Boshlangʻich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga oʻrgatish metodikasining umumiy masalalari.
Yuklangan vaqt
2025-01-27
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
37,0 KB
Boshlangʻich sinflarda nomanfiy butun sonlarni nomerlashga oʻrgatish
metodikasining umumiy masalalari.
Reja:
1. Nomerlashni o’rganishning umumiy masalalari.
2. Matematika o’quv materialini joylashtirishning xususiyatlari.
3. O’quvchilarda natural son tushunchasini shakllantirish.
Tayanch iboralar: nomerlashni o’rganish, raqam, son, tayyorgarlik bosqichi,
o’g’zaki nomerlash, yozma nomerlash
Nomerlashni o’rganish metodikasining umumiy masalalari
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning muhim tarkibiy
qismlaridan biri ta’limni standartlashtirish, zamonaviy test texnologiyalari asosida
ta’lim jarayonidagi sifatiy ko’rsatkichlarning monitoring tizimini yaratishdir.
Maktablar va Oliy o’quv yurtlarida ko’p bosqichli test tizimini ishlab chiqish va joriy
etish ta’lim sifatini ko’tarishga pedagoglar, o’qituvchi va talabalarning ta’lim
natijalari uchun mas’ulligini oshirishga imkon beradi.
Prezident I. Karimov Xalq ta’limini isloh qilish to’g’risidagi mavzusida, ayniqsa,
boshlang’ich ta’limga e’tibor berish, uni malakali o’qituvchilar bilan ta’minlash
zarurligini eslatib, boshlang’ich ta’lim xalq ta’limining poydevori ya’ni asosi, deb
aytgan.
Shuning uchun boshlang’ich ta’limning dasturini, darsliklarini va ish tartiblarini
qayta ko’rib chiqish zarurligi kelib chiqadi. Ayniqsa, boshlang’ich ta’lim predmetlari
ichida matematikani o’qitish asosiy o’rin tutadi. Matematika dasturi o’z ichiga
avvalo natural sonlar bilan to’rt arifmetik amal bajarishni oladi. Bu matematikaning
yadrosini tashkil qiladi. Shu bilan birga algebra va geometriyaning asosiy
tushunchalari, asosiy miqdorlar kiritilgan, ular arifmetik amallar bilan zaruriy
o’rinda qo’shib o’qitiladi.
Sonni nomerlash va ular ustida arifmetik amallar bajarish boshlang’ich
matematika kursining asosini tashkil qiladi. Unga qo’shib algebra va geometriya
elementlari o’qitiladi. Dasturda natural sonlar va 0 haqidagi ma’lumotlarni asta-
sekin o’nlik, yuzlik, minglik va ko’p xonali sonlar konsentrlari (takroriy) kiritish
nazarda tutiladi. Bu o’nlik sanoq sismavzusining xususiyatlari bilan og’zaki va
yozma nomerlashni takror-takror qo’llash orqali beriladi.
Birinchi o’nlik nomerlashda 1-10 sonlarini sanash, nomerlashni aytish, ketma –
ketlikning katta-kichikligini o’zlashtirish nazarda tutiladi. 1-o’nlik bilan 0 soni ham
birga o’rgatiladi. Uni bo’sh to’plamning xarakteristikasi sifatida berilgan.
Nomerlash davomida 11-20, keyin, 21-100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi. 1, 2
. . . o’nliklarni hosil qilish birgalikda o’nliklarni ya’ni o’nlik sanoq sismavzusining
mohiyati tushuntiriladi. Keyingi sinflarda 100 ichida, 1000 ichida va ko’p xonali
sonlar yozma va og’zaki nomerlash, arifmetik amallar bajarish komponentlarining
nomlarini o’rgatishlar amalga oshiriladi.
Boshlang’ich matematikaning dasturida, oldingidek arifmetik materialda asosiy
o’rinni egallaydi. Bunda arifmetika nazariyasi (amallar va ularning xossalari,
komponentlar va natijalar orasidagi o’zaro bog’lanish, miqdor, son, o’lchash,
hisoblash, masalalar yechish, sanoq sismavzusi) ni shakllantirishning mo’qammal
sismavzusi ko’zda tutilgan. Shunga mos boshlang’ich matematika o’qitish
metodikasi ham bir muncha rivojlantirilgan. Kichik yoshdagi o’quvchilarni
o’qitishning barcha bosqichlarida ularning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga
tayin faktlar va kuzatishlarni o’z vaqtida umumlashtirishga, ayrim masalalar
orasidagi o’zaro bog’lanishni tayinlashga, bolalarda mustaqil ishlash, o’quvchilarni
paydo qilishga qaratilgan ya’ni asoslangan usul va uslublar maktab dasturiga
kiritilgan.
Butun nomanfiy sonlarni nomerlash va ular ustida amallar bajarish matematika
kursining asosini tashkil qilib, unga algebra va geometriyaning boshlang’ich
elementlarini kiritish, buning natijasida son, arifmetik amallar va arifmetik
munosabatlar kabi arifmetik tushunchalar yuqoriroq darajada qarash ko’zda tutilgan.
Butun nomanfiy sonlarni og’zaki va yozma nomerlash, boshlang’ich
matematikaning asosiy masalalaridan biri. Og’zaki nomerlash bilan o’quvchilarni
sanashga o’rgatish, ularda 1, 2, 3 . . . so’zlar bilan sonlarni ifodalash katta o’rin
egallaydi. Sonlarni yozma nomerlashda 10 ta raqam (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9)
boshlang’ich tushunchalarni kiritish ham bosh vazifalardan biridir.
Matematika dasturi oldin natural son va nol haqidagi og’zaki va yozma
nomerlashni o’n ichida keyinchalik 11-20 ichidan. Keyinchalik yuz, ming, million
ichida takror – takror o’rgatish ko’zda tutilgan. Uni biz konsentrlar bo’yicha
o’rgatish nomi bilan ataymiz.
Sonlar yozma nomerlashda faqat 10 raqami ishlatilishini, lekin og’zaki
nomerlashda yangi so’zlarni paydo bo’lishini qayta-qayta tushuntirish lozim,
masalan, nol, bir, ikki, . . . o’n, yigirma, o’ttiz, qirq, ellik, . . . yuz, ming . . . so’zlar
yangi konsentrlarni o’qitish jarayonida kelib qo’shilaveradi.
O’qitishning boshidanoq bolalarda ba’zi muhim umumlashtirishlar shakllanadi.
Masalan, natural qatordagi har bir navbatdagi son qanday hosil bo’lishi aniqlanadi.
Qatorning ixtiyoriy soni bilan undan oldingi keladigan va keyin keladigan sonlar
orasidagi munosabatlar o’rnatiladi. (a sonidan olingan a-1, keyin a+1 son kelishi, 1
dan boshqa).
1. Turli xil konsentrlarda sonlarni nomerlash.
O’quv materialini o’quv yillari bo’yicha taqsimlanishida o’rganilayotgan sonlar
sohasining asta-sekin kengayib borishi ko’zda tutiladi: 1-sinf ,,1 dan 20 gacha
sonlar”, 2-sinf ,,1 dan 100 gacha sonlar” 3-sinf ,,1 dan ,minggacha sonlar”, 4-sinf ,,
1dan milliongacha sonlar”.
Nomerlash va arifmetik amallarga doir material konsentrlarga bo’lib o’rganiladi.
Hammasi bo’lib 5 ta konsentr: o’nlik, ikkinchi o’nlik, yuzlik, minglik, ko’p xonali
sonlar milliongacha haqida nomerlash ko’zda tutilgan. Konsentrlarga asoslangan
o’qitishda o’quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlarni nomerlashni va ular
ustida amallar bajarar ekan, ular arifmetikaning mohiyati tog’risida tasavvur hosil
qiladilar, har gal yangi sonli material asosida nomerlash va amallar bajarishga qayta
– qayta murojaat etish eng muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini
chuqurlashtirish va kengaytirishga imkon beradi. Shunday qilib, har bir oldingi
konsentrda nomerlash va arifmetik amallarni bajarish kelgusi o’qitish uchun
tayyorgarlik ishi bo’lib hisoblanadi, har bir keying konsentrda esa ilgari o’rganilgan
material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Bolalar birinchi o’nlik sonlarni o’rganar ekan, shu bilan birga nol soni bilan
tanishadilar. Bunda nol bo’sh to’plamning xarakteristikasi sifatida kiritiladi.
Dasturga binoan ikkinchi o’nlik alohida konsentrga ajratilmaydi, birdaniga ,,yuzlik”
konsentri o’rganiladi. Shunga qaramay, nomerlashni o’rganishda 2-sinf matematika
darsligida oldin 11-20 ichida sonlarni nomerlash, so’ngra 21-100 ichida sonlarni
nomerlash qaraladi.
Ikkinchi o’nlik sonlarini nomerlashni o’rganish o’quvchilar uchun prinspial
yangi bo’lgan bilimni shakllantirishdan, ya’ni yangi sanoq birligi sifatidagi o’nlik
tushunchasini shakllantirishdan boshlanadi. Shundan keyin 11-20 sonlarni o’nli
tarkibi, 21-100 ichida sonlarni og’zaki va yozma nomerlash hamda shu sonlarning
o’nli tarkibi o’rnatiladi. Sonlarning natural ketma – ketligini bilganlik asosida 13+1,
17+1, 10+3, 16-6, 19-40 ko’rishdagi qo’shish va ayirishni puxta biladilar.
Ikkinchi sinfda 100 ichida nomerlash bilan o’quvchilar tanishganlaridan keyin
yangi sanoq birligi yuzlik bilan tanishadilar, bu yerda ular o’nta birlik – yangi sanoq
birligi o’nlikni, o’nta o’nlik esa yangi sanoq birligi – yuzlikni hosil qiladi, - degan
o’nli sanoq sismavzusi to’g’risida boshlang’ich ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
Shuningdek, 3-4 sinflarda yangi sanoq birliklari – minglik va million bilan tanishib,
bu konsentrlarda og’zaki va yozma nomerlashni o’zlashtirib oladilar.
2. O’quvchilarda natural son tushunchasini shakllantirish
O’quvchilarga sanash o’rgatilgandan keyin shu sonlarni yozma ravishda
ifodalash buyuriladi. Sanash natijasida hosil bo’lgan sonlarni va bu sonlarning
raqamlar yordamidagi yozuvni natural sonlar deyish o’rgatiladi.
Natural son tushunchasini to’plam tushunchasi bilan bog’lab tushuntirish zarur.
Har qanday to’plamda uni tashkil qiluvchi elementlar qancha degan savol
qo’yilganda biz to’plam elementlarini sanash yo’li bilan javob beramiz. 1, 2, 3, . . .
sonlar bilan ifoda etiladi. Bu sonlarning har birini natural son deyish qabul
qilinganligi o’rgatiladi. Masalan, 4 sonini tushuntirayotganda, stol, stullarning 4
oyog’i, uyning 4 tomoni, mashinaning 4 g’ildiragi, 4 so’m, qo’yning 4 oyog’i va
hokazo, bularning hammasi bir xil sinfga tegishli to’plamlar bo’lib, bularni 4
natural soni bilan belgilash qabul qilingan.
Natural sonlar qatorini hosil qilish uchun avval bitta elementi bor to’plamni bir
bilan xarakterlaymiz.
Shu yo’sindan bir natural soni hosil bo’ladi. Masalan, 1 ta sanoq cho’pini olamiz.
1 ta sanoq cho’piga yana 1 ta cho’pni qo’shsak, 2 ta natural soni hosil qilinadi, 2 ta
cho’pga yangi 1 ta cho’pni qo’shsak, 3 ta natural soni hosil bo’ladi, va h.k. Shunday
qilib, 1, 2, 3, 4, . . . natural sonlar qatori hosil qilinadi.
10 ichidagi sonlarni nomanfiy bo’lgandan keyin, 10 dan katta bo’lgan sonlarni
nomerlashga o’tiladi, yangi tushuncha va sonning yozuvini kiritishga to’g’ri keladi.
Masalan, o’n bir (11), o’n ikki (12) . . . larni tushuntirishda bitta o’n va bitta bir, bitta
o’n va ikkita bir, . . . dan ibora tushuntiriladi. Endi ular 2 ta raqam bilan 100 gacha
sonlarni yozishni o’rganadilar. Ikki xonali 12 va 21 sonlarida 1 va 2 raqamlarining
o’rinlariga qarab ularning qiymatlari o’zgarishi tushuntiriladi. 12 = 10 + 2, 21 = 20
+ 1 deb ikki xonali sonlarni o’nlik va birliklarning yig’indisi shaklida yoza olsa, ular
o’nlik va birlik xonalarning qiymatni, yozuvi, o’nli sanoq sismavzusining mohiyatini
tushunib oladilar.
Ikki xonali sonlarni nomerlashni uzunlik birliklari dm va sm bilan bog’lab
tushuntirishning afzalliklari bor. Masalan, 2 o’nlik va 3 birlik 23 birlikka teng
bo’lishini tushuntirishda 2dm 3 sm = 23 sm kabi misollardan o’rinli foydalanish
mumkin. Sinfdan o’ta borgan sari yuzlik va undan kata 3 xonali sonlarni nomerlash,
3 xona bilan yozilishni va har bir sonning 1, 10, 100 lardan iborat bo’lishini
tushuntirib, ularni ham xonalar yig’indisi ko’rinishida yozishni misollarda
tushuntiriladi.
Masalan, 523 = 500 +20 +3 = 5 yuz + 2 o’n + 3 birlik
Buni miqdorlar bilan bog’lab tushuntirsa ham bo’ladi.
Masalan, 623 sm = 5 m 2 dm 3 sm = 500 sm + 20 sm + 3 sm
Shunday qilib, o’quvchilar natural sonlar qatorini hosil qilgandan keyin, bu
qatorning quyidagi xossalarga ega ekanligiga ishonch hosil qiladilar.
Bir natural sondir, undan oldin keladigan hech qanday natural son mavjud emas;
har qanday natural songa birni qo’shish bilan undan keyin keladigan natural son hosil
qilinadi; natural sonlar qatorining eng kichigi bir, eng kattasi mavjud emas.
Nazorat savollari.
1. Nomerlashni o’rganishning umumiy masalalarini sanab o’ting.
2. Matematika o’quv materialini joylashtirishning xususiyatlari.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati.
I. Jumayev M.E. Matemalika o‘qitish metodikasi. (O O‘Y uchun darslik.)
Toshkent. “ Bayyoz”, 2022 yil. 320 b.
2..Jumayev M.E. Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang’ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi. (O O'Y uchun darslik.) Toshkenl. “Fan va texnologiya”, 2005 yil.
3. Jumayev M.E. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasidan
praktikum. (O O ‘Y uchun o‘quv qo’llanma ) Toshkent. "O'qituvchi”, 2004 yil.
4. Jumayev M.E. Boshlang‘ich sinllarda matematika o‘qitish metodikasidan
laboratoriya mashg‘ulotlari. (OO‘Y uchun o’q|uv qo'llanma) Toshkent. “Yangi asr
avlodi”, 2006 yil.