Boshlang‘ich sinfda matematikadan tafakkurni, mantiqiy fikrlashga rivojlantiruvchi ijodiy topshiriq tarzida masalalar ustida ishlash metodikasi (1-2-sinf misolida)
Yuklangan vaqt
2025-05-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
25
Faytl hajmi
165,5 KB
0
Boshlang‘ich sinfda matematikadan tafakkurni, mantiqiy fikrlashga
rivojlantiruvchi ijodiy topshiriq tarzida masalalar ustida ishlash metodikasi
(1-2-sinf misolida)
KURS ISHI
MUNDARIJA
KIRISH
I
BOB.
O‘ZBEKISTONDA
MATEMATIKA
FANINI
O‘QITISH
METODIKASI TARIXI VA RIVOJLANISHI
1.1. XX asrgacha O‘rta Osiyo madrasalarida matematika fanining o‘qitilishi
1.2. O‘zbekistonda matematika fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish davr
talabi
II
BOB.
BIRINCHI,
IKKINCHI
SINFDA
MATЕMATIKADAN
TAFAKKURNI,
MANTIQIY
FIKRLASHGA
RIVОJLANTIRUVCHI
IJОDIY TОPSHIRIQ TARZIDA MASALALAR USTIDA ISHLASH
MЕTОDIKASI
2.1. Birinchi, ikkinchi sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy
masalalari
2.2. Birinchi, ikkinchi sinflarda masala ishlashni tashkil qilishda interfaol
metodlardan foydalanish
XULOSA
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI
1
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda xozirgi paytda yoshlarga ta’lim
va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim-tarbiya hamisha jamiyat
taraqqiyotining asosi bo‘lgan. Chunki, inson jamiyatdagi barcha munosabatlar,
aloqalarning markazida turadi. Fan-texnika va axborotdagi revolyutsiya inson va
uning ilmiy-ma’rifny potentsialini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hal qiluvchi
omiliga aylantirdi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasini isloh qilish,
kasb-hunar ta’limi tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2017—2021-yillarda oliy
ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini
yanada takomillashtirish, pullik xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirishning
qo‘shimcha manbalarini izlashda oliy o‘quv yurtlarining vakolatlarini kengaytirish
yo‘li bilan ularning mustaqilligi bosqichma-bosqich rivojlantirilib boriladi
dedilar.Bundan
ko‘rinadiki
prezidantimizning
ta’lim
sohasiga
e’tiborni
kuchaytirishi bu bizning va yosh avlodning yutuqlaridir.
Kurs ishining maqsadi. Boshlang‘ich sinflar uchun matematika dasturida
bolalarni masalalarni yechishga o‘rgatishga katta ahamiyat bergan. Bu dasturda
bolalarga masalalarni yechishda ular oldindan o‘rgangan arifmetik amallarning
xossalaridan foydalanishi va o‘zlariga ma’lum bo‘lgan usullardan eng ratsionalini
tanlay olishga o‘rgatish zarurligi ta’kidlangan. Shunday qilib, masalani yechish
uchun berilgan sonlar va izlanayotgan son orasidagi qator bog‘lanishlami aniqlash
va ularga muvofiq ravishda arifmetik amallarni tanlash, so‘ngra bu amallarni
bajarish zarur. Shuning uchun biz ushbu mavzu ya’ni boshlang‘ich sinflarda
matematikadan sodda masalalarni yechishda o‘quvchilar qiziqishini shakllantirish
yo‘llarini ushbu bitiruv malakaviy ishimizda ishlab chiqishni o‘z oldimizga
maqsad qilib qo‘ydik.
Kurs ishining vazifalari. Boshlang‘ich sinflarda matematikani o‘qitish
samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ulami qo‘llash
usullarini ishlab chiqish, dastur materiallariga mos matnli masalalami
2
o‘rganishning samarali usullarini aniqlash yangi pedagogok texnologiyalardan
foydalanib masala yechishni amalga oshirish yo‘llarini izlashdan iborat.
Kurs ishning vazifalari quyidagilami tashkil etadi.
1. Boshlang‘ich sinflarda zamonaviy texnologiyalar asosida matematika
darslarini tashkil etishning mavjud holatini o‘rganish .
2. Matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tashkil
etishning ob’yektiv va sub’yektiv omillarni aniqlash .
3. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarini zamonaviy texnologiyalar
asosida tashkil etishga xizmat qiluvchi maqbul shakl, metod va vositalarni
belgilash.
4. Boshlang‘ich sinf matematika darslarini ta’limning zamonaziy interfaol
metodlari asosida tashkil etishda maxsus metodlami tajriba -sinovdan o‘tkazish va
uning samaradorligini aniqlash.
Kurs ishining tuzilishi. Mazkur kurs ishi ikkita paragraf, to‘rtta bo‘lim,
xulosa va adabiyotlar to‘plamidan tashkil topgan.
3
I BOB.O‘ZBEKISTONDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISH
METODIKASI TARIXI VA RIVOJLANISHI
1.1. XX asrgacha O‘rta Osiyo madrasalarida matematika fanining
o‘qitilishi
Matematika fani qadimiy va doimiy navqiron fandir. U kishilik jamiyati
paydo bo‘lgandan boshlab rivojlanib, taraqqiy etib kelmoqda. Hozirgi kunda biron
bir soha yo‘qki, unga matematika kirib bormagan bo‘lsin. Matematikaning bu
darajada yuksalib borayotganligida, albatta, o‘tmish ajdodlarimizning, shu
jumladan Al-Xorazmiy, Beruniy, Al-Farg‘oniy, Ali Qushchi, Al-Koshiy, Ibn Sino,
Ulug‘bek va x.k. larning ham xizmatlari buyuk ekanli1'ini e’tirof etamiz. Ota-
bobolarimiz tomonidan asrlar davomida yaratilgan ilmiy boyliklar, ular tomonidan
yaratilgan asarlar xalqimiz, davlatimiz tomonidan asrab avaylanib, saqlanib
o‘rganilib kelinayotganligini kelajagimiz vorislari bo‘lgan o‘quvchilarimizga ham
aytish, allomalarning ilmiy meroslari bilan ularni muntazam tanishtirib borishimiz
shartdir. Zero, A. Kasiriy aytganidek, -“Moziyga qaytib ish ko‟rishlik xayrlikdir”.
Matematika fanining paydo bo‘lish tarixi qanchalik uzoq davrlarga borib
qadalsa, ushbu fanni o‘rganish, uni o‘qitilish tarixi ham shu qadar uzoqdir. XV
asrdan XX asrgacha O‘rta Osiyo hududi madrasalarida matematikani o‘qitish
qanday amalga oshirilgan? Bu savolga S.A.Axmedovning O‘rta Osiyoda
matematika tarakkiyoti va uni o‘qitish tarixidan(O‘qituvchi- 1977 y) nomli
kitobida ma’lum darajada javob berilgan. Unda keltirilishicha Madrasa o‘sha
davrning oliy diniy maktabi hisoblangan.
Madrasada diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlar ham berilgan ekan.
Madrasada, qatiy dastur va o‘quv rejasi bo‘lmasada, mavzular uzoq yillik tartib
asosida o‘qitilgan. Unda arab tili grammatikasi, arab tilidagi diniy kitoblar,
tibbiyot, geografiya, astronomiya va ―Xisob nomi bilan arifmetika, algebra
hamda geometriya ham o‘qitilgan. O‘rta asr sharq matematiklarining ilmiy asarlari
takomillashgan ko‘rinishida madrasada dastur (o‘quv-reja) tariqasida qo‘llanilgan.
Masalan, Xorazmiy o‘zining asarlarida sonlarni yozishning o‘nli sistemasini bayon
etgandan keyin sonlarni ikkilantirish va yarimlatishdan boshlab, ildiz chiqarish
4
amali bilan tugatgan bo‘lsa, madrasada ham shu tartibda o‘qitilgan. Qolgan
mavzular ham Xorazmiy va undan keyingi o‘rta asr matematiklari yozgan asarlar
tartibida bayon etilgan. Madrasalarda matematikaning o‘qitilishi keltirilgan
ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan. Madrasada o‘qitilgan matematikaning
oxirgi qismi arifmetika, algebra va geometriya fanlarini amaliyotda tatbiq qiluvchi
katta xajmda ―Meros taqsim qilish‖ dan iborat bo‘lib, bu o‘rta asr sharq
matematiklarining
asarlari
asosida
tuzilgan,
shariat
normalariga
qarab,
merosxo‘rlar o‘rtasida mulkni taqsimlashga doir turlicha nomlar bilan aniq
xarakterdagi murakkab masalalar hal qilinadi. Madrasada matematika o‘qitishdan
ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri meros taqsimlashning ilmiy va amaliy
nazariyasini biluvchi mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir, bunday mutaxassis
―Faroziyxon‖ (Meros bo‘luvchi) nomi bilan ataladi. Tayyorlangan faroziyxonlar
mahalliy sud (qozixona) organlarida meros taqsimlash bilan shug‘ullangan. O‘z
davrida oliy tipdagi o‘quv yurti hisoblangan madrasada matematika o‘qitish
formasi, asosan, dars bo‘lgan. O‘qituvchi talabalarga yangi mavzuni bayon
etgandan so‘ng, ularga shu mavzu yuzasidan Madrasa xujrasida ma’lum muddatga
mustaqil ishlash uchun topshiriq beradi. Uning bajarilganligi o‘qituvchi tomonidan
tekshirilib, baho qo‘yiladi, so‘ngra yangi mavzu o‘tiladi. Mustaqil ishlar ko‘proq
amaliy xarakterga ega bo‘lib, talabalar uchun zerikarli: va ularning ko‘p vaqtini
olgan. Masalan, birni ketma-ket ikkilantirish bilan 264 gacha davom ettirib, buning
teskarisi 264 dan boshlab ketma-ket yarimlanishni bir chiqquncha davom ettiriladi.
YOki, 20 va undan ortiq xonali sonlardan aniq va taqribiy (ikkinchi, uchinchi,
to‘rtinchi va istalgan ko‘rsatkichli) ildiz chiqarishga doir juda ko‘p miqdorda
misollar yechiladi. Matematika o‘quvchilarda iroda, diqqatni to‘plab olishni,
qobiliyat va faollikni, tasavvurini, shaxsning axloqiy sifatlarini (qat'iyatli, aniq
maqsadga intilish, ijodkor, mustaqil, ma’suliyatli, mehnatsevar, intizomli va
tanqidiy fikrlash) hamda o‘zining qarash va e’tiqodlarini dalillar asosida himoya
qila olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Matematikani o‘rganish jarayonida inson
tafakkurining usul va metodlari qatoriga induktsiya va deduktsiya, umumlashtirish
va aniqlashtirish, analiz va sintez, abstraktsiyalash, analogiya, tasniflash va
5
sistemalashtirish kabilar qo‘shiladi. Matematikani o‘rganishda o‘quvchilar
o‘zlarining fikr, mulohazalarini aniq va tugal, lo‘nda va mazmunli bayon qilishga,
matematik yozuvlarni tushunarli, batartib, bajarish malakalarini egallaydilar.
6
1.2. O‘zbekistonda matematika fanini o‘qitish metodikasini
takomillashtirish – davr talabi
O‘zbekistonda barcha fanlar kabi matematikani o‘qitish metodikasi ham
tubdan takomillashtirildi. T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika
Fanlari ilmiy tadqiqot instituti qoshida Maktabda matematika, informatika va XT
asoslarini o‘qitish bo‘limini tashkil etilishi, mazkur fanlarning ko‘lami, mazmuni,
o‘qitish usullarini tadqiq qilish va maktabga joriy etish ishlari bilan
shug‘ullanishga olib keldi.
Ushbu bo‘lim dastlab 1940 yilda fizika va matematika sektori tarkibida
tashkil topdi. I.A.Teplov boshchiligida ilg‘or tajribani umumlashtirish va uni
ommalashtirish bo‘yicha ishlar olib borildi. Keyinchalik 1964-1967 yillarda
A.A.Samig‘jonov, 1967-1970 yillarda J. Ikromov, 1971-1978 yillarda N.
G‘aybullayev, 1978-1989 yillarda E.Yangiboyeva va E. Turlikulovlar sektorga
rahbarlik qilganlar. SHu yillar mobaynida sektor xodimlari M. Saxayev, M.
Muxamedov, X. Sodik;ova, N. Gaybullayev, R. Vafoyev, E. Bozorova, E.
YAngibosva, M. Raimov, 3. YOkubova, 3. Ibroximova, SH. Odilxujayeva, J.
Sultonov va boshqalar davrning dolzarb muammolari bo‘yicha tadqiqotlar olib
bordilar.
Ularning O‘zbekiston, yaqin xorijiy davlatlar matbuotida bir qator
darsliklari, metodik qo‘llanmalari, tavsiyanomalari jumladan, J. Ikromovning «5-
sinfda matematika darsligi (dare ishlanmalari)», 6-sinf uchun «Matematika» o‘quv
qo‘llanmasi, «Geomstrik isbotlash metodlari», «Maktab matematika tili», «Maktab
matematika lugati», «Stereometrik mashklar sistemayei», «YAngi programma
asosida matematika o‘qitish» nomli ishlari, N. Faybullayevning «Maktabda
matematikadan ta’limiy praktika» kitobi va 7-sinf «Geometriya» darsligi, E.
YAngiboyevaning 1, 2, 3 va 4-sinflar uchun «Matematika» darsliklari, SH.
Odilxo‘jayevaning «Darslik bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning mustaqil
faoliyatlarini shakllantirish» va «Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashda
didaktik materiallardan foydalanish» kabi metodik tavsiyalari nashr qilinadi. 1975-
7
85 yillarda ilmiy tadqiqotlar olib borib R. Vafoyev, E. Bozorova, E. YAngiboyeva,
J.Sultonov, K, Ostonovalar nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar.
Bo‘lim xodimlari yillar davomida institut tomonidan o‘tkazilgan va tashkil
etilgan qator pedagogik o‘qishlarda, shuning bilan bir qatorda 1994 yili
«O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish muammolari»
yuzasidan o‘tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda, 1999 yilda o‘tkazilgan «YAngi
pedagogik texnologiyalar (muammolar, yechimlar)» ilmiy-amaliy anjumanida
hamda institut tomonidan nashrdan chiqqan barcha ilmiy to‘plamlarda o‘z
maqolalari bilan faol qatnashdilar.
Bu yillar mobaynida bo‘limda 100 dan ortiq aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar
tahsil oldilar. Professorlar J. Ikromov, N. G‘aybullayev ko‘plab yosh olim va
olimalarga tadqiqot sirlarini o‘rgatib, O‘zbskistonda ta’lim nazariyasi va
metodikasini ko‘tarishda faol qatnashadigan yuqori malakali kadrlar etib
yetishuvlariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Bo‘limda 3 ta fan doktori, 42 dan ortiq fan nomzodi kamol topdi. Bulardan
S. Alixonov D. Ulug‘xo‘jayev, K. Ostonov, M.Barakaev va boshqalar shular
jumlasidandir. 1995-98 yillarda bo‘lim fizika, astronomiya, matematika,
informatika, mehnat ta’limi nazariyasi va metodikasi deb nomlanib, unga professor
B. Mirzaaxmedov rahbarlik qildi Bugungi kunda yangi darsliklar, metodik
qo‘llanmalar, o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish
bo‘limning asosiy vazifasiga aylandi.
1997 yil tarixga maorif yili bo‘lib kirdi. ―Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ tasdiqlangach, institutda, xususan bo‘limda
umumiy o‘rta maktablar uchun davlat ta’lim standarti, maxsus o‘rta ta’lim
muassasalari uchun DTS, dasturlar ishlab chiqildi.
Ushbu xujjatlarni hayotga joriy etish ishlari boshlab yuborildi. Bu
vazifalarni bajarish asosan professorlar J. Ikromov, A.Abduqodirov, pedagogika
fanlari doktori M. Tojiyev, pedagogika fanlari nomzodi E.Yangiboeva, ilmiy
xodimlar SH. Yunusova va M. Divanovalar zimmasiga tushdi.
8
Matematika o‘quv fani uchun tajriba-sinov maydoni sifatida Vazirlar
Mahkamasining Qarori bilan Xorazm viloyati Urganch shaxridagi 16- maktab,
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari o‘quv fani bo‘yicha tajribasinov
maydoni sifatida Namangan viloyat Namangan tumanidagi 8-maktab belgilandi.
Shu bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi,
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, barcha viloyatlar xalq ta’limi
boshqarmalarining buyrug‘i bilan respublikaning turli xududlarida qo‘shimcha
tarzda 14 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematika hamda informatika va
XTdan tajriba- sinov ishlari o‘tkazildi.
Sinov-tajriba ishlarini o‘tkazishda ishchi guruhi raisining o‘rinbosari
pedagogika fanlari doktori M. Tojiev va ekspert sifatida ilmiy xodim SH.Yunusova
ishtirok etdi.
Bo‘limda Fan va texnika davlat qo‘mitasi‖ning ―Ta’limni boshqarishning
algoritmik-kompyuter tizimining didaktik va metodik asoslari‖ mavzusi bo‘yicha
ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
1998 yildan bo‘limga rahbarlik qilib kelayotgan yosh olim pedagogika
fanlari doktori M. Tojiyev va fidoyi xodimlardan SH. Yunusova, M. Divanova
hamda professor A. Abduqodirov, professor D. V. Manesvich, akademik ULL K.
Farmonov oliy toifali o‘qituvchi K.Tulaboyev davlatimiz mustaqilligini
mustahkamlash uchun munosib yoshlarni tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shib
kelmoqdalar.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan boshlab mamlakatda ta’limni
tubdan isloh qilish zarurati tug‘ildi. 1997 yilda qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risidagi
Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga ko‘ra O‘zbekistonda ta’lim tizimi
qayta ko‘rildi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda maktab matematika kursi darsligi va o‘quv
qo‘llanmalari SH.A.Alimov, M.A. Mirzaaxmedov, A.A.Raximqoriyev va
boshqalar tomonidan yaratilgan bo‘lib, ulardan amalda foydalanilmoqda.
Matematika o‘qitish metodikasini tuzilishiga ko‘ra ikki bo‘limga ajratib,
o‘rganiladi.
9
Ular:
1) Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi. Bunda matematika fanining
maqsadi, mazmuni, formasi, metodlari pedagogika va psixologiya qonunlari hamda
didaktik prinsiplar asosida ochib beriladi.
2) matematika o‘qitishning xususiy metodikasida esa matematika o‘qitish
jarayonida umumiy metodikaning qonun va qoidalarini aniq bir mavzu
materiallariga tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi.
SHu xususidagi ilmiy-tadqiqot ishlar hozirgi davrda keng qamrovli amalga
oshirilmoqda.
10
II BOB. BIRINCHI, IKKINCHI SINFDA MATЕMATIKADAN
TAFAKKURNI, MANTIQIY FIKRLASHGA RIVОJLANTIRUVCHI
IJОDIY TОPSHIRIQ TARZIDA MASALALAR USTIDA ISHLASH
MЕTОDIKASI
2.1. Ikkinchi sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining
umumiy masalalari
Zamonaviy boshlang‘ich ta’limning o‘zi nimadan iborat bo‘lishi kerak? Bola
1–4-sinflarda qanday bilimga ega bo‘lishi lozim? O‘quvchilarga qachondan
boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz,
urfodatlarimizni o‘rgatishimiz,chuqur anglatishimiz kerak?» degan savollar
boshlang‗ich ta’lim tizimi oldidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib kelmoqda.
I.A.Karimov bizda «Har qanday o‘quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida
rasmiylashtirilmagan» ligini alohida ta’kidlab, ta’lim jarayonining barcha
bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab
berdi. So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o‘qitish ayniqsa
boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta
bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Matematika so‘zi grekcha mathema‖ so‘zidan olingan bo‘lib, uning ma’nosi
fanlarni bilish‖ demakdir. Matematika fanining o‘rganadigan ob‘ekti fazoviy
shakllar va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika
kursining maqsadi o‘quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan
holda matematik bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar
tizimi ma’lum usullar (metodika)orqali o‘quvchilarga yetkaziladi. ―Metodika‖
grekcha so‘z bo‘lib, metod‖ degani yo‘l‖ demakdir. Matematika metodikasi
pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog‘i bo‘lib, jamiyat
tomonidan qo‘yilgan o‘qitish maqsadlariga muvofiq matematika o‘qitish
qonuniyatlarini matematika rivojining ma’lum bosqichida tatbiq qiladi. O‘qitishda
yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o‘qitish mazmunining tubdan
o‘zgarishiga olib keldi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikadan samarali
ta’lim berilishi uchun bo‘lajak o‘qituvchi boshlang‘ich sinflar uchun ishlab
11
chikarish matematika o‘qitish metodikasi egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i
zarur. Matematika boshlang‘ich ta’lim metodikasining predmeti quyidagilardan
iborat:
1. Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima uchun
matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi).
2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir
tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos
keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik
ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf
qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga
mos keladi.
3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni,
o‘quvchilar
hozirgi
kunda
zarur
bo‘lgan
iqtisodiy
bilimlarni,
malaka,
ko‗nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishlari
metodikasi qanday bo‘lishi kerak?
4. O‘qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali,
qo‘llanmalar va o‘quvtexnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o‘qitish).
5. Тa’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta’limning
darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish) O‘qitish maqsadlari O‘qitish
mazmuni o‘qitish shakllari O‘qitish metodlari O‘qitish vositalari O‘qitishning
maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy
tarkiblarida murakkab, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin. Matematika
o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani – o‘zining tayanch
fani bilan uzviy bog‘liq. Hozirgi zamon matematikasi natural son tushunchasini
asoslashda to‘plamlar nazariyasiga tayanadi. Boshlang‘ich sinflar uchun
mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi uchun berilgan
quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz: ―Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir
qatorda shuncha katakni bo‘ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha
katakni bo‘ya». Bunday topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar
elementlari orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural
12
son tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. MO‘M umumiy
matematika metodikasiga bog‘liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan
belgilangan qonuniyatlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 2. Matematika metodikasining pedagogika va
psixologiya, pedagogik texnologiya fanlari bilan aloqasi. Boshlang‘ich sinf MO‗M
pedagogika va yangi pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog‘liq bo‗lib, uning
qonuniyatlariga tayanadi. MO‘M bilan pedagogika orasida ikki tomonlama
bog‘lanish mavjud. Bir tomondan, matematika metodikasi pedagogikaning
umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu hol matematika
o‘qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy yaqinlashishning bir
butunligini ta’minlaydi. Ikkinchi tomondan, pedagogika umumiy qonuniyatlarini
shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan erishilgan ma’lumotlarga tayanadi,
bu uning hayotiyligi va aniqligini ta’minlaydi. Shunday qilib, pedagogika
metodikalarning aniq materialidan oziqlanadi‖, undan pedagogik umumlashtirishda
foydalaniladi va o‘z navbatida metodikalarni ishlab chiqishda yo‘llanma bo‘lib
xizmat qiladi. Matematika metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh
psixologiyasi bilan bog‘liq. Boshlang‘ich matematika metodikasi ta’limning
boshqa fan metodikalari (ona tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar
o‘qitish metodikasi) bilan bog‘liq. O‘qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri
amalga oshirish uchun o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Ilmiy-
tadqiqot metodlari – bu qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni
o‘rnatish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish
usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar
ishlarini o‘rganish, suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik tadqiqot
metodlari jumlasiga kiradi.
So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek,
matematekani
o‘qitishda
modellashtirish
metodlaridan
foydalanish
qayd
qilinmoqda. Matematika metodikasi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi
uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o‘rganish kerak?
13
2. Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak?
3. Matematikani qanday o‗rganish kerak? Matematika metodikasi haqidagi
tushuncha birinchi bo‘lib Shveytsariyalik pedagog matematik G.Pestalosining
1803-yilda yozgan. Sonni ko‘rgazmali o‘rganish‖ asarida bayon qilingan.
Boshlang‗ich ta’lim haqida ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn
Sino va boshqalar ta’lim va tarbiya haqidagi hur fikrlarida boshlang‘ich ta’lim
asoslarini o‘rganish muammolari haqida o‘z davrida ilg‘or g‘oyalarni olg‘a
surganlar. MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli ravishda uch bo‘limga
bo‘linadi.
1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi. Bu bo‘limda, matematika
fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining
metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik tamoyillar
asosida ochib beriladi.
2. Matematika o‘qitishning maxsus metodikasi. Bu bolimda matematika
o‘qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga
tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi.
3. Matematika o‘qitishning aniq metodikasi.
Bu bo‘lim ikki qismdan iborat:
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2.Maxsus metodikaning xususiy
masalalari. Boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitish metodikasi butun pedagogik tadqiqotlarda pedagogik
texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida qo‗llaniladigan metodlardan
foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha
qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga yo‘naltirilgan holda
idrok qilishdan iborat. Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlagan reja asosida uzoq va
yaqin vaqt oralig‘ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki tanlanma bo‘lishi mumkin.
Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan, matematika darslarida kichik
yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari) tanlanma kuzatishda kichik-kichik
hajmdagi hodisalar (masalan, matematika darslarida o‘quvchilarning mustaqil
ishlari) kuzatiladi. Tajriba – bu ham kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan,
14
tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib
turiladigan sharoitda o‘tkaziladi. Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi
bilan o‘tkaziladi.Pedagogik tadqiqotda suhbat metodidan ham foydalanishi
mumkin. Тadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy
asoslari va tamoyillarini ishlab chiqarish, ishchi faraz tuzish, boshlang‗ich
sinflarda matematika O‘qitish metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar
hisoblanadi.
15
2.2. Birinchi,ikkinchi sinflarda masala ishlashni tashkil qilishda
interfaol metodlardan foydalanish
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya
jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar
nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va
barcha
turdagi
ta’lim
muassasalarida
keng
qo‘llanayotgan
metodlardan
hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib,
ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish
maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan
maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda
interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri
tanlash muammosini keltirib chiqargan. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil
qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib,
ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv
materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy
hujum,
kichik
guruhlarda
ishlash,
bahs-munozara,
muammoli
vaziyat,
yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim
oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Interfaol
metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahsmunozarada
fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki,
butun faoliyat o‘quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga
tayyorlaydi.O‘qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim
oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-moddiy sharoiti,
ta’limning davomiyligi, o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga
olinadi.
Interfaol metodlar deganda – ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta‟lim jarayonining markazida ta‟lim oluvchi bo‟lgan
metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini
faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok
16
etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondashuvning foydali jihatlari
quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
ta’lim samarasi yuqoriroqbo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
ilgari orttirilgan bilimlarning ham e’tiborga olinishi;
ta’lim
jarayoni
ta’lim
oluvchining
maqsad
va
extiyojlariga
muvofiqlashtirilishi;
ta’lim
oluvchining
tashabbuskorligi
va
mas‘uliyatining
qo‘llab-
quvvatlanishi;
amalda bajarish orqali o‘rganilishi; ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit
yaratilishi.
Shunday qilib, fanlarni o‘qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish
o‘ziga xos xususiyatga ega. Ta’lim amaliyotida foydalanilayotgan har bir interfaol
metodni sinchiklab o‘rganish va amalda qo‘llash o‘quvchi-talabalarning fikrlashini
kengaytiradi hamda muammoning to‘g‘ri echimini topishlariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. O‘quvchi-talabalarning ijodkorligini va faolligini oshiradi. Turli xil
nazariy va amaliy muammolar interfaol metodlar orqali tahlil etilganda o‘quvchi-
talabalarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengayishi va chuqurlashishiga
erishiladi. Darslarni interfaol metodlarda tashkil etishning afzalliklari. O‘qitish
mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib keladi. O‘z vaqtida o‘quvchi -o‘qituvchi -
o‘quvchilar orasida ta`limiy aloqalar o‘rnatiladi. O‘qitish usullari ta`lim jarayonida
turli xil ko‘rinishlarda kechadi (yakka, juft, guruh, katta guruh). O‘quv jarayoni
o‘qish extiyojini qondirish bilan yuqori motivatsiyaga ega bo‘ladi. O‘zaro axborot
berish, olish, qayta ishlash orqali o‘quv materiali yaxshi esda qoladi. O‘quv
jarayonida
o‘quvchining
o‘zi
o‘ziga
baho
berishi,
tanqidiy
qarashi
rivojlanadi.O‘quvchi uchun dars qiziqarli o‘qitilayotgan predmet mazmuniga
aylanadi. O‘qish jarayoniga ijodiy yondashuv, ijobiy fikr namoyon bo‘ladi.Har bir
o‘quvchining o‘zi mustaqil fikr yurita olishiga, izlanishga, mushohada qilishga olib
keladi.Interfaol usulda o‘tilgan darslarda o‘quvchi faqat ta`lim mazmunini
o‘zlashtiribgina qolmay, balki o‘zining tanqidiy va mantiqiy fikrlarini ham
17
rivojlantiradi. Xulosa shuki, bunday sharoitda o‘qituvchi yuksak rivojlangan
fikrlash qobiliyatiga, muammolar bo‘yicha chuqur mushohoda yuritishga,
muammolarni o‘z vaqtida echa oladigan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. Interfaol
metodlarda darsni tashkil etishda o‘quvchi shaxsini rivojlantirish o‘zi – o‘ziga
zamin yaratishdan boshlanishi kerak. Ya`ni o‘quvchining: O‘zi mustaqil mutoala
qilishi, o‘qishi asosida bilim olishi; O‘zini -o‘zi anglab etishga, anglab tarbiya
topishga; O‘z kuchi va imkoniyatlariga ishonch bilan qarashga; O‘quv mehnatiga
mas`uliyat xissi bilan qarashga; O‘z faoliyatini mustaqil tashkil eta olishi, har bir
daqiqani g‘animat bilishga; O‘quv mehnatiga o‘zida hoxish, istak uyg‘ota olishga;
Har qanday vaziyatda faollik ko‘rsata olishga; Ayniqsa, hozirgi tezkor axborot
manbalaridan unumli foydalana olishni asosiy va bosh maqsad qilib olishga
o‘rganmog‘i zarur.Shuning uchun ham hozirgi kunda o‘quvchining o‘zini – o‘zi
rivojlantirish texnologiyasini yaratish pedagogika, didaktika fani oldida echimini
kutayotgan dolzarb muammolardandir.Keyingi vaqtlarda o‘qituvchilar orasida
shaxsga qaratilgan ta`lim nima? Interfaol metodda o‘qitish nima uchun zarur?
Uning qanday turlari mavjud? Tarkibiy tuzilishi qanday? Uni ta`lim jarayoniga
qanday olib kiriladi? Uning avvalgi usullardan farqi nimada? degan savollar
uchraydi.Bu savollarga aniq javob topish uchun shu kunlarda umumta`lim
maktablarimizda olib borilayotgan an`anaviy darslarni yana bir marotaba tahlil
etish joizdir.An`anaviy usul 17 asrda Chex pedagog olimi Yan Amos Komenskiy
tomonidan taklif etilgan.U o‘qitishning yagona klassik tizimini ishlab chiqib, uni
sinf – dars sistemasi deb yuritadi. Keyinchalik bu sistema pedagogikada keng
tarqalgan. An`anaviy maktab sinf dars sistemasi quyidagicha o‘ziga xos
an`analarga ega: taxminan bir xil yoki yaqin yoshli, tayyorgarlik darajasi yaqin
bolalar sinfni tashkil etadi.Sinf yagona reja, dastur, darslik, dars jadvali asosida
ishlaydi. Mashg‘ulot turi asosan yagona dars hisoblanadi. Dars ma`lum bir o‘quv
predmeti, mavzuga oid bir xil material ustida ishlaydi.O‘quvchilar faoliyatini
o‘qituvchi boshqaradi, har bir o‘quvchining bilim darajasini baholaydi, yil oxirida
o‘quvchini sinfdan – sinfga ko‘chirishni ham u hal qiladi, ya`ni o‘quvchilarning
taqdirining hal etilishi o‘qituvchi qo‘lidadir. Endi interfaol metodlarga batafsilroq