BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLIGI USTIDA IJODIY ISHLASH VA DARSLIK TAHLILINI AMALGA OSHIRISH METODIKASI (1-SINF MISOLIDA)
Yuklangan vaqt
2025-05-24
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
34
Faytl hajmi
197,2 KB
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSLIGI USTIDA
I
J
O
D
I
Y
I
S
H
L
A
S
H
V
A
D
A
R
S
L
I
K
T
A
KURS ISHI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK HISOBLASH
KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. 1-sinf matematika darsligi tuzilishi va mazmuni
1.2. Matematika darsligini tahlil qilish usullari
II BOB. MATEMATIKA DARSLIGI VA ULARNI O‘QUV JARAYONIGA
TATBIQ ETISH
2.1. Boshlang‘ich sinf matematika darsligidagi masala va misollar ustida ijodiy
ishlash
2
.
2
- sinf matematika darsliklarida didaktik o‘yinlar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini
rivojlantirish, matematik savodxonlikni shakllantirish va amaliy bilimlarni egallash
uchun muhim fanlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, 1-sinf matematika darsligi
bolaning dastlabki tushunchalarini shakllantirishda asosiy o‘rin tutadi. Bu
bosqichda o‘quvchilarga son tushunchasi, shakl va o‘lchovlar, qo‘shish va ayirish
kabi boshlang‘ich amallar o‘rgatiladi.
Mavzuning dolzarbligi
Boshlang‘ich sinf matematika darsligi bilan ijodiy ishlash va uning tahlilini
amalga oshirish hozirgi ta’lim jarayonida dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Chunki boshlang‘ich sinf darsliklari bolalarning yosh xususiyatlariga mos va
qiziqarli bo‘lishi, tushunarli va hayotiy misollar bilan boyitilgan bo‘lishi kerak.
Shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlardan
foydalanish dars samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Kurs ishining maqsadi
1-sinf matematika darsligini ijodiy o‘rganish va tahlil qilish metodikasini
ishlab chiqish hamda darslik ustida ijodiy ishlash usullarini aniqlash. Bu orqali
o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning mustaqil fikrlash va
amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsad qilib qo‘yilgan.
Kurs ishining obyekti. Boshlang‘ich sinfda (ayniqsa, 1-sinf ) matematika
darsliklari va ularning ta'lim jarayonida qo‘llanilishi, shuningdek, ijodiy
ishlashning metodikasi hamda darsliklarni tahlil qilish jarayonidir. Bu kurs ishida
matematika darsligini ishlab chiqishda va foydalanishda muhim metodik
yondashuvlar, darslikning samarali foydalanish metodlari, o‘quvchilarning
matematik tafakkurini rivojlantirish va ijodiy yondoshuvlar ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan matematika darsligining
imkoniyatlari va uning ta'lim jarayoniga ta'siri ham o‘rganiladi.
Kurs ishining predmeti. 1-sinf da matematika darsligi asosida
o‘quvchilarning matematik tafakkurini rivojlantirish, ijodiy ishlash metodlari va
darslikni samarali tahlil qilishning metodik yondashuvlaridir. Tadqiqotda, ayniqsa,
1-sinf darsligidagi mazmunni o‘quvchilarning ehtiyojlariga moslashtirish,
darslikdagi misollarni kreativ tarzda ishlab chiqish va o‘quv jarayonini
takomillashtirish metodikasi o‘rganiladi. Shuningdek, darslikning pedagogik va
didaktik jihatlari tahlil qilinadi va ijodiy yondoshuvlarning samaradorligi
o‘rganiladi.
1-sinf matematika darsligining tarkibini va mazmunini tahlil qilish;
Darslikni tahlil qilishning metodik asoslarini ishlab chiqish;
Matematika darsligi bilan ijodiy ishlashning samarali usullarini aniqlash;
O‘quvchilarning darslik materiallarini yanada samarali o‘zlashtirishlari
uchun interfaol metodlarni qo‘llash;
O‘yin texnologiyalari, vizual materiallar va hayotiy misollardan foydalanish
orqali dars samaradorligini oshirish.
Kurs ishining tuzilishi: Mazkur kurs ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK HISOBLASH
KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. 1-sinf matematika darsligi tuzilishi va mazmuni
Boshlang‘ich sinflarda matematika darslar tizimi-o‘quvchilar bilan har bir
darsda bir necha tushunchalar va usullar bilan ish olib borishni taqazo etadi. Har
bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib
borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi.
O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu
o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor
bo‘ladi. Boshlang‘ich sinflarda matematikadan darsni tahlil qilish va baholash
birinchi navbatda uning ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatini ko‘rsatadi. Shuning uchun
darsni qay darajada tuzilganligini va o‘tilganligini, hozirgi zamon psixologik-
pedagogik talablar darajaslda qanday bajarilganligini va asosiy didaktik
tamoyillarini qanday qo‘llanganligini ko‘rsatish kerak.
Dars tahlilida uning mazmuni, vaqtning taqsimlanishi, ish bajarish usullari,
qo‘llanilgan ko‘rgazma va boshqa didaktik vositalarni ko‘rsatish zarur. Darsning
har bir tomoni o‘quvchilar faoliyatini qanday yo‘naltirishini, undan qaysi o‘rinda
faollik va mustaqillik buzilganini, hayajonlanish bo‘lgan-ligini, boshqa tarbiyaviy
tomonlar amalga oshirganligini e'tiborga olish kerak.
Dars tahlili quyidagi yo‘nalishda yoritilishi mumkin:
1. Darsning asosiy didaktik maqsadini tushuntirish va asoslash. Bunda
mavzu bo‘yicha darslar tizimida tahlil qilingan darsning o‘mi va ahamiyati, boshqa
darslar bilan bog‘liqligi, darsning mazmunini baholash va to‘g‘ri tushuntirilishi,
uning tizimi, ishdagi metod va usullari ko‘rsatiladi.
2. Dars mazmunining tahlili.
Dars mazmunini tahlil qilishda hisoblash mashqlarini qanday qo‘llaganligi,
matematik tushunchalarni arifmetik masalalar yechishga qaratilgan va boshqa
mashqlarni bajarishga beriladigan metodik bahoda quyidagilarni e'tiborga olish
zarur:
a) berilgan bilimlarning ilmiyligi va yetarlicha qat'iyligi;
b) o‘rganiladigan materialning puxtaligi va tushunilish darajasi, ish
jarayonida o‘quvchilarning yetarlicha vazifa bilan taminlanganligi;
d) dars materialining ta'lim-tarbiyaviy maqsadga taalluqliligi;
e) o‘quv materiali mazmuni darsning barcha qismlarini ta'minlash darajasi.
3. O‘quvchilar faoliyatini ijodilikka yo‘naltirish. Darsda nechta o‘quvchi
faol qatnashganligini va mustaqil faoliyat ko‘rsatganligi, unga qanday yo‘l bilan
erishish
a) o‘quv materialini, shuningdek, ish metodini va usullarini tanlash,
o‘quvchilarning yoshi, ulardagi bilim, malaka va ko‘nikmalar darajasini hisobga
olish;
b) o‘quvchilarning individual va jamoa bo‘lib bajargan ishlarini hisobga
olish; d) o‘qitishda differensial yondoshish;
e) yangi matematik tushuncha, yangi hisoblash qismlari, masalalar
yechishning yangi usullari bilan tanishtirish, bilim va malakalarni ishlab chiqishda
o‘tilgan materialni mustahkamlashga yo‘naltirilgan ishlar e'tiborga olinadi;
f) darsning har bir qismiga vaqtning taqsimlanishi.
4. Darsda qo‘llaniladigan ko‘rgazma va didaktik qo‘llanmalarning
ahamiyatini ko‘rsatish.
5. Dars natijasini reytingi (baholash). Baholashning muhim belgilaridan biri
shuki, dars o‘z maqsadiga erishganligi, har bir o‘quvchiga to‘laligicha mustaqil ish
bajartirilganligi, ular barchasi o‘qituvchi rahbarligida amalga oshirilganligi
ko‘rsatiladi.
Darsni tahlili qilishda shu narsani e'tiborga olish zarurki, o‘quvchilarni
o‘qitish va tarbiyalashning pedagogik jaryonlari bir maqsadga qaratilgan bo‘lsa,
dars to‘g‘ri baholanadi[1].
Boshlang‘ich matematika kursining eng muhim xususiyati uning amaliy
yo‘nalganligidir. Agar yuqori sinflarda matematika dasturining ba'zi masalalari
nazariy xaraktyerda bo‘lsa, boshlang‘ich maktabda har bir yangi tushuncha, xossa,
qonun amaliy faoliyat natijasida va amaliy faoIiyat uchun kiritiladi. Masalan, VII
sinfda, o‘quvchilarning to‘g‘ri to‘rtburchak tushunchasini o‘zlashtirishlari, ular
endilikda to‘g‘ri to‘rtburchak ta'rifini bilishlarini, uning alomatlarini mantiqiy
keltirib chiqarishni va ba'zi xossalarini isbotlashni bilishlarini, ta'rifli, alomatlari va
xossalariga doir amaliy masalalarni yechish uchun foydalana bilishlarini bildiradi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchakning qarama-qarshi
tomonlari tengIigini o‘lchash yo‘Ii bilan aniqlaydilar va to‘g‘ri to‘rtburchakni
yasash, uning perimetri va yuzini o‘lchash va hisoblashni o‘rganadilar.
O‘quvchilarda
boshlang‘ich
maktabda
shakllanadigan
amaliy
uquvlardan
ko‘pchiligi maktab matematika kursi uchun asosiy ahamiyatga ega, lekin
tasavvurlar haqida bunday deyish murnkin emas. Masalan, son haqida III va IV
sinf o‘quvchilari ega bo‘lgan tasavvurlar tubdan farq qiladi. Biroq quyi sinflarda
shakllanadigan arifmetik amallarni yozma va og‘zaki bajarish uquvlaridan o‘rta
sinflarda ham, 'yuqori sinflarda ham foydalaniladi.
Shunday qilib, o‘quvchilarda puxta amaliy uquv va malakalarni
shakllantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda
u o‘zaro bog‘langan ikkita metodik muammoni hal etishi kerak:
1) ma'lum amaliy ishlarning bajarilish jarayoni mazmuni matnini yozish;
2) o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari metodikasini va o‘zlashtirish ustidan
samarali nazoratni ishlab chiqish.
Aytaylik, biror jarayonni elementar ishlarning chekli, qat'iy ketma-ketligi
sifatida tasvirlash mumkin bo‘lsin (elementar ish deb, bajarilish jarayoni ma'lum
bo‘lgan ishni tushunamiz).
Berilgan jarayonni amalga oshirish uchun qaysi elementar ishlarni va qaysi
ketma-ketlikda bajarish lozimligini ko‘rsatuvchi buyruq algoritm deb ataladi. Agar
biror ishni bajarish algoritmi ma'lum bo‘lsa, u holda uni amalga oshirish uquvini
shakllantirib" umuman aytganda, o‘qitilayotgan bolaga uni yetkazishga erishish
mumkin. Shunday qilib, algoritmlarni ishlab chiqish muhim metodik ahamiyatga
ega. Ikkinchi tomondan, ko‘pchilik chizmalar, yo‘riqnomalar, buyruqlar tashqi
tomondan algoritmlarga o‘xshasada, lekin aslida algoritmlar emas.
Bu narsa, xususan, o‘quvchilarga masalaning ustida ishlashlari bo‘yicha
eslatmaga ham taalluqlidir:
l. Masalani diqqat bilan o‘qing va masaladagi har bir son nimani bildirishini
o‘ylab ko‘ring. Masalada aytilayotgan holatni fikran tasavvur qiling.
2. Agar masala murakkab bo‘lsa, uning shartini qisqacha yozing, unga oid
chizma chizing.
3. Masalani ikkinchi marta o‘qing va uning mazmunini ichingizda so‘zlab
ko‘ring.
4. Masalaning savoliga javob berish uchun nimani bilish kerakligini o‘ylab
ko‘ring va h.k Boshlang‘ich sinflarda algoritmlashtirish mumkin bo‘lgan
jarayonlarning eng muhim sinflarini sanab o‘tamiz:
I) "katta", "kichik", "teng" munosabatlarini o‘rnatish;
2) og‘zaki va yozma hisoblashlar;
3) tenglarnalarni yechish;
4) geometrik shakllarni yasash;
5) sonning ulushini, sonning kasrini, sonning ulushi bo‘yicha uning o‘zini
aniqlash.
Ikkinchi metodik muammoni qaraymiz, u o‘quvchilarga algoritmlarni
o‘rgatishning umumiy qonuniyatlarini ochishdan iborat bo‘ladi. Yuqorida
aytilganidek, algoritmlashtirilishi mumkin bo‘lgan ma'lum amaliy faoliyatni
o‘qitish tamoyilga ko‘ra ushbu bosqichlarga bo‘linadi: o‘qituvchi algoritmni ishlab
chiqadi; o‘qituvchi algoritmning mazmuni bilan o‘quvchilarni tanishtiradi;
o‘quvchilar mazkur algoritmdan ko‘p marta foydalanib, uni o‘zlashtiradilar.
I.V. Repyova muallifligidagi 1-sinf matematika darsligi ikki qismdan iborat
bo‘lib, har bir qismda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda mavzular
ketma-ketligi va murakkabligi oshib boradi. Darslikning har bir bo‘limi quyidagi
tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
Mavzular bo‘yicha bo‘limlar: Har bir bo‘limda muayyan mavzuga oid
nazariy tushunchalar va amaliy mashqlar berilgan.
Masalalar
va
misollar:
O‘quvchilarning
matematik
tafakkurini
rivojlantirishga qaratilgan turli darajadagi masalalar va misollar keltirilgan.
Rasm va diagrammalar: Mavzularni vizual tarzda tushuntirish uchun rang-
barang rasm va diagrammalar qo‘llanilgan.
Amaliy topshiriqlar: O‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar mavjud.
Asosiy mavzular va ularning izchilligi
Darslikda quyidagi asosiy mavzular izchil ravishda o‘rgatiladi:
1. Son va raqamlar: 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar va ularning raqamlari bilan
tanishish.
2. Qo‘shish va ayirish amallari: Bir xonali sonlarni qo‘shish va ayirish,
amallarni turli usullar bilan bajarish.
3. Geometrik shakllar: To‘g‘ri chiziq, aylana, kvadrat, uchburchak kabi
shakllar bilan tanishish va ularni ajratish.
4. O‘lchov birliklari: Uzunlik, massa, hajm kabi kattaliklarni o‘lchash va mos
birliklarni qo‘llash.
5. Vaqt tushunchasi: Haftaning kunlari, oylar va vaqtni aniqlash.
Mavzularning bunday izchilligi o‘quvchilarning bilimlarni bosqichma-
bosqich o‘zlashtirishlariga yordam beradi va ularning matematik savodxonligini
shakllantiradi[2].
O‘quvchilarga moslik darajasi
Darslikning mazmuni va tuzilishi 1-sinf o‘quvchilarining yosh va psixologik
xususiyatlariga mos ravishda ishlab chiqilgan. Mavzular sodda va tushunarli tilda
bayon etilgan bo‘lib, rasm va diagrammalar orqali tushunchalar yanada osonroq
qabul qilinadi. Amaliy topshiriqlar o‘quvchilarning qiziqishini oshiradi va ularning
mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, darslikda o‘yin
elementlari va hayotiy misollar keltirilgan bo‘lib, bu bolalarning darsga bo‘lgan
qiziqishini yanada oshiradi.
1.2. Matematika darsligini tahlil qilish usullari
I.V. Repyova muallifligidagi 1-sinf matematika darsligini tahlil qilishda
quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Tarkibiy tahlil
Bu usul darslikning tuzilishi va mazmunini o‘rganishga qaratilgan.
Repyovaning darsligi ikki qismdan iborat bo‘lib, har bir qismda mavzular izchil va
mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirilgan. Darslikning har bir bo‘limi quyidagi
tarkibiy qismlardan tashkil topgan:
Mavzular bo‘yicha bo‘limlar: Har bir bo‘limda muayyan mavzuga oid
nazariy tushunchalar va amaliy mashqlar berilgan.
Masalalar
va
misollar:
O‘quvchilarning
matematik
tafakkurini
rivojlantirishga qaratilgan turli darajadagi masalalar va misollar keltirilgan.
Rasm va diagrammalar: Mavzularni vizual tarzda tushuntirish uchun rang-
barang rasm va diagrammalar qo‘llanilgan.
Amaliy topshiriqlar: O‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
rivojlantirishga yo‘naltirilgan topshiriqlar mavjud.
Didaktik tahlil
Bu tahlil usuli darslikdagi ta'limiy materiallarning o‘quvchilarga yetkazilish
usullari va metodlarini o‘rganishga qaratilgan. Repyovaning darsligida quyidagi
Interfaol usullar: Darslikda o‘quvchilarning faolligini oshirishga qaratilgan
topshiriqlar va savollar mavjud.
O‘yin elementlari: Matematik tushunchalarni o‘yinlar orqali o‘rgatish
usullari qo‘llanilgan.
Hayotiy misollar: Mavzularni kundalik hayot bilan bog‘lash orqali
o‘quvchilarning qiziqishini oshirishga harakat qilingan.
O‘quvchilarning qabul qilish darajasi bo‘yicha tahlil
Bu tahlil usuli darslikdagi materiallarning o‘quvchilarning yosh va
psixologik xususiyatlariga mosligini o‘rganishga qaratilgan[3].
Til va uslub: Mavzular sodda va tushunarli tilda bayon etilgan bo‘lib,
o‘quvchilarning yoshiga mos keladi.
Vizual materiallar: Rangli rasm va diagrammalar orqali mavzularni
tushuntirish o‘quvchilarning materialni yaxshiroq qabul qilishlariga yordam
beradi.
Topshiriqlar
darajasi:
Topshiriqlar
murakkablik
darajasi
bo‘yicha
bosqichma-bosqich oshib boradi, bu esa o‘quvchilarning bilimlarini
mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ushbu tahlil usullari orqali darslikning samaradorligini baholash va uni
yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish mumkin.
3.
Matematika
darsligini
tahlil
qilish
usullari
(I.V.
Repyova
muallifligidagi 1-sinf darsligi misolida)
1. Tarkibiy tahlil
Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, undagi mavzular bosqichma-bosqich
murakkablashib boradi. Darslik tarkibi quyidagi asosiy bo‘limlarni o‘z ichiga
oladi:
o‘lgan sonlar
o‘shish va ayirish amallari
O‘lchov birliklari
Misol:
Darslikning boshida 1 dan 5 gacha bo‘lgan sonlarni o‘rganish bo‘yicha mashqlar
beriladi. O‘quvchilarga bir nechta olma, shar yoki koptoklar tasvirlangan rasm
ko‘rsatiladi va ularning sonini sanash topshirig‘i beriladi. Bu bosqich bolalarga son
tushunchasini o‘zlashtirishga yordam beradi.
Shundan so‘ng, 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar o‘rgatiladi. Masalan,
📌 "6 raqamini top va uni doira ichiga ol"
📌 "Qaysi rasmda 8 ta gul bor?"
Bu bosqichma-bosqich yondashuv darslikdagi mavzularning izchilligini
ko‘rsatadi.
2. Didaktik tahlil
Bu tahlil darslikning o‘quvchilarga bilim berish metodikasini o‘rganishga
qaratilgan. Repyova darsligida quyidagi didaktik yondashuvlar kuzatiladi:
✅ Interfaol usullar
Darslikda bolalarni faol ishtirok etishga undovchi topshiriqlar mavjud.
Masalan,
📌 "1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri tartibda joylashtiring."
📌 "Bo‘sh joyga mos sonni yozing: 3, 4, __, 6, 7."
✅ O‘yin elementlari O‘quvchilar o‘yinga asoslangan topshiriqlar orqali
yangi bilimlarni egallaydi.
📌 “Do‘konga borib, 2 ta olma va 3 ta banan sotib oldingiz. Jami nechta
meva sotib oldingiz?
Bu kabi topshiriqlar matematika bilan hayotiy vaziyatlarni bog‘lashga
yordam beradi.
✅ Hayotiy misollar. Matematika faqat quruq son va amallar emas, balki
kundalik hayotda ishlatiladigan bilim ekanligini tushuntirish uchun hayotiy
misollar berilgan.
📌 "Shahzoda 4 ta konfet olib keldi. Opasi unga yana 2 ta berdi.
Shahzodaning jami nechta konfeti bor?"
✅ Rangli rasm va diagrammalar
Matematik tushunchalarni osonroq tushunish uchun rang-barang tasvirlar
keltirilgan. Masalan, geometrik shakllarni tushuntirishda uchburchak, kvadrat va
doira rasmlari ishlatiladi[5].
3. O‘quvchilarning qabul qilish darajasi bo‘yicha tahlil
Darslikdagi materiallar o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishini
aniqlash uchun quyidagi mezonlar tahlil qilindi:
📌 Til va uslub:
Mavzular oddiy va tushunarli tilda tushuntirilgan.
O‘quvchilar
o‘zlariga
tanish
hayotiy
misollar
orqali
matematik
tushunchalarni o‘zlashtirishi mumkin.
📌 Topshiriqlar murakkabligi:
Birinchi bosqich: Sonlarni sanash va oddiy shakllarni tanish
🟢 "Rasmga qarang va nechta quyon borligini ayting."
Ikkinchi bosqich: Oddiy qo‘shish va ayirish
🟢 "5 ta shar bor edi, 2 tasi uchib ketdi. Nechta qoldi?"
Uchinchi bosqich:
Masalalar yechish
🟢 "Sinfingizda 6 ta o‘quvchi bor. Ularning 3 tasi qiz. Sinfda nechta o‘g‘il
bola bor?"
📌 Rasm va vizual materiallar:
Darslikning har bir mavzusi rasmlar bilan tushuntirilgan. Bu bolalarning
mavzularni tezroq tushunishiga yordam beradi. Masalan, sonlarni o‘rganishda har
bir son turli buyumlar yoki hayvonlar bilan tasvirlangan.
📌 O‘yin va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun topshiriqlar:
Darslikda berilgan mantiqiy masalalar bolalarning fikrlash qobiliyatini
oshirishga yordam beradi. Masalan,
📌 “Jasurda 3 ta qizil shar va 2 ta yashil shar bor. Jasur jami nechta shar
oldi?”
II BOB. MATEMATIKA DARSLIGI VA ULARNI O‘QUV JARAYONIGA
TATBIQ ETISH
2.1. Boshlang‘ich sinf matematika darsligidagi masala va misollar
ustida ijodiy ishlash
I.V. Repyova muallifligidagi 1-sinf matematika darsligida o‘quvchilarning
mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, mavzularni hayotiy misollar orqali tushuntirish
va ularni qiziqtirish uchun vizual materiallardan foydalanishga alohida e’tibor
qaratilgan. Quyida har bir yo‘nalish bo‘yicha aniq misollar keltiriladi.
Masalalar orqali mantiqiy tafakkurni rivojlantirish
Darslikda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirishga
qaratilgan masalalar mavjud. Masalan:
Masala: Bog‘bon 5 ta olma daraxti va 3 ta nok daraxti ekdi. Bog‘bon jami
nechta daraxt ekdi?" Yechim: ‘quvchilar 5 va 3 sonlarini qo‘shish orqali jami
daraxtlar sonini aniqlaydilar: 5 + 3 = 8. Bu kabi masalalar bolalarning qo‘shish
amali bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlash bilan birga, ularning mantiqiy
tafakkurini rivojlantiradi.
Hayotiy misollar orqali mavzularni tushuntirish
Darslikda matematik tushunchalar hayotiy vaziyatlar orqali tushuntiriladi.
Masalan:
Misol: Do‘konda 7 ta qalam bor edi. Mijoz 2 tasini sotib oldi. Do‘konda
nechta qalam qoldi?" Yechim: ‘quvchilar 7 dan 2 ni ayirish orqali javobni
topadilar: 7 - 2 = 5. Bu usul o‘quvchilarga matematik amallarni kundalik hayot
bilan bog‘lashga yordam beradi.
O‘quvchilarni qiziqtirish uchun vizual materiallardan foydalanish
Darslikda
rang-barang
rasmlar
va
diagrammalar
orqali
mavzular
tushuntiriladi. Masalan:
Geometrik shakllar: urli rangdagi uchburchak, to‘rtburchak va doira
shakllari tasvirlangan bo‘lib, o‘quvchilardan ularni sanash yoki taqqoslash
so‘raladi.
Sonlar qatori: dan 10 gacha bo‘lgan sonlar rangli tasvirlar bilan ifodalangan
bo‘lib, har bir son muayyan miqdordagi obyektlar bilan ko‘rsatiladi. Bu kabi vizual
materiallar o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish va mavzularni yaxshiroq
tushunishlariga yordam beradi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanish
Matematika darsligini samarali o‘qitish uchun zamonaviy innovatsion
texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu usullar o‘quvchilarning
fan bo‘yicha chuqur bilim olishini ta’minlaydi va ularning darsga bo‘lgan
qiziqishini oshiradi.
2. Interfaol usullar
Jamoaviy ish, rolli o‘yinlar, muammoli ta’lim
Jamoaviy ish: O‘quvchilar kichik guruhlarga bo‘linib, birgalikda masalalarni
Rolli o‘yinlar: Matematik jarayonlarni tushunish uchun rolli o‘yinlardan
foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, o‘quvchilar xaridor va sotuvchi rolini
bajarib, hisob-kitob qilishadi.
Muammoli ta’lim: O‘quvchilar oldiga dolzarb masala qo‘yiladi va ularning
mustaqil fikrlashi rag‘batlantiriladi.
3. STEAM yondashuvi
STEAM (Science, Technology, Engineering, Art, Mathematics) yondashuvi
orqali matematika boshqa fanlar bilan bog‘lanib, o‘quvchilarga keng qamrovli
bilim beriladi. Masalan, arxitektura sohasidan misollar keltirib, shakllar va
o‘lchovlar haqida tushuntirish mumkin.
4. Differensial ta’lim metodlari
Har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab individual yondashuv qo‘llaniladi:
Kuchli o‘quvchilar uchun murakkab masalalar
O‘rtacha darajadagi o‘quvchilar uchun qo‘shimcha tushuntirishlar
Qo‘shimcha yordamga muhtoj o‘quvchilar uchun qo‘shimcha vizual va
amaliy materiallar
5. O‘yin texnologiyalarini qo‘llash
Matematik tushunchalarni oson o‘zlashtirish uchun o‘yin elementlari
qo‘llaniladi. Bu usul bolalarning e’tiborini jalb qiladi va ular o‘yin orqali bilim
olishadi.
Raqamli o‘yinlar va matematik kvestlar
Raqamli o‘yinlar orqali o‘quvchilar sonlar, shakllar va matematik amallarni
mustahkamlashadi.
Kvestlar esa bolalarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish uchun samarali
usul hisoblanadi.
Jismoniy faollik bilan bog‘langan matematik o‘yinlar
«Matematik sakrash» o‘yini: O‘quvchilar berilgan misolning natijasi
yozilgan kvadratga sakrashadi.
«Matematik estafeta»: Guruhlar misollarni yechib, to‘g‘ri javobni taxtaga
yozishadi.
6. Tasviriy va vizual materiallardan foydalanish
Matematik tushunchalarni aniq tushuntirish uchun vizual materiallar
ishlatiladi:
Infografikalar orqali murakkab matematik tushunchalarni osonlashtirish
Multimedia vositalari (video darslar, animatsiyalar)
Matematik amallar bo‘yicha animatsion videolarni qo‘llash
7. Hayotiy misollar orqali matematik tushunchalarni shakllantirish
O‘quvchilar hayotda duch keladigan vaziyatlar orqali matematik bilimlarni
o‘zlashtirishadi.
Kundalik hayotdan olingan misollar bilan ishlash
Do‘konda xarid qilish jarayonida qo‘shish va ayirishni tushuntirish
Vaqt va kunlik reja tuzish orqali vaqt tushunchasini shakllantirish
Turli kasb egalarining faoliyati orqali matematik tushunchalarni tushuntirish
Arxitektorlar va quruvchilar shakllarni qanday ishlatishi
2.2. Matematika darsliklarida didaktik o‘yinlar
Har qanday didaktik faoliyat kabi, matematik kontent o‘yinlar bir necha
elementlardan iborat. Avvalo, bu - vazifa va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijro etish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun matematik didaktik o‘yinlarning asosiy
vazifalari: son va miqdordagi g‘oyalarni shakllantirish, kattaligi va shakli, vaqt va
makonda orientatsiyani rivojlantirishga qaratilgan. Boshqacha qilib aytganda,
bolalar o‘n birinchi raqamlar va raqamlar bilan tanishadilar, geometrik raqamlarni
o‘rganadilar, "katta" va "kichik" tushunchalarini aniqlaydilar. Shuningdek,
haftaning va oylarning kunlari, taqvim va vaqt haqida birinchi ma'lumotni oling.
Masalan, u bolalarni 10- raqamli kompozitsiyaga, matematik rivojlanish
bo‘yicha didaktik o‘yinni "Yangi yilni bezashni" deb ataydi . Albatta, Yangi yil
arafasida bolalar daraxtni bezashni yoqtirishadi: taxtada afishada, bolalarga
daraxtni bezatish vazifasi beriladi, shunday qilib har bir qatordagi 10 ta o‘yinchoq
bor.
Matematika
darslarida
boshlang‘ich
sinflarda
didaktik
o‘yinlar
kamroq
qo‘llaniladi. Shunga qaramay, bu asrdagi o‘yin texnologiyalari bilimlarni olish va
mustahkamlashning eng samarali usuli hisoblanadi. O‘yinlar kuzatuvni,
o‘xshashlik va farqlarni aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi, fikrlashni, e'tiborni va
tasavvurni yaxshilaydi. Bundan tashqari, o‘yin faoliyatini tashkil etish, nisbatan
murakkab bir mavzu sifatida matematikaga qiziqishni rivojlantirishning juda
samarali usuli hisoblanadi.
Maktab
o‘quvchilarining
matematika
bo‘yicha didaktik o‘yinlarining kartotekasi kam emas, faqat vazifalar biroz
murakkablashadi. Misol uchun, qo‘shish va chiqarib tashlash usullarini o‘rgatish
uchun "Piyoz qilaylik" degan o‘yin yordam beradi. O‘qituvchi bolalarni qo‘shish va
olib tashlashning asosiy metodlarini ingl. Tushuntirish uchun o‘qituvchi beshta
o‘quvchini bir-biriga tutib, poezdni (5ta mashina) tashkil etadigan taxtaga
chaqiradi. Keyin poezd sinfi bo‘ylab harakatlana boshlaydi va o‘z navbatida yana
ikkita treylerni yopadi. O‘qituvchi misol keltiradi: 5 + 1 + 1 = 7 va 5 + 2 = 7,
bolalar namunali deb aytadilar. Shunga o‘xshab, olib tashlash usullari ishlab
chiqiladi, faqat bu holatda "poezd" treylerlarni o‘z joylariga oladi.
“Xo‘p” o‘yini
Matematika faniga oid juda ko‘p o‘yinlar mavjud. Ulardan biri “Xo‘p” o‘yinidir.
Bu o‘yin quyidagicha o‘ynaladi:
Bu o‘yinda ikki o‘yinchidan tortib, istalgancha o‘yinchi ishtirok etishi mumkin.
O‘yinni boshqaruvchi qatnashchilarga shartni tushuntiradi. Bunda 1 dan boshlab
natural sonlarni sanash lozim. Har 3 ga karrali son kelganda, bu sonni
aytmay “Xo‘p” deyish kerak. Agar qatnashchi 3 ga karrali sonni aytib qo‘ysa yoki
to‘xtab qolsa, u yutqazadi va o‘yinni tark etadi. Qolgan o‘yinchilar o‘yinni yana
kelgan sondan boshlab davom ettiradi. O‘yin bitta qatnashchi qolguncha davom
etadi va u g‘olib sanaladi[10].
Masalan:
1,2,xo‘p,4,5, xo‘p,7,8, xo‘p,10,11, xo‘p,13,14, xo‘p,16, …
2. “Matematik atamalar” o‘yini
Bu o‘yinda ham bir necha kishi ishtirok etishi mumkin. Qatnashchilar bir qator
bo‘lib turishadi va navbat bilan har bir qatnashchi matematika faniga oid
atamalarni aytishadi. Bunda bir qatnashchi aytgan atamani boshqa qatnashchi
aytib qo‘ysa, u o‘yinni tark etadi. Agar qatnashchi atama bilmay 5 soniya to‘xtab
qolsa ham u o‘yinni tark etadi. O‘yin bitta g‘olib qolguncha davom etadi.
Masalan:Son, kesma, natural son, modul, uzunlik, qo‘shish, ayirish, bo‘lish,
ko‘paytirish, parabola, to‘g‘ri chiziq, uchburchak, to‘rtburchak, …
Zamonaviy boshlang‘ich ta‟lim. Zamonaviy boshlang‘ich ta‘limning o‘zi
nimadan iborat bo‗lishi kerak? Bola 1–4-sinflarda qanday bilimga ega bo‘lishi
lozim? O‘quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va
uslubda
milliy
qadriyatlarimiz,
urfodatlarimizni
o‘rgatishimiz,chuqur
anglatishimiz kerak?»degan savollar boshlang‗ich ta‘lim tizimi oldidagi asosiy
masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabda
matematika o‘qitish ayniqsa boshlang‘ich ta‘lim tizimida o‘z ko‘lami va
ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirdi va
oshirmoqda. Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi «Тa‘lim to‘g‘risida»gi qonunning
12-moddasi I–IV sinflarni o‘qitishga bag‘ishlangan. 1997-yil 6-oktabrdagi
«O‘zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3.3.1 bandi
uzlusiz ta‘limni rivojlantirishda I-IV sinflarda O‘qitishni tashkil qilishning
rejalari ko‘rsatilgan. Maktab ta‘limi oldiga tamoyili yangi maqsadlarning
qo‗yilishi matematika o‘qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda.
Matematika boshlang‗ich kursi mazmunida ham, darslik va qo‘llanmalardan
foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo‘lishini talab qiladi. Bugungi
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarning
shakllanish
jarayoni,
bozor
munosabatlarining raqobatlashuvi
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi,Тa‘lim to‘g‘risidagi qonun talablari
Boshlang‗ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasiga o‘z ta‘sirini
o‘tkazmasdan qo‘ymaydi. Matematika so‘zi grekcha mathema‖ so‘zidan olingan
bo‘lib, uning ma‘nosi fanlarni bilish‖ demakdir. Matematika fanining
o‘rganadigan
ob‘ekti
fazoviy
shakllar
va
ular
orasidagi
miqdoriy
munosabatlardan iboratdir. Maktab matematika kursining maqsadi o‘quvchilarga
ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik bilimlar
tizimini berishdan iboratdir. Bu matematik bilimlar tizimi ma‘lum usullar
(metodika)orqali o‘quvchilarga yetkaziladi.
Metodika‖ grekcha so‘z bo‘lib, metod‖ degani yo‘l‖ demakdir. Matematika
metodikasi pedagogika fanlari tizimiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog‘i
bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o‘qitish maqsadlariga muvofiq matematika
o‘qitish qonuniyatlarini matematika rivojining ma‘lum bosqichida tatbiq qiladi.
O‘qitishda yangi maqsadlarning qo‘yilishi matematika o‘qitish mazmunining
tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikadan
samarali ta‘lim berilishi uchun bo‘lajak o‘qituvchi boshlang‘ich sinflar uchun
ishlab chikarish matematika o‘qitish metodikasi egallab, chuqur o‘zlashtirib
olmog‘i zarur. Matematika boshlang‘ich ta‘lim metodikasining predmeti
quyidagilardan iborat:
1. Matematika o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (Nima
uchun matematika o‘qitiladi, o‘rgatiladi).
2. Matematika o‘qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish)
bir tizimga kiltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga
mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik
ta‘minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf
qilinadi, ta‘limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim bilish imkoniyatlariga
mos keladi[11].
3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya‘ni,
o‘quvchilar hozirgi kunda zarur bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka,
ko‗nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv
ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak?
4. O‘qitish vositalari – darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali,
qo‘llanmalar va o‘quvtexnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida
o‘qitish).
5. Тa‘limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish. (darsni va ta‘limning
darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish) O‘qitish maqsadlari O‘qitish
mazmuni o‘qitish shakllari O‘qitish metodlari O‘qitish vositalari O‘qitishning
maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining
asosiy tarkiblarida murakkab, uni o‘ziga xos grafik bilan tasvirlash mumkin.
Matematika o‘qitish metodikasi boshqa fanlar, eng avvalo, matematika fani –
o‘zining tayanch fani bilan uzviy bog‘liq. Hozirgi zamon matematikasi natural
son tushunchasini asoslashda to‘plamlar nazariyasiga tayanadi. Boshlang‘ich
sinflar uchun mo‘ljallangan hozirgi zamon matematika darsligining birinchi
uchun berilgan quyidagi topshiriqlarga duch kelamiz:
―Rasmda nechta yuk mashinasi bo‘lsa, bir qatorda shuncha katakni
bo‘ya, rasmda nechta avtobus bo‘lsa, 2-qatorda shuncha katakni bo‘ya». Bunday
topshiriqlarni bajarish bolalarni ko‘rsatilgan to‘plamlar elementlari orasida
o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatishga undaydi, bu esa natural son tushunchasini
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. MO‘M umumiy matematika
metodikasiga bog‘liq. Umumiy matematika metodikasi tomonidan belgilangan
qonuniyatlar kichik yoshdagi o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga
olgan holda ishlab chiqiladi. 2. Matematika metodikasining pedagogika va
psixologiya, pedagogik texnologiya fanlari bilan aloqasi. Boshlang‘ich sinf
MO‗M pedagogika va yangi pedagogik texnologiya fani bilan uzviy bog‘liq
bo‗lib, uning qonuniyatlariga tayanadi. MO‘M bilan pedagogika orasida ikki
tomonlama bog‘lanish mavjud. Bir tomondan, matematika metodikasi
pedagogikaning umumiy nazariyasiga tayanadi va shu asosda shakllanadi. Bu
hol matematika o‘qitish masalalarini hal etishda metodik va nazariy
yaqinlashishning bir butunligini ta‘minlaydi. Ikkinchi tomondan, pedagogika
umumiy qonuniyatlarini shakllantirishda xususiy metodikalar tomonidan
erishilgan ma‘lumotlarga tayanadi, bu uning hayotiyligi va aniqligini
ta‘minlaydi. Shunday qilib, pedagogika metodikalarning aniq materialidan
oziqlanadi‖, undan pedagogik umumlashtirishda foydalaniladi va o‘z navbatida
metodikalarni ishlab chiqishda yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Matematika
metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi bilan bog‘liq.
Boshlang‘ich matematika metodikasi ta‘limning boshqa fan metodikalari (ona
tili, tabiatshunoslik, rasm, mehnat va boshqa fanlar o‘qitish metodikasi) bilan
bog‘liq. O‘qitishda predmetlararo bog‘lanishni to‘g‘ri amalga oshirish uchun
o‘qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir. Ilmiy-Kurs ishi metodlari – bu
qonuniy bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o‘rnatish va ilmiy
nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish,
tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quvchilar ishlarini o‘rganish,
suhbat va so‘rovnomalar o‘tkazish ilmiy-pedagogik Kurs ishi metodlari
jumlasiga kiradi.
So‘nggi vaqtlarda matematik va kibernetik metodlardan, shuningdek,
matematekani o‘qitishda modellashtirish metodlaridan foydalanish qayd
qilinmoqda. Matematika metodikasi ta‘lim jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan
quyidagi uch savolga javob beradi:
1. Nima uchun matematikani o‘rganish kerak?
2. Matematikadan nimalarni o‘rganish kerak?
3. Matematikani qanday o‗rganish kerak? Matematika metodikasi
haqidagi tushuncha birinchi bo‘lib Shveytsariyalik pedagog matematik
G.Pestalosining 1803-yilda yozgan. Sonni ko‘rgazmali o‘rganish‖ asarida bayon
qilingan. Boshlang‗ich ta‘lim haqida ulug‘ mutafakkir Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali Ibn Sino va boshqalar ta‘lim va tarbiya haqidagi hur fikrlarida
boshlang‘ich ta‘lim asoslarini o‘rganish muammolari haqida o‘z davrida ilg‘or
g‘oyalarni olg‘a surganlar. MO‘M o‘zining tuzilish xususiyatiga ko‘ra shartli
ravishda uch bo‘limga bo‘linadi[11].
1. Matematika o‘qitishning umumiy metodikasi. Bu bo‘limda, matematika
fanining maqsadi, mazmuni, metodologiyasi shakli, metodlari va vositalarining
metodik tizimi pedagogika, psixologik qonunlari hamda didaktik tamoyillar
asosida ochib beriladi.
2. Matematika o‘qitishning maxsus metodikasi. Bu bolimda matematika
o‘qitish umumiy metodikasining qonun va qoidalarini aniq mavzu materiallariga
tatbiq qilish yo‘llari ko‘rsatiladi.
3. Matematika o‘qitishning aniq metodikasi.
Bu bo‘lim ikki qismdan iborat:
1.Umumiy metodikaning xususiy masalalari.
2.Maxsus metodikaning xususiy masalalari. Boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitish metodikasi butun pedagogik Kurs ishilarda pedagogik
texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlarida qo‗llaniladigan metodlardan
foydalanadi. Kuzatish metodi – odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini
tegishlicha qayd qilish bilan pedagogik jarayonni bevosita maqsadga
yo‘naltirilgan holda idrok qilishdan iborat. Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlagan
reja asosida uzoq va yaqin vaqt oralig‘ida davom etadi. Kuzatish tutash yoki
tanlanma bo‘lishi mumkin. Тutash kuzatishda kengroq olingan hodisa (masalan,
matematika darslarida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilish faoliyatlari)
tanlanma kuzatishda kichik-kichik hajmdagi hodisalar (masalan, matematika
darslarida o‘quvchilarning mustaqil ishlari) kuzatiladi. Tajriba – bu ham
kuzatish hisoblanib, maxsus tashkil qilingan, Kurs ishichi tomonidan nazorat
qilib turiladigan va tizimli ravishda o‘zgartirib turiladigan sharoitda o‘tkaziladi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish taqqoslash metodi bilan o‘tkaziladi.Pedagogik
Kurs ishida suhbat metodidan ham foydalanishi mumkin. Тadqiqotning maqsad
va vazifalarini yaqqol aniqlash, uning nazariy asoslari va tamoyillarini ishlab
chiqarish, ishchi faraz tuzish, boshlang‗ich sinflarda matematika O‘qitish
metodikasining shakllanishida asosiy mezonlar hisoblanadi.
Matematik ularni yechish usullari va o‘quvchi ongiga masala mohiyatini
singdirish
1-masala:
Bog‘dorchilikka oid.
Bizga quyidagi taqqoslama berilgan bo‘lsin:
Bu taqqoslama 1-sinf o‘quvchilarini bog‘dorchilikka bo‘lgan qiziqishini
orttiradi. O‘quvchi o‘z uyiga borib bogi’idagi gullarni sanay boshlaydi va asta
asta qiziqishi ortib o‘zi ham gul ekishi, parvarishlashi mumkin. Demak quyidagi
masala oq’uvchini bog‘dorchilik borasida ma’lum ma’noda mehnatga tarbiyalar
ekan.
Bunda masalaning yechimi quyidagicha bo‘ladi:
Atirgullar soni : 9ta va Lolaqizg‘aldoqlar soni 5 ta.
Yechish:
Demak atirgullar soni lolaqig‘aldoqlar sonidan 5+x=9 ya’ni 4taga ortiq
ekan. Javob:4
Lolaqizg‘aldoqlar soni esa atirgullar sonidan 4taga kam ekan. Javob:4
Endi esa keying masala tahliliga o‘tamiz:
2-masala:
Uy hayvonlari parvarishiga oid.
Masala shartidan ko‘rinib turibdiki, bunda o‘quvchi o‘zi rasmga qarab
masala tuzishi lozim. Masalan, quyidagicha:
1. Biz uyimizda parrandalar parvarishlaymiz. Biz parvarishlaydigan
tovuqlar soni 8 ta, xo‘rozlar soni esa 2ta. Endi topingchi biz uyimizda
parvarishlaydigan jami tovuq va xo‘rozlar soni nechta ekan?
Yechish: Masala xo‘roz va tovuqlar sonini qo‘shish orqali hisoblanadi.
Ya’ni
8+2=10 . Masalaning javobi: 10.
O‘quvchi uyida jami 10ta parranda parvarishlashini bilib olamiz.
Masalaning mohiyatiga keladigan bo‘lsak bu masala orqali o‘quvchining
parrandalar parvarishlashga bo‘lgan qiziqishi ortadi va bu orqali u
tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishi mumkin. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar bir-
biridan o‘zishga harakat qilishadi odatda. Ya’ni agar bugun Akrom xo‘roz
parvarishlasa
undan
o‘rganib
ertaga
Salohiddinning
uy
hayvonlari
parvarishlashga bo‘lgan qiziqishi paydo bo‘ladi. Ko‘rdingizmi? Birgina
masalaning hamaiyati qanchalik katta!
3-masala:
Poliz ekinlari parvarishlashga oid.
Ko‘rib turganimizdek rasmda poliz ekinlari tasvirlangan.O‘qituvchi
pedagog masala yechish orqali mehnat tarbiyasini shaklantirish maqsadida
masala shartini quyidagicha qo‘yishi mumkin:
Masala sharti: