BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
Yuklangan vaqt
2024-10-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
22
Faytl hajmi
35,3 KB
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA IJTIMOIY
KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
Reja:
1.O‘quvchilarni o‘rganish, kuzatish va ta’sir ko‘rsatish.
2.O‘quvchilarda ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirish.
3.Tarbiya jarayonida diagnostika va korreksion faoliyat mazmuni.
4.Pedagogik diagnostika metodlari.
Tayanch so’zlar. Pedagogika, kompetensiya, korreksiya, pedagogik faoliyat,
korreksion faoliyat, diognostika, anomal bola, anomaliya, suhbat metodi, kuzatish
metodi, rasmlarni o‘rganish metodi, tajriba-psixologik tadqiqotlar metodi, testlar
metodi.
Kompetensiya (lot.competo-erishyapman, munosibman, loyiqman) –u yoki bu
sohadagi bilimlar, tajriba. O‘qituvchi - muallimlarning shaxsiy ijtimoiy sifatlariga
azaldan e’tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga
qo‘yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan.
3. Boshlang’ich sinflarda tayanch kompetensiyalarni shakllantirish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi
vazirligi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013 yil 22-avgustdagi
“Umumta’lim maktablari fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning Davlat ta’lim
standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qaroriga asosan
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan fanlar
bo‘yicha amaliyotchi o‘qituvchilar, metodistlar va yetakchi olimlar tomonidan
o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti
va o‘quv dasturlarining loyihasi ishlab chiqilgan edi.
Qo‘shma yig‘ilishining qaroriga asosan, bitta sinfda bir paytda bir necha fanlar
bo‘yicha DTS va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilandi.
Unga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim va Xalq ta’limi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi markazining 2014 yil 15-avgustdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompetensiyalarni
shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini loyihalari
tajriba-sinovdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma buyrug‘i qabul qilindi. 2014-2015-
o‘quv yilidan Qoraqolpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil etilgan
respublika miqyosida 70 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasasida, shuningdek, Xalq
ta’limi vazirligi tasarrufidagi 6 ta aniq fanlarga, filologiya fanlariga, profilli mehnat
ta’limiga, tabiiy fanlarga, xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim
maktablarida tajriba-sinov ishlari olib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori bilan bugungi kunda amalda foydalanilayotgan “Umumiy o‘rta ta’limning davlat
ta’lim standarti va o‘quv dasturi (boshlang’ich ta`lim:ona tili, o`qish, matematika,
tabiiyot (1-4-sinf)” 2017 yil 6-aprelda 187-son qaror bilan ijroga kiritildi. Unga ko’ra
davlat ta’lim standartining maqsadi va vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
Davlat ta’lim standartining maqsadi - umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga
oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or
tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga
asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni
tarbiyalashdan iborat. Ko’rinadiki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun
tayanch kompetensiyalarni
shakllantirishimiz
zarur.
Kompetensiya
nima?
Kompetensiyaviy yondoshuv deganda nimani tushunamiz? Dastlab shu savollarga
javob berishimiz maqsadga muvofiqdir. Kompetensiya (lot. compete – erishayapman,
munosibman, loyiqman) – 1) muayyan davlat organi (mahalliy o’zini o’zi boshqarish
organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan
vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba. Biz bu
ta’riflarning ikkinchisiga to’xtalamiz va kompetensiya tushunchasining avvaldan bizga
ma’lum bo’lgan bilim, ko’nikma va malakaga yaqin tushuncha ekanligini anglaymiz.
Ta’limda kompetensiyaviy yondoshuv deyilganda, o’quvchilarning shaxsiy, kasbiy va
ijtimoiy hayotlarida uchraydigan vaziyatlarda egallagan turli xildagi malakalarini
samarali ravishda qo’llashga o’rgatish tusuniladi. Inson o’z hayotida shaxsiy, ijtimoiy,
iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o’z o’rnini egallashi, duch
keladigan muammolarning yechimini hal etishi,eng muhimi o’z sohasi, kasbi bo’yicha
raqobatbardosh kadr bo’lishi uchun zarur bo’lgan tayanch kompetensiyalarga ega
bo’lishi
lozim.
Tayanch
kompetensiyalarga
esa
axborotlar
bilan
ishlash
kompetensiyasi, o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol fuqarolik
kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, matematik savodxonlik, fan
va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari
kiradi.
Kommunikativ kompetensiyani boshlang’ich sinf o’quvchilarida shakllantirish
juda muhimdir. Ma’lumki, mafkuraviy tarbiyaning eng ta’sirchan vositalaridan biri
muloqot hisoblanadi. Chunki inson qalbida va ongida shakllanadigan dunyoqarash,
e’tiqod, iymon, vijdon, mas’uliyat kabi fazilatlar tarbiyasida radio-televideniya, gazeta-
jurnallar, badiiy hamda ilmiy adabiyotning o’rnini e’tirof etgan holda shuni aytish
mumkinki, yuzma-yuz kechadigan fikralmashuv, insonning yuzi va ko’ziga qarab turib
aytiladigan bama’ni so’z va hissiyotlarning o’rni beqiyos. Shuning uchun ham ota-ona
bir gapni aytishi lozim bo’lsa, bolasining yuzini o’ziga qaratib olib, zarur yuz qiyofasi
va ko’zidagi samimiyat bilan fikrini uqtira boshlaydi. Va bunday muloqot, albatta,
samarali bo’ladi. Shu bois o’qituvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’quvchi va ota-ona –
o’quvchi o’rtasidagi muloqot ta’lim-tarbiya jarayonida katta ahamiyatga egadir.
Bolalar nutqining rivojlanishi ularning faoliyati, muloqoti bilan uzviy bog’liqdir. Bola
jumlalarining mazmuni va shaklidagi o'zgarish uning muloqot shakllari o'zgarishi bilan
bog'liq bo'ladi. Ilk bolalik davriga xos situativ nutq ishchan muloqot shaklidan
nosituativ bilishga yo'naltirilgan va nosituativ-shaxsiy muloqot shakliga o'tilishi bolalar
nutqiga ma'lum bir talablarni qo'yadi. Bu talablar bola nutqining yangi-yangi
tomonlarini, turli kommunikativ masalalarni hal qilishi uchun zarur bo'lgan
xususiyatlarni tarkib toptiradi. Bolaning nutqi sotsial kontaktlarni o'rnatish
funktsiyasini bajara boshlaydi. Buning uchun esa bolada ichki nutq tarkib topishi,
monologik xususiyat kasb etib borishi lozim bo'ladi. Bola nutqining rivojlanishidagi
muhim xususiyat - nutq tafakkur quroliga aylanishidan iborat. Bola so'z-lug'at
boyligining o'sishida 2 muhim tomon — miqdor va sifat tomonlari mavjud. Lug'at
boyligining miqdoriy o'sishi D.B. Elkoninning ko'rsatishicha, bevosita bolaning hayot
sharoitlari va tarbiyalanish xususiyatlariga bog'liq. So'nggi yillarda u yoki bu yoshdagi
bolalar nutqining lug'at tarkibini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotlarda avvalgi
tadqiqotlarga nisbatan yuqoriroq miqdoriy ko'rsatkichlar aniqlandi. Kommunikativ
kompetensiyada o’quvchining muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni,
hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirish ham o’z o’rniga
ega. Umuman maktab o’quvchisining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli
o’tishiga
bog’liq
bo’ladi.
Ulg’ayayotgan
kishining
hayotdagi
mavqeyini
shakllantirishda, uning hayot yo’lini belgilashda, o’z vazifasini anglatishda
o’qituvchining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan faol va qat’iy
faoliyati zarur hisoblanadi. Demak, bola kommunikativ kompetensiyani egallashi
orqali uning nutqi, muomala-munosabat va bilish darajasi oshib boradi.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasida ta’lim samaradorligini oshirishda
zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuter va kompyuter tarmoqlari negizida
ta’lim jarayonini axborotlar bilan ta’minlashni rivojlantirish uchun texnika va
texnologiyani bilish va ulardan foydalana olish, funksiyalari va strukturasini bilishi,
texnologiyalarini joriy eta olishi talab qilinadi. Zamonaviy sharoitda shaxs tomonidan
ozlashtiriladigan axborotlarning asosiy manbalari - davriy matbuot (gazeta, jurnal va
b.), audiovisual ommaviy axborot vositalari (radio, televideniya), ovozli va video
yozuvlar, axborot-kommunikatsion vositalar (kompyuter tizimi, internet), reklama va
hokazolar sanaladi. Ushbu axborot manbalari bilan to’g’ri ishlashni o’rganish uchun
ham axborotlar bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirishimiz lozim. Zero, bugungi
taraqqiyot asrida bolalarni bu kabi vositalardan cheklashning imkoni yo’q. Shuni ham
unutmaslik kerakki, global axborotlashuv sharoitida haddan tashqari katta hajmdagi
axborotga egalik shaxsga ta’lim berish jarayonini qiyinlashtiradi. Bu qiyinchilik shu
bilan bog‘likki, birinchidan, yosh avlod katta hajmdagi “axborot maydoni” - rang-
barang ma’lumotlarga duch keladi. Yоsh xususiyatiga ko‘ra esa voyaga etgunga,
ma’lum darajada dunyoqarashga ega bo‘lgunga qadar shaxs uchun mavjud
axborotlarning barchasi qiziqarli hisoblanadi. Biroq shuni alohida qayd etib o‘tish
zarurki, barcha qiziqarli axborotlarning hammasi ham foydali, shaxs kamolotini
ta’minlashga xizmat qiluvchi ma’lumotlar bo‘lavermaydi. Ikkinchidan, axborotlashgan
jamiyatda to‘plangan ma’lumotlar yosh, psixologik xususiyatiga ko‘ra qiziquvchan,
har qanday holat, voqelik, hodisa, jarayonning mohiyatini anglashga intiluvchi yoshlar
tomonidan tinimsiz ravishda o‘zlashtiriladi. O‘z mohiyatiga ko‘ra tizimsiz ravishda
o‘zlashtirilgan ma’lumotlar shunchaki axborot bo‘lib, ular bilim sanalmaydi.
Uchinchidan, yoshlarning hali xayotiy tajribaga, barqaror ma’naviy-axloqiy
tamoyillarga ega bo‘lmay turib, haddan tashqari katta hajmdagi “axborot maydoni”dan
uzluksiz ravishda ma’lumotlarni o‘zlashtirishlari ortiqcha yuklamalarga ega
bo‘lishlariga olib keladi. Katta miqdordagi yuklama esa o‘z-o‘zidan inson miya
faoliyatida ma’lumotlarni qabul qilish, ularni o‘zlashtirish, qayta ishlashda zo‘riqishni
yuzaga keltiradi. Ruhiy zo‘riqish o‘z navbatida tushkunlikni keltirib chiqaradi.
Tushkunlikning doimiy rivojlanishi esa asab tizimi kasalliklarining yuzaga kelishiga
sabab bo‘ladi 1 . O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasini egallash ham boshlang’ich
sinflarda muhim ahamiyatga ega. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi har bir bolada
o'ziga xos tarzda kechadi. Dunyoning rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan AQSH
pedagogikasidagi ta’limotda ham quyidagilarni ko‘rish mumkin:
-bolani o‘z kuchi, imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash;
-o‘quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun
kurash;
-bolani kamsitmaslik, insoniy qadriyatlarni va g‘ururini erga urmaslik;
-o‘quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo‘naltirish, Vataniga faxr va iftixor
ruhida tarbiyalash.
Shuningdek, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi rol o‘ynaydi va asosiy maqsad
intellektni mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o‘rgatishdir.
Ma’lumki, bola bilimga qiziqmasdan turib, o’qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli
o’qiy olmaydi. Bolada o’z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o’qishga jalb
etish, ilk yutuqlari uchun rag’batlantirish, ayniqsa, ahamiyatlidir. Boladagi o’qishga
qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg’otishga va
mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. Sinf rahbarlarining madaniyat darajasining
kengligi, pedagogik odob talablariga rioya qilishi, har bir bola shaxsini inson sifatida
hurmat qilishi bilan unga nisbatan talabchanlikni unutmaslik, tashkilotchilik
malakalariga ega bo’lishi, o’z malakasini tinimsiz oshirib borish bilan ishga ijodiy
yondashish talab qilinadi. O'zini-o'zi anglashning rivojlanishi bolaning bilish va
motivatsion sohalari shakllanishi bilan uzviy bog'liq bo'ladi. Mana shu sohalarning
rivojlanib borishi natijasida bola ham o'zini, ham o'zi egallab turgan vaziyatni
anglashga qodir bo'la boshlaydi, ya'ni unda o'zining ijtimoiy "men"ini anglash
shakllanadi. Bu hodisa bolaning keyingi yosh bosqichiga o'tishida muhim rol o'ynaydi.
Bu davrda bolalarda ixtiyoriy harakatlar rivojlanishi bilan birga irodaviy jarayonlar
ham ko'rina boshlaydi (maqsad qo'yish, yo'1-yo'riq hamda vositalarni belgilash,
qarorga kelish va qarorni ijro etish). Bolalar irodaviy harakatlarini o'stirish va
mustahkamlashda ularni mehnat mashg'ulotlariga jalb qilishning ham ahamiyati
kattadir. Bolalarga biron mehnat topshirig'i berilsa, ular ayni chog'dagi o'zlarining
mayl-xohishlarini yengib, mehnat topshiriqlarini o'z vaqtida bajarishga intiladilar.
Bolalardagi irodaviy harakatlami rivojlantirish maqsadida ularni o'z-o'ziga xizmat
qilish, sinfda navbatchilik qilish, gullarni parvarish qilish va tabiat burchaklarida
navbatchilik qilish kabi mehnat turlariga jalb qilish zarur. Bunda faqat mehnat
topshiriqlari berish bilangina cheklanib qolmay, balki bolalarning bu topshiriqlarni
qanday bajarayotganliklarini ham tizimli ravishda tekshirib, nazorat qilib turish lozim.
Ana shunday qilgandagina bolalarda javobgarlik hissi yuzaga keladi. Bundan tashqari
bolalarda ijtimoiy motivlarning ta'siri bilan bir qator irodaviy sifatlar, ya'ni qat'iylik,
mustaqillik, tashabbuskorlik, dadillik kabi sifatlar tarkib topa boshlaydi. Lekin bolalar
irodasining bunday sifatlari katta odamlarnikidek mustahkam, ya'ni xarakter
xislatlariga aylanib ketgan darajada bo'lmaydi. Bolalarda ko'rinadigan ba'zi iroda
sifatlari (qat'iylik, mustaqillik kabi) ko'pincha epizodik xarakter kasb etadi. Bu
yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron to'sqinlik uchrab qolsa, o'zlari mustaqil
ravishda bartaraf qilishga urinadilar. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi Jamoa
rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilaridan biri – o’quvchilarning
birgalikdagi faoliyatiga ishtiyoqi hisoblanadi. Kechaga tayyorgarlik ko’rish,
shanbaliklarda ishtirok etish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan
ishlarda ko’zga tashlanadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishda
o’quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo’ladigan munosabatilarni
tahlil etish bilangina cheklanib bo’lmaydi. Sinf rahbari ishining o’ziga xos xususiyati
shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o’quvchilar jamoasini
shakllantiradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi o’qishdan iborat. Shuning uchun sinf
rahbari dastavval bolalarning o’qishda o’quvchilarning o’zaro ga qanday munosabatda
ekanliklarini, o’zlarini darsda qanday tutishlarini, bir-biriga sidqidildan yordam berish
yoki bermasligini kuzatadi va kerakli tadbirlarni qo’llaydi. Maktab o’quvchilarining
bilimga qiziqishi ularning hayotiy ehtiyojlariga bevosita bog’liqdir. Maktab hovlisidagi
bog’, tokzor, issiqxonada o’tkaziladigan amaliy jarayon – daraxtlarni butash, ularga
payvand solish, tok kesish, daraxt o’tqazish, issiqxonalarda pomidor, sabzavotlar
yetishtirish qoidalari o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otadi. Bilimga bo’lgan qiziqishni
shakllantirish va o’stirishda sinflarni, o’quv xonalarini va maktab binosini jihozlash
ham katta ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarda bu jarayon turli qarashlar, did,
dunyoqarashni shakllantiradi, estetik zavq uyg’otadi, tegishli ma’lum sohalarga havas
uyg’otadi. Shuningdek, tadbirlar yoki sayohatlar orqali ham ijtimoiy faol fuqarolikni
tarbiyalash mumkin. Milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirishda
boshlang’ich sinf o’qituvchisining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi
muhim ahamiyat kasb etadi. O’qituvchi ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga
ega bo’ladi. O’qituvchining shaxsiy fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining
va xulqining shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchi uchun malaka va
ko’nikmalarga ega bo’lishning o’zi yetarli emas. U o’z tarbiyaviy faoliyatida yuksak
darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi, odamiyligi, axloqiy
sifatlari bilan ham ta’sir kuchiga ega. Chunki, o’qituvchilik qobilyati juda ko’p
sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga
bo’lgan cheksiz muhabbat, muomala, nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament,
oqil va adolatlilik namunasi, alohida nazokat, sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning
bo’lishini taqozo qiladi. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan
xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasida o’quv mehnatiga ongli
munosabatda bo’lishlik ta’limning ijtimoiy, o’qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish
demakdir. Odatda muammoli vaziyat vujudga kelganda odam favqulodda hech
kutilmagan, notanish, tushunilishi murakkab bo’lgan, noma’lum narsa va hodisalar
bilan uchrashadi. Aqliy zo’r berish natijasida iroda sifatlarini ishga solish orqali
munozarali vaziyat anglashilgan masalaga aylanadi. O’zlashtirishning past bo’lishi,
aksariyat hollarda, o’quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko’nikmasining
bolalarda
shakllanmaganligidan
kelib
chiqadi.
Sinf
rahbarining
va
fan
o’qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o’quvchining faoliyatini quyidagi shartlar
asosiga qurish bilan bog’liq:
1. Faoliyatni reja asosiga qurish.
2. Qunt bilan ishlash.
3. Pala-partishlikka yo’l qo’ymaslik, saranjomlikka o’rganish.
4. Bilim sifatini oshirish.
5. Qiyinchiliklarni yengish.
6. O’quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu o’quv mehnatini
o’quvchining dam olishi bilan to’g’ri almashtirib borilishidir.
7. O’qishda o’rtoqlarcha o’zaro yordam uyushtirish. O’rtoqlarcha o’zaro
yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik
ruhining shakllanishiga olib keladi. 8. Sinf o’qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf rahbari
ta’lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o’zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi boshqa
o’qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi.
Sinf o’qituvchisining asosiy vazifasi har bir o’quvchini mantiqiy fikrlashga
o’rgatishdan iboratdir. Ayniqsa, bolalarda o’qish qiyinchiliklarini yengish, tushunib
o’qish va kitob bilan mustaqil ishlash, uy vazifalarini bajarishda rioya qilishi lozim
bo’lgan intizom, olgan bilimlarini amalda qo’llash kabi zarur sifatlarni shakllantirish
katta ahamiyatga egadir. O’quvchilarni o’quv mehnatida muayyan rejaga itoat etishga
o’rgatish orqali ham boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’zlashtirish sifatini oshirish
mumkin.
Zamonaviy jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlar
o'qituvchiga yangi talablarni keltirib chiqardi. Bu keng ko'lamli umumiy madaniy,
professional va maxsus vakolatlarga ega, yangi kasbiy talablar va mehnat sharoitlariga
munosib javob bera oladigan mutaxassis bo'lishi kerak.
Shiddat bilan o'zgarib borayotgan jamiyatda yashash va ishlashga tayyor bo'lgan
professional o'qituvchini tayyorlash - bu kasbiy pedagogik ta'lim tizimi oldida turgan
strategik vazifadir. Shuning uchun bugungi kunda ta'limning kompetensiya
paradigmasiga o'tish dolzarblashmoqda[1].
Bo’lajak mutaxassisning bilim, ko’nikma va malakalarini aniq amaliy vaziyatda
amalga oshirish qobiliyatiga ega bo’lishi kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan
ta'limning ustuvor maqsadidir. Shuning uchun ham bolajak
O’qituvchining mutaxassis sifatida shakllanishida pedagogik amaliyot muhim
sanaladi. Ushbu davrda talabaning tajriba to’plashi, yangi bilim va ko’nikmalarni
egallashi, kasbiy vaziyatlarga moslashuvi ortib boradi. Kasbiy kompetensiyani
shakllantirish bosqichma-bosqich va doimiy tarzda amalga oshiriladigan jarayondir[2].
Bo’lajak o’qituvchilar amaliyot davrida turli vazifalarni bajarar ekan, Davlat Ta’lim
Standartida belgilangan ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirishga
alohida ahamiyat berishlari kerak. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi jamiyatda
bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok
etish, o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va
fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini
shakllantirishni nazarda tutadi[3].
Kichik yoshdagi o’quvchining ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirishda bir qator ichki va
tashqi omillarni hisobga olish kerak. Tashqi omillarga ijtimoiy rivojlanishning hozirgi
bosqichi, bolaning ijtimoiy hayoti, sharoitlari va ijtimoiy muhit kiradi. Ichki omillar -
bu bolaning aqliy rivojlanish xususiyatlari, uning yoshiga xos rivojlanishi va individual
individual xususiyatlari. Agar bir qator shartlar bajarilsa, boshlang'ich maktab
o'quvchilarida ijtimoiy qobiliyatlarni samarali shakllantirish mumkin: Jamoada tegishli
rivojlanish muhitini yaratish (o'qituvchi sinfda ishonch va xayrixohlik muhitini
yaratishi kerak). Kichik yoshdagi o’quvchi o'zini xavfsiz his qilishi, shu bilan birga
bosimni his etishi kerak, o'qituvchi o'zining shaxsiy xususiyatlariga hurmat ko'rsatishi
kerak. Ijtimoiy moslashuvning asosiy maqsadi - bolalarga turli xil faoliyat turlari bilan
shug'ullanish orqali hayotiy tajriba orttirishga yordam berish, o'quvchilarda Pedagogik
ta’lim klasteri: muammo va yechimlar kundalik muammoli vaziyatlardan chiqib ketish
uchun ijtimoiy maqbul yo'llarning mustaqilligini yetarli darajada rivojlantirish.
Ertak terapiyasi boshlang'ich maktab yoshidagi bolalar bilan muloqot qilishning
samarali usuli sifatida bir qator muammo va vazifalarni hal qilish uchun uzoq vaqtdan
beri taniqli o'qituvchilar, psixologlar va bolalar bilan ishlash bo'yicha boshqa
mutaxassislar tomonidan keng qo’llanib kelinadi. Odatda bu maqsadlar uchun
tarbiyaviy va terapevtik ta’sirga ega kichik xalq ertaklari yoki badiiy ertaklar ishlatiladi.
Oila bilan ishlash bo'yicha mutaxassis, ijtimoiy amaliyotchi I.V.Naumovning
“Binafsha o’rmon sirlari”mualliflik ertagi boshlang'ich sinf o'quvchilarida ijtimoiy
kompetensiyalarni shakllantirish jarayoniga, ularning jamiyatda muvaffaqiyatli
moslashuviga hizmat qiladi. Ushbu texnologiyadan foydalanish maqsadga muvofiqligi
shundaki, boshlang'ich maktab o'quvchilarida ertaklar katta qiziqish uyg’otadi. Ijtimoiy
kompetensiyalarni shakllantirishda ertak terapiyasining vositalari o'ziga xos
xususiyatlari:
o'z-o'zini bilish va o'zini anglashga qaratilganligi;
ertaklarning samaradorligi didaktik, axloqiy ko’rsatmalarning yo’qligi;
aniq personifikatsiyalarning yo’qligi;
obrazli va majoziy til;
psixologik xavfsizlik;
sir va sehrning mavjudligi[4].
Zamonaviy mualliflik ertagining jozibadorligi – uning dolzarbligida, zamonaviy
bola uchun yaqin va tushunarli bo'lgan narsalar haqida so’z ketayotganligidadir.
Bolalarda ijtimoiy kompetensiya shakllanishning boshlang'ich darajasini
aniqlash turli xil texnikalardan foydalangan holda amalga oshiriladi: bolaning o'zini
o'zi qadrlashi, shaxsning ijtimoiylshuvini o'rganish usullari, hissiyotlarni aniqlash,
sotsiometriya usullari, bolalar jamoasidagi psixologik munosabatlar va undagi har bi
bola mavqeini aniqlash.
Mualliflik ertagidan ertak terapiyasi usuli sifatida foydalaniladigan darslar:
bolalarning faolligi va mustaqilligini sezilarli darajada oshirishga;
xulq-atvorni ixtiyoriy tartibga solish, yuqoriga ko'tarish;
bilimni oshirishga faol qiziqish, faol pozitsiyani rivojlantirishga qobiliyat;
muloqotning kommunikativ tomoni bilan bog'liq ko'rsatkichlarini
yaxshilash;
Pedagogik ta’lim klasteri: muammo va yechimlar
belgilangan o'z-o'zini anglashning o'sishi va ijobiy tomon o'zgarishlar o'sishi,
"rad etilgan" va "qabul qilinmagan" toifasidagi bolalarda o'z-o'zini hurmat qilishi;
vaziyatli muammolarni hal qilish usullarini tanlashga imkon beradi[4].
Mualliflik ertagidan foydalanish psixologik muhitning yaxshilanishiga,
bolalarning
holati tenglashuviga xizmat qiladi va munosabatlarni mustahkamlash uchun
doimiy moyillik kuzatildi. Ijtimoiy kompetensiyalar shakllanishi sezilarli darajada
oshadi: bolalar bir-birlariga ko'proq e'tibor berishadi, tez-tez yordam berishni
boshlaydilar, turli muammolarni hal qilishda, munosabatlarda bag'rikenglik kuzatiladi,
haqoratli so'zlar va iboralar kundalik hayotni tark eta boshlaydi.
Pedagogik lug‘atda “korreksiya” tushunchasi (yunoncha “correctiio” —
tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal
bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq)
sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion profilaktik
faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o‘qitish, psixokorreksion
faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim das turiga muvofiq mutaxassislar
yordamida anomal o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo‘naltirilgan
yaxlit jarayon.
Korreksiya-hayotiy chekinishlarga uchragan bolalar va o'smirlar bilan olib
boriladigan aniq faoliyatdir. Bir qator olimlar: R.S. Nemov, D. V. Olshanskiy, G.
Broyer, G. Matteslar: “Pedagogik korreksiya-tarbiya jarayonida yoshlarning ma’naviy-
ma'rifiy sohalardagi oldindan yo'l qo'yilgan nuqsonlarni bartaraf etish jarayonidir” -
deb hisoblaydilar. N. V. Kuzmina bu jarayonni: «Korreksiyalash jarayoni-
o'quvchilarning ongiga, his-tuyg'ulariga ta'sir etuvchi va turli ijobiy qobiliyatlarini
shakllantiruvchi faoliyat turidir» -deb tavsiflaydi. Korreksiyalash ta’sirida o'quvchi-
yoshlarning g'oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga,
jamiyatga ilmiy qarashlari tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari
mustahkamlanadi va shu bilan birgalikda tarbiya masalalari amalga oshiriladi.
Korrektsiya jarayonida yoshlarda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga
muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlari hosil qilinadi. Bunga erishish uchun
o'quvchining ongiga (ta'lim jarayonida), hissiyotiga
(darsda va sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni
idora
qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta'sir etib boriladi.
Demak, pedagogik diagnostika va korreksiya jarayonida bulardan birortasi
(tafakkuri, ongi, hissiyoti, irodasi, qarashlari) e'tiboridan chetda qolsa, maqsadga
erishish qiyinlashadi.
Korreksion pedagogikaning asosini anomal bolalarni har tomonlama, fiziologik
va psixologik o‘rganish tashkil etib, uning vazifalari sirasiga quyidagilar kiradi:
1) rivojlanishida turli kamchiliklar bo’lgan bolaning nuqsonlarini tuzatish va
korreksion-kompensatorli imkoniyatlarini aniqlash;
2) differensatsiyali o‘qitish va tarbiyalashni amalga oshirish maqsadida anomal
bolalarning muammolarini hal etish;
3) anomal bolalarni aniqlash va hisobga olish;
4) rivojlanish anomaliyasini erta diagnostika qilish metodlarini ilmiy jihatdan
ishlab chiqish;
5) bolalarda rivojlanish nuqsonlarini tuzatish, yo‘qotish yoki kamaytirish
bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
6) anomal bolalikning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora tadbirlar tizimini
ishlab chiqish;
7) anomal bolani rivojlantirish va uni ijtimoiylashtirish jarayonining
samaradorligini oshirish.
Rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi
yo‘nalishlarda olib boriladi:
1.Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash,
ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o‘rganish.
2. Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo’lgan bolalar bilan korreksionpedagogik
faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o‘rganish.
3. Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat
qiluvchi
ijtimoiy-pedagogik
shart-sharoitlar
va
psixofiziologik
rivojlanishi
etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
4. Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo‘lgan bolalarga korreksion-
pedagogik ta’sir ko'rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
5. Ommaviy umumiy o‘rta ta’lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida
nuqsonlar bo’lgan bolalarning umumiy va maxsus ta’limi mazmunini tahlil qilish.
6. Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus
muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
7. Anomal bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi
o‘qituvchilarni tayyorlashda zarur o ‘quv-metodik bazasini yaratish.
Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:
1. Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal
bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi
chetlanishlarning sabablari haqidagi ma’lumotni to‘plashga imkon beradi.
Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo‘lsa, yoki munosabatga
qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani
qiziqtiradigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish mumkin.
2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval
boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har
doim aniq maqsad asosida o‘tkaziladi. Bolani o‘yin faoliyatini tashkil etish jarayonida
kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o ‘rnatishga imkon beradi.
Ayrim hollarda o ‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o‘tkaziladi.
3. Rasmlarini o‘rganish metodi. Rasmlar bolani o‘rganishda muhim differensial-
diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar
xavotir uyg‘otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Uning
mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis
uchun qimmatli ma’lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga
qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat
qiladilar.
4. Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o‘rganilishi kerak
bo’lgan psixik jarayonni qo‘zg‘atuvchi ma’lum vaziyatlarni yaratishni ko‘zda tutadi.
Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini
ochib ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
5. Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda
tekshirishda qo‘llaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test
ommaviylashgandir.
Undan
foydalanish
individualpsixologik
tekshirishlarni
o‘tkazishda bola haqida zarur qo‘shimcha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
O‘smirlik davrida o’quv fanlarini turli o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish munosabati
yuzaga keladi. Bu orqali ularda kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi
mezonlari shakllana boshlaydi. Masalan, bilimli, talabchan, haqqoniy, o‘quv
materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan o‘qituvchilami
ajratmaydilar, balki ularni ko‘proq hurmat qiladilar, yaxshi ko‘radilar va ular bilan
bo‘ladigan munosabatlariga ham katta e’tibor beradilar. 10-15 yoshli bolalaming
faoliyat motivlarida ham o‘zgarishlar amalga oshadi.
Ilk o‘smirlik davrida ko‘pchilik yoshlar o‘zlariga shaxsiy xarakteristika
beradilar. Katta bo‘lgan sari ularning o‘z-o‘ziga bergan bahosi differensial xarakterda
(xulq-atvor, ijtimoiy vaziyatlarda o‘zini tutishi va ayrim xattiharakatlar) namoyon bo‘la
boshlaydi. Pedagogika oliy o‘quv yurtida bo’lajak o‘qituvchilami psixologik-
pedagogik jihatdan tayyorlashni takomillashtirish talabalardagi o‘z kasbiga boigan
psixologik qarashni qayta qurish hamda “ideal o‘qituvchi” obraziga tayangan holda
olib borilishi zarur. Kasbiy faoliyat bo’lajak o‘qituvchi shaxsini rivojlantirishning
asosiy vositasi ekanligi sababli talabalarning uzluksiz amaliyotda qatnashish jarayonini
sifat va miqdor jihatdan kuchaytirish lozim.
Talabalar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini rejalashtirishda ularning o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ayrim hollarda ichki va tashqi vositalar,
omillar ta’siri ostida uning ruhiy dunyosiga umidsizlik, ruhiy parokandalik
kayfiyati, istiqbolga ishonmaslik, ikkilanish, hadiksirash kabi salbiy his-
tuyg‘ular
namoyon bo‘ladi. О‘z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonmaslik, o‘qishga nisbatan
esa salbiy munosabatning kelib chiqishi talaba ruhiyatida keskin tushkunlikni
keltirib chiqarishi mumkin. Buning oqibatida ayrim yoshlar o‘ta zararli
oqimlarga
– aqidaparastlik, terrorchilik illatlariga qo‘shilib qolishi, giyohvandlik, ichkilik,
qimorbozlik, turli jinoyat ishlari kabi jirkanch yo’llarga kirib qolishlari mumkin.
Uzluksiz ta'lim tizimida pedagogik diagnostika va pedagogik korreksiya
ishlari metodik jihatdan to'g'ri yo'naltirilganda jamiyatning har bir a’zosi ongiga
milliy istiqlol g'oyalarini singdirishda, mafkuraviy immunitet hosil qilishda,
o'quvchilarning o'zligini anglashlarida, vatanparvarlikni, millatlararo totuvlikni,
diniy bag'rikenglikni, tolerantlikni shakllantirishda hamda komil insonga xos
bo'lgan fazilatlarni: sofdillik, to'g'riso'zlik, adolatparvarlik, sahovatlilik,
ornomuslik, tantilik va boshqa sifatlarni tarkib toptirishda ijobiy samara beradi.
Pedagogik tashxislash va yoshlarning xulqidagi nuqsonlarni korreksiyalash
masalalari bugungi kunda salmoqli ahamiyatga ega bo'lib borishi mustaqil
O'zbekistonning
har
tomonlama
rivojlanishidan,
jamiyat
a'zolarining
ma'naviyma'rifiy hayotida paydo bo'lgan muammolarini hal etilayotganidan dalolatdir.
Foydalanish uchun adabiyotlar:
Usanova O.N. Psixik rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar. – М.:
Pedagogika, 1995.
Rahmonova V.S. Defektologiya va logopediya asoslari. – T., 1990.
Babanskiy Y.K. Metodi obucheniya v sovremennoy obsheobrazovatelnoy
shkole. –
M.: Prosvesheniye, 1985.
Sayidahmedov N.S. Yangi pedagogik texnologiyalar. – T.: Moliya, 2003.
4-reja Har qanday faoliyat zamirida ham amalga oshirilgan ishlarning pirovard
maqsadi, vazifalari va kutilgan natijalari bo’ladi. Faoliyat natijalarini sarhisob qilish,
amaliy xulosalar yasash, bo’sh yoki muvaffaqiyatli o’rinlarni belgilabolish –
faoliyatning keyingi bosqichlarida uni hisobga olish pedagogic diagnostika deyiladi.
Pedagogik diagnostika ta’lim samaradorligi, ish mazmuni olib borilgan
pedagogic faoliyatni tahlil qilihda katta ahamiyatga ega bo’lib, ilg’or ta’lim
muasasalarida bu ish uslubi muvaffaqiyatli tarzda amalgam oshirilmoqda, yutuqlar
mustahkamlanib, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni tahlil qilish asosida yosh
strategic yo’nalishlar belgilab olinmoqda va yuqori darajadagi pirovard natijalar qo’lga
kiritilmoqda. Savol tug’iladi:
bola qobiliyati, imkoniyat, bilimi, egallangan ko’nikmalarining o’lchovi bormi?
bolaning bilish va ko’nikmalarini belgilashga o’qituvchu aralashgani ma’qulmi,
yoki o’ziga-o’zi baho bergani afzalroqmi?
Mana shu savollarga eng maqbul asoslarda javob berish, pedagogik
diagnostikaning predmetidir. Mana shu maqsadni ro’yibga chiqarish yo’l-yo’riqlari,
metodik mexanizmlarini ishlab chiqish, joriy etish muhim vazifadir. Pedagogik
diagnostikaning tarixi pedagogic faoliyat tarixi bilan deyarli tengdosh, boshqacha qilib
aytganda, pedagogik jarayon ming yillardan beri mavjud bo’lsa bu faoliyatning
me’yoralari va natijalarini belgilash ham shunchalik qadimiydir. Demoqchimizki,
o’quvchi bilimiga baho qo’yish, uni sinov va imtixon qilish pirovard ish natijalarini
belgilab olish boshlangan yerda pedagogic diagnostika ham mavjud. Faqat farq
shundaki, ibtidoiy va o’rta asr pedagogikasida bola bilimi va iqtidorini diagnostic tahlil
qilishning ilmiy asosi yo’q edi. Pedagogik diagnostikani ilmiy asosda tahlil etish va
yo’lga qo’yish 20 asr boshlarida amalgam oshirilgan. Shu boisdan, bu pedagogic
jarayonning nomlanishi ham turlicha bo’lgan.
Ayrimlar pedagogik diagnostikani taklif etilgan bilimlarni o’zlashtirish asosi
deyiladi.
Boshqalar
diagnostika
o’qitishni
jadalashtiruvchi
axborotdir
deb
hisoblaydilar. Yana ayrimlar esa diagnostic egallagan bilim sifatini nazorat etishdir,
degan fikrn ilgari suradilar.
Taniqli pedago olim Matserman pedagogik diagnostikani “O’quvchi
o’zlashtirishi bilan o’quv materialini to’g’ri tanlash maqsadni to’g’ri yo’naltirish
mezonidir” deb hisoblaydi.
Aslida pedagogik diagnostika o’quv materialini bilish jarayonining asosini
tashkil etib, maqbul pedagogik xulosaga kelishga zamin yaratadi.
Shu boisdan ham, pedagogik diagnostika:
birinchidan, o’quvchiga individual ta’lim berishni jadallashtiriladi;
ikkinchidan, davlat va jamiyatning ta’limga qo’ygan talablaridan kelib chiqib,
oquvchi bilimin to’g’ri, adolatli baholashni ta’minlaydi;
uchinchidan, ishlab chiqilgan ta’limiy mezon, kriteriyalar orqali o’quvhcining
sinfdan singdan o’tishida, mutaxassislikkka qabul qilinishida minimal talablarga javob
berishini belgilaydi. Pedagogik diagnostika yordamida ta’lim-tarbiya jarayoni to’g’ri
tahlil etiladi va uning samaradorligi to’g’ri baholanadi, boshqacha qilib aytganda,
pedagogik diagnostika orqali ta’lim obyekti, ta’limiy tushunchalar qay darajada
o’zlashtirilganligi tahlil etiladi. Butun o’quv kursini, o’quv dasturlaini o’zlashtirish
darajasi baholanadi. Pedagogi diagnostika muhim ahamiyatga ega. U o’quv-tarbiya
jarayonini yaxshilahsga xizmat qiladi. Ta’limiy faoliyat natijasida erishilgan
samaralarni xolislik bilan belgilab beradi, yo’l qo’yilgan kamchilik va nuqsonlarni
bartaraf etishga yo’l ochadi, pirovard natijada ta’limning takomillashib borishiga ijobiy
ta’sir qiladi. Pedagogic diagnostika tarixiga nazar tashlasak, o’tgan asrlarda u faqat
o’quvchi bilimini baholash orqali amalgam oshirilganini kuzatamiz. Unga 1864 yilda
AQSh olimlari D.Fisher va R.Reslar asos solganlar, 1908 yildan boshlab esa, olim
T.Stoun arifmetikadan test orqali o’quvchi bilimini sinash tizimini tadbiq etgan.
Egallangan malakani aniqlashga kiritilgan pedagogik diagnostika yoki diagnostik
faoliyatning ayrim jihatlari:
taqqoshlash;
pedagogik tahlil;
avvaldan ayta bilish (prognoz);
interpretatsiya ;
pedagogik diagnostika natijalarini o’quvchilarga etkazish;
amalga oshirilgan turli diagnostik metodlarni o’quvchilarga yetkazish;
pedagogik diagnostika metodlarini to’g’ri belgilashdan iborat bo’lgan.
Pedagogik diagnostikaning eng muhim kriteriylari esa:
haqqoniylik (ob’ektivnost);
ishonchlilik (nadyojnost);
puxtalik (vidnost) asoslanadi
Diagnostik tahlillar qachon ob’yektiv boladi.
- agar sinov natijalari turli tekshiruvlarda bir xil natijalar ko’rsatilib,
ko’rsatkichlar o’zaro bir-biriga yaqin bo’lsa; agar: sinov mezonlari, o’lchovlari birligi
hamda uning natijalari sinovni amalga oshiruvchi, aniqlovchining shaxsi hislati va
munosabatlariga bo’liq bo’lmasa;
agar: sinov bir xil talab, bir xil munosabat, psixologik kayfiyatda amalgam
oshirilsa haqiqiy ahvolni aniqlashda ob’yektiv natijalar olinishi mumkin. Modomiki
maqsad haqiqiy ta’limiy ahvolni aniqlash ekan, unga to’g’ri, halollik, haqqoniylik bilan
yondohish zarur. Aks holda, diagnostikadan ko’zlangan natijaga erishish, to’g’ri
tashxis belgilash mumkin emas. Bundan tashqari, ayrim sinf ishlarini, ba’zan yozma
ishlarni, ko’pincha esa og’zaki berilgan javoblarni baholashda har xil yondashuvlar
qayd etilishi mumkin. Bu sinovchi ya’ni, diagnostic tahlil o’tkazuvchi qilinayotgan
ishlarning tub maqsadiga tushunib yetishga, mas’ulitaiga, ishiga bo’lgan yondashuvga
va nihoyat uning savoyasiga bo’g’liq. Bundan kelib chiqadigan amaliy xulosa shuki,
pedagogik diagnostikani amalga oshirishda rioya-andisha, oshna-og’aynigarchilik,
tanish-bilishchilik, boshqa noxushliklar aralashsa, haqiqiy ahvol aniqlanmaydi,
umumiy ishga putur yetadi, kamchilik va nuqsonlar ochilmay haspo’shlanadi, ta’limni
takomillashtirishdan ko’zda tutilgan maqsadlar ochilmay qoladi.
Pedagogik diagnostikaning ishonchliligi bir necha marta qilingan tahliliy
xulosalar natijasining bir xilligi qayd etilgan xollardagina ta’minlanadi. Agar buni
muayyan maktab, sinfning hayotiy faoliyati bilan bog’lasak, mabodo o’qituvchi ilgarigi
ishini oradan bir necha vaqt o’tib, aynan o’shnday baholasa, ishonchlilik paydo bo’ladi,
lekin bunday hol afsuski amaliyotda kam uchramoqda. Pedagogik diagnostika natijalari
qachon uzil-kesil tasdiqlanadi. Tajribalar, tahlillar shuni ko’rsatadiki, pedagogik
diagnostika test usullari vositasida amalga oshirilsa, natijalar haqqoniy bo’ladi. Chunki
bunda to’rt xil xulosa, bir xil natija bilan baholanadi bular:
mazmunning tasdig’i;
har xil usul bilan olingan natilalarning bir xilligi;
natijalarga ko’ra amalga oshirilgan tahlillarning isbotlanishi;
loyihalashning tasdiqlanishi (ya’ni, loyihalashtirishdagi natijalarning olingan
xulosalarga uyg’unligi).
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKA – KUZATUV METODI
Pedagogik diagnostika kuzatuv uslubi o’quvchining o’qishga munosabatini,
mas’uliyatini, bilimga intilishini aniqlaydi. Tabiiyki, o’quvchidagi bunday hislatlarni
belgilahda uning xarakteri, xulqi, butun ijtimoiy jihatlariga katta ahamiyat beriladi.
Chunki, o’quvchining bilim va ko’nikmalarini attestatsiya qilishda shaxsiy, oilaviy,
axloqiy ko’rsatkichlar muhim rol o’ynaydi.
Baho shkalasi
Baho malakasi ham bola shaxsini, uning o’qishga munosabatini to’g’ri
belgilahdagi muhim omildir. Uni pedagog olimlar turli davra turlicha ifodalaganlar.
Masalan, bolalarning mashg’ulotlar paytidagi qiziqish darajasini 1978 yilda AQShlik
olim Oini Fitaku quyidagi shkala bo’yicha aniqlashni tavsiya etgan edi.
Hech qanday qiziqish yo’q
Qiziqishi noaniq
Qandaydir qiziqishlar sezildi
Katta qiziqish bor
O’ta qiziquvchan
O’zining fikrlashida o’quvchi:
Juda tanqidiy
+2
Tanqidiy fikrlashga moil
+1
Konformga moil
-1
O’ta konformli
-2
O’zaro hamkorlikka moillik
--------bo’sh------------------------------o’rta--------------------------------kuchli------
--
Shuning uchun ham maktab o’quvchilarining koeffitsiyenti bola olgan bilimlari
bilan belgilanadi. Past ko’rsatkich olgan o’quvchiga ko’proq e’tibor berish lozim.
Lekin, asosiy e’tibor yaxshi va a’lochi o’quvchiga qaratiladi.
Ustiga ustak o’quvchi13-15 yoshida o’ziga katalardek muomala qalishni talab
etadi. Lekin, o’qituvchilarning ayrimlari boladagi bunday psixologik kaffiyatlarni
hisobga olmay, unga bola sub’yekt sifatida qaraydilar. Aynan mana shu sababli
o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ixtilof kelib chiqadi.
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKADA SO’ROQLASH METODI
Mazkur uslub pedagogik diagnostikada qadim-qadimdan qo’llanib kelinadi. U
deyarli o’qish o’qitish jarayoni boshlangandan bo’yon mavjud. Agar diagnostikaning
kuzatish usulida bolaning axloqiy-ma’naviy tamoyillari, qiziqishi, munosabati, fikrlash
doirasi o’rganilgan bo’lsa, suhbat. Savol-javob ko’proq axborot to’plash imkoniyatini
beradi. Bunda u yoki bu shaxs to’g’risida ob’yektiv yoki sub’yektiv ma’lumot olish
imkoniyati mavjud.
Axborot – og’zaki, yozma, standartlashtirilgan, yakka, guruhlarga bo’lingan
hoilda bir yoki bir necha bor so’rash asosida to’planadi.
PEDAGOGIK DIAGNOSTIKANING TEST METODI
Odatda tekshiruvchi tomonidan amalga oshirilgan barcha nazorat shakl va
uslublari ham testga kiradi.
Nazoratning test uslubi ilmiy asoslarga qurilgan bo’lib, u ma’lum talab, qonun-
qoidalar zaminida olib boriladi.
Test asosan psixolog olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotga tavsiya
etilgandir. Test pedagogik diagnostika metodlari orasida eng qulay hisoblanib, u bir
jihatdan sifatli ma’lumot berishi bilan ajralib turadi.
Test sinova mutzam takomillashib boradi. Unga turlibosqichlarda turlicha ta’rif
berib kelingan. Masalan, nemis oilimi Liner “Test shaxsning turli xolatlarini, shaxsiy
xususiyat, imkoniya va qobiliyatini aniqlovchi ilmiy metoddir” deb ta’riflaydi.
Test usuli chinakamiga pedagogik diagnostika metodi bo’lib, u o’quv
jarayonining pirovard natijasini ob’yektiv aniqlab berishga qodir mezondir. U doimo
tahlil asosiga qurilib, aynan shu xususiyatiga ko’ra pedagogik jarayon natijalarinig
takomillashib borishiga yordam beradi. Ayni paytda testlar ta’limiy xulosalar bilan
birga texnologik vaziyatni, istiqbolni, harakat yo’nalaishina ham belgilab beradi.
Shunga ko’ra testlar qutidagilarga bo’linadi:
ta’limiy muvaffaqiyatlarni aniqlaydigan test;
shaxs taraqqiyotni va uning imkoniyatlarini belgilaydigan test;
intellektni aniqlaydigan test;
umumiy natijani aniqlaydigan test;
muayyan hududda, maktabda u yoki bu fanni o’qitish samaradaorligini
ko’rsatuvchi test;
professional kasbga moyillik layoqatini, shaxsning funksional imkoniyatlarini
aniqlovchi test;
shaxs psixologiyasini ochib beruvchi test;
shaxsning yo’naltirilganligini belgilovchi test;
shaxsning qiziqishi, moyilligini aniqlab, shu sohani takomillashtirishga yordan
beruvchi test; klinik test va h.k
Yuqorida bayon etilganidek, test ham baholash, pedagogik diagnostika
hisoblanadi. O’quvchilar bilimini bu usulda baholash 1930 yilda boshlangan. Lekin,
keyingi paytlarda u keng joriy qilinmoqda. Istiqbolda o’quvchilar bilimini baholashda
test, reytin tizimi ustuvor bo’lib qoladi. Besh ballik baholash tizimi o’quvchini har
tomonlama baholashga noqulayligi uchun undan voz kechish fikridamiz. Test
imkonoyatlarini bayon etishni davom ettiramiz.
Amaliyotda o’zlashtirishga qaratilgan testlar tobora ko’proq o’rin olib
bormoqda. O’zlashtirishga qaratilgan testlar:
muyyan predmetni o’zlashtirishga qaratilgan testlar;
o’zbek tilini o’zlashtirishga qaratilga testlar;
chiroyli yozuvni belgilashga yo’naltirilgan testlar;
o’qish tezligi va texnikasi baholovchi testlar;
so’z boyligini aniqlovchi testlar;
bolaning rivojlanishini va maktabga tayyorligini aniqlovchi testlar;
bolaning intellectual faoliyatini aniqlashga qaratilgan testlar;
bolaning didatik ko’nikma va malakasini belgilovchi testlar va h.k.
O’zlashtirish nima va u qanday aspektlarda namoyon bo’ladi?
O’zlashtirish bu – o’quvchining fanni o’qib, o’rganishda eishgan natijalari;
O’zlashtirish bu – o’quvchiga maktab, demakki, davlat va jamiyat tomonidan
qo’yilgan talabga erishish;
O’zlashtirish o’quvchining muayyan davrda qilgan mehnatining yakunidir.
Ma’lumki, ta’lim markazida unon, shaxs turadi va barcha ta’limiy jarayonlar
uning qobiliyati, imkoniyati, ehtiyojiga qaratiladi. Pedagogik diagnostika esa, ana shu
intilish, mehnat, faoliyat samarasini ham ijobiy, ham salbiy jihatdan belgilab beradi.
Test asosida o’quvchi o’zlashtirishini aniqlash pedagogik diagnostikaning
metodi ekanligini yuqorida bayon etgan edik.
Oli Kyuforker maktabda amalgam oshiriladigan testlarni 3 ko’rinishga bo’ladi.
Ular quyidagilar:
o’zlashtirishni muayyan ir davr ichida aniqlovchi test (masalan, urli sertifikatlar
olish uchun tipshirilgan test);
o’quv qo’llanmasining ma’lum bir qismi, bo’limi, bobda olingan axborotlarni
qay darajada o’zlashtirilganligini aniqlovchi test;
o’quv dasturi yoki darslikdagi bir qism mashg’ulotlar o’tkazoilgandan keyingi
o’quvchi o’zalshtirishidagi yutuq va nuqson tamoyillarini aniqlsh testi.
Pedagogik diagnostikaning o’lchovi, ishonchlilik koeffisiyenti mukammal va
ishonchli bo’lmog’i uchun:
qayta testdan o’tkazish metodi;
ikkiga bo’lingan holda parallelli testni amalgam oshirish, shu orqali olingan
ma’lumotning ishonchliligini tekshirish mumkin.
Aniqlik, ishonchlilikni tekshirish maqsadida 4 xil usul qo’llaniladi. Ular:
mazmun tasdig’i;
har xil usullar bilan olingn natijalarni bir xil ko’rsatkichga olib kelish tasdig’i;
tahlillar natijalarining mos kelishi tasdig’i;
loyihalashning tasdig’idan iboratdir.
Pedagogik diagnostikada amal qilayotgan test sinovlari hududiy diagnostikani
yo’lga qo’yishda ham katta imkoniyat va qulayliklarga ega.
Pedagogik diagnostikani ta’lim sohasining istalgan sohasini tahlil qilishda ham
joriy etish mumkin. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi xalq ta’limining xududiy
boshqarma va bo’limlari faoliyatini uzoq yillardan beri 15 yo’nalish bo’yicha aniq
tahlil etib bormoqda. Tahlil natijalari esa har qanday baxs va munozaralardan holidir.
Maqsad esa bitta – kamchilik va nuqsonlardan to’g’ri amaliy xulosalar chiqarish,
faoliyatning asosiy va to’g’ri yo’nalaishini belgilab olish va ularni bartaraf qilishda
sabot bilan islashdan iborat.
Foydalanilgan adabiyotlar:
a) asosiy adabiyotlar
Mixaylichev Ye. A. Norov Sh. K. Didakticheskiye testы v sisteme
mnogoetapnogo kontrolya znaniy studentov. Bux.ILPP, 1995. - 24 s.
Usmonova M. N. Pedagogicheskiye testirovaniye: istoriya razvitiya i
sovremennoye sostoyaniye. T.: Adolat. 1995. - 160 s.