BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR
Yuklangan vaqt
2025-08-28
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
31
Faytl hajmi
46,3 KB
BOSHLANG’ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARIGA
QO’YILADIGAN TALABLAR
KURS ISHI
MUNDARIJA
KIRISH
1.Boshlang’ich ta’limda ona tili fan sifatida.
2..Fanning oldiga qo’yiladigan asosiy talab va kategoriyalar
2.1. Boshlang’ich sinflarda ona tiliga qo’yiladigan asosiy talablar va ularning
mohiyati
2.2.Boshlang’ich sinf o’quvchilarini ona tili fanini o’zlashtirishi uchun qo’yilgan
majburiy talablar kategoriyalari
3.Fanning maqsadlari yo’lida muhim ahamiyatga ega bo’lgan metodikalar
3.1. Boshlang’ich sinflarda ona tili faninig o’qish va yozish darslariga qo’yoladigan
muhim talablar
3.2.Boshlang’ich sinflarda ona tili darsiga qo’yilgan talablarni amalda qo’llash
jarayonida qo’llaniladigan metod va ko’nikmalar
4.XULOSA.
5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Maʼlumki, Prezidentimiz tomonidan yurtimizda
bolalarning ta’lim olishi va ularning barkamol avlod bo‘lib yetishishiga katta e’tibor
berilmoqda. Buning uchun xalqaro tajribadan o‘tgan tizimni milliy mintalitetimizga
mos tarzda ta’lim yo‘nalishimizda qo‘llash va a’nanaviy nazorat usullaridan vos
kechmagan holda amaliyotda tadbiq etish zarur. Bu haqda mamlakatimiz prezidenti
Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlari ibratlidir:
“Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida
yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi
farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”.
Zero, ayni davr taʼlimi va global taraqqiyot bilimlar universalligini ham talab
qiladi. Shu sababli ham, mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi
bosqichga koʻtarish, pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonlari sifat darajasini
xalqaro talablar va standartlarga muvofiq tubdan yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli
ishlarni amalga oshirishimiz muhim ahamiyatga egadir.
Yoshlarimizning mustaqil va erkin fikrlay olishi, albatta, ularning maktabda
qanday taʼlim-tarbiya olishiga bogʻliq. Oʻquvchilarning mustaqil faoliyatini taʼlim
jarayonida mustaqil ishlarni bajarish jarayoni shakllantirib beradi.
Shu sababli, avvalo, taʼlim sifatini yaxshilashning yoʻli birinchi navbatda
kasbini sevuvchi, hamda mahoratli oʻqituvchi tayyorlashdadir. Oʻqituvchi mahoratli
boʻlsa, albatta, oʻquvchilar bilimli va har tomonlama yetuk boʻladi. Buning uchun,
birinchi navbatda oʻqituvchining oʻzi har tomonlama barkamol boʻlishi talab etiladi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston strategiyasi” kitobida
shunday soʻzlarni taʼkidlab oʻtgan: “Jonajon Vatanimiz – Oʻzbekistonni eng
rivojlangan davlatlar, qatoriga olib chiqish sharafli va ayni paytda nihoyatda
masʼuliyatli vazifa”. Biz rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishimiz uchun taʼlim
tizimiga katta eʼtibor berilmoqda. Buning dalili sifatida Oʻzbekiston hududining har
bir viloyatida “Prezident maktablari” mavjud.
Kurs ishining maqsadi. Boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻquvchilarning
bilimini tekshirish usullarini o'rganish va tahlil qilish hamda xalqaro baholash
dasturlari testlaridan foydalanish metodikasi va uning afzalliklarini oʻrganish, tahlil
qilish va muammolarini bartaraf etish usullarini oʻrganish. Va ona tiliga faniga
qo’yilgan asosiy talablarni o’rganish va takomillashtirish yo’llarini topish.
Kurs ishining obyekti. Boshlangʻich sinf ona tili darslari, darsligi va Xalqaro
baholash tizimi.
Kurs ishining predmeti. Boshlangʻich sinfda oʻquvchilarning bilimini
tekshirish usullari, shakllari, metod hamda vositalari. Boshlangʻich sinf ona tili
darslarida oʻquvchilarning bilimini baholashda pedagoglar oldiga qo’yilgan
talablarga asoslanib ish yuritishdir.
Kurs ishining metodlari. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, metodik
adabiyotlarni oʻrganib tahlil qilish, suhbat, kuzatish, anketa- soʻrovnomalar, ilgʻor
oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, pedagogik tajriba, taqqoslash.
Kurs
ishining
metodologik
asoslari.
Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida” gi Qonun, “ Milliy oʻquv dasturi” Boshlangʻich
taʼlim konsepsiyasi, metodist psixolog, didaktik olimlarning muammo yuzasidan
qayd etgan qarashlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim-tarbiyaga oid
fikrlari.
1.1.Ma’lumki, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning har tamonlama kamol
topishiga, chuqur bilimli, ma’naviyati yuksak, vatan ravnaqiga hissa qo‘sha oladigan
shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgandir. Rivojlangan davlatlarning yetakchi ta’lim
muassasalarida mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb hunarni egallagan,
mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng
ko‘lamdagi
ishlar
amalga
oshirilmoqda.
tendensiyasining
intensivlashuvi
kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil
sayin barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning bilimdon,
ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yеtishishiga bog‘liqdir. Bu o‘rinda inson
ruhiyati
uchun
to‘laqonli,
faol,
barkamol
shaxs
sifatida
shakllantirish
samaradorligini yanada oshirishda psixologik- pedagogika ilmi va uning amaliyotda
to‘g‘ri bo‘lishi juda muhimdir. Kelajagi, ertangi kuni yorug‘, farovon va buyuk
bo‘lishini o‘ylagan davlat, albatta barkamol avlod tarbiyasiga jiddiy e’tibor beradi
va bu ezgu yo‘lda barcha chora tadbirlarni ko‘radi. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev 2022 -yil 11 maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish
bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-134-son, 2022 yil 28
yanvardagi “2022- 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot
strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son, 2020-yil 6-noyabrdagi “Ta’lim-tarbiya
tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarni to‘g‘risida”
PQ-4884-sonli qarori, 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘quvchilarni psixologik-
pedagogik qo‘llab-quvvatlash ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi” 577-
son qarorini amalga tadbiq qiluvchi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus davlat ta’lim
muassasalarida psixologik xizmat faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Nizom”ning
ishlab chiqilishi va Хalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanishi mazkur sohaga
tegishli boshqa me’yoriy-xuquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda mazkur tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi. Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev bu haqda quyidagi fikrlarni bayon etganlar: ”Yoshlarimiz haqli
ravishda Vatanimiz kelajagi uchun javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo‘lgan,
bugungi va ertangi kunimizning hal etuvchi kuchiga aylanib borayotgani g’urur va
iftixor bag’ishlaydi” Bu g’ururni tarbiyalashda boshlang’ich ta’limning o‘rni
beqiyosdir. O‘quvchilarni maktab ostonasiga kelishlari bilan bu faoliyat boshlanadi,
deyishimiz mumkin, chunki savod o‘rgatish davridan boshlab o‘quvchilar ta’lim-
tarbiya birligi asosida o‘qitiladi. “ Boshlang’ich ta’lim- ta’lim 1 Shavkat
Mirziyoyev. Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. 4 oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan
savodxonlik,
bilim,
malaka
va
ko‘nikmalar
asoslarini
shakllantirishga
qaratilgan”ligi O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g’risidagi Qonunining 9-
moddasida belgilab qo‘yilgan. Savod o‘rgatish davridanoq bolalarni xat-savodga
o‘rgatish, lug’atini boyitish, nutqini rivojlantirish bilan bir qatorda orqali boshqa
o‘quv fanlarini o‘zlashtirishga ham zamin yaratiladi. Ona tili ta’limi o‘quvchilarning
o‘zbek adabiy tili me’yorlari darajasida og’zaki va yozma nutq malakalarini
shakllatirish, imlo va uslubiy jihatdan savodxon qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash
ko‘nikmalarini rivojlatirish kabi maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
O‘quvchilarda yozma nutq ko‘nikmasini shakllantirish bir qadar murakkab jarayon
bo‘lib, maktab ta’limida muhim jihat hisoblanadi. Yozma nutq o‘quvchilarda
savodxonlik, ijodiylik, fikrni aniq ifoda eta olish, qisqalik va tushunarlilik kabi
asosiy asosiy sifatlarni shakllantirishga qaratiladi. Savodxonlikda so‘z va tinish
belgisini to‘g’ri yozish tushunilsa, yozma nutqda so‘zni ko‘rish va ko‘chirish, uning
talaffuzi va eshitilishi orasidagi o‘zaro bog’liqlikni aniqlay olish nazarda tutiladi.
Xat-savod o‘rgatish ta’limning muhim bosqichi bo‘lib, bu davrda o‘quvchilarga
to‘g’ri o‘qish, chiroyli yozish hamda o‘qiganlarini so‘zlab berish o‘rgatiladi. Nutqni
gaplarga, gapni so‘zlarga, so‘zni bo‘g’inlarga ajratish, tovushlarni eshitib va talaffuz
qilib bir-biridan farqlash, so‘zda tovushlarning birin-ketinligiga e’tibor berishni ham
bilib olishlari ta’minlanadi. O‘quvchilarning og’zaki nutqini rivojlantirish ishlari
ham savod o‘rgatish darslarining asosiy vazifalaridan biridir. O‘quvchilar
o‘qituvchisining savollariga to‘liq va aniq javob bera olishi; rasmga qarab
bog’lanishli nutq tarzida hikoya tuzishi; o‘yin va turli voqealarni gapirib berishga
o‘rgatib boriladi. O‘quvchilar lug’atini boyitishga, yangi o‘rganilgan har bir
so‘zning ma’nosini puxta o‘zlashtirishlariga e’tibor beriladi. Savodxonlikni tarkib
toptirish ijodiy tafakkurni rivojlantirish bilan uyg’unlikda olib borilishi lozim.
Maktab ona tili ta’limining bosh maqsadlarida biri ham o‘quvchilarda mustaqil va
ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirib borishdir. O‘quvchi og’zaki va yozma
nutqning rivojlanganlik darajasi uning boshqalar bilan muloqotlarda namoyon
bo‘ladi. Demak, ona tili ta’limi jarayonida og’zaki va yozma nutqni rivojlantirish
zamirida o‘zaro muloqot jarayonidagi madaniy nutqi tarkib toptirish maqsadi ham
e’tibordan chetda qolib ketmasligi lozimdir.
2.1.Boshlang‘ich
sinf
ona
tili
darslariga
qo‘yiladigan
talablar.
Umumiy o'rta ta'limni davom ettirish uchun zarur bo'lgan savodxonlik, bilim,
malaka va ko'nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan. 2021 yil boshida bir
guruh tajribali milliy va xalqaro mutaxassislar O'zbekistondagi boshlang'ich sinf
o'qituvchilari bilan hamkorlikda 1-4-sinf o'quvchilariga "Ona tili va o'qish
savodxonligi" hamda "Matematika" fanlari bo'yicha o'qitishning yangi standartlarini
ishlab chiqdi. O'zbekistonda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda
Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi hamkorligida "Ona tili
va o'qish savodxonligi" hamda "Matematika" fanlaridan boshlang'ich sinf
o'qituvchilari uchun yangi darslik va qo'llanmalar ishlab chiqildi shunga asosan.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, 8 aprel kuni
USAID ning O'zbekistonda ta'limni yaxshilash dasturi doirasida ishlab chiqilgan
standartlar va kitoblarni ko'rib chiqish bo'yicha seminar bo'lib o'tdi. Unda Xalq
ta'limi vazirligi, mahalliy ilmiy tadqiqot institutlari hamda maktablarning
boshlang'ich sinf o'qituvchilari yangi o'quv-metodik majmualar asosida olib
borilayotgan ishlar, yondashuv va tadqiqotlar haqida ma'lumotga ega bo'ldi.
Keyinchalik mazkur standartlar asosida qiziqarli kontent hamda o'quvchilarning
qiziqishiga yo'naltirilgan yuqori sifatli darsliklar va o'qituvchilar uchun qo'llanmalar
ishlab chiqildi
Ona tili — har bir elatning , xalqning , millatning o'z tili. Ona tili lug'at tarkibi,
asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va an'analarini
ifodalaydigan so'z va tushunchalardan iborat bo'ladi. Ona tili taraqqiyoti har bir elat,
xalq
va
millatning
ijtimoiy
rivojlanishi
bilan
uzviy
bog'liq.
Ona tili - millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish
- millatning yuksalishi demak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat
tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo'yilgan. Shu tariqa o'zbek tili
mustaqil davlatimizning Bayrog'i, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li
bilan
himoya
qilinadigan
muqaddas
davlat
ramziga
aylandi.
Ona tili fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o'z fikrini
erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda ifodalashga,
o'zbek tili qonun- qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish, shuningdek, ularning
fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-ajdodlarimiz qoldirgan boy
ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashga
qaratilgan.
Boshlang'ich ta'lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida o'quvchilarni ona
tili ta'limi sohasi bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan talablar standart me'zon
orqali aks ettiriladi 1. O'qish texnikasi 2.O'zgalar fikrini va matn mazmunini
anglash
3.Fikrni
yozma
shaklda
bayon
etish
malakasi.
O'quvchilar shu parametrlar asosida bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi
kerak. Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini
o'qitishning
oldiga
bir
qator
vazifalar
qo'yiladi:
1.O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish;
2. O'z fikrini o'zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og'zaki va yozma
ifodalay olish;
3. Bir ma'noni turli shakllarda bera olish ko'nikmalarini shakllantirish, so'zlardan
o'rinli foydalanish;
4. Dunyoni bilishda ona tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular
jumlasidandir.
Shuningdek boshlang'ich sinf ona tili ta'limi o'quvchilarga nutq faoliyatining asosiy
turlarini o'stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni ham hal etishni
ko'zda tutadi.
•Bolalarda
ahloqiy
va
estetik
tasavvurlarni
shakllantirish;
• Bolalarga atrof- muhit, kishilar, tabiat va jamiyat haqida tushuncha berish;
• Nafosat hissini tarbiyalash;
• Mantiqiy tafakkur yuritishga o'rgatish;
• O'quv mashg'ulotlariga, bilim manbai bo'lgan kitobga qiziqish uyg'otish.
Ona tili o'qitishning mazmuni va metodlari o'quvchilarga dastur ta'lab qilgan
hajmda puxta bilim berish, ko'nikma va malaka hosil qilishga ko'maklashish lozim.
Mazkur maqsad va vazifalarni to'laqonli bajarish uchun o'qituvchi faqat dars bila n
chegaralanib qolmasligi kerak. Darsdan tashqari paytlarda ham muntazam ish olib
borishi yaxshi natija beradi.
Tilni o'rganishga doir kechalar, to'garaklar, maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan
qo'shimcha darslar, sinfdagi iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash kabilardan
foydalanish kerak.
O'quvchilarga til ta'limini singdirishda ularning yosh va bilim darajalarini ham
hisobga olish zarur. Chunki 2-sinf o'quvchisiga 4-sinf hajmdagi bilimni berilsa,
o'quvchi buni hazm qila olmaydi, o'zlashtiraolmaydi ham. Aksincha 4-sinf
o'quvchisiga 1-2-sinfdagi bilimlar berish bilan cheklanib qolinsa bu ham o'quvchi
uchun zerikarli bo'ladi. Natijada o'quvchilarda tilni o'rganishga bo'lgan havas,
qiziqish rivojlanish o'rniga susayadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchisi DTS larida berilgan me'yoriy majburiy ta'lablarni
bilishlari kerak. 1-4-sinflarda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakasiga
quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1-sinf.
Fikrni
yozma
shaklda
bayon
etish
malakasi.
Miqdoriy
ko'rsatgich:
15-20
so'zdan
iborat
diktant
yoza
olish.
Talablar:a) imlo xatolarga yo'l qo'ymaslik;
b)
ijodiy
matnning
mantiqiy
jihatdan
izchilligi;
Diktant
turlari:
Lug'at
diktant,
izohli
diktant,
nazorat
diktanti.
Miqdoriy ko'rsatgich: 2-3 gapdan iborat sodda matnni (fikr ehtiyoji bilan bog'liq
mavzu asosida) yaratish
Talablar:a) matndagi gaplarni mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi,
ko'rsatilgan mavzu doirasida birlashish;
b) harf va tinish belgilarini to'g'ri yozish;
d) harflarni bir-biridan uzmay yoza olish;
e) so'zlar orasidagi oraliqni to'g'ri belgilash;
manzara, voqea-hodisalar tasviri.
2-sinf.
Fikrni
yozma
shaklda
bayon
etish
malakasi.
Miqdoriy
ko'rsatgich:
35-40
so'zdan
iborat
diktant
yoza
olish.
Talablar:
a) imlo xatolarga yo'l qo'ymaslik;
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
Diktant turlari: lug'at diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti. Miqdoriy
ko'rsatgich: 3-4 gapdan iborat bo'lgan kichik va sodda matn (Fikr ehtiyoji bilan
bog'liq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
a) matndagi gaplarning mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi
ko'rsatilgan mavzu doirasida birlashishi;
b) harflar va tinish belgilarini to'g'ri yozishi
d) so'z va gaplarni to'g'ri yozib, tinish belgilarini o'z o'rniga qo'ya olish. Matnning
xarakteri:
Rasm, manzara, joy, voqia-hodisalar tasviri, o'quvchiga tanish bo'lgan narsa, buyum
tasviri.
3-sinf. Diktant turlari: saylanma diktant, lug'at diktanti, ta'kidiy diktant, yoddan
yozuv
diktanti,
nazorat
diktanti,
izohli
diktant,
ko'rsatish
diktant.
Miqdoriy ko'rsatgich: 4-5 gapdan iborat bo'lgan matn (fikr ehtiyoji bilan bog'liq
mavzu asosida) yaratish Talablar:
a)
matndagi
gaplarni
mazmunan
o'zaro
bog'liqligi
va
aloqadorligi,
ko'rsatilgan mavzu doirasiga birlashish;
b) so'z va iboralarni to'g'ri yozish, gap oxiriga kerakli tinish belgisini qo'ya olish;
d)
tasvirda
tilning
ifoda
vositalaridan
foydalanish
darajasi;
e) matnda so'zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo'llay olish. Matnning
xarakteri:
Manzara.
O'quvchi
ko'z
oldida
sodir
bo'lgan
voqea-hodisa
tasviri.
4-sinf. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. Miqdoriy ko'rsatgich -70-80
so'zdan iborat diktant yoza olish. Talablar:
a) imlo-xatolarga yo'l qo'ymaslik;
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
Diktant turlari: saylanma diktant, lug'at diktant, ta'kidiy diktant, yoddan yozuv
diktanti,
nazorat
diktant,
izohli
diktant,
ko'rsatish
diktant.
Miqdoriy ko'rsatgich: 5-6 gapdan iborat bo'lgan matn (Fikr ehtiyoji bilan bog'liq
mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
a) matndagi gaplarning mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi, mavzu
doirasida birlashishi;
b) matnda xatboshining yaxlitligi va fikr izchilligini taminlash;
d) uyadosh so'zlardan (gul: atirgul, ranogul, binafsha, lola) foydalana olish.
Matnning xarakteri:
Xotira asosida manzara, voqea- hodisa, narsa-buyum, joy, kinofilm va
hokazolarning tasviri, kichik insho, xat-xabar
Boshlang'ich sinf ona tili darslariga qo 'yilgan talablar. Boshlang'ich sinf ona tili
darslariga qo'yilgan muhim talablardan biri o'quvchilar bilimini shakllantirish
borasida ularning qobiliyatlarini o'stirish ustida ishlash bilimlarni ongli bo'lishiga
erishish,
o'quvchilarga
har
bir
ishni
o'ylab bajarishga
odatlantirishdir.
Maktabda amaliy ishlarning ahamiyati o'quvchilar tomonidan to'g'ri baholansa-da,
o'quvchilarning nazariy bilimlaridan amalda foydalanishga qiynaladilar. Yozma
ishlarni bajarishda grammatika qoidalaridan kam foydalanadilar. Aslida esa imlo
savodxonlikni oshirish uchun ko'chirib yozish va amaliy mashqlar muhim o'rin
tutadi.
Psixologik tadqiqodlardan ma'lum bo'lishicha, imlo savodxonlik asta-sekinlik bilan
shakllanadi. Amaliy ishlardan qoidaga o'tishda ham o'zlashtirish jarayoni sekinlik
bilan kechadi. Dastlab o'qituvchi rahbarligida og'zaki muhokama qilinadi. Asta-
sekin o'quvchilar o'ylab, mulohaza qilib anglay boshlaydilar. Borcha yozuv
darslarida o'quvchilarga to'g'ri yozish qoidalarini ta'kidlab turish va amaliy ishlarni
bajarish orqali ularning imlo savodxonliklarini oshirish mumkin.
Ona tili fanini o'qitishning bosh maqsadi yoshlarimizning ijodiy- mustaqil, o'z
fikrini erkin va ta'sirli, mazmunli va mantiqli qilib yozma va og'zaki shaklda
ifodalashga, o'zbek tili qonun- qoidalarini ongli o'zlashtirishga o'rgatish,
shuningdek, ularning fikr doiralarini kengaytirishga, ona yurtimizga, avlod-
ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviyatimizga, milliy urf-odatlarimizga mehr-
muhabbat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.
Boshlang'ich ta'lim bosqichida yangi tahrirdagi DTS lari asosida
o'quvchilarni ona tili ta'limi sohasi bo'yicha tayyorgarlik darajasiga qo'yilgan
talablar standart me'zon orqali aks ettiriladi:
1. O'qish texnikasi
2. O'zgalar fikrini va matn mazmunini anglash
3. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
O'quvchilar shu parametrlar asosida bilim, ko'nikma va malakalarga ega
bo'lishi kerak. Ana shu maqsadlardan kelib chiqqan holda 1-4- sinf ona tili fanini
o'qitishning oldiga bir qator vazifalar qo'yiladi:
1. O'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish;
2. O'z fikrini o'zbek tilining qonun-qoidalariga muvofiq ravishda og'zaki va
yozma ifodalay olish;
3. Bir ma'noni turli shakllarda bera olish ko'nikmalarini shakllantirish,
so'zlardan o'rinli foydalanish;
4. Dunyoni bilishda ona tilining ahamiyatini singdirish kabi vazifalar shular
jumlasidandir.
Shuningdek boshlang'ich sinf ona tili ta'limi o'quvchilarga nutq faoliyatining
asosiy turlarini o'stirish bilan bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni ham hal
etishni ko'zda tutadi.
Bolalarda ahloqiy va estetik tasavvurlarni shakllantirish;
Bolalarga atrof- muhit, kishilar, tabiat va jamiyat haqida tushuncha berish;
Nafosat hissini tarbiyalash;
Mantiqiy tafakkur yuritishga o'rgatish;
O'quv mashg'ulotlariga, bilim manbai bo'lgan kitobga qiziqish uyg'otish.
Ona tili o'qitishning mazmuni va metodlari o'quvchilarga dastur ta'lab qilgan
hajmda puxta bilim berish, ko'nikma va malaka hosil qilishga ko'maklashish lozim.
Mazkur maqsad va vazifalarni to'laqonli bajarish uchun o'qituvchi faqat dar
s bilan chegaralanib qolmasligi kerak. Darsdan tashqari paytlarda ham muntazam
ish olib borishi yaxshi natija beradi.
Tilni o'rganishga doir kechalar, to'garaklar, maktab ixtiyoridagi soatlar
hisobidan qo'shimcha darslar, sinfdagi iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash kabilardan
foydalanish kerak.
O'quvchilarga til ta'limini singdirishda ularning yosh va bilim darajalarini
ham hisobga olish zarur. Chunki 2-sinf o'quvchisiga 4-sinf hajmdagi bilimni berilsa
o'quvchi buni hazm qila olmaydi, o'zlashtiraolmaydi ham. Aksincha 4-sinf
o'quvchisiga 1-2-sinfdagi bilimlar berish bilan cheklanib qolinsa bu ham o'quvchi
uchun zerikarli bo'ladi. Natijada o'quvchilarda tilni o'rganishga bo'lgan havas,
qiziqish rivojlanish o'rniga susayadi.
2.2.Boshlang'ich sinf o'quvchisi DTS larida berilgan me'yoriy majburiy
ta'lablarni bilishlari kerak. 1-4-sinflarda o'quvchilarning bilim, ko'nikma va
malakasiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi:
1-sinf. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko'rsatgich: 15-20 so'zdan iborat diktant yoza olish.
Talablar:
a) imlo xatolarga yo'l qo'ymaslik;
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
Diktant turlari: Lug'at diktant, izohli diktant, nazorat diktanti.
Miqdoriy ko'rsatgich: 2-3 gapdan iborat sodda matnni (fikr ehtiyoji bilan
bog'liq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
a) matndagi gaplarni mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi,
ko'rsatilgan mavzu doirasida birlashish;
b) harf va tinish belgilarini to'g'ri yozish;
d) harflarni bir-biridan uzmay yoza olish;
e) so'zlar orasidagi oraliqni to'g'ri belgilash;
Matnni xarakteri: O'quvchiga tanish bo'lgan va ko'z oldiga keltira oladigan
buyum, manzara, voqea–hodisalar tasviri.
2-sinf. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko'rsatgich: 35-40 so'zdan iborat diktant yoza olish.
Talablar:
a) imlo xatolarga yo'l qo'ymaslik;
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
Diktant turlari: lug'at diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti.
Miqdoriy ko'rsatgich: 3-4 gapdan iborat bo'lgan kichik va sodda matn (Fikr
ehtiyoji bilan bog'liq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
a) matndagi gaplarning mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi,
ko'rsatilgan mavzu doirasida birlashishi;
b) harflar va tinish belgilarini to'g'ri yozish;
d) so'z va gaplarni to'g'ri yozib, tinish belgilarini o'z o'rniga qo'ya olish.
Matnning xarakteri:
Rasm, manzara, joy, voqia-hodisalar tasviri, o'quvchiga tanish bo'lgan narsa,
buyum tasviri.
3-sinf. Diktant turlari: saylanma diktant, lug'at diktanti, ta’kidiy diktant,
yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti, izohli diktant, ko'rsatish diktant.
Miqdoriy ko'rsatgich: 4-5 gapdan iborat bo'lgan matn (fikr ehtiyoji bilan
bog'liq mavzu asosida) yaratish
Talablar:
a) matndagi gaplarni mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi,
ko'rsatilgan mavzu doirasiga birlashish;
b) so'z va iboralarni to'g'ri yozish, gap oxiriga kerakli tinish belgisini qo'ya
olish;
d) tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish darajasi;
e) matnda so'zlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qo'llay olish.
Matnning xarakteri:
Manzara. O'quvchi ko'z oldida sodir bo'lgan voqea-hodisa tasviri.
4-sinf. Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko'rsatgich –70-80 so'zdan iborat diktant yoza olish.
Talablar:
a) imlo-xatolarga yo'l qo'ymaslik;
b) ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
Diktant turlari: saylanma diktant, lug'at diktant, ta’kidiy diktant, yoddan
yozuv diktanti, nazorat diktant, izohli diktant, ko'rsatish diktant.
Miqdoriy ko'rsatgich: 5-6 gapdan iborat bo'lgan matn (Fikr ehtiyoji bilan
bog'liq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
a) matndagi gaplarning mazmunan o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi, mavzu
doirasida birlashishi;
b) matnda xatboshining yaxlitligi va fikr izchilligini taminlash;
d) uyadosh so'zlardan (gul: atirgul, ranogul, binafsha, lola) foydalana olish.
Matnning xarakteri:
Xotira asosida manzara, voqea- hodisa, narsa-buyum, joy, kinofilm va
hokazolarning tasviri, kichik insho, xat-xabar
Boshlang'ich sinf ona tili darslariga qo’yilgan talablar. Boshlang'ich sinf
ona tili darslariga qo’yilgan muhim talablardan biri o'quvchilar bilimini
shakllantirish borasida ularning qobiliyatlarini o'stirish ustida ishlash bilimlarni
ongli bo'lishiga erishish, o'quvchilarga har bir ishni o'ylab bajarishga
odatlantirishdir.
Maktabda amaliy ishlarning ahamiyati o'quvchilar tomonidan to'g'ri
baholansa-da,
o'quvchilarning
nazariy
bilimlaridan
amalda
foydalanishga
qiynaladilar.
Yozma
ishlarni
bajarishda
grammatika
qoidalaridan
kam
foydalanadilar. Aslida esa imlo savodxonlikni oshirish uchun ko'chirib yozish va
amaliy mashqlar muhim o'rin tutadi.
Psixologik tadqiqodlardan ma'lum bo'lishicha, imlo savodxonlik asta-
sekinlik bilan shakllanadi. Amaliy ishlardan qoidaga o'tishda ham o'zlashtirish
jarayoni sekinlik bilan kechadi. Dastlab o'qituvchi rahbarligida og'zaki muhokama
qilinadi. Asta-sekin o'quvchilar o'ylab, mulohaza qilib anglay boshlaydilar. Borcha
yozuv darslarida o'quvchilarga to'g'ri yozish qoidalarini ta'kidlab turish va amaliy
ishlarni bajarish orqali ularning imlo savodxonliklarini oshirish mumkin.
Barcha ona tili darslarida o'quvchilar bilishini va malaka qobiliyatlarini
takomillashtirish maqsadida oldin o'tilgan darslarni takrorlashga vaqt ajratiladi.
Takrorlash bilimlarni aniqlashga, hisobga olish va shu bilan bir vaqtda
mustahkamlashga yordam beradi. Boshlang'ich sinflarda oldin o'tilganlarni
takrorlash bilan bir vaqtda va takrorlash jarayonida oz-ozdan yangi bilimlar berib
boriladi. Takrorlash orqali o'quvchilar o'z bilimlarini tartibga soladilar,
mustahkamlaydilar.
Ilg'or tajribali o'qituvchilar darslarni tashkil etishda oldin o'tilganlarni
mustahkamlash, yangi bilimlarni o'zlashtirish bilan bir vaqtda keyingi darsda
o'rganiladigan mavzu uchun zamin tayyorlaydilar.
Xozirgi zamon darsi shundan iboratki, o'quvchi, tinglovchi, o'qituvchi esa
ma'ruzachi bo'lib qolmasligi kerak. Balki o'qituvchi darsni kuzatib tartibga soluvchi
rejissyorga aylanmog'i lozim. O'qituvchi darsni shunday tashkil etishi kerakki
hamma o'quvchi shu mavzu yuzasidan mustaqil fikr yuritsin, o'z fikrini ayta olsin,
kamchiligi bo'lsa o'rtoqlari va o'qituvchi javobidan kelib chiqib to'g'rilay olsin.
Darsning xarakter xususiyatiga qarab dars interfaol usulda bo'lishiga erishishi lozim.
Darslarda testlardan va tarqatmali materiallardan foydalanish ham yahshi natija
beradi.
1-4-sinf ona tili darslari bilan tanishtirish va ularning bir-biridan
farqi. Ma'lumki, boshlang'ich sinf ona tili darsligining adabiy til meyorida amaliy
o'zlashtirishlarga yordam berishdir. Darslikning asosiy qismini xilma-xil mashqlar
tashkil etadi.
Masalan:K.Qosimova, S.Fuzailov va A.Ne'matova muallifligidagi 2-sinf ona
tili darsligi 1-sinfda o'tilganlarni takrorlashdan boshlanadi. Bunda gap va so'z
haqidagi bilimlar takrorlanib mustahkamlanadi. Va asta sekin navbatdagi bilimlar
berib boriladi. 2004-yilda to'ldirilgan nashrning muqovasida ikkita o'quvchining
maktab tomon ketayotgan rami berilgan. Bu rasm o'quvchilarning shu darslikka
qiziqishini oshiradi. Mashqlarda uyga vazifa va o'ylab ko'rish uchun berilgan
mashqlarga alohida belgi qo'yilgani juda ma'qul. Ayniqsa kitobning sahifalari did
bilan jihozlangan. Berilgan rasmlar aniq, chiroyli qilib chizilgan. Qoidalar aniq,
tushunarli qilib chiziqlar ichida berilgan. Darslik ohirida lug'at berilgan bo'lib
jarangli va jarrangsiz undoshlar aniq ajratib ko'rsatilgan. Darslik foydalanishga
loyiq.
S.Fuzailov va M.Xudayberganovalar tomonidan 2004-yilda nashr etilgan 7
nashri ham 3-sinf o'quvchilari uchun juda mos tayyorlangan. Muqovadagi tanlangan
rasmlar va bobomiz A.Navoiyning yodgorliklari va o'gitlari juda o'rinli berilgan.
Darslik sahifalari ham sifatli qog'oz va ranglar asosida yaratilgan. Darslikning 3-
sahifasida Mustaqillik maydoni rasmini berilishi o'quvchilarni o'z vataniga, xalqiga,
prezidentiga sadoqat ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuningdek, darslik
sahifalariga ishlangan rasmlar ham juda o'rinli, aniq qilib berilgan Qoidalar ham
chiziqlar ichida alohida rang bilan berilgan. Bu ham o'quvchilarni ona tilidan
grammatik qoidalarni tez va puxta o'zlashtirib olishlarida alohida ahamiyat kasb
etadi.
3-sinf ona tili darsligi asosan 4 ta bo'limdan iborat.
1. Takrorlash
2. Gap
3. So'z tarkibi
4. So'z turkumlari
Shuningdek o'quv yili oxirida yil davomida o'tilganlarni takrorlash berilgan.
Bu bo'limlar uchun berilgan mashqlar asosan o'quvchilarni 4 ta bo'lim yuzasidan
puxta bilim olishlari uchun asos bo'laoladi. 2004- yilda nashr etilgan ona tili
darsligida 2001- yildagi darslikdan farqlari bor.
Masalan 2001- yildagi darslikda 43-mashqdagi “Turnalar” she'riga rasm
berilmagan 2004-yildagi shu mashqqa rasm ishlangan. 53-mashqqa ham rasm
ishlangan. 130-mashq eski darslikda gap shunday tahlil qilingan. Yoqimli kuy
odamni allalaydi… Nima? Kuy - ega nima qiladi? Allalaydi- kesim Qanday kuy?
Yoqimli. Kimni allaladi?-odomni. Shu mashqni yangi daslikda quyidagicha
belgilangan. Yoqimli kuy odomni allalaydi. Bu belgilash ancha tushunarli va qulay.
250-mashq.
Eski darslikda: Yangi darslikda:
Gul-gulli. Gul-gulli;
Maza-Maza-mazali;
Shira-Shira;
Yog'-Yog'.
Umuman yangi darslik eski darslikdan birmuncha mukammal ishlangan. 4-
sinf ona tili darsligi R.Ikromova, X.G'ulomova, Sh.Yo'ldosheva, D.Shodmonovalar
muallifligidagi darslik asosan sakkista katta bo'limni o'z ichiga olgan bo'lib,
o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqini o'stirish, bilish faolligini oshirishga
qaratilgan. Bu darslikda oltita asosiy bo'lim bo'lib har bir bo'limda o'rganilishi zarur
bo'lgan reja-mavzular berilgan. Yangi darslikdagi so'z turkumlari bo'limida berilgan
mashqlar, eski darslikdagi mashqlardan tubdan farq qiladi yangi darslikdagi berilgan
qoida va mashqlar o'quvchilarning o'zlashtirishlari uchun juda qulay berilgan.
3.1. O'qish va yozuv darslariga qo'yiladigan talablar. Dars ta’limning
asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush m etodi asosida olib
boriladigan savod o'rgatish darslari xilma-xil bo'lishi, o'quvchilarni
zeriktirmasligi va charchatib qo'ymasligi kerak.
Savod o'rgatish davridagi o'qish yoki yozuv darslari va ularning
ayrim turlari uchun um umiy bo'lgan asosiy talablar mavjud:
1. Umumdidaktik talablar:
a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo'lib, unda bironta axloqiy
sifat o'stirilishi lozim;
b)darsning ta ’limiy maqsadi, ya’ni o ‘quvchilar darsda qanday
yangilikni bilishi, nim ani o ‘rganishi, qanday ko‘nikma va malakalar
o‘stirilishi, o ‘quvchilarning mustaqil flkrlashi va faolligining qanday
bo'lishi aniq belgilab olinishi kerak;
d) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar
bilan bog‘liqligi aniq belgilab olinishi zarur;
e) o'tiladigan materialning xarakteri va ta ’lim m aqsadidan kelib
chiqib dars uchun xilma-xil va qiziqarli m etodik usullar va vositalar
tanlanishi lozim;
f) dars davomida o'quvchilarga differensial va individual yondashish, ishni barcha
o'quvchilam ing imkoniyati, bilimi, ko'nikm a
va malakasi ham da fikrlash faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish
kerak;
g) o'quvchilarni aqliy m ehnat (o'qish) usullariga o'rgatish, ularda
m aktabda o'qish uchun kerakli ko'nikm alarni hosil qilish zarur;
i) beriladigan material ilmiy, o'quvchilar yoshiga mos va muvofiq
bo'lsin va hokazo.
2. Maxsus metodik talablar:
a) o'quvchilar nutqi uchun qayg'urish, darsda adabiy til nuqtai
nazaridan to 'g 'ri, ifodali, obrazli, aniq nutqqa erishish lozim;
b) o'qish darsida ham, yozuv darsida ham o'quvchilar nutqini
o'stirishga, lug'atini boyitishga, gap tuzish va uni tahlil qilishga, og'zaki
hikoyalash va shu kabi ish turlariga alohida aham iyat qaratish kerak;
d) maktab va sinf devorlariga osilgan, xattaxtaga yozilgan har
qanday yozuv m azm unan va imlo jihatdan savodli bo'lishi zarur;
e) darsda nutq madaniyati hukm ron bo'lishi, o'qituvchi va
o'quvchilar adabiy tilda so'zlashishlari kerak;
0 o'qish va yozuv ko'nikm a-m alakalarini shakllantirish mashqlari darsda yetakchi
o'rinni egallab, taxm inan, darsning uchdan ikki
qismiga to'g'ri kelishi lozim;
g) har bir o'qish va yozuv darsida ,,Alifbe“dagi m atnlar bilan
bir qatorda Q. M uham m adiy, P. M o'm in, Z .D iyor, A.Obidjon kabi
sevimli bolalar shoiri va yozuvchilari asarlaridan nam unalar tanlab
olinishi va sinfda o'qish sinfdan tashqari o'qish hamda o'qib berilgan
m atnni eshitish bilan bog'lanishi zarur.
i) o'qish va yozuv darslari bir-biri bilan uzviy bog'lanishli, ya’ni
o'qish darsi o'quvchilarni yozuv darsiga tayyorlashi, yozuv darsi oldingi o'qish
darsining davomi sifatida xizmat qilishi kerak va hokazo.
Boshlang'ich sinflarda ona tili darslarining turlari
va ularga qo‘yiladigan talablar
Darsning umumiy tasnifi. M aktabda dars o'quv-tarbiya jarayonini tashkil
qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Dars ta ’lim-tarbiyani
amalga oshirishning eng qulay va eng zarur omilidir.
Darsga qo'yiladigan umumiy talablar quyidagilar:
1. Ta’limiy talab. Har bir dars o'quvchiga qandaydir bilim berishi
lozim. Har bir darsning asosiy maqsadi ham shu.
2. Tarbiyaviy talab. Bu har jihatdan komil shaxsni tarbiyalash
demakdir.
3. Didaktik talablar. Bu o'qituvchiga darsni to'g'ri tashkil qilish:
dars maqsadlarini, turini to'g'ri belgilash, darsdagi u yoki bu materialni
o'quvchilarga yetkazib berish usullarini to'g'ri tanlash, o'quvchilar bilimini tekshirish
va baholash shakllarini aniqlab olish demakdir.
4. Psixologik talablar. Bu talab shuni nazarda tutadiki, o'qituvchi
o'z o'quvchilarining xarakter-xususiyatini qanchalik darajada yaxshi
bilishi juda katta ahamiyatga ega. O 'z o'quvchilarining psixologik
xususiyatlarini yaxshi bilgan o'qituvchigina to'laqonli dars uyushtirishi
mumkin.
5. Gigiyenik talablar. Bu o ‘quvchilar salomatligi haqida qayg‘urish demakdir.
Sinfda yorug‘lik, toza havo har doim yetarli bo‘lishi
lozim.
Boshqa fanlar kabi, ona tili o'qitishning samaraliligi darsning
sifatiga bevosita bog‘liqdir.
Darsga qo‘yilgan umumdidaktik talablar pedagogik adabiyotlarda keng yoritilgan.
Ulami ona tili o'rgatishga tatbiq qilib, metodik
aniqliklar kiritilsa, ona tili darslariga qo'yilgan talablar quyidagicha
bo'ladi:
I. Yangi bilim berish, ularni nutq amaliyotiga tatbiq etish va
o'quvchilarni tarbiyalash bir butun jarayondir. Darsda o'quvchilaming
o'quv faoliyatini tashkil etishga, foydalaniladigan til materialining
g'oyaviy-siyosiy, estetik va badiiy qimmatli bo'lishiga, tilni o'rganish
jarayonida bolalarda dunyoqarash elementlarini shakllantirishga alohida
ahamiyat berish zarur. Ijodiy izlanish muhiti yaratilgan darslardagina
zarur axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
Ona tili darslarida o'zbek tiliga muhabbat va so'zga ehtiyotlik bilan
munosabatni tarbiyalashga alohida e ’tibor beriladi. Buning uchun
matn puxta tanlanadi. Tilni o'rganish jarayonida leksik-uslubiy ishlarga
katta o'rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan m atnlar bilan birga,
yuksak badiiy m atnlardan ham foydalaniladi.
Ona tili o'qitish jarayoni o'quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini
shakllantirishga qaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur
bo'lgan saranjom-sarishtalik, mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini
ham tarbiyalaydi.
II. Darsning aniqligi va ichki mantiqiyligi, uning maqsadga
yo‘naltirilganligi juda muhim. Yangi material o'rgatiladigan darsning
mazmuni va mantiqiy o'rganiladigan til hodisasi hamda lining lingvistik
mohiyatining bir-biriga ta’sir qilishiga m a’lum darajada sabab bo'ladi.
O'qituvchi bu o'zaro bog'lanishni bilishi va uni o'quvchilar bilan birga
topshiriqlami bajarish davomida asta ocha borishi muhimdir.
Agar dars grammatik bilimlarni mustahkamlash, orfografik
ko'nikm alarni shakllantirish maqsadini o'z oldiga qo'ysa, darsning
mantiqiy shartlari asta murakkablashtirib borilgan mashqlar tizimini
aks ettiradi. Bolalar biror imlo qoidasini yaxshilab bilib, o'rganib olishlari uchun bir-
ikki mashq jamoaviy ravishda bajariladi. O 'quvchilar
mustaqilligi oshgach, mashqni mustaqil ishlaydilar. Darsda bajarilgan
mashqlar o'rtasidagi bog'lanishni shakllantiradigan ko'nikmaning
xususiyati ham sabab bo'ladi. O 'quv materialining mavzuga va darsning
maqsadiga mos bo'lishi uning maqsadga yo'naltirilishini ta ’minlaydi.
Darsda foydalaniladigan barcha o'quv materiallari (shu jum ladan, til
dalillarini kuzatish, imlo va nutqqa oid mashqlarni bajarish uchun
tanlanadigan materiallar ham) darsning maqsadiga juda mos bo'lishi
zarur.
III. Ona tili darsi, awalo, o'quvchilar nutq va tafakkurini o'stirish
darsidir. O na tili darslari ijtimoiy-foydali bo'lishi uchun o'quvchilarda
o'z fikrini gram m atik to'g'ri, uslubiy aniq, izchil ifodalash va boshqalar
fikrini bera olish ko'nikmasini shakllantirishga qaratilishi lozim.
Ona tili darslarida nutq o'stirish ko'rsatmasi grammatik materialni
o'rgatishda o'quvchilam ing tilimizdagi har bir so'z turkumi yoki so'z
qismining rolini bilib olishlariga erishtiradigan m etodik usullarni
qo'llashni talab etadi, ya’ni grammatik nazariya gram m atik to'g'ri
va aniq nutq malakalarini shakllantirishga, anglab, tushunib yozish
malakalarini o'stirishga amalda tatbiq etish uchun o'rgatiladi. Darsda
bolalar nutqini o'stirish darsning mazm unida va qo'llanilgan vazifalar
turlarida o 'z aksini topadi.
Grammatik, so'z yasalishiga oid, imloviy materiallarni o'rganishni
nutq o'stirish bilan bog'lash o'quvchilar aqliy faoliyatini boshqarish
hisoblanadi. Bolalar nutqini o'stirish jarayoni ularning tafakkurini
o'stirish bilan bog'liq.
Ona tili darsi o'quvchilar taffakurini o'stirish ustida ishlash
maqsadiga yo'naltirilganligiga qarab baholanadi. Bunda muayyan
gram m atik va imloviy materialni o'rganish jarayonida shu materialni
yaxshiroq o'zlashtirishni taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan mashqlarni
o'tkazish tushuniladi. M asalan, ,,0'zakdosh so'zlar"
tushunchasini shakllantirish uchun so'zlam ing leksik m a’nosi va m orfemik
tarkibini taqqoslashni (ularning ma’nolarida umumiylikni va
ularda bir xil o'zakning mavjudligini) bilish lozim. O 'quvchilar tafakkurini o'stirish
uchun o'qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa tu rlarini tanlaydi, darsning
materialini va uni o'zlashtirishda o'quvchilar