1
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATЕMATIKADAN O‘QUVCHILARNI
IJОDIY ISHLASHGA O‘RGATISH MЕTОDIKASI(1-SINF MISOLIDA)
KURS ISHI
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MATEMATIKA
O‘QITISH JARAYONIDA IJODIY ISHLASHGA O‘RGATISHNING
NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Boshlang‘ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati
1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika darslarida ijodiy ishlashga
o‘rgatish
1.3. O‘quvchilar ijodiy ishlashga o‘rgatishda matnli masalalardan foydalanish
usullari
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MATEMATIKA
O‘QITISH JARAYONIDA IJODIY ISHLASHGA O‘RGATISH USULLARI
2.1. O‘quvchilar ijodiy ishlashga o‘rgatishda mashqlar sistemasi va testlar
majmualaridan foydalanish
2.2. O‘quvchilar ijodiy ishlashga o‘rgatishda qiziqarli masalalarni yechish
usullarini qo‘llash
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
2
KIRISH
1.Masalaning kiritilishi. Hozirgi paytda maktablarda boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarni har tomonlama
etuk insonlar qilib tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo‘yicha
bilimlar berish bilan birga ularga o‘rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta
bo‘lishini ta‘minlash, ularni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa matematika darslarida
ijodiy ishlash
qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni kelgusida olingan bilimlarni ongli
hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo‘llashlari uchun zarur ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish boshlanqich matematik ta‘limning asosiy vazifalariga
aylanishi lozim. SHu nuqtai nazardan o‘quv jearayonida matematik masalalar,
jumladan hayotiy mazmunli,ularning to‘plagan tajribasiga asoslangan masalalarni
yechish usullariga va ularni qo‘llashga o‘rgatish o‘ziga xos xususiyatlarga ega,
ularni ta‘lim mazmuni va o‘rganilayotgan tushunchalar mohiyatini ochib berishda
foydalanish, o‘zaro aloqadorlikda va o‘quvchilar amaliy faoliyati tajribasi bilan
qo‘shgan holda o‘qitish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu usullarni ishlab
chiqish va amalda qo‘llash o‘qitish sifat va samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi. Boshlang‘ich ta‘limda matematika o‘qitishning asosiy maqsadlaridan biri
ham o‘quvchilar intellektual tafakkurini shakllantirish asosida o‘quvchilar
qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish hisoblanadi. Demak, boshlang‘ich sinflarda
ijodiy ishlash tushunchasini mohiyatini va hisoblash usullarini etkazish
uslubiyatini ishlab chiqish o‘z ichiga o‘quvchilarda umuman boshlang‘ich
matematika asosiy tushunchalarni shakllantirish va ularni amalda qo‘llay olish
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishni oladi.
Bunga sabab quyidagilar:
1.Boshlang‘ich ta‘limda matematika o‘qitish ijodiy ishlash va tushunchalar
mohiyatini ochish orqali, hayotiy mazmunli mashq va misollardan keng
foydalanish va shu asosda mantiqiy biri-biriga bog‘langan tushunchalar, ta‘riflar,
3
qoidalar va xulosalarni keltirib chiqarish o‘quvchilar matematik qobiliyatlarini
rivojlantirigshga xizmat qiladi..
2. Boshlang‘ich ta‘limda matematika o‘rganishda har bir amalning o‘ziga xos
xususiyatlarini o‘zida aks ettiruvchi matnli mashqlar va ularni o‘quvchilar
ha1yotiy tajribasi bilan bog‘lab taklif etish uzviylikka ega, bu esa o‘quvchilarning
fanga qidiqishlarini oshirish bilan birga ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlanishi
uchun asos bo‘ladi. SHuningdek umumiy ijodiy ishlash usullari va ko‘nikmalarni
rivojlantirishga ta‘sir ko‘rsatadi.
3.Boshlang‘ich ta‘limda matematika o‘qitishda ijodiy ishlash qobiliyatlarini
rivojlantirish arifmetika materiallari mazmuni, o‘rganilayotgan asosiy tushunchalar
va ularga doir masalalarni yechish ko‘rgazmali tasavvurlar bilan birga mantiqiy
ijodiy ishlashni, asoslash va amaliy qo‘llanishni talab etadi.
SHularni hisobga olib ushbu malakaviy bitiruv ishi boshlang‘ich sinflar
matematika darslarida bo‘lish tushunchasini o‘qitish uslublari
o‘rganishga va bu borada uslubiy tavsiyalar ishlab chiqishga bag‘ishlangan.
2.Mavzuning
dolzarbligi.
Boshlang‘ich
sinflar
matematika
darslarida
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida ijodiy
ishlash qobiliyat-larini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Bu shu
bilan asoslanadiki, ikkinchidan, boshlang‘ich sinflar matematika darslarida
ko‘pigan tushunchalarni hayoti tajribaga asoslanib o‘qitishga asoslanadi,
ikkinchidan, tushunchalar, qoidalar va ularni kuzatishlar,mashq va misollar asosida
ko‘rgazmali chiqarilishi usullari, amallar va ularning xossalarini bayon etishda
ularning qo‘llanilishi, uchinchidan, matnli va syujetli mashq va misollar va ularni
yechishda o‘quvchilar da ijodiy ishlash ko‘nikmalarini gakllantirish bilan birga
algebraik va geometrik tushunchalar, boshqa amallar bilan o‘zaro aloqadorligidan
foydalanish talab etiladi. SHuning uchun o‘quvchilarini hayotiy masalalar yechish
jarayonida ijodiy ishlash qobiliyat-larini rivojlantirish samarali usullarini ishlab
chiqish va ularni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qo‘llash usullarini
o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi.
4
3.Ishning maqsad va vazifalari. Ishning maqsadi - boshlang‘ich sinflarda
matematika o‘qitish uslubiyati nazariyasi va amaliyotiga asoslanib o‘quvchilarini
hayotiy
masalalar
yechish
jarayonida
ijodiy
ishlash
qobiliyatlarini
rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va ularni shakllantirishning samarali
usullarini o‘rganish asosida o‘qitish amaliyotida qo‘llash uslubiyatini ishlab
chiqish.
Ishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida o‘quvchilarini hayotiy masalalar
yechish jarayonida ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy,
uslubiy adabiyotlar va manbalarni o‘rganish asosida ijodiy ishlash tushunchasi va
mohiyatini
tushunish
hamda
hisoblash
usullarini
o‘rgatish,
qoidalarni
o‘rganishning turli bosqichlarida o‘quvchilarni hisoblash hamda mantiqiy ijodiy
ishlash usullariga o‘rgatish uslubiyatini ishlab chiqish;
2. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida ijodiy ishlash va ularning
xossalarini o‘rganish jarayonida mashqlar va misollardan foydalanish asosida
o‘quvchilarini ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish tarkib toptirish
ko‘nikmalarini tarkib toptirish texnologiyalariga doir tasavvurlarni yaratish;
3. O‘quvchilarga turli ijodiy ishlash ko‘nikmalarini o‘rgatish asosida ularda turli
o‘quv
vositalaridan
samarali
foydalanish
yordamida
ularda
arifmetik
qonuniyatlarni chuqur va puxta egallashlariga imkon beruvchi tafakkurini o‘stirish
usullarini sistemalashtirish va ularni amalda qo‘llash uslubiyatini ishlab chiqish.
4. Ilmiy tadqiqot metodlari. Ishda quyidagi ilmiy tadqiqot usullaridan
foydalanildi:
1.Ilmiy uslubiy adabiyotlar va manbalar, vaqtli pedagogik matbuotda, Internet
saytlarida (masalan, ziyonet.uz da) malakaviy bitiruv ishi mavzusiga tegishli
ma‘lumotlarni o‘rganish va tahlil etish;
2. O‘qitish amaldiyotida ilg‘or pedagogik tajriba va texnologiyalarni o‘rganish va
umumlashtirish;
5.Ishning ilmiy ahamiyati. Ish ma‘lum ilmiy uslubiy ahamiyatga ega, unda:
5
1. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida o‘quvchilarda hisoblash va ijodiy
ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishuchun hayotiy masalalarni qo‘llash usullarini
nazariy asoslanishi, qayta tahlil qilinib, ishlab chiqilgan;
2. Boshlang‘ich sinflar matematika darslarida o‘qo‘uvchilar fikrash qobiliyatlarini
rivojlantirishda ijodiy ishlashga doir misol va mashqlarni yechishda o‘quvchilarni
masalalar yechish texnologiyalari bilan birga ijodiy ishlashni qo‘llay olish
usullarini qo‘llay olishga o‘rgatish metodikasi xususiyatlari bayon qilingan.
6.Ishning amaliy ahamiyati. Ish natijalaridan boshlang‘ich sinflar matematika
darslarida o‘quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida ijodiy ishlash
qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi matematika o‘qituvchilariga, matematika
fanini o‘qitish metodikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarda, o‘z ish va ilmiy
faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
7.Ishning tuzilishi. Ish kirish, 2 ta bob, 6-paragrafdan, xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.
8.Olingan natijalarning qisqacha mazmuni. Ishda boshlang‘ich sinflar
matematika darslarida o‘quvchilarini hayotiy masalalar yechish jarayonida ijodiy
ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish metodik xususiyatlari ochib berilgan hamda
bunda maxsus mashqlar maxsus sistemasi, testlar majmuidan, qiziqarli
masalalardan hamda maxsus tanlangan matnli masalalar yechish usullariga
o‘rgatish va konkret mavzular bo‘yicha o‘quvchilarning ijodiy ishlash
qo‘nikmalarini shakllantirishga doir misollar keltirilgan.
6
I BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MATEMATIKA
O‘QITISH JARAYONIDA IJODIY ISHLASHGA O‘RGATISHNING
NAZARIY ASOSLARI
1.1.Boshlang‘ich sinflarda matematik masalalar yechishning ahamiyati
Matematik masalalar yechish matematika o‘qitishning muhim tarkibiy qismidir.
Masalalar echmasdan matematikani o‘zlashtirishni tasavvur ham etib bo‘lmaydi.
Matematikada masalalar yechishning nazariyasini amaliyotga tadbiq qilishning
muhim yo‘lidir. Masalalar yechishning boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan u
yoki bu nazariy materiallarni o‘zlashtirish jarayonida muhim rolni va o‘quvchilarni
ijodiy ishlash qobilyatlarini o‘stiradi muhim rol o‘ynaydi. Masalalar amaliy ishlar
sistemasi asosida tuziladi. Bu degan so‘z har bir yangi tushunchani tarkib toptirish
har doim bu tushuncha ahamiyatini tushuntirishga yordam beradigan uning
qo‘llanishini talab qiladigan u yoki bu masalani yechish bilan amalga oshadi.
Ijodiy
ishlashning
mazmunini
amallar
orasidagi
bog‘lanishlarni
amal
komponentlari bilan natijalar orasidagi ochib berishda, har xil miqdorlar orasidagi
bog‘lanishlar bilan tanishishda mos sodda masalalardan foydalaniladi. Sodda
masalalar o‘quvchilarda murakkab masalalarni yechish uchun zarur, bo‘ladigan
bilimlar malakalar va ko‘nikmalarni tarkib toptirish uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi. Masalalar bolalarning ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishning foydali
vositasi bo‘lib odatda o‘z ichiga ayrim bilimlarni oladi. Bu bilimlarni qidirish
masala echuvchidan analiz va sintezga mustaqil murojaat qilish faktlarni
taqqoslash, umumlashtirish va hokazolarni talab qiladi. Bilishning bu usullarini
o‘rgatish matematika o‘qitishning muhim maqsadlaridan biri hisoblanadi.
Masalalarni yechishda predmetga bo‘lgan qiziqish rivojlanadi, umuman
mustaqillik
erkinlik,
talabchanlik,
mehnatsevarlik,
maqsadga
intilishlik
rivojlanadi.O‘quvchilarga tarbiya berishda ham hayotiy masalalar fikr doiralarni
7
kengaytirishga yordam beradi. Masalalar ustida ishla ekan sistemali ravishda va
rejali asosda o‘quvchilarning xususiy malakalarini takomillashtirishga olib keladi.
Masala ustida ishlash uning mazmunini o‘zlashtirishdan boshlanadi. O‘quvchilar
hali o‘qish malakasiga ega bo‘lmagan dastlabki vaqtlarda ularni o‘qituvchi o‘qib
beradigan masala matnini tinglashga shartning muhim elementlarini tovush
chiqarib ajratishga o‘rganish kerak shundan keyin masala shartini yaxshiroq
o‘zlashtirish maqsadida, har bir o‘quvchi masala matniini tinglashga va masalani
mustaqil o‘qib chiqishi zarur. Buning uchun ularga masalani oldin ovoz chiqarmay
o‘qishni so‘ngra esa tovush chiqarib ifodali o‘qishni taklif qilish kerak.
Boshlang‘ich sinflarda masalalarni o‘rganish yangi tushunchalarni shakllantirish,
sodda masalarni yechishdan murakkablarni yechishga o‘tish yordamida amalga
oshiriladi. Bunda qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishga doir har xil sodda
masalalar ya‘ni bir xil qo‘shiluvchilarning yig‘indisini topishga karrali va teng
bo‘laklarga bo‘lishlarga doir sonni bir necha kattalashtirish va kichiklashtirishga
oid masalalar sonlarni taqqoslashga amallarning noma‘lum konponentlarni
topishga doir sodda masalalar shuningdek turli murakkab masalalar shu jumladan
keltirib echiladigan masalalar, ikki ko‘paytuvchining yig‘indisini topishga doir va
unga teskari masalalar yig‘indisini so‘ngra ko‘paytirish bo‘lishga keltiradigan va
boshqa masalalarni ko‘rib chiqamiz.
Agar berilgan masala o‘zining murakkabligi bilan sinfda echilgan masalalarga
mos yoki o‘xshasa u holda o‘quvchilar taklif qilingan masalaning echilishi yo‘lini
mustaqil topishga o‘rgatish kerak. SHu maqsadda o‘quvchilar masalalar yechishga
yaqinlashishning eng sodda umumiy usullarini egallashlari lozim.
O‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida masala shartini qisqa va yaqqol yozib olishlari,
yechish yo‘llari topishni osonlashtirish maqsadida shartini chizma yoki rasm bilan"
tasvirlay olishlari kerak. O‘quvchilar echilayotgan masalada nima ma‘lum nima
noma‘lumligini masala shartidan nima kelib chiqishini qanday arfimetik amallar
yordamida qanday tartibda masala savoliga javob topish mumkinligini aniq va
ravshan tushuntirishga o‘rganishlari kerak. O‘quvchilar har bir amalni nega
tanlaganliklarini anglay olishlari masala bo‘yicha ifoda yoki tenglama tuzib
8
olishlari uni echa olishlari, savolga javob berib, echimning to‘g‘riligini tekshirib
olishlari lozim.
O‘n ichida bajariladigan sodda masalalar yechishini o‘qitish metodikasi bo‘yicha
mashq qildirish sodda masalalarni yechishda ko‘rgazmali qo‘llanmalarni
qo‘llashda ba‘zi o‘quv va malakalarini egalashadi. 2-sinfda masalalar ustida
ishlash asosiy o‘rinni egallaydi. Bu erda qo‘shish va ayirishdan tashqari
ko‘paytirishga va bo‘lishga bir xil qo‘shiluvchilarni yig‘indisini topishga teng
bo‘laklarga bo‘lishga, sonni bir necha martta orttirish va kamaytirishga sonlarni
qisqa taqqoslashga amallarning noma‘lum konpanentini topishga doir har xil sodda
masalalar shuningdek har xil ko‘rinishdagi murakkab masalalar keltirish usuli
bilan echiladigan masalalar ikkita ko‘paytmaning yig‘indisini topishga doir va
bunga teskari masalalar yig‘indisini songa ko‘paytirish va bo‘lishga keltiriladigan
masalalar ko‘rib chiqiladi.
Har xil turdagi masalalar yechishini amallar ma‘nosini ochib berish, u yoki bu
tushuncha u yoki bu munosabatlarning shakillanishidan tashqari o‘quvchilar bilim
doiralarining kengayishiga ba‘zi kattaliklar va ular orasidagi bog‘lanishlar bilan
chuqurroq tanishtirishga hizmat qiladi. O‘quvchilar masalani yechishiga zarur
malakalarni egallashlari uchun turli hayotiy hollarda berilgan va izlanayotganlar
orasidagi ma‘lum bog‘lanishlarni tushungan holda topishga o‘rgatish kerak.
SHunday qilib masalalar yechishni ustida ishlaganda o‘quvchi faqat u yoki bir xil
masalani haqidagini o‘ylamasdan balki masala yechish malakasini shakllantiruvchi
xususiy malakalarni rejali va muntazam ravishda ishlab chiqilishi borasida
g‘amxo‘rlik qilishi kerak. CHunki masala yechishning umumiy murakkab
malakasi shu xususuy malakalardan tashkil topadi.
Masala ustida ishlash uning mazmunini o‘zlashtirishdan boshlanadi. Masala
mazmunini yaxshi tushunish uchun o‘quvchilarni har biriga uning matnini
eshittiribgina qolmay, balki uni mustaqil o‘qib chiqishlari ham kerak.Agar masala
sharti bosh qotiradigan bo‘lsa o‘quvchilarga masala mazmunini mustaqil o‘yiab
ko‘rishlari uchun bir-uch minut vaqt berish maqsadiga muvofiqdir. Masala matni
ustida ishlaganda o‘quvchilarning diqqat e‘tiborini awalo masala matnidagi har bir
9
so‘z va har bir son mazmuniga qaratish lozim, masalada tasvirlanayotgan
manzarani joyni tasavvur qilishiga yordam berish kerak, masala matn ustida
og‘zaki ishlagandan keyin masala mazmuni matematik atamalar tiliga o‘tkazish va
uning matematik tuzilishini qisqa yozuv (sxema, chizma, jadval) shakllarida
ifodalash kerak. O‘quvchilarda ikkinchi sinfda ikkinchi sinfdagi kabi yangi
masalalar bilan tanishtirishda yoki murakkab masalarni yechishda to‘la pridmet
ko‘rsatmalikda sekin -asta to‘liq bo‘lmagan ko‘rsatmalikka o‘tiladi. Masala sharti
murakkab berilganlar orasidagi bog‘lanishlarni tahlil qilish qiyin bo‘lganda
shunigdek yangi tipdagi masalalarni yechishda qisqa yozishdan foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Sodda masalani yechishda amal tanlash masalasiga to‘xtalib
o‘tamiz. Bu malaka 1-sinfda shakllantirib boriladi, o‘quvchilarning 2-yilda
shakllantirish yana davom ettiriladi. Sodda masalalarni arifmetik, arifmetik ham
algebrik usul bilan yechish mumkin. Sodda masala arifmetik usul bilan echilganda
ifoda tuzib uning qiymati topiladi. Masalan: Ahmad bir kuni kitobning 15 betini
o‘qidi, 2-kuni esa ikkinchi kuniga qaraganda ikki marta ko‘p o‘qidi. Ahmad
ikkinchi kuni kitobning necha betini o‘qidi. Masalani echilishini bunday yozish
mumkin: 15-2=30 (bet).
Javob: Ahmad ikkinchi kuni 30 bet kitob o‘qigan. Masala echimini tekshirish
to‘g‘ri
yoki
notug‘riligini
aniqlashdan
iboratdir.
Boshlang‘ich
sinflarda
tekshirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi.
Masalalarning shartlari bilan topilgan javoblar orasida moslik o‘rnatish. Bu usul
bilan o‘quvchilarni ikkinchi sinfdan boshlab tanishtiriladi, shu usul 2-sinfda davom
ettiriladi. Masalan: Vali 12 ta baliq Ahmad esa unga qaraganda 2 marta kam baliq
tutdi: ikkalasi birgalikda qancha baliq tutishgan.
Yechish: 12+12:2=12+6=18 ta (baliq).
Tekshirish: masalaning shartiga ko‘ra Vali Ahmadga qaraganda 2 marta ko‘p baliq
tutgan.
18-12=6 ta 2. 12:6=2 ta.
Masalani o‘zi bilan va uning tarkibiy elementlar bilan bolalarni tanishtirish
o‘qitish jarayonidagi navbatdagi eng muhim va juda javobgarlik bosqichidir. Bu
10
ishni predmet ko‘rsatmalikdan foydalanib boshlash kerak.O‘qituvchi son
ma‘lumotlarni va amallarni ko‘rsatadi ammo natijani ko‘rsatmaydi, o‘quvchilardan
yashirishi juda muhimdir.
Masalan: Akasi erkinga oldin 6 ta daftar sovg‘a qildi, keyin yana 2 ta daftar
sovg‘a qildi. Erkinga akasi qancha daftar sovg‘a qilgan.
Yechish: 6+2=8 ta (daftar).
Javob: akasi erkinga 8 ta daftar sovg‘ga qilgan.
Sonni bir necha birlik ortirish va kamaytirishga doir masalalar yig‘indi va qoldiqni
topishga doir masalalarda kengroq kiritiladi. Bu holdagi sodda masalalarni
qarashga tayyorgarlik ularni kiritishdan oldin boshlanadi. Bu ish ushbu
munosabatlarni o‘rnatishdan iborat. Agar predmetlarni berilgan gruppasiga bir yoki
bir nechta predmet qo‘shilsa bu dastlabki predmetlar sonini orttiradi, agar ayirilsa
bu dastlabki predmetlar sonini kamaytiradi. Bu munosabatlar bir xil ko‘rsatma
materiallar yordamida o‘rgatiladi. Didaktik materiallar bilan ish ko‘riladi, bolalar
ushbu ko‘rinishdagi amaliy mashqlarni bajarishadi:
1. "3 ta kvadrat qo‘ying, ularga yana 2 ta kvadratni yaqinlashtiring" kvadratlar
qancha bo‘ladi?
2. Qanday bildingiz?
3.Kvadratlar ko‘paydimi yoki kamaydimi? SHundan keyin syujetli rasmlar
bo‘yicha ishlashga o‘tish mumkin. Rasmlar bo‘yicha ham didaktik o‘yinlar
puxtalash uchun beriladi. Bilimlarni tekshirishda masala o‘quvchi taffakurini
rivojlantirish haqida fikr yuritish kerakli amallarni to‘g‘ri tanlash hisoblash
ko‘nikmalari haqida fikr yuritish imkonini beradi.
Har bir masalada shart va savol bo‘ladi. Masala shartida berilgan sonlar orasidagi
va berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi bog‘lanish ko‘rsatiladi, bu
bog‘lanishlar tegishli ijodiy ishlashni tanlashni belgilab beradi. Savol esa son
izlanayotgan son ekanligini bildiradi.
Masala. Avtobusda 7 ta yo‘lovchi bor edi. Avtobus bir to‘xtagandan keyin undagi
yo‘lovchilar soni ikkkita orttdi. Avtobus tuxtagandan keyin undagi yo‘lovchilar
qancha bo‘lgan? O‘qitishning dastlabki kunidan boshlab sonni bir necha birlik
11
orttirishga doir qiyinroq masalalarni kiritishga tayyorgarlik ishlari boshlanadi.
Bunday masalalarda predmetlarning 2 ta to‘plami taqqoslanadi: Amaliy
mashg‘ulot bajarish davomida bolalar predmetlarning 2 ta to‘plami elementlari
orasida
bir
qiymatli
moslik
o‘rnatishni
o‘rganib
oladilar,
shuningdek
taqqoslanayotgan to‘plamlarning qaysisida predmetlar ko‘p -qaysisida kam
ekanligini aniqlashni ham o‘rganib olishga harakat qiladilar.
Hamma ijodiy ishlash ularni yechish uchun bajariladigan amallar soniga qarab,
sodda va murakkab masalaga bo‘linadi. Echilishi uchun bitta arifmetik amal
bajarilishi zarurbo‘lgan masala sodda masala deyiladi Echilishi uchun bir biri bilan
bog‘liq bo‘lgan bir nechta ular bir xil yoki har xil amal bo‘lishlari bilan amalni
bajarish zarur bo‘lgan masala murakkab masala deyiladi.
Masala. Paxta terish mashinasi 6 kunda 84 sr paxta yig‘ishtirib oldi. Bu mashina 9
kunda necha kg paxta teradi?
Yechish: 84:6=14 14-9= 126 (sr)
Javob: Bu mashina 9 kunda 126 sr paxta teradi.
Rasmlar bo‘yicha didaktik materiallar bo‘yicha ham qilingan savollar hal
qilinadi.O‘qitishning shu bosqichida tayyor masalalarni yechishda shartli
rasmlardan foydalanishga o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu masala namunasida tegishli ish qanday bajarilishini ko‘rsatamiz! SHu
sababli masala matnida berilgan sonlar bilan izlanayotgan son orasidagi
bog‘lanishni ko‘rsatuvchi biror bir vosita ko‘rsatmalar bo‘lishi va bu bog‘lanish
kerakli ijodiy ishlashni tanlash va ular tartibini aniqlash kerak. Masalani to‘la
echimi shartning aniqligidan to‘liq bajarilish tartibini ko‘rsatuvchi rejadan
kattaliklarning u yoki bu qiymati qanday amal bilan topilishi va nega shu amal
bilan topilishini tushuntirishdan, ijodiy ishlashni bajarish va javobdan iborat
bo‘ladi.
Masala echimini tekshirish va olingan javobning to‘g‘ri yoki to‘gri emasligini
aniqlash ham kiritiladi. Ko‘pincha masalalar o‘quvchilarga ularni bilimlarini
to‘ldirish malakalarini egallash, ko‘nikmalarni takomillashtirish va masala
12
tuzuilishi bilan tanishish. Masala tuza bilish ko‘nikmasi uning tuzilishini
o‘zlashtirib olish uchun zamin yaratadi.
Bolalar masala tuzilishi bilan ikkinchi yoki uchinchi mashg‘ulotda tanishadilar.
Ular masalada shart va savol borligini bilib oladilar, masala shartida kamida ikkita
son bo‘lishligi alohida ta‘kidlanadi.
O‘qituvchi bolalarga murojat qilib:u men hozir sizlarga masalada nima haqida
gapirilishini so‘zlab beraman, siz bo‘lsangiz men aytgan narsalarning hammasini
ko‘rsatasiz. Bolalar stolning chap tomoniga ikkita olma, o‘ng tomoniga 3 ta olma
quyishdi. Stolga hammasi bo‘lib nechta olma quyishdi. Bizlar masala tuzdik.
Keling uni takrorlaymiz va bilganlarimizni bilmaganlarimizdan ajratamiz. Biz
nimani bilamiz? Bolalar chap tomonda 2 ta olma, o‘ng tomonda esa 3 ta olma bor "
deb javob beradilar. "Buni biz bilamiz ", bu masalani sharti deb tushuntiradi
o‘qituvchi. Masalada nima so‘ralayapti?
Bolalar: Stolda hammasi bo‘lib nechta olma borligi? deb javob beradilar. Biz
bunibilmaymiz. Biz manna shuni aniqlashimiz kerak. Har bir masalaning o‘z sharti
va savoli bor. Bizning masalamizda qanday sonlar haqida gapirilyapti? Siz qanday
savol quydingiz?
Masalamizni takrorlaymiz: O‘qituvchi bolalardan biriga masala shartini
takrorlashni, boshqasiga savol quyishni taklif etadi. Masala qanday ikki qismdan
tuzilganligi aniqlanadi. Ular shu usulda 2-3 ta masala tuzilishi taklif etiladi.
Bolalar ko‘rsatma materialsiz masalalar tuzishni o‘rganib olganlaridan keyin,
masala tuzilishi haqidagi bilmlarini mustahkamlash ushun uni hikoya va
topishmoq bilan ongli ravishda taqqoslash foydalidir. Masalani topishmoqlar bilan
taqqoslash yaxshidir. Sonlar, ko‘rsatilgan topishmoqlar tanlab olinadi.
"Bittasi gapiradi, ikkitasi tomosha qiladi, yana ikkitasi eshitadi(og‘iz, ko‘z,
quloqlar) yordamida.
Bir tom ostida to‘rt og‘ayni yashaydi" (stol) va h.k.
O‘qituvchi bolalar bilan birgalikda bu erda qanday savollar berish mumkinligini
muhokama qiladi: "Bu nima? Stolning nechta oyog‘i bor?" va hokazo.
Topishmoqda qanday narsa haqida gap borishini topish kerak. Masalada esa
13
miqdorni, necha soni hosil bo‘lishni yoki nechta narsa qolishini bilish kerak.
Masalani topishmoq bilan solishtirish masala savolining arfimetik mazmunini
ta‘kidlash imkonini beradi. Bolalarning masalani hikoya, topishmoqdan farq
qilishiga yordam beruvchi umumiy usullardan foydalanishiga o‘rgatish foydalidir.
Matnni quyidagi reja asosida tahlil qilish mumkin.
Bu erda sonlar bormi?
Bu erda nechta son bor?
Mashg‘ulot oxirida bolalarga topishmoq, hikoya va masalani qaytadan tuzish
uchun nima qilish kerakligini o‘ylash taklif etiladi. O‘rgatishning bu bosqichida
ikkinchi mashg‘ulotda bolalar qo‘shish hamda ayirishga oid masalalarni echadilar,
qo‘shish va ayirishga oid masalalar ketma-ket tuziladi. Javobni sonlar o‘rtasidagi
bog‘lanishdan va munosabatlarni tushunchaga asoslanib topadilar.
14
1.2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika darslarida ijodiy ishlashga
o‘rgatish
Boshlang‘ich
sinf
o‘quvchilarini
matematika
darslarida
ijodiy
ishlash
qobiliyatlarini rivojlantirishda turli masalalarning o‘rni katta.Biz quyida anna
shunday masalalarning ayrim turlariga to‘xtalib o‘tamiz.
Sahnalashtirilgan masalalar. Sahnalashtirilgan masalalarga katta e‘tibor
beriladi. Bu masalalarda bolalarning kuzatgan, ko‘pincha o‘zlari bevosita bajargan
harakatlari aks ettiriladi. Bu erda savolga javob berish emas, balki bu berilgan
sonlar ko‘rgazmali asosida ko‘rinib turishi mumkindir. Ikkinchi sinf bolalari
ko‘pincha masalani yechishni bilmaydilar, chunki ular u yoki bu harakatni
ifodalovchi (sarf qildi, bo‘lishib oldi, sovg‘a qildi va hakozo)so‘zlarning ma‘nosini
tushunmaydilar. SHunning uchun maktabda, tayyorlov guruhida u yoki bu
harakatni ifoda etuvchi so‘zlarni mazmunini ochib berishga alohida e‘tibor berish
kerak. SHu maqsadda masala asosiga qanday amaliy harakatlarni kiritish
zarurligini hisobga olish kerak. Bunda qarama- qarshi harakatni: keldi-ketdi, yaqin
kelishdi-uzoqlashdilar, oldi-berishdi, ko‘tarishdi-tushirishdi, olib kelishdi- olib
ketishdi, uchib ketishdi nazarda tutuvchi yig‘indi va qoldiqni topishga oid
masalalarni taqqoslash maqsadga muvofiqdir.
Ko‘rgazmali masalalar. Dastlab bolalarga mavzu mazmuni to‘g‘risida gapiriladi,
hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Rasm bo‘yicha ikkinchi
masalani o‘qituvchining o‘zi tuzadi.U bolalarni rasmlarni ko‘rib chiqishiga,
berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelgan
hayotiy harakatlarni ajratib olishga o‘rgatadi. Masalan, rasmda 5 ta shar ushlagan
bola tasvirlangan, u 1 ta sharni qizchaga bermoqda. Rasmni ko‘zatayotib
o‘qituvchi: Bu erda nima tasvirlangan? Bola nima ushlab turibdi? Unda nechta
shar bor? U nima qilmoqda? Biz nimani bilamiz? Masalani shartini tuzing. Nima
haqida so‘rash mumkin? deb so‘raydi.O‘qituvchi berilgan sonlarni o‘zgartirib,
bolalarni ayni bir mavzuda har xil mazmundagi yig‘indi va qoldiqni topishga oid
masalalarni o‘ylab topishga, hikoya qilishga o‘rgatishda foydalanadigan hohlagan
15
mazmundagi rasm asosida masala tuzishga undaydi. Matematik masalalar sodda va
murakkab masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan echilishi mumkin bo‘lgan
masalalarga sodda masalalar deyiladi. Bir nechta sodda masalalardan tuzilgan va
shu sababli ikki yoki undan ortiq amallar yordamida echiladigan masalalarga
murakkab masalalar deyiladi.
Masalan: daraxt shoxida 6 ta qush bor edi. Ulardan 2 tasi uchib ketdi? Bu masalaga
2 ta teskari masala tuzish mumkin.
1)Daraxt shoxida bir nechta qush bor edi. 2 ta qush uchib ketgandan so‘ng daraxt
shoxida 4 ta qush qoldi. Daraxt shoxida nechta qush qoldi?
2)Daraxt shoxida 6 ta qush qo‘nib turgan edi, bir nechta qush uchib ketgandan
so‘ng 2 ta qush qoldi. Nechta qush uchib ketdi?
Sodda masala orasidan bevosita ifodalangan masala ajratilgan.
1-masala. Bir qutida 8 ta olma bor bu olmalar ikkinchi qutidan 5 ta ortiq. Ikkinchi
qutida nechta olma bor.
Yechish:8-5=3 ta (olma)
Javob: ikkinchi qutida 3 ta olma bor.
2-masala. Vali 6 ta quyon rasmini chizdi. Valini chizgan rasmlari Zokirni chizgan
rasmlaridan 2 ta ortiq. Zokir nechta quyon rasmini chizdi?
Yechish: 6-2=4 ta.
Javob: Zokir 4 ta quyon rasmini chizdi.
Sodda masalalardan yig‘indi va qoldiqni topishga doir masalalar.
3-masala.Ahmad 3 ta qo‘g‘irchoq va ikkita koptok rasmini chizdi. Ahmad nechta
o‘yinchoq rasmini chizdi?
Yechish: 3+2=5 ta.
Javob: Ahmad 5 ta o‘yinchoq rasmini chizdi.
4-masala.Zokir olma daraxtidan 7 ta olmani oldi va 3 tasini edi. Zokirda nechta
olma qoldi?
Yechish: 7-3=4 ta (olma).
Javob: Zokirda 4 ta olma qoldi.
16
5-masala Stol ustida 4 ta qizil qalam bor edi yana unga 4 ta ko‘k qalamni qo‘shdi.
Stol ustida nechta qalam bor edi: Yechish: 4+4=8 ta
Javob: stol ustida 8 ta qalam bor edi.
Sodda masalalarni turlaridan yana biri sonni nechta birlik ortirish yoki
kamaytirishga doir masalalar.
1.Ahmadda 6 ta, Salimda esa undan 2 ta ortiq qalam bor. Salimda nechta qalam
bor?
Yechish: 6+2=8 ta (qalam)
Javob: Salimda 8 ta qalam bor.
2. Salim 4 ta qizil mashina rasmini Ahmad esa 3 ta yashil mashinaning rasmini
chizdi. Ikkalasi nechta mashina rasmini chizdi?
Yechish: 4+3=7 ta.
Javob: Ikkalasi 7 ta mashina rasmini chizdi.
3. Vali 5 ta sabzi rasmini, Nodir esa 3 ta sabzi rasmini chizdi. Ikkalasi nechta sabzi
rasmini chizdi?
Yechish: 5+3=8 ta.
Javob: Ikkalasi 8 ta sabzi rasmini chizdi.
Sodda masalalarni shartlari bolalar uchun tushunarli bo‘lishi kerak.Va qoldiqli
topishga doir masalalar shunday masalalar to‘plamiga kiradi. Sodda masalalar
yechish yordamida matematika boshlang‘ich kursining asosiy tushunchalaridan
17
biri ijodiy ishlash haqidagi tushuncha va boshqa bir qator tushunchalar
shakillanadi. Sodda masalani echa olishni o‘zlashtirganlaridan so‘ng murakkab
masalalarni yechishni o‘rganadilar. CHunki murakkab masalalar bir nechta sodda
masalalardan tuzilgan bo‘ladi.
Masala. Likopchada 2 ta yashil, 3 ta qizil olmalar bor edi. Ulardan 2 ta qizil olma
eyilgandan so‘ng. Likopchada nechta olma qoldi?
3+2=5 (ta)
Yechish: 5-2=3 ta olma.
Javob: Likopchada 3 ta olma qoldi. 2.Karimda 3 ta, Sobirda undan 6 ta ortiq qalam
bor.
2.Sobirda nechta qalam bor? Karimda — 3 ta Sobir - ? - 6 ta ortiq.
Yechish: 3+6=9 (qalam)
Javob: Sobirda 6 ta qalam bor.
3. Polizdan elyor 7 ta tarvuzni uzib chiqdi. Nodir esa 3 ta tarvuzni polizdan uzib
chiqdi. Ikkalasi nechta tarvuz uzib chiqdi?
Yechish: 7+3=10 ta (tarvuz).
Javob: Ikkalasi 10 ta tarvuz uzib chiqdi.
18
1.3.
O‘quvchilar
ijodiy
ishlashga
o‘rgatishda
matnli
masalalardan
foydalanish usullari
Matnli masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni
shakllantirish ularning programmada belgilab berilgan nazariy bilimlarini
o‘zlashtirish
bilan
birga
o‘qo‘uvchilarning
ijodiy
ishlash
qobiliyatlarini
rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: Agar biz o‘quvchilarda qo‘shish
haqida to‘g‘ri tushuncha shakillantirishni istasak, buning uchun bolalar yig‘indisini
topishga doir etarli miqdorda sodda masalalarni deyarli har gal to‘plamlarni
birlashtirish amalini bajarib yechishlari zarur. Masalan: quyidagi masala berilgan.
Ahmadda 6 ta rangli va uchta oddiy qalam bor. Ahmadda hammasi bo‘lib nechta
qalam bor?
Buni yechish uchun oldin 6 ta cho‘p oladilar va buning yoniga yana 3 ta cho‘pni
so‘rib qo‘yadilar, va hammasi bo‘lib nechta cho‘p bo‘lganini sanaydilar. So‘ngra
masalani yechish uchun 6 ga 3 ni qo‘shish kerkligi va hosil bo‘lgan 9 son bu ikki
sonning yig‘indini bo‘lishni tushuntiradi. SHunga o‘xshash masalalarni ko‘plab
echib bolalar qo‘shish amali haqidagi tushunchalarni asta sekin egallab boradilar
va uni umumlashtrish asosida qo‘shish uchun ularni birga sanash kerakligini
tushunalilar. Masalan: amalning noma‘lum kamponentini topishga doir masalani
echayotib o‘quvchilar ijodiy ishlashning kamponentlari va natijalar orasidagi
bog‘lanishni ajratish va uni masalalar yechishga qo‘llashga harakat qiladilar.
Masalalarda aniq material bo‘lib ular yordamida o‘quvchilarda yangi bilimlar
vujudga keladi hamda uni yechish jarayonida ijodiy ishlash amallarini bajarishga
o‘rganadilar. Bunga 1-sinf matematika kursidagi sodda masalalardan keltiramiz
1.Bir likopchada 8 ta, ikkinchi likopchada ikkinchidagidan 2 ta ortiq anor bor.
Ikkinchi likopchada nechta anor bor?
1- likopchada 8 ta anor, 2-chisida 2 ta ortiq.
Yechish: 8+2=10 ta.
Javob: Ikkinchi likopchada 10 ta anor bor.
19
2.Bir bidonda 10 l, ikkinchisida 3 l kam paxta yog‘i bor. Ikkinchi bidonda necha
litr paxta yog‘i bor?
1-bidonda — 10 l
2-bidonda - ? -3 l kam.
Yechish: 10-3=7l
Javob; Ikkinchi bidonda 7 litr paxta yog‘i bor.
3.Maktab hovlisida 10 ta o‘quvchi bo‘lib, ulardan 4 nafari qiz bola. Ularning
nechtasi o‘g‘il bola.
O‘g‘il bola-? Jami- 10 ta.Qizlar-4 nafar
Yechish: 10-4=6 ta.
Javob: olti nafari o‘g‘il bola.
Mavjud
bilimlar
va
finrlash
qobiliyatlar
tadbiq
qilinishi
jarayonida
mustahkamlanib boradi. Masalalarni shakllantirishda aniq material bo‘lgan holda
nazariyani amaliyot bilan o‘qitishni turmush bilan bog‘lab olib borish imkonini
beradi. O‘quvchi masalalarni echayotganda ko‘p matematik tushunchalar aniq
hayotda odamlarning tajribasida o‘z ildizi ekanligiga ishonch hosil qiladi.
Masalalar yechish orqali bilim va tajriba sohasida muhim bo‘lgan ma‘lumotlar
bilan tanishadilar. Masalan boshlang‘ich sinflarda echiladigan ko‘p masalalarning
mazmunida bolalar va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xo‘jaligi,
texnika sport va madaniyatda erishgan yutuqlari yotadi. Masalalar yechish
jarayonining o‘zi ma‘lum metodikada o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha
ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, chunki u aqliy operasiyalarni: analiz va sintez aniqlashtirish
va taqqoslash umumlashtirishni talab etadi. Masalan:o‘quvchi istagan masalani
yechishda analiz qiladi. Savolni masala shartidan ajratadi. Yechish rejasini
tuzayotganda sintez qiladi, bunda u aniqlashtirishdan foydalanadi, biror bir turdagi
masalalarni ko‘p marta yechish natijasida o‘quvchi bu turdagi masalalarda berilgan
va izlanayotgan sonlar orasidagi bog‘lanishlar haqidagi bilimni umumlashtiradi.
O‘quvchilarni sodda masalalar bilan tanishtirish. O‘quvchilarda eng oldin
tanishadigan arifmetik masalalar tushunarli bo‘lishi kerak yig‘indi va qoldiqli
masalalarga doir masalalar jumlasi kiradi. Bunday masalalarni yechish bilan
20
tanishtirishni, parallel olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunday masalalarga
quyidagi masalalar kiradi.
1.Ahmad 3ta qo‘g‘irchoq va 2ta koptok rasmini chizdi. Ahmad nechta
o‘yinchoqning rasmini chizdi?
2.Bahodir jo‘yakdan 6 ta bodring uzdi 2 ta bodringni edi. Nechta bodring qoldi?
Sodda masalalarning qiyinligi bo‘yicha ikkinchi turi bu sonni bir necha birlik
orttirish yoki kamaytirishga doir masalalardir, bunday masalalarga namunalar
keltiramiz.
1.Zokirda 6 ta Ahmadda esa undan 2 ta ortiq daftar bor. Ahmadda nechta daftar
bor?
Yechish: 6+2=8 ta.
Javob: Ahmadda 8 ta daftar bor.
2.Maysara 7 ta ertak, Go‘zal esa undan 3 ta kam ertak o‘qidi. Go‘zal nechta ertak
o‘qigan?
Yechish: 7-3=4 ta
Javob:Go‘zal 4 ta ertak o‘qigan.
3.Botir 6 sm li kesma chizdi. So‘ngra uni 3 sm uzaytirdi. Kesmaning uzunligi
qancha bo‘ladi?
Yechish: 6+3=9 sm
Javob: Kesmaning uzunligi 9 sm bo‘ladi.
Endi noma‘lum ko‘paytuvchini topishga doir masalani ko‘ramiz undan so‘ng esa
noma‘lum bo‘linuvchini topishga doir masalani ko‘ramiz.
Masala: 12 kg olmani 3 kg dan qilib bir nechta qutiga joylashtirildi. Har bir qutida
necha kg olma joylashtirildi?
Yechish: 12:3=4 ( kg).
Javob: Har bir qutiga 4 kg olma joylashtirildi.
O‘quvchilar bilan sonni bir necha marta orttirish va kamaytirishga doir masalalar
ko‘riladi.
1.To‘tilar 10 ta, kaptarlar esa 5 marta kam. Kaptarlar nechta?
Yechish: 10:5=2 ta.
21
Javob: Kaptarlar 2 ta 2.
2.0pasi 9 yoshda, u ukasidan 3 marta katta ukasi necha yoshda?
Yechish: 9:3=3 yoshda.
Javob: ukasi 3 yoshda
Sonni ulushini va ulushga ko‘ra sonni o‘zini topishga doir masalalar bilan
o‘quvchilarni sonlarni karrali taqqoslashni o‘rganganlaridan keyin tanishadilar.
Ulushlarga doir eng elementar masalalar ko‘riladi:
1) Kitob 60 betli. Bola kitobning 1/3 qismini o‘qidi. Bola necha bet o‘qigan?
Yechish: 60:3 • l=20(bet).
Javob: Bola 20 bet o‘qigan.
2)Malika she‘rning yarmini yod oldi, u 18 satrini yod oldi. Butun she‘r necha
satrdan iborat.
Yechish: 18*2=36 satrli she‘r.
Javob: Butun she‘r 36 satrdan iborat.
O‘quvchilar vaqtga doir sodda masalalarni yechish bilan tanishadilar.
1.Bola uyidan soat 8-u 30 minutda yo‘lga chiqdi va soat 8-u 50 minutda maktabga
etib keldi. Bola yo‘lga necha minut sarflagan?
Yechish: 8-u 50 minut- 8-u 30 minut = 20 minut.
Javob: Bola yo‘lga 20 minut sarflagan.
2. 30 sm kesmani uchdan bir qismini toping.
Yechish: 30:3 · 1 = 10 sm.
3.Kesmaning to‘rtdan bir qismi 8 sm bu kesmani uzunligini toping.
Yechish: 8· 4:1=32 sm.
4.Sotuvchi 60 kg shakarni ikkidan bir qismini sotdi. YAna necha kg shakarni
sotish kerak bo‘ladi.
Yechish: 60:2« 1=30 kg.
Javob: YAna 30 kg shakarni sotish kerak.
Sodda masalalarni sinflash ularni yechishda bajariladigan ijodiy ishlashni
gruppalarga ajratiladi. Bunday gruppalarni 3 ga ajratish mumkin. Ikkinchi
gruppaga shunday sodda masalalar kiradiki ularni yechish davomida bolalar har bir
22
arifmetik amalning aniq ma‘nosini o‘zlashtiradilar, ya‘ni ular to‘plamlar ustida u
yoki bu amalga qaysi bir arifmetik amal mos kelishini o‘rganadilar. Bu gruppaga 5
ta masala kiradi.
1.Ikki sonning yig‘indisini topish. Gulzodaning 5 ta katta tarelka va 3 ta kichik
tarelkasi bor edi. Gulzodaning nechta tarelkasi bo‘ldi.
Yechish: 5+3=8 ta.
Javob: Gulzodaning 8 ta tarelkasi bo‘lgan.
2.Qoldiqni topish. O‘quvchilar 7 ta qush inini yasadilar. Ularni 3 tasini sotdilar.
Ular yana nechta inni sotishlari kerak.
Yechish.YAsadi-7 ta, sotdi-3 ta, qoldi-?
7-3=4 ta. Javob: 4 ta
3.Bir xil qo‘shiluvchilarni yig‘indisini toping.Jonli burchakda 4 qafasda quyonlar
boqildi, har bir qafasda 3 tadan quyon bor. Jonli burchakda nechta quyon bor?
Yechish: 4+4+4= 12 ta 4*3= 12 ta.
Javob:Jonli burchakda 12 ta quyon bor.
4.Teng bo‘laklarga ajratish.O‘quvchilarni 2 ta gruppasi 12 kg baravardan
makalatura keltirdilar. O‘quvchilarni har bir gruppasi necha kg makalatura
keltirgan.?
Yechish: 12:2=6 (kg) .
Javob: O‘quvchilarning har bir gruppasi 6 kg makalatura keltirgan.
5.Mazmuni bo‘yicha bo‘lish. O‘quvchilarning har bir gruppasi 12 tupdan daraxt
ko‘chatining tagini yumshatdilar. Jami 36 ta daraxt ko‘chatini tagini
yumshatganlar. Bu ishni o‘quvchilarni necha gruppasi bajargan.
Yechish: 36:12=3
Javob:3 ta gruppa bajargan.
Ikkinchi gruppaga shunday sodda masalalar kiradiki ularni yechish davomida
o‘quvchilar ijodiy ishlashning komponentlari va natijalar orasidagi bog‘lanishni
o‘zlashtiradilar. Bular jumlasiga noma‘lum komponentlarni topishga doir
masalalar kiradi.
23
1.Ma‘lum yig‘indi va ma‘lum ikkinchi qo‘shiluvchi bo‘yicha ikkinchi
qo‘shiluvchini topish.
Oysara bir nechta katta tarelka va uchta kichik tarelkani jami 9 ta tarelkani yuvdi.
Oysara nechta katta tarelkani yuvdu?
Yechish: 9-3=6 ta
Javob: Oysara 6 ta tarelkani yuvgan.
2.Ma‘lum yig‘indi va ma‘lum ikkinchi qo‘shiluvchi bo‘yicha ikkinchi
qo‘shiluvchini toping.
Oysara 9 ta katta tarelka va bir nechita kichik tarelkani yuvdi . U jami 14 tarelkani
yuvdi. Oysara nechta kichik tarelka yuvgan?
Yechish: 14-9=5 ta
Javob: Oysara 5 ta kichik tarelka yuvgan.
3.Ma‘lum ayiruvchi va ma‘lum ayirma bo‘yicha kamayuvchini topish.
Ahmad bir nechta qush inini yasadi. U uchta inni do‘stiga berdi Ahmadga yana
beshta qush ini qoldi. Ahmad nechta qush ini yasagan?
Yechish:3+5=8 ta Javob Ahmad 8 ta qush ini yasagan.
4. Ma‘lum kamayuvchi va ma‘lum ayirma bo‘yicha ayriluvchini topish.
Adiba 8 ta qush ini yasadi. U bir nechta inni do‘stiga berdi.unda yana 5 ta in qoldi.
Adiba do‘stiga yana nechta qush inini bergan.
Yechish: 8-5=3 ta Javob: Adiba do‘stiga 3 ta qush ini bergan
5.Ma‘lum ko‘paytma va ma‘lum ikkinchi ko‘paytuvchi bo‘yicha ikkinchi
ko‘paytuvchini topish.
Noma‘lum sonni 7 ga ko‘paytirib 28 hosil qilindi. Noma‘lum sonni toping.
Yechish: 28:7=4 x.7=28 x=28:7 x=4
Uchinchi gruppaga shunday sodda masalalar kiradiki ularni yechish vaqtida ijodiy
ishlashning yangi ma‘nosi ochiladi. Bular jumlasiga ayirma tushunchasi
bilan bog‘liq bo‘lgan sodda masalalar va nisbat bilan bog‘liq bo‘lgan sodda
masalalar kiradi.
1. Sonlarni ayirmali taqqoslash yoki ikki son ayirmasini topish
SHoxda 5 ta qush bor edi. Undan 2 tasi uchib ketdi. SHoxda nechta qush qoldi?
24
Yechish: 5-2=3ta
Javob:SHoxda 3 taqush qoldi. 2.Sonni bir nechta birlik ortirish.
Savatda 20 kg olma, chelakda esa 14 kg (olma) bodring bor.Hammasi bo‘lib necha
kg olma bor?
Yechish: 20+14= 34 kg
Javob hammasi bo‘lib 34 kg.
3. Sonni bir necha birlik kamaytirish.
Savatda 10 kg olma bor edi. Undan 8 kg olmani sotishdi. Savatda necha kg olma
qoldi?
25
Yechish: 10-8=2 kg
Javob: Savatda 2 kg olma qoldi.
Sodda masalalar juda xilma xil bo‘lib ular turlari bilan tugallanmaydi.Ikkinchi
sinfda qo‘shish va ayirishga doir masalalar echiladi. Ikkinchi sainfda esa
ko‘paytirish va bo‘lishga doir masalalar echiladi. Ikkinchi sinfda echiladigan
masalalarga misollar keltiramiz.
1. Nodir polizdan 4 ta tarvuz uzib chiqdi. Ali esa 3 ta qovun uzib chiqdi. Hammasi
bo‘lib nechta tarvuz va qovun uzib chiqildi?
Yechish: 4+3=7
Javob: Hammasi bo‘lib 7 ta tarvuz va qovun uzib chiqildi
2. 1- tarelkada 6 ta olxo‘ri 2- tarelkada 4 ta olxo‘ri bor. Hammasi bo‘lib nechta
olxo‘ri bor?
Yechish: 6+4= 10 ta Javob: Hammasi bo‘lib 10 ta.
26
II BOB. BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MATEMATIKA
O‘QITISH JARAYONIDA IJODIY ISHLASHGA O‘RGATISH USULLARI
2.1. O‘quvchilar ijodiy ishlashga o‘rgatishda mashqlar sistemasi va testlar
majmualaridan foydalanish
O‘quvchilar ijodiy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishda masala yechishiga
o‘rgatish, berilgan va izlanayotgan sonlar orasidagi bog‘lanishni aniqlashni va
buning asosida ijodiy ishlashni tanlash hamda ularni bajarishni o‘rgatishdan
iboratdir.Masalalar yechish davrida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan sonlar va
izlanayotgan son orasidagi bog‘lanishni o‘zlashtiradilar.O‘quvchilarni masalalar
echa olishlari bu o‘quv darslarini qanchalik o‘zlashtirganligiga bog‘liq.
Boshlang‘ich sinflarda echilishi berilgan sonlarni va nomalumlar orasidagi bir xil
bog‘lanishlarga asoslangan. Aniq mazmunni va sonli berilganlari bilan esa farq
qiluvchi masalalar guruppasi bilan ish ko‘riladi. Masalalar ustida ishlash
o‘quvchilarni avval bir turdagi masalalarni yechishga so‘ngra boshqa turdagi
masaialarni yechishga o‘rgatish lozim.O‘quvchilarni sonlar bilan va sonlar
orasidagi bog‘lanish o‘rgatiladi.
Bularga erishish uchun bir necha bosqichlar ko‘zda tutish lozim bo‘ladi.
1-bosqichda o‘qituvchi ko‘rilayotgan turdagi masalalarni yechishga tayyorgarlik
ishini olib boradi. Bu bosqichda o‘quvchilar masalalarni yozishdan tegishli
amallarni tanlash uchun asos bo‘ladigan bog‘lanishlarni o‘zlashtirishlari kerak
bo‘ladi.
2-bosqichda o‘qituvchi ko‘rilayotgan turdagi masalalarni yechishi bilan
o‘quvchilarni tanishtiradi, bunda o‘quvchilar berilgan sonlar va nomalum son
orasidagi bog‘lanishni aniqlaydilar. Buning asosida ijodiy ishlashni tanlashni
o‘rganadilar, ya‘ni masalada ifodalangan aniq vaziyatdan tegishli arifmetik amalni
tanlashga o‘tishni o‘rganadilar. Bu ishlarni olib borish natijasida o‘quvchilarni
masalalarni yechishini va qanday amallarni, tanlashni o‘rganadilar.
3-bosqichda o‘qituvchi ko‘rilayotgan turdagi maslalarni yechish uquvini
shakillantiradi.O‘quvchilar bu bosqichda ko‘rilayotgan turdagi istalgan masalani
27
uning aniq mazmunidan qat‘iy nazar yechishini o‘rganishlari lozim. YA‘ni bu
turdagi masalalarni yechish usullari umumlashtirishlari kerak bo‘ladi.
1.Bir kavadratning yuzi 64 kv dm , ikkinchisi esa undan ikki marta ortiq. Ikkinchi
kvadratning yuzini toping.
Yechish: 64*2=128 kv dm ga teng.
Javob: ikkinchi kvadratning yuzi 128 kv dm ga teng.
2. Ikkinchi issiq xonada 9480 dona, ikkinchi issiq xonada ikkinchiga qaraganda
uch marta kam atirgul etishtiriladi.Ikkinchi issiq xonada ikkinchi issiq xonaga
qaraganda nechta ortiq atirgul etishtirilgan?
Yechish:9480:3= 3160 dona, 9480-3160=6320
Javob: ikkinchi issiq xonada ikkinchiga qaraganda 6320 ta ko‘p atirgul etishtirildi.
3. Maxmudda 1800 so‘m pul bor. Agar u o‘z pulini yarmini Karimaga bersa,
ularning pullari teng bo‘ladi. Karimada necha so‘m pul bor?
Yechish: 1800:2=900 so‘m.
Javob: Karimada 900 so‘m pul bor.
Og‘zaki masalalar. Oldingi qilingan ishlar ko‘rsatma materialsiz masala ( og‘zaki
masala ) tuzishga o‘tish uchun imkoniyat yaratadi. Og‘zaki masala tuzishiga
shoshilmaslik kerak. Bolalar odatda masala sxemasini oson o‘zlashtirib oladilar.
Unga ergashib darhol hayotdagi haqiqatni noto‘g‘ri ifodalaydilar bunda
masalaning asosi hisoblangan miqdoriy munosabatlar mantiqini tushunmaydilar.
Bajarilishi lozim bo‘lgan harakatning mazmunini yaxshi o‘zlashtirib olgandan
keyin bolalar o‘z tajribalari asosida tuzulgan masalalarni ham echa oladilar. Xilma
xil mazmundagi masalalar tevarak-atrof haqidagi bilimlarni aniqlash va
mustahkamlashga yordam beradi, ularni bog‘lanishi va munosabatlarni aniq
o‘tashga, yani hodisalarni o‘zaro bog‘lanish va o‘zaro bog‘liqlari bilan idrok
etishga o‘rgatadi.
O‘qituvchi bolalarni masalalar tuzishga o‘rgata borib, songa oid material hajmi
belgilaydi. Bolalar masalalarni hayotiy munosabatlarni to‘g‘ri aks ettirishlarni
kuzatib borish kerak.
28
Bolalarni arfmetik amallarni ifodalashga o‘gatish. Bolalar masala tuzilishini,
masalalarni mustaqil tuzishni savollarga to‘g‘ri javob berishni o‘rganib
olganlaridan keyin ularni ijodiy ishlashni ifoda etishga o‘rgatish mumkin. Bolalar:
« Masalani yechish uchun nima qilish kerak?» «Siz masalani qanday echdingiz?» -
kabi savollarga javob beradilar. Bunda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda
muhokama qilish, harakatlarni asosli tanlab olish hamda olingan natijani tushuntira
olish ko‘nikmasini o‘stirish muhimdir. Ishni shunday tashkil etish kerakki, bunda
bolalar biirinchi sinfda masala yechishda foydalanadigan usullarni egallab olsinlar.
Masala muayyan sxema asosida taxlil qilinadi. Namunaviy savollar:
" Masalada nima haqida gapiriladi?
Nima deyilgan?
Nechta? (masalada berilgan sonlar ajratib olinadi, ular o‘rtasidagi munosabatlar
aniqlanadi)
Biz nimani bilamiz? ( nima ma‘lum)
Biz nimani bilmaymiz? (nima nomalum?)
Masalani yechish uchun nima qilish kerak?
Narsalar soni ko‘paydimi yoki kamaydimi?
SHunday qilib masalani yechish uchun nima qilish kerak? ".
Bolalar ifoda tuzib masala savoliga to‘liq javob beradilar hamda echimning
to‘g‘riligini tekshiradilar. Mashg‘ulot oxirida muayyan harakat qanday miqdoriy
o‘zgarishlarga olib kelganini natijada miqdor ko‘payganini ta‘kidlash zarur. Har
bir bola masalani takrorlash, uning elementini ajratib olish tanlangan harakatini
tushuntirish ko‘nikmasini egallab olishikerak. Yig‘indini topishga bitta mashg‘ulot
bag‘ishlanadi, so‘ng bolalar qoldiqni topishga ya‘ni hisoblash harakatlarini ifoda
etishni o‘rganadilar.
Masalani tahlil qilish ham qo‘shish amalini ifoda etishdek o‘tiladi. O‘qituvchi
oxirida: " 6 dan 1 ni ayirsak 5 qoladi"deydi... Bolalar hisoblash ifodasini
takrorlaydilar o‘qituvchi ularga endi hamma vaqt qaysi sondan qaysi sonni ayirish
kerakligini so‘zlab berishlarini aytadi.Bolalarning nima uchun ayirish kerakligini
va ayni harakat qanday miqdoriy o‘zgarishiarga ( soni kamaydi)olib kelgani
29
tushunib olishlari muhimdir.Bolalar maktabda qo‘llaniladigan arifmetikaga doir
atamalarni o‘rganib olishlari kerak.
Bolalarga dastlabki qadamidanoq " qo‘shish" " ayirish" " hosil bo‘ladi" teng
bo‘ladi so‘zlarini o‘rgatib borish kerak.Bolalarning har bir harakatining mazmunini
shuningdek harakatlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglab olishlari uchun qo‘shish va
ayirishga oid masalalarni muntazam ravishda taqqoslash zarur.Bu ularning farqini
yaxshiroq tushunish va tegishli harakatlarini farq qiladigan kiyinroq esa biri
ikkinchisiga o‘xshash maslalarni taqqoslash uchun kerak bo‘ladi.
Masalan: Bolalar bir konvertdagi kvadratlar sonini aniqlaydilar, so‘ngra
konvertlardan bitta kvadrat oladilar ayrim hollarda esa konvertga bitta qo‘shadilar.
SHunday qilib ular qo‘shish va ayirishga oid masala tuzadilar Masalalar nimasi
bilan bir biriga o‘xshash va bir biridan nimasi bilan farq qilishini aniqlaydilar.
O‘qituvchi savollar beradi:
" Ikkinchi va ikkinchi maslalarda nimalar to‘g‘risida gapirilayapti?
Nima ma‘lum?
Nimani bilish kerak?
Ikkinchi masalani yechish uchun nima qilish kerak?
Ikkinchi masalanichi?
Nima uchun?
Qaysi masalalarda natija ( yig‘indi) ko‘proq chiqadi?
Qaysi birida kamayadi?
Nima uchun?
Ikkinchi masalada biz bitta kvadrat qo‘shdik, kvadrat ko‘paydi- biz qo‘shdek,
ikkinchi masalada biz bitta kvadratni oldik konvertdagi kvadratlar kamaydi"- deb
javoblarni umumlashtiradi.
Keyinchalik bolalar mustaqil ravishda bir sonni ikkinchi songa qo‘shish yoki bir
sondan ikkinchi sonni ayirishga oid masalalarni tuza oladilar. Bolalar e‘tibori
masala savolining u yoki bu amaliy harakat bilan aloqasini aniqlashga qaratiladi.
Qoldiqni topishga oid masalalar hamma vaqt bir xil savolga (qancha qoldi?) ega
bo‘lishi bilan farq qiladi. CHunki ayirishga oid oddiy masalalarni yechish
30
bolalarda qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qo‘shishga oid masala savolida masala
shartida bayon etilgan yoki undan kelib chiqadigan harakat aniq aks ettirilishi
shart. Odatda bolalar masala rejasini tezda o‘zlashtirib olib savolni tuzadilar.
Qancha bo‘ldi? Ularni tasvirlangan harakatlarni aks ettirib yanada aniqroq ifodalar
qidirishga undash kerak:
" Nechta sovg‘a qilishdi?"
"Nechta qo‘yishdi" "
Nechta o‘tiribdi" "
Nechtasi sayr qilayapti?"
" Nechta bola hovlida o‘ynayapti" va hakozo.
Testlardan ham o‘quvchilar bilimlarini o‘zlashtirishlari va hayotiy masalarnti
tezkorlik bilan qo‘llash fazilatlarini shakllantirishda foydalanish mumkin.
Masalan, 1-sinf uchun quyidagi testlarni qo‘llash mumkin
1-5-gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash
1. Tushirib qoldirilgan sonni belgilang. 1 2 3 ... 5.
a) 2 b) 4 d) 3
2. 3 sonining oldi qo‘shni sonnni belgilang.
a) 2 b) 4 d) 1
3. 5 sonining oldi qo‘shni sonini belgilang.
a) 3 b) 2 d) 4
4. 3 va 5 sonlar orasida joylashgan sonni belgilang.
a) 2 b) 4 d) 1
5. Agar bir son ikkinchi sondan kichik bo‘lsa, qaysi belgi qo‘yiladi?
a) = b) < d) >
6. Agar bir son ikkinchi sondan katta bo‘lsa, qaysi belgi qo‘yiladi?
a) = b) > d) <
7. Qo‘shish belgisini toping. a) - b) + d) =
8. Sonni orttirish uchun qaysi amal bajariladi?
a) qo‘shish b) ayirish
9. Sonni kamaytirish uchun qaysi amal bajariladi?