BOSHLANG’ICH SINFLARDA SO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI
O’RGANISH METODIKASI. SO’ZNING MORFEMIK TARKIBINI
O’RGANISH TIZIMI
Reja
1. So`zning morfemik tarkibi va so`z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati va
vazifalari.
2. Qo`shimchalar izchilligi.
3. O`zakdan so`zlarni aniqlash usullari.
4. So`z yasovchi qo`shimchalarga doir mashqlar turi.
5. Shakl yasovchi qo`shimchalarga doir mashqlar turi.
Tayanch so`zlar va iboralar
Morfema, o`zak morfema, qo`shimcha morfema, so`z yasovchi qo`shma, shakl
yasovchi qo`shimcha, ko`p ma`noli, morfemik tarkib, yangi so`z, orfografik malaka,
morfologik printsip,taqqoslash ko`nikmasi, qo`shimchalar izchilligi, o`zak,
o`zakdosh so`z, har xil so`z turkumi, morfemalarni to`g`ri yozish, mavhum tafakkur,
mazmuniy umumiylik, narsa, rasm ko`rsatish, omonim, sinonimdan farqlash, ongli
o`zlashtirish, mashq turlari, tushunchaga aniqlik kiritish.
O`quvchilarga ta`lim-tarbiya berish vazifalaridan biri ularda ilmiy dunyoqarash
elementlarini shakllantirishdir. Bu vazifani hal qilishda maqsadga muvofiq
ishlashning yetakchi sharti − o`quvchini shaxs sifatida muvaffaqiyatli kamol
toptirishdir. Quyida ko`rsatilgan omillar tilni o`rgatish bilan bog‘liq holda
o`quvchilarda ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish usulini belgilaydi:
1. Tilning ijtimoiy hodisa sifatidagi mohiyati uning aloqa (kommunikativ)
vazifasini ifodalashdan iboratdir. Maktabda, shu jumladan, boshlang`ich sinflarda
tilni o`rgatishning yetakchi yo`nalishi o`quvchilar tomonidan tilning aloqa vazifasini
bajarishini tushunishlariga erishish hisoblanadi.
2. Til bilan tafakkur uzviy bog‘liq bo`lib, tafakkur so`z vositasida yuzaga
chiqadi. Til tafakkurnipg mahsuli hisoblanib, ongdan tashqarida o`zicha
yashamaydi.
Maktabda
tilning
barcha
tomonlari
(talaffuzi,
fonetikasi,
leksikasi,
grammatikasi, so`z yasalishi)ni o`zaro bog‘liq holda o`rganish ona tilini
o`rgatishdagi yetakchi tamoyil bo`lib, uni amalga oshirish o`quvchilarning tilni
murakkab, rivojlanuvchan, o`zaro bog`langan muhim tomonlarga ega bo`lgan hodisa
sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Tilning mohiyatini bunday idrok
etish hodisalarning rivojlanuvchanligi va o`zaro bog`langan qismlardan tuzilishini
tushunishga zamin hozirlaydi.
Maktab tajribasi va maxsus tekshirishlar shuni ko`rsatadiki, yuqorida qayd
etilgan dastlabki qoidalarni o`quv jarayonida amalga oshirishda ijtimoiy hodisa
sifatida til haqidagi bilimlar majmuasini to`g`ri tanlash, asosiy til hodisalarini va
turlarini tushuntirishda o`qituvchining tutgan metodologik yo`lining aniqligi,
o`quvchilar fikrlashini faollashtirish, til nazariyasini o`rgatishga asos bo`ladigan til
materialining yuqori sifatli bo`lishi kabi dalillar hal qiluvchi ta‘sir etadi. SHubhasiz,
har bir omil maktab tajribasida bir-biridan ajralgan holda bo`lmaydi. Aksincha,
ularning bir-biriga to`g`ri, maqsadga muvofiq ta‘siri ijobiy natija beradi.
Bunday o’zgarishlar nutq muallifi tomonidan tabiiy holda amalga
oshiriladi.Tovushlar unreflective tarzda o’zgarishga uchraydi,shuning uchun ham
tovushlar
ortishi
,
tushib
qolishi
yoki
butunlay
sifatini
o’zgartirishi
mumkin.Bularning barchasi ketma-ket kelgan tovushlarning o’zaro munosabatiga
bog’liq bo’ladi. Til fonetik (grammatik) tizimining qonuniyati ana shunday1
Tilning rivojlanishi, ayrim so`zlarning ma‘nolari haqidagi bilimni boshlang`ich
sinf o`quvchilari ot, sifat, son, fe‘lni o`rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar.
Bu o`rinda «So`zning tarkibi» bo`limi katta imkoniyatga ega. O`quvchilar bu bo`lim
materiallarini o`rganish jarayonida tilimizning yangi so`zlar bilan boyib borishi
1 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW
SPENCER ―Linguistics An Introduction- Cambridge university press 2011. p/112
haqidagi muhim manbalar bilan, so`z yasalishi bilan tanishadilar. Ma‘lumki,
ko`pgina yangi so`zlar tilda mavjud bo`lgan so`zlar zaminida yaratiladi, tilda bor
qoliplar kabi yasaladi: limon tipida limonzor, suvchi tipida bo`zchi kabi. Tilda yangi
so`zning paydo bo`lishi o`zidan keyin bir xil o`zakli so`zlar guruhining hosil
bo`lishiga sabab bo`ladi: ishli, ishsiz, ishchi kabi.
Boshlang`ich
sinflarda
tilning
rivojlanishi haqidagi
masala
maxsus
o`rganilmaydi. Tilga jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda rivojlanadigan
hodisa sifatida ilmiy qarashga zamin yaratish muhim ahamiyatga ega. Tilning leksik
tomoni boshqalariga nisbatan xarakatchan, tez rivojlanadigan bo`lgani uchun, til
leksikasi misolida boshlang`ich sinf o`quvchilari saviyasiga mos ravishda
jamiyatning rivojlanishi bilan bog‘liq holda tilning ham rivojlanishi tushuntiriladi.
Tilning leksik tarkibida yuz berayotgan o`zgarishlar yuzasidan o`qituvchi va
o`quvchilarning kuzatishlari bolalarda dunyoni bilish haqidagi tasavvurini
shakllantirishga mos material beradi.
Tildan bilim berishda o`quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish muhimdir.
O`qituvchi nazariy xarakterdagi umumlashtirish zarur bo`lgan daliliy materiallarni
yig‘ish bosqichida ham, berilgan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish uchun ham
bolalarning hayotiy tajribasiga, nutqqa oid amaliyotiga tayanadi. Tilga oid bilimni
o`rganish natijasida o`quvchilar nutk faoliyatining sifati o`zgaradi, ongliligi ortadi.
Dialektik tafakkur keng ma‘noda hodisalarning boshqa hodisalar va
jarayonlarga bog‘liqligini hisobga olib, ularni har tomonlama mavjud belgilari
yig‘indisi bilan rivojlanishda ko`rish ko`nikmasini ta‘riflaydi. Tafakkurning bunday
sifati o`quvchilarda asta-sekin shakllana boradi va o`z navbatida, ular kuzatish
jarayonida dalillarni topish, ularni tahlil qilish va o`rganiladigan hodisalarning ayrim
tomonlari o`zaro bog‘liqligini aniqlash, taqqoslash va umumlashtirish ko`nikmasini
egallab boradilar. Keyingi yillarda o`quvchilarning o`quv faoliyati tobora izlanish
xarakteriga ega bo`lmoqda. Tilni o`rganishda boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun
ayrim qoida va aniqliklarni yodlab olish emas, balki atrofdagi hayotni kuzatish
asosida o`quvchilarning o`zlari «topgan» yoki adabiy manbalardan tayyor olingan til
materialini maqsadga muvofiq analiz va sintez qilish yetakchi hisoblanadi.
So`zning leksik ma‘nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til
haqidagi fanda o`zining nazariy asosiga ega.
Morfema – so`zning eng kichik, bo`linmaydigan ma‘noli qismi. Morfema ikki
turga bo`linadi:
1. O`zak morfema – so`zda albatta qatnashadigan va leksik ma‘no
anglatadigan morfema.
2. Affiksal morfema – mustaqil holda leksik ma‘no anglatmay, so`zning leksik
va grammatik ma‘nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan,
gullarni, gulla so`zlaridagi gul – o`zak morfema, -lar, -ni, -la affiksal morfemadir.
Affikslar (qo`shimchalar) ikki turga bo`linadi:
1. So`z yasovchi qo`shimchalar. Ular so`zning leksik ma‘nosini shakllantirish
uchun xizmat qiladi. Masalan, bog‘bon, paxtakor, gulzor, ishchi so`zlaridagi -bon, -
kor, -zor, -chi so`z yasovchi affikslardir.
2. Shakl yasovchi qo`shimchalar. Bu qo`shimchalar so`zlarni grammatik
jihatdan
shakllantirib,
turli
grammatik
ma‘nolarni
ifodalaydi.
Masalan,
maktablarimizni so`zida -lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo`shimchalar bo`lib, -lar
ko`plik ma‘nosini, -imiz egalikning I shaxs ko`plik ma‘nosini, -ni tushum kelishigi
ma‘nosini ifodalaydi.
Morfemalarning qo`shilishi bir-biriga ta‘sir qiladi, bundan tashqari, ko`pgina
o`zak va so`z yasovchi qo`shimchalar ko`p ma‘noli. SHunga qaramay, ko`p
so`zlarning leksik ma‘nosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu
maqsadda so`zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to`g`ri keladi.
O`quvchilar so`zning morfemik tarkibini va so`z yasalishini o`rganishlariga
qarab, so`zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama
so`zlarning leksik ma‘nosini so`zlarning semantik o`xshashligiga qarab bilib
oladilar.
Demak, turkiy o‘zak hakida uch xil fikr mavjud bo‘lsa, bulardan
chinchisitugrirokdir. Chunki, birinchidan,turkiy o‘zak daxlsiz bulib, har qanday
uzgarish,asosan, nutk oqimida o‘zakdan keyin qo‘shilgan vositalar yordamida sodir
bo‘ladi, ikkinchidan, agglyutinasiya qoidasiga binoan yangi ma‘no o‘zakdan
muayyan tovushni tishlash bilan emas, balki tovush qushish bilan yuzaga keladi.
Turkiy tillar taraqqiyotining barcha bosqichlarida yangi so‘z o‘zakka affiks qo‘shish
bilan xosil kilinadi. Turkiy tillarda affikslarning turlaridan affikslar mavjud
bulib,o‘zakdan keyin kushiladi. Rrefiks, infiks kabi affiks turlari turkiy tillarda
bulmaydi. Agar biror turkiy tilda rrefiks uchrasa,masalan,o‘zbek tilida, u boshqa tilni
ta‘sirida raydo bo‘lgan,ya‘ni uzlashgan buladi. Turkiy tillardahar bir kelishikning
bitti affiksi buladi,shunga kura turkiy tillarda bitta turlanish tiri mavjud :qaysi so‘z
turkumi va birlik yokiko‘rlik formasida bulishdan kat‘iy nazar, kelishik affikslari bir
xil buladi2.
So`zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos
ravishda o`qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. So`zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o`quvchilar so`zning leksik
ma‘nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o`qituvchining
vazifasi o`quvchilar so`zlarning leksik ma‘nosi va morfemik tarkibi bir-biriga
bog‘liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning
lug`atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi.
2. So`z yasalishi haqidagi elementar bilim ham o`quvchilarning tilimizning
yangi so`zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir.
Yangi so`z tilda mavjud bo`lgan morfemalardan, ma‘lum usul va modellar asosida
vujudga keladi (yasaladi). So`z yasalishini kuzatish o`quvchilarda so`zga faol
munosabatni shakllantirishga ijobiy ta‘sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini
tushunishga olib keladi.
3. So`z yasalishi asoslari bilan tanishish o`quvchilar lug`atini atrof-muhit
haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar
haqidagi tushunchalar so`z bi-lan ifodalanadi. So`zlar o`rtasidagi ma‘no va tuzilish
jihatidan bog`lanishni belgilash o`zaro munosabatda bo`lgan tushunchalar
o`rtasidagi bog`lanishga tayanadi (masalan, traktor va traktorchi so`zlari o`zaro
munosabatda bo`lgan tushunchalar, shu tufayli ma‘no va tuzilishiga ko`ra
bog`langan). O`quvchilar so`zlarning ma‘no va tuzilishiga ko`ra o`zaro
munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo`lgan predmetlar,
jarayonlar, voqealar o`rtasidagi bog`lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar.
4. So`zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo`shimchalarning
semantik ma‘nosini bilish o`quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta‘sir etadi.
2 ANDREW RADFORD MARTIN ATKINSON, DAVID BRITAIN, HARALD CLAHSEN, and ANDREW
SPENCER ―Linguistics An Introduction- Cambridge university press 2011.p.186
O`qituvchining vazifasi o`quvchilarning so`zning leksik ma‘nosini tushunibgina
qolmay, kontekstda aniq qo`shimchali so`zlardan ongli foydalanishlarini ham
o`rgatish hisoblanadi.
5. So`zning morfemik tarkibini o`rganish imloviy malakalarni shakllantirishda
ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o`zbek imlosining yetakchi
tamoyili bo`lib, bunga binoan so`zlar va ularning tarkibiy qismi (o`zak va
qo`shimchalar) ko`proq talaffuziga muvofiq yoziladi.
O`zak va qo`shimchalarni to`g`ri yozish malakasini nazariy asosda
shakllantirish fonetik, so`z yasalishiga oid, grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq
tatbiq etishni talab qiladi. SHuning uchun so`zning morfemik tarkibini o`rganishning
muhim vazifalaridan biri o`zak va qo`shimchalarni to`g`ri yozish malakasini
shakllantirish uchun zarur bo`lgan bilim va ko`nikmalar asosini yaratish hisoblanadi.
6. So`zning morfemik tarkibini o`rganish o`quvchilarning aqliy qobiliyatini
o`stirishda, xususan, til birligi sifatida so`zni ongli bilib olish uchun zarur bo`lgan
maxsus aqliy ko`nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O`qituvchining
vazifasi ta`lim jarayonida bilimni o`zlashtirish bilan o`quvchilarda aqliy faoliyatni
o`stiradigan, analiz, taqqoslash ko`nikmalarini shakllantiradigan sharoit yaratish
hisoblanadi.
Boshlang`ich sinf ona tili darslarida so`z tarkibi va yasalishini o`rganish
metodikasi
Boshlang`ich sinflar ona tili dasturiga muvofiq so`zning morfemik tarkibi III
sinfda o`rganiladi. IV sinfda so`z turkumlarini o`rganish bilan bog‘liq holda so`zning
tarkibi haqidagi bilimlarni takomillashtirish ko`zda tutiladi.
Avvalo, til materialini o`rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur.
Til materialini o`rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va
o`zaro bog`lanishdagi bilimlar yig‘indisini o`zlashtirishni ta‘minlaydigan maqsadga
qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko`nikmalarni shakllantirish
tushuniladi. So`zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so`z yasalishiga oid
va grammatik bilimlarni o`zlashtirish: a) dastur materialini o`rganish tizimida
so`zning morfemik tarkibini o`rganishning o`rni bilan; 2) ―o`zak-, ―o`zakdosh
so`z-, ―so`z yasovchi qo`shimcha-, ―shakl yasovchi qo`shimcha- tushunchalari
ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so`zning morfemik tarkibi va so`z yasalishining
o`zaro bir-biriga ta‘sir qilishi bilan; 4) morfemalarni to`g`ri yozish malakasini
shakllantirish ustida ishlash bilan bog‘liqligini belgilab beradi.
Mavzuni o`rganishda to`rt bosqich ajratiladi:
BIRINCHI BOSQICH – so`z yasalishini o`rganishga tayyorgarlik bosqichi.
Bu bosqichning vazifasi – o`quvchilarni bir xil o`zakli so`zlarning ma‘no va
tuzilishiga ko`ra bog`lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning
qo`yilishiga sabab, birinchidan, so`zning ma‘no va tuzilishi jihatidan bog`lanishini
tushunish, o`zining lingvistik mohiyatiga ko`ra, bir xil o`zakli so`zlarni va so`z
yasalishini o`zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga
asos bo`lgan so`zlar bir-biri bilan ma‘no va tuzilishi jihatidan bog`lanadi: ish –
ishchi, g‘alla – g‘allakor. Ikkinchidan, o`quvchilar bir xil o`zakli so`zlarni va
morfemalarni o`rganishda qiyinchiliklarga duch keladilar: ular bir xil o`zakli
so`zlarnnng ma‘nolaridagi umumiylikni tushunishda qiynaladilar, chunki ularda
mavhum tafakkur hali yetarli rivojlanmagan bo`ladi; o`zak, so`z yasovchi va shakl
yasovchi qo`shimchalarning vazifalarini o`zlashtirishda ularga bir xil o`zakli
so`zlarning ma‘no va tuzilishi jihatidan o`xshashligi va farqini aniqlash anchagina
qiyinlik qiladi. SHuning uchun so`zning morfemik tarkibini maxsus o`rganishdan
oldin uning ma‘no va tarkibiga ko`ra yaqinligi kuzatiladi.
I sinfda kuzatish o`rganiladigan materialning mazmuni va ayrim so`zlarning
ma‘nosini, yozilishini tushuntirish bilan uzviy bog`lanadi. I sinfda kim?, nima?
So`rog‘iga
javob bo`lgan
so`zlarni o`rganish
jarayonida
o`qituvchi va
o`quvchilarning ―Nima uchun u yoki bu narsa shunday nomlangan?- savoliga
birgalikda javob topishi ularni bir xil o`zakli so`zlar o`rtasidagi munosabatni
tushunishga tayyorlashda anchagina mos va qiziqarli usul hisoblanadi. Bu savolga
javob topish bilan o`quvchilar ―Nega so`zlar o`zakdosh hisoblanadi?-, ―Bir
so`zdan boshqa so`z qanday hosil bo`ldi?- savollariga javob berishga
tayyorlanadilar.
Tilda juda ko`p so`zlar shaxs va narsaning nomi hisoblanadi. Shuning uchun
o`quvchilar bilan nega shaxs yoki narsa shunday nomlanganini aniqlashdan asta-
sekin tildagi bir so`z bilan ikkinchi so`z o`rtasidagi bog`lanishni aniqlashga o`tish
mumkin. Masalan, ―Nega kishilar paxta ko`p ekilgan joyni paxtazor (paxta –
paxtazor), daraxt ko`p ekilgan joyni daraxtzor (daraxt – daraxtzor) deb
nomlashgan?-, ―Nega kishilar bir uyni g‘ishtli (g'isht – g'ishtli), boshqasini sinchli
deyishadi?-
O`quvchilar predmet yoki predmet belgisining nomlanish sababini aniqlashdan
so`zlarning ma‘nosi va tarkibidagi umumiylikni topishga o`rganadilar. Bularning
hammasi o`quvchilarni bir xil o`zakli so`zlarning yasalishi mohiyatini tushunishga
tayyorlaydi; ular bir so`z boshqa so`zdan o`zaro ma‘no jihatdan bog`lanishi asosida
yasalishini, o`z navbatida, shu so`z bilan nomlangan tushunchalar o`rtasidagi
bog`lanishga asoslanishini tushuna boshlaydilar. O`quvchilar so`zning yangi so`z
hosil qilishga yordam beradigan qismini bilib olgan sari ularda so`z yasalishi
haqidagi tasavvur chuqurlasha boradi.
IKKINCHI BOSQICH – bir xil o`zakli so`zlarning xususiyatlari va barcha
morfemalarning mohiyati bilan tanishtirish. Bu bosqichning asosiy o`quv vazifasi –
so`zlarning ma‘noli qismlari sifatida o`zak, so`z yasovchi va shakl yasovchi
qo`shimchalar bilan tanishtirish, ―o`zakdosh so`zlar- tushunchasini shakllantirish,
bir xil o`zakli so`zlarda o`zakning bir xil yozilishini kuzatish hisoblanadi.
―O`zakdosh so`zlar- tushunchasini shakllantirish ularning ikki muhim
belgisini, ya‘ni mazmuniy umumiylikni (ma‘nosida qandaydir umumiylik borligini)
va tuzilishiga ko`ra umumiylikni (umumiy o`zak mavjudligini) o`zlashtirish bilan
bog`lanadi. Shuning uchun bu belgilarni o`quvchilar o`zlashtirishiga ta`lim
jarayonida sharoit yaratish lozim. Bu o`quvchilarda bir xil o`zakli so`zlarning
lug‘aviy ma‘nolari bilan morfemik tarkibi o`rtasidagi bog`lanishni aniqlash
ko`nikmasini rivojlantiradi. Masalan, o`quvchilar gul, gulzor, gulli (ko`ylak), gulladi
so`zlarini taqqoslaydilar, bu to`rt so`z ma‘nosiga ko`ra o`xshashligini va bir xil
umumiy qismga ega ekanini, shuning uchun bularni bitta o`zakdosh so`zlar guruhiga
kiritish mumkinligini aniqlaydilar.
Bir xil o`zakli so`zlarning ma‘nolaridagi umumiylik o`zakning umumiyligi
tufayli vujudga keladi, ularni bir guruhga birlashtiradi; qo`shimchalar esa so`zning
ma‘nosiga o`ziga xos ma‘no qo`shadi; ularni bir-biridan farqlaydi. Bir xil o`zakli
so`zlar ustida bunday ishlash usuli o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi,
ular diqqatini so`zning umumiylikka asoslangan aniq belgilariga jalb qilish imkonini
beradi. Masalan, o`qituvchi kombayn rasmini ko`rsatadi va «Kombaynni
boshqaradigan kishi nima deb nomlanadi?» savolini beradi. Javob xattaxtaga
yoziladi: kombayn – kombaynchi. Tushunchalarni taqqoslab kuzatish quyidagi aniq
til materialini yaratish imkonini beradi, uni tahlil qilish jarayonida bir xil o`zakli
so`zlarning xususiyatlari haqida xulosa chiqariladi: Avval so`zlarni ma‘no va
tarkibiga ko`ra taqqoslash asosida ―o`zakdosh so`zlar- atamasi beriladi, keyin
o`zakdosh so`zlarning umumiy qismi o`zak deyilishi, o`zakdosh so`zlarni,
boshqacha qilib, bir xil o`zakli so`zlar (ya‘ni o`zakdosh so`zlar) deb nomlanishi ham
tushuntiriladi.
O`quvchilarda bir xil o`zakli so`zlarni ikki muhim belgisiga ko`ra aniqlash
ko`nikmasini o`stirish uchun o`zakdosh so`zlar yaqin ma‘noli – sinonim so`zlar
bilan, shakli o`xshash bo`lgan so`zlar bilan taqqoslanadi. Masalan, o`quvchilar baxtli
– baxtsiz o`zakdosh so`zlari bilan baxtli – saodatli sinonim so`zlarini taqqoslab,
o`zakdosh so`zlar ham, sinonim so`zlar ham yaqin ma‘no bildirishini (o`xshash
tomonini), o`zakdosh so`zlarda umumiy qism (baxt) mavjud bo`lib, sinonim
so`zlarda bunday umumiy qism yo`qligini (farqli tomonini) aniqlaydilar, ular bog‘ –
bog‘bon o`zakdosh so`zlari bilan suv – suva so`zlarini taqqoslab, quyidagi xulosaga
keladilar: bog‘ – bog‘bon o`zakdosh so`zlar hisoblanadi, chunki bular yaqin ma‘noli
va umumiy qismi bor; suv – suva so`zlari shakli tomonidangina o`xshaydi, ammo
butunlay boshqa ma‘noni bildiradi. Bunday mashqlar o`quvchilarni o`zakdosh
so`zlarni yaqin ma‘noli sinonim so`zlardan, bir-biriga o`xshash bo`lgan so`zlardan
farqlashga o`rgatadi.
Bir xil o`zakli so`zlar turli so`z turkumiga oid bo`ladi. SHuning uchun bir xil
o`zakli so`zlarni o`rganishning bu bosqichida o`quvchilar diqqati o`zakdosh so`zlar
shaxs, narsa, uning harakati va belgisini bildirishiga qaratiladi. SHu maqsadda turli
so`z turkumiga oid bir xil o`zakli so`zlar mavjud bo`lgan matnni tahlil qilib,
o`zakdosh so`zlarni aniqlash, shuningdek, kim?, nima?, qanday?, nima qiladi?
so`roqlariga javob bo`ladigan bir xil o`zakli so`zlar tanlash mashqlaridan
foydalanish yaxshi natija beradi. Bunda so`zlarni ma‘nosi va tarkibiga ko`ra
taqqoslab, o`xshash va farqli tomonlarini aniqlash shart. O`quvchilar u yoki bu so`z
nima uchun o`zakdosh ekanini isbotlaganlarida, ularning ikki muhim belgisini
aytsinlar. Masalan, gul, gulladi, gulli, guldor, gulzor o`zakdosh so`zlar hisoblanadi,
chunki bularda umumiy qism – gul mavjud, bu so`zlar yaqin ma‘noni bildiryapti.
Bir xil o`zakli so`zlarni o`rganish jarayonida o`quvchilar o`zakning har vaqt bir
xil yozilishini kuzatadilar. Bunday kuzatish o`zakda jufti bor jarangli va jarangsiz
undoshlar bo`lgan so`zlarni anglab, to`g`ri yozishga asos bo`ladi.
Bir xil o`zakli so`zlar bilan tanishish jarayonida o`quvchilarda so`zning ma‘noli
qismi bo`lgan morfemalar (o`zak, so`z yasovchi, shakl yasovchilar) haqida
boshlang`ich tasavvur hosil bo`ladi. Buning uchun so`z yasashga oid vazifa
topshirish maqsadga muvofiq. Bu vazifani bajarishda o`quvchilar morfemalardan
foydalanib bir xil o`zakli so`zlar guruhini hosil qiladilar va morfemalarning o`rni
hamda vazifasi haqida tasavvur hosil qiladilar. Masalan, o`qituvchi gul so`zini
yozish va unga gul ko`p ekilgan joyni bildiradigan o`zakdosh so`z tanlashni
topshiradi. O`quvchilar gul, gulzor so`zlarini yozadilar. Gulzor so`zini hosil qilish
uchun -zor qismi qo`shilgani aniqlanadi. O`qituvchi ―Gul parvarish qilish bilan
shug‘ullanadigan kishini nima deb nomlaymiz?- savolini beradi. O`quvchilar gulchi
so`zini aytadilar; bu so`z gul so`ziga -chi qismini qo`shish bilan hosil qilingani
(yasalgani) aniqlanadi. So`zlardagi -zor, -chi qismlarining ahamiyatini taqqoslash
asosida boshlang`ich bilimlar umumlashtiriladi, so`z yasovchi qo`shimcha atamasi
beriladi.
SHakl yasovchi qo`shimcha bilan elementar tanishtirish uchun daftar va
daftarlar so`zlarini ma‘no va shakl tomondan taqqoslash topshiriladi. Suhbat asosida
o`quvchilar ma‘noning o`zgarmaganini, shakli o`zgarganini (-lar qo`shilganini)
aniqlaydilar.
Ta`limning bu bosqichida o`quvchilarning morfema haqidagi bilimlari yetarli
emas, ularni bu tushunchalar bilan amaliy mashqlarni bajarish jarayonida endigina
tanishtirilyapti. SHuning uchun o`qituvchi tarkibi va yasalish usuli o`quvchilarning
yosh xususiyatiga mos bo`lgan so`zlarni tanlaydi, bu so`zlarni analiz va sintez
qilishni boshqaradi, so`zlarning leksik ma‘nosi bilan morfemik tarkibi o`rtasidagi
bog`lanishni o`quvchilarning bilib olishlariga doimiy g‘amxo`rlik qiladi.
UCHINCHI BOSQICH – o`zak, so`z yasovchi va shakl yasovchi
qo`shimchalarning xususiyatlari hamda tildagi ahamiyatini o`rganish metodikasi. Bu
bosqichning o`quv vazifasiga ―o`zak-, ―so`z yasovchi qo`shimcha-, ―shakl
yasovchi qo`shimcha- tushunchalarini shakllantirish, so`zning leksik ma‘nosi bilan
morfemik tarkibi o`rtasidagi bog`lanish haqidagi tasavvurlarni o`stirish, o`zakda
jufti bor jarangli va jarangsiz undoshli so`zlarni to`g`ri yozish malakasini
shakllantirish, nutqda so`z yasovchi qo`shimchasi bor so`zlarni ongli ishlatish
ko`nikmasini o`stirish kiradi.
Bu bosqichning vazifasi bir-biri bilan ma‘lum bog`lanishda hal qilinadi.
Masalan, so`zda har bir morfemaning ahamiyatini o`zlashtirish asosida o`quvchilar
so`zning leksik ma‘nosi bilan uning morfemik tarkibi o`rtasidagi bog`lanishni bilib
oladilar. Barcha vazifalar bilan uzviy bog‘liq holda, so`zlarning morfemik tarkibini
hisobga olib, ulardan nutqda mumkin qadar aniq va ongli foydalanish vazifasi ham
bajariladi.
O`zakni o`rganishning xususiyatlari. “O`zak- tushunchasini shakllantirishda
o`quvchilar o`zak o`zakdosh so`zlarning umumiy qismi ekani va u barcha bir xil
o`zakli so`zlarning ma‘nosidagi umumiylikni o`z ichiga olishi bilan tanishtiriladi.
O`zakdosh so`zlarni tahlil qilish bilan o`quvchilar so`zning qaysi qismi shu
so`zlardan o`zakdosh so`zlar hosil qilayotganini tushuntirishga (bunda ular o`zakni
ajratadilar), qaysi qismi har xil ma‘noli so`zlar hosil qilayotganini tushuntirishga
(bunda ular so`z yasovchi qo`shimchalarni ajratadilar) o`rgatiladi. Bunday
vazifalarni to`g`ri bajarish natijasida o`quvchilar o`zak va so`z yasovchi
qo`shimchaning so`zning leksik ma‘nosini hosil qilishdagi rolini elementar tarzda
bo`lsa ham tushunadilar, shuningdek, o`zak o`zakdosh so`zlarga asos bo`ladigan
qism ekanini bilib oladilar.
O`zak ustida ishlash bu bilan tugamaydi, balki boshqa morfemalarni maxsus
o`rganishga ajratilgan darslar mazmuni bilan va keyinroq so`z turkumlari
o`rganilganda, so`z yasashga doir mashqlar bilan ham uzviy bog`lanadi.
So`z yasovchi qo`shimchalar ustida ishlash. Bu morfemani o`rganishning
asosiy vazifasi o`quvchilarni so`zda so`z yasovchi qo`shimchaning ahamiyati bilan
tanishtirish va shu asosda so`z yasovchi qo`shimchali so`zdan o`z nutqida ongli
foydalanish ko`nikmasini o`stirish hisoblanadi. O`quvchilar so`z yasovchi
qo`shimcha yordamida yangi leksik ma‘noli so`z yasash mumkinligini tushunishi
muhim ahamiyatga ega.
So`z yasovchi qo`shimchalar ustida ishlash ba‘zi so`z yasovchi qo`shimchaning
ma‘nosini va yasama so`zning grammatik belgilarini aniqlash bilan birga olib
boriladi. So`z yasovchi qo`shimchaning ma‘nosini tushuntirish uning so`z