BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUVAFFAQIYATGA ERISHISHGA INTILISH MOTIVI SHAXSNING USTUVOR XUSUSIYATI SIFATIDA

Yuklangan vaqt

2024-10-28

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

23

Faytl hajmi

34,1 KB


 
 
 
 
 
 
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUVAFFAQIYATGA 
ERISHISHGA INTILISH MOTIVI SHAXSNING USTUVOR XUSUSIYATI 
SIFATIDA(1-4 SINF TARBIYA DARSI) 
 
 
Reja: 
1.Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish va o‘z-o‘zini  
baholashga qo‘yayotgan talablar. 
2. O‘z qobiliyatlarini bilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatish. 
3. Ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi. 
4. O‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon 
bo‘lishi. 
 
 
Tayanch so’zlar: Muvaffaqiyat, motiv, motivatsiya, qiziqish, orzu, ijtimoiy motiv. 
 
 
Mamlakatning ta’lim tizimi, ya’ni maktab, oliy ta’lim muassasalari nafaqat ilmiy 
jihatdan intellektual rivojlangan, jismonan sog’lom, balki ma’naviy pok, axloqan 
tarbiyalangan bitiruvchilarni yetishtirib chiqarishi davr talabidir. Mamlakatimizda 
axloqiy tarbiya mazmuni Malla Ochilov,Ulfat Mahkamov,To’ychi Xasanov kabi yirik 
pedagog olimlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Uning yaxshilik qilish, 
sabr-qanoatli bo’lish, rostgo’ylik, adolatlilik, mehr-oqibat, saxiylik, poklik, kabi 
insoniy-axloqiy fazilatlar to’g’risidagi qarashlari yoshlar tarbiyasida ahamiyatlidir. 
O’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda o’tmish axloqiy merosini, 
ayniqsa ulug’ mutafakkirlarning fikrlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki 
ularning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlari, axloqiy qarashlari bugungi 
taraqqiyot uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ularning hayot yo’li, axloq
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUVAFFAQIYATGA ERISHISHGA INTILISH MOTIVI SHAXSNING USTUVOR XUSUSIYATI SIFATIDA(1-4 SINF TARBIYA DARSI) Reja: 1.Bolaning o‘z xulq va faoliyatini ongli nazorat qilishini kuchaytirish va o‘z-o‘zini baholashga qo‘yayotgan talablar. 2. O‘z qobiliyatlarini bilishga va mehnatsevarlikka o‘rgatish. 3. Ijtimoiy motivlarning paydo bo‘lishi. 4. O‘z xalqining va boshqa xalqlarning an’analari, qadriyatlariga qiziqishning namoyon bo‘lishi. Tayanch so’zlar: Muvaffaqiyat, motiv, motivatsiya, qiziqish, orzu, ijtimoiy motiv. Mamlakatning ta’lim tizimi, ya’ni maktab, oliy ta’lim muassasalari nafaqat ilmiy jihatdan intellektual rivojlangan, jismonan sog’lom, balki ma’naviy pok, axloqan tarbiyalangan bitiruvchilarni yetishtirib chiqarishi davr talabidir. Mamlakatimizda axloqiy tarbiya mazmuni Malla Ochilov,Ulfat Mahkamov,To’ychi Xasanov kabi yirik pedagog olimlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Uning yaxshilik qilish, sabr-qanoatli bo’lish, rostgo’ylik, adolatlilik, mehr-oqibat, saxiylik, poklik, kabi insoniy-axloqiy fazilatlar to’g’risidagi qarashlari yoshlar tarbiyasida ahamiyatlidir. O’quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirishda o’tmish axloqiy merosini, ayniqsa ulug’ mutafakkirlarning fikrlarini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki ularning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya sohasidagi fikrlari, axloqiy qarashlari bugungi taraqqiyot uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ularning hayot yo’li, axloq
 
 
haqidagi fikrlari har bir o’quvchini axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim o’rin 
egallaydi. Sharq allomalarining axloqiy qarashlari o’quvchilar qalbida insoniylikni 
shakllanishiga yordam beradi. Butun dunyoda, jamiyatda axloqiy tarbiyaning 
ahamiyati ortib borayotganini, lekin shu bilan birga ommaviy axborot vositalari, keng 
jamoatchilik, turli soha mutaxassislari hayotning turli sohalarida axloqiy normalarni 
pasayishi kuzatilayotganligi haqida fikr bildirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Nima 
uchun aynan yoshlar, bolalar orasida axloqiy me’yorlarni buzilish holatlari 
kuzatilmoqda? Ushbu savolning javobi axloqiy tarbiyaning asosini tashkil 
etadi.Axloqning vujudga kelishi va mohiyati, odamlarni axloqiy ongi va xulqi 
to’g’risidagi muammolarni etika fani o’rganadi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri 
bo’lib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan 
jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro 
munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sanaladi. Axloq 
tarixiy, o’zgaruvchan xarakterga ega bo’lib, axloqiy qoidalar odamlar hayotining 
ijtimoiy sharoitlarida aniqlanadi va jamiyatning turli qatlamlarida turlicha bo’ladi. 
Axloqiy me’yor jamiyat tomonidan tan olingan bo’lib, uning a’zolari tomonidan 
bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo’lgan qoida hisoblanadi. Axloqiy odat – axloqiy xatti-
harakatlarning mukammallashtirishga bo’lgan ehtiyoj bo’lib, u o’quvchilarda qulay 
vaziyatlarda ijobiy mazmunga ega xattiharakatlarning izchil, doimiy, tizimli 
takrorlanishi hisobiga hosil bo’ladi. Axloqiy ong – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, 
jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, 
mezonlari, milliy istiqlol g’oyasining o’quvchilar ongida aks etishi. Axloqiy xulq 
motivlari va nazorat joyiga ko’ra, axloqiy rivojlanish darajasi amerika olimi 
Ya.Kolbergning ta’kidlashicha, uchta guruhga bo’linadi. 
1. Axloqgacha (bola axloq talablarini jazodan, ya’ni tashqi nazoratdan qo’rqib 
bajaradi). 
2. Konventional (axloq talablariga yaxshi yashash uchun amal qiladi). 
3. Avtonom (hayot qoidasiga aylanib bo’lgan, o’z ixtiyori bo’yicha amal qiladi). 
Axloqiy tarbiya bu tarbiyalanuvchilarda axloqiy bilimlar, axloqiy histuyg’u, axloqiy 
xulqni shakllantirish bilan bog’liq pedagogik faoliyatdir. Axloqiy tarbiyaning ijtimoiy 
aspekti bu jamiyatda qabul qilingan axloq me’yorlari va prinsiplaridir. Axloqiy tarbiya 
o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va
haqidagi fikrlari har bir o’quvchini axloqiy madaniyatini shakllantirishda muhim o’rin egallaydi. Sharq allomalarining axloqiy qarashlari o’quvchilar qalbida insoniylikni shakllanishiga yordam beradi. Butun dunyoda, jamiyatda axloqiy tarbiyaning ahamiyati ortib borayotganini, lekin shu bilan birga ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik, turli soha mutaxassislari hayotning turli sohalarida axloqiy normalarni pasayishi kuzatilayotganligi haqida fikr bildirilayotganini kuzatishimiz mumkin. Nima uchun aynan yoshlar, bolalar orasida axloqiy me’yorlarni buzilish holatlari kuzatilmoqda? Ushbu savolning javobi axloqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi.Axloqning vujudga kelishi va mohiyati, odamlarni axloqiy ongi va xulqi to’g’risidagi muammolarni etika fani o’rganadi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy munosabatlar va shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan, rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot, xulq-atvor qoidalari, mezonlarining majmui sanaladi. Axloq tarixiy, o’zgaruvchan xarakterga ega bo’lib, axloqiy qoidalar odamlar hayotining ijtimoiy sharoitlarida aniqlanadi va jamiyatning turli qatlamlarida turlicha bo’ladi. Axloqiy me’yor jamiyat tomonidan tan olingan bo’lib, uning a’zolari tomonidan bajarilishi majburiy-ixtiyoriy bo’lgan qoida hisoblanadi. Axloqiy odat – axloqiy xatti- harakatlarning mukammallashtirishga bo’lgan ehtiyoj bo’lib, u o’quvchilarda qulay vaziyatlarda ijobiy mazmunga ega xattiharakatlarning izchil, doimiy, tizimli takrorlanishi hisobiga hosil bo’ladi. Axloqiy ong – ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, milliy istiqlol g’oyasining o’quvchilar ongida aks etishi. Axloqiy xulq motivlari va nazorat joyiga ko’ra, axloqiy rivojlanish darajasi amerika olimi Ya.Kolbergning ta’kidlashicha, uchta guruhga bo’linadi. 1. Axloqgacha (bola axloq talablarini jazodan, ya’ni tashqi nazoratdan qo’rqib bajaradi). 2. Konventional (axloq talablariga yaxshi yashash uchun amal qiladi). 3. Avtonom (hayot qoidasiga aylanib bo’lgan, o’z ixtiyori bo’yicha amal qiladi). Axloqiy tarbiya bu tarbiyalanuvchilarda axloqiy bilimlar, axloqiy histuyg’u, axloqiy xulqni shakllantirish bilan bog’liq pedagogik faoliyatdir. Axloqiy tarbiyaning ijtimoiy aspekti bu jamiyatda qabul qilingan axloq me’yorlari va prinsiplaridir. Axloqiy tarbiya o’quvchilar ongi, hayoti, turmush tarziga muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va
 
 
rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor 
qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni. Axloqiy tarbiyani maqsadi o’quvchilarni 
ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning 
ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga nisbatan hurmat 
hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish hisoblanadi. 
Axloqiy tarbiyani vazifalari: 
1. O’quvchilarni odob-axloq qoidalari va ijtimoiy axloq me’yorlari bilantanishtirish. 
2. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish. 
3. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ularini tarbiyalash va rivojlantirish. 
4. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifat (ota-onani, kattalarni hurmat qilish, 
kichiklarga izzat ko’rsatish, mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, kamtarlik, halollik, 
rostgo’ylik, olijanoblik, muruvvatlilik, rahmdillik, moddiy va ma’naviy ne’matlarni 
asrash, kelajakka ishonch bilan qarash va h)larni tarbiyalash. 
5. O’quvchilarda axloqiy xulq-atvor ko’nikma, malaka va odatlarini tarkib toptirish. 
Hozirda zamonaviy dunyo insoniylik prinsiplariga asoslangan, axloq normalariga va 
insoniylik axloqiga tayangan qadriyatlarga muhtojlik sezmoqda.Ularga quyidagilarni 
kiritishimiz mumkin: 
Insoniylik insonni axloqiy fazilati hisoblanib, insonni insonga hurmatini, insonni oliy 
qadriyat sifatida qarashni, uni tushunishni, unga yordam berishni ifodalaydi. 
1.Insonga, uning qarashlari, qadriyatlariga ishonish, ushbu ideallarga xizmat qilish. 
2.O’z ma’suliyatini bajarishda erkinlik, maqsadga erishishni bilish, o’z 
3.o’ziga talabchan bo’lish va jamiyat talablarini bajarish hamda intizomli bo’lish. 
4.O’z xatti-harakati uchun javob berish, o’z xatolarini tan olish va tuzatish. 
5.Yer yuzidagi barcha jonzotlarga, tabiatga nisbatan hurmatda bo’lish. 
6.Halollik, adolatlilik, prinsipiallik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchan hamda 
sabrli bo’la olish.Yuqoridagilar O’zbekiston xalqini axloq kodeksi emas, balki oiladagi, 
maktabdagi, jamiyatdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun asos bo’la oladigan 
axloqiy normalardir.Axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu umumta’lim 
maktablarimizda adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik darslaridir. Bundan tashqari, sinfdan 
va maktabdan tashqari axloqiy mavzularda tashkil etilgan tadbirlar, uchrashuvlar ham 
o’quvchilarda axloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirilishida muhim o’rin tutadi. 
Shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliqqa, o’ziga hamda atrofdagilarga ijobiy
rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarni singdirish jarayoni. Axloqiy tarbiyani maqsadi o’quvchilarni ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmunidan xabardor etish, ularga axloqiy me’yorlarning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, ularda ijtimoiy-axloqiy me’yorlarga nisbatan hurmat hissini qaror toptirish asosida axloqiy ong va madaniyatni shakllantirish hisoblanadi. Axloqiy tarbiyani vazifalari: 1. O’quvchilarni odob-axloq qoidalari va ijtimoiy axloq me’yorlari bilantanishtirish. 2. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish. 3. O’quvchilarning ma’naviy-axloqiy his-tuyg’ularini tarbiyalash va rivojlantirish. 4. O’quvchilarda ma’naviy-axloqiy sifat (ota-onani, kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko’rsatish, mehnatsevarlik, bilim olishga intilish, kamtarlik, halollik, rostgo’ylik, olijanoblik, muruvvatlilik, rahmdillik, moddiy va ma’naviy ne’matlarni asrash, kelajakka ishonch bilan qarash va h)larni tarbiyalash. 5. O’quvchilarda axloqiy xulq-atvor ko’nikma, malaka va odatlarini tarkib toptirish. Hozirda zamonaviy dunyo insoniylik prinsiplariga asoslangan, axloq normalariga va insoniylik axloqiga tayangan qadriyatlarga muhtojlik sezmoqda.Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Insoniylik insonni axloqiy fazilati hisoblanib, insonni insonga hurmatini, insonni oliy qadriyat sifatida qarashni, uni tushunishni, unga yordam berishni ifodalaydi. 1.Insonga, uning qarashlari, qadriyatlariga ishonish, ushbu ideallarga xizmat qilish. 2.O’z ma’suliyatini bajarishda erkinlik, maqsadga erishishni bilish, o’z 3.o’ziga talabchan bo’lish va jamiyat talablarini bajarish hamda intizomli bo’lish. 4.O’z xatti-harakati uchun javob berish, o’z xatolarini tan olish va tuzatish. 5.Yer yuzidagi barcha jonzotlarga, tabiatga nisbatan hurmatda bo’lish. 6.Halollik, adolatlilik, prinsipiallik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchan hamda sabrli bo’la olish.Yuqoridagilar O’zbekiston xalqini axloq kodeksi emas, balki oiladagi, maktabdagi, jamiyatdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish uchun asos bo’la oladigan axloqiy normalardir.Axloqiy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu umumta’lim maktablarimizda adabiyot, tarix, jamiyatshunoslik darslaridir. Bundan tashqari, sinfdan va maktabdan tashqari axloqiy mavzularda tashkil etilgan tadbirlar, uchrashuvlar ham o’quvchilarda axloqiy sifat va fazilatlarni shakllantirilishida muhim o’rin tutadi. Shaxsning tabiiy va ijtimoiy borliqqa, o’ziga hamda atrofdagilarga ijobiy
 
 
munosabatini, shaxslararo munosabatda axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishini 
ifodalovchi sifatlar ma’naviy-axloqiy sifatlar deb yuritiladi.Shaxsning axloqiy 
sifatlariga xushmuomalalik, axloqlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehribonlik. 
rahmdillik, saxovatlilik, oqko’ngillilik, bag’rikenglik, vatanparvarlik, baynalminallik, 
sabrlilik, bilimlilik, e’tiqodlilik, adolatparvarlik,haqiqatgo’ylik, o’zgalarni tushuna 
olish, muhtojlarga yordam ko’rsatish kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat 
ko’rsatish, intizomlilik v.b. 
Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston 
yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan 
qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida 
ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to’xtalib 
o’tadi1 
Allomaning nuqtai nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), 
diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, 
shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak, 
haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, 
viqor (g’urur), muhabbat, avf (kechirimli bo’lish). Bu xislatlar ma’naviy-axloqlilikning 
asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy 
munosabat, o’z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o’quvchining 
o’zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi. Abdulla Avloniy yomon 
xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g’azab,aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va 
molini bekorchi narsalarga sarf etish), 
hamoqat (o’zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’mahirs), 
rahovat (g’ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat(kek saqlash), 
namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo’rqoqlik), hasad, kizb (yolg’on), 
nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning 
salbiy xislatlardan holi 
bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va 
qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga 
oshiriladi. 
Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilm va spektakllarni 
tomosha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda
munosabatini, shaxslararo munosabatda axloqiy me’yorlarga qat’iy amal qilishini ifodalovchi sifatlar ma’naviy-axloqiy sifatlar deb yuritiladi.Shaxsning axloqiy sifatlariga xushmuomalalik, axloqlilik, mehnatsevarlik, kamtarlik, mehribonlik. rahmdillik, saxovatlilik, oqko’ngillilik, bag’rikenglik, vatanparvarlik, baynalminallik, sabrlilik, bilimlilik, e’tiqodlilik, adolatparvarlik,haqiqatgo’ylik, o’zgalarni tushuna olish, muhtojlarga yordam ko’rsatish kattalarni hurmat qilish, kichiklarga izzat ko’rsatish, intizomlilik v.b. Ma’naviy-axloqiy tarbiya shakl va metodlari. Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yohud axloq» asarida axloq «insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilmdur», - deydi. Aynan axloq, uning ijtimoiy ahamiyati haqida ma’lumot beruvchi mazkur manbada alloma yaxshi va yomon xulqlarga to’xtalib o’tadi1 Allomaning nuqtai nazaricha, yaxshi xulqlar quyidagilardan iborat: fatonat (aql), diyonat (e’tiqod), nazofat (poklik va tozalik), g’ayrat, riyozat (savob ishlar), qanoat, shifoat, ilm, sabr, hilm (yumshoq tabiat) intizom, nafs me’yori, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison (til va adabiyot), iqtisod, viqor (g’urur), muhabbat, avf (kechirimli bo’lish). Bu xislatlar ma’naviy-axloqlilikning asosiy sifatlari sanaladi. Ular asosida vatanga muhabbat va sadoqat, mehnatga axloqiy munosabat, o’z atrofdagilarga axloqiy yondashuv, shuningdek, har bir o’quvchining o’zi va shaxsiy xulq-atvoriga munosabatni qaror toptiriladi. Abdulla Avloniy yomon xulqlar sirasiga quyidagilarni kiritadi: g’azab,aysh-ishrat, jaholat, safohat (umri va molini bekorchi narsalarga sarf etish), hamoqat (o’zbilarmonlik, manmanlik), adolat (dangasa, yalqov), hasosat (ta’mahirs), rahovat (g’ayratsizlik), anoniyyat (xudbin, mutakabbir, manman), adovat(kek saqlash), namimat (chaqimchilik), g’iybat, haqorat, jibonat (qo’rqoqlik), hasad, kizb (yolg’on), nifoq, ta’ma, zulm va boshqalar.O’quvchilarda ijobiy sifatlarni tarbiyalash ularning salbiy xislatlardan holi bo’lishlariga yordam beradi. Bu esa dastlab o’quvchilarga xulq-odob me’yorlari va qoidalarini anglash va shaxs ongini shakllantirishga doir metodlar asosida amalga oshiriladi. Bunga badiiy va ilmiy-ommaviy adabiyotlarni o’qish, kinofilm va spektakllarni tomosha qilish, maxsus tashkil etilgan ma’naviy-ma’rifat kunlarida turli mavzularda
 
 
suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulqodatlar paydo bo’la 
boshlaydi. O’quvchilar 
o’zlari va 
boshqalarning xattiharakatlarini 
baholay 
boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat 
va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish,o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga 
ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qanday 
qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», 
«Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar 
o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, 
yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. 
Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan intilishlari va ishonch, 
e’tiqodlari shakllanadi.Demak, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning 
eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur. Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va 
ularni jonli muloqotga undash muhimdir.O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq-
odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish 
jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va 
boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. Lekin 
o’quvchilarni faol, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan turib, axloqning 
biror turiga mos tarbiyalab bo’lmaydi. Bunda mashqlantirish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy xislati shakllanadi va amaliy 
faoliyatga aylanadi. Rag’batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash kiritiladi. 
Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o’z-o’zini shakllantirishga doir shaxsiy dasturlarni 
loyihalash, o’quvchilarni qiziqishlariga ko’ra tabaqalashtirish monitoringi, testlar, 
jarimalar (ball hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish 
ham ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Hozirgi davrda yoshlar o’rtasida tobora 
ommaviylashib borayotgan «Zakovat», «Intellektual ring», «Qizlar davrasi», «O’yla, 
izla, top!» kabi o’yinlar ham mazmun, ham mohiyati, ham metodik jihatdan 
o’quvchilarning 
ma’naviyaxloqiy 
tarbiyasida 
muhim 
ahamiyat 
kasb 
etmoqda.O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, 
metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, 
urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Bu borada tarbiya jarayonida 
o’quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy, jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan 
innovatsion metodlar samarali natijalar beradi. Bunday tarbiya o’quvchilarda voqealar
suhbatlar tashkil etish natijasida axloqiy tushunchalar va xulqodatlar paydo bo’la boshlaydi. O’quvchilar o’zlari va boshqalarning xattiharakatlarini baholay boshlaydilar. Buning uchun turli ma’naviy-axloqiy mavzularda o’tkaziladigan suhbat va munozaralarda o’quvchini fikr yuritish,o’ylashga yo’naltirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, «Do’stimiz Kamol qanday qilib narkomanlar davrasiga tushib qoldi?», «Siz erkinlik deganda nimani tushunasiz?», «Zamonaviylik – bu nima?» kabi mavzulardagi suhbat, bahs va munozaralar o’quvchilarni o’ylash, fikr yuritishga yo’llaydi, ularda salbiy xislatlardan saqlanish, yaxshi odatlarni o’rganishga bo’lgan intilish va qiziqishlari tarkib topa boshlaydi. Ularning, ayniqsa, o’z xatti-harakatlarini baholashga bo’lgan intilishlari va ishonch, e’tiqodlari shakllanadi.Demak, munozara va suhbatlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaning eng dolzarb muammolariga bag’ishlanishi zarur. Bunda o’quvchilarni qiziqtirish va ularni jonli muloqotga undash muhimdir.O’quvchi faoliyatini tashkil etish va xulq- odobni shakllantirish metodlaridan mashqlantirish, o’rgatish, pedagogik talab qo’yish jamoa fikrini hisobga olish, topshiriqlar berish, tarbiyaviy vaziyatlar hosil qilish va boshqa metodlardan foydalanish samarali natijalar berishi mumkin. Lekin o’quvchilarni faol, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatga jalb etmasdan turib, axloqning biror turiga mos tarbiyalab bo’lmaydi. Bunda mashqlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Mashqlantirish asosida shaxsning u yoki bu axloqiy xislati shakllanadi va amaliy faoliyatga aylanadi. Rag’batlantirish metodlariga mukofotlash va ma’qullash kiritiladi. Bugungi kunda shartnomalar tuzish, o’z-o’zini shakllantirishga doir shaxsiy dasturlarni loyihalash, o’quvchilarni qiziqishlariga ko’ra tabaqalashtirish monitoringi, testlar, jarimalar (ball hisobida) kabi tarbiyaning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish ham ijobiy natijalarga olib kelmoqda. Hozirgi davrda yoshlar o’rtasida tobora ommaviylashib borayotgan «Zakovat», «Intellektual ring», «Qizlar davrasi», «O’yla, izla, top!» kabi o’yinlar ham mazmun, ham mohiyati, ham metodik jihatdan o’quvchilarning ma’naviyaxloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.O’quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Bu borada tarbiya jarayonida o’quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy, jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar beradi. Bunday tarbiya o’quvchilarda voqealar
 
 
rivojini oldindan ko’ra bilish, o’zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo’lini to’g’ri 
belgilash, axloq, e’tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to’g’ri anglash, ijtimoiy 
hayotda turli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishga yo’llaydi. Ayniqsa, bahslashish, 
ishontirish treninglarida o’quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik sifatlari, jamoada 
ishlash ko’nikmalari shakllanadi. O’zgalar fikrini hurmat qilish, ishontirish, o’z fikrini 
asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo bo’ladi. Shuningdek, muloqot 
madaniyati, his-tuyg’ularini jilovlay olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O’z 
ishiga ma’suliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini rivojlantiradi, ma’naviy-
axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish,ko’ngilochar, tashxisli, ishchan va harakatli 
o’yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, 
ta’nali, umidli, qiyosiy), rag’batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, 
tanbeh beruvchi tanqid) - bularning barchasini insonparvarlik g’oyalari asosida olib 
borish ijobiy natijalar beradi. 
Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. Oilada axloqiy 
tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yilgandagina shaxsga xos quyidagi salbiy axloqsizlik, 
odobsizlik, manmanlik, kibrlilik, dangasalik, maqtanchoqlik, ko’ngli qoralik, xasislik, 
vatanfurushlik, sabrsizlik, bilimsizlik, e’tiqodsizlik, adolatsizlik, yolg’onchilik, qahri 
qattiqlik, berahmlik, kattalarni hurmat qilmaslik, kichiklarga izzat ko’rsatmaslik, 
intizomsizlik kabi axloqiy sifatlarni shakllanishining oldini olinishiga erishiladi. Oila 
tarbiyasi, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun ma’sul 
shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom 
etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o’zlarining ijtimoiy 
burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan 
mehr-muhabbat, hurmat tuyg’usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foyda mehnatga 
tayyorlash, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartibintizomga amal 
qilish, ijtimoiy me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom turmush tarzini yaratish, 
o’z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so’z va faoliyat birligini 
ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko’rsatadi. Shaxs 
shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas 
bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga xos xususiyatlarni ham 
akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda xarakterlar 
to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmining
rivojini oldindan ko’ra bilish, o’zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo’lini to’g’ri belgilash, axloq, e’tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to’g’ri anglash, ijtimoiy hayotda turli vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilishga yo’llaydi. Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o’quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko’nikmalari shakllanadi. O’zgalar fikrini hurmat qilish, ishontirish, o’z fikrini asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo bo’ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg’ularini jilovlay olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O’z ishiga ma’suliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini rivojlantiradi, ma’naviy- axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish,ko’ngilochar, tashxisli, ishchan va harakatli o’yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, ta’nali, umidli, qiyosiy), rag’batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid) - bularning barchasini insonparvarlik g’oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar beradi. Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni. Oilada axloqiy tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yilgandagina shaxsga xos quyidagi salbiy axloqsizlik, odobsizlik, manmanlik, kibrlilik, dangasalik, maqtanchoqlik, ko’ngli qoralik, xasislik, vatanfurushlik, sabrsizlik, bilimsizlik, e’tiqodsizlik, adolatsizlik, yolg’onchilik, qahri qattiqlik, berahmlik, kattalarni hurmat qilmaslik, kichiklarga izzat ko’rsatmaslik, intizomsizlik kabi axloqiy sifatlarni shakllanishining oldini olinishiga erishiladi. Oila tarbiyasi, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, ota-onalar yoki shaxs kamoloti uchun ma’sul shaxslar tomonidan tashkil etiluvchi hamda farzandlarni har tomonlama yetuk, sog’lom etib tarbiyalashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Ota-onalar o’zlarining ijtimoiy burchlarini bajarar ekanlar, farzandlarida mehnatga, uni tashkil etuvchilarga nisbatan mehr-muhabbat, hurmat tuyg’usini shakllantirish, ularni ijtimoiy-foyda mehnatga tayyorlash, turli ko’rinishdagi munosabatlarni uyushtirish vaqtida tartibintizomga amal qilish, ijtimoiy me’yorlarga og’ishmay rioya etish, sog’lom turmush tarzini yaratish, o’z shaxsiy hayotlari mazmunini belgilashda maqsad, so’z va faoliyat birligini ta’minlash borasida har tomonlama ijobiy ibrat namunasini ko’rsatadi. Shaxs shakllanishiga ta’sir etishning ijtimoiy-ruhiy asosiga ega oila jamiyatning ajralmas bo’lagi sifatida ijtimoiy vazifalarni bajarish bilan birga o’ziga xos xususiyatlarni ham akslantiradiki, bunday xislat psixologik qarama-qarshilik hamda xarakterlar to’qnashuvidan iborat ijtimoiy munosabatlardan toliqqan inson organizmining
 
 
ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’tadil iqlimni hosil qila 
oladi. Bu tuyg’u xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos xususiyatlardan biridir. Oila 
tarbiyasida ob’ektiv va sub’ektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta’minoti va 
farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona 
foydalanish borasidagi tajriba, sog’lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar 
ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining 
fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning 
qiziqish va ehtiyojlari o’rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish 
borasidagi o’zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub’ektiv 
omillar sirasiga kiradi. 
Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan intilish, ijtimoiy 
faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil 
bo’lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarurshartlaridan biri. 
Oila tarbiyasida bolalar hayotini to’g’ri yuritish ularni vaqtdan to’g’ri va unumli 
foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o’yin, mehnat va 
o’qish faoliyatlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va 
psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy 
hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni 
bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo’nalishlari – axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, 
ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta’lim berish, ularda 
faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. 
O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash. Ijtimoiy jamiyat hayotining tartibli 
kechishini ta’minlash maqsadida axloqiy hamda huquqiy me’yorlar qabul qilingan. 
Jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o’rin tutuvchi ijtimoiy-huquqiy me’yorlar esa davlat 
tomonidan qabul qilinib, tegishli qonun aktlari asosida tartibga solinadi. Intizom 
ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlarga nisbatan ongli yondashuv, ularga to’la amal 
qilish demakdir. Ongli intizom tushunchasi shaxs faoliyatining ijtimoiy-axloqiy hamda 
ijtimoiy-huquqiy me’yorlar talablari asosida aqliy quvvatga tayangan holda tashkil 
etilish ko’rsatkichidir. Ongli intizom tarbiyasi o’quvchilar tomonidan intizomning 
mohiyati, uning ijtimoiy jamiyat hamda shaxs hayotida tutgan o’rnini to’g’ri baholash, 
shuningdek, ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar talablariga ongli
ishchanlik qobiliyatini qayta tiklash uchun zarur bo’lgan mo’tadil iqlimni hosil qila oladi. Bu tuyg’u xalqimiz ruhiyatidagi o’ziga xos xususiyatlardan biridir. Oila tarbiyasida ob’ektiv va sub’ektiv omillarning roli katta. Oilaning moddiy ta’minoti va farovonlik (maishiy turmush) darajasi, oila byudjetining mavjud holati, undan oqilona foydalanish borasidagi tajriba, sog’lom ruhiy muhitning barqarorligi va hokazolar ob’ektiv omillar sanalsa, oiladagi shaxslararo munosabatlar mazmuni, oila a’zolarining fiziologik, psixologik, madaniy jihatdan komillik hamda ma’lumot darajasi, ularning qiziqish va ehtiyojlari o’rtasidagi mutanosiblik, oilaviy hayotni tartibga solish borasidagi o’zaro yordam, hamkorlik, birlik tamoyillariga tayanish kabilar sub’ektiv omillar sirasiga kiradi. Bolalarda ijtimoiy-dunyoviy bilimlarni egallashga bo’lgan intilish, ijtimoiy faoliyatning shakllanishida ota-onalarning samarali ishtirok etishlari hal qiluvchi omil bo’lib, bu oila tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zarurshartlaridan biri. Oila tarbiyasida bolalar hayotini to’g’ri yuritish ularni vaqtdan to’g’ri va unumli foydalanishlarining asosiy garovidir. Bolalarning oiladagi vaqtini o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlari bo’yicha to’g’ri taqsimlash nihoyatda muhimdir. Oila jismoniy va psixologik jihatdan sog’lom, ma’naviy barkamol, mehnat, ijtimoiy hamda oilaviy hayotga tayyor shaxsni shakllantirib berishi lozim. Oila tarbiyasining mazmuni bolalarga ijtimoiy tarbiyaning mazkur yo’nalishlari – axloqiy, aqliy, estetik, mehnat, ekologik, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy-g’oyaviy hamda jinsiy ta’lim berish, ularda faoliyat ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. O’quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash. Ijtimoiy jamiyat hayotining tartibli kechishini ta’minlash maqsadida axloqiy hamda huquqiy me’yorlar qabul qilingan. Jamiyat ijtimoiy hayotida muhim o’rin tutuvchi ijtimoiy-huquqiy me’yorlar esa davlat tomonidan qabul qilinib, tegishli qonun aktlari asosida tartibga solinadi. Intizom ijtimoiy-axloqiy va huquqiy me’yorlarga nisbatan ongli yondashuv, ularga to’la amal qilish demakdir. Ongli intizom tushunchasi shaxs faoliyatining ijtimoiy-axloqiy hamda ijtimoiy-huquqiy me’yorlar talablari asosida aqliy quvvatga tayangan holda tashkil etilish ko’rsatkichidir. Ongli intizom tarbiyasi o’quvchilar tomonidan intizomning mohiyati, uning ijtimoiy jamiyat hamda shaxs hayotida tutgan o’rnini to’g’ri baholash, shuningdek, ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar talablariga ongli
 
 
munosabatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Talabalar o’rtasida 
ongli intizom tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
1. Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatin o’quvchilar ongiga 
singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish. 
2. O’quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o’zlashtirilishiga erishish. 
3. O’quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini 
tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish.  
4. O’quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etishko’nikmasini 
hosil qilish. 
5. O’quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati, 
aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga 
erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish. 
6. O’quvchilarda ta’lim muassasasi ichki tartibi qoidalariga bo’ysunish hissini 
shakllantirish. 
7. Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga 
yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar. 
Ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri yosh avlodni ongli intizom 
ruhida tarbiyalashdir. Ta’lim muassasalarida o’rnatilgan intizom ta’lim muassasalari 
jamoasini jipslashtirish, ta’lim muassasasi ichki hayoti va faoliyatining mo’tadil 
kechishini ta’minlaydi. Intizom o’quvchilardan hamjihatlik asosida faoliyat olib borish, 
o’quv yurti manfaati uchun birgalikda kurashish, rahbariyat hamda vakolatli 
o’quvchilar organlari, uning a’zolari talablarini to’g’ri talqin etish va ularning 
bajarilishini talab etadi. 
Ongli intizom o’quvchilarning o’qish va mehnat faoliyatiga ongli munosabatda 
bo’lish, o’quv yurti ichki tartib intizomiga bo’ysunish, jamoa tomonidan topshirilgan 
topshiriqni bajarishga vijdonan yondashgan holda xulqatvor me’yorlariga qat’iy rioya 
etish zarurligini tushunib olishlari va ularga o’z ixtiyorlari bilan itoat etish 
ko’nikmalarining hosil bo’lishiga sharoit yaratadi. Ta’lim muassasalari o’quvchilarida 
intizomlilik xislatining hosil bo’lishi uchun ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini 
yaxshilash, ularning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ongli intizom jamoa 
yordamida olib borilgan tarbiyaviy ishlarning natijasigina bo’lib qolmay, ayni vaqtda, 
tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Intizom ko’rsatkichi qanchalik yuksak darajaga
munosabatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Talabalar o’rtasida ongli intizom tarbiyasini tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 1. Ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatin o’quvchilar ongiga singdirish, ongli intizom tushunchasini qaror toptirish. 2. O’quvchilar tomonidan ijtimoiy burch mohiyatining o’zlashtirilishiga erishish. 3. O’quvchilarda ijtimoiy burchni ado etish jarayonida ongli va ixtiyoriy faoliyatini tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish. 4. O’quvchilarda kundalik hayotiy rejim asosida faoliyatni tashkil etishko’nikmasini hosil qilish. 5. O’quvchilarda mehnatni ilmiy asosda tashkil etish (mehnat va dam olish faoliyati, aqliy va jismoniy mehnat faoliyati o’rtasida o’zaro mutanosiblikning qaror topishiga erishish) ko’nikma va malakalarini hosil qilishga erishish. 6. O’quvchilarda ta’lim muassasasi ichki tartibi qoidalariga bo’ysunish hissini shakllantirish. 7. Intizomsizlikning oldini olgan holda intizomsizlikka qarshi kurashishga yo’naltirilgan faoliyatini yo’lga qo’yish va boshqalar. Ta’lim muassasalarining muhim vazifalaridan biri yosh avlodni ongli intizom ruhida tarbiyalashdir. Ta’lim muassasalarida o’rnatilgan intizom ta’lim muassasalari jamoasini jipslashtirish, ta’lim muassasasi ichki hayoti va faoliyatining mo’tadil kechishini ta’minlaydi. Intizom o’quvchilardan hamjihatlik asosida faoliyat olib borish, o’quv yurti manfaati uchun birgalikda kurashish, rahbariyat hamda vakolatli o’quvchilar organlari, uning a’zolari talablarini to’g’ri talqin etish va ularning bajarilishini talab etadi. Ongli intizom o’quvchilarning o’qish va mehnat faoliyatiga ongli munosabatda bo’lish, o’quv yurti ichki tartib intizomiga bo’ysunish, jamoa tomonidan topshirilgan topshiriqni bajarishga vijdonan yondashgan holda xulqatvor me’yorlariga qat’iy rioya etish zarurligini tushunib olishlari va ularga o’z ixtiyorlari bilan itoat etish ko’nikmalarining hosil bo’lishiga sharoit yaratadi. Ta’lim muassasalari o’quvchilarida intizomlilik xislatining hosil bo’lishi uchun ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini yaxshilash, ularning samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ongli intizom jamoa yordamida olib borilgan tarbiyaviy ishlarning natijasigina bo’lib qolmay, ayni vaqtda, tarbiya vositasi sifatida xizmat qiladi. Intizom ko’rsatkichi qanchalik yuksak darajaga
 
 
ko’tarilsa, uning tarbiya vositasi sifatidagi ta’siri shuncha ortib boradi. Intizomli jamoa 
o’z a’zolarini ichki tartibga rioya qilishga, muayyan xulq me’yorlariga amal qilishga, 
o’qituvchilar topshiriqlarini bajarishga, o’z tengdoshlariga namuna ko’rsatishga, 
ijtimoiy burchni anglashga o’rgatadi. Bunday jamoa o’quvchi noto’g’ri harakat qilsa, 
uning xatosi ko’rsatiladi, natijada o’quvchi tomonidan o’z xatosini anglashi, 
to’g’rilashga bo’lgan urinish yuzaga keladi. O’quvchi va jamoa o’rtasida ongli 
intizomni qaror toptirish ikki tomonlama ta’sir kuchiga egadir. Talaba jamoa doirasida 
jamoaning salbiy xususiyatlarini yo’qotish uchun kurashadi, jamoa esa o’quvchidagi 
mavjud nuqsonlarni bartaraf etishga o’z ulushini qo’shadi. Intizom o’quv ishlariga 
g’oyat katta ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchilarning topshiriqlarini, jamoa qarorlarini 
bajarish, mashg’ulotlarga kechikmasdan yetib kelish hamda sababsiz bironta ham 
darsni qoldirmaslik, darsda tartib saqlash, uy vazifalarini o’z vaqtida bajarish kabi 
holatlar ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini, shuningdek, o’quvchilarning chuqur 
bilim olishlari uchun imkon yaratadi. Shunday ekan, qaysiki o’quv yurtida o’qituvchi 
va o’quvchilar jamoasi intizom qoidalariga qattiq rioya qilsa, o’sha o’quv yurtida 
o’zlashtirish yuqori darajada bo’ladi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda yuksak natijalar 
qo’lga kiritiladi. O’quvchilarning ongli intizomini qaror toptirishda kundalik hayotiy 
rejim hamda unga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Qat’iy dars jadvali, 
sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish va ularni o’tkazish, 
kundalik faoliyatni aniq rejalashtirish o’quvchining shaxsiy hayotini 
muayyan tartibga solishga xizmat qiladi.Ongli intizom tuyg’usini o’quvchilarda 
shakllantirish quyidagi mazmundagi faoliyatni tashkil etish asosida kechadi: 
a) maqsadga muvofiq talablarning qo’yilishi hamda ularning o’quvchilar tomonidan 
bajarilishini uzluksiz, doimiy nazorat qilib borish; 
b) ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini tushuntirish; 
v) ongli intizom mezonlaridan biri bo’lgan intizomli xulq, xarakter va iroda sifatlarini 
hosil qilish maqsadida mashq qildirish va o’rgatish; 
g) rag’batlantirish va jazolash. 
Rag’batlantirish – o’quvchining namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib 
ko’rsatish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, devoriy gazetada ushbu o’quvchi 
to’g’risida kichik ma’lumotnoma berish, uning suratini maxsus doskaga qo’yish, ota-
onasining nomiga tashakkurnoma yuborish va boshqalar. Jazolash – o’quvchi
ko’tarilsa, uning tarbiya vositasi sifatidagi ta’siri shuncha ortib boradi. Intizomli jamoa o’z a’zolarini ichki tartibga rioya qilishga, muayyan xulq me’yorlariga amal qilishga, o’qituvchilar topshiriqlarini bajarishga, o’z tengdoshlariga namuna ko’rsatishga, ijtimoiy burchni anglashga o’rgatadi. Bunday jamoa o’quvchi noto’g’ri harakat qilsa, uning xatosi ko’rsatiladi, natijada o’quvchi tomonidan o’z xatosini anglashi, to’g’rilashga bo’lgan urinish yuzaga keladi. O’quvchi va jamoa o’rtasida ongli intizomni qaror toptirish ikki tomonlama ta’sir kuchiga egadir. Talaba jamoa doirasida jamoaning salbiy xususiyatlarini yo’qotish uchun kurashadi, jamoa esa o’quvchidagi mavjud nuqsonlarni bartaraf etishga o’z ulushini qo’shadi. Intizom o’quv ishlariga g’oyat katta ta’sir ko’rsatadi. O’qituvchilarning topshiriqlarini, jamoa qarorlarini bajarish, mashg’ulotlarga kechikmasdan yetib kelish hamda sababsiz bironta ham darsni qoldirmaslik, darsda tartib saqlash, uy vazifalarini o’z vaqtida bajarish kabi holatlar ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini, shuningdek, o’quvchilarning chuqur bilim olishlari uchun imkon yaratadi. Shunday ekan, qaysiki o’quv yurtida o’qituvchi va o’quvchilar jamoasi intizom qoidalariga qattiq rioya qilsa, o’sha o’quv yurtida o’zlashtirish yuqori darajada bo’ladi, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda yuksak natijalar qo’lga kiritiladi. O’quvchilarning ongli intizomini qaror toptirishda kundalik hayotiy rejim hamda unga qat’iy amal qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Qat’iy dars jadvali, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirish va ularni o’tkazish, kundalik faoliyatni aniq rejalashtirish o’quvchining shaxsiy hayotini muayyan tartibga solishga xizmat qiladi.Ongli intizom tuyg’usini o’quvchilarda shakllantirish quyidagi mazmundagi faoliyatni tashkil etish asosida kechadi: a) maqsadga muvofiq talablarning qo’yilishi hamda ularning o’quvchilar tomonidan bajarilishini uzluksiz, doimiy nazorat qilib borish; b) ijtimoiy-axloqiy va ijtimoiy-huquqiy me’yorlar mohiyatini tushuntirish; v) ongli intizom mezonlaridan biri bo’lgan intizomli xulq, xarakter va iroda sifatlarini hosil qilish maqsadida mashq qildirish va o’rgatish; g) rag’batlantirish va jazolash. Rag’batlantirish – o’quvchining namunali xulqi uchun boshqalarga ibrat qilib ko’rsatish, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, devoriy gazetada ushbu o’quvchi to’g’risida kichik ma’lumotnoma berish, uning suratini maxsus doskaga qo’yish, ota- onasining nomiga tashakkurnoma yuborish va boshqalar. Jazolash – o’quvchi
 
 
(talaba)ning xatti-harakati va faoliyatini jamoa muhokamasiga qo’yish kabi 
holatasosida tashkil etiladi. Mamlakatimizda mehnat tarbiyasining mazmuni va 
bolalarni mehnatga tayyorlash muammolari Rahima Mavlonova, Mamat Haydarovlar 
tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Rahima Mavlonovaning fikricha, bolalarni 
mehnatga tayyorlash – bu ularda mehnatga nisbatan ularning yoshiga muvofiq keluvchi 
ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarini 
egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarga 
yoshligidan boshlab mehnat – bu har bir insonni vijdoni va burchi ekanligini, inson o’z 
mehnati bilan sharaflanishini, faqat vatan farovonligi yo’lida qilingan mehnatdagina 
insonning eng yaxshi fazilatlari rivojlanishi hamda takomillashishi mumkinligi 
anglashlariga yordam berishdir. Oilada, maktabda, jamiyatda mehnat tarbiyasi — bu 
mehnat ko’nikmalarini va axloqiy sifatlarni shakllantirish, tanlagan mutaxassislik 
bo’yicha ishlashni bilish, mehnatni va o’zgalar mehnati natijasini hurmat qilish, mehnat 
qilishga ehtiyojni tushunadigan, his eta oladigan insonni shakllantirish tizimidir. 
Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnat va 
mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat 
yoki kasbiy ko’nikma, malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. 
Mehnat tarbiyasini tashkil etish shaxsda mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy 
munosabatni shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo’naltiriladi. 
Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini tashkil etishda mehnatning quyidagi 
turlaridan foydalaniladi: 
1) o’quv mehnati; 
2) ijtimoiy-foydali mehnat; 
3) o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish; 
4) ishlab chiqarish mehnati. 
O’quv mehnati – o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlar, o’quv fanlari asoslarini 
o’zlashtirish orqali ularni amaliyotga tatbiq etishga doir ko’nikma va malakalarni 
shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyati. Ijtimoiy-foydali mehnat o’quvchilar guruhi 
(jamoasi) tomonidan tashkil etilib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda bevosita 
shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning muayyan ijtimoiy ehtiyojini qondirishga 
yo’naltirilgan mehnat faoliyatining alohida turi sanaladi. O’quvchilar ijtimoiy-foydali 
mehnatini tashkil etishda sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni tashkil qilish,
(talaba)ning xatti-harakati va faoliyatini jamoa muhokamasiga qo’yish kabi holatasosida tashkil etiladi. Mamlakatimizda mehnat tarbiyasining mazmuni va bolalarni mehnatga tayyorlash muammolari Rahima Mavlonova, Mamat Haydarovlar tomonidan ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Rahima Mavlonovaning fikricha, bolalarni mehnatga tayyorlash – bu ularda mehnatga nisbatan ularning yoshiga muvofiq keluvchi ongli va ijobiy munosabatlarni tarkib toptirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarini egallashga qiziqishni shakllantirish demakdir. O’qituvchining vazifasi o’quvchilarga yoshligidan boshlab mehnat – bu har bir insonni vijdoni va burchi ekanligini, inson o’z mehnati bilan sharaflanishini, faqat vatan farovonligi yo’lida qilingan mehnatdagina insonning eng yaxshi fazilatlari rivojlanishi hamda takomillashishi mumkinligi anglashlariga yordam berishdir. Oilada, maktabda, jamiyatda mehnat tarbiyasi — bu mehnat ko’nikmalarini va axloqiy sifatlarni shakllantirish, tanlagan mutaxassislik bo’yicha ishlashni bilish, mehnatni va o’zgalar mehnati natijasini hurmat qilish, mehnat qilishga ehtiyojni tushunadigan, his eta oladigan insonni shakllantirish tizimidir. Mehnat tarbiyasi shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosabatni, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko’nikma, malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon. Mehnat tarbiyasini tashkil etish shaxsda mehnat va mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakllantirish maqsadini amalga oshirishga yo’naltiriladi. Ta’lim muassasalarida mehnat tarbiyasini tashkil etishda mehnatning quyidagi turlaridan foydalaniladi: 1) o’quv mehnati; 2) ijtimoiy-foydali mehnat; 3) o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish; 4) ishlab chiqarish mehnati. O’quv mehnati – o’quvchilar tomonidan ilmiy bilimlar, o’quv fanlari asoslarini o’zlashtirish orqali ularni amaliyotga tatbiq etishga doir ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan amaliy faoliyati. Ijtimoiy-foydali mehnat o’quvchilar guruhi (jamoasi) tomonidan tashkil etilib, ijtimoiy ahamiyat kasb etgani holda bevosita shaxsni har tomonlama kamol toptirish, uning muayyan ijtimoiy ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan mehnat faoliyatining alohida turi sanaladi. O’quvchilar ijtimoiy-foydali mehnatini tashkil etishda sinf xonasi yoki oshxonada navbatchilikni tashkil qilish,
 
 
hasharlar, mehnat bayrami, ko’kalamzorlashtirish, maktab binosini ta’mirlash, fermer 
hamda jamoa xo’jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yig’ib 
olishda dehqonlarga ko’maklashish kabi shakllardan samarali foydalanish mumkin. 
O’zo’ziga xizmat – o’quvchilar tomonidan oilada, ta’lim muassasasida, omma uchun 
xizmat ko’rsatiladigan muassasalarda o’z ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, 
zimmalaridagi vazifalarni ado etish maqsadida tashkil etiladigan mehnat faoliyatidir. 
O’z-o’ziga xizmat ko’rsatishning eng oddiy ko’rinishlari umumiy ovqatlanish 
muassasalarida xodimlar xizmatidan foydalanmaslik, oilada yotoqxonani tartibga 
keltirish, kiyim-kechaklarni ozoda, o’quv qurollarini esa tartibli saqlash, shaxsiy 
gigiena qoidalariga amal qilish yo’lida muayyan harakatlarni bajarish kabilar sanaladi. 
O’quvchilarning ishlab chiqarish mehnati ta’lim muassasalarida o’quvchilarni 
muayyan yo’nalishlar bo’yicha kasb yoki hunar asoslaridan xabardor qilish, ularda 
amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish yo’lida olib borilayotgan pedagogik 
faoliyat ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasining asosiy qismi kasbga 
yo’naltirish hisoblanadi. Kasbga yo’naltirish — bu o’quvchiga mehnat bozoriga va 
imkoniyat va ehtiyojlariga mos keluvchi kasbni tanlashlariga yordam berish jarayoni 
hisoblanadi. O’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish ta’lim muassasalarida tashkil 
etiladigan pedagogik faoliyat hamda o’quvchilar ishlab chiqarish mehnatining asosiy 
yo’nalishlaridan biri bo’lib, unga ko’ra o’quvchilar muayyan kasb yoki hunar 
borasidagi bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantiriladilar. 
Kasbga yo’naltirish tizimi quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: 
– kasbiy ta’lim —o’quvchilarni mehnat, kasblar dunyosi, kasb tanlash muammolari 
bilan tanishtirish; 
– kasbiy tashxis—o’quvchilarni kasb tanlashga tavsiyalar berish uchun o’rganish. 
Tashxis tibbiy, psixologik, pedagogik bo’lishi mumkin; 
– kasbiy maslahat — kasb tanlash bo’yicha maslahat va tavsiyalar berish; 
– kasbiy tanlov —biror bir kasbga nomzodlarni tanlash; 
– kasbiy moslashuv — ishlab chiqarish sharoitlariga va kasb talablarigayoshlarni 
moslashish jarayoni.O’quvchilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirish suhbat, 
ekskursiya,uchrashuvlar, anjumanlar, konkurslar shaklida tashkil etiladi. O’quvchilarni 
kasblarga bo’lgan qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishda to’garaklarni, klublar 
faoliyatini, bolalar markazlarini o’rni beqiyosdir. O’quvchilarni kasb tanlashga
hasharlar, mehnat bayrami, ko’kalamzorlashtirish, maktab binosini ta’mirlash, fermer hamda jamoa xo’jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yig’ib olishda dehqonlarga ko’maklashish kabi shakllardan samarali foydalanish mumkin. O’zo’ziga xizmat – o’quvchilar tomonidan oilada, ta’lim muassasasida, omma uchun xizmat ko’rsatiladigan muassasalarda o’z ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, zimmalaridagi vazifalarni ado etish maqsadida tashkil etiladigan mehnat faoliyatidir. O’z-o’ziga xizmat ko’rsatishning eng oddiy ko’rinishlari umumiy ovqatlanish muassasalarida xodimlar xizmatidan foydalanmaslik, oilada yotoqxonani tartibga keltirish, kiyim-kechaklarni ozoda, o’quv qurollarini esa tartibli saqlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish yo’lida muayyan harakatlarni bajarish kabilar sanaladi. O’quvchilarning ishlab chiqarish mehnati ta’lim muassasalarida o’quvchilarni muayyan yo’nalishlar bo’yicha kasb yoki hunar asoslaridan xabardor qilish, ularda amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish yo’lida olib borilayotgan pedagogik faoliyat ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasining asosiy qismi kasbga yo’naltirish hisoblanadi. Kasbga yo’naltirish — bu o’quvchiga mehnat bozoriga va imkoniyat va ehtiyojlariga mos keluvchi kasbni tanlashlariga yordam berish jarayoni hisoblanadi. O’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan pedagogik faoliyat hamda o’quvchilar ishlab chiqarish mehnatining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, unga ko’ra o’quvchilar muayyan kasb yoki hunar borasidagi bilim, ko’nikma, malakalar bilan qurollantiriladilar. Kasbga yo’naltirish tizimi quyidagi komponentlarni o’z ichiga oladi: – kasbiy ta’lim —o’quvchilarni mehnat, kasblar dunyosi, kasb tanlash muammolari bilan tanishtirish; – kasbiy tashxis—o’quvchilarni kasb tanlashga tavsiyalar berish uchun o’rganish. Tashxis tibbiy, psixologik, pedagogik bo’lishi mumkin; – kasbiy maslahat — kasb tanlash bo’yicha maslahat va tavsiyalar berish; – kasbiy tanlov —biror bir kasbga nomzodlarni tanlash; – kasbiy moslashuv — ishlab chiqarish sharoitlariga va kasb talablarigayoshlarni moslashish jarayoni.O’quvchilarni kasblar dunyosi bilan tanishtirish suhbat, ekskursiya,uchrashuvlar, anjumanlar, konkurslar shaklida tashkil etiladi. O’quvchilarni kasblarga bo’lgan qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirishda to’garaklarni, klublar faoliyatini, bolalar markazlarini o’rni beqiyosdir. O’quvchilarni kasb tanlashga
 
 
tayyorgarligi ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat. Kasb va uning shaxsga nisbatan 
talablari to’g’risidagi bilimlari, o’zining individual xususiyatlarini bilishi, tanlagan 
mutaxassislik bo’yicha o’quv va amaliy ishlar, umumiy mehnat ko’nikmalari ko’lami. 
Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari. Mehnat tarbiyasini tashkil etish 
jarayonida o’quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari bilan 
tanishadilar. Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi. Mehnat 
ta’limi sinf xonalari, o’quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi, o’quvtarbiyaviy 
tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo’jaliklarning dalalarda olib 
boriladi. Natijada ma’lum qiymatga ega bo’lgan ijtimoiy-foydali mahsulotlar yaratiladi 
hamda ilg’or kasb sohiblariga xos bo’lgan shaxslik fazilatlari shakllanadi. Shu jihatdan 
olib qaraganda bugungi kunda mehnat ta’limining mazmuni, maqsad va vazifalari 
o’zgardi, texnologik ta’lim ustuvorlik kasb etdi, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish 
tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi darsini ham o’quvchi ta’lim 
jarayonida oladi. Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta’limi bir-biri bilan o’zaro 
bog’langan. Mehnat faoliyati ma’lum bilimga ega bo’lishni talab etadi. Zero, bilim va 
ko’nikmalar o’quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Ta’lim jarayonida olgan 
bilimlarini amaliyotda sinab ko’radilar, Umumiy mehnat jarayonida o’quvchilarning 
kombinatlar, jamoa hamda fermer xo’jaliklari, korxona, zavod va fabrikalarda texnik 
va 
texnologik 
bilimlari 
mustahkamlanadi, 
shuningdek, 
ular 
tashkilotchilik 
malakalariga ham ega bo’ladilar. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi 
ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning turli shakllari 
o’quvchining texnik ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga 
bo’lgan qiziqishini shakllantiradi. To’garaklarda o’quvchining qiziqish va qobiliyatlari 
namoyon bo’ladi. O’quvchilarning to’garaklardagi faoliyati ma’lum pedagogik 
talablarga rioya qilganda samarali bo’ladi. Chunonchi: 
- to’garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi lozim, ya’ni, o’quvchilar 
tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo’lishi zarur; 
- texnik ijodkorlik o’quv muassasasidagi o’quv-mehnat jarayoni bilan uzviy 
aloqada bo’lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar); 
- ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o’quvchining texnik ijodkorligini 
tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish kerak bo’ladi.
tayyorgarligi ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat. Kasb va uning shaxsga nisbatan talablari to’g’risidagi bilimlari, o’zining individual xususiyatlarini bilishi, tanlagan mutaxassislik bo’yicha o’quv va amaliy ishlar, umumiy mehnat ko’nikmalari ko’lami. Mehnat tarbiyasining mazmuni va metodlari. Mehnat tarbiyasini tashkil etish jarayonida o’quvchilar dastlab ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy asoslari bilan tanishadilar. Mehnat tarbiyasi maqsadga muvofiq, tizimli, izchil tashkil etiladi. Mehnat ta’limi sinf xonalari, o’quv-tajriba maydoni, mashina-traktor saroyi, o’quvtarbiyaviy tadbirlar jarayoni, ishlab chiqarish korxonalari va xo’jaliklarning dalalarda olib boriladi. Natijada ma’lum qiymatga ega bo’lgan ijtimoiy-foydali mahsulotlar yaratiladi hamda ilg’or kasb sohiblariga xos bo’lgan shaxslik fazilatlari shakllanadi. Shu jihatdan olib qaraganda bugungi kunda mehnat ta’limining mazmuni, maqsad va vazifalari o’zgardi, texnologik ta’lim ustuvorlik kasb etdi, o’quvchilarni kasbga yo’naltirish tizimi yangilandi. Mehnatni ilmiy tashkil etishning birinchi darsini ham o’quvchi ta’lim jarayonida oladi. Mehnat tarbiyasi bilan mehnat ta’limi bir-biri bilan o’zaro bog’langan. Mehnat faoliyati ma’lum bilimga ega bo’lishni talab etadi. Zero, bilim va ko’nikmalar o’quvchini mehnat faoliyatiga tayyorlaydi. Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko’radilar, Umumiy mehnat jarayonida o’quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo’jaliklari, korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo’ladilar. Sinfdan tashqari ishlar jarayonida mehnat tarbiyasi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlarning turli shakllari o’quvchining texnik ijodkorligini rivojlantiradi, u yoki bu bilim sohasida bilimga bo’lgan qiziqishini shakllantiradi. To’garaklarda o’quvchining qiziqish va qobiliyatlari namoyon bo’ladi. O’quvchilarning to’garaklardagi faoliyati ma’lum pedagogik talablarga rioya qilganda samarali bo’ladi. Chunonchi: - to’garak faoliyati ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lishi lozim, ya’ni, o’quvchilar tayyorlagan buyumlar kishilar uchun amaliy qiymatga ega bo’lishi zarur; - texnik ijodkorlik o’quv muassasasidagi o’quv-mehnat jarayoni bilan uzviy aloqada bo’lishi kerak (maktab, kollej, oliy ta’lim va boshqalar); - ijtimoiy-foydali, unumli mehnat jarayonida o’quvchining texnik ijodkorligini tashkil etishda faoliyatni ijtimoiy buyurtmadan ijodkorlikka aylantirish kerak bo’ladi.
 
 
Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar o’zo’ziga 
xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro’zg’or texnikalarini ta’mirlash 
bilan shug’ullanadilar. Oila byudjeti va uni yuritish bilan bog’liq topshiriqlarni 
bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil etishning 
imkoniyatlari cheksiz So’nggi yillarda o’quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik 
katta e’tibor bermoqda. Yirik fermer xo’jaliklari, qo’shma korxonalarning jamoalari 
maktablarni otaliqqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o’quvchilarning 
bilim 
olishlari, 
ijtimoiy-foydali 
mehnatni 
tashkil 
etishda 
yordam 
bermoqdalar.Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash, ma’lum 
faoliyatni bajarishda ma’suliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, 
mehnat jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda tashabbuskorlik, faollik 
ko’rsatish, o’z aqliy va jismoniy qobiliyatini to’liq namoyon etishga bo’lgan ichki 
ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo’lida amaliy harakatni olib borish shular 
jumlasidandir. Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo’lish esa tarbiyaviy ishlar 
tizimida amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam 
beradi: 
- o’quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish hayotiy 
zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish; 
- ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag’bat uyg’otish; 
- o’quvchilarda mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar. 
 
Mehnat faoliyatining turidan qat’iy nazar mehnat madaniyatinishakllantirish, kasbiy 
faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o’zjoyini tartibli saqlash hamda 
mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatdabo’lish. 
Mehnat tarbiyasi- mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi; 
- xasharlar uyushtirish; 
- qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik 
yordami; 
- ko’kalamzorlashtirish; 
- ta’mirlash (maktab binosini); 
- «Moxir qo’llar» to’garagining faoliyati
Mehnat tarbiyasi oilada tabaqalashtirilgan holda olib boriladi: bolalar o’zo’ziga xizmat qiladilar, uy hayvonlarini parvarishlaydilar, ro’zg’or texnikalarini ta’mirlash bilan shug’ullanadilar. Oila byudjeti va uni yuritish bilan bog’liq topshiriqlarni bajaradilar, Oilada bolalar va kattalar mehnatini hamkorlikda tashkil etishning imkoniyatlari cheksiz So’nggi yillarda o’quvchilar mehnat tarbiyasiga jamoatchilik katta e’tibor bermoqda. Yirik fermer xo’jaliklari, qo’shma korxonalarning jamoalari maktablarni otaliqqa olmoqda, ularning moddiy bazasini yaratish, o’quvchilarning bilim olishlari, ijtimoiy-foydali mehnatni tashkil etishda yordam bermoqdalar.Xususan, mehnatga muhim ijtimoiy burch sifatida qarash, ma’lum faoliyatni bajarishda ma’suliyatni his etish, mehnatga va uning natijasi, shuningdek, mehnat jamoasiga hurmat, mehnat faoliyatini tashkil etishda tashabbuskorlik, faollik ko’rsatish, o’z aqliy va jismoniy qobiliyatini to’liq namoyon etishga bo’lgan ichki ehtiyoj, mehnatni ilmiy tashkil etish yo’lida amaliy harakatni olib borish shular jumlasidandir. Mehnatga psixologik jihatdan tayyor bo’lish esa tarbiyaviy ishlar tizimida amalga oshirilib, ularning har biri quyidagi vazifalarni hal etishga yordam beradi: - o’quvchilar tomonidan mehnatning ijtimoiy ahamiyati, mehnatni tashkil etish hayotiy zaruriyat ekanligining anglab yetilishiga erishish; - ularda mehnat faoliyatini amalga oshirishga nisbatan rag’bat uyg’otish; - o’quvchilarda mehnat ko’nikma va malakalarini shakllantirish va hokazolar. Mehnat faoliyatining turidan qat’iy nazar mehnat madaniyatinishakllantirish, kasbiy faoliyatni rejalashtirish, vaqtdan oqilona foydalanish, o’zjoyini tartibli saqlash hamda mehnat qurollariga ehtiyotkorona munosabatdabo’lish. Mehnat tarbiyasi- mehnat bayrami, o’quvchilar yasagan buyumlar ko’rgazmasi; - xasharlar uyushtirish; - qarovchisi yo’q, bemor, keksa va nogiron kishilarga ko’rsatiluvchi insonparvarlik yordami; - ko’kalamzorlashtirish; - ta’mirlash (maktab binosini); - «Moxir qo’llar» to’garagining faoliyati
 
 
.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. 
Jismoniy tarbiya—bu sog’lom turmush tarzini va gigienik ko’nikmalarni 
shakllantirishga, salomatlik va jismoniy kuchlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan, 
sog’lomlashtirish va bilish faoliyatlarini tashkil etish jarayoni. Jismoniy 
madaniyat—jamiyat qadriyati bo’lib, insonni garmonik rivojlanishi, tana va ruh 
to’g’risidagi bilimlar hamda salomatlikni saqlash bo’yicha faoliyat tizimi, 
ma’naviy va jismoniy rivojlanish kuchlari to’g’risidagi tasavvurlar yig’indisidir. 
Buyuk mutafakkir Ibn Sino birinchilardan bo’lib, jismoniy tarbiyani bir butun 
tizimini (jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish, kun 
tartibi) yaratgan edi. To’g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya shaxsning me’yoriy, 
jismoniy taraqqiyotini ta’minlaydi, salomatligini mustahkamlaydi, yoshlarni 
mehnatga, turmushga tayyorlaydi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik 
yillarida yosh avlodni jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlovchi uch bosqichli 
tizim ishlab chiqildi. 
Ya’ni: 
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasida «Umid nihollari» 
sport musobaqasi tashkil etiladi. 
2. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasida 
«Barkamol avlod» sport musobaqasi tashkil etiladi. 
3. Oliy o’quv yurtlarining talabalari o’rtasida «Universiada» sport 
musobaqasi tashkil etiladi. 
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni shakllantirish, 
ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va vatan mudofaasiga tayyorlashga 
yo’naltirilgan jarayon sanaladi. 
7.4. Jismoniy tarbiya vositalari. 
Jismoniy tarbiyani tashkil etishda o’quvchilarning o’z sog’liqlarini saqlash 
va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanish, 
uning ishchanlik qobiliyatini oshirish to’g’risida g’amxo’rlik qilish tuyg’ularini 
tarbiyalash, ularda yangi harakat turlari borasida ko’nikma, malakalarni hosil 
qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarning yoshi, jinsiga 
muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, 
chidam, iroda, harakterni qaror toptirish kabi) jismoniy sifatlarni rivojlantirish,
.Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari. Jismoniy tarbiya—bu sog’lom turmush tarzini va gigienik ko’nikmalarni shakllantirishga, salomatlik va jismoniy kuchlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan, sog’lomlashtirish va bilish faoliyatlarini tashkil etish jarayoni. Jismoniy madaniyat—jamiyat qadriyati bo’lib, insonni garmonik rivojlanishi, tana va ruh to’g’risidagi bilimlar hamda salomatlikni saqlash bo’yicha faoliyat tizimi, ma’naviy va jismoniy rivojlanish kuchlari to’g’risidagi tasavvurlar yig’indisidir. Buyuk mutafakkir Ibn Sino birinchilardan bo’lib, jismoniy tarbiyani bir butun tizimini (jismoniy mashqlar, to’g’ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish, kun tartibi) yaratgan edi. To’g’ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya shaxsning me’yoriy, jismoniy taraqqiyotini ta’minlaydi, salomatligini mustahkamlaydi, yoshlarni mehnatga, turmushga tayyorlaydi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida yosh avlodni jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlovchi uch bosqichli tizim ishlab chiqildi. Ya’ni: 1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasida «Umid nihollari» sport musobaqasi tashkil etiladi. 2. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasida «Barkamol avlod» sport musobaqasi tashkil etiladi. 3. Oliy o’quv yurtlarining talabalari o’rtasida «Universiada» sport musobaqasi tashkil etiladi. Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy-irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy, jismoniy jihatdan mehnat va vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan jarayon sanaladi. 7.4. Jismoniy tarbiya vositalari. Jismoniy tarbiyani tashkil etishda o’quvchilarning o’z sog’liqlarini saqlash va mustahkamlash, organizmni chiniqtirish, jismoniy jihatdan to’g’ri rivojlanish, uning ishchanlik qobiliyatini oshirish to’g’risida g’amxo’rlik qilish tuyg’ularini tarbiyalash, ularda yangi harakat turlari borasida ko’nikma, malakalarni hosil qilish, ularni maxsus bilimlar bilan qurollantirish, o’quvchilarning yoshi, jinsiga muvofiq keladigan (kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot, mehnat, chidam, iroda, harakterni qaror toptirish kabi) jismoniy sifatlarni rivojlantirish,
 
 
shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash maqsadi 
ko’zlanadi. 
Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
– o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash, ularni jismonan rivojlantirish; 
– o’quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish; 
 71 
– o’quvchilarda tabiiy harakatchanlikni rivojlantirish va mustahkamlash; 
– o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish; 
– o’quvchilarda irodaviy sifatlar (kuch, chaqqonlik, dadillik, chidamlilik, 
qat’iyatlik va b.)ni rivojlantirish; 
– o’quvchilarda axloqiy sifatlar (intizomlilik, ma’suliyatlik, jamoa bilan 
bo’lish kabilar)ni tarbiyalash; 
– o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, muntazam 
shug’ullanish ehtiyojini shakllantirish; 
– o’quvchining jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlash, shaxsiy gigiena 
qoidalariga amal qilishga odatlantirish, o’z sog’ligiga ongli munosabatni 
tarbiyalash. 
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan 
jismoniy tarbiya uning chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik bilan 
bog’liqligiga ko’ra o’ziga xos harakter kasb etadi. 
O’quvchilarning jismoniy madaniyat (kamolot)ga erishganlik darajasini 
quyidagi mezonlar asosida belgilash mumkin: 
1) jismoniy harakat ko’nikmalariga egalik; 
2) jismoniy mehnat qilish qobiliyatining rivojlanganligi; 
3) jismoniy kamolotning aks etishi; 
4) o’quvchilar tomonidan jismonan rivojlangan idealning tanlanganligi va 
undan namuna olish yo’lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligi. 
Chaqqonlik, epchillik, chopqirlik, egiluvchanlik, kuchlilik, chidamlilik, 
sabrlilik, irodalilik, kuchli harakterga egalik kabi sifatlar shaxsning jismonan 
kamolotga yetganligini ifodalaydi. 
Jismoniy tarbiya vositalariga gimnastika, o’yin, turizm, sport, tabiat shu 
bilan birga tabiiy kuchlar(quyosh, havo, suv), bundan tashqari gigienik omillar
shaxsiy gigienani saqlashga nisbatan ongli munosabatlarni tarbiyalash maqsadi ko’zlanadi. Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal qilinadi: – o’quvchilar sog’lig’ini mustahkamlash, ularni jismonan rivojlantirish; – o’quvchilarning aqliy va jismoniy ish qobiliyatlarini oshirish; 71 – o’quvchilarda tabiiy harakatchanlikni rivojlantirish va mustahkamlash; – o’quvchilarni harakatning yangi turlariga o’rgatish; – o’quvchilarda irodaviy sifatlar (kuch, chaqqonlik, dadillik, chidamlilik, qat’iyatlik va b.)ni rivojlantirish; – o’quvchilarda axloqiy sifatlar (intizomlilik, ma’suliyatlik, jamoa bilan bo’lish kabilar)ni tarbiyalash; – o’quvchilarda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, muntazam shug’ullanish ehtiyojini shakllantirish; – o’quvchining jismonan sog’lom bo’lishini ta’minlash, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilishga odatlantirish, o’z sog’ligiga ongli munosabatni tarbiyalash. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladigan jismoniy tarbiya uning chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik bilan bog’liqligiga ko’ra o’ziga xos harakter kasb etadi. O’quvchilarning jismoniy madaniyat (kamolot)ga erishganlik darajasini quyidagi mezonlar asosida belgilash mumkin: 1) jismoniy harakat ko’nikmalariga egalik; 2) jismoniy mehnat qilish qobiliyatining rivojlanganligi; 3) jismoniy kamolotning aks etishi; 4) o’quvchilar tomonidan jismonan rivojlangan idealning tanlanganligi va undan namuna olish yo’lida amaliy harakatlarning tashkil etilayotganligi. Chaqqonlik, epchillik, chopqirlik, egiluvchanlik, kuchlilik, chidamlilik, sabrlilik, irodalilik, kuchli harakterga egalik kabi sifatlar shaxsning jismonan kamolotga yetganligini ifodalaydi. Jismoniy tarbiya vositalariga gimnastika, o’yin, turizm, sport, tabiat shu bilan birga tabiiy kuchlar(quyosh, havo, suv), bundan tashqari gigienik omillar
 
 
(kun tartibi va dam olish, ovqatlanish) tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya 
metodlariga 
jismoniy mashqlar, trenirovka, tushuntirish, namuna hamda musabaqa kiradi. 
Jismoniy tarbiya metodlari yordamida o’quvchilarda jismonan to’g’ri 
rivojlanishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ehtiyoj va shaxsiy sifatlar shakllanadi. 
Jismoniy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu jismoniy tarbiya 
darslari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli, xalq va sport 
o’yinlaridan keng foydalaniladi. 
Jismoniy tarbiya o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish bilan 
uzviy bog’liq. Bolalar va o’smirlar orasida chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol 
qilish, narkotik moddalarni qabul qilish kabi salbiy odatlarni shakllanishini 
oldini 
olishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta. 
7.5. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. 
Estetik qadriyatlar, ideallar, ommaviy madaniyat kabi masalalar keng 
jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar tomonidan muhokama qilinayotganligini 
guvohi bo’lmoqda. 
 72 
Jamiyat a’zolarining estetik madaniyati masalalari barcha davrlarda o’z 
dolzarbligini yo’qotmagan. Demak, bugungi kunda ham yoshlarni estetik 
jihatdan 
tarbiyalash o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. 
Estetik tarbiya – shaxsni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai 
nazardan idrok etishga o’rgatadi. Estetik tarbiya – o’quvchilarda estetik bilim, 
ko’nikma, malakalarni shakllantirishni, hamda estetik his-tuyg’u, qiziqish, 
ehtiyoj, 
baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalalarini o’z ichiga oladi. Estetik 
tarbiya 
mohiyati asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
– tabiat va voqelikdagi go’zalliklarni idrok etish va zavqlanish; 
– san’at asarlarini to’g’ri tushuna bilish va baholash; 
– o’zining qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishga intilish;
(kun tartibi va dam olish, ovqatlanish) tashkil qiladi. Jismoniy tarbiya metodlariga jismoniy mashqlar, trenirovka, tushuntirish, namuna hamda musabaqa kiradi. Jismoniy tarbiya metodlari yordamida o’quvchilarda jismonan to’g’ri rivojlanishlari uchun zarur bo’lgan bilim, ehtiyoj va shaxsiy sifatlar shakllanadi. Jismoniy tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli bu jismoniy tarbiya darslari hisoblanadi. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli, xalq va sport o’yinlaridan keng foydalaniladi. Jismoniy tarbiya o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish bilan uzviy bog’liq. Bolalar va o’smirlar orasida chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, narkotik moddalarni qabul qilish kabi salbiy odatlarni shakllanishini oldini olishda jismoniy tarbiyaning ahamiyati katta. 7.5. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari. Estetik qadriyatlar, ideallar, ommaviy madaniyat kabi masalalar keng jamoatchilik, olimlar, mutaxassislar tomonidan muhokama qilinayotganligini guvohi bo’lmoqda. 72 Jamiyat a’zolarining estetik madaniyati masalalari barcha davrlarda o’z dolzarbligini yo’qotmagan. Demak, bugungi kunda ham yoshlarni estetik jihatdan tarbiyalash o’z dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Estetik tarbiya – shaxsni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarni ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi. Estetik tarbiya – o’quvchilarda estetik bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantirishni, hamda estetik his-tuyg’u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish kabi xislatlarni tarbiyalash masalalarini o’z ichiga oladi. Estetik tarbiya mohiyati asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi: – tabiat va voqelikdagi go’zalliklarni idrok etish va zavqlanish; – san’at asarlarini to’g’ri tushuna bilish va baholash; – o’zining qobiliyat va iste’dodlarini namoyon etishga intilish;
 
 
– hamma narsada, ya’ni tabiatda, munosabatda, mehnatda, go’zallik uchun 
kurashish; 
-xunuklik va tartibsizlikka murosasiz bo’lish. 
Shunday qilib, estetik tarbiya —bu san’at va hayotdagi go’zalliklarni tushunish 
va his eta olish qobiliyatlarini shakllantirish, san’at sohasidagi qobiliyatlarni 
rivojlantirish, estetik bilim va his-tuyg’uni shakllantirish jarayonidir. 
Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsda estetik madaniyatni shakllantirish 
hisoblanadi. 
Estetik tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi: 
– o’quvchilarga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush 
go’zalliklari, ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish; 
– o’quvchilarni badiiy-estetik madaniyatini boyitish; 
– o’quvchilarda musiqiy, badiiy ziyraklikni, ijodiy tafakkurni rivojlantirish; 
– o’quvchilarda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush 
go’zalligini anglash, his qilish qobiliyatini tarbiyalash; 
– o’quvchilarda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi, estetik didni shakllantirish, 
go’zallikka muhabbat uyg’otish; 
– o’quvchilarda go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, estetik qobiliyat va 
madaniyatni shakllantirish. 
Estetik madaniyat elementlari quyidagi komponentlardan iborat. Estetik qarash 
– estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi estetik fikr-
mulohazalar va g’oyalar tizimi. Estetik idrok – ijtimoiy voqelik, buyum, hodisalarning 
go’zalligini ongda yaxlit aks etishi bo’lib, u go’zallik his etilganda yuzaga keladi va 
aniq maqsadga yo’naltiriladi. Estetik ong – shaxsga nazariy tushunchalar berish asosida 
predmet, buyum, voqelik va hodisalar mohiyatini estetik baholay olish imkonini 
yaratadigan his-tuyg’ular, sezgilar, tasavvur va qarashlar shakli. Estetik ong – estetik 
his-tuyg’u, estetik idrok, estetik bilim, estetik mulohaza, estetik baho, estetik did, 
estetik ideal kabilardan tarkib topadi. 
Estetik faoliyat ko’nikmalari deb estetik ehtiyojlarni qondirish yo’lida muayyan 
xatti-harakatni amalga oshirishga imkon beradigan ko’nikmalarga aytiladi.
– hamma narsada, ya’ni tabiatda, munosabatda, mehnatda, go’zallik uchun kurashish; -xunuklik va tartibsizlikka murosasiz bo’lish. Shunday qilib, estetik tarbiya —bu san’at va hayotdagi go’zalliklarni tushunish va his eta olish qobiliyatlarini shakllantirish, san’at sohasidagi qobiliyatlarni rivojlantirish, estetik bilim va his-tuyg’uni shakllantirish jarayonidir. Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsda estetik madaniyatni shakllantirish hisoblanadi. Estetik tarbiyani tashkil etishda quyidagi vazifalar hal qilinadi: – o’quvchilarga ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush go’zalliklari, ularni anglash to’g’risidagi bilimlarni berish; – o’quvchilarni badiiy-estetik madaniyatini boyitish; – o’quvchilarda musiqiy, badiiy ziyraklikni, ijodiy tafakkurni rivojlantirish; – o’quvchilarda ijtimoiy voqelik, tabiat va mehnat munosabatlari, turmush go’zalligini anglash, his qilish qobiliyatini tarbiyalash; – o’quvchilarda mavjud go’zalliklarni qadrlash hissi, estetik didni shakllantirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish; – o’quvchilarda go’zallikni yaratish ehtiyojini qaror toptirish, estetik qobiliyat va madaniyatni shakllantirish. Estetik madaniyat elementlari quyidagi komponentlardan iborat. Estetik qarash – estetik ongning g’oyaviy negizi, tabiat, hayot, san’at mohiyati haqidagi estetik fikr- mulohazalar va g’oyalar tizimi. Estetik idrok – ijtimoiy voqelik, buyum, hodisalarning go’zalligini ongda yaxlit aks etishi bo’lib, u go’zallik his etilganda yuzaga keladi va aniq maqsadga yo’naltiriladi. Estetik ong – shaxsga nazariy tushunchalar berish asosida predmet, buyum, voqelik va hodisalar mohiyatini estetik baholay olish imkonini yaratadigan his-tuyg’ular, sezgilar, tasavvur va qarashlar shakli. Estetik ong – estetik his-tuyg’u, estetik idrok, estetik bilim, estetik mulohaza, estetik baho, estetik did, estetik ideal kabilardan tarkib topadi. Estetik faoliyat ko’nikmalari deb estetik ehtiyojlarni qondirish yo’lida muayyan xatti-harakatni amalga oshirishga imkon beradigan ko’nikmalarga aytiladi.