlash; ijodiy ish; tushunchali tahlil; mantiqiy
tahlil; timsollar tahlili; ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni sharhlab o‘rganish; mustaqil ish
va h.k.) tizimi ma’naviy-axloqiy tarbiya metodikasi taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
Shunisi e’tiborliki, ma’naviy-axloqiy tarbiya yo‘nalishlarini ta’lim bosqichlari
bo‘yicha tasniflash mustaqillik davridagi pedagogik tadqiqotlarning yetakchi
xususiyatidir.Jumladan, Sh.Sh.Olimov tomonidan kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini
ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning mazmuni, shakl va metodlarini nazariy jihatdan
takomillashtirish va amaliyotga joriy etishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan
yangi tadqiqotda muallifning kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarini ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda imkoniyati yuqori bo‘lgan fanlarga e’tibor qaratish, har bir fan mazmuni
va malaka talablari asosida tarbiya usullarini tanlash, dars mashg‘ulotlarida
noan’anaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, darsdan tashqari ishlar jarayonida
tarbiyaviy tadbirlar tashkil etish yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalari ilmiy-metodik
jihatdan ilm-fanning so‘nggi yutuqlari asosida yoritilganligi bilan ajralib turadi.
Z.Ismailovaning
ma’naviy-ma’rifiy
ishlarda
talaba-yoshlar
shaxsini
axloqiy
tarbiyalash masalasiga doir ilmiy ishida [9] Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq
farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo
bag‘rikenglik kabi asosiy g‘oyalar talaba shaxsini axloqiy shakllantirish mezoni
sifatida belgilangan. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning asosiy xususiyatlari
bo‘lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalari muqaddasligi, ota-ona, mahalla-ko‘y,
umuman, jamiyatga yuksak hurmat-e’tibor, millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga
muhabbat, sabr-bardoshlilik, mehnatsevarlik, halollik kabilar talaba-yoshlar shaxsini
axloqiy shakllantirishning asosiy omillari ekanligi e’tirof etilgan. Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar jarayonida talaba-yoshlar shaxsini axloqiy shakllantirish modeli ishlab
chiqilganligini mazkur dissertatsiyaning muhim jihatlaridan biri deyish mumkin.
5. Innovatsion tarbiya texnologiyalarining o‘quvchilarning axloqiy sifat va
fazilatlarini shakllantirishda foydalanish.
Yosh avlod tarbiyasi, avvalo, pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liq. Shu o‘rinda,
yurt kelajagi va istiqboli ko‘p jihatdan o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga,
fidoyiligiga, o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqligini qayd
etish mumkin. O‘qituvchi kasbiy axloq va odob normalarini mukammal egallasagina,
o‘z kasbining fidoyisi bo‘la oladi. Bugungi kunda ana shunday fidoyilik har
qachongidan ham muhim ekanligi ushbu sohada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot
ishlarining
dolzarbligini
yanada
oshiradi.
Yoshlarda pedagog odobi fazilatlarini shakllantirish alohida obyekt sifatida o‘rganilgan
N.M.Ochilovaning dissertatsiya ishida muammoning nazariy asoslari va xususiyatlari
tahlil qilingan hamda bu borada qo‘llanilgan samarali yondashuvlar taqdim etilgan.
Tadqiqotda pedagog odobi fazilatlarini shakllantirish modeli ishlab chiqilgan. Bundan
tashqari, ishda talabalar axloqiy tarbiyasining joriy holati, pedagogik faoliyat uchun
zarur axloqiy fazilatlarning namoyon bo‘lishi masalalari o‘rganilgan bo‘lib,
“O‘qituvchi odobi” nomli maxsus kurs tashkil etib, unda “Jamiyatning o‘qituvchi
shaxsiga munosabati”, “O‘qituvchi shaxsining jamiyatga munosabati”, “Vatanga
munosabat”,
“O‘z-o‘ziga
munosabat”,
“Mehnatga
munosabat”,
“Insonlarga
munosabat” mavzulari doirasida pedagog odobi xususiyatlari, munosabatlarda kasb
odobi fazilatlarining aks etishi va uning o‘ziga xosligi mavzusida ma’ruzalar tashkil
etish
g‘oyasi
ilgari
surilgan.
Bu borada Z.K.Ismailovaning “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”
asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyaning nazariy eksperimental metodik asoslariga doir
ilmiy-tadqiqot ishi alohida o‘rin tutadi. Muallif tomonidan barkamol shaxsni
tarbiyalash metodlarining xususiy axloqni tarbiyalash metodlari; jamoatchilik orqali
xulq-atvorni shakllantirish metodlari; ijtimoiy ong va axloqni shakllantirish metodlari;
o‘z-o‘zini boshqarish va tarbiyalash metodlari; rag‘batlantirish metodlariga bo‘linishi
tarbiya metodikasining tub mohiyatini tashkil etish orqali talabalarning ma’naviy-
axloqiy kompetentligini rivojlantirish maqsadga muvofiq ekanligini alohida qayd qilish
mumkin.
O‘zaro fikr almashish. Tahlillar asosida yoshlarning ijtimoiy faolligi va
tashabbuskorligi asosida ma’naviy-axloqiy kompetentligini rivojlantirishda ma’naviy-
axloqiy bilimlar, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, ma’naviy-axloqiy fazilatlar, ma’naviy
faoliyat kabi komponentlarni o‘z ichiga olishi aniqlandi
Ma’naviy-axloqiy tarbiyaning tarkibi sifatida ma’naviy-axloqiy bilimlarning
shakllanishi natijasida talaba-yoshlarda baxt, vijdon, burch, adolat, or-nomus,
muhabbat, ezgulik, shon-sharaf, e’tiqod, sadoqat kabi bir qancha axloqiy kategoriyalar
shakllanadi.
Ma’naviy-axloqiy
bilimlarni
o‘zlashtirgan
talaba-yoshlarda
tashabbuskorlik, ijtimoiy faollik, vatanparvarlik, halollik, mehnatsevarlik, kamtarlik,
fidoyilik kabi fazilatlar qaror topa boshlaydi. Ushbu fazilatlarga ega yoshlar axloqiy
me’yorlar talablarini ongli bajaradi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar sanalmish
ma’naviy meros, urf-odat va an’analarga nisbatan hurmatda bo‘ladi. Ammo ma’naviy-
axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish, uni tushunish, ezgu fazilatlarni tarkib
toptirish hali yoshlarning ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalanganini anglatmaydi.
Insoniylik fazilatlari qachonki hayotiy tajribalarda aks etib, shaxsning munosabatlarga
kirishish faoliyatida yorqin namoyon bo‘lsa, bu uning tarbiyalanganlik darajasini
belgilaydi.
Jamiyat taraqqiyoti uchun, avvalo, ma’naviy-axloqiy kompetentli, ijtimoiy faol shaxsni