Boshlangʻich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni oʻlchov birliklarini oʻrgatish
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
3
Faytl hajmi
19,6 KB
Boshlangʻich sinflarda asosiy miqdorlar va ularni oʻlchov birliklarini
oʻrgatish metodikasi.
Mashgʻulot maqsadi: Talabalarning miqdorlarni o‘rgatish metodikasi,
uzunlik va yuza o‘lchov birliklari boʻyicha olgan bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarini mustahkamlash, mavzu yuzasidan o‘rganilgan malaka talablarini
amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatish.
Mashgʻulot materiallari: “Boshlangʻich sinflarda matemalika o‘qitish
metodikasi” darsligi, 1-2-3-4-sinf matematika darsligi, tarqatma materiallar, AKT va
boshqalar.
Tayanch tushunchalar: asosiy miqdor, yuza o‘lchov birliklari, yuza o‘lchov
birliklari, o‘lchov birliklari, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, bosqich,
santimetr, matematik diktant, og‘zaki hisoblash, yozma hisoblash, metod,
taqqoslash, millimetr, kilometr, detsimetr.
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar:
1. Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rgatish metodikasi.
2. Boshlang‘ich ta’limda uzunlik va yuza o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodlari.
3. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
Boshlang‘ich sinflarda miqdorlarni o‘rgatish metodikasi. Miqdorlar, xuddi
raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika mashg‘ulotlarining asosiy
tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar va voqelikka aloqador va
o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydalaniladi. 1–2-sinflarda o‘quvchilar
uzunlik, massa (og‘irlik), hajm, vaqt haqida va ularning o‘lchov birliklari haqida
tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yеchish jarayonida ular baho, qiymat, miqdor,
narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bilan tanishadilar. Mavzuni o‘rganish
jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro bog‘liq, ammo mutlaqo
boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va «raqam» tushunchalarini aniq
farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan bir bo‘lak kesib olib, o‘lchash
birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm , 2 dm, 3 dm, ...20 dm. kabi uzunliklarni
belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim uzunligi bo‘yicha ketma-ket
qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 dm) yozib qo‘yamiz.
Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema.
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash
(bolalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish).
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish, taqqoslash,
o‘lchash va boshqa xil usullar bilan).
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish.
4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish.
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni еchish jarayonida).
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi miqdorlarni
boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov birliklarini bitta
ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha.
7. Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish.
8. Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish
Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. Talabalarni amaliy mashg‘ulotda olgan
bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini mustahkamlash maqsadida
“Yumaloq qor” usulidan foydalaniladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan savollar
yozilgan varaqlar yumaloqlanib, dumaloq shaklga keltirilgan bo‘ladi va bironta
talabaga uloqtiriladi. Talaba qo‘lidagi yumaloqlangan qog‘ozning birinchi qavatini
ochadi va yozilgan savolga javob beradi. So‘ngra boshqa talabaga uloqtiradi va u
ham navbatdagi savolga javob beradi, toki oxirgi varaq qolgunicha o‘yin shu tariqa
davom etadi. Oxirgi varaq ichida sovg‘a yashiringan bo‘lib, so‘ngi ishtirokchi unga
ega bo‘ladi. Talabalar kichik guruhlarga boʻlinadi va berilgan topshiriqlarni
bajarishadi. Topshiriqni bajarish uchun ularga 10 daqiqa beriladi, har bir guruh
topshiriqlar boʻyicha taqdimot qilishadi. Bugungi amaliy mashg‘uloti musobaqa
tarzida olib boriladi, har bir topshiriqqa 2 balldan beriladi. Agar guruh ishtirokchilari
savolga javob berolmasalar, boshqa guruh talabalari javob beradi va ballni qo‘lga
kiritadilar. G‘olib bo‘lgan guruh talabalariga sovrin beriladi.
1-GURUH 1. Bir nomdagi uzunlik o‘lchov birligini boshqa o‘lchov
birliklariga aylantirishga doir masala tuzing.
2.Ikki bir xil nomli yuza o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga
aylantirishga doir masala tuzing.
3. Miqdorlar orasidagi bog‘liklarga doir boshqotirma tuzing.
2-GURUH 1. Bir nomdagi yuza o‘lchov birligini boshqa o‘lchov birliklariga
aylantirishga doir masala tuzing.
1.
Ikki bir xil nomli uzunlik o‘lchov birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov
birligiga aylantirishga doir masala tuzing.
3. Miqdorlar orasidagi bog‘liklarga doir boshqotirma tuzing.
3-GURUH 1. Bitta ikki nomli yuza o‘lchov birligini ikki bir xil nomli o‘lchov
birligiga aylantirishga doir masala tuzing.
2. Ikki xil nomli uzunlik o‘lchov birliklarini qo‘shish va ayrishga doir masala tuzing.
3. Miqdorlar orasidagi bog‘liklarga doir boshqotirma tuzing.
Uyga topshiriq. Mavzuga doir har bir konsentrda matematik diktant yozish.