BOSHLANG`ICH SINFLARDA TA’LIMIY DIKTANT VA UNI TASHKIL ETISH
Yuklangan vaqt
2025-04-28
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
25
Faytl hajmi
40,3 KB
KURS ISHI
BOSHLANG`ICH SINFLARDA TA’LIMIY DIKTANT VA UNI TASHKIL
ETISH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA TA’LIMIY DIKTANT TASHKIL
ETISHDA DIDAKTIK O’YINLAR
1.1
. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA QO’LLANILADIGAN
METODLAR.
1.2
. DIDAKTIK O‘YINLARNING TURLARI VA O‘TKAZISH YO‘LLARI
II BOB BOLALAR TAFAKKURINING O‘ZIGA XOSLIGI
2.1.
ONA TILI
DARSLARIDA TA’LIMIY
O‘YINLAR VOSITASIDA
O‘QUVCHILAR NUTQINI BOYITISH USULLARI
2.2. BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TA’LIMIY DIKTANT TASHKIL ETISHDA
O‘QUVCHILAR TAFAKKURINING O‘ZIGA XOSLIGI
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyоyеv о‘qituvchi vа
murаbbiylаr kunigа bаg‘ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi nutqlаridа, “Bugun hаr bir
о‘qituvchi vа tаrbiyаchi, оliygоh dоmlаsi tа’lim vа ilm – fаn sоhаsidаgi еng sо‘nggi
ijоbiy yаngiliklаrni о‘quv jаrаyоnlаrigа tаtbiq еtа оlаdigаn, chuqur bilim vа
dunyоqаrаsh еgаsi, bir sо‘z bilаn аytgаndа, zаmоnаmiz vа jаmiyаtimizning еng
ilg‘оr vаkillаri bо‘lishlаri kеrаk. Bundаy ustоzlаr qо‘lidа tа’lim оlgаn fаrzаndlаrimiz
biz оrzu qilgаn О‘zbеkistоnning yоrug‘ kеlаjаgini bunyоd еtishgа qоdir аvlоd bо‘lib
kаmоl tоpаdi. Lеkin bu yuksаk nаtijаlаrgа еrishish uchun tа’lim tizimidаgi mаvjud
muаmmоlаrni hаl qilishimiz lоzim”.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida
tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi“ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda
salmoqli o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalaridagi o‘qitish
sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak o‘qituvchilarning
kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion texnologiyalar, ilg‘or
xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim, ko‘nikma va
malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi.
Kurs ishining maqsadi: Boshlang`ich sinflarda ta’limiy diktant va uni tashkil qilish
ustida ishlash xususiyatlarini o‘rganish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarga ta’limiy diktant o’rgatishni tushuntirishdir.
Boshlang`ich sinf o‘quvchilariga interfaol va didaktik metodlarda diktant va uni
tashkil qilish metodikasi.
Didaktik o`yinlarni bajartirish metodikasi.
Boshlang`ich sinflarda ustida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini keng tarzda
yoritib berishdan iborat
Kurs ishining obyekti: boshlang’ich sinf ta’limiy diktant va uni tashkil qilish
jarayoni ustida ishlash orqali o`quvchilar bilimini shakllantirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: boshlang’ich sinf darslarida ta’limiy diktant tashkil qilish
va uni o’tkazish mazmuni, vositalari, shakl va metodlari
Kurs ishining tuzilishi vа hаjmi. Kirish, ikkitа bоb, xulоsа, fоydаlаnilgаn
аdаbiyоtlаr rоʻyhаtidan iborat bo‘lib, asosiy matn 31 betdani tashkil qiladi
I BOB. DIDAKTIK O’YINLAR
1.1
. BOSHLANG’ICH SINF ONA TILI DARSLARIDA
QO’LLANILADIGAN METODLAR
Boshlang’ich sinflarda ona tili va o`qish savodxonligi darslari o’z mohiyati,
maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki ularning
zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun
ham boshlang’ich ta’lim darslariga o’quvchilar qiziqishini oshirishga alohida e’tibor
berish lozim. Chunki bolalar boshlang’ich sinflardanoq «dars» degan muqaddas
so’zdan bezib qolmasliklari lozim. Bugungi kunda o’quvchilarni darsga bo’lgan
qiziqishlarini oshirish uchun tajribali o’qituvchilar turli didaktik o’yinlardan
foydalanishmoqda.
O`quvchilar savodxonligini oshirishda foydali mashqlardan biri diktantdir. Diktant
o`tkazishda o`quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olish, ishda aniqlika e`tibor
berish, soddadan murakkabga borish muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek,
o`quvchilarni o`z-o`zini tekshirishga odatlantirish zarur. O`quvchi diktant yozishda
so`zning harfiy ifodasini ko`rmay, eshitish sezgisi orqali tovushlar majmuasini
tasavvur etadi, tovushlarni harflar bilan almashlab yozadi. Bunda psixologik jarayon
bilan fiziologik jarayonning birgalikda harakatlanishi so`zlar shaklining bolada
mustahkamlanib borishiga imkon beradi.
Ta’limiy diktantlarni o‘tkazish vaqtini, o‘rnini, turini o‘qituvchining o‘zi
belgilaydi. Ta’limiy diktantlar uchun darsning ma’lum bir qismi (5-10 daqiqasi),
ba’zan bir dars ajratiladi. Bu diktant o‘quvchilar bilimini mustahkamlash maqsadida
o‘tkaziladi. Ta’limiy diktantda o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rgatilayotgan hodisaning
imlosini bir necha tahlil usullaridan foydalanib tushuntiradi, o‘quvchilar so‘zlarni
to‘g‘ri yozishlariga ishonch hosil qilgach, uni yozishga ruxsat beradi. Har qanday
yo‘l bilan xatoning oldini olish chorasi ko‘riladi. Masalan, 1-sinfda a va o unlilari
o‘rganilayotgan darsda bo‘g‘intovush, tovush-harf tahlili o‘tkaziladi. Baho, bahor
so‘zlarining birinchi bo‘g‘inida a harfi yozilishini o‘quvchilar bilib olgach,
o‘quvchilardan biri shu so‘zlarni xattaxtaga yozadi va tahlil qilinadi. So‘ng so‘z
o‘chirib tashlanadi, shundan keyin aytib turib yozdiriladi. Ta’limiy diktantlar tashkil
etish va bajarilish usuliga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Ta’kidiy diktant.
2. O‘z diktant yoki yoddan yozuv diktanti.
3. Izohli diktant.
4. Saylanma diktant.
5. Erkin diktant.
6. Rasm diktant.
7. Lug‘at diktant.
8. Ijodiy diktant.
Ona tilini o’qitishda o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi faoliyatini tashkil
etish shakllari, metodlari va usullari ta’lim tizimining takomillashuvi bilan bog’liq
holda rivojlanib, yangilanib bormoqda.
XX asrning oxirgi yillariga qadar o’qitish metodlari sifatida tushuntirishbayon
metodi, suhbat metodi, analizsintez metodi, mustaqil ish metodi, induktiv va
deduktiv metodlar ona tili ta’limi darslarini tashkil etishda ko’proq qo’llanilib
kelindi.
Bayon qilish metodi ona tili darslarida qo’llangan asosiy metodlardan biri bo’lgan.
Bunda o’qituvchi bayon qilishdan oldin o’quvchilarning o’rganilayotgan mavzu
yuzasidan bilimlarini aniqlab olgan. Bu o’quvchilarni o’qituvchi bayonini kuzatib,
tinglab borishga, faol bo’lishga undagan. O’qituvchining bayoni, ya’ni bayon qilish
metodida
grammatik
mavzuning
xususiyatidan
kelib
chiqib,
o’qituvchi
ma’lumotlarni o’z so’zlari bilan bayon qilib bergan. Bunda o’qituvchi zimmasiga
o’rganilayotgan grammatik mavzuning muhim o’rinlarini aniq, lo’nda, misollar
tahlili bilan izchil bayon qilib berish vazifasi yuklangan. Boshlang’ich sinflarda
bayon qilish metodi o’quvchilarning yoshi va eslab qolish holatidan keiib chiqqan
holda 3—5 daqiqaga mo’ljallangan, Bayon qilish metodini qo’llash holatlari hozir
ham uchraydi.
Suhbat metodi boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitishda keng qo’llaniladigan va
shu bosqich o’quvchilari tabiatiga mos metod sanaladi. Suhbat metodi savoljavob
metodi deb ham yuritilgan. Suhbat metodi o’qituvchidan mavzuning xususiyatini
o’zida aks ettirgan o’quv materialini topishni, grammatik mavzuning muhim
belgilarini aniqlash, ularning o’xshash va farqli jihatlarini ajratish, o’xshash va farqli
jihatlariga qarab guruhlash, umumlashtirishga, xulosa chiqarishga yo’naltirilgan
savollar tuzishni, ularni o’quvchilarga izchil berib borishni talab etadi.
Boshlang’ich sinflarda suhbat metodining muammoli o’qitish mctodi sifatida
qo’llanilishi ta’limda o’quvchilarni faollashtirishga katta ta’sir ko’rsatadi.
Muammoli o’qitish metodiga amerikalik pedagog va psixolog Dyun 1894yilda asos
solgan. Bu metodning maqsadi ilmiy tushunchalarni o’zlashtirishga yordam
berishgina emas, balki o’quvchilarning bilish qobiliyatini ham rivojlantirish, ijodiy
qobiliyatlarini o’stirish hamdir. Bunda suhbat davomida o’qituvchining topshirig’i
bilan o’quvchining oldiga biror muammo qo’yiladi va darsda muammoli vaziyat
yaratiladi. Bu muammoni o’quvchi oldin egallagan bilimlari asosida hal etadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining hayotiy tajribalari kamligi sababli o’qituvchi
muammoni hal qilishga yordamlashuvchi savollar beradi. Muammoni o’quvchi hal
qila olrnasa, uni o’qituvchining hal qilishiga to’g’ri keladi. Shuning uchun
boshlang’ich sinfda muammoli o’qitish metodi yarim izlanishli muammoli metod
deb ham yuritiladi. Masalan, muammoli o’qitish metodini leksiksemantik va
grammatik/nashqlarni tashkil etishda ham qo’llash mumkin. Bu metoddan 1smfdan
boshiab foydalanish mumkin. Bu metod ,,Tovush va harf’ mavzusini
o’rganayotganda tovushning so’z ma’nosini farqlashdagi vazifasini tushuntirishda,
,,So’z ma’nosi», ,,Nutq va gap» mavzularini o’rganishda ham qo’llanadi. Masalan,
,,So’z ma’nosi» mavzusini o’rganish uchun xattaxtaga turli ma’nodagi, ya’ni turli
so’z turkumiga kiradigan so’zlar aralash holda yozib qo’yiladi.
So’zlar: kitob, qurdi, shifokor, sakkiz, qizil, qalam, o’qidi, yashil, binokor, o’nta,
o’qituvchi, sakkiz.
O’quvchilar bilan quyidagicha savoljavob tashkil qilinadi: So’zlarni o’qing.
— Birinchi so’z nimani bildiryapti? Narsanimi, Shaxsnimi?
— Bu so’zga qanday so’roq beramiz?
— Ikkinchi so’z harakatni bildiryaptimi yoki narsanimi?
— Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz?
— Qaysi so’zlar sanoqni bildiryapti?
— Bu so’zlarga qaysi so’roqni beramiz?
— Qaysi so’zlar rangni bildiryapti?
— Bu so’zga qaysi so’roqni beramiz?
So’zlar ichidan Shaxsni (kasb egasini) bildirayotgan so’zlarni topib, bir ustun qilib
yozing.
— Ikkinchi ustunga narsani bildirgan so’zlarni topib yozing.
— Uchinchi ustunga harakatni bildirgan so’zlarni topib yozing va hokazo.
O’quvchilar topshiriqni o’qituvchi yordamida bajarib bo’lgach, muammoli savol
o’rtaga tashlanadi:
Yuqoridagi so’zlar nimasiga ko’ra farqlanyapti? o’quvchilar ,,ma’nosiga ko’ra»
degan fikrni ayta olmasalar, o’qituvchi bu muammoni hal qiladi:
Bu so’zlar ma’nosiga ko’ra va so’roqlariga ko’ra farq qiladi. o’ylang, so’zlarni qaysi
xususiyatlariga ko’ra guruhlarga ajratamiz? So’zlarni nechta guruhga ajratish
mumkin?
Savol-javoblardan ko’rinib turibdiki, o’quvchilar bilan suhbat rivojlantirilib
borilyapti va o’quvchilar suhbat davomida yangiyangi raa’lumotlarni egallab
bormoqdalar. 3—4sinflarga o’tganda bunday suhbatlar oxirida o’quvchilarning
o’zlari xulosa chiqaradilar. Bunday suhbatlarda o’quvchilarning yoshi, saviyasidan
tashqari, vaqt ham hisobga olinadi. Suhbat uzoq davom etsa, o’quvchilar charchab
qoladilar, o’zlashtirish darajasi ham susayadi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida mustaqil ish metodi asosan o’rganilgan
mavzuni mustahkanilash qismida mashqlar ishlash jarayonida qo’llaniladi.
o’quvchilar o’qituvchining topshirig’i bilan mustaqil ishlarni og’zaki yoki yozma
shaklda bajaradilar. Topshiriq qiyin va ko’p vaqtni olmasligi, o’quvchilar kuchi
yetadigan qilib, muayyan vaqt ichida bajarishga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Mustaqil ishlash uchun topshiriq 1sinfdan boshlab beriladi va u astasekin
marakkablashtirilib boriladi. lsinfda ,,Yozgan so’zlaringizni lug’atdan tekshiring»,
,,Rasmga qarab sabzavot nomlarini alifbo tartibida yozing», ,,Rasmni kuzating.
Unda tasvirlangan narsalarni aniqlang va ularning nomini yozing» kabi topshiriqlar
beriladi. Masalan, 88-mashqda ,,O’lkamda bahor» mavzusida sujetli rasm berilgan.
o’quvchilar rasmni kuzatib, narsa nomlarini yozadilar. Bunda bir o’quvchi 5 ta,
ikkinchi o’quvchi 10 ta va hokazo so’z yozishi mumkin. Aslida rasmda 30 tadan
ortiq narsa tasvirlangan: tog’, osmon, bulut, qor, terak, tol, o’rik, ko’ylak, shim, tufli,
mayka, lenta, soch, bosh, qir, dala, o’t, gul, qo’1, oyoq, quloq, ko’z, burun, yui, og’iz,
barmoq, bo’yin, qorin, yubka, jemper, daraxt va hokazo. Bu o’quvchilarning e’tibor
bilan kuzatishga — kuzatuvchanlikka o’rgatadi.
Analiz-sintez metodi savod o’rgatish darslariga rustuzem maktablari va tatar
o’qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan. O,na tili ta’limi jarayoniga analiz —
tahlil grammatik hodisaning muhim belgilarini aniqlash maqsadida, o’rganilgan
grammatik tushunchaning yangi qirralarini ochish va mustahkarnlash maqsadida
tatbiq etiladi. Fonetik, leksik, morfologik va sintaktik tahlil shu metodning amalda
namoyon bo’lishidir. Sintez qismlarga bo’lib o’rganilgan grammatik materialni
yaxshilashdir. Masalan, ot, sifat, fe’l, son kabi so’z turkumlari o’rganilayotganda
ularga oid so’zlar berilib, ular ishtirokida gap tuzish, aralash berilgan so’zlardan gap
tuzish, aralash berilgan gaplarni voqealar rivoji asosida tartiblashtirib matn tuzish,
mazmunan tahlil qilingan rasm asosida hikoyacha tuzish kabi ishlarda sintez metodi
namoyon bo’ladi. Analizsintez metodida ham o’quvchilarni faollashtirish
o’qituvchining o’quvchilarga beradigan savol va topshiriqlariga, ishni tashkil etish
shakllariga bog’liq bo’ladi.
Induksiya metodida o’qwchilar o’qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi,
tahlil qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o’quvchi tayyor qoida — ta’rif bilan tanishadi va uning
mohiyatini tii dalillari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o’qituvchining savoJtopshiriqlari mazmuni grammatik
hodisaning muhim tomonlariga yo’naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil
etish shakllariga, o’quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug’atlar, rasm,
jadvallar, texnik vositalar)ga bog’liq bo’ladi.
Shuningdek, hozirgi zamon shiddat bilan rivojlanayotgan davrda ta‘lim jarayonida
o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy
metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib
keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash
maqsadga muvofiq. Zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgan mashg‘ulotlar
o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib,
tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan.
O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi
va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik,
yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o‘quv jarayonida o‘quvchi asosiy
figuraga aylanadi. Dars jarayonida har xil metodlardan foydalanish o‘qituvchini
izlanishga va o‘quvchini o‘z ustida ishlashga erkin fikrlashga undaydi. Metod
shunday tanlanishi kerakki unda o‘quvchi o‘zini erkin tuta olishi, fikrlarini ravon
aytishi, mavzuni juda yaxshi o‘zlashtirilishi lozimligi muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, hozirgi kunda interfaol metodlarning yuzdan ortiq turi mavjud bo’lib,
ularning aksariyati tajriba-sinovdan o’tib, yaxshi natija bergan. Keng qo’llaniladigan
usullar – «Klaster», «Aqliy hujum», «Davom ettir», «Taqdimot», «Blits-so’rov»,
«Muammoli vaziyat» kabilardan foydalanib, darsda samarali natijalarga erishish
mumkin. Darsning o’tilgan mavzuni so’rash qismida «Sinkveyn», «Teskari test»,
«Aql charxi» metodlarini, yangi mavzuni tushuntirish qismida «Insert», «Pinbord»,
«Zinama-zina», «Bumerang» texnologiyalarini, mavzuni mustahkamlash qismida
«Venn diagrammasi», “Baliq skeleti”, «Nima uchun? », «Qanday? », « Konseptual
jadval», « Nilufar guli» kabi grafik tashkil etuvchilar hamda «Tushunchalar tahlili»,
«T-jadval», «Rezyume»,«Kungaboqar», «Charxpalak» metodlarini, uyga vazifa
berishda «FSMU», «Klaster», «Bo‘g‘inlar zanjiri», «BBB» metodlarini qo’llash
dars samaradorligini ta’minlab, o’quvchilarning bilimini oshirishga yordam beradi.
Ona tili darslarida ham yuqorida sanab o’tilgan interfaol metodlardan tashqari
«Ha… yo’q», «Ta’rif egasini top», «Men kimman?», «Domino», «Beshinchisi
(oltinchisi, yettinchisi ...) ortiqcha», «Sirli sandiqcha metodi»,«Harfni his qilish»
metodlari kabi didaktik o’yinlardan foydalanish mumkin.
1.2. DIDAKTIK O‘YINLARNING TURLARI VA O‘TKAZISH YO‘LLARI
Zamonaviy ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ilg’or
texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiya jarayonining didaktik ta’minotini yaratish,
ta’lim mazmunini inovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish kerak. Boshlang’ich
ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun darslarimizda ilg’or pedagogik va
axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarini, didaktik o’yinlar va interfaol
usullardan foydalanishimiz darkor.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun didaktik o’yinlar bilim olishning
faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo’lib o’quvchilarda tafakkur, og’zaki va yozma
nutq
ko’nikmalarini
shakllantiradi.
Didaktik
o’yinlar
o’qish
darslarida
o’quvchilarning qiziqishini o’stiruvchi vositalardan hisoblanadi. Didaktik
o’yinlarning maqsadi o’quvchilarning fanga, ta’lim olishga, kitobga bo’lagn
qiziqishlarini uyg’otishdir.
Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va
ma’lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-muhit
haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini
rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar o’quvchilar uchun
qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy o’yinlardan, mavzuga
oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum qismida foydalanish lozim.
Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib turilsa, o’quvchilarda
ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars jarayonida o’yinlarni to’g’ri tashkil
etish va o’tkazishda vazifalar, qoidalar va ularning natijalarini tashkil qilishni aniq
belgilab olish lozim. Masalan o’qish darslarida “So’zdan so’z yasash” o’yinini
o’tkazish o’quvchilarning lug’at boyligini oshirishga, so’z boyligini o’stirishga
yordam beradi.
Didaktik o’yinlar bolalarda jamoatchilikni his etish, intizomli bo’ish, jasur,
qat’iyatli bo’lish qiyinchiliklarni yenga bilish kabi sifatlarini rivojlantirishga ham
yordam beradi. Didaktik o’yinlar maktab o’qituvchilari va murabbiylar tomonidan
ijod qilingan maktabgacha ta’lim muassasalaridagi tayyorlov guruhlaridagi
bolalarga va maktab o’quvchilariga mo’ljallangan. O’yin orqali bola jamoani
tushunadi. O’zi bajarayotgan mashg’ulotga nisbatan ongli munosabatda bo’ladi.
Didaktik o’yinlar o’quvchilardagi tortinchoqlik, xato qilishdan qo’rqish kabi
noqulayliklarga barham beradi. Shunday ekan har bir darslarda didaktik o’yinlar va
interfaol metodlardan unumli foydalanmog’imiz darkor.
Har bir didaktik o'yinda ko'pchilik bolalar yoki butun bir sinf o'quvchilari ishtirok
etadi. Masalan, ”Doiraviy misollar” o'yinida hamma bolalar masala yechadi,
”Zanjircha” da 10 nafar, ”Do'koncha” da 8-12 nafar bola, ”Narvoncha” da esa
hamma o'quvchilar masala yechadilar. Bundan tashqari, o'yin jarayonida hatto
bolalardan ba’zi birlari ishtirok etmasa ham, ular o'yinda imo-ishoralar bilan ham
qatnashadilar. Masalan, ko'zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini
tinglaydilar. “Eng yaxshi hisobchi”, ”Ko'proq va tezroq” kabi o'yinlarda o'z
o'rtoqlarining misolni qanchalik tug’ri-notug’ri yechayotganlarini kuzatib boradilar.
Bu esa o'qituvchiga o'quvchilar faoliyatiga individual munosbatda bo'lish imkonini
beradi. Didaktik o'yinlar o'tkazilish jarayonida bolalarning o'zlarini mustaqil
boshqara olishda o'rganishlarini ta’kidlab o'tish lozim. Didaktik o'yinlarning
tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat? Tajriba shuni ko'rsatadiki, didaktik o'yinlar
hamjihatlik va intizomlikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o'yin g’alaba
qozonish bilan bog’liq bo'lib, o'yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya
qilishni talab etadi. ”Kim aniqroq va tezroq”, ”Bo'sh kelma”, ”Eng yaxshi hisobchi”,
”Ko'rganni eslab qolish” kabi o'yinlarni o'tkazish paytida o'quvchilar sinf xonasida
jimjitlik bo'lishiga o'quvchilarning o'zlarining tuta bilishlariga, partadan tovush
chiqarmay turib, oyoq uchida doskaga chiqa olishlariga, joylariga osayishtalik bilan
qaytib kelib o'tirishlariga, tovushlarni diqqat bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn
bilan tinglashlariga, raqamlarga zehn bilan qarashlariga erishadilar. Darsda
o'yinqaroqlik qilib o'tiradigan va o'qituvchini bitta dars davomida 10-15 martagacha
tanbeh berishga majbur etadigan bolalar ham uchrab turadi. Biroq o'yin
o'tkazilayotgan vaqtda bunday bolalarning hulq-atvori tamoman 8 o'zgarib ketadi.
Ular darhol o'zlarini tutib oladilar, o'qituvchining o'yin qoidalarini ko'rsatib berishini
kutib o'tirmaydilar ham, qoidalarni o'zlari mustaqil bajaradilar. Didaktik o'yinlar
jarayonida bolalarda uyushqoqlik, vaqtni iloji boricha tejay bilish hislatlari
tarbiyalanadi. Didaktik o'yinlar bolalarda do'stlik, birodarlik, mehnatsevarlik hissini
tarbiyalash va taraqqiy etishiga yordam beradi. ”Kim turgan saf yaxshiroq”,
”Zanjircha”, ”Narvoncha”, ”Bilgan kishi sanashni davom ettiraversin” singari
o'yinlar o'tkazilayotganda bolalar o'z o'rtoqlari, o'zi turgan saf va o'z sinflarining
sharafi uchun kurashadilar. Bir safga tizilganlar ikkinchi safda turgan o'quvchilar
bilan musobaqalashayotganda topshiriqni saflardan birining o'quvchisi yoki bir
necha o'quvchilari, yoxud butun bir saf bajaradi.
Quyidagi didaktik materiallardan foydalaniladi: sur’atlar, jadvallar, stol ustida
ko'rsatiladigan teatr, sahna, abak (sanoq asbobi), o'yinchoqlar, chotlar, xaltachaga
solingan yong’oqlar, cho'plar, qo'lda yasalgan qog’oz qayiqcha va qalpoqcha,
geometrik shakllar chizilgan jadvallar, sxemalar, sanoq materiallari va geometrik
shakllar solingan qutichalar. Qo'llaniladigan o'yinlar nomi: ”Sanayver”, ”Ko'rganni
eslab qol”, ”Biz kamayib qoldik”, ”Kim ketdi (takrorlash)”, ”Nima o'zgardi?”,
”Teatr”, ”Nechta ekanligini top”, ”Jadvalni qidirib top”, ”Qo'shnilaringni top”,
”Hisoblashni kim bilsa davom ettiraversin”, ”Tuk-tuk”, ”Uychaga kim tez kiradi”,
”Kim chaqqon?”.
«Maqollarda antonimlar» Ma'lumki, o'zbek xalq maqollarida antonimlar ko'proq
uchraydi. Shu bois bu shartda o'quvchilar navbatma-navbat antonimlar ishtirok
etgan maqollaridan aytadilar. Masalan, «yaxshiga yondash, yomondan qoch», «do'st
achitib gapirar, dushman kuldirib gapirar», «kattaga hurmatda bo'l, kichikka
izzatda» va x.k.
«Zinapoya» usuli O'quvchilar ikki guruhga bo'linadi. So'ng xattaxtaga ushbu
shaklda «zinapoya» chiziladi. Ma'lumki, antonimlar o'z juftliklariga ega. Shundan
kelib chiqib, ushbu juftlikning bittasi «zinapoya» ga yozib qo'yiladi, ikkinchisini esa
guruhlardagi o'quvchilarning o'zlari topadi, ular zinalardan bosh zinaga chiqib
borishadi. Bunda o'quvchilarda tezkorlik talab etiladi. Chunki qaysi guruh
o'quvchilari birinchi bo'lib bosh zinaga chiqsa, ular g’olib bo'ladi. Sinfda nechta
o'quvchi bo'lsa, zinalar soni shuncha bo'ladi.
«Izohli lug’at» Buning uchun o'quvchilar ikki guruhga bo'linadilar.1-guruh
ishtirokchilari so'z birikmasi, frazeologik birikma yoki tasviriy ifodalarni aytadilar.
2-guruhdagi o'quvchilar esa 1- guruhdagilar aytgan so'z va birikmalar ma'nosini
tezkorlik bilan izohlab beradilar. Shartni bajara olmagan guruh mag’lub hisoblanadi.
Bu o'yin quyidagicha amalga oshiriladi: O'zbekning shoh taomi: palov Ertalabki
ovqatlanish: nonushta Ilonning yog’ini yalagan: ayyor Dala malikasi: makkajo'xori
Aql gimnastikasi: shaxmat Tog’ malikasi: archa va x.k. Bu o'yinlarni ona tili
darslarida 4-sinflarda o'tkazish maqsadga muvofiq. Bunday o'yinlar faqat bir mavzu
doirasida cheklanib qolmay bir qancha mavzularda, ko'proq takrorlash darslarida
o'tkazilishi mumkin.
Boshlang'ich sinflarda ta'limiy diktant tashkil qilish uchun quyidagi didaktik
o'yinlardan foydalanishingiz mumkin:
1. "Matnning qisqartirilgan ma'nosi" o'yini: O'qituvchi matndan qisqartirilgan so'zni
yoki jumlaning ma'nosini aytadi, va o'quvchilar uni to'g'ri topishga harakat qilishlari
kerak.
2. "So'zlarni joylashtirish" o'yini: O'qituvchi matndan kelgan so'zlar yoki jumlaning
qayerda joylashganligini topish uchun o'quvchilarga qo'yilgan so'zlar yoki jumlalar
joylashtiriladi.
3. "So'zlar bilan gap to'ldirish" o'yini: O'qituvchi bazi so'zlar yoki jumlalarni
to'ldirish uchun bo'sh joy qoldiradi, va o'quvchilar uni to'g'ri to'ldirishlari kerak.
4. "So'zlar bilan gap yozish" o'yini: O'qituvchi bazi so'zlar yoki jumlalarni yozish
uchun belgilangan joy qoldiradi, va o'quvchilar uni yozishlari kerak.
Bu o'yinlar o'quvchilarga matnni tushunish va matnning tushunarliroq yodga
solishiga yordam beradi. Ular diktant tashkil qilishda ham foydali bo'ladi.
Diktantlar o'quvchilarga matn tushunishini, yozish va to'g'ri yozishni oshirishga
yordam beradi. Diktantlar o'quvchilarning imlo va grammatika ko'nikmalarini
mustahkamlashga ham yordam beradi. O'quvchilar diktantlar orqali so'zlar va jumla
qurilmalarini to'g'ri yozishni o'rganishadi.
Diktantlar o'tkazish uchun o'qituvchi matnni to'g'ri o'qib beradi va so'zlarni to'g'ri
aytishni talab qiladi. Diktantlar o'tkazilgandan so'ng, o'qituvchi o'quvchilarga
xatolarini ko'rsatadi va ularga to'g'ri versiyasini beradi. Bu orqali o'quvchilar
xatolarini tuzatish va keyinchalik ularning o'zining xatolari bilan ishlashlari
mumkin. Diktantlar o'tkazish orqali o'quvchilarning matnning ma'nasini
tushunishiga va yodga solishiga yordam beradi. Ular o'quvchilarga matnning qaysi
qismini to'g'ri tushunishlarini va yodga solishlarini oshirishda ham yordam beradi.
Diktantlar o'yin shaklida ham o'tkazilishi mumkin. Masalan, diktant natijalariga
ko'ra bazi o'yinlar o'tkazilishi mumkin, masalan, "diktant bilan gap to'ldirish" yoki
"diktant natijalariga ko'ra jadval yaratish" kabi.
Umuman olganda, diktantlar o'quvchilarning matnning tushunishini, yozishni va
grammatik ko'nikmalarini mustahkamlash uchun foydali usul bo'ladi.
II BOB BOLALAR TAFAKKURINING O‘ZIGA XOSLIGI
2.1. ONA TILI DARSLARIDA TA’LIMIY O‘YINLAR VOSITASIDA
O‘QUVCHILAR NUTQINI BOYITISH USULLARI
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi pedagogik fanlar qatorida
o`quvchilarga boshlang`ich til asoslarini o`rgatish, adabiy ta`lim orqali borliq va
jamiyat haqida tushuncha berish, o`quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish,
kamol toptirish kabi amaliy ishlar nazariyasini ishlab chiqadi. Boshlang’ich
sinflarda ona tili o`qitish metodikasi o’z predmetiga ega bo’lib, u o’zining maqsad
va vazifalarini davlatimizning me`yoriy hujjatlari va ta’lim to’g’risidagi qonun
hamda qarorlari asosida belgilaydi. Ona tili va o`qish darslari (adabiy ta`lim)
umumta`lim maktablarida asosiy o`quv predmetlaridan biri hisoblanadi.
Boshlang`ich sinf o`qituvchisining kasbiy mahorati mazkur predmetning mazmuni
va o`qitish metodlarini qay darajada egallab olishiga bog`liq.
Boshlang‘ich
ta'lim
jarayoni
o‘quvchilar
ta'limiy
faoliyatida
ham,
o‘qituvchilarning pedagogik faoliyatida ham muhim davr hisoblanadi. Boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarining ta'limiy o‘yinlarga bo‘lgan munosabati ancha jiddiy. Ularning
ko‘pchiligi bir qator o‘yinlarni boshlang‘ich sinflar darslarida foydalanish uchun
qulayligini aytib o‘tdilar. Ammo bu o‘yinlar deyarli bir xil edi. Bundan tashqari
«Didaktik o‘yinlardan darsning qaysi qismida ko‘proq foydalanasiz?» deb
so‘raganimizda, 10 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi «Asosan dam olish
daqiqalarida hamda o‘tgan mavzni mustahkamlashda» deb javob berdilar.
Vaholanki, to‘g‘ri foydalanilgan didaktik o‘yinlar boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish
darslarida yangi mavzuni bayon qilishda hamda mustahkamlashda eng qulay metod
hisoblanadi. Zero, o‘yin bilimlarni o‘zlashtirish yo‘lidagi har qanday mashaqqatlarni
osongina engib o‘tishga, qiyin jarayonni o‘yinlar bilan uyg‘unlashtirgan holda
engillatishga yordam beruvchi ta'lim usulidir. Darslarning shu zaylda tashkil etilishi
barkamol shaxs tarbiyasida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Ta'lim jarayonida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar ham o‘quvchilar tafakkurini
rivojlantirish vositasi sanaladi. Didaktik o‘yinlarga dam olish yoki vaqt o‘tkazish
vositasi emas, balki ta'lim beruvchi faoliyat deb qarash lozimdir.Ta'limiy
o‘yinlarning turli xil tasnifi mavjudligi xususida ishning birinchi bobida to‘xtalib
o‘tgan edik. O‘yinlar mazmuni va amalga oshirish shakliga ko‘ra sinflarga ajratilgan
edi. Quyida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida uyushtiriladigan didaktik o‘yinlar
va ularning mustaqil fikrlash bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr
yuritamiz.
Tinch o‘yinlar «O‘zim tekshiraman».
Bunday o‘yinlarni o‘tkazishda kichik hajmdagi diktant matni tanlanadi va u darsning
kirish qismida 6 uyushtiriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga kichik hajmdagi diktant
yozdiradi. Barcha o‘quvchilar yozib bo‘lishgach, o‘qituvchi xattaxtaga diktantni
yozib ko‘rsatadi. Mabodo diktant oldin xattaxtaga yozilib, usti yopib qo‘yilgan
bo‘lsa, o‘qituvchi pardani ochadi. O‘quvchilar esa unga qarab o‘zlari yozgan
diktantni tekshiradilar. Bunday diktantlarni alifbe davrida ham qo‘llash mumkin
bo‘lib, o‘qituvchi avvaliga faqat harflardan, so‘ngra (undosh harflar bilan
tanishtirilgach) bo‘g‘inlardan iborat quyidagicha turli variantlarda diktant yozdirsa,
o‘quvchilarning o‘quv-biluv malakalari shakllana boradi.
1-variant: O,o, I,i, U,u, A,a.
2-variant: -Lo, -no, -to, -mi, -un, -in.
3-variant: Bola, lola, ona, zar, par.
4-variant: Bugun havo issiq.
«Hikoya». O‘qituvchi xattaxtaga bir nechta so‘z yozib qo‘yadi. O‘quvchilar
mustaqil ravishda shu so‘zlar ishtirokida hikoya tuzadilar. Shu jarayonda ularning
lug‘at boyligi oshishi bilan birga, gaplarni to‘g‘ri tuzish, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz
qilish, ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyati shakllanadi.
O‘qituvchining vaqti-vaqti bilan rag‘batlantirishi o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan
ishonchini orttiradi. Bu o‘yindan darsdan tashqari mashg‘ulotlarda, to‘garaklarda
ham bemalol foydalanish mumkin. Masalan: Nafisa, soat, yomg‘ir, kitob.
«U kim? Bu nima?». Stol ustiga bir qancha predmetlar terib qo‘yiladi. O‘qituvchi
shu predmetlardan birortasini ta'riflaydi. O‘quvchilar shu belgilar asosida gap nima
haqida borayotganligini topadilar. Bu o‘yinning afzallik tomoni shundaki, uni dars
davomida o‘quvchilar diqqatini jamlash, qo‘llariga dam berish maqsadida yoki
yangi tovushlar bilan tanishtirish, yangi mavzuni bayon qilish jarayonida
foydalanish mumkin. Bu o‘yin o‘quvchilarda ziyraklik, sinchkovlik sifatlarini va
mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga imkon beradi. Masalan: U shar
shaklida. Uni mashhur sportchilarimiz ham stadionlarda o‘ynaydilar. U yosh
bolalarning ham sevimli o‘yinchog‘i. (javob: koptok).
«Topag‘on». O‘qituvchi biror belgi asosida savol beradi. O‘quvchilar shu belgini
o‘zida aks ettirgan predmetlar nomlarini aytadilar. Eng ko‘p to‘g‘ri javob topgan
o‘quvchilar g‘olib sanaladi. Bu o‘yinni o‘tkazish o‘quvchilarga so‘z turkumlari
haqidagi dastlabki ma'lumotlar berish jarayonini engillashtiradi. Bundan tashqari,
hozirjavoblik, mustaqillik, ziyraklik, ijodkorlik kabi sifatlarni shakllantiradi.
«Noto‘g‘ri jumla». Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘qituvchi suratni tasvirlab
berish davomida suratga tegishli bo‘lmagan jumlalarni ham ishlatadi. O‘quvchilar
ziyraklikbilan shu jumlani topishlari lozim. O‘quvchilardan bu o‘yin davomida
ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va diqqat talab qilinadi. Ular suratni
sinchkovlik bilan kuzatish bilan bir qatorda o‘qituvchining hikoyasini ham diqqat
bilan tinglab turadilar. Har bir noto‘g‘ri jumlani topish ularning o‘ziga bo‘lgan
ishonchi va darsga qiziqishini orttiradi.
Bu o‘yindan faqat ona tili darslarida emas, darsdan tashqari mashg‘ulotlarda ham
foydalanish mumkin. «Bo‘lishi mumkin emas». O‘yin davomida o‘qituvchi matnni
o‘qiydi. O‘quvchilar bo‘lishi mumkin bo‘lmagan voqealar ifodalangan jumla yoki
gapni topishlari lozim. Hazil-mutoyiba bilan o‘tadigan bu o‘yin ziyraklik,
sinchkovlik va kuzatuvchanlikni talab qilishi bilan birga, hikoya tinglash
ko‘nikmasini shakllantirishga ham yordam beradi.
Boshlang'ich sinf ona tili darslarida o'quvchilarning nutqini boyitish usullarini
o'rganish uchun ta'limiy o'yinlar keng qo'llaniladi. Bu o'yinlar o'quvchilarga
mavzuga oid so'zlar va gaplar bilan mashg'ul bo'lish orqali nutqini boyitishga
yordam beradi.
Masalan, "So'z topish" o'yini o'quvchilarga ma'lum bir mavzuga oid so'z topishni
o'rganish imkoniyatini yaratadi. O'quvchilar guruhda yig'ilib, bir-biriga so'zlar
topish uchun savollar berishadi va javoblarini topishadi. Bu o'yin orqali o'quvchilar
so'z zaxiraligini oshirish va so'zlarini to'g'ri ishlatishni o'rganishadi.
Boshqa bir o'yin, "So'zlar bilan gaplashish" bo'lishi mumkin. Bu o'yin orqali
o'quvchilar ma'lum bir mavzuga oid gaplarni ishlatib, gaplashish imkoniyatini
yaratadi. O'quvchilar guruhda yig'ilib, ma'lum bir mavzuga oid gaplarni ishlatib,
so'zlarini to'g'ri ishlatishni va gaplarni qo'llab-quvvatlashni o'rganishadi.
Bunday ta'limiy o'yinlar ona tili darslarida o'quvchilarning nutqini boyitish va
so'zlarini to'g'ri ishlatishda yordam beradi. O'yinlar o'quvchilarga interaktiv
imkoniyatlar yaratadi va o'quv jarayonini ko'ngil ochib qiladi. Nutqini boyitish
usullari bilan bog'liq ta'limiy o'yinlar o'quvchilarning fikrini ifoda qilish va taqdimot
tayyorlashda yordam beradi.
Ona tili darslarida ta'limiy o'yinlardan foydalanishning bir necha muhim
foydalarini ko'rsatish mumkin:
O’yinlar o'quvchilarni dars jarayoniga qiziqtiradi va ularga maqbul bir ko'nikma
beradi. O'quvchilar o'yinlar orqali o'rganishni qiziqarliroq va osonroq his qilishadi.
Shuningdek, ta'limiy o'yinlar o'quvchilarga mavzuga oid so'zlar va gaplarni
o'rganish orqali ko'nikmalarini oshirishga yordam beradi. O'yinlar interaktiv tarzda
o'quvchilarning nutqini boyitish va so'zlarini to'g'ri ishlatishini o'rganishga
imkoniyat yaratadi.
O'yinlar guruhda yig'ilgan o'quvchilar uchun qiziqarli va ishbilarmon faoliyat
bo'lib, ularning bir-birlariga qiziqishlarini va hamkorlik qilishini rag'batlantiradi. Bu
esa o'quv jarayonini ko'ngil ochib, o'quvchilarning motivatsiyasini oshiradi. Bunday
o'yinlar o'quvchilarga ma'lum bir mavzuga oid so'zlar va gaplarni topish, ishlatish
va qo'llab-quvvatlash orqali yaratuvchi fikrni rivojlantirishga yordam beradi.
O'yinlar o'quvchilarning tushunchalarini chuqurroq tushirish va ularga maqbul ta'lim
berish imkoniyatini yaratadi.
Bular bilan birga, ta'limiy o'yinlar ona tili darslarida o'quvchilarning nutqini
boyitish, so'zlarini to'g'ri ishlatish va fikrini ifoda qilishda yordam beradi. O'yinlar
interaktiv va qiziqarli tarzda ta'limni yanada samarali qiladi va o'quvchilarning
ma'lumotlarni chuqurroq o'rganishiga imkon beradi.